Maviza
—Qoralama23 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
22:50
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqiba tulil muttaqin. Vassalatu vassalama ala saidina muhammad va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Hal yastaviyan. Bu ikkisi barobar bo'laverma deb nomlaydigan darsimizni bugun yigirma ikkinchisi. Yigirma ikki dars rostgo'ylik va yolg'onchilik. Insondagi eng go'zal sifatlardan rostgo'ylik. Undagi eng qabih, razil sifatlardan yolg'onchilik kazzoblik. Iymon u rostgo'ylikka bog'liq. Endi kufr esa yolg'onchilikka. Nifoq ham yolg'onchillikka boradi. Iymonni asli ochiqlik rostgo'ylika. Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam munofiqni belgilarini sanab o'tganlarida, birinchisi aytganlar idha hadasa kadabr. Gapirsa yolg'on gapiradi. Bu munofiqlarning alomati. Mo'minlar doim rostgo'y bo'ladi. Ha, mo'min odam baxil qilib qo'yishi mumkin, qo'rqoqlik qilib qo'ymishi mumkin. Bu narsalar tabiatida bo'lishi mumkin. Ya'ni bu sifatlar kishini mo'minlikdan chiqarmaydi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan so'rashgan edilar. Mo'min odam baqir bo'lishi mumkinki, baqir bo'lishi mumkin. Qo'rqov bo'lishi mumki, qo'rquv bo'lishi ham mumkin.

Ya'ni bu ikkala sifat raznits sifat, lekin iymondan chiqarib yubormaydi. Ayakun ummin ukazaban, mo'min yolg'onchi bo'ladimi deb so'raganlarida Rasululloh yo'q deb javob berdilar. Payg'ambarimiz aytganlar, mo'min har qanday sifat bilan sifatlanishi mumkin. Tabiatida har qanday yomon sifat bo'lib qolishi mumkin. Faqatgina ikkita sifat mo'minda bo'lmaydi hech qachon. Alkid va xiyana. Yolg'onchilik va xiyonatkorlik. Bu ikkala sifat hargiz mo'minda tabiatida bo'lmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizni rozgo'ylikka undarkanlar aytadilar, muttafaa ilalih bo'lgan hadis, alaykum bissibiq. Pa innah sidqo yahdi ilal bir. Va innah berro yahdi ilal jannat. Rozgo'ylikni o'zinglarga lozim tutinglar. Albatta rozgo'ylik faqat yaxshilikka yetaylikda. Yaxshilik esa jannatga yetaylikda. Rozgo'ymi? Demak bu odamda xayriyat bor. Alloh Taolo bilan bo'ladigan muomalamizda rozgo'y bo'lishimiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bo'ladigon muomalamizda rozi bo'ylishimiz. Odamlar bilan va o'zimiz bilan o'zimiz qiladigan muomalamizdan rozi bo'yishimiz kerak. Rozgo'ylikni avvali xayriyat, oxiri albatta jannat.

Va mayya zarur roji ro'yi yasudu quviya taharrus sidqon, hatta yukta bo'yingda allohning siddiq qon. Rasululloh aytadilar, bir kishi rostgo'y bo'ladi, rost gapiradi. Rostgo'yligida davomiy bo'ladi, duo etib boraveradi rostgo'ylarida. Alloh Taoloning huzurida siddiqlardan deb yozib qo'yiladi. Naqadar go'zal a, birodarlar? Robbingizning huzuringizda sizni siddiq deb chaqirishlik. Alloh taoloning huzurida bandalarni sifati bor. Falonchi namozxon, falonchi bir ehsonlik, qo'li ochiq inson, falonchi yana bir yaxshi sifat. Endi siddiq degan laqabni olishingiz qanday zo'r narsa bo'ladi? Alloh taoloning huzurida.

Voy yaqubo'l kadib, payg'ambarimiz aytdilar, yolg'onchilikdan ehtiyot bo'linglar. Fainnal kadiba yahdi ila fujur. Yolg'on, yolg'onchi yuk faqat fujur gunohga yetayliklar. Va inal fujura yahdi ilan nar gunohlar jahannamga teredi. Qarang, yolg'onchi odam gunohlarga ketadi, gunoh jahannamga olib boradi. Demak, yolg'onchilik qayerga olib borar ekan? Yolg'onchilik har qanday zamonda, har qanday makonda, har qandaysi xalqni orasida eng razil, yomon deb odamlar tomonidan tan olgan.

Va mayya zal rojulo yakdi bu va ya taharrol kidba xatta yukutaba indallohi kallaban. Endi bir kishi xuddi sekin sekin sekin rozgo' bo'lib siddiq bo'lib ketganidek, sekin sekin seking yolg'on gapirib kazzov bo'lib ketadi. Bir kishi yolg'on gapiladi, yolg'onchilikda davomiy bo'ladi, hatto Alloh Taoloning dargohida kazzov deb yozilib qoladi. Va naqadar achinarli oqibat. Allohni huzurida siddiq deb nomlanishlik. Allohni huzurida kazzob deb nomlanishlik. Bu ikkisi hargiz barobar bo'lmaydi.

Yolg'onchilik nima o'zi? Yolg'onchili o'zi nima? Aytayotgan so'zingizni voqelikka to'g'ri kelmasligi. Ya'ni yomg'ir yog'yapti dedingiz. O'zi yog'mayapti. Voqelik boshqacha, sizni gapingiz boshqacha. Shu yolg'onchiligi deyiladi. Choy poyicha olasizlarmi? Yo'q, choy ichib keldik.

Choy ichib kelsizmi rostdan? Yo'q. Demak, siz yolg'onchisiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldiga kichkinagina qizchalar kelishuvida rasululloh sollallohu alalayhi vasallamni qo'lida sut turgan edi. Sutdan ichinglar degandi, haligi qizchalar hayo qilishib, rasulullohda bir haybati bosib, yo rasululloh, ichkimiz kelmayapti deyishdi. Shunda payg'ambarimiz qarab turib, yolg'onchilik bilan ochlikda jamlamanglar bir xil dedilar. Haligi ko'ngil uchun aytib qo'yamiz u, manaqa qilmaysiz, yo'q biz hozir qonimiz to'q. Yolg'on.

Yolg'on! Yolg'onchilik bilan ochlikda, jamlamanglar dedilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Demak, yolg'onchlilik nima ekan? Gapirayotgan so'zingizni voqelikka to'g'ri kelmasligi. Birodarlar, gunohkor odam doim yolg'on gapiradi. Qarang, o'g'irlik qilgan odam, albatta yolg'on gapiraverishi kerak. Qarang endi, qaysi gunohni qilayotgan bo'lmasam, hozir fojir odam, albatto yolg'on gapiryapti. Yoki men sizga xitoyda narsasini koreyskiyda o'tkazyapman demaydi da. Kishi rozgo'y bo'lar ekan, demak, doim xayriyatni ustida o'ladi. Uni rozgo'yligi gunoh qilishlikdan to'sib qo'yadi. Shuning uchun rostroq aytyaptilar, rozgo'y bo'llinglar. Rozgo'ylik faqat yaxshilik olib keladi. Yaxshilik jannatga olib boradi. Endi kazzoblikchi, buni g'irt aksi bo'ladi.

Tabuk g'azodiga chiqishda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarni shijoatlantirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qatnashgan g'azotlarning eng oxirgisi. Rum degan mamlakatga qarshi, o'sha paytdagi eng qudratli mamlakat dunyoda Rum edi, masofa uzoq, borish kerak Tabuka. Kun issiq, meva chevalar pishgan, odamlar endi xurmonlarni yig'ishlik arafasida turganida ochiq buyruq keldi. Tabuka borishlik kerak. Shunda imkoni bor odamlar hammasi chiqdi. Munofiqlar Rasulullohga yolg'on bahonalarni aytishib, uzrlarini aytib qolishdi. Endi mana shu musulmonlarni ichidan munofiq bo'lmagan, iymonida sobit bo'lgan kishilardan uch kishi ham Rasululloh bilan birga chiqmadi. Rasululloh qaytib kelganlaridan keyin munofiqlar kelib, yo Rasululloh, uyimiz orqa tomoni ochiq edi. Yo Rasululloh sharoitim yo'q edi. Minib borganim ulug' xullas, yolg'on bahonalar bilan Payg'ambarimizdan uzr so'rashdi va haqlariga istig'for aytishini so'rashdi. Payg'ambarimiz ularni qabul qilib, haqqiga istig'for ayting qo'ydilar. Endi anavi uch kishi keldi. Ular Ka'bamni Malik, Marorimni Robiyam, Hilolimni Umayyam. Uchalasi keldi da, ka'bimni malik aytadi, rasululloh menga shunday qaradilarda, ha, siz nimaga qoldingiz dedilar.

Men xilofak. Mana shu yerda yolg'on gapirib qo'ysa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bo'pti deb qo'yib yuboradi. Yo Rasululloh, meni hech qanaqa uzrim yo'q dedi. Nafsni zaifligi yalqovli dedi. Yana ikki kishi, yoshi kattaroq bo'lgan boyagi ikki kishi ham shu gapni aytishdi. Uyiga qaytib kelganidan keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hukm qildilar, hech kim gaplashmasin bu uchala kishi bilan.

Ammo ha da faqat sodoq dedi rasululloh. Bu dedi, to'g'risini aytdi dedilar. Ya'ni bu degani avvalgi ha bari uzr so'raganlari nima edi? Yolg'onchi edi. Uyidagilar malomat qilishdi. Ka'bimni molikni qarindoshlari, ey, hamma odamlar uzr aytuvdi, Rasululloh qabul qildi. Nimaga aytib qo'yarmading degandi, men yolg'on gapirmayman dedi. Mendan boshqa odam ham shu gapni gapirdimi? Ha. Hilolim numayya, marorim nurabbi shu gapni gapirdi. Ularning ahvoli nima bo'lsa, meniki ham ahvolim shu bo'ladi dedi. Ellik kun davom etdi odamlarni gapirmasligi. Hatto keyin buyruq bo'ldi, ayoli o'zini oilasiga borib turishi kerak. Hatto ayoli ham uyda ozgina xizmatini qilib turgan edi, hatto ayoli ham gapirmayotgan edi. Endi ayolini Payg'ambarimiz uyga ketishligini buyurdi. Oqibati nima bo'ldi? Birodarlar, bitta yolg'onini, bitta zaifligi, bitta zaif ligini, o'zini nafsini yenga olmaganligini yolg'on gapirib yopib qo'yishi mumkin edi. Lekin bular rost gapirishdi. As sid qumanjal. Rosgo'ylik insonni najotga yetkazadi. Keyin Alloh Taolo ularning tavbalarini qabul qilganligi haqida oyatlar nozil qildi. Alloh ularni kechirdi. So'ngra aytdi. Ya ayyuha alladina amanu ittaqulloha vakunumi as sodiqin.

Ey iymon keltirganlar, Allohdaan qo'rqinglar va sodiq, rostgo'ylar bilan birga bo'linglar. Hamma gapiryapti da, yolg'ondi. Hamma qilyapti da, tarozidan urishdi. Hamma qilyapti de, sutga suv qo'shishlikni. Atrofingizdagilar baribir o'shanacha bo'lsa, siz ham o'shalardan yuqtirasiz. Alloh Taolo buyuryapti: ey iymon keltirganlar, Allohda qo'rqinglar va rostgo'ylar bilan bo'linglar. Atrofingizdagilarning rostgo'yligini ko'rganingizda bu yuqadi sizga. Xuddi yolg'onchilik undan nima olgandek? Yuqqanidek. Sinxdan boshqasi?

Ularni avf qilinishiga rozgo'yligi sabab bo'ldi. Mana endi qarang, hozirgi kunda qarasangiz, ayrim kofirlar, g'ayri dinlar rozgo'ylikni shunday o'zlariga prinsip qilib ushlaganki, o'zini zarariga bo'lsa ham to'g'ri gapiradi. Dunyoviy hurmat e'tibori, reputatsiyasi ketib qolmasligi uchun zarar bo'lsa ham, to'g'risini gapiradi. Vo, qoyili. Tovarni ajratib turib, mana bu sakkiz so'mdan, mana bu o'n so'mdan dedi, qara, kopir bo'lsang ham deb turib, rost ish tushsa, biz uje hayron bo'ladigan bo'lib ketganmiz aqllarimiz. To'g'rimi? E, juda oson bo'lib ketgan tilimizga yolg'on.

Aka, zararga beryapman deydi. Aka, o'zi shunaqa kelganligi, hech o'ylanmasdan chi, qayerda tilingizdan? Yana shu narxga kelgan o'zi, zararga baryapman degan narxingizdan keyin yana tushirib berasiz. Mana g'arbda shunaqa bir dasturlar, programmalar bor. Chet tilini biror bir tilni o'rganmoqchi bo'lsa, o'sha g'arbda shu tilni egalari bo'lgan bir oilaga tilni o'rgangan ekan bola yigitmidi, qizmidi, joylab qo'yadi. Bir oymi, ikki oymi yashaydi. Shu til egalari bilan birla yashab, muloqoti qilib, tilni o'riganadi. Arabistonlik bir yigit ana shu g'arbga boradida, ularda tilni o'rga olishligi uchun bir oilaga uni ham shu boyagini aytaylik, biriktirib qo'yishadi. Haligi g'ayridin kishi ayoli bilan bir yoqqa ketishlikdan avval haligi musulmon yigitga aytdiki, biz dada falon joyga ketyapmiz ayolim bilan, mana kichkina qizim bilan o'tirib tura olasanmi? Ha, mayli o'tirib turaman. Ular ketishdi, haligi musulmon yo'q yigit qoldi, kichkinagina qizcha. Oshxonasida yugurib yurib bir vazani sindirib qo'ydi. Baribir rosa yig'ladi haligi bir to'rtga yoki beshga kirgan qizcha. Yig'ladi. Nimaga yig'layapsan? Sindirib qo'ydim. Onamga nima deyman? Ha, yig'lama. Onang kim sindirdi deb so'rasa, meni sindirdi deb qo'y dedi. Men yangisini olib beraman, mushkula hal bo'ladi dedi.

Rozi bo'ldi. Kechki payt otanglar keldi, g'ayriddin. Qarasa, ba'zi siniq. Kim sindirdi deb qizidan so'radi. Mana akam sindirdi dedi. Men o'rniga olib beraman dedi, shu bilan mushkula hal bo'mdi. Kechki payitga borib, haligi besh olti yashar qiz yig'ladi. Tabiati ko'tarmadi yolg'on gapirganligini. Chunki ota onasidan faqat rozgo'ylikni o'rganganida xayriddin bo'lsa ham, ota onasi unga yolg'on gapirmaganida, yolg'onni kasb qilib ulgurmaganida bu murdayi qalb.

Yig'lab yubordi. Onasi nimaga yig'layapsan deb so'raganida, men bir narsani yolg'on gapib qo'ydim, shuni tan olishim kerak dedi. Nima bo'ldi? Va'zani onovi bola emas, men sindiruvdim, dedi. Bu qizchani otasi keldida haligi musulmon yigitga, sen bizni uyimizga kelib yashaganlarni ichida axloqing eng zo'ri eding. Lekin seni hozirgi qilgan ishingni kechirib bo'lmaydi.

Men qizimni rozgovlik ustida tarbiya qilyotuvdim. Sen unga yolg'onchilikni o'rgatibsan. Endi bizni uyimizni bo'shatib qo'y, boshqa uy qidirtirdi dedi. Rosgo'ylikni ham, yolg'onchilikni ham qayerdan o'rganar ekan birodarlar? Siz bilan bizdan. Yo'q deb qo'y deymiz u. Alloh taoloning payg'ambarlari, ambiyolari rosgo'y edi. Hammasi. Ismoil alayhissalomni alloh taolo maqtab, innahukana sodiqal va'diy. Darhaqiqat u va'dasa rost edi dedi. Idris alayhissalom maqtab, innahukana siddiqon nabiya, darhaqiqat u juda rostgo'y payg'ambar edi dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam eng rostgo'y kishi bo'lganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qo'rashidilar nimada laqablashar edi? As sodiqul amin. Hech qachon rasululloh yolg'on gapirmaganlar. Hech qachom. Rasulullohchi, hazillasa ham rost gapira hazillashardilar.

Men jannatga kiramanmi dedi bir qari kampir. Yo'q, siz jannatga kirmaysiz dedi. Yig'lab ketdi. Dili vayron bo'ldi, chaqirib kelinglar. Kampir holda kirmaysiz dedi da. Xursand bo'lib ketdi. Hazillarimizni necha foiz yolg'on bizdan? Abdulqodir Jiloniy. Solih, obid kishilardan edi. Yosh ekan, yosh ekan. Karvondeklar bilan bir safarda ketayotganida qaroqchilar to'sib, hammasini to'ntu qilib, qancha puling bor, qancha pulin bor, po'pisa qilib pulini olishni boshladi. Qaroqchilardan bittasi keldi, haligi yosh yigitchaga, necha puling bor dedi, qirq dinor dedi.

Haligi yosh bolada buncha pul nima qiladi deb ishonmadi da, o'tib ketaverdi. Yana bittasi keld, qancha pulim bor dedi. Qirq dinor dedim. Meni masxara qilyapsanmi dedi. Yo'q dedi. Yetarli, boshlig'ini oldiga olib bordi. Mana hozir qirq dinorim bor deyapti dedi. Boshliq so'radi qaroqchilarni boshlig'i. Qancha puling bor? Qirq dinor pulim bor. Chiqadi dedi. Chiqadi.

Rost gapirganligini ko'rib turib, nimaga bunday qilding? Onamga hech qachon yolg'on gapirmayman deb va'da berganman dedi. Va'damni ustida turaman dedi. Qaroqchilarda boshlig'i, birodarlar, mana shu bolani qilgan ishidan hayo qilib, uyalib, hammasini qo'yib yubordi. As sidg'umanjar. Rostgo'ylik birodalar najot ketkazadi. Lekin yolg'onchilik esa, qarang da, yolg'onchi odam bitta yolg'onni gapiradi, endi shu yolg'on ochilib qolmasligi uchun yana bitta yolg'onga gapiradi. Shu bilan ketaveradi. Shu bilon ketaveradi.

Bandani parvardigorini huzuriga ko'tarib olib boradigan eng yaxshi narsasi rostgo'ylikka. Bandani parvardigorining huzuriga ko'tarib boradigan eng yomon narsasi yolg'onchilik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam baytul maqdisga isrof va meros voqeasi mana sirat darslaridan o'tganimizni bilasizlar. Bir kechada baytul maqdidga borib kelganligini qurishga aytdilar. Qurish ishonmadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni mana endi sen yolg'onchi bo'lding deb, yolg'onchiligiga o'zlaricha bir hujjat topishgan bo'ldi. Ammo rasululloh sollallohu alalayhi vasallam isbotlab berdiki, ular baytul maqdisni, mashudul aqsoni sifatlab ber deganlarida qayetini so'rasa alloh taolo ko'rsatib turaverdi, aytib berdi. Rozgo'yligi ma'lum bo'ldi. Endi qarab turing, Abu Bakr Siddiq. Rasulullohga shunaqa ishongan, shunaqa tasdiqlagan kishi bo'lganki, hatto ayrim musulmonlar ham Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni bu gapidan ikkilanib qolishdi. Abu Bakirga borib, ey Abu Bakir, Rasululloh falon falon deyaptilar. Bir kechada Baytul Maxtizga borib kelganmish, ikki oy kerak bo'ladi bizga. Nima deysiz? Deyishganida Abu Bakir sizni bu gapini qarang. Agar Rasululloh shu gapni aytgan bo'lsa, taqiq rost aytibdi.

Va mana shu kunda abu bakir as sidiq degan laqabni oldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rostgo'yligi zarracha shubha qilmagan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tush ko'rdilar. Tushini ikkita farishti italar olib ketdi. Qabrda azoblanayotgan ayrim kishilarni holatini ko'rsatishdi. Bir odam yerda yotar edi.

Sharqamcha yotgan. Yon boshida yana bir odam bor, qo'lida temirdan bo'lgan sixi bor. Haligi yerda yotgan odamni yonboshlatib turib, og'ziga tiqib, yirtib qulog'igacha olib boradi. Yana issiqni chiqarib turib, ko'ziga tiqilib turib, yonboshigacha yirtadi. So'ngra ikkinchi yonboshiga yonboshlatadi. Xuddi shu ishni chop tomonida takrorlaydi. Avval og'zini yirtib qulog', gacha olib boradi, keyin ko'ziga tiqiqib, ko'zini yirtiq, yonboshiga gacha olib borad. Ikkinchi tomonini yirtib, a'zolab olib borguncha, birinchi tomon bitib qoladi, bu tomoniga o'tkazib, shu ishini takrorlaydi. Farishtalardan so'radi payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Bu kim? Bu nima sababdan bunday bo'ldi? Qiyomatgacha shu azobni ko'radi. Bu shunday bir yolg'onchiki, yolg'onni gapirib, yolg'on bilan ufqni to'ldirgan edi.

Mana shu joyini ozgina gaplashamiz. Yolg'onchi edi. Shular emas. Ufqni to'ldirardi. Nima degani? Avvalgi zamonlarda bir odam bir majlisda bitta yolg'on gapni gapirsa, shu majlisda tugar edi. Ja bo'lsa bitta ikkita odam eshitadi, ertasi kuni yo'q bo'ladi. Ammo hozirgi kunda qo'limizdagi telefon apparatlarimiz bilan bizga bitta yolg'ona xabar kelsa, siz uni to'g'ri, noto'g'riga bilmaysiz. Sizga keldi, siz ham yetmishta odam bor gruppangizni bitta jo'natasiz. U yetmish tani yetmish talabani bor, tarqatdingiz. Ufq to'ldimi? Sizni tekshirmasdan yolg'on gapni tarqatganingiz butun ufqni to'ldirib tashladi. Dunyoda narigi burchagi ham bor edi. E, sizga kerakmi shu xabarni tarqatishlik?

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlar, kishi eshitgan ki gapini, ko'tarib yuraverishligi yolg'onchi ekanligi yetarli dalil. Qaytarib aytaman, kishi eshitganki gapini yetkazayotganligi tekshirib tekshirmasdan. Ko'tarib yurganligi yolg'onchiligiga dalil. Qo'linglardagi narsaga yaxshi xabar ham keladi. Yomon xabar ham kelardi. Tarqataverasizlar da.

Nimaga shu bekarga o'ylab ko'rganmisizlar? Prilojeniya o'zi ham bekarga, uni ishlatish ham bekarga. Nimaga o'ylab ko'targanmisizlar? Nimaga somordagi yosh bekorga emas? Nimaga hamma yoq pulli ku, nimaga bular bepul? Musulmonlarning o'rtasida faxshiy, munkarniy yoshlikka juda ham yaxshi asbob. Ha, yaxshilikka ishlasa ham bor, lekin yomonlikka ko'proq ishlayapti. Chunki yolg'on chiqib tashlayotgan narsa, lardan bittasi mana shu qo'limizdagi telefon bo'ladi. Demak, birodarlar, bitta yolg'on gapni eshitadi, yana tarqatadi, shu buni u hukmni to'ldiradi. Endi, telekompaniyalarchi? Yangilik tarqatadigan telekompaniyalar, yolg'on xabarni tarqatganda ular ham ufqni yolg'onga to'ldirmayaptimi? I nekchi, siz yolg'onni tarqatib bo'lganingizdan keyin, noto'g'ri edi bu, adashib biz deb turib, keyin bu xabar yolg'on ekan deb keyin xabar tarqasiz ham endi kechqurun. Odamlar falonchini mana bunaqa ekan deb o'ylab bo'ldi uje.

To'g'rimi? Umrini oxirigacha ololomga o'tib ketadi. Siz tarqatgan yolg'on tufayli. Eng katta yolg'on Alloh azza va jalaga qilingan yolg'on. Voyavmal qiyamat tarolla dina kadabu alallohi vujuhuhun musvadda alay safiy jahannama ma'smalil mutakabbir. Eng katta yolg'an Allohni sha'niga yolg'on gapirishlik. Qiyomat kunida Alloh sha'niga yolgon so'zlagan kimsalarni yuzlari qora holda ko'rursiz. Yo jahannamda mutakabbir kimsalar uchun joy yo'qmi? Eng katta yolg'on Allohni sha'ni yolg'on gapirtirishlik. Undan keyingi katta yolg'on, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sha'ni yolg'on gapirishlik. Rasululloh aytganlar, la takdibi alayya. Meni sha'nim yolg'on gapirmanglar.

Man kattaba alayya muta ammidan falyata bavo maq'odahum minannar. Kim meni gapirmagan gapimni payg'ambar gapirdi deb gapirsa, meni sha'nim yolg'on gapirsa, jahannamni to'g'risidan joyini tanlab olsin. Aniq bilmaysizmi? Payg'ambarimiz aytdi demak. Illo jahannamu to'g'risidan yolg'onchilar qatoridan joyingizni tanlab ola olasiz. Seni shubhalantirgan narsani qo'ygin da, shubhasiz olgin. Rozgo'ylik, xotirjamlik olib keladi. Yolg'on insonni xavotirga solib qo'yadi. Roz gapirgan bo'lsangiz qo'rqmaysiz. Ikkilanmaysiz. Ammo yolg'on aralashtirib qo'ygan bo'lsangz, ikkilanasiz, qalbingizni iztirobga tushadi.

Shuning uchun birodarlar, telefonga kelgan hamma narsani tarqatavermaylik. Shubhali narsadan uzoq bo'laylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rozgo'y odam bo'lganlar. Va sahobalarni ham rozgo'ylik deb tarbiyalaganlar. Farzandlarimizni tarbiyasida ularni rozgo'y bo'lishiga qattiq e'tibor berishimiz kerak. Rasululloh sallallohu alayhu vasallamning oldida bir ayol bolasini ovutish uchun xurmo beraman dedi. Ya'ni yig'lama, xurmo beraman. Uyga bossak xurmo beraman deydi. Bir fe'lini qilmasligi uchun bo'lsa kerak. Rasululloh qarab turib, rostdan berasizmi? Rostdan xurmo bormi? Dedilar. Ha, yo'q, ha, dedim. Agar shu aytgan xurmonni bermasangiz, Alloh Taoloning huzurida siz uchun bitta yolg'on yozib qo'yilgan bo'lardi. Ana bobo kelyapti.

Ana bobo kelayapti. Yo'q. Yolg'onni enasidan ko'ra o'rganyapti. Shuning uchun murodarlar, rozgo'ylik va kazzoblik. Bu ikkisi hargisi teng bo'lmaydi. Alloh subhanah va taolo barchamizni rozgo'y siddiq bandalardan bo'lishini tavfiqini bergan bo'lsin. Aquli hovli ha davos ta'firullohu li va lakum as sadoqat.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)