# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 45 of 510
- Section: —
- Duration: 32 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/45
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/WXK_V-nBWYc.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=WXK_V-nBWYc
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/44.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/46.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbilan amin. Vala aqibatu li ilmutdaqin. Vassalatu vassalomu ala sayyidina muhammad as sodiqil va'n dil amin.

[0:25] Va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Ammabat, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun qirq ikkinchisi. Ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy odoblarni yosh bolalarga o'rgatish. Taom odobi.

[0:47] Birodarlar, shariatimiz siz bilan bizni har kunlik hayotimizda kerak bo'ladigan ko'rsatmalarni batafsil bayon qilib bergan. Uyg'onganda nima deyish kerak, kiyim kiyakanda nima deyishi kerak, ko'chaga chiqayotganda qanday ish qilishlik kerak. Qadamma qadam hamma narsani siz bilan bizga bayon qilib ber. Taom va sharobni odoblari juda ham yengil. Deyarlik, ko'pchiligimiz bilan tadbiq qilamiz. Va mana shu narsani siz bilan biz tadbiq qilishligimiz, farzandlarimizni bizdan ko'rib o'rganishligiga sabab bo'ladi. Birinchidan, taomni barakoti, birodarlar, ovqatlanishlikdan avval va keyin qo'lni og'izni yuvishliklar bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Abu Dovud va Termiziy keltirgan hadisda aytadilar: baraka tutta ami al vodu'u qablahu va al vodu'u ba'dahu.

[1:39] Taomning barakasi undan avval va keyin tahorat qilishlikda, ya'ni qo'lni yuvishlikda, og'izni chayqashlikda. Tahorat degan so'z bu namozga qilinadigan tahorat emas. Ovqat uchun tahorat qilinishlik degani qo'lni yevishlik va og'izni yevishlik bo'ladi. Endi kimdir aytishi mumkin, endi shuni ham gapirish shartmi, vaqtni ketkazib. Buni hammamiz qilamiz u, biz uchun oddiy narsa yu bu, qo'lni yo'q qo'lni qilishlik. Masalan hojatxonadan chiqqandan keyin qo'lni yuvish, ovqatlanishidan avval qo'lni yevishlik, ha birodarlar. Bu biz uchun oddiy narsa bo'lib qolgan musulmonlarga. Qon qonimizga singib ketgan. Ammo shunday bir xalqlar bor, nafaqat ovqat yeyishlikdan burun qo'lini yuvmaydi. Balki hojatxonadanchiqib ham qo'lini yumaydiganlari bor. Yana bular sizga shaxsiy gigiyeniyadan nima qiladi? Ta'lim beradi.

[2:36] Mana shu avvalgi darslarimizda aytib o'tganmiz. G'arb mamlakatlaridan birida katta supermarketni tahoratxonasida musulmon odam tahorat olyotuvdi. Oyog'ini rakivinaga solib yuviyotuvdi. Boshqa bir din va boshqa din vakili kirib, haligini ko'rib g'ashi keldi. Ey dedi, bu yer pokligi uchun qilingan. Oyog'ini solib bu yerda iflos qilma deydi. Haligi musulmon dinini biladi. E'tiqodini biladi, o'zini pozitsiyasida mustahkam. Shunga qarab turib, xotirjam oyog'ini yuvishda davom etib, senga savolim bor deydi. So'radi. Bir kunda necha marta betingni yuvasan deydi.

[3:16] Ha, ertalab ham bir marta yuvaman. Kunduzi bir qizib ketsam, isib ketsam bir marta yuvoman deydi. Haligi musulmon ikkinchi oyog'ini yuvi yotib turib, bilasanmi bir kunda men bu oyog'ini necha marta yuvaman deydi. Tushunarlimi? Demak, ovqatdan avval qo'l yuvishlik musulmon odam uchun savol emas, bu singib ketgan. Esimizda tanibmizki, ota onalarimizni, bizdan kattalarni shu ishni qilganini ko'rganmiz va bu narsani biz ham qilib kelamiz. Shuning uchun aytamiz, tarbiya berishlikning eng afzal yo'li bu ibrat bo'lish. Biz o'zimiz qilib ko'rsatsak, bolalarimiz albatta bu narsani yuqtiradi. Mana butun olam sog'liqni saqlash tashkilotining bayonotiga qaraganda, har kuni olamda uch yuz million odam kasalga, yuqumli kasalga chalinar ekan. Sababi, qozoqiy hojatdan keyin yoki ovqat yeyishlikdan avval va keyin qo'lini yuvmaganligi sabab bo'lar ekan. Qarang, Payg'ambarimizni bitta sunnati, qo'lni yuvishlik, ovqatlanishlikdan avval. Uch yuz million otam bir kunda har kuni kasal bo'lar ekan deb.

[4:22] Yana ana shu ma'lumotlardan, statsionar davolanishda yotgan bemorlarning har o'ninchisi turli infeksion kasallarga chalinadi, shifoxonani o'zida turib. Nima sabab? Qo'lini yuvmaganligi sabab. Rivojlangan mamlakatlarda shifoxonadagi yuzta bemorlardan yettitasi chalinar ekan, shu yuqumli kasalga. Endi rivojlanmaganroq mamlakatlarda bemorlarni o'n foizi yuqumli kasaliga chalinarkan, qo'lini ovqatdan olib ol va keyin yuvmagani uchun.

[4:56] Albatta, ovqatlangani kelar ekanmiz, qo'limizni yuvamiz. Endi oyoq kiyimingizni ushlagan bo'lishingiz mumkin, qo'lingiz har xil devormidi, boshqa narsaga tekkan bo'lishingiz mumkun. Shuning uchun payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari ovqatdan avval qo'lni yuvishlik. Ibn Moja va Bayhaqiy, Anasimni Malik roziyallohu anhudani keltirgan hadisda, Rasululloh aytadilar: men ahabba an yuk tira allohu xayri baytihi, falyata vadduh, ida hadara g'odah u hu va ida rofa.

[5:32] Kim dedi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam? O'z uyining xayriyatini Alloh Taolo ko'paytirishini xohlasa, yaxshi ko'rsa, biz uning tushlik, ovqati olib kelinganida ham, olib ketilganda ham tahorat qilsin dedi. Ovqat keldi, avval qo'lingiz yuvdingiz, yeb olib yana yuvdingiz. Uyingizni xayriyatini Alloh ko'paytiradi deyapti. Qaranglarda oddiy narsa. Uyingizda xayriyat ko'p bo'lishini xohlaysizmi? Xohlaysiz. Qo'lingizni yuving, ovqatdan avval, qo'lingiznni yuving, avqatdan keyin. Ikkinchi odobim. Ovqatlanishdan avval tasmiya aytishlik, yeb bo'lgandan keyin Allohga hamd aytishlik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Dovud va Termiziydan keltirilgan hadisda aytadilar. Ida, akalar, ahadukum, falyadukur ismalloh. Birortanglar ovqatlansanglar, Allohni ismini zikr qilinglar. Fainnas ya'yadukur asmalloh fiy avvaliy, falyoqul bismillah fiy avvaliy va ahiyli. Endi birortaylar ovqatni avvalida bismillah deyish esdan chiqib qolgan bo'lsa, bismillah deyishi esdan chiqib qulgan bo'lsa. Ovqatli bo'lgandan keyin avvaliga ham, oxiriga ham bismillah deb qo'ysin, dedilar.

[6:49] Tasmiyani ma'nosi birodarlar, Allohni nomi bilan ichyapman bu suvni yoki ovqatni. Yana Alloh Taoloni ne'matini birodarlar eslashlik. Bismillah deb qoyishlik. Endi bizga bismillahir rohmanir rohim deb o'rgatishgan, lekin bismillah deb qo'ysak ham mana shu tasmiya bo'laveradi. Bismillahir rohi rohim degan vaqt ketadigan bo'lsa, nima ekan? Bismillah.

[7:12] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnati shunday bo'lgan. Rasululloh qachon biror narsani yesa, ichsa, alhamdulillahillahi ladiy at omona va saxona va ja'alina minal muslimiy. Bizlarni yedirib, ichirib, musulmonlardan qilgan allohga hamdlar bo'lsin. Uchinchidan. Oldimizga qo'yilgan ovqatni maqtamaslik va yomonlamaslik. Qarang. Maqtash ham bo'lmas ekan. Olib kelingan ovqatni yomonlamaslik va uni ortiqcha maqtamaslik.

[7:48] Oshi onamiz aytadilar ma zan ma to'aman qoq. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech qachon ovqatni yomonlamagan. Shunday odamlar bo'ladi, albatta bir narsa deydi da. Qo'y bo'lib ketibdi, suyuq bo'lib ketibti, tusiz bo'lib qolibdi, yaxshi qaynamabdi, dam yemabdi. Birodarlar, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni sunnati, u zotni oldiga bir ovqat olib kelinsa, yoqsa yeganlar, yoqmasa chekkaga surib qo'yaverganlar.

[8:20] Ma zanma ta'omin qot. Lekin ida ajabaxu akalaxu va in kalixaxu tarakaxu. Imom Muslimdan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hech qachon oldiga qo'yilgan taomni yomonlamagan. Agar yoqtirsa yegan, yoqtirmasa uni nima qilgan? Targ'ib qilgan. Ortiqcha birodarlar maqtab bo'lmaydi ovqatni.

[8:43] Yomonlab ham bo'lmaydi. O'zi ovqatni kim yomonlaydi, bilasizmi? Ortiqcha mo'xtak deydigan odam yomonlaydi. Oh oh oh oh, asal bo'lib ketibdi ye, qara ye. Qiyom bo'lib ketibd iye, bunaqa ovqat yemaganmiz. Yo'q, bo'lmaydi. Bu haligi qorinni g'ami bilan, qorinni qulchiligi bilan yurgan odamdan bo'ladi bu narsa. Yedik, alhamdulillah. Oshpazga rahmat. Mazali bo'libdi. Yetadi. Yetadi. To'rtinchidan. O'ng qo'li bilan yeyishlik va o'zini oldidan yeyishlik.

[9:21] Imom Muslimdan keltiriladi. Umariddin abiy salomadan. U kishi aytadi, kun tug'ulamin fihajira rasulillahi sollallohu alayhi vasallam. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yonida bir yosh bola edim, kichkina bola edim. Vakana tiya di tatayshufi s safati. Qo'lim o'rtaga qo'yilgan tovoqni ustidan ovqat ustida aylanib yurardi. Har yerdan olib beradi. Shunda payg'ambarimiz aytdilar, ya g'ulom, sammilla va kul biyaminik va kul minmayalik. Ey bola dedi. Bismillah degin, o'ng qo'ling bilan yegin va o'zingni yoningdan yegin. Qarang, Rasululloh ovqatni ustida mana shu yosh bolaga ta'lim beryapti. Shuning uchun uyimizda farzandlarimiz bilan o'tirgan paytimizda, ularga ta'lim berishligimiz vojib bo'ladi. Hatto ovqatni ustida ham.

[10:19] Endi ovqatni ustiga hammamiz ham yosh bolalarimizga ta'lim beramizmi degan savolga, hammamiz ham ha deb javob bera olmasak kerak. Nima bor oshxonada? A? Nima bor? Televizor bor. Kim keldi dasturxonni ustiga? Hamma keldimi? Yo'qmi? O'ng qo'li bilan yeyaptimi? Chop qo'li bilani yeyaptimi? Chap farqi yo'q. Kim turib ketdi birinchi yeb, ahamiyati yo'q. Nima qilinadi? Teg tur, teg tur.

[10:53] Yaxshi, haligi ovqatni sho'r bo'lganini, shirin bo'lganini ham farqi yeb olmagani yaxshi. Avvalgilar qanaqa edi? Mana yosh o'g'illarimiz aytsin. Hamma kelmagunicha dasturxonga. Ovqatga qo'l uzatilmas edi. Hamma keladi, ovqat qo'yiladi va katta boshlab berar edi bismillah deb.

[11:15] Uyog'iyniki yoshiga qarab ketaveradi. Onasi oladi, katta farzandi oladi va hokazo bo'lardi. Hozir ham shunaqami? Hamma yerda emas endi. Mana deganlar biznikida shunaqa demoqchi bo'lyapti bu yerda. Lekin ko'pchilik shu televizorga ko'zi tushganligi uchun, televizor bilan fikringizniki ovora bo'lib qolganligi uchunga qaramay qolgan bolalariga.

[11:37] Turib ketdi yeb. Yeb yeb turish bor, chiq. Tinch qo'yish meni ozgina. O'zi dasturxonni usti bitta madrasa edi, birodarlar. Ovqatlanib o'tirib ota bir hikoyani aytib bersin. Bir hadisda aytib bersin, yoki boshidan o'tkazgan ibratli bir voqeani aytib bersa, ovqatni usti o'zi madrasa edi. Agar svet o'chib qolsa.

[12:02] Agar svet ochib qolsa. Bilasizmi, svet o'chish bo'lsa siqilib ketasiz. Nimani gaplashasiz? Biz televizor bilan ulfat bo'lib qolganligimizdan, televizor o'sa, svet o'chi bo'lsa si qilib ketamiz. Iye, qaraymiz. To'rtta mi, xotin mi bo'lamiz. Nu, mana bu kim? Masalan o'ttiz yil, qirq yil avvalgi holat bilan, dasturxoni ustidagi holat bilan, hozirgina taqqoslasa, farqni juda katta bo'lib ketganligiga guvoh bo'lamiz. Umumiy qilib olganda, umumiy qilib aytganda, farzandlarimizni tarbiyasiga be'etibor bo'lib qolganimizdek, ovqatlanishiga ham e'tibor bermay qo'yganmiz. Payg'ambarimiz aytdilar, ey bola, bismillah da, o'ng qo'ling bilan ye, o'zingni oldingdan ye.

[12:53] Beshinchi odobi, tiyanib o'tirib yoki biror narsaga suyanib o'tirib ovqatlanmaslik kerak. Mana shu narsa ham musulmon odobiga to'g'ri kelmaydi. Chunki suyanib olib, tayyanib olib o'tirib, ovqatlanishlikda ulamolar kibrga ishora bor deyishadi. Yana salomatchiligi ham zarari bor ekan bu narsani. Payg'ambarimiz aytganlar, imom buxoriydan la aqulu muttakiyan suyanib o'tirib yemayman degan payg'ambarimiz.

[13:27] Abu dovuddan keltirilgan hadis ma ro'yan nabiyev sollallohu alayhi vasallam ya aqulu muttakkiyan qot. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suyanib o'tirib ovqatlangani biror marta ko'rilganmi? Rasululloh hech qachon suyanib o'tirib ovqat yemagan ekan. Undan tashqari, yoshi kattaroq odam o'tirgan bo'lsa oldingizda, fazilatli kishi o'tirgan bo'lsa, ilmli odam o'tirgan bo'lsa, suyanib o'tirib yeyishlik ham bu beadabiy hisoblanadi. Mana, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga Zaydul Xayr ismli kishi keldi. Islomni qabul qildi. Rasululloh uni ismini Zaydul Xayr deb o'zgartirdi.

[14:10] Uni muborakbod qilib payg'ambarimiz aytdiki, qaysi bir kishini menga sifatlashgan bo'lishsa, uni ko'rganimda ular sifatlagandek emasligini topganman. Faqatgina sen bundan mustasno ekansan. Seni qanday sifatlashgan bilsang menga, shunday ekansan dedi. So'ngra payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bu kishini o'zini uyiga taklif qildi. Uyiga kirganida shu suyanib o'tiradigan yostiqmidi, bo'lishmidi, narsani payg'ambarimiz oldinga uzatdi. Ya'ni suyanib o'tib deb turib, boyagiga bo'lish yoki yostiqni uzatdi. Shunda haligi kishi, qarang, nima dedi? Sayyidul xalqni uyida turibdi. Rasululloh ruxsat berdi, ammo hozir musulmon bo'lgan odamni gapini qarang. Vallohi rasululloh. Sizni oldingizda men hech qachon suyanib yoki yonboshlab o'tirmayman dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo'lgan hurmatdan.

[15:10] Ilm majlisida, masjidda, mana bir salohiyatli kishilarni oldida o'tirganda, odobni esdan chiqarmaslik kerak. Endi uzilik bo'lsa mayli. Kasal bo'lsa yonboshlab yesin. Betob bo'lsa beli kasal bo'lmasa suyanib yesin. Mayli. Lekin sopposon odam suyanmay, tayanmay o'tirib ovqatlashligi kerak. Oltinchidan, ovqat ustida gaplashib o'tirishlik. Ovqatni ustida gaplashish o'tirish, o'tiramiz biz. Endi albatta gapirish ekan deblar, to'g'ri kelgan gapni gapiravermaymiz. Foydali gapni gapirishligimiz kerak bo'ladi. Chunki Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ovqatlanib o'tirganlarida sahobalar bilan gapirardilar.

[15:51] Endi agar jim o'tirib ovqatlanish bo'lsa chi, hamma jim. Taqir tuqur, taqir tuquri yeyapti. Xuddi kim birinchi bo'lishlikda musobaqa o'ynayotganga o'xshaydi. Musulmon odamga bu narsa to'g'ri kelmaydi. Lekin hozir aytib o'tdik, oshxonaga ham televizor qo'yib olganmiz. Oshxonaga hamm televizor qo'llab olganmiz. Ovqatlanayotganimizda ham uni gapiga quloq solamiz, shuning uchun o'zaro gaplashib o'tirmaymiz.

[16:17] Ovqatlanyotganda o'chirib qo'yaylik. Qalaylar bolamiz qanaqa ovqatlanyapti? Chapillayaptimi? Cho'rillayaptimi? Nima qilyapti? Bundan tashqari, alohida alohida o'tirib ovqatlanishlik birodarlar uydagi barakani ketishiga sabab bo'ladi. Masalan, bir tovoqni ustida odamlar qancha ko'p jamlansa, Alloh Taoloning barakati shuncha ko'p yog'adi. Alloh shuncha rozi bo'ladi. Alohida alohada bo'lib ovqatlanishlikni yana bir salbiy tomonlari xotin xarajga mashaqqat bo'lib ketadi. Ha, bittasiga alohida choy odamlar olib kelaverib, alohida ovqatni isitib kelaverib. Shuning uchun bir o'tirishlikka odatlanishlik kerak bo'ladi. Yettinchidan, mezbonni haqqiga duo qilishlik. Mana endi yedik mehmonda, ichdik. Uni haqqiga bir duo qilib qo'yishligimiz kerak bo'ladi. Chunki yugurdi yelni biz uchun xizmat qildi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan mana mansur duo.

[17:15] Ovqatlandik. Endi haqqiga duo olamiz. Aftara indakumus soimun. Va akala taomakumul abror va sollata alaykumul malayka. Mana shu duoni yodlab qo'ysak juda ma'qul bo'ladi. Aftara indakumus soimun va akala taomakukumul abror va shallata alaykumul ma'laika. Ro'zadorlar sizning huzuringizni iftor qildi, taomingizni yaxshi insonlar yedi va maloyikalar sizga salovat aytdi. Mana shu duolni o'qib qo'ysa yaxshi bo'ladi.

[17:50] Abu Dovud va Termiziy Anasimni Molik roziyallohu anhudan keltirgan hadisda aytilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Sa'diqni Ubodaning huzuriga keldi. U non bilan yog'ilib keldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yedida, uni haqqiga mana shu duoni o'qidi. Avtora indakumi so'aymon, va akalatu amakumul abror, va sollat alaykumul malayka. Mana endi, ovqatlanishlikdagi sunnat bo'lgan amallar, avvalida oxirida bismillah deyish, avvalida bismillah deish, oxirida alhamdulillah deyish, ovqatdan avval qo'l va og'izni yuvish, ovqat ustida gaplashib o'tirish, suyanib, tayanib o'tirib ovqatlanmaslik, o'ng qo'li bilan yeyish, o'zini yonidan yeyish, mezbonni haqqiga yoki ovqat tayyorlagan odamni haqqiga duo qilish va ovqatni ayblamaslik va ortiqcha maqtamaslik.

[18:52] Yana, ana shu dasturxon ustida, ovqat ustida e'tibor berish kerak bo'lgan narsa, ko'proq to'rida o'tiradigan odamlarga tegishli. Ovqat hammaga olib kelinmasdan avval, tevadagilar ovqatni boshlab yubormasligi kerak. Chunki ko'p kuzatamiz va ko'p odamlardan shikoyat eshitamiz. Sho'rva keladi nonushtada. Tevaga keladi birinchi. Tevadanlar kelishiga boshlaydi. Bular tugatguncha narigilarga kelib ulgurmaydi. Keyin tevada o'tirganlar nima qiladi?

[19:24] Duo qilaylik deydi. Chunki narigi nonushtaga nima qilish kerak? Ayniqsa hozir shu narsa ja bo'lib ketdi. Nonushtalar ko'p, alhamdulillah. Shuning uchun to'rda o'tirganlar bo'ladimi? Oilani kattasi bo'ladimi, shu dasturxon ustida o'tirgan katta odam, shuni nazorat qilishligi kerak. Hammaga keldimi? Hammaga keldi. O'shaning uchun uydagichi, qiz kenalar ovqatlanmaydi ham o'tirib hamma bilan.

[19:50] Odoblardan yana bittasi, kattalar qo'lini uzatmasdan turib, kichkinalar taomga qo'l uzatmaydi. Farzandlarga mana shu narsalarni ta'lim berishlik kerak. Hamma o'tirsin. Hamma yoqut kelsin, hamma teng boshlasin. Imom Muslim o'zining Sahihlarida keltirgan hadisda, Xuzayfi roziyallohu anha aytadiki, kunna ida xazornama rasulullohi sollallohu alayhi vasallamato amin lam nado' aydina hatta yabda'u rasulullohi sallallohu alayh vasallam fa yadau yadar.

[20:29] Xuzayfi aytadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan dasturxon ustida bir o'tirib qolsak, uzoq, ovqatga qo'lini uzatmagunlaricha biz qo'limizni uzatmas edik. Demak mana shu narsa sunnat bo'ladi. Yana bir hadis. Imom Muslimdan bu hadis. Ka'na alayhi salatu vasallam ida akalatu amin la ayqa asobi yahu salat. Rasululloh ovqatlanib bo'lganlardan keyin, uchta barmog'ini yalab qo'yardilar. Dasturxonni ustidagi odoblarni yana bittasi, qoni Nabiy sollallohu alayhi vasallam. Ida voqot luqmato hadikun, fal yaxudha, fal yumid ma ka'na biha minada, val ya'qulha valayada hali shayton.

[21:19] Payg'ambarimiz aytdilar, agar birortangizning bir luqmasi tushib ketsa, bas uni olsin, tekkan aziyatni ketkazib, tozalab, yeb qo'ysin. Uni shaytonga tashlab qo'ymasin. Chunki bilmaysiz barakot qaysi guruchda edi. Bir tova oshda bitta guruchda edi yoki ikkita guruchda edi, ehtimol tushib ketdi shu. Biz barakot qasdni ekanligini bilmaymiz.

[21:45] Musulmon odam Alloh Taolo unga bergan ne'matlarni qadrlaydi. Ularni xorlamaydi. Ovqatni xorlash qanaqa bo'ladi? Tashlab yuborishlik. Axlatga tashlab yuboriishlik. Olib keldi, yedingiz, oshib qoldi. Oshib qolganini hayvonga berishlik, bu xor qilishlik emas. Yemadingiz, oshib oldi. Masalan, nonida, ozgina suvga chila bir balandroq joy qo'yib qo'ying da, qushlar yeb ketadi. Yoki birin keyin oshdan ozgina qolib qoldi. Idishga solib balandroq qo'yib qo'ying da, qushlar yeb ketadi. Yoki hayvonni bir odamga olib chiqib bering. Mana shunda ham ajr bor.

[22:25] Paketga tashlab turib ovqatni, axlatga yig'itilayotganligini guvohi bo'lamiz, birodarlar. Musulmon odamga hech ham bu narsa yarashmaydi. Birodarlar, musulmon odam ovqatni axlatga tashlaganligini ko'rganda, qalbi ezilib ketadi. Chunki qancha qancha musulmon yurtlarida ochlik, qiyinchilik, mashaqqatni kattaligidan ovqat topa olmayotganlar bor. Murodalar, Alloh Taolo bizga bergan ne'matlarni qadrlasak, ne'mat davomiy ustimizda turadi. Agar xorlab, axlatga tashlab, noshukurlik qilsak, Alloh Taolo olib qo'yadi. Mana ayrim arab mamlakatlarida birodarlar shunday odati bor. Butun boshdagi tuyani bolasini putun pishirib, butun pishirib tovoqqa olib kelib qo'yadi. Atrofida bir yuz kilo, yuz kilo gruzka solib qo'yadilar. Ko'rgansizlar. Haligi hurmatli mehmonga katta tovoqda butun boshdek tuyani bolasi butun pishiri olib kelindi. Oladida yuz gil ham yesa yeydi, yemasa yemaydi. Gruzka og'iz tegadi, qolgani ham chiqib axlatga tashlanadi.

[23:29] Bizni oramizda ham yo'q emas. To'y to'rkin qilgan odamni oshib qolgan ovqatlarini hayvonga olib chiqib bermasdan, axvatga tashlaganligini ko'ramiz. O'rgataylik shu narsani bolalarga. Eskilarimiz nonni shunday bir qadrlaganki, yerga tushib kelsa olib, o'pib, peshonasiga chiqarib turib, birga qo'yib qo'ygan. Nonni olib turib, bunday og'zini orttirib tashlab yuborayotganlarda ham ko'rib qolasizlar. Bizga yarashmaydi birodarlar. Musulmon odamga yarashmaydi.

[23:58] Ichimlik, ichish odoblari. Suv ichishlik odoblari. Birodarlar, musulmon odam suluv kuyatini tartibga keltirsa, ish ichishini, kiyinishini, yurish turishini, gapirishini, mashina minishini, tijoratdagi fe'llarini tartibga kelsa, birodarlar, bunaqa odamni usti Alloh Taoloning barakati doimiy bo'ladi. Suv ichishdagi odoblari. Bismillah va alhamdulillahni aytishlik. Avvalo oxirida. Va uch bo'lib ichishlik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vas salomatganlar Imom Termiziydan la tashrabu varhiydan kashful bil bag'ir. Tuya'ga o'xshab bir ko'tarib ichmanglar. Tuya ko'rgansizlar, tumshug'ini suvga shunday tiqadi da, qorni ishib, to'ygacha tumshug'ini uzmasdan ichadi. Bir nafas bilan. Nafas olib turib tumshug'ini suvdan ko'tarma ichadi. Payg'ambarimiz bir ko'tarib ichmanglar dedi. Balki ikkiga uchga bo'lib ichinglar. Tuyaga o'xshab ichimlikni bir ichishda, bir ko'tarishda ichmanglar. Balki uni ikki va uchga bo'lim ichinglar. Agar ichsanglar, bismillah denglar, ko'tarsanglar, tugatsanglar, alhamdulillah denglar dedi. Uch bo'lib ichamiz ekan. Bir kishiga ichimlik beruvdi, bitta ko'tarib ichib qo'ydi.

[25:18] Haliginga ikki uch bo'lib ichish sunnatligini bilmaysanmi dedi. Unda ikkinchi uchinchisini ham beringlar dedi. Bu biz qo'limizga tekkan suvni uch bo'lib yechishni aytyapmiz. Ikkinchisi uchinchisini ham belinglar dedi. Ikkinchidan, idishni tumshug'idan, idishniydan qaytarilganmiz birodarlar. Unda qanaqa bo'ldi?

[25:40] Qaysi ichishimiz? Plastik butulka bilan desak chiroyli bo'lardi. Ko'pchilik ichayotgan idishda birodarlar tumshug'idan ichmasligi kerak bo'ladi. Agar bitta o'zi ichayotgan bo'lsangiz va idish bo'lmaydigan bo'lsa qo'lingizda, mayli. Uchinchidan, ichayotgan ichimlikka puflashlikdan birodarlar qaytarilganmiz. Puydab bo'lmaydi. Puydab bo'maydi.

[26:07] To'rtinchidan, o'tirib yeyishlik, o'tirib ichishlik ham birodarlar bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni siz bilan bizga buyurgan amallaridan. Endi tik turib suv ichayotgan odamni ko'rib, Payg'ambarim o'tirib ichishligini aytgan. Ammo payg'ambarmiz o'zi ham zam zam suvini ka'bani atrofida tavof qilayotganlarda tikka turib ichganliklari rivoyat qilinadi. Sahih rivoyat. Ammo bu zarurat bo'lgan holatda, o'tirib ichishlikka mutlaqo imkon bo'lmagan paytda, zaruratdan mumkin. Lekin musulmon odam o'tirib ichishlikka xaris bo'lishlik kerak. Chunki Payg'ambarimiz mana shu narsaga buyurganlar. La yashrabanna ahadumi minkum qo iman. Sizlardan bittanglar tikka turgan holda suv ichmasinlar. Chunki tikka turib suv ichishlik birodarlar jigarni kasal bo'lishiga sabab bo'ladi tabiblar. Tikka turib suvu ichishlik va bitta ko'tarib ichishlik jigarni kasal qiladi. Payg'ambarimiz ham juda bir nodir holatlarda tikka turish uchganligi mana hadislarda keltirilgan.

[27:15] Beshinchidan, cho'mich va oltin idishdan ovqat yemaslik, suv ichmaslik. Sof oltin va sof ko'michdan yasalgan idishda ovqat yeb bo'lmaydi, ichimlik ichib bo'lmaydi. Bu sharoit harom. Ammo tilla suvi yurgizilgan bo'lsa, kumush suvi yurgizhilgan bo'lsa bundan mustasno. Chunki sof oltin birodarlar qimmat baho narsa bo'ladi. Katta pulni to'xtatib qo'yishlik bo'ladi. Agar shu oltindan bo'lgan idishni puli qo'lida mol bo'lib turadigan bo'lsa, aylanadi bu pul. Jamiyatga foyda keltiradi. Bu puldan zakot beriladi. Ammo idishni alohida berilmaydi da. Bunda kibrga ishora bor. Kibrga ishora bor. Man shariba fii inai min zahabin av fil dotin, fainnamay yujar jiru fii batnihi minnari jahannam. Payg'ambarimiz imom muslimdan keltirgan, istatganlar, ummu salom onamizdan, kim oltin yoki kumush idishdan ichsa, bas albatta qorniga jahannam o'tini ichibdi. Ya'ni jahannamni o'tidan ichig'i kuzibdi deydi. Bu endi albatta kibr uchun, faxr uchun qiladigan, qilinadigan ish.

[28:32] Oltindan bo'lgan idishda suv ichdik. Falonchini uyini ruchkalari oltindan ekan. Falon podshohni unitazi nimadan ekan? Eshitib qolasizlar a? O qara, vannasi oltindan ekin. Qani o'sha odam, vannani oltindan qilgan odam? Ketdimi? Vannani oltundan qilgani uchun qiyomatda javob berib oladi. Qaranglarda, bizni tushunchalarimizni, o'lchovlarimizni shu g'arbdan olayotganligimiz uchun, ular zo'r deb ko'rsatgan narsani zo'r deb qabul qilyapmiz.

[29:03] Uyidagi hamma ruchkalarini oltindan qilib qo'yibdi deydi. Desa havas qilaman, haqiqatdan zo'r o'tdi deb. Ya'ni zebi ziynat, hashamda, kibrda shu darajaga yetib bordiki, katta mablag'ni idish tovoqqa band qilib qo'ydi. Oltinchidan. Idishni dars ketgan joyidan, uchgan joyidan ichishlik ham birodarlar shariatimizda qaytarilgan. Uchgan, dars ketgan joydan ichishlik man qilingan. Bu makruh Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz dars ketgan idishni, dars ketgan joydan suv ichishlikdan va puflashlikdan man qilganlar. Yettinchidan, oshqozonni ovqat va suv bilan to'ldirib olmaslik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: ma mala adamiyyun viya'an sharron min batnixiy.

[30:03] Odamiy, ya'ni inson bolasi to'ldiradigan eng yomon idish, bu uning qorni. Qorni inson to'ldiradigani eng yomon idish. Behasbi ibn adam luqaymatin yuqinna sulbaho. Umurtqasini tikka turishiga sabab bo'ladigan ozgina luqma, kifoya qiladi inson borasiga. Qaranglarda, mana hozir obed qilmasak bo'lmaydi da, hozir. Ramazonda qaranglarda, sahalida yengil qilganmiz, yuraverdik. Yuraverdik! Iftorda sahalida ozgina ovqat yeb yuraverdik, demak obed oshish edi ekan.

[30:44] Lekin nima qilmaymiz? Yaxshilab yeymiz. Ko'p yeyish kerak emas birodarlar. Bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnat g'ilof. Payg'ambar biz aytadilar, fainka alalab budda fa aylan. Agar yeyishi yoki ichishlik kerak bo'ladigan bo'lsa, fasulus u litog'ami va sulusun li sharobiy va sulusun li nafasing. Endi ovqat ichishing shart bo'ladigan bo'sa, qornini uchdan biri ovqatga, uchdan biri suvga, uchdanuri havoga.

[31:16] Taom va sharob odoblari birodarlar shulardan iborat. Tatbiq qilishlik oson. Avvalambor o'zimiz tatbiq qilaylik va bolalarimiz bu narsani o'rgansin. Inshaalloh birodarlar, ijtimoiy tarbiya, ijtimoij odoblar faslida biz ovqat va sharob odoblarni gaplashdik. Keyingi darsimizda inshaalloh salomlashlik odobi haqida suhbat qilgan bo'lamiz. Ijtimoiy odoblar darslarida biz taom sharobi odobi, salomlashish va izn so'rash odobi, majlis va so'zlashish odobi, hazil odobi, muborakbod etishlik odobi, kasalni ziyorat qilish, ta'ziya bildirish odobi, esnash va aksa urush odoblarini ko'rib chiqamiz. Aqul u hovli haada va astag'firulloh
