Maviza
—Qoralama5 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
5:13
O'zgarishlar tarixi

Josuslik. Odamlarni poylab yurishlik. Odamlar bildirishni xohlamagan narsalarni qidirib yurishlik. Va buni tarqatib yurishlik! Josuslik shunday bir odamlarni tabiatiga singib ketganki, yomon xabarlarni qidirib turishlik uni ishi bo'lib qolgan. Va mana shu xabarlarni bilishigi bilan faxrlanadi. Eshitdinglarmi deydi. Shohona akalarda eshitdinglarmi? Deydi. Diqqat qilib turasiz, chunki yangilik bor. Bo'lganda ham eksklyuzivniy yangilik bor. Bu shunaqa yangilikki, televizorda gapirilmaydi. Bu shunaqangi yangilikki, radioda gapirilmaydimi? Faqat shunaqa odamlardan eshitasiz uni. Josuslik. Falonchi deydi, xotinini taloq qilibdi deydi. Mana qilgan ekan, mana bo'libdi. U o'sha oilani ishi edi. Bu olib chiqdi ko'chaga. Falonchini xotini tug'mayapti ekan deydi. Ayb kimda ekan deydi. Senga nima? Senga nima? Musibat nimada? Bu odamni xabar olib kelishida emas, muhimi, ya'ni yomoni shu xabarni xaridori borligida.

Shu xabarnni xaridori bor ligida. O'shani eshitganligimiz uchun yana yangisini nima qilaveradi? Olib kelaveradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ana ism nima o'likdan? Tavba aliman shag'alah u oyubuhu an oyubinnas. O'zining ayblari odamlarning ayblaridan to'sib turgan kishiga tavbo bo'lsin. Ya'ni kishi o'zini aybi bilan ovora bo'lyapti, boshqalarda aybiga qaragani vaqti yo'q. O'zini ayvi bilan ovora bo'mib, boshqalar bilan ishi bo'mayotgan odamga tavbo bo'lsin, ya'ni jannat bo'lsin deyapti payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. O'zi qidirsak, o'zimizdan boshqa tarbiyalanadigan odamni keragi yo'q bizga. O'zimiz o'zimiz tarbiya qilib olsak katta gap. O'zimizda boshqa muammo yo'qmiki, birovlarni kavlab, birovlarnini orqasidan nima qilamiz? Qidirib yuramiz.

Payg'ambarimiz aytganlar, min husni islamil mar'iy tarkuhu malayi anihi. Juda ham bir go'zal hadis. Ajib hadis. To'g'ri hikmat bo'lgan hadis. Kishi o'zi uchun muhim bo'lmagan ishlardan uzoq bo'la ekanligi islomini chiroyli ekanligidandir. Kishi o'zi uchun muhim bo'lmagan narsalardan uzoq bo'lishi, nima sababdan shunaqa u desa, uni islomi chiroyli. Demak, o'z o'zidan ikkinchi xulosa chiqadi. Kishi o'ziga daxli bo'lmagan masalalar bilan ovora bo'layotganligi, birovni aybi, birovni kiyimi, birovni mashinasi, birovni topish tutishi, demak, bu odamni islomi chiroylim emas ekan.

Alloh azza va jalla ishlarni oliysini, yuksagini yaxshi ko'radi. Razillarini, pastlarini yomon ko'radi. Innalloha yuhib bu ma'liyal umr va yoki rohuv saf vasifaha va daniyaha. Mana hozirgi aytgan mavzumizdagi hadis, rostini aytdilar, albatta Alloh Taolo ishlarning oliysini yaxshi ko'radi, pastlarini, razillarini yomon ko'rar. Birovni aybini poylab yurishlik, birovni orqasidan josuslik qilishlik, bu razil ishmi yoki oliy ishmi? Albatta razil ish bu. Har qanday jamiyatda, har qanday zamonda, har qanday makonda josuslik qilib yuradigan odamni birov yaxshi ko'rmaydi.

Unaqa odamlar uchrashib qolsa, darrov o'sha so'roqqa tutadi. Qancha topasiz? Qayerda ishlayapsiz? Necha pul beryapti? Aytyaptimi? Senga kerakmi shu narsani bilish? Bu nimaga o'xshaydi? Bu telefoninglardagi fleshkani bekorchi ma'lumot bilan to'ldirishga o'xshay edi. Bilasizlarmi? Telefoninglar og'ir ishlaydigan bo'lib qoladi. Qatib qatib qoladi. Qizib ketaveradigan bo'lib qoldi. Nimaga?

Ena ochib turib o'chirishni boshlaysiz. Hammasini olgansiz, o'sha sharaqlatib olavergansiz, selfie qilavergansiz, to'lib ketgandan keyin ena o'chirasiz. O'zi kerak emas edi o'sha selfiechi. Siz bilan bizga kerak bo'lmagan odamlarni xabarlari, odamlarni ishlari ham bizni nima qilar ekan qalbimizni qatirib qo'yar ekan. Mana shu narsa josuslik. Murodu bo'ron orqasidan kavlab yurishligi. Oilalarni buzilishiga olib keladi. Eri xotinni o'rtasidagi munosabatni buzilishiga olb keladi. Sizga nima hadya qildi, mana hayitga eringiz deydi. Xotinlar. Manaqa qilmay, shu deydi. Meni erim manaqa, manaqa qildi deydi. Qarabsizki, bu ukalar nima deydi? Senga kerakmidi uni nima podarka qilganligini bilish? Shu zo'r savol. Shu savolni akalar, ukalar o'zimizga beraylik. O'sha narsani eshitish menga kerakmi deb so'rang da. To'xtab tur oshna, to'xtab tur. Shuni eshitish menga keremi?

Shu gapni aytish senga kerakmi? Yo'q, kerak emas. Mana shu josuslik o'rtaga fitna soladi. Musulmonlarni bo'ladi. Payg'ambarimiz aytganlar, valay saminna man farroqa. Ya'ni odamlarni orasini bo'lgan odam bizdan emas. Bo'lgan bizdan emas.

Men husni islamil mar i tarkuhu ma'la ya'nihi. Kishi o'zi uchun muhim bo'lmagan narsalardan uzoq bo'layotganligi islomini go'zal ekanligidandir.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)