# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 382 of 510
- Section: —
- Duration: 27 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/382
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/mZ2RKl2gY6U.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=mZ2RKl2gY6U
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/381.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/383.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Robbilen a'lamin. Vala aqibatu lil muttaqin. Assolatu vassalamu ala Saidina Muhammad va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammamat. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Hammamiz har kuni eshitamiz shunga o'xshagan gaplarni. Har kuni. Eshitdinglarmi? Falonchi mana bo'libdi. Ha, shunaqa bo'libdimi? Eshitamizda. Falonchi aytdi.

[0:31] Bormi shu narsa? Bor. Agar bu narsa bo'lmasa, majlislarimiz soha bo'lib qoladi. Agar bu narsalar bo'lmasa. Majlislarimizda. Nimani gaplashamiz? Bilib bilmasdan, tekshirib tekshirmasdan, odamlardan eshitgan gaplarni ko'tarib yurishlik, kishini yolg'onchi ekanligiga yetarli dalil bo'ladi. Bugungi suhbatimizni mavzusi, hammanglarga ma'lum bo'lgandek, odamlarni ayblarini, avratlarini qidirib fosh qilishlik.

[1:07] Bu shu darajada ko'p bo'lib ketganki, hayotimizda bu narsani babboy, sassiq narsa ekanligi siz bilan biz, siz bilan bizni burunlarimiz farqiga bormay qolgan. Payg'ambarimiz alayhissalom mana shu g'iybatni hidi kelganida, badbo'y hidi, falon joyda mulozifalar yoki yahudiylar bizni g'iybat qilishyapti deb hidini sassiqligini sahobalariga aytgan. Endi bizni zonxonimizga kelib turib, toza havo olmay qo'yganligimizdan, majlislarimizdan, uni badbo'y hidiga ham esimizdan chiqib ketgan.

[1:37] Xo'p, musulmon kishi o'zi, o'zining mo'min birodarini aybini eshitib, uni fosh qilishi, or nomusiga tegishli bo'lgan so'zlarni tarqatishi, shar'iy zaruratsiz ismlarni aytib, odamlarni orasida ko'tarib yurishlik, qanday ish? Musulmonni, musulmon orqasidan josuslik qilib yurishligi shar'an harom bo'lgan ish. Poylab yurishlik.

[2:05] Alloh taolo shunday deydi. Ya ayyuhalladina a manujita ne bu kathiyron minabvom innabhavavon i ism. Ey mo'minlar, ko'p gumonlardan chetlaninglar. Chunki ayrim gumonlar gunohdir. Vala tajassus u, vala yag'ta bag' bu kun bag'u. Josuslik qilib yurmanglar. Va ayrimlaringiz, ayrimlarni g'iybat qilmasin. Sizlardan biron kishi. O'zining o'lgan birodarini go'shtini yeyishni yaxshi ko'rurman. Ana, yomon ko'rdingizmi? Ya'ni g'iybat qilishlikni gunohi o'lgan birodovni go'shtini yegishdan ko'ra og'irroq bo'lgan gunoh. Allohdan qo'rqingiz, albatta Alloh tavbaalarini qabul qilguvchi bo'lgan mehribonlar. Ey iymon keltirganlar, gumonlardan tiyilinglar, chunki gumonlarning ba'zilari gunoh.

[2:55] Mana quyida nima sababdan odamlar bir birlarini aybini qidiradi. Nima sababdan bir birlarini kamchiliklarini tashlab yuradi? Mana shu haqida suhbat qilgan bo'lamiz inshaalloh. Ibn Hajar Haydamov aytadi, odamlarda yashirin bo'lgan ishlarini qidirib yurishlik, ya'ni odamlardan ko'rsatishlikni xohlamayotgan, yashirayotgan ishlarni qidirib yurishinglik, mana shu oyat bilan man qilindi, harom qilindi. Imom Termiziyning sahihlarida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar. Minbarga chiqib rostdan shunday dedilar. Ey, hali iymon qalblariga kirmasdan, faqat tili bilan iymon keltirganlar, musulmonlarga aziyat bermanglar. Ularni avratlarini kuzatib, avratlarini, ayblarini ochib, uyaltirmanglar. Kim bir musulmonning avratini fosh qilib, uni uyaltirsa, Alloh Taolo uning avratini ochib, sharmanda qiladi. Musulmonni orqasidan qasddan aybini istab tosh qilishlik niyatida yurganlarni Alloh Taolo o'zi aybini tosh qiladi hamda sharmanda qiladi.

[4:00] Musulmonni musulmonga bo'lgan hurmati qanday? Hurmat degani nima degani o'zi? Arab tilida harom degan so'zdan olinadi. Bir musulmonni obro'yiga tegishlik, ikkinchi musulmonga harom degani. Bir musulmonning molini nohaqdan ikkinchi musulmon yeyishligi harom degani. Ibn Umar roziyalloh hali xoh kunlarni birida Ka'batullohga qarab aytadilarki, naqadar ulug'san. Ka'baga qarab aytyapti, naqadari ulug'san. Hurmating naqadar uluk, lekin bir musulmonni Allohni nazdidagi hurmati, Alloh Taoloning huzuridagi bir musulmonni hurmati seni hurmatingdan balandroq.

[4:45] Xulosa, bir musulmonda aybini fosh qilib, uni sharmanda qilib, aybini foshqilib qidirib yurgan odamni qilgan gunohi Ka'bani buzgandan ko'ra og'irroq bo'ladi. E'tibor beramizmi shu narsaga? G'iybatchini nimaga savdosi doim yuradi? Chunki xaridori naqd. Ro'parasiga kelgan birinchi odam unga xaridor. Eshitdingizmi deydi. Hozir o'sha sizga aytadigan gap, dunyo yoki oxiratingizga foydasi bo'lsa, eshiting. Sizga daxli bo'lsa eshiting, agar daxli bo'lolmasa, eshitilgan har bitta so'zga, gapirilgan har bittaso'zga qiyomatda savol bor.

[5:27] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hajjatul vado da, ummatim bilan oxirgi marta mana shunday bir katta bir adabdagi ummat bilan uchrashib turgan deb payg'ambarimiz aytadilar. Innadimakum vo anualakum va a'robakum alaykum haromun kafurmati yavmikum hada fii shahrikum hada fii baladikum hada. Rasululloh hajjatul vadohda shunday dedilar. Bu kuningiz, ya'ni ana shu arafatda turgan kuningiz, shu oyingizda, shu yeringizda harom bo'lganidek, sizlarning qonlaringiz, mollaringiz va obro'laringiz o'rtalaringizda bir biringizga haromdir. Musulmon musulmonni molini nohaqdan olsa, xolam yegan bo'ladi, qiyomatda javob beradi. Musulmon musullmonni qonini to'kkan bo'lsin nohaqdan, qiyomatdajavob beradi.musulmon musulmonning nomusiga tegadigan ishni qilgan bo'lsa, sharafiga putur yetkazadigan ishni qurgan bo'lsa. Qiyomatda javat beradi. Odamlar tashlab yurgan gal bir odam haqida bo'ladi, narigi odamga ozor yetdi. Agar shu ayb, biz aytayotgan ayb odamda bo'lsa, bir masala, endi biz aytayotkan ayb u odamda yo'q bo'ladigan bo'lsa, biz unga tuhmat qildik, zulm qildik.

[6:45] Zulm ko'rgan odam qo'lini ko'tarib, parvardigor, menga tuhmat qilayotgan, menga bo'xton qilayotganlarni o'zingga qo'ydim desa, unga tuhmat qilgan, bo'xton qilgan odamlarning holi harom bo'ladi. Xo'p, biz aytgan ayb bo'lsa chi? Agar o'sha ayb bo'lmasa ham biz gapirayotgan ayb. U odamlarni surishtirishlikka, u odamlarnini kuzatishlikka, biz qozi hammiz, qozi hammasmiz, taftishchi emasmiz. Endi aytganchi, birodarlar, alloh taolo siz bilan bizdan, sen mandan nimaga falon gapni gapirmading deb so'ramaydi.

[7:20] Qaytaraman. Falon gapni nimaga gapirmagansan demaydi? Aksincha, nimaga falon gapni gapirgansan deydi. Biz gapirmagan gapimizga emas, gapirgan gapimizga javobgar bo'lamiz. Yana bu savol qayerda beriladi deng? Qayerda berilad? Hech qanday insonga yordam beradigan narsa yo'q. Onadan tug'ilgandek, yalang'och, xatna qilinmagan holda turgan joyda, butun halol qoldida, robbilar alaminning huzurida beriladi. Alloh karim birodar. O'zini haqlarini o'zi xohlagan bandalar uchun kechib yuboradi. Namoz o'qimagan bo'lsa, zino qilgan bo'lsa, o'g'irlik qilgan bo'lsada, Allohni haqqi edi bu gunohni qilmasligimiz. Alloh karim, xohlasa kechiradi, lekin bandalar haqqi kechmaydi.

[8:10] Alloh taolo o'zini haqqini kechishi mumkin, lekin bandalarni haqqini biridan ikkinchisiga albatta olib beradigan kunda so'raladi. Mana endi bir odam ikkinchi odamni aybini qidirib yuribdi, yoki aybini fosh qilyapti, kelib rosa gapiryapti o'sha odam haqida. Nima sabab? Birinchisi, adolati bor bo'lsa.

[8:33] Qabilasi boshqa, mazhabi boshqa, dunyoqarashi boshqa, fikrlashi boshqa va boshqa bir har xil bir. Xullas, shaxsiy adovati bor odam ikkinchi odam haqida gap tashlab yuradi. Ikkinchi odam aytadi, biz deydi, isloh qilish niyatida gapiryapmiz deydi. O'zi aslida g'iybatda lekin bo'ladi. Isloh qilishing bir odamlar. Avvalam aytganmiz. Bir birodaringizni aybini ko'rsangiz, isloh qilish niyatingiz bo'lsa, uyiga borasiz, eshikni taqillatasiz. Chiqqanda birodar, sizni ziyoratingizga keldim deding, ining, nasihat qilasiz. Endi u yo'q bo'lib turgan paytda, u haqida gapirib turib, men uni isloh qilyapman desak, biz kazzov bo'lamiz.

[9:13] Masxaralashlik uchun qilinadi. Ya'ni odamni sha'nini, shavkatini yerga urishlik uchun qhilinadi. Biz gapirayotgan odam haqiqatdan biz aytayotgan yomon sifatga ega. Xo'sh, shunga bo'lishligi, shu odamni aybini ko'taraylik shu yerga bizni undaydimi, majbur qiladimi? Biz yomon deyotgan odam haqiqatdan yomon, qaytarib aytyapman. Endi shu odamni yomonligini gapirishlik shartmi? Yo yopib qo'ysa bo'laveradimi? Ulamolarni fikri ikki xil. Bir odam bor, maxfiy qiladi gunohini. Ya'ni uyat qilib qoladi, bekitib qilib yuradi, bir oy ko'rsatib, ikkinchi odam ham oshkora qiladi.

[9:54] Biz aybdor, gunohkor deyotgan odam, bittasi bekitib qiladi, u yer bu yerda xijolat olib, bir oy ko'rib qolmasin deb. Ikkinchisi oshkor qiladi. Maxfiy suratda yoki bekitib uyalib qilayotgan odamni aybi akalar, borib o'ziga aytilinadi. Tashqariga olib chiqish fosh qilinmaydi. Ikkinchisi, gunohda oshkor qilayotgan odam. Yana shu gunohiga odamni chaqirayotgan odam haqida oshkora gapirishlik kerak.

[10:24] Bir ukamiz kelib so'rovdi, domla, shu birov falonchi bilan tijorat sherik qilmoqchi ekan. Kelib mendan so'rayapti, shu odam qanaqa deb. Bu odam yaxshi odam emas. Men shu odam haqida narigi so'rab kelganga aytsam, g'iybat qilib qo'ygan bo'lmaymanmi deyapti. Mana hozirgi aytilgan gapdan, nimani xulosa oldik? Odamlarni bir musibatga, zararga kelib qolmasligi uchun, xos odamlarga, ya'ni shu haqida bilmoqchi bo'lgan odamni o'ziga, bu odamni holini aytib qo'yishlik g'iybat sirasiga kirmaydi. Ummatni, xalqni zarardan tiyinishlik uchun shu odamni sifatini aytib qolishlik kerak bo'ladi.

[11:05] Hasan Basri aytadi. A targ'abon an zikr il fajr, uzqu robbi mafiyhi yahd. Qayerda? Yahudlar ruhonnans. Fojilar haqida gapiringlar kelmaydimi deydi. Hasan zafar. Yo'q, gapiringlar. Gapiringlar. Zikr qilinglar bu majlislarda. Toki odamlar ehtiyot bo'lishsin ulardan. Ibn Taymiya bu ikki kishi toifa haqida. Ya'ni quyidagi ikki toifa haqida shunday deydi. Quyidagi ikki toifani g'iybat qilish mumkinligi haqida ulamolar ixtilof qilishmagan. Va ikki xil odam bor, shularda g'iybat qilib ishlashlik mumkinligiga ulamolar hech qaysisi qarshi bo'lmagan. Birinchisi, u shunday bir odamki, zulm bilan, faxsh bilan, sunnatga xilof ish qilishlik bilan, nasiyat bilan mashhur bo'lgan kishi. Buni g'iybat qilsa bo'ladimi? Odamlar ehtiyot bo'lishligi uchun. Ikkinchisi, bir odam keldi da, sizdan maslahat so'radi. Falonchi odam qanaqa deb.

[12:03] Shu odam bilan bir muomala qilmoqchiman. Shu kishi qanaqa deb so'raganida, shu odam zarar ko'rmasligi uchun, narigi odam haqida shu so'rab kelgan odamga aytilinadi. Shunga o'xshagan mish mish, birovni aybi yoki tekshirilmagan gaplarni ko'tarib kelinganda, musulmon nima qilishi kerak? Mana quyida oyat hadislarda siz bilan bizga kerak bo'lmagan ehtimol bizni qulog'imizga g'iybat bo'lib ketadigan gaplar aytilinganda qanday muomala qilishimiz kerak bayon qilinadi.

[12:39] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjay mutaxaralaridan bo'lgan Oisha binti Siddiq roziyallohu anhoh hammamizga mashhur qilsa, mana Payg'ambarimiz Barno rustalik g'azoddan qaytib kelayotganlarida, qo'shin to'xtaydi, Oy sha'olimiz va bir to'rt jamoat ayollar Payg'ambarlarimiz bilan chiqqan bo'ladi shu g'azodga. Qo'shin to'taydi, ayollarni bo'linmasi chekkaroqqa to'xtaydi. Tuyani ertalab ham erkaklar tuyalarda cho'ktirib qo'yib, mana bunaqa qilib tushib turadi. Ayollar tushib, uzoqroqqa borib, tozalay hojat qilib, qaytib kelib tuyaga chiqishadi, karvon bilan billa ketishadi.

[13:18] O'sha roziyallohu anhu ayollar bilan borib, qaytib kelin, xavdachiga, tuyani ustiga, xavdachigacha qilmoqchi bo'lganda, bir bo'ynidagi marvarat yoki marjonni tushib qolganligini biladi da, orqaga qaytib ketadi. Ayollar hammalari chiqib chiqib xavdachiga o'tirdi, pardalarini tortdi. Ketolgan vaqt bo'lganda, tuyani ertalab degan erkaklar kelib, tuyaladi, tugisi ertalab ketishdi. O'sha onamizni qolganligidan bexabar.

[13:43] O'sha onamsiz roziyallohu anhoborim qaytib kelsa, karvon ketib qolgan. Meni yo'g'limni, yig'imni bilishib, orqada qolganligimni bilishib kelishadi da, o'tirib uxlab qoldi. Payg'ambarimiz bir safarga chiqsa, qo'shinni orqasida, bir uzoqroq masofada bir odamni qoldirib qo'yar edi. Ya'ni karvonni orqasidan kelsin, tushib qolgan narsalarni olib keladi yoki orqani kuzatib keladi. Safronovni muattar roziyallohu anhu mana shu ishni bajaradigan bo'ladi, mana shu g'azol. Safronovni nuattar tuya bilan kelsa, oysha onamizni uxlayapti.

[14:17] Yo'q, oysha deydi, alloh rahmat qilsin. Nima qilyapsiz deydi da. Tuyani cho'chirib, mana bunaqa qilib borib turadi. Osh onamiz bitta gap gapirmaydi, tuyaga chiqadi. Safonu nu motta shoshganicha Madinaga yetalab boradi. Yetalab borganda, Osh onamiz yo'qligi ma'lum bo'lib, endi bir harakat bo'lib turganda Safonu nu mot'ta yetalab keladi. Ya'ni shar'iy xilvat. Nomahram erkak bilan ayol yolg'iz kelyapti.

[14:42] Shunda munofiqlarni kattasi Abdullohi ulug'bek ha dedi. Ha, zavjatu sohibi ku dedi. Sizlarni sohibilari ayolimi dedi. Ollohga qasam. U undan, ya'ni Safvon Oyshadan, Oysha Safvondan omon qolmadi dedi. So'zni qarang. Bir biridan omon qolmada dedi. Munofiqni tutgan mavqefini ko'ring. Shuning uchun keyin jazolangan paytda unga jazo berish imkoniyati bo'lmadi. Bu gapni musulmonlar gapirib qo'yishdi o'zlari.

[15:14] Bu gap tarqab tarqab ketdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qattiq aziyat bo'ldi bu. Chunki payg'ambarimimizni sharaf haqida gap ketyapti. Abu Bakr sirdaryoda oilasiga og'ir gap bo'ldi. Juda qiyin holat bo'ldi. Musulmonlarni o'rtasida mana shu gap sekin sekin tarqalib tarqalib borib borib turib, oxirida zino qildi degan gap musulmonlarniki tilidan chiqdi. Buni mustahidin abin mustih roziyallohu anhun. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni shoiri hassoninni sohib va payg'ambarimizni ayolining singlisi hamna dinti jaxshilar uchta musulmon odam zino qildi degan gapni oshkora aytishdi.

[15:52] Vahiy to'xtab qoldi, musulmonlarga ta'zi ta'lim bo'lishligi uchun. So'ngra vahiy nozil bo'ldi. Alloh Taolo oshi onamizni pokligi haqida oyatlarni nozil qildi. Shunda jazolanganlar boyagi uchta musulman bo'ldi. Munofiqlar bu gapni boshlab qo'yishdi, bir chekkada turishdi. Musulmonlar o'zlari rivojlantirib olishdi. Demak, musulmon odam bir xabarda eshitgan paytda buni aniqlamasdan turib, tekshirmasdan turib, shart qora qilib qo'ymaslik kerak. Bir marta e'lon qilindi. Falonchi mana bunaqa ekan desa, bo'ldi, hamma ishini oladi o'shanga.

[16:27] Alloh Taolo aytadi: laula il sami' ut umuhu, zomna al mu'minuna va al mu'minatu bi afus hukm qoyroq. Ey mo'minlar, sizlar bu vuxdonni eshitgan paytingizda mo'min va mo'minalar bir birlari haqida yaxshilikni o'ylab, bu ochiq vuxdon ku desalar bo'lmasmidi? Mana shu mavqevda Alloh Subhanah va Taoloh Payg'ambarimiz Alayhissalamning sahobalaridan Abu Ayyub Ansoriyning, mana shu urf sahobaning mavqevini maqtadi. Abu ayyub mansoriyning ayoli kirdi da, eriga qarab ey abu ayyub, bu kishi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam madinaga tushib kelib, shu kishining uyida o'ziga uy bo'yicha turgan edi qo'shnim. Aboyibni ayoli aytadi, eshitdingizmi, odamlar sathvon ibnu otdol bilan foiz onamiz haqida nima deyapti dedi. Aboyib aytdiki, roziyallohu anhu, bu gapni gapirmang dedi ayoliga. Shu ishni dedi: "Odamlar aytayotgan zinoni, siz qilarmidingiz?" dedi ayoliga. Ayoli: "Yo'q" dedi. Men qilarmidim dedi. Yo'q dedi. Oyisha sizdan yaxshi, Saflom mendan yaxshi dedi. Bu ishni qilmaydi dedi.

[17:32] Alloh aytyapti, axir mo'minlar bu bo'xtonni eshitgan paytida, bir birlariga qarab yaxshilab o'ylab turib, ha bu bo'xton ku desa bo'lmasmidi? Birodarlar mish mish gapni ko'tarib yurgan odam qanaqa gunohkor bo'lsa, teshirg'asdan eshitgan, buni haqiqatga qabul qilgan odam ham shunaqa gunohkor bolalar. Tekshirmasdan bir ishni qilib qo'yishlikni oqibati nima? Alloh Taolo aytadi. Ya ayyuha alladina, a manu inja, qumufasi qumina ba infataba yana. An to'siq bu qonman bija, hala tepa tus bi xon alama fa altun na demaymen. Ey mo'minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa, bir fosiq kimsa, biror xabarni keltirsa, sizlar uni haqiqatini bilmagan holingizda, biror bir qavmga musibat yetkazib qo'yib, qilgan ishingizga afsus, nadomat chekib qolmasliginglar uchun, kelgan xabarni aniqlaylar.

[18:29] Alloh Taoloning buyrug'i kelgan xabarni tekshirishligimiz. Eshitgan gapni endi tarqatib yurishniki kelsak. Xo'p, to'g'ridir, noto'g'ridir eshitdik. Endi nima qilish kerak bu gapni? Alloh Taolo aytadi la ula ir sa'minut umuhu qultum la yakunulana anna takallami behadir. Uni eshitgan paytingizda, bu mish mishni so'zlash biz uchun joiz emasdir desangizlar bo'lmasmidi? Biz gapirmaymiz unaqa gapni. Desanglar bo'lmasmi?

[19:00] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, Sahih Muslimda keltirilgan hadis qola Nabiy usulullohu alayhi vasallam kafar bil mar'iy kadiban ang yuhadbi hidikul nima samiyan. Eshitgan har bitta narsasini gapirib yurishlik kishining yolg'oniga, ya'ni yolg'onchi ekanligiga kifoya dalil bo'ladi. Eshitgan har bir gapini ko'tarib yurishlik bir insonni yolg'onchiy ekanligiga k ifoya dalil bo'lsin.

[19:27] Xo'p, eshitdik bir xabarni. Nima qilamiz? Indamay o'tiraveramizmi? Alloh to'g'ri aytadi. Vo izzat jahun amrun minal amni avil xavfi azau bixiy, valavud duvi ila rasuli va ila uli il amri minhum, la alima hullada'na yastan betunahu minhum, valavla fathullohi alaykum va rahmatuhu latta baxtumush shaytona illa qolinglar. Mana shu oyat o'zi bizga kifoya qilar edi, bugungi ma'ruzamiz uchun.

[19:55] Qachonki ularga tinchlik yoki xavfu xatar xabari kelsa, uni yoyib yuboradilar. Eshitadi da, qanday eshitgan bo'lsa, shunday qo'shib turib yana ozgina tarqatadi. Alloh aytyapti, agar ular o'zlariga kelgan xabarni yoyib tarqatmasdan, Payg'ambarga va o'zlaridan bo'lgan boshliqlargagina yetkazganlarida edi. Ya'ni mana shu xabarni to'g'ri noto'g'riligini bilmoqchi bo'lgan kishilar o'shalardan bilib olardi. Bir xabar keldi, nonimi, noto'g'rimi? Mumkinmi, mumkin emasmi? Payg'ambardan so'rash kerak deyapti. Endi Payg'ambar yo'qmi zamonimizda? Dinini tushungan ustozlariga, dindorlarga borib turib so'raganida, shu ishni haqiqatini bilib olishgan bo'lar edi. Agar sizlarga Alloh Taoloning fazli marhamati bo'lmaganida edi, ayrim kishilardan tashqari hammangiz shaytonga ergashib ketgan bo'lar edingiz.

[20:52] Oyatdan shuni tushunamizki, demak, bu odamlarni ozginasigina eshitgan gapini olib borib tekshirib turib, keyin ishonadi. Endi ko'proq qismi eshitib shunday ketib yuboradi da, shaytonga ergashtirib ketadi. O'zi hayotda paydo bo'layotgan odamlarni o'rtasida bo'ladi yu, muomalalardagi muammolarni surishtirsa sakson to'qson foizi shu gap tashlikdan kelib chiqadi. Agar boshida shu nasihat qilib qo'ysa, bo'ldi yig'ishtirib bunaqa gapni, aka men bizni oldimizga deb turib, nasihat qilib og'zi yopib qo'yilsa chi, to'qson foiz muammo bo'lmas ekan.

[21:28] Ayb kimda ekan? Tilimiz bilan qulog'imizda ekan. Nasiyatga ergashgan, shunga o'xshagan gaplashish ekan yoki bir xatoga kirgan inson bilan qanday muomala qilinadi. Esdan chiqmasin, hammamiz ham xato qilamiz. Hammamizda ham ayb bor. Payg'ambarimiz sulton salomning oldiga moyiz roziyallohu anhu keldi da, ey rasululloh, men zino qilib qo'ydim dedi. Men zino qilib quydim, meni poklab qo'ying dedi. Payg'ambardan shunday yuzini burib oldi.

[21:58] Ya'ni eshitmagandek qilib, aybini ochma deganday qilib teskari qarab oladi. O'zi gunohini e'tirof qilib kelsa payg'ambarimiz to'g'ri qil, unaqa aytma, oshkor qilma deyapti. Biz bunaqa bir go'zal axloqdan qancha uzoq bo'lib ketganmiz. U bizga kelib aytmaydi men manaqa gunoh qildim deb. Biz eshitib turib nisbat qilib qo'yaveramiz gunohni.

[22:22] Manseatga kirgan kishi bilan qilinadigan ishlar. Birinchisi yomon ko'ramiz. Shu ma'siyat qilgan odamni, shu qilgan ishini yomon ko'ramiz, o'zini emas. Chunki yomon qilgan xatosi ikkita bo'lsa, fazilati o'nta. Bitta qilgan xatoshi, bizga nisbatan qilgan bitta kamchiligi, avvalgi fazilatini yubormaslik kerak. Qaytarib aytaman, biz birodarimizni qilgan xatosini yomon ko'rammiz, o'zining emas.

[22:47] Ikkinchidan, aybini berkitishlikka harakat qilamiz. Payg'ambarimiz sallalloh aytadilar, sahihaynida ibnul maroziyallohim budan men satara musliman satara hu vohi yomal qiyama. Kim bir musulmon birodarini aybini bekitsa, alloh uni aybini qiyomat kunida bekitadi. Birodarlar, qiyomatni alloh qo'shib qo'ymasin. Chunki biron bir ham ayblarimiz bor, uni allohdan boshqa hech kim bilmaydi.

[23:14] Alloh taolo qiyomat kunda bir ballarni hisobga olib keladi mo'minda, ustini shunday o'rab qo'yadi. Qo'liga kitobini berib qo'yadi . Amma man o'ti ya ki ta'baho biya meniki. Ammo kimning kitobi qo'ng'iroq qo'lidan berilsa. Bu boyagi Alloh Taolo o'rab qolgan satrda ishida turar ekan, kitobini o'qiydi. Gunohi yetarli, halok bo'lishi aniq. O'qib bo'lib halok bo'lishni dim deb turganinglar Alloh Taolo, dunyoda seni ayblaringni yashirganmanmi deydi.

[23:41] Dunyoda sharmanda qilganmasmanmi? Endi bugun ham seni sharmanda qilmayman, yana bir marta kitobingni o'qi deydi. Kitobini ikkinchi marta ochib qarasa, birorta xato qilmagan bo'ladi. Alloh Taolo boyagi pardani ko'tarib tashlaydi. Ha, uni qurolini ketay, bu yoq. Odamlarni ko'zida bu odamni kitobida bitta ham gunoh yo'q bo'lib ko'rinadi. Ey, ko'ringlar meni kitobimni, mana deydi. Inni donant anni muloqin hisabiya. Chunki bir kun men hisob kitobga bo'lishimni, hisob kitobga ro'baro' bo'lishimni bilardim. Fahvofiy, aishatni rodiya. Endi u rozi bo'ladigan hayotda. Savol beraylik da o'zimizga. Men ham bir ikki marta yo uch marta birovda aybini bekitganmanmi eshitganimda?

[24:22] Istash kerak unaqa narsani. U xotira datani ochibdi, istash kerak uni. Ochganmanmi deb so'ramaymiz. Men birodar aybini ochganmanmi deb so'tamaymiz. Bu savolni hojati yo'q. Men bekitganmanmi birodar aybimni degan savolni beraylik o'zimizga. Agar siz bilan biz insonlarni haqiqiy sharmanda qiladigan qiyomat kunidan Alloh Taolo aybimizni ochib, sharmanda qilishini xohlamasak, dunyoda odamlarni aybini, birodarlarimizni aybini yopaylik. Xatoga adashlikka tushgan musulmonga qiladigan muammolarimizdan yana bir turi muloyimlik va yumshoqlik. Bu gapni gapirsak odamlar hayron bo'ladi. Qanaqa qilib muloyim muomala qilasiz? U xato ketgan, gunohga kirgan gap. Umariddin Xattobroziy, ilohim bu oldiga shonlik bir kishi kelardi, ulfatchiligi bo'ladi. Birdan yo'q bo'lib qoldi.

[25:14] Umariddin hatto falon kishiga nima bo'ldi, kelmay qo'ydi. Deb so'ragan edi, asxoblar. Ya'mirol mo'mining, aroqqa berilib ketibdi u odam dedi. Umarim Xattob, aroq ichgan kishiga qanaqa muomala qildi? Kotibini chaqirdi. Yoz dedi. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah, assalomu alayhi vasallam, Rasululloh, amma abad. Umarim xattiobdan falonchiga. Senga salom bo'lsin. Albatta, qudratli va bilguvchi gunohni mag'firat qiluvchi, tavba tazaruni qabul qiluvchi, azobi qattiq va in'om ehson egasi bo'lmish Allohdur. Undan o'ziga iloh yo'qdir, magar uning o'zigina bordir, faqat uning o'zigagina qaytarilur. Shu xatni yozdi. Qaytaramiz. U qudratli va bilguvchi, gunohni mag'firat qilguvchi, tavba tazaruni qabul qilguvchi azobi qattiq, in'om ehson egasi bo'lmish Allohdur. Hech qanday iloh yo'q, magar uning o'zigina bordir, faqat uning o'ziga qaytariladi. Boyagi kishiga maktub yetganda, maktubni o'qidi, qayta qayta o'qidi, yig'ladi.

[26:20] Qaytarar edi, gunohni mag'firat qiluvchi, tavba tazaruni qabul qiluvchi azobi qattiq. Bu oyatlarni qayta qayta o'qir ekan, sidqidildan tavba qildi. Umarimni hatto maktubni yozayotib aytgan edi, sahobalariga, duo qilinglar birodaringlarni haqqiga. Qalbi bilan Allohga qaytsin dedi. Chunki Payg'ambarimiz sizlarga aytgan edilar la takou na alna shaytoni ala ahiykum.

[26:46] Birodaringizga qarshi shaytonning yordamchisi bo'lib qolmanglar deganlar, Imom Buxoriydan. Demak, bir birodarimizni aybi kelsa, bir birodagi kamchiligi aytilinsa, uni yomonlab, uni yana ham yerga tiqib, shaytonga yordamchi bo'lishi davomiga, yuqorida aytilgan oyat hadislariga amal qilib, tekshiraylik, bilmasdan bir gapni gapirmaylik va bilmasdan bir gap ni tarqatib, gunohkor bo'lmaylik. Aql u qovli haqida. Va asr tafkirullohi alaykum assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
