Hayotni boricha qabul qil. Bu dunyo qanaqa joy? Bu hayotda dunyo nima? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ad dunya sijnul mo'min va jannatul kafir. Bu dunyo mo'min uchun qamoqxona kabi, kofir uchun esa jannat kabi. Chunki bu dunyoda inson har qancha zo'r yashamasin, oxiratdagi jannatda beriladigan ne'matlarni oldida bu dunyo qamoqxonaga o'xshab qoladi, taqqoslasangiz. Endi kofir bu dunyoda har qancha qiynalib yashasin, mashaqqat yashasin, u uchun bu dunyo jannat. Nima uchun? Oxiratda unga beriladigan azoblarni oldida dunyoni mashaqqati u uchun jannat bo'lib qoladi. Rasul aytibdilar, dunyo mo'min uchun qamoqxona, kofir uchun esa jannat. Bu dunyo qanaqa hayot? Bu dunyo nima? Istadbillar alladiy xolaqol ma'utavall hayyat alayhi biluvakum ay yukum, ixsanu amala. U Zot, Alloh azza va jalla, siz bilan bizni qaysinimiz chiroyliroq amal qilishimizni sinashligi uchun o'lim bilan hayotni yaratgan. Bu dunyo sinov uchun kelding uni ichiga biz. Bu dunyoda yuz foiz huzul halovat, doimiy bir komfort, doimiy bir huzul halovati bo'lishi mumkin emas.
Alloh Taolo aytadi, voma hayati dunya illa mata ul g'urur. Bu dunyo faqatgina mata ul g'uruur, insonni oldaydigan matohlardan boshqa narsa emas. Boshqa oyatda, voma hayati tunya illa lahvun va la'ib. Bu dunyo o'yin kulgu, maza bemazagarchilik. Va malhayotu dunyo fil axiratu illa qolil. Bu dunyo hayoti oxiratga borganda ozgina narsaga aylanib qoladi. Bir nima rolik ko'rgandim. Bir odam qo'lida arqon ushlab turibdi, bir o'n besh metr cho'zilgan. Boshiga izolyant o'rab qo'yapti bir santimetriga. Endi tasavvur qilinglar deyapti. Mana shu arqon deyapti, cheki yo'q deydi. Mana bu bir santimetr izolyant o'ralgan joyi dunyo hayoti deyapti.
Oxiratni tasavvur qilishinglar uchun shu narsani kelinglar, fikr qilinglar deydi. Necha million kilometrlik ip bo'lsa, u yog'i oxirat hayoti boshingdagi bir santimetr izolyantasi dunyo hayoti deyapti. Shuning uchun Alloh Taolo aytyapti va mal hayatu dunya fil axiroti illa qolil. Bu dunyo hayoti oxiratni oldida ozgina bo'lib qoladi. Ming yillab yashagan kofirlarga qiyomatga borganda, do'zaxda kuyakanda, qancha kun dunyoda turdinglar, dunyoda qancha turdinglar desa, bir kun yo yarim kun fas al ila ad din yozib turgan farishtalaringdan so'ra deydi. Demak, mana shu vaqtincha, ozgina bo'lgan hayotda siz bilan biz atrofimizda bo'layotgan ishlardan norozi bo'lib, jazavaga tushamiz. Hayotni boricha qabul qilishlikka e'tibor bermaymiz. Hammani o'zimiz xohlagandek, bizga yoqadigan bo'lishligini xohlaymiz. Bugungi mavzuyimiz hayotni boricha qabul qil.
Foma ma taul hayati dunya fil aqirati illa qoli il. Oxiratga borganda, bu dunyoni matohi judayam ozgina narsa bo'lib qoladi. Ozgina sabr qilaylik, tugaydi. Bu dunyo qanaqa joy? Qiyinchilik, mashaqqatlarni koni, g'am tashvishlarni makoni, lazzatlarni ketkazuvchi o'rin, tinimsiz tuslanib turadigan, ko'ngilsizlarga to'la, yo'li mashaqqatli bo'lgan bu dunyoki, sen bilan men birodar mana shu dunyoni g'am tashvishidan siqilib bo'g'ilib yuribmiz. Shuning uchun dunyoni boricha qabul qil. Hayotni mashaqqatlariga qayg'urma, zero u shunday yaratilgan. Bu hayotni asli mashaqqa, charchoq, shodlik vaqtincha xursandchilik noyob. Alloh azza va jalla o'zining do'stlariga bu dunyoda doimiy huzur halovat bo'lishingni xohlamadi. Ha, mo'min odamga ham dunyoda yengilchilik, xursandchilik, quvonch bor. Lekin bu doimiy bo'lmaydi da.
Agar bu dunyo azob uqubat hovlisi bo'lmaganida edi, bu dunyoda g'am, dardi og'riqlar bo'lmas edi. Payg'ambalar bu dunyoda hech qanaqa mashaqqat cheklangan bo'lar edi. Payg'ambarlar nochor hayot kechirmagan bo'lar edi. Odam alayhissalom. Odam alayhi assalom yerga tushgan kunidan boshlab qancha yil umr ko'rgan bo'lsa, mehnat mashaqqat bilan o'tdi.
Nu alayhissalom, qavmidan faqat og'zor aziyat, masxaralar, yolg'onchilarga chiqarilishlik. E'tibor beringlar, bu Allohnin do'stlari. Ibrohim alayhi assalom o'tga uloqtirishdi. O'g'lini so'yishligi uchun yerga yotqizdi. Yoqub alayhissalom o'g'lidan ajrab, ikkala ko'zi yig'lab ko'r bo'ldi. Yusuf alayhissalom quduqqa tashlandi.
Keyin qamoqqa tushdi tuhmatlarga qolib. Zakariya alayhissalomni qatl qilishdi. Yahyo alayhissalomning boshini olishdi. Qo'yingki, Allohni valiylariga kel, shunaqa hayot bo'lgandan keyin siz bilan biz bu dunyoda nimani kutishligimiz kerak. Hayotni qarasangiz birodar, xotinmi, farzandmi, do'stmi, uymi, mahallami, qo'shnimi, mansabmi, borki, albatta shularni ichida seni ko'nglingga yoqmaydigan narsa bor. Ko'ching keng, asbala chataq.
Asbala tekkis, mashinalar tez yurib beryapti. Qarang da, bir narsa bor da. Mashinang chiroyli, rasxodi ko'p. Mashinangni rasxodi oz, lekin taqir tuxur. Ya'ni albatta nimadir bor, sizni ko'nglingizda nima qiladigan, g'ijil qiladigan. Xullas, tabiiy xira qiladigan narsa albatta topilib turadi. Bu dunyoni birodarlar yomonliklarining olovi bor. Yana bu dunyoni yaxshilik yomg'irlari ham bor.
Ana shu yaxshilik yomonliklari bilan yomonlik olovlarini sovutib o'chirib olgin. Shunda najot topasan. Yomoniga qarab yuborsang, siqilib bo'g'ilaverasan. Yaxshisini ham ko'rishni o'rgan. Hayotni boricha qabul qil. Ob havo ayniqsa, nima qilasiz? Siqilib bo'g'ilasizmi? Chiqasiz, ob havoga qaraysiz, issiq kiyimingizni kiyasiz, zontini ko'tarasiz, indamay chiqib ketaverasiz. Mana shu ob havoni boricha qabul qilib. Nimaga u haqida siqilib bo'lmaysiz? Chunki o'zgartira olmaysiz da.
Xuddi shunga o'xshagandek hayotda birodar, siz o'zgartira olmaydigan, siz ta'sir o'tkaza olmaydigan narsalar bor. Ularni boricha qabul qilishni o'rganing. Do'stingiz qaysar, xotiningiz ivirsiganroq, farzandingiz bir peli bor. Nima qilasiz endi shunaqa qilib yaratib qo'ygan ekan? Umringizni oxirigacha kurashib o'tasizmi? Yo ko'nikib qo'yasizmi? Atrofingizdagi odamlar, ularni ham boricha qabul qilib o'tishni o'rganing birodar.
O'nta ulfatin bo'lsa, o'nta ulfatinda bittadan sifat bor yoqmaydigan. Onasi sergap, onasi injiq, mana bu shapala ovqat yeydi, mana bu sho'rlatib suv ichadi. Mana bu polpiz, mana bu ro'dapoq, mana bu hech qachon ustiga qaramaydi. Borda, masalan. Endi o'zing avliyommisan ki, o'zing yuz foizmisan ki, boshqalardan kutasan. Atrofingdagi odamlarni ham boricha qabul qil birodar. Birinchisini upel yoqmasa, ikkinchisini bunisi yoqmaydi. Nima qila olasan? Shularda yashashing kerakmi? Demak ko'nik odatlan. Alloh bularni mana shunday yaratgan.
Alloh taolodan atrofingni tuzatib berishini so'raverma ha deb. Sen uning o'zingni tuzatishingga alloh quvvat berishini, sabr berishini so'radi. Mana shu duoying ijobat bo'lishga yaqinroq. Harakat qilding. Oshnangni, bolangni, xotiningni, birodaringni bir yaxshi tomonga suzatishlikka. Harakat qilding, sabablarni qilding, tuzata olmading. Harakating foyda bermadi. Endi boricha qabul qilib o'zingni tuzat.
Modomiki shu atrofimizdagi odamlarni holati, Alloh norozi bo'ladigan holat emasmi? Murosa qilamiz. Ichar ekan jo'ralarim, endi bular bilan murosa qilishim kerak ekan emas. Qimor o'ynashadi, o'tirar ekan, o'tirishim kerak ekan, ko'nikishim kerak e kan emas. Harom bo'lmaydigan o'rinda ular bilan murosa qilamiz, boricha qabul qilamiz. Ammo gunoh, ma'siyat bo'ladigan bo'lsa, birodarlar, tark qilishimiz kerak unaqa joyni. Domla aytgan, boricha qabul qul degan. Meni xotinim shunaqa benamoz. Mana shunaqa ishtonsiz yuradi, bor yo'q. Biz qayerda murosa qil deyapmiz? Qayerda boricha qabul qil deyapman? Alloh harom qilmaydigan o'rinlarda murosa qilishligimiz kerak bo'ladi. Alloh taolo bu dunyoni bir biriga zid bo'lgan narsalarni jamlovchi bo'lishini xohladi. Nima degani bu? Yaxshilik bilan yomonlik birga, issiq bilan sovuq birga, buzish bilan isloh qilish birga, xayriyat bilan fasod birga, xursandchilik bilan qayg'u birga. Shunaqa bo'ladi. Boricha qabul qil birodar. Bu Allohning xohishi. Keyin, keyin bu hayot tugagandan keyin, yaxshiliklar ajrab jannatga kiradi, yomonliklar ajrab do'zaxga kiradi.
Hayotni boricha qabul qilib birodar. Sen o'zgartira olmaydigan narsalarga siqilib umringni boy berib qo'yma. Sen o'zgartira olmaydigan ishlar bor. Bular haqida siqiladigan bo'lsang, umringni boy berasan. Umr esa juda ham qisqa. Ad dunya sa'a faja alha to adagalar rasululloh. Bu dunyo bir soatlik umrga o'xshaydi, bir soat. Ana shu bir soatlik ibodatga aylantir.
Shuning uchun atrofingga qarata, ajratib ol. Sen o'zgartira oladigan narsalar bor, sen o'zgartira olmaydigan narsalar bor. Agar shularni farqiga borib olsang, nimaga beparvo bo'lishi kerak, nimaga e'tibor qilish kerak, bilib olasan. Shunda duo qilasan. Ey Parvardigorim, men o'zgartira oladigan ishlarda menga sabr ber. Ko'nikishimga kuch ber. Ammo men o'zgartiradigan ishlarimda menga kuch quvvat ber. Endi mana shu ikkalasini farqlab olgani bilim ber.
Tushundinglarmi? Men o'zgartira oladigan ishlarda kuch quvvat ber. Men o'zgartirolmaydigan ishlarda menga sabr qanoat ber. Endi shu ikkalasini farqiga borib olish uchun menga ma'rifat ber. Yaxshi duo ekanmi? Hayotni boricha qabul qil. Gohida o'zimizni injiqligimiz, fe'limizni torligi tufayli atrofimizdagi narsalarga ko'rinishga qiynalamiz. O'zi aslida ko'rinishda bo'ladi, shungacha o'lib qolmaymiz. To'g'rimi? Stenda o'zingizda, nimaga yengilligingiz bor?
Uyingizda. Ha domla, qasinisini aytay. Mana shu chidab yuribman, shu xotinni xotin qilib. Ha, o'shaning uchun oilangizni oila. Sizni otangiz, enangiz yashagan bo'lsa, ellik yil, oltmish yil bo'ladi. Ular ham bir biriga chidagan, bir biriga ko'zini yumgan, shuning uchun oila qilgan. O'zi o'lib qolmaymiz. Shuning uchun. O'zimizni tuzatishni xohlamaganligimiz uchun atrofimizni tuzatib ber deb so'raveramiz da Allohdan. Aslida birodarlar, o'sha sizni ko'nglingizga yoqmayotgan ayrim holatlar, siz o'zingizni tuzatib olishligingiz uchun berilmadimikan sizga?
Savolni tushundinglarmi? Sizni ko'ngilingizga yoqmayotsangiz, siz ko'nika olmayotgan ayrim ishlar, momoq ishlar, siz shu injiligingizni tuzatyapsizmi deb turib Alloh Taolo dori qilib bermadimikan? Hadis sharifda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, ad dunya mal'unatun. Dunyo la'natlangandir. Mal'unun ma'fiy ha. Dunyodagi narsalar ham la'natlangan, ma'l'un. Faqat Allohni zikri, unga yaqin bo'lgan narsalar mustasno. Yana olim mustasno, muta'lim ham mustasno.
Dunyoda bandani Alloh'dan uzoqlashtirib qo'yadigan narsalar ko'p. Dunyo o'zi Alloh'dan bandalarini uzoqlashtirit qo'yadi. Shuning uchun la'nat deyapti. Shuning uchunga ma'lum deyilyapti. Sizni Alloh'dan nima to'ssa, shu narsa ma'lum hisoblanadi, e'tiyot bo'ling. Faqat Allohni roziligi uchun bo'ladigan ishlar bundan mustasno. Ilm, mustasno. Talab ilm, mustasso. Amru ma'ruf, mustasno. Nahim ukar, mustasno. Allohni zikri mustasno. Sizni Allohni uzoq qilayotgan, Allohni chalg'itayotgan kinasi bor, bu ma'lum hisoblanadi. Shuning uchun birodar, hayotni boricha qabul qil. Hayollarga berilma, orzular dunyosida yashama.
Shu dunyoda yashashga o'zingni ko'ndir. Issiq sovug'ga chidashga o'rgan. Bu dunyoda doimo vafodor do'st topilavermaydi. Doim ko'ngli yoqadigan ish topilavermaydi, chunki bekamni ko's mukammal bo'lish bu dunyoda sifati emas bir odamlar. Bir kam dunyo. U mukammallik naryoqda bo'ladi. Ideallik naryoqiqda bo'lsa, Jannatda bo'ladi da. Shuning uchun dunyoni boricha qabul qil. Sen o'zgartira olmaysanmi? Boricha qabul qilib qo'y.
Alloh Taolo aytadi, astadubillar va man aktarun nasib alav harosti bi mu'miniyin. Garchi siz deydi, ey Muhammad alayhissalom, judayam qattiq xohlasangiz ham, odamlarni ko'pi mumkin bo'lmaydi. Boricha qabul qilavering. Siz da'vatni qiling, Alloh hidoyat nasib qilganlar hidoyatga keladi, qolgani ketaveradi. Birodarlar, Alloh Taolo Odam alayhissalomga nima dedi? Farzandlaringdan do'zax haqini ajratib qo'y dedi.
Parvardigor, meni farzandlarimdan, Odam zurriyotidan do'zax haqqi nima? Deganida, mingta farzandingdan to'qqiz yuz to'qson to'qqiz tasi do'zaxga tushadi, bittasi janobga kiradi dedi. Voma aktarun nasib va lav halosti bi mo'minin. E, Muhammad alayhissalom, har qancha xarist bo'lmang, odamlarda ko'pi musulmon bo'lmaydi deyapti. Muhammad alayhi salom da'vat qilsa ham bo'lmaydi. Shuning uchun Muhammad alayhissalomga Alloh shunday taskin beryapti. Boricha qabul qilib qo'yavering. Demak odamlarda bori shu. Nima qilasiz endi? Shuncha narsani aytsam ham, shuncha tushuntirsam ham, yana shunaqa qildinglarmi? Chiqib ketaverasizlarmi sakkizdan katta demaymiz.
Domlalarga tavsiya da birinchi, birodar, agar sen Buxoriy bo'lib masala qilganda ham murakkabda chiqib ketadi. Agar sen Abu Hanifa bo'lganda ham chiqib ketadiganda chiqib ketavoradi. Hayotni boricha qabul qil. O'zgartirish qo'lingdan keladigan narsaga harakat qil, bo'lmadimi, bo'pti, boricha ekan deb qo'yib ketaver. Ma'qulmi? Odamlarni boricha qabul qildi. Urinib ko'rding, tarbiyalashga. Har qancha bo'lsa kechirib ko'rding. Imkon boricha berding hamma sharoitda, baribir o'zgarmadimi? Tamom, demak odamni, bu odamni yetib kelgan joyi shu ekan. Bo'lgani shu ekan deng, joning tinadi. Endi shunga yarasha muomala qilaverasan. Ko'p ham suyanayvermaysan, ko'p ham bir vazifani beravermaysan, shu borish shu ekan, endi nima qilamiz endi? Bo'lgani shu ekanda. Qiymati shu ekan. Ulamolar aytadi, insonning qiymati, qadri uning himmati va xohishiga qarab belgilanadi.
Hakamlardan biri aytadi, menga kishining maqsadi nima ekanini ayting, men sizga uni kimligini aytib beraman. Chumchuq bo'lib yaralgan qush burgutdek parvoz qila olmaydi. Sudralish uchun yaralgan jonivor parvozga yaramaydi. Bu dunyoda birodar mukammal xotin yo'q. Doim xotiningni bittasi sifati senga yoqmay turadi. Hadis sharifda aytilinadi. Rasululloh aytadilar: la yofroqu mo'minun mo'minatan. In karixa minha xulqon, rodiya minha oxir. Mo'min kishi o'zining mo'mini ayoliga g'azab qilmasin. Agar uning bir xulqini yomon ko'rsa, boshqasidan rozi bo'lar.
Ha, ovqatni shirin qilmaydi, lekin tili jag'i yo'q. Hech narsadan xursand bo'lib ketavering. Yoki tili jag'i zahar, ammo choqqon, uyni pazanda tutadi. Borda, to'g'rimi? Bitta yoqmaydigan sifati bormi? Yaxshi sifatiga qarab turib uni ko'zingizni yuvib qo'yavering. Chunki u xotin ham sizni xuddi shunaqa muomala qilyapti sizga. Birodar, hayotni boricha qabul qil. Qaytarib qaytarib aytyapmiz. Sen harakat qilding o'zgartirishga, bo'lmadimi? Endi buni boricha qabul qilib qo'yaver. Modomiki shu ish nima bo'lmasa, gunoh bo'lmasa.
Payg'ambarimizga ovqat olib kelib berishdi, Rasululloh oldilar, kimdan degandi, Payg'ambarimiz kimdan bu devdilar? Falonchi ayolingizdan deyishdi. Bugun Payg'ambarimiz Oyshonamiz bilan bo'ladigan kecha edi. Shunda Oyshonamiz rashxi kelib, Rasulullohni qo'lidagi ovqatni saxobalar ko'rib turgan joyda bir ro'berga tushirib yubordi. Siz nima qilar edingiz? Muhammad alayhissalom nima qildilar? Ayolini tabiatini bilganligidan, ayol kishi bo'lganligidan, yerdagi sinig'ni olib terib, onanglarni rashq qilib kelib ketdi da, g'ayriligi kelib ketdi da deb qo'ydilar, kechirib qo'ydilar. Boricha qabul qilishni misoli shu. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan o'sha umrimiz o'rtasida ozgina bir muomala bo'lib qoldi. Abu Bakr Siddiq keldi hal qilgani. Ham qaynotasi, ham eng yaqin sahobasi, yaqin sahobasini. Ham eng yaqin saxobasi. Shunda Payg'ambarimiz o'sha onamizga qarab turib, Muhammad alayhissalom, siz gapirasizmi yo men gapiraymi bo'lgan ishda? Deganida, o'sha onamimiz, siz gapiring, faqat to'g'risini gapiring dedi.
Muhammad alayhi assalom Payg'ambar bo'lmasdan avval ham sodiq, sodiqul amin bo'lganlar. As sodiqul amil bo'lganlar da. Mana endi ayol kishini bo'lgani shu ekanda, boricha qabul qilasiz. Lekin Payg'ambarim duo qilganlar, alhamdulillah, Alloh Taolo meni oishaning muhabbati bilan rizqlantirdi deganlar. Bugun borib zo'r gapirasizlar xotinlarga. Ishonib yuboringlar, chunki mo'minga nasihat foyda qiladi. Fainna zikro tanfaul mumingni eslatma berish, mo'minlarga foyda qiladida deydi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayolini boricha qabul qildilar. Shunday qilsak birodarlar, oilalarimiz buzilmaydi. Kechirishni o'rganaylik. Uylanadiganlar, oilasi muammo bo'lib ketganlar, xotini bilan urishib kelganlar bordir ehtimol ichimizda. Mana shu ko'zni yumasiz, kechirasiz, boricha qabul qilasiz, hayot oila turadi. Kimni uyidan o'tmagan janjal? Kimni uyidan o'zmagan? Shunday ekan, birodarlar, to'g'rilaymiz, kechiramiz, moslashamiz, oliyjanob bo'lamiz. Biz kimni o'zgartirishimiz oson? O'zimiznimi yo boshqalardimi? Nimani o'zgartirishimiz oson? Boshqalardimi yo dunyoqarashimizmi?
Ko'nglimizga yoqmaydigan bitta ish bo'ldi. Xo'p, savol. Biz buni o'zgartira olamizmi? Yo'q. Demak, siqilishni keragi yo'q. Voqelikni boricha qabul qilamiz. Yengil tarafini olamiz, qiyinini tashlaymiz. Ancha muncha kamchilikdan ko'zimizni yumamiz. Xato kamchilarda avf qilamiz, ba'zi narsalarga ko'zimni yumib parvo qilmay qovuramiz. Bo'pti endi, hech narsa emas.
Mana shu eng to'g'ri yo'l, birodar. Sen o'zing mukammalmaysanki, atrofdagilardan mukammallikni talab qilgani. Sen nimalarni o'zgartira olmaysan, birodar? O'ylanib ko'r. Ob havoni o'zgartira olmaymaysan, boricha qabul qil. Odamlarda fe'lni o'zgartira olmaysan, boricha qabul qil. Onlarda tabiatini o'zgartira olmasan, boricha qilib qabul qil. Alloh Taoloni bu koinotga qo'ygan sunnatlarni o'zgartira olmaysan. Boricha qabul qil.
Sen o'zgartira olmaydigan narsalaringga siqilib, umringni boy berib qo'yma. Ularni boricha qabul qildi, oldinga intilovor. Chunki hayot juda ham qisqa. Mayda narsalarga parvo qilma. Odam bolasi bor ekanki, uni o'y fikrlari, g'am tashvishlari bo'ladi. Uni bunday qilishim kerak, buni bunday qilish ham kerak, ononga ulgurishim kerak, mana bu ishim zaril, qolib ketmasin va hokazo. Xullas mana shu seni birodar tashvishga soladigan ishlar, arzigulik ishlar ham bor, arzimaydigan ishlar ham bor. Ya'ni tashvish qilishga arziydigan muhim ishlar bor va arzimagan mayda chuyda amallar bor. Ayrim odamlar ana shunday bir arzimas, mayda narsalar bilan aqllari band bo'ladi. G'am qilib kallasiga kiyib ko'tarib yurgan narsalari o'zi aslida bunga arziydigan ishlar bo'lmaydi.
Ya'ni bu mayda narsalarni kallasiga ko'tarib yursa odamlar himmati past odamlar deyiladi. Himmatsiz odam deyiladi. Bizni o'zbek tilimizda himmat desa faqatgina saxovat tushuniladi. Bu deydi oliy himmat odam desa, toki shu ehson qiladigan saxovatpesha odam tushuniladi. Lekin o'zi aslida himmat degan so'z, nima o'zi himmat? Bir himmat qilib yuboring deydi. Birga ham ozgina ehson qilib yuboring deganda. Himmat degani, oliy maqsadni oldiga qo'yishlik. Mana shu oliy himmat inson qanaqa bo'ladi, himmatsiz inson qanaqadir odam bo'ladi, pastkash odam qanaqa bo'lladi? Suhbat qilamiz. Agar sen birodar himmatsiz bo'lsang, himmating past bo'lsa, dunyoda baxtsiz bo'lishga tayyor turaver. Chunki insonni saodatga olib boradigan sabablardan bittasi kishining oliy himmat bo'lishligi.
Eng himmati past odamlar bu munofiqlar bo'ladi. Bularni holati juda ham tushkun holat, juda ham bir razil holat. Mana Qur'onda Alloh Taolo bular haqida nima deydi? Istadibillar. Voqolo'la tanfirufilhar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam topuk g'azotiga qo'shin jamlab, ana shu Rumga qarshi chiqmoqchi bo'lganida aytishdiki, bu issiqda urushga chiqmanglar.
Rasulullohni orqasidan chiqishlik degan ulug' sharaf turganda, bular issiqda chiqishlik deb o'ylayapti. O'ylagan g'ami o'zini jonini huzur halovati. Ana shu g'azodga Payg'ambarimiz da'vat qilganlarida, shu munofiqlarni kattasi nima dedi? Iidanli bola taftinniy. Menga Madinada qolishga ruxsat bering, yo Rasululloh. Men Banu Asfarni ayollarini ko'rsam, fitnaga uchrab qolaman. Ya'ni ana shu rumlilarni ayollari chiroyli bo'ladi. Ayollarga ko'nglim bo'sh, ularni ko'rganda fitnaga kirib qolmay. Bahonani qarang. Xandaqni yonida shu munofiqlar nima deyishdi? Inna buyutana avro, vo mahiya bi avro, in yuriyduna inna ferora.
Musulmonlarni ro'parasida o'n ming kishilik qo'shin turibdi xandaqni orqasida. Ularni ro'parasi turibdi musulmonlar. Orqa tomondagi Banu Quraiza musulmonlarga xiyonati aniq bo'lgandan keyin, munofiqlar o'zini huzurini, halovatini o'ylab, Rasululloh taolidan ketishdiydi payiga tushib qolishdi. Nima deyishdi? Uyimiz orqa ochiq ochig'idi, orqa tomondan kelib qolmasin biroq. Holbuki ular ochiq sochiq emas edi, ular faqat jang maydonidan qochishni xohlashdi. Rasululloh taoloda oliy himmat odamlar qoldi, lekin himmatsiz bo'lgan. Munofiqlar orqaga qaytib ketishdi. Munofiqlar nima deyishdi? Naxshan tusibana dayiro. Bizni ustimizga bir musibat kelishidan qo'rqamiz. Ya'ni bular qiynalmasligi kerak. Ular Payg'ambarimizga itoat qilishadi, ergashadi, qachonki ularga bu narsa qulay bo'lganda. Ya'ni musulmonchilikka amal qiladi, unga yoqqan paytida nafsiga. Nafsiga yoqadi, amal qiladi, nafsiga yoqmay qo'ysa, chekkaga surib qo'yaveradi. Ya'ni uni foydasiga hukm bo'lsa, Islom qozisiga boradi. Agar uni foydasiga bo'lmasa, Islom qochig'iga bormaydi. Birodarlar, munofiqlar eng himmati past bo'lgan odamlar bo'ladi.
Bu munofiqlar faqat o'zini huzur halovatini o'ylagan. Uyi, joyi, qodni qursog'i, huzur halovati. Tamom. Boshqa narsa yo'q. Bizni oramizda ham shunaqa odamlar yo'q emas. Birovga foydasi tegmaydi. Birovni bir mushkulasini hal qilishga bir harakat qilmaydi. Jamiyatni bir foydasini o'ylash yo'q. Yo'q. Bunaqa ma'nolardan uzoq. Menga tegmanglar, men ham tegmayman. Meni tinch qo'yinglar. Himmatsiz odam.
Menga nima deydi yu? Bo'lyapti, mahallada noto'g'ri ish bo'lyapti. Aroq sotilyapti. Falonchi bir bezorlik qilyapti, falonchi buzyapti mahallani bolalarini. Menga nima deydi yu, mana shu himmati past odam bo'ladi. Lekin himmati past bo'lgan odam o'zini huzur xarobatini o'ylab uyda yashar ekan, bu odam baxtli bo'lmaydi. Qaranglarda.
Qarsak cholgandim, devoldan qarsak qaytdi. Sizdan qanaqa narsa chiqsa jamiyatga, bu borliqqa, shu borliqdan sizga shu narsa qaytadi. Tushuntira oladimi ukalar? Xudbinlik yaxshi narsa emas. Sal balandroq narsani mo'ljallash kerak. Mana shu oliy himmat bo'lish, mayda narsalar bilan ovora bo'lmaslik, yuqoriroq narsalarni maqsad qilib yashashlik insonni saodatli qiladigan omillardan bittasi. Siz jamiyatga yaxshilik ulashing, bu borliq sizga shu jamiyat yaxshilikni qaytaradi.
Robbingizda tushuning, siz borlig'ida ekanini shuni tushuning. Siz o'zingizni shukuringiz uchunlar, o'zingizni huzul xalobotingiz uchunlar yashing, jamiyatdan sizga xuddi o'shanaqa narsa keladi. E, tanishing yo'qmi, manaqa qilish kerak. E, tanishingyo'qmi, mana qa qilish keraksiz. Senda yo'qmi, senda yo'q. Nimaga yo'q? Chunki sen hech kimga foydang tegmagansan seni. O'shaning uchun seni kiyiming yo'q. Jamiyatga foydangiz tekkan bo'lsa, o'sha sizdan foyda ko'rganlardan foyda qaytadi aytdi ku. Qarsak cholgandingiz, qarsak qaytdi. Sutek cholgandingiz, sutek qaytdi. Siz jamiyatga nima bersangiz, jamiyatdan shu narsa qaytadi sizga. Balnitsaga chiqib yotsangiz, birov ko'rgani ham bormaydi, chunki siz borgan emassiz da. Hashar qilsangiz, birov kelmaydi, chunki biz borgan emassiz birovni hashariga. To'g'rimi? Nomiga borib qo'yasiz, ikkiga chiqsa keyin jilvorasiz kiyimingizni ko'tarib.
Ha, bor a shunaqalar ichimizda. Bunaqa odamlarda bor tashvishi, hozir aytayotganimizdek, yeyishi yu huzur halovati. Bunaqalar haqiqiy bechora odamlar. Bunaqa odamlarda boy g'ami o'zini huzur halovati, qonni qursog'i, idish tovog'i, uyi, hangomi, qasrlari xolos. Bunaqalar ko'zlarini ibrat osmoniga qaratmaydi. Fazilat yulduzlariga hargiz nazar solmaydi. Qaramaysizmi sahobalarni, to benlarni, ulug' insonlarni. Hayotini dini uchun, xalqi uchun, mamlakati uchun, vatani uchun bergan, Alloh Taolo bularni ismlarini qiyomatga chizayot qilinadigan qilib qo'ydi.
Mel ish narsalar bilan ovora bo'lib qolishlik. Mashinasi o'n ming dollarlik mashina. Yigirma ming dollar sarfladim mashinaga deydi. Yangi olgan mashinasi o'nta ming dollarlik, mashina bir oyning ichida yigirma mingt sarfladi. Nima emish, shaharda bitta bo'lib yursin emish. Himmatni qarang.
Himmatni qaroing. O'n ming dollarlik mashinaga yigirma ming sarflab yubordi. U karkasilar qoldi da uni. Mana shu oliy himmat odam emas. G'amni qarang, tashvishda nima ekan, shaharda bittada bo'lib yursa ekan. Ha, pulni o'zi topgandan keyin o'zi sarflaydi, bizni ishimiz yo'q, lekin oliy himmat musulmon yigitga shunaqa qilish to'g'ri keladimi? Qarindoshlarda bordir muhtoj odam, o'sha yigirma ming, o'n mingini berib qo'y, bermaydi. Chunki uni maqsadi nima? Primitiv da.
Hikmatli so'z, birodarlar. Sultonni qasrida ishlaydigan ishchi. Sultonni nazarida qadrini qanchaligini bilmoqchi bo'lsa, o'sha saroyda ishlaydigan iz chiqarasin. Sulton uni qaysi ishlarga buyuryapti? Qaysi ishda sulton unga ishonyapti? Shundan bilib qo'yaversin sultonni nazdidagi qadrini.
Agar biz ham Alloh Taoloning huzurida qadrimiz qanaqa ekanligini bilmoqchi bo'lsak, qaraylik. Alloh bizni nima g'amlar bilan band qilib qo'ydi? Nimalar bilan kallamiz band? Nimalarda orzusi umidida yuribmiz? Robbimiz bizga nima ishlar deb yuryapti? Qaysi ko'chada bizni ishlatyapti? Agar himmatingiz oliy bo'lsa, Robbi sizni yaxshi ko'ribdi. Ummatga, xalqimga, vatanimga foydam tegsin. Jamiyatga bir foydali inson bo'lay degan balandroq narsani fikr qilayotgan bo'lsangiz, demak Alloh sizni yaxshi ko'ribdi.
Ma'qulmi? Shunaqa odamlar bor. Bir majlisga kirsa, borligi bilinmaydi. Yo'q bo'lsa, yo'qligi bilinmaydimi? O'lib ketsa, o'lgani ham bilinmaydi. Ya'ni hech kimga foydasi tekkan emas bu odamni. Shuning uchun birodar, kechagin kuningga qara. Bugungi kuningga qara, ertangi kuningga qara! Arzigulik biror narsa bilan bandmisan?
Innallohu idaa abdun ista amalahum. Rasululloh aytganlar, Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, ishlatadi deganlar. Qanaqa qilib ishlatadi yo Rasululloh? O'zi rozi bo'ladigan, yaxshi ko'ringan ishga buradi. Shu yerda ishlatadi. Endi Alloh Taolo bir bandani yomon ko'rsa ham ishlatadi. Qanaqa qilib ishlatadi? O'zi yoqtirmagan tomonga urib qo'yadi. Birodar, mayda narsalar seni sindirib yubormasin. Himmatni balandroq qil. Oliy himmat bo'l.
Agar robbing seni dinni xizmatiga burgan bo'lsa, xalqingni, vataningni, ummatingni xizmatiga safarbar qilgan bo'lsa. Xursand bo'l. Robbing seni yaxshi ko'ribdi. Sendan yuz o'girmabdi. Chunki sendan robbing yuz o'girganiga belgisi bor. Hasan Basri aytadi, Alloh bir bandadan yuz o'gurganining alomati uni befoyda narsalar bilan ovora qilib qo'yishidir.
Befoyda narsa bilan kallasini band qilib qo'yardi. Demak, shu bandadan Alloh Taolo yuz o'girdi. Murod Ali, oxirat hayoti talab qiladi va talab qilinadi. Dunyo hayoti ham talab qiladi va o'zi ham talab qilinadi. Kim oxiratni talab qilsa, bas dunyo hayoti uni talab qiladi, banda dunyodan rizqini to'liq qilib oladi.
Endi kim? Dunyoninglar talab qilsa. Bas u kishini oxirat talab qiladi. O'limi to'satdan kelib ushlaydi. Ulamolar aytishadi. Odamlar bu dunyo matohiga qanchalar muhabbatli bo'lishsa, hayotda shunga yarasha azob, g'am qayg'uda yashaydilar. Oxiratni o'ylamasdan faqat dunyo matohi deb yashayaptimi? Muhabbati qancha qattiq bo'lsa dunyo matohiga, mayda chuyda narsalarga qanchalar muhabbati qattiq bo'isa, mashaqqati, azobi shunga yarasha bo'ladi. Shuning uchun birordam saodatli bo'lmoqchimisan, mayda narsalar seni sindirib qo'ymasin. Mayda narsalar bilan ovora bo'lib qolmagin.
Mayda narsalar nima o'zi? Mashinasi chizilib qolibdi. Burayotuvdi, bufiri chizilib qoldi. Siqiladiki, uyog'i yo'q. Ha, kraskalasa bo'ladi yu, to'g'rimi? Ya'ni agar sen shu dunyoni arzimas matohini asosiy maqsad qilib olgan bo'lsang, baxtsizliging shunga yarasha bo'ladi. Qalbing kerak emas, arzimas narsalar bilan band bo'ladi. Hayoling hali yoqqa sochilgan bo'ladi. Faqirligidan qo'rqib yashaysan, zebzingni orqasidan quvib yurib yashaysan.
Ishchi o'zini xo'jayinini oldida qadri baland bo'lishini xohlasa, bu ishchini tashvishi xo'jayinni buyrug'ini amalga oshirish bo'lishi kerak. Tushunarlimi? Xo'jayinning oldida qadr qiymatingizni ko'tarilishini xohlaysizmi? G'amingiz xo'jayin rozi qilish bo'lsin, g'amingiz buyruqni bajarish bo'lsin. Shunda xo'jayin sizni qadrlaydi. Allohni rozi qilishingiz, birinchi g'amingiz bo'lsin, qolgan narsani Alloh Taolo nima qilib beradi? Tekislab qo'yadi. Mana shunga o'xshagan mayda narsalar bilan qalbi band bo'lib qolgan odamlar qimmatli umrini, vaqtini nimalarga sarflayotganini qarang da.
Bunaqa mayda chuyda narsalar bilgan ovora bo'lgan, o'zbekcha aytganda melichniy odamlar qarasang hali xotin bilan janjallashar ekan. Keraksiz narsalarni muhokamasi, talashib tortish bilan umr o'tayotganini ko'rasiz. Bu musibat bu. Bu musibat. Buni yo biladi, yo bilmaydi. Bunaqa odamlarda oliy maqsad degan narsani o'zi bo'lmaydi. Yuksaklik, intilish bo'lmaydi, baloradi bizga shu yetadi deydi, bo'ldi. Tirikchigimizni o'tyaptimi, bo'ldi, boshqa narsani keragi yo'q. Sal, yo'q, bizga kerak emas. Bu himmatsiz, past odamlarda bo'ladi.
Bu borliq vakuumni ko'tarmaydi. Agar idish bo'shasa, uni ichini havo egallaydi. Bitta ko'chada suv turuvdi, suvni to'yib yubordingiz. Endi ichi bo'sh qoldi. Uni ichida havo bo'ladi. Bu nima degani? Agar birodar seni muhim, zaril va ulug' ishlar fikringni, qalbingni egallamasa, demak qalbingni mayda, razil past narsalar egallaydi. Qaytaramiz. Agar seni qalbingni, fikringni muhim, ulug' ishla band qilmasa, seni qalbingni mayda, razil, past narsalar band qilib qo'yadi.
Ichingda oliy himmat yo'qmi? Demak sen mayda narsa bilan ovora bo'lasan. Yosh yigitsan, biror sohani bilimdoni bo'lishga intil, yoki bir kasb hunarda bir mutaxassis bo'lishga harakat qil. Talabamisan, gruppangdagi eng birinchi bola, eng birinchi o'quvchi bo'l. Mana endi savol tug'iladi. Muhim, zarur, arzigulikda bo'layotgan narsalar haqida bir fikr qilish kerak. Men muhim, zarur, jiddiy, arziguli narsalar bilan kallam ovora deyapsan. Endi o'sha sen muhim deyotgan narsalarni tashlab chiqqinda, haqiqatdan ular muhimmi? Haqiqatdan g'am qilishiga arziydimi?
Diqqat qil bunga. Chunki sen shu muhim deb bilgan narsangga umringni sarflayapsan, vaqtingni sarflayapsen, vujudingni sarflayapson, pulingni rohatingni sarflayapsin. Agar sen muhim deb qilayotgan ishlaring arzimas bo'lib qoladigan bo'lsa, nima bo'ladi? Kasodga uchraysan. Qiyomat kunida Payg'ambarimiz aytadilar: la ta'zulu qodama abdi yavmal qiyamat hatta yuz an umri hifima afnahu. Qiyomatda bir bandani oyog'iniidan jilmaydi, to'rtta narsa haqida savolga javob bermaguncha. Qiyomat qoyim bo'ldi, to'rtta savolga javobi berasan, keyin jilasan uningdan. Birinchisi, umri haqida so'raladi. Nimaga sarflading umringni? Muhim narsalargami yo arzimagan narsalargami? Ilmi haqida so'raladi, amal qildimi yo'qmi? Moli haqida so'riladi, qayerdan topdi, qayerga sarfladi? Va o'zini jismi haqida, jasadi haqida so'roladi. Nima bilan bal olading jasadingni?
Shuning uchun birodarlar, biz qaysi narsa muhim, qaysi narsa mavjud emas, ajratib olishimiz kerak. Bugun boring uyga. Daftarni oling da yozing. Nimalar bilan o'rovli yuribsiz? Mana bu, mana bu, mana bu narsalarni. E, chizib chiqing. Mana bu muhim, mana bu muhim emas. Qarasangiz, yarmidan ko'prog'i o'zi muhim emas narsalar bo'ladi. Qaysi ishlar muhim emas, masalan?
Yo'q, domla, bizda hammasi muhim. Bizda muhim emas. Futbolga balnishinglar bormi? Bor. Futboldagi natijaga qarab siqilib bo'g'ilishlik muhimmi, muhim emasmi? Nimaga muhim emas? Uxlamay ko'rasizlar u. Muhimmi shu, muhim emas mi? Siqiladi, svet o'chib qoldi, srochniydek dvijoga olib kelish kerak. Liga chempionati finali bo'lardi.
Yigitlar, qaranglarda, muhim emas ish, juda ham ko'p bizda. Va mana shu muhim emas narsalarni olib borib bo'layotganimiz bizni baxtsiz qiladi. Himmat nima? Himmat bu qalb amali. Himmat insonni harakatga keltiradigan ichki kuch. Insonni harakatiga keltiradiganichki kuch. Himmat insonning ichki quvvati. Endi mana shu himmat yo oliy bo'ladi, yo past bo'ladi. Bu quvvat kuchli bo'ladi yoki zaif bo'ladi. Solihlardan biri aytadiki, himmatingni saqla. Albatta u hamma narsaning boshlanishi, agar himmating to'g'ri bo'lsa va sen u himmatingga sodiq bo'lsang, qolgan hamma amaling to'g'ri biladi.
Himmating bormi ishingda deydi. Ya'ni yuragingda bir o'ting, shijoating bormi deganida. Yuragida shijoati, himmati bor odamlar inay ves tasha oladi. Yuragida himmati quvvati bor odamlar inesport zalga postoyanno bora oladi. Himmati oliy bo'lgan insonlar bo'ldi, to'xtatdim deydi. Qorinni yarmi to'ldi, bo'ldi,to'xtatdim deydilar. Oliy himmat insonlar qila oladi.
Ya'ni ichki quvvati borda. A aytdik ku, himmat nima desa, insonni harakatga keltiradigan ichki quvvoti, ichki kuchi to'xtata olmayaptimi? Demak, himmati yo'q buni. Himmat degan so'zni tushundinglarmi ukalar endi? Himmat faqat nima emas ekan? O'zi avvalambor o'g'il bolaga birinchi navbatda ibrat bo'ladigan odam bu uni otasi bo'ladi. Xususan bir o'n yashargacha o'g'il bola uchun eng birinchi odam ibrat, ota. Agar ota oliy himmat bo'lsa, shijoatli bo'lsa, bir g'ayrati, ichki quvvati bo'lsa, haligindan ko'ra o'rganadi. To'g'rimi? Yotadi ota.
Oliy himmat inson qanaqa bo'ladi? O'sha mayda narsalar bilan ovora bo'lmaydigan odam. Oliy himmat inson bekor o'tgan umriga nadomat chekadi. Bugun o'tdi, bir pora u Qur'oni qo'ya olmadi. Bugun kun o'tdi, birovga bir yaxshilik qila olmadi, zikr qila olmadi, ibodat qila olmadi. Oliy himmatli inson qanaqa bo'ladi? Past narsalarga ko'nmaydi. Ikkinchi sort bo'lishga ko'nmaydi. Doim birinchi bo'lishga intiladi. Boshqalar uchun xayol bo'lgan narsa u uchun yengil bo'ladi.
Olihimmat insonlar nodir bo'ladi. Ko'p bo'lmaydi bunaqalar. Payg'ambarimiz aytadilar, tajiduna nasa ka ibilin miya. Odamlar xuddi yuzta tuyaga o'xshaydi. Bir top yuzta tuya. La yajid rojulu fixa rohilatan. Mingani bitta rohilasini topa olmaydi odam deydi. Odam ko'p, lekin himmati bor ekan. Olihimmat inson jannatdan boshqa narsaga rozi bo'lmaydi. Olihimmat inon o'zini qadrini yaxshi biladi. Kibr emas, g'urur emas, o'zini qadrini biladi. O'zini xor qiladigan o'ringa qo'ymaydi. Oliy himmat inson o'zini obro'yini, o'zini sharafini, o'zining mehnatini ustiga quradi. Nasl nasabiga, dadasini avtoritetiga, falonchini jiyani ekanligiga emas. Tushunarlimi?
Men falonchini o'g'liman. Men falonchini jiyaniman. O'sha odam himmati yo'q odam. Oliy himmat inson o'zini sharafini, obro'yini, o'zining mehnatini ustiga quradi. O'zinikida. Dadasini puli bilan, dadasini obro'yi bilan obro' yotirib olganlar bor. Ferrari. Ferrari. O'n sakkiz yashar yigit, eshikni ochib olib, oyog'ini tushirib o'tiribdi, kalit o'ynatib. Hamma ko'rib turib o'n sakkiz yashar yigit Ferrari minib olibdi. Hamma qiziqyapti, qanaqa tijorat qilar ekan. O'n sakkish yasharda Ferrari'ga ega bo'libdi. Ferrari necha pul o'zi?
Ferrari'si bor yo'qmi? Xullas eng qimmat sifati uyni mashinani, hoji aka. Uka, nima kasbingiz bor, nima ish qilasiz? Desa, o'g'ilman deyapti. O'g'ilman deyapti. Ya'ni boyni bolasida, dadasi menda o'zi hech kim emas da.
Bu oliy himmatli inson emas. Bu dadasi ertaga o'lsa, dadasini puli yo'q olsa nol bo'lib qolaveradi. Shuning uchun yigitlar, haqiqiy oliy himmatli o'g'il bola, men falonchini o'g'liman deb kelib kelmaydi. U shunaqa o'g'il bolaki, dadasi kelib kelib yuradi men falonchini dadasiman deb. Shunday ish qilib qo'ygan, shunday yashab qo'yganki, oliy himmat yigit. Ota onasida uni otini aytib faxrlanib yurishadi.
Bormi shunaqa himmat yigitlar? Urug'ingiz sizni otangiz aytib faxriddodigan qilib qo'ya olasizmi? Demak, oliy himmat inson o'zini sharafini, hurmat obro'yini o'zining mehnatini ustiga quradi. Nasr nasabiga, falonchini farzandiman deyishlik ustiga emas. Inna alloh ta'ala yuhib bu ma'aliyal umur va yakka rahmah sabfasi faha. Rasululloh aytadilar, albatta alloh taolo ishlarning eng oliysini yaxshi ko'radi. Past razninglarni yomon ko'radi. Birodar, oliy himmat bo'l. Hayotda seni past narsalar sindirib qo'ymasin. Unaqa mayda chuyna narsalar bilan kallangni qalbingni band qilma.
Oliy himmat insonlar hamma ishida himmati baland bo'ladi. Ilm talabida ham himmati baland. Ibodatida ham, haqni talab qilishda ham, Allohga da'vat qilishda ham kasbikorda ham hammadan oldin bo'lishlikka harakat qiladi. Oliy himmatli insonlar. Endi insonni himmatini pasaytirib yuboradigan narsalar ham bor. Insonni himmatining ko'taradigan narsalar hamm bor. Himmatingizni yuksaltiradigan sabablar ilm, basirot, oxiratni unutmaslik, o'limni eslashlik, duo, oliy himmat insonlar bilan ham suhbat bo'lish, solih insonlar majlisida nasihatlarga quloq tutish. Shularni eshitgan, mana himmatinglar ko'tarildimi ozgina? Ilm majlisi bo'ldi da. Ilm majlisi buldi da. Himmat ko'tarildimi?
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xudoga kunida mana Quraysh bilan suvga kelishganlar. Umra qilgani keldilar, Quraysh kirgizmadi. Xudaybiya degan joyda Rasululloh Quraysh bilan sulhga keldi. Xudaybiye sulhi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Xudaybiya kunida u zot bilan kelgan bir ming to'rt yuzta odam qo'lini qo'liga qo'yib bay'at berishdi. Agar Quraysh bilan jang bo'ladigan bo'lsa, tashlab ketmaysizlar. Bir ming to'rtyuzta odam bay'at berdi. Ular ana shu bay'atlari bilan Allohni roziligiga erishdi.
Laqodir radiyallohu an ili mu'minina id yubayi ya'unaka taxtash shajara. Ana shu daraxt ostida sizga bay'at berganlardan Alloh rozi bo'ldi dedi Alloh Qur'onida. Ular muhimi mana shu joyda urush bo'ladimi, bo'lmaydimi, muhim emas. Muhimi eng asosiysi Allohga bergan va'dasini ustidan chiqish. Boshqa narsa muhim emas. Issiq bo'ladimi, sovuq bo'ladimi? Bay'atda turaylik dedi. Ana shu bir ming to'rt yuzta odamni ichida bitta odam kelgan edi munofiqlardan. U bay'at bermadi. O'zini qizil tuyasi bor edi, tuyasini g'ami bilan yurdi. Tuyasini orqasidan yurdi. Tuyasini yo'qotib qo'ymaslik kerak. Urush bo'lib ketadigan bo'lsa, tuyasi chiqib ketmasin qo'lidan. G'amni qarang. Bir ming to'rt yuzta odam payg'ambarga bergan va'dasida turishlik g'am qilib turibdi, bu tuyasini g'amini qilyapti. Endi nima bo'ldi? Tarixda Rizvon bay'ati deb nomlangan mana shu bay'at tamom bo'lgandan keyin Payg'ambarimiz aytdilar, mana shu daraxt ostida bay'at berganlar Jannatga kiradi, hammasi, faqat qizil tuya egasi kirmaydi.
Ko'rdingizmi? Tuyasini g'amini qildi, maydonasini g'amini quldi, Jannatdan mahrum bo'ldi. Ulamolar aytishadi, Allohni rozi qilaman degan bandaga himmat kerak, ilm kerak. Himmat nima qiladi? Himmat harakatga boshlaydi, yuksaltiradi. Ilm esa uni yo'lini to'g'rilab turadi. Oliy himmat insonlar uchun odamlar xayol qilayotgan narsa bugungi haqiqat bo'ladi. Odamlar, o, bolamikin degan odamlar turganda, bu shu narsani qilib qo'yadi. Shuning uchun birodar, ishlaringni bir tekshirib chiq. Sen ular bilan ovora bo'lishingga arziydimi? Agar arziymaydigan ekanini topsang, ularni tasha. Shunda sen g'am tashvishlaring kamayib, o'zingni baxtiyor va xursand his qilasan.
Yer kurrasini ustingga ko'tarib olma. Yer sharini yelkanga ko'tarib olman. Shunaqa odamlar bor, ichi doim qaynab turadi. Agar aytish mumkin bo'lsa, bunaqalarni ichida uchinchi jahon urushi doim bir avjida turadi. Nimaga bunaqa deyapsiz? Bunaqa odamlar ko'chada bo'layotgan har bitta voqea, hodisani o'ylab, kallasida, qalbida olib, doim asabiylashib yuradi. Bunaqalar o'zlarini o'zi tugatib qo'yadi, tamom qilib qo'yadi. Oshqozon yarasi deysizmi, davleniya deysizmi, saxrniy diabet deysizmi? Ana shu doimiy suratda tarang yurganligi uchun, har bitta bo'layotgan voqeaga bir daraxtni bakidaqa qalbi qaltirab bir ta'sir qilib turganligi uchunga o'xshagan kasallarni naqd qilib oladi.
Narx navo oshib ketdi, dollar kurs o'ynab turibdi, yomg'ir yog'mayapti, isib ketdi. Yelkasiga yelkurrasini ko'tarib olganda. Buni odamni hayoti doim qo'rquvda, sarosimada, xavotirda bo'ladi. Bunday qilishlik insonni tugatib qo'yadi. Shuning uchun birodar, yer kurrasini yer kengiga ko'tarib olma. Suvni o'zini oqishiga tashlab qo'y. Alloh taolo aytadi, yaxshisabuni kulla sayihatina alayhim. Shu bo'layotgan har qanday shovqin, baqir chaqirni meni zararimga deb o'ylaydi, vahima qiladi. Shuning uchu birodar, yer kurrasini yer kengi ko'tarib olmagin. Yomon hodisalarni uloqtir, yuklab olma, kengroq bo'l. Bo'lgan bo'lmagan narsalarga qo'g'urilaverma. Chunki Allohni aytgani bo'ladi. Bitta yaxshi maslahat bor shu yerda. Mana kechagi darsimizda Anushervon ikkiga bo'ldi ishlarni.
Chorasi, tadbiri bor ishlar va chorasi, tadbir bo'lmagan ishlar. Sen tadbir qilishing mumkin bo'lgan ishlar bilan o'zgartira olasan. Uni chorasini yaxshilab qil. Endi sen chorasini qila olmadigan ishlarga sabr qil. Yana bitta yaxshi maslahat bor. Hayotdagi ishlarni ikkiga bo'lib olamiz. Birinchisi, siz ta'sir o'tkaza oladigan ishlar, ikkinchisi, siz ta'sin o'tkaza olmaydigan ishlar. Ro'parangizda sizni o'ylantirayotgan, sizni yuragingizga vahima solayotgan, siz siqayotgan ish. Shu ikkalasidan qaysi biriga to'g'ri keladi? Agar siz ta'sir o'tkaza oladigan ishlar bo'ladigan bo'lsa, imkoningiz boricha tadbirni qiling, qilib turib buyog'i Allohdan deng. Endi agar ikkinchisidan bo'lsa, siz ta'sir o'rgaza olmaydigan ish bo'ladigan bo'sa, nima qiling? Ular bilan ishingiz bo'lmasin. Ular qaysilar?
Ob havoda qanaqa bo'lishi, senga hech qanaqa aloqasi yo'q. Yo'q hammikin, yo'q emasmikin? Buday charchab qo'yuvdim, ozgina yo'q hammikkin, yo'q emasmikin? Tomga loy solishim kerak edi, yoqmay tursa yaxshi bo'lar edi. Sen nima qila olasan? Yana sen ta'sir o'tkaza olmaydigan ishlardan bittasi, o'sha valyutani kursi. Endi nima bo'larkan? Endi qanaqa bo'larkan? Nima bo'ladi? Sen o'zgartira olasanmi? Yo'q. Teq qo'y. Suvni o'zini o'qishiga tashlab qo'y.
Siyosatchilarni o'rtasida bo'ladigan mojarolar, endi qanaqadir bo'larkan? Nda nima bo'larkin? Sen. O'zgartira olmaysanmi? Yelkangga yer sharini ko'tara olmagin. O'zini oqishiga qarab qo'y. Shunaqa odamlar bor, xuddi bir lata namlikni o'ziga singdirib olgandek, bu odamlar qalbiga mana shunday qo'rquv, vahima, mish mishlarni singdirib oladi da, bo'lgan bo'lmagan narsaga asabiylashib, siqilib bo'g'ilib yashaydi. Har narsaga jazoga tushaveradi. Bunaqa qalb o'zini egasini tamom qilib qo'yadi.
Endi bu eslatmalar kimga foyda qiladi? Istadibilla vadakkir fainna dhikro tanfaul mo'miniyin. Eslatma bering, Qur'on bilan, hadis bilan, shariat hukmi bilan. Zero eslatma, mo'minlarga foyda qilsin. Bugun bir narsadan albatta jazavaga tushdingiz. Bir narsani o'ylab siqildingiz, nerviz o'ldi va unga siz hech qanaqa aloqangiz yo'q edi, ta'siringiz yo'q edi. Bo'ldimi shunaqa bitta, o'ylab ko'ring bugungi kuningizda. Unaqa siz kunimiz yo'q. Albatta nimadandir nima qilamiz?
Siqilib bo'g'ilib ketamiz. Bu nasihat birodarlar haqqa ergashganlariga foyda qiladi. Ularning iymonini quvvatli qiladi. Ammo iymoni zaif bo'lgan imoni quvvatiz bo'lgan odamlarga bu nasihatlarni foydasi yo'q, vahimani ustiga vahima qilaveradi. Ammo yuragida imoni, shijoati bor insonlar bunaqa bir mayda chuyda narsalarga parvo qilmaydi, sobit turoli edi. Jasur, mard, qo'rqmas kishilar bosiq bo'ladi, fe'li keng bo'ladi, ishonchi mustahkam bo'ladi. Qo'rquvlar esa mazza bemaza, behuda xavotirga tushaveradi. Alg'oq dog'oq ko'rib qolgan tushini ham ta'bir qilib turib, shu tushidan ham qo'rqib yuraveradi. Endi nima bo'larkan? Kechqurun mana qani ko'rgandim.
Nima bo'lardi? Haloyiqni Alloh azza va jala hali yaratmay turib, maxluqotlarni hech qaysini yaratmay turib qalamni yaratgan. Qalamga Alloh Taolo yoz degan. Qalam ana shu lahzada koinotda sodir bo'ladigan har bitta narsani bitib bo'lgan. Bu osmoni yer yaralmay ellik ming yil avval bo'lgan. Shuning uchun manaqa bolamish, manaqa bo'lar ekan, anaqa bo'lar ekkan.
Kim aytgani bo'ladi? Alloh aytgani bo'sadi bolam, qo'rqma. Dada, tuya arzon bo'libdi, bir tanga ekan. Yo'q o'sha tanga, qani tanga? Ancha vaqt o'tgandan keyin dada, mana endi tuya yuz tanga bo'libdi. Olib qo'ysak bo'lardi desa, dadasi chiqarib beradi, mana yuz tanga. Endi tanga bor. Endi tuya minishing yozilgan bo'lsa, yuz tangaga ham olasan. Chunki o'sha paytda yuz tanga yerib, Alloh yetkazadi. Yetmish tadan quvyapmizmi benzinni?
Mashina yomon og'zayib ketdi da, benzin qimmatlagandan beri. Uning sari katta mashinalar, uning sari qimmat mashina to'la o'lyapti, birodarlar. Mo'min odam yelkasiga yer sharini ko'tarib olmaydi. Go'yoki u ko'tarib g'am qilmasa, xuddi yer aylanmay qoladigandaqa. Birodar, sen bilan men o'lib kelsak ham chi, bu yer aylanaveradi. Bu shamol esaveradi, bu quyosh chiqib botaveradi, hayot o'zini maromida ketaveradi. Sen yelkangga yer sharini ko'tara olmagin. O'zingni tugatib qo'ymagin.
Agar birodar xotirjam hayotni xohlaydigan bo'lsang, hodisalarga sabr bilan yondash, shijoatli bo'l. O'ziga ishonchi bo'lmagan insonlar sen bilan meni vahimaga solib, hissiyotga solib qo'ymasin. Bularni ishiga parvo qilma. Voqea hodisalarga nisbatan qattiq tur, kuchli bo'l. Endi qalbi zaif insonlarga Allohninng rahmi kelsin. Bunaqalarni kunlari ularni har kuni larzaga solib, qaltiratib turadi.
Alloh taolo aytadi, astabi billa, la tajidannahum ahrosannasi ala hayya. Mana shunga o'xshagan yahudlar, mana shunga o'shagan dunyoga berilgan, dunyodan boshqa narsani g'am qilmagan odamlar hayotga eng o'ch odamlar bo'ladi. Hayya deb turib aliflomsiz aytilinyapti. Hayya degani har qanaqa hayotga rozi. Faqat yashasa bo'ldi.
Ammo mana shunga o'xshagan zaiflikni ko'tarmaydigan, quvvatli qalb egalari bo'ladi, kuchli qalb egalar bo'ladi. Bularga Alloh tomonidan yordam keladi. Chunki bular Allohni va'dasiga iymon keltirgan. Allohni va'dasi haq ekanligiga iymon keltirdigan. Ular taqdirda bitilgandan oshchinasi bo'lmaydi deb aniq ishonishadi. Alloh taolo ularga xotirjamlikni beradi. Kim aytgani bo'ladi? Allohni aytgani bo'ldi deydi. Ularni qalblariga Alloh Taolo taskin tushiradi.
Yelkasiga yer sharni ko'tarib olgan, tinmasdan bo'layotgan ishlardan norozi bo'lib, hamma vahimani ko'taradigan odamlar o'tirib olib, falonchi zolim, falonchi xalqqa zulm qilyapti. Anaqa qilib bo'lib ketdi, manaqa qilyapti. Sen nima qila olasan? Hech narsa qila olmaysan. O'sha mansabdor, o'sha quvvat egasi, hech narsa qilolmaysan. Tiyib qo'yish qo'lingdan keladimi? Yo'q. Uni zolimligiga bitta sen emas norozi, hamma norozi.
Qo'lingdan hech narsa kelmagandan keyin nima qilasan gapirib? Qo'lingdan nima keladi? Haqqiga duo qil. Alloh insof bersin da. Yoki bo'lmasam Allohga topshirib qo'y. Bo'ldi, gapiraverma ha deb. Nima qilasan, jirillabverasanmi? Qo'lingda keladigan ishni qilgin, birodar. Chunki Allohga topshiriq qo'ygan manda xotirjam bo'ladi. Qiyomat kunida Alloh Taolo har bitta haq egasini, haqqini olib beradi. Aka, uyingizda ishladim. Ishni zo'r qilib qildim, kamchiligi yo'q bilasiz, pulimni bermayapsiz. Siz bilan urishib tolashgani meni kuchim, quvvatim yetmaydi, siz falonchisiz. Bersangiz dunyoda olaman, bermasangiz qiyomatga qoldi, assalomu alaykum deb ketaverasiz indamasdan. Chunki iymoningizni quvvati bor da. Nasib qilgan bo'lsa, shu dunyoda olasiz. Bo'lmasa qiyomatda aniq olasiz. Chunki Allohni va'dasiga ishonasiz. Siz jazavaga tushmaysiz, bermay qo'ydi, a?
Alloh Taoloni oyatiga iymoni komilda bunaqa bandani. Istadibilla. Va naba ul mavoziynol qis to liya umil qiyama falat uz lamun nafsun shay'a. Biz deyapti Alloh Taolo, qiyomat kuni uchun adolatli tarozini qo'yamiz. Bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas. Va kafabina hasibin, biz o'zimiz yetarli hisob kitob qilamiz deydi.
Yelkasiga, yel sharini yelkasiga ko'tarib olgan odamlar. Bunaqa odamlar doim g'amda, doim xavotirda, tashvishda, doim nahnavotda gapiradi. Nima qila olasan? Hech narsa qila olmaysan, xotirjam bo'l. Oshib ketdimi, oshib ketdi. Tushib ketdimi, tushib ketdi. Demak Alloh xohlagan ekan shu narsani. Yana nima sodir bo'lishi kerak bo'lgan bo'lsa, sen g'am qilsang ham sodir bo'ladi u, g'am qilmasang ham sodir bo'ladi. Bu o'rinda yana bitta narsani aytib o'tishimiz kerak. Bu endi ijobiy ma'noda yer sharni yelkaga ko'tarib yuborish. Jon serak odamlar bor, oshiqcha. Ortiqcha. Oshiqcha jon serak.
Bu mas'uliyatni his qilish deb qo'ying da buni. Javobgarlikni his qiladi, mas'uliyat his qiladi, albatta bu maqtovli sifat. Ammo mana shu jon serakligi ham oshiqcha bo'lib ketadigan bo'lsa, bu ham insonni halokatga olib boradi. O'zi har qanaqa yaxshi narsa, chegarasidan haddidan oshib ketsa, yomon narsaga aylanib ketishi mumkin. Man zada ala haddixi inqolaba ala ziddixi. Qaysi narsa chegarasidan haddini o'sib ketsa, ziddiga aylanadi. Masalan o'sha beparvo bor bu narsalarga deyapmiz a, bu ham me'yorida bo'lishi kerak. Hamma yoqqa beparvo bo'lib bo'lmaydi.
Ko'k choy yaxshi narsa. Lekin ko'payib ketsa davleniyang tushib ketadi, uxlaydigan bo'lib qolasan. Og'zingdan suv oqadigan bo'lib qoladi. Demak ko'k choy ham me'yorida bo'lishi kerak. Nobod choy yaxshi narsa, lekin bu ham haddidan oshib ketadigan bo'lsa, bundingdan qoniqadigan bo'lib qoladi. Demek buni ham me'yori bo'lishi keraksiz. Boyagi ancha muncha ishga parvo qilmaslik, buni ham me'yori bo'lsin. Ancha muncha narsaga jonsalik qilib turishlik, buni ham menyori bo'lsin. Xullas hamma narsa nimasidan bo'lishi kerakan? Me'yorda bo'lishi kerak ekan.
Ishxonada sen bir brigadirsan, ishni nazorat qilib turishing kerak. Men qaramasam kim qaraydi? Men nazorat qilibirmasam anaqa bo'lmaydi, men qaramasam bunday bo'lmaydi. Xullas bo'yniga olib olgan. Va'da berdi, vaqtiga boraman dedi. Kechasi bilan uxlay olmaydi. Aytaman oltiga aytib boraman dedi. Jon seriyaligi shu darajadaki, uxlay olmaydi, besh marta uyg'onadi kechasi bilan. Bormi? Bor. Bo'ldi, besh kunda bitkazib beraman mashinangizni deydi usta. Harakatni qilyapti, sababni qilyapti. Lekin shu darajada jonsir aka svet o'chib qolmasmikin, og'rib qolmasmikimman, boshqa ishim chiqib qolmasmikan, bu haddidan oshib ketish deydilar birodar. Sen qo'lingdan kelgan ishni sababini qil, natijani Allohga topshir, tavakkal qil. Shuning uchun, a ba'zi ishlar seni toqatingdan tashqaridami? Jonsirali yig'ishtir.
Ota enalar. Farzandlarini kelajagini g'amini qiladi da, oshiqcha jon seryali qilib, hamma narsasini mohoyoq qilib beraman deb o'lib tolib yugurib yuradi. Yelkasiga dunyoni ko'tarib oladi. Nevaralariga ham bittadan uchastka qilishdi, g'amida bo'lib qoladi. Mana shu oshiqcha endi. Ha, ota o'zidan keyin farzandlarini birovni qo'liga qarab qoladigan qoldirgandan ko'ra, xonni qursog'ini to'q qilib qoldirgani yaxshi. Lekin nevarasini g'amini qilishlik darajasida emas da, birodarlar.
Chunki birodar, siz bolangizni kelajagini qilib bera olmaysiz. Rizqini qilib bera olmay siz. Osoyishta hayotini qilib bera olmaysiz. Bu uni taqdiridagi rizqi. Siz qilib bergan narsa bir kunda yo'q bo'lib ketishi mumkin. Buni o'rniga siz o'sha bolangizni ta'lim tarbiyasi bilan shug'ullaning, shunga jiddiy jihat qiling. Odobini bering. Allohda taniding. Mana shu sizning ishingiz. Endi siz o'tib ketgandan keyin Alloh bilan bo'lgan muomalasiga, Allohga bo'lgan qulchiligiga yarasha kun ko'radi. Eslab qolinglar shu qoidani akalar ukalar. Otangiz boy.
Garantiya yo'q otangizni boyligi sizni qo'lingizda bo'lib siz ham boy bo'lishingizga. Siz Alloh bilan bo'shayotgan muomalangiz, Allohga bo'shayotgan taqvoyingiz, qulchiligingizga yarasha kun ko'rasiz. Otangiz kambag'al. Bu variantni ham ko'raylik. U otangizni kambag'alligida u. Endi sizni hayotingiz yana boyagi aytayotganimizdek, Alloh bilan bo'ladigan muomalangizga qarab bo'ladi. Otangiz necha pul bosib qo'yganligi bilan emas. Chunki otangizni rizqida u. Sizni rizqingizda bormi yo'qmi, Xudo biladi uni. Shuning uchun birodar, bola chaqam, nevaram deb yer kurrasini yelkasiga ortib olmang.
Yana, ahli ilmlarni oling. Domlalarni oling. Shunaqa bir jonserakki, jonserakligidan yoshlar yo'ldan adashib ketyapti, oldinib qolyapti, tarbiyasi buzilyapti, ota onasiga tikka gapirib, ota onasigacha oq bo'lib qolganligini bilmayapti, kattalarga nisbatan behurmat, ulamolarga nisbatan bepisad bo'lib qolganda bir bezillab, shunaqa bir jon serak qiladiki, oq shisha jon serakligidan infarkt bo'lib qolishga keladi. Insult bo'lib qolishi keladi.
Shunaqa birodarimizga nasihatimiz, birodar, sen qo'lingdan kelganicha harakat qilding, aytding, tushuntirding, o'rgatding, dalilni keltirding, misolni keltirding. Hayotdagi bo'layotgan ishlar ko'rsatib qo'yding. Shundan keyin ham aynib ketdimi? Tamom. Demak, uni taqdiri shu ekan. Siqilma. Aytding, deding, yillar davomida o'qitding, o'rgating, baribir aynidimi? Demak, aynish kerak ekan. Hazon sipohiga ey bog'ibon emas moniy.
Nima degani bu? Hazon sipohiga ey bogibon emas moni. Bog'bon qayerga bog' qilishlikni tanlaydi, yerni tanlash uni ixtiyorida. Qaysi daraxtlarni ko'chirishlik uni ixtiyorida? Orasini qancha ekadi? Qachon suv qo'yadi? Qaysi shoxini qoldirib, qaysinisini putaydi? Uning ishi shu. Bog'ni o'stirdi. Katta bog'ga aylandi, meva berishni boshladi. Endi kuz keldi. Xazon sipohi. Ya'ni kuzni qo'shini keldi. Kuz kelganda daraxtni baklari nima bo'ladi? Sarg'ayadi. Kuzni shaboli esganda baklari nima biladi? To'kiladi. Shuning uchun aytyapti u yerda. Xazon sipohiy kelganida, ey bog'bon, emas, moniy, hech narsa qila olmaydi. Kuz keldi, bak sarg'ayadi, hech narsa qila olmaydi. Shabadasi keladi, bakni to'kadi, bog'bon hech narsa qilolmaydi.
Shuning uchun domlalar shogirdlariga xuddi shu bog'ga muomala qilgandek ko'chirib, suv quyib, parvarish qilib, tarbiyalab, mevaga kirgizib turgan paytda, mana shunday bir musibatlar, mana shunday fitnalarni kuzi kelganda, baklari sarg'ayib to'kilib ketar ekan. Endi bu domla nima qilishi kerak ekan? Demak shunaqa bo'lishi kerak ekan deydi da, keyingi daraxt bilan ishlab ketaverar ekan.
Shuning uchun shunday bo'ldimi? Demak shunaqa bilish kerak ekan. O'sha odamni taqdiri shunaqa ekan, ishingni davom ettiraver, yer kurrasini erkakka ko'taryapman. Bu ish seni qo'lingdan kelmaydi. Chunki Alloh Taolo Muhammad alayhi salomga aytyapti. Astaydubillah, voma aktar u nasi va lau harosti bemu'mining. Ey Muhammad alayhissalom, ey Muhammad alayhi assalom, siz har qancha xaris bo'lmang, har qancha xohlamang, odamlarning ko'plari mo'min bo'lmaydi.
Agar faqatgina da'vatchini da'vatiga bog'liq bo'lganida bir odamni iymoniga kelishi, Muhammad alayihissalomni atrofidagilar hammasi iymonli bo'lishi kerak edi. Abu To'g'li, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakisi, Rasulullohni sakkiz yoshidan qaramog'iga olgan. Payg'ambar bo'lgandan keyin himoyasiga olgan. Shu ishi, Rasulullohning da'vati natijasida ham kalima keltira olmadi yu.
Demak, bu yerda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam amakisi iymonsiz holda ketganligini ko'rib, qattiq qayg'uga tushganida, Alloh Taolo nima dedi? Innakala taxdiy man ahbab ta'valakimnalloha yahdiy man yasha. E, Muhammad alayhissalom, siz o'zingiz xohlagan bandalarni, yaxshi ko'rgan bandalarni hidoyatga boshlay olmaysiz. Alloh hidoyat qiladi. Sen birodar hammani tuzatib yuborishga mas'ul emassan. Sen imkoningni orasidagi kuching yetadigan ishga javobgarsan, o'zingga rahm qil. Chunki Abu To'lib Rasulullohni da'vatini eshitib ham iymonga kela olmadi. Hidoyatni Alloh beradi, agar banda talab qilsa.
Yer kurrasini yelkanga ko'tarib olma banda. Ro'poringda turgan ishlar ikki xil bo'ladi. Sen ta'sir o'tkaza oladigan ishlar, sen ta'sir o'tkaza olmaydigan ishlar. Sen ta'sir o'tkaza oladigan ishlarga qo'lingizdan kelgan sababni qil, natijasini Allohga topshir. Endi sen ta'sir o'tkaza olmaydigan insonlarda Allohga havola qilib qo'y. Saodatning yigirma beshinchi sababi yer kurrasini ustiga ko'tarib olma. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.