Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbilan amin. Ala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqul va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma ba. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanahu va taolo ushbu saidul ayyom kunini barchamizga barbodlik qilgan bo'lsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin.
Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun yigirma to'rtinchi sinf. O'tgan darsimizda biz bolani nafsiy tarbiyasi, psixologik tarbiyalardagi bir qancha ko'rinishlarni ko'rdik, ulardan o'zini o'zi nuqsonli his qilishligi, bola o'zini boshqalardan kam deb ko'rishligi degan zohirani ko'rinishini ko'rib chiqdik. Bugun inshaalloh davom etkazamiz.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini tadbiq qilgan ota, bu aqlli kishidir. Otalar bo'ladi, oilada yumshoq muomala qiladi. Halim bo'ladi, muloyim bo'ladi. Bunday xonadonda ota ozgina qilgan harakati bilan bir katta natijalarga erishadi. Yana shunday bir xonadonlar bor. Bu xonadonni otasi badjahl bo'ladi, doim baqir chaqir qiladi, so'kadi, urishadi, janjal bo'ladi, go'yoki bu jahannamni bir parchasiga o'xshaydi bu uy. Bir yigit kelib, zino qilishlikka ruxsat so'radi. Yana bir kishi namozda turib gapirdi. Bunga guvoh bo'lgan odamlar hammasi o'lkali odamni shu qilgan beadabligi uchun bir ta'zirini berishlikka urinishdi, lekin payg'ambarimiz halimlik bilan, yumshoqlik bilan, sabr bilan ikkalasiga chiroyli bir suratda ta'lim berdi.
Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam bilan kimlar yashagan bir zamonda? Sahro oyilar. Ta'lim tarbiyadan bexabar. Unaqa bir sahroda bir o'sib qolgan odamlar, Rasululloh sabr qildi ularga. Kap katta kishi masjidga kirib bavl qilishligi. Inson aqli qabul qilmaydi bu narsani. Rodalar dinimiz yengillik dini. Og'irlik dini emas. A robiyum bala fil masjidiy, fasayra nasl ilayhi li yamna uhu. Bu hadis Imom Buxoriyda keltirilgan Abu Hurayro roziyallohu anhudan. Bir arobiy masjidga kirib, bavul qildi. Odamlar uni to'xtatish uchun o'rinlardan qo'zg'alishdilar. Hol alahum rasulullohi sollallohu alayhi vasallam da'vu hu. Ahli qu ala bavlihi g'anub min ma. Fa innama boyis'tun muyassiring, valam tub'a'lu muassiring. Rasululloh tinch qo'ylar unda. Uni bag'rini bo'lmanglar dedi. Ya'ni siyib olaversin dedi. Ana shu bag'rini ustiga suv oqizinglar. Albatta sizlar yengillatuvchi qilib yuborildinglar, og'irlashtiruvchi qilib emas. Din, birodarlar, yengillik, mashaqqat emas.
Qiynamanglar dedi. Qarang, bu odam agar shu bag'runi to'xtatsa, oxirigacha yetkazmasdan, unga bir kasallik yetadi. Payg'ambarimiz te qo'yilar deyapti. Hamma uni qilgan ishini xatoligini bilib, ko'rib, uni bo'g'ib qo'ymoqchi. Ammo payg'ambarimiz u bilmasdan qilayotganligini tushunganligidan, hikmatidan teq qo'yilar dedi. Undan tashqari, agar hozir agar buni to'xtatamiz deb tursa, haligi siygan holda qochadi.
Bavli har yerga yayiladi. Uni o'rniga bir yo'lga bavul qilsin, bavli bir yerda bo'ladi, uni yuvib tozashligini nima oladi? Oson bo'ladi. Shuning uchun mana shunday bir masjid qavmi uchun ular namoz o'qiydigan, dars eshitadigan, bu masjidga kirib, bavl qilishlik, bu qavm uchun juda katta haqorat. Masjid, qavm uchunda bundan katta haqorati bo'lmaydi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hikmat bilan, yumshoqlik bilan buni tarbiya qildi va nima deb duo qilganini bildinglar. Bavlini tugatib, ishtonini baylab, ey Alloh, meni jannatga kirgiz, Muhammadni jannatga kirgin, boshqa hech kimni kirgizmang jannatga dedi. Demak, muloyimlik, lutf, sabr bilan tarbiya qilinadi farzandlar.
Rasulullohni mana shu muloyimlik qilgan, yumshoqlik qilgan, lutf ko'rsatgan rolni yana bitta misol, kunlarni birida bir top asboblari bilan Rasululloh o'tirib, tuya go'shtini yeyishdi. Shu yeb o'tirganda bittasidan yel keldi. Ey! Kimga o'sirding, nima deb Payg'ambarimiz?
Bizda darrov hammamiz qarab xijolat qilib tashlaymiz ku. Biz huzurlanamiz birovni xijolat bo'lganidan. Betini qizartirgani, bir uyatga qoldirganidan, qolganidan mazza qilamiz biz. Rasululloh nima qildilar? Kulni man akal alahmat jazurin falya tovarg'on. Go'shtni yeb bo'lgan ishni yeb bo'lishganlardan keyin, kim dedi, mana shu tuyani go'shtidan yegan bo'lsa, turib tahorat qilsin dedi.
Sahobalar hammamiz yedi, yo rasululloh dedi, hammanglar tahorat qilinglar dedi. Boyagi odamni xijolatga qo'ymadi. Boyagi odam harajga qo'ymaddi. Allohni rahmati bo'lsin payg'ambarimizga, payg'ambarlarimizga birodarlar. O'rganmaymizmi? Biz agar mabodo hech kim sezmay qolgan bo'lsa, nima qilamiz? Chaqirib yurib aytamiz, ma'no qildi. Mana qilib qildi.
Shuning uchun birodarlar, musulmon odam yumshoq tabiatli bo'lishligi kerak. Muloyim bo'ladi, shirin so'zli bo'ladi, mushkulalarni hal qilib yuborishligi oson bo'ladi. Endi hammamizni ham jahlimiz chiqadi, hammamizni ham odammiz. Odam bo'lganingizdan keyin jahli chiqadi, peres tutadi. Bor hammamizda. Ammo imkon qadar bolalarni tarbiyasida mana shu g'azabni yutishligimiz kerak bo'ladi. Bir kishi o'ngga kirgan bolasini tabibni oldiga olib bordi.
Tabib bolani ko'rishlik uchun otasini oldiga yechintirdi. Yechintiruvdi, haligi bola javob bavul qilib yubordi, siyvorardi. Tabibni ustiga siydiga tegdi. Otani holini tasavvur qiling. Yer yorilsa, kirib ketsa. Shunda tabib nima dedi? Xijolat bo'lmang dedi. Ha bunaqa ish bo'lib turadi, ishimiz shunaqa, o'rganib ketganmiz dedi. Otani xijolatchilikdan chiqarib qo'ydi. Qani odamsiz, odam podam boqmabsiz, ustimni ham siyvoradi, men olib chiqib tashqariga demadi. Bu yana aylanib kelib turib, musulmon odamga yarashadigan halimni yumshoqlik.
Muloyimni yumsho'qlik tarbiyada. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imom buxriy va muslimdan keltirilgan hadis, oysha onamiz roziyallohu anhoda. Innalloha rofiyqun, yuhiy bir rivqo fil amri kun lihi. Albatta alloh taolo dedi payg'ambarimiz, muloyimdir. Yumshoq kechirimlidir. Har bir ishda muloyimligini yaxshi ko'radi. Muloyimlik qaysi ishda bo'lsa, shu ish chiroyli bo'ladi. Inna rivqalar yakunu fisha in illa za nahu.
Muloyimlik, halimlik, qaysi ishda bor bo'lsa, mana shu ishni chiroyli qiladi. Qaysi ishida yumshoqlik, muloyimlik bo'lmasa, bu xuniy bo'ladi bu ish. Boshqa aytasizlar Payg'ambarimiz, Jaririddin Abdullohdan, Imom Muslimdan keltirilgan. Men yuhrom rivqo, men yuhrom rivxo, yuhrom ilh xayra kunla. Kim? Muloyimlikdan mahrum bo'lgan bo'lsa, hamma yaxshilikdan mahrum bo'tdi. Dag'al qo'pol odamda yaxshilik bo'lmaydi. Chunki eng katta yaxshilik bo'tgan muloyim yumshoqlikdan mahrum bu inson.
Biz farzandlar tarbiyasi haqida gapiryapmiz. Biz o'zimizni kelajagimiz haqida gapiryopmiz. Biz juda ham baland imorat qurish haqida gapiryupmiz. Bunaqa baland imorat qilishlik uchun birodarlar katta sabr kerak bo'ladi. Ha, jahlingiz chiqqan paytda bolangizni qilgan xatosi uchun so'kib qo'yish, urib qo'yish oson va sizga yoqimli bu. Ichingizdagi zaharni chachib oldingiz, bo'shadingiz. Ammo bolaga qanaqa ta'sir qiladi? Shuning uchun ta'lim uchun birodarlab mehnat kerak, sabr kerak, qanoat kerak.
Ba'zida endi har qanday bola qanaqa xato o'tadi, otalar bo'ladi, uradi. O'zi asli urushlikdan avval ta'lim berganmisan degan savolda o'tgan safar hal qildik. Avval o'rgat, ogohlantir, shunda ham xato qilsa, shunda jazoladi. Endi avval o'rganmaydi, tushuntirmaydi, xato sodir bo'lganda uradi da, nima uchun urganligini ham aytmaydi. Kaltaklaydi, qolaveradi. Biz bolani ko'ngli cho'kishligi, o'zini nuqsonlik his qilishi, boshqalardan men kamman degan shu'rni paydo bo'lish sabablarini ko'ryapmiz.
Bolani o'ziga o'zi ishonchi yo'q bo'lib qolishligi, o'sini noqiz his qilishi, bo'lishi, boshqalarda kamda bilishigini sabablardan yana bittasi, uni hamma sharoitini mukammal muhayyo qilib berishlik. Nimani so'rasa qilib beriladi, nima talab qilsa bajarilar edi. Oppoq g'oyim bo'lib qolgan.
Hech qanday erkasidan mas'uliyat yo'q. Hamma ish otani zimmasida. Hamma yog'ini siz qilib beraversangiz, siz qilib beraverarsangiz, kattaroq bo'lib qoladigan paytda bir ish qilgani o'ziga ishonmay qo'yadi. Masalan, hech bo'lmasa, svetni kvitansiyasini qo'liga berib, bolib to'lab kel desa, uddasidan o'tadimi o'n yashar bola?
Pulni ishani bo'lmaydi da domla. Yoki bo'lmasam ertalabda bir to'rtta issiq non olib kelishiga, mana bolam, birinchi sinfda o'qiydigan, bor, non olib kel desa, borib olib keladi da, shu ishni bajarganligiga o'zi quvonadi va o'ziga ishonchi ortadi. Men ham boshqalardaqa odam ekanman degan narsa bo'ladi. Qo'y, bu eplay olmaydi bolam, akangga ber. Qo'y bu yana anaqasini olib keladi.
O'tgan safar aytdik ku, bola loy bo'lsa, otangni kul ol. Bu loy lyuboy narsa yasashi mumkin bundan. Yoki hech narsa yasamasligi mumkin. Qo'rqoq, jur'atsizmi? Bunga siz o'zingiz aybdorsiz. Bolani yana shu kasalga chalinib qolishligini sabablaridan bittasi, ota ona farzandini oshiqcha yaxshi ko'rib erkalatishi. Po'palashi oshiqcha. Shu ham bolani o'ziga ishonchini yo'q qilib qo'yadigan omillardan. Qurbon hayitimada yoki bir aqiqa munosabati bilanmi, bir jonivorni so'ydingiz, go'shtini uch to'rtta xolpaga soldingiz, bering qo'liga. O'n yashar, yetti yashar borib eplaydi, ol bor. Tarqatib kel qo'shnilarga. Tarqatib keladigandan keyin bilasizmi, katta odamdaqa kirib keladi. O'ziga ishonchi ortdi. Ya'ni menga shu go'shtni ishonib berishdi. Olib borib beradi da, so'rang. Berib keldingizmi o'g'lim? Qanaqa qilib berdingiz? Gapiga quloq solib qo'ying da, o'ziga ishonch ortadi. Keyingi safar bir ish deb yursangiz, dadil chiqib ketadi.
Yoshligida yetim qolgan bolani ko'rganmisizlar? Sharoitni og'irligidan, hayot majbur qilganidan ertaroq katta bo'lishga majbur bo'lgan. O'ziga ishonchi ertaroq paydo bo'lgan qalbida. Chunki ukalarini, onasini bir mushkulasini hal qilish uchun, yegani bir ovqat topib kelishligi uchun ertaroq katta bo'lishga majbur bo'lgan. Ertaroq o'ziga bo'lgan ishonchi yo'q. Paydo bo'lgandi. Ammo ota onasi bor bo'lganlar, taltaytirib boqilganlar, qirqqa kirganda ham o'sha otasini enasini xonatidan chiqa olmaydi. Xudo berganiniki o'n besh eda bosh, Xudo urgandi bolasi, o'ttiz da yosh.
Nimaga o'ttiz da ham yosh? Chunki o'sha kichkinaligidan bu bolani o'ziga o'zini ishonchini ziyoda qilib katta qilinmagan. Bola o'zini nuqsonli his qilishligi, o'zini boshqalardan kam deb his qilishligini sabablarni ko'ryapmiz. Shulardan bittasi, ota ona oshkicha po'palashi bolasini. Bolasiga biror narsani ishonib topshirmasligi. Masalan, bir odam bolasini uylaydi, qo'liga pul bersa borib bozor qilib kelolmaydi uyga. Nimaga desa, uylanguchi bo'lgan hayotida biror marta shu ishni qilmagan. Yoki qizini turmushga berishdan oldin, ona ta'lim tarbiyani o'rgatmagan, ovqat pishirish, non yopishda, uy tutishlaydi, erga bergandan keyin qiynalib qoladi. Ertaroq boshlashlik kerak, bolalarni odam qatori qo'shishlikka. Eplay olasan, qilasan, bor. Bering mashinangizni yuvsin biror marta.
Yuvib bo'lgandan keyin bilasiz qanaqa bo'lishini. Zato yuvdi da. Dadamni mashinasini men nima qildim deydi? Yuvib berdim deydi. Tushunarli a, birodarlar? O'ziga ishonchi ortishiga yordam beraylik. Nimanidir yuklaydi ularga. Demak, bolasini ortiq darajada ehtiyot qilib, ularni mas'uliyatli bo'lishga odatlantirmagan ota keyinchalik bolasini o'zini nuqsonlik his qilishiga sabab bo'ladi. Bering, qilsin. Buzsin, tuzatsin, eplasin, o'rgansin.
Oshishi erkalatilingan bola, taltaytirib katta qilingan bolani jamiyat qabul qilmaydi. Sinfdoshlari ham qabul qilmaydimi bunaqa bolani? Jo'ralari ham qabul qilinmaydi, hayot ham qabul qilmadi. Avvalgi darslarda aytib o'tganmiz, xalifa Muoviyatuddin Abu Sofiyon. Nihoyatda bir hushyor, halim, zakiy kishilardan biri. Bu kishini halimligini sinashlik uchun ikkita odam garri o'ynadi. Bir bolaga aytishdiki, xalifa minbarga chiqib ketayotganda bir qarab ko'zingni qisib qo'ydi. Ya'ni g'azab qiladimi bu qilgan beadabliyingga, yoki halimligi tutadimi? Haligi bola shunaqa qildi. Xalifa minbarga chiqib ketayotgandi, haligi bolaga ko'zi tushib qoldi xalifani. Ko'zini juda qisib qo'ydi xalifaga qarab. Xalifa aytdi, xushyor odam edi. Daho oladimi edi bu kishi? Bunga kimdir o'rgatibdi dedi da, parvo qilmadi.
Shu qilgan ishiga jazo olmadi. Shu yigit keyinchalik boshqa xalifaga shunday qilib ko'zini qisuvdi, bu xalifa uni qatl qilishga buyurdi. Odamlar aytishdi, bu bolani keyingi xalifa qatl qilmadi, muoviyatun nabi sufiyon qatl qildi deyishdi. Nimaga? Shunday qilgan ishiga parvo qilmasdan o'z holiga tashlab qo'ygan edi. Shuning uchun farzandlarimizni jamiyat qabul qilmaydigan darajada taltaytirib yuborgan bo'lsak, ularni jamiyat qobil qilmayapti emas, biz o'zimiz qabul qilmaydigon qilib qo'ydik. Bu ayb kimda? O'zimizda.
Tiktokda turib boqasiz, patinkasi bilan kirib kelaveradi gilamni ustidan, to'shakni ustidan, ovqat tuta xohlaganni qiladi. Indamagansiz, odob bermagansiz, qarindosh ishga olib bordingiz bu bolani. Xuddi o'sha ishini qilaveradi. Patinkasi bilan gilamga chiqib ketaveradi. Ular shu bolani yomon ko'radimi? Yo'q. Otasini yomon ko'radi. Rahmat kimga aytilinadi? La'natchi?
Padaringa la'nat. Manaqa qildi, ha deydi. Yoki otangga rahmat, shunday qilib tarbiya bergan deydi. Rahmat olib berayotgan bo'lsa ham, la'nat olib berayotkan bo'lsa ham bu o'zimizni qilgan xizmatimizni samarasi. Qarang, salaf solih yillarda biz hozir o'qiyotgan tarbiya ilmi, tarbiya programmalari, manhachlari bo'lmagan ekan. Bizga o'xshab ko'p eshitmagan ekan. Kitoblar qo'lida alohida tarbiya haqida yozilgan kitoblar bo'lmagan ekan, lekin tarbiyani zo'r qilgan ekan ular. Ular bilganiga amal qilgan ekan. Bizga o'xshab ko'p narsani eshitib, tashlab qo'ymagan ekan.
Masalan, o'sha bolasini taltaytirib yuborgan odam, bolasini qiynashini xohlamaydi da, maktabda baholar yaxshi bo'lmayapti desa, parvo qilib, qilmaydi. Mayli, keyingi yil yaxshi o'qib ketadi. Bir yil yaxshi o'qimasa, keyingi yil qanaqa qilib o'qiydi? O'zi umuman ishi ham bo'lmaydi hozirgilar maktabi bilan, o'qim nima olarding deydi. O'rtoqlari oliy baholar bilan maktabni bitiradi, bola orqada.
O'rtoqullari jomiyalarga kiradi, bola orqida. O'rtoqlari bir qandaydir mutaxassislik egasi bo'lib, bir vrachmidi, advokatmidi, yuristmidi yoki injener bo'ladi, bola orqadan. Doim orqadan. O'zini boshqalardan nuqsonli his qiladi, o'zini past deb biladi boshqalardan. Nima uchun? Ota onasi mana shunday bo'lishiga yo'l ochib bergan va tek qo'ygan. Farzandni o'zini nuqsonli his olishinglarni bitta sababi qattiqqo'llik.
Ortiqcha qattiqqo'l. Ozgina xato qilsa so'kishni eshitadi. Ozgina adashsa kaltak yeydi. Kaltak yoradi, so'kishni echtiboradi, oxiri nima qiladi? Qo'y deydi, qimaydi, jim o'tiray deydi. Endi qarang, avvalgi darsda aytdik, har qanday yaxshi fazilat, har qanday yashil fazilat, ikkita yomon sifatni o'rtasida turar ekan. Tortinchoqlik bilan surbetlikni o'rtasidan jur'at turadi. Tortinchoqli bu bitta ayb, surbetlik ayb, ikkalasini o'rtasini olsangiz, jur'at bo'lar ekan. Endi xuddi shunga o'xshagandek. Qattiqqo'llik bir tomonda yomon sifat, qaltiratib yuborishlik yomon sifat. Shuni o'rtasi yaxshi. O'rni kelganda yaxshi ham gapirasiz, o'rni kelganida xatosini tuzatib ham qo'yasiz. Har qanday yaxshi fazilat, ikkita yomon fazilatni o'rtasida turadigan narsa.
Tegma, ushlama, buzib qo'yasan, qo'lingdan kelmaydi, eplolmaysan. Teg qo'y, akangga ber, ushama. Doim shunaqa bo'lavergandan keyin, qattiqqo'li qilinavergandan keyin bola o'ziga o'zi nima qilmay qo'yadi? Ishonmay qo'yadilar. Kullubina adamahattoun vahoyrul xattoa ina tavabun, dedilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Odam bolasi borki, xato qiladi. Odam bolasi bor ki, xato qiladi. Xato qiluvchilarni yaxshisi tavba qiluvchisi. Qarang, ota bolasini komil inson qilib tarbiyalashni xohlasa, tayyor tursin. Nimalarga tayyor tursin? Bolasini xato qilishiga, bolasi bir narsani buzib qo'yishiga, birorta ishni bir noto'g'ri qilib qo'yishigiga tayyor tursin, o'chirib olasiz telefoningizni. Xo'p, siz, siz, siz orqaga qaragan bola. O'chirib, omonat sizga. Bu.
Mada bolalarda bor mana shu darslar. Hali yozuvimiz bormi mada? Turibdimi? U yoqdagilar ko'rmay qolmasin deb, u yoqqa ham xato qiladi bola, tayyor turish kerak unga. Kim xato qilmaydi?
Hech narsa qilmagan xato qilmaydi. Kim qoqilmaydi? Yurmayotgan odam qoqilmaydi. Shuning uchun xato qilishiga tayyor turing. Nima o'zidan o'tmaganmi xato? O'zidan o'rtmaganmi, o'zidan ham o'tgan? Shu qo'liga pulni berib bor. Olma olib kelgan bo'lsam, o'n olib kel deb jo'nat. Men riskovat qilay shu besh olti so'm pulga. Olib keldi, achchiq o'n olib olib ketdi. Sen odam bo'lmaysan o'zi. Srazu shunaqa deb boshlaymiz. Yo olib kelganiga moqtang.
Barakalla o'g'lim. Bozorga borib olib kelibdi mana o'zi katta bo'lib qoldi o'g'lim, o'zi rasvo bu yoqda. Qo'yga beradigan onamdan olib keldi. Lekin olib keldi da. Qanaqa qilib oldingiz? Manaqa qilib oldim, manaqa qilib oldim. So'rang. O'rgating, qilgan xatosini keyin tushuntiring. Bizda srazu oxirgisi a? Olib bor. Nima qilib kel? Ha.
Boshidan o'tganlar biladi buni. O'zi zo'r olib borib olib kelgansan. Yana qaytarib bordik. Qanaqa qilib olib boraman deydi. Qaranglarda, bizchi tarbiya bilan shariat bizdan talab qilgandek shug'ullanmaymiz hech qaysimiz. Ehtimol bordir ayrim odamlar, lekin shariat talab qilgandaqa tarbiya bilan sho'g'ullanmaymiz ekanmiz. Bolani o'zida bola o'zini nuqsonlik his qilmasligi uchun, boshqalardan past, kamman demasligi uchun bolaga qozoq yoqadalga bo'lgan e'tiqodni ta'lim berishi kerak. Qozoq yo qadar nima ekanligini o'rgatish kerak. Avval otangni o'zi bilishi kerak qozoq yo qudrat nimaligini.
Qiyomat kunida Alloh Taolo bir bandasiga aytadi: Abdiy, atoy to'kamalin, fama'da soni atafiy. Bir bandaga aytadi, ey bandam, men senga mol u davlat bergan edim. Nima qilding shu mol u davlatni? Manda aytadi. Robbim, mendan keyin bolalarim kambag'al bo'lib qolmasin deb qo'rqib, bu pulni ishlatmadim, shu narsaga dedi.
Bola chaqam yo'qoladi deb pul to'playotganlar. Alloh Taolo aytdi: Alam ta'lam bi anniy ana raza' zulquv va tilmatin. Innalladiy hoshiyta hu ala avlodika minbaradik qot anzalta hu bixin. Ey bandam, axir meni Razzoq ekanligimni, quvvat egasi ekanligimni bilmasmiding? Diqqat.
Sen bolalaringga o'zingdan keyin yetib qolishidan qo'rqqan narsangni, faqirligini, men ularni ustiga tushirdim. Bolam mendan keyin qiynalib qolmasin deb turib, ta'lim tarbiyasi bilan shug'ullanmay ekan. Allohni tanitmay ekan, faqat pul topib qo'yayotgan otalar eshitib qo'ysin.
Sen qo'rqqan narsani bolalaring ustiga tushirdim. Kambag'al qilib qo'ydim bolalaringga deydi. Alloh taolo yana bir bandaga aytadi: abidiy, a atoyt ukam ma'lum, hamma adasoni atofiyhi. Ikkinchi bandaga ham xuddi shu gapni aytyapti. Ey banda, senga pul berganman. Nima qilding? Banda aytadi. Ey robbim, seni eng yaxshi saqlovchi zot ekanligingga, arhamar rohimin ekanligiga bo'lgan iymonim sababli, muallimni hamma miskin bechoralarga tarqatdim, inqiroat qildim dedi. Alloh taolo aytdi. Ey bandam, sendan keyingi farzandlaringni saqlovchi men edim dedi. Shuning uchun, farzandlarini kelajagi haqida g'am qilgan ota ona, allohdan taqvo qilib yashasin. Shuni o'zi kifoya qiladi. Ammo Allohni tanimasdan, bolalariga ham Allohni tanitmasdan, faqat dunyo imorati yo mavrid dunyosini qilib berayotgan otalar hushyor bo'lsin. Alloh qodirzod har narsaga.
Ha qizi Payg'ambar bilan Muso Payg'ambar ikkita yetimni devorini urdimi? Nimaga urdi? Tagida xazina bor edi. Bu devor ikkita yetim bolaniki edi. Agar devor yana nur olib yuborsa, xazina ochilib qolib, bolalar ega bo'la olmay qoladi, talabmon qilishib yuboradi odamlar. Ammo Alloh azza va jalla bu ikkita yetim bolani ota onasi solih inson bo'lganligi uchun, ikkita Payg'ambarni xizmatga solib qo'yyapti yu, birodarlar.
Tushunarlimi? Demak, bola o'zini nuqsonli his qilmasligi uchun. Boshqalardan kamman demasligi uchun qo'rqoq, jur'atsiz bo'lmasligi uchunga, hozirgi qadam nimaligini o'rgatish kerak bolaga. Bolam qo'rqma. Sendan faqat ishni qilish sabab, natija Allohda bo'ladi. Va bo'l bo'lgandan keyin, demak Alloh shuni xohlagan ekan. Endi ota inalarga o'rgatish kerak o'zi qozoq qatorga bo'lgan iymon.
Alloh Taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi. Astaydu billah, men asobamin musibating fil avd, va la fiyam fusikum illa fiy ketab min min qobli an nabron ha. Inna dalika ala Alloh yasir. Mana shu qozoq qadar haqida. Na yerga va na o'zlaringizga biron musibat yetmas, magar yetsa, biz uni paydo qilishimizdan ilgari kitobda lauxul ma'qulda bitilgan bo'lur. Likayla ta'sav alama fa takom va la tafrohu bima a ta'kom va Alloh la yuhib bu kulla muhtal in faxhur. Toki sizlar qo'llaringizdan ketgan narsaga qayg'urmagaysizlar va Alloh ato etgan narsa bilan shodlanib, havolanib ketmagaysizlar. Alloh barcha kibr havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas. Demak, xulosa, hozirg'a qadar nima ekanligini ota ona o'zi o'rganib bilishligi kerak.
Bunga bo'lgan iymonini mustahkamlashligi kerak va bu narsani farzandlariga ham ta'lim berishlik kerak. Bolaga ishonchni singdirishlik uchun. O'ziga bo'lgan ishonchni kuchaytirishlik uchun shoshilmaslik kerak. Odob berishlikda tadrich, bosqichma bosqich ish tutishlik kerak bo'ladi. Masalan, bolangizga nasihat qilsangiz, ta'sir qiladigan bo'lsa, so'ymang buni. Nasihat yetadi. Endi, so'ksangiz, foyda qiladigan bo'tirgan paytda, urmay turing.
Endi ursangiz foyda qiladigan bo'lib turgan paytda, uydan haydab chiqarib yuboring. Qaytaramiz. Nasihat, so'kish, urush va uydan mana shu eng yomon narsa. Oxirgisi uydan haydlab chiqarishi yomon narsa. Chunki uydan haydabsiz, uni orqasidan keladigan narsa yomonroq bo'ladi. Chunki bola ko'chada qolsa, u yolg'iz qolmaydi. Uni xaridorlari albatta chiqadi. Har xil qing'ir qiyshiq yo'llarga yetilib ketayotgan xaridorlar albatta chiqadi.
Internetga tashlab qo'ygansiz, telefoniga, whatsappiga, vechatiga topshirib qo'ygansz, xohlagan odam bilan gaplashgan. Siz uni tarbiyalamoqdingiz, boshqalar tarbiyalab ketib qoldi. Agar uydan haydab chiqarishlik oxirgi chora deb aytsak, bu noto'g'ri chora. Bu chora emas. Sababi ana shu avvalgi darslarda aytganmiz, bir bolani otasi uydan haydab chiqardi, chiqib ketdi. O'g'irlar to'dasiga qo'shilib qoldi.
O'g'ilni qilgani borishdi, bu bolani ko'chani qarab turishiga qo'yishdi. O'g'. Qilishdi, ketishdi. Keyin bu o'g'illarni to'dasi tutildi da, taftish mahkamasida uni ham ismi aytilindi, uni ham chaqirishdi da, sovuchasnik deb, uni ham qolmashdi. Shuning uchun uydan chiqarib yuborishlik, uydan haydab chiqarishlik, bu yechim emas. Ayniqsa bizni zamonimizda. Avvalgi davrda odamlarda ko'pi dindor bo'lganligi uchun ko'chada qolgan bo'lsa, ertalab uyga olib kirib qo'ygan, yur. Xato qilgan bo'lsang, otang kechir deb turib, ertalab olib kirib qoladigan odamlar bo'lgan. Hozir hech kim bilan hech kimni ishi yo'q. Uydan haydlab chiqarib yurish yo'q.
Bolani o'ziga bo'lgan ishonchini orttirishlik uchun qilinishi kerak bo'lgan yana bitta ish. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ixsha ushanu fainna ne amalat adum. Soddalikka, to'porlikka odatlaninglar. Zero ne'mat doim bir xil bo'lavermaydi. Haligi bolani oshiqcha tartib etirib yuborish, ortishni erkalatib yuborish. Ortiqcha, ortiqcha popalab yuborishlik, o'ziga bo'lgan ishonchini yo'q qilib qo'yadi dedikmi? Endi, shuni aksi.
Ancha muncha uyda go'sht bo'lmay qo'yaversin. Ancha muncha ovqat bo'lmay ham qo'yaversun. Aqlli, hushyor ota ayrim kunlari ovqatni qisibroq qo'yadi. Yo'qligidan emas, bor bo'lib turib ham. Chunki bola o'zini nafsini tarbiya qilishligi oson bo'ladi shu bilan. Ayrim kunlarda kechki ovqat bo'lolmay qo'yaversin.
Yo'q bugun ujin. Kechki ovqati yo'q bugun. Nima qilamiz? Non choch yotib olamiz. Hech narsa bo'lmaydi. O'lib qolmaydi bir kun yarim kun. Och qolsa, ozgina qiynalsa, och qolgan odamlarni holiga yetadi. Ammo doim mo'lkonchilik bo'ladigan bo'lsa, bilasizmi nima oladi? Bolasini oshishini sarf xarajat bilan, taltaytirib, erkalatib katta qilgan otani uyida biror narsa bo'lmasa, birar kun, bola bu narsaga odatlanmagan. O'zini jilovlay olmaydi. Bilasizmi? Agar sarf xarajatni oshicha qilib, mol ko'lchilikda boqilgan farzand, birdaniga otasini qo'lida pul yo'q bo'lib qolsa, ikkita ishdan bittasi bo'ladi. Bu bola harom ishlarga qo'l urishni boshlaydi, yoki odamlardan ta'ma qiladigan ta'magir bo'lib qoladi.
O'zi eskidan qo'lida bir davlat bo'lib kelgan odamlarni qarasang, bolalarini ja taltaytirib olmaydi. O'rtacha yo'q edi da payt. Endi kecha bo'lganlarni qarasang, va shu bilan buziladi bolani tarbiyasi. O'zi student kambag'al bo'ladi deymiz ku doim, mana shu yaxshi narsa. Chunki shu yo'qchilikni ko'rib katta bo'lishligi kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, iyaqun vattanaun, fa inna ibodallohi lay suhbil mutana'imen. Ne'matlarga berilib ketishlikdan, huzur halovatga kirishib ketishlikdan ehtiyot bo'linglar. Zero Allohning bandalari huzur halovatiga berilgan bo'lmaydi. Demak, toporlik deganda biz borini yeb ketaverish, borini kiyib ketaverish, bori bilan kunda o'tkazib ketaverish juda ham komfortni talab qilmaslik. Mana shu narsa bolani o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradigan sabablardan. Qaranglarda, Alloh Taolo Qur'ondasi bilan bizga ta'lim berdi.
Payg'ambarlarni hayoti bilan. Hamma payg'ambar ham chi, boy badavlat yashamagan. Biz ibrat olaylik, dars olaylik. Shuning uchun Alloh Taolo kam payg'ambarlarda hayotini mashaqqatli qildi. Muhammad alayhissalom yetim qoldimi? Yetim qoldi. Bobosini qo'lida qoldimi? Qoldi. Amakisini qo'lidami? Qoldi. Abu To'libni bolalari ko'p edi.
O'zi kambag'al edi. Ovqat oz bo'lar edi, bolalar ko'p edi. Qorin och, ovqatni olib kelganda, bolalar hujum qilardi ovqatga. Rasululloh sallalloh alloh bergan odob bilan bir chekkada turardi. Qorin och qolib ketardi, mana shu odobni tufiyli. Mashaqqatmi? Rasululloh sal ishga yarab qo'yganda qo'y boqdimi? E habibi, o'zini eng yaxshi ko'rgan bandasi Muhammad alayhissalomni borchilik yo'qchilik, borchilik yo'xchilik bilan alo taolo tarbiya qildi. Shuning uchun ja taltaytirib yubormanglar bolalaringlar. Dada, manaqa telefon chiqibdi. Men o'g'lim. Dada, manaqanaqa narsa chiqibdi. Mening o'g'lim? Bo'lmaydi. Bo'lmaydi, bor yo'qchilikka odatlantiraylik. Qo'limizda to'liq toshib ketayotgan bo'lsa ham. Chunki hamma yog'ini srazu muhayyo qilib berishlik, bolani buzadi tarbiyasi.
Addabani robbi fahsanati adibi dedi payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Robbim menga odob berdi va odobimni chiroyli qildi. Bolani nuqsonli his qilishi o'zini. O'zini boshqalardan past ko'rishligini yana bitta sababi, ota ona bolalarni ayirishi o'rtasida. Bir bola bor, zehnli. Yana bitta bolangiz bor, unchalik emas. Bitta bolangiz quvvatli jismonan yo'g'on, ikkinchisi kichkinaroq. A bitta bolangiz chiroyli, ikkinchisi o'rtacharoq. Agar zehni past bo'lganda, chiroyli bo'lmaganda, jistasi kichikroq bo'lganini chekkaga so'raversangiz, mana shu ash shu'r bin naqs, o'zini nuqsonlisi qilishlik, mana shu shu'r kuchayib ketadi. O'zini otasi surib turgan bo'lsa uni, sen pastsan deb turgan bo'lsan, qanday qilib bu shu'runi qalbida paydo bo'lmasin? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar savu bayna avladi ku fil ati iyyatun. E, atolarda, sovg'a salom, info qilishda bolalarda teng qilinglar. Albatta bitta bolangizni ko'proq yaxshi ko'rasiz, u bor u, kenjasimi, kattasimi, o'g'lingizmi, qizingizmi, bittasini yaxshi ko'irasiz oshicha. Ammo buni ko'rsatib qo'yish ni yaxshi emas. Buni zohir qilishlik yaxshi emas. Muomalada hammasini teng ko'rishlik kerak bo'ladi.
Nomonimni bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu hadis imom buxoriy, imom buxor i va muslimdan keltiriladi. Darsimizning nihoyasi. Nomonimni bashir aytadi otam meni rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldiga olib kelib aytdi. Inna inni nahal to ibni ha da g'ulomin, ka'nali. Mana bolamga dedi, bitta g'ulomimni hadya qildim dedi. Mana o'g'limga bir g'ulom bor edi xizmatga, shuni hadya qildim. Xoli nabiye sallallohu alayhi vasallam, kulla valadika nahal ta mitla ha da.
Hamma bolalaringga shunga o'xshagan narsani berdingmi dedi. Otasi yo'q dedi. Qaytarib ol uni dedi. Hech qaysi bolasiga qilmagan murvoti bitta bolasiga qiluvdi, Payg'ambarimiz qaytarib olib olgan. Bittaqulloh va adilu bayna avla dikum. Faro ja'a abiy farod dadalika sadaqati. Payg'ambarim aytdilar, Allohdan qo'rqinglar.
Allohdan qo'shqinglar. Farzandlaringiz orasida adolat qilinglar dedi. Shuning uchun qarang da, kenja bolangizga ko'proq bu narsani ko'tarib kelasizmi? Yoki hammasiga ham. Faqatgina bitta bolasiga shu qandmidi, shokoladmidi ko'tarib kelaversangiz, narigilar nima bo'ladi? Aytmaydi hech qaysisi. Indamaydi, lekin ko'ngli cho'kib qoladi.
Aka uka tortishib keldi, akanglar uraverasiz. Akanglar uraversiz. So'ramasdan adolat kim tomondaligini. Yana bir rivoyatda, kullohum vahob talohum itlahada. Hamma bolalaringga shunaqa narsani berdingmi dedi, yo'q dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, falatushhidniy idan fa innilar ashxadu ala javur.
Hamma bolalarningga berdingmi? Yo'q. Meni bu ishga guvoh qilma dedi. Men javurga dedi, adolatsizlikka guvoh bo'lmayman dedi. Shuning uchun bolalarimizni ko'nglini cho'ktirib, o'zini nuqsoni his qilishiga sabab bo'ladigan ishlardan bittasi, bolalarni nima qilish ekan? Birinchisidan ayrishlik. Shunga aytdilar, ayo sur ruka.
Ang yakunu ilayka fil birni savol. Shunga aitdilarki, payg'ambarimiz bashirga, e bashir dedi. Senga yaxshilik qilishda, farzandlaringning hammasi teng bo'lishini xohlaysanmi? Dedi. Hamma farzanding senga bir xil yaxshilik qilsa, mana shu narsa seni xursand qiladimi? Dedi. Ha deb javob berdi. Idan fasavviy baynohun fil ato. Unday bo'lsa, yaxshilikni ham hammasiga bir xil qil dedi.
Aqlli oti hech qachon bolalarini o'rtasini ayirmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurida bir odam o'tirgan edi. Bu hadis ana til nima olikdan. Payg'ambarmizni oldida bir kishi o'tiruvdi. Kichkinagina o'g'ilchasi keldi. Haligi odam, haligi o'g'lini olib, peshonasidan o'pib, quchog'iga o'tkazdi. Sal turib shu odamni kichkina qizchasi keldi da. Haligi qizda o'pmadi, quchog'inga o'tkazmadi, shart ro'parasiga o'tirmagadi, o'tkazib qo'ydi. Ayirib qo'ydi da. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ko'rib turib, ularga tenglik qilsang bo'lmaydimi dedi. Ularga bir xil muomala qilsang bo'ldimi dedi. Hatto mana shu o'pib erkalatish uchun quchog'iga o'tkazishingda bir xil muomala qilmasa, Payg'ambarimiz adolatli ish qilmading deb aytyapti. Ollohni o'g'li so'rading, qiz berdi. Qiz so'rading, yana o'g'il berdi. Nima u o'zini o'g'il, o'zini qiz qilyaptimi? Bolangni zehni pastroqda, nima o'zini shunaqa bir zehnsiz qilyaptimi. Ollohni berishiydi. Ayirmaslik kerak bolalar. Ayirmaslikkerak. Demak, birodarlar, bolalarimiz jur'atli, o'ziga ishonchi bir kuchli bo'lgan farzandlar bo'lishligi uchun uzoq mehnat qilishimiz va uzoq sabr qilishimiz siz bilan bizdan talab qilinadi.
Shunda shu oyat Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko'zini quvontirgan ummatun muhammadni tayyorlagan bo'lsak, aquli quli ha da