Maviza
—Qoralama21 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
21:15
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbila a'lamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammadi va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Ikkinchi darsimiz sabr va jazava. Sabr va besabrlik. Alloh subhanahu va taolo odam bolasini yaratar ekan, uni sinoviga, imtihonlarga, balolarga dusha qiladi. Alladiy xalaqal mavtoval hayata liya bulu vakum ay yukum, ahsanu amal.

Sizlarni qaysi biringiz chiroyliroq amallilarni qilishligini bilishligi uchun sizlarni baloga uchratadi. Sinoviga, imtimonga. Alloh tomonidan mana shunday sinovlar kelar ekan, insonlar ikki qismga bo'linib qoladi. Bir qismi sovurlar. Ular sabr qiladi. Alloh bergan shu kunga rozi bo'ladi. Yana bir qismi esa boshiga kelgan musibatdan jazoga tushadi. Norozi bo'ladi, hatto ba'zilari yaratuvchisiga kofir ham bo'ladi. Odamlar ikkiga bo'lindi. Sobirlar va jazoga tushadiganlar. Bular ikkalasi teng bo'ladimi? Haqiqiy sobirlarning imomi bo'lgan Muhammad Mustafa sollallohu alayhi vasallam balolandi. Aziyatlarga uchradilar. Varaqa ibn Navfal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Sizni qavmingiz yurtingizdan haydab chiqarayotganida qaniydi yosh yigit bo'lsam, sizga yordam bergan bo'lardim". Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Avomu xir iji yahum, e hali meni qavmim yurtimdan haydab chi qaradimi?" Varaqa ibn Navfol Payg'ambarimga birinchi kundan ta'lim beryaptiki, siz olib kelgan narsani kim olib kelgan bo'lsa, albatta aziyatlarga uchragan, unga nisbatan dushmanlik qilingan dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aziyatlarni har turlisiga uchradi.

U zot sollallohu alayhi vasallam Makkada turar ekan, so'kishdi, urishdi, yuziga tupurishdi, ustiga ichakcha bolalarni, hayvonlarning ichakcha bolalarini tashlab qo'yishdi, toshbolalar, toshlar bilan quvlashdi. Yolg'onchilikda ayblashdi. Hatto qatl qilishlikkacha qasd qilishdi. Alloh Taolo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mana shunday bir qiyin, mashaqqatli kunlarida vahiy qildi. Astaydu billah vosbir voma sobir uka illa billah va la tahzana alayhim va la takufi ziyqi min mayyam qurum. Ey Muhammad alayhissalom, ustingizga kelayotgan narsalarga sabr toqat qiling. Yolg'iz alloh yordami bilangina sabr qilishga qodir bo'lursiz. Biz sobir bo'lishligimiz uchun, ustimizga kelayotgan yengil og'ir kunlarga sabr qilishimiz uchun Allohni yordami kerak. Agar Alloh quvvat bermasa, haligi sabr qila olmaymiz. Ularning ustida mahzun bo'lmang. Ularning makr hiylalaridan siqilmang ham. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ustiga birodarlar, inson bolasini ustiga qanaqa bir mashaqqat, sinovlar kelishi mumkin bo'lsa, hammasi keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hamma bolalari, Fotima onamizdan tashqari, Rasulullohni o'zidan avval vafot etdi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni uch o'g'il, to'rt qizi bo'lsa, mana shu yettita farzandidan oltitasi Rasulullohga unda. Bitta farzandi o'zi inson qancha musibatga tushadi, qancha jazoga tushadi, qanchalik besabrlik qiladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oltita farzandini o'zi ko'mdi. O'g'illari balog'atga yetmasdan uchalasi ham vafot etdi. Mana shu emiziklik o'g'li Ibrohim vafot etganida, Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam nima dedilar?

Albatta qalb qayg'uradi. Ko'z yoshlanadi, ammo biz faqatgina Robbimizni rozi qiladigan so'zni aytamiz. Ey Ibrohim, biz sizdan ajralishdan mahzurmiz. Innalillahi va innalayhi roziyumi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida bir ayolni farzandi vafot etdi. Bitta farzandi vafod etdi. Haligi ayol farzandini qabrini ustida turib qattiq yig'lar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni oldidan o'tib qolib, ey allohni bandasi, allohdan taqvo qiling, sabr qiling dedilar. Ayol kishi nima dedi? Rasulullohga nima deb javob berdi? Musibatni qattiqligidan, nima deyotganini bilmasdan, meni tinch qo'ying, nari turing dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga. Rasululloh indamasdan ketdilar. Rasululloh o'tib ketganlaridan keyin odamlar, ey falonchi, senga voy bo'lsin. Rosulullohga nima deding hozir?

Qal'a ayol o'ziga kelib, rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzuriga kelib uzr so'radi. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam aytdilar, innama sobro inda sodimatel ula. Sabr musibatni birinchi zarbasi yetgan paytdagisi sabr dedilar. Otangiz o'lganda, bolangiz o'lganida, molingizni ajraganingizda, birinchi marta xabari kelganda, shu paytda inna lillahi va inna ilayhi rojiun deya olasiz, demak sabr qildingiz. Ha bir yildan keyin, olti oydan keyin o'z o'zidan nima olasiz? Ko'nikib qolasiz bu narsaga. Inna mossob roin da sodimatel ula. Sabr, haqiqiy sabr. Musibatni birinchi zarbasi kelgan paytda ko'rinadi.

Musibat yetganda odamlar ikkiga bo'linadi. Sobirlarga, jazavaga tushadiganlarga. Bu ikkisi teng bo'ladimi? Haqiqiy sobir mandalar boshiga musibat kelganda, innalillahi va innalilayhi rojiyun deyishadi. Albatta biz Allohnikimiz va albatta biz Parvardigorimizning huzuriga qaytib boramiz. Ikkinchi toifa esa, jazavaga tuyadigan toifa esa, ey Robbim, nima uchun bunday qilding? Qaysi qilgan gunohimga? Senga nima yozuvdim?

Nima uchun ayni men kinolardan eshitamiz a? Ey Xudo, men senga nima yozuvdim deydi. Ey Xudo, qaysi gunohim uchun deb qo'yadi. Agar seni qilayotgan gunohlaringga o'n tadan bittasiga o'n ta jazo berganida, bir kun ham turmas eding. Sabr bilan jazoga tushadigan kishi, hech qachon bular teng bo'lmaydi. Sobir bandalar haqida Alloh Taolo shunday deydi. Stadi byla. Va basheri sobiriynal ladina ida asobadhum musibatun qoluu innalillahi va innalilahi rojiun. Biror musibat kelganda, albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta biz U Zoti'ga qayg'uchilarmiz deydigan sobirlarga xushxabar bering. Musibat kelgan paytda shu gap so'zni aytish kerak. Innalilahi va innalilah rojiun. Ikkinchi toifachi? Bular haqida ham Alloh Taolo xabar berdi. Jazavaga tushadigan, besabrlar, Allohni qozosiga, taqdiriga norozi bo'ladiganlar. Innal insana xuliqo halua, ida massahu sharru jazuaa. Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachon unga yomonlik yetib qolsa, u o'ta besabrlik qilguvchidir.

Mana ikki xil odam. Biri sabr qilyapti, ajralyapti. Biri jazavaga tushiapti, gunohkor bo'lyapti. Hansa ismli ayol haqida eshitganmisizlar? Islomdan avval Hansaning Saxr ismli akasi vafot etdi. Johiliyat davri. Akasidan ajraganligidan qayg'uga botib, jazavaga tushib, tongdan kechgacha yig'lar edi. Albatta bu jazava edi. Akasini o'limini eslab, marsiy o'qib, she'r o'qib shunday derdi. She'rini mazmuni quyidagicha edi. Kunni chiqishi menga Saxrni eslatadi. Har kun botganda ham uni eslayman. Agar atrofimda akalari uchun yig'layotganlar ko'p bo'lmaganida edi, o'zimni aniq qatl qilgan bo'lar edim. Bu johiliyatdagi ahvoli. Keyin bu ayol islomga kirdi. Islomni chiroyli bo'ldi. Umrini xattob roziyallohu anhu davrida qodusiyya ma'rakasi sodir bo'ldi. Hansaning to'rtta o'g'li mana shu ma'rakada qatnashdi. Ularni to'rttasi.

Hali maraka nihoyasi yetmasdan turib, xabar keldi onaga. Ey Hansa, sizni to'rttala o'g'lingizni Alloh qabul qildi. Alloh ularni shahidlik bilan ikrom qildi. Johiliyatda bitta akasi o'lgani uchun qancha yig'lab, qancha jazavaga tushgan edi. Mana endi Islomga kirganda to'rttala og'li bir kunda ketyapti.

Yig'ladimi? Jazavaga tuchdimi? Norozi bo'ldimi? Nima dedi? Innalillahi va innalilayhi roziyumi? So'ngra aytdi robbim, ularni o'zingni dargohingda shahidlar qatorida qabul qilgin. Meni ham ular bilan birga naim jannatlarida jamlagan. Ana birodalar sabr. Bundan olti so'zni gapirgani yo'q. Hansaning sabri shunday bo'ldi. Hansani johiliyatdagi davri bilan, holati bilan, islomga kirgandagi holati teng bo'ldimi? Bu ikki holat teng bo'ladimi?

Illa dina i da asobat hu musibat. Bu shunday zotlarki, qachon ularga musibat yetsa. Ya'ni bir tabib, bir bemoriga aytadiki, analiz qildik, tashxis qildik, takror takror teshirdik, falon kasalga chalinibsiz dedi. Shunday odamlar bor, dod deydi, yig'laydi, norozi bo'ladi, tabibda la'natlaydi kerak bo'lsa, va Robbini taqdiriga norozi bo'lib. Ey Robbim, nima uchun men? Deydi.

Ammo solihlarchi? Boshiga musibat tushganda ular jazoga tushmaydi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhun. U kishi betob bo'ldi. Va mana shu kasalligi tufayli keyin vafot etdi. U kishini huzuriga kirganlar tabib chaqiraylikmi sizga deyishganida, Abu Bakr Siddiq, tabib meni ko'rib ketdi. Odamlar nima dedi? Albatta men xohlagan ishimni qilsam bo'laverar ekan. Shunday deb aytdi dedi. Ya'ni o'lishligini bildi, jazavaga tushgani yo'q. Odam bolasi borki, birodarlar, ustiga musibat keladi. Tirik ekan, sinovlar keladi.

Bundan hikmat nima? Liya biluvakum ayyukum, ahsan amalat. Ichinglarda qaysininglar chiroyliroq amal qilishinglarda sinashlik uchun. Va na biluvannakum hatta na alam al mujohidingna ming kun va sobirinna va na biluvah axbarah kun. Alloh taolo Muhammad so'rasdan marhamat qiladi. Albatta biz to sizlarning orangizda mol u jonlari bilan jihod qilguvchi va yoxshi yomon kunlarida sabr qiluvchi zotlarni bilgunimizcha, hamda sizlarning holi xabarlaringizni tekshirib, yuzaga chiqargunimizcha, sizlarni imtihon qilamiz. Balo kelganda ayrim odamlar sobit bo'ladi, ayrimlari jazavaga tushadi. Lekin ikkalasini ham boshiga musibat keldi. Ikkalasi teng bo'ladimi?

Jazavaga tushgan kishi robbisining qazoyi qadariga e'tiroz bildirayotgan bo'ladi. Nima uchundan bo'ldi? Nima uchun zarar ko'rdim? Qanday qilib bu kasalga uchradim? Qanday qilib men yaxshi ko'rgan insonim vafot etdim? Norozi bo'ladi Allohning qazosiga. Umariddin xattom aytardi roziyallohu anhu, eng yaxshi hayotimiz sabr bilan bo'lishligini ko'rdik.

Eng yaxshi hayotimiz sabr bilan bo'lishini ko'rdik. Kishi besabr bo'lar ekan, uni hayoti hech qachon yaxshi bo'lmaydi. Jannatinglar jannatga kirganlarida, ularni nima sabab bilan jannatga kirilganligini Alloh Taolo bayon qilib beryapti. Astaydubillah, vo jazahum bima soboru jannatam va hariro.

Ularni va ularni sabr qanoatlari sababli jannat va jannatda egnilarida bo'ladigan ipak liboslar bilan mukofotladi. Nima sababdan kelibdi jannatga ular? Sabri tufayli. Qaysi sabri tufaylik? Musibat kelganda, ko'ngliga yoqmaydigan iz sodir bo'lganda, innalillahi va innalilayhi rojiyun deb boshqa gap gapirmaydigan ular.

Solih kishilardan biri aytadi, ikkala ko'zi ko'r bo'lgan bir shol odamni oldidan o'tib qoldim. Harakatdan to'xtagan ko'zi ko'lmaydi. To'shagida yotib olib, haligi shol, ikki ko'zi ko'rt kishi aytyapti. Yaratgan ko'p bandalaridan meni afzal qilib qo'ygan Allohga hamdlar bo'lsin. Allohga hamdler bo'lsin. Haligi soli kishi, ey falonchi, seni nima bilan afzal qildi? Axir shol bo'lsang, ikkala ko'zing ko'r bo'lsa, yana kambag'al faqir ekansan ham. U kishi aytdi, axir qalbim mo'min, tilim zokir emasmi?

Qancha ko'zi ochiq, qancha oyog'i yiroq degan odamlar bor. Qalbi ko'r, tillari soqov. Siz bilan bizga har qancha musibat kelmasin, birodarlar, qalbimizda iymon bormi? Tilimiz Allohni zikridami? Buni oldida hamma musibat hech narsa bo'lmay qoladi. Mo'min odam uchun. Bir arobiy ayol bir uyni oldiga o'tib qoldi. Uydagilar dod deb yig'layotgan edi. Nima bo'lyapti u uyda? Nima yig'layapti ular? Aytishdi, bu hovlidagi bir kishi vafot etdi. Haligi sahroi bo'lgan arobiy ayol ularni ishi robbilarga e'tiroz bildirish u, uning qazosidan norozi bo'lishdan boshqa narsa emas dedi. O'ldimi? O'ldi. Dod desang ham o'ldi, innalillahi va innalilayhi rojiun desang ham o'ladi.

Sen mana shu musibatda sabrga ega bo'lsang ham, savobga ega bo'lsa ham o'ldi. Jazavaga tushib gunohkor bo'lsang ham bo'ldi. Birodarlar yig'lash mumkin. Ko'zni yoshlanishi, qalbni ezilishi insonni tabiatida bor narsa. Lekin nima mumkin emas? Dod solib yig'lashlik, kiyimlarni yirtishlik, yuzlarini tirnashlik, boshiga tuproq sochib, sochini yulishlik.

Hadis hududida Alloh azza va jalloh aytadi, agar men mo'min bandamning dunyodagi bir yaqinini qabz qilsam, so'ngra u sabr qilsa, Allohdan umid qilsa, uni mukofoti faqat jannat bo'ladi. Otangiz o'ldimi, onangiz o'ldirmi, bolangiz o'ldmi, yaqingiz o'ldimi? Innalilayhi va innilayhi rojiyun deb Allohdan sabr umid qiling, Allohdan savob umid qiling, sizning mukofotingiz faqat jannbat bo'lishingni Alloh Taolo o'zi xabarini beryapti.

Hadis hududida Alloh Taolo aytadi: Idab talaytu abadiy bi habiba tayhiy. Fasobara avvos tuh u minhumal jannatah. Agar bir bandamni ikkala ko'zida imtihonga uchratsam, ya'ni ikkala ko'sini olib qo'ysam, bal olasan, ikkala ko'zi ko'r qilib qo'ysam va sabr qilsa, bu ikkala ko'zinigaziga men jannatni beraman.

Qarang, ikkala ko'si ko'r bo'lib qoldi. Dotasi ham ko'r bo'ldi, rozi bo'lsa ham ko'zi ko'rd bo'ldi. Faqat bu yerda musibat kelgandan keyin inson o'zini nazorat qilishligi. Ali ibn Abit olib roziyalloh aniq aytadi. Sabrning iymon oldidagi manzilati xuddi boshning jasad oldidagi manziloti kabidir.

Sabrni iymon oldidagi masaloti xuddi boshni jasad oldidagini manziloti kabidir, boshni uzib tashlasa, jasad nima bo'ladi? Yasha olmaydi. Kishi deya iymon bo'lsa yu, agar sabr bo'lmaydigan bo'lsa, mana ayni shu holat bo'ladi. Besabrligimizda turi ko'p, birodarlar. Ishimiz yurishmasa besabrlik qilamiz, issiq bo'lib kelsa besabrlik qilamiz. Na sovuqqa ko'nadirsam, na issiqqa xo'p deysan. Albatta shikoyat borda hayotimizda, to'g'rimi?

Shikoyatsiz biror kunim o'tgan deb ayta olasizmi? O'zi sabr nima edi? Shikoyat qilmasligida. Shikoyatsiz kunimiz o'tganmi? Biron kunimiz. Biz shikoyatsizkunimiz yo'q, birodarlar. Demak, sabrimiz ham oz ekan. Innalillahi va innalayhi roziyo. Voqeiy hissa. Bir kishi o'zi haqida hikoya qilib shunday deydi. Ishim shaharda edi. Shaharda yashar edim. Ota onam qishloqda, ularni ziyoratiga ikki kunda bir, uch kunda bir borib turardim. Qishloq bilan shaharni o'rtasida bir necha soatlik yo'l boradi. Ota onamni ziyoratiga chiqib, farzandlarim bilan borib, ularni oldidan qaytib kelayotgan edik. Singlim ham bizga qo'shilib oldi. Singlim ham birga ketishini xohlam, mashinaga chiqib o'tirib oldi. Ayolim, ikkita o'g'lim, bitta qizim bor edi. Hammamiz mashinada suhbatlashib ketarkanmiz, kun.shu borarkanmiz, to'satdan mashinamiz baxtsiz hodisaga duch keldi. Mashinamiz aylanib ketdi. Nima bo'lganiga aqlim yetmay qoldi. Bir necha lahzalar o'tdi.

Ikkala o'g'lim ham shu lahzada vafot etishdi. Qizim shol bo'lib qoldi. Ayolimni boshiga zarba tekkan edi, hayot bilan o'lim orasida turibdi. Singlim esa komaga tushib qoldi. Bir lahzadan. Tasavvur qilib ko'ring, ayoli, singlisi uchta bolasidan birdaniga ajralib qolishligini.

Bir necha lahzalarda bor yo'g'idan ajraldi. Yana musibatda kattaligini ko'ringki, farzandlari va ayoli o'zini qo'lida jon beryapti. Singlim va qizimni oldidan shifoxonada uzoq o'tirdim. Lekin keyin baribir uyga ketishga to'g'ri keldi. Uyimga qaytib bordim, hovlidan oson xohlab kirdim, to'xtadim. Uyim o'n bo'sh.

Bolalarimni ovozlari va kulgularini eshitib turgandayman. Ayolimni xuddi uyda turganday his qilyapman. Ularni hammalari bordek. Xuddi hech narsa bo'lmagandek tuyulyapti. Ammo haqiqat bunda emas. Endi bu uyda qanday qilib yashayman? Shunday odamlar bor birodarlar, ana musibat. Innalilahi va innilayhi rojiyundasi ham ketdi ular. Jazavaga tushsa ham ketdi ular'. Shunaqa odamlar bor. Uch to'rt chaqasini yo'qotib qo'ysa, o'zini tuta olmay qoladi, jazavaga tushiadi. Mol safarga olib kelgan molidan foydasi ozroq bo'lib qolsa, o'zini qo'yarga joy topa olmaydi. Qo'lidagi ishchisimidi, farzandimidi uch to'rt so'mini zararga uchratib qo'yadigan bo'lsa, dunyoni ostini ustini qilib tashlaydi. Mo'min odam shunday bo'ladimi?

Birodarlar, Alloh panohida saqlasin. Bu kishini hikoyasi har bittamizni boshimizga kelib qolishi mumkin. Alloh xohlagan lahzada. Alloh saqlasin. Lekin insonni boshiga yubut alal mar'ala qodiriy diniyhi degan Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kishi iymonidagi salobatga qarab, diniydagi salobatgaqarab imtihonga uchraydi. Iymonida salobat quvvat bo'lsa, imtihon shunga yarasha keladi.

Va bashiris sobirina la dinai idha asobat qum musibatun qoloo innallillahi va innil ilahi roziyum. Biron musibat kelganda, albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta biz U zotga qaytib yurishlarimiz deydigan sobirlarga xushxabar bering. Birodarlar, Allohni sinovi va musibati, balolari kelganda odamlar ikkiga bo'linadi. Sobir bandalar, jazavaga tushadigan bandalar. Sinovi har xil bo'ladi. Qo'rquv, ochlik, kambag'allik, kasallik, yaqinlarning vafotlari.

Oqil kishi mana shunday qalbiga yoqmaydigan makruh ish sodir bo'lganda ikki og'iz so'zni aytishlik kerak. Inna alillahi va inna ilayhi rojiun. Albatta biz Allohnikimiz, o'zimiz ham, molimiz ham, hamma hamma narsamiz Allohniki va inna ilayhib rojiun. Albata uning huzuriga qaytib borgunchidirmiz. Agar kim mana shu kalimalarni aytsa musibat kelganda, inna li lahi va inna ilayhi rojiun. Unga uchta mukofot bor.

Ula eka alayhim solavatun mir robbihim va rahmat va ula eka hum bul muhtadum. Ana o'shalarga Parvardigorlari tomonidan salovat, mag'firat va rahmat bordur. Ana o'shalarni haq yo'lini topgunchadirlar. Musibat kelganda inna li lahi va innay lahi rojiun deganlarga, birinchisi, robbilari tomonidan salavot bor. Ikkinchisi, robbisi tomonidan rahmat va'da qilinyapti. Uchinchidan, hidoyat topganligi aniq bo'lyapti. Alloh subhanahu va taolo doim o'zini qazo qadariga rozi bo'ladigan, qalbiga yoqmaydigan makruh sodir bo'lganda, innalilayhi va innalilayhi roziyum deydigan solih bandalarda qilishini so'raymiz. Aqoli hovli ha'da, astag'firullohi alayhi va alakum, assalomu alaykum.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)