# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 422 of 510
- Section: —
- Duration: 20 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/422
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/c96T9TlAxGI.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=c96T9TlAxGI
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/421.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/423.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vala aqiba tulil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammadi va ala alihi vos hadixi ajma'in. Ammabot. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Halyas ta'yu an. Bu ikkisining misoli teng bo'lurmi? Bu ikkalasi barobar bo'ladimi deb nomlanadigan darsimizda, yigirma oltinchisi, yigirma uchinchi dars, qautning muloyimligi va uning qattiqligi. Li inal qulub va qosvatul qulub.

[0:30] Alloh taolo odamlarni yaratarkan, ularga qalblarni berdi. Bu qalblar o'zgarib turadi. Muloyim bo'lib turadi ba'zida, muloyimni sho'qqisi yetadi. Qo'pol, qattiq dag'al bo'ladi, buni ham nohoyasiga yetib boradi. Alloh aziz va jalla muloyim, la'yin qalb egalarini maqtadi. Qattiq, qo'pol qalb egalaridan esa yomonladi. Insonni qalbi muloyim, yumshoq bo'larkan, uni bu qalbi albatta tashqi a'zolarga ham ta'sir qiladi. Qalbi muloym, qalbi yumshoq insonni so'zi ham yumshoq oladi. Muomalasi ham yumshoq boleladi. Endi qalbi qattiq insonni sozi ham qo'pol dag'al oladi, muomalasi ham. Albatta bu ikkisi hech qachon bir biriga teng bo'lmaydi. Alloh taolo, xonanda marhamat qiladi astayutubillah. Simma qosat qulu bu kun minba didalik, fahiyakal hijaroti av ashaddu qosva va innominal hijarot ila mayata fajjari minhul anhar. So'ngra shunday mo'jizalarni ko'rgandan keyin ham dillaringiz qotdi. Bas, u dillar tosh kabidir yoki undan da qattiqroqdir. Toshdan ham qattiq, chunki ba'zida toshlar yorilib, ichidan suvlar ortirib chiqadi.

[1:45] Qalbi yumshoq kishilar. Bu shunday bir insonlarki, Alloh Taoloni zikri bo'lganda qalblari yumshoq, ko'zlaridan yosh oqadi. Qur'on tilovatini eshitganda ko'zlaridan yoosh oqadi. Mana Qur'on tiloviatini eshitdik, yigirma sakkiz pora o'qib olishdi. O'zimizga savol beraylik da, bir marta ko'zimga yosh keldimi deb. Taro ayunahum tafidu minna dam ayminma arofu minal haq, yaqulu na robbana amanna faktum na ma'sha hidin. Alloh Taolo aytadi. Ular Payg'ambarga nozil qilingan narsani Qur'onni eshitgan paytlarida uning haq ekanini bilganlari sababli ko'zlaridan yosh quyilayotganini ko'rasiz. Ular baravardigorroq iymon keltirdik, bas bizni guvohlik berguvchilari qatorida yozgin deydilar. Muttahillarni imomi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur'on o'qiganda yig'lardilar. Namozni turganda qattiq yig'lardilar. Oishonimiz aytadilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechalarni birda shunday yig'ladilarki, soqollari ho'l bo'ldi. Yig'isda davom etdilar, kiyimlari ho'l bo'lib ketadigan darajada yig'ladilar. Qarang, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qanday yig'lagan, sahobalar qanday yig'llashgan. Abu Bakr Siddiq. U kishi imomnikka o'tib, namoz o'qar ekan, Qur'on o'qib, Qur'oni eshitib, tilovatini o'zi o'qib, to'xtab qolardi yig'isidan, o'qiy olmaganligidan.

[3:07] Umaronna hatto shunday bir shiddatli, haybatli, kuchli inson bo'lishiga qaramasdan qalbi muloyim edi. U kishini ko'p yig'laganligi bois mana shu ikkita yanog'idan ko'z yoshini oqqanidan qora chiziq paydo bo'lib qolgan edi. Ular yig'lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va Qur'on ularning hokisorliklarini ziyoda qilur. Qur'oni eshitganda qalbi yumshaydi insonni. Kibridan tushadi. Siqilib turgan bo'lsa ko'ngli ko'tariladi. Ja xursand bo'lib ketgan bo'lsa joyiga tushib qoladi. Qur'on insonni qalbini tarbiyalaydi. Umariddin Abdulaziz.

[3:44] Imomga o'tar edi, Qur'on o'qib, to'xtab qolardi namozini davom eta olmasidan. Tunlarni birida bu ulug' inson shunday yig'ladiki, atrofdagilar uni ko'rib yig'lashdi. Tonggacha yig'ladi. Ayoli so'radi, namuncha yig'laysiz? Umariddin Abdulaziz aytdi, Alloh Taoloni fali qumfil jannati va fali qumfis sa'ir oyatini o'qidim dedi. Nima degani bu? Bir guruh odamlar jannatda bo'ladi, bir guruh odamlarni do'zaxda bo'ladi. Qaysinisida ekanligimni bilmasdan yig'layapman dedi. Xulofoy rojdlarning beshinchisi deyiladigan kishi mana shunday qo'rqib yig'lagan.

[4:20] Muvozzinni jabr ham yig'lar edi. Sababini so'rashganida Alloh Taolo bir toifa bandalarini do'zaxligini yozgan. Yana bir toifani jannatiyligini yozgan, men ana shularning qaysi biridan ekanligini bilmasdan yig'layapman der edi. Abdulloh ibn Ravohi ayoli uni yig'lay ekanligini ko'rib so'raganida, Qur'ondagi oyatni sabab bo'lganligini aytadi. Astaydu billah va immin kum illa va riduha kana ala robbika xatimam maqdiya. Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. Do'zaxga.

[4:59] Sizlardan har biringiz bunga tushguvchidirisiz. Bu Parvardigoringiz amriga binoan vojib bo'lgan hukmdir. Hamma o'tadi do'zaxdan. Summa nuna jilladiyina taqovu onada ro'z dolimiina fi haj siya. So'ngra taqvodor bo'lgan zotlarni undan qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho'kkan hollarida jahannamda qoldirurmiz. Abdulloyimni ravo aytyapti, hammani tushishini gapiryapti, lekin hammani chiqishini gapirmayapti Alloh. Men chiqamanmi, chiqmaymanmi, shuni o'ylab yig'layapman dedi. Biz shu darajada o'zimizga bahoyimiz kattaki, o'ylab ham qo'ymaymiz. Bizga nima keltirdik? Bo'ldi, musulmonmiz. Biz namoz o'qiyapmiz, bo'ldi, gunohlarimiz kechildi ham. Bu sahobalar tirikligida bashoratni eshitib turib, jannatni bashoratini, shunday qo'rqib xavotir bilan yig'lashgan. Qachon biz Abdulloyimni ravohiga o'xshab yig'larkimiz, birodarlar? Abu Bakr Siddiq xalifa bo'lib turganida yamanlik bir to'rt kishilar kelishdi. Ularga islom arz qilindi, kalima kalta musulmon bo'lishdi. Qur'on o'qib berilganida, bu yangi bo'lgan musulmonlarga. Ular yig'lashdi. Abu bakr siddiqi aytdi qalblarimiz qotib ketmasdan turib, biz ham shunaqa yig'lardik, deb qo'ydi.

[6:09] Qalbimiz qatimay turib, biz ham unaqa yig'lar edik. Biz nima yig'lamaymiz ekan? Qalblarimiz xatib ketibdi. Endi odamlarda hozir ahvolini ko'radigan bo'lsangiz, odamlarni ko'pchiligi namozda turib ham, Qur'on tilovatini eshitib turib ham yig'lamay qo'ydi. Ko'z yoshlanmay qo'ydi. Qalblar nimalar bilan ovora? Hamma o'zi biladi.

[6:35] To'g'rimi? Namozga turganda keladi yu qurib ketgan hamma fikrlar. Bir kishi aytadi, sufiyona sovrenni huzuriga kirdim. U namozda turib, ushbu oyatni o'qiyotgan edi. Men kirganimni sezmay qoldi. Am ya hisobu na anna ala nas marosir rohim va najvahum, bala va rusuluna la dayhim ya kutubun. Mazmuni? Balki ularning gumonlaricha, biz ularni sirlarini bilmasmiz va shivir shirlarini eshitmasmiz. Undoq emas. Bizning elchilarimiz ularning oldidagi har bir ishlarini yozib tururlar. Shuni o'qib yig'lar edi. Namozini tugatib aytdi, ha Parvardigor, sen sirimizni ham, shivir shirimizni ham, oshkorimizni ham biladigan Zotsan. Chunki bu kishilarni qalblari birodarlar muloyim, Allohdaan qo'rquvchi laim qalblar edi.

[7:27] Ali ibn Abit olim, uzoq yig'ilar edi. Usmonun naffon, qachon o'limni eslatilsa, qachon qabr haqida gapirsa yig'ilar edil. Ey Amir al-mo'minov, nimaga yig'laysiz? Faqat qabr bilan o'lim gapirilganda, jannat do'zaxni gapirsa yig'damaysiz. Xalifa aytardi, birodarlar, qabr oxirat diyorining birinchi bekati. Agar unda najotga erishsak, undan keyingi hamma ish yaxshi bo'ladi. Agar unda muvaffaqiyatsizlikka yuz sotadigan bo'lsak, undan kelingi ish, hamma ish yomon bo'ladi derdi. Qabrni eslaganda, qabrni ko'rganda yig'iladi.

[8:03] Bizni holimizni qaranglar. Qabristonga borib bemalol tijoratimiz gaplashaveramiz. Endi. Buni muqobilida ikkinchi tur qalb egalari bor. Bu qalbi qattiq, qalbi qosiy bo'lgan kishilar. Alam ya'ni lilladina a manu an taqshi a qulu buhimli dikri ilahi va ma nazaramin al haq. Alloh taolo so'rayapti.

[8:26] Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo'lgan haq Qur'onga moyil bo'lish vaqti kelmadimi? Qalblar yumshaydigan vaqt kelmadimi? Endi buni muqobilida ikkinchi qalblarda aytyapti. Vala yakunu kalladina u tul kitaba min qobil. Fata ala alayhimul amad, faqosat qulu buhum va katiru minhum fasihun. Endi buni muqobilada ikkinchi toifa egalari. Shuningdek ular uchun ilgari kitob ato etilgan. So'ng ular bilan Payg'ambarlarni o'rtasidagi muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar kabi bo'lib qolmaslik vaqti kelmadimi?

[9:03] Ya'ni Payg'ambarlar bilan ularni zamoni o'rtasida uzoqroq vaqt o'tgandan keyin qalblari qatib ketdi. Unaqa bo'lmaydigan vaqt kelmadimi musulmonlarga? Ha keldi birodarlar. Keldi. Eshitayotgan har bir Qur'on oyatimiz bizni foydamizga yoki zararimizga hujjat. Amal qilsak bizni foydamimizga, illo zararimizga huujjat bo'ladi. Salmon ux forsak. U kishi qarib qolgan chog'ida ziyoratiga Sa'di nabi yoqqos roziyallohu anhu kirib keldi. Salmon roziyallohi anhu yig'lay ekanlar shu paytda. Sa'di nabi yuqqos nima yig'layapsiz dedi. Qarang, bu kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qo'l ostida yurgan kishilar, Rasulullohning tarbiyasini olgan. Mana endi bitta aka bitta ukadan so'rayapti yoki uka akadan so'rayapt. Nimaga yig'layapsz? Salmon forsiy javob berdi. Meni nima yig'latdi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizdan olgan ahdi yig'latdi. Rasululloh nima deb ahd olganimizdan? Dunyoda musofirda yashanglar, dunyodan oladigan nasibanglar xuddi bir yo'lovchi musofirni nasibasichalik bo'lsin degan. Endi bizchi deydi. Dunyo ochildi, dunyo qo'limizga keldi deb yig'ilyapman deydi. Shu hadisni roviysi aytadi, shu paytda solmonov forsiyning uyida bitta idish bor edi ovqat solib yeydigan, bitta kir yuvadigan tog'orasi bor edi.

[10:24] Shu ikkita narsasi bor odam yig'layapti dunyo qo'limizda ko'payib ketdi deb. Bu kishilar roziyallohu anhun, alloh ulardan rozi bo'ldi deyilgan odamlar dunyoga berilib ketdi deb yig'layotgan bo'lsa. Endi buni muqobilida bir toif insonlarda ko'ringki, qalbi qatigan. Dunyo o'shancha. Dunyo o'sha o'sha qo'liga oqib kelyapti. Huzur halovatda hammasi bor. Yana ham g'ami shu dunyoni ko'paytirish. Va yeb tugatib ulgurmaydi o'zi. A bolasiga ham yetadi. Lekin qalb faqat shu dunyosi bilan ovora bo'lib qolgan. Namozda turganda ham qalbi dunyosidan uzilmaydi.

[11:00] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bunaqa qattiq dil, qattiq qalb egasi bo'lib qolishidan farog' tilaganlar. Parvardigor a? Qo'rqmaydigan qalbdan panoh bergin. Qo'rqaydigan qalb dan panoh bergin. Endi nimaga bunaqa bo'lib qoldi bu qalb? Kalla bal rona ala qulubi himma ka anu yaksebum. Qalbi qattiq bo'lib ketishligini sababi bor. Yo'q, undoq emas. Balki ularning, balki ularining dillarini o'zlari kasb qilguvchi bo'lgan gunohlar qoplab qolgandir. Insonni qilgan gunohi qancha ko'p bo'lar ekan, qalbi shunday qorayib qatib ketadi. Nimaga yig'lay olmaydi? Chunki gunoh ko'p.

[11:41] Qalbini yumshashligini xohlab, Payg'ambarimizdan nasihat so'raganida, yetimni boshini qo'ling bilan sila, qo'ling bilon ovqat yegiz, qalbing yumshaydi degandilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. O'zimizdan so'raylik, qachon yetimni boshiga siladim, qachon qo'lim bilon ovqat yigizdim deb. Qayoqdamiz, yig'laylik. Qayoqdan qalbimiz muloyim bo'lsinmiz. Ana shu qilingan amallar sababli Qur'onni eshitganda insonni qalbi erimaydi, ko'ziga yosh kelmaydi. Ammo kinoni ko'rsa yig'laydi. Mana hozir qalbni qattiq bo'lib ketishiga sabab bo'ladigan ayrim ishlarni aytib beraman.

[12:19] Qalbni qattig'ligiga sabab, ko'p uyqu, ko'p ovqat, ko'p gap, ko'p ulfat. Ko'p ovqatlanish. Biz shunaqa qavmizki, qornimiz ochmaguncha ovqat yemaymiz. Agar qornimiz ochiq ovqat yesak, uchdan biri ovqatga, uchdan biri suvga, uchdan bir havoga. Ha endi havodagina ovqat bilan to'lgizib qo'ysa, rukuyga borganda inqillab turadi da. Namozda turganda inqillab suradi da. Ko'p yeb olganligi uchun. Ko'p yebolib, yana semirib ketibman. Ozish kerak, fitness klubga borish kerak, trenajorda yugurish kerak. Voy, yema. Yema. Shu dasturxondan turayotganda ozgina ishtahang, qolganda turib ket, ozroq ye, yo'q, yeydi. Yeydi. Endi ko'rasiz, kasalni ketidan kasal, hali u yog'ini davolasa bu yog'i ketgan, bu yog'ini davolansa u yog'i ketgan.

[13:18] Ko'p uyqu, ko'p ovqat, ko'p gap. Nimaga til bitdi, qulog'i chidab? Bir minut gapirsang, ikki minut eshit deganimi? Ko'p gap qalbni qatiradi. Majlislarda eng ko'p gapiradigan odam, bilingki, eng qalbi qattiq odam. Va ulfatlarning ko'pligi. Ulfatda bema'nosi ko'p bo'lar ekan, qalbingiz qaytib ketaveradi. Shu o'rinda ulfatni tovlashlikda ulamolarni beshta nasihatini o'qib beraman, birodarlar. Ulamolar ulfatni tovloshlikda beshta narsaga e'tibor berdi deydi. Mana atrofingizda nechta ulfatingiz bor, qarang, shu beshalar sifatida nechtasi bor unda. Birinchisi, g'ofil bo'lsang, Allohni esdan chiqarib qo'ysang eslatib qo'yadi. Ikkinchisi, agar zikrda bo'lsang ko'mak beradi.

[14:04] Uchinchisi, uni ko'rganingda Alloh Taolo esinga keladi. To'rtinchisi, uni so'zi qilayotgan ishiga to'g'ri keladi. Beshinchisi, uni so'zidan, uni suhbatidan seni Allohni tanishliging ziyod bo'ladi. Nechtasi bor atrofingizdagi ulfatlaringizdan, qarang da. G'ofil bo'lsang eslatib qo'yadi Allohni, zikrda bo'lsang yordam beradi. Uni ko'rganingda Alloh esinga keladi. So'ziga amal muvofiq keladi, hamda u bilan suhbatlashganingdan keyin nimangiz ziyoda bo'ladi? Ilmingiz ziyoda bo'lladi.

[14:41] Endi qalbni o'lishiga sabab bo'ladigan ishlardan. Gunoh ketidan gunoh qilinar ekan, tavba qilinmas ekan, qalb o'ladi. Ayollar haqida ko'p bo'lar ekan majlislarimizda, qalblarimiz o'ladi. Gunohni ketidan gunoh qalbimiz o'ldiradi. Xotinlar haqida ko'plab gap ketishligi qalb o'ldiradi, ahmoq bilan suhbat qilib o'tirish.

[15:04] Maza behruzod odamlar bilan hamda qalbi o'lik odamlar bilan o'tirishlik, bu ham qalbni o'ldiradigan ishlardan. Abu Hurayra roziyallohu anhun. Juda ko'p hadislarni ummatga qoldirib ketgan kishi yig'lar edi uni oldida. Sababini so'rashganda aytdi, safarni uzoqligidan, zotnozligidan, ishonchniy zaifligidan yig'layapman. Ketyapman u, oqibatim nima ekanligidan xabarim yo'q. Hayotini hammasini ilmga bag'ishlagan, sunnatni ummatga o'rgatishniki, umrini sarflagan kishi mana shunday xavotir bilan ketdi. Nimaga bunaqa yig'lagandirsa, bularni qalblari tirik edi. Qalblari muloyim edi. Bunaqa insonlar qabristonga kirsa yig'laydi, janozaga borsa yig'laydi. Qur'on oyatlarini eshitganda ta'sirlanadi, ko'ziga yosh keladi. Esimizdan chiqmasin. Sab'atun yudaylulhumullohu billahi yavmalah illa illa billuh. Hech qanday soya bo'lmaydigan kunda Alloh Taolo o'zining arshida yetti toifa insonni soyalantiradi. Shundan bittasi yolg'iz qolib kishi, yolg'iz qilib, Allohdaan qo'rqib ko'zidan yosh oqadi. So'rang o'zingizdan. Yolg'iz qolganda Allohdaan qo'rqib, ko'zi bilan yosh yoqqanmi?

[16:14] Abdurahmon ibnav. Ash alayh va bash alani bittasi. Ro'zadorada iftorlikka juda ham bir ajoyib ovqat topib kelishdi. Ovqatga qarab turib yig'ladi. Nima yig'layapsiz? Mus'abib no'mayrni eslab yig'layapman. Mus'abib no''mayr uxudda shahid bo'lganida, kafanligiga matoq topa olmaganmiz. Makkadalik davrada mus'abin umayev, qurashni eng hurmatli, boy xonadonini farzandi bo'lgan. Juda ham chiroyli yigit bo'lgan. Lekin iymonga kelganda ota onasi haydab chiqaradi. Mana shu maishatga to'lgan hayotdan voz kechadi. Rasulullohga imon keltiradi, Madinaga borib, Madinani Rasulullohning kelishiga tayyorlab turadi, odamlarni da'vat qilib.

[16:57] Mana shu yigit o'lganda kafanlikka mato topa olmaganmiz. Boshini yopsak oyog'i ochilib qolgan, oyog'ini yopsak boshi ochilib qolgan deydi. Dunyodan hech narsa olmasdan ketdi. Bizchi, dunyo bizga ochilib keldi. Dunyo oqib keldi dedi da, yig'ladi, chiqarib yubordi, ovqat ehson qilib olinglar. Iftorligini xurmo bilan qilib qo'ydi birodarlar. Vaholanki u kishi tirikligida, jannati ekanligini xushxabarini Rasulullohdan eshitgan kishi edi. Alloh Taolo siz bilan bizni jasadimizga, suratimizga qaramaydi. Alloh Taolo siz bilgan bizni qalbimizga qaraydi, amalimizga qaraydi. Kasal qalb, sog'lom qalb. Muloyim qalb, qattiq qalb. Bu ikki sargiz teng bo'lmaydi. Ya umalay yonfav ma'lum va la banun illa man atallohu bihg'ol bin salim. U kunda na moli davlat va na bolachaqa foyda bermas, magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina mana shu toza dillar foyda beradi. Pokiza, sog'lom muloyim qayblar.

[18:01] Imom Abu Hanifa va rahmatulloh ali. U kishining zamonida Imom A'zamga o'xshagan olimlar ko'p bo'lgan. Lekin nimaga shu kishi qoldi da, zikri, boshqalari ketib. Zamondoshlardan biri aytadi, shu kishini kuzatmoqchi bo'ldim, qani nima ish qilarkin? Xuftonnomasini masjidda bir o'qidik. Qarab turuvdim, uyiga ketdi. Kuzatib bordim, uyga kirib ketdi. O'tirdim eshigim tagida. Hamma uyiga kirib, ko'chalar tinchib, shovqin suron to'xtagandan keyin, abu hanifasi keyin eshigini ochdi da, to'g'ri masjidga keldi. Orqasidan bildirmasdan erishib keldim. Namozga turdi. O'qiy boshladi. O'qidi da, faminallohu alayna va vaqona adab va samom oyatiga keldi. Mazmuni nima edi? Mana, Alloh bizlarga rahmat ko'rgizdi va bizlarni samomdan saqladi, jahannam esadigan shamol. Yana takrorladi, takrorladi. Haligi kuzatib o'tirgan odam aytadi, uxlab qoldim deydi. Tongga yaqin uyg'onib borib, uyg'onsam, yana shu oyatini takrorlayapti, namozini tugatmagan ekan deydi. Birodarga huzur olgan ular, Allohni zikridan. Ko'zidan yosh oqib, rohatlangan ular.

[19:10] Qalblar. Ozonni eshitadi. Qur'on tilovat qulog'iga keladi birodarlar. Qabristonga keladi, lekin ta'sirlanmaydi. Tosh kabi qatib qolgan qalblar. Tosh bo'lib qatib kelishligini sabablarini aytib o'tdik birodarlar. Mana shu sabablardan uzoq bo'laylik. Alloh taolo o'zi yaxshi ko'rgan, muloyim, sog'lom qalb egalaridan qilishligini, Alloh taolodan tavfixini so'raymiz. Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
