# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 427 of 510
- Section: —
- Duration: 1 h 28 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/427
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/PyLW7SPmIsU.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=PyLW7SPmIsU
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/426.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/428.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:10] Do'stingiz bor, muloyim inson, ammo zaif. Uni muloyimligiga qoyil qolasiz, lekin zaifligidan norozi bo'lasiz. Yoki boshqa bir inson bor, kuchli, quvvatli, lekin muloyim emas, dag'al. Kuchli, quvvatli ekanligidan rozi bo'lasiz da, dag'alligidan nima qilmaysiz? Rozi bo'lmaysiz, qoyil bo'lmaysiz.

[0:32] Qachon qoyil qolasiz? Qachon shu do'stingizdan rozi bo'lasiz? Ham quvvatli, ham muloyim bo'lsa. Quvvatidan ancha muncha odam unga jur'at qila olmaydi, ammo muloyimligidan odamlar unda nima qiladi? Umid qiladi. Uni muloyimligi bilan odamlarni qalblarini o'ziga tortadi. Mana shu komillik deyiladi.

[0:59] Lahul mulku va lahul hamd. Mulk, egalik, podshohlik yolg'iz Allohnik, hamdu sona ham Allohnik. Ya'ni Alloh Taolo ham muloyim zot, ham quvvatli zot. Mana shu komillik bo'ladi bir odam. Bir odam bo'ladi, qo'lida mulki davlati bo'ladi, ammo laim inson, maqtovga loyiq emas. Yoki yana bir odam bo'iladi, maqtoviga loyiq, ammo qo'lida hech narsasi yo'q. Ikkalasi ham nuqson. Ikkalasi ham nuqsan. Ham mol mulki davlati bo'lib turib, ham maqtovga loyiq bo'lsin, mana shu komil bo'ladi.

[1:38] Shuning uchun insoniy komillik birodarlar ilohiy komillikka bog'lanishligi kerak. Mo'min banda Alloh Subhanahu va Taoloning go'zal ismlaridan o'ziga ulush nasib olish kerak. Mo'min quvvat egasi bo'lgan robbisi bilan birga bo'ladi. Biluvchi bo'lgan Robbi si bilan birga bo'ldi. Rahmli bo'lgan robisi bilan birga oladi. Shu bilan mo'min bandda komillikka qarab yurib boradi.

[2:05] Agar birodar Alloh sen bilan birga bo'lsa, shubha haqiman. Sen eng kuchli odamsan. Katta bir qudratli boy mamlakatni podderjohini tasavvur qiling. O'g'li bor. O'zini yurtida qanday yuradi boyagi shahzoda? Zavodga boradi, fabrikaga boradi, bozorga boradi, tashkilotga boradi. O'zini azizligini his qiladi. Uni azizligi nimadan quvvat olyapti? Otasidan. Podshohdan. O'zini quvvatini, azizligini podshohning, podshohning azizligi bilan bog'li ekanligini biladi, shuni his qiladi. Shuning uchun sizni azizligingiz, birodar, Alloh bilan birga bo'lganingizdan. Siz o'zingizni aziz deb biling, chunki siz aziz bo'lgan, Al Qahhor bo'lgan Allohning bandasisiz.

[2:56] Shuning uchun bizni azizligimiz, millatimizni qanaqaligi, qaysi yurtda yashaganligimiz, pulimizni qanchaligi, mingan mashinamiz, ushlagan telefonimiz bilan emas. Bizni azizligingiz Allohni bandasi ekanligimiz bilan. Biz Allohni qulimiz, shu bilan o'zimizni aziz deb bilamiz. Bizni robbimiz aziz, g'olib bo'lgan, Al Qohir bo'lgan zot. Bizni azizligimiz robbimiz bilan bo'ladi. Agar robbimizdan uzoq bo'lsak, xor bo'lishimizni shubha yo'g'ir oladi.

[3:24] Odam bolasi borki, kimnidir yaxshi ko'radi, kimnidir yomon ko'radi. Nimanidir yaxshi ko'taradi, nimanidir yomon ko'taradi. Bu insonni tabiatidagi bor narsa. Endi ulug'lik nimada? Oqillik nimada? Ulug'lik kimni yaxshi ko'rishingizda. Nimani yaxshi ko'rishingizdan? O'lchov tushunchadan. Biz Allohni yaxshi ko'ramiz. Biz Allohga intilamiz. Alloh bilan birga bo'lishga harakat qilamiz va mana shu Alloh bilan birgalik ekanligimizdan o'zimizni azizda bilamiz. Pulimizni qanchaligi muhim emas. Payg'ambarimiz aytganlar, mo'min odam o'zini xor qilib qo'ymasligi kerak. Sizni pulingiz yo'qligi uchun puldan olib masxara qilsa indamay turibsizmi? Siz noto'g'ri ish qilyapsiz. Siz piyoda kelsangiz, boshqalar mashinada kelib sizni masxara qilib xor qilyaptimi? Bunga yo'l qo'ymasligingiz kerak. Ya'ni uni qo'lida dunyosi bor, uni qo'lidan mansabi bor, u xor qilishga haqqi bor deb o'ylayotgan bo'lsangiz, siz o'zingizni ham tanimabsiz, robbingizni ham tanimapsiz. Bizni azizligimiz nima bilan ekan?

[4:23] Mo'min kishi avvalambor Allohni yaxshi ko'radi. Ha, hamma bilan muomala qiladi, lekin qalbi kim bilan bo'ladi mo'minni? Alloh bilan bo'lardi. Qahr sifati Alloh Taoloning mutloq komillik sifatidir. Qahr degani, birodarlar, biz o'zbek tilida qahr qilsa nima deymiz? Zulm qildi. Yo'q. Qahr degana, birodarlar bu g'oliblik degani. Alloh Taolo bir qavmni ustida qahr qildi degani, Alloh Taolo bir qavmni ustida g'olib bo'ldi degani. Al Qohir bo'lgan Alloh Azza va Jalla bu g'olib bo'shu bo'lgan zot. Hukmini o'tkazuvchi, bo'yin sindiruvchi, xor qiluvchi, yenguvchi komil zot. Al Qohir degani shu. G'olib, hukmini o'tkuzuvchi, bo'yin singdiruvchi, xor qiluvchi, yengiluvchi bo'lgan zot. Al Qohir.

[5:17] Alloh Taolo qahr qiladi. Zolimlarga, haddidan oshganlarga, tog'iylarga. Masalan, bir insonda kuch quvvat bo'ladigan bo'lsa, u yaxshi odamga ham, yomon odamga ham qahr qilishi mumkin. O'ziga yaxshi odamni ham, yomon odamni ham bo'yin sindirishi mumkin. Yaxshi odamda ham, yomon odamda ham xor qilishi mumkin, ammo Alloh Azza va Jallaning Al Qohir sifati, qahr qilish sifati faqat tog'iylarga, haddidan oshganlarga bo'ladi.

[5:47] La ilahe illa antal qoviyul vahid. Sendan o'zga iloh yo'q. Sen quvvat egasi yagonasan, sendan o'zga haq ma'bud yo'q. Bizni iymonimiz komil, birodarlar. Beradigan ham, oladigan ham Alloh. Aziz qiladigan ham, xor qiladigan ham Alloh! Yana shu bilan birga Alloh Taolo odil zot. Rahmli zot, biluvchi zot, komil zot.

[6:13] Mana hozirgi zamonda siz bilan bizni davrimizda ummat islomiyani holiga nazar soladigan bo'lsak, nimani ko'ramiz? Ummat aziz emasligini ko'ramiz, boshqa ummatlarni oldida. Vaholanki, bu ummatni qo'lida vahiy turibdi, Qur'on turibdi, Rasulullohning ta'limoti turibdi. Shunday bo'lsa ham zaif.

[6:36] Ana shu zaiflik uchun boshqa millatlar, boshqa xalqlar musulmonlardan yuzaga urishadi. Musulmon odam quvvatli bo'lishi kerak. Allohning mana shu ismidan bizda qanday bir ulush nasiba bor? Alloh taolo aytadi, istaduvilla. Valladina ida asobaxumul bag'yu hum yantasirun. Va jazau sayy'ating sayy'atu mithluha, fa mana'affa va aslaha, fa ajruhu alalloh.

[7:04] Ayrim dinlar bor, shariatlar bor. O'ng betingga ursa, chop betingni tutib ber deydi. Yo'q, bu xil, haqmas bu. Alloh taolo nima deydi muovinlar haqida? Ular o'zlariga zulm yetganda, unga qarshi kurashib, g'olib bo'ladigan zotlardir. Har qanday yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshagan yomonlikdir. Ya'ni har bir yomonlikni o'ziga yarasha jazosi bor degani. Endi kim? Imtihon olishga qodir bo'lgan holda avf qilib, o'rtani tuzatsa, bas uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta u zulm qiluvchilarni sevmas. Qarang.

[7:45] O'ng betingni ursa, chop betingni tutib ber deydi. Voy. Uraveradi da unda. Chop betingni urgandan keyin o'ng beting tutib berasan, uraveradi da u. Islom, birodarlar bu narsani qoralaydi. Chunki musulmon odam zulm bo'lsa, shu narsani kurashib to'xtatib qo'yadi. Nabi sollallohu alayhi vasallam aytganlar ku, man roa ming ku munkaram fal yug'ayir hu biyadihiy.

[8:11] Kiminglar oranglarda bir munkarni ko'rsa, ya'ni zulmni ko'rsa, qo'lidan kelsa, qo'li bilan to'xtatsin borib. Ya'ni imkoniyati bo'ladigan bo'lsa, quvvati kuchi yetsa, borib qo'li bilon to'xtatsin zulm qilayotgan odamni. U o'ng betiga ursa, narigi zulm kelayotgan chop betini tutib berish kerak emas. Musulmon odam quvvat yetadimi, kuchi yetadimi, qo'lidan keladimi, shu zulmni tiyishlikka harakat qilish kerak.

[8:37] Salohiddin Ayyubiyni eslab hammamiz faxrlanamiz, birodarlar. Salbchilarning yigirma yettita qo'shini mag'lub qilgan. Quddus sharifni fati qilib kirgan. Xutba o'qib, xutba qilib, Qur'on oyatlarini tilovat qilib, zolimlarning davri tugaganligini e'lon qildi. Zolimlarning davri tugaganligini e'lon qildi. Birodarlar, qahr zolimlarga bo'ladi. Yaxshi odamlarga qahr bo'lmaydi.

[9:05] Alloh Taolo komil zot, Alloh Taolo quvvatli odil zot. Alloh taoloning komilligi yaxshi odamlarga qahr qilishdan man qiladi. Qahr faqatgina haddan oshganlarga bo'lardi. Endi musulmonlarga ham Allohni qahri keldi deymiz. Yer qimilladi, balo bo'ldi, yomg'ir yog'di, qor yog'di, issiq bo'lib ketdi. Akalar, bu qahr emas, bu tarbiya bu.

[9:31] Qahr haddan oshgan zolimlarga bo'ladi. Endi mo'minlarga nimaga keldi bu? Qahr deyilmaydi bu. Bu bu shifo deyiladi. Tavba qilishmay qo'ydi, Alloh taolo o'zini eslatdi. Banda gunohi ko'payib ketib, Allohga qaytib istig'foratni mey qo'ydi, Alloh taolo bir dard berdi. Boyligini olib qo'ydi, sog'ligini olib qochdi. Qo'yingki, unga yoqmaydigan ishni berdi. Bu uchun shifo edi. Ey bandalarim, deydi Alloh Taolo. Berganim mukofot, men qilganim jazo emas. Berganim sinov, men qilgan im shifo. Shifo, gunoh degan kasaldan shifo.

[10:11] Alloh lafzi bilan a la so'zi birga kelishi ilzomi zotiyni bildiradi. Astabi billa, va ma'minda botin fil ardi illa alallohi rizqu ha, a la allohi. Ya'ni a la kalimasi Alloh kalimasi bilan birga keldi. O'rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. Allohning zimma siga.

[10:37] O'rmalaganki narsaning rizqi. Lavzi jalola bo'lgan Alloh so'zi. Agar a la lafzi bilan kelsa, mana shu komillikni Alloh Taolo o'ziga lozim qilganini dalolat qiladi. Ya'ni to'g'ri yo'lda bo'lish, Allohni zimmasida, rizqlarni yetkazib berishlik ham Alloh Taoloning zimmasida. Mana shu oyat bilan siz bilan bizni qalbimizga Alloh Taolo taskenni xotirjamligini joylab qo'ydi. O'rmalagan narsaki bor, rizqi meni zimmamda deyapti.

[11:08] Har safar aytsam kulasizlar. Benzin ikki so'm tushdi a? Ikki so'm tishdi. Nima ular aytmayapsizlar? Yuz so'm bo'ladimi benzin? Ikki yuz so'm bo'tadimi benzin? Seni rizqing Allohni zimmasida. O'sha besh yuz so'mchi beradi o'sha benzinga yarasha pulni. Ishonover birodar. Agar shu oyatni sen his qilsang, tushunsang va qabul qilsang, tirishchilik masalasini sen g'am qilmaysan. Muhimi sen mehnatni qilyapsan. Alloh aytgan sababni qilyapsan, undan keyin nima bo'larkin deb g'am qilma. Sen haligi formuladagi plyus plyuslar to'g'ri qil, tengni Alloh chiqarib beradi. Sen bu yoqda adashmasang bo'ldi. O'zi bu yoqda kasha qilib qo'ygansan. Endi tengni bossang chatoq chiqsa ana ko'rdingmi? Ha bu yoqda chatoq qilganding da.

[11:56] Qanaqa bo'larkin? Nima bo'larkan? Yana bir yil krizis bo'larkan. E, Xudoni aytgani bo'ladi ey. Chunki Alloh o'zini zimmasiga olganligini aytyapti. Allohning zimmasiga, Alloh. Nima Allohni zimmasiga? O'malaganki narsaning rizqi. O'malagan aql yo'q jonivorni rizqini bergan Alloh. Aql xushi joyida Alloh deyotgan solih bir mo'min bandasini rizqsiz qo'yib qo'yadimi? Shuning uchun bitta qoida, yigitlar.

[12:27] Siz bola chaqangizni rizqini qilib bera olmaysiz. Siz bola chaqangizni odobini, axloqini, iymonini, tarbiyasini qilib bera olaysiz. Rizq kimni zimmasida ekan? Qaranglarda, o'g'il bolalar, erkaklar, bizni ko'chada yurib, pul topishimizdan bitta maqsadimiz, bola chaqam mendan keyin nima bo'lib qolmasin, qiynalib qolmasin. O'g'illariga chek olib qo'yadi, uy solib qo'yad, nevaralariga ham chek olib qoyadi. Lekin tarbiyasi bilan ishi yo'q bolalarini.

[13:00] Tushundinglarmi qoidani? Sizlar bolachaqiylarni rizqi ro'zini qilib bera olmaysizlar. Sizlar ta'lim tarbiyasi, iymon e'tiqodi, ilm ma'rifatini qilib bera olasizlar. Shuni qilinglar, u yog'i Allohnin qo'lida. Al Qohir so'zining ma'nosi. Al qohirso'zi qoharo, yaqhoru, qohiron ismi foina. Va Qohortu shay'a. Bir narsaga qahr qildim, ya'ni bir narsani ustidan g'olib bo'ldim. Uni majbur qildim. Undan baland keldim, yengdim, mag'lub qildim. Ya'ni qahr bilan oldim. Ular rozi bo'lmasa ham shu hukmimni o'tkazdim. Mana shu qahr so'zining ma'nosi.

[13:44] Imom Termiziyda kelgan Abu Hurayra roziyallohuanh hadisida ya'juj ma'juj haqida aytib, Payg'ambarimiz aytadilar, ular aytishadi ya'juj majuj. Qohir na manfil orf va alav na manfis sama, qos vatan va ulug'va. Yajuj ma'jud. Yer yuzini tamomiy egallab bo'lganidan keyin, yerdagilarga qahr qildik. Ya'ni ularni xor qildik, majbur qildik, bo'yin so'ndirdik. Osmondagilardan oliy bo'ldik. Ya'ni qattiqlik va oliylik jihatidan deyishadi. Demak, birodarlar, qahr degani bo'yin so'ngdirish degani ekan. Alloh Taolo qahr qilar ekan, kimga?

[14:23] Zolimlarga, tog'iylarga. Mana shu ustimdagi bir muhim nuqtani aytib o'tamiz. Alloh Aziz va Jahl faqatgina haddan oshganlarga qahr qiladi deb aytdik. Kibrga ketgan, haddidan oshgan, zo'ravonlik qilayotgan, haloyiqqa zulm qilayotgan. Mana shunday insonni ko'rganda, albatta norozi bo'lasiz. Ammo, ana shunday haddidan oshkan odamni nohaqligini, tajovuzini yo'q qilgan quvvatni ko'rganda, qalbingiz xotirjam bo'ladi. Bopladi deysiz.

[14:55] Bopladi deyapsiz. O'zi shunga loyiq bo'lib qoluvdi. Ha, bechora demaysiz da. Demak, alloh taoloning al qohir ismi sizni qalbingizga xotirjamlik beradi. Xotirjam bo'mang. Haddidan oshganda Alloh Taolo o'zini o'rniga qo'yib qo'yadi. Mana shu Al Qohir ismining ma'nosi, birodarlar. Al Qohir ismining siyg'ayi mubolag'asi, Al Qohhar. Al Qohir, qohira fe'lining ismi foyli. Al Qohir esa, Al Qohir ismlining siyg'ayi muvolag'asi.

[15:29] Al Qohir qahr qiluvchi. Al Qohir haddidan oshganlar har qancha kuchli bo'lsin, har qancha ko'p bo'lsin, Alloh baribir ustidan g'olib degan ma'no. Adadni, kamiyatni, ya'ni sanoq bilan miqdorini bildiradi. Sharqda bir katta mamlakat bor edi, o'ttiz yil avval. Yer yuzini besh marta yo'q qilib tashlashlikka kifoya qiladigan yaderniy bombalar, yaderniy qurollari bor edi. Atom bombalari bor edi. Alloh ularga qahr qildi, yo'q bo'lib ketdi. Bilasizlarmi, millionlagan odamlarning qonini oqizishlik evaziga, zulm bilan, qahr bilan Sovet Ittifoqi degan davlat tuzilgan edi.

[16:12] Siz bilan bizni dinimizni yo'q qilishga yetmish yil harakat qilgan, masjidlarimizni yopgan, qo'yxona qilgan, novvoyxona qilgan. Ulamolarimizni quloq qilib qolmagan, boshqalarni otib o'ldirgan, kitoblarni kuydirgan Sovet hukumati uchta odam o'ldi, shu bilan yo'q bo'lib ketaverdi. Hech kimni kuchi yetadi deb o'ylashmas edi. Yo'q bo'lib ketaverdi.

[16:36] Alloh taolo al qohir bo'lgan zot ekan. Hech kim yenga olmaydi, hech kimni kuchi etmaydi deb turilgan tomonni Alloh Taolo mag'lub qilib qo'yishga qodir ekan. Kibrga ketgan, o'zini yo'qotib qo'ygan, haloyiq aziyat yetkazib, huzur oladigan, odamlarga zulm zo'ravonlik qilish bilan rohatlanadigan, nohaqqon to'kadigan tog'ilarni oqibati nima bo'lmagan, bilasizlar. Shiravni oqibati nima bo'ldi?

[17:02] Ehtimol yuz yil yashagandir, zo'r. Lekin oqibati nimal bo'ldi? Namrudnichi? Qorinichi? Haddidan oshgan ot qavmin ahvoli nima bo'lda? Mana shaddindan minna quva deyishgan edi. Ularga teng keladigan, bas keladigan kuch qolmaganida, yerda hammani bo'yin sudirib bo'lishganida, kimni kuchi yetadi bizga deyishgan edida. Bizga hech kimni kuchi yetmaydi deganida. Alloh taolo nima qildi? Sahxora alayhim sab alay alin va tamaniyati ay yamin husuma, fatar al quwumma fihas, sor a ka annahum a ajazi nahlin, haviya. Shamol keldi, yetti kecha yu sakkiz kunduzi esdi, xuddi yerdan yulib olingan xurmo daraxtlariga o'xshab tashladi. Boshini uzib, uzib devorga urib, toqqa urib pachag'ini chiqarib tashladi. Alloh taolo aytdi, axir ular bilishmasmidi alloh hamma narsadan kuchli, hammadan qudratli ekanligini?

[18:01] Atrofingizni qarab ko'ring da. Siz ham topasiz. Qo'lida kuchi bor paytida, quvvati bor paytida, mansabi bor paytida, odamlarga jabr zulm qilib haddidan oshganlar, oqibati qanaqa bo'ldi? Mana kattalardan so'ranglar da yoshlar. Hech narsa bo'lmayotganga o'xshap yuribdi hech narsa bo'lsin, shuncha odamga ham zulm qilsa, sen shoshmay tur. Sen shoshmay tur! Oqibati nima bo'lishingni ko'rasan.

[18:34] Hamma narsa birodarlar alloh taoloning qahri va hukmronligi ostidan. Istadibillah. Matta hadallohu min valad. Va man ka'na man hu min ila. Idan la daha va kullu ilahim bima xolaqo, va la ala bag'duhim ala ba'dh, subhanallohi amma yasifun. Allohning bolasi yo'qdir va u zot bilan birga biron iloh bo'lgan emasdir. Aks holda, albatta har bir iloh o'zi yaratgan narsa bilan ketib, bir birlaridan ustun bo'lib olar edilar. Ya'ni har bitta iloh o'zini hukmini o'tkazish uchun harakat qilar edi. Natijada osmon yer buzilib ketgan bo'lar edi. Alloh ular aytayotgan sheriklardan pokdir. Alloh taolo bo'lishi mumkin bo'lgan ishlarni har bittasiga qodir. Bo'lishi mumkin bo'lgan hamma narsaga qodir. Ikkita iloh bo'lishi mumkin emas. Mana Alloh aytyapti, agar iloh ikkita bo'lganida, bitta iloh ikkinchi ilohdan ustunlik qilaman debdi da, borliq yo'q bo'lib ketar edi. Bu borliq turishi uchun iloh bitta bo'lishi shart. La ilaha. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Ikkita iloh bo'lishi mumkin emas.

[19:49] Buni soddaroq misol bilan tushuntiramiz. Siz yo tirik bo'lasiz, yo o'lik bo'lasiz. Bir vaqtni o'zida ham o'lik, ham tirik bo'la olmaysiz. Mana, bir vaqtni o'zida siz ham o'lik, ham tirik bo'la olmaysiz. Bunday bo'lishi mumkin emas. Yo tirik bo'lasiz, yo o'lik bo'lasiz. Shuning uchun aytyapmiz, Alloh Taolo bo'lishi mumkin bo'lgan har bir narsaga qodir.

[20:16] Bir vaqtni o'zida siz ham gapirib, ham jim tura olasizmi? Bunaqa bo'lishi mumkin emas. Binobarin ilohni ham ikkita bo'lishi mumkin emas. Bu borliq yo'q bo'lib ketadi. Bu borliq bo'lmaydi agar iloh ikkita bo'ladigan bo'lsa. Shuning uchun Alloh'dan so'rayotganda noziynasi. Bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday narsani so'rang, Alloh hammasiga qodir.

[20:39] Bo'lishi ma'qul bo'lgan har quanday narsaniso'rang, siz unga qodir emassiz, ammo alloh qodir. Banu Isroil dengizga taqalib qoldi oldin. Olti yuz ming yahudiy. Orqasidan Fir'avn keldi qo'shin bilan. Endi Banu Isroil qirilib ketishligi aniq bo'ldi. Alloh ularni qutqarishga qodirmi? Qodir. Bo'lishi mumkinmi bu ish? Bo'lishi mumkin. Muso alayhissalom uchun dengizni yorish mumkin emas. Ammo Alloh uchun mumkin. Bo'lishi mumkin bo'lgan ish. Dengizni yordi, chiqarib yubordi.

[21:11] Yunus alayhissalom balandni qorniga tushdi. Inson zoti uchun mumkin emas uni qutqarishlik. Lekin bo'lishi mumkin isha bu. Alloh taoloni tiriltirib qo'ydi, baloni qonida o'ldirib qo'ymadi. Agar bir biriga qarama qarshi ikkita ilohi bor bo'lganida nima bo'lardi? Biri bitta narsani xohlasa, ikkinchisi boshqa narsani xohlar edi. Talash tortish bo'lardi. Albatta bu holatda ikki odam bittasini g'olib, bittasini mag'lub bo'lishiga to'g'ri kelardi.

[21:44] Endi iloh bo'lgan zot mag'lub bolishi mumkin emas. Binobarin, iloh ikkita bo'lishi ham mumkin emas. Alloh taolo aytyapti, Alloh'dan boshqa iloh yo'q. Ikkita iloh bo'lishi mumkin emass. Chunki irodasini, xohishini o'tkaza olmagan taraf ojiz bo'ladi, mag'lub bo'lladi. Endi mag'lub bo'magan, ojiz bo'magan taraf iloh bo'lishini mumkin emas. U Alloh azza va jalla, al vahidul ahad, al fardus salmat bo'lgan. Ulug'lik va quvvati mislsiz bo'lgan zot. Shuning uchun birodar biz al qohir bo'lgan Alloh bilan birga bo'lishimiz kerak, shunda odamlarning eng kuchlisi bo'lamiz.

[22:25] Alloh taolo o'zi haqida aytdi yu, vahual qohiru favqul ibadihi. U Alloh o'zining bandalarini ustidan g'olib bo'lgan zon. Allohni hukmini o'tkazadigan zon. Alloh azza va jala o'zining jabaruti va qahrida hammadan ustun. O'zining jabarruti va qahrida hech kim Alloh bilan tenglasha olmaydi.

[22:49] Abu Hurayro roziyallohu anhudan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam robbisidan rivoyat qiladi, hadis quddusiy. Alloh Taolo aytadi, al kibriya u ridayi va la'vromatu izariy, fama'nnaziya ani vahida minhuma qodav tuhufin nar. Ki bir yo mening ridoimdir. Ulug'lik mening izorimdir. Bas, kim u ikkisidan qaysi birini men bilan talashsa, bas uni jahannamga uloqtiraman. Abu Dovud rivoyat. Birodarlar ulkan, boy, qudratli mamlakatlar bor hozirda. Ular o'zlarini ulug'ligini boshqa erlarni xorlash ustiga qurishgan. O'zlarini boyligini boshqan millatlarni, boshqa davlatlarni faqir qilish ustiga qurgan. O'zlarining farovon hayotlarini, boshqa xalqlarni hayotini vayron qilishini ustiga qurgan. Bu haddidan oshgan xalqlar. Bundaylarni yer yuzida uzoq muddat davr surishi mumkin emas. Chunki davomiy bunday bo'lishi Alloh Taoloning adolatiga to'g'ri kelmaydi. Alloh bor, birodarlar. Alloh yakkazod.

[23:57] Ollohni tavhiniga to'g'ri kelmaydi, uzoqqa bormaydi bunaqalar. Biz uchun ellik yil, yuz yil, ming yil katta muddatga o'xshayapti. Lekin Alloh uchun bu muddat hech narsa emas. Kibr yo'q mening ridoim, ulug'lik mening izorim. Bas, kim u ikkisidan birini men bilan talashadigan bo'lsa, Alloh Taolo bo'yin sindiradi. Alloh Taolo xor qiladi haddidan oshsa, lekin Alloh ana shu xor qilishligini o'zida odil va rahmli dir. Alloh Taolo hamma narsani bilib turadi. Gapirsak eshitadi, jim tursak qalbimizdagini ham bilib turadi. Harakatlansak buni ham ko'radi. Robbimiz faqat o'zidan duo qilib, hojatimizni so'rashlikka buyuradi.

[24:42] Shuning uchun siz bilan bizga qiyin bo'lgan narsa Alloh uchun qiyin emas. Shuning uchung mumkin, ya'ni bo'lishi mumkin bo'lganki narsani so'rashdan Alloh'dan uyalmaslik kerak. Shuning uchun imom bilan yashashlik mo'minni aziz qiladi, quvvatli qiladi. Imom bilan yoshashlik bandani hayotini rohatli qiladi, hayotida rozilik bo'ladi. Shuning uchungi birodarlar, biz o'zimizni azizligimizni Alloh bilan deb bilishimiz kerak. Agar biz o'zimizni azizligimizni Alloh bilan deb bilsak, mana shu azizligimiz davomiy bo'ladi. Agar biz o'zimizni azazligimizni qo'limizdagi dunyoyimiz bilan yoki bir tanish bilishlarimiz bilan, qo'yingki, maxluqotlardan birontasi bilan o'zimizni oziz bilayotgan bo'lsak, bu azizlik uzoqqa bormaydi.

[25:32] Alloh azza va jallaning al qohir ismidan bandalar qanday ulush nasiba olishligi kerak. Istatibillah. Valladina ida asobaxun ul bag'yu hum muntasirun. Mo'minlarni Alloh Taolo maqtab aytadi. Ular shunday zotlarki, o'zlariga zulm yetganida, zulmga qarshi kurashib, g'olib bo'ladigan zotlar. Mana ayrim dinlarda o'ng betingga ursa deydi, chop betingni tutib ber deydi.

[26:03] Bu to'g'ri emas. Alloh Taolo aytyapti, meni mo'min bandalarim, agar ularga biroz zulm qilsa, zulmga qarshi kurashadi. Kurashib, g'olib bo'ladi, yengadi. Shuning uchun taslim bo'lib qolish, xorlanish, sustkash bo'lish, shijoatsiz, g'ayratsiz bo'lish, bu mo'min kishiga yarashadigan sifat emas. Chunki mo'min Alloh bilan birga bo'ladi. Unga suyanadi. Undan panoh so'raydi. Mo'minga yarashmaydi ojizlik. Chunki mo'sin al qohir bo'lgan robning bandasi. Mo'min al qoviy bo'lgan robining bandasi. Mo'mun al g'oniy, boy bo'lgan, behojat bo'lgan Allohning bandasi. Bunaqa robning bandasi xor bo'lishi mumkin emas.

[26:49] Va la dina ida asobahum ul bag'yu humyan tasirun. Ular shunday zotlarki, mo'minlar. Ularga agar zulm yetadigan bo'lsa, mana shu zulmga qarshi kurashib, yengadigan odamlar. Agar siz mustaqil bo'lib turib, Allohni amri nahisda qoyim bo'lib turib. Allohni rozi qiladigan ishlarda toim bo'lib turip, Alloh menga yordam bermaydi, meni himoya qilmaydi deb gumonga borgan bo'lsangiz, bu gumoningiz yomon gumon. Chunki Alloh Taolo o'zini mo'min bandalarini hech qachon yordamchi tashlab qo'ymaydi. O'zini yaxshi yurgan bandalarini Alloh azoblamaydi.

[27:29] Qaytarib aytaman. Alloh o'zi yaxshi yuradigan bandalarni azoblamaydi da. Ha, mo'minlar azoblanyapti yu, desa, o'zlari qilgan ishga yarasha mukofotini olyapti. Nima musibat yetsa, deyapti Alloh Taolo, o'zinglar qilgan ish tufayli yetadi, yana men ko'pini kechirib turaman, deydi. Ya'ni siz agar haqda tursangiz, fe'l xatvoringiz aynimagan bo'lsa, sizni ustingizga hech qachon balo kelmaydi.

[27:59] Alloh Taolo so'rayapti, e, sizlar iymon keltirib, shukur keltirsanglar, nima qiladi Alloh azoblab sizlarni? Allohga kerakmi? Kerak emas. Alloh yaxshi ko'rgan bandasini azoblamaydi. Besabab. Endi keldimi bir musibat? Bir sababi bor mana qidiring. Yahudiylar bilan nasroniylar biz Allohning farzandlarimiz, Allohning o'g'illarimiz deyishar edi. Astadibillar, voqolatil yahudu va nasoru nahna abna allohi va ahibbauhu. Alloh aytyapti qur'onda yahudiy va nasroniylar bizallohning suyukli bolalarimiz derdilar.

[28:40] Ularni mana shu da'volarini Alloh Taolo rad qildi. Shu oyatni davomida Astodulla, qul falima yu ordi bu kun bi dunyu bi kun bal an tun basharun minman holaq. A sizlar Allohni farzandlarimiz, Allohni suyukli aziz bandalarimiz deyapsizlar. Ayting, ey Muhammad alayhissalom, unda nimaga sizlarda Alloh gunohlaringlar sababli azoblaydi? Yo'q, sizlar ham Alloh yaratgan boshqa bandalar qatori bandasizlar.

[29:09] Mana shu oyatdan imomimiz Shofi istisbat qilib aytadiki, Alloh o'zining yaxshi ko'rgan bandalarini azoblamaydi. Alloh o'zi yaxshi ko'rtgan bandalarini besabab azoblamaydi! Ishingiz yurishmayapti. Sababini qidiring. Dardingizga shubha topilmayapti, sababini qidering. Molingiz musodara bo'ldi, sababini quduring. Robbimiz aytyapti, ey, shukur keltirib, iymonli bo'lsang, men nima qilaman azoblab seni?

[29:37] Endi bir musibat keldimi? Alloh aytyapti, o'zinglar qo'linglar bilan qilgan ish tupikni keladi deyapti. Xudoyim bandasiga mehribondir, va lekin bandasi o'zi yomondir. Qur'onda kelgan qissalar, bu kim uchun keltirildi? O'tib ketgan ummatlar uchunmi? O'lib ketganlar uchunmi yo'q. Qur'ondagi qissalar siz bilan biz uchun keltirdi. Ana shu qissalarni eshitib, undan xulosa ibrat olishligi uchun.

[30:10] Ahmoq odam bilan aqlli odamni farqi bor. Ahmoq odom bir xatoga yo'l qo'yib, adabini yeb, shu xatosidan dars oladi. Ahmoq o'zining xatosidan dars soladi. Aqlli odam o'sha ahmoqni xatosidan dars olib qo'yaveradi. Tushunarli bo'ldimi? Ahmoq bo'lgandan keyin yana ahmoq bo'laveramiz. O'sha bitta tushgan chuqurni yana qaytib qaytib bosaveramiz oyog'imiz bilan.

[30:40] Bola bilan yurma bola, bu yaxshi odamlar emas, sherik qilib olganlar deb otangiz aytdi, domlangiz aytdi. Ha dedingiz, yurdiz. Bilmaysiz da bularni kimligini. Adabiyizni aytdi, yana ajramaydi da. Xo'p, demak Qur'on qissalari. Undan siz bilan biz ibrat olishimiz uchun Alloh Taolo keltirdi. Endi, mana Alloh Taoloning qahri haqida va Alloh Taoloning g'olibligi haqida kelgan mana qissalar. Allohning qahri va uning g'olibligi haqidagi qissalar.

[31:13] Siz bilan biz Alloh Subhanahu va Taoloning mo'min bandalari qatori bo'lishi mumkin bo'lgan narsani Allohdan so'rashdan uyalmasligimiz kerak. Ya'ni siz uchun mumkin emas. Siz uchun mushkul, lekin Alloh uchun hech narsa emas bu. So'rang. Bo'lishi mumkin bo'lgan narsani Allohdan so'rang. Chunki bo'lishi mumki bo'lmagan narsa ham bo'lishi mumkinda, masalan. Nima degani bu? Alloh o'ziga o'xshagan ilohni yarata oladimi desa, bu savolga javob berilmaydi. Chunki ikkita iloh bo'lishi mumkim emas.

[31:47] Alloh o'zi ko'tara olmaydigan bitta bir katta xarsang toshni yaratishga qodirmi, qodirmasmi? Bu savolga nima deb javob bersangiz ham noto'g'ri bo'ladi. Ha desangiz ham, yo'q desangiz ham. Ha desangiz, ha demak teoreticheskiy Allohni kuchi yetmaydigan narsa ham bor ekanda degan fikr paydo bo'ladi. Yo'q, Alloh bunaqa toshni yaratolmaydi desangiz, e Allohni qo'lidan kelmaydigan ish ham bor ekanda, degan fikr keladi. Shuning uchun siz Allohda so'rang, bo'lishi mumkin bo'lgan narsani. Bo'lishi mumki bo'lmagan narsani so'ramang.

[32:24] Qur'ondagi Alloh Taoloning qahri haqida va uning g'olibligi haqidagi qissalar. Bali qorniga tushib qolgan Yunus alayhissalom qissasi. Bu ham qissa, ham hayotda ishlaydigan qonun. Bir odamki, tasavvur qiling, bir og'ir kasali bor.

[32:46] Topish tutishi ham yaxshi emas. Muammo hayotida. Ishxonasida ham ahvoli yaxshi emas. Ayoli bevafo, farzandlari noqobil. Mana muammo. Rosti mana muammo. Puli yo'q, dardi bor, ishxonada obro'yi yo'q, xotini vafodor emas, farzandlarini noqobil. Mana shu odam aytadiki, eng katta muammo menda deydi. Haqiqatdan qarasangiz muammosi kichkina emas. Endi mana shu odamni tasavvur qiling. Katta kitni qorniga tushib, suv tagiga kirib ketdi kit.

[33:24] Endi uni mana shu muammosini oldida, tepada qolgan muammolar muammo bo'ladimi? Mana endi baliqni qorniga tushinga qoldi. Yuqorida aytilingan muammolarni birontasi uni oldida muammo bo'lib ko'rinadimi? Yunus alayhissalomni baliq yutug'i bo'lib yubordi. Nima tufayli? O'zini qilgan xatosi tufayli. Aytyapmiz ku, Alloh o'zining mo'min bandalaridan azoblamaydi. Besabab. Yunus alayhissalom Alloh yaxshi ko'rgan bandalardanmidi? Payg'ambar edi, yaxshi ko'rar edi. Endi nimaga bu musibat tushdi? Ana shu qavmini, naynavo qavmini, Yunus alayhi assalom Allohning iznisi tashlab chiqib ketgan edi. Mana xatosi uchun baladi qorniga tushdi.

[34:09] Ey Xudo, men senga nima yozuvdim. Ey Xudo, qaysi qilgan gunohim uchun degan gaplar gapirilmay qo'ydi a? Banda xotirjam bo'l. Boshingga musibat keldimi? Albatta bir sababi bor buni. Faqat qidir. Fanada fil zulmatin alla ilaha illa anta subhanaka innikuntu minal zolimin. Yunus alayhissalom qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q, magar o'zing bordirsan, ey pokiparvardigor, darhaqiqat men o'z jonimga jabr qiluvchilardan bo'lib qoldim degan paytini eslang.

[34:49] Ey xudo, meni nimaga baliqni qorniga tushirib qo'yding demayapti. O'zimga o'zim zulm qilib oldim, o'shaning uchun baliqni qoriniga tushdim deyapti. Farzandingiz noqobil bo'lgan bo'lsa, farzandingizni malomat qilavermang ota. Chunki uni shunaqa bo'lishiga eng birinchi javobgar va mana shu bir noqobilligiga xizmat qilgan odam sizsiz. Ehtimol, halol haromiga qaramasdan obkalar yig'izgandirsiz. Ehtimoli ota onangizni dilini og'ritgandirsiz.ehtimol, xaloyiqlarni haqqini yig'gandirsiz.eh timol qarg'ish olgandirsiz. Qandoq balo kunda tug'ilib qolgansan? Nimaga falonchi oyda bolasiga o'xshamaysan? Demang, amaki.

[35:32] Ma'qulmi? Aybni o'zimizdan qidiraylik da. Shikoyat ham qilmay qo'yamiz hayotda. Yunus alayhissalom qissasi bo'lib o'tdi. Mana balo diqqatidan chiqib ketdi. Shu bilan tugadimi ish? Bu oyatlarni hikmati tugadimi? Yo'q, birodarlar. Hayotda bu qissa yana takrorlanishi mumkin. Ha, har kuni takrorlanadi. Bolangiz noqobil chiqdimi, demak baliqni qorniga tushdingiz, musibat degan baliqni qornga. Ishingiz yurishmayaptimi? Topganingizda baraka yo'qmi? Musibat. Baliqni qori o'sha ham. Bularni birontasi kelmaydi mumiga, illo o'zini qilgan fe'li atvor tufeyli keladi.

[36:15] Bu qissa har kuni takrorlandi, birodarlar. Mana Payg'ambarimiz Yunus alayhissalomning baladi qornidan chiqib ketganligini bizga xabarni berdilar. Ona jaynahu minal g'om deydi Alloh Taolo. Biz Yunus alayhi salomni mana shu g'amdan, g'ussadan qutqardik dedi. Keyin nima dedi? Vo kada alika num jil mneen. Biz mo'minlarga mana shunday najot beramiz. Yunus alayhissalom muammosi bitdi, baladi qornidan chiqdi. Tuyadimi qissa? Yo'q, davomi bor. Va kadalika num jil muminin. Bundan keyin yashaydigan mo'minlarni Alloh mana shunday najotga chiqaramiz deyapti. Yunus alayhissalomni qarangda, analiz qilaylik qisqagina. Payg'ambar bo'lib keldi. Vazifasini bajardi. Qavm qavmul qimuvdi, qavmini tashlab chiqib ketdi. Xato o'zidan ketdi. Baladi qorniga kirdi, tasbeh aytdi Allohga. Keyin chiqib ketdi . Mana shu qoida siz bilan bizni ustimizda ham ishlaydi.

[37:14] Zimmamizda vazifa bor, burch bor, zo'r bajaramiz, yoki bir xatoga yo'l qo'yayotgan bo'lsak, albatta uni mukofoti, qo'shtirnoq ichidagi mukofoti keladi. Endi bu musibatdan chiqib ketish yo'li nima ekan? Yana Allohga qaytishlik. Siz yo'lbasdan qo'rqsangiz, yo'lbasdan quchasiz.

[37:37] Siz jarlikka qulab ketishidan qo'rqsangiz, jarlidan qochasiz. Ammo Alloh Taolodan qo'rqqan banda Alloh Taoloni o'ziga qochadi. Tushunarli bo'ldimi? O'sha qo'rqayotgan narsangizga kirib qolishingizdan xavotiringiz borligi uchun qochasiz undan uzoqqa. Qo'rqadigan narsasidan inson qochadi undan uzoqqa. Ammo Allohdaan qo'rqgan banda Allohga qaytadi. Yunus alayhissalomni baliqni qorniga Alloh tushirdi fe'li sabab. Endi chiqaradigan ham kim edi?

[38:11] Bu qissa, birodarlar. Hayotimizda har kunida ishlaydigan qonun bo'lishini oladir opimiz. Bu qissa biz uchun, birodarlar, biz mo'minlarga mana shunday najot beravermiz. Qur'ondagi qissalar. Alloh aziz va jallaning al qohir ekanligi. G'olib ekanligini siz bilan bizga bayon qiladi. Muso alayhissalomning fir'avn bilan bo'lgan qissasi.

[38:37] Misrdan chiqdi, banu isroilni olib muso alayhissa. Dengizni oldiga yetganlarida bu katta olti yuz ming kishilik karvonni orqa tomonidagilar fir'avn o'zini qo'shini bilan ularni qirib yakson qilgani kelayotganligini ko'rishdi. Ularni to'sib qoladigan hech narsa yo'q. Stajidubillah, qola ashabi musa inna alamudrakun. Musoning hamrohlari tamom bo'ldik, tutildik deyishdi. Chunki orqada qo'shin kelyapti, oldida dengiz turibdi. Qochib keta olmaydi. Musa alayhissalom nima dedi? Qola, kalla inna ma'iya robbi sayahdin. Yo'q. Aniqki, men bilan birga parvardigorim bor.

[39:22] Albatta u meni najot yo'liga boshlar dedi. Olloh qohir bo'lgan zon. Ana shu manu isroilni quvib kelayotgan, o'sha zamonning eng qudratli qo'shini dengiz tagida qolib ketdi. Manu isroildan bitta odam kessaga olib turayotgani yo'q bu qo'shinga qarshi. Chunki al qohir bo'gan robbisi ularni saqlashni xohladi, fir'avnni suv tagiga tiqib tashladi.

[39:46] Chunki aytdik, alloh taolo al qohir bo'lgan zot, butun borliqni o'zini hukmiga nima qilgan? Bo'yin sindirgan. Ularni ustidan g'olib. Bu ulug' anbiolardan birodarlar dars olishimiz kerak, ibrat olishimiz kerak. Allohga bo'lgan ishonchini, iymonini ko'ring. Ular o'zlarini Robbisiga bo'lgan iymoni bilan, Robbisi bilan aziz deb bilgan. Qo'lida uch to'rt chaqasi yo'q odam, o'zini xor deb his qiladi. Dunyosi yo'q, quvvati yo'q, mashinasi yo'q, chiroyli yo'q, xor bo'lib yuradi. Chunki o'zini shu narsalarsiz xor deb biladi. Endi biroq Alloh Taolo unga mana shu narsalarni hammasini birdaniga berib qo'ysa, endi aziz bo'lib qoladi.

[40:28] To'g'rimi? Eski qadrli avlodlar bilan muomala qilmay qo'yadi, yangisini qidirib qoladi. Mana oshxonada ovqat yemay qo'yadi, mana soat tashlab boshqasini tushunadi lekin. Demak bu odamni azizligi, xorligi dunyo matohi bilan edi. Lekin mo'min o'zini azizligini iymoni bilan deb biladi. A iymoningizni hech kim tortib ololmaydi bir xotin.

[40:53] Savr g'orida o'tirgan Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallam. Mushriylar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Makkadan chiqib ketganligini bilganlaridan keyin, u zot sollallohu alayhi vasallam va sherigi Abu Bakr Siddiqni tirigi yoki o'ligini topib kelganga yuzta tuyani mukofot qilib va'da qilishdi. Butun kurash oyoqqa o'tirdi. Izquvori ham, izquvar bo'lmagani ham chiqib qidirishni boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shu Savr g'orga chiqib, uch kun o'tirdilar.

[41:25] Juda ajib qissada, Payg'ambarimizni hayotini o'qirkanmiz, ichidagi ibrat, va'z nasihatlarni tugamasligini ko'ramiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan chiqib, Madinaga yursalar, shimol tomonga qarab yurish kerak. Ammo u zot janubga qarab yurdilar. Va o'ndan ortiq sababni qildilar, qurishning qo'liga tushib qolmasligi uchun. Ana shu sabablardan bittasi g'orga chiqib o'tirish edi.

[41:51] Lekin u qilgan sabablarni birontasi foyda qilmadi. Baribir g'orni og'ziga chiqishdi. G'orda, oldida turishibdi. Abu Bakr Siddiq va Rasululloh g'orda turib, ularni oyoqlarini ko'rib turishibdi. Ukalar, tushuninglar. Siz bilan bizni qilayotgan ishimiz, bir natijaga erishishimiz uchun, bor yo'g'i sabab. U natijani Alloh xohlasa beradi, bo'lmasa yo'q. Siz sababni qilishga javobgarsiz, natija Allohdan. Sababni qilib turib ishonib qolmang. Sababni qib turib aniq aytaman demang.

[42:24] Mana Muhammad alayhissalom xabarni yashirib, Abu Bakr Siddiqning uyiga xabarda aytgani kirdi, yuzini to'sib chiqdilar, bir. Kunni issig'ida chiqdilar Makkadan Abu Bakrning uyiga chiqib xabar bergani. Odamlar uyda o'tirib ikkita. Kirib ichkariga xabarni maxfiy qilish uchun qizlaringizni tashqariga chiqaring dedi. Xabarda aytgandan keyin uyni paradniy xotidan emas, chorniy xotidan chiqib ketdi.

[42:50] Kechqurunda uydan chiqdi. Shimoga emas, janubga qarab yurdi. G'orga chiqdi, uch kun o'tirdi. Abu Bakr Siddiq va Payg'ambarimiz mingan tuyalarni izini yopish uchun Abu Bakrni o'g'li qo'ylarni haydab ketdi izni yopish uchunga. Nechta sababni qilgan bo'lsa ham, bu sabablarni bittasi foyda qilmadi. Shuning uchun qoida, sizni maqsadingizga, ko'zlagan maqsadingiziga aniq yetkazadigan yuz foizlik sabab bo'lmaydi.

[43:21] Yuz foizlik sabab Alloh Taoloning xohishi. Tushuninglar. Sababga suyanmanglar. Akangizga, ukangizga suyanmang. Pulingizga suyanmeng. Orttirib qo'ygan pressingizga ishonmang. Yonib ketishi mumkin u pressingiz. Hayvonlaringiz och qoladi. Yem olib qo'ydim ikki tonna, bo'ldi, zo'r yashaydi endi mollarim. Ha, sababni qilamiz. Xuddi tavakkal qilishni bilmaydigan odamdaqa qilamiz. Sababni zo'r qilamiz. Lekin sababni zo'ri qilgandan keyin, hech narsa qilmagandaqa parvardigor deb yalinamiz. Mana shu mo'minni pozitsiyasi bo'ladi.

[43:55] Sizni ko'zlagan maqsadingizga olib boradigan, aniq ishlaydigan yuz foizlik sabab yo'q. Yuz foizlik. Sabab Allohnin xohishi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiqni yig'layotganligini ko'rib, nimaga yig'layapsiz Abu Bakr? Abu Bakr Siddiq, yo Rasululloh, agar hozir engishib, oyog'ini tagiga qarashganida, g'orni ichiga, bizni ko'rib qolishar edi, dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam nima dedilar? Ma vonnuka ya Abu Bakr bi it's name, Allohu salatu huma. Uchinchi sherigi Allohnin bo'lgan ikkita odam haqida nima deysiz? Uchinchi sherigi alloh bu ikkita odamhaqida qanaqa gumondasiz dedi. Tushunyapsizmi? Sababni qilib qo'yib turib, Allohnin deyapti Payg'ambarimiz. Alloh saqlashni xohladi, birontasi engishib qaramadi, agar qaraganda ham ko'rmas edi.

[44:55] Qani endi shu bir nozik narsa bor. Mana Payg'ambarimiz shuncha sababni qilib, g'orga chiqib o'tiribdilar. Qorash baribir topib keldi. Endi bitta sabab qoldi. Ular turishibdi g'orda oldida gaplashib, Payg'ambarimizni Abu Bakr Siddiq ko'rib turishibdi. Bitta sabab qolibdi Payg'ambarimizni Abu Bakr Siddiq qiladigan. Nima sabab? Indamay o'tirishi.

[45:19] Insoniy sifatda qiladigan bitta jim o'tirish edi. Jim o'tirdi, bo'ldi, ketdi. Ey Abu Bakr, uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkita odam haqida qanday gumondasiz? Qurish mushriklari Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning tirigi yoki ulugiga yuzta tuyani mukofot qilib tikishdi.

[45:45] Orqasidan suroq oti nima olik al jushumi quvolab bordi. Payg'ambarimiz sallallohu aleyhi vasallam bir necha marta qo'lini ko'tardilar, otining oyog'i yerga sanchilib qolib yiqilib tushdi. So'roqqa kelib, o'zini yo'l tadoligini, safar anjomlarini taklif qilganda qabul qilmadilar. Balki bizni ko'rganingni kurashga aytmaysan deb Payg'ambarimiz shart bilan jo'natdilar, qaytib ketdi. Qaytib ketayotganida, ey so'roqqa, Kisroning biling uzuklarini qo'lingga tashsang, ahvoling qanday bo'larkan dedi.

[46:16] Robbisiga bo'lgan iymonni ko'ring. Chunki Muhammad alayhissalomning robbisi Al Qohir bo'lgan zot. Hamma narsani bo'ynini sindiradi. Ha, ey Xusor oqa, men Madinaga yetib boraman. Sog' salomat. Davlat bino qilaman, qo'shin to'playman. Musulmonlar Forsiyaga qarshi jang qiladi va bularni hammasi seni aslida bo'ladi, ey Xusor oxa. Ha, shunday bo'ldi. Musulmonlar umarun xattob xalifalik davrida fath qilishdi madoinni. Ana shu Payg'ambarimiz va'da qilgan, Sironi bilay uzuklari. Musulmonlarni qo'liga keldi. Va Suroqani qo'liga taqishdi.

[46:52] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zining Robbisin al Qohir ekanligini yaxshi bilar edi. Va Robbisiga mana shunday bir suyangan tavakkal qilgan bandi edi. Sollallohu alayhi vasallam. Rasulullohni Qurish, da'vat qilishingdan man qilib qo'ydi. O'n yil da'vatdan keyin mana Abu To'lib vafot etdi. Hadik choramizda vafot etdilar. Shunda Rasululloh Makka ahlidan umidini uzib, Toifga chiqib, ularni da'vat qildilar, ammo Toif qabul qilmadi. Toshbo'ron qilib haydashdi.

[47:24] Mana endi qaytib Makkaga kirgani xavotir bor. Agar aytishim mumkin bo'lsa, ana shu paytda islomiy da'vatning kichkina qiyomati qoyim bo'lib qolgan edi. Makkaga qaytishga majbur. Makkadagilar Payg'ambarimizni sehrgar degan, jinni degan, yolg'onchi degan qatl qilishlikka jur'ati bor. Toifdan toshbo'ron bo'lib qaytib keldilar. Mana endi boradigan joyi yo'q, Makkadan boshqa.

[47:51] Shunda u zot bilan chiqqan, Zaydun nuxorisa, yo Rasululloh, qanday qilib kirasiz Makkaga, dedi. Vallohi Payg'ambarimiz Allohga bo'lgan ishonchini ko'ring, ajibligini. Qalbini, inson qalbini xotirjamlikka to'ldiradigan so'zlarni aytdilar. Inna alloha nasiru nabiya. Albatta Alloh o'zini Payg'ambariga albatta yordam beradi dedi.

[48:17] Oldida hech narsa yo'q. U zotni Makkaga kirsa himoya qiladigan hech kim yo'q. Hech qanday quvvati yo'q qo'lida. Lekin Allohga bo'lgan iymoni bor. Hozir ham ummatu muhammadiya, ummatlarning oxirgi safida turgan payti, ularni yuksalikka olib chiqadigan bironta bir qo'lida bir sababi yo'qligini ko'ramiz. Lekin biz aniq ishonamiz bu roddalar. Alloh ummatni aziz qilishlikka qodir. Garchi qo'lida hech narsasi bo'lmasa ham, faqat ummat, Alloh ularni aziz qilishligiga loyiq bo'lishligi kerak.

[48:49] Umidsizlik hayotimizdagi eng xatarli narsa. Tushkunlikka tushib qolish. Tugadi, tamom bo'ldi deb o'ylash. Sen banda, Alloh bilan birgasan. Buni unutma. Alloh Taolo o'zini bandalarini tashlab qo'ymaydi. Alloh o'zining yaxshi ko'rgan bandalarini yordamchisi tashlab qo'maydi. Astadibillah, valang ya terakkum a'malakum. U Alloh qilgan amallaringizni savobini mukofotini kamaytirmas. Vala tahinu vala tahzana va antumul a'laun inkun'tum ummeniyin. Ustlashmanglar, g'amgin bo'lmanglar. Agar haqiqiy iymon egasi bo'lsanglar, sizlar g'olibsizlar, sizlar oliysizlar. Al Qohir bo'lgan Robbimiz aytyaptilar, shart haqiqiy iymon egasi bo'ladigan bo'lsanglar.

[49:36] Hamma quvvatni egasi bo'lgan Alloh bilan birga bo'lishing, birodarlar, eng yaxshi holating seni. Al Qohir bo'gan zot bilan o'zingni aziz bilishing, Al Qohhar bo'gan zotbilan o'zingni arziz bilishing, uni qudratidan quvvat olishing, azizlik va karomatni unga qulchilik qilishda deb bilishing. Va tilkal ayyamunudaviylu habayna nas. Ha, musulmon ummati hozir kuch quvvatda ummatlarning peshvolari qatorida emas. Robbimiz aytyapti va mana shu kunlarni, ya'ni g'olib bo'lish, mag'lub bo'lish, baland bo'lish, past bo'lish kunlarini odamlar orasida aylantirib turamiz.

[50:16] Agar yer yuzini Alloh Taolo faqatgina kuch quvvat egalariga topshirib qo'yganida, kofirlar mo'minlarni tushkunlikka, umidsizlikka tushirishib yuborgan bo'lar edi. Agar yer yuzini alloh taolo faqatgina mo'minlarga topshirib qo'yganida, odamlarni juda ko'pchiligi mo'min bo'lmaganlari musulmonlarga nisbatan ikkiyuzlamachilik munofiqlik qilishgan bo'lar edi . Shuning uchun aytyapti Alloh Taolo, bu kunlarni odamlarni orasida aylantirib turamiz. Gohida, yer yuzida kofirlar kuch quvvatni usti bo'ladi. Yana bir davr keladi, mo'minlarni qo'lida bo'ladi dunyo. Bizni nasibamiz birodarlar mana shu davrga to'g'ri kelibdi. Musulmonlar zaif bo'lib turgan paytga to'g'risi kelibdi. Lekin biz sabr qilamiz, umid qilamiz. Zero Alloh Taolo bandalarni o'zi xohlagandek bo'ynini sindirgan Alloh Subhanahu va Taolo har qanday aybini xusondan pok. Tasbehlar bor. Ana shulardan bittasi Subhanaman Qohira Ibadah u bilmaut.

[51:15] Bandalarini o'limga bo'yin sindirgan Zot aybi nuqsondan pokdir. Bandalarni o'limga boin sindirgan Zot har qaynda aybi nuqsonidan pokdir. Hamma o'ladi. Mo'min kofir, boy kambag'al, erkak ayol, sog' kasal, hamma o'lada. Alloh Taolo bandasini o'limga bu vin sindirib qo'ygan, qahr qilgan. Xohlasa bandasini kasallikka xohlasa faqirlikka, xohlasa ojizlikka bo'yin sindirib qo'yadi. Inson bo'yin sindirma iloji yo'q. Chunki Al Qohhar bo'lgan Alloh Azza va Jalloh mana shu narsani xohlagan edi. Shularni bari birodarlar qahr bo'yin sindirishlik deyiladi. Valillahi l asma ul husna fado'u u biha. Alloh taoloning go'zal ismlari bor, bas unga ular bilan duo qiling. Jabborlarni haddidan oshganlarni, zolimlarni ustidan qahr qiladi, bo'yin sindiradi, xor qiladi. Ularni ustidan g'olib bo'ladi.

[52:16] Allohum mahdina fiy man hadayt va afina fiy man afayt va tavallana fiy man tavallayt va barikla nafiy ma atoyt vaqina vosri f'anna sharroma qodoyt fa innaka taqdibel haq valayu xudo alik. Duoni qarang. Kelinglar ko'rib chiqamiz shu duoni nimaligini. Parvardigor, sen o'zing hidoyat qilgan bandalar qatorida bizni ham hidoyat qilgin. Hamda sen ofiyatda saqlagan bandalar qatorida, bizni ham ofiyatda sa qlagin. Va sen ishlarini o'z qo'linga olgan bandalar qatorada bizni ham ishimizni qo'linga olmagin. Hamda sen ato qilgan narsani barakotli qilgin. Hamda qazoyingning yomonidan bizni saqlagin va uni bizdan nari qilgin. Albatta sen haq hukm qilasan, sening ustingdan hech kim hukm qilmaydi.

[53:11] Birinchi so'ralgan narsa, Allohu mahdina fiy man haday. Hidoyat. Parvardigor, sen hidoyat qilgan bandalar qatorida meni ham hidoyat qilgin. Yigitlar, bilib qo'yinglar. Yetmish ga, oltmish ga, sakson ga kirgan oqsoqollar hayotni issiqovini ko'rdi da, nima oq, nima qora bilishdi. Garchi diniy bilimlari chuqur bo'lmasa ham, hayotiy tajribadan ko'rishdi.

[53:38] Eng katta ne'mat, eng birinchi ulug' ne'mat, bu hidoyat. Ha, birinchi ne'mat hidoyat. Undan avval bironta bir ne'mat bo'lmaydi. Mana shu hidoyat degan ne'mat bir raqamiga o'xshaydi. Hidoyat bir. Uni orqasiga nol qo'shing. O'n bo'ldi. Mana shu nol bu ofiyat. Demak, hidoyat va ofiyat o'n bo'ladi. Endi orqasiga yana bitta ne'matni nol deb qo'shing. Nima bo'lsin? Farzand bo'lsin. Bir, ikkita nol. Yuz bo'ldi. Hidoyat, ofiyat, farzand.

[54:17] Yana bitta nol qo'shing. Ming bo'ldi. Birinchisi, bir hidoyat. Ikkinchisi, ofiyat. Uchinchisi, farzand, to'rtinchisi, boylik. Ming bo'ldi. Har bitta hayotdagi ne'matni bittadan nol qilib qo'shavering. O'shanda kimdadir million bor. Hidoyat va nechtadir nol. Endi mana shu million bo'lgan raqamni oldidan birda olib qo'ying.

[54:42] Nima bo'ldi? Nol bo'ldi. Sog'siz. Farzandlaringiz serob, boysiz, muammoyingiz yo'q, hamma yog'ingiz bor, ammo hidoyatingiz yo'q, iymoningiz yo'q. Bu ne'mat deyiladimi? Demak, eng birinchi ne'mat nima ekan? Eng birinchi va eng ulug' ne'mat bu hidoyat bo'ladi.

[55:07] Demak, birodarlar, hamma ne'matni berib turib, agar Alloh senga hidoyatni bermagan bo'lsa, bu ne'matlar hammasi nol bo'ladi. Imondan boshqa ne'matlar Allohning haqiqiy chin atosi deyilmaydi. Chunki imondan boshqo ne'matlarni Alloh mo'minga ham beryapti, kofirga ham beryapti. Alloh taoloning haqiqiy atosi, haqiqiy in'omi bergan hadiyasi o'lim bilan yakun topishi mumkin emas. Haqiqiy ato, haqiqiy ne'mat o'limdan keyin ham davom etadi. Haqiqiyato, haqiqiyne'mat qaysi ne'mat ekan? Hidoyat ne'mati ekan.

[55:46] Alloh taoloni bu dunyoda insonlarga bergan ne'matlari ko'p. Eng birinchisi bu hidoyat. Undan keyin sog'liq. Undan keyin tinchlik. Undan keyin bola shaqa. Undan keyin mol u dunyo. Undan keyin obro'. Mana shu ne'matlar hammasi Alloh Taolo bandalarga ato qilgan inonlar. Lekin mana shu ne'matlarni hammasi inson vafot etishligi bilan qabrini ustida qoladi. Faqatgina iymon ne'mati, hidoyat ne'mati u bilan qabrga birga kiradi. Qaysi ne'matni inson o'limidan keyingi olib qo'ya oladi? Hech qaysisini. Faqat hidoyatni. Shuning uchun haqiqiy oqil odam kim? Haqiqiy oqul odam kim?

[56:30] O'ziga o'limidan keyin ham foydasi tegadigan ne'matni topishida, hidoyatni topishida va undan foydalanishida. Ha, albatta dunyo hayoti ham birodarlar ne'mat, ammo u o'lim bilan tugaydi. Inson qabrga kirishi bilan mansabidan, lazzatidan, huzur halovatidan, boyligidan, hammasidan ajraydi. Demak, haqiqiy oqil inson qabrga kirgandan keyin ham unga foyda beradigan ne'matni istaydi, topadi va mana shuni taqozosi bilan yashaydi. O'lim bilan tamom bo'ladigan ne'mat bu haqiqiy ne'mat emas. Haqiqatdan bu dunyo matohini, dunyo ne'matlarini Alloh Taolo o'zi yaxshi ko'rgan mo'minlarga ham, yomon ko'rgan kafirlarga ham beraveradi. Nodomiki shunday ekan, bu dunyo ne'mati Alloh siz bilan biz uchun xohlagan ne'mat emas ekan.

[57:25] Endi bir fikr qilib beradigan bo'lsangiz, Alloh azza va jallaning eng suyukli bandasi Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga Alloh Taolo dunyo matohini bermadi. Dunyo matohini ber madi. Shu bilan xor qilgan bo'ladimi? Yo'q. Aziz qilgan bo'ladi. Chunki hidoyatni berib turib, Alloh Taolo dunyoni bermagan bo'lsa, bu xor qilgani bo'lmaydi. Eng asosiy narsani oldi banda.

[57:54] Aksincha, dunyoni berib turib, agar hidoyatni bermagan bo'lmasa, mana shu bandasini xor qilibdi. Bizni o'lchov tushunchamiz shunaqa. Islomiy o'lchov shunaqa bo'ladi. Xudo yoqqan joyi borki, zuvolasini nima qilibdi? Katta uzibdi. Bu noto'g'ri gap. U zuvolani qarang da, qor unga qanaqa zuvolani uzgan. Shira unga qanaqqa zuvolani buzgan. Lekin ular iymoni yo'q kofir edi.

[58:22] Xudoga yoqqan joy borki, zuolasini katta uzibdi, bu johillik tushuncha, bu maqolni esdan chiqarish kerak. Bu noto'g'ri bu. Agar shu tushuncha bilan yashayotgan bo'lsa, bu inson hech qachon kassasi oqarmaydi, hech qachon xotirjam yashamaydi. Haqiqiy xor inson kim? Haqiqiy xori inson hidoyatni topmagan inson. Muhim emas uni millati qanaqa, qaysi zamonda yashagan, qaysi yerda tug'ilgan, qancha dunyosi bor, muhim emas. Muhimi hidoyatni topmapdimi? Bu odam xor inson hisoblanadi. Chunki takror aytyapmiz, moli dunyoni alloh taolo o'zi yomon ko'rgan shir aunga ham beraverdi, mulku saltanatni, o'zi yaxshi ko'rgan sulaymon alayhissalomga ham beraverdi. Modomiki boyligini alloh azza va jalla qorunga ham beraversin, usmonim nafonga ham beravershin. Demak, boylik, mansab, dunyo matohi Allohzza bir bandani yaxshi ko'rganligi uchun, yaxshi ko'rtganligini belgisi emas ekan. Shuni tushunib olaylik. Shuni tushuna olaylik.

[59:32] Ya'ni bir qoida. Modomiki bir ne'matni Alloh azza va jalla o'zi yaxshi ko'rdigan bandasiga ham bergan bo'lsa, yomon ko'rgan bandasiga ham bergansa, demak bu ne'mat Alloh taoloning muhabbatini belgisi emass. Allohning bir bandaga bo'lgan muhabbatini belgisi hidoyat, iymon, amal, ilm. Shu tushuncha bilan yashaylik.

[1:00:01] Al Qohir ismi yaqqol ko'zga ko'rinadigan mana duol. Haqiqiy oqil inson Alloh taolodan doim hidoyatni so'raydi, tavfiqni so'raydi. Chunki mana shu ne'matlarning eng tamomi, mukammali hidoyat bo'lib sanaladi. Mana o'tgan darsimizda o'qigan duoyimiz allohim mahdini fiman hadayt. Parvardigorim meni o'zing hidoyat qilgan bandalar qatorida hidoyat qilgin va afini fiman afaid va menga sen ofiyat bergan bandalar qatorada ofiyat bergin. Mana hidoyat qilgil. Hidoyat eng birinchi ne'mat. Uni orqasidagi ne'mat ofiyat. Shuning uchun duoda birinchi hidoyat ber, orqasidan ofiyat ber deydi. Mana shu duoni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko'p aytardilar. Allohum arzuqnal avf va vala afiyata val muofata doimo fiddiniy va dunya val axiron.

[1:01:01] Parvardigor bizlarni avf bilan, ofiyat bilan, din, dunyo va oxiratdagi doimiy muofat bilan rizqlantirgan. Chunki insonda ofiyat bo'lmasa, hayoti judayam bir achchiq bo'lib ketadi. Shunday bir kasalni Alloh Taolo berib qo'yadi bir bandaga, shu dard tufaylik hayoti jahlimga aylanib ketadi. Shundan bir dard, kasalliklar bor. Seni bor u, mol u, dunyoying uni oldida hech narsaga arzimay qoladi. Shunday bu musibatlar bor. Seni qo'lingdagi hamma ne'mat uni oldida yo'q bo'lib ketad. Shuning uchun Alloh Taolodan hidoyatni so'raganimizdan keyin, ofiyatni so'raylik.

[1:01:43] Parvardigor, meni sen hidoyat qilgan bandalar qatorida hidoyat qilgin va menga sen ofiyat bergan bandalar qatorada ofiyat bergin. Hamda ishimizni o'zingni qo'lingga olgin. Ishimizni qo'linga olgin. Va ufavviyda amri ila alloh, innalloha basirun bil ibod. Men deydi, Mo'so alayhissalomning mana qissasida bor. Fir'avnning saroyida yashagan, Fir'avnning qavmidan bo'lgan, lekin Mo'so alayhi assalomga iymon keltirgan mo'min kishi aytadi, men o'zimni ishimni Allohga topshirdim deydi.

[1:02:21] Ishingizni Allohga topshirtiring. Siz yaxshi deb o'ylayotgan narsa oqibati yomon bo'lishi mumkin. Uni bilmaysiz siz. Siz yomon deb o'ylayotgan ishning oqibati yaxshi bo'lishi mumkin. Buni siz bilmaysiz. Shuning uchun aytingki, Parvardigor, meni ishimni o'zingni qo'lingga olgin. Chunki men nima yaxshi yu, nima yomon ekanligini oqibatda bilmayman.

[1:02:48] Bandasini Alloh Subhanahu va Taolo kuzatib turadi va mana shu narsa banda uchun ulkan ne'mat. Sizni Alloh kuzatib turgan bo'lsa, sizga judayam bir katta hayriyat bu. Chunki Alloh sizni xatolaringizni tuzatib turadi. Mukofotini olasiz. Qo'shtirnoq ichida. Xato qildingiz, mukofot keldi. Qo'shtirtnoq ichidagi mukofot. Ya'ni kibrga yo'l qo'ydingiz. Alloh sizni mukofotlaydi da, bir mashaqqatga tushiradi. Kibr qilganligingiz uchun shu ish kelganligini bilasiz, qaytib kibr qilmaysiz. Isrofga yo'l qoidaysiz. Alloh Taolo sizni ana shu iqtisoddan yoki puldan qisib qo'ydi. Mukofotlab qo'ydi. Qo'lingizni kalta qilib qo'ydi. Endi tushunasiz, isrof qilgan ekanman deysiz. Ya'ni Alloh sizni ishingizni o'zini qo'liga oldi. Alloh sizni kuzatyapti. Xato qilayotganingizda tuzatib turibdi. Alloh sizni davolayapti.

[1:03:42] Shuni yaxshilab tushunib olishimiz kerak, birodarlar. Qaysi bir banda robbim meni kuzatib turibdi degan e'tiqodda bo'lsa, bu odam tamomiy yaxshi holatda. Bunday odam agar xatolari bor bo'lsa ham tuzalishi umid qilinadi. Chunki qilgan xatosiga o'rnida mukofot kelib tursa nima qiladi? To'xtaydi da.

[1:04:04] Ammo yana bir odam bor, Alloh uni o'z holiga tashlab qo'ygan. Kibr qiladimi, isrof qiladimi, boshqalarga zulm qiladimi, xoromiydimi, hech qanaqa jazo kelmaydi. Bu musibat bu odam uchun. Faqat tushunmaydi da buni. Buni istidroji deydi. Ko'tarib yerga chopish degani. Alloh uni qilayotgan gunohlari bilan o'ziga tashlab qo'ygan. Ammo mo'min esa, mo'minni Alloh yaxshi ko'radi. O'z holiga tashlab qoymaydi. Xatosi uchun albatta muolajani beradi.

[1:04:40] O'zingizni holingizga Alloh tashlab qo'yganidan ko'ra, qilgan xatoyingizga o'rnida mukofot berib, tarbiyalab turgan yaxshi emasmi sizga? Shuning uchun xohlagan ishini qilib yurgan odam bor, xoliholamda farqiga bormaydi, gunohmasiyatdan hech qanaqa bir parhez qilmaydi, ammo shunaqa bo'lsa ham o'zi xohlagandek yashayapti. Keng hamma yog'i, mo'l. Bu manda hushyor bo'lsin, bu iste'diroj deyiladi. Qoida.

[1:05:08] Inson iymonida, taqvosida yuksalgani sari, eng mayda gunohlari uchun ham, eng kichik xatolar uchun ham hisob kitob qilinadi. Endi, iymoniy e'tiqodi zaiflashgani sari, katta gunohlari uchin hisob qilinadi, mayda xatolar uchunga emas. Kichkina qilgan xatoyingiz uchun ham mukofot kelyaptimi qo'shtirnoq ichida? Jazo kelyaptimi? Demak, iymoningizda yuksalibsiz. Ammo iymon e'tiqoddan ancha orqaga ketib qolgan, zaiflashib ketib qolgan odamni Alloh faqatgina katta qilgan gunohlari uchun, qilgan katta gunohlari uchtun jazo beradi, maydasiga emas.

[1:05:47] Endi tushundinglarmi, birodarlar? Allohni nazdida hurmati, maqomi baland bo'lgan kishi bir so'm haqqa o'tib ketsa, biroqda, darrov bir yerdan teshib chiqadi. Ya'ni o'sha yoq odamlar bor, ming millionlarda shunday yeb yuboradi nohaq, jazo kelmaydi. Demak, Alloh ularni o'zini holiga tashlab qo'ygan. Parvardigor, meni Sen hidoyat qilgan bandalar qatorida hidoyat qilgin, meni Sen ofiyat bergan bandalar qatorada ofiyatli qilgin. Demak, Alloh Taolo bizni ishimizni o'zini qo'liga oladi. Va tavallana fiy man tavallayt. Bandalarni ishini qo'linga olibsanmi? Meni ham ishimni qo'linga oling. At tavalliy degani bu tarbiya qilish degani.

[1:06:34] Alloh deding. Parvardigor, o'zing meni ishimni qo'lingga olgin dedingiz. O'zingga suyandim dedingiz. Alloh za tashlab qo'ymaydi. Ko'p qaytaradigan ibrat mana shu o'rinda Xunayn va Badr g'azosida bo'lgan ikkita ulkan dars. Har kuni muhtojmiz bu darslarga.

[1:06:56] Hunayn kunida musulmonlar o'zlarining qo'shinini adadini, katta ekanligiga suyanib qolishdi. Ollohga suyanishlaridan ko'ra sanog'iga suyanishligi ko'proq bo'lib qoldi. Natija nima bo'ldi? Mag'lubiyat naqd bo'ldi. Mag'lubiyati naqd bo'ladi. Biz ham ba'zida ozgina pul to'planib qolsa qo'limizga, bo'ldi endi mana shu qishdan yaxshi chiqaman.

[1:07:23] Ha ustalar? Bu yil sezonni yaxshi oldim, yaxshi bir besh o'n ming dollar qo'limda pulim bor. Endi qishni yaxshi o'tkazaman deb turib, suyanchingiz, suyanishingiz pulingizga bo'lib qoldi. Ha avval nima bilan chiqyotgandingiz o'sha o'n ming dollarni yo'q paytida? Nima deyotgandingiz? Ha, rizq Allohning qo'lida, Alloh bor degansiz, qishdan zo'r chiqqansiz. Ammo pulingizga suyanib qo'ysangiz, agar Alloh sizga mana shu xatoyingiz uchun dars berishni xohlasa, bir kasalni berib qo'yadi, o'sha pulingizchalik qarzga yana kirib ketasiz. O'shanda ham qishdan chiqaverasiz.

[1:07:58] Xunayn kunida musulmonlar o'zlarining sanog'iga, qo'shinning adadiga suyanib qolishdi. Nima bo'ldi? Alloh bu sahobalarni yaxshi ko'rardi da. O'shaning uchun qilgan kichkina xatosi bo'lsin, katta xatosi bo'lsa, o'rnida muolajani berdi. Endi Badr kunidachi? Musulmonlarning sanog'i qorosh mushriklarini qo'shinining sanog'idan uch barobar oz. Lekin ular Allohga tavakkal qilishdi, Alloh Taolo qo'lladi. Farishtalarni tushirdi.

[1:08:29] Men o'zim deng, Alloh o'zingizni holingizga tashlab qo'yadi. Alloh deng, sizni ishingizni o'zini qo'liga oladi. Sizni ishingiz o'zini qoliga oldimi? Yutdingiz. Ikki dunyoda yutdingiz. Men bu sohada birinchiman. Bu masalada mendan ko'ra bilimdoni yo'q deb bo'lmaydi. Chunki Allohga nisbatan beadablik bo'ladi, birodarlar. Pul bo'lsa changalda sho'rva deydi birodar. Uni nazarida hamma yoq pul bilan hal bo'ladi. Hamma muammodan pul bilan chiqib ketaman deb o'ylaydi. Rostdan ham shunaqami?

[1:09:03] Rostdan ham hamma mushkula, hamma muammoni pul bilan hal qilish mumkinmi? Birodarlar, bu so'z sizga Allohni unutib turib qo'yadi. Pul bo'lsa changalda sho'rva degan e'tiqod so'zi Allohni sizni yodingizdan chiqargizib qo'yadi. Pulingizga suyanib qolasiz. Alloh g'ayur bo'lgan Zot. Bandasini qizg'anadi.

[1:09:27] Agar uni o'zidan boshqaga suyanib qoladigan bo'lsak, ilmimizga, hunarimizga, pulimizga, tajribamizga, tanishimizga, Alloh tomonidan bir muolaja keladi, kutib turing. Agar yaxshi ko'rsa, muolaja beradi. Bo'lmasa yuraverasiz o'sha pulingizga ishonib, akangizga ishonib. Akangizni baylab qo'ygani yo'q u kursiga. U pulingizni ham baylab qo'ygani yo'q. Allohga suyanaylik birodarlar. Allohga suyaniylik.

[1:09:52] Valaqodin nasarakumullohu bi badringh va anhum adil la. Alloh taolo sahobalarga aytyapti. Axir Alloh Badr jangida kuchsiz bo'lsanglar ham sizlarni g'olib qildi ku. Voyam hunayn, iz a ajaba tukum kasra tukum, falam tug'niyang qumshay a. Hunayn kunini eslanglar, o'shanda sizlarda ko'pliginglar mag'rur qilib qolgan edi. Ammo sizlarni sanog'inglarni kattaligi sizlarga hech qanday foyda bermadi. Kimga suyanaylik? Al Qohhar bo'lgan robbimizga. Kimga ishimizni topshiraylik? Al Qahhar bo'lgan rabbimizga. Ha, pul kerak, tanish bilish kerak, ilm kerak, hunar kerak. Bular bor yo'g'i sabab.

[1:10:35] Maqsadingizga yetkazadigan sabab xolos. Lekin haqiqiy xohish Allohniki bo'ladi. Men dema manda, chunki sen hech kim emas eding. Hech narsa emas eding. Alloh deganding, endi bir yaxshi narsa bo'lding. Falyan du riyel insano minma xuliq. Inson nimadan yaralganiga qaramaydimi? Inson nimadan yaralganiga yarasin. Umurtqa pog'onasidan, ko'krak qafasidan otilib chiqadigan shu suvdan yaralmaganmidi? Najosatmasmidi asli? Shuning uchun men demasin. Men demasin inson.

[1:11:14] Votavallana, fiyman tavallayt va sen ishlarini o'z qo'lingga olgan bandalar qatorida bizni ham ishimizni qo'lingga oling. Alloh tarbiya qiladi. Alloh ishimizni qo'liga oladi. Farzandini tarbiya qilayotgan otani ko'rmaysizmi? Bolasidan bir xato o'tsa, tuzatadi. Nojoya gapirsa, bu gapni gapirma deydi. Nojoya harakat qilsa, buni qilma deydi. Yaxshi ko'rganidanmi? Yaxshi ko'rtganidan. Agar gapiga quloq sola olmasa, shu xatoni takrorlansa, jazolaydi. Jazolayotganda, uni yomon ko'rganidan jazolayaptimi? Yo yaxshi ko'rsatganidanmi?

[1:11:52] Shuning uchun qilgan xatoyingizga bir muolaja kelgan bo'lsa, ey Xudo, men senga nima yozuvdim demaylik. Bu Alloh bizni davolayapti. Ey bandalarim deyapti Alloh Taolo. Berganim mukofot, bermaganim jazo emas. Berganim sinov, men qilganim shifo.

[1:12:15] Va barikilana fima ato it. Va sen ato qilgan narsani menga barakali qilgin. Ba'zida pul topasiz, ko'p pulga o'xshaydi, ammo barakasi yo'q. Qayoqqa ketayotganini bilmaysiz. Tinimsiz mashinangiz remontdan chiqmaydi, molingiz musodara bo'lgan, qayoqqa kelayotganini bilmaydi, xullas bebaraka. Yana ba'zida bo'ladi, ozgina pul topasan, juda ko'p ishing bitadi. Alloh barakotli qilib qo'ygan. Shuning uchun Alloh ato qilgan nuqtani ko'paytirib berishini so'rash kerak emas.

[1:12:47] Alloh bergan narsani ko'paytir deb so'rash keraksiz emas, ko'paymaydi u. Uni barakalik qilib ber deb so'rashlik kerak. Chunki har bitta inson onasini qornida yuz yigirma bir kunga to'lgan kuni, farishta kelib rizqi bilan ajalini yozadi. Bu o'zgarmaydigan narsa. Rizq tugadi, ajal keldi. Inson bunga aloqasi yo'q. Hech narsa qila olmaydi buni. Ko'paytirib olsa aytira olmaydi. Orqaga sura olmaydi. Faqat unga baraka tilashi mumkin. Shuning uchun va barik lana fima atoid. Ato qilgan narsangni bizga barakali qilgin.

[1:13:23] O'zi baraka degan so'z, birodarlar, Qur'oniy so'z da. Tabaraka ladiy biyadihil mulk. Barcha olimlar podshohligi o'z qo'lida bo'lgan Alloh barakatlidir. Kelinglar shu barakani yengil hal qilib qo'yamiz. Baraka nima edi? Bir narsani barakali bo'lishida domla. To'g'ri aytdingiz. O'sha baraka nima edi?

[1:13:45] Bir narsaning ustida ilohiy xayriyatni davomiy turishi. Ya'ni mana bu piyola ellik yil ishlaydi. Demak shu barakali piyola ekan. Yoki tushib ketib besh kunda sinadi. Demak bu baraka ekan. Bo'ldimi? Tushunarlimi? Mana shu to'rtta pokrishkani qo'yganimdan beri to'rt yildan beri yuribman deydi. Keyingi pokrishkani qo'yadi, xuddi o'sha yo'lda yuradi, bir yilda tugaydi. Baraka ko'p degani emas. Baraka ko'k degani emas! O'shaning uchun necha pul topasan degan savol to'g'riroqmi yoki qanaqa pul topasan degan savol to'g'rirog'mi?

[1:14:23] Ikkinchisi, qanaqa pulligi qiziq bo'lsin. Chunki qanchaligi muhim emas, qanaqaligi muhim. Demak birodarlar, agar Alloh Taolo sizga baraka bersa, vaqtingizda baraka bo'ladi. Odamlar uzoq vaqtda ham qila olmayotgan ishni qisqa vaqtda qilib qo'yasiz. Molingizga baraka beradi. Ayolingiz, oilangiz barakali bo'ladi. Ayolingizi bilan uzoq muddat yashaysiz, ko'p yaxshilarga ega bo'lasiz. O'rtada mehr muhabbat, vafo, ishonch.

[1:14:55] Chunki buni aksi ham bo'lib qolishi mumkin da. Xotin zoti er uchun azob uqubatni manbayi bo'lib qolishi mumkin. Agar bunaqa ayolga duchor bo'lsangiz, hayotingizni o'zi naqqina jahannam bo'lib qoladi. Hayotni o'zi naquna azob bo'lib qoladik. Baraka birodar faqatgina pulda bo'lmaydi. Itoatkor ayolda bo'ladi, sog'liq farzandlarda bo'ladi. Baraka sog'lig'ida bo'ladi. Uzoq yillar sog'ligingdan foydalanasan. Bularni bari Allohning ne'mati. Baraka pulda bo'ladi, to'g'ri. Ozgina topgan puling bilan ko'p narsaga ega bo'lasan. Baraka vaqtda bo'ladi. Qisqa muddatda ko'p narsanga ulgaysanki, odamlar, ey, qanday ulgayapsiz da shuncha narsaga deydi.

[1:15:40] Chunki sizni yigirma to'rt soatingiz unda ham bor. Lekin u ulgurmayapti da. Unda nima yo'q? Baraka yo'q. Imom Navoiy qirq besh yil umr ko'rgan. Lekin qirq besh yilda, yilda o'qib o'rganib qoldirib ketgan ilmini qarang da. Yuz yilga bo'lsangiz, yuz yil ham yetmaydi. Imomu Buxoriy oltmish uch yil umr ko'rgan, oltmish u ch yilda to'plab qoldirib ketkan ilmini yuz oltmish uchinchi yilga bo'lsa ham yetmaydi. Demak, bu kishilar barakotli umr ko'rgandi. Shundan Allohda nimani so'ralish uchun? Va barik la nafima atoid. Parvardigor, bizga bergan narsalaringni qanaqa qilib ber? Barakali qilib ber.

[1:16:20] Va innahula yubil luman valayt, valayya ayz luman adayt. Albatta sen do'st tutgan banda xor bo'lmaydi, sen unga dushmanlik qilgan banda aziz bo'lmaydi. Bizni azizligimiz Allohni quli bo'lishligimiz bilan. Boshqalarni xor bo'lishligi Allohga dushman bo'lishligi bilan. Shuning uchun, birodarlar, Al Qohir ismi bizga mana shu ma'nolarni beradi. Alloh Taolo hamma maxluqotini o'zini hukmiga bo'yin sindirgan. Hech kim Allohnin qabzasidan qochib qutilolmaydi.

[1:16:52] Alloh bizni ba'zida kasallik bilan mag'lub qilib qo'yadi. Hukmiga boin sindirib qo'yadi, ba'zida o'lim bilan yengib qo'yad. Mana shu narsa bilan bizni ustimizdan g'olib, mana shu narsa balan Alloh Taolo qohir bo'lgan son. Ba'zida bizni Alloh faqirligi bilan mag'luh qilib qo'yg'adi. Qo'limizni kaltak qilib qo'ydi, rizqimizni tang qilib qo'yardi, shuni orqasida yuramiz. Hayotimiz cho'qqa aylanib qoladi.

[1:17:14] Ammo Alloh bir bandasiga izzat ikrom ko'rsatsachi, solih ayol bilan, keng hovli bilan, solih farzandlar bilan, kifoya qiladigan daromad bilan rizqlantirib qo'yadi. Bironta odamga muhtoj qilmaydi. Albatta bu Alloh Taoloning ulkan inomi bo'ladi. Al Qohir ismidan qanday foyda olamiz? Avvalambor, Al Qohir ismi siz bilan bizni Allohga itoatda bo'lishlikka va bo'yin so'nishlikka chorlaydi. Al Qohir, Al Qohir bo'lgan zot, Alloh Subhanahu va Taolo. Unga itoat qilishimiz kerak, bo'yin so'inishimiz kerak, chunki Allohni qabzasidamiz. Alloh xohlasa, jasadimizdagi kichkina bir tomirni shunday yorib qo'yadi, tugadingiz. Miyada bitta tog'on tomir yorilib kelsin, bo'ldi, shol siz yotibsiz. Bunaqa tomirdan son sanoqsiz jasadimizda birodarlar. Allohga bo'ying suniylik, itoat qilaylik. Al Qohir ismi, Al Qohir ismini siz bilan bizda mana shunday narsa bor bo'lishini taqozo qiladi. Qo'lingizda nima bor bo'lsa, Allohni qo'lida u. Siz nimani xohlaysiz? Agar Alloh xohlamasa bo'lmaydi bu narsa. Qo'lida mansabi, kuchi quvvati bor odam senga bir yomonlik qilaman deb qasd qilsa qo'rqasan. Chunki boyagi qasdini amalga oshirishi mumkin-da.

[1:18:32] Quvvati bor, puli bor, tanish bilishlari bor. Shunday qila oladi. Lekin qila olmay qolishi ham mumkin. Fikr o'zgarib qolishi mumkin, o'lib qolishi mumkin. Mahrum bo'lib qolishi ham mumkin-da, boyagi imkoniyatlaridan. Ammo Alloh Taolo senga yomonlik qilishni xohlasa chi? Qarang, o'zingga o'xshagan bitta odam, ozgina imkoniyati bor odam seni qo'rqitsa, sen qo'rqib ketyapsan. U yo qila oladi, yo qila olmaydi bu ishini. Ammo hamma ish o'zini qo'lida bo'lgan Allohda qo'rqishligimiz to'g'riroq bo'lmaydimi? Birov tahdid qilsa, qo'rqitsa, Al Qohir bo'lgan Robbingizni tanisangiz, birodar, qo'lingizdan kelgan ishni qiling.

[1:19:13] Osmon qo'lingizda bo'lsa, tashlab oling. Meni peshonamga Alloh yozgandan boshqasi kelmaydi deysiz, quvvat egasi bo'lasiz. Al Qohir ismi bizni Allohga itoat qilishga, bo'yn sinishga va U bilan quvvatli bo'lishiga chaqiradi. Assalomu alaykum. Qul huval qodiro ala an yaba asa alaykum adaban min favqi kun. Av min tahti arjulikum, av yalbi sakum shia anvoyu ziyqa ba'dakum ba asabaut. Ayting. U sizlarga ostingizdan, ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga qodir. Yoki sizlarni guruh guruh qilib aralashtirib yuborib, jang u jadallarda biringizni zararingizni ikkinchingizga toptirib qo'yishga qodir bo'lgan zot. Urushtirib qo'yardi, biringlarni quvvatinglardan ikkinchidan musibat ko'raverasizlar. Yoki osmondan yoki yerdan balod yuborib qo'yadigan zot. Shuning uchun mingta odam sizni qo'rqitgani qayerda yu, Al Vohidud Dayyan bo'lgan, Al Qohir bo'lgan Alloh Taoloning sizni ustingizda qahr qilishi qayerda?

[1:20:25] Astag'firulloh, vosbir alama asobak, innada leka meni azmil umur. Hamda o'zingga yetgan balolarga sabr qil, albatta mana shu ishlarning maqsadga muvofiqidir. Ba'zida inson sabrga muhtoj bo'ladi. Chunki Alloh Taoloning qazoyi qadari ustiga kelgan paytda, unga bir musibat yozilgan bo'lsa, shu musibat keladi, sabr qilish kerak. Boshqa oyatda Alloh aytadi: astazizladi billah volaman sobaro va g'ofaro innadhalika min azmil umur. Albatta kim o'ziga yetgan ozor aziyatni, odamlar tomonidan yetgan aziyatni kechib yuborsa, shak shubhasiz bu ishlarning maqsadga muvofiqidir. Mana shu yerda bir nozik nuqta bor.

[1:21:14] Sizga aziyat yetkazgan, sizga bir musibat yetkazgan odamni avf qilishlik masalasi. Qarang, musibat keldi. Demak Alloh taqdir qildi, keldi. Bolaman sobaro. Ana shu musibatga kim sabr qilsa va g'ofaro va kechirsa, kimni unga shu musibat kelishiga sabab bo'lgan odamni.

[1:21:36] Nima u? Innna zalika la min azmin umur. Albatta mana shunday qilishlik ishlarning muvofirog'idir. Ya'ni sinov keldi, inson sababli, insonni qo'li tufayli. Ikki holatda ham seni Alloh nima qilyapti? Sinayapti, tarbiyalayapti. Musibat kelganda sabr qil va avf qil. Shu yerda hammani ham kechirib yuborish kerakmi?

[1:22:06] Senga musibat yetkazgan, hammani ham avf qilaverish kerakmi? Degan haqli savol tug'iladi. Agar siz sizga aziyat yetkazgan odamni avf qilsangiz, u tuzalishligi ehtimoli bo'lsa, avf qilganingiz albatta afzal. Agar siz uni avf qilsangiz, yana shu xatosida tug'yonida davom etib, odamlarga aziyatlar davom etadigan bo'lsa, kechirishlik to'g'ri bo'lmaydi.

[1:22:34] Yosh bola yugurib mashinani tagiga kirib ketdi. Shoper mahkamaga tortiladi. Haligi bola o'lib qoldi. Otasi da'vo qiladi. Lekin yaxshilab tekshirib qaralsa, boyagi haydovchi qoidaga muvofiq yuruvdi. Tez kelmayotuvdi, hech qaysi qoidani buzmadi. Bola yugurib yubordi.

[1:22:57] Xo'p, nima qilish kerak unda? Qomatish kerakmi? Hozir aytayotganimizdek, modomiki u beqasd qildi. Uni aybi siz bo'ldi. Uni avf qilishlik to'g'ri bo'ladi. Chunki Allohni tanigan banda Alloh'dan keldi. Demak, bolamizni taqdiri shu kungacha ekan deydi da, avf qiladi. Mana shunday holatda avf qilish kerak. Ammo mana shu zulm, zo'ravonlikni qilayotgan odam, siz uni ov qilsangiz, yana shu ishda davom etadigan bo'lsa, yana boshqa bir haloyiqqa zulm yetkazadigan bo'lsan, uni jazosini berishlik kerak, u jazosini olishligi kerak. Shuni farqini bilib olaylik. Kechirish ekanda bular unaqa bo'lmaydi.

[1:23:38] Aqida olimlari Alloh Taoloni zarar beruvchi deyish mumkin emas deb aytishadi. Vaholanki, Dor ismi zarar beruvchimi Alloh Taoloning go'zal ismlaridan. Unda qanaqa aytishimiz kerak bu ismni? Allohu dorun nofeun deyish kerak. Alloh zarar beruvchi, foyda beruvchi. Alloh Taolo foyda berish uchun zarar beradi avval. Zarar berdimi? Sabr qilasiz, rozi bo'lasiz, foydani beradi. Yana Alloh Taoloni xor qiluvchi deyishlik to'g'ri bo'lmaydi. Muzil. Allohu Muzil unda bo'lmaydi. Vaholanki, xor qiluvchi Muzil ismi Allohni ismidan. Unda qanaqa qilib to'g'ri aytamiz bu ismni? Allohu al Moizul Mudil deymiz. Alloh aziz qiluvchi, xor qilovchi. Ikkalasi sifatida birga aytishlik kerak bo'ladi.

[1:24:28] Yana Alloh Taolo xofiy. Alloh odamlarni qadrini pasaytiruvchi deyishlik noto'g'ri bo'ladi. Vaholanki xofiyni ismi Allohni izmlaridan. Bu usumni qanaqa qilib to'g'ri aytamiz unda desa, Alloh xofi zun rofi deyiladi. Alloh bandalarni qadrini tushuruvchi va ko'taruvchi. Qarang. Alloh taolo zarar beryapti foyda berish uchun. Alloh taolo tushuryapti ko'tarish uchun. Agar banda sabr qilsa, ibrat olsa. Allohni xor qilganidan, Alloh taolo uni jazolaganidan.

[1:25:03] Mana shunday bo'lishligi Alloh taoloning ulkan ne'matlaridan. Va asbaho alaykum ni amahu, zohiratan va botina. Va sizlarga barcha zohiriy va botiniy ne'matlarni Alloh taolo komil qilib berdi. Darsimizning nihoyasida voqea qizsa, bir kishi bor edi. Alloh taolo qo'liga keng mol u davlatni berdi. O'zi yaxshi taqvoli odam edi. Dunyosi ko'payib, tijoratda kengayib ketib, Allohni unutib qo'ydi. O'zi xohlagan unaqa ko'ngil sharoit ham bo'lib qoldi. Bo'ladi yu hayotda. Allohni unutib, g'aflatga kirib ketdi, Alloh Taolo bu bandasiga muolajani berdi. Qiziga bir kichkina qiziga bir dardni berdi. U yoqqa yugurdi, bu yoqqa yurdi, pulini sarfladi, ko'rsatmagan tabiba qolmadi, boshqa yurtga ham olib bordi. Lekin mol mulki tugasa ham, shifodan umid yo'q. Mana, pul bo'lsa changalda sho'rva deydigan e'tiqodni noto'g'riligi. Hamma pulni sarflab yubordi, otada, mehri bor da qiziga, lekin shifo bo'lmadi. Shunda bosh qotib, ayoli bilan o'tirib, Alloh esiga keldi.

[1:26:18] Allohga tavba qilsangiz chi, allohga qaysangiz chi, namoz o'qisangiz chi, qiyomullarni qilsangiz chi , o'ziga olib borsangiz chi, dinimizga qaytaylik degan xayol keldi. Shunday qildi. Alloh shifo berdi. Puli shifo bermadi. Tanish bilishlari foyda bermadi. Kim foyda berdi? Alloh foyda berdi. Shuning uchun birodarlar, bu insonni qiziga kelgan dard shu ota enani Allohni manhajiga qaytardi. Demak, mana shu dard ular uchun mukofot bo'ldi. Mana shu dard o'lar uchun nima bo'ldi? Allohning muolajasi bo'ldi. Kimidir Alloh Taolo yengillik bilan to'g'ri yo'lga qaytarib qo'yadi. Yana kimnidir haqqa qaytishligi uchun bir musibat kerak bo'ladi.

[1:27:02] Ikkala holat ham bandaga yaxshi, agar Allohga qaytsa. Shuning uchun aytiladi, birodarlar. Kimga bir musibat kelgan bo'lsa yu, shu musibat unga ma'ruza, dars bo'lmagan bo'lsa, bas bu odamning o'zini nafsidagi musibati unga kelgan musibatdan ko'ra kattaroq musibat ekan. Kelgan musibat sizga Allohni tanitmadimi? Demak siz o'zi musibatda ekansiz. Bu kelgan musibat hech narsa emas ekan buni oldida.

[1:27:32] Banda kim bo'lishidan qat'iy nazar, mansabi, puli, kuch quvvati qanchalik bo'lishidan qattiy nazar, hamma hamma Allohning qabzasida. Har qancha bir quvvating katta bo'lmasin, boshingdagi bitta tomirni yorilib ketish bilan hamma yo'q tamom bo'ladi. Hurmating ham qoladi, boyliging ham qoladi. Alloh azza va jalla al qohir bo'lgan sod. U zotni al qohir ismi siz bilan bizni o'ziga bo'ysunishlikka, itoat qilishlikka va faqatgina o'zidan umid qilib, o'ziga suyanishlikka chaqiradi. Aqo'li qovli hada va astag'firulloh ili va ha, to'xtanglar.
