Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmana rohiym. Alhamdulillahir robilan ilmiym. Vassalotu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va'dil amin. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Masxabbosh imomlarimizni hayotini o'qishdagi navbatdagi darsimiz, bugun imom shofiy rahmatullo ali haqida dars boshlagan bo'lamiz.
Biz mana shu silsila darslarimizda imomi abu hanifa rahmatullo ali va imomi molik ibn anas rahmatullo alilar haqida dars qilgan bo'ldik. Bu ulug' ajdodlarimiz, bu ulug' ulamolarimiz haqida so'z yuritar ekanmiz, oladigan narsamiz shuki, bu darslar siz bilan bizni ilmga bo'lgan rag'batimizni ziyoda qiladi. Bu buyuk imomlarda hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, ko'z o'ngimizda biz uchun ibrat, namuna namoyon bo'ladi. Kumirlar paydo bo'ladi. Ibrat, namona paydo bo'lgandan keyin, nafslar o'z o'zidan mana shularga o'xshashga, shularga taqlid qilishga harakat qiladi.
Endi qachonki siz bilan biz uchun to'g'ri ibrat namuna kishilar hosil bo'lganda ko'z o'ngimizda, bizni kumirlarimiz tuzilgan paytda, endi siz bilan bizni fikrlarimiz tuziladi. Mana shu kumirlar ibrat bo'ladigan odamlarni almashtirib olganimizdan keyin kallamizda fikrlarimiz o'zgaradi. Fikrlarimiz o'tkazgandan keyin birodarlar hayotimiz ham o'zgaradi da. Masjidda ma'ruza eshitaylik, otamiz tarbiya bersin, yaxshi gapiradi, gapirilsin u atrofimizda, ammo kallamizdagi fikrlarimiz o'zgarmaydigan bo'lsa, hayotimiz xargiz o'zgarmaydi. Chiroyli bo'lib ma'da, juman o'qib ketadi, chiqib turib bilgan ahmoqchiligini qiladi. Qorakallar chaqirib xatmiqronlarni qildiradi, ertasi kuni aravani qo'yib, vecherdi qilaveradi. Ya'ni bunday odamlarda hali tushunchalari tuzalmaganligiga dalolat qiladi. Demak, birodarlar, bu darslarimiz orqali aytmoqchi bo'lgan narsamiz, biz uchun kim ibrat, kim namuna bo'ladi, shuni bilib olaylik. Biz uchun kim kumir, shularni bilib olaylik, shunda biz tuzalamiz. Shunda biz haq yo'lga astoydil qadam tashlaymiz.
Imom Shofiy rahmatullohi alayhi. Bu buyuk imom bir tarafdan Abu Hanifaga, ikkinchi tomondan Imom Molikka o'xshagan taraflari bor. Imom Shofiy rahmatulloh alayh islom tarixining ensiklopediyasi bo'lgan. Ya'ni shunday insonlar siz bilan bizni ummatimizda o'tganligi bilan bir faxrlanishga arziydi.
Bu g'arbga sharqqa borsanglar o'zlari uchun ibrat bo'ladigan odamlarni yo'qligidan qayoqdagi gangsterlarini, qayoqdagi o'g'rilarni tarixini o'rgatib, bizni tariximizda shunday bo'lgan, shunday odamlar bo'lgan deb turib faxrlanadi. Musulmon ummatida bor bo'lgandek ibrat bo'ladigan odamlar yo'q. Siz bilan biz ummatimizni tarixini qaramaymizmi? Hech qaysi ummatni tarixida bizni ummatda bo'lgandaqa mana shunday bir ibrat odamlar ko'p emas boshqalarda.
Muhammad ibn idris ash shofiy. Bu kishi ellik to'rt yil umr ko'rgan bor yo'g'i. Lekin mana shu ellik to'rt yil umrida juda katta ilm cho'qqilariga erishgan. Ilm cho'qqilariga yetish uchun, ulug' amallarga muvofiq bo'lish uchun bu umrni uzunligi, qisqaligi hech narsa emas. Muhimi, imom shofiy mana shu narsani hayotida ko'rsatib berdi. Mana shunday narsalarga yetishligi nimaga bog'liq? Jiddu jahtga, sabrga, mehnatga, tajribaga, ixlosga. Imom Shofiy mana arab tilining lug'at deb qo'yamiz, shu arab tilini tushunasizlar. Ulug' olimlardan bo'lgan Asmoiyning ustozi edi. Imom Shofiyning hayotini o'qir ekanmiz. Bu kishi ummatni ichidagi farid kishilardan biri ekanligini ko'ramiz. Shaxsiyat ulug' inson edi. U kishini tarixini, hayotini o'rganib turib, bu kishini hurmat qilmasdan, u kishini ulug'lamasdan boshqa ilojimiz qolmaydi. Ellik to'rt yil umr ko'rgan. Ellik to'rtyil.
U kishi o'zini shaxsiyatida ilmni, axloqni jamladi. Va bu bilan Imom Shofiy faqat o'zini zamonasidagi musulmonlargagina emas, balki qiyomatgacha keladigan musulmonlarga ibrat namuna bo'ldi. U kishining to'liq ismi. Abu Abdulloh, Muhammad ibn Idris, ibn Abbos, ibn ul Usmon, ibn Shofiya, ibn Sa'ib, ibn Ubayt, ibn Abdiyazid, ibn Hoshim, ibn Mutolib, ibn Abdumarov. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nasabi tutashadi. Mana shu to'la la maqsad boshilarini ichidagi nasl nasab jihatidan eng ulug'i imomni shofiy bo'ladi. Chunki Rasululloh bilan u kishi qarindosh bo'lyapti bir odamdir. Mana biz qorayishlik olimi haqida, demak, so'z boshlayapmiz. Imomush Shofiiy Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam bilan Abdumanovda nasabi uchrashadi. Bilasizlar, Abdumanovni to'rtta o'g'li bo'lgan. Hoshim, bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bobosi, uni ukasi Mutolib, bu Imomush Shofiyning bobosi, Navfal va Abdush Shams. Demak, Abdumannovga borganda Imomush Shofiya. Bobosi, ya'ni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan nasabi tutashadi. Shuni o'zi sharaf uchun yetarli emasmi?
Hoshimni o'g'li Shayba. Biz tarixdan Abdulmutto'lip deb bilamiz, Payg'ambarimning bobosi, otasini otasi. O'zi asli ismi Shayba bo'lgan. Ammo hoshim boshqa qabiladagi bir ayolga uylandi da, dogovor bo'yicha bu ayol o'zini qabilasini orasida yashaydi, kelmaydi makkaga. Shunday bir sharafli xonadondan bo'lganligi uchun Hoshim Payg'ambarimizni bobosi, ko'ndi bobosini otasi. Borib o'sha yerda ichki o'g'il bo'ldi, ya'ni borib kelardi. Hoshim o'lganidan keyin undan bitta o'g'il qoldi, Shayba. Biz aytayotgan Abdulmutto'lib. Endi Mutto'lib, Hoshimni ukasi, Imomushofiyni bobosi, borib, Shaybani o'zini ota urug'iga olib ketishini xohlaydi. Tuyasiga o'tkazib, uchqashtirib, akaga olib kirgan paytda, odamlar u paytda bozorlarga borib qul sotib olib o'zi bilan olib kelardi. Jiyani Shaybani olib kelayotganligini bilmaydigan odamlar Mutolib qul olib kelib chekilik, bu endi Mutolibning quli deb Abdulmutolib deyishni boshlashdi. Vaholanki o'zini ismi Shayba edi. Mana shu Mutolib Imom Shofiyni bobosi bo'ladi. Demak, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nima ekan? Urug' ekan.
Imom Shofiyning otalaridan mana Shofiy va Sa'ib. Bu ikkalasi ham Payg'ambarimizga sahoba bo'lishgan. Buyog'i ham sharaf. Badr kunida ana shu Sa'ib, Shofiyning otasi, mushriklar tomonida kelib, musulmonlar bilan urushdi, asir tushdi. O'zini fideya berib, ozod qilib ketdi, keyin qaytib kelib musulmon bo'ldi. Nimaga o'sha Madinada asrab turgan holingda musulmon bo'lavermading deganida, musulmonlarni ular mendan umid qilayotgan moldan mahrum qilishni xohlamadim. Ya'ni musulmonlarga pul kerak edi, pulni berdim, keyin musulmon bo'ldim deydi. Endi Sa'ibni o'g'li Shofiy Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrida tug'ildi. Yoshligidan Rasulullohga iymon keltirib, u ham sahoba bo'ldi. Shuning uchun Imom Shofiy o'zini mana shuncha bobolarni ichidan Shofiyaga nisbat qilinishligini yaxshi ko'rar edi. Chunki mana shu Shofiy, bobosi Shofiy shirkda bir kun ham yashamagan edi. Tug'ildi, musulmonat odam sahobadan dunyoga keldi. Rasulullohga iymon keltirdi, o'zi ham sahoba bo'ldi, shuning uchun imomo ash shofiyai deyiladi. Tushunarlimi? Demak nasl nasabda imomo shofiy to'rtalab maslahat boshidan oliy bo'ladi martabasi.
Imom shofiy muhammad ibn idris yuz ellik hijriy yilda dunyoga keldi. Imom abu hanifani vafot etgan yilisida. Ya'ni payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi bor. Alloh taolo bu ummatga har asrni boshida uni dinini yangilaydigan bir kishini yuboradi. Mujaddiduddin deyiladi. Abu hanifa vafot etgan kunlarda deyiladi hattoki, abu hanifa vafar etgan kunlarda imom shofiy tug'ildi. Yuz ellik hijriy yilda. Demak u kishi arablarning orasidagi eng hurmatli bo'lgan qabila, qurash qabilasini vakillaridan edi. Imom Shofiy Makkada yashamas edi, garchi asli Qurashlik bo'lsa ham. Falastinda G'azoda tug'ildi. Uni otasi mana shu tirishchilik talabida shu hijrat qilib G'azoga borgan bo'ladi va mana shu joyda Imom Shofiy tug'ilgandan keyin bir necha kun o'tib, otasi vafot etadi. Demak yoshligidan Imom Shofiy yetim qoladi. Mana endi kichkina Muhammadning ishi onasini qo'lida qoldi. Imom Shofiyning onasi oqila ayol edi.
O'zini urug'laridan, ahllaridan uzoq qolib ketsa o'g'li, ilm markazlaridan uzoq bo'ladigan bo'lsa, mana shu ilm degan ne'matdan mahrum bo'lmasin dedi da, G'azodan Makkaga qaytishlikni qaror qildi. Ammo shoshilmadi qaytishlikka, sababi hali bolasi kichkina, yo'lda mashaqqatlari bor, bir kasal tegib qolishi mumkin yoki o'lib qolishi mumkin, shuning uchun ikki yoshga kirgunga qadar kelmadi. Ammo ikkiga kirgandan keyin keyin Makkaga kelishdi. Imom Shofiyning onasi o'ta zakiy, zehnli, hushyor ayol edi. Ehtimol Imom Shofiydagi shu qobiliyat ham onasidan o'tgandir.
Bir marotaba ana shu Imom Shofiyning onasini qozi chaqirtirdi guvohlikka o'tish uchun. Bir qandaydir fiqhiy masala bor, bir sud ishi bor. Guvohlikka o'qish kerak. Bitta erkak kishi, ikkita ayol kishi keldi guvohlikka o'dgani. Erkak kishidan so'raldi, guvohlikka o'sdi. Endi ayollardan guvohlik so'rash navbati kelganida, qozi aytdi, ikkovini ajratib turinglar, so'ranglar guvohligini. Ya'ni ikkovini ajrating deb. Ha, Imom Shofi'yni onasi ko'nmadi bunga. Bunday qilishingiz noto'g'ri dedi. Hozir qanday qilib to'g'ri bo'lmaydi? Men sizlarni shahodatinglarni, guvohligilarni alohida alohida eshitaman. Toki biringlarni gapinglarni ikkinchilar qaytarib, taqlid qilib qo'ymasin dedi.
Imom Shofi'ying onasi nima dedi? Axir Alloh Qur'onda an tovila ihidahuma, fatuzakki roh ihidahuman u hroh, degan u. Ya'ni guvohlikka kelgan paytda ikkita ayol. Unutib adashsa, yana biri unga eslatadi degan dedi. Ayol kishini bittasi esdan chiqib qolsa, ikkinchisi eslatib qo'yadi.
Hozir bu ayolni so'zini to'g'riligini tan oldi, o'zini adashganini ham tan oldi. Demak, Allohni kitobidan xabardor bo'lgan bu oqil ayol o'zini o'g'lini ilm yo'liga berishligini qasd qildi. Shunday qilib, Imom Ushofiy onasi bilan Makkaga qaytib keldim. Yetim bola, faqirlikda o'sdi. Onasi muallimlarga berdi, ta'lim berishligi uchun. Endi muallimlar ham shu ko'proq pul bergan odamni bolasiga ko'proq e'tibor qaratadi. Endi tabiiy bu, hamma yerda ham shunaqa.
Shuning uchun Imom Shofiyga e'tibor goham qattiq bo'lavermadi. Kambag'alni bolasida. Qarang, Afg'oniston kambag'aldi bolasi. Zyekhni ham xira. Lekin kim bo'ldi? Qozi Yulquzod bo'ldi. Muhimi aytyapmiz ku, muhimi harakat. Muhimi ixlos, muhimi niyat. Jiddu jaxt, mehnat. Ammo Imomni Shofiyga Alloh azza va jalla bunaqa bir boy badavlat hayoti bermagani bilan bir boshqa qobiliyatni bergan edi. Alloh taolo Imomni Shofiyga bir qobiliyatini bergan edi. Bir marta eshitgan, o'qigan narsasini yodlab qolar edi. Bir martta.
Biz kimlar haqida gapirayotganimizni tushunaylik. Alloh o'zi tanlab olgan odamlar bo'lgan bular. Kunlarda birida muallim darsxonaga kech qoldi. Mana shu darsxonada Imom Shofi ham o'tiradi, yosh bola. Kech qolib kelib kirsa, Imom Shofi shart turib, yosh bola o'zini tengqurlariga dars aytyapti. Shunda muallim tushundi bu bola oddiy bola emasligini. Shu kundan boshlab e'tiborini qattaroq qaratdi, mana shu shogirdiga. Imom Shofiy birodarlar yetti yoshga yetmasdan Qur'onni to'liq yod olgan edi.
O'n yoshga yetmas dan imomu molikning muattok kitobini yodlagan edi. Ular ham ilmli bo'lgan, biz ham ilmlimiz. Xumrijal va nahmurijal. Ular ham erkak kishi, biz ham erkak kishi deyotgan paytda, shu savolni o'zimizga beraylik. Sen Qur'oni yodladingmi? Agar yodlagan bo'lsang, yetti yasharinggacha yodladingmi. Yo'q. Imom Moliyning muattosini ko'rganmisan? Yo'q. Endi yodlayapsanmi, to'g'rimi, qilib yuboraylik.
Va bularni haqida faqat yaxshi gapni gapiraylik. Shu narsani aytmoqchimiz. Taassur, bizni zamonimizda mana shu ilmdan uzoq bo'lib ketganligimiz, har xil oqimlar, guruhlarni fikrlari va kallalarimizni egallab olayotganligi uchun, nimada ekanimizni bilmayapmiz. Imom Shofi o'zi haqida aytadi men yetti yoshimda Qur'oni yodlaganman. Imom Umolikning muattosini esa o'n yoshimda yodlaganman. Shu darajada faxr edimki, yozgani qalamim bilan varag'im bo'lmas edi. Shunda devonga borardim. Ya'ni o'sha hukm chiqariladigan joyga, devonga. Borib so'rar edim, shu devonda ishlaydiganlar menga qalam bilan qog'ozda ehson qilishar edi. Yig'lagiz keladimi? Endi o'sha ehson qilayotganlar, kimga ehson qilayotsanligini bir tasavvur qilganda bormidi o'sha paytda? Kelajakda bu odam qanaqa bo'lishigini. Shuning uchun biz bilmaymizda bu o'quvchilarni, talabalarni qaysinisidan qanaqa bog' olib chiqishligini.
Qarang, yozgani qog'oz, yozgani kalami yo'q. O'quv nima qilasan bolam, bor bozorga chiqib hunarni qiltirishinglar qilaylik demagan ekan inasiz. Chunki ularni meni tagi tushunchasi boshqacha bo'lganda. Allohni zo'r quli bo'l. Ilm o'rgan, ilm berilganlarda alloh ko'taradi degan oyatga ular ishongan. Xuddi cho'ntagida turgan pulga ishongan, ehtimol undan qattiqroq ishongan. Imom Shofiy o'zini yoshligi haqida aytadi yana. Yoshlik davrimda kamondan o'q otishni yaxshi ko'rardim.
Meni rag'batim ikki narsaga qattiq edi. Romiy va talabi ilm. Romiy kamondan o'q otish. Tabib menga aytar edi. Ya'ni oftobda uzoq turib kamon otishimdan qo'rqib, senga bir sil kasal yetib qolmasaydi deb xavotir olardi. Hammamiz zamzam ichganmiz. Duo ijobat bo'ladigan o'rinlardan bittasi deyilgan kitoblarimizda shu zamzam suvni ichayotgan paytda duo qilsangiz ijobat bo'ladi deyiladi. U kishi aytadi. Yoshligini eslab, Imom Shofiy aytadiki, zamzamni uch bo'lib ichdim. Ya'ni har qublay ekanimda, bittadan niyat qildim. Birinchisi, romi uchun ichdim. Kamon otishdi niyat qilib ichdim. Otgan o'nta o'qimdan yo o'n tasi yo to'qqiztasi nishonga tegardi. Zamzamni ilm uchun ichdim, mana sizlar ko'rib turibsizlar shu martabaga aytdim. Zamzamni jannatda niyatida ichdim dedi. Demak mana shu uchta niyat qilib ishgan ekan, shundan ikkitasini Alloh Taolo u kishiga ato qildi. Inshaalloh uchun sizni ham ato qiladi. Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalamu alayhi sa'yiddinam muhammad va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amobad, assalomu alaykum va rahmatullohi barakali.
Masxab bosh imomlarimizni hayotini o'qishdagi navbatdagi darsimiz. Imom Shofi'yni otasi, mana aytdik, u kishi tug'ilganida vafot etgan edi. Uni tarbiyasi onasini qo'lida qoldi. Onasi oqil ayol edi. Onasi uni ilmga bo'lgan rag'batini, o'g'lini ilmga bo'gan rag'batini ko'rib, unga ilmlarning kalitini berishni qasd qildi. Ya'ni birinchi navbatda arab tilini, lug'atni o'rganishligini xohladi.
Nutqdagi fasohat, balog'at sabablari. Muhammad Mustafao sallallohu alayhi vasallam fasohat, baloqat egasi bo'lgan zot edilar. Sallallohu aleyhi vasallam. Mana shu fasohat, balog'atni arablarning odatiga ko'ra sahrodagi qabilalarga bolalarni berib yuborishlik natijasida o'rgatishar edi. Bilasizlar, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ham badiyada, sahroda, Banu Sa'd qabilasida yurib, yoshligida mana shu fasohatni ta'lim olgan edilar. Imom Shofi ham Qurayishdan, Payg'ambaringiz sallallohu aleyhi vasallamga o'xshab, faqat bu kishi arab tilidagi fasohatni, balog'atini asl arabiy qabilalardan bo'lgan Huzayl qabilasidan o'rgangan bo'ldi. Huzayl qabulasi fasohatda, balog'atda arab qabilalarini orasida mashhur edi. Xususan she'rda va bayonda.
Fasohat va she'rda arab qabilalarining ichidagi eng peshqadam edi. Imom Shofiy mana shu arab tilini o'rganishlikka o'n yetti yil umrini sarf qildi. Bir borganda o'n yetti nol yil o'rgangan yo'q. Ular bilan borib turib bir necha yil turdi, o'rgandi, yana zarurat bo'lganda hatto mana keyingi davrida Qur'ondan yoki biror bir hadisdan biron so'zni tushunmay qolsa, sahroga chiqib ketardi. Bitta so'zni ma'nosini bilib kelishlik uchun. Ular bitta so'zda tushunish uchun, oyat yoki hadisni tafsir qilishlikda, xato qilmaslik uchun, Huzayl qabilasiga borib, besh kun, o'n kun turib, shu so'zni tagini bilib, i qaytib kelar edi. Ko'ringlarda bular qanchalar ilm yo'lida ko'p vaqt sarflashgan, kuch sarflashgan.
O'n yetti yil mobaynida mana shu tilni o'rganishlikda Imom Shofiy davomiy bo'ldi. Endi ana shu til egalaridan borib tilda o'rgandi xolos emas. Ular bilan birga nima qildi? Yashadi ham. Mana shuncha ilmni o'rgandi, she'rni yodladi, huzayliklarning devonlarini yodladi, juda ko'p she'rni yudladi. Makkaga qaytib keldi. Qur'onda yodlagan, imom u molikni muattosini yodlagan, juda ko'p she'rni biladi, arab tili bo'yicha juda bir katta bir olim bo'ldi, lekin hali faxihlardan emas u kishi. Bu kishi hali ulamolardan emas. Adiblardan, shoirlardan. Makkaga qaytilib kelib, she'r aytishni boshladi. Endi, hozir kino ko'ramiz ku biz. Televizorda oldida yig'ilamiz u, u davrda odamlari she'r aytgan odamni oldida to'planishar edi. She'r arablarni to'plarida birlashtirar edi. Bu she'r birovni masxara qilish bo'ladimi, birovni haqorat qilish bo'ladimi, she'rni arablar yaxshi ko'rishar edi. She'd aytishlikda mohir, juda ko'p she'r yodlagan. Arab tilida juda ham fasohat, balog'at egasi o'tirib she'r aytarkan, odamlar sekin sekin atrofida to'planishni boshlashdi. Ana shu she'r aytayotgan kunlarning birida Imom Shofi'yni qarindoshlaridan bo'lgan bitta kishi keldi.
Mana shu qissani Imom Shofi'yn o'zi aytib beradi. Hayotini haqiqatan hayotida katta bir o'zgarishga sabab bo'ldi mana shu kichkinagina qissa. Bu quyidagicha edi. Imom Shofi'yn aytadi Makkaga kelganimdan keyin she'r ayta boshladim. Ularda odoblarni, arablarning kunlari, xabarlarni aytar edim. Mening oldimdan Zubayriylardan bir kishi o'tib qoldi. Ya'ni Zubayriyadan avomni zo'riyoti da. Amakim urug'lardan bittasi o'tib qold. Meni mana shu ishimni ko'rib, ey Abu Abdulloh, mana shu lug'at, mana shu fasohat va zakovat bilan birga fiqhni yo'qligi menga og'ir keldi. Shuncha narsani o'rganibsiz, fiqhni o'rganmabsiz. Fiqh o'rganmasangiz bo'lmaydi. Agar shuni qilsangiz, zamonangizda eng ulug' kishilardan bo'lasiz dedi. Lug'at deyotganda arab tilini tushunasizlar. Imom Shofi aytadi, shundan keyin hushyor tortdim. Mana shu narsani qasd qildim. Kimni oldiga boray? Kimni tavsiya qilasiz? Arab tilini asl arab tili egalari, huzayliklardan o'rganganimdek, fiqhni menga o'rgatadigan asl ilm manbayini ko'rsating dedi. U kishi menga moligimni anas, musulmonlarning saidi, olimi. Shu kishini oldiga boring dedi.
Imom Shofi aytadi, meni qalbimga shu narsa o'rnashib qoldi. Makka volisini oldiga borib, Imom Molikka meni yo'llashligini iltimos qildim. Endi buni davomini mana Imom Molini qissasida eshitdik. Makkani volisi yosh Imom Shofiyiga ikkita maktub yozib berdi qo'liga. Bittasi Madinani volisiga, bittasi Imom Molikka. Bundan xabarimiz bor. Madinaga kelib Makkadan xatni Madinani volisiga topshirdi. Madinani volisi o'ziga kerakli bo'lgan xatni o'qidi va Makka volisini iltimosini tushundi. Endi maktubni olib Imomni Molini oldiga bordi. Berdi. Ruxsatini aytib berdik. Imom Molik maktubni o'qiganidan keyin jahli chiqdi da, aytdiki, ha, endi Rasulullohni ilmi ham vositachilarni yordamida olinadigan bo'lib qoldimi dedi.
Qattirlatib yubordi. Imomni jahli chiqqanligini ko'rib, mana shu madinani volisi ham bir narsa damasdan indamay turib, hamma sukut saqlab turdi. Imom Molikni haybatidan, siridan. Shunda Imom Shofiye Muhammad ibn Idris o'zi oldiga chiqdi da, imomga o'zi gapirdi. Chiroyli so'zlarni aytdi, ilm o'rgatishini iltimos qildi. Imom Shofiye so'zlarini eshitdi Imom Molik. Endi aytdik ku, arab tilidagi fasohati, balog'ati juda ham zo'r edi.
Imomimolik imomushofiyni mana shu so'zdagi fasohati,balog'atini ko'rdi. Bu kishiga tikilib turdi va yuzida xayriyatni ko'rdi. Keyin yosh imomushofiyaga imomimolik taqvoni vasiyat qildi, ma'siyatlardan uzoq bo'lishni vasiyat qild. Shunday qilib, imomushofiye imomimoliyni qo'lida shogird bo'ldi. Imomushofiyeyning birinchi ustozi imomimoliye bo'ladi.
Mana shu vaqtda Imom Shofiyning yoshi o'n to'qqiz da edi. Ilm o'rganishlikka juda ham munosib bo'lgan vaqt. Imom Shofiy yana Suhaymonimni uynidan ham ta'lim olgan edi. Xatib al-Bag'dodiy aytadi, Imom Shofiyning yigirma olti ga yaqin ustozi shayxlar bor edi deb aytadi. Imom Shofay o'zini, Imom Shofayni o'zini zamonida tengdoshlaridan ilmdan juda tez o'tib ketdi. Sababi ikkita edi. Birinchisi, g'ayrioddiy xotirasi g'ayriodli. Ikkinchisi, lug'atdagi fasohat, balog'at.
Kelinglar, Imom Shofiyning, ya'ni faqih, olim Shofiy haqida gapirishdan avval, adib, shoir Shofiy haqda gaplashamiz. Imom Shofiy asl arabiy qabiladan she'rlarni eng afzallarini o'rgandi. Huzayl qabilasini devonlarini yodladi. Fuqaholar, faqihlar she'rni yaxshi ko'rishar edi, lekin unga berilib ketishlik ko'p ham suyushmas edi. Ammo imomushofiye mana shu fiqh ilmini o'rganishlikdan avval she'rni o'rganib bo'lgan edi.
Abdulloh ibn zubayrning nabiralaridan bo'lgan mus'ab aytadi, meni otam bilan imomushofiya o'tirib bir biriga she'r aytishdi. Otam aytadi, Xuzayinning bironta ham she'rini qoldirmasdan yodlaganini ko'rib, hayron bo'ldim Imom Shofi'iyga. Imom Shofi'iy mana shu kishi bilan she'r aytishib turib, keyin aytdiki, bu haqida ahli hadislarga indamagan. Chunki ular bu narsani yaxshi ko'rishmaydi, yoqtirmaydi dedi. Aytdik, mana fiqhni o'rganishdan burun Imom Molik she'rni, fasoxatni o'rganib bo'lgan edi. Ha, albatta bu she'rni bilishlik Imom Shofi'iyga fiqhdan ilmdan to'sib qo'ymadi. Aksincha, ana shu odobni, axloqni odamlarga yetkazishlik uchun she'rni ishlatar edi.
Mana shu lug'atda mohir bo'lishlik, arab tilida bir fasohat, balog'at egasi bo'lishlik, birodarlar Qur'onni va Sunnatni tushunishlikka juda katta yordam beradi. Mana talaba ilm qilib yurgan ukalarimiz yaxshi biladi. A arab tilini o'rgangandan keyin, biroz tish o'tib qolgandan keyin, shunday o'qib tarjima qilib ketadi da, bitta so'z keladi. Shu so'zni topishlik uchun slovar qarash kerak. U so'zda siz aytgan ma'no yo'q. Xomusul muhitga, Lisonul arabga murojaat qilishlik kerak, juda ko'p. Qiyin. Ammo Imomushofi mana shu narsalarni hammasida ensiklopediya bo'lgan. Ensiklopediye bo'lgan.
Arab tilining eng ulug' ustozlaridan lug'at va she'rning ishonchli rovizi Osmoy aytadi, she'rni Imomi Shofiyning qo'lida o'rganganman. Johis, bu Mo'tazilalardan bo'lgan bu kishi, aqidalashgan toifalardan, lekin arab tilidagi eng hech qadam ilmli kishilardan edi. Arab tili bo'yicha mutaxassislar edi. Aytadiki, ilmdagi ulug'larning kitoblarini ko'rdim. Ularning ta'liflari Matlabiy yigitning ta'lifi kabi emas edi. Matlabiy degani Mutollibiy demoqchi, Imom Shofiyda aytyapti. Go'yoki uning tilidan durlar yog'ilayotgan edi. Mana arab tilini bilimdonini berayotgan guvohligi. Yana bir olimni so'ziga quloq tutamiz. Bu kishi Abdulmalik ibn Hasham. Siyrat Ibn Hashamning sohibi. Siyrat ilmidan yozilgan birinchi ulug' kitoblarni bittasi. Ibn Hasham siyrati. U aytadi Imomush Shofii bilan o'tirishimiz ko'p bo'lgan. Undan biror marta ham lahin so'z eshitmaganman. Ya'ni buzuq so'z yoki bir tushunish qiyin bo'lgan gapni eshitgan emasman. Undan ko'ra chiroyliroq so'zlaydigan boshqa biror kishini ko'rmadim.
Basra lug'at maktabining ustozlaridan bo'lgan Abul Abbos aytadi, u Imomush Shofii. Odamlarning she'rdagi bilimdoni odobliroq'i va qanoatlarning bilimliroq'i edi. Mana Imom Shofiy arab tilida lug'atda shu darajaga yetishdiki, u kishiga zamondosh bo'lganlar ham, u kishidan keyin yashaganlar ham Imom Shofiyni so'zlarini arab tiliga hujjat qilib qabul qilar edi. Ya'ni ma'no so'zida Imom Shofiy mana bunday dedimi, demak arab tilida shunaqa bo'lar ekan. Tushunyapsizlarmi? Arab tilini shabloni bo'lib qoldi bizni tilimizda aytganda. Bu juda ham kam, bunaqa biladigan odamlar, ehtimol yo'qdir. Endi o'n yetti yil til o'rganishigacha umrini sarflagan ekan.
Imom Shofiy nafaqat lug'atda, fasohat balog'atda bilimli edi, balki nasablar ilmida ham u kishi bilimli edi. Nasablar ilmi ustida Imom Shofiy marja borib so'rab kelinadigan odam edi. Mana shu biz hozir aytgan siyrat ibn hishomning sohibi, Abdulmalik ibn hishom, bu kishi ham nasablar ilmida bilimli edi. Falonchini bolasi falonchi, pokinchini bolasi falonshi, falonchi bilan falonchi quduq o'rgan. Xullas shu narsa nasl deyiladi. Mana Payg'ambarimizni naslini bilasizlar. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmutolib ibn Hoshim ibn Abdu. Shunaqa. Adnongacha Ismoil alayhissalom shu nasl nasl nasab ilmi deyiladi. Endi Abdulmalik imna Hishom siyrat olimi bo'ldi mana. Siyrat haqidagi birinchi kitobni yozdi. Nasablar haqida ko'p narsani bilaman deb o'ylar edi. Imom Molik bilan, Imom Shofiy bilan bir o'tirib gaplashsak ham bo'lardi deyishganida, yo'q men borgiz kelmadi. Ammo odamlar shu fil haq bo'lib boraver deb, borgin deb turib bir talab qilishni o'rgandan keyin bordi. Endi Abdulmalik imnixashon bilan Siratul na Hishomni sohibi. Imomiy Shofi o'tirib, nasablar haqida bir biriga gapirishdi. Ikkalasi ham gapirdi, ikkalasi ham bilar ekan.
Keyin Imomiy Shofi kamtarlik bilan aytdiki, keling, bu mavzuni qo'yaylik. Ikkovimiz ham bilamiz ekan bu narsani. Keling endi, ayollarni nasablari haqida gaplashamiz dedi. Imom Shofiy ayollarning nasablari haquida so'z boshladi. Odamlar eshitayotgan narsasidan hayron bo'lib, jim bo'lib qoldi. Hamma Imom Shofiyga tikilib qoldi.
Hatto Ibn Hishom ham, Abdulmalik Ibn Hishom daxshatga tushdi. O'zini nasablar ilmida bilim nomida bilib turuvdi, qarasa bu kishi nafaqat erkaklarni, balki ayollarni ham nasabini bilar ekan. Ibn Hishom nasablar ilmidan Imom Shofiyning eng bilimli kishi ekanligiga guvohat berib aytadiki, Alloh bunaqa kishini yaratganda o'ylamagandim deydi. Kim aytyapti buni? Bu kishini ilmiga kim guvohlik beryapti? Abdulmaligimni hishom. Siyratimni hishomni sohidi.
U kishi ishni avvalida faqat lug'at ilmida peshqadam bo'lgan edi. Lug'at olimlari bunga guvohlik berishgan. Ma'ziyni aytadi, Imom Shofiyning zamondoshi. Shofiy biz uchun nahv ilmida hujjat edi. Grammatikasi. Arab tilini grammatikasi. Imom Shofiy shunday dedimi, demak qoida shunaqa ekan. Aqulu qovli, ha davo astag'firullohu alayhi valakum, assalomu alaykum. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah, ya rabbil a'lamin. Vassalomu alayhi vassalamu ala Sayyidina Muhammad va ala aliki va as badagi ajma'in. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Maslahat boshlig'i va alamimiz hayotini o'g'ri bo'lganyapti edik. Bugun Imom Shofiy rahmatullohi alayhi haqidagi darsimizni, muddatdagisi. O'tgan darsimizda Imom Shofiy'ni hali faqih olim sifatida emas, ya'ni shoir va tilshunos sifatlar haqida gaplashayotgan edik.
Arab tilining bilimdonlaridan bo'lgan abul mansur al asxariy aytadi, men turli yerdagi olimlar yozgan kitoblarni mutolaa qildim. Shohiyni, ularni orasida ilmi kengrog'i, tili fasohatliroq'i, xotin uchun kengroq ekanini ko'rdim. Robiya Yunus Sulaymonova. Imom Shofiy'ning shogirdi, sohibi va xodimi. U kishi Imom Shofiy mana shu arab tilida qanchalardir cho'qqiga yetganligi, qanchalardir mana shu ilmga peshqadam ekanligi ham uni quyidagi so'zni dalolat qiladi. Agar Imom Shofiy'ning chiroyli bayonini eshitganingda taajjubga tushgan bo'lardinglar. Imom Shofiy kitob yozgan. Endi mana shu yozgan kitobidagi uslubi bilan odamlarga gapirayotgandek uslubini farqini aytadi. Agar mana shu yozgan kitoblarini biz bilan munozara qilgandek, sof arab tilida, sof arabiyatida yozganida, uning fasofati va so'zlarining g'aroyibligi sababli odamlar tushunmagan bo'ladi. Lekin imom ushohid ey rahmatullohu alayhi, bu kitoblarni ommaga tushunarli bo'lishiga harakat qiladi. Ya'ni bu kishi aytyaptiki, shogirdi ahli ilmlari bilan, faxrlar bilan, ulamolar bilan o'tirgan paytda ishlatadigan so'zlarini shu uslubida kitobni ham yozganida, omma tushunmasida, bu so'zlarni go'zalligidan, g'aribligidan.
Lekin odamlarni qabul qilish oson bo'lishlik qilib, shunday bir yengil gap to'g'risida yozadi. Shuning uchun ulamolar o'zaro gaplashadiganlar bir tildan bo'lyapti. Ommaga gapirayotganlar bilan shularga mos qilib gapirishlik kerak bo'ladi. Xususan mana da'vat qilayotgan odamlarga tegishli. Rasululloh aytganlar, xotibun narsa xotira o'quli xiyin. Odamlarda aqliga qarab gapiringlar.
Imom Shofiy, birodarlar islomiy ilmlarda ensiklopediyasi bo'lgan. Ensiklopediya odamlarida. Imom Shofining shogirdi Muhammadiddin Hasan azza aytib yurganlar, arab tilining ulamolari, arab tilining olimlari bizni majlisimizga kelib o'tirishardi. Imom Shodiyev arab tilidan dars aytmas edi. Lug'atdan dars aytmasdi, fiqhdan dars aytardi. Endi arab tili bo'yicha mutaxassis bo'lgan odamlar bizni fiqhdan bo'lgan majlisimizga kela o'tirardi. Shunda ana shu kishilardan biriga dedim. Ana shu til, lug'at ilmini olimlaridan biriga aytdim. Sizlar ahli fiqh emassizlar. Nima uchun bizni majlisimizga kelib o'tirasizlar? Endi tilshunos odamni gapini qarang. Biz imomni shofiyning lug'atini eshitgani kelamiz. Nimadan dars berayotganligi muhim emas. Muhimi bu kishini arab tilida fasohat bilan gapirayotganligini eshitgani kerak. Kimlar? Tilshunoslar. Shuning uchun diniy bilimlarni o'rganmoqchi bo'lgan ukalar birinchi navbatda arab tilini mukammal suratda o'rganishligi kerak bo'ladi. Chunki mana kechagi darsimizda aytdik, Imom Shofiyning onasi bolasiga mana shu ilmlarni kalitini berdi avval. Nimani berdi? Arab tilini mukammal sur'atda o'rganish imkoniyatini berdi. Huzayl qabilasi bilan mana o'n yetti yil muloqotda bo'ldi, sof arabiy tilini o'rganishligi uchun.
Vaholanki o'zi arab. Xurashdan, Ahmadulla ham bor. Mana siz bilan biz o'qiyotgan imomlar bilan to'rtinchi sinf. Hambalik masxabali imom. Bu kishi Imom Shofiyning shogirdi bo'ladi. Qarang. Imom Shofiyning Imom Moliyni shogirdi. Imom mahmadiddin hambal, imom shofiynni shogirdi. Imom ketidan Imom, Imom ketidan Imom. Imom Shofi'iyning Imom Ahmadni sifatlab aytadi, to'rt narsada Imom Shofi'iy cho'qqiga yetdi. Lug'atda, ixtiloflarda, tafsirda, fiqhda. Mana shu to'rtta ilmda hammadan peshqadam bo'ldi o'zining zamonasida. Bizni zamonamizda mana shu ilmlarda bironta asrlar. To'rtdan biriga yetgan emasmiz.
Ehtimol sakkizdan biriga yetmagandirmiz. Ammo bularga biz hukm chiqaraveramiz shularni. Biz bu olimlarni, bu ustozlarni, bu faqihlarni, bu olimlarni ayblab yoki bo'lmasam muhokama qilib yuboramiz. Abu Halifa deydi, Buxoriydan avval yashagan. Shuning uchun Buxoriyda hamma hadislarni eshitmagan bo'lishi mumkinmi deydi. Ooo. Siz eshitsiz da. Siz o'zingiz o'qidingizmi? Xotirjam bo'linglar, ukalar. Agar Abu Hanifa Imom Buxoriydan avval yashagan bo'lsa, Abu Hanifani mazhabini davom ettirgan shogirdlari, Buxoriy to'plagan hadislarga qarab turib, mazhabga tegishli bo'lgan. Abu Hanifani maslahatini mana shu hadislarga moslab to'g'irlab bo'lgan. Ya'ni sizlar yoki biz Abu Hanifani Buxoriyda eshitmagan deb turib, aybini topib, kamchiligiga tuzashga harakat qilmaylik. Tushunarlimi?
Tilda, aqidada, tafsirda, fiqhda imoni shohid cho'qqiga yetdi deyapti. Kim? Bu ummatni eng haqiqiy to'rtta odamidan bittasi hisoblangan Ahmadulla Hamdam. Tafsirda. Hadisda, fiqhda, aqidada, Imom Shofiy nima bo'ldi? Shoqiga yetdi. Yunus Abdul A'lo bu haqida aytadi. Shofiy ay arab tilida, arab tili haqida gapirsa, mana shu odam arab tilida hammadan peshqadam der edim. Agar she'rdan so'z olsa, bu ushbu ilmda hammadan peshqadan der edim. Agar fiqhdan so'z olsa, bu ushbu ilmni hammadan peshqadam beradi dedilar. Hozirgi Ahmadulla Hamdaldur so'zini tasdiqa. Volidulloh Abiljavod aytadi, kitob yozgan kimni ko'rgan bo'lsam, uning yozgani uning nutqidan ko'ra yaxshiroq bo'lgan edi. Kim kitob yozgan bo'lsa, gaplashib ko'rdim. Uni kitobdagi nutqi og'zaki nutqidan ko'rak yaxshiroq edi. Chunki kitobni yozganingizda qaytib tuzatishingiz mumkin, so'zni almashtirishingiz mumkin deb pardozlashingiz mumkin. Ammo gapirayotgan paytda yozganidan ko'ra pastroq bo'ladi hammada.
Shuni aytyapti. Kitob yozgan kimni ko'rgan bo'lsam, uning yozgani uning nutqidan ko'ra yaxshiroq bo'lgan edi. Faqat imomushhofiyning nutq so'zlari yozgan kitobdan ko'ra yaxshiroq edi. Mana shaget aytdi yu, agar ahli ilmlarni o'rtasida ishlatadigan so'zlarini, ahli ilmlar bilan munozara qilgan paytda gapiradigan so'zlarni kitobga yozganida, avom xalq tushunmas edi buni deydi. Faqatgina Imom Shofiyning og'zaki nutqi, kitob yozgan nutqidan ko'ra afzal deb aytyapti.
Imom Shofiy rahmatullohu alayhi ilmda, lug'atda ham, fiqhda ham, she'rda ham nodir bo'lgan. Imom peshqoq odamlardan bo'lgan. Imom Shofiy o'zini she'rlarini iymonga, saxovatga, axloqqa xizmat qilishini xohlar edi. Shuning uchun u kishini she'rlari bu yoqdagi oddiy shoirlarni she'ridan farqlanadi. Shoirlar odatda bo'rttiradi yomonlarni. Ha, ranglarni xilma xilini beradi. Shuning uchun she'rni eng yaxshi, qaysi desa, ko'proq yolg'on yozilgani deyiladi.
Imomushofi o'zining she'rlarida mana shunday mubolag'ani, unaqa yolg'onlarni ishlatmagan. Imomushofiy aytar edi kim Qur'onni ta'lim olsa, uning qiymati yuksaladi. Qori ukalarimiz. Kim Qur'onni ta'lim olsa, uning qiymati yuksaladi. Chunki Allohni kalomida bu, birodarlar. Ahli Qur'on, ahli voh va xos sotuv. Qur'on ahllari Allohning ahllari va xos bandalari. Kim fiqhdan gapirsa, uning qadri ulug' bo'ladi. Kundalik muammolarimizni hal qilishlikda kimga murojaat qilamiz? Faqihlarga. Fiqh nimadan xabardor bo'lgan odamlarga. Kim hadisni yozsa, hujjati kuchayadi. Gapirayotgan gapiga hujjat keltirishing hadis bilan bo'ladi, oyat bilan bo'lardi. Kim lug'atga qarasa, arab tilini o'rgansa, tabiati noziklashadi. Imom Shofiyni shunchalik bir urug' ilm egasi bo'lishiga sabablardan bittasi, tilni mukammal bilgani bo'ldi. Kitob o'qish kerak, kitob o'qishkerak, kitob oqishkerak. Ko'p aytaman, akalar ko'ra, mana o'zimizni kiril harfidagi kitoblarni bo'lsa ham o'qiylik, agar arabiy sovg'a topimiz bo'lmasa. Umuman kitob o'qinglarda. Kitob o'qinglardan. Beshta foydasini aytyapti bir psixolog.
O'sha kitob roman bo'lsa, shu voqealarni hammasini kallangizda ushlab turasiz. Katta obyomni kontrol qilib turasiz. Kalla tushyapti shu bilan. Analiz qilasiz. O'sha qahramonni sifatlayotgan paytda yozuvchi, ko'z oldingizdan tasavvur qilasiz, fantaziyangiz kuchayadi. Beshta narsani aytyapti, xotira kuchayadi, fikrlash, analitika kuchayadi deyapti. Sizlarni qo'linglagan telefonda, sizlar o'ynayotgan o'yinni tushunilsa bormi?
Kim hisobga qarasa, rost gap, fikr o'tkir bo'ladi. Matematika bilan shug'ullansa, fikrlashi tez bo'ladi. Kim o'zining nafsini saqlamasa, uning bu ilmlari unga foyda bermaydi. Gunoh maqsadiyatdan, badxulqlikdan, axloqsizlikdan o'zini ehtiyot qilmasa, bu ilmlar unga foyda qilmaydi. Chunki hadisni bilsin. Qur'oni ahli bo'lsin, fiqhdan xabari bo'lsin, arab tilini bilsin, matematikani bilsin, axloqi buzuq bo'lsa bu odamni ilmi foyda qiladi. Xulqiga qarab turlar odamlarchilikni surib qo'yadi.
Imom Shofiy arab tilida shunday bir mohir kishi edi. Arab tilini bilimdoni edi. Mana Imomni moligini oldiga shogird bo'lib kelganligi hissasini o'tgan darsimizda aytdik. Makka Navoiy sizdan maktubini berdi, Imom olgani achchig'i kelib bir qilib oldi. Nima endi, Rasulullohni ilmini olgani ham ortga boshlash kerakmi? Hech kim hech narsa yonida turib qoldi, Imomni haybati bosib, achchig'i keganidan. Shunda Imomni shohiga oldiga chiqdi, chiroyli so'zlarni gapirdi. Imom Molik qabul qildi. Shunda aytdiki, ertaga ekan, senga kitobni o'qib beradigan odam ham birga keladi. Ya'ni kitobni o'quv beradi, Imomni tushuntirib beradi, shu bilan dars bo'ladi talabalarga. Imom shohid aytadi, men o'zim o'qib beraman dedim. Ertasi, Imomni majlisiga ertaroq keldim. Kitob qo'limda turib, uni yoddan o'qidim. Men aytdik, o'nga kirmasdan Imom Molikni muvoaddosini yodlab olgan edi.
Ustozimga malol keladigan darajada cho'zilib ketmasin deb, to'xtatmoqchi bo'lsam, meni o'qishimdagi mohirligimni, naqdga, ya'ni qoidalarga rioya qilayotganligimni, talaffuzimni chiroyliligidan ustozim, ey yigit, davom ettir derdi. Shunday qilib, bir necha qisqagina kunlarda muo'taqoni ustozimga o'tkazib bo'ldim deydi. Ya'ni o'qishdagi va e'lonlarning, mohir, e'lonlarning talaffuz qilishda, e'lonlarda mohirligidan. Imom Shohid Fuzxoda shunaqa gapirdi, Imom Molik to'xtatma, gapiraver dedi.
Shuning uchun akalar, diniy bilimni o'rganaman degan odam, birinchi navbatda arab tilini maqomiga tezib, ma'romiga tezib o'rganishlik kerak bo'ladi. Aquli qobil, ha, va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ibn barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillohir robbilen ilmiy. Vassalatu vassalama ala saidina Muhammadin va ala alixiy va ashabihiy ajma'in. Ammavard, assalomu alayhum va rahmatulloh ibn barakatu.
Imom Shofiy rahmatulloh alih ikkita madrasadan ta'lim oldi. Abu Hanifaning ahli ro'y madrasasidan hamda Imomu Molikning asar va hadis madrasasidan. Muhammad Abuzohiroq Imom Shofiy haqida aytadiki, Imom Shofiy ahli ro'y fiqhini va ahli hadis fiqhini ham teng miqdorda o'zida jamlagan edi. Ya'ni Imomu Molik faqatgina shu asarlar, hadislardan kelib chiqib turib hukumatgan bo'lsa, Imom Bahodirov rahmatullohu alayhi as'ar va hadisdan ham foydalanadi, ya'ni o'zini rayini, fikrini hamaytar edi.
Imom Shofiy mana shu ikkita mashhur madrasani o'rtasida edi. Ya'ni, yana bunga lug'atda, she'rdagi fasoxatini, odobini qo'sha oladigan bo'lsak, haqiqatda islom tarixidagi eng ko'zga ko'ringan kishilardan bittasi siz bilan bizga siymosi gavdalanadi. Abu Hanifadan va Imom Oliydan keyin yashagan. Imomu Molikni shogirdi bo'lgan Imom Shofiy haqida suhbatimizni davom etkazamiz. Imom Shofiyni ismi odamlar orasida mashhur bo'ldi, hurmati ziyoda bo'ldi, shogirdlari ko'paydi. Mana shu to'rala mazhabni bittasi, to'rtinchisi, Hambali mazhabini ustozi bo'lgan Imomi Ahmadinda Hambal Imom Shofiyning shogirdi edi. U kishi aytar edi, sittatun adulahum saharon, ash shofiye va ahaduhum. Har saharda, har tongda olti kishini haqqiga duo qilaman. Imom Shofiye ana shulardan bittasi der edi. Imom Shofiya haqqiga ko'p duo qilganini ko'rib, Ahmadimda Hanbalni o'g'li so'radi. Shofiye kim o'zi? Endi ahmadimda hanbarni shofiyega bergan bahosini ko'ring. Shofiyeye, rahmatulloh, dunyo uchun quyosh kabi. Odam uchun ofiyat, sog'liq kabi. Qaragin, mana shu ikki narsa uchun o'rinbosar evaz bormi?
Dunyo uchun qanchalar zarur quyosh. Dunyo uchun quyosh qanchalar zarur. Inson uchun sog'liq qanchalar zarur bo'lsa, odamlarga imom ush opa shunchalik kerak beradi. Bu to'g'ri kelgan odamni guvohligi emas. Ahmadimda hambal rahmatullo alayhni bilgan guvohligi edi. Ibn xullukan aytadi. Ahli hadis, ahli fiqh, ahli lug'at, ahli nahu va boshqa ilm egalaridan iborat bir jamoa ulamolar guvohlik berishdi. Nimaga guvohlik berishi? Imom Shofiyning ishonchli, omonatdor, adolatli, zohid, taqvodor, nafsiy iffatli, siyrati go'zal, qadri baland va saxovatli ekaniga. Bitta emas, mana shu ilmlarni egalari bo'lgan, shayxlari bo'lgan, ustozlari bo'lgankishlardan bir jamoa imom shofiy mana shunday deb maqtab aytib turibdi.
Ibn Hanbal aytadi, Imom Shofiy bilan uchrashmagunimcha, nosiy hadis bilan mansuh hadisni bilmasdim. Mana shu ikkala hadisni bilmadim. Bir hadis bor, Islomda avval aytilgan. Keyinroq Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir aytgan boshqa hadisni, avvalgi hadisni mansub qilgan, ya'ni uni hukmini bekor qilgan. Mana shu ilmni deydi, Imom Ahmadimda ham bal, Imom Shofiyda o'rgandim deydi.
Imom Shofiyning shogirdi Robiya ibn Sulaymon aytadi. Imom Shofai xalqada o'tirar ekan dars berib, uni yoniga ahli Qur'on kelar edi. Ular savollarni so'rab, o'rganadiganini o'rganib bo'lgandan keyin turib ketishar edi. Kun chiqqandan keyin. Ya'ni bomdoddan keyin dars boshlanadi. Kun ko'tarilgandan keyin birinchi jamoa ketdi. Ulardan keyin ahli hadis kelishar edi. Ular imomim shofiydan hadislarni ma'nolari va tafsilari haqida so'rashar edi. U ham turib ketar edi. Undan keyin munozara va fikr majlisi bo'lar edi. Halkim o'zini fikrini atish, tortishish, hujjat dalil keltirish, zug'or vaqti chiqqanidan keyin esa, bular ketgandan keyin arab tili, nahl ilmi va she'r egalari kelishar edi. Kunni yarmigacha mana shunday davom etardi imom shohiyni majlisi. Ya'ni islomiy ilmlarni ensiklopediyasi bo'lyapti, qaranglar. Bunaqa ilm abdulloh ibn abbosda bo'lgan edi roziyallohu anhun. Bir kun peshingacha tafsirdan dars bersa, ertasi kuni hadisdan haftani yetti kuni bo'lsa, yetti kun, yetti xil ilmdan dars berar edi. Biz kimlar haqida gapirayotganligimizni bir eshitib qo'yaylik. Bir bilib qo'yalaylik. Muhammadiddin Abdulhakim aytadi, Imom Shofiydek kishini ko'rganmasman. Hadis egalari uni yoniga kelib, undan hadis ilmini nozik joylardan so'rashar edi.
Imom Shofiy ularni ular bilmagan, hadisning nozik ilmlaridan, sirlardan xabardor qilar edi. Ular turib ketarkan, hammalari hayron qolardagi muammolikni ilm darajasiga. Hattoki, fixda Imom Shofiyga muxolif bo'lgan kishilar ham mana shu fiqh ilmidan majlisidan turayotib, Imom moligini fiqhdagi bilimiga tan bermay iloji bo'lmasin.
Odob egalari, she'r egalari kelishardi da, ayrim she'rlarni o'qib berishar edi. Tushunmagan joylari bo'lsa, Imom Shofiy she'rni tushuntirib berar edi, ma'nolarni ularga tafsir qilib berar edi. Imom Shofiy Xuzayl qabilasini o'n ming bayt she'rini e'roblari, ma'nolarini yodlagan edi. O'n ming payt.
Imom Shofiy tarix ilmida ham odamlarning eng bilimdoni bo'lgan edi. Bularni barini siri nima deydi? Allohga bo'lgan ixlosi deydi. Humaydiy aytadi biz as xobir royga raddiya bildirmoqchi bo'lar edik, ya'ni bular asar va hadis maktabini vakillari, imom abu hanifani maktabi aytdik mana ro'y, fikr, ro'y maktabi. Ro'y maktab kishilariga raddiya bildirmoqchi bo'lar edik, lekin uddasini o'ta olmas edik. To shofiy bizga kelib qo'shilmagunicha. Aytdik, mana ikkita fiqh maktabi. As xobir ro'y, as xobul asar va hadis. Lekin as xobir ro'm ham imom shofiyda bizdan deb bilishar edi. Ashabul hadis ham imom Shofiy bizdan deb bilishardi. Aytdiki, ikkala maktabda teng o'zida jamlagan edi deb. Bu juda ham bir nodir ko'rinish edi.
Endi imom Shofiyda mana shunday fasohati, balog'ati, ilmiga yana juda ham chiroyli bo'lgan ovozini qo'shib qo'ying. Imom Shofiy Qur'on o'qiganda odamlar o'tirib yig'lashar edi. Imomush Shofiyni zamondoshlaridan biri aytadi, qachon yig'lagimiz kelsa, bir birimizga aytardi, yuringlar, Ono Muttoalli bi yigitni oldiga, bizga Qur'on o'qib beradi. Odamlar kelib, so'ralar edi, u Qur'oni o'qir edi. Uning yoniga kelar edik, u Qur'oni ochib o'qir ekan, odamlar uning yonida yig'larni qattiqligidan yiqilib qolishar edi. Imomush Shofiyingning ovozini go'zalligidan kishilarning yig'i ovozlari ko'payib ketar edi, buni ko'rib qirotini to'xtatar edi.
Imom Shofiyning taqvosiga dalolat qiladigan guvohlikka quloq tutamiz. Makka shayxlarida aytishadiki, Imom Shofiy yoshlik paytida mana Makkada o'tirib ta'lim olgan edi. Ular aytishadi. Imom Shofiy, yoshlik vaqtida sag'iyra gunohlarni qilganda ham eslolmaymiz deyishadi. U gunoh, sag'iyra hammada bor. Bu yerda beayb paravotga bor, odam bolasi borki xato qiladi. Ammo mana shu shayxlar Imom Shofiyning kichkinalik paytida ham mayda gunohni qilganini ham hech ham eslolmaymiz deydi. Shuning uchun ustozim vakiyaga xotirasi xiralashib qolganda shikoyat qilsa, ustozim vakiy menga gunohlarni qilmaslikka meni dalolat qildi va aytdiki, ilm Allohnin nuri orsi qalbga kirmaydi dedi. U haligi bitta o'qib yodlaydigan odam ikki marta o'qib yotlaganda xotinim aynib qoldi degan ekan. Bizga ukalar ilm yuqmayotgani, kallamizda turmayotganligini sababi mana shu gunohlar. Bu kishi mana yoshligidan mana shu gunohlardan taqovo qilgan inson bo'lgan edi. Bozor aytadi otamdan eshitganman. Otam Ahmadimni Hambal bilan birga haj qildi. Otam aytadi, bir manzilga to'xtadik. Ahmadimni Hambal chiqib ketdi. Ya'ni bir joyga to'xtashdi, sahar chiqib ketdi, orqasidan men chiqdim.
Bomdod namozini o'qib bo'lgandan keyin masjidni aylandim. Ahmadimni Hambalini istab. Sufyonimni Uya'inani halqasiga kelib qoldim. Bu Sufyonimni Uya'na Abu Hanifa imomun moliyalarni darajasidagi olim bo'lgan, faqih bo'lgan. O'shani majlisda o'tiribdimikin desam, uni majlisda yo'q ekan. Masjidni qidirib qidirib, bir a'robiy yosh yigitni majlisda o'qirganligini ko'rdim. Ahmadimni hambalidan. U yigitni ustida a'robiylarning kiyimi, sochlari o'sgan. Majlisga kirdim, ahmadimni hammalni yoniga borib o'tirdim. Keyin sekin o'ziga, yo Abdulloh, zuhriydan, amrubni dinordan, ziyoddan, boshqa tobenlardan hadis rivoyat qiladigan uya'inani tark qilib, mana shu a'robiy yigitni oldida o'tiribsizmi dedim. Shunda ahmadimni hammali menga jim bo'ldi. Agar mana shu yigitni ishi sendan o'tib ketsa, shu yigitning ilmidan bexabar qolib qolsang, qiyomatgacha o'sha narsani topolmaysan deb qo'rqaman. Allohning kitobida mana shu qorayishli yigitdan ko'ra bilimliroq boshqa kishilik ko'rmadim. Kimni guvohligi bu? Ahmadimni ham bandi. To'rtinchi maqsadni imomini. Men bu kim deb so'raganimda, u muhammad ibn idris ash shohiy dedi.
Abu Sa'ur aytadi. Bu kishi to'liq ism ibrohim imduxorid al kalbi bag'dodli urf faqihlardan bo'lgan, imom muhammadning asxoblaridan, keyin imomi shofiy bilan tanishgandan keyin, avval hanafiy mazhabida bo'lgan, keyin imomi shofiyning fiqhini o'rgandan keyin shofiy mazhabiga o'tgan edi. Abu Sa'ur aytadi, o'zining ilmida, fasohatida, ma'rifatida, sabotida, qobiliyatida Muhammad ibn Idrisga teng keladigan biror kishini ko'rgan emasman. Kim muhammadimni idrisga teng kishini ko'rganman zamonida desa, taqiq yolg'on gapiribdi. Muhammadimni izris o'z zamonasidagi tengsiz inson edi. U vafot etgandan keyin ham unga o'xshashini topa olmadi odamlar dedi.
Bir kuni so'rashdi mana shu Abu Sa'urdan. Imomi Shofiy faqihroqmi? Keyingi ustozingiz. Yoki muhammadimni hasanmi? Avvalgi ustozingiz. Endi ustoziga bo'lgan muhabbatidan, ustoziga bo'lgan g'ayrligidan nima dedi? Javobni kuttirmadi. Tezda javob berib aytdiki, imom shofiy muhammad ibn hasandan ham, abu yusufdan ham, abu hanifadan ham, hammoddan ham, ibrohimdan ham, alqamadan ham, hammasidan faqihroq dedi. Albatta endi o'zini ustoziga bo'g'gan muhabbatidan aytdi buni, mubolag'a bor, lekin bu so'zlari asossizmas edi. Imom Shofiy rahmatullohi haqida.
Imom Shofiy mana shuncha ilm egasi bo'lib turib yana juda bir tez fikr qiladigan, fikri tiniq, bahs munozar qilishlikda ham mohir edi. Mana ana shu ilmi, ana shu tez fikrlashi juda katta bir mushkuladan chiqib ketishligiga sabab bo'ldi. Hattoki tirik qolishiga sabab bo'lgan. U qissa quyidagicha.
Abbosinglardan Imom Shofiyga ham aziyat yetdi. Imomushofiy yamanga borganida, yamandagi abbosinglarning volisi bilan o'rtada bir nizo paydo bo'lib qoldi. Bu voli, Yamanni volisi, odamlarga zulm qilar edi. Imomushofiy borib turib betiga aytar edi. Shuning uchun o'rtada ozgina sovuqchilik bor edi. Endi, Alaviylarni Abbosinglar xalifaligiga, Abbosinglarni davlatiga qarshi ishlari zohir bo'lganidan keyin, Imomushofiyni ana shu fitna qo'zayotganlar, ana shu qarshi chiqqanlar bilan qamab qo'ydi. Imomushofiyniy mutto'g'li urug'idan, endi Ali ibn Abit olim ham mana shu baribir mutto'g'likdan, shularni urug'idan bo'lgandan keyin shularni bittasi degan gumon bilan qamab quydi. To'qqizta odam ushlangan edi mana shu gumon bilan. Endi o'ninchisi qilib Imomushofi ushlandi. Xalifa Horun Rashidni oldiga Bag'dodga mana shu o'nta kishi yuborildi. Horun Rashid ana shu uni davlatiga qarshilik qilayotgan o'nta odamni endi o'zi o'tirib, so'roqqa tutdi. Endi mana shu majlisda muhammad umid hasan ash shayboniy ham bor edi. Imomush g'ofiyni bir paytlar o'qitgan ustozi. Muhammad Umidhasan Horun Rashidni qozisi.
Ushlanganlar bitta bitta so'roq qilindi, bitta bitta kallasi olindi. Endi bunaqa holatga tushib qolgan odam tili kalimaga kelmay qoladi. Fikr qilishlikka kallasi ishlamay qoladi. Xavotir, o'zi bilan kelgan odamni shunday so'rab so'rab da, shap kallasini olyapti o'sha yerda turgisi bilan. Imom Shofiy bilan yana bitta odam qoldi. Gumon qilingan odamlardan bitta qoldi. Haligi Imom Shofiydan avval qolgan odam yosh yigit edi. Horun ar roshiyd, xalifa unga qarab turib, meni xalifalikka yaramaydi deb, bizga qarshi chiqqan senmisan dedi. Haligi alavi yigit aytdi, bunday deb da'vo qilmayman, bunday gapni aytmayman ham dedi. Horun ar-Roshiy buni dalilini, yo'qligini ko'rib turib, bo'yniga qilib tushuringlar dedi. Haligi yigit o'ldirilishim aniq bo'lsa, ozgina muhlat beringlar, sabr qilinglar. Madinada qolgan qari onamga bir maktub yozib yuboring. Chunki meni bu ishimdan bexabar edi dedi. Horun ar-Roshiyni ishora qildi, kallasi yelkasidan tushdi. Bitta imomiy Shofiy qoldi. Endi faraz qiling, u bilan kelgan to'qqizta odam hammasi chopildi, hatto xat yozishniki muhlat bermasdan kallasini olyapti. Mana imomiy Shofii qanday yo'l tutdi shu yerda?
Xalifani qozisi Muhammad Umid Hasan, imomiy Shofini ustozi, mana shu yerda bo'layotgan narsani kuzatib turardi. Horna Rashid imomiy Shofiga qarab turib, tanimayapti. Meni xalifalikka yaramaydi deb, bizga qarshi chiqqansenmisan dedi. Ha, yo'q deyishga shart, challasini olib tashlayapti. Mana shunday bir qo'rqinchli vaziyatda ham o'zini yo'qotmasdan aytdiki, ey Amirul Mu'min in, shoshilmang turing. Albatta siz chaqirguvchisiz, men chaqirilgan odamman. Ya'ni siz chaqirdingiz, men keldim. Siz meni ustimda qilmoqchi bo'lgan ishingizga qodirsiz, ammo men o'zim xohlagan ishga qodirmasman.
O'z iningiz bo'lgan kishi haqida nima deysiz dedi. O'zingizga urug' bo'lgan odam haqida nima deysiz? Nima deganingiz bu, dedi xalifa? Shofiy aytdi: Amirul mo'minin, siz Abbosning zo'riyotlaridansiz. Biz esa Banu Mutto'libmiz. Sizlarning iningizmiz. Ya'ni bitta urug'danmiz. Ey Amirul mo'minin, men Banu Mutto'libdanman. Abdumannof ibn Husaynni kelib urug'idanman. Yana o'xshuv bilan birga menda ilm va fiqh bor. Hozir buni biladi deb. Kim biladi? Muhammad Umid Hasan. Men Muhammad Umid Idris, Ibn Abbos, Ibn Usmon, Ibn Shofi, Ibn Sa'ib, Ibn Ubayt, Ibn Abduyazid, Ibn Hoshim, Ibn Mutto'lif, Ibn Abdumannopman, dedi. Ya'ni sizni urug'ingiz nima, men dedi? Xalifa, sen Muhammad Umid izlomisan, dedi. Atini eshitgan, lekin ko'rmagan edi. Sen Muhammad Ibn Idrismisan, dedi. Imom Shofiy ha, dedi. Xalifa hozir bu haqida menga gapirgani yo'q u deb turib, hozirga qaradi. Ey Muhammad, bu kishi nima deyapti, dedi. To'g'ri aytyapti, dedi. Bu kishida mana shunday bir ulkan ilm bor, dedi. Va unga nisbat qilinayotgan narsadan bu kishi pok, dedi. Tuhmat bu dedi.
Shunda xalifani g'azabi biroz pasaydi. Shofiyni tanigandan keyin, olim ekanligini tushungandan keyin, ikrom ko'rsatdi. Keyin imomni, imom Shofiyni ilmini sinamoqchi bo'ldi. Xalifa so'radi: ey Ibn Idris, Qur'ondan ilmingiz qanday? Biz nimani tushunamiz, qancha yodlagansiz deganini tushunamiz da. Javobni qarang.
Qur'onni qaysi ilmidan so'rayapsiz? Yod olganim haqidami? Taqiq uni yodlaganman, anglab yetganman. U Qur'on xuddi meni yonimda turganday turibdi hozir menda dedi. Uning fiqhini, boshlanishini, nosixini, mansuxini, tungusini, kunduzgisini, vahshisini, insisini, unda xitob qilingan omini, xosini, om xitobda qasd qilingan xosini bilaman dedi.
Shu ilmlardan xabarimiz bormi bizni? Bu yerda xalifa eshitmagan ilmi haqida gapirib berdi. Horun dedi, ey Ibn Idris, taqiq, ulkan ilmni bilibsiz dedi. Keyin yana so'radi. Endi bilmasa kerak deb so'radi. Yulduzlar ilmida nimani bilasiz dedi. Imom Shofi aytdi, men uni bahrisini, barrisini, saxli va jabalisini, faylahini, musbihini va unda nimani bilish kerak bo'lsa, hammasini bilaman dedi. Horunni hayrati yana oshdi. Ya'ni buncha narsani bir insonda to'planishiga haqiqatdan insonni hayratga soladigan holat edi. Xalifa so'radi nasablar haqida nima bilasiz? Ya'ni arablarni nasablari haqida.
Ey Amirul Mo'min, men oddiy la'im kishilarni ham nasabini bilaman, sharif, kirom kishilarni hammasini bilaman. O'zimni ham nasabimni bilaman, sizni ham nasabingizni bilaman dedi. Harun Rashid, taqiq, ulkan ilmni gapiryapsiz dedi. Keyin, dedi, xalifaga qiladigan biror bir mavizangiz bormi? Imom shofiy tovus al yomaniyni mavizalarini yod bilar edi. Mana shulardan bir qanchasini aytib berdi. Xalifa u mavizani eshitib yig'ladi.
O'zini yonida turgan bu kishi oddiy inson emasligi, hatto oddiy olim emasligini tushundi. Ikrom ko'rsatdi, hurmat qildi, ellik ming dirham pul berishni amr qildi. Ellik ming dirhhamda berdi. O'zi bilan kelgan to'qqiz kishi kallasi olindi. Imom shu ofiyga navbat keldi. Tiliga kalima kelmasdan, kallasiga bir fikr kelmasdan, qattiq qolmasdan, mana shunday bir xatarli holatda ham imom shu ofiya o'zini yo'qotmadi. Shunday qilib, Imom Shofi o'zini ilmi bilan, fasohati balog'ati bilan mana shunday bir xatarli o'rindan chiqib ketishlikka muvaffaq bo'ldi. Xalifani bergan ellik mingdir hamini eshikka chiqdi da, mana shu saroyda xizmatchilarni hammasiga tarqatib, o'zini maskaniya qarab ketdi.
Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah, herob bilan a'lamin, vassalatu vassalam ala shirofil mursalin va ala alixi voshabihi ajma'in. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Masxabosh imomlarimizni hayotini o'qib o'rganayotgan edik. Imomushshofi hayotini o'qiapmiz. Mana kecha Xalifa Horun ar Rashidni huzuridan Imomushshofi o'zining ilmi bilan, fasog'ati, balog'ati bilan qutilib chiqib ketganligini ko'rgan bo'ldik. Qutilib chiqib ketar ekan, Xalifonga o'n ming dirham pulni berishlikni buyurdi. Imom Shofi oldi, chiqib ketayotgan ish etadi, hammasini tarqatib ketdi. Ya'ni bu bilan o'zini iffatini, izzat nafsini baland tutgan bo'ldi. Imom Shofi aytadi, Xalifaning huzuridan chiqqanidan keyin, manzilimga yetib keldim va Muhammadimni Hasan ash Shayboniyni kotibiga yuz dinor pul jo'natdim. Ya'ni Muhammadiddin Hasan Imom Abaxoniy fani katta shogirdlaridan hisoblanadi va Abaxoniy fan ko'p kitoblarni ta'lif qilgan. Shu odamni kitoblarini ko'chirib, nusxa qiladigan kotibiga yuz dengor pul chiqardim. Kechasi bilan menga Muhammadiddin Hassanni kitoblaridan nusxa ko'chirib berishini so'raldi. Nusxa ko'cherib berishdi va Hanafiy mazhabiga tegishli bo'lgan mana kitoblarni fiqhda o'qib, o'rgandi.
Mana muhammadiddin hasan ash shayboniy imom shofiyning ustozlaridan bo'lgandi deb aytdik. Imom Shofiy ham Moliyaga mazhabini maktabidan dars olgan edi, ham Hanafiy mazhabidan dars olgan endi. Imom Shofiya rahmatullo alik. U kishi ilm xazinasi edi. Qayerga borib turmasin, qayerda dars aytmasin, majlisiga odamlar sig'may ketar edi. Makkada Majlisul Haromda xalqada o'tirib dars berar ekan, mana shu vaqtni o'zida u kishini ustozlaridan bo'lgan Sufiyonovni uyanani ham shu masjidni bir chekkasida dars halqasi bo'lar edi. Imomushofiyni halqasiga kelib o'tirayotganlar shunaqa ko'payib ketganligidan, Sufiyonovni uyaynani halqasigacha yetib borardi o'tirganlarni safi. Vaholanki ikkala shayxni orasidagi masofa kichkina masala. Xatib bog'dodiy aytadi, imomushofiye bag'dodga kelgan paytda bag'doddagi jome masjidida ellikta xalqqa boradi. Ya'ni ellikta shayx dars artardi, ellikta xalquqqa boradi . Imom Shofi'iy ana shu xalqalarni, shayxlarini birma bir ziyorat qildi. Ular bilan o'tirib bahs qildi. Agar ular o'zlarini rayini biror bir olimni gapi bilan quvvatlagan bo'lsa, Imom Shofi'iy o'zini rayini hadis bilan quvvatlar edi va ular endi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni so'ziga biror narsani qarshi qo'ya olmas edi, taslim bo'lishardi.
Bag'dodiy aytadi, shunday qilib, Bag'dod jomeyasida Imom Shofi'yni halqasidan boshqa halqa qolmadi. Mana shu ellikta shayxni halqasida o'tirgan kishilarni hammasi Imom Shofi'yni halqasida otirib darsini ishlaydigan bo'ldi. U kishini Qur'oni va sunnatdagi bilimi sababli. Hadisni Imom Shofi'iy Sufiyondan, Imom Molikdan o'rgangan edi. Hadisda bu kishi mislsiz, tengsiz bir olim edi. Shuning uchun Bag'dod ulamolari uni Nosirul hadis deb laqablashgan edi.
Imom Shofi'iy aytgan edi, agar meni oldimda sahih hadis turgan bo'lib, uni olmagan bo'lsam, guvoh bo'linglar, meni aqlim ketib qolibdi. Ya'ni sahih hadis turgan paytda men olmasligim mumkin emas. Sahih hadisni ko'rib olmagan bo'lsam, demak meni esim ketib qolibdi, guvoh bo'linglar dedi. Ikki bor ulamolar imom shofi bilan bahs qilar edi va u kishini ulkan ilmini ko'rganidan keyin o'zini mazhabini almashtirib, shofi mazhabiga o'tar edi. Mana Abu Sa'ur rahmatulloh alayh Hanafiy mazhabida bo'lgan. Imomushofiyni qo'lida ta'lim olib, dars olganidan keyin shofiy mazhabiga o'tgan edi. Mana shu abu sa'ur imomushofiyingni sinamoqchi bo'lib, bir masalada qo'polroq savol berdi. Ya'ni dag'arroq muomala qildi. Imomushofiy mana shu kishiga ilm berishdan avval odob berdi. Aytdiki, yo Abu Abdulla, al inas qobla ibsas. Bu nima degani dedi? Ya'ni Abu Sa'ur faqihlardan, olimlardan, mana shunday bir ilmli odam Imom Shofi'iyning ikki qator gapini tushuna olmadi. Nima uchun? Imom Shofiy tilga juda ham boy odam edi. Arab tilidagi fasoxat balog'at egasi bo'lgan kishida edi.
Al inas qobla ibisas. Abu Sa'ur tushunmadi. Shunda Imom Shofiy o'zi javob berdi. Al inas bu tuyani sog'ishlikdan oldin yerini silab silab tayyorlashlik dedi. Al ibn sas tuyani sog'ish dedi. Nima degani bu? Tuyani sog'ishdan avval o'sha sog'ishga tayyorlab, silab, sal yupatib, yuvoshib turib sog'ishlik dedi. Bu degani savol so'rayotgan paytingda ana shu sen so'rayotgan odamga bir muloyim gapir, chiroyli muqaddimani taqdir qil, qadrini bayon qil, minnatdorchilik bildir, keyin so'ra. Ey domla, muammo bo'ladi emas.
Imom Shofiy o'zini shogirdlariga odobdan ta'lim berar edi, ilm o'rganishlikdan avval. Xususan aytar edi, odamlar bilan muomalasida ko'proq u kishini nasihatlari she'r ko'rinishida bo'lardi. Baytlar o'qib berar edi. Ana shu baytlardan bittasini bir ma'nolarni o'qib beraman. Imom Shofi aytar edi. Agar bir kishi senga takalluf yuzasidan muomala qilayotgan bo'lsa, ya'ni yaxshi ko'rganidan, senga nisbatan qalbi sof bo'lganligidan emas, takalluf uchun, sendan bir foyda ko'rishlik uchun, senddan bir ta'min qilganlik uchun, uni tark qilgin va taassuf chekma. Chunki odamlar orasida bunday kishilarni o'rinbosarlari albatta bor bo'ladi. Bundalardan uzoq bo'lishlik sen uchun rohat bo'ladi. Habib bo'lgan kishiga nisbatan, biz yaxshi ko'rgan kishiga nusbatan, garchi u bizga qo'pollik qilsa ham, bizni qalbimizda sabr bor.
Sen yaxshi ko'igan hamma inson ham seni yaxshi ko'lmasligi mumkin. Unga nisbatan qalbing sof bo'lsa ham, uni qalbi senga nisbatan sof bo'lmasligi ham mumkin. Ya'ni mana shunday narsaga tayyor tur deyapti Imom Shofiy. Sen yaxshi ko'rganki odam seni yaxshi ko'ra olmasligi mumkin. Seni qalbing sof unga nisbatan, lekin uniki sof bo'lmasligi mumkin. O'shaning uchun Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisini shu yerda aytib o'tamiz. Bir odamni yengilroq yaxshi ko'rigin, ehtimol bir kun yomon ko'rib qolishing bor. Bir odamni yangilroq yomon ko'rigin, bir kun nima bo'lib qolishi bor, yaxshi ko'rib qolishiging bor.
Imom Shofiy ulkan ilm, hikmat, aql egasi ekanligiga ulamolar guvohli berishgan edi. U zotni qo'llab quvvatlaydigan kishilar ham, u zotga muxolif bo'lgan kishilar ham. Husayn ibn Muhammad azza afaroniy. Bu kishi aytadi, motazililarni olimlaridan bo'lgan beshrul milisini majlislarida hozir bo'lar edik, u bilan bahs qilar edik. Uni yenga olmasdik. Ya'ni ilmli odam edi, notazilalar bu ahli sunnaval jamoada, jamoa aqidasidan chiqqan, adashgan firqalardan. Ilmi bor bunda. U bilan bahs qilib, munozara qilishlikka qodir bo'lmas edik. Ularning mujodalaga va bahsga mohirligidan ular bilan hatto kibor olimlar ham bahs qilisha olmas edi. Ahmadimda hamma huzuriga kirdik deydi. Husayniddin Muhammad. Unga ustozida endi Ahmadimda Hanbaldan so'rayapti, Abu Hanifani javu me'us sag'ir kitobidan yodlashimizga ruxsat bering. Nima uchun? Imom Abu Hanifani manhaji hadisdan ko'ra ko'proq aql va mantiqqa suyangan edi. Shuning uchun Abu Hanifani mantig'ini o'qib o'rganaylik da, onamni mo'tazillari bilan bahs qilaylik.
Ahmadimda Hanbol ularga sabr qilib turinglar. Yaqinda sizlarni oldinglarga Mut tolibiy yigit keladi. Men uni Makkada ko'rdim. Ya'ni Makkada ko'rdim, kelishidan xabarim bor. Mut tolibiy yigiti Imomushofiy. Husayniddin Muhammad aytadi, Imomushofiy keldi. Uni oldiga bordik, kitoblardan so'radik. U o'zini al yamin ma ash shahid kitobini berdi. Kitobini oldim, ichki kechada o'qib o'rgandim.
Ikkigacha o'qib o'rgandim, keyin vishryul miriysiyni majlisiga bordim. Uni oldida odamlar o'tirgan edi. Odamlarda safini yorib o'tib, oldiga bordim. U meni ko'rib turib, ey sohiba hadis, nima ekan deysiz dedi. Bir masxara qilgandek. Men bunday so'zlarni qo'y. Bitta guvoh bilan qasamni bekor qilishni dalili nima dedim? U javob berishni boshladi. Nima deb javob bersa, men Imom Shohiyni kitobidan o'qigan narsam bilan javob qaytaraverdim. Munozara qildim, savol beraverdim, yengib qo'ydim. Bironta ham hujjat keltira olmay qoldi. Shunda boyagi mo'tazili olim aytdiki, bishr al mirisi, bu dedi, sizlarni qopinglardagi narsa emas bu. Ya'ni sizlar ahli hadislardagi bor ilm emas bu dedi. Bilyapti qayerdan kelayotganini shabadani. Bu sizlarni qopilardagi narsa emas. Bular men Makkada ko'rgan yigitni so'zlaridan dedi. Unda o'sha yigitda dunyodagi odamlarni yarmini aqlichalik aql bor dedi.
Kim guvohlik beryapti u kishini ahliga? Imomushofiyga muxolif bo'lgan mo'tazilaning olimi. Uni aqli dunyodagi yarim odamlarni aqlichaligi keladi. Imom Shofiy Misrni ziyorat qilishini xohladi. Undagi Fustot shahri ilm shahri edi. Ana shu shahardagi ulug' imomlardan, ulug' faxihlardan Lays ibn Sadr rahmatullohu alayhi vaqtida bu vaqtda u kishi vafot etgan edi. Misrda bilasizlar mana Imom Moliqning mazhabi yoyilgan edi. Mana shu Misrga bormoqchi bo'lganligini Imom Shofiy bayt qilib yozgan, mazmuni qo'yligicha. Nafsim Misrga borishni xohladi. Bilmadim, yutuq va boylikni deb nafsim u yerda xohlayaptimi yoki qabrni debmi? Ko'nglim Misrga borishini xohlayapti, tushunmadim, bilmadim nimaga. Bir boylik bormi, yo bir muvaffaqiyat bormi, yoki qabr bormi? Subhanalloh, Imom Shofiy Misrga bordi, shuhrat qozondi. Yutuqqa ham erishdi. Boylikka ham ega oldi, qabrni ham topdi. Mana shu joyda vafot etdi. Yuz to'qson to'qqizinchi yil hijriy yilda bordi, besh yil shu yerda Imom Shofiy turgan bo'ldi. Ishni boshida misrliklar Imom Shofiyni tanishmadi.
Qadrini bilishmadi. Endi ayrim kishilar kelib, o'zingizni tanitmaysizmi, she'rlaringizni aytmaysizmi, fasohatingizni, balog'atingizni ko'rsatib, bir tanilmaysizmi dedi. Mashhurlikni taklif qilishdi. O'zingizni taniqmaysizmi desa, Imom Shofiy juda qattiq javob berdi. Sher bayt qilib javob berdi. Ana shu baytini ma'nosi, mashhurlikni quvgan odam aql yo'q odam deb javob berdi . Keyin ularga baytlar bilan javob berdi ma'nosi. Du ruh gavharlarni qo'y qo'zilar orasiga sochaymi? Terilgan chiroyli so'zlarimni farqiga bormaydigan, qadrlamaydigan savodsizlarga aytaymi? Umrimga qasam, agar eng yomon yerlarda zoyi bo'lib ketsa ham mayli, ammo ularning orasida ulug' so'zlarimni zoyi qilmayman. Agar Allohning fazli bilan ilm va fazilat egasi bo'lgan kishilarni topsam, ularga bilganimni o'rgataman va ularning suhbatidan bahramand bo'laman. Bilganimni o'tkazaman, bilmaganim ulardan o'rganaman. Agar unday bo'lmasa, ilmimni o'zimda ushlab turaman. Kim johillarga ilmni bersa, ilmni zoyi qipti. Kim ilmni haqli kishilarga bermasa, ilmga zulm qipti.
E keyin mashhur bo'lib ketaverdi. Keyin mashhur bo'tketaverdi, ammo bu narsaga intilgani yo'q. Demak, Misrga kelgan paytda avvalida odamlar tanimadi, u kishini qadrini bilishmadi, ammo tanishganidan keyin qattiq yaxshi ko'rib qolishdi. Imom Shofe ham ularni yaxshi ko'rdi. Imom Shofiy rahmatullohu alayhi besh yil farosat ilmini o'tirib o'qib o'rgangan edi. Farosat ilmi. Odamni yurish turishiga qarab baho berish, yuzidagi alomatlarga qarab turib baho berishlik bu kishida nihoyatda rivojlangan bo'lgan. Bilasizlar, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni tarixida ahli farosalar Makkaga kelar edi va odamlar yosh bolalarni olib borib o'tkazib, haligilarni yuzidagi narsani o'qitishga harakat qilardi. Bu bola endi falonqa bo'lishi mumkin, falonqa bo'shi mumkin, olim bo'lishi mumki, polvon bo'lishi mumkinki, boy bo'lishi mumkun.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yosh bola ekanlar. Amakisi Abu Tolib, ana shu ahli farosani oldiga o'tkazib turib, meni bolamni ham bir ko'rchi deydi. Haligi ahli farosat Payg'ambarimning yuziga shunday qaraydi da, qatib qoladi. Mana shunday ko'zini ololmay qoladi. Abu Tolib qo'rqib ketadi. Shunda haligi farosat ahli gapini gapirishdan avval unaqa chalg'ib ketadi. Bu yoqqa qaraguncha shartta olib ketib qoladi Payg'ambarimizni. Haligi qarasa yo'q, qani madagi bola deydi. Ey, bu umuman bir boshqacha odam bo'ladi deydi, lekin Payg'ambar bizni ko'rsatmaydi. Imomushofiyni mana shu farosati ilmi bo'lgan.
Muzaniya aytadi, imomushofiye bilan jome masjidida birga o'tirar edik. Birdan bir odam kirdi da, yotib uxlayotgan odamlarda aylanib birma bir tikilishni boshladi. Muzaniye aytadi, imom menga aytdi. O'n o'n odamga borib turib, ko'zi g'ilay, qora quling qochib ketdimi? Deb so'ra dedi. Muzaniye bordi da, ey birodar, bitta ko'zi g'ulay, qora qullaringiz qochib ketdmi? Dedi. Ha, dedi.
Dedi, yuring dedi. Imom shofiyni oldiga boshlab keldi. Imom shofiyevni oldiga kelib turib, qani meni qulim dedi. Dedi, hibsda, qamoqda dedi. Ketdi. Shunda Muzaniye hayron bo'ldi. Biz hayron qoldirdingiz u. U kimni istayotganini qayerdan bildingiz? Qayerdaligini ham qayerdan bildiz? Tushuntirib bering degandi, Shofiy aytdi. Olamga kirgan odam, farosatda bu.
Uxlayotganlarni orasidan qarab yuribdi, demak, kimnidir qidiryapti, kimdir qochgan. Qora odamlarni qarayapti, demak, qo'l qochgan. Ko'ziga tikilyapti, demak bitta ko'zida bir alomati bor dedi. Muzani aytdi. Bo'pti, qulni qidirayotganligini bilibsiz, qamoqda ekanligini qayerdan bildingiz? Dedi. Aytdiki, odatda shunday bo'ladi. Agar ular qullari qochsa, yegani hech narsasi yo'q, och qoladi. Och qolsa o'g'irlik qiladi. O'g'irli qilib qonni to'yg'izgandan keyin fasodga yuradi, ya'ni zinoga yuradi.
Endi shu paytgacha egasi topibdimi, demak hali ushalgani yo'q. O'shaning uchun istab yuribdi. Agar men aytgan ishlarni qilgan bo'lsa, albatta qamoqda bo'ladi dedi. Qamoqdan hibsdan qo'lini topib keldi. Biz birodarlar mana shunday odamlar haqida gaplashyapmiz. Bular nafaqatgina diniy bilimlarni o'rgangan, dunyo ilmlarini ham o'rgangan. Farosat ilmini o'rgagan, odamni yuziga qarab turib, yuzidagi bor yaxshiliklarni o'qiy olgan. Imom Shofiy rahmatullohu alayhni Imom Umoni ko'rganda nima dedi? Seni buyuk kishan kutib turibdi degan edi. Sen katta odam bo'lasan deyotgan edi. Aquli hovli ha'da va astag'firullohu alayhi va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillohi robbilan ilmiy. Vassolatu vassalomu ala saidina Muhammad va ala alixiy va ashabihiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohiy barakatuh. Mazhabboshi, imomlarimizni hayotini o'qishlikdagi, navbatdagi darsimiz. Demak, Misrga kelgan dastlabki vaqtida Imomi Shofiy rahmatulloh alayh o'ziga ahil bo'lgan kishilarni topmadi. Ammo odamlar Imomi Shofiyni keyin tanishganidan keyin yaxshi ko'rib qolishdi. Imomi Shofiy ham ularni yaxshi ko'rdi. Misrda Imomi Shofiyning shuhrati keng yoyildi.
Horun nisa'd al aylay aytadi Imomi Shofiyga o'xshagan kishini ko'rgan emasman. Uni yoniga keldik, namoz o'qiyotgan edi. Uni yuzidan ko'ra chiroyliroq yuzni, uni namozidan ko'ra chiroliroq bir namozni ko'rmagan edim. Gapirgani desa, uni so'zlaridan hamma lol bo'lardi. Uning so'zlari hammani so'zidan go'zal bo'lar edi, unga mahliyo bo'lib qoldik. Butun Misrga Imomiy Shofiyning shuhrati yoyildi. Robiya ibn Sulaymon aytadi, vallohiy odamlar orasida uning shuhrati xuddi Ali roziyallohu anhu'ning shuhrati yo'yilgandek yoyildi. Odamlar Imom Shofiyni atrofiga kelib, ilm o'rgana boshlashdi. Imom Shofiyniy Makkayi Mukarramada ham ilm halqasi bo'lgan, Bag'dodda ham ilm halqa bor edi. Mana endi Misrga keldi, Fustot shahrida Amru nul Os roziyallohu anhun nomidagi masjid bor edi. Mana shu joyda dars ajratishni boshladi. Mana shu halqaga keladigan odamlarning soni juda ham katta bo'ldi. Endi u kishi faqatgina, faqat arab tilidan, yo Qur'ondan, yo tavsiyadan dars bermas edi. Hammasidan dars berar edi. Bu kishilar islomiy ilmlarni o'zida jamlagan edi. Bular ensiklopediya edi. Imom Shofiyni mana shu Misrda bergan dars xalqalarni yo'nalishi turlig edi.
Qur'on ahillari, hadis ahillari, munozara, muzokara ahillari, arab tili, she'r, nahu ahillari kelib, Imom Shofiyni mana shu mo'l, ko'l ilmidan bahramand bo'lishar edi. Imom Shofiy mana shu Misrda turganida o'zining mashhur Ar Risalya kitobini qaytadan ko'rib chiqdi. Bu kitobini Iroqda va Hijozda bo'lganda yozgan edi, lekin Misrga kelganda qaytadan ko'tib chiqdi. Shuning uchun u kishini fiqhiga bo'linadi. Misrga kelmasdan turib aytgan fatvolari bo'lardi. Misrga kelgandan keyin bir fatvolarni boshqadan ko'rib chiqdi. Shuning uchun eski fiqh, yangi fiqh deyiladi, Imom Shofi'ining fiqhi.
Imom Shofi'yi mana shu kitobini yozib tugatganidan keyin arrisalarni sakson marta o'qib chiqqan ekan. Kamchiliklarni tuzatib. Kamchiliklarni tuzatib, kamchiliklarni turzatib, tuzatib, oxiratgan ekanki, vallohi, Alloh Taolo o'zini kitobidan boshqa hech qaysi kitobni komil bo'lishini xohlamagan ekan degan ekan.
Yana Imomushofiyni mana shu Misrda turib yozgan kitoblarini eng kattalaridan Kitobul Umr. Imomushofiye o'zida ilmni, xulqni, fasohatni va balog'atni jamladi. Shu bilan birga u kishi yana zohid, saxovatli inson edi. Aytar ediki, Imom Shofi'yi biror bir kishi mendan hojatini so'rab kelsa, o'sha hojati menda bo'lmay qolib, uzr so'rash men uchun katta musibat der edi. Ya'ni qo'lida pul bo'lsanglar, inqilob qilib yuborar edi. O'shaning uchun faxr yashar edi.
Imom Shofiyning shogirdi, doim yonida yurgan hamrohi Robiya ibn Sulaymon uylandi. Shogirdidan so'radi. Ayolingga qancha info qilding? Ya'ni mahliya qancha pul belgiladinglar dedi. O'ttiz dinorga kelishdik dedi. Ustozni so'radi. Ayolingga qan cha info qilding?
Robiya aytdi, undan olti dinorni berdim. Qolgani keyinga qoldi. Imom Shofiy o'zida yo'q edi, birovdan yigirma to'rt dinorni oldida shogirdiga berib, tezroq uzib olgin dedi. Imom Shofiyni bir qo'shnisi bor edi. Imom Shofiyga kirib qoldi. Imomni bir kiyimi bor ekan, shuni kichraytirish kerak ekanmi, shu xullas bir qarash kerak ekan. Olib chiqqan edi, boyagi cheval qo'shnisi tikib berdi, tuzatib berdi. Imom bir dinor tilla tanga berdi. Bu qimmat pul. Bu qimmat. Haligi qo'shni tikuvchi pulni olib kuldi. Kuluvdi, imom shofi qarab turib, agar bundan ko'proq bo'lganda yana berardim dedi. Tikuvchi aytdiki, Alloh sizni isloh qilsin, sizni yoningizga salomlashgani keruvdik xolos, ishlagani emas dedi. Imom aytdi, unday bo'lsa siz meni mehmonim ekansiz. Endi mehmonni ishlatishlik muruvvatga to'g'ri kelmaydi, olavering deb berdi. Demak, saxovatli inson edi, dunyoga hirs qo'ymagan edi, shuning uchun faqir yashar edi.
Robiya musulmon aytadi, sadaqa qilmagan kuni bo'lmas edi. Xossatan ramazon kechalarida. Abu Sa'ur aytadi, kamdan kam holatda Imom Shofiy qo'lida pul ushlab turar edi. Imom Shofiy iffat va sharaf egasi edi. Ori nomusli odam edi. Rashqi bor g'ayyur odam edi. Ayollarga nisbatan erkaklarni g'ayyur bo'lishligi kerakligini aytar edi. Targ'ib qilar edi. Imom Shofiy aytardi, iffatli bo'linglar. Ayollaringizni ham iffatli qilgan bo'lasizlar. Musulmon erkakka yarashmaydigan narsadan ehtiyot bo'linglar, zinodan. Albatta zino qarz kabidir. Agar undan qarz olgan bo'lsang, bilki uning vafosi ahli baytingdan bo'ladi.
Imom Shofiy va hazil mutoyiba. U kishi mana shunday ulkan ilm egasi, shunday bir haybat, salobat egasi bo'lishi bilan birga, yana hazil mutoyiba ham quturar edi. Bizchi, bir masjidni imomi haqida, bir mahallani domlasi haqida gapirmayapmiz. Oddiy odam haqida gapirayotganimiz yo'q. Imom Shofiy mana shuncha bir ilm, ulug'lik egasi bo'lib turib, yana kechirimli edi, sodda edi, hazil mutoyibani ham yo'qotmagan edi. Men ozgina bunda hazillashib ham turar edim. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ham hazillashgan, bilasizlar. Faqat Rasulullohning hazili chin edi.
Imom Shofiy Abul Aliya Riyaxiydan bir hadisni rivoyatini eshitdi. Kulgan kishini tahorati ketishligi haqidagi hadis edi. Mana shu hadis sahihmi deb so'rashganida, Imom Abul Aliya Riya xiyning hadisi ham Riyakh deb qo'ydi. Ya'ni yel degani Riyakh degani yoki shabada degani. O'zi shabada ekan deb yel ekan ati. Uni hadisi ham nima dedi? Yel dedi. Haromni Usmoni ismli kishidan bir hadis aytishgan edi. Bu mavzu hadis edi, sahih emas. Bu hadis haqida nima deysiz zoda? Haromning hadisi o'zini ismi kabi deb qo'ydi. Ya'ni, ati harom ekan, bu hadisi ham harom dedi.
Imom Shofiy betob bo'lib turganida, boyagi shogirdni Robiya so'radi. Ahvolingiz qalay? Dedi. Holim zaif ey Robiya, dedi. Shogirdni, Alloh zaifligingizni kuchaytirsin, dedi. Imom kulib, agar zaifligimni kuchaytirsa, meni o'ldirib qo'yar ekan da bo'lmasam. Ya'ni zaifligingizga kuch bersin, quvvat bersin deb turib, lekin not boshqa so'zni aytgan edi. Imom Shofiya aytadi, yamanga safar qilib ketayotganimizda yo'lda bir dam olgani to'xtadik, yerga dasturxonni soldik, ovqat tayyor bo'lgandan keyin shom vaqti bo'lib qoldi. Avval namoz o'qib olaylik, keyin ovqat yemiz dedik. Dasturxonda ikkita pishgan tovuq turuvdi. Namozda turganimizda bitta tulki kelib, tog'ni bittasini ko'tarib ketdi. Namozni o'qib olib, afsus chekdik. Bitta tovuq ketib qoldi. Endi o'tirib ikkinchisini bir yeymiz deb tursak, nandarog'dan tulki ko'rindi da, shomdan keyingi payt g'irrashirab, og'zida bizni tovuqimiz turgan edi. Qo'ydi, ketdi. Yugurib bordik, olib qarasak, bu daraxtni po'stlog'ini yumaloq qilib ko'tarib kelgan ekan deydi. Kulib tursak, keldi da, ikkinchi tog'ni ham urib ketdi deydi. Ya'ni bitta tulki ikki bor ulamolarni nima qildi? Aldab ketdi.
Imom Shofi'yni farosati. Farosat degan ilm bo'lgan, birodarlar. Buni avvalam aytganmiz, ahli farosa, shu ilmni egalarini ahli farosa deydi. Odamni yuziga qarab turib, yuzidagi alomatlarga qarab turib bu kishiga baho bera olishlik. Mana bu injir ekan, bu baxil ekan, qaysar ekan, munsik ekan, jahli tez ekan, xullas. Bu kishi mana shu ilmni o'tirib bir necha yil yamanda turgan paytida o'rgandi.
Aytadi, yamanda o'rgangan narsalardan biri farosat ilmi edi. Iroqqa qaytishimizda bir arobiga duch keldik. Uni yuziga qarab turib, Imom Shofi'iy, bu odam juda ham xasis odamga o'xshayapti, dedi. Boyagi ilmni o'rganganda, boyagi ilmni olganda, shu ilmiga asoslanib turib, shu ilmidan kelib chiqib turib, xasis odam ekan deb qo'ydi. Haligi odam chodirga taklif qildi. Uzur aytdik. Hamma har qancha uzur aytmaylik, kirmaslik iloji bo'lmadi. Uni chodiriga kirib o'tirdik. U derdi kapalak bo'lib xizmatga turdi. Bir jonliqni so'ydi, sut sog'ib olib keldi, ovqatni pishirdi. Zo'r ziyofat qilib berdi. Imom Shofiy nima devdi buni?
Tong otgandan keyin yana bitta jonliqni so'di. Yana sut olib keldi. Yana qolishimizni talab qildi. Biz uzr aytdik, ketishimiz kerak dedik, u qabul qildi. Bizni kuzatib chiqdi. Menga bu holat juda ham og'ir keldi. Chunki shuncha yil farosat ilmini o'rganibman u, bu ilm menga yuqmabdi shekilli. Bu odam haqidagi tasavvurim to'g'ri chiqmadi. Shuncha mehnatim, vaqtim bekorga ketibdi dedim. Ilm menga yuvmabdi dedim. Keyin chodirdan chiqib ancha yurishgandan keyin a'robiy so'radi. Birortanglar meni avvalo tanirmidinglar? Yo'q. Birortanglar meni do'stimmidinglar? Ha yo'q dedik. U yana so'radi. Birortanglar, meni otamni tanirmidi? Biz yo'q dedik, va aytdiki, birortanglarda otanglar meni otamni taniymidi? Yo'q dedik? Unday bo'lsa yeganinglarda tunaginlar to'langlar pulini dedi.
Imom ushov aytadi, Allohga hamdlar aytdim. Farosating meni o'rganganim bekorga ketmabdi. Aql qovli ha da, Astag'firullohu alayhi va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi iboratuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Herob bilan alamin. Vassalotu vassalamu ala saidina muhammad va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabard. Assalomu alaikum va rahmatulloh iboratuh. Birham. Bismillahir rahmanir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilgandilar, oliy va qurayshin ya mula ul arda ilman. Ya'ni kelajakda bo'ladigan bir ishdan bir bashoratki, Rasululloh dedilar, Qurayshlik olim yerni ilmga to'ldiradi degan edilar. Ana shu Qurayshlik olim Imom Shofi rahmatulloh alayh deb aytadi ulamolar. Chunki mana aytdik, yer yuzida ko'zga ko'ringan mana shu fiqhiy ilm, umuman ilmlarda ustozlar aytiladigan bo'lsa, to'rttasi shulardan uchinchisi Imom Shofiy rahmatullo alayh bo'ldi. Imom Ahmad aytganidek, Imom Shofiy dunyo uchun quyosh, insonlar uchun ofiyat kabi. Demak, ahli sunnaval jamoa aqidasidagi odamlarni to'rtta imomini uchinchisi Imomi Shofiy bo'ladi. Imom Shofiy rohmatullo alayhi fiqhiy masalalarni yechib, ularga javob berishlik asnosida qaysi qoidaga asoslanib, yechganligini ham bayon qilgan.
Mana shuning natijasi o'laroq usul u fiqh degan ilmga asos solindi. Imom Shofiygacha bu ilm bo'lmagan edi. Imom Shofiya mana shu ilmning muassisi hisoblanadi. Imom Shofiyni ilmga bo'lgan intilishini ta'riflab berishini so'rashdi. So'raldi. Ilmga bo'lgan rag'batingiz qanday? Imom javob berdi. Avval eshitmagan bitta harfni eshitsam, bilmagan avval, avval bilmagan bitta narsamni eshitsam, bilsam, butun jasadimni quloqqa aylanishini xohlar edim. Qulog'im eshitib huzullangandek, jasadim ham eshitib huzulansa. Ilmga bo'lgan xaridligingiz qanday deb so'rashganida, baxil, molga o'ch kishini, boylikni to'plashlikka xaridligi qanday bo'lsa, meni ilmga xaridligim shunday deb javob bergan edi. Ilmga bo'lgan talabingiz, ilmni qidirishingiz qanday deganida, yagona bolasini yo'qotib qo'ygan ayol, bolasini qanday qidiradi? Men ilmni mana shunday qidiraman derdi. Allohning rahmati bo'lsin u kishiga. Imom Shofiy rahmatullohu alayh din ustida talashib tortishlik haqida aytgan bir so'zi bor ekan. Aytadiki, al miro ofid din yuqsil qolb va yurid fut dog'ayn. Dinda talashib tortishdik maza bemaza. Katta kichik masalalar, nafl amallar.
Dinda talashib tortishlik befoyda. Qalbni qotiradi, odamlarni o'rtasida nafratni paydo qiladi. O'zi bu ulamolar o'rtasidagi bo'lgan fiqh ixtiloflar bor va bu ixtiloflarda bo'lishi Alloh Taoloni hurmatga bergan rahmati. Ammo bu ixtiloflar juz'iy masalalarda bo'lgan, mayda masalalarda. Qo'lni ko'raka qo'yib turish kerakmi, kindikni qo'yib surish kerakmi, ominni oshkora aytish kerakmi, maxfiy, bu mayda masalalar. Asosiy usullarda, asosiy savollarda, aqidaga tegishli bo'lgan masalalarda ulamolar hammasidan ittifoqqa kelgan. O'zi asli dindagi ixtilofni, dindagi tortishuvlarni ulamolar qilsa to'g'ri bo'lar edi. Chunki ikkala olim tortishib, o'zini hujjat dalilini keltirib, keyin ajrashib ketayotganda, bir biriga munosabati yaxshi holatda ketvorardi. Ammo mana shu ishni ilmdan xabar ololmagan, savodsiz, ovo xalq qildi, o'rtadan mo'lda bo'linishlar, firqalarga, toifalarga ajrashishga kelib chiqdi. Yunus as sadofi aytadi imomu shofiydan ko'ra aqlliroq odamni ko'rmadim. Bir masalada munozara qilib qoldik. Bu kishi ham faqihlardan edi. Ikkalamiz ixtilof qildik, kelisha olmadik. Keyin ajrashib keta ekanimizda, keldi da meni qo'limdan ushlab turib, ey Abu Muso, bitta masalada kelishib kelisholmay qolgan bo'lsak ham, birodar bo'lib qolsak bo'laveradimi dedi.
Mana, olimlarni ixtilof qanaqa? Siz o'zingizni hujjatingiz o'zingizga kuchli bo'lyapti, meniki o'zimga. Kelisholmadik. Endi bir birimizni yomon ko'rmay qo'yaveraylik. Birodar bo'lib qolaveraylik. Yunus aytadi, astogdafe, albatta bu imomushofiyni ulkan aqliga dalolat qiladigan narsa edi. Sufyonovni uya'iyni bir hadis o'qigan edi, Imom Shofiya eshitib o'tirib, hushidan ketib qoldi. Shunda, Sufiyonga aytishdi, e Abu Muhammad, Imom Shofiy vafot etdi, degan edi. Sufiyon aytdi, bu kishi haqiqlardan deb aytdik. Sufiyon a itdi, agar shunday bo'lgan bo'lsa, o'zini zamonasini eng afzal odam o'libdi, dedi. Mana shu kishilar Imom Shofiya degan bahosi shunday edi. Imom Shofiyayni ixlosiga dalolat qiladigan so'zi. Robbiyevni Sulaymon Imom Shofiyning eng peshqadam shogirdlaridan aytadi. Imom Shofiya aytgan edi. Odamlar mendan o'rgangan ilmni, mendan o'rgangani ilmini menga nisbat qilmasligini xohlar edi. Tushunarlimi? Ilmni dengizi bo'lib turib, shuncha ilmni o'rgatib qo'yib turib, Shofiydan o'rganganman demasa ham mayli derdi. Kichkinagina arzimagan bir narsa qilgan bolamiz, bir hafta maqtanib yuramiz. Ozgina bir ikkita odamga ta'lim berib qo'ygan bo'lsak, keyin nima deymiz?
Meni shogirdim deymiz. Birodar, ayrim ahli ilm bo'lgan kishilar og'zini to'ldirib meni shogirdimiz deyishni yaxshi ko'radi, so'ramasa ham. Indamay qilaver. Agar o'sha odamdan sizni ustozingiz kim deb so'rasa, aytadi. Aytadi. Ammo ixlosingizga putur yetkazma. Dunyoviy ilmlarda bir qandaydir muvaffaqiyatga yetishgan, bir ilmiy ishlab, ilmiy ish qilgan, bir kashfiyot qilgan odam, uni qilgan kashfiyotini birov o'zimnikida desa, u avtorskiy pravani poymol qilish degani. Dunyo ishlarida shunaqa. Ammo diniy bilimlarda unaqa emas. Tushunarlimi? Falonchi domlada aytishgan ma'ruzi yana, xuddi o'zingnikini gapirganday gapiraver. Aytmay qo'yaver, mayli u domla xafa bo'lmaydi. Muhimi nima qil? Yetkaz. Muhimi odamlarga dinni o'rgan. Imomushafiy mana shunday bir muxlis kishi edi. Mendan o'rgangan ilmini menga nisbat qilmasligini xohlar edim. U kishining shogirdlaridan muzniy aytadi, meni qalbimda tavhid masalasida bir, bir narsa paydo bo'ldi. Bir shayton bir gumon olib keldi. Shaytonga itoat qilmadim, lekin qalbimga gumon keldi. Men aytdim o'zimga faqat imom shofiy mana shu mushkulani halol qilib beradi menga. Shofiyning oldiga bordimda, masjidda o'tirarkan, shu yerga tushib, oldida o'tir dedim. Qalbimda taufit masalasida bir mushkula paydo bo'ldi.
Bir gumon. Bir shayton bir fikrni olib keldi. Shu haqida nima deysiz dedi. Endi aytyapmiz, Imom Muzniy, Imom Shofiyni eng peshqadam shogirdlaridan bo'lgan. Misrda. G'azablandi Imom Shofi aytdiki, qayerda turganingni bilasanmi? Misrda turishibdi. Ha dedi. Alloh Taolo mana shu Misr yerida Fir'avnni tushuntirganini bilasanmi? Bilaman. Ayni qayerda tushuntirishligi haqida so'rash kerak deb yurganmi Alloh dedi. Yo'q dedi. Payg'ambarimiz qayerda cho'kkan deb so'raylar deganmi? Yo'q dedi. Soha boradi birortasi bu haqida gapirganmi dedi. Yo'q dedim. Imom Shofiy davom etdi. Osmonda nechta yulduz bor bilasanmi dedi. Yo'q. A falon yulduz dedi. Vazni qancha, hajmi qancha, ichida nima bor, tafsilotlar bilasanmi dedi. No dedi. Imom Shofiy aytdiki, maxluqotlardan bo'lgan, ko'zing ko'rib turgan narsa haqida ko'p narsani bilmasliging mumkin. Ko'zing ko'rib turgan narsani nimaligini bilmaysan u, mana shu ko'zing ko'rgan narsalarning xolig'ini so'raysanmi? Ya'ni ko'zing ko'rib turgan narsaga aqling yetmaganda, ko'rmaydigan, seni ko'zingga ko'rinmaydigan Robbingga, Robbingni zoti haqida fikr qilasanmi?
Keyin Imom Shofiy tahoratdan mendan bir nozik masala so'radi. Xatoga yo'l qo'ydim. Keyin aytdi, bir kunda besh mahal muhtoj bo'lasan shu tahoratga. Shu bilishing kerak bo'lgan narsani ilmini qo'yib, Xoliqni zoti haqida so'raysanmi dedi. Birodarlar, biz har qancha harakat qilmaylik, Alloh Taoloning zoti qanday ekanligini idrok qila olmaymiz. Alloh Taolosi bilan bizga yuzlagan oyatlarda aqlimizni ishlatishga, fikrimizni yuritishga, mulohaza qilishga kelib yurgan, mahluqotlari haqida.
Allohni zotida haqida fikr qilgan odam hech qachon buni tagiga yeta olmaydi. Demak, kishi aqli yetmaydigan narsaga emas, balki aqli yetadigan narsaga o'zini vaqtini sarflashligi kerak bo'ladi. Imom Shofiy o'zini tungi hayotini ushga bo'lgan edi. Bir qismida yozar edi, bir qismida namoz o'qir edi, uchinchisida uxlar edi.
Imom Shofi aytadi, rahmatullohu alayhi, o'n olti yil qornimni to'ydirib ovqat yemadim. O'n oltinchi yil to'ydirib yubormadim. Bir marta shunday bo'lgandi, qo'limni tiqib qayt qilib chiqarib yubordim. Imom Shofiyda yana bir ajib so'ziga quloq solamiz. Imom Shofi aytgan edilar, kim g'azablantirilsa ham, g'azablanmasa, bas u eshik ekan.
Ya'ni bir ish bo'ldi, haqiqatdan g'azabingizni qo'zib tortadigan ish u. Shunda ham spokoyno tursa, demak eshik ekan bu deydi. Allohni xatlari buzildi. Zulm bo'ldi, nohaqlik bo'ldi. Shunda ham indamay turayotgan bo'lsangiz, achchig'iz kelmayotgan bo'lsa, eshik degan ekan. Ammo g'azabini tiya olmagan odam ikki marta eshik degan ekanda. Bir g'azablandi, so'ndi. Bilasizlar, g'azabda to'rt xil holat bo'ladi. Tez kelib, tez ketadigan. Sekin kelib sekin ketadigan va keyingi ikkitasi. Eng yaxshisi g'azabi sekin kelib, tez ketadigan odam. G'azabi sekin keladi, tez ketadi g'azabi. Eng yomoni, g'azabi tez kelib turib, sekin ketadigan.
Imom Shofining so'zlaridan, kim odamlar uni rozi qilishga urinsalar ham rozi bo'lmasa, bas u shayton ekan. Sizni xafa qilib qo'ydi, ko'nglingiz og'ribdi, nojo'ya ish bo'lib ketdi. Keyin kechirim so'radi. Sizni rozi qilmoqchi bo'ldi. Qabul qilmasangiz, shaytonsiz deb aytyapti. Kim? Imom Shofiy rahmatullohu alayhi.
Imom Shofiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari haqida gapirish haqida shunday deydi. Imom Shofiya aytardi yana, Rasulullohni sahobalari haqingizda yomon so'zni gapirma, chunki qiyomat kunida senga xusumatchi Rasululloh sollollohu alayhi vassallamning yuzi bo'ladi. Chunki rostini aytganlar la ta'su bosi habi. Meni sahobalarimni so'xmanglar deganlar. Chunki dunyodagi bor oltinni, bor boylikni sarf qilsanglar ham, meni sahobalarimi yetgan maqomiga hech qachon yeta olmaysizlar deydi. Shuning uchun Alloh aziz va jihali siz bilan bizni ana shu sahobalar o'rtasida kechgan fitnalik kunlardan omonda saqladi qilichlarimizni, endi tilimizni e'tibor qilaylik. Sahobalarni, ulamolarni muhokama qilganini e'tibor qilib olaylik. Chunki armiyaga bugun borgan bola o'ttiz yillar generallik qilgan, generallar taktikani hal qilayotganda bu yosh bola kelib turib aql o'rgatsa yoki fikr bildirsa, chaqcha keladi deydi. Yoki bo'lmasam o'n yil operatsiya qilib yurgan xirurg, ikkitasi nima qilay deb kelishyapman, men tortishib turgan paytda, qaytisini olib berib turadigan hamshira qiz, bunday qilinglar desa, aqlga sig'maydi. Shuning uchun birodarlar, sahobalar haqida yaxshi gapiramiz. Kim bor, ulamolar haqida faqatgina yaxshi so'zni gapiramiz. Aqulu qovli ha da astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Assalatu va assalomu alayhi ashrafil mursalin va ala alixiy va ashabixiy ajma'in.
Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Masxab bosh imomlarning hayotini o'qishlikdagi navbatdagi darsimiz, Imom Shofiy rahmatullohu alayhning yozgan kitoblari ko'p edi. Imom Shofiy bir shahardan ikkinchisiga ko'chib o'tar ekan, kitob yozardi. Ana shu shahardagi ahli ilmlar bilan bo'lgan bahs munozaralarni ham qog'ozga tushirib qo'yar edi. U zot fiqh, aqida, lug'at, tarix, siyrat, hikmat, tib, hatto kamon otish deydagi ilm haqida ham bir narsalar yozgan edi. Ammo ularda bizga ko'pchiligi yetib kelmagan. Yoqutur Rumiy aytadi, Imom Shofiyni yuz qirq yetti ga yaqin kitobi bor edi deb aytadi. Endi albatta bu kichkina kitobchalar, ozgina varaqlar, hammasini qo'shgani mana shu yuz qirq to'rt ga borar edi. Mo'g'ullar Bog'dodni egallagan paytida juda katta kutubxonani yo'q qilishgan. Imom Shofi'yni kitoblari ham mana shu yerda bo'lgan. Ana shularda mana bu umuman mahrum bo'ldi ana shu davrlarda. Ibn Hajar aytadi, Imom Shofi' rahmatulloh alayhning mana shu ko'zga ko'ringan, saqlanib qolingan, notabar bo'lgan kitoblaridan Risola al Jadida, Risola al Qodima, Ixtilof fil Hadis, Ahkamul Qur'on, Sifatu Amri va Nahi, Ixtilof Malik va Shafi'i, Ixtilof Iloqiyin, Ixtilof Ma'l Hasan, Sunan, Mabusur, Mansurot al Hujjat va bundan boshqa kitoblar.
Imom Shofi' rahmatullo alikni oldiga hadis ilmi egalari kelib, Hanafiylarni kitoblari haqida bir rai ni aytishini so'rashdi. Shunda Imom Shofi' Muhammadiddin Hasan ash Shayboniyni kitoblaridan nusxa olishlikni xohladi, nusta qilishni berdi va aytadi, bir yil ichida Imomi Abu Hanifani mazhabini kitoblarini o'qidim va ularni hammasini yod oldim.
Qarang, Hanafiy mazhabiga tegishli yo'l shu paytda qanaqa kitob bo'lsa, bir yil o'qib, hammasini yodlab oldim deydi. Imom Shofi'yni yana bir kitobi, as Siyar, tarix kitobi. Yana bir kitobi mana shu Hanafiy mazzabini kitoblarini o'qib bo'lib, yodlab bo'lgandan keyin, o'zini rayini bildirib, bir kitob yozdi, u kitobni Ati al Bag'dodiyga bo'ldi. Al Bag'dodiy. U kishini fiqh asosan bir suyanadigan kitob, bu Kitobul Um. Um degani ona degani. Ona kitob degani. Endi shunday deyilishiga sabab, Imom Shofiyni boshqa kitoblarini oldida bu kitob ona o'rnida edi. Avvalgi hamma kitoblarni ichida bor narsa mana shu Kitobul Ummni ichida jamlangan edi. Ar Risalalar kitobi, mana aytganmiz darslarimizda, Usulul Fiqh ilmida yozilgan birinchi kitob. Imom Shofiy rahmatulloh alayhigacha Usulul Fiqh ilmi bo'lganmas. U kishi mana shu Risola kitobidan keyin mana shu ilm musulmonlar orasida paydo bo'ldi.
Ixtilofu Malik. Bu Imom Shofiy o'zini ustozi Imom Molik bilan o'rtasida fiqhiy ixtiloflarni mana shu kitobiga yozgan edi. Imom Shofiyning shogirdlari. U kishi aksar hayotini Hijozda yashab o'tdi. Makka bilan Madinada. Endi mana shu yamanga borganini, Misrda besh yil turganini, Iroqda uch yil yashagan hisobga olmasa, asosan hayoti Hijozda o'tdi. Makka, Madinada. Mana u kishini shogirdlari juda ko'p bo'lgan. Hijozdagi shogirdlardan bir kattalarni aytamiz. Birinchi shogirdi Muhammad ibn Idris. Qarang, bu Imom Shofiyning o'zini ati, Muhammad ibn Idris. Bu shogirdini ham ati xuddi shunday bo'lgan. Ustoziga otdosh bo'lgan. Keyingi shogirdi Abu Is'hoq. Bu Imom Shofiyning amakivachchasi bo'ladi. Ibrohim imni Muhammad ibn Abbos, ibn Umar ibn Shofiy. Amakivachchas. Hijozdagi uchinchi shogirdi, katta shogirdlaridan muso ibn abiljarut, to'rtinchisi abu bakr al humaydiy. Ismi Abdulloh ibn Zubayr bo'lgan. Bu Hijozdagi shogirdlari, endi Iroqdagi shogirdlarni. Ahmadimni Hambal. Bu kishi Hambali mazhabining imomi. Imom Shofiye Imom Moliyda qo'lida o'qidi.
Imom mahmadimni hambali imom shofiyda qo'lda o'qidi. Ya'ni uchta domla bir biriga shagyi to'lyapti, uchalasini o'zini mustaqil mazhabi bor. Keyingi shogirdni iroqdagi abu saur al kalbi. Bu kishi hadis ilmida juda ham bilimdon kishi edi. Bir ayol kelib, muhaddis olimlardan so'radi. Hayz holatdagi ayol, mayyitni yuvsa bo'ladimi yo'qmi? Shunda haligi muhaddis olimlar bir biriga qarab javob topisha olmay turdi. Shunda Abu Sa'ur kelib qoldi, Imom Shofiyning shogirdi. Shu savolni berishganida bo'laveradi dedi. Dalilingiz nima deganida, o'sha onamiz roziyallohu anhu ho hayz holatida Rasulullohning sochini taramoqchi bo'lib, men hoizaman deganida, sizni hayzingiz qo'lingizda emas deganlar. Nodomiki hayz, tirik odamni sochini tarashi mumkin ekanmi? Demak mayyitni yuvishligi ham mumkin deb.
Iroqdagi shogirdlaridan yana Hasan ibn Muhammad ibn Saboh azza faroniy, Ahmad ibn Muhammad al ash'ariy, Abu Ali ibn Husayn ibn Ali ibn Yaziy al karobiy si. Bu Iroqdagishogirdlar. Bu kishini shogirdlari juda ko'p bo'lgan, faqat biz aytayotgan tarixda nomi qolgan eng ulug' shogirdlarini aytyapmiz. Misrdagi shogirdlari. Abu Ya'lo, Abu Yoqub al buvaytiy. Bu kishi, a, Imom Ushofiyning eng ulug' shogirdlaridan bo'lgan. Vafotidan keyin Misrdagi Shofiy mazhabi shu kishining idorasida qoldi. U kishi Qur'on fitnasida imtihonga uchradi. Mana, mana shu imtihondan chiroyli o'tdi. Bag'dodda, qamoqda qatl qilindi. Keyingi shogirdim, mana bu kishi haqida juda ko'p so'zlarda aytdik. Robi ibn sulaymon, al murodiy. Bu kishi Misrlik, Fustot shahridagi masjiddagi muazziz. Xuddi shu ismni yana bitta shogirdi ham bor edi. U kishi boshqa shogird edi.
Robi ibn suraymon aytadi men, duaytiy va al muzniy, imomushofiyni misrdagi eng katta shogirdlar. Uchalamiz o'tirgan edik. Shunda imom Shofiy bizga qarab dedi. Payg'ambarimiz aytganlar, ittaqu farosat al mo'min. Fa innahuy yandur bi nurillah. Mo'minni farosatidan hushyor bo'linglar, zero u Allohnin nuri bilan qaraydi. Uchchala shogirdini yuziga qarab turib, shularga ayrim bashoratlarni berdi. Va uchchala bashorati ham ro'yobga chiqdi.
Imom Shofiy o'zini ana shu birinchi ismi aytildi, mana Abulyoqubu aytiy, shogirdi bu aytiga qarab turuv, buni ko'ryapsizlarmi? Bu ustida temirlari bilan turib vafot etadi, dedi. Haqiqatdan bu kishi ana shu Bag'dodda, qamoqda ustida zanjirlari bilan turgan holda vafot etdi. Shunga Muzniyga qarab, buni, buni ko'ryapsizlarmi? Buni ustiga shunday kunlar keladiki, nimani ta'sir qilsa, to'g'ri ta'sir qiladi, dedi. Haqqiqatdan bu qishi Al Muzniy tafsil ilmida hammadan biri peshqadam, muqaddam olimlardan bo'ldi. So'ngra deydi Robiya ibn Sulaymon menga qarab aytdiki, buni ko'ryapsizlarmi? Odamlarni orasida bundan ko'ra menga ko'proq foydaligi bo'lmaydi.
Imom shofiyni mana shu mashhur risola kitobini mana shu imom al muzniy rivoyat qilgan edi. Haqiqatan uchala shogirdiga bergan bashorati aniq aniq rivoyatga chiqdi. Bu Imom Shofi'iyning farosat egasi, ahli farosatlardan ekanligiga dalil bo'ladi. Imom al muzniy abu ibrohim ismoil ibn yahyo. Al muzniy. Olim, mushtahid, zohid inson edi. Bahsga, munozaraga shunday bo'lsa ediki, Imom Shofi'iy aytadi shu shakida haqida, agar u shayton bilan munozara qilsa ham yengib qo'yadi derdi.
Ya'ni hujjatni kuchliligiga, munozaraga, bahsga, mohirligidan. Imom al muzni. Abu Yusuf, Abu Hanifa uchun qanday maqomda bo'lsa, eng katta shogirdi. Almuzniy imomushofi uchun shunday maqomda edi. Imom Almuzniy ikki yuz oltmish to'rtinchi yilni ramazonida dunyodan o'tdi. Imomushofi aytgan edi, Almuzniy mening mazhabimning nosiri, ya'ni meni mazhabimni yordamchisi degan edi. Imomushofiyning shogirdlar mana shu kishilari. Bulardan albatta ko'p, lekin mashhurlari shular.
Hamma zamonda bo'lganini singari imom Shofiy zamonida ham hasadgo'ylar bor bo'lgan. Imom Shofiyga ham hasadgo'r bo'lgan ahli ilmlar bor edi. Ya'ni bu kishini ilmini oldida ular hech kim bo'lmay qolar edi. Shuning uchun bunday odamda bo'lishligi ularga yoqmas edi. Ana shu fitnachi, hasadgo'r ahli ilmlar imom Shofiy bo'lgan hasadidan amirlarni oldida imom Shofiyiga fitnalar uyushtirmoqchi bo'lishar edi.
Ular imom Shofiyni chaqirtirishdi xalifa Horun ar-Rashidni majlisiga. Hamda ularga tayyorlab, imom Shofiga tayyorlab qo'ygan qiyin savollarni berishni boshladi. Birinchi savol. Bir kishi uyda qo'y so'ydi, ko'chaga chiqib ketib qaytib kirdi da, oilasiga aytdi, bu go'sht menga harom bo'ldi, sizlar yevoringlar. Uydagilar aytishdi, ahli bizga ham xoron bo'ldi deyishdi. Buni qanday tushunamiz dedi. Tushunar ekan? Qo'y so'ydi, ko'chaga chiqib keldi, menga xoron bo'ladi bu dedi. Uydagilar aytdi, unda bizga ham xoron bu dedi. Imom shofiy biroz o'ylandi da, aytdiki, bu kishi mushug edi. Qo'yni so'yganida, bitta oliy hasanning atini aytib so'yuvdi. Ko'chaga chi qilib ketib, qaytib kirganida, Alloh Taolo uni islomga hidoyat qilib, musulmon bo'ldi. Qaytib kirgandan keyingi butga atab so'yilgan qo'y musulmonga xoron bo'ldi. Menga xoron bo'llasizlar, yevoringlar deb aytuvdi oila ahli, unda biz ham musulmon bo'ldik dedi da, go'sht ularga ham xoron bo'lmadi dedi.
Keyingi savol. Ikkita oqil odam, ikkita oqol musulmon aroq ishda. Bittasiga jazo qo'llandi, ikkinchisiga jazo qo'nlanilmadi. Nima uchun dedi? Imom Shofiy o'ylanib turib aytdiki, ulardan bittasi balog'atga yetgan edi, ikkinchisi yosh bola edi dedi. To'ppa to'g'ri, balog'atga etganga xat bor aralashganiga, balog'at yetmaganligi uchun jazo yo'q dedi.
Uchinchisi. So'rashdi. Beshta erkak bitta ayol bilan zino qildi. Birinchisi boshi uzildi. Ikkinchisi toshbo'ron qilindi. Uchinchisiga xat darra urildi. To'rtinchisiga shu darrani yarmi urildi. Oxirgisiga hech narsa qilinmadi. Nima uchun? Bitta yerdan beshta zino qildi, bittasi boshi uzildi buning uchun, bittasi toshbo'ron bo'ldi, bittasi darra edi, bittasi yarim darra edi, birtasini qo'yib yuborishdi. Imom Shofi'iy ozgina o'ylanib turib aytdiki, birinchisi, zinoni o'ziga halol qilib oldi, murtad bo'ldi, bo'sh uzildi. Ikkinchisi, oila ko'rgan erkagida toshbo'ron qilindi. Uchinchisi, uylanmagan odamida, unga darra bo'ldi. To'rtinchisi, qo'lida. Unga ana shu jazoni yarmi berildi. Beshinchisi, majnunin edi. Shuning uchun unga hech qanday jazo yo'q dedi.
To'rtinchi savol. Bir kishi namoz o'qidi. O'ng tomoniga salom beruvdi, xotini talab oldi. Chap tomonga salom beruvdi. Namozi botiluvdi. Osmonga qaruvdi, mindir ham berishi vojib bo'ldi. Buni qanaqa qilib tushunamiz dedi. O'ng tomonga qarab xotini talab bo'ldi. Shop tomonga salom berib, namozi botir bo'ldi. Osmonga qarab ming dirham berishi vojib bo'ldi.
Imom Shofiy biroz o'ylandida, o'ng tomonga salom birdi, xotini talab qildi. Bu erkak eri don daraysiz yo'q bo'lib ketgan ayolga uylanib olgan edi. O'ng tomongga salom berganida, ana shu ayolni birinchi erini, haqiqiy erini ko'rdi. Shunda xotini talab oldi. Chap tomonga salom berganida kiyimidagi najosatni ko'rdi. Namozi botir bo'ldi. Osmonga qarovdi, yangi oy chiqqanini ko'rdi. Mana shu oy kirganda mingdir ham qarzni to'lash kerak edi dedi.
Beshinchi savol. Bir kishi bir qadahda suvini ichdi, yarmini ichib bo'lganidan keyin qadahdagi qolgan suv harom bo'ldi. Qanday bo'lishi mumkin? Bir qadah suv ichayotuvdi, yarmi yetganda qolgani qoron bo'ldi. Imom Shofi o'ylanib turib, boyagi kishi suvni ichayotganda, yarmini ichganidan keyin tishi qonab ketdi da, qon suvga oqdi dedi. Shuning uchun qoron bo'l dedi. Ichayotganida suvni yarmini ichib bo'ldi, yarmi qolganda tishidan qon oqib suvga oqti qoniqqa. Shuning uchunga bu suv qoron bo'lib dedi.
Oltinchi savol. Bir kishi o'zini xotiniga bir xaltacha berdi. Aytdiki, buni ichidagidan foydalan. Birinchi shart. Ochmaysan, yirtmaysan, kuydirmaysan, yormaysan. Ichiga qaramaydi. Shu shartlardan bittasini bajarsang talaxsan dedi. Xotin qanaqa qilib muammodan chiqib ketdi. Tushunarli ekan a? Bir xolta, qo'liga berdi, shuni ishladi ichidagini. Yirtma, kuydirma, yorma. Ichiga qarama dedi. Imom Shofi biroz o'ylanib turib, bu dedi, xaltachani ichida yo tuz bor edi, yo shakar bor edi dedi. Suvga sosa, erib tashqariga chiqar edi, shu bilan foydalanib yuborar dedi. Chiqadi da, to'g'rimi, uysan?
Bu savol javobni eshitib turgan Horun Rashid Imom Shofiyning zakovati, ilmi, farosatidan o'zini taajjubini yashay olmasdan, haqiq, chiroyli bayon qildingiz, tushunarli qilib aytib berdingiz dedi. Chiqib ketdi mushkulada. Imom Shofiy Alloh Amirul mo'mininni umrini barakotli qilsin. Men shuning uchun savolga javob berdim. Endi men bitta savol beraman bularga. Javob berishsa, Alhamdulillah, agar javob berisha olmasa, meni shularni yomonligidan o'zingiz himoyangizga oling dedi.
So'rang dedi xalifa. Imom Shofiya so'radi. Bir kishi vafot etdi. Undan olti yuz dirham pul qoldi. Undan qolgan mana shu meros pul taqsim qilinganida, uni bir dona singlisiga bir dirham pul tegdi. Qolgan pulni taqsimi qaysi yo'l bilan bo'ldi? Dedi. Bitta odam o'ldi, olti yuzdirham pul qoldirgan, bir dona singlisga bir dirham tegdi bu puldan. Qaysi yo'li bilan taqsim qilindi bu meros? Boyagi hasadgo'y ahli ilmlar bir biriga qarab turishaverdi. Turishaverdi. Sukut qilib turishaverdi. Skuti cho'zilib ketganidan keyin xalifa imom shofiyni o'zidan bu javobni berishligini talab qildi.
Imom shofiy aytdi. U kishi vafot etganida ikkita qiziq oldi orqada. Bitta xotini bor edi. Onasi bor edi. O'n ikkita aka ukasi bor edi. Bitta singlisi bor edi. Ikkita qizi, bitta xotini, onasi, o'n ikkita aka ukasi, bitta singlisi. Endi bo'linishni qarang. Qizi ikkita qizi, merosni uchdan ikki qismini oldi. Ya'ni to'rt yuz dirhamda.
Onasi oltidan birini oldi. Yuz dirhamda? Xotini merosni sakkizdan birini oldi. Yetmish besh dirhamda. O'n ikkita inisi yigirma to'rt dirhamni oldi. Bitta singlisi bir dirhamni oldi dedi. Horun arashib javobni eshitib turib, Alloh meni ahlimda sizga o'xshagan odamlarni ko'paytirsin dedi. Imom Shofiy xalifani huzuridan chiqib ketarkan, xalifa katta bir mablag'ni orqasidan olib borib berishing deb yurdi. Imom qabul qildi da, tashqariga chiqib turib, shu qasr xizmatkorlariga hammasiga shu pul tarqatib yubordi.
Almuzniy aytadi, Imom Shofiy o'lim to'shagida yotar ekan, uni yoniga kirdim. Ellik to'rt ga kirganda el o'lgan bu kishi. Bor yo'g'i ellik to'rt yil umr ko'rgan. Imom Shofiy, o'lim to'shakida yotarkan, uning yoniga kirdik. Unga, ey Ab Abdulloh, qanday tong ottirdingiz? Dedim. Imom boshini ko'tarib, dunyodan ketadigan, birodarlarni tark qiladigan, yomon avvalimga duchor bo'ladigan, Allohga yo'liqadigan bo'lib tong ottirdim. Bilmayman. Ruhim jannatga ketadimi, uni tabriklaymi, yoki jahannamga ketadimi, unga ta'ziya bildiraymi?
Imom Shofiy ikki yuz to'rtinchi yil hijriy yil rajab oyining oxirgi kuni jumada xufton namozidan keyin vafot etdi. Ellik to'rt yillik umr. Ilmga sal qilingan umr. Yarfaila hulladina a man uminkum va ladina utul ilma daraja. Alloh sizlardan iymon berilgan va ilm ato etilganlarni martabasini ko'taradi degan. Qullar podshohlar darajasiga chiqadi.
Oddiy avom bo'lgan xalq qavmini saidligi aylanadi. Nima bilan? Ilm bilan. Siz bilan biz birodarlar dunyo quvgandek ilm quvishga kirishganimizdan keyin Alloh Taolo siz bilan bizni ham ko'taradi. Imom Shofiyning qabriga yozib qo'yilgan edi. Bu muhammad ibn idris as shofiyning qibri. Va u Allohda o'ziga iloh yo'q va Muhammad alayhissalom uning bandasi va rasuli deb guvohlik beradi. Yana albatta u jannatni haq, do'zaxni haq, qiyomat soatini aniq keladi deb va albatta Alloh qabrdagilarni tiriltiradi deb guvohlik beradi. Albatta uning namozi ham, nusuka ham yagona bo'lgan Alloh uchundir. Bas, shu narsaga buyurildi u va u musulmonlarning avvalgisidir islomda yashadi va unda vafot etdi. Inshaalloh ana shu islom ustida tiriladi.
Aqulu qavli ha da va stavhirulloh alayhi va lakum.