Maviza
—Qoralama32 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
31:55
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbila alamin. Ala aqibatu li muttaqin. Assolatu vassolamu ala saidina muhammading va ala alixiy va asfabihiy ajmaing. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Dunyoda ishlayotgan, dunyoda yashayotgan har bitta odam nimanidir maqsad qiladi.

Nimanidir orzusida yashaydi. Nimagadir yetishlikka harakat qiladi. Odamlar mana shu dunyoda maqsadlariga olib boradigan yo'lni tanlarkan, ichida halol haromni farqiga bormaydigan, odamlarni haqlarini rioya qilmaydigan, odamlarga shu maqsadiga yetishlik yo'lida zulm qilishidan ham qaytmaydigan odamlar bor. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalardan so'radilar, aytdilarki, atadruna man il muflis. Muflis kim ekanligini bilasizlarmi deb so'radi. Sahobar aytishdiki, rasululloh, muflis degani bizda dinor zirhama va hech qanday bir dunyo matosi bo'lmagan odamni muflis deymiz dedi. Hech narsasi yo'q odam muflis deyiladi. Deganda Payg'ambarimiz aytdilar, muflis bu emas. Muflis shunday kutdikki, qiyomat kunida namoz bilan, ro'za bilan, zakot bilan, sadaqa amallari bilan keladi, lekin unga zulm qilgan, buni haqqini eggan, buni or nomusiga tekkan, bunga tuhmat qilgan, ana shu zulm qilgan kishilarni haqlari olib beriladi.

Nimasi bilan? Savoblari yoki gunohlari yuklatilinadi. Bugungi suhbatimizni mavzusi muflis kim? Insonlar dunyoda mana shu o'zi ko'z oldiga qo'ygan maqsadlariga yetishligi uchun intilar ekan aytdik, ichida itoatda, ibodatda bo'lganlari bor, umuman ibodatdan uzoq bo'lganlar bor. Bir odam borki, namoz o'qiydi, ro'za tutadi, gunoh va savoblarni aralashtirib qiladi. Ya'ni hammamiz qatoriki, bu yerda o'tirganlar ibodatimizdan bor, Alhamdulillah, va bilib bilmasdan qilgan katta kichik gunohlarimiz ham bor.

Alloh Taoloni adolat tarozisi o'rtaga qo'yiladigan qiyomat kunida shu kunda bilinadi, kim haqiqiy maqsadiga yetdi, najot yetdi, kim esa ziyonga kirdi. Bu dunyodagi ziyonlar, bu dunyodagi musibatlar, bu dunyudagi bankrotlik, bizni tilda aytganda hech narsa emas. Faraz qiling, bitta odamni butun moli dunyosi kuyib ketdi. Hech narsasi qolmadi. Bola qishaxasi o'lib ketdi. Bu uchun hayot tugadimi?

Ha, rizqi bor bo'lsa, nafas oladi. Rizqi bor bo'lsa, yashaydi. Rizqi borbo'sa, o'sha dunyosi ham bitta bitta bo'lib qaytib keladi. Ayyub alayhissalom misolini olmayman. Lekin haqiqiy ziyonkor qiyomat kuniga borganda, qilgan amallarining birortasini o'zini yonida turganligini topmasdan, agar qilgan bo'lsa ham, bu qilgan savobli amallari u zulm qilgan kishilarga olib berilib, ularning gunohlari, zolim belgiyasiga yuklatilib, jahannamga tushib ketgan kishi haqiqiy ziyon kerak ekanligi mana shu kunda ma'lum bo'ladi.

Payg'ambarimiz to'g'risi alayhissalom aytdilar. Atabrunam mani ilmuflissiz. Qolu al muflisufina man la dirham alahum valamata. Muflis kim bilasizlarmi deb so'raganlarida, sahobalar, dinodir, hamma hech qanaqa bir matosi yo'q odamda, biz muflis deymiz deyishdi. Payg'ambarimiz aytdilar, faqol innal muxlisa min ummati, ya'ti yomon qiyamati bisolating, vosiyamin va zakating.

Muflis, haqiqiy muflis. Mening ummatimdan bo'lgan muflis shunday kishniki, qiyomat kunida namozni, ro'zasi va zakoti bilan keladi. Keladi, lekin dunyoda buni so'kkan, bunga tuhmat qilgan, buni molini yegan, bunini qonini oqizgan, buni urgan haq dorilari bilan keladi. Unga savobidan olib berishadi, unga savobidan ob berishadi. Xullas, hali haq dorilar tugamasdan turib, qarzlari uzilmasdan turib, savobi tugab qoladi. Shunda nima qilinadi? Mana shu zolimni, mana shu muxlisni ustiga haqidorlarining gunohlari bitta bitta yuklanadi va ana shu gunohlar sababli jahannamga ravona bo'ladi. Demak, muflis kishi Alloh Taoloning huzuriga borib, birorta dunyoda qilgan savob avani topa olmagan kishi. Demak, biz aytayotgan dunyodagi muflis bu muflis emas. Dunyoda insonni muflis bo'lishligi, ya'ni qo'lidan dunyosini kechishligi, bir musibatga kirishligi, uy kuyish yoki pulidan ajrashligi Alloh Taoloning taqdiri. Ba'zida bir insonni qilgan gunohlariga kafolat o'rnida o'tsa, Alloh Taolo mehribonlik qilib yuvib yubordi. Ba'zida Alloh Taolo sinov qilib ham berib qo'yaveradi. Payg'ambarimiz qilsa nima aytadilar?

Imom Termiziy keltirgan Sahih adasi Ibn Mas'uddan: La isal muminu bitta'ani valal la'ani valal fahishiy valal badiyin. Og'zimiz bilan shunday chiqib ketadi, to'yib yuboramiz. Shart la'nat o'qib yuboramiza. Payg'ambarimiz aytadilarda, mo'min kishi kishi ta'na qiluvchi, la'nat aytuvchi, faxsh so'zlarni gapiruvchi va uyatsiz bo'lmaydi.

So'kkan paytimizda, mana aytyapmiz, buni so'kkan, buni burnini qamatgan, burun qon oqizgan. So'kkan paytimda kimidir biz nomiga, nomusiga tajovuz qildik. Unga zulm qildik. Albatta shu so'kkanimiz uchun qiyomatda Alloh Taolo uni haqqini bizdan undirib beradi. Arziydimi? O'sha tilimizni ozgina chisla olmasligi evaziga qiyla me'ri tortgan savolimizni berib yuborishimiz kerak. Pokiza musulmonni sha'niga tuhmat qilgan, sharaflariga bir bo'xton qilib, haqorat qilgan odam o'zi bilmagan holda gunohi kabinalarni eshigini oldiga borib qolganligini sezmay qoladi. Payg'ambarimiz aytganlar, ijtaniya bu sabab u bekor. Halokatga olib boradigan yettita gunohdan saqlaninglar deganida, ularni ichidan qozuful muhsanatil, mo'minatil g'ofilat, g'ofila bo'lgan, hech narsadan xabari yo'q, hokazo mo'mina ayollarni faxshda ayblashlik, bo'xton qilishlik.

Inson tuhmatga yoki bo'xtonnga qolgan paytda ayiqni ko'tarmay qo'yadi. Yetti qavat osmondan og'irrog'i nima bor desa, pokijniy insonga tuhmat qilishlik. Mana shu ham bor edi o'shalar deydi. Men ko'rganman, mana shu ham bor dedi. Kimga aytasizlar deydi. Yana tuhmat qilayotgan odam, haqiqatdan shunday bo'lgan deb baqirib qarab turadi ko'zingga. Nima deysan? Ha Alloh bor hali deb qo'yasan. Xotirjam bo'linsinki, tuhmat qilinayotgan odam. Bo'xtonnga tuhmatga qolgan odam, agar iymoni bo'lsa, xotirjam bo'sin. Robbilar a'lamiyni huzuriga borganda Alloh Taolo albatta haqqlarini undirib beradi. Bandani haqiqiy muxlisga aylantirib qo'yadigan amali qaysi?

Muflis qilgan qaysi? Birinchisi, zulm qilganligi, ikkinchisi, odamlarni molini nohaqdan yeganligi. Qaytarib aytamiz, insonni muxlis qiladigan ikki qiyshi. Birinchisi, zulmlik qilish. Ikkinchisi, ularni mollarini botil yo'li bilan, nohaq yo'li bilan yeyishlik.

Endi insonni mana shu ikkita gunohga nima boshlaydi? Birodarlarning molini, mulki minishlikka nima boshlayd? Hech qachon to'ymaydigan narsa, hech qachon qanoatlanmaydigan narsa va dunyoga bo'lgan hirsa. Birodarlar, o'zi hamma muammoyimiz hasad bo'ladimi, gina bo'ladimi, yoki qanchadir bir narsaga intilish bo'ladimi, surishtirib ketsangiz chi, rizq haqidagi tushunchasini kallasi va qalbida to'g'ri hal qila olmaganligiga taqaladi. Siz hasad qilmang bir oyga. Chunki siz hasad qilganingiz bilan u kamayib qolmaydi. Siz kuyukmang falonchi manaqa bo'lib ketdi deb. Demak Alloh Taolo bugun shu rizqiga shu narsani yozgan. Siz rozi bo'lsangiz ham, bo'lmasangiz ham hal qilingan bu narsa. Qalamlar ko'tarilgan, sahifalar qurigan.

Menikini yeb ketaveradimi shunday narsa? Yo'q yeb ketmaydi. Ishonvoring, dunyoda agar Alloh olib bermasa, Alloh Hakimzod, demak oxiratni olib beradi. Xotirjam bo'laylik. Iymon nima? Iymon. Siz uchun yozilgan narsa adashib boshqa birorga ketib qolmaydi. Biroq uchun yoziladigan narsa adashib sizga kelib qolmaydi, shuni tushunmagunimizcha iymonni lazzatini totolmaymiz birodarlar.

Diqqat qilamiz, qaytaraman. Siz uchun yozilgandan narsa adashib, boshqa biroga ketib qolmaydida. Va birov uchun yozilgan narsa adashib sizga kelib qolmaydi. Shuni tushunib olmagunimizcha imonni nimaligini tushunmaymiz. Xotirjam bo'laylik. Alloh taolo aytadi. Innalladina yakununa muvallal yetaman zulman innama yakununa fii butunihim na'no va sayaslovna sag'iyroq. Yetimlarning mollarini zulm yo'li bilan yeydigan kimsalar hech shak shubhasiz qorinlariga olov yegan bo'lurlar va albatta do'zaxga kelajaklar. Yetimlarni molini zulmat yeganlar. Bu o'ylamaylik, yetimni qo'lidagi nonini olib olishinglar tushunmaylik, yoki cho'ntagidagi pulni olib olishlar tushunmayli. Avvalgi ma'ruzalarida aytganmiz, boquvchisidan ajralib qolgan beva ayol, sag'ir bolalari bilan qolib, ehson qilgan bo'lsa, shunday ehsoniga kirib yeyekkanlar o'ylabroq yersin xonadagini yeyekkanligidan.

Yana qaytaraman, ko'p aytganman buni hoji akalar. Ehson debdi, aytdimi, so'raylik kimligini, yeyavermaylik xonamizga har xil narsani. Endi aytib qo'yibdilar, nima qilaylik endi, bormasak xafa bo'lamiz. Bo'pti, boramiz, boramiz, yig'ila bir besh yuz, besh yuzdan. O'n tasi besh ming bersin, yeb chiqib ketsin, ming so'm bersin, to'rt ming qo'yib chiqib ketsa, mana shunday kirsin. Shuning uchun yetimni molini yeyotganlar deganda birodarlar faqat u endi agarda haligi pul bo'linayotganda, pensiya bo'ladimi, posloviya bo'ladimi, shuni yeyotgan odamlar bo'lsa ham diqqat qilsin. Agar shunaqa joyda ishlaydigan odam bo'lsa, olamizda.

Teshib chiqadi. Juda xunuk teshib chiqadi. Bir yil bo'lmasa, keyingi yil, keyingi yili bo'lmasa o'n kuncha teshib chiqadi, o'zi teshib chiqqani yaxshi. Nimaga? Oxiratga qolmasin. Odamlarni, odamlarni haqlarini, mollarini zulmat yeyishlik deyilganda, yana bir odam borki, qarz oladi.

Olayotib turib, berish niyati bo'lmaydi. Olayotganda bermayman deb oladi. Payg'ambarimiz sallalloh aytadilar, imom buxoriyda keltirgan hadis, imom buxoriydan. Holi rasululloh sollallohu alayhi vasallam man ahoda an mualla nasi yuridu ada ahad dallohi anhu. Kim? Odamlarning molini olsa, olib uni ado qilishlik niyati bo'lsa, alloh albatta ado qiladi. Berish niyatida olayotgan bo'lsa, bugunmi, ertagami, yangi yilmi, beradi. Alloh nima deyapti? Men ado qilaman deyapti. Va men ahaday yuriyiddin tilafaha at lafahulloh. Endi kim? Molni olib, uni yo'q qilishlikda xohlasa, endi bermaslikda xohlasak, Alloh uni yo'q qildi.

Yoki yolg'on qasam, yolg'on qasan bilan odamlardan pul oladi. Odamni ishontirib, molini olishligi uchun yolg'on qhasam ichadi. Ollohga hasan kelyapti mana beraman dedi. Ollohga hasan bo'luvdi shunaqa deydi, hali bo'lmaganini. Ollohni nomini o'rtaga qo'yib turib oladi da, bermaydi. Mana shu ham odamlarni nomini zulmatli bo'ladi, qiyomat kunida insonni muxlisga aylantiradigan amallarda.

Payg'ambarimiz aytdilar, kim bir musulmon haqqini qasam bilan olsa, ya'ni qasam ichib oldi, lekin yolg'on edi bu qasami yoki berishlik niyati yo'q edi. Allohni nomini o'rtaga qo'yishuvdi, berishdi. Olib turib bermaydigan bo'lsa, jahannam unga vojib bo'ldi, jannatxaram bo'ldi deganida, bir kishi yorasulloh, arzimagan narsa bo'lsa ham bo'laveradimi degandi. Tuya yeydigan, tushib, tuya yeydigan yantoqni cho'pichalik narsa bo'lmasa ham dedi.

Juda beparvo bo'lamadi, haligi otvyorka bo'ladi, ro'zg'orchiliklar. Ombor oladi, yo mozor do'konda savdo qilayotganda bir paket bo'ladi yoki ip bo'ladi, birodarlar. Yantoni tikani qanchalik bo'ladi? Shunchalik narsa bo'lsa ham, norozi qilib zulmani oldingmi, ko'rmay qoldimmi, bilmay qoldimi, qiyomatda javob berasan deyapti. Demak, qiyomatda Alloh aziz va jallos bizni hisob kitob qilishlikka sabab bo'lyaptimi shu kichkina tikam? Demak bu kichkina narsami?

Chunki qiyomatda Allohni oldida turganda har bittamiz o'zimiz javob beramiz, boshqalardan ishimiz olmaydi, ishonaveringlar. Boshqalarni yeb ketayotganini o'ylab siqilganingiz bilan, o'zingizni ezganingiz qoladi, hech narsa o'zgarmaydi. O'zingiz hech narsa yemayapsizmi birodar akamiz? Mana shu narsalarni olib boravering. Quyidagi hadis Imom Buxoriy sahifalarida keltirilgan Abu Hurra roziyallohu anhudan. Hol Alloh azza va jalla, talasatun ana xos muhim yavmal qiyama deyapti. Men deyapti Alloh Taolo, uch kishini husumati bo'laman. Qiyomatda uch kishi bilan husumatlashaman. Rojunun a tobi, summa xodir, va rojunun ba xurron, fa akala samanah u, va rojunun ista ajara ajiram, va stavfa, fastavfa minhu va miyuti ajrahu. Imom Buxoriyda.

Uchta odam bilan men xusumatlashaman deydi Alloh Taolo. Birinchisi, men uchun bir narsa beriladi unga. Oladi da, xiyonat qiladi. Ya'ni omonat deydi, turib turaylik desa, Alloh shuni urishatib turish omonat deydi. Xiyonat qilar. Xo'p kishini qo'l deb sotib yuborib, shuni pulini yegan kishi bilan xusumatlashman deydi Alloh. Ya'ni yolg'on savdoda qo'yaylik, endi bizni domlamizda qul yo'q bo'lsa, yolg'on gapirib, notozasida berishlik.

Uchinchisi, bu keng tarqagan narsa. Bir xizmatchini ishga solib, undan foydalanadi, lekin haqqini bermaydi. Ustalar, ustalar, ishni qilib qo'yganinglardan keyin, haqqinglarni bermasdan, har xil bahona bilan haydavorayotgan bo'lsa, o'sha odamga rahmat deyish kerak. Chunki o'shimcha pulni siz oxiratga o'zi o'tkaza olmas edingiz. Chunki o'n ming so'mdir yoki yigirma ming so'mlik qilgan xizmatingizdir. Siz o'tkaza olmas dedingiz uni. U sizni joningizni qiynaydi deb nima qilyapti? Ya'ni yana kuni o'taveradi hali ustani.

Ustalar yaxshi tushunishadi bu narsani. Shuning uchun xotirjam bo'laylik. Agar ustani bir xizmatchini, hunarmandni ishlab turib, haqqini bermasdan chiqarib yuborayotgan odam bo'lsa, sizni yoningizni kim olyapti? Men o'zim xususiy matchisi bo'laman. Xotirjam bole undirib beradi Alloh Taolo. Qiyomat kunida og'irligi sababli, og'ir gunoh bo'lganligi sababli hal qilinadi degan ishlarning birinchisi bu qonlar.

Holi nabi insallallohu alayhi vasallam, mutafakkurni alayhi bo'lgan hadis, ibn mas'uddan. Avval man yuqudu bayman nas i yalmal qiyamati fid dima. Nabiy sulton aytganlar, qiyomat kunida insonlar o'rtasida hukm qilinadigan ishlarning avvalgisi bu qonlardir. To'kilgan qonlar har bitta tomchisiga javob beriladi.

Ya'ni. Islom shariat islom yaratilinadi. Bir musulmon, boshqa bir musulmonni qoni to'ymabdimi? Demak bu yaxshi yashayapti. Ya'ni bu xayriyatda, buni qilayotgan hamma ishlar joyida bo'ladi. Nima qilmaganligi uchun? Qon to'ymaganligi uchung. Bir mo'minni nohaqdan zulman o'ldirilishligi, birodarlar, zulmani o'ldirilishi, zulmani o'lgan. Alloh taoloning nazdida dunyoni vayron bo'lib ketishligidan ko'ra og'irroq ish.

Bitta musulmonni qonidan oqibatdan to'kildi? Yoki dunyo vayron bo'lib ketdi. Qaysidir Alloh taologa yengilroq bo'lsa, dunyoda vayron bo'lib ketgan yengilroq. Shuning uchun qon to'kkanlar hech o'ylamasinki, agar tavba qilmasa, istig'for aytmasa, Allohga qaytmasdan, xoli voy bo'ldi. Allohdan taqvo qilishlik kerak, rozilikni intilishlik kerak. Kim Allohdan taqva qilsa, Alloh o'zi saqlaydi. Kim Allohni o'ziga suyansa, Alloh taolo o'zi kifoya qiladi. Qiyomat kunida Alloh taoloning adolat tarozisidan kim omonda bo'ladi? Ya'ni bu taroziga qo'yilayotganda insonlar xatarda bo'ladi. Xavotirda turadi, nima bo'larkan deb. Kim omonda bo'ladigan? Ehtimol bir odamlar o'zlari ko'p savob ish qilgandir. Ro'za tutgan, zakot bergan, haj qilgandir ehtimol. Lekin hayotda odamlarni haqlaridan qo'rqmaganligi uchun, shu qilgan ishlari sababli, boyagi qilgan savobli amallari xabarda bo'lib ketadi. Va haqdorlarni haqqini ado qilishlikka beradigan savobi tugagandan keyin, ularda gunohlarni bitta bitta ko'taradi, jahannamga tushadi. Alloh karimzor. O'zini haqqini alloh taolo kechadi, alloh taolo avf qiladi. G'ofurur rohing. Qur'onda alloh taoloni ismi sifatlari zikr qilinarkan, eng ko'p zikr qilina olgani g'ofurur rahim.

Gunohlarni kechirguvchi, mehribon zor. Alloh kechiradi, lekin bandalari kechirmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, imom buxoriydan muhabbih, abu hurra roziyallohu anhudam. Man ka'nat anglaku mazlamatu li yaxiyhi meni arizihi. A ushay in falyata hallalhu minhu l yavma. Qoblan la yakuna dinar vala dirham.

Kimning ustida mo'min birodarining mazlamasi, ya'ni haqqi bo'lsa, dinor va dirham bo'lmaydigan kundan avval bugun hal qilib olsin. Pulini olganmi, so'kkanmi, haqorat qilganmi, g'iybat qilganmi, chunki agar uning qarzdorning solih amali bor bo'ladigan bo'lsa, haqdorning miqdoricha savobidan olinadi. Buxoriydan bu hadis. Qarzdorning hasanatlari yo'q bo'lsa, xaqdorlarning gunohlaridan yuklatilinadi. Ertaga qiyomat qoyim bo'lganda, dinodir ham bo'lmaydi. Alloh taolo payg'ambarimiz alayhissalomga shunday xitob qiladi. Innaka man yetun va innahun man yetun. Summa innakun yavmal qiyamati ayni robbikun. Taxtasimun. Ey Muhammad alayhissalom, hech shubhasiz siz ham o'lguchidirsiz. Ular ham o'lgushidirlar. So'ngra albatta sizlar qiyomat kunida parvardigorlaringiz huzurida bir birlaringiz bilan talashib tortishursizlar. Payg'ambarimiz to'g'risi alayhissalomni vafotini eslaylik. Dunyodan ketar soatlarida kimni menda haqqi bo'lsa ololsin deganda kim chiqdi?

U ikki yosh otamni muxlisini chiqdi. Yo Rasululloh, siz meni qamchi bilan urgan edingiz dedi. Agar bu narsa yengil narsa bo'lganda Payg'ambarimiz dunyodan ketar, oxirgi lahzalarida odamlarni haqqini so'ramas edi. Avvaliy oxirgi gunohlarni kechirgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, rahmatallil alamin bo'lgan Payg'ambarimiz sollallohu alam, jannatni eshigini birinchi bor taqillatadigan Payg'ambar ofisimiz alayhissalom, dunyodan chiqib ketayotib, saxobalar rozi bo'ladimi hammasi? Birodilarni menda haqqi bo'lsa, ovoz sindir.

Rasululloh vafot qiladigan holatda turibdi. Yana shundayki, ko'tarib urganida, beqasddan tegib ketganida. Olib kelinglar, dedi Rasululloh. Olib kelishdi qamchini. Ko'ragini tutib berdi Payg'ambarimiz so'risallab. Qaysi yuragi bilan uradi? Yo Rasululloh, meni ko'ragim ochiq edi deb urganingizda, dedi.

Ko'ragini ham ochib berdi. Qamchini tashlab, Payg'ambarlik holidan o'pib, Payg'ambarim o'z bag'riga bosdi. Rosulullohki bitta qamchi urib qo'yganiga, dunyoda qolib ketmasin deb turib, hisob kitob tiqib ketayotgan bo'lsa, bu ummat nima qilish kerak? Biz kunda til degan qamchi bilan chakana odamlarga ozor beryapmizmi? Jag'imizdan chiqmasdan chakana odamlardan haqqini yeyapmizmi? G'iybat qilyapmizmi, tuhmat qilyapmizami, shikoyat qilyapmishmi? Rosa rosti bilan bizga ibrat.

Shu oy mavzu bo'lganda, mana quyida oy o'qiymiz. Zuberimni avom, yo rasululloh, dunyoda oralarimizda bo'lib o'tgan habisni ishini qaytariladimi? Payg'ambarimiz ha deb javob berdilar. Shunda zuberim ham aytdilarki, allohga qasam, ish albatta og'ir ekan dedi. Nima uchun og'ir? Chunki bugunda bitta bosilgan qadam ham kechirilmaydi. Bitta aytilgan so'z ham kechirilmaydi. Har bittasiga komil sur'atda mukofot yoki jazo olinadi. Abdulloh ibn naysh roziyallohim aytadi. Men rasulullohni shunday deganda eshitdim. Rasul aytdilar, bandalar yoki odamlar qiyomat kunida xatna qilinmagan va buxman bo'lgan holda alloh taoloning huzurida turadilar. Xatma qilinmagan, buxman hollarida. Yo Rasululloh, buxman degani nima degani deganida, oldinlarda hech narsasi bo'lmaydi. Qip yalang'och, xatma qilinmagani, hech narsasi yo'q holda turadilar. So'ngra, yaqindagilar eshitgandek, uzoqdagilar ham eshitadigan ovozda nido qiluvchi nido qiladi. Yaqindagilar qanday eshitayotgan bo'lsa, uzoqdagilarni shunday eshitadi bu nidoni. Nido qiluvchi aytadi, men podshohman. Men dayyanman.

Hali ustida mazlamasi bo'la turib, men uni hisob kitob qilmagunimcha, ahli jannatlarni jannatga kirishlari, do'zax ahllarini do'zaxga kirishlari lozim bo'lmaydi. Agar u mazlamasi bir shataloq bo'lsa ham. Qaytaramiz. Men malikman, men dayyanman deyapti Alloh Taolo. Hali odamlarni haqlarini bir biridan olib berib, rozi qilmagunimcha, jannatinglar jannatga kirmaydi, do'zaqinglar do'zaxga kirmaydi. Agar u maslamasi, bitta tavsiya kelib bo'lsa ham.

Shunda sohibalar yo rasululloh, ha u kunda qatna qilinmagan, yonida hech narsasi yo'q holda turadi deyapsiz u. Qanaqa qilib hisob kitob qiladi deganida, savob va gunohlari bilan hisob kitob qilanadi. U kunda yo savobingiz bo'ladi, yo gunohingiz bo'ladi. So'ngra payg'ambarimiz quyidagi oyatni o'qidilar. Al yavma tujja kun nu nafsin bima kasabat la zulm al yavm inna lohasari yul hisob. Bu kunda har bir jon o'zi qilgan ish amali bilan jazolanur. Bu kunda hech kimga zulm qilinmas. Albatta alloh tez hisob kitob qo'lga tushur.

Allohdan taqvo qilsa bo'lsa, bandalar haqlaridan qo'rqishlik zarur, zulmdan qo'rqishingiz zarur. Chunki qiyomat kunida zulm insonni ustidagi zulmatlarga sabab bo'ladi. Alloh taolo har bir zolimdan ishonib yuboraylik, har bitta zolimdan mazlumni haqqini komil suratda olib beradi. Xotirjam bo'laylik. Musulmon odamni qalbiga nima taskin beradi zulm ko'rgandan? Ha, Alloh bor edi deb qo'yadi. Xotirjam suratda Alloh bor, Alloh olib beradi degan xotirjamlik bag'ishlasin bu so'z bizga.

Chunki, Murod aka, siz sudhan Robbeli A'lo lekin Allohni musulmon bandasi bo'lib turibsiz, peshonangizni sajdaga qo'yib. Qanday qilib bizni haqqingizni olib bermasin? Axir hayvonda, hayvonda haqqini qoldirmaydi Alloh Taolo. E aql yo'q hayvonda. Unga shariat taklif qo'ymaydi hech qanaqa. Lekin Payg'ambar r.a. Nima aytadilar? La tuaddu nal huquq ila ahliha. Yalmal qiyama. Xatta yuqor dil ishlatil jalha, minash shatil qodna. Qiyomat kunida haqlarning egalariga albatta ado qilasizlar. Hatto shoxsiz qo'yga, shoxli qo'ydagi haqqini beradi.

Ha endi shoxi bor qo'y bilan shoxi o'tishsa, albatta shoxi bor qo'sh eslab qoladi narigi shoxi yo'q deb. Hayvon u bu. Hayvonni, hayvonda haqqi qolmay ekanda, siz xotirjam bo'ling. Siz Allohni la ilaha illalloh muhammadur rasululloh degan yaxshi ko'rgan bandasiz. Siz Alloh aziz qilgan peshonasini majdiy kelib tajriba qo'yayotgan odamsiz. Siz Alloh yaxshi ko'rsatgan, o'zingizni qorinlardan chiyaykan, qo'lingizdan kelgancha haqqoniy intellektni bandasiz. Qanday olib bermaydi Alloh Taolo?

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan muttafaxm alik bo'lgan hadis. Adiy ibn Xotamud Toyy roziyallohu anhudan. Rasululloh aytadilar, ma minkum min ahadin illa sayyukallimuhu robbuhu. Laysa baynahuh va baynahuh turjumani. Rasululloh aytadilar. Mana shu mavqifni jiddiy his qilishga harakat qilaylik. Endi mulohaza qilaylik. Mana eshitamiz hozir, shu o'ringa o'zimizni qo'yib ko'raylik.

Sizlarning har biringizga robbisi so'zlaydi. Robbisi bilan uni o'rtasida birorta tarjimon bo'lmaydi. O'ng tomonga qaraydi, o'zi bilan olib kelgan narsasi amalidan boshqa narsani ko'rmaydi. Chop tomonga qarangda, o'zi bilon olib kelgan amalidan bosh qa narsani ko'maydi. Oldiga qaraydi, oldida, ro'parasida jahannamdan boshqa narsa ko'rmaydi, o'zinglarda deyapti rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Yarim dona xurmo bilan bo'lsa ham jahannamdan saqlab olinglar.

O'zimizni qo'yib ko'raylikmi shu o'ringa? Robbimiz ro'parasida turibmiz, ro'paramizda jahannam turibdi, o'ng tomonimizda ham, chap tomonimizda ham hech narsa yo'q. Holimiz nega kechadi? Payg'ambarimiz sulton aytsalar, kim bir marta subhanalloh desa, alhamdulillah desa, va la ilaha illalloh allohu akbar desa, jannatda bitta ko'chatga o'chiriladi. Payg'ambarimiz so'zlarim aytdilar, kim subhanallohi va behandix desa, yuz marta bir kunda. Bir kunda yuz marta suhbat, ha anallohi va behondi desa, alloh taolo bu bandani gunohlarini o'chiradi. Agar uning gunohlari dengizning ko'pigichalik ko'p bo'lsa ham.

Ayta olmaymizmi shuni? Qodir bo'lmaymizmi? Endi shuncha narsani aytdik ku, shuncha savobni qilsak ku, lekin birodarlar, odamlarda haqqidan qo'rqmayotgan bo'lsak, bu amallarimiz siz bilan bizga foyda bermay qolishi mumkin. Bugungi darsimizni imom zahadiyning kabboyir kitobidan bir hikoyadan tugatamiz.

Bir zamonlarda bir kishi bo'lgan, nahotda bir quvvatli, zolim bo'lgan kishilarning yonida yordamchi bo'lib yurar edi. Zolimlarga yordamchi bo'tirdi. Dengizni bo'ynidan o'tib ketyapti, bir baliqchi katta balini tutib chiqarib kelyapti dengizdan. Haligi zdo'g'lim, zulm qilib o'rgangan, zdo'g'lomlarni oldida yuradi, menga berasan mana baliqni deydi.

Haligi baliqchi bermayman dedim. Nimaga senga berar ekanman? Bu meni bola chaqamni rizqi. Olib borib sotaman, bola chaqamga sarflayman buni dedim. Shunda boyagi quvvatli kishi bir urdi da, baliqni qo'lidan tortib olib ketdi. Zulm keldi baliqchi. Duo qildi. Parvardigor, meni zaifligimdan foydalanib, menga zulm qilib, bolachaqamir ismini tortib ketdi. Parvardigor, o'zing ko'rding, quvvatingni, qudratingni, azamatigni bir ko'rsatib qo'y bunga dedi.

Baliqni ko'tarib ketayotgan edi, haligi baliq, chincha alag'ini chislab oldi. Bordi, bir kun o'tdi, ikki kun o'tdi, chincha alag'dagi og'riq qattiq bo'lib ketdi. Tabibga bordi, ketdi keraklari. Ketmasang kaftingga o'tib ketadi dedi. Chincharog'ini kesishdi. Bir qancha vaqt og'riq to'xtagan bo'ldi da, keyin u og'riq kaftiga ham o'tdi. Yana chidamasdan yurdi. Tabibga boruvdi, tabib kaftingni kesishlik kerak, chig'alog'ing yetmasdan turibdi dedi.

Kaftini ham kesishdi. Ozgina og'riq qolgan bo'ldi. Ozgina vaqt o'tgandan keyin, chig'alog'dagi ham og'riq o'tdi. Chig'alog'ini ham kesishdi. Yana ozgina vaqt o'tdi. Yelkasidan kesishlikka majbur bo'lishdi. Aytishdiki, yelkandan kesib olmasang qo'lingni, badaniga o'tib ketadi o'lasan deyishdi. Yelkasini kesishdi.

Yelkasidan kesgandan keyin tabib so'radi. Sen nimaga bunaqa bo'lyapsan? Axir odatda bir kesganda to'xta orada. Biror bir ayb ishing borimi, gunohing deganda, baliqchi bilan qilgan muomalasini eslatdi. Shunda tabib aytdiki, ey bechora dedi, sen o'sha mazlumni qaytib borib rozi qilib qo'yganingda, bunaqa qilib qayta qayta qo'lingni kesishlikka to'g'ri kelmas edi. Endi tezroq bor, badaningga o'tib ketmasdan turib, kechirim so'rab, tavba qilib rozi qilib olgin hali baliqchini dedi. Istoq istoq borib topdi. Topib oyog'iga yiqildi. Meni holimni ko'rib, rahming ketsin. Men senga zulm qilganman, meni kechirdim. Kimsan sen deb so'ragan edi? Falon vaqtda sendan baloni qo'lingdan tortib, urib olib ketganman degan. Meni haqimga duo qilganmiding shunda deganida, ha duo qilgan edim. Parvardigor, meni zayodligimdan foydalanib, meni haqqimni olib ketdi. Bolacha ham rizqini olib ketdi. E o'zingni qudratingni, azamatingni, buyukligini bir belgisini ko'rsating degandim degan.

Boyagi zolim, robbim senga ko'rsatdi, duoyini ijobat qildi. Qudratini ko'rsatdi endi meni kechirgin dedi. Haligi kishi kechirdi. Zolim aytdi, Alloh Taologa istiqbol aytaman, tavba qilaman va qaytib, zolimlarni yordamchi bo'lmayman, ularni eshing tagida turmayman dedi. Tavba qilib, zulm qilgan odamini roziligini olib oldi. Endi qancha qancha odamlar bor, zulmni ochiq qilib yurib, jinam tegmayapti ularga.

Bilingki, Alloh Taolo beparvo qo'ymayapti. Alloh Taolo tashlab qo'ymaydi, Alloh Taolo muxlat beradi. Alloh Taolo muflat beradi, tashlab qo'maydi. Va la taqsadanna loha g'ofilan amma ya amaludu zolimun. Allohni Alloh Taolo aytyapti, Allohni zolimlarni qilayotgan ishlaridan g'ofil deb sanamanglar deydi. Innama yu aqh ilhom li yaumin, tashqas u fih il abgor. Ha ko'zlari shunday ochilib qattiq qoladigan kunga kechiktirib qo'yyapti. Alloh sud rahmatulloh Taolo odamlarga zulm qilishlikdan, bandalarni xatolashlikdan o'zi panoh bergan bo'lsin. Aqbulu qobil ha rasululloh ilayhi va salamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)