# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 38 of 510
- Section: —
- Duration: 34 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/38
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/t36qlXN2zGg.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=t36qlXN2zGg
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/37.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/39.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbina amin va la aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalama ala saidina muhammad as sodiqil va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.

[0:29] Islomda farzand tarbiyasi deb nomlagan darsimizni bugun navbatdagisi, bugun o'ttiz oltinchi dars. Ijtimoiy tarbiya, haqlar, muallim haqqi. Bugun inshaalloh, birodarlar, muallimlar, ahli ilmlar, olimlar, ustozlarni musulmonlarni ustida qanday haqqi bor? Farzandlarimizni ularni haqqini rioya qilishlikka qanday o'rgatishligimiz kerak? Mana shu narsa haqida bo'ladi.

[1:01] Muallimni hurmat qilish ilg'orlik, madaniyat belgisi. Muallimni ehtirom qilmaslik, bu madaniyatsizlik, qoloqlikni belgisi. Farzandlarimiz rioya qilishi kerak bo'lgan haqlardan yana biri bu muallimlarning haqqi. Albatta kattalarimiz yaxshi bilishadi. Bundan yigirma yil, o'ttiz yil, boring qirq yil u yog'ida o'qituvchilar hurmatli edi jamiyatda.

[1:30] O'qituvchi mehnati qadrlanadi, hurmatlanar edi, jamiyatni mo'tabar kishilaridan edi. Ammo shunday davrlar keldiki, mana shu bir ulug' kasb egalarini mehnatlari qadrlanmaydigan bo'lib qoldi. Chunki odamlarni ilmga bo'lgan, ma'rifatga bo'lgan intilishi avvalgidek bo'lmay qo'ydi. Odamlar ko'proq pulga intiladigan bo'lib qoldi.

[2:01] Hayotida bir muvaffaqiyatga, yutuqqa erishgan har bitta bir odam borki, uni mana shu maqomiga yetishida, albatta muallimlarni xizmati katta bo'ladi. Hozir shunday davr bo'ldiki, ustozlarni, muallimlarni e'zozlashlik avvalgidek bo'lmay qoldi. Yosh bolalarni ko'rasan, kichkina kichkina bolalar o'qituvchilarga shunday jur'at qilib, gap qaytaryotgan, aqlga tekkan, gapini qayrayotganligini ko'rasiz. Albatta bu narsani o'z o'zidan paydo bo'lib qolgan desak, noto'g'ri bo'ladi. Sababi, uyda ota onani ana shu o'qituvchi larga bo'lgan muomalasi qanday bo'lsa, bu narsani ta'siri bolalarda ham ko'rinadi.

[2:45] Ayrim yurtlarda o'qituvchisiga nisbatan, muallimiga nisbatan behurmatlik qilgan o'quvchini kitobiga, delasiga mana shu beadablik yozib qo'yilar ekan. Har sinfdan sinfga o'tayotgan paytda mana shu delasi ko'rilayotganda, unga nisbatan muammolar boshqacharoq bo'lar ekan. Agar mobodo boshqa maktabga o'tib kelsa ham delasini so'rashar ekan. O'qituvchiga behurmatlik ko'rsatgan degan narsa umrini oxirigacha deb yozilgan bo'lar ekan.

[3:18] Birodarlar, muallimni hurmati pasayishi bilan ta'limni quvvati pasayadi, ta'limni sifati pasayadi. Muallimni hurmatini yo'q qilishlik hech kimni foydasi emas. Na kelajak avlodni, na ummatni na bir jamiyatmi? Chunki muallim kelajak avlodni tarbiya qiladigan odam.

[3:42] Ummatni ertangi kunni ko'rmoqchi bo'lsanglar, yoshlarga qaranglar. Yoshlarga qaringlar. Ilmli kishini, olim kishini, ummatning ustidagi haqqini bilmagan kishini payg'ambarimiz islomdan masligini siz bilan bizga uqtirgan. Otalar, onalar bor, domlamiz manaqa dedi desa, hey domla hech narsani bilmaydi deydi. Domlang balo yaxlitmaydi deydi. Ya'ni ota onadan boshlanyapti o'qituvchiga, muallimga bo'lgan behurmatlik. Endi bu boladan nimani kutasiz endi?

[4:20] Agar mabodo bir o'qituvchi dan, muallimdan bir xato sodir bo'lgan bo'lsa ham, ota ona nima qilishi kerak edi? Yopib qo'yish kerak edi. Shikoyat qilib kelsa o'qituvchisidan o'quvchi ota onasiga yopib qo'yishlik kerak edi. Chunki u ham odam, uni ham jahli chiqadi, uni ham asabi bor. Agar siz o'zingiz yo'q qilib turadigan bo'lsangiz o'qituvchi ga nisbatan hurmatni, albatta bu narsani bola sizdan o'rganadi. Agar biz ummatni yuksalishini xohlaydigan bo'lsak, muallimlarni hurmat qilishimiz kerak. Ularni mehnatini qadrlashligimiz kerak.

[4:54] Chunki ummatni kelajagi yoshlar deyiladigan bo'lsa, yoshlarga ta'lim beradigan ustozlarni hurmati joyida bo'lishi kerak. Muallimni har qancha hurmat qilinsa, har qancha xizmati ko'tarilsa, bu isrof bo'lmaydi. Chunki muallimni mehnati shunday mehnatki, uni orqasidan keladigan foydani o'lchab bo'lmaydi, birodarlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam olimlar haqida, muallimlar haqida ustozlar haqida nima yegan?

[5:26] Imomahammad keltirgan hadis, qola nabiyyi sollallohu alayhi vasallam a lay sammin ummati man lam yujinla kabirona voy yor ham sog'irona voy ya'rif li aliy minan haqqa hu. Meni ummatimdan mas, deyapti rasululloh. Kim payg'ambarimiz ummatidan mas? Kattalarimizni hurmat qilmagan. Kichkinalarimizga shafqat ko'rsatmagan. Va olimlarimizni haqqini bilmagan kishi. Agar bir kishi olimni, ilmli kishini hurmatini joyi qo'ymasa, payg'ambarimiz bu kishini bizdan emas deyapti. Albatta masjidga keladigan, namoz o'qiydigan, bu ilm majlislarda qatnashadiganlar hurmat qiladi ahli ilmlarni.

[6:13] Boshqa hadislarda payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam aytadilar, imomat abaroni keltirgan hadis. Ta'allamul ilm. Va ta'allamul ilmingiz sakinah, vali yuqor. Va tavo du oliman ta ta'allamuna minhu. Mana ilm o'rganayotgan birodarlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizga nima deyapti? Ilm o'rganinglar, ilm uchun sakinah, xotirjamlik va biqorni ta'lim olinglar. Og'ir bosim olinglar degan. Davomini qarang. Sizlar ilm oladigan insonlar oldida kamtar bo'linglar. Ustozlarni oldida kamtar bo'llinglar. Ustoz bilan hazillashlik kerak emas. Ustozni biror bir narsasini ko'rib turib, masxara qilib, o'rtog'ing emas da u seni. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sen ilm oladigan odamni oldida o'zingni kamtar tutgin deb aytyapti. Har qancha puldor bo'lsang a, har qancha quvvatli bo'lsang ham, har qancha mansabdor bo'lsang ham. Rasulullohni buyrug'i bu.

[7:19] Chunki muallim birodarlar o'qituvchi o'zini bor kuch quvvatini, ilmini, kerak bo'lsa o'zini ruhini ham sarf qiladi. Sizni bolangizga ta'lim berishligi uchun. O'qituvchini mehnatini qadriga yetmoqchi bo'lsangiz, to'rtinchi sinfda o'qiydigan o'g'lingiz bilan matematika darsidan uy vazifasini o'tirib birla ishlab ko'ring.

[7:45] Yoki bo'lmasam, bironta bir she'rni yodlatib ko'ring. Qilib ko'ring da. Enaga bilasiz, ha, qiyin ekan deb. Va, enaga bor. Va, falonchiga bor. Shunaqa deb qutilamiz, to'g'rimi? Men o'tgan hafta kim bolasini kundagini ochib, tekshirib, qo'l qo'ydi? Qo'l ko'tarib qo'yish. Bu yerda naqd bo'yda olib o'tirgani yo'q.

[8:11] Kanikul ekanmi? Ha, bo'pti. Yaxshi. Xo'p, may oyida chiqib ketayotganda, tekshirganlar, qo'l ko'tarib qo'yadilar deb bo'pti mana. Bitta. Bitta. Kim ikkita? Kim imtihonlardan qanaqa baho olding deb turib, so'rab o'tirib bir qator ko'rib chiqdi shu baholarni. Mana molingizni so'rang, bitta. Ikkita. Uchta, to'rtta. Bo'ladi, bo'ladi. Ko'ringlar, u o'qitishmas. O'qib kelgan bahosini so'rab qolgani vaqtimiz yo'q, toqatimiz yo'q. Qo'y. Qo'y, qo'y. Sen borib qo'y.

[8:48] Agar tolibi ilm o'quvchi haddidan oshsa, ustozga nisbatan behurmatlik qilsa, mazax qilsa, ustidan kulsa, shunga o'xshagan ishlarni qiladigan bo'lsa, muallim ham odam birodarlar. Uni ham asabi bor. Uni ham qalbi og'riydi. Muallimni ikrom qilishlik ummatni foydasiga bo'ladi. Muomaladami, oyligini oshirib qo'yishlikdami, turmush tarzini yaxshilab qo'yishligdami, muallimni bir ikrom qilishligi kerak bo'ladi.

[9:19] Har bittamiz ota ona sifatida farzandlarimizni, muallimlarni hurmat qilishiga ta'rif qilishimiz kerak. Uni so'zimiz yoki fe'limiz bilan yerga urmaylik. Agar xato sodir bo'lgan bo'lsa ham, uni chiroyli yopib qo'yishligimiz kerak bo'ladi. Dada, ha, domlamiz maktabga yuz ellik so'm pul so'radi. Uf, yana pul, pul. Necha pul so'radi? Yuz ellik so'm. O'g'il bola, insof qilib ayting, bir haftada necha marta osingsiz?

[9:50] Ikki marta. Necha puldan tashlaysiz o'rtaga? Uch yuz so'mdan. U ikki marta yo uch marta so'raydi oshib ketsa. Bir haftada yeydigan oshingizni pulini so'rayapti, bir yilga. Hammamiz ham uf deymiz a? Dada pul so'rayapti desanglar, uf yana pulmi deydi. E nimaga pul so'rayaptilar, bilasizmi?

[10:14] Maktab pul so'rasa chi, qornimiz og'rimasin. O'zi aslida o'sha o'qituvchilarni orqasidan borib, bir xizmati bo'lsa, sinfidami, o'zini shaxsiy hayotidami, jinnibir yordam ko'rsatib qo'ysak, mana shu ham savob, birodarlar. Odamlarga yaxshilikni ta'lim bera oladigan kishiga suvdagi baliqlar, kavedagi hashoratlar istig'for aytadi deydi. Bolalarimizga yaxshi narsani o'rgatyapti maktabda.

[10:39] Va tushunchalarda tuzatish kerak. Tushunchalarda tushunishlik kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, imomutabaroniydan bu hadis. Ta'allamul ilm. Va ta'allamul ilmalil ilmingiz sakinata valibu yuqor. Va tavozo oliman ta ta'allamunamin. Ilm o'rganinglar, ilm uchun sakinat, xotirjamlikni, viqorni ta'lim olinglar, sizlar ilm oladigan insonlar oldida kamtar bo'linglar. O'qituvchisini yomonlab kelganda gapiga quloq soling, bolangiz. Bolam, uningni o'chir. U odam senga ilm beryapti. Seni ko'r, ko'zingni ochyapti.

[11:18] Sen yomonlamagin. Otangni, onangni hurmat qilgandek hurmat qilgin. Imomni tabaronidan keltirilgan hadis, Abu Umomadan. Hola Nabiy sollallohu alayhi vasallam. Salat satun la yasta'ih fu bihim illa munofiq. Uch kishini faqatgina munofiq qadrlamaydi. Uch kishisini faqatgina munofiq qadrlamaydi. Dushshaybat fil islam. Islomda soz soqoli oqargan qariyani. Islomda yoshi o'tgan, islomda qarigan kishini.

[11:55] Va tuhrilmin, ilm egasini. Munofiq odam ilm egasini hurmat qilmaydi. Munofiq otam ilm egasini hurmat qilmaydi. Rasululloh so'rasin shunday deyaptilar. Va imonin muqsib va odil boshliqni. Adolat bilan ish yuritayotgan boshlig'ini hurmat qilmaydigan odam, bu munofiqlik bo'ladi buni tabiatida. Tushunarlimi? Ilmli odamni hurmat qilishlik, bu o'zimizga kerak ekan.

[12:25] Chunki muallim kim? Tabib kim? Tabib sizni jasadingizni davolasa, muallim, ustoz, ahli ilm, olim sizni ruhingizni tarbiyalaydi. Bu jasadingiz yetmish yil, sakson yil yashaydi. Buni sog'ligi uchun qancha pul sarflaysiz oborqasidan yugurib? Yalinib? Ammo ruhingizni tarbiya qiladigan olimga nisbatan muomala. Shundaymi?

[12:54] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imonuhammaddan keltirgan hadis. Qola nabiy sollallohu alalayhi vasallam allohumma la yudrik niza manun la yutba u fih ila alim. Parvadgor meni bir shunday bir zamonga qoldirmagin. Ya'ni shunday zamon yetib kelmasin menga. Qanday zamon? U zamonda olimga ergashilmaydi. Ilmli odamni gapi olinmaydi. Mana shunday zamon etib kelmasin mengan. Va la yustahiya fih imenal halim. U zamon shunaqa zamonki, halim odamni oldida insonlar hayo bilan turmaydi. Halim, yumshoq, halim bo'lsa inson, xayoliy bo'lsa, bu odamni zaif deb sanaladi.

[13:38] Qulu buhum, qulu bul'a jim va al sinatu hum al sinatul arab. U odamlar qanaqa odamlar bo'ladi shu zamondagi? Tillari arab tili bo'ladi, ya'ni arab bo'ladi ular deyapti payg'ambarimiz, ammo qalblari ajamlarning qalblaridek bo'ladi. Ya'ni bizni tilda aytganda musulmon millati bo'ladi, lekin qalbi musulmonmaslarnikidaqa bo'lib ketadi.

[14:01] Kiyinishida, yurish turishida, gapirishida, orzularida, maqsadlarida, bu nozik vasfga e'tibor berishligimiz kerak. Olimga ergashilmaydi, hayoli kishidan hayo qilinmaydi. Hozir ko'chada ko'rasan, yosh bola kattaladi, masxara qilayotganini ko'rasan. Salom beradi, salomidan shu masxarani hidi bor. Biror bir ojiz, noto'g'on bir ko'zi bir ojiz odam bo'ladigan bo'lsa, iloji yo'qsa bir ozor berib o'tishlik kerak.

[14:33] Tarbiya qilinmagan bolani, hayvondan farqi yo'qdek ko'rinadi da. Avtobusga chiqasan, bo'rivoroq chiqib o'tirib olgan bolada, yoshi kattaroq odam chiqadi, turaveradi. O'rnidan turmaydi haligi tirrancha. Ha desa, men ham pul to'layapman deydi. To'g'rimi? Men ham pul to'lyapman, haqqim bor deydi. Avvalgilar, avvalgilar, aqliga sig'magani shart turgan. Yo'q, o'tirib oling desam, shart turgan, o'tiring degan. Chunki ota ona shunaqa ta'lim bergan.

[15:06] Qarang, bolangizga nasihat qiling, men sizga nima deydi. Chunki otasi ham nasihat qilmagandi unga. Bir kuni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni o'ng tomonida Ali ibn Abit Olim roziyallohu anhun o'tirganida, Abu Bakr Siddiq kirib keldi. Abu Bakr Siddiq yoshi katta. Shart o'rnidan turib, mana shu joyni bo'shatib berdi. Shunda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam innama ya'riful fozlali ahli fodli, zovfadli.

[15:37] Fazl egasiga faqatgina fazl egasi bo'lgan kishigina fazl ko'rsata oladi. Hurmatli kishiga, hurmatni hurmati bor odam ko'rsata oladi. Tarbiyali bola, bu uni qadr qiymati, puli bilan o'lchab bo'lmaydi. Birovda qo'lida yukini ko'rsa, yugurib borib, oladi, olib borish berib qo'yay deydi. Duo oladi.

[16:07] Qo'shnilarini. Kattalarni, muallimlarni izzat hurmatini joyi qo'yadi. Ammo afsus zamonimizda ana shunday bir tarbiyali farzandlar ozayib ketayotganiga guvoh bo'lyapmiz. Mana endi avvalgi yashab o'tgan solih kishilarni ustozlarga qilgan muomalalardan ayrim bir namunalarni ko'rib chiqamiz.

[16:34] Annabiyev sollallohu alayhi vasallamani ka'na yajma u baynaru julayn min qotla uhud, summa yaqulu ay yuhumi aktar u ahdan lili ul quran. Fain ushira ila hadihima qoddamah u fillahad. Uhud kunida payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan yetmish kishi shahid bo'ldi. Payg'ambarlarimiz ikkitasini bir qilib bir qabrga qo'yar edi. Ikkitasini olib kelib qo'yganda rasululloh so'rardilar. Qaysinisi ko'proq qur'onni yodlagan? Mana bunisi desa, ana shunisi birinchi bo'lib lahadga qo'yar edi. Hatto dafn qilayotganda ham Payg'ambarimiz ilmli kishini muqaddam qo'yapti. Hatto da finda ham.

[17:14] Endi o'lgandan keyin ham hurmat qilishlik shu darajada bo'lsa, ilmli odamni tirikligida qanaqa hurmat qilishligi kerak? Ilmli kishilarni o'zini ustozini qanaqa hurmat qilar ekanligini ko'rib turib, hayron qolasan. O'zi ilmli. Xalqni ichida bir hurmati bor, e'tibori bor, nomi bor. Hamma hurmat qiladi uni, ammo shu ilmli kishini ustozi kelib qoladigan bo'lsa, parvoni olib ketadi ustozini oldida. Chunki zar qadriga zargar yetar. Biladi da, bu kishini qanchalik ilm egasi ekanligini, qanchalik qadr martabasi ulug' ekanligini, parvoni olub ketadi. Xuddi yosh bola deb turadi oldida. Va shunday bo'lish ham kerak. Shunday bo'ldi ham kerak.

[17:57] Ibn Abbos roziyallohu anhu. Bilasizlarmi bu kishi? Habrul umma deyiladi. Bu kishi o'zi bitta o'zi universitet bo'lgan. Qurayish deydi, Ibn Abbosdek insonni Qurayishga nisbatlanishligidan o'zi yetarli faxr olishligi kerak. O'zi universitet bo'lgan. Mana shu ibn abbos, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakisini o'g'li, rasululloh sollallohu alalayhi vasallamning yonida katta bo'lgan kishi, ibn abbos roziyallohu anhu shunday bir oliy manzilat egasi bo'lishiga qaramasdan, zaydumni sobit an soriyni otiga minayotganida borib, uzangisini ushlab turdi. Minib oldi. Odamlar qarab, e, siz shunday maqomdagi kishi, shunday ishni qilasizmi? Deganida, ha akada umirna an naf al bi olama ina. Ulamolarimizga mana shunday muomala qilishlikka buyurilganmiz deyapti. Chunki Zaydumni Sobiyni ilm o'rgangan edi Ibn Abbos. Ha, o'tib ketgandir ehtimol ilmdan, lekin baribir ustozida. Bir payt sizga muallif misolni o'qitib qo'yganmi? Savodingizni chiqarib qo'ykanmi? Qur'onga solib qo'yaganmi? Haqqi bor sizni ustingizda. Bitta oyat, bitta hadis ta'lim berganmi? Sizda haqqi bor bu odamni, o'lguningizcha.

[19:15] Agar ustozingizni haqqini ado qilsangiz, hurmatini joyga qo'ysangiz, sizni ham shogirdingizni hurmatingizni ado qiladi. Domlasini biror bir fe'lidan, biror bir so'zidan xafa bo'lib, olajlab ketib qolganlar bor. Xabar olmay qo'yadi, yillab ham. Muallimni hurmat qilishlikda ta'limni muvaffaqiyati bor.

[19:37] Imom G'azoli aytadi, ilm qimmat narsa. Uni kamtarlik bilan, quloq tutish bilangina olinadi. Imom Shofi aytadi, bu kishi Imom Molikdan ta'lim olgan. Imom Shofi ana shu to'rtta mazhabni bittasini boshlig'i. To'rtta imomni bittasi. Imom Molikni oldida o'tirarkanman. Bezovta bo'lmasin deb kitobni varag'ini ham sekin varaqlardim deydi.

[20:08] Imom Shofiyning shogirdi Robiya aytadi. Vallohi Shofiy qarab turgan bo'lsa, menga ko'zi tushib turgan bo'lmasa, haybatdan suv ichishlikka ham jur'at qila olmasin deydi. Ustozga mana shunday bir hurmat bilan turgan ular. Hozirgi maktabdagi bolalarni o'qituvchilarga qilayotgan muomalasini bir fikr qilib ko'ringlarda, xususan katta sinfdagi o'quvchilarni.

[20:39] Ilm majlisida tamomiy sakinat va xotirjamlik bo'lishligi kerak. Ba'zi islomiy to'ylarga borib qolasan, yo'q, ayrim islomiy to'llarga borib qolasam, domla ma'ruza qiladi, buyoqdagilar bemalol gaplashib o'tiraveradi. Hazillashib kulishib o'tiraveradi, ovqatni olib kelib ichiraveradi, domla ma'ruza qilaveradi. Na domlaga, na bo'lakayet ma'ruzaga hurmat, e'tibor yo'q.

[21:05] Qoida, dars va shovqin bir yerda jamlanmaydi. Yo ovqat yeyiladi, yo darsga xulosa olinadi. Xatibga tamomiy xulosa olishligi, aks holda dars bo'lmaydi. Agar xutuba qilayotgan odam, ma'ruza qilayotgan otam shovqinni eshitsa, odamlarni be'etibor bo'lib turganini eshitadigan bo'lsa, bu kayfiyati ham tushib ketadi. Bir narsani o'rgatishni ham, o'rgatilsa ham, gapirgisi ham kelmay qoladi.

[21:31] Xalifa Mahdiy. Xalifa Mahdining o'g'illaridan biri ilm majlisida o'tirar ekan. Ustoz dars o'tyapti, bu xalifani o'g'li devoga suyanib olib, ayog'ini uzatib, domla bitta savol bor deyapti. Ustozi parvo qilmadi. Domla bitta savo bor dedi. Yana parvo qilmading. Haligi xalifani o'sha, e nima bu? Xalifani o'lliga shunaqa bir beparvolikmi dedi.

[22:02] Ustoz aytdi, yo'q. Ammo ilm. Alloh taoloning huzurida hurmatli narsa. Shuning uchun uni zoyi qilib bo'lmaydi dedi. Oyoqni uzatib o'tirib, davron bitta savol bor deyapti. Muallimning oldida taolib odob bilan turishligi kerak. Qarang, ustozga bo'ladigan hurmat qanday bo'ladi? Yo'qligida ustoz, atini aytib chaqirmaysiz, falonchi demaysiz. Hurmat bajo keltiradigan so'zni qo'shib aytasiz. Ustozimiz falonchi, falonchi domla, shayximiz falonchi deyiladi. Atay aytilinmaydi.

[22:40] Endi, nodir holatlarda ilmli kishini, domlani olimni fe'li tor bo'ladi. Jahli tezroq, sal narsaga asabi buzilib, o'zi kam bo'ladi bunaqa, lekin bo'ladi. Xo'p, asabi torligiga, yoki sal qattiqroq gapirib qo'yganiga, orasida shart yig'ishtirib qo'ysh kerakmi o'sha domlani? Yo'q. Sabr qilasiz. Sabr qilasiz! Chunki zo'r motorist desa, injiqligini ko'tarasiz a, motoringizni qildirib olish uchun.

[23:12] Zo'r kompyutershik desa, qoshqovog'iga qarab turasiz a? Zo'r ko'zipshik desa, ikki oy bo'lsa ham nima qilasiz? Kutasiz a? Nimaga sizga ilm berayotgan ustozni ozgina fe'lini ko'tarmasligingiz kerak? Kelishdikmi? O'zi bunaqa bo'lmaydi o'zi. Ming tadan bitta bo'lishi mumkin, lekin mabodo shunaqa bir fe'li bo'ladigan bo'lsa, ko'tariladi birodarlar.

[23:41] Ibn Abbosni bir so'zi bor ekan chiroyli. Zulil tu toliban va oziyev tu mualliman. Tolib holimda qiylandim, ammo muallim holimda aziz bo'ldim. Ilm o'rganganimda qiynalib xor bo'lib yurdim. Pulim bo'lib bo'may, qornim och qolib, yo'lkira bo'may, xor bo'lib edim. Ammo muallim ustoz bo'lganimdan keyin aziz bo'ldim deydi. Ilm talabida yurgan ukalarga.

[24:10] Mana endi tolib ilmning odoblari haqida o'qib beraman. Ali ibn Abit Tolib karramallohu vajahuhu aytadiki, tolib ilmni odoblari olimning seni ustingdagi haqlari. Bir majlisga kirsang, ichida olim odam o'tirgan bo'lsa, hammaga umumiy salom berasan, olimga alohida salom berasan.

[24:36] Uni ro'barosida o'tirasan, qo'ling bilan unga ishora qilmaysan, unga ko'zingni qismaysan. Uni so'zini eshitib turib, falonchi bu masalada boshqacha gapirgan edi, demaysan. Uni oldida birovni g'iybat qilmaysan. Savolingga javob berishlikka majbur qilmaysan. Xohlamasa savol ham bermaysan.

[25:00] Adashsa, uzrini qabul qilasan. Uni Alloh uchun hurmat qilasan. Uni biror bir hojati bo'lsa, shuni bajarishlikka boshqalardan tezroq harakat qilasan, shoshilasan. Uning huzurida pishir pishir qilmaysan, uni kiyimidan ushlab tortmaysan. Agar uzr aytsa, vaqti yo'qligi bilan.

[25:24] Talabingda qaysarlik qilib tura olmaysan. Vaqtimiz yo'qroq desa, domla bino saqlamasak bo'lmaydi. Biz aytib qo'yganmiz odamlarni. Ha, odamlarni aytib qo'shgani uchun endi domla vaqt topish kerak. O'zi naborot bo'lishi kerak emasmidi? Olim, vaqti muyodadimi, istamaysan. Uni majlisidan malollanmaysan.

[25:49] Ko'p savol bermaysan, sirini fosh qilmaysan, uni borligida ham, yo'qligida ham himoya qilasan. Olim deydi alim nabiy tolib, hurmat daraxtiga o'xshaydi. Sen bilmaysan undan qachon senga bu narsa uzilib tushib qolishini. Olimni oldida ham shunday o'tilishi kerakki, sizga bir foydali narsa chiqib qoladi, mol ololmaysiz. Ayrim kishilarni majlislarda domlalarga bergan savoliga guvoh bo'lib qolamiz. Bir fatvoni, bir masalani aytsa, e domla, falonchi domla, buni teskarisini aytgan edi deydi. Mana shu juda katta beadabli bo'ladi.

[26:27] Mana shu masalada ximslik bir olimni bergan javobi nihoyatda bir ibratli. U kishi bir narsa haqida masala aytdi, yoki fatvo aytdi. Shu majlisda o'tirgan kishilardan bittasi falonchi dedi, ismini aytib. Bu masalada siz aytganni teskarisini aytganku dedi. Shunda haligi olim, agar sen mendan falon fikr haqida yoki falon fatvo haqida nima deysiz deganingda men javob berardim. Ammo sen hozir falonchi deb ismini aytding. Senga javob bermayman. Toki o'rtada fitna bo'lmasin deb. Yaxshilab bilib olinglar. Falonchi domla manaqa degan deb ikkinchi domlaga aytilmaydi.

[27:10] Bu tog'li ilmni odoblaridan. Ibn Abbos roziyallohu anhu Zaydurni Sobi't Ansoriyni eshigini tagida borib kutib o'tirar edi, uxlayotgan bo'lsa. To uyqusidan uyg'onib chiqqunicha. Uyg'otib qo'ya olaymi desa, yo'q, bezovta qilmanglar. Ehtimol charchagandir, ehtimol dam olayotgandir deb turib, ilmli odamni qadrlayapti. Shu odamlar bir ikkinchisini rioya qilgan ekan.

[27:36] Hozirchi? Hozir hammamiz yaxshi bilamiz. Xususan domlalar yaxshi biladi. Ko'mmi, to'mmi farqi yo'q. Telefonni chalaveradi. Eshigingizni qoqib kelaveradi, dam olayotgan paytingizmi, shomdan keyingi vaqtmi, ahamiyati yo'q. Dam olayotgandiz desa, og'ritib qo'ying zararli ishimiz bor deydi. Avvaldan kelishib olinmagan bo'lsa, sizni ziyoratingiz, meni vaqtim yo'q deb eshigingizn tagidan qaytarib olishnikka, har bitta musulmonni haqqi bor. Qaytaraman. Avvaldan kelishib olinmagan bo'lsa sizni ziyoratingiz, eshigini tagida turgan paytingizda meni vaqtim yo'q deb qaytarib yuborishlikka har bitta musulmonni haqqi bor.

[28:22] Dalil? Astayu billa, vo inqi ila lakum mirji'u farji'u huva azika lakum va allohu bismillah ta'amaluna alik. Alloh taolo aytadi, agar sizlarga qaytinglar deyilsa, ya'ni kirishga izn berilmasa, ket desa, qaytib ketinglar. Kimni buyrug'i bu? Shu sizlar uchun eng toza yo'ldir, alloh qilayotgan amallaringizni bilguchidir. Domlani uyiga eshigini qoqib borishlikdan avval kelishib oling. Illo, meni vaqtim yo'q, chiqa olmayman desa, indamay qaytib keting. Chunki savob bo'ladi. Biror marta shu oyatga amal qilishiga fursat bo'lganmi hayotimizda? Yo'q, chiqadi. Albatta chiqadi, g'udrab bo'lsa ham. Yoki yolg'on gapirib qo'yadi. Yo'q deb qo'y deydi.

[29:12] To'g'rimi? Shuning uchun agar sizga eshik tagidan qaytib ketavering, chiqa olmaydikan dadam deb chiqdimi bolasi? Alhamdulillah deb qaytiring. Shu oyatga hayotingizda bir marta o'sa ham amal qilishlikka sharoit yaratib berdi shu odam. Endi oddiy musulmon eshik tagiga kelgan odamni men vaqtimni yozib kutgan deb javob berib yuborishga haqqi bo'lsa, olim odamni ikki marta haqqi bor emasmi?

[29:38] Endi ilmli odam, olim odam chiqmay qo'yishlikka haqqi bor ekan. U ham dam olish kerak, kitob o'qish kerak, chuchquvvat to'plashni yirik, xotini bilan o'tirish kerak, bolasi bilan o'tirishi kerak, ota onasi bilan o'tishlik kerak. Demak, xohlasa chiqadi, xohlamasa yo'q. Chunki, birodarlar, o'sha biz boya aytayotgan ustani oldiga borganda kutib turasiz.

[30:03] Hojatingiz tushib borgan shu usta vaqtim yo'q desa ketasiz, indinga kelasiz, indinga kelamiz. Nimaga yigirma million odamni hurmat qilmaslik kerak? Domladan eshitgan narsangizni takror eshityapsiz. Domla bir hadisda yoki bir oyatda takror aytyapti, esida yo'q. Ato ibn Abiroboh nima qilay deydi. Men bir kishidan o'zim bilgan, o'zim yaxshi bilgan hadisni eshitaman, ammo xuddi birinchi marta eshitayotgandek turaveraman deydi. Ato ibn Abiraboh tovbeinlarning saidi bo'lgan kishi. Yana aytadiki, bir yosh yigit kelib menga, bir yosh yil kelib menga bir hadisni aytadi deydi. Men bu hadisni bu tug'ilmasdan turib bilardim deydi. Ammo men undan birinchi marta ish tekkanimdek turardim deydi.

[30:49] Tushunyapsizlarmi? E domla, buni eshitganmiz, buni biz. Dars tugagandan keyin aytadi, domla bu darsni qiluvdik deb qo'yadi. Nima qilsin, senga o'xshab ta'lim beradigani ko'p, esida turmaydi hammasi. Odob haqida aytilgan so'zlar. Biz deydi, bir tolib ilm. Ko'p ilmdan ko'ra, ko'p odobga ko'proq muhtojmiz. Biz ko'p ilmdan ko'ra, ko'p odobga muhtojmiz.

[31:22] Odobli odamga ilm yuqadi, birodarlar. Ustozini oldida odob saqlagan kishiga ilm yuqada. Salaflardan biri aytadi, yetmishta eshikdan ilm olgandan ko'ra, bitta eshikdan odob olish muqaddamroq turadi. Yetmishta eshikkidan ilm olgandan so'ra, bitta ety eshikdan odib olish muqaddimroq turadi. Dinsiz, iymonsiz muallimga ham hurmat ko'rsatilinadimi?

[31:48] Biz hozir aytayotgan izzat, biz aytayotgan izdat, hurmat, ehtirom, e'tibor, Allohni tanigan, musulmon bo'lgan, pokiza, iymonlik muallimlarini aytyapmiz. Ammo agar dinsiz bo'lsa muallim, bunday kishilar uchun din, iymonni qadr qiymati yo'q. Bunday kishilarni o'lchovlari noto'g'ri bo'ladi. Bular g'ayridinlarni tushunchasini beradi bolalarga. Biz bunaqa muallimlarga izzat hurmat ko'rsat deb aytmaymiz. Chunki ular fasad fikrlarni yoyadi. Farzandlarni aynishiga sabab bo'ladigan fikrlarni yeyadi. Biz musulmon muallimga bo'lgan hurmat e'tiborni gapirdik.

[32:28] Ammo o'lchovlarni, me'yorlarni, tushunchalarni buzishga xizmat qilayotgan, odamlarni Allohdan uzoq bo'lishiga xizmat qilinayotgan muallimlarga munosibat bunaqa bo'lmaydi. Ularni gapirgan gapiga yarasha so'z bilan chiroyli javob beriladi. Biz Allohni tanigan, musulmon, iymon e'tiqodli musulmonlarga ko'rsata olinadigan, olimlarga, ahli ilmlarga ko'rsatiladigan hurmat haqida gapirdik. Farzandlarimizga muallimlarni, ustozlarni, ahli ilmlarni, olimlarni hurmat qilishlikni o'rgatishligimiz kerak. Avvalambor o'zimiz hurmat qilishligimiz kerak'. Shunda farzandlarimiz o'rganadi. Meni otam rahmatlik, ahli ilmlarda juda qattiq hurmat qilar edi, degan gap shiori bo'lsin. Sulaymon ibn Abdulmalik, Atoy ibn Abirobohni oldiga kelib qanday muomala qildi? Xalifa ikkita o'g'li ko'rib o'rganyapti. Otasi olimlarni, ahli ilmlarni hurmat qilgani ko'rgan bola, albatta otasini sunnatiga ergashadi. Ahli ilmlarga hurmat ko'rsatadi. Alloh Subhanahu va Taolo avvalambor o'zimiz olimlarni hurmat qhilishlikni va keyinchalik bizdan o'rganib, farzandlarimiz ham ularni izzat ikrom qilishligini tavfiqini bergan bo'lsin. Aqulu xavli ha da va astag'firulloh alayhi va raqam.
