# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 44 of 510
- Section: —
- Duration: 16 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/44
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/vDKPRZMbXWY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=vDKPRZMbXWY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/43.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/45.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohiym. Pishib ketadigan darajadagi kunning issig'ida onamni bo'ynimga o'tkazib, ikki farsaq ko'tarib yurdim. Uni shukrini ado qildimmi dedi. Hajga borganda ko'rib qolardik, baxtli insonlar.

[0:27] Yurishga qiynalgan onasini olib, qishlab olib, Ka'batullohni tavof qildirayotganligini ko'rardik. Safo marv o'rtasida ko'tarib yurganini ko'rardiz. Jamorotga tosh otganini ko'tarib ketayotganini ko'rardi. Masalan, bizdan so'ralsa, shunga o'xshagan biror bir xizmat qilganmisan desa, bir ming tadan bittamiz qo'l ko'tarsak kerak. Lekin hammamiz o'zimizni yaxshi, sog'liq farzand deb bilamiz, to'g'rimi?

[0:58] Haligi tishga bossa, tegadigandek biror shunaqa bir amalimiz bormi, onamizga, otamizga nisbatan qiyin? Qaranglarda. Bu kishi shunaqa issiq kunda onamni ko'tarib, xapishlab, yelkamga yoki bo'ynimga ko'tarib, ikki farsaq yurdim. Shukrni ado qildimmi dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, ehtimol uni to'lg'og'dagi bitta alamini shukrini ado qilgandirsan dedi. To'lg'oqdagi bitta alamni shukrini ado qilgandirsan dedi. Ikki yil mehnat qo'yib turing dedi.

[1:30] Otangiz, onangizni qadriga yetishingiz uchun ular nima olishi kerak? O'lishi kerak. Ishonaveringlar, o'lmasa qadriga yetmaysizlar ekan. Buni boshidan o'tkazganlar yaxshi biladi. O'lgandan keyin ko'zing ochiladi odam. O'lgandan keyin ko'z ochiladi. Shuning uchun o'lim yetirib ko'zimiz ochilsin. Duosini olib qolaylik. Tabiiyki, ona otadan ko'ra farzandiga mehrliroq, shafqatliroq bo'ladi. Bu tabiatidagi bor narsa. Farzandlar bunga beparvo bo'ladi. Uxlab yuring deysiz u. Uxlab yur, yosh bolamanmi, ko'chalar tinch, mashina bilan keldim, jo'ralarim bilan, olib kelib qo'yishdi eshikdagi. Uxlab yuravering, nima qilasiz?

[2:11] Deymiz a? Uxlab yuring. Ha bilmaysanda bor a deb qo'yadi. Keyin eslab yig'laymiz o'sha kunlarda, o'tib ketganidan keyin. Onani farzandiga bo'lgan rahmati ulkan bo'ladi. Agarchi bola oq bo'lgan bo'lsa ham, onasini norozi qilgan oq bo'lkan farzand bo'lsa ham shu ablah farzandga bir musibat yetsa, ona darrov unutib yuboradi hamma narsani.

[2:35] To'g'rimi? Darrov unutib yuradi. Mashhur, hammamiz eshitgan qissa. Abu la Samarqandiy keltiradi bu qissani. Yana bu hadisni Tobaroniy va Imom Ahmadlar boshqa lafz bilan keltirishadi. Sha'bun ka'na ala ahli rasulillashi sollallohu alayhi vasallam yusamma al qamatan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida al qama ismli bir yigit bor edi.

[3:02] Og'ir kasal bo'ldi. O'lishi aniq bo'lib qoldi, lekin jon taslim qilolmadi. Tiliga la ilah illalloh kalimasi kelmadi. Bu haqida Payg'ambarimizga xabar berilganida, ota onasi bormi uni? Deb so'radi. Ha, qari bir onasi bor deyishdi. Chaqirib kelinglar dedi. Onasi Payg'ambarimizni oldiga keldi. Payg'ambar biz bu ayoldan bolasi haqida so'radi. Onasi aytdi, yo Rasululloh, o'g'lim falon falon namoz o'qiydi, falon falon ro'zalarni tutadi, qancha sadaqa ehson qilishligini hech qaysimiz aniq bilmaymiz.

[3:42] U qilgan sadaqasini sanog'ini yoki vaznini bilmaymiz dedi. Payg'ambarimiz nimani so'radi bu yerda? Siz bilan qanaqa muomala qilardi dedi. Qarang, bularni hech qaysi hisobga o'tmayapti bu yerda. Siz bilan qana qanaqa muammo qilardi? Yo Rasululloh men noroziman bolamdan dedi. Nimaga?

[4:04] Meni qo'yib xotiniga ko'proq yaxshilik qilardi dedi. Qoladi bu xotin siz bilan. Sizni kuzatib, inik etadi orqangizdan. Aytamiz ku, pulingiz ham o'zingizga qoladi. Ha bormisan deydigan ham qolmaydi. O'n ikki da kelasizmi, ikki da kelasin birovni ishi bo'lmaydi. Bemalol nima qilishadi hammasi yotib?

[4:28] Yo rasululloh, men noroziman undan dedi. U o'zini ayolini mendan afzal ko'radi. Meni qo'yib unga yaxshilik qiladi dedi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam onasining g'azabi, onasining noroziligi, uni shahodat kalimasini aytishdan to'sib qo'ydi dedi. So'ngra payg'ambarimimiz, ey bilol, otini to'playin dedi. Kuydirib yuboramiz dedi. Chunki o'lolmayapti, kalima talqin qilolmayapti, lekin tuzalib ham ketmaydi. Kuydirib yuboramiz buni dedi.

[4:59] Shunda bu yerda turgan ona, yo Rasululloh, bolamni ko'z oldimda kuydirib yurasizmi dedi. Bunga qanday qilib sabr qilaman dedi. Payg'ambarimiz Alloh uni kechirishini xohlasangiz, undan rozi bo'ling dedi. Va Alloh siz norozi ekansiz, uni o'qigan namozi sadaqasidan unga foyda yo'q dedi. Ey, ko'zimizni katta ochaylik. Soqol qo'yib pochashimalar yuribmizmi? Besh mahal masjidga boryapmizmi? O'ttiz pora Qur'on yodladikmi? Agar ota onamizni norozi qilib qo'ygan bo'lsak, Payg'ambarimiz nima deyapti? O'qigan namozni yu, qilgan sadaqasini foydasi tegmaydi unga deyapti.

[5:39] Din nima? Din xulq. Din nima? Dim muomala. Uyda turibdi da, haqi ketadi otingni. Ta'bini xira qiladi, qanaqa qiladi? Rozi bo'ling, bo'lmasam bolangiz foydalana olmaydi bu omillaridan dedi. Shunda ona qo'lini ko'tarib, Allohni, sizni va shu yerda turganlarni guvoh qilib aytaman, men undan roziman dedi.

[6:05] Oq farzandiga musibat yetganda, onasini norozi qilgan oq bo'lgan farzand mana shu bir mashaqqatga kirganda ona hamma narsani unutib yuboryapti. Onalar shunaqa mehribon bo'ladi. Onalar shuna qa mehribon boladi, faqat farzandlar buni bilmaydi, o'lgandan keyin qadriga yetadi faqat. Shunda Payg'ambarimiz Bilolga borib bilib keling chi dedi. Rasulullohdan uyalganidan aytdimikin qalbida yo'q narsani bilib keling chi dedim. Bilol Alqamani eshigini oldiga borganda, ichkaridagi Alqama la ilaha illalloh degan kalimani aytdi. Bilol eshitdi, vafot etdi u.

[6:42] So'ngra Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kelib xabarni berdi. Alqama vafot etdi. Yuvishdi, kafanlashdi. Payg'ambarimning janozasini o'qidi. So'ngra uni qabrini bir chetida turib aytdiki, ey muhojir va insonlar, kim onasidan ayolini afzal ko'rsa, bas unga Allohning la'nati bo'lsin. Kim ayolini onasidan ustun ko'rsa, baz unga Allohning lanati bo'lsin dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam.

[7:12] Bas bunday kishining tavbasi ham, sadaqasi ham qabul bo'lmaydi dedi Rasululloh. Bu hadisni Imomatabaroniy va Ahmadlar ham boshqa lafz bilan rivoyat qilishgan. Shuncha xayrli ish olsa ham alqamaga foydasi yo'q, nodoniki onasi norozi bo'ladigan bo'lsa. Yigitlar, bir fikr qilib qo'yaylik. Bir fikr qilib bo'laylik.

[7:39] Ota onaga oq bo'lishni ko'rinishlari. Oq bo'lish degani nima degani? Bizda seni oq qildim desa, ya'ni oq bo'ladi degan noto'g'ri tushuncha bor. Unaqa demasa ham oq bo'laveradi farzand. Faqat bilmaydi uni. Faraz qiling, bir yigit tug'ilib ulg'aydi, o'qidi, bir mansabga erishdi, bir katta bir idorani rahbari bo'ldi. Odamlar uni xonasiga kirishlikka qabulda navbat kutib turishadi.

[8:11] U kishiga hojat tushgan bir to'p kishilar aytishdi, bu rahbar odamni otasi bizni o'rtog'imiz edi. Otasi bilan birga borsak, ishimizni osonroq o'tkazib beradi, deyishdi. Otasiga kelib aytishdi. Otasi: "Mayli, boramiz, bular", dedi. Bordi, otasi kelganini aytishdi. "Kutib tursin", dedi. Ota hamma qatori kutib turdi, kutdi. Navbat kelganda, boyagi do'stlari bilan kirdi. Kirganda boyagi mansabdor farzand falonchiyev deb otasini aytdi. "Nima hojatingiz bor bizda?", dedi. Mana shu ham otaga oq bo'lish deydi ko'rinishi. Nima xizmat bor? Keling. Bu otangizmi sizni? Otasini boshqalarga tanitishlikni, shu meni otam deb bildirishlikni xohlamayotganligi ham farzandi oq bo'lishligi deydi ulamolar. Otasi kambag'aldir, otasi ko'rimsizroqdir, kiyimi xirroroqdir, otam shu odam meni deb turib qo'lidan o'pib, odamlarga faxr bilan ayta olmayapsizmi? Shu ham oq bo'lishida ko'rinishi deyiladi.

[9:23] Endi chiqib so'rashdi. Bolangiz qari o'qigan deyapti, falon mamlakatda deb g'arib aytdi. Shuning uchun bolalarni bollaringlarni ta'lim olishiga kimga berayotganinglarga ham qarab qo'yinglar. G'ayridinlarga dunyoviy ilmlarni o'qishga berib bo'lmaydi demaymiz. Lekin shularni suvini ichib, shularni qalbiga tushib qolishdan hushyor bo'ling.

[9:52] Shuning uchun aytamiz, farzandmisan, har qancha manzilating, martabing, mansabing katta bo'lmasin, har qancha hurmat, e'tiboring osmon bo'lmasin, otangni izzat ikrom qilishing odamlarni oldida. Mana shu manzilatingni ko'tarsa ko'taradiki, tushirmaydi. To'g'rimi? O'g'il bolalar, faxrlaninglar falonchini bolasi bo'lganinglarga.

[10:14] Haligi, bordi shunaqalar ham. Kurto mashinani minib olgan bo'ladi, otasi peshkom ketayotgan bo'lsa, o'tib ketaveradi. Yo bo'lmasa qandaydir sovuq muomala qiladi otasiga. Seni vujudingni sababi edi shu. Vaqti yo'q dadasini biriga olib borib qo'ygani. So'ranadi a? Bolam, vaqting bormi? Mana tashlab qo'ymaysan, oxiring. Bu bechora otam.

[10:38] Buyurish kerakmidi o'zi? Ey, sakkizga kel. Voy, qo'yib qo'y mashinani deyish kerakmi? Deya olmaydi da, bolasida yaxshi ko'radi. Chunki bolasi shunday yursa, ota faxrlanadi bundan. Ana meni bolam deydi. Demak, otasini boshqalardan oldida o'zini otasi ekanligini tanitishni xohlamaslik ham oq bo'lishlik ko'rinishlaridan bittasi ekan.

[11:02] Faqir bo'lgan ota onani nafaqasidan xabar olmagan farzand ham oq bo'lichlikka yaqin bo'lgan farzand. Ota onani holi xarob bo'lib turganda bekami ko'st, hamma yog'ingiz shu kalbasadan tortib sirgacha yeyotgan bo'lsangiz, mana shu ham oq bo'lishingizni bitta ko'rinishingizni deydi ulamolar. Tushunarlimi? Otangni tahoratga suvga imkoniyati yo'q, sen uyingga jakuzi qilib yotibsan.

[11:30] Hamma o'zini turmushini zo'r qilish deydi o'ylaydi. Otanikini hech kim o'ylamaydi. Otamiz deydi, qishda deydi, tahoratga chiqib ketayotgan ekan, oyog'i tiyin bo'lib ketib deydi, mana bo'lib qolibdi deydi. Ha sizni tualetingiz, dushingiz ha deydi, yigit. Spalniyangiz orqasida edi. Masalan o'zingiz uchun qilgan qulaylikda. Otangizni uyida ham bor deb ayta olasizmi?

[11:56] Aho. Gap ko'p yigitlar. Biz zo'r farzandmiz biz. Biz besh ma'lumot o'qiymiz biz. Qorin tijoratga qo'limizni urmaymiz biz. Biz mashkil beramiz biz. Biz zakot beramiz, haj qildik, ro'za tutamiz issiqda ham. Nima yaxshi chi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, muttahaffaqunalik bo'lgan hadis. Ala unab biy ukun bi akbaril ka bayr, salatan. Eng katta kabiri gunohlarni xabarini beraymi? Qolubala hadis sahobalar. Al ishro ko'billa va o'quv qulu olidayn, vakana muttakyan fajala safaqol, ala va qovlu zu'r va amal dihi. Allohga shirk keltirish. Ota onaga oq bo'lishlik, payg'ambarimiz yonboshlab turgandilar, shunday to'g'ri o'tlanib olib turib, yolg'on so'z, yolg'on qasam va mana shu narsaga amal qilishlik dedi. Allohga shirk etilishidan keyin nima zikr qilindi? Ota onaga oq bo'shlik zikr qilinadi.

[12:55] Bu gunoh faqatgina kabira emas, kabiralarni ham eng kattasi. Payg'ambarlarimiz aytdilar, yana kabiralardan. Qaysi ish? Kishi o'zining ota onasini so'kishi dedilar. Yo Rasululloh, kishi o'zini ota onasini ham so'kadimi? Payg'ambarimiz ha, u birovni otasini so'kadi, u ham bunisi otasini so'kad. Bu balonchini onasini so'kad, bu ham buni onasini so'kar. Mana shu o'zini o'ta onasini so'kiishlaydi dedi.

[13:31] Har qanday gunohni jazosini Alloh Taolo oxiratga olib qo'yishi mumkin. Ammo ota onasiga oq bo'lgannikini Alloh Taolo shu dunyoda ham beradi, oxiratda ham beradi. Shuning uchun ota onasiga ox bo'lishlikdan farzand juda ehtiyot bo'lishligi kerak. Va mana shu narsani otalar farzandlari o'rgatishi kerak.

[13:55] Yana ota onasiga och bo'lgan odamlardan uzunroq bo'lishi kerak. Chunki bunga kelgan kasofat senga ham tegadi. Bunga kelgan balo senga ham tegad. Kim bilan birga bo'lishi kerak ekan unda? Ota onasini rozi qilgan, ota onasini duosini olganlari bilan birla bo'lingki, unga yoqqan barokat sizga ham tegib qolsin.

[14:20] Ijtimoiy tarbiya, haqlar. Yuqoridagi keltirilgan oyatlar, hadislar, qissalarga asoslanib aytishimiz mumkinki, ota onani haqqini ado qilish barcha fazilatlarning asosi hisoblanadi. Bu har bitta farzandni ustidagi eng muhim bo'lgan haqlardan. Endi ota onani haqqina ado qilgan odam, boshqalarni haqqini adoqila oladi.

[14:45] Darsimizning xulosasi. Ota onaga yaxshilik qilish deganda nimani tushunishimiz kerak? Ularga rahm shafqatli bo'lish, ularni ulug'lash, qarindoshlardan xabar olish, oldiga tushib olib yurmaslik, biror joyga borsak ulardan avval o'tira olmaslik, ularni xizmatida qoyim bo'lish, ularni xursand qiladigan har bir ishga harakat qilishlik. Agar ota farzandiga bu haqlarini ta'lim bersa, o'zi ham o'zini otasini haqqini ado qilgan bo'lsa, farzandi ham albatta uni haqqini ado o'qiydi. Alloh subhanahu va taolo eshitgan ma'ruzalarga amal qilib, hayotimizni tadbiq qilishiga muvaffaq qilgan bo'lsin va ota onalarimizni rozi qilib, ikki dunyoyimizni obod qilgan farzandlardan bo'lishimiz hammamizga muvaffaqiyatini bergan bo'lsin. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi va lakum. Assalomu alaykum.
