Maviza
—Qoralama29 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
28:55
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala xayriy xalqihi muhammadi va ala alixiy va ashabiy ajmain. Ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Avdu billahi minash shayton rohim. Allohu ya bu sotuv rizqu limman yasha'u va yaqdir va farixu bil hayati dunya va malhayati dunya fil axirati illa mata.

Alloh o'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va o'zi xohlakan kishilarning ruzqini tang qilur. Mushriklar mana shu hayotat dunyo bilan shodixurron bo'ldilar. Holbuki bu hayotat dunyo oxirat oldida faqat bir azmat matodir. Bugungi suhbatimizning mavzusi zuhd, zohidlik. Zuhd, ya'ni zohidlikning lug'aviy ma'nosi kishi bir narsaga muhtoj bo'ladimi yoki yo'qmi? Ana shu muhtoj bo'lgan narsasiga yetishlikka imkoniyati bormi, yo'qmi? Qat'iy nazar, shu narsani haqqiy sanab, o'zini bu narsadan yuqori tutishligi, zohidlikni lug'aviy ma'nosi. Istilohini ichida. Oxiratdagi ne'matlarni umid qilgan holda, dunyoning ba'zi ne'matlaridan yuz o'girishligi. Zohid kishi o'zini qo'lidagi naq matosidan ko'ra Alloh Taoloning beradigan va'dasiga ko'proq ishonuvchi bo'lgan kishilar. Alloh Subhanahu va Taolo ushbu g'oya karimada dunyo hayoti insonlarning ichida, mushkulliklarini xursand qiladigan, bu dunyo hayotida yetgan matoh bilan, dunyo hayotida qo'liga kirgan qandaydir bir amal, boylik yoki bir mansab bilan xursand bo'lishlik mushkulliklarga xos suhbat ekanligini bayon qiladi. As saidu billah qulmata u dunyo qolil, va ahi vati xoyrun limani ittaqo olat o'zgina munofatinglar.

Ularga ayting, dunyo matosi ozginadir. Allohdan qo'rqqan kishiga oxirati yaxshiroqdir. Sizlarga qilchalik zulm qilinmaydi. Har bitta odam o'zini yaxshi biladi. Oilaviy sharoiti, tabiati, holati. Va mana shu holatidan kelib chiqib turib, o'ziga nima yaxshi yomonligini ham biladi. Hamma shunday deb o'ylaydi. Va albatta Alloh'dan so'rayotgan narsasi o'zi uchun yaxshi deb bilgan narsalar bo'ladi. Va o'zi uchungi zarar deb, yomon deb bilgan narsalardan Alloh'dan panoh so'raydi. Endi, haqiqatda qanday? Haqiqatdan inson o'ziga nima foyda yu, nima ziyon, o'ziga nimalar yaxshi yu, nima yomonligini bila oladimi? Alloh Subhanah va Taolo mana shu dunyo hayoti oxirat hayotini oldida arzimagan matoh bo'lib qolishligini mana shu oyatlarda bayon qiladi. Fama o'tiytun minsha infamatau hayati dunya, va na indallohi xoyrun va buxor lillatina, amonu va ala robbihim eto vakkalum.

Bas, ey insonlar, sizlarga atab etilgan bor narsalar hayotot dunyo matosidir. Ya'ni mana shu dunyoda qo'limizda nimaiki bo'lsa, nimaiki bo'lsin, dunyoning matosi. Dunyo matosi nima edi o'zi? Siz bilan bizni qo'limizga vaqtincha berilgan, vaqtincha omonatga, og'riyatga berilgan narsa edi. Bu narsa bizniki emas. Bu narsa kim tomonidan berilgan bo'lsa, shu zot tomonidan albatta qaytarib olinadi. Endi, shu dunyoda dunyo matosi uchun quvnoq berishayotgan odamlarni Alloh Taolo mushkulliklarga xos sifatligini aytyapti. Endi mo'min kishi nima bilan quvonashligi kerak? Iymon keltirgan zotlar uchun, iymon keltirgan hamda yolg'iz Parvardigorga suyanadigan zotlar uchunga Alloh huzuridagi narsalar, ya'ni oxirat ne'matlari dunyo matolaridan yaxshiroq va boqiyroqdir. Mo'min kishiga nima yaxshi ekanligini Alloh Taolo aytyapti. Dunyodan ko'ra mo'min uchun albatta oxirat afzal. Mana dunyo ne'matlari haqida gapiradigan bo'lsak, bu ne'matlar nihoyatda ko'p. Oxiratni oldida hech narsa emas deyapti Alloh Taolo. Bir fikr qilib ko'raylik shu to'g'rida. Dunyodagi eng katta ne'matlar nima? Sog'likmi? Ha, bir kun ketadi bu narsa. Boylikmi? Buni g'am tashvishi bor.

Boy bo'lgan odamlar juda yaxshi biladi bu narsani. Dunyodagi zo'r ne'mat, shirin ishtaha qilib turgan tabiatingiz taommi? Uni yegandan keyin hazm qilishlik, agar ko'p oy yesangiz qiynalib chiqarishlik mashaqqati. Eng yaxshi ne'mat farzandmi? Buni orqasidan albatta mehnat mashaqqati bor. Eng katta ne'matlardan ota ona degan ne'matmi? Bu ota enani bir kun ketishi bor. Mulohaza qilib ko'radigan bo'lsak, dunyodagi hech qaysi ne'mat mutloq rohat, mutloq ne'mat emas. Albatta orqasidan mehnati bor, yonida mehnati bo'lgani singari. Bola chaqani boqasiz, katta qilasiz, rohatlanasiz, mehnati yonida. Yana tashlab ketasiz ularni. Dunyodagi har qanday rohat, har qanday ne'mat, dunyo o'zi vaqtincha bo'lgandek, bu ne'matlar ham vaqtincha. Vaqtincha qo'lga kelib ketadigan narsa bilan qo'nashlik, bu musulmon kishiga yarashmaydigan sifatlardan. Inson o'zi dunyoga kelar ekan, Alloh azza va jallarni tanimasa, bu odamni oqildi bo'lmaydi. Agar dunyoga kelib yashar ekan, Allohni tanib, Allohni buyruqlarini bajarishga intilmas ekan, bu odam har yil dunyoda saodatli yashay olmaydi. Hamma bir biriga taodat, hamma bir biriga baxt tilaydi. Avvalgi darslarimizda ham aytganmiz, bir inson tug'ildi, katta bo'ldi, uylandi, bola chaqali bo'ldi, bola chaqasini uylab joyladi da, yoshini bir joyga borganda vafot etdi.

Shu vafot etgan odamga qarab turib, bu yoqdagi tiriklar aytadiki, bechora rahmatli falonchi. Mana. Hamma mehnatni qilib, dunyodagi hamma mashaqqatni ko'tarib, endi bola chaqani uylab joylab, dunyoda bir rohat ko'ray deganda ketib qoldi deymiz. Juda ko'p eshitamiz. Ehtimol mazza qilay ekan deb ketib qolib. Ehtimol bizga rahmi kelar ekan deb u odamni. U odam Azroilni ziyoratini qabul qildi, o'lim sharbatini totdi. O'lim takrorotini ko'tardi, oqibati nima bo'lganligini bildi. Ehtimol uni rahmi kelayotgandir bizga. Dunyoda rohat istagan, dunyoda zo'r yashashlikda niyat qilib qo'ygan odam xato qiladi. Hech qachon inson dunyoda rohat bilan yashashligi mumkin emas. Xususan mo'min bo'ladigan bo'lsa. Chunki Alloh Taolo insonni dunyoga yaratishlikdagi maqsadini mana Mulk surasida bayon qildi. Alladiy xolaqol man tavallu hay'at alayhi bilu vakum ay yukum astanu amallam. Tahdid ichinglarda kiminglar savobli amalni qilishliklarini tekshirishlik uchun dalolatganni dunyoga keltirdik deydi. Spirtini beradi bu imtihon, sovug'ini beradi imtihon. Sog'lik, kasallik, boylik, kambag'allik.

Inson doimiy mehnatda, doimiy mashaqqatda. Qanday qilib mashaqqatni tushunarli dunyoda rohat bilan yashasin bu odam? Boshqa oyatda laqabi xalaqnal insanofiy kabat. Insonni mehnat mashaqqatni ichida yaratdik. Mana shu oyatni tafsirida ba'zi ulamolar insonni mehnati uchun, mashaqqat uchun yaratdim deb aytadi. Mashaqqat uzun, mehnat uchun yaralgan dunyodan rohat istagan odam xato qiladi. Rohat bo'ladi, rohat bo'lardi shu dunyoda, qachon? Agar shu banda Alloh va Rasulining chizig'idan chiqmasdan yashaydigan bo'lsa. Agar undan tashqariga chiqib kirib ishlaydigan bo'lsa, bu odamlar dunyoda xor bo'lishiga aniq. Biz dunyoga nimaga kelganligimizni esdan chiqarmaylik. Balki serun al hayotat dunyo val aqhirotu xoyrun abu qo. Balki sizlar dunyo hayotini, yo'q, sizlar ey kafillar, hayotat dunyoni ustun qo'yaversizlar. Holbuki oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir. Inson dunyoga kelar ekan, bu katta bir safarga qadam qo'yadi. Boshlangan safar ellik yil, oltmish yil baribir kun nihoyasiga yetadi. Baribir kun chiqib ketishlik bor. Musofir bo'lgan odam safarda rohatlanishiga, u mahol ishlardan. Musofirchilik bu mashaqqat. Siz bilan biz agar o'zimizni musofir deb qaraydigan bo'lsak, manzilimizga yetib olguncha, mana shu mashaqqatlarga sabr qilamiz.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam qanday hayot kechirgan? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga Alloh subhanah va taolo, ey Muhammad, men sizga Makkani batxosini oltindan qilib beraymi dedi. Yana bir ma'lum bir rayonini oltindan qurib beraymi dedi. Dunyoda behojat bo'lib, dunyoda hech bir kamchiliksiz yashashga rozimisiz deganda, Payg'ambarimiz yo'q dedi. Parvardigor, bir kun qornim och bo'lsin, bir kun to'g' bo'lsin. Qornim och bo'lganda Sendan rizqimni so'ray, duo qilib, qornim to'g' bo'lganda Senga shukur qilib ibodat qilay dedi. Agar dunyoda zo'r boy yashashlik, bekamchilik yashashlik, zo'r narsa bo'lganida, Payg'ambarimiz albatta bu narsani olgan bo'lardi. Bizni o'lchovlarimiz qanaqa? Bizni o'lchovlarimiz albatta shu dunyo matosi bilan baho beramiz. Ro'baromizda turgan odamga muammolarimizni buni cho'ntagiga qarab, uni chaqirg'iga borishib bormasligi ham uni holatiga qarab, dunyo matosidan o'lchadigan bo'lib qolganmiz. Sahobiy ikromlarda bunday bo'lgan emas. Bu Abdurahmonboy sahobalardan bo'lgan. Abu Bakr Siddiq, Usmoniddin Afson, bu faqat bir puldor sahobalar bo'lgan. Ularda oldida biroli Nuraboh, Suhayb Rumiy, Habobiy Marddek quldan chiqqan kambag'al bechora sahobalar ham teng o'tiraverardi. Bir biriga ular pul pozitsiyasidan muomala qilmas edi. O'sha roziyalloh, anho payg'ambar sallalloh vafot qilganidan keyin, mana murtafo alayhi bo'lgan rivoyat, rasululloh vafot qildi.

Rasululloh vafot qilib ketdi. Uyimizda yegani hech narsa qolmagan edi. Soqchani bir burchagida bir hovuch yoki ikki hovuch bo'lgan arpa bor edi. Bir necha kun yedim, tugamaganidan ajablanib tortib ko'rdim, ertasi kuni tugab qoldi. Alloh Taolo baraka beruvdi, tortmasdan yegan mahalida. Tortib qo'ygandi, qiziqib qo'ygardi, bunaqa ketib qoldi. Bosh onamiz aytadi, Muhammad alayhissalomning oilasi paydaypar ikki kun bug'doy yoki arpani yumshoqman yemadi deydi. Ikki kun qonimiz to'yib yumshoqman yemaganmiz deyapti. Haftalab qozon qaynamas deydi bosh onamiz Abdullohimiz Zubayrga. Nima yordinglar desa, suv bilan xurmo bilan kun o'tkazardik deydi. Ular dunyoda do'st tutmagan. Ular dunyoni do'st tutmaga. Payg'ambar alayhissalom xayrul quruniy qorni summalla diniy alunaxun, summalla diniyalunaxun dedi. Asrlarning eng afzali mening asrim dedi. So'ngra undan keyingi asr, so'ngra unda keyingi asr. Payg'ambar assalomning asri zamoni saodat deyiladi. Insoniyatning eng baxtli kunlari, chunki rasululloh yashagan asrlar. Ana shu rasululloh so'zdan ham yashagan zamonda, rasululloh va sahobalar qanaqa yashagan? Dunyoga bizga o'xshab hirs qo'yganmi? Dunyoga muhabbati bo'lganmi? Dunyo matosi ketib qolsa, xafa bo'lib, dunyosi ko'p yasa qo'naganmi?

Aksincha bo'lgan. Dunyosi ko'payib ketsa, qo'rqqan ular. Sahobalarning birini uyida yegan hech narsa qolmaganda xursand bo'ladi. Nimaga xursand bo'lib yashasa, bugun uyimiz Payg'ambar uyiga o'xshabdi deydi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni uyiga mehmon keldi va u zot sharifni uyida mehmonga qo'ygan hech narsa topilmadi. Endi nima endi? Bizdagi ziyofatmas u. Dasturxon tuzashlik tayyorgarlik emas. O'sha bir o'tirganda qorni toyadigan darajada bir yemoq bo'lsa, u nonmidi yoki qandaydir ovqatmidi, shu bilan ziyofat bo'laverardi. Rasulullohni uyda yegani hech narsasi yo'q. Rahmatan ila alamin bo'lgan zot, Makkani baqhosini oltindan qilib beraymi deganda, yo'q degan zotni uyida mehmonga qo'ygan bir burda non yo'q. Rasulullohnikiga turgan kishiga Payg'ambarimiz, falon yahudiynikiga boring, menga bir taomdan qarz berib tursin dedi. Rasululloh qarz so'rayapti. Bu elchi bordi, Rasulullohni so'zini aytganda yahudiy, mayli beraman, faqat jaroga bu narsa qo'yib qo'ysin dedi. Rasululloh so'rasa, jaroga bu narsa so'rayapti, payg'ambarimizga kelib jaroh so'rayapti deb aytganda, uzoq aytib kelyaptilarki, men osmon va yer ahlado amin edim, ishonchli edim. Agar berganida qaytarib berardim, lekin jaroh so'rayptimi, mana hozir soatimni olib borib jaroga qo'yib keling dedi. Jihodga kelib chiqadigan sovutini garovga qo'yib mehmonini qondan to'yg'izib jo'natdi.

Oyshanimiz aytadi, payg'ambarimiz vafot qildi, garovga qo'shilgan sovut qolib ketganini yahudiyda qo'lida. Subhanalloh, agar dunyodagi, dunyo matosini ko'p bo'lishligi albatta yaxshi narsa bo'lganda payg'ambarimimiz bunaqa faxrona yashamagan bo'lardi. Payg'ambarmiz boy bo'lgan. Qo'lida dunyo juda ko'p to'plangan, lekin ushlagan emas. Berib berib yuborgan. Bizniki biz. Hakima xotam ali tofi shunday bir hikmatli so'zni aytadi. Biz to'rtta narsani qidiramiz deydi, insonlar. Shu qidiradigan narsamizni shu narsaga yetishlikdagi yo'lda adashgan ekanmiz topishga. Birinchisi, biz boylikni istagan ekanmiz. Nimadan? Moldan. Pul ko'p bo'lsa, inson boy bo'ladi degan ekanmiz. Bu noto'g'ri ekan. Aslida boylik qanotda ekan. Inson qanotli bo'lsa, boy bo'laveradi. Ikkinchidan, biz rohatni istagan ekanmiz, ko'p bo'lsa, hayotimiz rohatli bo'ladi degan ekanmiz. Haydashgan ekanmiz, rohat oz narsada ekan. Agar insonda qanoat bo'lsa, oz narsa ko'p bo'ldi. Biz karomatni, azizlikni, hurmatni haloyiqdan, odamlardan kutgandik. Odamlar bizni hurmat qilishini kutgandik, hurmat, karomat, azizlik taqvoda ekan. Innah akrom akom a'indallohi at qoqum. Allohni huzurida hurmatibalatinglar, allohdan ko'proq taqvo qilganinglar dedi.

Taqvo qila olaylik da. U bandalardan keladigan hurmat o'z o'zidan bo'ladigan narsa. Biz Alloh uchun taqvo qilaylik da, hurmat uchun emas. Hurmat qilishmasa, biz tayyormiz bunga, kutmayapmiz ulardan. Lekin hurmat qilishadigan bo'lsa, a bu saxiyaroq emas, bu narsa hojat ham yo'q edi bizga. Va ne'matni taom va liboslarda qidiruvdik. Aslida ne'mat Alloh Taoloning bergan satri, ayblarimizni yopishligi va islomda ekan. Insonga albatta boylik kerak, albatta rohat kerak, hurmat kerak, ne'mat kerak. Bularni hammasi Allohga qulchilik qilishlikda bo'ladi. Allohni qulchiligini qo'yib qo'yib, mana shu narsani istayotganlar biror marta bu narsaga yetganligini ko'rmaymiz. Siz bilan biz hozirgi zamonda mana o'zimizni iymoniy holatimizga baho berganda, kimlargadir taqqoslaymiz o'zimizni. Xudoga shukur. Besh yil burun anaqa edim, hozir mana qo'yib qoldim. Xudoga shukur, falonchilardaqa emasman. Xudoga shuhrat deb turib o'zimizni iymon bobida bizdan paq bo'lgan odamlarga taqqoslatirib, o'zimizni zo'r deb bilaveramiz. Agar biz Payg'ambarimiz va sahobalarga taqqoslaydigan bo'lsak, biz hech kim emasmiz. O'shaning uchun biz qaysi tomondan o'lchov olishini o'rganaylik. Pastga qarasangiz, albatta siz balansiz odamlarni ba'zilaridan.

Yuqoriga qarashlik kerak bo'ladi. Boshqalar bir so'm tashlaganda men yuz so'm tashlayapman deb terilmaslik kerak. Chunki sahobalar borib bir so'm olib kelib birdaniga to'kib qo'ygan. Payg'ambarimiz bor og'iz ko'chaga. Bularga taqqoslaydigan bo'lsak, biz hech kim emasmiz. Nabiy sollallohu alayhi vasallamni oldiga bir kishi keldi deb vafot qiladi. Saxliddin sardor sodiy roziyallohu anhu imom ibn moja rivoyatidan. Ey rasululloh dedi. Menga shunday bir ishni o'rgating. Shunday ishga dalolat qiling, shuni qilsam, alloh yaxshi ko'rsin, yana odamlar ham yaxshi ko'raversin. Ya'ni bir inson bo'ladiki, bir ishni qiladiki, alloh ham yaxshi ko'taradi shu ishni qilganiga, odamlar ham ya xshi ko'radi. Bu qiyin narsa. To'g'risini aytsang, tuqqaning yoqmaysan degan gap bor. To'g'ri aytishlik, allohni buyrug'i edi. To'g'rini aytib allohga yoqaman desangiz, bandasiga yoqmayapsiz. Ba'zi bir shar'iy buyruqlarni bajarib, allohga yoqa desangiz, xudandaga yori birodar do'stlarga yoqmayapmiz. Bu tashqaridan qaraganda u bir biriga hech bir to'g'ri kelmaydigan narsa. Alloh ham yaxshi ko'rsin, bandasi ham yaxshi ko'sin. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizga ibrat bo'lgan, namuna bo'lgan zot. Va men ataytum mubosuluh ta'huduh va meni haykuman huquq fan ta'huda deyavot. Payg'ambarn alayhissalom sizlarga nimani buyurgan bo'lsa, nimani bergan bo'lsa olinglar, nimadan qaytargan bo'lsa tiyilinglar degan alloh azza va jalloh.

Laqodah kam ala konfiy rasulillahi usv otim hasanam. Muhammad alayhissalomni hayotida sizlarga go'zal namuna bor degan. Shu zot nima deyapti? Qori alayhissalom izni hadfiy dunya yuhayb bukannos, izni hadfiy ma'indannos yuhayb bukonnas. Dunyodan behojab bo'l. Dunyodan o'zingni baland tut. Dunyoga berilma, alloh yaxshi ko'radi. Odamlarni qo'lidan tarmoqma, odamlarni qoiidagi narsadan zohid bo'l, odamlar yaxshi ko'radi dedi. Ikkala holatga ham Payg'ambarimiz zohid bo'ldi deydi. Qalbingni dunyodan baland tut, Alloh yaxshi ko'rar, o'zingni nafsingni, qalbingni odamlarni ko'lidan baland tut. Odamlardan tarmoqma bir narsani. Hurmatni ham, to'rini ham, besh oqson pulni ham, yaxshi muomalani ham, kutma bandasidan shu narsa. Shunda hamma seni yaxshi ko'rasan dedi. Demak, mana shu qoida hayotimizda siz bilan bizni ishlashligi kerak. Zohidlik deganda, dunyoga muhabbat qo'ymaslik, dunyoda tark qilishlik deganda, ba'zilarimizda noto'g'ri tushuncha bo'lib qolmasin. Ha, demak, umuman yaxshi kiyim kiymaslik kerak ekan, umuman hamma yoqdan voz kechib, unaqa emas. La rohiboniyat fil islam. Islomda tarki dunyochilik yo'q. Islomda tarti dunyochilikyo'q. Musulmon odam uylanadi. Pul topadi, bola chaqa topadi, uni boqadi, uy soladi.

Dunyoda o'lmaydigandaqa yashaydi. Dunyoda o'tmaydigandaqa dunyoda ishini qiladi. Lekin oxiratni ishini hozir o'lib qoladigandaqa qiladi. Surpiyonist tohir vahimohulloh aytadiki, dunyoda zohid bo'lishlik, bemaza taomni yeb, xunuk kiyimlarni kiyib, dunyodan chiqishlik emas, balki orzu havasni qisqaroq qilishlik deydi. Dunyoda hamma tijoratini qiladi, hamma mehnatini qiladi. Lekin mana shu narsa bilan ovora bo'lib qolmaydi. Orzu havasga berilmaydi. Orzu havaskaga berilgan kishi dunyoga qul bo'lganligi aniq bo'ladi. Zohid odam qanaqa bo'ladi? Zohid odam aytdik, mana haqiqiy zohid bir narsaga qodir bo'lib turib, o'sha narsaga muhtoj bo'lib turib. O'sha narsani olishlikka qodir, kerak. Lekin oxiri tole shu narsani deb turib, shu narsadan o'zini baland olmay qo'yaveradi. Haqiqiy zohid, dunyoni yomonlamaydi. Dunyoni yaxshilanmaydi ham. Shu dunyo kelsa, xursand ham bo'lmaydi. Shu dunyo kelsa, xafa ham bo'lmaydi. Umuman qalamaydi dunyoga deydi. Ya'ni narxlar oshib ketsa, siqilib g'am qilmaydi. Svet o'zida shikoyat qilmaydi. Qor yormasa, ming'illamaydi. Ya'ni qarab ko'radigan bo'lsak, bu biz haqimizda aytilinyapti. Biror kun hayotda shikoyat qilib yashagan bir vaqtimiz o'tganmi? Agar siz bilan bizda zohidni isboti bo'lsa, dunyoga umuman parvo qilmasligimiz kerak.

Umuman g'am qilmaslik kerak. Ketmoningizni ko'tarib, parvozga chiqib ketmoningizni choping. Rizqingizni sababi. Shopermisiz? Mashinangiz bilan chiqing. Rizqingizda olib kela oladigan sababni qiling u, lekin g'am qilmang bu narsani. Mana shu odam zohid bo'ladi. Mana shu odomni Alloh Taolo qalbiga rohatni beradi. Mana shu olamni Alloh Taolo ko'liga barakotni beradi. Hayotda bizni nima xursand qilib, nima xafa qilyapti? Bir farqiga borib olaylik. Zohid odam dunyoda kelgan ketganiga targ'ib qilmaydi.

Hozirgi ketishda nahnavo kelsa qaqqa boradi desa, birodarlar Alloh aytgan joyiga boradi. Agar hayotimizni olsak, benzin bir dollar bo'larkan deganda, ikki yil burun eshitib, hammamizni yoqamizni ushlagan edik. Birodarlar, bir dollar bo'luvdi benzin, olvolgidan ham ko'proq yuribdi. Olvolgidan ham roh benzin ketyapti. Chunki ertagi kunni rizqi o'zi bilan birga kelar edi. Qani shunga bo'lgan iymonimiz? Siqilib bo'g'ilib ketyapmiz. Subhanalloh. Zohid bo'lmaymizmi? Allohdan aytgani bo'lar ekan u baribir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam imom termiziy muslim rivoyat qilgan hadisda marhamat qiladi ab dunyo stijinul mu'min qodiruhu hasnuhu. Val jannatu ma'vahuhu. Va dunyo jannatul kayfir va qodiruhu stijinuhu. Va ma'vahun nar. Dunyo mo'min uchun qafas. Qabr uni qo'rg'oni. Jannat esa boradigan oxirgi makoni. Dunyo kofir uchun jannat, qabr uni qamoqxonasi, jahannam uni boradigan joyi. Dunyoda shuni qabul qiladi. Uni chiqarib yuborsa ham qaytib kelaveradi o'sha yerga, chunki shuni ko'rgan. Siz bilan biz dunyodan boshqa kenglikda, dunyodan boshiqa ne'matda, rohatda ko'rmaganligimiz uchun, dunyodan chiqqimiz kelmaydi hech qaysimizni. Alloh taolo aytyapti, sizlarga dunyodan ko'ra oxirat yaxshiroq, kengroq, abadiyroq desa, baribir dunyoga tortib turibsiz bilan bizni.

Aqlli odam hech qachon qafasda xotirjam yashay olmaydi. Mana shu dunyo hayotini Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadi. Qiyomat kunida Alloh Taolo qari, qorayib ketgan, yuzlarini tirishib, burishib ketgan, tishlari qiyshiq, ko'karib ketgan, nohatto badbashara kampir suratida tiriltiradi. Abdulloh ibrohimning so'zi. Haloyiqqa ro'baro' qilinib, buni taniysizlarmi deb so'raladi. Haloyiqlar, Alloh o'zing panoh ber, bunaqa narsani tanishlikdan. Alloh Taolo tanitadi. Bu sizlar dunyoda mana shunida biringlarda biringlar o'ldirib, mana shu yo'lda orqasidan yugurgan dunyoyinglar shu deydi. Dunyoda hech kimga nasib qilmagan bu dunyo qiyomat kunida ana shu bir mo'min bandani mulki bo'lib birga jannatga kirib ketib qolishligini ruxsatini so'raydi Allohdan. Shunda Alloh azza va jala aytar ekanki, seni ichingda yurganda bu mandan, seni bunga ravo ko'rmaganman. Endi qanday qilib jannatga kirib ketayotganda seni bunga ravo qilay? Alloh bizga dunyoda ravo ko'rmaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam boshqa havslarda agar deydi, dunyo hayoti o'zini ichidagi hamma narsalar Allohning huzurida chivinni qonasichalik qadri bo'lganida, e'tibor beringlar. Nabiy sollollohu alayhi vassalom keltirar ekan bu tashbehda, misolda. Chivinni qonatichalik qadri bo'lganida, chivin qancha, uni qonoti qancha?

Hech qancha emas. Alloh taoloning huzurida dunyo hayotidagi boylik, dunyodagi yaxshi yashashlik, shunday qadri narsa. Agar dunyo Allohning tarozida chivinni qonatichalik qadiri bo'lganida bir kofir dunyodan boy bo'lishmas, zo'r yashashmas, bir tomchi suv deb ichmagan bo'lardi. Qadri yo'qligi uchun bu dunyoda Allohni huzurida. Kofirga ham beryapti, mo'minga ham beryapti. Ba'zida kofirga ko'proq berib qo'yyapti. Shuning uchun dunyo noto'g'ri qo'limizda yo'qligiga, ishimiz orqaga ketayotganiga, narx navoni ko'tarayotganiga g'am qilishiga emas, bizni iymonimizdagi kamchilikni belgisi. Allohni akani bo'ladi, birodarlar. Qanaqa qilib uylab joylayman deb g'am qilayotgan bo'lsangiz bo'lasiz. O'lib qolsangiz nima bo'ladi? Rizqini topib ketaveradimi? Qani xotirjamlik? Ulamoliddin bir shunday bir chiroyli bir hikmatli so'zni aytadi. Aqlli, hushyor, ziyrak odam ish ishni qiladi. Dunyo uni tark qilib yubormasdan turib, dunyoda tark qiladi. Qabrga kirmasdan turib, qabrini obod qilib oladi va robbisiga yo'liqmasdan turib, robbisini rozi qilib oladi. Mana shu ish qilgan odam aqlli odam deb hisob qilinadi. Luqmoni hakim o'zini o'g'liga nasihat qilar ekan, quyidagi so'zlarni aytadi. Ey o'g'iljon deydi. Dunyo degan dengiz nihoyatda chuqur. Juda ko'pchilik mana shu dunyo degan dengazga cho'kib ketgan.

Mana shu dunyo dengizdan eson omon o'tib olishlik uchun taqvo degan kemani mining. Taqvo degan kelmani mining, mana shu dengizda omonda qolasiz. Siz bilan bizda ham mana shu taqvo degan sifat bo'lmaydigan bo'lsa, bu dengizga cho'kib ketsakimiz muqarrar bo'lgan ishlardan. Ibn Muborak shunday so'raldi. Haqiqiy aqlli odam kimdir so'radi. U ikkita javob berdi, ulamolar dedi. Ulamolar deganda faqat ilmli odam deb tushunmaylik. Aqlli odam deb Allohni tanigan odam aytilinadi. Allohni tanigandan keyin unga itoat qilgan odam aytiladi. Undan boshqa odamda aqlli deyishlik qiyin. Chunki ertaga jahannamga ketishligini eshitib turib, bilib turib, yana shu ma'rifat qilayotgan odamda aqlliy deyishlik qayin. Bilib turib o'zini o'tkazayotgan odam aqlli deyilmaydi. Podshohlar kim deb so'rashdi. Uzoq javob beryaptiki, zohidlar dedi. Nafsini yegan. Dunyo matosiga nafsini qul bo'lishingizdan qaytarib qolgan odam podshoh dedi. Alloh azza va jalloh aytadi, afaroyi aytamanitta hada iloha hu hava hu. Havoyi nafsini iloh qilib olgan odamni ko'rmadinglarmi deydi. Inson yo Allohga sig'inadi, yo havoyi nafsiga sig'inadi. Yo Allohni achchani qiladi, yo o'zi xohlaganini qiladi. O'zini nafsini xohlagani qilishligi havoyi nafsni xudo qilib olganligiga dalil. Agar nafsini sindirib olgan bo'lsa inson, nafsini jilovlab olgan bo'lmasa, bu inson podshoh deyiladi.

Umar umid xattob roziyallohu anhu kunlarda birida Nabiy sollallohu alayhi vasallamni hujralariga kirdi. Buxoriy yo Muslim rovati Abdulla ibn Abbosdan. Payg'ambar alayhi vasallomni uyida hech qanday bir dunyo matohi yo'q edi. Hatto tagiga solib yotadigan to'shchagi ana shu qamishdan yoki mayda toshlardan deyiladi, iborat bir to'shchak boradi, ustiga bir latata tashlab qo'ygan bo'ladi. Rasululloh yotib uxlab, yuziga va biqinlariga mana shu bo'ralarni izida chiqib qoladi botir. Hazrat Umar keladi da, Rasulullohni yuziga qarab yig'laydi. Ey Umar, nimaga qilyapsiz? Deydi. Shu zamonda yashay ekan dedi Umariddin Xattob. Kitob va Qaysar, Fors va Rumni podshohlarini eslayapman. Mana shunday gunohkor, mana shunday kofir bo'lishigi bilan zo'r hayot kechiryapti yu, sizdek Rahmatallil alamin bo'lgan zot mana shunday bir faqiron hayotgacha ekaningizdan yig'ilyapman dedi. Rasululloh kambag'al bo'lgan. Rasululloh bir kun qozon qaynasa, besh kun qozon qamaydi. Rasulullohdan ibrat olaylik. Payg'ambar assalom Umariddinlar hattoki javob beryaptiki, ular dedi, ular bor oladigan ne'matlari shu dunyoda beriladigan xalq. Ular shunday qalb, dunyoda oladi ular. Bizniki oxiratda. Shuni o'zi senga kifoyli qilmaydimi dedi. Umariddin Xattob yig'lashdan to'xtadi. Umariddin sard roziyallohu anhu, Umariddin Xattob xalifa bo'lib turgan paytda Ximisga voli qilib jo'natadi.

Ximis bu Shomdagi shaharlardan bittasi, nihoyatda xalqqa injiq xalq bo'ladi. Yangi kelgan voliyni uch oyda, besh oyda shikoyat yozib yuborib almashtirib yuboradi. Umariddino sard voli bo'lib boradi, shikoyat bormaydi Madinaga. Yig'iladigan fitr sadaqa, zakat, sadaqa pullari Madinaga bormay ham qo'yadi. Bir yilgacha Shom Ximstdan na shikoyatlar, na baytulmolga pul kelyapti. Shunda Umar, Umar Xattob roziyallohu anhu, Umar dunyo fitnasiga kirib qoldimikin deb xat yozadi, xatimni olishing bilan tezlik bilan yetib kelib meni odamga deydi. Bular kimlar edi? Rasulullohning madrasasida ta'lim olgan kishilar edi. Umar uni sabab piyoda yurib keldi. Kirdi, amiral mo'minga salom berdi. Tanimadi yuzidagi changdan, masalan, yo'ldagi mashaqqatni ta'siridan. Kimsan dedi, umayrman dedi. Endi keldingmi dedi. Men senga qachon yozgandim xatni? Olimdan chiqmadingmi dedi. Xatni olishim bilan chiqdim dedi. Ya'ni umayrni xatto umayrga ot minsang ertaroq kelishing kerak edi yu degan narsa bo'lyapti. Ot yo'q, tez keldim deydi. Nimaga olmading desa, o'zim olmadim, qavm bermadim, men so'ramadim deydi. Nimaga bir yildan beri pul olib kelmading? Orqangda nima bor dedi desa, dunyoda hammasini solib kelyapman xoltamga dedi.

Ya'ni umariddin hatto bir yil to'playgan pulini olib keldi dedi da, nima bor xoltingda dedi. Xoltamda dedi, idishim bor ov qotmaydigan. Tog'or ham bor idishimni yuvadigan, kirimni yuvadigon, boshimni yuvadiga. Abdustam bor, tog'orat oladigan, qo'limda chaltagim bor, ilon ikh hasharot chiqsa o'ldiradigan. Shu dunyo dedi. Undan oshishchasi nima keragi bor menga dedi. Afzal G'oforovning uyiga mehmonlar kirdi, biror bir matoh hisob tushmadi. Qani bu narsa deb so'raganida, uydagi narsalar, matohlar yo'qmi deb so'raganda aytdiki, bizning naryoqda vatanimiz bor dedi. Dunyoda yashagani ham kerak ozgina dedi. Biz bu dunyoda yashay desak, bu uyning egasi bizni qoldirmaydi da. O'shaning uchun naryoqqa jo'natib turamiz deydi. Agar bu yerda o'tirganlar hammamiz ozgina mulohaza qilsakda, oxiratga o'tkazgan narsamiz bilan, dunyoda qo'limizda turgan narsani taqqoslaydigan bo'lsak, hammamiz faqir hisoblanamiz. Biz oxiratimizga o'tkazamizmi, o'tkazmaymizmi, qat'iy nazar Alloh yozgan kunni ko'ramiz, Alloh yozgan muddatda yashaymiz. Biz dunyoda zohid bo'lsa ham, bo'lmasa ham Alloh bergan umrni, Alloh bergan rizqini yeymiz. Suhbatimizni Fuzoyil ibn Yozning quyidagi bir hikmatli so'z bilan nihoyasiga yetkazamiz. Fuzal injiyoz aytadi, dunyodagi hamma yomonliklar to'plandi.

Bitta uyga berkitildi. Eshigi qulflandi. Mana shu hamma yomonliklarni ushlab turgan kalit bu dunyoga berilishlik dedi. Va yer yuzidagi hamma yaxshiliklar yig'ildi. Hammasi bitta uyga berkittildi. Buni kaliti zohidlik dedi. Agar dunyodagi jamiyatga yaxshilik yetkazish niyatimiz bo'ladigan bo'lsa, siz bilan bizda zohidlik sifati bo'lishi kerak. Agar shu zohidlik sifikati bo'lmaydigan bo'lsa. Dunyodagi hamma yomonliklar bizni ustimizda bo'ladi. Nabiy assalomu alayhi vasallam marhamat qilganlaridek, xo'p bu dunyo rosa kulil xotya. Boshimizda qanaqa xato sodir bo'lar ekan bo'lsa, hammasi dunyoga bo'lgan muhabbatdan. Boshlangan bo'ladi. Alloh subhanahu va taolo o'zi yaxshi ko'rgan zohid bandalardan qilgan bo'lsin. Faqovul qoli had va astag'firullohu alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)