# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 441 of 510
- Section: —
- Duration: 41 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/441
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/-kHGhxfB-VQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=-kHGhxfB-VQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/440.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/442.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:14] Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi inahmatuhu anas da'inuhu anas daofiruh. Va na'udhullohi min shu'rur ya'nfu sinavamin sayy'ati amalina. May yahdihillahu falamu billalah, va may yug'ililhu falaha deyala. Va nashxadu alla iloh ilallohu vahda hula sharikala. Va nashqadu anna muhammadan abduhu va rasuluh, ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

[0:45] Bismillahir rohmanir rohim. Tavfiq haqida suhbat qilyapmiz. Tavfiq nima? Tavfiq alloh taolo sizni qo'llashi. Tavfiq, alloh taolo sizni adashib ketishlikdan saqlab turishi. Tavfiq, Olloh sizni o'zingizni holingizga tashlab qo'ymasligi. Tavfiq, ikki dunyoning yutug'i, saodati.

[1:10] Va man tavfiqiy illa billa deydi shoayi alayhissalom. Mening tavfiqim faqat Alloh bilandir. Oxirgi darsimizda ana shu tavfiqqa ega bo'lishlikning sabablari haqida mavzu ochgan edik, davom etamiz. Allohning tavfiqqi siz bilan bizni ustimizda doim bo'lishligi uchun, birinchi navbatda biz Allohga muhtojligimizni izhor qilib turishimiz kerak. Ikkinchidan, o'zimizni ojiz ekanligimizni tan olishimiz kerak. Uchinchidan, aql zakovatimizga, ilmimizga, tajribamizga suyanmasligimiz kerak, aldanib qolmasligimiz kerak.

[1:51] Oxirgi darsimizda o'zingizni aqlingizga suyanib qolmasligingiz aytildi. Siyara alamun nubaloda aytilinadi. Imomizahibi aytadi la anallohu zaka bila imanin. Alloh iymonsiz zakovatni la'natlasin va rodiyallohu anil baladati ma'taqvo. Alloh taqvo bilan bo'lgan soddalikdan rozi bo'lsin.

[2:20] Chunki o'tgan darsimizda aytdik. Ana shu g'arb odamlarini aqllari dunyo ishlarida tengsiz. Ilm fanda, dunyoviy texnologiyalarda ularga yetadigani yo'q. Lekin iymon bo'lmaganligi uchun erkakka erkakka uylanib yotibdi, ayoli uylanib ayolga uylanib yotipti. Bu Hindistondagi aqlli aytishniklar, kompyuterchilar, doktorlar molga sig'inib yuribdi, tezligini betiga surtib yuribdi.

[2:49] Ana, agar iymonsiz bo'lsa, aqlni Alloh la'natlasin. Agar iymon e'tiqodi bo'lsa, soddalini Alloh Taolo rahmat qilsin, soddalikdan rozi bo'lsin. Bir odamni uchta diplomi bor. Qanchadir ilmiy unvonlari bor. Lekin Allohni tanimagan bo'lsa, iymoni yo'q bo'lsa, bu odam savodsiz deyiladi. Va bu ilmi foyda qilmagan bo'ladi unga. Chunki u uchala diplomi ham, ilmiy unvonalari ham qabristonda oldigacha boradi u bilan. Qabrga o'zi kirib ketadi, amallari bilan u diplomlari qoladi. Ammo biz aytayotgan unaqa diplomi yo'q. Sodda oddiy aql egasi iymon e'tiqod bilan bo'lsa, uni ham mana shu borib boradi qabrni oldiga, qabrga boyagi iymoni bilan amalga kiradi.

[3:39] Kim ekan haqiqiy johil? Ollohni tanimaganlar. Qoliylu tavfiqiy xoyrun min katir ila aql. Ko'p aqldan ko'ra ozgina tavfiq yaxshiroq. Aytdik ku, allohni tavfiqi bo'lmasa, uyingizga bora olmaysiz kechki payt topib yo'lingizni. Qoliylu tavfiqi xoyrun min kathiyri ila ibada. Ko'p ibodatdan ko'ra ozgina tavfiq yaxshi.

[4:09] Qoliylu tafiq hu xoyrun min kathi ila amal. Ko'p amaldan ko'ra ozginina tavfiq yaxi. Ko'p aqldan, ko'p ibodatan, ko'p amaldandan ko'ra, ozgina tavfiqa yaxshi. Chunki bu ibodatingiz, aqlingiz, amalingiz kitobi sunnatga muvofiq bo'lmasa, shariat bergan andoziga tushmasa, bu amallar o'zingizga qaytariladi. Ammo Alloh Taoloning ozgina tavfiqi bilan qilgan kichkinagina amalingiz bo'lsa, sizga foyda beradi. To'rtinchisi, qalbning salohiyati, qalbning pokligi. Allohning tavfiqi bizni ustimizda bo'lishligini sabablaridan to'rtinchisi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ala innafil jasadiy mudg'otan ida salohat salohal jasadu kulluhu. Ogoh bo'linglar. Ogoh bo'ringlar, insonning jasadida bir parcha go'sht bor.

[5:11] Agar u tuzalsa, sog'lom bo'lsa, butun jasad tuzaladi. Agar u buzilsa, butun jasad buziladi. Ala va hiyal qalb. Ogoh bo'linglar, u bir parcha go'sht, qalb dedilar. Ma'qulmi? Qalbning pokizaligi Allohning tavfiqi kelishining sabablaridan bittasi.

[5:33] Mana, Alloh Taolo Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astaydubillah, ya ayyuhan nabiyyu qulliman fii idkum minal asro i ya'lamin lahu fii qulubikum xayro yutikum xayron minma uhida minkum va yag'fir lahkum va alloh g'ofuru rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qo'liga asr bo'lib tushganlar. Musulmonlarga qarshi jang qilishdi, mag'lub bo'lishdi. Mana endi kofirlar yoki mushriklar asr bo'lib turishdi. Alloh Taolo aytyapti. Ey Payg'ambar, sizlarning qo'lingizdagi asr bo'lgan kishilarga ayting. Ayting o'sha asrlarga. Agar Alloh dillaringizda yaxshilik borligini bilsa, sizlarga o'zingizdan olingan narsadan ko'ra yaxshiroq narsa berur va sizlarni mag'firat qilur. Qalbingizda qanaqaligini Alloh biladi. Agar pokiza bo'lsa, Alloh tavfiqi bo'ladi.

[6:35] Bizda kitobi sunnat degan o'lchov bor. Shuni pokiza qalb degan shabloniga tushgan qalb pokiza bo'ladi. Alloh taoloning bizni ustimizga tavfiqiy kelishligi uchun bizda Allohga muhtojlik bo'lishi kerak, o'zimizni ojizligimizni tan olishimiz kerak, aql zakovatimizga suyanmasligimiz kerak, qalbimiz pokiza bo'lishi keraks. Beshinchisi.

[7:00] Menda o'zini qo'lidan kelgan solih amallarni qilishi va shu ishda davomiy bo'lishi. Kuchi yetgan, qo'lidan kegan savob ishni qiladi va doim bo'ladi shu ishda. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan oyish onamiz so'radilar. Yo Rasululloh, Alloh taologa eng mahbub amal qaysi? Rasululloh aytdilar, advamuhu va inqollar. Ozroq bo'lsa ham davomiy bo'lgani. Ozroq bo'lmasa ham doimiy bo'lgan amalni Alloh taolo yaxshi ko'radi.

[7:36] Chunki mana shu ozroq bo'lsa ham, ko'rimsizroq bo'lsa ya, ammo doim qilingan amaldan iymon orzu qalanadi, iymon quvvatlanadi, iymon poklanadi, nafs poklanadi. Shu bilan savobli amallar ko'payadi. Davomiy bo'ladigan bo'lsa, ozgina amal bo'lsa ham, shu sizni Allohning tavfiqiga yetishingizga olib boradigan sabablardan.

[8:02] Oltinchisi. Alloh Taoloning tavfiqi sizga berilishi uchun, sizda bo'lishi kerak bo'lgan sabablarning oltinchisi. Banda Alloh Taoloning unga bo'lgan fazli, marhamati, minnatini his qilib turishi. Banda Allohning o'zi uni hidoyat qilganligi uchun musulmon bo'lganligini tan olish kerak, his qilish kerak. Alloh o'zi ko'mak bergani uchun va yaxshilikka muvaffaq qilgani uchun shu yaxshilikni qila oldim deb turib, Allohni fazlini his qilib turish kerak. Allohni fazli marhamati bo'ldi, Allohni tavfiqi bo'ldi, mana bu ishni qildik. Avval Allohni fazlining ayting.

[8:47] Men bunday qilib qo'ydim, biz bunday qilib qilib qo'ydingiz emas. Avval Allohni fazlini ayting. Allohni fazli bo'ldi, Allohni marhamati bo'ldi, mana shu ishni qilishlikka muvaffaq bo'ldik. Desangiz, Alloh sizni yana shunaqa ishlarga muvaffaq qilaveradi. Agar men qildim desangiz, Allohni orasini o'zini holatiga tashlab qo'yadi. Mana, a'roblar kelib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga musulmon bo'lganligini minnat qilishdi. Arabiylar bu sahroiylar.

[9:21] Ya'ni ta'lim tarbiyadan uzoq, odob axloqdan ancha chekkada, dag'al, qo'pol, xo'rs odamlar. Boyagi arabiylar, biz iymon keltirdik senga ey Muhammad, Allohga iymon keltirding deb minnat qilganida Alloh Taolo oyat nozil qildi. Astayrubillah, yamunnu alayka an aslamu qul la tamunnu alayya islamakum. Ular sizga musulmon bo'lganlarini minnat qilishadi.

[9:53] Ayting, sizlar menga musulmon bo'ganinglarni minnat qilmanglar. Balillahi yamunnu alaykum an hadakum lil iman inkun tun sodiqiy. Sizlar menga mo'min bo'ldik deb minnat qilmanglar, iymoninglarni peshlamanglar. Balki Alloh, agar iymonlaringizda sodiq bo'lsanglar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur. Nima degani? Alloh qalbingizni ochmaganida karima keltira olmas edingiz sen. Sen o'zim karima keltirdim deb o'ylamagin.

[10:31] Boshqa oyatda. Stadi billah. Va la ilahe foz lullohi alaykum va rahmatuhu ma zakam ming kun min ahadin abadann. Agar sizlarga Allohning fazli marhamati bo'lmasa edi, agar Allohni fazli bo'lmasa, sizlardan bironta odam gunohidan poklana olmas edi. Va lekin Alloh yuzaki men yasha va allohu samyun al im. Lekin Alloh o'zining fazli marhamati bilan, o'zini tavfiqi bilan, o'zi xohlagan kishini poklar, Alloh eshituvchi, biluvchidir.

[11:09] Agar Alloh tavfiq bermasa, o'zi yo'l ochib bermasa, o'z bemasa, hech kim gunohdan tozalanolmas ekan. Agar Alloh qalbingizni o'zi yumshati ochib qo'ymasa, hech qachon kalamaga keltirib musulmon bo'lolmas ekansiz. Ulamolar aytadi. Mana shu oyatni sharhida ulamolar aytadi. Aytyapti yu Alloh Taolo. Agar, agar Alloh Taoloni fazli, marhamati bo'lmasa, birontalar gunohdan poklana olmasa deydilar. Birontalar nima bo'lmasdi, iymonga ham kela olmas edi. Ulamolar aytdi, Alloh Taolo go'yoki shunday deyapti. Ey bandalar, agar meni tavfiqim bo'lmaganida, sizlarning nafslaringiz iymonga bo'yi sinmas edi. Imonga kelish, na o'zinglar bilan maslahatlashib qabul qiladigan qaroringiz ham emas, va na o'zinglarda kuchinglar bilan, xohishinglar bilan qilinadigan ish emas. Sizlarni imonga kelishinglar faqat menga bog'liq edi. Men qalbinglarni ochdim, kalima keltirdinglar deyapti. Men sizlarga imomni sevimli qilib qo'ydim. Men uni qalblaringizda bezakli va jozibali qildim. Va men sizlarga kufrni, fisq fujurni, osiylikni sizlarni ko'zinglarga yomon qilib ko'rsatib qo'ydim.

[12:30] Biz o'sha bachchavozlikni yomon deb ko'ryapmiz. Zinoni yomon deb ko'lyapmiz. Tarozidan urishni yomon deb kolyapmiz. Isrof qilishlikni to'y to'rt kun ma'ruf ma'rakalarda yomon narsa deb ko'ryapman. Chunki Alloh bizga shularni yomon qilib ko'tarib qo'ygandi. Endi boshqalarga nima uchun u narsalar chiroyli ko'rinyapti? Chunki Alloh ularni qalbini ochmadi, ularga bu narsani xunuk qilib ko'rsatib qo'ygani yo'q. Tavfiq, shuning uchun faqat Allohda so'ra oladigan narsa.

[13:00] Tavfiqni berishlikka faqat Alloh qodir. Tavfiqni Allohda boshqadan so'rashlik, bu tavfiqdan mahrum bo'lishlik degani. Kimdan so'raymiz ekan? Allohim muvofiqna alima tohib bu huva tordo deymiz. Parvardigor, o'zing yaxshi ko'rgan va rozi bo'ladigan amallarga bizlarni muvaffaq qilgin.

[13:25] O'zing yaxshiroq ko'rgan va rozib bo'ladigan ishlarni qilishimizga yo'l bergin. Tavfiq bergin. Agar sen yo'l bermasang, men hech narsa qila olmayman ekan. Endi. O'sha savobli ishni qilib bo'lgandan keyin aytingki, parvardigor, buni men qilganim yo'q, buni sen qildirding menga. Ma'qulmi?

[13:49] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdek zot ham, rahmatan lili alamin bo'lgan zot ham, qur'onchalik ilmi va qur'onchali yana qo'shimcha ilmi bo'lgan z ot ham, hech kimni allohning tavfiqsiz hidoyatga kelishiga sabab bo'la olmaydi. Amakisi Abu Tolib vafot etdi. Iymonsizlikdan, kufrdan. Rasululloh qattiq qayg'urdilar. Chunki Abu Tolib Payg'ambarimizni yoshligidan tarbiya qilib, katta qilgan edi. Payg'ambar bo'lganidan keyin u zotga iymon keltirmagani bilan himoya qilgan edi, iymonsiz holda ketganida, Payg'ambarlarimiz qayg'urdilarda. Shunda Alloh Taolo oyatni hosil qildi. Innakala tahdiy man ahbabta, valakin alloha yahdiy man yashag'. Ey Muhammad alayhissalom, aniqki, siz o'zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz. Lekin Alloh o'zi xohlagan kishilarni hidayat qilur, u hidoyat topguncha zotlarni yaxshiroq bilguchidir. Muhammad alayhi assalom ham shaxsan o'zi da'vat qilib, bironta odamni iymonli qila olmaydilar, agar Allohni tavfiqi bo'lmasa.

[15:07] Mana, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk azodiga borib, qo'shini bilan, Rumga xat jo'natdi podshohsiga, Xiraqilga. U Xiraqil maktubda o'qidi, ilmli odam edi, Payg'ambarimizda Payg'ambarlik alomatlarini tanidi, yana ham shu ma'lumotlarni aniqlashtirishlik uchun, arab bo'lgan, nasroniy dinida bo'lgan bir yigitni Payg'ambarimizni oldiga jo'natib, falon, falon, faloni alomatlarini ko'rib kel dedi. Tanohiymidi ismi?

[15:39] Haligi odam Rumning imperatorini elchisi bo'lib Payg'ambarlarimizni oldiga keldi. Rasululloh bilan bir necha kun muloqot qildi. Rasulullohni bu yigitni arabligini ko'rib, aql zakovatini xushyo'qligini ko'rib turib, islomga kirishiga xalis bo'lib, islomga da'vat qilib, Muhammad alayhissalom shaxsan o'zi u kishining da'vati bilan shug'ullandilar.

[16:03] Lekin iymonga kelmadi. Men o'zimni qavmimni dinida bo'laman dedi. Tushunyapsizmi? Shuning uchun biror bir masjidga yur degan bo'lsangiz, namozga kirib ketgan bo'lsa, uni siz qilganingiz yo'q. Siz kimsiz Muhammad alayhi assalomni oldida? Shuning uchun bironta odamni hidoyatiga sabab bo'lgan bo'lsak, bironta odamni ilmli bo'lishiga sabab bo'gan bo'lsak. Bironta odamga foydamiz tekkan bo'lsa, bu Allohni tavfiqi bo'ldi.

[16:34] Shoh ibn assalom o'zini qavmiga aytadi astadibillah va ma tavfiqiy illa billa alayhi tavakkaltu va ilayhi uniyb. Men faqat imkonim boricha isloh qilishni istayman xolos va bunga sizlarni isloh bo'lishinglarga yolg'iz Allohning yordami bilangina muvaffaq bo'lurman, Allohni o'ziga suyandim, o'ziga iltijo qilurman. Mana shu oyatni ulamolar tavfiq oyati deyishadi.

[17:07] Boyagi arabiylar Payg'ambarimizga kelib, biz mo'min bo'ldik deb minnat qilganida, Alloh Taolo ularga bergan javobini eshitdinglar. Astadibillar. Valakin alloha hababa ilaykumul iymana va zayyanahufi qulubikum. Lekin Alloh sizlarga iymonni suyukli qildi va uni dillaringizga chiroyli ko'rsatdi. Iymonni chiroyli qilib bo'lgan qalbinglarga, ko'zinglarga, kim ekan?

[17:36] Va karroha ilaykumul kufru val fusu qoval asian endi itoatsizlikni, kufrni, osiylikni ko'zinglarga yomon qilib ko'rsatib qo'ydi. Siz hayotda Alloh rozi bo'ladigan ishlarni ko'rib turib, xursand bo'layotganingiz va mana shu amallardan rozi bo'layotganligingizni o'zi Allohni sizga bergan tavfiq ekan. Endi kim Alloh rozi bo'ladigan ishlarni ko'rib turib yomon ko'rayotgan bo'lsa, qalbiga o'tirmayotgan bo'lmasa, unga fisq fujur, ma'siyat, gunohlar chiroyli ko'rinayotgan bo'lsak, demak Alloh unga nima bermabdi? Tavfiqini bermabdi.

[18:15] Alloh taoloning bizga tavfiqi bo'lishi uchun, birinchi navbatda biz o'zimizni Allohga muhtoj ekanligimizni his qilib turishimiz kerak. Ikkinchisi, o'zimizni ojizligimizni tan olishimiz kerak. Uchinchisi, aql zakovatimizga suyanmasligimiz kerak. To'rtinchisi, qalbimiz pokiza bo'lishi kerak. Beshinchisi, qo'lidan kelgancha, imkoniyati yetganicha savobli amallarda davomiy qilishligida bo'lishi keraksiz. Oxirgisi, banda o'zini ustida turgan qanaqa yaxshilik bo'lsa, iymon bo'lsin, sog'liq bo'lsin, solih farzandlar bo'lsin, yaxshi ulfatlar bo'lsin. Bularning bari Alloh Taoloning menga bo'lgan fazli deb bilishligi kerak. Shunda Alloh Taoloning tavfiqi doim bo'ladi.

[19:03] Aquli qovli ha da, astag'firullohu livalakum innallohu va malaka tahui sualuna ala nabiy. Ya yu halladiyna ananu, sollu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anasta'i nihu anasta' g'ofiru va na'ru billahi min sururiy an husina va min say'atiy amalina. Men yahdihillah hu falah mudir lala va men yug'ilil hu falah hadiyala. Va nashhadu alla ila ila Allohu va hidahular shar'i ikkala. Va nashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh. Amma baxt assalomu alaykum va rahmatullohi ta'allu barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Mana birodarlar, bir necha jumalardan beri Alloh Taolo tomonidan bo'ladigan tavfiq haqida dars qilayotgan edik, davom etamiz. Tavfiqning sabablari degan mavzuda suhbat qilyapmiz. Ya'ni qaysi sifatlar bizda bo'lsa, nima ishlarni qilsak, Alloh Taoloning bizga tavfiqi bo'ladi.

[20:14] Tavfiq Alloh Taoloning qo'llashi. Tavfiq Allohni saqlashi. Tavfiq adashib ketishdan to'sishi. Tavfiq ikki dunyoni saodati. Agar Alloh Taoloning tavfiqi bo'lsin, biz hech narsa qilishlikka qodir bo'lmaymiz. Tavfiqning sabablaridan yettinchisi. Alloh Taologa hamd aytish va shukur qilish.

[20:44] Mo'min manda bir xayriyatga muvaffaq bo'ldimi? Bir savob ishni qilishlikka imkon topdimi? Allohga hamd aytishligi kerak. Men qildim demang. Bir yaxshi ishni qildinglarmi? Biz qildik demak. Birov yomonlikdan omon qoldingizmi? Allohga shukur keltiring. Men o'zi tadbirini qilib qo'ygandim da, o'shaning uchun shu yomonlik menga yetmadi demang. Ilmim, planim, rejam tadbirim emas. Chunki sizni ilmingiz, tajribangiz, planingiz, qilib qo'ygan sababingiz, sabab xolos.

[21:23] Chunki siz dunyodagi hamma sabablarni qoyim qilib qo'ysangiz u, Alloh tavfiq bermasa, siz ko'zlagan maqsadingizga yeta olmaysiz. Natija faqat va faqat Allohning xohishi va tavfiqi bilan bo'ladi. Dalil kerakmi? Dalil bor. Hamma sababni qiling. Agar Alloh xohlamasa, maqsadingizni yetmaysiz. Ibrohim alayhissalomni kuydirishlik uchun katta gulxan yoqishdimi qavmi? Yoqishdi. Sababni qilishdimi? Qilishdi. Uloqtirishdi. O'tga tushdi. Sabablar bor. Lekin kuydimi?

[22:05] Alloh xohlamasa, tavfiq bermasa bo'lmas ekan. Ismoil alayhissalomni otasi Ibrohim alayhissalom yotqizib, oyoq qo'lini bog'lab, tomog'iga pichog'ini qo'yib tortdi. Sabab bor a? Pichoq kesdimi? Ana sizga dedi dali. Yunus alayhissalomni dengizga uloqtirishdimi? Baliq katta nahang yutib, dengizni tagiga olib tushib ketdimi? Tushib ketdi. Qirq kun deyiladi, sut ayda qolib ketdi. O'lishligiga hamma sabab bormi? Bor. O'ldimi?

[22:40] Demak, Allohni tavfiqi, xohishi bo'lmasa, hech narsa bo'lmas ekan. Shuning uchun to'rtinchi sababi, yettinchi sababi, yettinchisi sababi, biror yaxshilikka muvofiq bo'lgan bo'lsangiz, bu Allohning fazli va tavfiqi bo'ldi deng. Biror yomonlikdan qutilib qolgan bo'lsangiz, Allohni tavfiqi bo'ladi, Allohni xohishi bo'ldi den. Va alhamdulillahi robbil alamin deng, shukur keltiring hamda ayting, ana shu ne'mat ustingizda yana ziyoda bo'ladi.

[23:11] Berilgan ne'matning shukri ado qilinsa, shu ne'matning ziyodi bo'lishligini Robbimiz subhanahu va taolo va'dasini beryapti. Astaydu billah. Vo it ta'azzana robbukum la in shakartum la aziydan nakum. Yana Parvardigoringiz bildirgan bu so'zlarni eslanglar. Qasamki, agar bergan ne'matlarimga shukur qilsangizlar, albatta ularni yanada ziyoda qilaveraman. Vala inkafartum, agar nonko'rlik qilsanglar, inna adabiylashadiy. Endi agar kufroni ne'mat qilsanglar, albatta azobim juda ham qattiqdir. Tavfiqning sabablaridan yettinchisi, Alloh Taolo ato qilgan ne'matlarga shukur keltirishlik.

[24:00] Tavfiqning savoblaridan birinchisi, Alloh Taolo'ga muhtojlik. Ikkinchisi, o'zini ojizligini tan olishlik, uchinchisi, aql zakovatiga, ilmiga suyanmaslik. To'rtinchisi, qalbning pokiza bo'lishligi. Beshinchisi, banda o'zini imkoniyatidagi ishni qilib, davomiy bo'lishi. Oltinchisi, banda Alloh Taoloning fazlini va minnatini his qilishi, yettinchisi, Allohga hamd aytishi va shukur keltirishi.

[24:34] Sakkizinchisi. Oliy himmat, kuchli iroda, qat'iyat va azmu qaror. Bandani niyati, azmu qarori va qat'iyatiga yarasha Alloh Taoloning tavfiqi, yordami keladi. Sigaretni tashlayman dedi. Qat'iy tursa Alloh qo'llaydi.

[24:58] O'zi tashlash yo'q niyati. Jo'ralari aytgani uchun tashlayapti. O'zi chiqqisi yo'q masjidga har kuni. Shu mahalladagilar qistagani uchun chiqyapti, bu odamga tavfiq berilmaydi. Ma'qulmi? Nimanidir boshlab, oxiriga yetkaza olmayotgan bo'lsangiz, yaxshi ishingizni, qaysidir yomon odatingizni tashlayman deb boshlab, oxirliga yetkaza olmayayotgan bo'lsaysiz, demak, tavfiq yo'q. Tavfiq nimaga yo'q? Azmi qaror qat'iy emas.

[25:29] O'lasiz hoji aka deydi. Yurmasangiz deydi. Oshlarni ozaytirmasangiz yog' boylab ketibdi yurak. O'lasiz desa, mana endi azmi qorak qat'iy bo'ladi. Va yuradi. Ma'qulmi? Yo Alloh, shunaqa zamonda yashayapmizki, birodarlar, avvalgi davrdagi odamlarning oddiy ishlari hozirgi davrda tibbiy muolaja bo'lib qoldi. Avvalgilar kiyada yurishi oddiy ish edi. Hozir do'xtirlarning nimasi bo'lib qoldi? Naznacheniyasi bo'lib qolibdi. Yurish a?

[26:07] Yurish ham katta ish bo'lib qoldim. Biz deydi yuryapmiz domla deb qo'yadi. Yuryapmizda deydi. Ho nima qilardinglar? Biz o'z foyda bo'ldi, yuryapmiz yo toqqa chiqib yuryapmiz deydi. Yurish ham ish bo'lib qoldi yu, aslullohu analloh. Men bilmadim bu ketishda nima bo'larkin.

[26:31] Demak, Alloh Taoloning tavfiqi, kelishligini sababini sakkizinchisi qat'iy azmaqaro, qat'iy iroda. Alloh Taolo aytadi, istadiyulloh in yuriyda islohan yuvof fiqh illallohu baynahuma. Agar er xotin, ajrashib ketgan bo'lsa yoki urushayotgan bo'lsa, ularni yarashtirmoqchi bo'lsanglar, Alloh Taolo aytyapti, agar er xotinning oralari buzilib ketishdan xursanglar, er tomonidan bitta hakam, xotin tomonidan bitta hakam chiqaringlar. Diqqat. Agar ular er bilan xotin isloh qilishni istasalar, Alloh er xotin orasiga ittifoqlikni solur.

[27:17] Er ham, xotin ham oilani buzishlikni xohlamasdan, oilani saqlab qolishlikni qat'iy xohlasa, Alloh bir yo'lini qilib yarashtirib qo'yar ekan. Umariddin Xattob davrida bir er xotinni yarashtirmoqchi bo'lib, Umariddin Xatob o'rtaga tushdi. Er ham, xotin am oilamiz buzilishini xohlamaymiz deyapti. Ikkalasi ham islohni xohlayapmiz deyaptdi. Umariddin Kattob u qilsa ham, bu qilsa ham, hech ham isloh bo'lmayapti. Shunda qo'lidagi davrasi bilan ikkalasini chopib qoladi. Yelkasiga, yelkasiga. Senlar meni masxara qilishyapsan. Nimaga? Alloh Qur'onda aytgan, agar ular islohni xohlashsa, Alloh ularni o'rtasini isloh qiladi, degan. E men shuncha harakat qilyapman, bo'lmayaptimi, demak senlar xohlashmayapsan, meni kalaka qilyapsan deb darralab urar ekan.

[28:09] Qancha qancha xayrli ishlarni boshlaymiz. Qilmoqchi bo'lamiz, oxiriga yetmaydi, boshlaymiz, to'xtab qoladi, nihoyasiga yetmaydi. Sabab nima ekan? Tavfiq yo'q ekan. Ana shu sabablarning sakkizinchisi, kishida ana shu yetmoqchi bo'lgan narsasiga azmiqaror qattiq bo'lishi kerak ekan. Oyatda azmiqaror va niyat tavfiqning sababi ekanligi bayon qilindi.

[28:38] Saadatul abdufiy siddiq ila azimati va siddiq il fiat. Ulamolar aytishadi, bandaning saodati niyatining va harakatining to'g'riligidan. Banda dunyoda saodatli bo'lmoqchi bo'lsa, niyati to'g'ri bo'lsin va qilayotgan xatti harakati shu niyatiga muvofiq to'g'ribo'lsin. Agar banda rozgo'y, sodiq, ixlosli bo'lib, Allohga bo'lgan tavakkuli to'g'ri bo'lsa, bu bandaga Alloh Taolo boshqalarga bergandan ko'ra ko'proq narsani beradi.

[29:15] To'qqizinchisi. Iymonni quvvatlantiruvchi amallarga xarislik. Birodarlar, iymonimiz savobli amallarni ko'p qilishligimiz bilan quvvatlanadi. Quvvatlanadi! Zikrni ko'proq ayting. Qur'on tilovatini ko'proq qiling, savobli amallarni ko'proq qiling, iymoningiz quvvatlanadi. Ilm majlisi, zikr xalqalari, Qur'on tilovati, oxirat haqida tafakkur. Mana shu narsa iymoningizni quvvatli qiladi. Mana, Payg'ambarimiz aytadilar, audul mordo, vatta bi ul janiyiz, tuzakkiru kumul axiru.

[30:00] Kasallarni ziyoratiga boringlar, janozaga ergashinglar, oxiratni eslatadi sizlarga, mana shu ishlar. Ma'qulmi? Qabristonga boring da. Qanaqa odamlar yotibdi? Kim o'n besh ga kirib o'lgan, kim sakson besh ga kirib olgan, kim rosa kuch quvvatga to'lib o'ttiz besh qirq yoshda ketgan, haligini ko'rganingizda o'rningizga kelib qolasiz.

[30:26] Savobli amallarni ko'proq qilishlik, iymonni quvvatlantiradigan amallardan hisoblanadi. O'ninchisi, gunohlardan uzoq bo'lish. Kishi guno ma'siyatga qanchalar berilar ekan, ma'siyatga, fisq hujurga botar ekan, xayriyatlardan, tavfiqdan mahrum bo'ladi.

[30:54] Falyavmala tuzdilar munafsu shay avvala tujzavna illa ma kundum ta'malun. Mana bu kunda hech bir jonga biron zulm qilinmas. Va sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan amallaringiz sababli jazolanursizlar. Alloh taolo fazl ko'rsatadi bandaga.

[31:17] Mo'min bitta solih amal qiladi. Alloh shu bandani yaxshi ko'rib, unga fazil ko'rsatadi, ko'proq yaxshilik qilishiga muvaffaq qilib qo'yadi. Bir haftada Qur'onda xatmi qiladigan odamlar bor oramizda. Nima, ular ham darrov bir o'tirib, bir haftada Qur'onda xatmi qila oladigan bo'lib qolishdimi? Yo'q. Yarim paradan boshlagan. Kunda yarim paradan o'qigan, bir ikki oydan keyin bir paraga chiqqan.

[31:48] O'ttiz kunda xatmi qilardi. Keyin sekin sekin tushdi da, haftasiga xatmi qiladigan bo'lib qoldi. Million million pulni ehson qilib yuborgan odam, birdaniga shunaqa millionni ehson qiladigan bo'lib qoldimi? Ha yo'q. Asta sekinlik bilan, sekin sekinlik bilan qilavergan, qilavergan, Alloh Taolo qabul qilib turib, kattaroq savobli ishga buni yana nima qilib qo'ydi? Muvaffaq qilib qo'yadi. Shuning uchun biz siz bilan biz ham ana shu savobli amallarni ko'proq qilishligimiz, gunohlardan ehtiyot bo'lishligimiz ustimizga tavfiq kelishini sababi bo'ladi.

[32:24] O'zi bizdan sodir bo'lgan bir yaxshi amal qabul bo'ldimi, yo'qmi? Biz uni bila olamizmi? Bila olmaymiz a? Lekin ulamolar aytishadi, ana shu Alloh qabul qilganligining alomatlari bor. Shundan bittasi bandani qilayotgan savobli amali asta sekinlik bilan ziyoda bo'lib borayotgan bo'lsa, bu holat uning avvalgi amallarini qabul bo'lganini belgisi.

[32:57] Bugun ikki yuz so'm tashladingiz. Keyingi hafta ikki yuz so'm tashladingiz? Undan keyingi hafta Alloh Taolo to'rt yuz so'mga qodir qilib qo'ydi. Endi to'rt yuz so'm tashladingiz. Amalingiz ko'payganligi umid qiling, avvalgi qilgan amallaringizni qabul bo'lganligini alomati ekan. Alloh taoloning tavfiqi bizni ustimizda bo'lishligining sabablaridan o'n birinchisi, ota onaning roziligi. Ularni xizmatida turish. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar ridallohi fi ridol va alidayn.

[33:37] Allohning roziligi ota onaning roziligidan. Alloh taoloning g'azabi ota onaning g'azabidan. Imomid termiziy rivoyat. Ota onasini duosini olgan, ota onasini rozi qilgan odam alloh talafidan bo'lgan tavfiqqa ega bo'ladi. Alloh bu bandasini qo'llaydi, bu bandasiga madadini to'xtatmaydi. O'shaning uchun aytiladi da.

[34:06] Ikki xil odam eshikdek ishlamay qo'yaversin. Ikki xil odam, eshikdek eshlamay qo'taversin. Ota onasini roziligini olgan odam, eshikkdek ishlamaya qo'tavershin. Ota onasiga oq bo'lgan odam, eshakdek ishlamayoq qo'yavershin. Ha, ishlaydi, birodarlar. Hamma ishlaydi, ishlashimiz kerak.

[34:29] Hamma ishla edi, ishlashimiz kere. Rizq, kasb, iqtisodiyot qilamiz. Bu vojib, bu ibodat. Alloh Taologa yozgan rizq kelishi uchun biz mehnat qilishimiz kerak. Buyurilganmiz. Lekin ota onasiga oq bo'lgan odam, eshakday ishlasa ham, biri ikki bo'lmaydi dunyoni o'zida ham.

[34:53] Va ota onasini rozi qilgan odam, eshakday ishlamasa ham bo'laveradi. Chunki Alloh Taolo barakat beradi bunga. Oq bo'lgan inson, eshakdek qattiq uzoq ishlasa ham, bir ikki bo'lmaydi. Hayotda baraka topmaydi. Ota onasini roziligi topgan banda, eshikdegi ishlamay qolaversin degan. Ozgina harakat qilib bo'lsa, Alloh Taolo baraka beravoradi. Ma'qulmi? Shuning uchun ota onasi, bolalar, yoshlar, ko'zinglarni katta ochinglar. Uyingizda turibdi barakani eshigi.

[35:26] Ha, endi. Tirikchilik, rizq talabida boshqa mamlakatlarga, boshqa yurtlarga ketyapmiz. Ana shu yerda topayotgan pulimizning barakasi uyda turibdi. Hech bo'lmasa bir haftada bir telefon qilib qo'yishga yarashimiz kerak. O'zi kunda telefon qilsak ham bo'laveradi yu, lekin qilmaymiz da. Oylar, yillar o'tib ketadi, esimizdan chiqib ketadi.

[35:49] Sen binosalik bo'laman deyapsanmi o'sha yerda yurib, otangni rozi qilmasdan. Tushunarli a? Demak birodarlar, ota onasidan rozi qilgan odam ikki dunyoda Alloh Taoloning tavfiqiyiga bo'ladi. O'n ikkinchi sabab. Nafsni asta sekinlik bilan tarbiyalash. Nafs birodarlar ba'zida ibodatga iqbol qilib qoladi, ba'zida ibodatdan qochib qoladi. Ya'ni ibodat qilishlikka moyil bo'lib qolgan payti bor, fursati va o'sha ibodatdan o'zini olib qochayotgan holati bor. Mana shu holatda nima qilish kerak?

[36:29] Ibodatga moyillik ochilib qoldimi? Shunaqa paytda amallarni ko'proq qilib qolish kerak. Masalan, kechqurun uyqu qochib qoldi. Turib ikki, to'rt, sakkiz rakat namoz o'qishlik. Asta sekinlik bilan jonni qiynamasdan, nafsni tabiatini rioya qilgan holda.

[36:50] O'n uchinchisi. Kishi o'zi uchun yengil bo'lgan savobli amallarni ko'paytirishi. Mana shu ham tavfiqning sabablaridan. Sizga zikr aytish qiyin emas. Ko'proq ayting. Allohni tavfiqi ustingizda turadi. Kimgadir nafl ro'za tutishi yengil bo'ladimi? Yashayotgan joyi, mintaqasi o'sha ro'za tutishligi juda ham qulay. Deylik, kun qisqa. Mana shimol o'lkalari bor ku.

[37:20] Bir pastda shom bo'ladi, bir pastda iftor vaqti bo'ladi. Kimgadir tilovat qilishlik yengil bo'ladi.kimgadir zikr. Xullas, o'zi uchun oson bo'lgan, o'zi uchun qulay va yengil bo'lgan ibodatlarni ko'proq qilishga harakat qilish kerak. Sabablarning o'n to'rtinchisi, ma'sul duolar va zikrlar bilan shaytonning vasvasasidan himoyalanish. Birodalar, shaytonni Alloh Taolo alxonnas deb suhbatlagan. Shaytonning sifatlaridan alxonnas. Nima degani? Alxonnas Allohni bandda zikr qilsa, shayton orqaga chekinadi.

[38:02] Siz zikr aytib yurar ekansiz, qur'on o'qirkansiz, allohni zikrida turar ekansiz, allohnini eslab, shaytonsiz oldingizda bo'lmaydi. Hadis sharifda aytilganidek, vakanat lahuu xir zam minash shayton, ya ummahuu dalika. Yuz marta tahlil aytgan, aytsa bir inson, ana shu yuz marta aytgan tahlili shu kuni uchun unga shaytondan himoya bo'ladi. Mana hadislarda keltiriladi. Kim ertalabda yuz marta la ilaha illallohu vahdahulal sharikala lahul mulku va lahul hamduvohi va ala kullishayin qodir, ni aytsa, kalima tavhidni, shu kunning kechi kirgunicha, shu kunningkechi kirgunicha, su o'qigan duolari unga shaytondan himoya bo'ladi, panoh bo'ladi degan. Ayta olmaymizmi? O'n bir minut, o'n ikki minut vaqt ketadi. Mashinangizni qizdirib, katta ko'chaga chiqqicha aytib borasiz. Bu kalimani deyarli hammamiz yoddan bilamiz, ammo beparvomiz.

[39:08] Uydan chiqishda aytiladigan duolar bor uxladigan. Uyqudan avval, keyin uxladigan duolar bor. Oyat al kursini o'qishi bor. Umuman Alloh Taoloning zikri shaytonni nari qiladi. Sababi, shayton al xonnas, ya'ni Alloh zikr qilinsa, orqaga chekinadi. Alloh Taolo o'zi panoh bersin shaytonda sharridan. Alloh Taolo Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astaydu billa, vo imma yanzag'onnaka minash shaytoniy nazg'un, fastaid billahi innahuhu vas sami'ul alim. Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo'ldan ozdirsa, u holda Allohda panoh so'rang, zero U eshituvchi, bilguvchi bo'lgan Zotdir. Demak, biron bir yomonlik ustimizga kelsa, biron bir vasvasa kelsa, yomon, gumon, o'y hayol kelsa, audhu billahi minash shaytoni rojiym desak, shayton siz bilan bizdan nari bo'ladi.

[40:11] Demak, birodarlar, bizni ustimizda Alloh Taoloning tavfiqi turishligi uchun qaysi sabablar bizda bor bo'lishi kerak? O'n to'rtta sababini o'qidik. Ana shu sabablarni o'zimizda paydo qilishga harakat qilamiz. Qanchalar mana shu sabablar ustimizda bo'ladi, qancha ko'prog'i bo'ladi bizni ustimizda, Allohni tavfiqi biz bilan birga bo'ladi.

[40:38] Allohni tavfiqiy, Allohni qo'llashi, tavfiq adashib ketishdan saqlashi, tavfiq himoyasi, tavfiq ikki dunyoni saodati. Alloh azza va jalla siz bilan bizga mana shu tavfiqa ustimizda doim bo'shligiga muvaffaqiyat qilgan bo'lsin. Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Innallohu va malakatuhu yu solun al alabiy. Ya yu halladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
