# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 401 of 510
- Section: —
- Duration: 20 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/401
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/-w7UB5E0Ifw.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=-w7UB5E0Ifw
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/400.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/402.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen ilamin. Vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalomu ala saidina muhammadi va ala alixi va ashabixi ajma'in. Um mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Hali yastaviyan. Bu ikkisi barobar bo'lurmi deb nomlanadigan darsimizning bugungi mavzusi ilm va ilmsizlik. Ilm va johillik. Ilm va savodsizlik. Alloh subhanah va taolo kitoblarni tushirdi, nabiralarini yubordi. Shundan keyin odamlar ikkiga bo'lindi. Ilmli olim kishilar va ilmsiz, johil, savodsiz kishilar. Bu ikkisi hargiz teng bo'lmaydi. Alloh taoloni tanigan, dinini ta'lim olgan, unga ibodatni bilib turib qilgan kishi bilan Allohni tanimagan. Kishi barobar bo'lmaydi. Agar tanigan bo'lsa ham, ilmdan bexabar. Qilayotgan ibodatini, fiqhidan bexabar, johillik bilan qilayotgan, ibodat qilayotgan odam hargiz barobar bo'lsin.

[1:06] Alloh taolo ilm berilgan kishilarni, ahli ilmlarni qadrini yuksayligini Qur'oni Karimda siz bilan bizga bayon qilgan. Astaydibillah. Qul haly astavillallah dinay ya'lamun, avallah dinalay ya'lamun, innama yata dakkara ulul al bar. Ayting, biladigan zotlar bilan bilmaydigan zotlar barobar bo'lurmi? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand nasihat olaverlar. Ilmli kishi, ilmsiz kishi. Ilmli koshi, savodsiz kishi. Qarang, masalan, olim degan so'zni o'zi mana shu ahli ilm odam uchun sharaf, mukofot. Bu odam olim desa, mukofotda bu gapni o'zi. Yoki bu odam savodsiz desa. Bu ham mukofotmi? Bu johil desa. Bular hech narsadan xabari yo'q, savodsiz desa. Olim bilan, johil, olim bilan savodsiz odamni nomlayotgan paytda nomi o'zi aytib turibdi. Alloh taolo aytadi, astaydu billah, yarfayl laxulladina a'manu minkum va la dina o'tul ilma darajat. Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga ko'tarur. Ilm berilgan zotlarni Alloh taolo darajasi baland bo'lishligini siz bilan bizga ta'lim beryapti.

[2:25] Birodarlar, odamni eng katta dushmani nima? Odam bolasini eng katta dushmaniki kim? Kasallikmi? Faqirlikmi? Nima? Johillik, ilmsizlik. Ilmsiz kishi o'zini ilmsizligi tufayli, johilligi tufayli, dushmani ham unga qila olmaydigan zarardan o'ziga o'zi qilib qo'yishi mumkin.

[2:47] Johillik kishining eng katta dushmani hisoblanadi. Ilm birodarlar ulug' martaba, maqom. Yer yuzidagi yashayotgan maxluqotlarning ichidagi eng kuchligi kim? Filmi? Yo'lbarsmi? Kim? Odam bolasi. Jismoniy quvvat tomonidan inson bu hayvonlarga bas kelolmaydi. Lekin nimasi bilan ulardan kuchli? Alloh taolo bergan aqli bilan, Alloh taolo bergan ilmi bilan. Demak, ilmli kishi eng kuchli odam deyiladi. Ilm. Qo'llarni shohlar martabasiga ko'taradi.

[3:26] Makkali bir ayolni quli. Qora habashiy bir yigitcha. Ko'rinishi ham juda ham bir chiroyli emas. Qora qul. Bu qul bola, kichkina qora qul ilm o'rganishlikka xaris bo'ldi. Uni ko'rgan saidasi Allohning yuzi uchun ozod qildi bu yigitni. Va mana shu qora qul yigit, xunuk yigit katta bo'lib, olimlardan biriga aylandi. Makkada, Masjidul Haramda fatvo egasiga aylandi. Atoy ibn Nabiraboh. Tavbiyalarning eng ulug'lardan hisoblangan kishi. Ilm o'rgatmasdan kim edi yu, ilm o'rgangandan keyin kim bo'ldi? Qora qulidi, birovni ismini ham eslamas edi. Zamonasi yashab o'tib ketar edi, birovni yoding ham olmas edi. Ammo nima bilan tarixda qoldi? Nima bilan musulmonlarni tilida qoldi u kishi? O'qigan ilmi bilan, o'rgangan ta'limi bilan. Ana shu Atoyimning Abirabog' yashagan davrdagi Sulaymon ibn Abdulmalik, musulmonlarning xalifasi, haj qilgani keldi. Yonida ikkita gulni o'g'li bor. Orqasidan erishib kelishdi, savollar paydo bo'ldi hajga taalluqli. Atoyi ibn Nabiravohini istab keldi. Xalifa, ustida ehromi, hamma qator yalang'och.

[4:38] Qani sohibinglar? Deb so'raganida falon joyda deyishdi. Xalifa borib qarag'di, boyagi ismi aytilingan, boyagi odam namoz o'qiyotgan edi. Xalifa indamasdan chokka tushib kutib o'tirib turdi. Namozini tugatib bo'lib o'girildi, savollarni so'radi. Oddiy odamga javob berganday javob berdi. Xalifa minnatdorchilik bilib, o'rnidan turib ketdi. Shunda xalifaning ikkita o'g'li atoyib nabirabohni qilgan muomalasidan norozi bo'lib, otasiga bu narsani aytishdi. Qarang, Sulaymon ibn Abdulmalik chunki o'tiribdi, chunki Atoyi ibn Abirabohdagi ilm xalifaga kerak, ammo Atoyi ibn Abirobohga xalifadan hech narsa kerak emas. Shuning uchun birodarlar, ahli ilmlar, ilm o'rganayotgan ukalarimiz, ilm o'rganishda avvalida buni orqasidan dunyoni qasd qilib bo'lmaydi.

[5:27] Shar'iy ilmlarni o'rganishda maqsad uch to'rt chaqa topish, hurmat, e'tibor topish, to'g'rida o'tirish bo'lmaydi! Agar shu niyatda ilm o'rgangan bo'lsa, niyati yo yangilanib oling, yo ilm o'qishni yig'ishtirib qo'yavering. Ana xalifa kelib tursa, savolga javob beryapti, bor yana boshqa ishini qilyapti. Ta'magir bo'lmasligi kerak. O'g'illari bu qora kishini xalifaga behurmatli qilganiga, xalifaga loyiq munosabatda bo'lmaganiga norozi bo'lib otalariga g'udirashdi. Kim bu qora qul xalifaga bunday bir muomala qiladi? Mana endi Sulaymon ibn Abdulmalikni bergan javobini eshiting. Ey o'g'illarim, dedi. Biz uni huzurida o'zimizni hokisor tutgan, siz ko'rgan bu kishi Ato ibn Abiraboh bo'ladi. U majjudul haromning fatvosini egasi, Abdulloh ibn Abbosni vorisi dedi. So'ngra dedi. O'g'illarim dedi. Ilm o'rganinglar. Ilm tufayli kishilar sharafli bo'ladi. Notanish kishilar mashhur bo'ladi. Qullar shohlar martabasiga ko'tariladi.

[6:29] Sulaymon ibn Abdulmalik Banu Umayyani eng kuchli xalifalaridan bo'lgan. U kishini xalifalik davrida musulmonodagi chegarasi bir tomoni Movarounnahr'ga kelsa, bir tomoni Andaluskacha borgan birodarlar. Islom tarixidagi eng katta maydonni egallab turgan mamlakatni, Islom mamlakatini xalifasi bo'lgan. Uni bolalariga hech narsa kerak emas dunyo matosidan. Banu Umayyani yigitlaridan, xalifani o'g'illaridan, dunyo o'shancha. Xalifa nimani vasiyat qilyapti bolalariga? Bo'ldi bolalar. Men topib qo'yganim sizlarga bemalol yetadi. Kayf qilib yashavoringlar deyaptimi? Nimani tavsiya qilyapti? Ilm o'rganinglar deyapti. Ilm. Imom Muslim keltirgan, ushbu sahih hadisga quloq tutamiz. Rohqoq hola rasulullohi sollallohu alayhi vasallam a man salaka torayqon yaltamiz fihih a'ilman sahavallohu lahuhu bihi torayqon ila jannat. Kim?

[7:25] Ilm talab qilib qadam bossa, yo'l yursa, Alloh Taolo uni jannatga bo'lgan yo'lini oson qilib qo'yadi shu qadamni tufayli. Jannatga borishlikda eng zo'r yo'li bu ilm o'rganishlik. Alloh Taolo bizga olim bo'l demadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam olim bo'linglar demadilar. Chunki olim bo'lolmaydi hamma. Lekin ilm o'rganinglar deyildi. To'la bulo ilmiy, faridatu ala kunli muslimin va muslimatiy. A endi qirq ga kirib nima bo'lardi degan kitob o'qib. Ha ellik ga kirib nima bilardingiz endi? Hoji aka, kitob o'qi. Nima keragi bor? Biz ilm o'qishimiz shart.

[8:02] Shariatimizda qilgan natijangizga qarab turib mukofot berilmaydi, qilgan harakatingizga qarab. Dunyo ishlari bunaqa emas. Imoratni soldingiz, oxiriga yetkaza olmasangiz, hech qanday mukofot yo'q sizga. Dunyo ishida natijaga qarab turib xizmat haqqi beriladi. Ammo islomda birodarlar harakatga. Olim bilan johil haligisi teng bo'lmaydi. Savodsiz kishi. O'qiyotgan namozda nuqson kamchiligi o'shancha. Qur'on o'qishni bilmaydi, eng katta baxtdan mahrum. O'qisa ham tajriba bilmaydi. Harflarni mahrashini bilmaydi, xato kamchiligi bilan o'qiydi. Namoz o'qiydi, nuqsoni o'shancha. Ammo birodarlar bu narsani fiqhini o'rgangan ilmli odam bilan mana shu johil kishi, savod kishi barobar bo'ladimi?

[8:48] Bir kuni shom yerlarida xalifalardan biri o'zini ayonlari bilan turar edi. Atrofida odamlar jamlangan. Xalifa kelibdi deb hamma to'planib turuvdi. Birdaniga shu to'planib turgan odamlar boshqa tomonga qarab shov o'tib ketib qolishdi. Shunaqa tezlik bilan ketishdiki, chang ko'tarilib ketdi. Xalifa yolg'iz qoldi. Hayron bo'lib, e bu odamlar qayoqqa ketdi? Falonchi odamni oldiga ketdi. Kim u? Abdulloh ibn Muborak edi. Tobeinlardan edi, ahli ilm edi, olim edi. Xalifani qo'yib, abdulloh i brunyob muborakni oldiga o'tib ketdi. Xalifa ibn Muboraini majlisiga qarab turib aytdiki, mana shu dedi. Haqiqiy mulk, haqiqiy saltanat dedi. Qarang, bu qaysi xalifaligi aytilmayapti ham aytdi.

[9:35] Abdullohimni muborakda ismi aytilinyapti. Qancha qancha podshohlar o'tdi. Qancha qancha boy badavlat odamlar o'tdi. Ularni hech kim ismini zikr qilmaydi, birodarlar. Kimlarni ismi qoldi? Ana shu ulamolarni, Alloh ilm berib darajasini ko'targan kishilarni. Gerfailahulladina, a'manuminkum va ladina o'tilil ilma darajat. Mana dalil birodarlar. Sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni Alloh darajasini baland qiladi. Ilm berilgan, shariy ilm berilgan kishini darajasi balandligini Alloh azza va jalla aytyapti.

[10:11] Olim bilan savodsiz, hargiz barobar bo'lmaydi. Astaydu billah, qul hali nuna biyukun bilahsariyna amali alladina bolla sanga yukun fil hayati dunya. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Ayting. Sizlarga qilgan ish amallaridan eng ko'p ziyon ko'rguvchi kimsalarni xabarini beraymi? Kim u? U shunday savodsiz, ilmsiz odamki, qilgan sa'ya harakatlari hayoti dunyodayoq yo'q bo'lib ketgan kishilar. Alloh uchun bir ish qilishi mumkin, ilmsiz odam. Lekin ana shu shariatda ko'rsatilgandek qilmaganligi uchun dunyoda ham bu ishiga ajr yo'q, oxiratda ham ajr yo'q.

[10:52] Dunyodagi johillikni olib boradigan oxirgi astanovkasi qaysi? Qilayotgan amallardan birontasidan foydalanolmay qolishligi. Abu Dovud Termizga keltirgan hadis Abu Dardor roziyallohu anhudan, Payg'ambarimiz aytadilar va innal malayka talatadau ajini xataha li tolib ila ilmi ridom bi mayyasna.

[11:15] Tolib ilmni qilayotgan ishidan rozi bo'lib, farishtalar qonotlarini shu tolib ilmni oyog'ini tagiga solib turadi. Qaniydi ko'zimiz ko'rganida. Ko'rmaymizda buni. Lekin aniq ishonamiz, aniq ishonamimiz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlari uchun. Shuning uchun hozirgi kunda kitob o'qiyotgan, ilm talabidurgan ukalar, xotirjam bo'linglar. Dunyoda bitta to'g'ri ish bo'lsa sizlar uchun shu yoshinglarda, u ham bo'lsa ilm o'qishlik. Mana, oqsoqolidan so'ranglar. Agar yoshligini qaytarib bersa, ilmga sartmagan bo'ladi bular. Aniq. Chunki kallalar ketib, zehnlar o'lib bo'lgandan keyin harakat qilasiz, Qur'ud duosini bir yilda ham yodlab yuborasiz.

[11:56] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida sahobalarni Payg'ambarimiz g'azodlardan biriga jo'natar ekanlar. Ana shu sovuq tunlarda birida bir kishi junub bo'lib qoldi. Junub bo'lib oldi. Mana shu jang bo'lgan kunda boshiga bir jarohatlar jarohatlarni boshi yorilgan edi. Ertaman qarasam junub bo'lib ko'pdi.

[12:19] Hamrohlaridan tayyommom qilishga menga yo'l topasizlarmi dedi. Endi ilmdan bexabar bo'lgan savodsiz, savodsiz odamlar nima deyishdi? Suv turibdi. Tayyamonda suv yo'q bo'lganda qilasan. G'usl qilasan suv bilan deyishdi. Haligi odam g'usl qildi, o'lib qoldi, sovuqdan. Boshiga suv tagida jarohatiga xullas bo'lganicha bo'lib o'ldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib bo'lgan ishni aytib berishganlarida, rasululloh sollallohu alalayhi vasallam g'azablari kelib, alloh o'ldirgurlar uni o'ldirib qo'yishibdi ku. Dedilar.

[12:54] Axir bilishmasa so'rashmaydimi? Axir ilmsizlikning davosi savol ku dedi. Demak, ilmli kishi bilan savodsiz, ilmsiz kishi hech qachon teng bo'lmaydi. O'zi asli fatvoga tili shoshilib ketyaptimi bir odamni? Demak ilmda sayoz bu. Kishini ilmi ko'paygan sari fatvodan qo'rqadi, fatvo aytishdan o'zini olib qochadi. Endi qanchalik sayoz bo'lsa, halol, xorazm, mumkin, mumkin emas. Fatvoga oson ketyaptimi tilingiz? Demak ilmingizni sayozligidan bu. Aksincha ilmi ko'paygan sari, ilmi chuqurlashgan sari kishi fatvochlikdan o'zini otib qochadi. Qiyomatga yaqin birodarlar, odamlarni orasida ilm ozayib boradi. Ilmni Alloh Taolo birdaniga olib qo'ymaydi. Alloh Taolo olimlarni bitta bitta olib qo'yadi, shu bilan ilm ko'tarilib ketadi. Shunda odamlarni o'rtasida johillari odamlarga peshvo bo'ladi.

[13:50] O'zlari bilmaydi, bilmagan narsasi haqida fatvo aytadi, o'zi ham adashadi, boshqalar ham adashadi. Ilmga targ'ib qilamiz ukalar. Ilmga. Chunki Alloh Taolo maqtab qo'ydi. Hal yasta villadina ya'lamun, bilgan ilmli odamlar bilan bilmagan savodsiz odamlar barobar bo'lmaydi. Yarfailahulladina amaluminkum. Ichinglarda iymon keltirgan va ilm berilganlarni Alloh ko'taradi deb turibdi. Biz ilmga targ'ib qilamiz birodarlar, ilmga. Innama yaxshi alloha min aibadihil ulama. Allohdan bandalarni orasida ko'proq kim qo'rqadi? Olimlar. Allohni ko'proq taniganlar Alloh azza va jallodan ko'proq qo'rqishadi.

[14:33] Abu muaviyat al dori. Ikki ko'zi ko'r bo'lgan olim kishilardan edi. Kunlarni birida xalifa horun ar rashidning ziyofatiga borgan edi. Ovqatlanib o'tirishibdi. Xalifaning majlisi, odamlar ko'p. Bu ikkala ko'zi ko'r kishi ham o'tiribdi. Xalifani o'zini hurmati bor, olimlarni o'zini hurmat bor. Ovqatni yeb bo'lgandan keyin, mehmonlarni qo'liga suv quyildi. Ovqatniyeb bo'lganda keyin qo'lini ushlab boshladi. Abu Muaviyat aka ham qo'liga suv quyildi, qo'lini yuvyapti, ikkala ko'zi ko'r. Horun Rashid so'radi.

[15:09] Hozir qo'lingizga kim suv quyayotganini bilasizmi? Dedi. Haligi olim, yo'q, amirul mo'minin, meni ko'zim ko'r, hech narsani ko'rmayman, dedi. Odatda endi suvni kim quyadi? Xizmatkorlar quyadi. Xalifa aytdi, men quyapman suvni qo'lingiziga, dedi. Olim aytdi, qalbingizdagi ilmga bo'lgan hurmat sababli quyyapsiz da, to'g'rimi dedi.

[15:35] Ya'ni mendagi ilmni hurmat qilganingiz uchun quyyapsiz dedi. Bu oddiy narsa. Shuning uchun ahli ilmlarni hurmat qilish kerak birodarlar, tosh otishni o'rniga. O'sha o'zimiz tosh otib yomonlab, g'iybat qilib turib, xotinini taloq qo'yib qo'ysa, yo'l ustida domlani oldiga kelamiz. Yomonlab, yomonlab turib, yana o'sha yomonlagan domlasini oldiga keladi. Birodarlar, ahli ilmlarni hurmat qilishlik kerak, ularda haqqiga duo qilish kerak. Bu domlalar siz bilan bizni jamiyatimizni ikkita ko'zi.

[16:02] Qancha qancha tijoratimizda aralashib qolgan xorom shubha narsalarni shu ustozlardan o'rganib turib tark qildik. Luqmamizni halolladik, luqmamizdagi shubha narsalarini ketkazdik. Kim sababli? Xalifaga berayotgan javobni qarang. Qalbingizdagi ilmga bo'lgan hurmat sababli qo'yapsiz dedi. Ha, endi domlalar masalasida, mana bu lampochka. Yapalaq ekan, bunday ekan. Bunaqa shinshali lampochka bor. Nakalovniy lampa. Hammasi ham yorug' beradi. Yorug'idan foydalanavering.

[16:37] A? U yog'i bilan ishingiz bo'lmasin. Chunki u ham sizga o'xshagan odam, uni ham jahli chiqadi, u ham baqirishi mumkin, u ham bir asabi taring bo'lganda bir nojoyib gapni gapirib qo'yishi mumkin. O'shanisini qidirmang, yorug'idan. Yorug' beryaptimi? Deyapti a? Yorug' odam podarab mazza qilaveraylik. Agar bitta musulmonni go'shti xoron bo'lsa, g'iybat qilib uni go'shtini yeyish. Musulmonni olimini g'iybat qilishlik ham xoram, ham zaharli go'sht bo'ladi. Kelishdikmi?

[17:09] Imomushofi. O'n olti yoshda odamlarga fatvo aytar edi. Nimaga odamlar o'n oltinchi yoshlar yosh bilan oldiga kelyapti? U kishidagi ilm uchun. Imom Moliqni majlisida o'tirish uchun odamlar Madina Munavvara aka uzoq yillardan safar qilib kelishardi. Abu Hanifani nima uchun hurmat qilyapmiz rahmatullohu alayhi? Ilmi uchun. Ahmadimni hamallachi? Ilmi uchung. Qarang, shu ulug' ulamolarni davrida qancha qancha podshohlar yashadi, ularda qaysi birini ismini zikr qilyapmiz? Ammo bu kishilarni ismi qoldi. Inshaalloh qiyomatgacha. Bu hurmatul muhammad turar ekan, ismi zikr qilinganda. Alloh ularni rahmat qilsin deb duo qilaman saqlaniga.

[17:49] Ularni qadrini nima ko'tardi? Ilm. Yo'q, polniy. Ayrimlari umuman kambag'al bo'lgan, tirikchiligini zo'rg'a zo'r o'tkazgan. Qarang, biz Qur'onsiz bilan bizga ta'lim berar ekan, biz duo qilamizda, ma'noni ko'paytirib ber, ma'noni, ma'noni deb so'raymiz. Alloh azza va jalloh faqatgina ilmni ko'paytirib bersin deb so'radi buyurgan. Astaydubillah, vo qur robbiy zidniy ilma. Ayting, Parvardigor, meni ilmimni ziyoda qilgin. Pulimni emas, umrimni emas, sog'ligimni emas, bola chaqamni emas, nimani ko'paytirib bering? Parvardigor ko'paytirib ber deb so'rashimiz kerak bo'lgan narsa, ilm ekanligini Alloh Taolo aytyapti. Ilmli kishi bilan, savodsiz kishi barobar bo'lar ekanmi? Muaviya roziyallohu anhudan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: men yuridil lahudhi hayron, yufaqiy hufid din, muttaffaqun alik bo'lgan hadis.

[18:48] Allohga yoqqan joyi borki, mana yegani oldida yemagani ketadi. Alloh yoqqan joyi borki, rizqini Alloh keng qilib qo'yibdi. Alloh yaxshi ko'rgan joyi borki. Ichki kamchiligi yo'q dunyoda. Yo birodarlar, dunyoni, pulni, boyligini Alloh Taolo yaxshi ko'rdigan bandalarga ham berib yuboradi, yomon ko'rgan bandalarga ham berilib yuboradi. Ammo ilmni faqat Alloh o'zi yaxshi ko'rtgan bandasiga beradi. Payg'ambarimiz aytyaptilar, Alloh qaysi bir bandaga yaxshilikni ravo ko'rsa, boy qilib qo'yadi deyaptimi?

[19:25] A? Yo yuzga kirolgan qilib qo'yardimi? Nima deyapti? Alloh qaysi bandaga yaxshilikni ravo ko'rsa, uni dinda faqih qilib qo'ydi. Dinni tushuna olgan qilib qo'shadi. Darsimizning nihoyasi, Abu Muomala roziyallohu anhudan keltirilgan hadis. Rasululloh aytadilar: fadlul al alima alal abidika fadli ala adnakum. Olim bilan obidni o'rtasidagi afzallik nimaga o'xshaydi? Men bilan deyapti Rasululloh, sahobalariga, sizlarni ichinglardagi eng kichkina elat o'rtamizda qancha fazil bor afzallik? Men ana shu eng kichkina sahobadan qanchalar afzal bo'lsam, obiddan olim shunchalik afzal deyaptilar. Allohni ilmini tanigan, ilm o'rgangan olim kishi bilan, ilmdan bexabar bo'lgan johil savod kishi hargisi teng bo'lmaydi. Alloh Subhanah va Taolo o'zi yaxshi ko'rgan olim bandalaridan qilishligini so'rab qolamiz. Aquli qovli ha da. Astag'firullohu alayhi valakum.
