Bir qozini tasavvur qilaylik, umri davomida mingta hokim chiqargan. Shundan beshtasi adolatsiz bo'lgan, xato bo'lgan, lekin to'qqiz yuz to'qson besh tasi to'g'ri bo'lgan. Lekin beshta ishida xato qilgan bo'lsa ham, ishini ko'proq qismida adolatli hokim chiqqanligi uchun, bu odamni adolatli qozi deymiz. Inson mutloq adolatli bo'lishi mumkin emas. Albatta unda bir xato bo'ladi, nuqson bo'ladi, kamchilik bo'ladi. Demak, bu odam ming tadan to'qqiz yuz to'qson beshta hukmi adolatli bo'lganda ham, beshtasida xato bo'lgan. Demak, uning adolati nisbiy deyiladi. Mutloq deyilmaydi, mukammal deyilmaydi. Endi Alloh Subhanahu va Taoloni adolatli deganimizdachi? Robbimizni qanaqa hukmi bo'lgan bo'lsa, qancha hukmi bor bo'lgan bo'lsa, hammasi mutloq odil hukmlar. O'zini mulkida bironta maxluqqa Alloh Azza va Jalla zulm qilishi mumkin emas. Endi adolat bilan zulmni ham bir ozgina tushunchasini berib qo'yaylik. Adolat bu zulmning ziddi. Zulm adolatning ziddi. Har bitta haq egasini, haqqini ado qilish adolat deyiladi.
Endi ana shu haq egalarini haqqini bermaslik, bu zulm bo'ladi. Alloh taolo odilzod hammani haqqini to'liq komil suratda ado qiladi. Gohida inson o'zini aqliga suyanib, Alloh taoloning adolatini tekshirmoqchi bo'ladi, qidirmoqchi bo'ladimi? Juda ham nodir holatlarda inson Allohning adolatini anglab yetishi mumkin. Masalan, hayotda minglagan voqea hodisalarga guvoh bo'lamiz. To'g'rirog'i, ana shu voqea hodisasalarni oxiriga guvoh bo'lamizda, bu voqealarning avvalidan xabarimiz bo'lmaganligi uchun shu ishlarda adolat yo'qqa o'xshab ko'rinadi.
Ya'ni, bir ishni ko'rdik, bizni nazarimizda adolatli ish bo'lmadi. Siz bu ishni oxirini ko'rdingiz da. Agar siz bu ishni avvalidan ham xabardor bo'lganingizda bunaqa fikrda bo'lmas edingiz. Misol uchun, kuch quvvatga to'lgan o'ttiz ga, o'ttiz besh ga kirgan yigit otasini sudrab ko'chada urib ketyapti. Qani adolat? Bu bolani dunyoga keltirib, boqib, katta qilib, tarbiyalab, kuch quvvatga to'g'izib qo'ygandan keyin otaga shunaqa muomala qiladimi? Adolat qani? Degan savol tug'iladi inson. Hozir aytganimizdek, siz bu hodisa voqeani oxirigacha guvoh bo'lib turibsiz da. Kinoni oxirgi seriyasini ko'ryapsiz bizni tilda aytgan.
Shuning uchun Allohni, bu bandani ustidagi hukmini siz tushunmayapsiz. Keyin so'rab surishtirsangiz, ota bolalarni tarixini, hammasidan xabardor bo'ldingiz. Bu kaltak yeyayotgan qari ota o'z davrida o'zini otasini xuddi shunday qilib o'rganadi. Ha, endi qissani avvalidan ham xabardor bo'lganingizdan keyin, nimaga kaltak yeyotganligini tushunasiz da, ha, Alloh Taoloning ishida adolat bor deysiz. Siz tushunmayotgan adolatni shunda topasiz. Shuning uchun hayotda bo'layotgan ayrim narsalarni hikmatini tushunmayotgan bo'lsak, bizni nazarimizda shu ishlarda adolat yo'q bo'lib ko'rinayotgan bo'lsa, bu kamoli bizni aqlimizni noqisligidan va mana shu bo'layotgan hodisalarning avvalidan bexabarligimiz sababli bo'ladi. Shuning uchun surishtirib ko'raylik chi.
Surishtirib ko'raylik chi. Qarasangiz tuppa tuzuk odam ibodatda, birodar haqqini yemaydi, besh mahal namozini o'qiydi, tixozidan urmaydi, yolg'on gapirmaydi, lekin qandaydir musibat ustiga musibat yog'ilib kelyapti ustiga. Siz endi ko'rdingiz da buni ibodatxon bo'lib qolganini. Siz uni ibodatxod bo'lib qolganda ko'rdingiz. Dinga moyil bo'lib, noshular, avvalgi ishlarni targ qilgan joyini ko'rdingiz, avval qanaqa bo'lgan edi?
Biz haqlarni yeymiz, o'zimizga bo'lmagan. Allohni haqqini yeb qo'yamiz, bandalarni haqqini yerib qo'yamimiz. Masalan, namoz o'qimasak, Allohni buyrug'ini bajarmadik. Ro'za tutmasak, demak haq yeyildi. Alloh bilan bo'ladigan muomalalarda biz haq yeb qo'ygan bo'lsak, istig'for aytamiz, tavba tazarru qilamiz, robbimiz kechiradi. Ammo bandalarning haqqini yegan bo'lsak chi?
Allohning haqqi bo'lgan ishlarda xatoga yo'l qo'ygan bo'lsak, uchta ish talab qilinadi bizdan. Masalan, benamozdesiz, to'xtatasiz benamozligingizni. A. Benamoz bo'lganingizga pushaymon yeysiz va qaytib namozni tashlamayman deysiz. Boshqa misol. Masalan, aroq xo'ringiz. Sizning aroq ichmasligingiz Allohning sizni ustingizdagi haqqi edi. Demak Allohning haqqini yeysiz. Bu ishdan qutilish uchun to'xtatasiz aroq ichishni. Ichgan kunlaringizga qattiq pushaymon yeysiz va qaytib ichmayman deb ahd berasiz. Demak siz Alloh Taoloning haqqini ado qildingiz, shu ishingiz kechiriladi. Endi, bandalarni haqqi bo'lgan ishda, to'xtash, pushaymon ish, qaytib qilmaslikniki yana to'rtinchi shart qo'shiladi. Bandani haqqini qaytarib berasiz.
Agar zulm qilgan bo'lsangiz, odamlarda haqqini nohaq yegan bo'lsangiz, zulman yerini tortib olgan bo'lsangiz, zulman chekini olib olgan bo'lsa, zulman bir pulini tortib olgan bossangiz, to'xtatdingiz, qattiq pushaymon yedingiz, qaytib birovni pulini yemayman dedingiz, bo'ldimi? Qaytarib berasiz. Ehtimol biz hozir aytayotgan odam o'sha to'rtinchisini qilmagandir. O'shaning uchun tortayotgandir. Shuning uchun akalar, ukalar, kattalar u hayotiy tajribadan bu narsani ko'rib bo'ldi. Yaxshilab bilib olinglar. Birovni bir tiyin haqqi o'tib ketdimi?
Birovga zulm qildingizmi? Xotirjam bo'ling. Albatta, albatta sizga keladi buni mukofoti. Agar Alloh sizni yaxshi ko'rsa, shu dunyoda qutulib olsin bandanda, musibatni shu dunyoda berib qo'yadi. Agar oxiratga olib qo'yadigan bo'lsa, holingizga voy. Yo'lga to'xtab olyapsizlar mashinada. Orqadagi mashinalar to'xtab quruq bo'lib kelib ketyapti. Zulm qilyapsizlar. Qaytib keladi xotirjam bo'ling, xuddi shu mashinangizda keladi sizga zulm. Birovni yo'lga shart chiqib ketyapsiz, mashinangiz katta, mensimasdan. Svetoforda qizilga yurdingiz, narigini haqida, xotirjam bo'ming, keladi, iymoninglar komil bo'lsin.
Al a'la ning ma'nolaridan faqatgina Allohning xohlagani bo'lgan va faqatgina Allohni xohlagani bo'lladi. Mana shu haqiqatni yaxshilab tushunib olishinglar kerak bo'ladi. Koinotda nima sodir bo'lgan bo'lsa, Alloh xohlagani uchun bo'ldi. Bo'ldimi shu ish, demak Alloh xohlagan ekan. Endi buni buyog'iga Alloh nimani xohlagan bo'lsa, faqatgina shu narsa sodir bo'ladi. Alloh Taoloning birodarlar irodasi, xohishi mutloq hikmatga bog'liq. Uning mutloq hikmati esa mutloq yaxshilikka bog'liq.
Sabbiya hisma robbikal a'la. Eng oliy zot bo'lmish Parvardigoringizni nomini har qanday ayb u nuqsondan pokil. Alloh azza va jallaning hamma ismlari, birodarlar mutloq komil. Biz o'zimizga o'xshagan bir bandani, odam bolasini odil deb sifatlaymiz. Lekin yuqoridagi qozini misolida tushuntirdik. Bizni adolatimiz nisbiy, mukammal emas, mutloq emas. Bir odamni rahm shafqatli deymiz, lekin uni rahm shafqati ham nisbiy, mutloq emass. Besh kun rahm shafqotli bo'lgan bo'lsa, oltinchi kuni birovga bir g'azab qilib, jahl qilib, zulm qilib qo'yishi mumkin. Biz o'zimiz noqis bo'lganimizdan keyin, bizni sifatlarimiz ham noqis.
Al a'la ismining ma'nolaridan Alloh azza va jalla bandalarni qilayotgan ishlaridan g'ofil emas. G'ofillik bu noqislik. G'ofillik bu nuqson. Alloh azza va jalla har qanday ayb va nuqsondan pok bo'lgan Zon. Alloh bandalarni qilaydigan ishlaridan g'ofil emas. Astaydubillah. Vala taqsabannallohu g'ofil an amma ya'malu vvoleymun innama yu aqhi ruhum liyaumin tashxosufi hil abusor.
Hayotda bo'layotgan ishlarni ko'rib turib, adolat qanida boradi inson ba'zida. Ya'ni, zolimlar odamlarga zulm qilyapti, mazlumlar oyog' osti bo'lib tepalanyapti, haqlar poymol bo'lyapti, muallimliklar musodara bo'lyapti. Shunda iymoni zaif odam adolat bormi o'zi? Alloh ko'ryaptiymikin mana shu ishlarni deb yuboradi.
Ba'zi bir odamlarga bechora qariganda qiynalib qolibdi deyishlikka loyiqmasligini ko'rasiz. Kuchga kirganda, qo'lida mansab bo'lganda, quvvat, qo'lada pul bo'lganda nima ishlar qilganligini eshitganingizdan keyin, ha bu ham kam ekan, bunga devorasiz. Demak, zolimlarni qilayotgan ishlaridan Allohni hargiz, g'ofil deb o'ylamang. Oyatda o'qib beraman. Siz hargiz, Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g'ofil deb o'ylamang. Faqat Alloh ularning jazolarini ko'zlar dahshatdan qotib qoladigan, qo'rqinchli qiyomat kuniga qoldirmoqda xolos. Tushunarlimi? Hozirda zolimlarni qilayotgan ishlardan Allohni g'ofil deb. O'ylamaymiz. Chunki g'ofillik nuqson birodarlar. Alloh Taolo eng oliy bo'lgan zot. Nuqsoni yo'q.
Alloh azza va jalla siz bilan bizni bir imtihonga soladi. Har kuni. O'zi bilgan bir hikmat uchun. Dushmanlarni quvvatli qilib qo'yadi, imkoniyatlarini kuchli qiladi, xohlagan narsasiga imkoniyatlari bor. Shunda iymoni zaif bo'lgan, aqli kalta odamlar, Alloh qani deydi.
Alloh bo'layotgan ishlardan bexabarga o'xshaydi deb o'ylaydi. Albatta bu uning nuqsonidan. Hozirgi kunda musulmon o'lkalarni qaraydigan bo'lsangiz, haqiqatdan holi nochor, zaif. Boyliklari talon taroj, xalqlari faqir, ahvoli yomon. Buni ko'rgan zaif inson, Alloh ko'rmayaptimi buni deydi.
Mana Alloh Taolo aytyapti, istadibilla, vala taqsabannalloha g'ofilan amma ya'malot zolimun. Innama yu oxhi ruhum liya ummin tashqosufi hil obuzor. U zolimlarni qilayotgan ishidan Allohni g'ofil demanglar. Ko'zlari katta ochib, qatib qoladigan qiyomat kuniga olib qo'yapti xolos. Ularni jazolarini.
Demak, Alloh aziz va jalla bandalarga zulm qilishlikdan pok bo'lgan zot. Biz bo'layotgan ishlarni faqat zohirini ko'ramiz, oxirgi qismini ko'ramiz. Qiynalgan inson, rizqi tang inson, bir qarasang soliq kishiga o'xshaydi. Nimaga xoli bunday ekan? Avvalgi qilib qo'ygan ishlarga berilayotgan mukofot, jazo.
Alloh taologa bandalarni azoblashlik kerakmi? Allohga hech narsa kerak emas. Nimaga azoblayapti ularni? Istadi billoh. Ma yaf'alullohu bi adabikum insha kartum va aman tum. Ey bandalar, agar shukur keltirib iymonli bo'lsanglar, Alloh sig'adi, nimaga azoblasin?
Shukur keltirsanglar, iymonli bo'lsa, nima qilaman men sizlarni azoblab deydi? Bir xatosi ma'lum bir daraja yetdi bir odamni. Xatosi ko'payib ketdi. Alloh bunga bir azobni yuboradi. Shu xatosidan qutulib olishi uchun. Chunki xatosi bo'lmagan odamni Alloh Taolo azoblamaydi. Xato hammamizda bor, inson bolasi bor xato qiladi, lekin tavba qilamiz, to'xtatamiz, istig'for aytamiz. Ammo shunday odamlar bor, ko'payib ketganda alloh taolo az ob beradi ularni. Sizlar dedinglar? Voma asoba kun min musibati in fabima kasabat aydin kun va ya'fon kafir. Qaranglarda, ey insonlar, sizlarga nima musibat yetsa, bas, o'zinglar shu qo'linglar bilan qilgan ish tufayli yetadi, gunoh sababli yetadi. Endi Alloh Taolo yana ko'p gunohlaringizni jazolamasdan kechirib yuboradi. Ko'p aytamiz, shuning uchun bolangizdan tortib qoldingizmi, yoki bir boshqa tomondan tortib qoldingizmi, o'zingizdan qidiring.
O'zingizdan quduring. Bir oqsoqol o'g'li qimorboz bo'lib, latokka pul yutkazib yuborib, latokka pul yekizib yuborib dedi, yaxshi odam bo'lgan. Bo'laversa, bolasini malomatlarini aytyaptiki, o'zimdan o'tib qolgan bo'lsam kerak, bir harom xarash yegizib qo'ygan bo'lsam keling aka, o'sha mansabda ishlab turgan paytimda degan gapni gapirib, o'zidan qidiryapti. Endi buni ko'rgan boshqa bolalari nima qiladi?
Ha, demak biz shu xatoni takrorlamaylik, chunki xoram yegizsak, zulm qilsak, qarg'ishga qolsak, tortamiz ekan degan narsa bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mana Ibn Asokadan keltirilgan hadislari Baror roziyallohu anhudan. Ma minoxiroting, vala ixtilaj ya'roqing, vala hadisha audin illa bima qaddamat aydiku. Diqqat qilinglar da.
Oyog'ni qoqilib ketishi bo'ladimi, payni titrab ketishi bo'ladirmi, qaltirab ketishi, yoki bir cho'pni terini shilib yuborishi bo'ladirmi? Borki, qilgan ishinglar tufayli yetadi. Qaltirab qoshki tushib ketdi qo'lingizdan. Sizga yoqmaydigan ish. Qaltirab qo'lingizdagi tishini ovqat to'kilib ketdi, sizga yoqmaydigan ish. Bularni hammasi o'zingni qilgan ishingni tufayli yetadi.
Yana deyapti oyatda, Alloh kechirib yuboradiganlari ko'p gunohinglarni. O'n tadan bittasiga berar ekan Alloh jazoni. To'qqiztasini yuvib yuborar ekan shu bilan. Mana shu Alloh sizni yaxshi ko'rganligini belgisi. Bitta xatoyingizga jazoni berdi, to'qqiz tasini shu bilan yuvib tashladi. O'shaning uchun aytdingiz da. Agar Alloh yaxshi ko'rsa bandasini, shu dunyoda o'zida shu qilgan ishlariga mukofotni berib qo'yadi.
Alloh haqida yaxshi o'yda, yaxshi fikrda bo'lishingning mukofoti jannat. Alloh haqidagi gumoningni yaxshi bo'lishligi mukofoti jannati. O'sha hadislarda keladi. Bu hadislarni eshitsangiz, qalbingizga shunaqa bir umid paydo bo'ladi qalbingizda. Alloh azza va jalol bir iymoni bor, lekin dunyoda ko'p gunohlarni qilib, do'zaxga hukm qo'ygan bandasi haqida xabar beradi. Mana payg'ambarimizni hadislarda shunday ma'no bor.
Iymon bilan chiqqan dunyodan gunohlari ko'p. Uni do'zaxga olib ketishyapti. Shunda banda do'zaxga kirib ketyapti, orqasiga bir o'girilib qo'yadi. Xuddi bir odam bir yordam kutgandek, najot kutgandek. O'zgarishini kutgandek! Shunda Alloh Taolo to'xtatinglar deydi. Hadisni mazmuni. Ey banda, nimaga orqaga o'girilding? Deganda banda, Parvardigor, men seni menga bunaqa muomala qiladi deb gumon qilganmisan menda ekan. Nima deb gumon qilgansan desa, meni gunohimni kechiradi deb gumon qildirganman sen haqingda. Deganda Alloh Taolo, mana shu yaxshi gumon uchun to'xtatinglar, kirgizilar buni Jannatga deydi.
Robbimiz haqida gumonimiz to'g'ri bo'lsa, Alloh bizni Jannatga kirgizadi. Imoni zaif insonlar Alloh haqida nohaq gumonda, johiliy o'yda bo'ladi. Allohu la ilaha illa huval hay yulqayum. Alloh yakka, yagona, uni sherigi yo'q. U doimiy hayot va barhayot tirikdir. Al Ahad, misli tengi yo'q bo'lgan zot. Al a'la, oliy bo'lgan z ot, har qanday aybi nuqsondan oliy bo'lkan zot.
Koinotda nima bo'lgan bo'lsa shu kungacha, Alloh xohlagani uchun bo'ldi va Alloh nimani xohlagan bo'lsa, bu borliqda uni xohlagandan oshcha narsa bo'lmaydi. Dunyo birodarlar sinov va imtihon hovlisi. Oxirat esa mukofot va mangulik hovlisi. Siz La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh dedingiz u, lekin o'zingiz xohlaganday kun kechirdingiz.
Bu to'g'ri emas. Alloh haqida gumoningiz yaxshi bo'lsa, robbingizni ulug'lasangiz, ism va sifatlarni hammasini mutloq komil ekanligi iymoningiz, iymoningiz bo'lsa, mana shu iymon sizni qalbingizga taskin beradi. Mana shunday iymon to'g'ri iymon bo'ladi. Agar La ilaha illalloh desangiz u, Allohning sizni ustingizda qilayotgan ishlariga e'tirozingiz bor bo'ladigan bo'lsa, bu iymoningizdagi katta nuqson. La ilaha illalloh dedingizmi? Alloh sizni ustizga bir kunda berdimi? Bilingki, bu albatta orqasida hikmati bor. Ya'ni odamlarni shunaqa so'zlari bor. Kufrga yetaklab qo'yadi odamni. Ey Xudo, men Senga nima yozuvdim? Ey Xudo, qaysi qilgan gunohim uchun?
La ilaha illalloh muhammadur rasululloh degan odam qazoyi qadariga iymon keltirdim, qazoyi qatariga roziman degan odam bo'ladi. Shunday bo'ldimi? Demak, shunga loyiq ekanman da. Sizni ustingizga yoqmaydigan bir keldi. Bilingki, qaysidir gunohingiz uchun qidiring. Endi topa olmadingiz. Haqiqatan solih inson bo'lishingiz mumkin. Shunda ham kelgan bo'lsa, demak sizni qadringizni ko'tarish uchun bu.
Ustingizga kelgan musibat ikkita sababdan. Bittasi gunohingizni yuvishlik uchun keldi. Yoki sizni martabangizni Allohni huzurida ko'tarish uchun keldi. Nima bo'lganda ham musulmon odam mana shu musibatni ustida foydada qoladi. Shuni deb qabul qilamizmi, yo'qmi? Mana, muso va hizr alayhima salam, bularni qissasiga murojaat qilsak, o'n ikki ga, o'n ga kirgan bola o'ynab yuruvdi ko'chada. Hizr alayhissalom haligini shunday so'yib, qatl qilib qo'ydi. Shuni Muso alayhissalom tushunmadi. Qotaltan afsan beg'oyirinafsin. Ha, begunoh bolani o'ldirding u, dedi. Keyin hikmatini eshitganidan keyin, keyin aytdik, qizsan oxirida. Agar bu bola katta bo'lganida, dedi Hizr alayhissa. Kufr ma'siyatga kirib ketar edi. Ota enasi ham bu bolasiga ergashib, kufr ma'siyatga kirib ketar dedi. Endi Alloh Taolo bu moddani olib qo'yib turib bu bolani, boshqa solih farzandni berdi dedi. Mana endi boyagi ota ena bolasi o'lib qolgan paytda, dunyodagi eng katta musibat o'shalarni kim edi?
Nimaga kichkina bola edi yurib turib tushuna olmayotgan edimi? Endi qiyomatga borganda, mana shu bolani o'lishligidagi hikmatni tushunib turib, qalbi erib ketadi Parvardigoriga hamd aytib. Musibat kelganda qarangda, undan kattarog'i ham bor edi, u kelmadi, yengillik keldi. Hamda aytasiz, yutug'dasiz. Millionni yo'qotdingizmi? Yana to'qqiz million turibdi yu.
Bitta yoqda qaraydingizmi? Ikkinchisi turibdimi? Demak, ey Xudo, men senga nimani yozuvdim? Qaysi gunohim uchun bunday so'zlar noto'g'ri so'zlar? Chunki dunyo sino aholisi bir odamlar. Asarlarda keltiriladi, bu dunyo egrilik hovlisi. To'g'rilik hovlisi emas. Qayg'u hovlisi, xursandchilik hovlisi emas! Shuning uchun mana shu narsani kim tushunib yetadigan bo'lsa, dunyoni yengilligi uchun qo'yolmaydi, mashaqqati uchun qayg'ulmaydi. Birodarlar, dunyo hayotini Alloh Taolo balolar hovlisi qildi. Oxiratni esa mukofot hovlisi qild. Dunyodagi balolar oxiratdagi mukofotga sabab bo'ladi. Dunyodagi mashaqqatlarga rozi bo'lib sabr qilarkanmiz, qiyomat kunidagi azizlikka sabab bo'ladi. Alloh Taolo ato qilish uchun avval olib qo'yadi. Mukofotlashlik uchun avval bal olaydi.
Bu dunyo hayoti oxiratni oldida, birodarlar, nolga teng. Qog'ozga bir deb yozing. Uni orqasiga bitta nolni yozing. Shunday qilib nollarni yozib ketavering, yozib ketaversangiz, yozib k etavering. Bir smga ikkita nol sig'adi. Endi, birda orqasidan o'ttizta nol yozsangiz, nechi deyiladi shu raqam, bilasizlarmi? O'n besh smga o'ttizta nol sig'adi. Non million deyilar ekan. Endi oltmishta bo'lsa chi?
Endi mana shu birda yozib turib, oygacha yozib keting, noldan. Qanaqa raqam bo'ladi bu? Lekin mana shunday katta raqamlik muddat ham oxiratning abadiyligini oldida qisqa vaqt bo'lib qoladi. Lekin ana shu raqam har qancha katta uzun bo'lmasin, abadiylikni oldida birodarlar hech qancha vaqt bo'lmay qoladi. Soddaroq qilib aytadigan bo'lsak, bir inson dunyoda podshoh bo'lib yashadi. Yuz yil yashadi. Boring ming yil yashadi, qadimgi odamlarga o'xshab. Lekin baribir nima bo'ladi? O'ladimi? Nima kutadi umrini oxirida uni? O'limmi? Endi oxiratdagi abadiy hayot oldida, bu dunyodagi hayot nolga teng bo'lib qolgandan keyin, oxiratdagi azob uqubatlarini oldida, bu dunyoqdagi podshohni hayoti ham nol bo'lib qoladi.
Alloh azza va jalla rizqu nasibalarini tarqatishda ham ayrim odamlarni nazarida adolat qilmaganga o'xshaydi. Qara, mana bu odam manaqa rasvo bo'lsa ham rizqi keng. Mana bu odam taqvoli, halol bo'lsa ham hech bir qo'lida bir to'rtta so'm to'planmaydi. Mana shu dunyodagi insonlarni rizqlarini turli xil bo'lishligi ham imtihon bo'ldi, birodarlar. Imtihon bo'ldi. Nima, Alloh qodir emasmi hammani bir xil boyi badavlat qilib qo'yishga? Hozir. Allohni mulkidan deydi, hadis quddusiydan. Ey insonlar va jinlar, avvalgi yu oxirgisi hammasi bir joyga yig'ilsa va bir vaqtni o'zini xohlagan narsasini so'rasa, Alloh ularni xohlagan narsasi bir vaqtda bera oladi va bu Allohni mulkida shuncha so'ralgan narsa. Dengizga ignani solib chiqarganda, dengiz qancha kamaydi? Kamimaydimi? Shuncha ham kamimaydi.
Endi bu hikmat bo'ldi. Kimni boy, kimni kambag'al bo'lishi, kimni quvvatli, kimni nimjon bo'lishi. Bularni bari sinov birodarlar. Alloh azza va jalloh aytadi, istaydilar. Onzur kayfa faddonna ba'da hum alaba'l vala al axiratu akbaru darojiyatin va akbaru topdiyla. Bu dunyoda ularning birovlaridan birovlarini rizqu martabada qanday ustun qilganimizni ko'ring. Shak shubha yo'qki, oxirat darajalari necha barobar ulug' va afzalroqdir. Dunyoda kambag'alroqdirsiz. Dunyoda quvvatisizroqdirsiz, zaifdirsiz.
Kimdir sizdan quvvatli, kimdir sizdan boy, kimdir podshoh, kimdir boshqa. Lekin oxiratdagi daraja deyapti. Asosiysi. Boy bir mamlakatga, kambag'al mamlakatdan bir faqir ayol ishlagani keldi. Oilasini boqish uchun. Oladigan maoshi juda ham oz. Lekin bu ayol ham o'ladi. Ellik yil yashaydi, yetmish yil yashaydi o'ladi. Agar mana shu qiyin kambag'al, faqirona hayotida sabr bilan, iymon bilan, istiqoma bilan yashaydigan bo'lsa, yutuqda mana shu odam ketadi. Mana shu ayol yutuqda ketadi. Ammo dunyo hayoti farovon bo'lsa, oxiratni unutib yashagan bo'lsa, har qancha boyi badavlat kayfi safot yashagan bo'lsin, agar shu holatda ketadigan bo'lsa, u zarar qiladi.
Haqiqiy zarar iymon e'tiqodsiz yashashda. Demak, ibrat oxirat hayotida yutqazib qo'ymaslikda. Ali ibn Abit olib aytadi, kimning haqiqiy boy va haqiqiy faqir ekani Allohga ro'baro' bo'lishdan keyin ma'lum bo'ladi.
Bu dunyoda men boy manda yuribsan, Allohni oldiga borib hisob kitobdan o'tgandan keyin ko'ramiz, boymisan, kambag'almisan. Dunyoda men kambag'al faqirman deyapsan, qiyomat hisob kitobidan keyin ko'ramiz. Rostdan boymisan yo kambag'almisansan? Alloh azza va jallaning adolati mutloq adolat. Alloh hech kimga zulm qilmaydi. Mana darsimizni avvalida aytdik, odam bolasining, odam bolasining ishlarini hammasi nisbiy, mutloq emas. Nuqsonli, komil emas. Allohning hakimligi, odilligi va adolati mutlo q, benuqson.
Odam alayhissalomdan qiyomat kunigacha Allohning mulkida bironta chumchuq ham zulm qilinmaydi bir odamlar. Alloh Taolo hadis xuddi sizda aytadi, ey odam bolalari, albatta men zulmni o'zimga harom qildim, sizlarni orangizda ham zulmni harom qildim. Bir biringlarga zulm qilmanglar. Zulm nima ekan? Haq egasini haqqini ado qilmaslik. Ustani ishlatil, pulni bermaslik zulm. Agar qarg'asa, hayron bo'lasiz. Ustalar, uyda egasi ko'rmayotgan paytda ham, uyda egasi qarab turgandek ishlamaslik, uyda egasiga bo'lgan zulm. U sizni qarg'amaydi, bilmaydi da ishingizni kiritishginini. Ha, shunaqarkan deb ketaveradi. Ammo sizga birovni haqqini yeb zulm qilganligingiz uchun, pulingizdagi baraka degan narsa olib qo'yiladi.
Ollohdan qo'rqib ishlaylik. Professional bo'laylik. Komissiya keladimi? Revizya tushib qoladimi to'satdan? Sizga nima? Istaribilla? La zulmaliyaun. Bu kunda hech kimga zulm qilinmas. Vala yuzlamuna fatila. Ularga qilchalik zulm qilinmaydi. Vala yuzla muna naqiro. Va ularga zarracha zulm qilin emas.
Istaribilla? Falatuzla munafsun shay'a. Va inkana mifqolar habbati minxordalin atayinabihah va kafabina hasiniy. Biz qiyomat kuni uchun adolatli, mezon tarozilar qo'yurmiz. Bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas. Agar hardal o'simligining urug'idek yaxshi yoki yomon amal qilingan bo'lsa, o'shanada keltiraveramiz. Biz o'zimiz yetarli hisob kitob qilguncha turibmiz. Alloh zulm qilmaydi. Allohning hukmi komil. Chunki eng oliy bo'lgan a'la bo'lgan zot. Al a'la bo'gan robbimiz subhanah vatalloh hech kimga zulm qilmaydi. Uning hamma hukmlari adolatli hukm bo'ladi. Mana shu Alloh Taoloning Al a'la ismi sizni qalbingizga xotirjamlik beradi. Taskin olib keladi. Iymon deyiladi shu narsa. Birodarlar, iymon juda ham qimmat narsa. Iymon juda ham qimmat narsa. Alhamdulillah, ilohi robbilari alamin shu iymonni berdi. Endi mana shu iymonimizda kimimiz yuqoriroqda, kimimiz pastroqda. Kimimizni iymonimiz quvvatliroq, kimimizniki zaifroq. Mana shu bilan farqlanadi bizni hayotdagi saodatimiz yoki shaqovatimiz.
Ala ila lohi tasiru umr. Ogoh bo'linglarki, barcha ishlar Allohga qaytadi. Ogoh bo'linglar, hamma ish Allohga qaytaradi. Bir odam aytadi, bu ishlarni hammasi meni qo'limda deydi. Xohlaganimni qilaman deydi. Meni aytganim bo'ladi deydi. Savol. Sen shu dunyoga kelishingdan avval, bu ishlar kimni qo'lida edi?
Seni aytganingni bo'lishidan avval, kim aytgani bo'layotuvdi? Qarang, oyatda aytilyaptiki, oxiratdagi ishlar hammasi Allohni qo'lida bo'ladi. Iye? Oxiratdagi izhlar Allohni qo'llida bo'lsa, dunyodagi ishlar kimni qo'lida? Allohni qolda emasmi? Degan xayol keladi. Mana shu oyatni tafsirida mufassalar aytishadiki, Allohni unutgan, adashgan, g'ofil, iymoni zaif odamlar dunyoda Allohdan boshqa ilohni bor deb o'ylaydi. Ular pulni iloh deb bilishadi. Kuch quvvatni, mansabni, boylik va hokazolarni iloh deb biladi. Pul bo'lsa, pul bo'lsa changalda sho'rva deb o'ylashadi.
Qaysi masalani pul hal qilmasa, u masalani katta pul hal qiladi. Bormi shunaqa tushuncha? Bu musulmon odamni tushunchasi emas. Haqiqiy mo'min esa Allohdan boshqa iloh yo'q deb biladi. Beruvchi ham Alloh, oluvchi ham Alloh. Aziz qiluvchi ham Alloh, xor qiluvchi ham Alloh. Yordam beruvchi ham Allohni, tashlab qo'yadigan ham Alloh. Mana shunday deb e'tiqod qilishlik tavqid deyiladi bir odam. Pulingizga ishonmang. Darsimiz oxirida student bo'lgansiz, shogird bo'lgansz, qo'lingizda pulingiz bo'lmagan bir yosh bola bo'lgansangiz, aqli qushsiz joyida, uylanish kerak, pul yo'q, mashina menga ish keladi, u ham yo'q. Hech narsa yo'q. O'shanda nima degansiz?
A inshaalloh, alloh hammasini beradi degansiz. Boshqa suyanadigan hech narsa yoq edi da, shuning uchun ovulda suyansiz. Endi, qo'lingzda yuz ming, ikki yuz ming dollar paydo bo'ldi. Endi nimaga suyanadigan bo'lib qoldingiz? Moyishni qilish kerak desa, bunday mo'ljallaysiz, pulimni to'rtdan biri bilan bitarkan, qilib yuboramiz deysiz. Endi nimaga suyanayapsiz? O'sha yo'q bo'lgan paytda allohga suyanganingizdek, hozir ham allohga suyanyapsizmi yo pulingizga suyanib qo'yyapsizmi? O'zingizdan bir so'rab qo'ying.
Istadibillar, fata barakallohu ahsanul xoliqin. Bas, eng go'zal yaratuvchi Alloh barakotli buyukdir. Mo'minun surasidan. Alloh azza va jalla yaratuvchi bo'lgan zot. Inson esa yasovchi. Alloh yaratadi, inson yasaydi. Yaratuvchi degani, bir narsani yo'qdan paydo qilish. Va mana shu narsaning misli bo'lmaydi omon. Demak Alloh Taolo yo'qdan bor qiladi va mana shu narsaning misli bo'lmagan avval. Ammo inson yaratuvchida bo'lmaydi. Biz deydi ilmiy izlanishlar olib borib, paxtaning vilka chidamli bo'lgan manaqa navini yaratdik deydi. Bekalar aytibsan.
Terminologiyada bu, yaratdik deydimi. Birodarlar yaratdik degan so'z faqat Allohga yarashadi. Yaratdi degani faqat Allohga yarashadi. Bandalar yarata olmaydi. Bandalar yasaydi. Bir narsani bir narsaga qo'shadi, bir narsa chiqadi. Va bu chiqqan narsaning avval bir misli bo'ladi. Bu sal boshqacharoq. Lekin avvalgiga o'xshagan bo'ladi. Demak, yaratdi degan so'zni insonga nima qilib bo'lmas ekan? Ishlatib bo'lmas e kan. Inson yasaydi, Alloh yaratadi.
Alloh azza va jalla o'zining yaratgan mahluqotlari bilan odamlar o'zlari yasagan narsalarni taqqoslashlikka izn berdi. Nima uchun? Alloh taolo o'zini san'ati, qudratini odamlarga bildirib qo'yish uchun. Bandalar kim u, Alloh kim? Tushunishib olsin bandalar. Shuni bilishligi uchun, farqlashligi uchun.
Mana insonni jasadida buyruqdagilar bor. O'zbekchasini nima oladi uni? Pochka, tochno. Chunki buyrak desangiz, ba'zi bir odamlar tushunmasligi mumkin. Pochka. Insondagi mana shu pochkani oling. U mana shu insondagi qonni aylantirib tozalab berib turadi. Endi xuddi shu vazifani bajaradigan inson yasagan sun'iy buyrakni, sun'iy pochkani tasavvur qiling. Ko'rganmisizlar o'sha sun'iy pochka qanchalar katta bo'lishini?
Odam bolasi yasagan. Stolda keladi. Xolodeniida keladi. Avvalgilari undan ham kattaroq bo'lgan. Endi mana shu insonni qonini tozalab turishlik uchun, filtrlab turishlik ucheun, Alloh Taolo insonga ato qilib bo'lgan buyrakni tasavvur qiling, borligini ham bilmaysiz. Ishlayotganini ham sezmaysiz. Uxlayapsizmi, yuguryapsizmi, yeyapsizmi, o'tiribsizmi, farqi yo'q. Ovozi ham chiqmaydi. Mana solishtirib ko'ring. Men mana shu pochkasi ishdan chiqqan odamlarga qilinadigan muolaja o'sha dialez deydi nima deydi, dialez quyadi a? Haftada ikki marta, uch marta boradi. O'sha stolida yotadi. Uch soat, to'rt soat holatiga qarab besh soatgacha yotadi da, qonini o'sha dialez bir tozalab beradi apparat. Sun'iy pochkalar. U ham yuz foiz tozalamaydi.
Tushunyapsizlarmi? Nima degani bu? Alloh Taolo nimaga meni yaratgan narsam bilan o'zingni yasagan narsangni solishtirib ko'r deyapti. Allohni qudratini, Allohni azamatini, Allohni yaratishdagi mukammalligini ko'rib olishligimiz uchun. Biz o'ylab ham o'tirmaymiz da, to'g'rimi? Ey birodarlar, biz agar o'zimizni jasadimizda turgan Alloh Taoloning mo'jizalariga qarasak, tashqaridagi mo'jizalarga qarashga hojat qolmaydi. Shuning uchun hadisda aytilinadi, man arofa nafsaxu, arofa robbaxu. Kim o'zini tanisa nafsini, o'zini tanasa kimligini, Robbisini albatta taniydi. Biz o'zimizni taniymizmi?
Odam bolasini ko'zi bilan eng oxirgi rusumdagi fotoapparatni taqqoslab ko'ring. Taqqoslab bo'lmaydi a? Odam bolasi ixtiro qilgan robotni ko'ring u, uni qarshisidagi chivinni ko'ring. Chivin. Rizqini uchib yurib o'zi topib yeydi. Alloh yozib qo'ygan rizqini uchi yurar ekan, Alloh beradi unga. Unga zaryadka ham kerak emas. Unga perexodniy ham kerak emas, unga shteker ham kerak emas . Rizqini topib yeb uchib yuradi.
Istedibillar? Sun allohilladiy atqonakullashay. Bu barcha narsani puxta qilgan zot, Allohning ishidir, Allohning hunaridir. Yaponiyalik bir olim, mana shu robot yasaydigan bir olim, Islomda qabul qilganligi haqida gapiriladi. Sabab deb so'rasa, o'zini ikki yashar qischasini qo'llarini, kaftidagi barmoqlarini harakatini ko'rib turib, o'zini yasagan robotlarni ko'rib turib Allohni tanishiga shu narsa sabab bo'lgan deydi.
Mahluqotlar komil suratda yaratilibdimi? Demak, yaratuvchining tasarrufi ham komilligiga dalolat qiladi. Bir xil yasalgan ikkita bir asbob deylik. Haligi yasalgan narsani qarab turib, yasovchisini ko'rmasangiz ham, baho bera olasiz yasovchi ustasiga.
Yasagan ishini puxtaligiga, tekkizligiga, chiroyligiga qarab turib, ma'noni yasagan odam ustaroq ekan, ma'noni eplamacharoq ekan o'zimizga o'xshagan deysiz. Ya'ni siz yasalgan narsaga qarab turib ko'rmasangiz ham yasovchisini bahosini bilyapsiz. Endi siz Alloh azza va jallani yaratib qo'ygan bu borlig'iga qarang da, yaratuvchi qanchalar qudrat egasi, qanday bir komil zot ekanligini bir fikr qilib ko'ring.
Alloh taolo nimani yaratgan bo'lsa, ular mukammal qilib yaratildi. Allohning san'atini komil ekanligini ko'rdingizmi? Demak, uni tasarrufini ham komil deb qo'yavering. Mana shu darsimizni boshida aytdik a. Alloh taoloning hamma ishi komil, adolatli, mutloq adolatli. Ammo kuch quvvatga to'lgan o'ttiz besh qirq ga kirgan yigit o'zini qariya otasini so'dirib urib ketayotganini ko'rganingizda, bu ishda qanaqa bir adolat bor? Bu ishda qana qanaqa komillik bor? Otasiga zulm qilib urib tursa, Alloh shunga izn berayotgan bo'lsa, qani bu yerdagi hikmat? Deb turib, ularning hayotidagi, ota bolani hayotidagi oxirgi seriyasini ko'rib turib baho beryapsiz. Siz avvalgi seriyalarni ham surishtiring da. Bu kaltak kaltak yeyotgan bolasidan, oqsoqol, o'zi qanaqa bo'lgan?
Qanaqa inson bo'lgan? Otasiga qanaqa muomala qilgan? Qanaqa pul topgan? Qanaqqa tarbiya bergan? Bolasini nima bilan boqqan? Agar avvalgi seriyalardan xabardor bo'lsangiz bu odamni, bugungi seriyasidagi ishni komil bo'libdi, adolatli bo'libdi, mukammal bo'libdi deb aytasiz. Tushunarlimi? Shuning uchun hayotda bo'layotgan ba'zi ishlarni ko'rib turib, Alloh nimaga izn beryapti shunga bo'lishiga? Alloh ko'rmayaptimi? Alloh bir shu narsaga bir rozi bo'lyaptimi degan savollar kelsa, hozirgi misolda, ummatda hozirgi kundagi ahvoli achinarli birodarlar. Shundaymi?
Shunday. Endi qanday musulmonlar shunday bir hol bo'lishi kerak, axir Allohni suygan bandalar yo'q ularda desa, hozirgi gapni aytamiz. Ummatda ellik yil, yuz yil u yoqdagi hayotiga qaranglarchi. Bugungi kunimiz o'sha avvalgi qiyib yashab o'tgan kunimizni mevasi bo'ladi, samarasi bo'ladi. Alloh komilzod. Alloh azza va jalani hamma ishida mo'jiza bor. Osmonlarni yaratishida, parandayu darandalarni yaratishda, o'simliklar, insonni yaralishida ulkan mo'jiza bor'. Alloh taoloning har bitta qilgan ishi, har bitta yaratgan narsasi mo'jiza, birodalar.
Shuning uchun aytiladi, Alloh taoloning buyukligiga dalolat qiladigan oyatlar uch xil bo'ladi. Kavniy oyatlar, takviyniy oyatlar, Qur'oniy oyatlar. Kavniy oyatslar bu Alloh taoloning maxluqotlari. Qarang, koinot jim turadigan Qur'on deyiladi. Musxaf gapiradigan Qur'un deyiladi. Rasululloh tirik Qur'on deyiladi. Qur'on uchta deyiladi. Koinot jim turadigan Qur'on, qarasangiz Alloh tanitadi, fikr qilsangiz. Gapiradigan Qur'oni, bu qo'limizdagi mus'haf. Endi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayoti, birodarlar, tirik Qur'oni.
Kavniy oyatlar Allohning yaratgan maxluqotlari, takvi'niy oyatlar, Alloh Taoloning ishlari, Qur'oni oyatlari bu Qur'oni Karim, birodar. Biz Allohni zotini idrok qila olmasligimizni tan olishimiz kerak. Allohni qanaqa zot ekanligini idrok qilishlikka aqlimni quvvati yetmaydi ekan deb tan olishimiz keraks. Shunda qalbimiz xotirjam bo'ladi.
Inson ojiz. Allohni zoti haqida fikr qilishi mumkin emas. Balki Allohni mahluqotlari haqida fikr kilsin. Chunki Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing, Allohning zotini idrok qilishingdir. Allohning zotin idrok qila olmasligin idrok qilishng Allohning zoti idrok qilishiingdir. Allohni qanaqaligini aqlimga sig'dira olmayman ekan dedingmi? Allohni tanibsan. Shuning uchun Alloh Taolo maxluqotlarim haqida fikr qilinglar, meni zotim haqida emas deyapti.
Masalan, insonni aqlini taroziga o'xshatsak bo'ladi. Mana shunday keladigan, tilla tortadigan tarozi bor tilla bozorida. Bir grammda o'nga bo'lib tortib beradi, milligram deydi. Bu yarim kilogacha tortadi. Buni ham ati nima? Tarozi. Keyin mana bu ho'l meva sotadigan aka ukalarimiz, ikki yuz kilo, uch yuz kilo qoplab kartoshkani tortadigan asbobda ham ati tarozi. Endi o'sha katta yuk mashinasini ustida ko'miri bilan tortadigan asbobni ham ati, tarozi, hammasi tarozi. Lekin o'sha bir mashina, katta yuk mashinasidagi ko'mirni tilla tortadigan taroziga qo'ysak nima bo'ladi tarozi?
Chegarasi bor ekanmi? Eng zamonaviy rusumdagi mashinasizni har qanaqa bir bez darojilardan olib yuradi. Qing'ir qiyshinglardan olib yuradi, tog'ni oldiga kelganda to'xtaydi. Suvni oldiga kelganda to'xtaydi. Birodarlar, inson o'zini aqlini ojiz ekanligini tan olsa, Allohni topadi. A ruhingni nimaligini bilasanmi inson bolasi? Mana o'zingni ishingda turgan ruh. O'rgana olmaysan, bila olmaysan. Voyas alunaka ani ruh, quli ruhi min amri robbiy, omon o'ti itu minal la ilmi ila qolil. Ey Muhammad alayhissalom, sizdan ruh haqida so'rashadi. Ayting, ruh robbimni ilmidan. Sizlarga juda ham oz ilm berildi.
Xulosa, Allohni zotini biz idrok qila olmas ekanmiz, aqlimizni quvvati yetmas ekan deb tan olsak, jonimiz orom oladi. Biz to'g'ri yo'lda turgan bo'lamiz. Uchta doira. His qilinadigan narsalar doirasi, aql yuritiladigan narsalar doirasi, xabarlari kelgan narsalar doiras.
His qilinadigan narsalardoirasi. Nima bu? Insonda mana his qilishlik organlari bor. Beshta. Ko'rish, eshitish, hid bilish, tan bilish, haroratni his qilish. Mana shu a'zolarimiz bilan his qilamiz. Mana shu narsalarni idrok qiladigan asboblarimiz his organlarimiz. Demak, biz his qilish a'zolarimiz bilan idrok qiladigon narsalarni o'zi ham bo'ladi, izi ham bo'ladi. Masalan, ko'ramiz, eshitamiz, hidini sezamiz, ta'mini bilamiz, xarotini his qilamiz. Ko'zimiz ko'rib turibdi, qulog'imiz eshitib turibdi, qo'limiz bilan ushaymiz. Uni izi ham bor, o'zi ham bor.
Bu doiradagi ishonch vositasi his qilish organlari. Ikkinchi doira, aql yuritiladigan narsalar doirasi. Bu doiradagi narsalarni o'zi ko'rinmaydi, ammo izi bor. Aqlingiz bilan topib olasiz. O'zini ko'rmayapsiz, lekin aqlingiz bilani topib olasiz siz. Bu doiradigi narsalarni idrok qilishlik asbobi nima ekan? Aql ekan. O'zi yo'q, lekin izi bor. Masalan, tuproqni ustida g'ildirak izlari turibdi. Iziga qarab turib, aniq aytasiz, bu yerda nima o'tibdi? Mashina o'tibdi. Mashina bormi? Yo'q. Qayoqdan bildingiz mashina o'tgani desa, izidan deysiz. Bir aqlingiz bilan topadigan narsalar. Endi izini kengligiga, torligiga qarab turish, mashinani, yuk mashina yoki yengil mashinagini aytasiz. Yerda tez yotibdi. Demak, bu yerdan aqlingiz aytyaptiki, bu yerda sigir o'tgan deyapti.
Ikkinchi doira, aql yuritadigan narsalar doirasi. Birinchi doira, his qilinadigan narsalardoirasi, bularni o'zi ham bor, izi ham bor. Bu narsalarni his qilishlikda bizni beshta his a'zoyimiz ishlaydi. Ikkinchi doira, aql yurtadigan narsalar doirasi. Unda izi bor, o'zi yo'q narsalar haqida. Bu doiradagi narsalarni idrok qilish asbobi aql. Shuning uchun aytamiz da, Alloh Taoloni ko'rish mumkin emas.
Alloh Taoloni yaratib qo'ygan narsalari mana shu izlar. O'z o'zidan mukammal bir komil surati yaratilgan yer shari, undagi tog'lar, undagi daryolar, daraxtlar xilma xil. Bular o'z o'zidan yaralib qolgan desa, aql qabul qiladimi shuni? Millionli yillar natijasida bitta deydi kletka paydo bo'lgandi. Keyin kletka ikkiga bo'lindi deydi. Keyin uchga bo'lindi, to'rtga bo'lindi. Qarab sizga inson paydo bo'ldi deydi.
Boshini qarang da, bosh shatag'i o'zi. Dengizni suvi deydi borib turib toqqa urildi deydi, toshga, shundan deydi mikrob paydo bo'lddi deydi. Xo'p, o'sha yerdan boshlayapti istoriyasini, bor shu darvinistlar. Savol. Suv qadan keluvdi? Tog' qachon paydo bo'luvdi? Bo'ldi, to'xtaysiz. Bu xudosizlarni falsafasi, xudosizlarnini o'rniga qo'yayotgan hujjat dalili puf deganga yaramaydi, birodarlar.
Shuning uchun aytamiz, biz Alloh Taoloni ko'rishimiz mumkin emas, ko'ra olmaymiz. Ko'zlar idrok qila olmaydi. Ammo aqlimiz bilan Allohni topishimiz mumkin. Shuning uchun Alloh Taolo yuzlagan oyatlarda aql yuritmaysizlarmi, tadabbur qilmaysizlarmi? Tafakkur qilmaysizlarmi deb siz bilan bizga xitob qilgan. Aql ishlatishlik kerak.
Alloh Taoloni zotini idrok qila olmaymiz, ammo aql yururib, uni borligini bilamiz, sifatlarini, qudratini taniymiz. Al aqlu murtabitun bil voqe. Aql voqelikka bog'langan bo'ladi. Aql voqelikka bog'liq bo'ladi. Bundan yuz yil, ikki yuz yil burun yashagan odamga, mana shu o'nta xonada turgan kitobni hammasini mana shunday jihozga joylab qo'yish mumkin bo'ladi desa, ikki yuzinchi yil burun yoshagan odam qabul qilarmidi?
Aql qabul qilarmida? Qabul qilmas edi. Endichi? Yuz minglagan kitobni tirnoqda keladigan fleshkaga joylab qo'ysa, bo'ladimi desam, hozir ha deysizlar. Demak, u davrdagi odamlarning aqliga bu narsa to'g'ri kelmas edi, ammo hozirgi davrdagi odamlarni aqliga to'g'ri keladida. Shuning uchun aql voqelikka bog'liq bo'ladi. Agar yuz yil burun, ikki yuz yil buruni yashagan odamga okeanda u yoqda turgan odam bilan ko'rishib, gaplashish mumkin desa, qabul qilarmidi? Seni jinnilikda ayblardi. Ammo hozir aql bu narsani qabul qiladi. Demak, aql nima ekan? Demak aql voqelikka bog'liq ekan.
Xulosa, ilm rivojlanishi davomida avvallari aqlga sig'magan narsalar keyinchalik aqlga sig'adigan bo'lib qoladi. Aql voqealikka bog'langan degani ma'nosi shu. Odam oyga qarab uchadi, dengizga sho'ng'ib haftalab oylab suv tagida qolib ketadi, keyin tirik chiqib keladi, onani qornidagi bolani o'g'il bola qiz bolaligini aytish mumkin. Degan gaplarni aytsa, odamlar avval qabul qilmas edi. Ammo ilm fan bu narsani aqlga sig'ishligini mana ko'rsatib berdi. Birinchi doiramiz his qilinadigan narsalar doirasi. Beshta his qilish a'zoyimizni ishlatamiz bu yerda. Birinchisini o'zi ham bor, izi ham bor. Ikkinchi doira, aql bilan topiladigan narsalar degan doirasi, aql bilan yuritiladigan doiradagi narsalarni o'zi yo'q, izzi bor. Bu doiradagi asbob nima ekan? Aql ekan.
Endi uchinchi doiramiz xabarlari kelgan narsalar doirasi. Bu ma'lumotlar deyiladi. Bu eng mushkula bo'lgan doira birodarlar. Chunki bu doiradagi narsa narni o'zi ham yo'q, asari ham yo'q. O'zi ham yo', izzi ham yo'q. Nima u? Qaysi narsalar desa, qiyomatni alomatlari. G'ayb olami. Qiyomatni kim ko'ribdi? Asari ham yo'q, o'zi ham yo'q. Farishtani kim ko'ribdi. Asari ham yo'k, o'zi hamyo'q.
Endi bu doiradagi narsalarni idrok qilishlikdagi asbob qaysi? Ishonch. Iymon deyiladi. Birinchi doira his qilinadigan narsalar. Ikkinchisi, aql bilan topiladigan narsalar, uchinchisi, rost xabarlar doirasi. Mana shu uchala doirani birodarlar birni ikkinchisiga aralashtirmasligi kerak.
Shu uchala doridagi narsani farqlab olsangiz, sizni biron iymon e'tiqodingizni shubhaga sola olmaydi. Agar uchala doridagidagi narsani idrok qilib oladigan bo'lsangiz, qalbingiz taskin topadi, ishlab o'rniga tushadi. Oxirat kunini dalili Alloh Taoloning bizga bergan xabarlari. Dunyo ishlarini his qilasiz. Chiroyli mashinangiz ko'zga ko'rinadi. Yangi imoratingiz ham ko'rinadi. Mazali tomni tatib ko'rasiz. Xushbu atirni hidlab ko'rasiz.
Ammo oxirat, jannat, do'zax haqida kelgan narsalarni avvalgi ikkita narsa bilan topa olmaysiz. Hissam qilmaysiz, izini ham ko'rmaysiz. Mo'minni mo'minligi ham shunda da. U hayvon ham ko'zi ko'rgan narsaga ishonadi da. Valal axiratu xayrun laka minal ula. Ey Muhammad alayhissalom, albatta oxirat siz uchun dunyodan yaxshiroq dedi.
Shu yerda iymon e'tiqodi yo'q odam, oxiratga iymon keltirmagan odam naqd turgan dunyo qaydayu, sizlar aytayotgan yo'q, bo'lishi mumkin, mumkin bo'lmagan narsa qayg'da deydi. G'aybga iymon keltirishlik birodarlar ulug' narsa. Uchta dorini gaplashyapmiz, his qilinadigan, aql yuritiladigan va ishonchli xabarlar doiralari.
Faraz qiling, Bishkekka qarab ketyapsiz. Perevoldi avvaliga aytganingizda mashinangiz bilan yozib qo'yibdi. Ko'chki bor, qor surilgan, yo'l to'silgan, ortingizga qayting. Nima qilasiz? Hali ko'rmadingiz. Nima qilasiz shunda? Qarang da, o'sha qor ko'chgan yergacha hali yigirma km bor. Shuncha yo'l ochiq, nima qilasiz? Albatta ortingizga qaytasiz. Nima uchun? Ishonchli xabarda topganingiz uchun. Ana shu ikki og'iz gap sizni orqaga qaytardi. Mana shu narsa g'aybga ishonish deyiladi. Tushunarlimi?
Audhu billahi minash shaytonir rohiym. Bismillahir rohmanir rohiym. Alif la min, zalikal kitab, la roiba fiy, qudallil muttaqin. Alladinay uminuni bil g'oybi voy quymuna solata va minma roza hunahum, yunfi qum. Alif la min. Haq ekanligiga hech qanday shak shubha bo'lmagan ushbu kitob. G'aybga ishonadigan, namozni to'kis ado etadigan va biz rizq qilib bergan narsalardan inqilob ehson qiladigan taqvoliy kishilar uchun rahbar yo'lboshchidir.
Uchta narsa aytilinyapti. G'aybga ishanadi, namoz o'qiydi, info qiladi. G'aybka ishanadi, o'shaning uchun namoz o'q yeydi. G'aybda ishanadi, o'hshuning uchun qaytib kelmasa ham savob joyga sarflab yuboraveradi. Chunki nima qiladi u? G'aybga ishonadi. Birodarlar g'aybga ishonishlik juda katta narsa. Masalan bir odamga info ehson qil, alloh ziyoda qilib beradi desa, ishonmaydi da boyagi sodiq xabarga. O'shaning uchun undan ko'ra ushlab turaman pulimni o'zim bilan deydi. Ammo alloh taolo aytyapti hadis quddusida. Ya ibn adam, anfiq, unfiqalik. Ey odam bolasi, info qil bandalarimga. Men ham info qilaman desa, g'aybga ishonmaydi da u. U shuning uchun ifoq qila olmaydi. Va kechasi bir qirq kun tahajjud o'qi, hayotingdagi o'zgarishni ko'rasan desa, ishona olmaydi. Allohumma inniye audubika minal hammiy val hazanova, audubika minal adizavar kasal duosini o'qigin da bir ixlos bilan. Alloh qazlaringdan najot beradi desa, undan ko'ra bir ellik dollar ber deydi.
A mo'minni farqi chi? G'aybga ishongani uchun namoz o'qiydi, g'aybga isongani uchun qiynalib topgan puli nima qiladi? Ey domla, deyapti bir hoji akamiz, bir o'n besh yillar bo'lib ketdi, o'tib ketdi odamlar rahmatli bo'lib. Masjidga pul sarflaganimdan beri deydi, astatga qolmayapti tovarimda deydi. Mana endi ko'ribdi. Mana endi ko'dibdi, his qilibdi da, astatga qo'yapti.
G'aybga iymon keltirish, birodarlar. Seni oqilliging va ulug'ligingga dalolat qiladi. Parvarob bekalar nas alannahum ajma'ina amma kanu ya'malun. Parvardigoringiz nomiga qasamki, albatta ularning barchasidan qilib o'tgan ish amalari haqida so'raymiz. Zolimlar zulm qilyapti, jazo solmay ketyapti bizni ko'zimizdan. Bizni nazarimizda.
Mazlumlar zulmni ko'rib turib yana o'zini yurtida bir musibatlarga qolib turib yana aybdor bo'lib turibdi. Ko'rib turibmiz buni. Shunday qolib keta olarmikin deysiz da. Alloh taolo aytyapti, robbingizni nomiga qasamki, albatta ularni hammasidan qilib o'tgan ishlari haqida aniq so'raymiz deyapti. O'shaning uchun mo'min odam xotirjam bo'ladi, unga biroz zulm qilsa, haqqini ololmasa, haqqining yeb ketsa, qiyomat bor ku deydi. Aka, deydi, usta. Akaxon, deydi. Men siz bilan qirqishib to'lashganimni toqatim ham, kuchim ham, vaqtim ham yo'q. Bersangiz dunyoda olaman. Bermasangiz qiyomatda olaman, lekin aniq olaman, xotirjam bo'ling, deydi. Va ketaveradi. Va xotirjam keting o'zingiz.
Noilojnikidan aytib qo'yib ichingiz yo'q, aytdingizmi? Endi bersa olib kelsa, dunyoda olasiz, bo'lmasa qiyomatda aniq olasiz. Boyagi odam agar qiyomatda umidi bo'lsa, olib borib beradi pulingizni. Alloh aytdi, birodar, sen ishonding, g'aybga ishonding. Oxiratni ko'rmasang ham ishonding, eshitmasang ham ishoning, rost xabarni nima qilding? Tasdiqlading. Sabbiya his ma'ruf bikal a'la. Ey Muhammad alayhissalom, eng oliy zot bo'lmish Parvardigoringizni nomini poklang. Allohning komiligi mutloq, insonning komiligi esa nisbiy.
Hidoyat degan ne'matda bir raqami bilan belgilaylik. Orqasidan sog'lig'ini nol deb yozaylik. Demak, bir odamga Alloh hidoyat va sog'liq bergan bo'lsa, o'n raqam bo'ldi. Endi buni yonboshiga kifoyalik, bir narsaga muhtoj bo'lmaslik degan ne'matni berdi. Uni ham bitta nol deylik. Bir, ikkita nol, yuz bo'ldi. E endi Alloh Taolo buni orqasidan tinchlik ne'matini berdi. Bir, uchta nol, ming bo'ldi. Hidoyat, sog'liq, kifoyalik va tinchlik. Shunday qilib, shu nollarni yozib ketaylik. Soliha ayol, bitta nol.
Salohiyatli farzandlar, yana bitta nol. Keng hovli, yana bitta nol. Shunaqa qilib yozib ketaversak, kimdadir yuz ming bo'ladi raqami. Kimnidir raqami o'n million bo'ladi. Endi mana shu o'n millionni oldidan birda olib qo'ysangiz, necha qoladi? Nol qoladi. Shuning uchun birodarlar bir insonni Alloh Taolo hidoyat bilan ne'matlamagan bo'lsa, hidoyat bermagan bo'lsa. Qolgan dunyodagi hamma kengchiliklarni bergan bo'lsa, bu odamga berilgan ne'mat to'liq deyilmaydi.
Ali ibn Abit olib aytadi kimga Alloh Taolo hidoya, sog'lik, kifoyalik va tinchlikni ato qilgan bo'lsa. Bas, bu bandasiga Alloh ikrom ko'rsatibdi. Bu kishi uchun dunyo ne'matlari to'liq berilibdi. Hidoyat, sog'lik, kifoyalilik, muhtoj bo'lmaslik va tinchlik. Bormi shu ne'mat ustimizda? Alhamdulillah, robbil alamin. Juda ko'pchiligimizni ustimizda bor bular. Faqat bularni ne'mat ekanligini his qilmaymizda.
Bir odamga tirikchiligingiz nima bo'lyapti desa, Xudoga shukur yetib turibdi deydi. Ha, demak, Rasulullohni duosi sizni ustingizda ijobat bo'libdi deysiz. Desangiz qanday deydi? Qanaqa duo? Asarlarda keltiriladi Payg'ambarimizni duosi. U zot: Allohumma man ahabban i faji al risqohu kafafan. Degan ekanlar. Ma'nosi qanaqa? Parvardigor. Kim meni yaxshi ko'rsa, Muhammad alayhissalom akam yaxshi ko'rsa, bas uni rizqini kifoyalik qilgin, degan ekanlar. Birovga muhtoj bo'lmayapsizmi? Topganingiz, kami ko'rsangizni yopib turibdimi? Seyfda yo'q, divan tagida yo'q. Yo'qda unaqa, kerak bo'lganda bityapti ishingiz. Mana shu odamga Payg'ambarimizni duosi ijoba, duosi haq bo'libdi. Demak, hidoyat, sog'lik, kifoyalilik, tinchlik ne'mati kimga berilgan bo'lsa, dunyoni ne'mati komil qilib berilibdi. Bu Ali ibn Abit olibning so'zi.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, qaranglarda birodarlar, biz shu noshukurmizda, biz g'ofilmizda, biz insonmizda unutuvchi. Rasululloh aytyaptilar, Imom Buxoriy va Termiziydan keltirilgan hadis. Man asbaho ming kun aminam fin serbixi, muaffofiy badanixi, va inda hu quvta yavmixi, ka annama hizzatlahu dunya.
Sizlardan qaysi biringiz qalbi xotirjam tong ottirsa? Demak, yurti tinch, boshida tomi bor, yotadigan ko'rpasi bor. Muaffofiy badanihi. Jasadi sog'lom bo'lsa dardlardan. Va inda hu quvta yov mehi. O'sh kunga yetadigan ovqati bo'lsa.
Bas, go'yoki butun dunyo uning qo'l ostida jamlanibdi. Kiminglarda yo shu narsa, aytaylarchi? Yurtingiz tinch. Boshingizda tomingiz bor. Tanangiz sog', bir kuni ovqatingiz bor. Hammamizda bor bu. Hammamizda bor. Mana shu odamni Payg'ambarimiz dunyodagi eng xotirjam boy odam deb aytyaptilar. Ammo bizni tasavvurimizdagi eng xotirjaboy odam kim? Puli ko'p odam. Rasululloh aytayotgan tasavvur, o'lchov, tushuncha bir xil bo'lyapti, bizniki boshqacha bo'lyapti.
O'shaning uchun bir insonni xotirjam bo'lishligi, hayotda saodatli yashashligi puliga bog'liq emas. O'lchov tushunchasiga, tasavvuriga bog'liq. Bu hadisda zikr qilingan omonli birodarlar iymoniy omonlik deyiladi. Haqiqiy omonlikka kim erishadi? Iymoni bor odam. Alloh Taolo aytadi, agar bilsangiz aytingchi, qaysi guruh qo'rqmay xotirjam bo'lishiga haqliroq? Iymon keltirgan, o'z iymonlarini zulm bilan aralashtirmagan zotlar. Ana o'shalar xotirjam bo'shguvchidirlar va o'shalar hidoyat topguvchidirlalar. Anom so'rasin.
Mana shu oyatda ula ekal amnulahum deyilganida omonlik bularga ham va boshqalarga ham bo'lardi. Lekin oyatda ula ekal lahumul amm. Omonlik ular uchun deyildi. Iymoni bor odam uchun omonlik bo'ladi hayotda. Iymoni yo'q odamga omonlik bo'lsin. Garchi yurti tinch bo'lsa ham, garchi sog'ligi bo'lsa ham , garchi puli bo'lsa am, iymoni yo'g'mi? Bu odam xotirjam yashay olmaydi dunyoda. Buni Robbimiz Subhanah va Taolo aytyapti.
Ana shu omonlikka ega bo'lishlik uchun, hayotda saodatli umr kechirishlik uchun inson qancha mehnat qilishi kerak. Qarang, ismingizni oldiga doktor degan bitta so'zni qo'shib aytishlari uchun o'ttiz yil mehnat qilasiz. Doktor Palonchi. Doktor palon chi. Professor Palonchi. Shu ismingizni oldinga doktor yoki professor degan bitta unvonni laqabni olishlik uchun o'tti yil umringizni sarflaysiz.
Endi, oxirat uchun, abadiy saodat uchun, Alloh Taolo o'zini bandalariga tayyorlab qo'ygan jannat uchun, ana shu narsaga yetishgani, nechanchi yil mehnat qildingiz? Alloh Taolo aytadi, hadis xudusiyda, o'zimning solih bandalarimga ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan va insonlarning aqliga kelmagan ne'matlarni tayyorlab qo'dim. Ana shu ne'matga erishlik uchun necha yilingizni sarfladingiz?
Hidoyat. Bu inson mehnat qilib, vaqtini sarflab erishadigan narsami? Yoki Alloh Taoloni bir bandiga berib qo'yadigan hadyasimi? Hidoyat. Inson mehnatni qilib, vaqtinini sarflab erisha oladigan narsami yoki Alloh Taolo shunday hadya qilib berib qo'yadigan narsami?
Agar hadya desangiz, Alloh ma'nolaga hidoyatni beribdi, ma'nolaga bermabdi. Unda baxtli qilib qo'ygan bo'ladi yu. Parvardigor, sen hidoyatni bermagansan desang menga, hadya edi. A'loga beribsan, bizga bermabsan. Endi nimaga bizni dostonkaga kirgizasan deydimi? Hadya emas ekan demak. Nima ekan unda? Mehnat ekan. Mashaqqat ekan. Harakat ekan, vaqt sarflash ekan.
Hayotingizda bir narsaga erishmoqchi bo'lsangiz, albatta mehnat qilishingiz shart. O'z o'zidan hech narsa kelib qolmaydi. Qorin katta yeb ketdi. Nima qilish kerak? O'zingiz bilasiz. Quvvatsiz bo'lib ketdingiz. Nima qilishi kerak? O'zi bilasiz. Arzimagan bu dunyoni ozgina matohiga erishishligi uchun mehnat qilish kerak bo'ladigan bo'lsa, eng ulug' bo'lgan ne'mat, hidoyatga erishish uchun mehnat qilmaslik kerak deb o'ylaymizmi?
Ilm bo'ladimi, hunar bo'ladimi, albatta odam bo'lsa davomiy suratda uzoq muddat mehnat qiladi, shu narsaga erishadi. To'g'rimi? Mana shu aqldan. Alloh azza va jala aytadi: astadibilla inna hadayinahus sabiyla, imma sha'kirov va imma kafuro. Darhaqiqat biz uni insonni, xoh u shukur qiluvchi musulmon bo'lsin va xoh ko'r nima kofir bo'lsin, to'g'ri yo'lga hidoyat qildik.
Hidoyat qilsa ham biri kofir, biri mo'min ekan. Boshqa oyatda: vo lekul li vi jihatun huva muvalliha fastabiqul hayrot deydi. Har kimning o'z yuzlanadigan tarafi bor. Ba'zi yaxshi ishlarga shoshilingiz. Nozik nuqta, mana hozir men sizlarga bergan savolni javobi. Ayrim odamlar hidoyatni Alloh tarafidan beriladigan ato, hadiya deb tasavvur qilishadi.
Bo'yingiz, rangiz, ko'zingizni rangi, sochingiz Allohning atosi. Siz bu yerda hech narsa qilganingiz yo'q, Alloh shunday berdi. Qaysi zamonda yashashingiz, kimning farzandi bo'lishingiz bu ato. Bunga siz qanaqa aloqangiz yo'q. Bu ato. Endi undan tashqari narsalar, birodarlar mehnat.
Uyda jim o'tiradi yu, Alloh Taolo men senga bandam hidoyati deydi da, keyin taqvodor bo'lib qoladi. U hech narsa qilmaydi yu, jonini qiynamaydi. Shu to'g'ri tasavvurmi? Kim aytdi bunaqa bo'ladi deb? Alloh insof beribdi da, namoz yiqilib qolibdi. Bizga ham insof bersa yiqilib qolarimiz. Alloh hidoyat qilibdi da, to'g'ri yo'lga yurib qolibdi. Bizga ham hidoyat bersa bo'lib qolarmiz. Birodar, adashyapsan shu yerda. Hidoyat Alloh berib qo'yadigan hadya ato, podarka emas. Sen qo'lingni cho'zasan, mehnat qilasan, vaqtingni sarflaysan, Alloh in'ya beradi buni. Alloh seni ham hidoyat qilgan. Qaragin da.
Koinotni yaratdi da, qara unga dedi. Anbiya olamdan yubordi, kitoblarni nozil qildi, Qur'onni oramizga tushirib qo'ydi. Alloh hammamizni hidoyatli bo'lishga imkoniyatimizni bir xil qilib qo'ydi. Tushunyapsizlarmi nima haqida gap ketyapti? Allohga to'ng'amanglar, o'zinglarda zalolat yurganinglarda, ey birodarlar.
Sizni birov bo'yningizdan bala bala qichirmayapti. Siz o'zingiz qilyapsiz uni. Inna alayna lal huda. Alloh taolo aytadi, shak shubhasiz hidoyat yolg'iz bizning zimmamizdadir. Hidoyat yolg'iz bizning zimmamizdadir. Nima degani bu? Inna alayna l al huda. Lafz jalolo bo'lgan Alloh kalimasi oldida a la kelsa, a la Alloh bo'lsa, shu narsani Alloh o'zini zimmasiga olganligini bildiradi.
Va alallohi qosdu sabih ilidiydi Alloh Qur'onda. To'g'ri yo'lga hidoyat qilish yolg'iz Allohning izmidadir. Yana bir oyatda. Va menda batin fil ardi illa Allohi resquha. O'rmalaganki jonivor bor, uni rizqi Allohni zimmasida. O'rmalagan ki jonivor rizqi bormi, Alloh beradi, Alloh yetkazaman dedi, o'zini zimmasiga oldi. Xuddi shunga o'xshagandek hidoyat qilishni ham Alloh o'zini zimmasiga oldi.
Shak shubhasiz insonlarni hidoyat qilishi bizning zimmamizdadir. Hidoyat qiluvchi Alloh, qabul qiluvchi bandadan. Qur'oni tushirib qo'ydi, payg'ambarlarni yuborib qo'ydi. Koinotni yaratib qo'ydi va oramizda Allohni diniga da'vat qilib, sizni hidoyatga chaqiradigan odamlarni qo'yib qo'ydi da. Sizga taklif qilindi hidoyat, birodar. Allohdan taklif, bandadan qabul.
Hidoyatni taklif qilib qo'ygan joyida, bandalar qabul qilmasdan, Alloh bizga ham insof bersa, tashlarmiz degan bo'lsa, mana gunohini, bular tushsho'r anu xom sanabdi. Bitta misol bilan tushuntiramiz. Mashinalarda radio bor. Radio efirni tasavvur qilinglar. Demak, falon to'lqindagi falon radiostansiya o'zini eshittirishini boshladi. Kim xohlasa, shu radiostansiyani to'lqiniga, shu radiostanasiyani to'lquniga priyomligini moslaydi da, eshitishi mumkin.
Hammaga imkoniyat bir xil. Shunda bir odam aytsa, yo'q. U radiostansiya meni priyomligimga alohida to'lqin yuborsa, keyin eshitaman desa. Aqldan bo'ladimi? Efir ketyapti. Xohlaganlarni eshityapti. Birozdan keyin efir tugaydi, eshitgan eshitdi, eshitmagan eshitmadi. Lillahi ilmas alul a'la. Alloh taoloning hidoyat degan efirini Alloh taolo dunyoga teng yayib qo'ygan.
Bizni radiopriyomiylarimiz nasroka qilib uni eshitish eshitmaslik ixtiyorimizda. U efir qiyomatgacha turadi, faqat biz o'lamiz, biz uchun tugaydi. Eshitgan bo'lsangiz, qabul qilgan bo'lsang siz yutdingiz, aks holda yutqizdingiz. Shuning uchun eslaylik qilib, Alloh xohlagan ish bo'ladimi? Bo'ladi. Alloh xohlamagan ish bo'lmaydimi? Bo'lmaydi. Demak meni Alloh benamoz bo'lishimni xohlabdi da. O'shaning uchun benamoz bo'lib yuribman deb falsafasi o'qiydi.
Bir urasiz tumshug'iga. Nimaga urding desa, hozirgi falsafani qaytarasiz. Alloh xohlagan ish bo'ladimi? Bo'ladi. Allohni xohlamagan ish bo'lmaydimi? Bo'lmaydi. Demak, seni buningni sinishi ham Alloh xohlabdi. Endi nimaga tashlayapsan menga deysiz. Umarimni xat tortib oldi, o'g'rini olib kelishdi. Qarang da, subhanalloh. Ey Amir al-Mo'miniy, hozir qadargi Alloh o'g'ilni qiladida yozgan ekan. Allohni yozganini qildim. Endi Allohni yozgunini qilsam, meni qo'limni kesasizmi? Dedi. Ha. Alloh seni qo'lingni kesishligini ham yozgan, deb qo'lini kesgan ekan.
Demak, birodarlar, hidoyat Alloh tomonidan taklif qilindi. Bandalar endi nima qilishi kerak? Qabul qilishligi kerak. Agar hammani Alloh Taolo majbur muammo qilib qo'yganida, unda jannatga kirishni nima hojati bor edi? Hech narsa qilmadi yu u. Bir bandani Alloh Taolo majbur kofir qilib qo'ygan bo'lsa, uni ixtiyorisiz, do'zaxga kirgizishlikda qadar adolat oladi. Shuning uchun insonlarning iymonga kelishi yoki kofir bo'lishini Alloh Taolo taqdirga bitgan Imom A'zam aytadi, Fiqhul Akbarda katabah u bil vas la bil hukm deydi. Bir insonni kofir mo'min bo'lishligini vasf qilib yozdi. Hukm qilib yozmadi. Kofir bo'lsin demadi. Agar kofir bo'lsin deganda hukm bo'lardi, uni jazolash to'g'ri bo'lmas edi. Balki vasf qildi. Kofir bo'ladi, mo'min bo'ladi, o'zini ixtiyori bilan. Taklif qilinganda qabul qiladi. Demak mo'min bo'ldi. Alloh burun bilib yozib qo'ydi shuni.
Hidoyatni Alloh Taolo bandalarning orasiga tushirib qo'yibdi. Qur'on bor, sunnat bor, ulamolar bor, darslar bor. Aytish mumkin bo'lsa, hidoyat efiri ketyapti. Siz o'zingizni radiopirobnigingizni o'sha efirga moslang. Izlang, eshiting, fikr qiling, vaqtingizni sarflang, kuchingizni sarflang. Hidoyat vaqt va mehnatni talab qiladi. Javob chiqdimi savolimizga? Hidoyat Allohning hadyasi ekanmi? Yoki bandi mehnat qilib, vaqtini, umrini sarflab erisha oladigan narsa ekanmi? Ikkinchisi ekanda.
Hidoyat, vaqt va mehnatni tanlaydi. Ey Muhammad alayhissalom, eng oliy zot bo'lmish Parvardigoringiz nomini har qanday ayb u nuqsondan poklang. Al a'la. Hammadan oliy, hamma narsadan oliy. Har qanday aybi nuqsondan, kamchilikdan pok, oliy bo'lgan zot. Inson bu dunyoda yashar ekan, uni hayotida muhim to'rtta bekat bor. To'rtta bekad bor.
Alloh bilan bo'ladigan muomalalar bekati, oilasi bilan bo'ladigon muomalalar bekat, ichi amali bilan bo'ladigon muomalalar bekadi, sog'ligi bilan bo'ladiga muomalalar bekatu. To'rtta bekat. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ma'sur duolaridan allohim mahdini fiy man hadayt. Parvardigoru, sen o'zing hidoyat qilgan bandalar qatorida meni ham hidoyat qilgin. Alloh hidoyat qilmasa, banda hidoyatga hargiz kela olmaydi. Demak, mana shu to'rtta ostanovka, to'rtta bekat. Alloh bilan bo'ladigan muomalasi, oilasi bilan bo'ladigon muomalasi, ishi bilan bo'ladiga muomalasi hamda sog'ligi bilan bo'ladigon muomalasi. Mana shu to'rttala bekatda inson yutuqqa erishmasa, bu insonni dunyodagi yutug'i muvaffaqiyati to'liq, komil deyilmaydi. Uchtasida muvaffaqqiyatga erishdingiz, bittasida mag'lub bo'lib qolgan bo'lsangiz, sizni muvaffaqiatingiz, yutug'ingiz to'liq bo'lmaydi.
Agar shu to'rtta bekatdan bittasida muvafffaqiyatsizlikka uchrasangiz, qolgan uchta bekatda albatta buni ta'sirini ko'rasiz. Birinchi bekat. Alloh bilan bo'ladigan muomala. Alloh bilan biladigan aloqa. Shubha va shahvat musulmonning borlig'ini fasodga uchratadi. Agar insonni alloh bilan bo'ladigan aloqasi yaxshi bo'lmasa, ya'ni aqidasida shubhasi bor bo'ladigan bo'lsa, iymonida shak bo'ladigan bo'sa, suluviyatga shahvatlarini, suluviyatlari ustida shahvatini yenga olmasa, bu odamni hayoti barbod bo'ladi. Inson aqidada shubha qilib bo'lmaydi. Kim ko'rib kelibdi qiyomatni? Kim ko'ribdi jannatni? Kim ko'ribdi farishtani? Kim ko'ribdir qabrdagi so'roq sovonni?
Shayton mana shu shubhani shakni olib keladi, birodarlar. Bormikin o'zi degan narsani. Agar sizni qalbingizda aqidingizda shubha bo'ladigan bo'lsa, siz birodar ikki dunyoda yutkazdingiz. Bunaqa odam mo'min deyilmaydi. Sen Alloh bilan bo'ladigan alohingni buzadigan ikkita ofat. Shubha va shahvat. Alloh azza va jalla Qur'onda aytadi, astay deb billa, fas'alu ahla vikri in quntum la ta'lamun. Agar bilmaydigan bo'lsanglar, mana shu bilmayotgan narsanglarni biladiganlardan, ilm ahllaridan so'ranglar. Imom A'zam Fiqhul Akbarda shunday deydi.
Agar insonga tavhid ilmining nozik joylardan biror narsa mushkul kelib qolsa, ya'ni aqidasida tushunmagan joy kelib qolsa a, bunday holda uning uchun alloh huzurida to'g'ri deb bilgan narsasiga e'tiqod qilishi lozim bo'ladi. Ya'ni Allohni nazdida qaysinisi to'g'ri bo'lsa, men shu e'tiqoddaman deyish kerak.
Aqidada u tushunishi qiyin bo'lgan nozik masala kelib qolsa, nozik masala kelib qolsa, nima deyish kerak? Alloh huzurida nima to'g'ri bo'lsa, men shu e'tiqoddaman deb qo'yish kerak. Mana shunday holatga tushgan kishiga izlashni kechiktirish mumkin emas. O'sha masalada to'xtab qolish uzrli bo'lmaydi. Agar to'xtab q olsa, kofir bo'ladi. Ya'ni aqidada bir masalani tushunmay qoldingiz, ikkilanib qoldingizmi? Sizni qiladigan ishingiz Allohni nazdida qaysi e'tiqod to'g'ri bo'lsa, shundaman deysiz va bu sizni aytgan so'zingiz to bir ilmli odamda borib, topib, so'rab aniqlab olguningizcha sizni e'tiqodingizni himoya qilib turadi. Agar siz ikkilangan holda, shubhaga kirgan holda o'lsangiz, kofir holda o'lasiz. Shuning uchun aqidada ikkilanib bo'lmaydi.
Kimdir aytishi mumkin, g'arb. G'arb olami musulmon emas. Kofir, fosiq, ma'siyatga botib ketgan. Er xotinlarni almashib shahvatlarini qondirishi, bir jinsdagi odamlarda bir biriga nikohlanishi to'liq yotibdi. Shunday bo'lsa ham boy badavlat, hayot kengchilikda. Nima uchun ular Allohnı tushgan bo'lsa ham hayoti zo'r? Nima uchun musulmonlar Allohnı yakka tekkan bo'lsa ham hayoti yaxshi emas? Ehtimol g'arblilarni yo'li to'g'rimikin?
Agar shunday shubaha kirgan bo'lsa, sizni aqidingizga shubaha kirib qolibdi. Biz baribir aylanib kelib turib, shu zamonda odamlar ekanmiz, moddiy narsalar bilan o'lchaymiz. Bir odamni o'lchay ekanimiz hayotini. Buni hamma yog'i to'la to'kis, bekam u ko'st yashaydi, demak Allohnı yoqqan joyi bor. Buni kamchiligi tugamayapti, demak Allohnı yoqmagan joyi bor. Shunaqa tushuncha bilan yashayapti odamlarning juda ham katta qismi.
O'shaning uchun g'arbga intilyapti da, o'sha yerda yashash kerak borib deb. To'g'rimi? Birodarlar g'arb, ha, moddiy tomondan o'tib ketgan. Borib ishlab pul topib kelishlik to'g'ri, lekin oila bilan yashab borishlik juda katta xatar siz uchun. Takror takror o'nglagan qissalarda eshityapmiz, oilasi bilan ko'chib ketgan, o'g'illari, qizlari ana shu jamiyatni suvi bilan sug'orilgan, dunyoqarashi o'lchov tushunchasi ularnikidaqa bo'lib qolgan, ota onasini tan olmay qo'yyapti.
Shuning uchun siz musulmon sifatida, nimaga biz musulmon bo'lsak ham moddiy hayotimiz, dunyoviy hayotimiz farovon emas, ularniki farovon degan paytingizda e'tiqodingizga shubha kelib qolyapti. Kim aytdi Alloh yaxshi ko'rgan bandasini albatta boy badavlat bir dunyoviy hayotini farovon qilib tashlaydi deb? Payg'ambarlarni ichida boylari ham bo'lgan, kambag'allari ham bo'lgan.
Ehtimol g'arbiylarning yo'li to'g'ri bo'lsa kerak. Agar shunday narsa kirib qolgan bo'lsa, aqidangizga shubha kiribdi, ehtiyot bo'ling birodar. Bunaqa so'zlar aqidaga tegishli shubha deyiladi. Bu shubhalar qalbingizda turishligi sizni Alloh bilan bo'ladigan aloqangizni fasodga uchratadi. Har bitta savolda javobi bor, birodarlar. Har bitta shubhani davosi bor.
Xo'p, g'arbni hayoti zo'r. Ehtimol ularni tutgan yo'li to'g'rimikin desa, javob quyidagicha bo'ladi. Bir odam bor, kasal. Rak kasalligiga uchragan. Rakni oxirgi bosqichida. Tuzalishdan umid yo'q. Lekin u odamga sen rakni oxirgi bosqichdasan, o'lasan deyilmaydi. Tabibidan so'raydi. Nimani ye, nimani yemay deydi. Nimadan parhez qilay desa, nima deydi tabib unga?
Yo'r deydi. Chunki tuzalishidan umid yo'q. Xohlaganingizni yo'r in deydi. Va uni rakni oxirgi bosiqchida ekanligini bilgan odamlar har qancha injiqligini ko'tarishadi. Yaxshi gapirishadi, chunki hech qancha qolmabdi deydi. O'zini holiga qo'yib qo'yildi, chunki bundan umid yo'q. Endi ikkinchi bir odam, oshqozonida yarasi bor.
Oshqozonada yarasi bor odamni tuzalishidan umid bor. Endi bu ham o'zini tabibidan so'raydi. Nima ye, nima yemay deydi. Desang, tabib chizib beradi. Anoni yeng, manoni yemang, muvaqqatdan keyin manoni yeng. Anaqa qiling, manaqa qiling. Turgan bitgani mashaqqat. Mehnatga solib qo'yadi. Nima uchun mehnatga solinyapti u? Chunki uni tuzalishda nima bor?
Umid bor. Xullas, parhez qilish, dieta saqlash, bu bemor uchun turgan bitgan mashaqqat. Bu mashaqqatga solinadi, chunki shifodan umid bor. Ammo birinchi odam nima oladi? Undan umid qilinmaganligi uchun xohlaganingizni yeb, xohlaganingizda yeching deydi. Tushundinglarmi? G'arb tugagan, Alloh Taolo ularni o'zini holiga tashlab qo'ygan. Alloh Taolo aytadi, astag'firulloh, falon ma'nosu ma'duki rubbixiy. Mana shunday Allohni umuman unutib qo'yib, xohlaganidaqa umr kechirayotgan.
Payg'ambarlarning ta'limotdan yuz o'girgan avvalgi ummatlar nima bo'lganligini xabarni beryapti. Bu G'arbning ahvoli ham o'sha avval o'tgan ummatlarning o'zi og'ri bo'lib qolgan. Alloh aytadi, astadibillah, falon ma' nosu ma'duki rubbiih, fatahna alayhim abvav bakul lishay. Hatta ida farixu bima utu, ahodna hun bag'utatun faida hun mubilisun. Bir qavm xohlaganini qilib yashadi. Allohni unutdi. Alloh aytadi endi o'zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo'ydik. Hamma yog'i zo'r bo'ldi dunyoviy hayoti. Bironta bir kamchiligi bo'lmadi. Bir joyi og'rimadi, bironcha bir yetishmovchilik bo'lmadi. Tayoqqa qo'l uzatsa yetdi. Qachonki o'zlariga berilgan narsadan shod turganlarida, ularni to'satdan ushladik. Bas, butunlay nomurod bo'ldilar. Buni istidroj deydi. Ko'tarib turib yerga chopish deyiladi. Shuning uchun birodar, siz aqidingizda shubha qilmang. Agar aqidingizda shubha paydo bo'lgan bo'lsa, ikkilanish paydo bo'lagan bo'lsa, tezda buni hal qilib oling. Aks holda Alloh bilan bo'lgan aloqangiz uziladi.
G'arb olamining hayoti haqida gapirish kerak bo'lgan ozgina gap bor. Ellik seriyalik bir serial bor. Siz shart o'ninchi seriyasini ko'rib turiblar, bu serial haqida baho aytishingiz to'g'ri bo'ladimi? Yoki bo'lmasam o'ttizinchi seriyasini shunday ko'rdingiz da, bu serial manaqa ekan deyishga. Serialda rejissor manaqa demoqchi bo'libdi deb aytishingiz to'g'ri bo'ladimi?
Siz bu serialni birinchidan tortib oxiriga ellikinchi seriyasigacha ko'rasiz, keyin xulosa qilasiz, demak, rejissor mana qa demoqchi bo'. Bo'libdi deb. Siz bilan biz bu g'arb hayotini hozirgi kunini ko'rib turibmiz. Oxiri qanaqa bo'lishini ham qarab turinglar da. Ma'qulmi? Siz u ellik seriyalik kinoni u etidan bitta, bu etidan bitta ko'rib olib turib, u seriya kino haqida baho berishingiz to'g'ri bo'lmagandek, g'arbliklarning hayotini hozirgi kunni ko'rib turib, baho bergani shoshilmang, birodar, hamma seriyasini ko'ring chi. Ha, g'arblilarni bugungi kuni moddiy hayoti yaxshi ekanini ko'rib turibmiz hammamiz. Ammo ma'naviyatidan ham xabarimiz bormi? Ichki dunyosi haqida ham xabarimiz bormi? Ularni qariyalari qariganda qanaqa holatga tushyapti?
Oilani ahvoli nima bo'lyapti? Bizga ular ko'rsatgan joyingni ila ko'ryapmiz da, birodarlar. Ular ko'rsatkamayotgan ko'chalari ham bor. Sen birodar ular senga ko'rsatayotgan tarafini ila ko'ryapsan hayotini. Lekin senga ko'rsatkamaydigan tarafi ham bor. Demak, mana shu gapirgan o'n minutlik gapimizni xulosasi, aqidada shubha qilib bo'lmaydi birodarlar. G'arblilarni bugungi mana shu maishati, mana shu dunyo hayoti zo'rligini ko'rib turib, ularni tutgan yo'li to'g'rimikin? Biz halol bo'lsak ham, ibodatda bo'lsak ham , musulmon bo'lsak ham nimaga biz xalqlarni oxirida yuribmizikin? Biz yo'limiz to'g'ri emasmikin degan shubha qalbingizga kirmasin. Xotirjam bo'ling. Xotirjam. Sog'lom qalb. Istadvilla. Ya'u mala ya'nfa u ma'lum vala banun, illa man atallohu biqolbin salim. U kunda na mol u davlat va na bolachaqa foyda bermas. Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina foyda berur. Hokazo qalb qanaqa qalb? Alloh rozi bo'lmaydigan narsaga rozi bo'lmaydigan qalb. Ollohni vahisiga teskari bo'lgan ishlardagiga rozi bo'lmaydigan qalb. Shariatni o'ziga hakam deb biladigan, Ollohdan boshqaga sig'inmaydigan qalib.
Biz bu dunyoda erishishimiz mumkin bo'lgan eng pokiza narsa, birodarlar, pokiza qalb. Shahvatlardan uzoq, vahiga to'g'ri kelmaydigan, havoy nafsga to'g'ri keladigan gaplarni olmaydi. Faqat Ollohni o'ziga ibodat qiladi, shariatdan chiqmaydigan qalbi. G'arbda yashaydigan bir muslima ayol eri bilan ajrashadigan bo'lib qoldi. Mana o'rtasiga endi ajrimda solib berishlik uchun ikkita mahkamaga murojaat qilishi mumkin. Shar'iy mahkamaga murojdat qiladi yoki dunyoviy mahkamaga.
Shunda qaysinga murojaat qildi bu ayol? G'arbni qonsizga arz qiladi. Nima uchun? G'arbni qonuniga ko'ra erini yarim mulkinga o'tkazib beradi. Shuning uchun unga murojaat qiladi. Agar ishini islom qozisiga ko'taradigan bo'lsa, bu ayolga uni mahridan boshqa narsani hukm qilmagan bo'lar edi. Mana shu qalb shariat o'lchovida pokiza qalb deyilmaydi.
Birodaringiz bilan o'rtada bir iqtisodiy bir muammo bo'lib qoldi. Hal qilgani kimga murojaat qurasiz? Pokiza qalb egasi shariatda nima aytilgan bo'lsa, shunga amal qilaman deydi. Meni foydamga bo'ladimi, zararimga bo'ladimi? Farqi yo'q deydi. Endi hozir hamma men shariat bo'yicha hukm qilaman deb o'ylaydi o'zini. To'g'rimi? Shunaqa deb o'ylayapmiz da. Lekin o'sha ishni ustiga kelganda sinalamiz kimligimizni. Bizchi birodalar, biz ham hayotda bo'layotgan muammolarni yechimini qayerdan qidiryapmiz? Oilamizda bo'lsin, yoki kasbi tijoratimizda bo'lsin muammo paydo bo'lsa, kimni gapi bilan hukm chiqaryapmiz ishimizga? Biz uchun hakam kim? Shaxsiy manfaatimizdan kelib chiqib turib hukm chiqaramizmi? Odamlar nima derkin degan tushuncha bilan ish qilamizmi? Odamlarni qo'yg'an o'lchovi bilanmi? O'lchov tushunchalarimiz nima bilan tuzatamiz?
Shuning uchun birodarlar o'zimizni tekshirib ko'raylik, uyimizni. Oilamizni, Alloh norozi bo'ladigan holatlar yo'qmi? Ayol qizlarimiz avratlari yopiqmi? Ko'chaga chiqib ketayotgandagi holati, shariatga to'g'ri keladimi? Uyimizda g'iybat namoyimi bormi? Axloqimizni buzadigan narsa yo'qmi? Odamlar ko'rib turgan paytdagi axloqimiz, yolg'iz qolganimizda ham bizda bormi? Odamlarni ko'zida chiroyli, axloqli, odobli, muloyim bo'lib turganimiz, uyga ayollar bilan, farzandlar bilan kelib muomala qilgan paytimizda ham bormi? Ikki qilmasmizmi?
Tijoratimizda harom yo'qmi? Tarozimiz, metrimiz to'g'rimi? Savdoda yolg'on gapimiz yo'qmi? Aqidamiz, suluviyatimiz salomatmi, birodarlar? Biz nafsimizni, ishimizni, uyimizni, shariat doirasida ushlab turish bizni vazifamiz. Bu birinchi bekat. Demak, insonni hayotini to'rtta bekati. Alloh bilan bo'ladigan muomalasi, oilasi bilan bo'ladigon muomalasi, ishi bilan bo'ladiga muomalasi va sog'ligi bilan bo'ladigoni muomalasi. Ikkinchi bekat.
Ikkinchi bekati oila bilan bo'ladigi muomala. Haqiqiy mehr muhabbat, rahm, kechirimlilik, muhabbat bor bo'lgan o'rin. Rasululloh aytadilar, alhamdulillah, hilladee rozaqoney hibba aishata. Oishaning muhabbati bilan meni rizqlantirgan allohga ham bo'lsin. Oishaning muhammati. Rasulullohni oishonamiz yaxshi ko'rganlar.
Sizni ham ayolingiz yaxshi ko'taradimi? Yo chidab yashayaptimi bolalari uchun? Ayolingizni yaxshi ko'rasizmi? Yaxshi ko'rishingiz kerak. Chunki o'zingizni ayolingizni, yaxshi ko'rsangiz, qaysi ayolni yaxshi ko'tarasiz? Birodarlar, shaytonni ishlaridan bittasi eri xotinni o'rtasidagi aloqani fasodga uchratish, buzish. Shuning uchun uni birinchi ishlaridan ayolingiz bilan bo'lgan muomalangizni buzadigan bo'lsa, vayron qiladigan bo'lmasa, sizni buzuqchilikka osonroq olib ketadi.
Ayolingizni xunuk qilib ko'rsatadi, boshqa ayollarni ko'ziga chiroyli qilib ko'rsatsa. Bu shaytonni hiylalaridan, shaytonni ishlaridan. Sizni birodar oilangiz yaxshi ko'radimi? So'rang o'zingizdan. Ayolingiz, farzandlaringiz, uyingizga kirganingizda xursandchilik bayram bo'lib ketadimi? Yoki chiqib ketganingizda bayram bo'libketadimi? Ayolingiz va farzandlaringiz bilan muomalangizni zo'r bo'layotganligi, sizni urug' inson ekanligingizga dalolat qiladi. O'rtada mehr muhabbat bo'lishi, o'n shafqatni bor bo'lishligi, bu ulug' narsa.
Demak, birinchi bekat, Alloh bilan bo'ladigan muomala bekati, ikkinchisi, oilangiz bilan bo'ladigon muomala bekati. Mana ikkita bekatda siz muvaffaqiyatga erishdingiz, yana ikkitasi qoldi. Uchinchi bekat, ishingiz, amalingiz, hunaringiz, tijoratingiz bilan bo'layotgan muomala bekati edi. Ishingizga beparvosiz, ko'p kech qolasiz, xo'jayindan so'kish eshitasiz, uyalasiz. Qilayotgan ishingizga vijdonan yondashmaysiz, eplamachisiz. Ishingizni cholaligi tufayli doim malomat eshitasiz. Doim ishni bitkazganingizdan keyin chaqirib, uyda egasi yana qaytadan ishga soladi, matn chol qilib qo'yibsiz deydi.
Musulmon odamga bunaqa bo'lish yarashmaydi, birodarlar. Ishingizga e'tiborli bo'lishingiz kerak. Bizni tilda nima bo'lishi kerak ishida? Ishini ustasi, ishida mohir. Alloh taolo deydi, payg'ambarimiz har bitta ishga ehsonni yozgan. Har bitta ishiga ehsonni yozganni, ya'ni har bitta ishni qilayotgan odam shu ishida mohir bo'lishi kerak. Alloh ko'rib turib tur degandek qilish kerak. Klient qarab turgandaqa ishlagandayqa ishlashi kerak ustalar. Qaranglarda, bitta hunarni qilayotgan ikkita usta bor. Bittasini qarasang, hayotida bir osudalik baraka bor, ikkinchisida yo'q. Bir xil pul topadi, bir xil ish qiladi. Nimaga bittasida bor, bittasida yo'q? Bittasi ehson bilan ishlaydi. Ikkinchisi eplamachi bo'ladi.
Eplamachi bo'mib ketdi birodarlar. Ko'cha shupur ekan ham eplamachi, ustachilik qil ekan ham eplomachi. Shuning uchun ana shu ahvolga kelib qoldik. Birinchi bekat. Alloh bilan bo'ladigan muomala bekati. Ikkinchisi. Oila bilan bo'ladigan muomala bekati. Uchinchisi, ishingiz bilan. Professional bo'laylik, akalar, ukalar. Nima ish qilishimizdan qat'iy nazar, baraka topamiz.
To'rtinchi bekat, sog'lik bilan bo'ladigon muomala bekati . Agar odam sog'ligiga beparvo bo'ladigan bo'lsa, yosh turib tezda dard oshirib oladi. Unaqa odam, qanaqa odam bo'ladi? Nimani yeyapti? Qachon yeyapti? Quancha yeyapti? Nimani ichyapti? Qaysi paytda ichyapti? Nimadan keyin ichyapti? U qaramaydi. Harakati yo'q, jismoniy mehnatga aralashmaydi, sport bilan umuman ishi yo'q, hatto piyoda yurmaydi.
Endi, endi shu odamga dalt ilinmay, kimga ilinsin. Inson sog'ligi ketgandan keyin ibodatga ham quvvat qolmaydi. Ibodatga fursat qolmaydi, imkoniyat cheklanib qoladi, ibodatlarni to'liq bajara olmay qoladi. Saxr yosharib ketdi a? Infarkt, insult yosharib ketdidi. O, yetmish dan, oltmish dan o'tgandan keyin odamlarga ilashadigan kasal hozir qirq ga kirmagan bolalarda bor. Nimadan mana shu? Doktorlardan so'rasak, turmush tarzi noto'g'riligidan, yeyish ichishini tartib yo'qligidan deb aytadi.
Agar siz sog'ligingizni yo'qotadigan bo'lsangiz, birodar, jamiyatga foyda keltira olmay qolasiz. O'zingiz bilan band bo'lib qolasiz. To'rtta bekatni aytdik. Alloh bilan bo'ladigan muomala, oila bilan bo'ladigon muomala, ishi bilan bo'ladiga muomala, sog'ligi bilan. Shuning uchun birodarlar to'rtala bekatda muvaffaqiyatga erishsangiz, siz hayotda haqiqiy muvaffaqiyaatga erishdingiz. Hamma yog'ingiz zo'r, ishingiz qir'a. Yutuqmas bu. Hamma yog'ingiz zo'r, oilangizda tinchlik yo'q. Bu ham noto'g'ri. Hamma yog'iz zo'r, sog'ligingiz yo'q. Buyog'i noto'g'risi. Shu to'rali bekatdagi ishga be'etibor bo'lmasligi kerak bo'ladi bu robbada.
Rabboniy kuzatuv va muolaja mo'min kishi uchun katta yaxshilik. Mo'minni Alloh Taolo kuzatib turadi. Undan xato o'tsa, uni muolaja qilib turadi. Oyoqlantirish yuboradi. Allohga yoqmaydigan bir ish qilsa musibat keladi ustiga. Va mana shu musibatni u o'zining foydasiga deb biladi. Payg'ambarimiz aytadilar, ma min asorating, vala ixtiloji aroqing, vala hadishi audin, illa bima qaddamat aydikum, va ma yag'firullohu akfir.
Oyog'ni qoqilib ketishimi, poyning qaltirab ketishimi, bir cho'pni terini shilib yuborishi borki, qo'llaringiz bilan qilgan narsa sababli bo'ladi. Yana Allohni kechirib yuboradiganlari, xatolaringlar ichida, bundan ham ko'proq bo'ladi. Nima musibat yetsa, nima qalbimizga yoqmaydigan ish kelsa, bilaylikki, bu o'zimizni fe'l atvorimizdan.
Agar Alloh seni kuzatib turgan bo'lsa, bu sen uchun ulkan katta maqom marta, birodar. Bu ne'mat bu. Ammo Alloh senga umuman parvo qilmay qo'ygan bo'lsa chi, seni kuzatmay qo'ykan bo'lsa chi? Ma'siyat gunohga botib ketgan bo'lsang ham, ustingga hamma yog' oqib kelayotgan bo'lsa ch, yaxshiliklar. Gunohing, xatoying ko'p bo'lsa ham, jazo qilmayotgan bo'lmasa, sen buni yaxshi deb o'ylama, birodar. Chunki Alloh yaxshi ko'rgan bandasidan xato sodir bo'lsa, o'rnida mukofotni beradi. Chunki Allohni kuzatuvidan.
Bir tolib eshitdi ustozidan. Har bitta qilingan ma'siyat uchun jazo keladi Alloh tomonidan. Kimga keladi? Mo'minga. Alloh yaxshi ko'rgan mo'minga qilgan xatosiga unida jazo beradi. Keyinroq mana shu tolib bir oyog'i toyildi da bir gunohga yo'l qo'ydi, kattagina gunohga. Ustozdan eshitgan, jazo kelishi kerak. Kelmayapti. Bir kun o'tdi, uch kun o'tdi, bir hafta o'tdi, jazo kelmadi. Tushunding, lekin duo qildi Parvardigor. Meni jazolamading ku qilgan gunohimga.
Alloh uni qalbiga bir yubordi shu narsani. Uni qalbiga shu narsa keldi. Ey bandam, seni jazoladim, faqat bilmading. Axir menga munojot qilishlik lazzatidan seni mahrum qilib qo'ydim. Sezmadingmi shuni? Alloh bilan aloqasi bor odam uchun eng katta jazo, Allohga munojot qila olmay qolishligi. To'silib qolishligi. Bizda yo'qmi shu narsa?
Diqqat qilib turinglar. Hamma narsangiz o'rnida. Oilangiz, ishingiz, tijoratingiz, sog'ligingiz. Ammo Allohda to'silib qoldingiz. Qayerdan bilasiz to'silib qolganingizni? Qur'on o'qiysiz, ta'sirlanmaysiz, namozda turasiz, hayolingiz har yoqda, qalbingiz g'ofil, zikr qilasiz, qalbingiz halovat topmaydi. Ma'ruza eshitasiz, ko'zingizga yosh kelmaydi.
Yo'qmi shu narsa bizda? Domla, shunday namozdan turib, nechinchi rakatda turganing esingdan chiqib qolsa, nima qilish kerak? Bu o'sha o'sha ikkilanib qolgan paytda nima ish qilish kerakligini so'rayapti. Nima uchun shunaqa bo'lib qolganligini so'ra olmaydi. Nima uchungi namozda nechinchi rakatga turganim esimdan chiqib qolyapti? Nimaga namozda turganda hayolim har yoqqa ketyapti deb so'ramaydi.
Bor ekanmi bizda ham ozmi ko'pmi? Ana shu qilgan gunohlarimizni jazosi Allohga munojot qilishlik baxtidan Alloh Taolo to'sib qo'yar ekan. Bizga bu narsa sezilmas ekan. Jismonan sezmaymiz, lekin ko'zimizga qachon yosh keluvdi namozda turib? Qachon Alloh deb zikr qilayotgan paytimizda qalbimizga bir bir iliqlik kelgan edi. Bizni namozlarimiz yotib turishdan iborat narsa bo'lib qolmayaptimi? Mana shu bari qilgan gunohlarimizni kasofatidan keladi bizga.
Mana shu iqob, jazo bo'ladi. Allohdan to'silib qolish. Qoida. Inson o'zining gunohlari, xatolari sababidan robbizidan to'silib qoladi. Shunda o'zining qilayotgan ibodatidan huzur topa olmay qoladi. Abu Hanifani necha yil xuftonda tahorati bilan bomdodda o'qiganligi aytilinadi. Nima uchun? O'sha xiptonga qilgan tahorati bilan kechasi bilan qiyomi laylda turgan uxlamagan, bomdodgacha o'tirgan, qiynalmagan. Chunki huzur halovat bergan u ibodati.
Shuning uchun qalbimizga quloq solinglar, birodar. Alloh aziz va jala hech qachon bir bandasiga besabab mashaqqatni bermaydi. Mushkulaga kirdingizmi? Faqat va faqat o'zingizdan ko'ring. Faqat va faqat o'zingizni malomat qiling. Nima sababdan bo'ldi? Qayerda xato bo'ldi? Quchog'inglardan chiqib ketdingiz? Shundan istang. E Xudo, qaysi qilgan gunohim shunda yemay hech qachon.
Chunki agar odam Allohdan g'ofil bo'lib, qalbi uzilib qolgan bo'lsa, ine aytadi. Pul bo'lsa changalda sho'rva deydi. Pul hal qila olmagan masalani katta pul hal qiladi deydi. Mana shu e'tiqodda yurgan kishi bir kun kelib shunday mushkulaga kirib qoladiki, puli ham foyda bermay qoladi. Ba'zida birovni bir dilini ortib qo'ydingiz, birovga qo'pol muomala qildingiz. Ana shu mushkulalaringizga sabab bo'lishi mumkin. Ustozingizni norozi qilib qo'yding, otangizni, enangizni dilini ranjitib qo'ydez, mahallada bir yoshi ulug' hurmatli odamlarni nazaridan qoldingiz.
Alloh seni kuzatib turibdimi, demak sen Allohni ikromidasan. Bundan xursand bo'l. Ammo ma'siyatga ko'milib turgan bo'lsang ham, hamma yonida bo'layotgan bo'lsa, seni o'zing holingga tashlab qo'yibdi, bu istiroj deyiladi. Kalkulyatorda birodarlar teng degan tugmasi bor. Teng. Qo'shib ayirib ko'paytirib bo'lasiz, oxirida mana shu teng degan tugmani bosasiz, topgan pulingizni natijasini, foydasini chiqarib beradi. Bir million so'm foyda qildingiz.
Ammo mana shu kalkulyatoringizda topgan daromadingizni barakasini ko'rsatadigan baraka degan tugmasi ham bormi? Nimaga uchun biz topayotgan pulimizni, topayotgan foydamizni faqatgina matematika formasini bilan hisoblaymiz? Shariat formulasi bilan ham hisoblab ko'rsak bo'lmaydimi? Shunaqa kalkulator bo'lsa zo'r bo'lardi a? Baraka degan knopkasi bor, shunday bosuvdingiz, baraka nol.
O'zi bir million so'm turibdi foyda. Ha, endi endi bu ishni qilmayman deysiz. Baraka degan knobkasi bor kalkulator bo'lmasa, zo'r bo'larmidi? Faqat matematikani formulasi bilan ishlagan, Allohni baraka degan formulasidan bexabar odamlar judayam ko'payib ketgan. Daromadi katta, mablag'i ko'p, moliyaviy muammosi yo'q, ammo shunaqa bo'lsa ham hayotida oson ishtalik yo'q, osudalik yo'q. Yana bir boshqa odam bor, topish tushishi o'rtacha, ehtimol pastroq o'rtachadan ham, lekin oddiy hayot kechirsa ham, hayotida osudalik, oson ishtaligi bor. Shuning uchun birodarlar Alloh Taolo moli davlatni yaxshi ko'rganiga ham, yomon ko'rganiga am beraveradi. Ammo qalbning osudaligini, osoyishtaligini o'zini solih bandalariga beradi.
Agar senda mana shu sakinat bor bo'lsa, birodar, sen dunyodagi eng baxtli insonsan. Garchi qo'lingda puling katta bo'lmasa ham. Ammo u xotirjamlik senda yo'q bo'lsa, eng badavlat, sog'lom inson bo'lsang ham, eng baxtsiz insonsan. Shuning uchun birodarlar ma'siyatda bo'lgan inson hech qachon yutmaydi, itoatda bo'lgan inson esa haligisi yutkazmaydi.
Sabbi his ma robbikali ang'ana. Ey Muhammad alayhissalom, eng oliy zot bo'lmish Parvardigoringizni har qanday aybun husondan poklang. Aqul qovli hadav va astag'firullohu alayhi va alakum. Innallohu va malayka to'g'ri yu salun ala Nabiy. Ya yu halladina a'manu sollallohu alayhi vasallim mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'libi barakatuh.