# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 410 of 510
- Section: —
- Duration: 51 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/410
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/9os38APSxrI.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=9os38APSxrI
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/409.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/411.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:06] Ishni Allohga topshirish, Uni o'ziga suyanish, Uni va'dasiga ishonish, Allohni ishiga rozi bo'lish, U haqida yaxshi gumonda bo'lish, yengillikni faqat Allohda kutish, iymonning eng ulug' mevasi. Allohga tavakkal qilish, mo'minning eng ulug' sifatlaridan. Tavakkal qilich degani nima degani edi?

[0:29] Esli odamlar ertaroq kelib mana devorga suyangan, beli charchamayapti, beli tolmayapti. Endi suyanchig'i bo'lmagan odamlar beli tolib ketadi. Mana sizlarga dehqonchi misol. Allohga ishlarini topshirgan, Allohga ishini tavakkur qilgan banda hayotda beli tolmay yashaydi. Lillahi ila ma taolo ala. Banda ishlarini oqibati haqida yaxshi gumonda bo'lsa, har bir ishida Allohga suyansa, nimaga erishadi? Allohning himoyasiga, homiyligiga, rioyasiga, qo'llashiga va madadiga. Va man yata vakkal alallohi fahvo hasbuhu. Kim Allohga suyansa, bu odamning hammishi Allohni qo'lida. Ibrohim alayhissalom juda ham katta o'tinni to'plab, gulxan yoqishdi. Ibrohim alaysi salomni oyoq qo'lini bog'lab, o'tga uloqtirishdi. Havoda uchib ketyapti. Shunda Jibril alayhissalom keldi da, alaka haja ya ibrohim. Ibrohim, menga bir hojatingiz bormi? Ha, o'sha o'sha olib qoling, demadi. U sekundlarda bo'lyapti bu ish. Havoda gaplashyapti buni. Uchib ketyapti, hozir yarim sekundda tushadi o'tga. Sizgami dedi? Sizga hojatim yo'q. Robbimga hojatim bor, ammo robbimga aytishni hojati yo'q dedi.

[1:49] Hasbunallohu aniyam al vakil dedi Ibrohim alayhissalom. Alloh Taolo ma'dada qulna ya naru kuni bardan vas ala mana ala Ibrohim. Ey o't, Ibrohimga sovuq va salomat bo'ling dedi. Nima uchun? Hasbunallohu va niyam al vakil degani uchun. Mushriklar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni va sahobalarini qo'rqitib odam yuborishdi. Katta qo'shin ustilarga to'planib kelyapti. Bu xudx azotidan keyinlar, uch kun o'tib. Rasulullohni qo'rqitgani, sahobalarni qo'rquitgan odam yuborganda, Rasululloh aytdilar, asbuni allohu ne'mat vakil. Bizga Allohnı o'zi kifoya, u vakillikka o'ta loyiqdir.

[2:32] Natija qanaqa bo'ldi? Shu oyatni davomini qarang. Fanqul abu biniy ammat iminallohi va fadl. Past, ana shu yurishdan biron noxushni yetmay, Allohnin ne'mati va fazli bilan qaytdilar. Birodar, hasbunallohu vaniyamil vakil deyishni o'rgandim. Yuragingdan chiqsin. Ishonib turib ayt. Odam bolasi dunyoda yasharkan, albatta xavotirga, mashaqqatga, vahimaga, qo'rquvga duch keladi. Bularni hammasini oldida sobiq turishlikka insonni toqati yetmaydi. Chunki inson ojiz, inson zaif qilib yaratilgan. Va xulqal insanova baifa. Inson ojiz qilib yaratilgandi. Demak inson ojiz. Ammo u robbizga tavakkal qilsa, Alloh meni qo'llaydi deb iymoni komil bo'lsa, ishini Allohga topshirsa, holi tamomi yaxshi tomonga o'zgaradi.

[3:24] Kelayotgan qo'rquvlar, hodisalar, voqealar, halokatlar bandani ezib qo'yadi. Shunda unga bitta yo'l qoladi. Hasbi allohi uning bir vakili deydi. Meni hisobim allohni qo'lida, u naqadar zo'r vakildir. O'zi shunaqa bir musibat tagida qolgan odamni boshqa nima chorasi ham bor. Nima chorasi ham bo'ladi. Agar birodar haqiqiy mo'min bo'ladigan bo'lsang, yolg'iz o'zini o'ziga suyadi. Alloh taolo aytyapti va alallohi fatavakkalu inkontum umining. E, agar sizlar mo'min bo'lsanglar, allohni o'zigagilar suyaninglar. Akangizga emas, tanishingizga emas, pulingizga emas, qandaydir kuchliroq aloqalaringizga emas, allohga suyaning. Agar muammo bo'lsangiz, shart qo'yyapti, eng konton mu'mining, agar muammo bossanglar.

[4:16] Mana, tarixni qarasangiz, allohga tavakkal qilishlikni misollari to'lib yotibdi. Allohga haqiqiy tavakkal qilganlarda Alloh qanday qo'llaganini qarang. Hojar ona emizilik Ismoil o'g'li bilan Bakkada qoldi. Ibrohim alayhissalom qo'yib ketdi, Allohga tavakkal deb qoldi. Hasbon Allohu vani yalol vakil dedi Hojaroni. Ojiza ayol. Qo'lida emizili bolasi. Hali Makka shahri yo'q. Sahro. Shunday qo'yib ketaverdi. Qolaverdi. Idan la yudla ya'na. Alloh bizni zoyi qilmaydi dedi. Nima berdi Alloh Taolo, hojaron aka? Zamzamni berdi.

[4:59] Mo'zo alayhissalom onasi. U ham ojiza zaif ayol. Fir'avn hukm qilgan. Banu Isroildan tug'ilgan har bitta o'g'il bolani, o'g'il chaqalog'ni so'yilsin. Istab yurib uyma uy so'yishgan. Qanaqa bir sharoiti bor? Qanaqa bir chorasi bor bu ojiza ayolni? Daryoga borib, seyvatga solib oqizdi. Qasbun Alloh an yemal vakil dedi. Nima bo'ldi?

[5:24] Fir'avnning qasrga borib, Fir'avnning bolasidek katta bo'ldi. Mana shu Mo'sua alayhissalomni qatl qilishlik uchun charxlangan qilichlar, pichoqlar, xanjar, nayzalar Mo'sua alayhi salomni himoyasida xizmatida turdi. Onasini uyiga olib borib keladigan bo'ldi, Fir'avnni xonadonini bolasi bo'lganligi uchun. Chunki Alloh taologi birodarlar qiyin narsani o'zi yo'q.

[5:48] Shuning uchun birodar, agar qiynalgan bo'lsang hayotda, mashaqqatlar ezib tashlagan bo'lsa, dod deb yuborgin kelayotgan bo'lsa, shu muammodan chiqishni xohlaysanmi? Albatta xohlaysan. Unday bo'ladigan bo'lsa, hamma narsani ishi, hukmi o'zini qo'lida bo'lgan Allohga topshirishingni. Uni o'ziga tavakkal qil. Seni shioring hasmon Allohu an emal vakil bo'lsin. Allohni o'zi kifoya bizga, u vakillikka o'ta loyiqdir. Puling ozayib ketdi, davrating kamayib ketdi, qarzga botib qolding. Hasbunallohu anna ne'mat vakil degan. Ishing yurishmayapti, qayoqqa borsang eshiklar yopiq. Hasbunallahu anna ne'mati vakil degan. Dushmanlarda xavotir ko'payib ketdi, taqdir, tuhmatlar ko'payib ketding. Hasbunalluhu anna ne'matu vakil degan. Robbimni o'zi bizga kifoya va u naqadar yaxshi vakildir. Shaytoniy hiylalar, shaytoniy hujumlar, ustinga bostirib kelib qolsa, hasbuni allohni embal vakil degan. Chunki shaytonning hiylasi Allohga tavakkal qilgan bandalarga o'tmaydi.

[6:57] Qaytarib aytaman, Allohga haqiqiy tavakkal qiladigan odamga shaytonni makr hiylalari o'tmaydi. Astaydu billah. Inna ibadi ilay salaka alayhim sultonun vakafa bi robbika vakila. Mening iymon e'tiqodli bandalarim ustiga esa, sen uchun hech qanday saltanat hukmronlik bo'lmas, parvardigoringning o'zi yetarli qo'riqlovchidir.

[7:23] Iblis odam alayhissalomga sajda qilishidan bosh tortdi. Jannatdan quvildi, la'natni oldi va Alloh Taolodan qiyomatgacha o'lmaslikka izn so'radi. Alloh izn berdi. Iblis nima dedi? Endi mana shu odamni deb turib la'nati bo'ldi, mana shu odam deb turib jannatdan quvildimmi? Endi men buni zurriyotini hammasini to'g'ri yo'ldan adashtiraman dedi. Oldidan orqasidan kelaman, o'ngidan so'ridan kelaman, ustidan ostidan kelib, juda ko'pchiligini adashtiraman, juda ko'chiligi seni to'g'riyo'lingda bo'lmaganligini ko'rasan dedi. Alloh Taolo amma dedi, meni e'tiqodli, iymonli bandalarim ustida senga hech qanday hukmronlik yo'q dedi. Shuning uchun hasbi allohu an yemal vakil degan narsa, qalbingdan chiqsin. Rostakamiga Allohga tavakkur qil, shaytona makkir hiyla ham senga zarar qilmaydi.

[8:17] Va man ya tavakkal alallohi fahvo hasbuhu. Kim Allohga tavakkal qilsa, Allohni o'zi yetarlidir. Qarang da. Bir muammoyingiz bor. U yoqqa yurdingiz, bu yoqqa yuringiz, eplolmayapsiz. Shunda bir siz ishongan, sizga yaxshilikni ravo ko'radigan, gapiga javob beradigan, seryozniy odam, bo'ldi men qilib beraman, ketavering dedi.

[8:43] Bo'ldi ketavering, men to'lab qo'yaman ishingizni dedi. Biz aytayotgandek ishonchli odam, omonatdor odam, gapiga javobi beradi. U haligi har xil qalam qasam emas va sizga yaxshilikni ravo ko'radi. Bo'ldi, ketavering, to'lab qo'mayman, xotirjam, uxlavering desa, bitta odam sizga ishingizni hal qilib beraman desa, uje nima bo'lib qolasiz? Xotirjam bo'lib qolasan. Ha, o'lib qolishi mumkin, fe'li aynib qolishi mumkin. U mansabidan ketib qolishi mumkan. Bitta shunaqa ojiz banda, ishingni men to'g'irlab beraman desa, xotirjam bo'llasiz u, hamma ish o'zini qo'lida bo'lgan alloh. Ishingni menga topshirib, o'zim bitkazib beraman desa, ishonolmaysizmi?

[9:23] Bizni muammoyimiz shunda da. Mana Ubayb Nikab roziyallohim u hadisini o'qidik, zikr haqidagi darsimizda. Yo Rasululloh dedi. Bir kunda qiladigan duolarimni qanchasi sizga salovatga aylantirib qo'yay? Qancha ko'p bo'lsa o'zingga yaxshi dedilar, Rasululloh. Duolarimni uchdan birini sizga salovatiga aylantirib ko'yaymi? Qancha ko'm bo'lsa o'shanga shuncha yaxshi. Yarmini sizga salovatka aylantirib quyingmi duolarimni? Qancha ko'p bo'lsa o'zingga yaxshi. Imomni Termiziydan baholaysiz. Unday bo'ladigan bo'lsa, hamma duolarim sizga salovatga aylanadi dedi. Faqat sizga salovat aytaman dedi. Rasululloh aytdilar, unday bo'lsa, gunohlaring mag'firat qilinib, g'amlaring hal bo'larkanda dedilar.

[10:10] O'sha darsda o'tganimizdan beri salovatni tinmasdan aytayotganlar, qo'l ko'tarib qo'yamiz. Bu darsda qatnashganlar da endi. Bir o'n tadan ko'proq odam o'tiradi darsda. Ana shular ishlamayapti da qolganlar. Qandaydir soliq otasizlar, problema bo'lib ketadimi? Mana masalan hozir ish yurishmayapti. Undan ko'ra bitta bitta ish bergani yaxshi emasmi? Masalan qarzim bor. To'g'risi soliqni aytib o'tirsam, endi seniki ijobat bo'lmaydi.

[10:36] Mana kamdagina to'rt yuzta, besh yuzta odam masala eshityapti da kunda kelib. Qarang bir ellikta odam yo'q da, o'n tadan bitta odam qo'l ko'tara olmayapti. Endi ayb kimda ekan? Hayotda osuda, xotirjam, sakkina bilan yashay olmayotganingizga sabab nima ekan? Ishonmayapsiz, birodar. Qanday, prosta salovat olsa hal bo'ladimi? Bilmadim, bilmadim.

[11:04] Unda gunohlaring mag'firat bo'lib, g'amlaring hal bo'lar ekanda deyaptilar, assalomu alaykum. Tilingiz bekor qoldi, salovat ayting da. Ayting da. Ishona olmaysiz da. Shuning uchun aytyapmiz, haqiqiy tavakkal qilganga beriladi bu narsa. Hammaga emas. Modomiki, hayotni beradigan ham, oladigan ham Allohni o'zi ekan. Rizqni berib, man qiladigan ham o'zi ekan. Endi nima uchun boshqalardan qo'rqib, boshqalardan umid qilasan, birodar? Nimaga qo'rqasan, birodar?

[11:35] Ustingga kelayotgan ko'p g'am u tashvishlar, birodar, anduqlar, nima sababdan kelyapti, bilasanmi? Sen hech ham o'ylamagansan bu narsani. Gunohlar deysizlar, taqvoyimiz yo'qligi deysizlar, namozga beparvoligimiz deysizlar, lekin bu narsani bilmaysizlar. Nimaga shu muammolar kelyapti, bilasizmi? O'zingga o'xshagan odamdan umid qilishliging, o'zingga o'sha bandaga suyanishliging, unga laganbardorlik, unga tilyonmalik qilishliging shu sababdan ustinga musibatlar keladi.

[12:09] Odamga suyanganligi uchun problema keladi ustingga. Bunaqa qanaqa birodar? Chunki u sen umid qilib, undan yaxshiligini umid qilib, bundan foyda kelishini umid qilib. Unga sen laganbardorlik qilayotgan odam ham senga o'xshagan odam. U ham ojiz banda. Shuning uchun Allohni o'zidan umid qil, faqat Allohni o'zigaga suyan. Shunda ko'p muammolardan qutulasan.

[12:35] Psixologik muammolardan, kamadan, laganbardorlikdan, podxalimlikdan va nimadan? Puldor odamga sal ikki bo'kilib turadi. Pisand qilmaydi sendaqani. Sen Ollohdan kutgin da. Senga mansabdormi, puldormi, bir xil bo'ladi. Tekkis muomala qilasan. De, qimmat mashinada, qimmat kiyim bilan kirib kelsa, qimmat telefon bilan. U savdo qilsa qilmasa qulluq qilasiz, aka keling deysiz. Prosta ko'rib chiqib ketadi. Endi bunday qo'li kaltaroq, yupuroq odam kelib turib sizga palon pulingiz savdo qilsa ham bunday turasiz sizni oldida.

[13:10] Yana bir muhim narsa, inson bir narsaga erishligi uchun sabablarni qilish kerak. Sen maqsadingga yetishligi uchunga ikkita sabab kerak senga. Bittasi asliy sabab, bittasi tayin qilingan sabab. Asliy sabab tayin qilingan shabab. Asliy sabab bu Allohnin xohishi. Tayin qilingan sabab, sen qilishing kerak bo'lgan ishlar. Shu ikkalasi bo'lsa, seni maqsading ro'yobga chiqadi.

[13:41] Qog'ozni kuyishiga olov sabab. Ko'katni o'sishiga suv sabab. Qon oqishiga pichaq sabab. Kunni isishiga oftob sabab. Bular bor yo'g'i sabab. Qaranglar. Olov, suv, pichaq, oftob sabab. Bular biz xohlayotgan ishni qilib bera olmaydi. Balki u narsani Allohni xohishi beradi. Dalil.

[14:06] Ibrohim alayhissalomni yoqib yuborishlik uchun mushriklar katta guruhdan yoqishdi. Sabab bor. Oyoq qo'lini bog'lab otishdi. Sabab bo bor. O'tga tushdi. Kuydimi? Demak, o't kuydirmas ekan. Ollohning xohishi kuydirar ekan. Ot bor yo'g'i nima ekan? Sabab ekan. Ibrohim alayhissalom, o'zini o'g'li Ismoil alayhissalomni qurbonlikka yotqizdi. Oyoq qo'lini bayladi, yuzini yerga tegizdi, tomog'iga pichoq qo'ydi, tortdi.

[14:38] Ismoil alayhissa salom so'yinishi uchun hamma ish qilindi. Pichoq kesdimi? Demak, pichoq kesmaydi ekan. Ollohning xohishi kesar ekan. Pichoq bor yo'g'i nima ekan? Sabab ekan. Yunus alayhissalom qavm u kishini halok qilishligi uchun dengizga yurg'itishdi, kemada. Baliq yutib olib tushib ketdi dengiz tagiga. Dengizning tagi, baliqning qorni, havo yo'q. O'lishlik uchun hamma sabab qilindi. Yunus alayhissalom o'ldimi?

[15:10] Demak, havoning yo'qligi o'ldirmas ekan. Havoning yo'qligi faqat sabab ekan. Kim o'ldirar ekan? Allohning xohishi o'ldirar ekan. Muso alayhissalom. Misrdan ana shu olti yuz ming yahudiy bilan chiqdi qochib. Dengizning oldiga keldi. Orqadan Fir'avn qo'shilib, qo'shilib bilan yetib keldi. Qirib yuborishlik uchun. Agar yetib kelsa, haqiqatan qirib tashlaydi. Lekin kim xohlasa qirib tashaydi ular? Kimni xohishi bilan bu ishga qodir bo'ladi? Lekin Alloh xohlamadi buni. Aksincha shu zolimlarni o'zini halok qilishini xohladi.

[15:47] Bironta odam yerdan bitta tosh olib, Fir'avnni qo'shiniga otgani yo'q Banu Isroilda ichidan. Ular hech narsa qilmadi. Endi Allohni xohishi bo'lgandi, dengiz o'zi cho'ktirib qo'ydi. Tushunarli mirodalar? Pichoq kesmaydi. O't kuydirmaydi. Suv cho'ktirmaydi. Alloh qiladi bularni. Siz bilan biz qilayotgan ishimiz bor yo'g'i sabab.

[16:12] Sheralni halok bo'lishiga alohida e'tibor bering birodar. Bu qissada bandalar qilish kerak bo'lgan bitta sabab yo'q. Alloh xohlaydi, tamom bo'laverdi. Ibrohim alayhissalomda odamlar o'tga tashlashdi, sababni qildi. Ismoil alayhissalomni tomog'iga pichoq tortildi, inson sababni qild. Yunus alayhissalomini tashlashdi. Bularni hammasida sabab bo'lib turib bo'lmadi. Sababni qilishsa ham bo'lmadi natija. Ammo Fir'avn ishida sabab bo'lmasa ham bo'ldi. Kim aytgani bo'lar ekan? Kim aytgani borar ekan? So'ranglar kattalardan. E bolam, bezirlamanglar, Xudodan aytgani bo'madi deydi. Shuning uchun birodar, xotirjam bo'l. Birov qo'rqitsa, qo'rqib ketma. Birov yaxshi narsani va'da qilsa, ishib ketma. Ular hech narsa qila olmaydi. Agar agar Alloh agar Alloh bir ishni xohlasa, sababni ham kerak yo'q ekanmi? Istadibillah. Innama amruh i da aroda shay'an an yaqul ila hukm fayakum. Alloh bir ishda xohlasa bo'lishini. Shu ishga bo'l deydi bo'ladi. Sabab ham kerak emas. O'shaning uchun Allohda qoling birodar. Allohga tavakkal qiling. Qoida. Bandani saodatga yetaklaydigan eng katta narsa, eng katta sabab Allohga tavakkal qilish.

[17:31] Suyanish, Uni himoyasi bilan chegaralanish. Mino bo'lin, birodar. Allohga suyanishing, Allohga tavakkal qilishing qanchalar kuchli quvvatli bo'lsa, seni saodating ham shunga yarasha bo'ladi. Agar Allohga suyanishni bilmasang, Alloh bilan himoyalanishni bilmasang, shunga yarasha baxtsiz yashayverasan.

[17:54] Chunki Alloh Taolo aytadi, istaydu billah, ala innavliya allohi la xavfuni alayhim va la hum yaxzanun. Xoliq Subhanahu va Taolo aytyapti. Siz bilan biz yaratgan zot aytyapti. Bizni nima baxtsiz qilish, nima baxtsiz qilmasligini biladigan zot aytyaptiki, ogoh bo'linglar. Ogoh bo'linglar. Albatta Allohning do'stlariga biron xavfi xatar yo'qdir va ular g'amgin bo'lmaslar.

[18:23] Inson Allohni do'sti bo'lsa, tavakkur qilib turib, unga g'am qayg'u bo'lmaydi dunyoda. Qo'rqma birodar. O't kuydirmaydi, pichoq kesmaydi, suv cho'ktirmaydi. Agar buni Alloh xohlamagan bo'lsa. Shuning uchun birod qo'rqitsa, ishingni olib qo'yaman desa, do'kani yopib tashlayman desa, la la la la la desa, qo'lingdan kelgan sabablarni qilgin u, hasbuni Alloh an yemal vakilida. Xotirjam bo'l. Buyog'i nima bo'ladi? Allohni aytgani bo'ladi. Birov senga foyda keltira olmaydi, agar Alloh xohlamasa. Birov senga zarar yetkaza olmaydi, agar Alloh xohlamasa, shuning uchun seni yuragingni siqadigan bir xavotirli xabar kelsa, seni qo'rqitadigan bir so'z kelgan bo'lsa, hasbunallohu an yemay vakil degan.

[19:08] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Abbosni o'zining ulovlariga uchrashtirib olib, yosh bola ekan, bir qancha narsalarni o'rgatdilar. Ya g'ulom, inni u alimuka kalimat. Ey bola, men senga bir qancha so'zlarni o'rgataman. Allohni haqlarini saqlagin, Alloh seni saqlaydi. Alloh aytgandaqa bo'l, Alloh saqlaydi. Allohni haqlarin saqlagin, uni doim qarshingda topasan. Qachon muammoying bo'lsa, Alloh hal qilib beradi. Agar so'rasang, Alloh'dan so'ra. Ko'mak tilasang, Alloh'dan tila. Va bilgingki, butun ummat senga biron bir foyda yetkazish uchun jamlansa, ular senga faqatgina Alloh yozgan foydani keltira oladi. Butun ummat, agar butun ummat sengaga zarar yetkazishlik maqsadida to'plansa, ular Alloh yozganidan oshicha zararni yetkaza olmaydi. Chunki seni ustinga keladigan yaxshi yomon kun deb yozgan qalam ko'tarildi, sahifalar qurdi. Ish bitdi.

[20:13] Abu Aka Siddiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan hijrat qilib, Savr g'orida o'tirishar edi. Rivoyatlarga qarasak o'rgimchak to'rt solib qo'ydi. Bir kaptar kelib yotib oldi shu yerga. Mushuriylar o'shigacha chiqishdi. Qarang, bironta sababni foyda qilmadi. Rasululloh hijrati uchun o'nga yaqin sababni qildilar. Shimolga qaramab yurmasdan janubga qarab yurdilar. Kechasi chiqdilar, qo'ylarni izlari bilan tuyanisini yopishdi. G'orga kirib uch kun o'tirishdi. Hamma sababni qildilar, ammo bu sabablardan bittasi foyda qilmadi. Kurash baribir topib chiqdi shu yerga.

[20:48] Chiqishdi, Abu Bakr Siddiq va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni oyog'ini ko'rib turishibdi. Shunda Abu Bakr Siddiq yig'iladi. Nimaga yig'layapsiz ey Abu Bakr? Yo Rasululloh, agar hozir oyog'ini tagiga qarasa ko'rib qolardi dedi. Robbisini va'dasiga tamomiy iymoni komil bo'lgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam, haqiqiy tavakkalchilarning ustozi bo'lgan Muhammad alayhi vassalom, ya Abubakr, ma von mukaviy isnain allohu salatu hima dedi. Uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkita odam haqida qanaqa gumondasiz dedi.

[21:23] O'rgimcha edi, to'rt to'stimi? Dunyodagi eng nafis parda shumi? Eng nafis to'siq shumi? Alloh xohlasa, shu o'rgimchak to'g'risi xabar bo'ldi. Ammo Payg'ambarimizning qilgan hech qaysi sababi foyda qilmadi. Shuning uchun birodar, sening sababing, maqsading yetkazmaydi. Allohning xohishi yetkazadi. Allohning xohishi. Qachon bo'ladi senga foydasi?

[21:47] Hasbunallohu anin emal vakilin alasing. Qarang-da, shu yerda bitta sabab qolgan edi. Rasulullohga va Abu Bakr Siddiqqa. Bitta sabab qoldi. Qaysi sababini qilish kerak edi ular? Oxirgi sababida nima edi? Allohni va'dasiga ishonib jim o'tirish edi. Oxirgi sababni ham qildi, Alloh Taolo saqladi. G'ordan oldin qaytib ketishdi. Shuning uchun birodar, hamma hisob kitobni qilasan. Svet o'chib qolsa dvijok, mana mikrofon ishlamay qolsa, mana bu, ona qori kelmay qolsa, mana buni, hamma sabablarni qilding, baribir bo'lmadimi? Endi nima deyishing kerak?

[22:21] Nima deyish kerak shunda? Alloh shuni taqdir qilgan ekan, bo'ldi. Biz sababini nima qildik? Xotirjammisiz? Haqiqiy tavakkalchi qanaqa bo'ladi? Mana endi shu savolni so'raylik o'zimizdan. Men har safar has biyalloh va ne'mat vakil, has buni alloh va ne'mat bakil deyapman, allohga tavakkal deyapman. Men haqiqiy tavakkulchimanmi?

[22:45] Haqiqiy, tavakkalchi inson qanaqa bo'lladi? Sababni puxta qiladi. Xuddi tavakkal qilishni bilmaydigan odamdaqa faqat sababni qiladi. Keyin sabablarni zo'r qilib qo'ygandan keyin, sabab qilmagan odamdaqa alloh o'zingga topshirdim deydi. Haqiqiy tavakkalchi qanaqa bo'ladi? Sababni zo'r qildi. Keyin sababni qilmagandaqa allohga tavakkal dedi. Endi undan keyin qanaqa ish bo'lsa ham, endi u rozi. Shu odam haqiqiy tavakkulchi.

[23:15] Hamma sababini qildimi u domla? Tavakkalni ham qildimi u domlalar? Baribir bo'lmadi yu. Sen tavakkalchi emassan. Chunki haqiqiy tavakkalchi qanaqa natija bo'lsa ham undan rozi bo'ladi. Endi so'rangchi o'zingizdan. Siz haqiqiy tavakkulchi ekansizmi? O'shaning uchun ulamolar aytishadi, tavakkal uch xil bo'ladi.

[23:43] Birinchisi, shikoyat qilmaslik. Ikkinchisi, rozilik. Uchinchisi, muhabbat. Birinchisi, shikoyat qilmaslik. Bu sabr darajasi deyiladi. Zohid insonlar sabr qiladi, shikoyatni qilmaydi. Ikkinchisi, rozilik. Bu Allohni taqsimiga, Allohni bergan kuniga rozilik. Bu sodiqlarning tavakkuli. Uchinchisi, muhabbati. Allohni qilgan ishini yaxshi ko'rish, garchi sizga yoqmaydigan ish bo'lsa ham, bu anbiolarning tavakkuli.

[24:17] Tavakkalni birinchisi shikoyat qilmaslik, ikkinchisi rozi bo'lish, uchinchisi yaxshi ko'rish. Endi tavakkalni samaralari. Mana endi nima bor bizga tavakkal qilsak, birodarlar? Birinchidan, Allohni muhabbati bor. Innallohu yuhib, bo'l mutavakkiling. Alloh tavakkalchilarni yaxshi ko'rar. Agar Alloh seni yaxshi ko'rgan bo'lsa, yutdi ikki dunyoni. Keyingi foydasi, rizqing keng bo'ladi. Hozir to'qson to'qqiz foiz odamni g'ami shu pul topishda, to'g'rimi? A? Pul topishda. Rasululloh aytadilar, agar sizlar Allohga haqiqiy tavakkul qilganingizda, Alloh sizlarni rizqingizni xuddi qushni rizqini bergandek berar edi. Qush ertalab uchib chiqib ketadi qorni och, kechki payt albatta qorni to'q keladi. Och qolmas ekan qush, birodarlar. Uni hunari yo'q, do'koni yo'q, sababi yo'q, uchib chiqib ketishinglar bor. Qush albatta qorni to'yib kelar ekan. Agar sizlar chinakamiga haqiqiy tavakkul qila olsangiz, qushni qornini to'yg'izganday to'yg'izadi Alloh deyapti.

[25:27] Tavakkulni yana bitta samarasi, shaytonni vasvasasidan omonda bo'lasan. Hamma qo'rqib bo'layotgan ishlardan vahimaga tushganda xotirjam turasan. Inna hulays ala hus sultonu ala la dina amanu va ala robbihim ya tavakkalun. Albatta, iymon keltirgan va yolg'iz Allohga tavakkal qiladigan zotlar ustida shayton uchun hech qanday saltanat yo'q. Vasvasadan omonda bo'lasan. Jannatga behisob kirasan. Payg'ambarimiz aytadilar, meni ummatimdan bo'lgan yetmish ming kishi bor, ular Jannatga hisob kitobsiz kirib ketadi. Sahobalar, ular kimlar yo Rasululloh deyishdi. Uzoq javob berdilar. O'zlarini kuydirmagan, kuydirib davolamagan, ruhiya qildirmagan va Allohga tavakkal qilganlar dedi. Haqiqiy tavakkal qiladigan odam Jannatga hisob kitobga kiradi deyapti Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Tavakkulni yana foydalaridan insonni azizlikka boshlaydi. Chunki meni ishim Allohni qo'lida. Allohni siqimi yetkazadi. Alloh foydani ham, zararni ham o'zi beradi degan odam xo'jayin uni xor qilsa, ko'tarmaydi. Birov qo'rqitsa, qo'rqmaydi. Alloh rizqni bitta eshigini yopsa, ikkinchisini ochadi, bitta shart izzat narsasi bilan chiqib ketaveradi. Kim Allohga suyansa, bas albatta Alloh g'olib va hikmatlidir.

[26:47] Tavakkalning yana samaralaridan. Haqiqiy tavakkal qilayotgan bo'lsang, bu seni qalbingda iymonni chin rost ekanligini dalili bo'ladi. Va alallohi fatavakkalu inkuntu mu'miniy. Agar sizlar haqiqiy muammo bo'ladigan bo'lsanglar, Allohga tavakkal qilinglar. Tavakkalning samaralaridan ishingni tuzatadi, ahvolingni o'nglaydi, fitnalardan, musibatlardan to'sadi. Haqiqiy tavakmal qilishlik, birodar, duolarning ijobati bo'lishligining sababi. Haqiqiy tavakkal qilishlik maqsadingga olib boradi. Haqiqiy tavakal qilishlik seni ikki dunyoda saodatli qiladi.

[27:28] Ana shu tavakkalga imom bu oxirida keltirgan bir hadisni hikoyasini aytib beraman. Rasululloh aytadilar, Banu Isroildan bo'lgan bir kishi, boshqa bir Banu Isroil kishidan ming dinar qarz oldi. Qarzni olay ekanda, qarzni beray ekan, guvoh keltir dedi. Hali qarzdor ekan, Allohni o'zi guvoh dedi. To'g'ri ayting dedi. Menga kafil keltir dedi.

[27:52] Allohni o'ziga kafil dedi. To'g'ri ayting dedi. Ma'lum vaqtni berishlikka ming dinorda qasd qilib berdi. Haligi odam molni oldi, dengizga o'tirib ketdi. Tijorati bilan. Pul berish kerak bo'lgan vaqt kelgan paytda, ming dinorda oldida, dengizni voyiga keldi. Boyagi odam tomonga ketadigan kema bo'lsa, berib yuboraman deb. Lekin kema bo'lmadi. Shunda nima qildi? Bir katta yog'ochni oldi, ichini o'ydi, diyun oladi, soldi, yamadi. Dengizga uloqtirdi. Nima dedi? Parvardigor, o'zing bilasan, falonchidan ming dinoda qarz olganman. Kafil keltirdi deganida, seni kafil deganman. Seni kafilligingga rozi bo'ldi. Guvoh keltirdi dedi. Allohni guvohligi yetadi dedim, unga ham rozi bo'ldim. Men pulni jo'natgani kema qidirdim, ammo topmadim. Mana endi mana bu yog'ochni ichidagi pul senga omonat, derdi, dengizga tashlab, qaytib ketdi. Ollohga o'ziga tavakkal qildi, ming dinor devorchiga solib dengizga tashaverdi.

[28:54] Va'dalashilgan vaqt keldi, haligi pulni bergan haqdor dengiz devorga chiqib turibdi, kelishini kutib. Kema yo'q, bir payt g'o'la sohilga chiqib qoldi. Haligini ko'rdi da, ha o'tin bola yaqqolmadi olib borib turib yorug'ni ichidan tillasi chiqdi. Haligi odamga yozgan maktubi ham chiqdi. Endi narigi odam, keyinroq yana boshqa ming dinarob olib turib, qarzni to'lagani keldi da, uchiradi haligi odamga. Men sizga vaqtida haqqingizni beraman deb, kelmasdan chiqqandim, bo'lmadi. Mana endi ko'tarib keldim deganda, seni yuborgan omonatingni alloh yetkazdi menga dedi. Haligi ming dirma'nni olib, qo'lidagi bilan qaytib ketaverdi. Yog'ochni ichida omonati keldi. Nima uchun keldi? Nima qiluvdi?

[29:40] Bandani saodatga yetalaydigan eng katta narsa, eng katta sabab Allohga tavakkal qilish. Unga suyanish, Uni himoyasi bilan chegaralanish. Binolardan Allohga suyanishi va tavakkal qilishi qanchalar quvvatli bo'lsa, bandaning saodati ham shunga yarasha bo'ladi. Ala innavliya Alloh ila havfun alayhi valahum yassanun. Ogoh bo'lingiz kim? Albatta Allohning do'stlariga biron xafa xatar yo'qdir va ular g'amgin bo'lmaslar. Dunyoda g'amgin bo'maysan, birodar. Dunyoda mahzun bo'lib yashamaysan, o'kinmaysan, g'amgin bo'llaysan, agar Allohga haqqi ta vakul qilsang. Qo'rqma, birodar. O't kuydirmaydi, pichoq kesmaydi, suv cho'ktirmaydi. Agar buni Alloh xohlamasa.

[30:23] Biroq qo'rqitsa, ishingni olib qo'yaman desa, do'koningni yopib tashlayman desa, desa desa desa, bularga parvo qilma. Qo'lingdan kelgan sababni qilgin da, hasbuni Alloh anayam alvakil degin. Buyog'i nima bo'ladi? Allohni aytgani bo'ladi. Birov senga foyda keltira olmaydi, agar Alloh xohlamasa. Birov senga zarar keltira olmaydi agar Alloh xohlamasa. Shuning uchun sening ustingga qo'rquv xavotir kelsa, hasbuni Allohni anayam alvakill degin. Bismillahir rohmanir rohim.

[30:53] Inna alhamdulillahi nahmaduhu anasta inuhu anasta ofiruh va na'udhu billahi min surur yanfusina. Omin sayi'ati amalina, may yahdihillah hu falah mu'g'illala va man yug'ilil hu falah hadiyala. Mana shuhratulloh ilohillalloh va hadahulloh shar'iykalla va nashhrat anna muhammadan abduhu rasuluh. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

[31:22] Islom qarzni o'z vaqtida ado etishni farz darajasidagi mas'uliyat deb biladi. Qodir bo'lib turib inson qarzini berishlikka, bermasdan cho'zib yurishligi zulm deyiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar mutul ul g'oniy zulmun. Boyning cho'zib yuruishi zulmdir. Ya'ni shu qarzini uzib qo'yishlikka yarasha puli bor, berib qo'ysa bo'ladi, lekin bermay yuribdi. Mana shu odam zulm qilayotgan bo'ladi. Boyning qarzini to'lamasdan cho'zib yurishligi zulmdir.

[32:02] Abu xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda rasululloh aytadilar xoyrun na si axsanuhim qodo ang odamlarning eng yaxshisi qarzini chiroyli ado qiladiganidir. Xo'p, insonchilik, zarurat uchun qarz bo'ldi, xullas qarz bo'ld. Imkon bo'ldimi? Darrov uzishlik kerak. Qo'lida turib bermayotgan odam, zulm qilayotgan bo'ladi.

[32:30] Ancha yuqori narsa shuki, bir odamni ikkinchi odamdan qarzi bo'ladi. Haligi haqdor odam, badavlat odam bo'ladi. Shu qarzidan qutulib olsin deb turib, zakot chiqaradigan payt kelgan bo'lsa, haligi qarzdorni chaqiradi da, qo'liga zakotini beradi. Mana endi do'ppisini osmonga yig'itib, Allohga hamdlar aytib, uzib olishni o'rniga, haligi qarzdor, haqdordan zakotini olib turib, nima deydi?

[32:58] Sizdan ham zarur joy boribdi, hoji aka, deydi. O'zi do'ppini osmonga irg'itib, Allohga hamd aytib, shap olib turib, mana oldim zakotingiz menga o'tdi. Sizdan faloncha qarzim bor deb mana oling, qutuldim deyishdi o'rniga, sizdan ham zarurroq joy bor edi da, deydi. Demak, bu odamni o'zi asli qarzini uzishga niyati yo'q. O'zi shu paytgacha nimaga qarzini uzolmay yuribdi ekan? Demak, niyati yo'g' edi ekanda. Shuning uchun Alloh unga nima qilmayapti? Qarzini uzishiga yordam bermayapti.

[33:31] Qarzni dunyoda ham salbiy oqibatlari bor, oxiratda ham. Mana dunyodagi bir salbiy oqibatlari. Birinchidan, ruhiy, psixologik bosim ostida bo'ladi. Chunki qarzdor insonni xotirjamligi bo'lmaydi, qalbida xavotiri bo'ladi, g'am tashvishi bosib turadi. Umarimni hatto aytganlaridek, iyak u vaddayin, qarzdan ehtiyot bo'linglar. Fa innachu ham mumbin layl va madallat um bin nahar. Qarzdan ehtiyot bo'linglar. Chunki u tunda g'am, kunduz esa xorlik.

[34:11] A domla qarzni yomon narsaligini hammamiz bilamiz u. Nima keragi bor buncha gapirishdi? Degan fikr kelsa kimnidir kallasiga, savol kelgan bo'lsa, aytamizki, biz bu darslarimizda yoshlarni nazarda tutyapmiz. Boshidan issiq sovuq o'tgan yosh kattalarni emas, yosh bolalarni, yoshlarimizni qarzga bo'lgan munosabati avvalgilarning munosabatidan farqli bo'lib qoldi. Qo'rqmayapti qarz olgani.

[34:42] Ali ibn Abit olib aytadi, qarz sababli kechasi xotirjam uxlab bo'lmaydi, kunduz esa tinchlanib bo'lmaydi. Sofiyonis sauriya aytadi, a'zamun nasi hamman al madyunu. Eng katta g'ami bor odam kim? Qarzdor odam. Demak, birodarlar, kishi dunyoda qarzdor bo'lar ekan, u erkin hisoblanmaydi. Doim qayg'u bilan yashaydi. O'sha katta qarzga kirib qolgan odamlar shu qarzga kirib quvgunga qadar bo'lgan hayoti zo'r ekanligini shunda biladi. Qachon? Qarzga kirib ko'rganida.

[35:23] Ijtimoiy muammolari bor. Qarzni o'zi vaqtida to'lay olmasangiz, atrofingizdagi odamlar bilan munosabatlaringiz ham buziladi. Dinga ta'siri. Yuqorida mana bir qancha hadislarni o'qidik. Qarzdor odam, qarzdor bo'lib qolganda yolg'on gapirishiga to'g'ri keladi. Va'da berib bajara olmaydi, nifo alomat paydo bo'ladi. Qarzidan qutulaman deb turli gunohlarga qo'l urishiga to'g'ri keladi.

[35:52] Rasululloh qarzidan juda ko'p panoh so'rardilar. Sahobalardan biri yo rasululloh, qarzdan nimcha bunaqa ko'p so'raverasiz, panoh. Payg'ambarimiz aytdilar, inna rojo'la'ida g'oyima haddata'fa kadaba va va'da'fa axla'fa. Chunki inson qarzdor bo'lib qolsa, yolg'on gapiradi, va'da berib xilof qiladi deganlar.

[36:16] Qarzdor odam oxirat uchun yashamaydi. O'sha qarzini uzish uchun dunyo ochib yuradi. Ko'chaga chiqsa ham g'am, uyga kirsa ham g'am. Namozda tursa ham xayoli hali edi. Shuning uchun qarz bir kunlik emas, bir umrlik xastalik hisoblanadi. Bu dunyoviy zararlari edi. Yo'q, yoshlar, eshityapsizlarmi? Sizlarga tegishli bu dars. Iphone o'n yetti oldinglarmi, olmadinglarmi?

[36:42] A? Olinglar qarz bo'lib. Orqada qolib ketamizmi axir? O'n oltini ololmadik bo'pti. Srazu o'n yettisiga yig'aylik o'n beshidan. O'sha sizga o'sha narsani nasiyaga, qarzga olishlikni tavsiya qilayotgan ulfatizdan uzoqroq yuring. Bir gap bo'ladi, olaver deydi. Qayerdan bo'ladi bir gap? Uyingda moling bormi, qo'ying bormi sotib beradigan? Nima bor? Ayliging o'zida cheklangan bo'lsa, senga nima keragi bor unaqa bir hashammi? A palonchilar, u palonchilar olgan bo'lsa, ular o'ttiz yil, qirq yillik biznesmenlar, ularga bo'laveradi. Ko'rpangga qarab endi mana shu qarzni oxiratdagi salbiy oqibatlari, hatto shahid bo'lgan inson ham o'zini maqom martabasiga yetishdan mana shu qarzi sababli to'xtatib turiladi.

[37:33] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni shafodiga ham monelik qilishi bor bu narsani. Ba'zi ulamolar shahid odam o'zini maqomiga yetishidan qarzi sababli to'xtatib turgan bo'lsa, endi bu yoqdagi odamlar payg'ambarimizning shafodiga ham mana shu qarzi sabablar yetolmay turishi mumkinligini aytishadi. Qarzi bor odamga payg'ambarim alayhissalom janoza o'qishdan bosh tortganlar. Sollallohu alayhi vasohi bihgum. O'zinglar o'qib ko'ringlar birodaringlarga deb qo'yar edi.

[38:05] Oxiratdagi zararlaridan inson dunyoda qarzini uzmasdan oxiratga ketgan bo'lsa, vafot etgan bo'lsa u kunda oldi berdi muomalalar pul bilan hal bo'lmaydi. Savoblar bilan, gunohlar bilan hal qilinadi. Payg'ambarimiz aytadilar men ma tavo alayhi dinorun avdirhamun qudiya min hasanatihi la isa thamma dinorun valadirhamun. Kim bir dinor yoki bir dirham qarzi bo'lgan holda vafot etsa, uni qarzi u yoqda oxiratda, dinor va dirham bo'lmagani uchun hasanotlari bilan to'lanadi.

[38:44] Zaruratsiz qarzdorlikdan ogohlantiryapmiz. Qo'limizda pul bo'ladi, bo'lmaydi, har xil holatda bo'lamiz. Fe'l ham qarz olishlikka zarurat tug'ilib qoladi. U boshqa masala. Biz qaytarayotgan qarz hasham uchun, zebi ziynati uchun, hoy havas uchun olinayotgan qarzni aytyapmiz. Zaruratsiz qarzdorlik. G'arb olamini qarasanglar, ularning jamiyati kredit degan narsani ustiga qurilgan. Kredit na istoriya deydi.

[39:18] Odamlar ana shu kredit madaniyati tarqagan yurtlarda keraksiz, kerak emassiz mayda chuyda narsalarni ham kreditga olishga odatlanib qolgan. Bu tizim, bu sistema kredit tarixiga asoslanadi. Ya'ni odam qancha ko'p qarz olsa va uni yaxshi to'lasa, mavqei, jamiyatdagi mavqei shunchalik yaxshi bo'lib ko'rinaveradi. Lekin baribir o'sha kreditga pul olganlar, kreditni kartasi bo'lganlar doim qarzda bo'ladi.

[39:47] Xo'p, ana shu qarzga bir narsa olayish, qarzga bir narsa olib yeyish, qarzga bir narsa qilib kiyish, qarzga to'y qilish, kredit, nima bu? Bu inson o'zining ertangi kunini bugun sotib qo'yishi. Kredit yoki qarzga olingan mana shu buyumlar hali topmagan pulini sarflab qo'yishi, ya'ni inson ertangi kunini, ertangi kuchini, ertangi mehnatini bugungi kun uchun sotib qoidashi.

[40:18] A siz hali ertaga kun yashaysizmi, yo'qmi, uni sotib qo'ydingiz. Amir al mo'min in umarun xattob roziyallohu anhudan o'g'li bir kuni pul so'radi. Xalifani qo'lida puli yo'q. Xazinachidan so'rab turmaylikmi, keyingi oyligingizni hisobidan. Bo'pti bor, so'ra dedi. Borib turib, xazinachiga aytdi. Otam, keyingi oy ligini hisobidan, keyingi maoshini hisobidan menga pul berib turasiz ekan dedi.

[40:48] Xazinachi xalifa buyurdi deb shart qildimi? Yo'q. Otangiz keyingi oyligimdan berib tursin debdi yu, lekin keyingi oyda yashashingga bir kafolat xati yozib bermabdi da deydi. Bermaydi. Qaytib kelib turib otasiga, amirlar mo'mininga umarov xattobga bermadi desa, bersa adavini berardim, jazolardim deydi.

[41:11] Mana qanaqa yashash kerak? Bori bilan yashashga odatlana edik. Bori bilan yashashga odatlamaylik. Orzu havasga berilavermaylik. Borma, oling, yo'qmi kutib turing. Qarzga olib yemang u narsani, qarzga olib kelmang. Zarurat bo'lsa mayli. Qish keldi, ko'mir, zarurat, pulingiz yo'q, qarzga olb turing. Uyga tezroq ko'chib kirishingiz kerak, eshik romga pul bo'lmayapti. Qarzga olb boring, zarurat. Lekin bizni olayotgan qarzlarimizni hammasi ham shunaqami? Aksariyati orzu havasmi?

[41:47] Bu qarzni, mana shu kreditni zararlaridan protsent, foizlar, kreditlarni aksariyati ribo bilan, foizi bilan beriladi. Bu esa ribo, gunoh kabiralardan. Isrofgarchilik hashamat, yana bitta zarari. Kredit olish oson bo'lganligi uchun insonlar qarz olishi oson bo'lganligi uchun imkoniyatidan tashqari sarflashlikka, hashamatga, zarur bo'lmagan narsalarga sotib olishlikka xarist bo'ladi.

[42:21] Agar shu qarz olish qiyin bo'lsa, qarzga birov pul bermasa yoki buyum bermasa, sabr qil, majbur yashaydi. Shu yerda bir mulohaza bor. Mana ko'chada mashinada ketyapsiz, ayrim ishxonalarni, ayrim maktablarni oldida haligi nasiya savdo qiladigan odamlar ikki porter, uch porter bitovoy texnikani tushirib qo'yadi. Keyin shu korxonada yoki maktabda ishlayotgan ishchilar chiqadi da, nasiya ekan, oyiga ming so'mdan beri uzib yuboraman ekan deb turib olishadi, ko'rasizlar. Nasiya savdo halol, bo'laveradi. Lekin o'sha yerda bir ajoyib narsa, nasiyaga olayotgan odam xuddi bekorga olayotgandaqa olib yuboradi, olib yuborad, olib yubori. Keyin so'rasangiz, shu narsa kerakmi senga desangiz, to'la olmay qolganda aytadi, kerakmas edi ekan deydi.

[43:09] O'tgan safar darsimizni reklama bilan odam alayhissalom jannatdan chiqib ketganini aytdim a? Reklamani ishi, siz uchun umuman kerak bo'lmagan narsani, sizga kerak ekanligiga ishontirish. U siz hayotingiz hayotmas ekanligiga ishonchirish, reklamani ishi. Otamiz odam alayhissalomga jannatda hech narsa kerak emas edi. Shayton kelib aytdi, robbilar bilasizlarmi bu daraxtdan nimaga man qildi? Sizlarni ikkaloviylarni farishta bo'lib qolishinglarni xohlamadi. Sizlarni abadiy hayot kechirishinglarni xohlamadi. Sizlarga bitmas tuganmas mulk ko'rs beradigan daraxtni ko'rsataymi dedi.

[43:51] Jannatda Adam alayhissalomga farishta bo'lishni nima keragi bor? Umuman kerak emas. Yemaydi, ichmaydi, erkak ayoli yo'q. Ikkinchisi, abadiy hayot. Shundoq ham jannatda edi. Shunda ham abadiy hayoti bor edi. Uchinchisi nima edi? Bitmasin tuganmas boylik. Qarang da, umuman kerak bo'lmagan narsalarga ishontirdi shayton. Reklamani ishi mana shu. Sizga kerak bo'lmagan narsani kerak ekanligiga ishontiradi. Ha, reklamada foydali narsalar ham bor. Lekin aksariyat, endi qaranglarda, tinimsiz, muncha protsent, muncha protsent kredit kartasini oling deb turib, banklarda tinmasdan kredit kartasini reklama qilaveradi.

[44:37] Avval aytganimizdek, o'sha nasiyaga, kreditga olayotgan buyumi. Odam savol berishi kerak o'ziga. Shu narsa menga hozir zarurmi? Haqiqatdan ham kerakmi? Yo'q. Unaqa savolni bermaydi. Qarzni, kreditni zararlaridan daromadni katta qismi qarzini to'lashga sarf bo'lib turadi, o'zini moliyaviy erkinligini yo'qotadi. Shuning uchun g'arbda odam ishsiz qolsa, hamma narsasini yo'qotib qo'yish xavfi bor. Chunki bank mashinasini ham, uyini ham, boshqa narsasini ham shunday tortib qo'yadi. O'shaning uchun ishdan haydaldimi, ko'chada qoldi degani. Tuppa tuzuk odam ishdan chiqsa, daromad manbaydan ajratsa, bo'ldi, ko'chada oladi.

[45:24] Birodarlar, naqd pulga yashash bilan qarzga, nasiga yashashni farqi bor. Shar'iy holati, naqd puliga yashasangiz, shubhangiz yo'q, ribodan uzoqsiz, barakangiz bor. Nasiyaga qarzga yashasangiz, ribohatari bor, baraka yo'q. Moliyaviy holat. Naqd bo'lsa, boringizni sarflaysiz. Moliyaviy barqarorlik bor. Nasiyaga yashasangiz topmagan pulingizni sarflaysangiz.

[45:56] Ruhiy holati. Naqd xotirjamlik, osoyishtalik, stressni yo'qligi, tinch uyqu. Nasiyaga qarshi, doim tashvish, stress, xotirjamlik yo'qolishi. Sarf xarajat. Naqd pulni sarflasangiz, tejab ishlatasiz. Imkonga qarab ishlatasangiz. Nasiyaga, qarzga, kreditga sarflasangiz chi, isrofga moyillik bo'ladi. Imkoniyatdan tashqari sarflashlar bo'ladi. Nasiyaga olsa, xuddi bekorga olayotgandek olaveradi qo'rqmasdan.

[46:30] Erkinlik. Naqd. Shaxsiy va moliyaviy erkinlik degani, nasiya degani, shaxsiy va moliyoviy bog'liqlik degani. Birodarlar, naqd pulga kun kechirish insonni qanoatli qiladi. Tejamkor qiladi. Allohga tavakkal qiluvchilardan bo'lishni o'rgatadi. Allohga tafakkur qilib yashashni o'rgatadi. Bu esa ayni dinimiz targ'ib qilgan turmush tarzi. Shariatimiz bizdan talab qilgan hayot tarzi ayni mana shu. Rozi bo'lib, boringga qanoat qilib yashal degani.

[47:06] Qarzdan qutilish duosi bor. Abu Dovuddan keltiriladi bu hadis. Bir kuni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam masjidga kirsalar, Abu Umomo Boxir roziyallohu anhu g'amgin bo'lib boshini quyi qilib o'tiribdi. Payg'ambarimiz, ey Abu Umomo, sizga nima bo'ldi? Mana shu holatda ko'p ko'ryapman sizni masjidda. Namozdan tashqari vaqtda. Yo Rasululloh, g'amlarim ko'p, qarzlarim ko'p dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, men sizga bir duo o'rgataymi? Agar uni aytsangiz, Alloh g'amlaringizni ketkazadi, qarzlaringizni to'laydi.

[47:45] Payg'ambarimiz aytdilar, ertalab kechqurun shunday deng. Allohimma inniy a'uzu bika minali hammiy va al hasan va a'uzu bika minali ajziy va al kasal. Va auzu bika minal jubniy val buxil va auzu bika min g'olabati dayni va qohir reja. Parvardigor, men sendan g'am va qayg'udan panoh tilayman. Ojizlik va dangasalikdan panoh tilayman, baxillik va qo'rqoqlikdan panoh tilaymen, qarzning g'olib kelishidan va odamlarning zulmidan panoh tilaymen.

[48:22] Abu Umoma roziyalloh ham aytadiki, men shunday qildim, Alloh g'amlarimni ketkazdi va qarzlarimni to'ladi. Biz ham shu duoda yozib olamiz da qog'ozga, yodlab olamiz, uch kun, to'rt kun, besh kun o'qiymiz, keyin to'xtatib qo'yamiz. Uch marta, to'rt marta qilgan, u yoq bu yoqni qarasa yo'q, ey, siz ikki marta o'qib qo'ysangiz da, problema hali bo'lib qolmaydi. Siz ana shu Payg'ambarimizni so'ziga iymoningiz komil bo'lib, mana shu ishni davomiy qilasiz. Alloh iltifot qilsa, xohlasa, in'iy ijobat qilib qarzlaringizni uzadi.

[48:59] Imom buxoriy va muslimda oisha roziyallohu anhu qubarovat qilingan hadisda aytilinadi. Payg'ambarlarimiz aytar ekanlar, Parvardigor, men sendan qabr azobidan panoh tilayman. Masihuddadjon fitnasidan panoh tilaymen. Hayot va mamot fitnasidan panoh tilayman. Ey Alloh, men sendan gunohdan va qarzdan panoh tilayman!

[49:22] Qarzga be'etibor bo'lgan birodarim, qarz olishni rejalashtirib turgan birodarim. Zarurasiz qarz olmoqchi bo'lib turgan birodarim. Kuniga rozi bo'lmasdan kattaroq yeyman, kattaroq ichaman, riskovat qilmasam bo'lib ketmayman ekan deb qarzga kirmoqchi bo'lib turgan birodarim, bilib qo'y. Avvalambor bu ishingdan Alloh rozi bo'lmaydi. Shuni o'zi seni qarzdan qaytarishi kerak.

[49:51] Qarz seni xotirjamligingni, vaqtingni, sog'ligingni, asabingni, tinchligingni, halovatingni olib qo'yadi. Qarz seni boshingni egib qo'yadi. Boshqalarga muhtoj qo'yib qo'yadi. Qarz seni xorlikka, zulmga duchor qiladi. Shuning uchun zaruratsiz qarz olishdan uzoq bo'l.

[50:14] Haqiqiy ehtiyojlaringni aniqlab ol. O'zingni imkoniyating doirasida sarf qilishga odatlan. Halol rizq topishlikka, isrofdan saqlanishga harakat qil. Qarzga shoshilma. Orzu havaslarda tiyib, sabr qanot bilan yashashga intil. Qarzdan saqlan. Imkoning yo'qmi, qarzga botib restoranda katta to'y qilma. Chunki to'yni ertasi ham bor.

[50:43] Esingdan chiqmasin. Qarz o'g'il bolani ishini orqaga tortadi. O'g'il bola shijoatini, g'ayratini so'ndiradi. Alloh azza va jalla kuniga rozi bo'lib yashashlikka hammamizga tavfiq bersin. Taqdir qilgan rizqiga ko'nib, rozi bo'lib ishlayotgan bandalardan bo'lishimizga, yashashimizga Alloh Taolo o'zi tavfiq bergan bo'lsin.

[51:07] Parvardigor, bizni haloling bilan, haromdan behojat qil. Fazli karaming bilan o'zingdan boshqalarga muhtoj qilmagin. Aquli qovli hada va astag'firullohli va alaykum. Innallohi va malakati huysaluni alannabi. Ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.
