# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 43 of 510
- Section: —
- Duration: 29 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/43
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Duom3Zln-AQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Duom3Zln-AQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/42.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/44.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillah, hidob bilan amin. Va ala raqibatu ila mutaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul vahidin amin. Va alal alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatu. Alloh subhanahu va taolo shukur Saidalarning ko'nglini barchamizga barakotli qilgan bo'lsin.

[0:33] Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun o'ttiz birinchisi. Biz ijtimoiy tarbiya xususida so'z yuritayotgan edik, inshaalloh bugun davom etkazgan bo'lamiz. Bugun haqlar xususida gaplashamiz. Biz ota yoki murabbiy farzandlarga o'zini zimmasidagi bo'lgan boshqalarni haqlarini ado qilishlikni o'rgatishligi kerak bo'ladi. Bu haqlar qaysi haqlar? Ota ona haqqi, qarindoshlar haqqi, ustozlar haqqi, do'st haqqi, kattalar haqqi va boshqa haqqlar. Bugun inshaalloh ota ona haqqi xususida suhbat qilamiz.

[1:20] Ta'lim olish, bu inson bolasining tabiatida mavjud bo'lgan sifat. Agar biz insonni tabiatida bor bo'lar ekan, ta'lim olishlik, demak biz bolamizga ta'lim tarbiya bermasak ham, o'zi hayotdan dars olar ekan, deb turib o'zini holiga tashlab qo'yadigan bo'lsak, qanday natijaga erishamiz? Natija shunday bo'ladiki, bolani o'zini holigiga tashlab qolsak, umrini juda bir katta qismini yashab o'tib bo'lganidan keyin, hayotdagi ayrim bir haqiqatlar yetib boradi. Lekin bu ayrim haqiqatlar juda ham oz bo'ladi va umrini boy berib bo'lganida keyin yetilanadi. Yana, bu topgan haqiqati yoki bilgan bilimi hammasini ham to'g'ri deb bo'lmaydi. Ilm, avvalgilardan qolgan ilmlarni o'rganishlik, bu bir turi.

[2:09] O'zini boshidan o'tkazib turib, to'plagan ilmni, bu ilmni bir turi. Qaysinisi foydaliroq? Narkotik yoki aroq yomon narsa desa, boshidan o'ttizdingiz. Inaga o'tirdingiz. Bildingiz, o'n yil yoki bir yil inaga o'tirib, rosa klient bo'lganingizdan keyin, tushundingiz buni noto'g'riligini, bilimli bo'ldingiz. Foydasi bormi endi bu ilmni?

[2:37] Tushunarli bo'ldimi? Ilm ikki xil. Avvalgi ajdodlardan qolib, kitoblarga yozilgan ilm bor, uni o'qib turib ilmli bo'lishi mumkin yoki o'zingizni boshingizdan o'tkazib turib ilmlik bo'lishi mumkan. Qaysinisi foydaliroq? Birinchisi ekan a? Ba'zida shunday bir kishilarni ko'rib qolasan, oltmish, yetmish sakson ga kirgandan keyin aytadi, endi tushundim. Moli davlat bu hamma narsa emas ekan. Mansab. Yoki pul, odamlar aytgandaqa narsa emas ekan. Ha, tushundim uni. Anglab yetdi. Ammo nechchiga kirganda anglab yetdi? Oltmish ga, yetmish ga yoki sakson ga kirganda. Bu boshidan o'tkazib turib o'rganilgan ilm bo'ladi.

[3:24] Inson bolasi hayoti davomida hayotiy tajribalar orqali ayrim haqiqatlarni bilib oladi yoki uni ham bilishlikka qodir bo'lmaydi. Ayrim narsalarga ahli yetadi, lekin vaqt o'tib ketgan bo'ladi. Bu o'rgangan, boshidan o'tkazib topgan ilmi, boshidan o'rgazib to'plagan tajribasini foydalanishligiga imkoniyati bo'lmay qoladi bulardan. Chunki vaqt o'tkazib ketgan bo'lar. Demak, avval yashab o'tgan xalqlarning tajribalarini farzandlarga yoki talabalarga bildirishlik oddiy tarbiya deyiladi. Ammo islomiy tarbiya esa robbila alamin tarafidan bildirilgan qat'iy haqiqatlarni ta'lim beradi. Oddiy tarbiya bilan islomiy tarbiyani farqi aytildi. Takrorlayman. Avval yashab o'tgan ummatlarning tajribalarini farzandlarga yoki talabalarga bildirish oddiy tarbiya deyiladi. Ammo Robb al-Alamin tarafdan bildirilgan qatti haqiqatlarni, vahiy orqali bildirilgan narsani o'rgatishlik bu islomiy tarbiya deyiladi.

[4:29] Demak, ikki xil bo'ldi tarbiya. Islomiy tarbiya, oddiy tarbiya. Oddiy tarbiya avvalgi yashab o'tgan xalqlarni to'plagan tajribalari. Endi, bu odamlarni boshidan o'tkazgan, hayoti davomida to'plagan tarbiyalari ayrim o'rinda to'g'ri bo'lsa, ayrim o'rindan noto'g'ri bo'ldi xulosalari. Ammo islomiy tar biya, vahiy orqali bo'lganligi uchun, islomiy tarbiyada berilgan har bitta narsa to'g'ri boradi. Chunki ilm fan ham ma'lum bir asrlarda haqiqat bunday, bunday, bunday bo'ladi deb turib aytib keladi da, bir necha asrlar o'tgandan keyin, kashfiyotlar qilinganidan keyin, avvalgi aytgan gapi noto'g'ri ekanligini o'zi tan oladi. Demak, yana qaytarib aytamiz, odamlar hayoti davomida to'plagan tajribalarini hammasi to'g'rida bo'lmaydi. Xatolar albatta bor ichida. Ammo vahiy orqali berilgan ta'lim tarbiyada shubha yo'q, bunda xatolar bo'lmaydi.

[5:27] Oddiy tarbiya nimani beradi? Oddiy tarbiya hozirgi avlodga o'tgan avlodni tajribalarini o'rgatadi. Masalan, universitetga kirgan bola nimani o'rganadi? O'nlagan asrlar davomida odamzod to'plagan ilm tajribani. Demak, avvalgilardan qolgan narsani o'rganadi.

[5:50] Avvalgilardan qoldi narsani o'rtangan odam hayotda tezroq rivojlanib ketadi. Tarbiya mana shu narsani beradi. Tarbiyani asosiy maqsadi ham shu. Avvalgilarni to'plab qo'ygan boyligidan foydalanishlik. Masalan, arab tilini o'rganmoqchi bo'lsa bir odam, sarf yoki nahufani qayerga yetib kelgan? Shu yerdan o'qib ketadi. Agar boshidan o'zini boshlayman deydigan bo'lsa, umrini katta qismi o'tib ketadi, hech narsaga erishmaydi. Yoki fizika, matematika bo'ladigan bo'lsa. Shu necha ming yildan beri fizika, matematika yozilib kelinayotgan bo'lsa, yetkazib qo'ygan joyidan davom ettirib ketsangiz, tezroq ketasiz.

[6:27] Agar avvalgilarda tajribasini qo'yib, o'zimni boshimdan o'tkazgan narsa bilan men ilm to'playman degan odam, shu yo'lni tanlasa nima bo'ladi? Dunyoga kelib ishini boshlayotgan har bitta inson avvalgi avlodlarning tajribasini o'rganishga muhtoj. Ya'ni nimaga muhtoj? Tarbiyaga muhtoj. Masalan, o'ta bir murakkab bir yangi jihozni sotib oldingiz, uni qanday ishlashni bilmoqchisiz, ishlash prinsipini. Mayda qilib, qism qismlarga bo'ldingiz, bir chekkadan o'rganib chiqdingiz. Mol qismi molon narsadan yasalgan ekan, bunday ish qilar ekan. Xullas, mayda mayda qilib, zapchast qilib chashdingiz, bitta bittadan o'rganib chiqdingiz, qancha vaqtingiz ketdi.

[7:16] Qancha kuchingiz ketdi. Yana sizni chiqargan xulosalaringizni hammasi to'g'ri emas. Albatta xato bo'ladi. Ammo mana shu jihozni yasagan zavodni bergan qo'lingizga kitobi bo'lsa, vaqtingiz ham ketmaydi. Shu quvvatingiz ham ketmaydi, ularni tajribasini darrov o'ziga ko'chirgan bo'lasiz, oson foydalanasiz. Farzandiga oddiy tarbiyani bermoqchi bo'lgan ota bor. Farzandiga islomiy tarbiyani bermoqchi bo'lgan ota bor. Oddiy tarbiyani tushundik. Vahiyga asoslanmagan, avvalgi xalqlarning tajribasiga asoslangan ilm tarbiya. Vahiy bilan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni sunnati bilan beriladigan ta'lim, islomiy ta'lim. Mana, biz agar Alloh Taoloni bergan ta'limotiga amal qilsak, buyruqlarini amalga oshirsak, nima natijaga erishamiz?

[8:17] Avval Taolo tarbiya yo'lida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam orqali bizga juda ko'p narsani o'rgatdi. Bizga Rasululloh ana bunday qilinglar, mana bunday qilmanglar dedi. Endi biz shu ishni orqasida qanaqa hikmati bor? Bilmasak ham, anglab yeta olmasak ham, Payg'ambarimizni ko'rsatmasiga amal qilsak, albatta biz foydalanamiz. Qaytarib aytaman, farzandingiz islomiy tarbiyani orqasida qanday hikmatlar borligini ehtimol tushunmas. Tushunishini hojati ham yo'q avvalida. Muhimi, amal qilsa shu tarbiyaga. Hayotda albatta buni mevasini totadi. Masalan, rostgo'ylik. Buni orqasida qancha qiymat bor? Bola bilmaydi. Amal qilaversin, mevasini albatta totadi. Omonatdorlik. Tushunmayapti, qiyin bo'lyapti omonatdor bo'lishlik. Ammo omonatdor bolsa, qanaqa xayriyatlar bor? Foydalanadimi? Foydalanadi. Demak, islomiy tarbiyani bolangizga berayotganingizda, u tushunmayotgan bo'lsa, yoki siz o'zingiz buni orqasidagi hikmatni anglab yetmayotgan bo'lsangiz, bu muhim emas. Muhimi amal qiling, muhimi amal quring va islomiy tarbiyani mevasidan albatta siz bahramand bo'lasiz.

[9:32] Takror aytamiz, farzand hayotining avvalida, islomiy tarbiyaning ahamiyatini anglab yetmasligi mumkin. Va bu shart ham emas. Muhimi, mana shu tarbiyaga amal qilsin, hayotida tatbiq qilsin. Muhimi shu. Demak, oddiy tarbiya, avvalgilardan qolgan tajriba, islomiytarbiya, alloh tomonidan kelgan ta'lim tarbiya.

[10:00] G'ayridinlarni barcha tajribalari moddiy tajriba. Ularning o'lchovlari ham moddiy. Ularda o'lchov larga ko'ra kuchsizlarni kuchlilar yeydi. Bolalarimizni ilm ma'rifatli bo'lsin deb turib, har xil maktablarga olib borib beryapmiz. Masalan, falonchi maktabga olib borsa, ingliz tilini yaxshi o'qitar ekan. Falon chastniy maktabda mana bu narsani o'qitar ekan. Xullas, bolalarimizni ilmli bo'lishligi uchun har xil maktablarga olib borib beryapmiz.

[10:33] Tarbiyani ham shunday e'lon beryapti. Bizga falon yurtni tilini o'rgatadigan maktabdagi tarbiya dunyoviy tarbiya. Moddiy tushunchalarga asoslangan dunyoviy tarbiyam. Masalan, o'sha g'ayridinlarni qo'lida tarbiya olayotgan bolani xarakteri bilan o'zimizni musulmonlarni maktabida o'qiyotgan bolalarni xarakterida ham farqi bor.

[11:03] Biz olib borish kerak emas demayapmiz. Ilmini olsin, lekin tarbiyani biz o'zimiz beraylik. G'ayridinlarning barcha tajribalari moddiy tajriba, ularni o'lchovlari ham moddiy, ularni o o'lchovlari bo'yicha kuchsizlarni kuchlilar yeydi. Bir kishi ro'parasida bir katta bir bombamidi, granatami turibdi. Shu ipini torsa portlab ketishi kerak, ip turibdi. Bu odamda bilim yo'q. Bu hozir portlaydimi, portlamaydimi? Bordi qarasa ip turibdi. Ehtimol ichidan uzilib qolgandir, deb teshirib ko'rmoqchi bo'ldi.

[11:37] Boshini o'tkazmoqchi bo'lgan. Ipni tortib ko'rdi. Portlab ketdi. Mana endi bu odam biladi, bomba portlardi ekan. Endi bilimli bo'ldi bu odam, ammo bu ilmidan foydalanish deydi, iloji bormi? Bu ilmni unga foydasi bormi? Yo'q. Demak, hamma narsani o'zini boshimdan o'tkazib turib, keyin tajriba orttiraman degan odam, bu orttirgan tajribasidan foydalana olmay qolishi mumkin.

[12:08] Aytdik, bir kishi giyohvand moddani totib ko'rdi, narkotikni totib ko'radi, bir marta, ikki marta. Baylanib qoldi, ko'nikib qoldi, endi qutila olmayapti. Yana bir odam aroqqa kirishishdi, ishni mukkasidan ketdi, aroqroq bo'lib qoldi, qutila olmay qoldi. Agar bularga avvalroq kimdir shu narsani ilmidan xabar berganida, avvalgilari ilmidan foydalanganida, o'zi shu musibatga kirib qolmas edi. Xulosa, agar kishi har bir narsani o'zi totib ko'rish bilan, o'zini boshidan o'tkazish bilan ilm hosil qilish yo'lini tanlasa, katta katta mushkulalarga kirib qolishi turgan gap.

[12:54] Masalan, yana protsentga bir odam pul oldi. Bir rez olib borib kelib, shunday uzib qo'yaman dedi. Shu bilan ilashdi. Uyini sotdi. Ko'chada qoldi. Qonun moynidan ayrildi. Mana endi ilmli bo'ldi. Nima qilib bo'lmas ekan? Olib bo'lmas ekin. Protsentga pul olib bo'lmaydi ekan. Avvalgilar aytgan edi bunga. U nima bo'ldi? Boshidan o'tkazdi, mana osh olsin endi. Ko'chada qoldingiz. Protsentga olishlik kishini ko'chada qildiradi. Mana bilimli bo'ldingiz. Endi sizga foydasi yo'q bu ilmga. Shuning uchun ukalar, kattalarni, ustozlarni gapiga quloq solib qo'yaveraylik.

[13:35] Farzandlarimizni tarbiyasi islomiy bo'lishi kerak. Biz agar bolalarimiz hayotda o'zlari o'rganib olar ekan, hayot o'zi dars berar ekan deb tashlab qo'ysak, farzandlarimizni katta mashaqqatga solib qo'ygan bo'lamiz. Yana asosi to'g'ri bo'lmagan tarbiyaga topshirib qo'ysak ham, bolalarimizni katta bir musibatga tiqib qo'yib qo'yamiz. Demak, islomiy tarbiyaning asosi vahiy va Yaratuvchining ta'limotlaridir. Masalan katta bitta stanok sotib oldingiz.

[14:04] Katta pulga sotib oldingiz. Ishlatishni bilmaysiz. Kimga murojaat qilasiz? Qo'shningizdan so'raysizmi? Axloqi zo'r, dindor, besh vaqt namozda, nafi ro'zalar tutadi, qulfi zo'r, xayriya ehsonlik. Shu odamdan so'raysiz mi? Stanokni qanday ishlatishni? Kimdan so'raysiz?

[14:27] Shu stanokni ishlab chiqqan zavoddan so'raysiz. Uni yoki birorta bir vakilidan so'raysiz. Borasiz, vakili sizga kitobini beradi, o'sha kitobi bo'yicha ishlasa, stanokdan zo'r foydalanasiz. Hayotni kim yaratdi? Parvardigor aziz abajalla. Siz bilan bizni kim yaratdi, Alloh subhanah va taolo. Endi mana shu hayot degan zavodga kelgan bo'lsak, bu hayotda qanday ish tushish kerakligini kimdan olamiz instruksiyasini?

[14:52] Dinimizdan olamiz. Dinimizdan olamuz, Parvardigorimizdan olamiz, demak, islomiy tarbiya berishlik uchun vahiy egasi bo'lgan Payg'ambarimizning ta'limotlariga quloq solishligimiz kerak bo'ladi. Dinimizda birodarlar komil tarbiya dasturi mavjud. Komil tarbiyaning dasturi mavjut. U tashqaridan bizga hech narsani keragi yo'q. Yosh bola loyga o'xshaydi.

[15:20] Loy bir muddat yumshoq turadi, keyin qatib qoladi. Xuddi shunga o'xshagandek farzandlar ham ma'lum bir vaqtdagina tarbiya oladi, keyin qatib qoladi. Agar ota ona bu loyga ishlov bermasa, tarbiya bermasa, boricha qatib qolardi. Agar ota tarbiya nimadan xabardor bo'lmasa, onani iymoni o'zini o'rnida bo'lmasa. Bu bola o'zini holiga tashlab qo'yilsa, jamiyat, dinsizlarni orasida yurganda paytdagi bu jamiyat buni qanday qilib tarbiyalab qo'yadi? Murabbiyni otani ishi o'rgatish, ta'lim berish. Ayrim otalar bolalarini beodobligidan shikoyat qiladi. Bolasini mehrsizligidan shikoyati qiladi. Bir biriga mehri yo'qligini farzandlarini aytib shikoyat qildi. Endi biz bu otaga aytamizki, siz o'zingiz o'rgatuvdingizmi?

[16:11] Siz o'zingiz vaqtingizni ajratib, ta'lim beryuvdingizmi? Yo'q, bolani gunohkor qilmaydi. Chunki birodarlar bildirilmasdan turib, farzandga xato ish qilsa u, uni gunohkor qilib bo'lmaydi. Mana ikkita eshigimiz bor, keladigan masjidimizga, xonamizga. Ikkalasidan ham odamlar kirib kelyapti. Mana eshikdan kirganlarga sizlar xato qildinglar, sizlar gunohkorsizlar desak, ha sizlar yozib qo'ymabsizlar ku.

[16:38] Yo birorta odamni qo'yib qo'ymab sizlar mumkin emas deb. Nimaga bizni gunohkor qilasizlar deyishga haqqi bo'lgandek, bolaga ta'lim bermasdan turib, keyin farzand noqobil bo'lsa, bolani aybdor qilmaydi. Nimaga boshqalarda bolasiga o'xshamaysan degan gapni aytgan paytimizda, kim qildi bu ishni? Mana endi haqlar xususida.

[17:02] Ota ona haqqi. Farzand. Sen unga ta'lim bermading birodar. Maktabda ham ahvol shunday bo'ldi. Atrofidagi odamlarning tarbiyasi yaxshi emas. Do'stlari ham dindan ancha uzoq. Mana endi bu farzand noqobil bir ulug' edi. Otasini ko'ziga tikka qaradi, otasini g'azablantirdi.

[17:31] Bu o'rinda eng katta aybdor bu ota. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hadislarini farzandlarga aytib turib, ularga o'rgatsak, i ne ularni malomat qilishga haqqimiz bor. Bir kuni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir odamni ko'rib qoldi. Bir odam ikkinchi odamni oldida kelyapti, orqasida odamlar eshitib kelyapti. Payg'ambarimimiz haligi oldida kelayotgan odamga, bu kishi kim deb so'rovdi. Bu kishi meni otam dedi. Otasini oldida ketyotgan edi. Rasululloh aytdilar, fala tamshiy amamahu, vala tashlis qoblahu, vala tadauhu bismixi, vala tas tasib balahu.

[18:11] Otangni oldida yurma, undan avval o'tirma, uni ismini aytib chaqirma va so'kinishiga sabab bo'lma dedi. Mana mana shu narsani ayting bolangizga, mumkin emas, payg'ambarimiz manaqa degan, shuni asosida sizni oldida yurmasin, sizdan buni o'tirmasin, atingizni aytib chaqirmasin, sizni so'kinishiga majbur qilmasin. Shuni aytib o'rgatsangiz, bola o'rganadi. O'rganadi!

[18:34] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, ma min muslimillahi validani muslimani. Yuz beholaihima muxtasiba. Ibn abbosdan, u kishi aytadi, bir mo'min musulmon insonning musulmon ota onasi bo'lsa, ularga yaxshilik qilib, uning savobidan kutgan holda tong ottirgan bo'lsa, alloh subhanahu va taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi. Agar bitta otasi yoki bitta onasi qolgan bo'lsa, jannatda bitta eshik ochiladi. Agar farzand ota onadan birini g'azabini chiqargan bo'lsa. Alloh taolo o'sha shaxs rozi bo'lmagunicha, rozi bo'lmaydi. Otasini norozi qilgan odam to rozi qilmagunicha alloh undan rozi bo'l maydi.

[19:17] Ota ona unga zulm qilgan bo'lsa ham a? Deb so'rashdi. Ota onaga zulm qilgan bo'lsa ham. Ota ona mana shu farzandiga zulm qilgan bolsa ham, bola ota onani rozi qilishlik kerak bo'ladi. Chunki ota rozi, Xudo rozi. Modomiki otalar gunohga buyurmayaptimi, itoat qilishlik keray bo'ladi. Ba'zida ota ko'chadan asabi buzilib keladi. Bir narsadan bir jahli chiqib bolasiga baqirsa, hali bolajonivor indamay qolmaydi. Nima qiladi? Shart gap qaytaradi. Mana shu oq bo'lishni ko'rinishidan bittasi. Ko'zimizni katta ochaylik. Yaxshilab bilib olinglar, ota ona farzanding mehribon bo'ladi, seni oq qildim deb pryamoy tekst bilan aytmaydi. Milliontadan bitta aytishi mumkin. Ammo bir marta g'azablandimi, Alloh saqlasin, o'lib qolmang shu holatda.

[20:12] Chunki ota ona siz bilan bizni vujudimizni sababi. Allohga ibodat qilishimiz qanchalik lozim bo'lsa, ota onaga shunchalik yaxshilik qilishligimiz lozim bo'ladimi? Bilasizlarmi? Hech ishi yurishmayotganligidan shikoyat qiladigan odamlar ko'payib ketgan oxirgi payt. Odamlar ko'peyib ketgan, ishi yurishimayotganligidan shukoyat qiladi.

[20:35] Yana shunaqa odamlar bor, qarasang, ishi doim yurishayotgan. Nimaga qo'l uzatsa yetadi? Nimaga intilsa Alloh Taolo beradi? Bir xil odam. Bir xil shaharda yashaydi, bir xil biznes qiladi, bir xil tijorat qiladi. Nimaga birini ishi yurishadi, ikkinchisini ishi yurishmaydi? Qarang, sovremenniy biznes yuritishlik haqidagi qo'llanmada bu narsa yo'q.

[21:08] To'g'rimi? Bozorni o'rganib chiqishlik kerak, sezonda tovarda olib kelishlik kerak, vaqtni narxini ko'tarishlik kerak. Bular faqatgina moddiy sabablarga suyanadi, biznesingizni yurgizishlikni. Ammo islom nima deydi? Bir kishini har bitta ishda muvaffaqiyatga erishayotganligi, ishini oldiga yurayotganligini siri, bu inson ota onasini rozi qilgan inson. Bu inson ota ona onasini duosini olgan inson. Bu insonni hamma yog'i yaxshi bo'ladi kelajakda, inshaalloh. Endi boyagi ishi yurishmayotganligidan shikoyat qilayotgan odamlarni nimaga yurishmayapti ishi desangiz, xuddi mana shu narsa sabab bo'lgan.

[21:47] Ota onasini norozi qilgan. Ota onasi g'azablantirgan va ota onasi o'tib ham ketgan. Norozi bo'lgan holida. Qarang, Alloh Taolo nimani buyurdi? Astaidu billah va qodorabbu kalla ta'budu illa iyah va bir va aliday li ihsan. Parvardigoringiz yolg'iz uning o'ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota onaga yaxshilik qilishlaringizi amr etdi. Qaranglar, Allohga ibodat qilishtirishlikdan keyin nima eslatilinyapti? Ota onaga yaqshilik qilishlik.

[22:24] Imma yablug'on naindakal kebar ahaduhima ukelahima falata qullahima uf. Valatan harhima va qullahima qovlon karima. Oyatni qarang davomini. Agar ularning birovi yoki har ikkisi, sening qo'l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab uf tortma. Va ularning so'zlarini qaytarma, ularga doim yaxshi so'z ayt. Allohga ibodat qil. Ota onangni rozi qil, ularga ufdama, qattiq gapirma.

[23:00] Ota ona yoshlik paytida sog', o'zini ishini o'zi eplab, o'zini aravasini tortib yurgan paytda ularga ehson qilish, yaxshilik qilishlik oson. Ammo qariganda, kunora kasal bo'lishni boshlaganda, injiqligi ko'payib ketgan paytda qilingan yaxshilik haqiqiy qahramonlik. Otang sog'ligida, yoshligida, kuch quvvatga to'lib turgan paytda, onang ham shunday bo'lib turgan paytingda, yaxshilik qilishlik oson, chunki talabi ko'p emas da. Tinchlik so'z bo'ldi unga. Ammo qariganda kasal bo'lib injiq bo'lgan paytda, yonida xizmatda turgan odam, ota onasini duosini olgan odam, ikki dunyoda baraka topadi. Shuning uchun otasi qarilar, onasi qarilar, ko'zimizni katta ochaylik. Bu boshimizga qo'ngan qushuvlar.

[23:49] Tirratib tushib ketishi mumkin. Sezmay qolasiz va pushaymon bo'lasiz. Undan keyin ko'kizlar so'yib, qo'ylar so'yib , tuyalar so'yib ehson qilasiz, lekin tirikligidagi o'sha ikki og'iz shirin so'zingiz u, yonida suhbatlashib o'tirishingizga teng bo'lmaydi u. Keyin pulinglar ham qoladi o'zinglarga, ulfatlaringlar ham qoladi, somovarlar ham qoladi. Biznes ham yog'inglar qoladi. O'z o'zingizga qoladi. Ammo ular ketgan bo'ladi.

[24:17] Qarib qolgandan keyin ota, sen bilan birga uyda turadi o'g'il bola. Avval sen u bilan birga turar eding, endi u sen bilan birga turibdi. Agar otadan siz bilan kim qolgan uyda desa, katta o'g'lim deydi yoki kichkina o'g'lim, deydi. Endi farzanddan so'raladi, sen bilan uyingda kim qolgan desa, otam qolgan men bilan deydi. Endi sen tevaga chiqding. Otang seni qo'lingda turibdi. Otang sen uni qo'lida bo'lgan paytingda qanday seni xizmatingni, parvarishingni qilgan. Endi sen shuni qilishliging kerak bo'ladi. Chunki mehmon bo'lib qoldi. Mehmon bo'ib qoldi. Nima qilgan bo'lsa, senga qoldi. Nima to'plagan bo'lsa hayotda, senga qoldi. Hurmati ham, uyi ham, moli davlati ham.

[25:05] Ota ona bilan gaping bir joydan chiqmay qolgan qolganda ham, bularni fe'l atvorlari senga yoqmay qolganda ham ularga yaxshilik qilishlik haqiqiy qahramonlik. Jannat eshiklari birodarlar ochiq. Ota jannatni bitta eshigi. Ona jannatni bittasiga. Ayolingni haqqa yetaklashliging jannatni bitta eshigi. Farzandlarni tarbiya qilishing jannatni yana bitta eshigi, qo'shnilarga yaxshilik qilishlik jannatni bittasi eshigi, o'zingni ishingni puxta bajarishing jannatni bitti eshikligi, Allohga da'vat qilishlik jinnatni eshigi, ilm o'rganishlik jannatda eshigi.

[25:41] Jannatda eshinglari ko'p. Qaranglarda, keyingi ishlar, keyingilari. Masalan, xotinni haqqa etaylik, odamlarni da'vat qilish, Qur'on o'qish, qo'shniga yaxshilik qilishlik hammasi sen bilan birla bo'ladi. Birinchi qaysinis ketib qoladi? Ota va ona degan Jannatda ishga ketib qoladi. To'g'rimi? Shuning uchun keyingilari biz bilan qoladi. Mana bu avvalgi ikkitasi omonat va ne'mat.

[26:10] Ridallohi fi ridol va alidayn va sohatullohi fi sohatul va alidayn. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan amrub nul os roziyallohu anhur rivoyat qiladi. Imomni termasidan. Rasululloh aytadilar, Allohning roziligi ota onaning roziligida, Allohning g'azabi ota onaning g'azabida.

[26:34] Ota onaga yaxshilik qilishlik, birodarlar, Alloh yo'lida jihod qilishlik bilan teng bo'ladi savobi. Qola rojulun lin nabiy sollallohu alayhi vasallam va u jahidu. Qola nabiy sollallallohu alayhiy vasallam. Laka abavam qola nan. Qola fihima va jahl. Bu hadis Imom Buxoriydan, Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhun odam. Bir kishi, Payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallamga kelib, jihod qilaymi, dedi.

[27:02] Payg'ambarim, otangning bormi? Dedi. Haligi odam, ha, dedi. Rasululloh bas ularni yonida jihod qildi. Ya'ni ularni xizmatida turib, ularni roziligini olish yo'lida jihod qildida. Ya'ni ota onaga yaxshilik qilishlik Alloh yo'lidagi jihod bilan barobar. Chunki bu hadis boshqa narsaga dalolat qilmaydi.

[27:26] Imomahmud va nasoiydan keltirilgan hadis jahima sulayma aytadi, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib aytdi. Yo Rasululloh, arot to'lg'ozova. Vaji etvos tashiruk. Yo Rasululloh, g'azodga chiqmoqchiman, jihodga chiqmoqchiiman. Maslahat qilgani keldim sizni oldingizga. Faqol, halla aka men um. Onang bormi dedi. Onang tirikmi? Qol onam. Ha dedi. Qola ilzamha. Fainnal jannata, aynan rejalayha. Onang borma? Onam bor. Onangni lavozim tut. Ya'ni xizmatida bor. Albatta jannat uning ikki oyog'i ostida dedi.

[28:10] Demak, siz bilan biz bugun islomiy tarbiya darslarimizda, ijtimoiy tarbiya, haqlar va ota onaning haqqi haqida suhbat qilgan bo'ldik. Alloh subhanahu va taolo bugungi eshitilgan ma'ruzalarga amal qilishlikka hammamizga tavfiq bersin. Va har lahzada uchib ketib qolishi mumkin bo'lgan, boshimizda qushdek turgan, g'animat bo'lib turgan, ostimizdagi ota onalarimizni duosini olib, ularni roziligiga yetib qolish deydi. Alloh taolo hammamizga bir muvaffaqiyatini bergan bo'lsin. Aqulu qovli ha da va astag'firulloh ha
