# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 42 of 510
- Section: —
- Duration: 31 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/42
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/IXI48P7mNME.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=IXI48P7mNME
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/41.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/43.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbina ilamin va la aqibatu lel mutaqin. Assalomu alaykum assalomu alaykum ala saidina muhammad as sodiq al va adil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Va alaykum assalom va alaykum va rahmatullohiga va barakatuh. Alloh subhanah va taolo ushbu saidur al an kuni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin, duolarimizni ijobat qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun yigirma uch o'tgan darsimizda siz bilan biz farzandlarni nafsiy tarbiyasi haqida suhbat qildik. Psixologik tarbiya.

[0:56] Mana shu vaqtda biz jur'atsizlik va qo'rqoqlik deb ataladigan ko'rinishlarni ko'rdik, sabablari, muolajasi va bularni farzandlarga ko'rsatadigan salbiy ta'siri haqida suhvat qilgan bo'ldik. Mana shu bo'ptagi keyingi mavzu. Kishi o'zini nuqsonli his qilishligi.

[1:23] O'ziga bo'lgan ishonchini yo'qligi. Kichkinaligidan unga sen qorasan, qorasan, qorasan desa, shu qoraligidan bo'yni qisiq yashaydi. Shu kompleks. Bir odamni qulog'i katta bo'lsa, seni qulog'ing katta katta deb yuborsa, mana shu qulog'ini kattaligidan xijolat bo'lib yashaydi. Xullas, bo'yimi, burnimi, shaklimi yoki bir boshqa bir o'ziga tegishli bir narsadan xijolat bo'lib yashashlik.

[1:51] Bugun inshaalloh mana shu bola o'zini o'zi nuqsonli his qilishi, boshqalardan kam deb, boshqaladan o'zini past qilish haqida suhbat qilamiz. Asarlarda keltiriladi. Inson bolasi Allohnin binosidir. Mana shu binoni vayron qilgan inson ma'lum, la'natidir.

[2:17] Bola o'ziga o'zi ishonchi yo'q bo'lishligi, bo'yni qisilib qolishligi, buni asosiy sababi otasi bo'ladi yoki unga tarbiya berayotgan murabbiysi bo'ladi. Mana shu kompleksni bo'lib qolishligi bolada. Farzandni xato ish qilgan paytda boshqalarni oldida urib so'kish, boshqalarnni oldida tanqid qilish, malomat qilishlik, boshqalarning oldida xijolat qilishlik. Shu narsa bolani qalbida mana shu kasallikni keltirib chiqaradi. Bu kasallikni nomi o'zini nuqsonli his qilish deyiladi. Va mana shu kichkinaligida unga kirib qolgan, qalbiga joylashib qolgan bu shu umrini oxirigacha u bilan birga bo'ladi. Boshqalarni oldida tahqirlash, kamsitish, so'kish, haqorat qilish, bolani asabi uchun, ruhoniyati uchun, psixikasi uchun juda bir salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun bolasi xato ish qilganda, hammani oldida so'kayotgan, xatoga yo'l qo'yganda, hammani oldiga urayotgan ota, bolani qalbini sindiryapti, ko'nglini cho'ktiryapti.

[3:30] O'zini noqisqich qilishligining sabablari. Birinchidan, yoshligida ko'rgan tarbiya sababli bola mana shunday bo'lib qoladi. Muallimlar bor, juda ham qattiq qo'l bo'ladi, tili qattiq bo'ladi, eng yumshoq gapi eshak bo'ladi. Ikki gambirda eshak, sen odam bo'lmaysan, sen anaqa bo'lmaysansan, bir ikkita cho'ktirib turadi qalbini. Bu tinimsiz mana shunday bir qo'pollikka, taqillashga, hammani oldida bir so'kish eshitib, malomatlanishlikka duch kelayotgan bola o'ziga o'zi ishonmay qo'yadi. O'zini boshqalardek bir komil inson deb his qilmay qo'yadilar. O'zini qiymatini, qadrini bilmaydi.

[4:10] Biz bola xato qilmaydi deykanimiz yo'q. Uni jazolash yoki tanbeh bermaslik kerak, unga deyotganimiz yo'q. Bola bor, xato qiladi. Ash sharafi me'avaman deyiladi. Sharaf mana shu masalada ko'makchi bo'ladi. Ya'ni, bir boladan xato sodir bo'lsa, uni darrov jazolab so'kib, hammani oldida yerga urishdan avval tushuntirib, agar muallim bo'lsa, murabbiy bo'lsa, bolam, bu senga yarashmaydi. Sen falonchini bolasisan. Sen otang unday odam edi. Sizlarda xonadoninglarda bunaqa ish chiqishligi yarashmaydi deb turib, bu bolaga sharafli xonadon bolasi ekanligini eslatilsa, bola shu ishdan to'xtaydi. Qilayotgan xatosini takrorlamaydi.

[5:04] Usta muallim, mohir murabbiy mana shu shu'urni bolani qalbiga joylay oladi. Mana shu shuur go'zal axloqli bo'lishlikka bolani yetaylik. Biz ota bobolarimiz falondaqa odamlar bo'lganda faxrlanadi yu, otalari bilan, bobolari bilan odamlar. Nasl nasabi bir oliy insonlar bo'lganligi eslatiladigan bo'lsa, shularga loyiq ziddiyat bo'lishlik uchun inson yaxshi tomonga yurishligi oson bo'ladi.

[5:32] Mohir murabbiy hikmatli ota bolasini qalbiga mana shu narsani joylay oladi. Hurmat ko'rsatadi, bolani o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi. Bizda qanaqa? Bir marta yog'ini gapirib qo'ysa, bo'ldi. Kim u? Yolg'onchi. Bir marta ukasini urib qo'ysan, jabbor. Singlisini qo'lidan biror narsani tortib olsa, zo'ravon. Biror narsani so'ramay olib qo'ygan bo'lsa yosh bolalik qilib, kim u? O'g'ri.

[6:02] Qoqilib qoladi mana shu narsa. Peshonasiga. Johil otalar mana shu nuqsonni, bola o'zini nuqsonli his qilishligini otalar farzandlarini qalbiga o'zi joylab qo'yadi, johil otalar. Va mana shu sho'r qalbiga kirgandan keyin, bu farzand komil inson bo'lishdan to'silib qoladi. Oltmish ga kiradi, yetmish ga kiradi. Lekin yoshligida mana shu qalbiga joylanib qolgan sho'r u bilan birga ketadi. Umrini oxirigacha rangidan xijolat bo'lib yashaydi. Umrini oxirigacha qulog'idan yoki ko'zidan bir qandaydir tashqi ko'rinishdagi, o'zini nazaridan nuqson deb qaralgan narsadan bo'ynini qisib yashaydi. Men aytdim ku, inson Allohni qurib qo'ygan binosi. Bir binoda Alloh Taolo uzunroq qilib quribdi.

[6:50] Bir binoda kengroq qilibdi. Bir binoda nima deymiz, sariq qilibdi, qora qilibdi. Bu Allohni ishi, birodarlar. Shuning uchun farzandlarimizni tug'ilgan paytda, es hushi tanib qolgan paytda, uni oqligi qoraligi, uzun qisqaligi, burni qulog'ini gapirib turib masxara qilishlik, aslida uni ustidan kulishlik emas. Uni shunday qilib yaratgan Xoliqni ustidan kulishlik bo'lib qolmaydimi nauzibilet?

[7:16] Erkalatib aytamiz, qoravoy, qoravoy deb misol. Mallavoy deb qo'yamiz. Shu narsa bolani ko'nglini cho'ktiradi. Boshqalarni oldida mana shu narsadan xijolat bo'lib turadi. Buni birovga ayta olmaydi. Joylandi, umrini oxirigacha ketadi. Bilasizlarmi? Podshohni bolasiga Hazrati Oliyalari deb muomala qilinadi. Shuning uchun hazrati oliyalaridek turadi u. Asir tushib qolib, qatlga hukm qilinsa ham, bo'ynini egmaydi u. Qanday ketadi u? Hazrat oliyalaridek ketadi, mana shunday ketadi. Chunki yoshligidan mana shu shu hurmat, izzat, e'tibor singdirilgan. Men Qodirshohni bolasiman deb mana shunday katta bo'lgan. Demak, otalar o'zlari sindirib qo'yadi bolalarini.

[8:05] Birinchi xato, mana shu bo'ldi. Ikkinchisi. Bolani o'ziga o'zi ishonmay qo'yishligi, o'zini nuqsonli his qilishligini ikkinchi sababi, bola xatoga yo'l qo'yganda, begona odamlarni oldida, boshqa odamlarni olida uni jazolash yoki so'roqqa tutishlik. O'rtoqlarni oldida so'kib beramiz, bolalarimizni. O'rtoqlarni oldida hurmatini yo'q qildik. Aka ukasini oldida yerga urib beramiz. Aka ukasini olida bo'yni qisiladigan bo'lib qoladi. Shuning uchun hikmatli ota, hikmat egasi bo'lgan ota bolasidan xato sodir bo'lganda darrov so'kmaydi. Darrov so'kmaydini bolasini yoki nabirasini.

[8:47] Yolg'iz qolishini kutadi. Endi unga nima kerak? Sabr qiladi. Hech kimni yo'q joyga olib borib turib, pachag'ini chiqarib yuborsa ham chi urib, bola xafa bo'lmaydi otadan. Otam zo'r deydi. Urdi bo'lmasam. Zo'r deydi, zato nima qilmadi? Birovlarni oldida xijolat qilmadi deydi. Esimizdan chiqmasin, yosh boladan xato sodir bo'ladi. Xato ish qiladi, faqat biz uni o'rnida jazolashlikka shoshilmaymiz.

[9:20] Farosatli ota o'zini bolasini karomatini saqlaydi. Katta kishini oldida behurmat qilmaydi. Endi, so'kish, doim kaltaklash, shunda ham o'zi salbiy ta'sir qiladi bolaga. Endi boshqalarni oldida urib bersangiz chi, boshqalar oldida so'kib bersangiz chi. Qarindoshlar yig'ilib qolganda o'zingiz masxara qilib berib tursangiz chi bolangizni. Qarindoshlarni oldiga kelgani xohlaydimi shu bola?

[9:49] Demak, kim aybdor ekan bu o'rinda? Otalar yoki murabbiylar. Farzandlarni o'zini otasini ustiga bo'lgan haqqi. Birinchi haqqi, birodarlar, Umron Xattobni so'zi, farzandingiz uchun hokiza ayolni ona bo'lishiga tanlashligingiz. Kunlarda birida Umron Xattob roziyallohu anhuni oldiga bir kishi o'zini farzandidan shikoyat qilib keldi. Menga yomonlik qilyapti bolam, menga oq bo'lyapti bola. Xalifa bolani chaqirtirdi. Ota ham, bola ham turibdi. Bolani malomat qilib ketdi Xalifa. Allohdan qo'rqmaysanmi, otangga oq bo'lgani? Otinga yomonlik qilgani, Allohdan bir taqvo qilmaysanmi? Deganida yigit aytdiki, yo amira, nima umiding dedi. Otalarni, farzandlarni usta haqqi borligini bilamiz. Farzandlarniyam otalarni usta haqi bo'ladimi? Ha bo'ladi dedi Xalifa. Qaysi u haqlar?

[10:52] Xalifa javob berdi. Pokiza ayolni ona bo'lishiga tanlashi, farzandiga chiroyli ism qo'yishi, va Qur'on ta'lim berish edi. Hali yigit xalifani so'zini eshitganidan keyin, ya amir al mo'miniy, meni otam bulardan birontasini qilgan emasdi. Meni onam zinjiy, ya'ni majursiy bo'lgan.

[11:17] Ismini esa jol deb qo'ygan. Qo'ng'izni ati, hasharotni ati. Allohni kitobidan biror narsani o'rgatmagan dedi. Kitobdan bironta harfni o'rgatmagandi. Umarimni haqida hatto otaga qarab turib, bolangni senga oq bo'layotganini shikoyat qilib kelibsan u, o'zi avval oq bo'lib bo'lgan ekansan bolangga.

[11:41] Bolangni senga yomonlik qilayotganligidan shikoyat qib kelibsan u, bolangga sen o'zing yomonlik qilib qo'ygan ekansan u deb. Ya'ni birodar, sizni ustingizda farzandingizni haqqi shuki, hali bolangiz dunyo yuzini ko'rmasdan turib, unga ona bo'lishlikka pokiza ayolni tanlashligingiz kerak. Muslima, pokiza, iffatli, hayoli, allohdan qo'rqadigan pokiza ayolni tolashlik kerak. Bu birinchi haqqi.

[12:08] Ikkinchi haqqi uni ismini chiroyli qo'yishlik. Shunday ismlar bor, aytib chaqirsangiz bola xijolat bo'ladi. Mana shu at yaxshi at emas. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam farzandlariga chiroyli ism qo'yishimizni buyurganlar. Chunki qiyomatda ana shu ismi bilan aytib chaqiriladi. Rasulullohning oldiga birorta odam kelsa, a, ismini so'radi payg'ambarim, isming nima? Ismim falon doqa. Yo'q, sen isming yaxshi emas ekan. Bugundan boshlab isming falon doqa, darrov payg'ambar biz almashtirib qo'yardi. Bir kishi keldi, isming nima degandi. Payg'ambarimiz, u yigit, u kishi zaydul xoyil dedi.

[12:49] Le, zaydul xoyl. Yo'q, sen zaydul xoyirsan deb payg'ambarimiz almashtirdi akani. Umarun xattob aytdi. U senga oq bo'lishdan avval sen unga oqib bo'lib bo'psan. U senga yomonlik qilishdan oldin sen unga yomonlik qilib bo'psan. Bir kishi o'zini o'g'liga sen cho'rini bolasiz bo'lib turib menga gap qatara sangmi dedi. Bu bola shu otani cho'ridan bo'lgan farzandi edi. Cho'ridan bo'magan farzand ham otani farzandi. Shunda bola otasiga aytdi, ey ota dedi, vallohi onam cho'ri bo'lsa ham sizdan yaxshiroq ekan baribir dedi.

[13:34] Otani achchig'i kelib, qanday qilib mendan yaxshi bo'ladi? Axir men ozod odam bo'lsam, onang qul bo'lsa, cho'ri bo'lsa, qanday qiladi mendan yaxshi biladi? Bola aytdi, chunki meni onam ixtiyorni chiroyli qilgan ekan. Meni xur insondan tuqqan ekan. Siz esa yomon ixtiyorchisiz. Meni cho'ridan dunyoga kelishimni xohlabsiz deb. Ota tanlashda onam to'g'ri ish qilgan ekan, lekin ona tanlashda siz menga yaxshi ish qilmagan ekansiz. Onam cho'ri bo'lsa ham sizdan afzal ekan degan ekan.

[14:05] Demak, farzandni o'zini otasidagi haqlari bu hokiza ayolni ona bo'lgishiga tanlashligi, chiroyli ism qo'yishi va dinni o'rgatishi. Dinni o'rgartishi. Mana shu uchala haqqini bajarsangiz, farzand farzand sifatida otani haqqini chiroyli ado qiladi. Qaytarib aytaman.

[14:28] Hokiza ayol deb tanladingiz. Bir. Chiroyli ism qo'ydingiz. Ikki. Agar uchinchisi bo'lmasa, haqqingizni bajarmaydi. Uchinchi haqqini bermasangiz, Allohni tanitmasangiz, sizni haqqingizni bermaydi. Chunki sizni kimligingizni ham tanimaydi da unda. Robbisini tanimaganidan keyin. Bolani topib, o'zini holiga tashlab qo'ygan otalar bor. Tarbiya bermaydi, shug'ullanmaydi, mehnat qilmaydi, lekin farzandini komil inson bo'lishligini xohlaydi. Qoida. Qoida. Bolaga hech narsani ta'lim bermasdan turib, xato qilib qo'ysa, jazolashlik noto'g'ri. Qaytaramiz. Bolaga hech narsani o'rgatmasdan turib, bola bilmasdan bir xatoga yo'l qo'ysa, jazolashligingiz noto'g'ri.

[15:24] Endi hech narsani yo'rgatmadingiz, xato sodir bo'lgandan keyin gumurati urib qoldingiz. Bu siz tomondan yaxshi ish bo'lmadi. O'rgatish kerak. Bolam unday qil, bolam bunday qilma. Masalan, o'rgatganingizdan keyin yana bir xato yo'l qo'yadigan bo'lsa, bir marta, ikki marta ogohlantirasiz, keyin jazo bor. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan bir yosh yigit ovqatlanib o'tirganida, ovqat eshniyda xato yo'l ko'yayotuvdi, rasululloh aytdilar, ya g'ulom, samillaha va kul biyaminik va kul minmayalik. Ey bolam, bismillah de.

[16:05] O'ng qo'ling bilan ye, o'zingni oldingdan ye. Ta'limmi shu? Ta'lim. Shundan keyin ham, agar xatoga yo'l qo'yadigan bo'lsa, chora ko'rish mumkin. Bir odam chop qo'li bilan yedi. Payg'ambarimiz alayhissalom o'ng qo'ling bilan ye dedi. Ya rasululloh yeya olmayman dedi. O'ng qo'lingiz bilan yeyin, dedi. Yeya olmayman, dedi; yeya olmagin, dedi Payg'ambarimiz. Shu odam umrining oxirigacha o'ng qo'li bilan ovqat yeya olmasdan o'tib ketgan. Darrov Payg'ambarimiz o'zini yeya olmagin demayapti. Aytyapti: o'ng qo'ling bilan yegin. Shu sunnat, shu to'g'ri bo'ladi, shu Allohga mahkum bo'ladi desa, yeya olmayman deyapti. Unda yeya olmagin deydi.

[16:48] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Abu Hurayra roziyallohu anhudan, joni yuz sahiydan, allimu valatu annifu, fa innal muallima xoyrun minal muannifi. Muallim, o'rgatuvchi. Odam qattiqqo'l, qo'pol, shafqatsizlik qiladigan odamdan yaxshiroq.

[17:10] Xato qildi, urib tarbiyalashi mumkin. Xato qildim, tushuntirib tarbiyalashi ham mumkin. Urib tarbiya qilishni yig'ini o'zini ishlatadigan odam yaxshi odam bo'lmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga bir yigit kelib, yo rasululloh, menga zino qilishga ruxsat bering dedi. Mana xato sodir bo'ldi. Kimga aytyapti bu gapni? Muhammad rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Habibul haq rahmatan lili alamin bo'lgan, allohning insoniyatga rahmati bo'lgan zotga kelib, ruxsat buring, men zino qilaveray deyapti.

[17:57] Yuziga bir shapaloqla nima deyapsan? Menga shunaqa deysanmi? To'rt ming dan men kimman, bilasanmi deb turib payg'ambarimiz jerkib berdimi? Ha yonboshdagi sahobalar chi, jirkishib yubordi. E nima deyapsiz deyishdi. Ammo payg'ambarlarimiz nima ish tutdi? Payg'ambarimizni sollallohu alayhi vasallam hayotini yaxshi o'rganishimiz kerak. Zinoga ruxsat bering deb keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sahobalari hammasini jahli chiqdi. Rasululloh sallallohu alayhissalom nima dedi?

[18:27] Bu hadis imom ahmaddan, abu mu'oma bohir roziyallohning huquqidan rivoyat qilingan. Fata min qurash in atannabiya sollallohu alayhi vasallam va faqol ya rasululloh i izanli fiz zina. Qurashlik bir yigit kelib Payg'ambarimizga, yo Rasululloh, menga zino qilishga ruxsat bering dedi. Ahmoqlik desa bo'ladimi? Bo'ladi. Kalta fahmiy desa bo'ladimi? Bo'ladi. Kimga aytyapti bu so'zini? Muhammad alayhissalomga.

[18:59] Odamlar jirkib berishdi. Payg'ambarimiz yaqinroq keldi. Keldi. Qola. Atohing bil umika. Onangga ravo ko'rasanmi zinoni? Dedi payg'ambar. Qolalav allohing, ja'la niyallohu fida aka. Ota onam sizga fido bo'lsin, jonim fido bo'lsin sizga, ey rasululloh, xohlamayman dedi. Vala nas uyi hayb bunau li umma ha tixin. Odamlar ham xuddi shunga o'xshagandek, onalariga zinoni ravo ko'rmaydi. Shunga aytdilar, a fathah hayb buxili ibn latika? Qizing uchun ravo ko'rasanmi shu zinoni? Yigit, yo'q dedi. Odamlar ham qizlarga ravo ko'rmaysiz dedi. A fathah hayib buxili uxtika? Opa singlingga ravo ko'rasanmi zinoni dedi. Yigit yo'q, Allohga qasam dedi. Odamlar ham opa singillarga ravo ko'rmaydi bu narsani dedi. Ato hay buxli ammatika. Ammenga ravo ko'rasannmi shu zinoni? Yigit yo'g' dedi. Rasululloh, odamlar ham ammalarga ravo ko'lmaydi dedi. Ato, hay bug'li holatka. Holingga ravo ko'urasanmi zinoni?

[20:09] Yo'q, dedi. Odamlar ham xolalar uchun ravo ko'rmaydi, dedi. Ta'limni ko'ryapsizmi? Bitta bittadan aytyapti. Mo'min kim edi? O'ziga yaxshi ko'rgan narsani boshqalarga ham ravo ko'rgan kishi edi. Ravo ko'rasanmi o'zingga? Yo'q, ravo ko'rmangman. Demak, boshqalar ham ravo ko'lmaydi bu narsani. Ta'limni qarang. Ta'limni qarang. Qola, favvodun ya'dahun alayhi va qola, allohun nofiri zambar. Va tohir qolba va hassin farja. So'ngra payg'ambarimiz o'zini muborak qo'llarini shu yigitni ko'ksiga qo'yib turib duo qildi. Parvadgor, uni gunohini kechirgin. Qalbini poklagin va farjini saqlagin. Qola, falam yakun ba'da dha alika al fata, yalta fito ila sha'in. Mana shu duodan keyin yigit hech narsaga qaramaydigan bo'lib qoldi. Zinodan bo'lgan biror narsaga e'tibor bermaydigan bo'libqoldi. Ana birodarlar, uslub. Ana birodarlar, ta'lim.

[21:08] Payg'ambarimizni oldidan turib chiqib ketayotganda, bu yigit uchun zinoadan ko'ra yomonroq narsa yo'q edi. Tarbiya shunaqa bo'ladi. Tarbiya shuqa bo'lardi. Tortamiz, shart. Har safar yetkazib turib, aqli yetmagan yosh bola otasidan so'radi. Osmonni kim yaratgan? Alloh yaratgan. Yerda kim yaratgan, ota? Alloh yaratgan. Allohni kim yaratgan dedi.

[21:38] Tarsaki bilan qo'ydi da, hey, axmoq, kofir bo'lding, dedi. To'g'rimi shu? To'g'rimishu? Bu taqvodor otada bu. Birodarlar, Alloh Taolo Xoliq, Yaratuvchi. Bu kichkina bola ahli yetmasdan so'rab qo'ygani bilan, Alloh Taolodan Xoliq degan sifat tushib qolmaydi. Chiroyli yo'li bilan bolasiga tushuntirishlik kerak. Bola nimaga so'rayapti? Shu narsani bilmas ekansiz, bilmoqchida.

[22:06] Ha, so'raganda tassaki yuborsa nima qiladi oxiri? Hoy deydi. Hoy deydi, nima qilaman? Va dadam so'kib beradi deydi. Urishib beradi, undan ko'ra indamay yuraveray deydi. Dunyoni siz orqali tanimoqchi bo'lyapti. Siz bir deraza edingiz bola uchun. Dunyoni ko'ray deb sizni ochay deb bo'lsa, shay yopyapsiz. Siz o'zingizni bolangizga ta'lim bergandan toqatingiz yetmayapti. Qayoqdan u bog'cha opasiga ta'lim bersin? O'ttizta bolaga. Demak, bola bog'chalarda ayblamoqchi emasman. Faqat e'tibor beringlar, bir dona bolangizga, bir dona o'g'lingizga, qizingizga sizni toqatingiz yetmapti. O'zingizni bolaingiz, tushdi kamaringiz. Endi qanaqa qilib o'ttizta bolaiga siz xohlagandaqa ta'lim bersin.

[22:48] Bola o'zi aytayotgan so'zini, ma'nosini bilmasligi mumkin. Shuning uchun uni jazolamaslik kerak, so'zini ma'nosini bildirishlik kerak. Bu ham bitta qoida. Bu ham bitta quora. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida tuyasini yo'qotib qo'ygan kishining qissasi keladi. Ko'pchiligimiz xabarimiz bor. Bir kishi sahroga chiqdi. Tuyasini ustiga hamma og'zi ovqatini ortib olgan.

[23:14] Tuya qolidan chiqib ketdi. Suvi ham, ovqati ham, kiyim kechagi hamma yog'i tuyunasida. Quvib oladi, yetolmadi. Qochib ketdi. Sahroda o'rtasida na ovqati bor, na suvi bor, qoldi. O'lishi aniq. Taqdirga tan berib, yotdi. Uxlab qoldi. Bir vaqtdan keyin uyg'onib, ko'zini ochib qarasa, tuya turibdi ustida.

[23:40] Shart turdi da, tuyani ipidan mahkam tutib, xursand bo'lganidan, ya robbi, ana robbuka va anta abiding. Ey robbim dedi shoshilib, xursand bo'sh. Men seni robbingman, sen mening bandamsan deb yubordi. Kufrkaligini aytdi. Lekin qasddan aytdimi? Payg'ambarimiz bu odam kofir bo'ldi dedimi shu hadisni aytib turib? Yo'q. Nima dedi? Anavi badaviy tuyasi sababli xursand bo'lganidan ko'ra, Alloh Taolo bandasining tavbasidan ko'proq xursand bo'ladida dedi. Demak, shu gapni gapirib qo'yib turib, kofir bo'lmabdi u.

[24:19] Chunki bilmasdan, shoshilib ketib, shoshilib, adashib aytib yubordi. Shuning uchun bolalarimizdan biror bir adashib so'z chiqib kelsa, darrov jazolamaylik. Tushuntiraylik. Tushunrang. Qoralardan biri chiroyli qilib Qur'onni o'qib berdi. Juda ham chiroyli Qur'onni qilib, bir solih odam, bir odam uni qirotini yaxshi ko'rib, haligini bir solih odam sanab, oldiga kelib nima dedi? Men dedi, qoriga qarab, solih kishilarni yaxshi ko'raman. Men solih kishilalarni yaxshi koraman, ammo ulardanmassiz devordi.

[24:54] Haligi qori so'kib yonidan haydab yubordi. Bu unaqa demoqchi emas edi. Men solih insonlarni yaxshi ko'raman, ammo ulardan emasman demoqchi edi. O'zini aytmoqchi edi. Ulardan emasman, demoqchi edi yu, lekin ulardan emas siz devordi. Haydab soldi. Shuning uchun istiqbiyon qilishlik kerak, tushuntirib berishlik kerak.

[25:19] Savol so'radi. Allohni kim yaratgan. O'zi savol so'rayotgani sizdan bo'laysiz. Yaxshilikni belgisi birodar. Savol so'rayotgani yaxshilikni belgizi. Sababi siz bilan bolani o'rtasida devor yo'q hali. U dadil kelib sizdan so'ra olyapti. Sizga qalbini ochyapti. Yozing meni qalbimga deyapti. Nima to'g'ri, nima noto'g'riligini. Agar siz yozmasangiz, ko'chadan yozib oladi. Savol so'rayotgani yaxshi. Ammo, savolga qo'pol javob berib, dag'al javob berishga uyaladigan bo'lsangiz, ilmdan to'sib qo'yasiz.

[25:55] Bir marta savol berdi. Noma'qul, mantiqsiz, bema'ni soldingiz. Etiga. Yana bir marta adashuvdi, tepdingiz. Qo'y deydi. So'ramay qolaveradi. Shu bilan qalbini siz uchun yopib qo'yadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hayotiga yana murojaat qilamiz.

[26:20] Bir arab aytadi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz o'qir ekanman. Bir kishi namozdan aks o'rdi. Tushkirib yubordi. Bu hadis Jome'us Sag'iydan Abu Hurayra roziyallohu anhud. Haliginga qarab, yarhamu kaalloh deb qo'ydi. Sahobalar hammasi shunga o'quv eshitdi. Ular ham namozda.

[26:44] Nima menga qarashasan dedi? Qurib ketgurlar, men bilan ishlaring nima dedi? A'robiy. Sahobalar oyoqlarini bo'lib qolishdi. Bu sahro aytadi, ular meni jimitmoqchi bo'l ekanligini tushundim da, jim bo'ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozini tugatgandan keyin meni chaqirdi. Ota onam uzodga fido bo'lsin. Uzoddan avval ham, uzoddan keyin ham, mehribonroq, go'zalroq muallimni ko'rmaganman.

[27:16] Allohga qasam so'hmadi ham meni. Urishmadi ham. Jerkiyamadi ham. Nima dedi? Qoli, innahadhi his sola la yasluh fi ha shayun min kalamin nas. Bu namoz. Unda odamlarni so'zidan birontasini gapirib bo'lmaydi. Innama hiya tasbeh va takbir va qiroatul quran. Albatta namoz u tasbeh, takbir va Qur'on tilovati dedi. Ana ta'lim rodadur. Ana ta'lim. Undan ham mashhur qilsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidiga kirib, bir arobiy devorga siydi, bavul qildi. Masjidga kirib, devoriga siydi. Biz nima qilardik?

[28:05] Agar bizni masjidimizga kelib biror shunday hammaga ko'rsatib turib, devorga qarab siyib qolsa. Xuddi shu ishni sahobalar ham qilishdi. Yoqasini olib qolishdi hammasini. Sahobalar o'zlaridan talab qiladigan odobni talab qilishdi. Vaholanki sahroi u uchun bu narsa oddiy narsa. Tarbiya ko'rmagan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam teqqo'ylar, siyvosin dedi.

[28:29] Chunki buni ayb deb bilmayapti da u. Bizni yosh bolalarimiz ham bilmaydi da buni aybligini. Siy bo'ldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir ikki paqir suv bilan yuvib yuboringlar dedi. Haligi arobe shunday. Ey Alloh, meni jannatga kirgiz, Muhammadni jannatga kirgin, boshqa hech kimni kirgirmadim demoqchi. Har bitta ishimizda siz bilan bizga ibrat bo'lgan Rasulullohni qilgan muammosini qarang. Chunki bilmaydi bu. Bilmaydi bu. Demak, avf qilinadi. Majidga sig'ayotgan bo'lsa ham avf qilinadimi? Endi o'zingizni bolangizni avf qilishniki quvvatingiz yetmaydimi?

[29:12] Allima valatu annifu, fa innal muallima xoyrun minal muannif. Muallam, ta'lim beradigan odam, qattiqqo'llik, shafqatsizlik qiladigan odamdan afzal. So'kib urgandan ko'ra bolani mana shu xato qilganda, tushuntirib qo'ygan odam afzalroq bo'ladi. Ta'limda qattiqqo'llikdan ko'ra rahm shafqat ko'rsatib qo'yishlik to'g'riroq bo'ladi. Qirq ga kirgan odam aytyapti. O'n besh yashar paytimda bir ish qilganman.

[29:44] Otam mana shu ishimdan keyin menga shunday bir muomala qildi, o'lgunimcha unutmayman dedi. O'n beshinchi ga kirgan bola dadasini mashinasini minib, olib chiqib ketib, avariya qilib yuboradi. Uch kungacha uyga kelolmay yuradi. Keyin qayoqqa boradi? Oxiri keladi. Qo'rqib, xavotir bilan, aybi bo'ynida, xatosini tushunib, bo'ynini qisib uyga keluvdi, otasi so'hmadi ham.

[30:15] Urishmadi ham. O'g'liga aytdiki, bolam, g'am qilma, sotib yubordim mashinani, xijolat olmadim. Bilasizmi? Qalbiga qanaqa ta'sir qiladi? Nimani kutgan edi? Baqirish kerak edi, so'kish kerak edi. Urish kerak edi uydan haydab chiqarib yuborish kerak edi da. Lekin ota buni aksini qildi. Yumshoqlik qildi. Mana shu qilgan ishi bu yigitni yigirma besh yildan keyin ham, qirq yashar paytida ham har biri mana shu yerda turibdi. Va mana shu otasini qilgan ishi tufayli bola otasiga shunaqa mehribon farzand bo'ldi, o'lgurichi otasini xizmatida turibdi. Shuning uchun birodarlar, urib jazolashlik hammani qo'lidan keladi. Jahlingiz kelgan paytda sochib olishlik. Ammo avf qilib, tushuntirib kechirib qo'yishlik hammani qo'lidan kelmaydi. Bugun sizlar bilan suhbat qilgan mavzuyimiz, bola o'zini o'zi nuqsonli deb bilishligi, bo'yni qisiq bo'lishligi, boshqalarni oldida o'zini ojiz, noqisib his qilishligi. Mana shu haqida suhbat qildik. Va bu narsaning asosiy sababi, otalar va murabbiylar bo'ladi. Aqol u qovli ha da, u otasi
