# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 424 of 510
- Section: —
- Duration: 27 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/424
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/LFR6NgY2RUw.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=LFR6NgY2RUw
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/423.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/425.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:05] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassolatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va'din amin. Allohumma la ilmalana illa ma'lam tana innaka antala alimul hakim. Allohumma al imna ma'yon fauna va ma'naviy ma'lam tana vazidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natibaba va arenal ba'tiyla ba'tiylan va rizqu najdinaaba. Vaja'allam min ma'yasidamiyo un al qovla fayad tabiuna husana. Vodixilna bi rahmatika fiya ibadika solihiyin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakali. Alloh subhanah va taolo ushbu saidul ayyom hajjul masaakin kuni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Mana birodarlar, muborak ramazon oyida o'tiribmiz. Muborak juma kunida o'tiribbiz. Baraka ustiga baraka.

[0:55] Inshaalloh Allohni fazli marhamati bilan birodarlar bugundan boshlab aqida darslaridan bir silsilani boshlamoqchimiz. Siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin O'shining Badul Amaliy asarini inshaalloh sharhlaymiz. Oltmish tadan ko'proq bo'lgan bayt Moturidiy aqidasiga ko'ra bitilgan aqida asari Alloh Taolo foydali qilgan bo'lsin. Endi bu ayni shu asarni tanlashligimizni sababi, hozir ko'rib turibsizlar mana aqida masalasida ko'p talash tortishlar, har xil fikrlar, har xil savollar, musulmonlarni o'rtasiga kirayotgan har xil bir ixtiloflar, bularni bari mana shu aqida ilmida siz bilan bizni sayozligimiz, aqida ilminda yetarli bilimga ega bo'lmasligimiz sabab bo'lyapti. Siz bilan biz o'zimizning aqidamizni yaxshi o'qib o'rganar ekanmiz, siz bilan bizga u tashqaridan kelayotgan fikrlar xatarli bo'lmaydi. Agar bilmaydigan bo'lsak, o'zimizda bo'lmagandan keyin boshqa birovnikini olishlikka to'g'ri keladi. Lekin alhamdulillah, o'zimizniki bor birodarlar. Bu sakkiz yuz yildan ortiq muddat musulmonlarni qo'lida yaxshi ko'rib o'qilinayotgan va yodlanayotgan va juda ko'p sharhlar unga yozilgan kitob Badul Amaliyda inshaalloh o'qigan bo'lamiz.

[2:16] Va xususan siz bilan bizga, ya'ni yoqadigan va biz faxrlanishlikka arziydigan joyi shuki, bu kitobni, bu kitobni Sirojiddin O'shi, siz bilan bizning hamshahrimiz yozgan. Bismillahir rohmanir rohing. Dunyoda baxtli hayot kechirish, oxiratda esa jannatga yetish, Alloh Subhanahu va Taoloning jamolini, diydorini ko'rishdik, har bitta musulmonning asosiy maqsadi hisoblanadi. Endi bu maqsadga yetishlik uchun biz ana shu robbimiz Subhanahu va Taolo'g'ni tanishimiz kerak. U Zotni buyruqlarini o'rganib amal qilishligimiz kerak. Alloh azza va jalla Qur'onda marhamat qiladi: Astayidbilillah, voman xolaqutul jinna val innsa illali abudun. Men jinlarni ham, insonlarni ham faqat menga ibodat qilishlari uchun yaratdim deydi.

[3:07] Abdulloh ibn Abbos mana shu oyatni tafsirida aytadi, ya'ni ibodat uchun yaratdi degani faqat meni tanishlari uchungina yaratdi ma'nosini anglatadi. Bu Abdulloh ibn Abbosni bergan tafsiri. Ibodatda birodarlar to'g'ri bo'lishligi uchun dinimizni o'rganishligimiz kerak bo'ladi. Alloh Taolo'ga ibodat qilishning asl mohiyati ham, u Zotni tanishni asosi ham aqoid ilmida bayon qilinishganligi bois, mana shu aqoid ilmi, aqida ilmi ilmlarning eng sharaflisi va eng asosiysi hisoblanadi. Aqida ilmi dinning asli bo'ladi. Qisqacha qilib aytganda aqida, musulmon odam nimalarga ishonishligi kerak? Nimaga e'tiqod qilishlik kerak? Shuni ta'limini beradigan ilm bo'ladi. Mana endi aqoid ilmining, endi aqoid deganda aqidani tushunaverasizlar. Aqoid ilmning lug'aviy va istiloiy ma'nolari.

[4:07] Aqoid so'zi lug'atda ishonib bog'langan narsalar ma'nosini anglatadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi. Aql raso, balog'at yetgan har bitta banda qalbini unga mustahkam bog'lashi lozim bo'lgan shariy, e'tiqodiy hukmlar ko'zda tutilgan. Ya'ni aqli joyida, balog'atga yetgan musulmon qalbini nimalarga bog'lashligi kerak? Qalbi bilan nimalarga ishonishligi kerak? Nimaga e'tiqod qilishlik kerak? Shu narsani o'rgatadigan ilm aqoyd ilmi deyiladi. Aqiyd ilmi deyilar. Demak, shariy hukmlar, ular ikkiga bo'linadi. Bu e'tiqodli hukmlar amaliy hukmlar. E'tiqodiy hukmlar deganda nimani tushunamiz? Faqat ishonishimizga taalluqli bo'lgan shariy hukmlar. Ollohni borligiga ishonishimiz kerak, ishonamiz. Jannat, do'zax, qiyomat, tarozi, hisob kitob. Biz bunga ishonishligimiz shart. Bu shariy hukml. Shuni qabul qilsak, demak, e'tiqodli hukmda to'g'ri bo'ldik. Endi amaliy hukm nima desa, shu ishongan narsalaringizdan kelib chiqqan holatda, shariat sizga qilishingiz kerak bo'lgan, sizga buyurilgan amallar. Namoz, ro'za, zakot, haj.

[5:23] Demak, e'tiqodiy hukmlar hamda amaliy hukmlar. Istiloqda esa aqoyd ilmiga shunday ta'rif berilgan. Derosatul ahkamul etiqodiya fishshariatil islamiya. Nima u? Islom shariatidagi e'tiqodiy hukmlarni o'rganish aqoyib deyiladi.

[5:45] Birodarlar, bu aqiyli ilmi Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam davrida bo'lmagan. Demak bid'at. Demak bid'a. Masxab ham bo'lmagan Payg'ambarlarimiz davrida. Demak bid'ad. To'ppa to'g'ri. Bid'at degani keyin paydo bo'lgan yangilik. Payg'ambarimiz davrida bo'lmagan kenasi bid'at, to'g'ri. Faqat bid'atni yaxshisi bor, yomoni bor. Shariat ramkasidan chiqmagan yangilikka musulmonlarga foydasi bor. Bu yaxshi bid'at deyiladi. Mazhab ana shu yaxshi bid'atlardan. Mazhab kitobi sunnatga asoslangan, kitobi sunnat bergan ramkadan chiqmagan, balki mana shu kitobi sunnatni tushunishimiz, o'rganishimiz uchun tuzilgan maktab.

[6:32] Shuning uchun masxab kerak emas degan ukalarimiz uje masxab kerakmas demak qo'ydinglar. U zo'r. Ellik foiz tuzaldinglar uje. Endi aqidaga osilyapsizlar. Mana endi aqidani nimaligini ham o'rganaylik. Birodarlar, bilasizlarmi, bu aqidaviy muammo qachon kelib chiqdi? Usmonovdan fonna qatlidan boshlandi. Ali ibn abit olibni qatlida davom etdi, shu shu davom etib keladi.

[7:04] In il hukumi illa lilla. Ali ibn abit olipning yonida yurgan qorilar, jang maydonidagi kuchli jangchilar, yoshlar, ilmsiz yoshlar, shijoati qattiq, tunlarni namoz o'qiydi, kunduzlari qur'onda, jang maydonida eng peshqadam jangchilar, muoviyat umna bu sofiyon roziyallohu anhbilan o'rtasida, ali ibn abit olim o'rtasida bo'lgan mana shu fitnada xalifalik muoviy roziyalloh anhbilan o'tib ketdi. Shunda Ali ibn Abit Talibni yonida turganlar, sen xalifalikni ishini, xalifa saylash ishini ikkita odamga topshirding. Tahkin voqeasini bilamiz, birodarlar. Muoviya Umna Abu Sofiyon tomonidan Amrindul oz keldi vakil bo'lib. Ali ibn Abu Talob tomonidan kim keldi?

[7:52] Abu Muso, Ash'ariy. Shu yerda ikkalasi hal qilishdi, xullas, o'sha yerda bo'lgan ishlar, darslarimizda bor. Xalifalik Muoviya Roziyallahu Anhuga o'tib ketdi. Shunda Ali ibn Abu Talobni yonida yurgan yoshlar, sen xalifa saylash ishini odamlarga topshirding, xalifani saylash Allohni ishi edi deb turib, sen kofir bo'lding deyishdi. Qoralar, yoshlar, shijoatli, e'tibor berdilar, yoshlar va ilmsiz yoshlar. Ali ibn abituripni kofir deyishdi. In il hukmi illa alillah deyishdi.

[8:28] Ali ibn Abittolip aytadi: Kalimatuni haq urida bi halbatul. Haq kalima hukm Allohniki bo'lishi kerak degan. Lekin uni orqasidan botin narsani maqsad qilishyapti, dedi. Ali ibn Abit olotdan ajrab chiqib ketishdi. Havo orishlar mana shundan kelib chiqdi. Shu shu bu ummatni ustida bu havo orishlarini xatari turibdi. Qur'on oyatlarini o'qib, uni orqasidan o'zlarining siyosiy maqsadlarini, boshqa bir shaxsiy manfaatlarni maqsadlariini amalga oshiradigan bo'ldi. Shu shu birodarlar, bu ummatni usti shu muammo bor. Oyatlarni, hadislarni aytib, zohirga qarab ma'no chiqarib, musulmonlarni kofir deganlar shu havol ishlar. Oyatni tarjimasini eshityaptilar, falonchi kopir, falonchi fosiq, Alloh osmonda anday qildi, manday qildi. Birodarlar, bu Qur'on sunnatni siz bilan biz salafi solihinlarning birinchi uch asrda yashagan musulmonlarning fahmi bilan tushunishimiz kerak. Qur'onni, hadisni, kitobi, sunnatni Payg'ambarimiz maqtagan uch asrda yashagan odamlarning fahmi bilan fahmlashligimiz kerak. Men ham yangi kitob o'qib, arab tilini sal o'rganib, arab tiliga tishim o'tib qolgan paytda Qur'on oyatlarini o'qisam, tushunyapman da ma'nolarini. O'qiyapman. Ibrohim alayhissalom qissasini.

[9:44] Yulduzni ko'rib turib, bu meni robbim dedi. Yo'q bo'lib ketgandan keyin, unaqa yo'q bo'ib ketadiganga sig'mayman dedi. Keyin oyni ko'rdi, mazmuni. Oyni kattaroqligini ko'rib turib, mana shu meni robbim dedi, u ham yo'q bo'lib ketdi. Keyin quyoshni ko'rdi. Falon maroj shamsa ba'zi yig'on qoli ha'da robbiy, ha'da akbar. Quyoshni kattaroq ekanligini ko'rib burib, mana shu kattaroq ekin, mana shu men robbim dedi. U ham yo'qbo'lib ketgandan keyin, agar Alloh meni hidoyat qilmasa, men adashuvchilardan bo'lib qolaman ekan, dedi. O'qidim. Nima xulosa keldi sizlarga ham? Ha, demak Ibrohim alayhissalom mushri bo'lgan ekan avval. Na uzib illa. U yoq yulduzga sig'inibdi, quyoshga sig'inaman debdi. Ko'ryapsizmi xatarni?

[10:34] Shuning uchun oyatni, manaqa oyat bor, bular amal qilmaydi deyotganda, jon ukalar, xulosa qila olmanglar. Oyatni zohiri bilan hukm qilish. Uni ana shu birinchi uch asrda yashagan olimlar tushungandaqa tushunmasdan, o'zimizcha xulosa qilib olish, musulmonlarni orasida parokandalik, fitna va qonga olib boradi. Tushuninglar. Gugurt ko'tarib yurgan yosh bolaga o'xshaysizlar, agar oyatni zohiri bilan ketsanglar. Tasavvur qiling, ishga ketyapsiz, ikkita bolangiz qoldi deb. Lekin jumega ketyapsiz. Qarasangiz, gugurtni olib cho'ntagiga soldi. Sakkiz yashar, yetti yashar, ikkita o'g'lingiz. Chiqib ketaverasizmi? Ko'rdingiz gugurt cho'ntagiga solganini. Chiqib ketaverasizmi?

[11:15] Nima qilasiz? Ha, mana shu oyatni zohiri bilan hukm qilishlik gugurt ko'tarilgan yosh bolaga o'xshaydi. Payg'ambarimiz aytganlar: la tandur ala man qolar, fandur ala ma qolar. Kim gapirayotganiga qarama. Nima deyotganiga qara. Siz uchun falonchi domla aqidasi buzuq, yomon yo'ldan ketgan adashgan deb qo'ydi. Endi u to'g'ri gapni gapirsa ham olmaysiz da.

[11:43] Masalan, biz besh karra besh, yigirma besh desak ham boyagi ukalarimiz olmayapti. O'sha olmayotgan ukalarga aytamiz, jon ukalar, biz sizlarni yomon ko'rmaymiz. Biz sizlarni yaxshi ko'ramiz. Sizlarga achinamiz. Sizlar yugurt ko'tarib yurgan yosh bolaga o'xshaysizlar. Uyiga o't qo'yib yuborsa yosh bola. Qolib kuyib yo'q bo'lib ketadi, yo o't qo'yvorib qochib chiqib ketadi. Juda ham xatarli mavzu. Oyatni, hadisni zohirga qarab xulosa chiqarishlik.

[12:12] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytdilar. Albatta Banu Isroil yetmish bir firqaga bo'linib ketdi. Nasroniylar yetmish ikki firqaga bo'linsib ketdi. Meni ummatim yetmish uch firqaga bo'lanadi. Shulardan bittasi najotda, bittasi haqda. Qolgan hammasi zalolatda. Kim u firqatun nojiya, yo rasululloh deyishdi. Najot topuvchi o'sha bitta firqa kim deganida, rasululloh aytdilar, men va mening sahobalarimning yo'lini ushlaganlar dedilar. Ana shu najot topadigan firqa, toifa bu ahli sunna va jamoa deyiladi. Siz bilan biz ahli sunna va jamoaning vakillarimiz.

[12:59] Ahli sunna va al jamoa degani, sunnatni ushlagan musulmonlarning katta qismi degani. Musulmonlarning kattasi ki, sunnat yo'lini ushlagan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar xoyrul quruniy qorniy. Sun ma'lladina yalunaxun. Sun ma'lladini yalunaxun asrlarning eng yaxshisi mening asrim dedilar rasululloh. Mening va sahobalarimning asri. So'ngra ulardan keyingilarning asri. Ikkinchi yuz yillik. Summa ladina yalunaxun. So'ngra ularning keyingilarning asri. Uch asrni Rasululloh maqtadilar. Demakki, mana shu uch asrda yashagan olimlar haq ekanligi shu hadis dalil bo'ladi.

[13:47] Imomi Moturidiy desa chi, ukalar, ikki yuz yilmi, uch yuz yil bo'lib yashagan odam deb tushunarkan ichinglarda ayrim odamlar. E ming yilni u yog'ida yashagan u odam. Hech narsani bilmaydi. Bitta biladigan narsasi Moturidiylar Allohnı hamma yerda deyishadi. Moturidiy yomon. Moturidiy adashgan. Shu. Uni u yog'iga o'ta olmaydi. Va o'sha bilmaydigan narsasini kelib turib, Moturidiy haqidagi domladan so'rashlikka jurat ham qilmaydi, xohlamaydi ham. Chunki yomonlab qo'yilganda, Ahli Sunna va Jamoa, demak, musulmonlarning katta qismi ki, sunnatni mahkam ushlagan.

[14:27] Ahli sunna va al jamoada kim aytiladi? Aqida yo'nalishida Imomu Moturidiy, Imomu Ash'ariy yo'lini ushlaganlar. Fiqhiy yo'nalishda to'rala mazhabni ushlaganlar. Sizning Ahli Sunna va Jamoadan ekanligingizni dalili, aqidada mana bu ikkala maktabdan bittasida bo'lasiz, fidhiya yo'nalishda mana to'ra masxabdan bittasini ushlaysiz. Shu Ahli Sunna deyiladi.

[14:53] Birodarlar, Imomu Ash'ariy, Imomu Motirudiy. Ahli Sunnaning aqidasini himoya qilgan imomlar uchta bo'lgan. Imomi Tahoviy, Misrda faoliyat olib borgan bu kishi. Imomi Ash'ariy Iroqda faoliyat olib borgan, Imomi Moturidiy Samarqandda. Ahli sunna va jamoaning aqidasiga har xil firqalar, oqimlar, falsafalar hujum qilgan paytda, mana shu uchchala imom ahli sunnaning e'tiqodini himoya qilishlikka bel bog'ladi. Uchchala imon taxminan bir vaqt yashagan. Imomo taxalli sal burunroq yashagan. Imomi Ash'ariy va Imomi Moturidiye uch yuz o'ttiz uchinchi yilda o'tgan. Bular bir birini ko'rmagan. Bir biri bilan aloqa qilmagan. Bir birini borligini ham bilmagan. Lekin olib borgan ilmiy izlanishlarning natijasi to'qson besh to'qson yetti foiz bir xil chiqqan.

[15:45] Demak, mana shu ucharak imomning tutgan yo'li, aqidasi ahli sunnani aqidasi ekanligini dalili. Tushunyapsizmi? O'sha bu yerga besh uch foizi u lafzi ixtiloflar xolos. Endi mana shu uchalik imomni yashagan davriga bir e'tibor berishimiz kerak bo'ladi. Imomu Moturidiy va Imomu Ash'ariy uch yuz o'ttiz uchinchi hijriy yilda vafot etgan. Demak, bular uchinchi va to'rtinchi asrning vakillari. Payg'ambarimiz maqtagan uchinchi asrga yashayapti. Bizlar Imomimiz Imomu Moturidiyni yuz yil yashagan degan rivoyatlari bor. O'shanda oltmish yetti yil uchinchi asrda yashagan bo'lyapti, o'ttiz uch yil to'rtinchi asrda. Demak biz Imomu Moturidiy yo'lini ushlagan paytimizda aqidada, Payg'ambarimiz muhtagan uchinchi asrdagi odamga ergashayapmiz.

[16:39] Salafi solihinlar deyiladi birinchi uch asr. Demak, avvalgi haqiqiy Salafi solihhinlarga ergashayotganlar, bu Imomu Moturidiya aqidasini, Imomu Ash'ariy aqidasini ushlaganlar. Tushuninglar, oyat hadisni farqiga bormasligingiz mumkin, mayli. Lekin raqamni farqiga borasizlarmi? O'n to'rt gacha sanashni bilsanglar yetadi.

[17:02] O'n beshinchi asrdamizmi hozir biz? Bir ming to'rt yuz qirq ikki yil o'n beshinch asrga o'tdik. O'n to'rttagacha sanashni bilsanglar yetadi. Birinchi uch asrda Payg'ambarimizni maqtadilar, uchinchi, to'rtinchi asrda yashagan. Ikkala aqida imomlari. Endi yana nimadey? Sizlar Ibn Taymiyani e'tiqodini ushayapsizlar ku ukalar, yettinchi, oltinchi asrda yashagan. Yana salaflariga ergashamiz deyapsizlar. Ibn Taymiya, Alloh rahmat qilsin u kishini, salaf solig'inglarga kirmaydi.

[17:32] O'n to'rt gacha sanashni bilasizlarmi? Demak, siz bilan bizning aqidamiz, birodarlar, bir ming bir yuz yildan beri bizni yurtimizdagi musulmonlarni e'tiqodini tarbiyalab kelayotgan aqida maktabi. Bizni aqidamizga bir ming yuz yil bo'ldi. Aqida maktabimiz shakllanganiga. Kelishdikmi?

[17:56] Ummat shu kungacha shu ikkita aqida maktobini, to'rtta fiqhiy mazhabni ushlab, ahli sunna bo'lib keldi. Ana shu Imom Moturidiy aqidasi ga ko'ra bitilgan eng mo'tabar asarlardan to'rttasini sanasak, ular quyidagilar bo'ladi. Imomumoturidagi aqidasidagi mo'tabar to'rtta asar. Eng birinchisi bu Fiqhul Akbar. Bu mazhabboshimiz Imom A'zam No'monunni Sobit rahmahullohning qalamiga mansub bo'lib, aqida ilmiga bag'ishlab yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Sizlar nimaga abu hanifa mazhabida turasizlar, lekin moturidiy aqidasida turasizlar? Nimaga? Abu hanifani aqidasida turmaysizlarmi deydi. Birodar, nima deyapsan? Nima deyapsiz? Tushunayapsizmi o'zingiz nima deyotganingizni? Ana shu Imomu Moturidiy, Imom Abu Hanifani atadasida.

[18:58] Tushuninglar. U kim aytdi Abu Hanifani aqidasi boshqa, Moturidagi boshqa deb. Aynan Abu Hanifaning aqidasi. Birinchi aqida kitob Fiqh ul Akbar. Ma'qulmi? Aqidatu Tahovye, ikkinchi mo'tabar manbamiz, Moturidu aqidasida, bu Hanafiy mazhabada bo'lgan mashhur alloma Abu Ja'far Ahmadimni Muhammad ibn Salama ibn Abdulmalik Tahoviy rahimahullohning qalamiga mansub. Imomi Tahoviyning Aqidatu Tahoviy kitobi Moturidiy aqidasidaylar ham hurmat qilib o'qiydi. Ash'ariy aqidasidaylari ham hurmat qilib bo'lib o'qiydi . Uchinchi asar Aqoidun Nasafiya. Bu imomi nasafiyning qalamiga mansub vatandoshimiz birodarlar umar nasafiyning qaramiga mansub bo'lib, moturidiy a qidasining eng mo'tabar matnlaridan hisoblanadi. Badul Amoli asari siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin O'shining qalamiga mansub.

[20:01] Mana qarab turinglar. Mana shu to'rala aqida matnlarini mualliflari qaysi davrda yashagan? Olohiddin domlamiz rahmatlini bir ziyoratiga tushganimizda, madrasada endi bir dars beramiz talabalarga, bir gapni aytgan edi. Sakkiz yuz yil, ming yilni u yog'ida yozilgan kitoblarni o'qitish kerak.

[20:23] Yoshlarga shunda ixtilof bo'lmaydi degan edi. Qaytarib aytaman, sakkiz yuz yil, yetti yuz yil, ming yilni u yog'ida yozilgan kitoblarda o'qilsa, shu ixtiloflar bo'lmaydi deb aytgan edi. Alloh rahmat qilsin ustozimizni. O'sha ixtilof qilayotgan, muammoni ko'tarayotganlarni qarasanglar, o'sha yetti yuz yill, sakkiz yilni buyog'idagilar.

[20:47] Fiqh Akbar. Abu Hanifa rohimahulloh sakson hijriyilda tug'ilib, yuz ellik gacha hijriyilda vafot etgan. Bu kishi birinchi va ikkinchi asrni vakili. Abu Hanifa tobein oltita yoki yettita sahobani ko'rgan deyiladi. Abu Hanifa tavbein. Shuning uchun Abu Hanifaga ergashayotganimizda, Payg'ambarimiz maqtagan ikkinchi asrga biz ergashayapmiz.

[21:13] Masxab kerak emas, demay qo'yishdi. Rahmat. Chunki fiqhiy masala chiqsa, baribir mazhabga murojaat qilish kerak ekan. Shuning uchun sizlarda aqidinglar buzuq, mazhab kerak emas degan ukalarimiz mazhab kerakmas demay qo'ydi. Uje ellik foiz tuzaldi. Endi aqidaga tosh otish qoldi. Ozgina sabr qilib turaylik. Ilm yoyilgan sari bu narsa ham o'rniga tushib qoladi. Biz xotirjamiz o'zimizni yo'limizni to'g'riligida, haqligida, shubhamiz yo'q. Yana qaytarib aytaman, yomon ko'rmaymiz biz o'sha ukalarimizni. Biz achinamiz, oldinib qoldi ukalarimiz. Aybi ishonuvchanligi.

[21:48] Aybi qalbini tozaligi. Aybi oyat hadisda aytsanglar haqni gapiryapti deb, ishonganligi soddaligi. Yomon odamlar emas ular. Qaranglarda, besh yil, olti yil buni unaqa emas edi bu bolalar. Xulqi ham joyida edi, kattani katta kishi edi, kishi der edi. Endi shunaqa bo'lib qoldi da. Demak aboxonifat sakson yuz ellik yillarda yashaganlar, u kishi tobeyim bo'lgan. Imom Tahoiy ikki yuz o'ttiz to'qqiz yilda tug'ilib, uch yuz yigirma birinchi yilda vafot etgan. Bu kishi uchinchi va to'rtinchi asrlarda yashagan. Uchinchi, to'rtinchi asrlarda yashagan.

[22:26] Imom Nasafiy besh yuz o'ttizinchi hijriy yilda vafot etgan. Demak, oltinchi asrda yashagan. Badul amoliyning muallifi bizni hamshahrimiz Sirojiddin O'shiy besh yuzinchi hijriy yillarda deyiladi, aniq emas. Lekin vafot etgan yili besh yuz yetmish beshinchi yil deyiladi. Bu kishi ham beshinchi oltinchi asrda yashagan bo'lyapti. Tushunyapsizlarmi? Bizni aqida matnlarimiz qachon yozilgan? Sakkiz yuz yilda u yog'ida yozilgan kitoblar.

[22:55] Shuning uchun ham ta'kidlab aytamiz, birinchi maqtalgan uch asrga ergashayotganlar bizmiz. Badul amoliyning muallifi Sirojiddin O'shiyning tarjimai holi. Sirojiddin Oshi Moturidiya mazhabidagi mashhur ulamolardan hisoblanadi. Biz bu bilan faxrlanishimiz kerak, ochliklar. Biz o'sha ahli faxrlanishimimiz kerak. Mana shunday inson chiqqan. Moturidiy aqidasini to'rtta eng mo'tabar manbasi matni deyilganda, bizni shahrimizdan tilga olinyapti. Sirojiddin Oshi.

[23:36] Manbalarda Sirojiddin Farg'oniy, Hanafiy, Moturidiy deb e'tirof qilingan. Endi o'zini ismi Sirojiddin Ali ibn Usmon Oshi bo'lib, o'sha vaqtlarda Farg'ona viloyatiga, Farg'ona o'lkasiga qarashli bo'lgan Osh shahrida hijri besh yuz yillar atrofida tug'ilgan. Bu zotning shayx, imom, qozi kabi unvonlari aytilgan. Endi ilm darajasini qanaqa bo'lganligi yozgan asarlardan ham bilinib turibdi. Bu kishining mana yozgan ayrim asarlariga murojaat qilamiz. Juda ko'p kitob yozgan, shulardan ayrimini aytamiz. Fatavoy Sorojiya. Bu ko'plab fiqhiy, mushkul masalalarni yechimiga bog'langan Hanafiy mazhabiga oid muhim kitob hisoblanadi. Fatavoy Sorojiya.

[24:28] Yana biri G'urarul axbor va Durarul ash'ar. Niso bul axbor litazkirati axyori fi ahadiy sinabi il muxtor. Savoh biqul axbor. Muxtalafur rivoya va bunga o'xshagan kitoblari juda ham ko'p. Ana shu kitoblarni orasida birodarlar Badul amoli asari. Badul amoli asori bir o'zgacha asar. Chunki o'shlik odam arab tilida nazm uslubida, ya'ni she'r qilib, Ahl-i sunnanning aqidasini oltmish tadan oshiqroq qatorga sig'dirib qo'ygan. Tushunyapsizlarmi? Bu talant. Birinchidan arab tilini mukammal biladi. Aqidasini mukammal biladi. Shoir, iqtidor. Yana qaytarib aytaman. Moturidiy aqidasiga ko'ra, musulmonlar bilishi kerak bo'lgan ilmni arab tilida she'riy uslubda bitib qo'ygan va hamma baytni oxiri lomgalarni tugaydi, lom harfi bilan. Shuning uchun bu kitobni yana qasidatu lomiya ham deyiladi. Bilamizmi shu kishini shu asarini?

[25:34] Badul amoli asari hijri besh yuz oltmish to'qqizinchi yilda yozib bitilgan. Badul amolini mana shu moturidiy aqidasida yurgan musulmonlar orasida nihoyatda bir mahbu mashhur kitoblardan bo'lganligi dalili, bu kitobga juda ham ko'p sharhlar yozilgan. Aytyapmiz ku, oltmish tadan oshchiroq qator she'r endi buni sharhlagan olimlarni kitoblari ham juda ko'p. Halil ibn alo najjoriy yamaniy, bu kishi mana shu badul amoliyning sharhi yozgan. Izziddin muhammadin abubakir jamoa, bu kishi yozgan. Bular hammalari ana shu biz aytayotgan yetti yuz yil, sakkiz yilda bu yoqda yashagan ulamolar.

[26:22] Mulla Aliqori bunga Zovul Ma'oliy asarini yozgan, Badul Amoliyining sharhi. Husayn ibn Ibrohim, ibn Hamza ibn Hilol, bu kishi ham sharh yozgan. Bilingki, bitta matnga sharhlar ko'p yozildimi, demak mana shu kitobni mo'tabar ekanligi shu narsa dalil bo'ladi. Biz o'qiyotgan Badul Amoli yozilgan sharh Tufotul A'oliy kitobida, kitobidagi matn asos qilib olingan. Mana endi birodarlar, kitobni o'ziga bevosita kelishamiz.

[26:53] Aqul u qovli hayata va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi.
