Maviza
—Qoralama28 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
27:57
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbila alamin va ala inqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqil va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabab, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun qirq sakkiz. Ijtimoiy odoblar, muborakbod etish.

Musulmon kishini xursandchiligi bilan muborakbod yetish, tabriklash. Musulmon koshini qalbiga xursandchilik olib kelishlik. Inson, bolasi, birodarlar ijtimoiy maxluq. Ya'ni, Alloh Taolo shunday bo'lishligini xohladi. Bir inson hayotda yolg'iz o'zi yashashi mumkin emas. Albatta o'ziga o'xshagan odamlarga muhtoj bo'ladi. Bir inson bitta, ikkita, boringki bir beshta, uchta mohir bo'lishligi mumkin. Beshta hunari bo'lishi mumkin. Lekin minglagan ehtimol hunarga muhtoj bo'lladi. Masalan, oddiy misol oladigan bo'lsak, ustimizdagi mana ko'ylakda tugmasi bor. Shu ustingizda kelgan ko'ynagingiz, siz xohlagandek ustizda turishligi uchun tugmaga muhtoj. Shu tugmani paydo bo'lishiga, ko'nglingizga chiqib ilashishligi uchunga qancha odam ishlagan. Materialni topish kerak, ishlov berish kerak, rang berish kerak, shakl berish kerak va hokazo. Yoki, bir burda non yeyishni oling.

Siz shu nonni paydo bo'lishi uchun ketadigan mehnatda boshidan oxirigacha o'zingiz qoyim bo'la olmaysiz. Kimdir ekadi, o'radi, olib borib sotadi. Kimdir oladi, uni un qiladi. U ham olib borib s otadi. Kimdir olabi, non qiladi, pishiradi, olib keladi, olib yeysiz. Bir burda non yeyishlik uchun shuncha mehnat kerak. Demak, hayotda boshqa ishlarda ham odam bolasi boshqalarni hunariga, ilmiga, tajribasiga, mehnatiga muhtoj bo'ladi. Shuning uchun odamlar o'zaro bir biri bilan aralashib, jamiyatni bir barpo qilib yashashligi kerak bo'ladi. Bu Alloh Taoloning xohishi. Mana endi o'ziga o'xshagan odamlarni orasida inson yashar ekan, ular bilan albatta muomalada aloqada bo'ladi. Shu aloqasida Alloh Taoloning sinovi, imtihoni ga duch keladi. Sinovga, imtihonga duch keladi. Va mana shu sinovdan o'tib, Allohni huzuridan manzilati baland bo'ladi, yoki shu imtihon sinovidan o'ta olmasdan, manzilati past bo'ladi, qulay edi. Masalan, sizni zo'r insonligingiz tog'da yolg'iz yashayotganda bilinadimi?

Yoki ormonda, ormonda yashaysiz, o'zingizni hech kim bilan aralashmaysiz. Xulqingizni qayerdan bilamiz? Sabringizni qayerdani bilamiz? Bag'ri keng ekanligingizni qayerdann bilamiz? Kechirimli ekanligingizn qayerdann bilan bilamiz? Demak, odamlarni orasida yashaymiz, ular bilan, odamlar bilan, jamiyat bilan alohida bo'lamiz, shunda biz Alloh Taoloni sinoviga duchor bo'lamiz.

Kishini ibodati qachon ibodat bo'ladi? Odamlarni og'asida yashaydi, odamlarga foydasi tegadi, zarari tegmaydi, nasihatgo'y bo'ladi, rostgo'y bo'lad, shunda u sinovni qondan o'tadi. Kishi odamlarni orasida yashar ekan, jamiyatda yashar ekan. Odamlarga foydasi teyar ekan. Ularga ko'magi, yordami teyar ekan? Mana shu qilgan ishi bilan bandda Alloh Taoloning roziligi erishadi. Musulmon odam mana shu jamiyatni o'rtasida yashaydi. Haligi jamiyatda qaynayotgan joyida turadi. O'zini bir chekkaga olib qochmaydi. Uzlatga, yolg'izlikka intilmaydi. Odamlarni orasida yashaydi, jamiyatda to'laqonli a'zosi bo'ladi. Voy menga nima deydi yu, olib qochib yuradi yu, unaqa bo'lmaydi.

Misol, Yusuf alayhissalom Misr podshohi bilan muomala qildi. Endi u Misr podshohi u paytda mana Yusuf alayhi salom qamalib qolgan paytdagi podshoh musulmon bo'lmaganligi ko'proq da. Musulmonmas edi. Lekin shu musulmon bo'lmagan podshoh bilan ham Yusuf alayhissalom muomala qildi. Musulmon bo'magan Misr jamiyatiga xizmat qilishidan o'zini olib qochmadi. Qaytarib aytamiz, musulmon bo' olmagan podshoh, musulmon bo bo'lmagan xalqni ichida turib, Yusuf alayhi assalom shularga foyda ketilishidan o'zi olib qochmagan.

Astaydubillah, laqolal maliku tuniy bi. Astahlis xulinafsiy. Falamma kallamaho qol, innakal yav maladaynamakimin amin. Yusuf alayhissalom ana shu podshoh tush ko'rganida, tushini ta'vil qilib berdi chiroyli qilib. Eshitib turib, bu oddiy odammas ekan degan o'yga bordi podshoh. Yettita arvoh sigir, yettita semiz sigirni ko'rdi, yettita qurigan boshoq, yettita xon boshoqni ko'rdi. Shu tushini ta'bir qilib berganida qoyil qolib, bu oddiy odammas ekanku. Podshoh aytdi, uni huzurimga keltiringiz. O'zimning xos kishilarimdan qilib olay. Bas qachonki yusuf u bilan so'zlashgach, sen bu kun bizning dargohimizda martabali, ishonchli kishidirsan dedi. Yusuf alayhissalom nima deb javob berdi? Qolaja alni ala hoza in il'od innihafi zuna alim.

Yusuf dedi podshohga, meni shu yerning xazinalari ustiga qo'ygin. Chunki men ularni to'la to'kis saqlaydigan va to'g'ri tasavvur qilishni biladigan kishiman. Yana qaytarib aytaman. Musulmon bo'lgan Yusuf alayhissalom, musulmon bo'lsin bo'lmagan Misrning podshohi, musulmon bo'magan Misr ahlini xizmatini qilishlikdan olib qochmayapti o'zini. Demak, musulmon jamiyatni ichida yashaydi, ajralib olmaydi.

Bundan xulosa qilib olamiz. Demak, muslimon odamga jamiyatga foyda keltirishi mumkin bo'lgan bir vazifa ish topshirilsa, o'zini olib qochmasligi kerak bo'ladi. Aksincha bunaqa ishga intilish kerak. Odamlarda eng yaxshisi qaysi deb so'ragan edi, Payg'ambarimiz javob berganlar, anfavhumlin nas, odamlarga ko'proq foydasi tegadigani degan. Qaysi odam yaxshi? Odamlarga foydasi tegaydigan odam. Hunari bilanmi, xizmati bilanmi, yugur yetimi bilanmi.

Shuning uchun bir qoidada bossak bo'ladi. Alloh Taoloni taniganligini qanday bilishimiz mumkin? Odamlarga foydang teng ekanidan. Allohni taniganingni qayerdan bilamiz? Jamiyatga manfaatli bo'lganingdan. Xudbin, egoist bo'lmaganligingdan.

Mana shu ikkita sifat bilan boshqa savobli amallarni ham qadri baland bo'ladi. Agar mana shu ikkita sifat bo'lmaydigan bo'lsa, Allohni tanish va odamlarga foydali bo'lish. Bu boshqa qilayotgan amallarimizni qadr qiymati bo'lmaydi. Vo qodimna ilaama amilu min amalin fajalna hu haba man suv ro. Alloh Taolo aytadi, zotan biz ular qilgan har bir yaxshi amalga kelib, uni sochilgan to'zon kabel qilib qo'ygandirmiz. Agar odam jamiyat uchun yashamasa, o'zini aka ukalari uchun yashamasa, qarindoshlari uchun, odamlar uchun foyda keltirish uchun yashamasdan, faqat o'zi uchun yashaydigan bo'lsa, bu odamni qadr qiymati bo'lmaydi, birodarlar. Musulmon odam, odamlarni orasida yashaydi, jamiyat uchun, bu xususan chi haligi damkomlarga, elvoshilarga tegishli gap. Ey damkom akalar, elvosh akalar, xafa bo'lmanglar. Sizlarga oylik berilmaydi. Birodar rahmat ham demaydi. Qilasiz xizmatni, gap eshitasiz. Men u avvalgi darslarimda ham aytgan ekanman, yana takrorlayapman. Ikki yuz so'mdan transformatorga pul yig'adi.

Xuddi o'ziga so'rab kelganday borsa, haligi odamlar o'ziga sorayotganday urishadi bu bilan. Seni xizmatingni qilyapti bu. Rahmat sizga, biz aralasha olmayapmiz, men mana ikki yuz so mingdan rahmat yo'q. Ha, ya'ni qo'shib yuborasizmi? Shuning uchun damkomlarni qilayotgan xizmatini akalar qadrlaylik. Chunki odamlarga foydasi tegyapti o'sha odamlarda. Zo'r odam bu. Nodomiga gunoh emas yu yerda bo'lmasa.

Inson boshqa o'ziga o'xshagan insonlar bilan qilin. Qiladigan muomalasida imtihon qilinadi. Hozir aytib o'tganimizdek, boring bir to'rt xil hunarni ustasidirsiz. Ammo hayotda bundan boshqa hunarlarga muhtojsiz. Odamlar sizga muhtoj bo'ladi, siz ularni hunarlariga muhtoj bo'lasiz. Mana shu aloqalaringiz bilan, odamlar bilan qiladigan muomalangiz bilan imtihonga, sinovga duch kelasiz.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam imomi termiziyda kiritilgan hadisda aytadilar al muslimulladi yuxolitu narsa va yasbiru ala adahum xoyrun minalladi la yuxoli tuxum va la yasbiru al a adahum. Qaysi musulmon yaxshi? Odamlarga aralashib, ulardan yetadigan ozor aziyatlarga sabr qilib yashagan musulmon, odamlarga arralashmasdan, ularning ozor aziyyatlariga sabr qilmagan musulmondan yaxshi.

Bor yo'qol, o'shandan beri hech narsa aralashmay qo'ydi mahallani ichiga. Bir marta manaqa qiluvdim, manaqa deyishuv, obshiy aralashmay qo'ydim, chiqmay qo'ydin mahallani eshigiga. Oboblabsan. Sen haqiqiy ma'noda o'zing uchun tushunarli ekan? Ajralib olib, odamlardan uzoq bo'lib olgan odamdan ko'ra, shu odamlarni ichida aralashib, ulardan aziyatiga sabr qilishlik bu musulmon uchun yaxshiroq bo'lgan sifat ekan. Ajralmaymiz birodarlarimiz. Va farzandlarimizga ham xuddi shu narsani o'rgatamiz.

Mana endi odamlarni orasida aralashib yasharkanmiz. Odamlarni hayotida xursandchilik kunlari bor. Qayg'uli kunlar bor. Ayrim kunlarda odamlarni xursandchiligi bilan muborakbod qilishimiz kerak. Ayrim kunlarda tazyiya bildirgani borishimiz kerak. Aralashib yoshashimiz kerak. Muborakbod etish. Tabriklash, odob. Birodarimizga qanday bir xursandchilik yetgan bo'lsa, uni tabriklaysiz.

Undan ham yaxshirog'i, borib tabriklaysiz. Telefonda aytgandan ko'ra. Undan ham yaxshilig'i, qo'lingizda bir narsa ko'tarib borib tabriklay siz. Uymiydi, xursandchiligiga sabab, farzandmiydi, yo bir mashina sotib olganmidi, biror bir mansabga ega bo'ldimi, uni xursand qiladigan ish sodir bo'ldimi? Borib, unga xursandchiligi izhor qilasiz, mubolag'bat qilasiz.

Mana, tabriklash. Muborakbod etish. Ijtimoiy alohidagi birodarlar muhim ishlardan. Chunki siz tabriklagani bordingiz, muborakbod qilgani bordingiz, demak shu birodaringizga nisbatan qalbingizdagina kudiratingiz yo'qligini aytmoqchisiz unga. Unga nisbatan kalbingiz sof ekanligini, toza ekanligini bildirmoqchisiz. Va mana shu ish albatta sizga ajrini kelishiga sabab bo'ladi. Qaqqa ketyapsiz? Falonchi birodarim uy olgan ekan, shu qulluq bo'lsin deb ketyapman. Qaqqa kiryapsiz, falonchi farzandli bo'libdi. Shuni bir tabriklab qo'yay, shunga ketyapman. Quring. Bu baribir savobli ishlar.

Chaqirdi, chiqdingiz, ko'rishib turib, nevarali bo'libsiz birodar, muborak bo'lsin. Siz aytganingiz yo'q hali unga. Xursand bo'ldim eshitib, Alloh Taolo bir solih bandalardan qilsin nevarangizni dedi. O'zi kelib chaqirib. Qanday yaxshi ko'rmaysiz shu odamni? Demak qalbi toza ekan menga nisbatan. Meni xursandchiligimga xursand bo'libdi deb turib, yaxshi ko'rasizmi?

Mashina olibdi. To'xtatdingiz, to'xtatding, qo'llab olsin, ko'rib xursand bo'ldi edi deysiz. Bilasizmi qanaqa xursand bo'ladi? Yoki, o. O'zi mashina yopib qolibdimi? Bu qalbni kasalligi bu. O, mashinalar bo'lib qolibdimi? Ha. Ishlar yurishib qolibdi shekilli. Yo'q, bu bir yildan keyin kelgan, bunga pul deydi.

Teskari qarab xo'ngraydi. Sizni qayg'uli kuningizda sizga ta'ziya bildirib, yoningizda turgan, xursandchilik kuningizda kelib turib, muborakbod etib, xursandchiligini solqagan odam, albatta sizga nisbatan qalbi sof odam bo'ladi. Bundan xotirjam bo'ling. Birodariz farzandli bo'ldi, aqiqaga chaqirdi. Agar labbay deb chaqirig'iga borsangiz, bilasizmi qanaqa xursand bo'ladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Abu Dovuddan keltirilgan hadis, Abdulloh nima roziyallohu anhuda. Men duoya, falam yujib, faqat osallohu va rasuluh. Kim bir joyga chaqirilsa yu, ammo bormasa, tahqiq Allohu va Rasuliga osiy bo'libdi.

Aytib ketdi, uyimizga bormaymanmi? Aytib ketdi. Predlagstvitelni ham berib ketdi. Tayinlab aytdi. Bormay qo'yilaveradi. Kim bir joyga chaqirilsa yu, ammo bormasa, tahqiq Alloh va Rasuliga gunohkor bo'libdi. Ha, domlalar o'zlari ham bormaydi yu hammasiga degan fikr albatta kallanglarga keldi.

Qaysinisiga boriladi? Ertaroq aytilganiga boriladi. O'rgaganingizga borasiz, ikkitasiga o'rgadingiz, sakkizda ishingiz boshlanadi. Bo'ldi, qolganlarga uzr. Shuning uchun domlalar bilan qilinadigan muomalada, mansabdor odamlari bilan, xalqni ustida yurgan odamlar bilan muomala qilayotganda, isklyucheniyasi bor. Bo'lmasam domlalar faqat ehsonma ehson yurishligi kerak. O'n ikki gacha, bir gacha. Shuning uchun domlani aytib yuborgan bo'lsa, Alloh nasib qilgan bo'lsa, boramiz deydi. Yo'q demaydi. Shuning uchun uyiga borib pullasini berib kelsa ham kelmadi, nomard demanglar. Chunki ko'p unaqalar. Hammanglarda xursandchiliginglarga bir sherik bo'lib, muborakbod qilib borgimiz keladi, domlalar, lekin ilojimiz bo'lmay qoladi. Shunda to'g'ri tushunib qo'yasizlar. Endi boshqa joyga aytilgan bo'lsa kerak deb qo'yaveringlar, iltimos sizlarga. Unaqa telefonda aytsa, ko'chada aytsa, xohlang boring, xohlang bormang deganda. Ko'chada ko'rib aytib qo'yadi ku, bu degani xohlang boring, hojim bormang hoji aka degani. Telefonda aytsa ham shunaqa, ammo uyingizga kelib aytsa borasiz. Nodoniki bo'shmisiz, nodoniki bandmasmisiz? Alloh va Rasuliga osiy bo'lasiz agar bormasangiz.

Uzr u bo'lsa boshqa masala. Albatta endi u chaqirilgan joy majlis, siz chaqirilgan yoqda mas'uliyat bo'lmasa borishim kerak. Agar ichkilik bo'lsa, erkak ayolda aralashib bir alloh yomon ko'radigan ko'rinishlar bo'lsa, uyingizga uch marta kelib aytsa ham, musulmon odam bormaysiz. Chunki arog' ichiladigan majlisda o'tirsangiz, siz ham shularni gunohiga sherik bo'lasiz.

Muborakbod etish, musulmonni qalbiga xursandchilik kiritish haqida payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislari. Imomu tabroniy anasi roziyallohni xudan keltirgan hadis. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar men laqiya ahohu bima yuhayb bo'li yusir roh bi dalik sar rohullohu azza va jalla yavmal qiyamati.

Rasululloh aytdilar, kim xursand qilish uchun bir birodariga yo'liqsa, kim bir birodarni xursand qilishlik uchun shu birodarga yo'liqsa, shu birodari xursand bo'ladigan narsa bilan. Alloh taolo qiyomat kunida shu bandani xursand qiladi. Ya'ni, birodaringizni oldiga bordingiz xursand qilgani, bitta yaxshi ish. Yana o'zingiz bilan endi bir narsa bor. Haligini xursand qiladigan yana. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, qiyomatda Alloh sizni ham xursand qilardi. Chaqirilgan joyga boraylik birodarlar. Xursandchini izhor qilaylik. Qo'limizdan kelsa biror narsa ko'tarib olib beraylik.

Ochiq yuz bilan, tabassum bilan ro'parasiga keldingiz, xursand qildingiz, muborakbod qildingiz, orada ilig'lik paydo bo'ldi. Mehr paydo bo'ldingiz. Umuman siz bilan muomala qilmagan bitta odam mashina olganingizda, misol, shunday kichkinagina bir hadyani ko'tarib kelib, mana bu mashinangizni yilib qo'yasiz dedi. Shu bilan aloqa o'rnatiladi, bilasizmi? Yo'q, uy oldingiz, ko'chib chiqdingiz. Kichkinagina bir gilamchani ko'tarib kelib, molani solib qo'ying dedi. Shu kundan boshlab zo'r muammolar boshlanadi shu odam bilan. Xuddi bir o'n yillik qadrdondaqa muomala qilasiz. Chunki kutmaganlidingiz undan bu narsani.

Keyingi hadisimiz, husayniddin ali roziyallohu anhumodan imomatobaroni keltirgan. Payg'ambarimiz aytadilar. Innomin mujbatil mag'firot. Idholuka surura ala hikal muslim. Hadisni qarang. Musulmon birodaringning qalbiga quvonch kiritishing mag'firatni vojib qiluvchi amallardandir.

Musulmon birodoaringning qalbigiga xursandchilik kiritishliging gunohlaringni kechirilishiga sabab bo'ladigan ishlardan. Qiyinmi? Oson. Oson. Allohni roziligi uchun birodaringizni xursand qilgani, to'yga bordingiz. Chaqirganda borib turib qo'llovsin deb qo'ydingiz. Mana shu ishingiz gunohlaringizni mag'firat bo'lishiga sabab bo'ladigan amallardan ekan. Kichkina narsa emas ekan a? O'zimizni olib qochmaylik. O'zimizni ov qochmaylik.

Imomu tabaroniydan bahodisa ham, ibn abbos roziyallohu anhudan. Inna ahabbal amali ila alloh ta'ala ba'dal faroidi idholus sururi alal muslim. Alloh taologa farz amallardan keyingi eng mahbub amal bir musulmonni qalbiga xursandchilik kiritish. Namoz, ro'za, zakot, haj, ilm ta'limi, farz bular. Mana shulardan keyin alloh taologa eng mahbub bo'lgan amal, bir musulmonni xursand qilib qo'yish.

Savobli amalni men kichkina deb sanamanglar, chunki shu kichkinagina ma'ru amalingiz jannatga kirib ketishingizga kifoya qilib qolishi mumkin. Shuning uchun qo'limizdan kelganicha xursand qilaylik birorlardan. Hech bo'lmasa sms yozib yuboring. Qo'shnini idish darvozasini tagigacha tushib turasiz. Endi agar o'zingiz tushib tursangiz. Bo'ldi. Shunday otchyotli film bo'lib qoladi. Xuddi imorat solganda chegaraga rioya qilganingizdek, a tushuntirib qo'ying, ikkita tortib, xursand bo'lib qoladimi? U ham nimadir qilgisi keladi. U ham sizga nimadir deb javob qilgisi kelardi. Siz bilishni boshlang da.

Innallohu alayhi yig'oyiru ma biya qovmin, xatta yig'oyirum a biya qucehim. Insonlar, qavm, o'zini ichidagi narsani tuzatmagunicha, Alloh xavmni ichidagi narsani tuzatmaydi degan. Siz shupurib qo'ying qo'shni eshigini tayinlab, o'zingiz kibringiz yengil. O'zingizni ishingizdagi narsani tuzasangiz, u ham tuzaladi. Shunaqa ekanda birodarlar. Shunaqa ekan. Bir musulmonni qalbiga xursandchilik kiritib qo'ysak, gunoh bo'lmagan o'rinda, savobli ish bo'ladigan o'rinda, xursand qilib qo'ysak. Ehtimol shu amal bizni gunohimizni, gunohlarimizni yuvilib ketishiga sabab bo'lar. Ehtimol jannatga kirishimizga kifoya qilar.

Imomi tabaronidan bu hadisimiz ham, oisha roziyallohu anhodan. Rasululloh aytadilar, man adixola ala ahli bayting minal muslimiyni so'rovuron, lam yardallohu lahu savoban donal jannati. Hadis qarang chiroyliligini. Kim bir musulmon oilaga xursandchilik kirgitsa, xursandchilik chiritsa, alloh taolo mana shu kishi uchun jannatdan boshqa narsani mukofot bo'lishiga rozi bo'lmaydi. Qaytaramiz. Bir musulmon oilaga xursandchilik kiritib qo'ysa, bu xursandchilik keltirgan kishi uchun, jannatdan boshi mukofot bo'lishingga alloh rozi bo'lmangdi.

Hamma qo'shnilar bir biriga mana shunday bir muomalada bo'lsa, shu hadisni tadbiqi bo'lsa, qo'shnini uyiga mag'zi vohimas edi unda. Qo'shnini uyiga soya qilib qo'yishdek uyni balans olib bo'lmas edi unda. Hozir odamlarni qarasang, bir birini ayrim mahallalarda endi, bir birini ranjitishlikda musobaqa o'ynayaptimi degan keladi.

Xursandchilikka sabab bo'ladigan sog'liq amallarga misollar. Qish kuni, sovuq, ko'miri yo'q, pul yo'q, zo'rg'a bitta uyda qisilib, qimtinib o'tiribdi bir oila. Sizni qo'lingizda bir tonna, ikki tonna ko'mir berib qo'yishlik, ko'mirdan olib kelib tushirib qo'ylishlik bor, lekin qilmaysiz. Qilmaysiz? Dunyodan chiqib ketayotganingizda, nimangizga quvonasiz? Ana shunaqa qilib qo'ygan bitta ikkita xursandchilik ishingizga. Siz uchun ishlash emas bir tonna ko'mirda puli, lekin qilmayiz. Nimaga qilmaysiz, Alloh olmayapti sizdan.

Sizni pulingiz qo'lingizdamas, sizni pulingiz. Qalbingizda. Qo'shni bilinib turibdi, shu ko'mirga yeta olmayapti, shu qoplar olib kelib yig'yapti, ko'rib turibsiz, qila olmaysiz. Nimaga? Ola olmayapti sizdan. Kimdir kasal. Borib tishini remont qilgani puli yo'q, mana shunaqa qilib yuribdi bir haftadan. Bilasiz jo'ringiz, bilasiz, puli yo'q. Shunday olib borib qoldirib qo'ya olmaysiz. Siz uchun hech narsa emas da bir ikki ming so'm pul. Xursandchilik bo'larmidi? Xursandchilik bolalarda. Lekin esimizga ham kelmaydi. O'zimchi deymiz. Abdurahmon ibn Avval aytar ekan, nima qilay der ekan. Nima qilay? Yuz dirham sarflasam ertalab, kechki payt ming dirham qilib Alloh beryapti menga. Nima qilaysan sarf qilmay der ekan. Sarf qilaman der ekan. Yuzni ertaman bersa ming kechki payt olar ekan.

Ha domla, agar unaqa biz ham yuz sarflasa, kechki payti ming emas, ikki ming, ikki yuz bersa ham qila olardik. Bizga bersinlik qilamizda, biz boyagi oyatni teskarisi. Bersin. Yo sen ovo qil, keyin beradi. Puli ko'p odam ham, g'ami ko'p. Nimaga g'ami ko'pligi? Ovo, aritmayapti g'amini.

O'sha pulni nimaga sarflamayapti? G'amlarimni arisin, birovga muhtoj bo'lmay, pulim bilan hal qilib yuboraman deyapti, puli bilan hal qila olmayapti. O'sha boyagi isinib o'tirgan, kambag'al qo'shningizni bolalari haqqingizga duo qilgan paytda, shu dardingiz bitta duo bilan chiqib ketib qoladi. O'sha pul bilan, millionlagan pul bilan hal bo'lmayotgan mushkulangiz, bitta yosh bolani xursandchini, bitta kulgisi bilan hal bo'lib ketib qoladi . Chunki Alloh Taologa farz amallardan keyin eng mahbub bo'lgan amal, bir musulmonni qalbiga xursandchilik kiritish deyilyapti.

Bir kishi aytib bergan edi. Shu eplab bitta yengilroq mashinani olgan, shu bilan tahdid qilib, tirikchilik qilib yuruvdi. Bir zo'ravonkalar urib ketdi mashinasini. Pulini ham to'lamadi. Endi chiqib tirikchilik qila olmayapti. O'sha bitta mashinani orqasidan tirikchilik qilayotgan edi. Yo'q. Pul yo'q remontga. O'sha bir birodar yoki bir qo'shnisi chiqqan ekan. Yuring falon joyda bir usta bor, chiroyli ish qiladi. Bo'lib bo'lib uzishlikka rozi bo'ladi dedi. Olib bordi, qildirdi. Mashinasi bitgandan keyin, chiqib ketyapti, qancha bo'ldi? Qachon to'lashim kerak, qachongacha? Deb so'rasa, haligi siz yetalab kelgan birodaringiz to'lab qo'ygan pulini deyapti.

O'sha birodar uchun hech narsa emas edi da, bir yuz dollar, ikki yuz dollar hech narsa emass edi. Qildirib berdi da. Umrini oxirigacha unutadimi shu narsani? Boyagi taksiz. So'rayvering o'zimizdan. Biror marta shunaqa ish qilganmanmi men ham? Imkoniyatimdan kelib chiqib turib, biror marta. Er xotini rostlashadi. Enasinikiga ketib qolgan.

Er borib olib kelganda kibri yo'l qo'ymaydi. Xotin bolalar bilan o'shga borib olgan, tinmay bu tomonga yaxshi emas gaplarni boshidan quvadi. Ikkala tomonda ham qarindoshlaridan esli esli shaytoniy maslahatlar chiqib turadi. O'n kun, yigirma kun o'tganda er ham, xotin ham burniga suv kirdi. Lekin biri kelgani, biri borgani kibr yo'l qo'ymaydi.

O'rtada jarlik nima bo'ladi? Shunda bitta odam o'rtaga tushadi. Keladi, kuyovga nasihat qiladi. Ko'ndirgan bo'ladi, o'zi zo'rg'a turibdi, qaytarib aytyapmiz. Kelin tomonga boradi, ularni ham ko'ndiradi, nasihat qiladi, Allohni eslatadi, shu o'rtada bolalar sorson bo'lyapti uni. Kelindi o'zi olib kelib, mashinasiga solib, olib kelib ochqosini tushirib qo'ydi. Ana xursandchilik. Ana xursand chelik. Kim xursand? Bolalar xursand. Biror marta qilganmanmi shunaqa ishni deng? Yo'q, biz ajratib yuborishlikka maslahat beramiz. Yig'ishtir, anaqa, deymiz. Yashda, boshidan yo'q qilgani yaxshi deydi.

Buni o'rniga birodarlar, bunaqa bir savobli o'rinlarga pul sarflab, odamlarni qalbiga xursandchilik kelishlikni o'rniga isroflarga to'lgan to'ylarda qilamiz. Restoranlarda, olti xil, yetti xil ovqat, palon ming chiqim, xo'ja ko'rsin bari. Bilasizlarmi, o'shaqa xo'jako'rsinga qilgan to'yga borgan odam ham o'zi rozi bo'lmaydi. Chiroyli yeb chiqib ketadi da, chiqib turib qarang isrofingiz, zarylbek buni yetti xil ovqat kutdi, kim yedi? Bekor isrof bo'ladi deydi da, yeb ketganlar norozi bo'ladi. Kimlar rozi bo'ladi? Shaytonlar rozi bo'lar. Voy ishonib olinglar birodarlar. Odamlarni rozi qilishlik yetib bo'lmaydigan orzu. Agar chiqib ketayotgan har bitta odamni qo'liga ming so'mdan berib chiqaring da. Chiqib ketayatib aytadi, ikki ming dan bema'da nomard deydi. Chunki qo'yni qo'shib bersa nima dedi? Ipini bermadi dedi. Odamlarnini rozi qilaman degan odam, bu tutunni ushlamoqchi bo'lgan, sarobni ushlamo qish bo'lgan odamga o'xshaydi. Allohni rozi qilish g'ami tursin, birodarlar, shuni o'zi yetadi bizga. Qo'lida davlati bor, boy badavlat akalar, isrofga, riyoga, xo'jako'rsinga pul sarflamaylik.

Agar qo'lida da davlati bor akalarimiz, ularni oldida qanaqa bir imkoniyatlar, savob eshiklar qanchalar ko'pligini bilishganida edi. Birodarlar, xulosasi, bugungi darsimizning xulosasi. Bir musulmonni qalbiga xursandchilik kirishlik payida bo'laylik. Yo'li ko'p, xohlasanglar bo'ldi. Alloh Subhanahu va Taolo eshitilgan ma'ruzaga amal qilishlikka barchamizga tavfiya bergan bo'lsin. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi