Maviza
—Qoralama15 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
15:12
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu anasta a'inuhu anasta ofiruh va na'udhullahi min shu'ruryan fusinga va min sayy'ati amalina man yahdihillahi falahmudilalar va man yudhililgu falah hadiyalar va nashxadu alla ilohi illallohu va hidahular sharikalar va nashxada anna muhammadan abduhu va rasuluh. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatu.

Ixtikor va uning zararlari. Inson shariat islomiya bo'yicha yashaydigan bo'lsa, shu dunyoni o'zida saodat topadi, xotirjamlik bilan yashaydi va oqibatda robbisi subhanallohu va taoloning jannatiga ega bo'ladi. Shariatga amal qilgan odam xotirjam yashaydi, hayoti osuda bo'ladi dedik.

Shariatga amal qilsa odam boy bo'ladi demadik. Odamlarni kallasidagi asosiy g'am mana shu dunyo matohi boylik bo'lib qolganligi uchun, hayotda oldiga qo'ygan maqsadlari noto'g'ri bo'lganligi uchunga inson hech qachon bu dunyoda saodat topa olmaydi. Maqsad boy bo'lishmas, tushuninglar.

Alloh taolo bandalarni rizqini o'zi taqdir qilgan. Kimni rizqini keng yozgan, kimnikini tang qilgan, kimni boy bo'lishini xohlagan, kimni faqir yashashini xohlagan. Tushunarlimi? Boylik maqsadmas. Shuni to'g'ri tushunaylik. Ha, pulni birov yomon demayapti. Pul bo'lgani yaxshi, kambag'al bo'lgandan boy bo'lgani yaxshi, lekin maqsad emas u.

Ana shu topilayotgan boylikdan maqsad nima? Boy bo'lishdan maqsad nimada? Xotirjam, bekam u ko'st, osoyishta, qalbi osuda yashashmi? Ha. Endi savol. O'sha pulni topmaganlari qalbi osuda bo'lmayotgan bo'lishi mumkin. Lekin o'sha pulni topganlarda hammasi ham qalbi osuda, osoyishda yashayaptimi?

Insonni hayotdagi saodat bilan kun kechirishi, osoyishda, bexavotir, xotirjam, kami ko'siz yashashligi, iymonga bog'liq, taqvoga bog'liq, solih amalga bog'liq. Pul bo'lsa, changalda sho'rva. O'sha changalda sho'ra, bu degani nevozmojniy vozmojniy degani da. Suvni ushlab bo'lmaydi. Puling bo'lsa suvni ham ushlab, bekorlarni aytibsan. Tupurigingni yuta olmay qolasan. Bir xoplagan choying o'ldiradi seni. Birodarlar, pul hal qilmagan narsani, pul hal qila olmagan narsani, katta pul. Bu ham bekorchi gap.

O'zi boy bo'lishdan maqsad nima edi? Biz aytayotgandek, hayotda saodat topish oson ishda yashash. Endi bu narsa, agar faqat pul bilan bo'lganida, Alloh Taolo rizqini tang qilib yozgan bandalarga zulm qilib qo'ygan bo'lar edi. Ha shalillah, Alloh hech kimga zulm qilmaydi. Kimidir taqdirini boy bo'lishing deb yozgan bo'lsa, uni majbur baxtli qilib qo'yg'on bo'lar edi, ha endi kimnidir kambag'al deb yozgan bo'lsa rizqini, uni majbur baxtsiz qilib qo'ygan bo'lar edi. Shuning uchun avvalambor shu bolalarga endi bir oq qorani ajratib qo'ygan paytda mana bu o'lchov tushunchasini tuzatib qo'yishimiz kerak. Bolam, hayotda saodatli hayot kechirishni xohlaymiz. Bekamikuz, birovga muhtoj bo'lmay. Lekin bu narsa faqat pul bilan bo'lmaydi.

Ha, pulni birov yomon demayapti. Pul bo'lgani yaxshi, kambag'al bo'lgandan boy bo'lgani yaxshi, lekin maqsadmas u. Inson faqir bo'lib turib ham saodatiy hayot kechirishi mumkin. Ixtiyor nima? Ixtiyor harom. Nima u ixtiyor? Odamlarni kundalik ehtiyoj mollarini yig'ib olib, qimmatlaganda sotaman deb ushlab turishlik, monopoliya qilishlik ixtiyor deyiladi. Bu harom.

Yog', go'sht, un, mana hozirgi kunda ko'mir, odamlarni mana shu ko'mirga bo'lgan ehtiyoji bo'lib turganda, o'tinga yoki yoqilg'iga, odamlarniki shu ehtiyojidan foydalanib turib, ikki kun sotmasdan, uch kun sotmasdan turib shart o'n foiz qo'yib qo'yishlik harom. Xususan mana bizda hozir go'sht bilan ko'mirni narxi sun'iy ravishda ko'tarilib ketayotganligiga guvoh bo'linyapti.

Ixtiyor, demak, xalqqa kerak bo'lgan oziq ovqatni yoki boshqa bir zarurat bo'lgan molni to'plab, yashirib, berkitib, narxi ko'tarilganda sotaman deyish ixtiyor deyiladi. Bu harom amal. Bu yerda chi, iphone ixtiyoriga kirmaydi, chunki hammaga kerak emas iphone. Lexus tomon yigirma beshinchi yilgisini to'playapti. U ixtiyor emas, u siz ham odamlar kuni o'taveradi. Ixtiyor deb turib, insonlar uchun birinchi darajada zarur bo'lgan mollar.

Xo'p, demak, muxtakir odam, ixtiyor qilayotgan odam ataylab ushlab turadi narx navoni ko'tarishlik uchun, molini sotmasdan. Bu harom. Chunki kambag'al va muhtoj odamlarga zulm qilinyapti. Va bu muxtakir odam, ehtikor qilayotgan odam qalbi qorayib ketadi. Jamiyatda rahm shafqat degan narsa yo'qoladi. Qimmatchilik bo'ladi, buzg'unchilik bo'ladi. Tushunarlimi? O'sha unni o'n so'm sotayotgan odam, monopoliya qilib oldi, to'plab sotmayapti da, o'n ikki so'mdan sotishni boshladi. Shu ikki so'm ustiga qo'yib, foyda qilyapman deb o'ylayaptimi? O'zi aslida Payg'ambarimiz aytganlar. Olib keladigan odam rizqlangan, muxtakir, ixtikor qiladigan odam la'natlangan degan. O'sha ozroq rozi bo'lib xalq bergan, ozroq foydada baraka bo'ladi, hayriyat bo'ladi.

Ixtikor Qur'onda qoralangan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida qoralangan. Astadibillah. Vala tabiha sunna sa ashia ahum. Va la taofil arde mufsiding. Xud so'rasin. Odamlarni narsalarini urib qolmanglar. Va yerda buzg'unchilik bilan sanqib yurmanglar.

Voy lul imutofifin. Alladina idak ta'lu ala nasiya stavhum va idak kaluhum avvozanuhum yuxsirun. Ha bu oyat tarozidan uruvchilar haqida aytilgan bo'lsa ham, lekin mana shu narx navo, tarozi, narx orqali odamga zulm qiladigan hammaga on bo'lib, joriy bo'laveradi.

Ixtiyor. Ixtiyor tushunarlimi? Monopoliya. Ya'ni shaharga keladigan unda hammasini bitta odam qo'liga olib olgan, narxni bitta o'zi belgilaydi. Bu mumkin emas. Agar bozorda ochiq raqobat bo'ladigan bo'lsa, el faqat yutadi. Biri besh so'm arzonroq sotsa, ikkinchisi yetti so'm arzon qilib qo'yadi. Meni molim ketsin deydi. Qarab sizga el yutadi.

Konkurensiya bo'lishi kerak. Agar bitta odamni qo'liga jamlanib qoladigan bo'lsa bo'lmaydi bu. Payg'ambarimiz aytadilar, Imom Muslimni sahihalarida kelgan hadis la yaxtakiru ila xotiyun. Ixtikorni faqat gunohkor odam qiladi. Xatokor odam qiladi! Yana bir hadislarida man ixta karato amin arba'ina laylatan faqat bariya minallohi ta'ala va bariya allohu ta'ali minhu. Kim qirq kun davomida oziq ovqatni ushlab tursa, ya'ni qimmatlaganda sotaman deb ushlab turgan bo'lsa, u odam muxtakir. Allohdan uziladi, Alloh ham undan uziladi. Imom Ahmad rivoyat.

Kim qirq kun davomida taomni ushlab tursa sotmasdan. Endi haligi skeletga bosib qo'ygan, bir yil sotilishi mumkin, boshqa narsa. Bu yerda sotilishi kerak, el muhtoj bo'lib turibdi, ushlab turibsiz atay. Ozgina qimmatlaganda sotaman deb. Yana bir hadisda Payg'ambarimiz aytadilar, al jalibu marzuqun val muhtakiru malavnun. Molni jalb qiluvchi, ya'ni yangi molni bozorga olib keladigan odam rizqlangandir. Olib keladi, sotadi, yana olib keladi, satadi, elni ta'minlaydi. El muhtoj bo'lgan mol bilan, ovqat bilan, boshqa narsa bilan. O'sha olib kelayotgan, jalb qiluvchiga rizqlangan. Ixtiyor qiluvchi esa la'natlangan. La'nat odam bo'ladi bu odam. Puli ko'p bo'lsa ham la'natlangan bo'ladi. Puli milliard bo'lsa ham ma'natlangan bo'ladi. Binobarin hayoti dunyoni o'zida rasvo bo'ladi.

Demak, bu hadislardan siz bilan biz ixtiyor qanchalar og'ir gunoh ekanligini bilib qo'yaylik. Nima uchun islomda ixtiyor harom qilindi? Chunki ixtiyor qiladigan odam xalqni muhtojligidan foydalanadi. Narx oshgandan xursand bo'ladi. Narx olishligi hech qachon kambag'al odamga yoqadigan narsa emas.

Undan tashqari, o'zini manfaatini bunaqa odam elda manfaatidan ustun qo'yayotgan bo'ladi. Yana buni ishi rahmdillik, insof degan narsaga to'g'ri kelmaydi. Muhtakir odam narx navoni ko'tarilganda sotaman deb tovarni sotmay turgan odam Alloh Taoloni rahmatidan tashqarida bo'ladi. Payg'ambarimiz aytadilar: Men la yarhamin nasa la yarhamuhulloh. Odamlarga rahm qilmaydigan insonga Alloh rahm qilmaydi.

Ya'ni yer yuzidagi odamlarga rahmat qilmasak, Alloh Taolo siz bilan bizga rahm qilmadi. Inachi, o'sha tovarni to'plab qo'yib, kutishlik darajasidagi odam, demak ancha boy odam bo'ladi. To'g'rimi? U kambag'al bir qop unda olib kelib, yeb olguncha ikkinchisini ololmaydi. Endi u vagon vagon unni, shakarni yog'ini tushirib qo'ydimi, demak boy odam. Bu uyalishi kerak bu odam o'zi aslida.

Islomda birodarlar savdogarlik, agar niyati to'g'ri bo'lsa savdogarni, qilayotgan amali sunnatga, shariatga muvofiq bo'lsa, shu savdo ibodat bo'ladi. Qaytarib aytamiz. Savdogarni qilayotgan savdosi da, niyati to'qri bo'lsa, qilayotganni ishi sunnatga, shariyatga muvofi bo'lsa, bu savdogarni ishi ibodat deyiladi. Chunki odamlarga non olib kelyapti, yog' olib kelyaptimi, odamlarni ehtiyojini qondiryapti.

Attajiru saduq al amin ma'na biyina va siddiqina va shuhada. Payg'ambarimiz aytdilar, savdogarlar eshitib qo'yinglar. Rostgo'y va omonatdor savdogar Payg'ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo'ladi u dunyoda. Payg'ambarlar, siddiqlar, shahidlar. Inson zotini eng oliy birinchi uchtasi. Payg'ambar, siddiq va shahid.

Demak osonmas ekanda bu ishchi. Nodonlikka eng ulug' insonlar bilan birga qiyomatda turadigan bo'lsa, demak shu ishga olib boradigan, bu amal osonmas ekanda. Shuning uchun Alloh Taolo siz bilan bizga va ta'avano alal berri va taquvadi buyrigan. Yaxshilik va xayriyat yo'lida bir biringlarga hamkor bo'linglar. Va la ta'avano alali ifmi va ul udvan, gunoh, adovat, dushmanchilik ishlarida bir biringlar yordam bermanglar deydi.

Agar biz mana shunday bir ixtiyor qilib, xalqni sun'iy ravishda narxlarni ko'tarib qiynaydigan bo'lsak, biz xalqqa zulm qilgan bo'lamiz. Musulmonlarga zulm qilgan bilamiz. Ana shu zulmga uchrab turgan musulmonni bittasi qo'lini ko'tarib, Parvardigor, mana shu ishga sabab bo'lganlarga o'zing jazoni bergin desa, Payg'ambarimiz aytganlar, ittaqiyda avot al mazlum. Mazlum odamning duosidan taqvo qilinglar, qo'rqinglar. Fa inna halyasa baynah va bayna allohi hijabun. Chunki uni duosi bilan Allohnin o'rtasida parda bo'lmaydi. Boshqa adashlarida, agar zulm ko'rgan odam, mazlum odam, kofir bo'lsa ham, shu odamni duosidan qo'rqin. Kofir bo'lsay ham, zulm ko'rib duo qilyaptimi, uni duosini ijobat qiladi deydi. Shuning uchun monopoliya qilib olgan, el uchun zarurat bo'lgan oziq ovqat moddalarini, zarurat mollarini sun'iy ravishda narxini ko'tarayotganlar nazarida yutyapti.

Moncha ko'mir sotardim tonna deyapti, ming tonna. Besh so'mdan qo'shib qo'ysam, moncha foyda qilaman ekan. Besh so'm qo'shyapti. O'sha besh so'mdan mononcha ming tonna, mononcha foyda topdim deydi, o'zi aslida foyda topgani yo'q. Demak, birodarlar, esdan chiqarmaylik. Adolatli bo'lish barakaning sababi. Zulm qilish halokatning sababi.

Ixtiyor adolatni yo'q bo'lishiga zulmni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Ixtiyor barakani yo'q qiladi, halokatni olib keladi egasiga. Alloh azza va jalla siz bilan bizga mana shu ixtikordan uzoq bo'lishiga tavfiq bersin. Xususan oziq ovqat mahsulotlari bilan savdo qilayotgan birodarlar, Allohda qo'rqishimiz kerak. Go'sht sotayotgan qassoblarimiz, yoki ko'mir sotayotgan shu bir ko'mir purishlar, Allohda quvvsin. Nazarida katta foyda qilmagan bo'lsa ham, nazarida ozroq foyda qilgan bo'lsa ham o'zi aslida ixtikorsiz qilingan mana shu ozgina foydada baraka bo'ladi. Baraka ko'p degani emas. Oz bo'lib turib ham uni ustida ilohiy xayriyatni nima bo'lishi, davomiy bo'lishi. Aqul u qovli ha'da va astag'firullohi alayhi valakum, innallohu va malakatuhu yusalluna alannabiy, ya yuha alladina amanu, sollallohu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)