# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 445 of 510
- Section: —
- Duration: 19 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/445
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/ZkHz0Ak9M6c.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=ZkHz0Ak9M6c
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/444.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/446.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen ilmin va ala oqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammadi va ala alihi va ashabihi ajma'in. Umobard, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bu ikkisi teng bo'lurmi deb nomlanadigan darsimizning bugun oltinchisi. Bugungi mavzuyimiz saodat va shaqovat. Baxt va baxtsizlik. Baxt nima o'zi? Baxtni kimdir sog'liqda deb biladi, kimdir yoshlikda deb biladi, qandaydir yana bir mansabda deb biladi. Baxt nima o'zi?

[0:35] Kishini qalbini xotirjamligi. Kunidan rozi bo'lishlik. Qalbning oromi. Kishini qalbi orom bilan turganligi, g'am tashvishni yo'qligi, kuniga xotirjamligiga, kuniga roziligi bu baxt. Odam bolasi borki, birodarlar baxt islaydi. Shaqovatdan, badbaxtlikdan qochadi. Endi ulardan qanchasi savodni topadi bu insonlardan, qanchasini topmaydi, Alloh biladi. Alloh Taolo Odam alayhissalomni yaratib, otamizni jannatga kiritdi. So'ngra uni qovurg'asidan Havo onini yaratdi. So'ngri aytdi. Qarang, Odam alayhissa salom Havo onamiz bilan jannatda, jannatda hamma narsa muhayyo. Alloh Taolo aytdi. Astaydu billah. Foqunna ya adamu, innahada adovun la kavale zavjik, falay yuxri jan na kuma minal jannati fa tashxo.

[1:29] Bas biz aytdik, ey odam, albatta bu, ya'ni iblis, senga ham, seni xotiningga ham dushmandir. Bas u ikkovingizni jannatdan chiqarib, baxtsiz chiqarib, vaxtsiz bo'lib qolmagin. Fa tashxo. Jannatdan chiqib kelsang baxtsiz bo'lib qolasan. Jannatda turishlik baxt edi ekan. Chiqishlik badbaxtligi edi ekan. Jannatdan chiqish badbaxt bo'lib qolishiga kim sabab bo'lar ekan? Shayton. Iblis. Saodatni hammasi birodarlar jannatdan. Shaqovatni, baxtsizlikni hammasi jahannamdan. Odam alayhissalom, hovi onamiz ikkalasi bo'lib man qilingan mevani yeb qo'yganlardan keyin jannatdan chi qarildilar. Hamda Alloh Taolo Odam aleyhissalomni yerga tushirib, yana vahiy qildi. Astaydu billah, fominita bar hudaya falay yadil lu valay yashqo. Bas sizlarga men tarafdan hidoyat kelganida, kim mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan ozmas va baxtsiz bo'lmas. Alloh tomonidan kelgan hidoyatga ergashgan odam yo'ldan ozmaydi, baxtsiz bo'lmaydi.

[2:40] Shaqovatdan uzoq bo'lishni istaymizmi? Alloh Taoloning hidoyatiga yuraylik. Va men a'rodan dikriye, fa innallohu ma'i shatandon ka. Endi buni muqobilida bir toifa insonlar bor, Allohni zikridan yuz o'girgan. Allohni hidoyatidan yuz o'gurgan. Alloh Taolo aytadi kim mening eslatmamdan yuz o'gursa, bas, albatta uning uchun, uning uchun tang baxtsiz hayot bo'lur. Mana, kishi dunyoda baxt islar ekanmi? Hidoyatda yursa, baxtli bo'ladi deyapti Alloh Taolo. Hidoyatdan yuz o'girsa, Robbini zikridan yuz o'girsa, badbaxt bo'lyapti. Saodat, baxt saodat deb gapirilganda pul aytilinyaptimi? Millat, qaysi millat vakili bo'lishi aytilinyapti mi? Qaysi zamonda, qaysi yurtda yashashligi aytilinyptimi? A peshonasi ochiq odamlarda, o'sha Yevropada yashayotganlarchi, baxtli odamlarda, nimaga? Benzin narxi hech ham oshmaydi. Magazinlar to'ldirib produktlar zo'rda baxtli odamlarda. Baxt degan tushuncha hidoyat ekan birodarlar. Baxtsizlik, shaqovat degani hidoyatsizlik, zalolat ekan. Hozirgi kunda odamlarda juda ko'pchiligi hidoyatdan uzoq, shuni o'zidan, ya'ni bino baribir badbaxt shaqovatni ichida. Qancha qancha odamlar Robbizga yaqin bo'lib, saodatini topyapti.

[3:59] Qancha qanchasi nafsini ko'yiga kirib, Robbizidan uzoq bo'lib, badbaxt bo'lyapti. Alloh bir kishini millionlagan puli bo'lsin, hashamatli uylari bo'lsin. Eng yangi qimmat mashinalarni minsin. Ammo robbisidan uzoq bo'ladigan bo'lsa, bu insonni baxtli deya olmaymiz. Chunki bu inson robbisidan u zoq bo'ldimi? Robbisini quvchiligidan bosh tortdimi? Demak, nafsiga qul bo'ldi. Nafs to'yadimi?

[4:29] Nafs to'yadi mi? Demak, bu inson hech qachon hayotidan xotirjam bo'lmaydi, hayotidan rozi bo'lmaydi. Ammo faqir odam bo'lsa, tirikchiligini nari beri o'tkazayotgan bo'lsa, ammo qalbida iymoni bo'ladigan bo'lsa, bu inson haqiqiy saodatli kishi. Chunki bu dunyoni sinovligini, bu dunyoda vaqtinchaligini biladi, qanaqa kun kelsa ham allohdan rozi bo'ladi. Demak, o'z o'zidan saodatga erishadi. Ibrohim Adham ko'p eshitganmiz bu kishini. Taniymizni kim bo'lganligini bu kishini asli. Bu kishi Xuroson podshohlarining birini o'g'li bo'ladi. Shahzoda. G'aflatda, o'yin kulgida, maishatda, mol ko'chilikda, isrofgarchilikda yashagan. Kunlarda birda bir kishi kelib unga nasihat qilib aytdiki, Ibrohim, Alloh seni shu narsa uchun yaratganda o'ylaysanmi dedi. So'ngra ushiboyatni talovat qilib berdi. Astaytubillah, afahasi butin anna man xolaxunakum abaddan va anna kun ilaynala turjavun. Fata'al Allohu li malikul haq. Robbimiz so'rayapti. Robbimiz siz bilan bizdan so'rayapti yoki sizlarning gumoningizcha biz sizlarni behuda yaratdik u, sizlar bizning huzurimizga qaytarilmaymiz deb o'ylayapsizlarmi?

[5:48] Bu oyatlarni eshitganida Ibrohim Adham qalbi uyg'ondi. Iymonga qaytdi. Yig'ladi. Shu kundan boshlab hayotini o'zgartirishga kirishdi. Mulkni tark qildi, ne'matlarni huzur halovatlarda hammasidan voz kechdi. Bag'dodga safar qildi. Mana shu joyda yashab, dinga berildi, ilm o'rgandi, shariat yonini mahkam tutdi. O'zini zamonasidagi eng salohiyati insonga aylandi.

[6:15] Boyligidan kechgani uchun faqiron hayot kechirardi. Ustida bitta jundan bo'lgan kiyimi bor edi. Yeydigan narsasi bir burda qattiq non edi, bir kuniga. Va buni ana shu daryoni suviga chidab, yumshatib shu nonni yeradi. Bir kuni shunday hashamatli shahzodani hayotini qo'yib, shu bir burda qattiq nonga ko'ngan odamni gapini qarang. Mana shunday kunda yashab turib nima der edi? Xuddi umarovni xatto bitta aytgan so'zini aytgan edi. Nima derdi? Biz shunday saodatli hayotni boshimizdan kechiryapmizki, agar podshohlar va ularning bolalari bu hayotni mazasidan xabardor bo'lganlarida, shu hayotni tortib olishligi uchun ustimizga qilichlar bilan bostirib kelishgan bo'lar edi. Avvalgi hayotini umuman eslamayapti. Nima uchun u faqirona hayoti bo'lsa ham, saodatli hisoblayapti o'zini? Chunki qalbi Allohni zikri bilan xotirjam bo'lyapti.

[7:10] Agar podshohlarning farzandlari biz totayotgan lazzat, huzur, halovatni bilganida, qilichini ko'tarib kelib biz bilan jang qilgan bo'lar edi. Ammo buni muqobilidan yana bir toifa insonlar bor. Qancha moli davlat yetarli bo'lmasin, hayot har xilcha zo'r emasin, o'zini qatl qilayotganini. Mana Skandinaviya xalqilarini oling, Shvetsiyani, Norvegiya, Finlandiyani oling. O'zi Yevropa boy mamlakatlar. Majmuasi. Endi Yevropani ichida ham mana shu Skandinaviya o'lkalari eng boylari, eng o'zini joniga qasd qilganlarini ko'pi ham aynan shu mana shu Shvetsiyada. Skandinaviya oilalarida. Bironta bir musulmonda yashaganmisiz? Besh vaqt namozda, Qur'on tilovatida, nafl namozlarini o'qiydi, doim Qur'on tilavotida, es xushhu joyida bo'lib turib, o'zini o'zi osib qo'yganini ko'rganmisiz?

[8:02] I. U hayoti qanaqa bo'lishiga qat'iy nazar o'ylab ham qo'ymaydi, o'zini oshishlaydi. Nimaga? Iymoni borligini eslaydi da, dunyodagi eng boy, eng saodatli odam ekanligini his qiladi. Bu ikkisi teng bo'ladimi? Hargisi teng bo'lmaydi. Ertalabdan kechgacha ishlaydi, kunlik tirikchiligini zo'r o'tkazadi, ammo hayotidan rozi, umri saodatli. Nima uchun?

[8:28] Allohni taniydi. Namoz o'qiydi. Robbisini zikrida. Kuniga rozi, xotirjam uxlaydi. Tirik ekanmizmi? Rizqimiz Alloh qo'lida. Yana million million emas, milliardlagan, puli bor odamlar bor, dori ichmasa uxlay olmaydi. Qalbaga g'am kirib qolgan. Lekin bu odam faqir. Bu odam badbaxt. Nima uchun? Hidoyatdan uzilgan. Hidoyatdan urilgan.

[8:58] Demak, kim saodatli bo'lar ekan? Hidoyatga urgan kishi. Vamalladina suraydu fafil jannati holidina fixa. Oyatni qarang. Endi baxtiyor zotlar esa jannatda bo'ladilar. Baxtiyor zotilar dunyoda baxtiyor bo'lganlar. Dunyoda saodatli bo'tganlar jannatga kiradi deyapti. Biz saodatlimizmi, birodarlar?

[9:21] Endi baxtiyor zotlar esa jannatda bo'ladilar. Dunyoda baxtli bo'lg'udi, endi bu albatta jannatga kiradi. Endi, keyingi oyat. Fa amalladina shaqu fa finna li la hun fiiha zafirun va shahiyq. Bas, endi badbaxt kimsalar do'zaxda bo'lib, u joyda ohu faryod qilurlar. Badbaxt kimslar do'zaxda biladi. Demak, do'zaxga tushguncha bular badbaxt bo'lib bo'lgan. Nima bilan? Imonsizlik bilan, kufr bilan, Allohdaan uzoq bo'lishlik bilan.

[9:52] Ulamolarni biri. U kishini qom olib qo'yishdi. Avval yashab o'tgan salafsiz solihinglardan qamoqda turar ekan, aytar edi. Shu qasrchalik, shu qamoqchalik, oltinni sadaqa qilsam ham, men hozir his qilayotgan ne'matni, shukrni ado qilolmayman. Shunda zo'r yashayapman, shu qasrchalik keladigan oltinni ehson qilsam ham shukr ado bo'lmaydi. Qanaqa ne'matni ichidasiz? Axir qamoqdasiz u.

[10:20] Bu qanaqa neytr? U kishi aytdi yo'q, men bir lazzatni ichidaman, odamlar uni bilmaydi. Qamab u kishini orqasidan eshikni yopishganida tabassum qildi. Nimaga tabassum qilasiz qamalib turib? Robbimni bir oyati esimga tushdi. Astaydubillah, fathuri babaynahun bi surin lahu ba bum ba'tinuhu fiihi rohma va dohi ruhi min qibali hiyla adab. So'ng ular bilan mo'minlarning o'rtasida darvozali bir devor urulurki, uning ichida rahmat jannat, tashqarisida oldida esa azob do'zax bo'lur. U kishining mashhur so'zi, dushmanlarim meni nima qila oladi, axir jannatim qalbimda bo'lsa. Yurtimdan haydab chiqarib yuborsa, safar. Qom olib qo'yishsa, xilvat, robbim bilan ibodatda bo'laman, o'ldirishsa shahidlik. Ya'ni u kishini qalbidagi iymon har qanday holatda u kishini saodatli hayot kechirishligini ta'minlab beryapti bu odam.

[11:23] Qari kampir enalarimiz uyqularidan voz kechishib, Qur'on o'qib o'tirishadi. O bir ikkigacha. Buni ko'rgan ayrim kishilar bechora deydi. Uxlashni o'rniga o'zini qiynab kitob o'qiyapti deydi. Qalbi faqat dunyoga bog'lanib qolgan, g'ofur qalb egalari qayoqdan bilsin bu kampir Qur'on tilovatini qilayotib qanday huzur qilayotganligini.

[11:50] Yana shunday bir odamlar bor, moli dunyosini hisobi yo'q, sarflab tugata olmaydi, ammo iymoni yo'q. Butun g'ami moli dunyosining ko'paytirishlik. Bu ikkisi hech qachon terib bo'lmaydi. Ibn Kasir o'zining Bidona va nihoyasida bir ajib hissani keltiradi. Musulmonlar salbchilar bilan jang qilishar edi. Musulmonlarni qo'shni orasida bir yosh yigit bor edi, qori edi, hofizi Qur'on. Musulmonlarga Qur'on tilovat qilib berar edi. Odamlar yaxshi ko'rishar edi. Salbchilarni qasri ichida turib, jang qilayotgan odamlarni orasida bu musulmon yigit bir qizga ko'zi tushdi. Uzoq kuzatdi. U qizni ishqi bu yigitni qalbiga tushdi. Kunlarni birida yo'lini qildi da, haligi qizga murojaat qildi. Qanday qilib senga yetishsam bo'ladi? Qanday yo'l borsang yetishlikka? Qiz aytdi, nasroniyga o'tasan, menga uylanasan.

[12:43] Yigit nima qildi? Musulmonlar safidan chiqib, nasroniylar safiga kirib ketdi. Nasroniy diniga o'tdi. Keyin mana shu qizga uylandi. Bu qal'ani musulmonlar fath qilisha olmadi, ortiga qaytib ketdi. Bu yigitni yo'qotib qo'yishdi. O'ldimi, tirikmi, asl tushdimi yoki nima bo'ldi? Xabarlari yo'q. Bir qancha vaqt o'tgandan keyin qo'shin takror keldi yana qal'ani fath qilishlikka.

[13:10] Musulmonlar qarashuvdi, ana shu nasroniylarni safida turgan bir yigit e'tiborini tortdi ularni. Qarashuvdi haligi qori yigit. Unga, ey, sen falonchimisan? Ha, men shu falonchiman. Ha, bizga Qur'on to'lovat qilib beradigan falonchimisan? Ha, o'shaman dedi. Senga nima bo'ldi? Qur'oning nima bo'lda seni? Qur'on yodlagan eding u. Musulmon eding u. U nima dedi? Qur'onni hammasi esimdan chiqarilib yuborildi. Qalbimdan olib qo'yildi. Faqatgina bitta oyat esimdan chiqmayapti.

[13:44] Qur'onni ko'targan. Hammasi hidoyat nur, Alloh Taolo olib qo'ydi. Faqat bitta oyat esimda qoldi. Mana shu oyat uni xotirasida qolib, uni qiynab, unga azob berayotgan edi. Qaysi oyat edi? Astaydubillah, rub'a ma'yavaddulla dina kafarul avka anu muslimin. Zarhum ya'qulu va yata mattau va yul hiyhum ul amal, fasavfaya anumun. Bitta oyat qolibdi, qarang. Hali qiyomat kuni kofir bo'lgan kimsalar, musulmon bo'lishni istab qoluvdilar. Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, ularni qo'yavering. Yeb ichib foydalanib qolsinlar, orzu havaslariga mashg'ul bo'laversinlar va yaqinda bu qilgan ishlarning oqibatini bilib oladilar. Ey musulmonlar parvo qilmanglar bu dinsizlarni, dindan uzoqlarni, dunyolari obod bo'layotganligiga. Alloh Taolo ularni sinayapti bu narsa bilan. Ular ham o'ladi. Musulmonlar ham bo'ladi. Robbizini huzuriga borganda bular, ana shu kambag'alroq bo'lsa ham musulmon bo'lib yashamagan ekanman degan pushaymon deyishadi.

[14:47] Yer yuzida yashayotgan odamlar ikki toifa. Saodatmanlar, badbaxtlar. Ana shu dinsizlarni, moli davlatini ko'pligi siz bilan bizni aldab qo'ymasin. Albatta Alloh ularni bu bilan azoblayapti. Ko'pchilik balki aksariyati baxtsiz. Sog'liq kishilardan biri aytadiki, hayotimda shunday bir lahzalar o'tadi, shu lahzalarda o'zimni shunday his qilamanki, agar jannatinglar ham shu narsani his qilishsa, demak ularni ham hayoti yaxshi ekan. Shu dunyoda yashab turib aytyapti, shunday bir lahzaralar bo'ladi. O'zimni bunday huzur halovatda his qilaman, agar jannatilar ham shuni his qilsa, demak ularniki ham hayoti yaxshiy ekan. U qanday lahzalar?

[15:32] Sajdada turgan paytingiz, Qur'on talovat qilayotgan paytingiz, Ka'bani tavof qilayotgan qaytingiz, hoji aka, bomdod namoziga qorong'ida ketib borayotgan payting, iftorlik qilayotgan haytingiz, yetimni boshini silab, ko'zingizga yosh kelib, unga hayriya ehson qilayotgan baytingiz. Alloh Taoloni kalomini eshitib, ko'zingizgaga yosh kelgan paytingiz, eslay endi shu paytda.

[15:58] Tilingiz bilan tasvirlab bera olasizmi? Yig'laysiz a? Ya'ni yig'latadigan joy. Arafatda turibsiz, otangiz, onangiz sizdan rozi bo'lganligi haqida qo'lini ko'tarib duo qilyapti. Otangizdir, onangizdir sizga roziligini aytib duo qilyapt. Endi bundan keyin hech qachon kam bo'lmaysiz. Shuning uchun pul topaykanlar, haligi har xil mashina olib, hashamatli uylarni solib, ha deb, dunyoni obod qilaman, kafilni yopishtiraman, mana bir amr qo'yaman, sariq tosh qo'yaman deyormasdan, otanglarni bir, bittasinimi, pulingizni yetsa bo'lmasa, ikkalasinimi olib borib tur, arofotda turib, qani? Dada? Keling oyi bir duo qilaylik haqingda deb turib, bir duosini olib ko'ringlarda.

[16:43] Mana shu lahzalar lazzatni, saodatni cho'qqisi. Mana shu saodatdan insoniyatda juda ko'pchiligi mahrum birodarlar. Har qancha dunyoyingiz ko'p bo'lsin, bu dunyoyingizni sarflab har qancha huzur, halovat toping, kayf toping, ammo bu halovat lazzatni ortida nima qoladi qalbingizda? Gunoh qoladi. Qalbingizda qorayish qoladi. Ular har qancha chiroyli kiyimlarni kiyib, eng lazzatli taomlarni yemasin, eng yangi mashinalarda yurmasin, har qancha dunyoda sayr u sayohat qilmasin, baribir baxtsiz. Baribir baxt, chunki qalbida iymon yo'q bularni birodarlar. Sababi, robbalardan ular voz kechgan kishilar.

[17:24] Insonni qalbi qachon xotirjam bo'ladi? Qachon kuniga rozi bo'ladi? Quachon inson baxtli bo'ladi? Alladina amanu vot totuman innu qulubi um bidikrillah, ala bidikrillahi totuman innu quluumi. Ular iymon keltirgan qalblari allohni zikr qilish, eslash bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo'lingiz kim? Allohni zikir qilish bilan qalblar orom olar.

[17:53] Faqat allohni zikri bilan qalbingiz xotirjam bo'ladi. Ishonib oling birodar, o'n ming dollar bugun toping da. Qancha yetmaydi? Yana o'n ming yetmaydi. Yigirma ming toping da. Yigirma ming yetmaydi. Yuz ming toping da, yuz minglar rasxod ko'rinadi. Faqat Allohni zikri bilan qalb xotirjam bo'ladi. Allohga bo'lgan iymon bilan inson baxtli bo'ladi. Darsimizni nihoyasi, darsimizni avvalada o'qib qo'ygan ikkita oyatimizni birodar yana takror o'qiymiz. Famanitda ba hudaya falay yavli luv ala yashqo. Kim mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan ozmaydi va baxtsiz bo'lmaydi. Va man a'rodan dikri, fa innallohu maishatan donkar. Kim meni eslatmamdan yuz o'girsa, albatta uning uchun tang baxtsiz hayot bo'lur. Robbisini hidoyati yurib saodat topgan kishi. Robbisini hidotini yuz o'giri badbaxt bo'lgan kishi. Bu ikkalasi teng bo'ladimi? Aqlu qobli ha da va astag'firullohu alayhi valakum, assalomu alaykum.
