# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 40 of 510
- Section: —
- Duration: 36 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/40
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/UM00V9vmowU.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=UM00V9vmowU
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/39.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/41.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:03] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Va la aqibatu li il muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqul va adil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba'in. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanah va taolo ushbu saidul ayyom haj yulmasakiy kunini barchamizga muborak qilgan bo'lsin.

[0:28] Otalarni qattiqqo'lligi farzandlarni yolg'on gapirishlikka ba'zida majbur qilib qo'yadi. Mana avvalgi darsimizda axloqiy tarbiya haqida so'z olib bordik. To'rtta ko'rinishda aytdik. Shulardan bittasi yolg'onchilik edi. Yosh bola tug'ilishi bilan yolg'onchi bo'lmaydi. Uni mana shu narsaga ayrim holatlar, ayrim sabablar, ayrim insonlar yolg'onchi bo'lishligiga sabab bo'lib qoladi.

[1:00] Ayrim o'rinda otalar qattiqqo'l bo'lishlik, bolalarni axloqini yaxshi bo'lishligiga, sabablarning asosiysi deydi da, haddan ortiq qattiqqo'llik qiladi. Arzimagan narsaga qattiq jazo. Mana shu jazodan qutilishlik uchun bola ba'zida yolg'on gapirishlikka majbur bo'lib qolad. Aslida yolg'on gaplashishni xohlamaydi bu bola ham. Lekin boyagi aytayotganimizdek jazo uni yolg'on gapirishlikka majbur qilib qo'yadi. Shuning uchun Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi doim yodimizda turishligi kerak. Allimu u alatu annifu. O'rgatinglar, qattiqqo'l bo'lmanglar. Ta'lim beringlar, zo'ravon bo'lmang.

[1:43] Chunki qattiqqo'llik hammani qo'lidan keladi. Osonda san nazarga uraverasan, san nazarga so'kaverasan. Bu tarbiya uslubi emas. Ammo agar ota yoki ona fahm farosatli bo'ladigan bo'lsa, bolasiga rozgo'ylikgina insonni najotga yetaklashligini bildiradi. Bunaqa ota ona agar bolasidan xato o'tsa, darrov jazolashlikka shoshilmaydi. Xatoni tushuntiradi, xatoligini, mumkinmasligini anglatadi, to'g'ri yo'lni ko'rsatadi, nasihat qiladi, uqtiradi. Chunki insonni bir ishni qilishligi yoki qilmasligi o'zini ichidan chiqsa, bu yaxshi. Ammo bir ishni qlish yoki qilmaslikka tashqi omil majbur qiladigan bo'lsa, bu yomon. Chunki boyagi majbur qiladigan tashqi omil yo'q bo'lgandan keyin, kaltak yo'q bo'gandan keyin bilgan ishini qilaveradi. Ammo agar o'zini ichidan mana shu narsani qiladigan bo'lsa yoki bir narsani qilmaydigan bo'lsa, bu doim bola bilan birga bo'ladi.

[2:48] Yosh bolalardagi yolg'onchilik, birodarlar, ayrim holatlarda murabbiylarga borib taqaladi, yoki ota onaga borib taqaladilar. Tarbiya berganlar sabab yolg'onchi bo'lishiga yoki bo'lmasam ota onasiga sabab bo'ladi. Albatta qattiqqo'l bo'lishlik oson. Muallim bo'lishlik qiyin.

[3:10] Yumshoq bo'lish ham oson, qattiq bo'lish ham oson. Nima qiyin? Masalan, kechirmaysiz, xo'p deb qo'rasiz, yumshoq gapirasiz, muloyimsiz, doim muloyim bo'lishlik oson. Va xuddi shunga o'xshagandek, doim qattiqqo'l bo'lishing ham oson. Kishi bir vaqtni o'zida bolasini qalbida o'ziga nisbatan ham haybatni paydo qilishi va shu vaqtni o'sida yumshoqlikni jamlashlik qiyin. Ham yumshoq bo'lish, ham qattiq bo'lish qiyin. Qattiq bo'lmangki oshiqcha, sizdan noumid bo'lib ketmasin.

[3:48] Oshiqcha yumshoq bo'may, qaltiyab ketmasin. Ham rag'batni, ham rag'batni qalbada his qilsin. Qo'rquv bo'lsin, umid bo'lsin. Chunki dinimiz birodaroh xuddi shu. Parvardigorimizni azobidan qo'rqib ibodat qilamiz, rahmatidan umid qilib, duo qilamiz. Bitta xonati qushdi Allohni azobidan bo'lgan qo'rquvu bo'lsa, ikkinchi xonati uni rahmatidan bo'lgan umid. Demak, xulosalaymiz. Qattiqqo'l bo'lish oson.

[4:19] Doim muloyim yumshoq bo'lishlik ham oson. Qiyini nimada? Qiyini ham boyagi qattiqqo'llikda, ham yumshoqlikda bir qila olishligingiz. Bolangiz sizni xayriyatingizdan, rahmatingizdan noumid ham bo'lmaydi, lekin jazoingizdan qo'rqib ham turadi. Tushunarli bo'ldimi formula? Demak, mana shu narsani agar o'zimizda jamla olsak, bu tarbiyani eng bir to'g'ri ko'rinishlardan bo'ladi.

[4:44] Agar birodarlar doim qattiqqo'l bo'laversangiz chi, bu qiyin. Buni mevasi qanaqa de, buni mevasi achchiq. Ko'chadan keldingiz, bolalar o'zini qo'ygani joy topa olmay qoladi. Chunki kirdingiz, zahar charchasiz, kirdingiz, so'kasiz, kirding siz urasiz. Buni mevasi qanaqa bo'ladi? Bolalarni sizga nisbatan muhabbat qolmaydi qalbida. Siz ko'chaga chiqib ketsangiz, uyda bemalol nafas olishadi. Siz ko'chadan kirsangiz, yana uyga bulutlar keladi. Bunaqa oshiqcha qattiqqo'llikni mevasi qanaqa? Bolalar uyga sig'may qoladi. Otidan qo'rqadi. O'rtog'ini ko'chaga chiqib ketishiga bayram, ammo qaytib kelishiga esa momog' yuldurak, chaqmoq, qor yondir. Demak, erkak kishi ko'chadan uyiga kelgan paytda, farzandlari bayramdek qabul qilsa otasini kelishligini, bu ota, demak, tarbiyadan najotga erishibdi. Ammo agar ko'chadan kirganingizda anavidan keldi, bu endi manaqa qilib yuboraylik, deb turib bezillab qoladi yana ham.

[5:49] Endi bu degani bir yo'li yalpaytirib ham bormang, bir yo'li shalpaytirib ham borib bormang. Agar sen ko'chadan kelishingni oila a'zolaring bayramdek qabul qilmasalar, demak sen ota sifatida muvaffaqiyatga erishmabsan. Mana endi har kim o'zi haqida o'ylayapti hozir. E, plyonkani qaytaradi. Masalan, oxirgi haftada mana yetti kun ko'chadan uyga kelganimda qanaqa kutib olishdi meni?

[6:15] Har kim o'zi biladi. Har kim? Biz o'zimiz ham yosh bola bo'lib, bizga qo'pol qattiq muomala qilganda hech qachon yaxshi ko'rgan emasmiz. Kimni yaxshi ko'rganmiz? Yumshoq gapirgan, muloyim bo'lganda yaxshi ko'raganmiz. Endi birodarlar, bu bolalarga Alloh Taolo siz bilan bizni omonatdor qilib qo'ydi. Farzandlar siz bilan biz uchun Allohni bergan hadiyasi. Qiyomatda, bular haqida hisob kitob qilinamiz. Agar bir biz g'amini qilmasak, biz tashvishini qilmasak kim qiladi? Siz otasi bo'lib turib, uni yolg'onchi bo'lmasligiga bir harakat qilmasangiz, maktabdagi o'qituvchisi qaysi biriga ulgursin. Yoshligidan ro'zgulikka odatlantirishlik sizga kerak, otasi edingiz. Endi bog'cha opasi yigirmata boladan qaysi biriga urgursin. Sizga kerak. Sizga kerak!

[7:02] Demak, bolalardagi yolg'onchilikni sabablaridan biri bu murabbiylar yoki ota onalar. Shuning uchun tarbiya sohasida shug'ullanayotgan odamlar, muallimmi, bog'cha opasimi yoki bir boshqa bir tarbiyaga aloqador bo'lgan odamlar, aniq ishonish kerak. Tarbiyalanayotgan bolalardagi hamma muammo muallimga borib taqaladi. Yoki ota onaga borib taqaladadi, yoki murabbiyga borib taqoladi. Agar o'qituvchi haddan tashqari yumshoq tabiatli bo'lsa, sinfda qanaqa o'tirish bo'ladi?

[7:44] Masalan, yumshoq tabiatli domlaning darsida hech kim jim o'tirmaydi, hamma baqir chaqir qiladi, qo'polon qiladi. Bu ham xato. Endi oshiqcha qattiqqo'l bo'lsa chi? Qarang, muloyimlik sinfda fazo, tartibsizlik bo'lishiga sabab bo'lyapti. Endi sinf tartibsiz bo'lib ketgandan keyin o'qituvchi nima oladi endi? Qattiqlik qiladi. Endi mana shu o'rinda o'qituvchi, bolalar shunaqa qilmasam to'polon qilishib yuboradi da deb turib, o'zini qattiqqo'lligini bolalarda to'poloniga to'nganmasligi kerak. Balki men o'zi noto'g'ri ish qilganligim uchun sinfimda bardak bo'lib ketyapti deyish kerak. Tushunarli bo'ldimi? Yana boyagi so'zimizni qaytaramiz. Bolalardagi ayrim nuqson kamchiliklar ota onasiga borib taqaladi yoki muallim murabbiylarga borib taqaladilar. Yosh bolani yolg'on gapirishga nima majbur qiladi o'zi?

[8:35] Jazodan qutilish uchun yolg'on gapiradi. Yoki o'ziga bir e'tiborni qaratishlik uchun yolg'on gapiradi. Yo, yoki biron bir o'zini bir muammosi bo'lsa, shuni hal qilishlik uchun yolg'on gapirad. Stress holatidan chiqishlik uchun. Stressni o'zbekchasi nima oladi? Asabiylik.

[8:59] Tushkunlikka tushkun. Xullas mana shunaqa. Sizlar aytayotgandek, shu stressdan chiqib ketishligi uchun qiladi. Yoki bo'lmasam, atrofidagi unga salbiy ta'sir ko'rsatgan odamlar yoki holatlar sababli. La takul la'yinan fatu asr, va la qosyan fatu kassr. Qoidani qarang.

[9:25] Ortiq darajada muloyim bo'lma, taltaytirib yuborasan. Ortiqcha qattiq ham bo'lma, sindirib yuborasan. Demak, tarbiyadagi qiyin ishlardan bittasi, farzandingiz sizdan ham hayiqishligi, ham sizni yaxshiligingizdan umidvor bo'lishligini o'zingizday jamlay olishligingiz. Chunki birodarlar, mana shu ikkita sifat bizda bo'lishligi kerak. Parvardigor Olim, azza va jalal, siz bilan bizga qanday ibodat qilishligimizni o'rgatgan. Mana duo. Narju rahmatak va naqsha adabak. Parvardigor, seni rahmatingdan umid qilamiz, azobingdan qo'rqamiz. Robbingni yaxshi ko'rasanmi, robbingdan qo'r qasanmi? Degan savol bor.

[10:16] Nima deb javob berish kerak? Masalan bir odamni gapiga quloq solasiz, yo undan qo'rqaningizdan, yo uni yaxshi ko'rganingizdan. Qaysinisi to'g'ri? Ikkalasi ham to'g'ri. Robbimizni yaxshi ko'ramiz, rahmatidan umid qilamiz, azobidan qo'rqamiz. Farzandlarni biz bilan qilayotgan muomalasi ham mana shundan bir andoza olishligi kerak. Ham hayiqsin, ham yaxshi ko'rsin.

[10:47] Parvardigor aziz o'jarlar, agar robb uni u zotni aytganini qilsak, bizga qanaqa izzat ikrom ko'rsatishini yaxshi bilamiz. Va agar haddan oshib ketadigan bo'lsak, Alloh man qilgan ishlarga berilib ketadigan bo'lsa, qanday balolar boshimizga kelishligini ham yaxshi bilamiz. Shuning uchun musulmon odam hech kim ko'rmayotganda ham, hamma ko'rganda ham bir xil holatda tura oladi. Ota, muallim, biror bir korxona mudiri, boshlang'ich sinflarda o'qituvchisi, umuman boshqarchilikka aloqasi bo'lgan har bitta insonga aytiladigan so'z, qattiqqo'l bo'lish oson, yumshoq bo'lishlik oson, ikkalasini jamlashlik qiyin.

[11:23] Birodarlar, mana endi o'g'irlik haqida so'z yuritamiz. Biz to'rtta holatni aytdik, shundan yolg'onchilikni ko'rib chiqdik. Birodarlar o'g'irlikk. Mana shu holat turli yurtlarda turlicha. Islomdan, iymondan, Allohda bo'lgan qo'rquvdan uzoq bo'lgan, bu tushunchalardan uzoq bo'lgan xalqlarda bu o'g'rilikni ko'rinishi juda ham bir xunuk.

[11:50] Shubha yo'q, har bitta yosh bola esini taniganidan boshlab, agar unga ota onasi Alloh har bitta ishni ko'rib turishini tushuntirgan bo'lsa, har bitta qilingan ishga hisob kitob borligi, har bitta aytilgan so'zga qiyomatda mukofot yoki jazo borligini bildirsa, albatta bunaqa bola o'g'irlikdan uzoq bo'ladi.

[12:15] Endi agar bolani o'z holiga tashlab qo'yiladigan bo'lsa, mana shu ma'nolar uni qalbiga kiritilmaydigan bo'lsa. Mujrim va badbaxtga aylanadi. Demak, bolalar esini taniganidan boshlab, ularga Allohni tanitishlik kerak. Har bitta qilayotgan ishingni Alloh ko'rib turadi deb singdirishlik kerak. Bu ishing uchun javob berasan degan narsani bolalarni tabiatiga, bolalarni bir zehniga, ongiga kiritishligi kerak. Shundan keyin yaxshilik, umid qilinadi. Endi albatta bu yerda o'tirganlar o'sha yoshlik paytida nimanidir bir nima qilgan, bir olib ketib qolgan. Bu yosh bolani tabiatida bor narsa.

[12:54] Shayx Nabulov aytadi, bundan ikki yil, uch yil avval deydi, masjidga bir yosh yigit kelib qoldi. Bir balog'at yoshiga yetib qolgan. Ilm majlislarida nihoyatda bir serqatnov bo'lib qolgan. Undiga bir gapirilsa, bir ko'zidan tinmay yosh oqqan. Ilm majlislarida o'tirarkan, ilmga bo'lgan rag'bati ham ziyoda bo'lgan, nihoyatda bir chiroyli ko'rinishlarga kelib qoldi da. To'satdan yo'q bo'lib qoldi bu bola. So'rab surishtirsam, qamoqda ekan deydi.

[13:24] Sabab bir o'g'rilarda to'dasiga qo'shilib qolgan. Ana shu o'g'rilik qilishgan paytda shu to'da ko'chada, ko'chani qarab turishlikka, haligi soqchilikka qo'yib qo'yilingan. Keyinchalik bu o'g'rilikka bo'lgandan keyin, bu o'g'rilar ushlanganda, bu bolani ham ismini aytishgan, natijada qamoqqa tushgan. Yomon ulfatlar, birodarlar. Juda ham xatarli narsa. Chunki siz bolangiz ko'chaga chiqib ketdi, kim bilan muomala qilyapti, nima ish qilyapti bilmaysiz.

[13:55] Bollarda qanaqa yomon sifat bo'lsa, sigaret chekish, yoki aroq ichish, yoki bir bir o'g'irlik, shunga o'xshagan yomon sifat bolada paydo bo'lgan bo'lsa, bilingki, ko'chadan yuqtirdi shu narsani. Avvalgi darslarimizda aytdik, bola yetmish foiz narsani ko'chadan oladi. Teng tushlaridan. O'ttiz foizini o'zini ota onasidan oladi. Shuning uchun otalar, farzandlaringiz kim bilan yurganligiga e'tibor qarating.

[14:26] Rozgo'ylik omonat. Yolg'onchilik xiyonat. A sidqu amana vali kabi bu xiyana. Mashhur qilsa, hamma eshitgan, o'rni kelganda takrorlaymiz. Umrini o'g'irlik bilan o'tkazgan odam ana shu o'g'irli qilib yurib bir odamni o'ldirishiga ham sabab bo'ldi. Qotillik ham qildi. Tutishda qotillik qilganligi uchun qatl qilinishligi kerak. Uni qatl qilishligi uchun hukmni ijro qilgani olib chiqishdi. Shunda oxirgi tilaga so'raldi. Onamni bir ko'ray dedi haligi o'g'ri. Ma'qul talab onasini ko'rgizib olib keldi.

[15:11] Onasini yoniga kelganda tilingizni chiqaring, tilingizdan bitta o'pib olay o'limimdan oldin dedi. Tilini chiqarganda shat tishlab, tilini uzib, bu yerga tashlab yubordi. Onasini tilini uzib tashladi. Nima dedi? La ulam ya kun hadal lisanu mushadji an li fil jaroyim, ma'faaqat tu hay'atiy. Agar mana shu til meni gunoh ma'siyat qilishlikka shijoatlantirmaganida, hayotimdan ajramagan bo'lardim dedi. Bu nima qilgan edi bu? Bu tuxum o'g'irlagan edi.

[15:46] Shu ko'chaga qadam bosib chiqib, qo'shnikiga kirib tuxum ko'tarib chiqqan edi. Hayotida o'g'irlikni boshlagan edi. Lekin bilmaydi o'g'irli ekanligini bu bola. Bu bola kichkina, o'g'irligi nima, to'g'riligi nima bilmaydi. Bilmay qilib keldi. Ona, alhamdulillah, bolam katta bo'lib, ko'chadan uyga rizq topib kelyapti, ona. Keyinchalik bu tuxum tovuqqa aylandi, qo'yga aylandi, xullas katta katta ishlarga aylandi. Kim boshladi bu ishga? Ona boshladi.

[16:25] Agar shu til meni gunoh qilishlikka shijoatlantirmaganida, men hayotimdan ajramas edim dedi. Agar yoshligida tushuntirib qo'yilganida bu narsa mumkin emasligi, haromligi, shu ishga yana davom etib kirishib ketmas edi. Demak, rostgo'ylik omonat, yolg'onchilik xiyonat. Bu ona xiyonat qilgan edi bolasiga.

[16:51] Harom ishda yaxshi ish deb yolg'on gapirgan edi. Bolasini o'g'irlikka ona o'zi o'rgatdi. Shuning uchun o'zini bolasini kami ketigi bilan, ehtiyoji bilan ishi bo'lmagan ota. Nimang bor, nimang yo'q, nima kamiing bor, birovdan bir narsani tortib olmagin, birovni o'g'irlab kelmagin. Ota, agar parvoz qilmaydigan bo'lsa, bola ko'chadan topib boradi shu ehtiyojini. Bolangizni qo'lida bir narsa ko'rdingiz. Siz pul berganingiz yo'q. Telefonmidi, ruchkamidi, kitobmidi, nima edi? Sizdan pul olgani yo'q bunga. Lekin qo'lida turibdi. Qayerdan olding? So'rang. So'rang. Chunki katta gulhan ham nimadan boshlanadi? Kichkina uchqundan boshlanadi. Kichkinagina tikan birodarlar qo'lga kirsa, oyoqqa kirsa qoniq qazadi, jonni og'ritadi. Shuning uchun nazorat qilishlik kerak bo'ladi.

[17:49] Fazilatlarning onalari rozgo'ylik va omonat. Fazilatlarining onalari rozgooylik va omona. Mana, as sidqu manjat deyiladi arab tilida. Rozgo'ylik insonni najotga boshlaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalari mana hammanglar yaxshi bilasizlar, Habasistonga hijrat qilishgan. Birinchi hijrat qabristonga bo'lgan. Ja'fariddin Abdutoli va boshqa sohibalar. Qurash mushriklari ularni qabristondan olib kelishligi uchun ikkita qurashli kishini jo'natadi. Ulardan bittasi Amrul Oz. Borib, Najoshiyni, qabristonni podshohsini, musulmonlarga qarshi qalbini qayrab, qaytarib olib kelishligiga kerak.

[18:37] Shunda musulmonlar yig'ilishib, Nadjoshiy savol so'rasa, nima deymiz degan masalani hal qilishdi. Aytishdiki, as sidqu manjal. Rostgo'ylik najotga olib boradi. Nima bo'lsa bo'lsin, to'g'risini aytamiz dedi. Shunda Nadjoshiy bu yerda Amr mulo o'zini sherigi bilan, bu yerda musulmonlar turibdi. Musulmonlar haqida, Payg'ambar haqida, nima uchun hijrat qilib kelganligi haqida so'radi. Ja'farov nobitovni paytida. Ayyu hal malik, kunna qovman ahli jahliya. Na'budul asnam va na'til favahish va nusi'il jivor va yakulul qoviyu minna fdoif va naxtavur rohim. Xatta ba'ath allohu fina rojulan na'rifu amanatahuhu va sidqohuhu afara.

[19:24] Ey podshoh, bizlar butlarga, sanamlarga ibodat qiladigan bir qavm edik. O'liksalarni yeridek. Faxsh, ma'siyat va fujurlarni qilar edik. Qarindoshchilik, qo'shimchilik aloqalarini uzar edik. Odamlarga aziyat yetkazar edik. Oralarimizda kuchlilar zaiflarga zulm qilar edi. Ya'ni johiliyat davrini bayon qilib berdi. Biz mana shunday holatda turganimizda, Alloh bizga qavmimizning eng nasabli bo'lgan, sharafli bo'lgan kishilardan birini payg'ambar qilib yubordi. U zot bizga risolatni olib keldi. Biz u kishini rostgo'yligi, omonatdorligi, iffatli ekanini bilardik. To'g'risini aytdi.

[20:08] Payg'ambarimiz beklarga havastonga hijrat qilinglar demagan edi. Chunki u yerda shunday podshoh borki, uni oldida hech kimga zulm qilinmaydi degan edi. Odil podshoh edi. Demak, fazilatlarning onasi rostgo'ylik va omonat. Kimda birodarlar, rozgo'yli bo'lsa, omonatdorli bo'lsa. Bu kishi haqiqiy fazilat egasi. Axloqiy qoyil. Shunga diqqat qilasizlar.

[20:41] Odamlarni mollariga xiyonat qilmaydigan kishi omonatdor bo'ladi. Odamlarnini mollariga xiyorat qilmaydigon kishi omonatdir bo'ladi. Endi mana shu kishi odamlarni moliga xiyonatni qilmagandek, ularni nomuslariga ham xiyonat qilmaydi. O'z o'zidan qoida kelib chiqadi. Odamlarni mollariga xiyonat qilyotgan odam, endi ularni nomuslariga ham xiyonat qildi. Omonatdor odam chi, bir ishda omonatdor bo'lib turib, ikkinchisida xiyonatkor bo'lmas ekan. Bu xulq ekan, bo'linmas ekan. Omonatdorni molida, demak, boshqa ishda ham omonatdor.

[21:19] Birodar, mana shu gap omonat sizga, birodarga aytmang dedi. Sotib qo'ydimi? Demak boshqa ishda ham sotadi bu odam. Demak xulq bo'linmaydi. Xiyonatkor odam, bu ishda ham xiyonatkor, bu ishda ham xiyonatkor. Ammo omonatdor odam, bu ishda ham omonatdor, narigi ishda ham omonatdori. Shuning uchun bolalarimizni rostgo'ylikka, omonatlarni ado qilishlikka, omonatdorlikka o'rgatishligimiz kerak bo'ladi.

[21:47] Masalan, so'mka ko'tarib ketyapsiz, ushlab turingda birovga berdingiz yoki qarab turing dedingiz. Narigi odam bolasi bilan turibdi, ichida bir yeydigan narsa bor. Dada onamdan olib bering deydi. Shu yerda ota mana amaliy suratda dars berishi mumkin. Bolam, bu birovniki bu, bu xoram bu. Agar buni olib bersam, qiyomatda javob beraman desa, bola shu narsani oladi, chunki ota qilmayapti chiqib yonadi da. Endi indamasdan, indamay, oyi bor yeb ket. Qog'ozini. Suvga tashlab kel desa, bu ham amaliy suratda bir dars. Shuning uchun omonatdorlikni, rozgo'ylikni otalar o'zlari hayotida amaliy suratga ko'rsatib bersa, mingta masaladan yaxshi.

[22:32] Yosh boladagi o'g'irlik. Shar'iy qoida bor. La mausiyata dona taklif. La mausiyati dona taklif. Balog'atga yetmaguncha, hech kimga gunoh yo'q. Nima degani bu? Balog'atga yetmagan bola qo'shnigidan tuxum o'g'irlab chiqsa, bu o'g'irlik emas hali. Chunki balog'atga etmadi, shariat uni yelkasiga yuk qo'ymaydi.

[22:59] Bola o'g'irli qiladi, lekin buni o'g'irligi ekanligini bilmaydi. Chunki o'g'irlilik haqida umuman nimasi yo'q buni? Tushunchasi yo'q. Masalan qarindoshini uyiga boradi da, o'sha yerdagi bitta o'yinchoqni yaxshi ko'rib qolib, cho'ntak solib kelib oladi. O'g'irlik qilib keldi bolasi. O'g'rilik nimaligini bilmaydi. Qattiq suratda so'kadi yoki qattiq uradi. Urish kerakmi shu bolani?

[23:27] Hozir aytdik ku, balog'atga yetmagan odamga gunoh yozilmaydi. Tushuntirishlik kerak edi. Otalarni yana bitta xatosi, bu qilgan ishini xato ekanligini tushuntirmagan, bildirmagan, lekin qilib qo'yganda xuddi bildirganday jazo berganday jazo olib beradi. Mumkin emas, bu narsada o'rgatmagansan, qildi, bu seni aybing edi. Bu seni aybing edida.

[23:49] Shuning uchun jazolashlikka shoshilmaslik kerak, o'rgatmasdan, ta'lim bermasdan turib. Farzandlar siz bilan bizni vujudimizni davomi. Biz o'lib go'rga borib yotganimizdan keyin bolalar bizga savob jo'natadigan solih inson bo'ladimi yoki boshqa bo'ladimi? Yo padaringa la'nat deb turib, bizga la'nat olib beradiganlardan bo'ladimi? Bizga kerak bu narsa. Qaytarib aytamiz.

[24:14] Besh mahal namoz o'qishligi uchun ozgina sabr kerak. Bir oy ramazon ro'za tutishligi uchunga ozgina sabri kerak. Chunki bir oyda tugaydi da. Haj uchun uch kun amal. Uch kun sabr qilsangiz, ehmondan chiqasiz, oddiy yuraverasiz. Ammo bola tarbiyasi birodarlar judayam uzoq vaqt talab qiladi. O'n besh yil, yigirma yil ketadi tarbiya qilishlikka bo'ladi. Lekin agar mana shu ishni uddasidan o'tsangiz, bilasizmi mevasi qanaqa shirin bo'ladi?

[24:42] Bolangiz o'n besh ga kirdi, yigirma ga kirdi, bo'ldi, ishdamiz. Qutuldingiz dunyo ishdan. Otam jannatim eshigi. Onam jannatimni eshigi, bo'ladi men ehtiyot qilishligim kerak. Dada, siz ishlamang, o'tiring, mana men o'zim topib kelib, hamma yoqda qilaman deydi. Endi bunaqa meva topishligi uchun birodarlar yig'ma yil mehnat qilishlik kerak, o'n besh yil. Uzoq sabr kerak bo'ladi bizga.

[25:10] Urushga shoshilmaslik kerak bolani. Bolam, bu narsa seniki emas, bu ishing shariyka tushmaydi, yaxshi emas deb turib, inna alloha ya amrukum an tu'addul amanati ila ahliha degan oyatni o'rgatishlik kerak edi. Alloh nima degan edi? Omonatlarni egalariga topshiringlar. Alloh taolo buyuradi sizlarga shu narsani, deyishlik kerak eddi. Omonatni tushuntirasiz, ado qilishni tushuntirasaz. Vala ta'qalu ammu alakum baynakum bil baqil. Bir biringlarni molinglarni, bir biringlarni, molinglarni o'zaro harom yo'l bilan yemanglar deb o'rgatishlik kerak edi. Harom yo'l bo'lgan yeyishlik qanaqa bo'ladi? Shundan keyin agar o'g'irlik qilsa, unda jazolash mumkin edi. Endi hech narsani o'rgatmasdan turiblar, tasirrati urib qolsangiz.

[26:01] Bolalarni orasida o'g'riligining yoyilish sabablari. Bolangizni qo'lida bitta qalamda ko'rdingiz. Pul olmagan. Lekin turibdi. Hayrdan olding. Nima deydi? Nima deydi? O'rtog'im berdi. Hammani bolasi bir xil gapiradi. Hammani bolasi bor qiz javob beradi.

[26:25] Yoki ha, u ma'ruzada ham xuddi shunaqa deyilgan. Yoki topib oldi. Qarang, ko'chada yotar ekan ruchka. Yana har haftada yotar ekin ruchkada. Har haftada topib oladi, yana har hafta o'rtog'i berar ekan. Eng ko'p aytiladigan javob, oshnam berib turdi, yoki topib oldim.

[26:50] Endi bola, agar o'g'irlab olgan bo'lsa, sharmanda bo'lmasligi uchun, tabiiy nima qiladi? O'zi o'g'irligi bitta gunoh edi. Endi yolg'onchiligi undan kattaroq ikkinchi gunoh, yolg'onga olib boryapti. Siz bu so'zni qabul qildingiz. O'tib ketdi. Bu qalamni topib oldimiku, oshnamberdi degan gapga ko'nmaslik kerak.

[27:18] Maktabiga borib, falonchi oshnasidan bir marta so'rab qo'ysangiz, qaytib shu ishini qilmaydi. Chunki biladi, otasi aniq surishtirib keladi maktabga. Aniq kelib xijolat qiladi. Demak, bolani o'g'irlikka, yolg'onchilikka o'rgatadigan sabablardan bittasi, otalarini beparvoligi. Otalarni beparvoligi. Umar muhattob roziyallohu anhu qonun chiqadi. Sutga suv aralashtirib sotmanglar. Mashhur qizsan. Umar muhiddop o'sha kechalarda birida Madina ko'chalarini aylanib yurar ekan, ena bolani gaplashadigan gapini eshitib qoldi qorong'ida. Onasi aytyapti, qizim bugun ustoz bo'lib qoldi da. Ozgina suv qo'shib yuboraylik. Ola shunaqa.

[28:01] Axir amiral mo'minning deyapti yonida turgan qizi. Umar ham hatto tashqarida eshityapti. Sutga suv qo'shmanglar deb hukm chiqargan u. Qizim, Umar qayoqda yu, biz qayerda? Dedi. Yo'q, onajon. Amiral mo'minni ko'rmayotgan bo'lsa, Robbisi ko'rib turibdi yu, dedi. Ana birodalar. Inson. Bir ishni qiladi yoki bir ishni qilmay tark qiladi. Bir ishni qiladi yoki bir ishni tark qiladi, shunday qilishligiga tashqi omil, sharoit majbur qiladi uni yoki o'zini ichidan chiqib turib shu narsani qiladi yoki qilmaydi. Ya'ni bir bola namoz o'qiydi. Dadasi urushligidan qo'rqib, bu tashqi omil.

[28:47] Yana bir bola namoz o'qiydi, o'zini ichida chiqib. Ikkalasi ham o'qiyapti. Ammo qaysinisini namozi namoz? Qaysinisini namozi namoz? Ro'za tutadi bir odam. Alloh mendan rozi bo'ladi shu ishni qilsam deb turib, ichidan chiqib tutadi. Yana bitta odam, uyat bo'lib qolmaydi deb tutadi. Demak, inson bir ishni qilishi yoki qilmasligiga tashqi omil sabab bo'ladi, yoki o'zini ichidan bir sabab bo'lada turtkisi. Albatta insonni o'zini ichidan turtki bo'lishligi, tashqi omil bo'lishligidan ko'ra afzal.

[29:24] Hozirgi kunda bo'ladigan, qilinayotgan ishlarda basseynlar bor. Endi odamlarda tabiati har xil. Bu suvga tushib turib, ayrimlari davol qilib yuborar ekan. Endi shu narsani, shu narsani oldini olishligi uchun maxsus suyuqlikni shu basseynga qo'shib yuborar ekan, agar kimdir bavl qilsa, bavli bilan boyagi suyuqlik aralashib turib, shu bavl qilgan odam atrofida binafsharayn bo'lib ketar ekan suv.

[29:55] Odamlarni basseynga tushganda bavl qilmasligiga majbur qiladigan tashqi omil. Endi shunaqa suv qo'shilmagan bo'lsa, bavlni qilaveradi. Tushuntira oladimi hozir aytmoqchi bo'lgan gapimni? Demak o'zingizni ishingizdan chiqib, farzandingiz o'zini ishidan chiqib turib, bir gunohni qilmasligi, bir savobni qilishligi ming marta yaxshi. Sizdan qo'rqib turib qilganidan ko'ra.

[30:21] Mana o'sha g'arb mamlakatlarida kameralar borligi uchun narusheniya qilishmaydi yo'lda. Chunki shtraf soladi. Agar svet o'chib qolsa ham, kameralar turganligi uchun o'g'illi qilishmaydi. Agar svet o'chib qolsami, demak ularda gunoh qilmaslikka kameralar, tashqi omillar sabab bo'lyapti, majbur qilib turibdi. G'arbiy hayot, iymonsiz hayot xuddi shunaqa hammasi. Jazodan qo'rqib turib, to'xtaydi. Agar o'ziga qolsa qilar edi. Endi iymoniy hayot chi? Kamera bo'lmasa ham qilmaydi bu ishni.

[30:58] Odamlarni yo'lda sekinroq yurishligi uchun, hukumat radar qurib qo'ygan. Endi shu radarni oldoshligi uchun odamlar antiradar olib qo'yadi mashinasiga. Yana shu hukumat kishilari antiradarni o'chiradigan yana bir narsa o'ylab topadi. Ya'ni Alloh'dan qo'rqqan odamga radar, antiradarni keragi yo'q u odamlar. Demak, farzandlarimizni bir ishni qilish yoki qilmasligi, qilmasligi. Ya'ni savobni ishni qilib, gunohdan tegishligi. O'zini ichidan chiqadigan bo'lsa, nur ustiga nur. Agar sizdan qo'rqqanligi uchun, odamlardan xijolat bo'lganligi uchun bir ishni qilib yoki qilmayotgan bo'lsa, bu yaxshi narsa emas.

[31:38] Chunki ichki omil insonni bir ishni qilishiga turtki nima edi? Alloh hamma narsani ko'rib turadi, bilib turadi, farishtalar yozib turadi, qiyomat kunida hisob kitob bor degan narsa edi. Agar bir insonda shu narsa turgan bo'lsa. Bu odam xiyonat qilmaydi, o'g'irlik qilmaydi. Haqiqiy mo'min Alloh Taolodan qalbi bilan ham, tashqaridagi a'zolari bilan ham qo'rqadi. Haqiqiy mo'min, odamlar ko'rib turganini ham Allohda qo'rqadir. Hech kim ko'rmayotganini ham Allohda qo'rqaydi. Haqiqiy mo'min, saratonda ro'za tutadi. Tomoqlari qaqrab ketadi. Uyning ichiga kiradi. Uyda hech kim bo'lmaydi. Xolodilnidagi muzdek suvni ko'radi. Qarab turib ichmaydi.

[32:29] Kamera yo'q. Birov bilmaydi. Uni nima to'syapti suv ichishdan? Iymoni. Ichib qo'yibdi, chiqib ro'zaman desa bo'laverardi. Shuning uchun birodarlar bolalarimizni ichiga ekeling mana shu pokizi urug'ni. Ichidan bo'lsin bu narsa. Abdulloh bunday dinor aytadi umarimni xatto roziyallohu anhbilan birga makkaga qarab chiqdim. Yo'lda ketarkanmiz, qo'ylarda haydab yurgan bir cho'pon tog'dan tushib keldi. Umariddin xattop xalifa. Cho'pon bilmayapti xalifa ekanligini. Sinamoqchi bo'lib, qo'ylaridan bittasini sotmaysanmi menga?

[33:07] Qo'ylar meniki emas dedi. Men mamlukman dedi. Ya'ni qul. Xo'jayinni quli, xo'jayinning qo'yini boqib yuribdi. Egasiga o'lib qoldi deysan, yo bo'ri yeb ketdi deysan dedi. Boya qul nima dedi? Mana quli dedi umariddin xattob. Pulim ol, o'lib ketdi, o'lib qoldi desa, yo bo'r yeb ketdi deysan. Mana puli dedi. Haligi cho'pon aytdi, vallohi, menga pul juda ham zarur dedi.

[33:34] Qo'ylar egasi meni rostgo'y deb biladi dedi. Agar bo'r yeb yetdi yo o'ldi desam, menga ishonadi dedi. Lekin Alloh chi dedi. Bu ikkov musofir, ketadi. Kim ko'rib o'tiribdi buni? Alloh chi dedi. Xalifa bu oddiy choponni so'zini eshitib turib yig'ladi. Shu chopon bilan erchi borib, saididan sotib olib, ozod qilib yubordi. So'ngra aytdiki, shu so'z dedi, Alloh chi degan so'z, seni dunyoda ozod qildi, quvchilikdan. Endi mana shu so'zing seni oxiratda jahannamdan ozod qilishidan umid qilaman deydi.

[34:15] Demak, birodarlar, farzandlarimizni qalbiga Allohdan bo'lgan qo'rquv, gunoh ma'siyatdan tegishli kerak degan narsa o'zini qalbida bo'lishligiga harakat qilaylik. Chunki siz ko'rmayotgan paytda ham xotirjam bo'lasiz bolangizdan. Birodarlar, bu cho'pon Allohci deganida dinni aslini gapirdi. Bu odam mana shu paytda haqiqiy faqih, haqiqiy olim, haqiqiy dindor edi. Ehtimol Qur'oni yodlamagandir to'liq. Ehtimol fiqh ilmlar deb bilmas, lekin eng muhim narsani bilibdi bu odam. Alloh chiqdi? Allohni oldi yu mani.

[34:50] Demak, din nima ekan? Odamlar orasida bo'lganda ham, yolg'iz bo'lganda ham, tilimiz bilan ham, qalbimiz bilan ham, qulimiz bilan ham Alloh'dan qo'rqishimiz. Kishi yolg'iz qolganda, uni gunohdan to'sadigan taqvosi bo'lmasa, Alloh Taolo bunaqa bandani amalga qaramaydi. Kishi yolg'iz qolganda ham, uni gunohdan to'sadigan taqvosi bo'lmasa, Alloh bunaqa bandani hammalariga qaramaydi. Shuning uchun biz o'zimizni bolalarimizni Alloh ko'rib turibdi degan so'zga odatlantiraylik.

[35:28] Haqiqiy muomala, birodarlar. Kuzatuvchi bo'lganda ham, kuzatuvchi bilmaganda ham ishini zo'r bajaradi. Zimmasidagi vojib bo'lgan amalni bajarishlikda bironta bir nazoratchilik keragi yo'q. Chunki har bitta ishni Alloh Taolo ko'rib bilib turadi degan e'tiqodda turadi. Alloh Subhanahu va Taolo farzandlarimizni qalbiga va o'zimizni qalbimizga mana shunday bir Allohci degan e'tihodni fikrni joylagan solih bandalar qatoriga oshgan bo'lsin.

[35:57] Aqlu qovli har
