# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 452 of 510
- Section: —
- Duration: 29 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/452
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Fr5U9kOIZtM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Fr5U9kOIZtM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/451.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/453.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen alamin. Vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammadi va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabard. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Mana birodarlar, bu yilgi ramazonga tayyorlangan darsni ozgina bir tanishtirib, ma'lumot berib qo'yishimiz kerak bo'ladi. Bu ramazonda aytmoqchi bo'lgan darsimiz hal yastaviyan deb nomlanadi. Ya'ni bu ikkisi teng bo'ladimi?

[0:33] Ilm bilan johillik teng bo'ladimi, zulm bilan adolat, nur bilan zulmat, tavakkul bilan tavokul, rahm shafqat bilan qattiqqo'llik. Qur'on oyatlaridan, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadisi shariflaridan mana shu mavzuga tegishli bo'lgan qismlaridan inshaalloh dars qilgan bo'lamiz. Bugungi mavzuyimiz tavakkal bilan tavakkal. Bu ikkalasi teng bo'ladimi?

[1:02] Alloh subhanahu va taolo odamlarni qalblarini ikki qismga bo'ldi. Birinchi qism Allohga tavakkal qilgan, unga suyanib, unga bog'langan qalb. Yana bir qism esa o'z yaratuvchisini tanimagan, unga tavakkal qildi, suyanmagan qalb. Bu ikkisi teng bo'ladimi. Ertalabdan kechgacha, yurishi turishida, yeyish ichishida, hayotini har bir lahzasida Allohga tavakkal qilgan kishi, uydan chiqishi bilan Bismillah, tavakkal taolo Alloh deydi. Bu kishini qalbi faqat Allohga suyanadi. Ko'chaga chiqib ketarkan rizqini talab qilib, u rizqini do'konidan kutmaydi.

[1:43] U tanishlaridan, ishini to'g'irlab beradigan akaxonlaridan umid qilmaydi. Faqat Alloh Taoloni o'zidan gunoh umid qiladi. Safarga ketarkan bunaqa odam, Bismillah tavakkal taolo Alloh deydi. Allohga tavakkal qildim. Allohga suyanaman deydi. Mashinasining yangiligiga ishonmaydi. Yo'lni tekisligiga suyanmaydi. Haydovchining mohirligiga suyanmaydi. Kimga suyanadi faqat? Alloh subhanahu va taologa suyanadi. Ambiyolar shunday bo'lishgan birodarlar. As saidubillah. Vama alana allana tavakkal alallohi va qod hadana subulana. Valanasibiron na alama a dayutumuna va alallohi faliya tavakkal il mutavakkulun. Ular aytishgan. Axir biz, bizni to'g'ri yo'limizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkal qilmaymiz? Albatta biz sizlar yetkazadigan a'zolarga sabr qilurmiz. Tavakkal qilguvchilar yolg'iz Allohga tavakkal qilsinlar. Tavakkal nima edi? Inson bir narsani xohlab, bir narsaga yetishlikka bir xohishi bo'lsa, shu narsaga yetkaza oladigan sabablarni qiladi, o'zi bo'lgan, bog'liq bo'lgan, natijani Allohga tashlab qo'yadi. Tavakkal degani shu. O'zingizga bog'liq sababni qilasiz, natijasini Allohga tashlaysiz.

[3:02] Endi tavakkal bu tavakkal emas. Tavakkal hech qanday sababni qilmaydi, lekin yaxshi narsani orzu qilvoradi. Tavakkal bilan tavakkal barobar bo'lmaydi. Ana, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan hijrat qilib, Makkadan chiqishdi, g'orga, Savr g'orga borib berkinishdi. Qorash uch kun isitadi ularni. Istaganlar mana shu istaganlarni ayrimlari g'or og'ziga ham kelishdi. Abubakr Siddiq va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam g'orni ichida o'tirishar ekan, ularni oyoqlari ko'rinib turar edi. Ularni oyo'g'lari ko'rinilib turar edi. Shunda Abubakr Siddiq roziyallohu anhuh qattiq qayg'uga botdi. Chunki hozir birontasi engashib shunday qarasa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko'rib qoladi. Va bu bilan Rasulullohga aziyat yetishi, hatto qatl qilishlari ham mumkin edi. Mana shu narsani o'ylab turib Abu Bakr yig'ladi. G'amga botdi. Ammo Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam nima dedilar? Alloh Taolo Qur'ondan marhamat qildi: La tahzan inna Alloha ma'na. Ey Abu Bakr, mahzun bo'lmang. G'amgin bo'lmang, zera Alloh biz bilan birgadir. Oxirgi lahzasida ham Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh Taologa qalbi suyangan.

[4:21] Bo'ldi topdinglar, buzilib turib chiqib ketmayapti. O'ziga bog'liq bo'lgan sabab indamay o'tirish. Indamay o'tirdi, natijani Alloh Taolodan kutdi. Va tavakkal alal hayyilladiy la ya'mud. Hech qachon o'lmaydigan, abadiy tirik bo'lgan Allohga tavakkal qilishligimiz kerak bo'ladi. Ana Muso alayhissalom. Alloh azza va jalla Fir'avnni va uni qo'shinini dengizga g'arq qildi. Muso alayhissalom va u kishi bilan birga chiqqan Banu Isroilni najotga chiqardi. Dengizga Fir'avn cho'kib ketdi. Buni ko'rishdi ko'zlari bilan. Dengizdan chiqib, ozgina yurishlari bilan bir qavmga duch keldi bu kishilar. Olti yuz ming yahudiy, Muso alayhissaalon bilan shu qavmga d uch keldi. Bu qavm bir butga sig'inar edi.

[5:10] Haligi yahudiylar aytishdi, ya muso, ij allana ilahankam alahum aliham. Ey muso, onang ulardagi iloh kabi bizga ham bitta xudo qilib bermaysanmi? Xalq nimaga bog'lanyapti birodarlar? Hozir Allohnin mo'jizasini ko'rding, Fir'avn dengizdagi tushib ketdi, cho'kib ketdi. Shuni ko'rib turib, xalq Allohnin bog'lanmayapti, yana birorta but bo'lsa, bironta bir olig'i bo'lsa, shunga suyansizlik deb turishibdi.

[5:39] Ishongan akaxonangiz mansabidan ketib qolsa, be problema. A? Sizga bir murojaat ko'rsatib turgan bir odam yo'q bo'lib qolsa yoki murojaatini bermay qo'yib, bermay qo'ygandirsa, muammo emas. Chunki rizqingiz kimni qo'lida? Ollohnin aytgani bo'ladi. To'g'rimi? Yo'q, ro'parangizga sizni sotadigan tovaringizdaqa bir do'kon ochildi yana. Yuraklaringiz siqiladi, endi nima bo'larkan, klientni tortib qo'yadi yarmini.

[6:07] Ana birodarlar Allohga tavakkal qilgan, Allohga suyangan qalb qanchalar xotirjam bo'ladi? Bu ham rizqini yeydi. Bu ham rizqni yeydi. Zo'r a? Narigi do'konni yo'q qilishga harakat qiladiganlar bor. Yozadigan joyga yozadi, shikoyat qiladi, xullas, bir narsa qilish kerak da. Kak butto buni rizqini nima qilib ketadi u? Birodar, xotirjam bo'ling. Rizqingiz peshonangizga yozilgan. Yuz yigirma birinchi kunga to'lganingizda. Ko'pi ham kelmaydi, ozi ham kelmaydi.

[6:37] Mo'so alayhissalom ularga qola innakum qavmun taji halun. Albatta sizlar bilmaydigan qavmsizlar. Hozir najotga chiqarib qo'yib tursa, Alloh Taolo qalbi yana nimaga suyanayapti? Butlarga. Muhammad alayhissalotu vassalomning asxoblari va Mo'so alayhissaalomning qavmi, bular bu o'rinda teng bo'lishmaydi. Uxd kunida musulmonlar mag'lub bo'lishdi. Yetmish kishi musulmonlardan shahid bo'ldi. Tirik qolganlarni aksariyati jarohatlangan. Hatto ularning imomi bo'lgan Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam jarohatlangan, muborak jasadlarga jarohat yetdi. Odamlar qiynalgan, charchagan, ruhlari cho'kkan, ruhlari tushgan. Mana shu vaqtda yana xabar keldi.

[7:24] Abu Sufyon avvalgisidan ham kattaroq bir qo'shinni jamlab, sizlarning ustingizdagi takror kelyapti. Sizlarni yo'q qilib tashlashlik uchun. Alladina qol ala humunna su'indan na saqod jamau lakum faxshauhum. Alloh Taolo shunday deydi Qur'onda. Unday zotlarga ayrim kimsalar, qurash odamlari sizlarga qarshi sanoqsiz lashka to'plagan, qo'rqingiz deyishdi. O'zi mag'lub bo'lib turibdi. Uch kun o'tdi jangga. Ruhan, jismonan sinib turibdi. Yana qo'shin ko'proq adadi bilan ustinglarga kelyapti desa, Allohga bog'lanmagan qalb, Allohga tavakkal qilib suyanmagan qalb qo'rqishi mumkin. Ehtimol qochib ketishi ham mumkindir. Ammo Allohga bog'langan qalb chi?

[8:11] Bu ikkala qalb teng bo'ladimi? Alloh Taolo aytadi. Alladina qol alahumunna su'indan na saqot jama'ulakum fahsha'hum fazadahum iymanam va qolu hasbunallohu anee amal vakil. Unday zotlarga ayrim kimsalar, qurish odamlari, sizlarga qarshi lashka to'plagan, qo'rqingiz deganlarida, bu gap ularning iymonlarini ziyoda qildi va bizga yolg'iz Allohnin o'zi kifoya, u zot eng yaxshi ishonchli vakildir dedilar. Hasbunallohu aniyam al vakil. Burov qo'rqitganda. Qalbingizga qo'rquv kirganda, sizni g'amga solib qo'yganda, siqilib yechimni bilmay turganingizda, hasbunallohi aniyam al vakhil. Agar chin yurakdan aytsangiz, boyagi g'am ketadi. Agar chin imondan aytsangiz,boyagi qo'rquq, xavotir ketadi. Kim aytgani bo'ladi? Allohni aytgani bo'madi.

[9:05] Nu alayhissalom. Allohni amri bilan kema yasadi. U kemaga bitganidan keyin iymon keltirganlarni chiqardi, ko'pchilik maza bo'lar. Hayvonlardan har turidan bir juftani unga joylashtirdi, Allohni amri keldi. Osmondan yomg'ir yog'di, yerdan suv otilib chiqdi, odamlar cho'kishni boshladi. Odamlar har tarafga qochishni boshlardi. Nuh alayhissalom ana shu tashqarida qolgan, har qayoqqa qo'rqib qochayotgan odamlarni orasida o'zini kofir o'g'lini ko'rib qoldi. Otali mehri tutdi. Va nima dedi? Astay deb bila? Va na da nu hun ibnachu vakana fi ma'zaling ya bunay irka ma'na va la takun ma'l kafiring. Nuh bir chetda qolgan o'g'ilga nidor qildi. Ey o'g'ilcham, biz bilan birga kemaga mingin, u kofirlar bilan birga bo'lmagin.

[9:59] Nuh alayhissalomning o'g'li qalbi nimaga bog'landi shunda? Kim biladi? Tog'ga baylandi. Tog'ga chiqib olsam, shu sho'chilikdan qutilib qolaman dedi. Bo'ladi yu ba'zida. Pulimizga ishonib qo'yamiz. Falon joydagi akaxonamizga ishonib qo'yamiz, falon joydagi tomimizga suyanib qo'yammiz. Bizni problemamizni hal qilib beradigan ukaxonamiz bor, jiyanimiz bor. O'sha jiyani yig'ladi, ishini bo'ladi da. Ularniki ham hal bo'ladi.

[10:29] Nuhning o'g'li, Nuh alayhissalomning kofir o'g'li Allohga bog'lanmadi qalbi. Qolasa aviy ilaja bali ya asimuni minan na. Men o'zimni suvdan saqlaydigan biron tog'ni ustiga chiqib ketajakman. Tog' qutqarib qoladi meni dedi. Qolala asim ali yavma min amrillah illa mar rohim va hali baynahumal mavuch fakana min al mo'g'roqin. Nuh alayhissalomni qalbi Allohga bog'landi. O'g'lini qalbi tog'ga bog'landi. Natija qanday bo'ldi? Nuh aytdi. Bugun Allohning amridan saqlaguchi yo'qdir. Magar o'zi rahm qilganlarnigina saqlar. Shu payt o'rtalarini to'lqin to'sib qo'ydi da, o'g'il g'ar qilmuyushchilardan bo'lib qoldi. To qani?

[11:21] Qani tog'? Nuh alayhissalom, birorta odamga suyanmagan edi. Uyiga suyanmagan eda. Haqiqatdan ulkan yerni qozig'i bo'lgan, ehtimol yuz ikki yuz metr baland bo'lgan tog'ga suyangan edi. Lekin tog' buni saqlab qola oladimi? E'tibor beringlar. Kimni qalbi nimaga bog'landi va natija qanday bo'ldi? Bu qalbini Allohda boshqaga bog'lagan kishining jazosi edi.

[11:49] Qalbini Allohga bog'lagan kishi, Allohga suyangan kishi. Va qalbini Allohga bog'lamagan, boshqa narsalarga suyangan kishi, ikkalasi teng bo'ladimi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zining sahobalarini mana shu asosni ustida tarbiyaladi. Qalblar kimga bog'lansin? Alloh subhanahu va taologa. Qalb kishini qalbi, o'ziga qadrli bo'lgan, qimmat bo'lgan narsaga suyanmasin. Hatto Muhammad alayhissalomga ham bog'lanib qolmasin qalb. Chunki innaka mayyitu va innohun mayyitu. E, Muhammad alayhissalom, siz ham bir kun mayyit bo'lasiz. Ular ham mayyit bo'ladi. Uhud kunida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qatl qilindi, Muhammad o'ldirildi, degan gap tarqadi. Uhud kunidan ma'lumiylar, Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam mana shu Abu Amir kavlagan chuqurlardan bittasiga tushib ketganida, shayton qichqirganida, Muhammad o'sdi deb.

[12:49] Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni vafot etganligini eshitib, sahobalarning ayrimlari chekina boshladi. Ayrimlari qayg'uga botib qurollarni tushirib oldi. Ayrimlari yerga o'tirib laqoldi nima qilishini bilmasdan. Alloh Taolo bu haqida nima dedi? Vama muhammadun illa rasul qodi xolat minqoblihi rusul. Muhammad sollallohu alayhi vasallam faqat bir Payg'ambar xolos. Undan ilgari ham Payg'ambarlar o'tgandir. Bas agar u Muhammad alayhissalom vafot etsa, yo o'ldirilsa, ketingizga, kufrga qaytib ketasizmi? Kimda kim ketiga qaytib ketsa, Allohga biror ziyon yetkaza olmas, Alloh esa yo'llaridan qaytmay shukur qilguvchi bandalarni mijoz mukofotlaydi. Ha Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam keyin vafot etdilar birodar.

[13:39] Shunda Umarun Xattob roziyallohu anhu Muhammad alayhi vasallom o'lgani yo'q. Mo'so robbisi bilan qirq kun gaplashgani ketgan edi to'rtga, to'rt tog'iga. Shunday ketdi, qaytib keladi. Kim Muhammad alayhissalomdan o'ldi desa, bo'yniga qil uchiraman deb turgan edi. Mana shu kunda Abu Bakr aytdi. Kim Muhammad ali alayhissalomga ibodat qilgan bo'lsa, Muhammad ali alaysi salom taqiq vafot etdi. Kim Allohga ibodat qilib qolgan bo'lsa shu kungacha, Alloh azza va jalloh tirik, hargiz o'lmaydi. Demak bizni qalbimiz pulimizga, mansabimizga, tanish bilishimizga, uyimizga, mashinamizga suyanmasligi kerak. Hatto Muhammad alayhissalomga ham suyanmasligi kere. Chunki u kishi ham bor yo'g'i, bir bandi edi.

[14:29] Xud alayhissalom. Bu ulug' nabiyni qavmi u kishiga ozor berdi. U kishini qatl qilmoqchi bo'lishdi. Xud alayhi assalom ularga anniy bariun min ma tushrikuna min duniy. Fakiyduni jamiyat sunmala tun zirunada. Bilasizlar, insoniyat tarixida yashab o'tgan odamlarni jismonan eng quvvatlilari ot qavmi bo'lgan. Xud alayhissalomning qavmi.

[14:56] Men sizlarning Allohni qo'yib, unga soxta xudolarni sherik qilishingizdan bezorman. Ana endi barchangiz bir bo'lib, hech kechiktirmasdan menga bilgan hiylalaringizni qilaveringlar. Qo'linglardan kelgan ishinglarni qilinglar deb qavmiga tahdid solyapti. Qo'lingdan nima keladi? Rodalar, jismonan baquvvat bo'lgan ot qavmi. Bitta o'zi, u kishi yomon keltirgan ozgina odam, butun qavmga kuchi yetmaydi. Lekin qaysi quvvatga suyanib turib qavmiga tahdit qilyapti?

[15:31] Kimga suyanyapti bu kishi? Alloh subhanah va taologa. Inniy tavakkal tu alallohi robbi va robbikun. U kishini quvvatini siri shunda edi. Men faqat mening ham, sizlarning ham parvardigoringiz bo'lmish Allohga suyandim. Hayotda misol to'g'ri yotibdi, birodarlar. Biz qalbimizni qachon Alloh Taoloni yolg'iz o'ziga baylaymiz? Boshqa hech kimdan umid qilmaymiz, boshqa hech kundan qo'rqmaymiz, shunda Alloh Taoloni siz bilan bizga bergan va'dalarni ustimizga tushganini ko'ramiz. Va men yata vakkal ala allohi fahva hasbuhu. Kim allohga suyansa, bas bu kishining ishi alloh taoloning zimmasida.

[16:15] Xud alayhissalomga tahdid qildi qavmi. Xud alayhi assalom qavmiga tahdid qildi. Natija nima bo'ldi? Ot qavmini Alloh Taolo yetti kecha yu sakkiz kunduz esgan sor sor shamoli bilan yakson qildi va ayron qildi. Fahl taralaxun min baqiya. Ulardan birontasi qolganini ko'rdingizmi? Faqat Xuddi alayhissalom va u kishi iymon keltirganlar tirik qoldi, qolgan hammasini Alloh Taolo yakson qildi. Ular nimasiga suyanadigan edi?

[16:44] Jismoniy quvvatiga, o'zlarini mol mulkiga, saltanatiga. Mo'so alayhissalom o'zini qomini Misrdan olib chiqdi. Fir'avn orqasidan qo'shini bilan quvib chiqdi. Mo'so alayhissa qomi bilan dengizga keldi, orqada qo'shin ko'rindi. Bir tomonda dengiz, bir tomonda ularni yakson qilish uchun kelayotgan o'sha davrning eng kuchli qo'shini.

[17:10] Qalbi Allohga bog'lanmagan kishilar aytishdi innala mudrakun. Bo'ldi, yetib kelishdi, tugadik deyishdi. Ammo robbisiga haqiqiy tabakkur qilgan Muso alayhissalom nima dedi? Kalla, innna robbiy ma'i sayyahdin. Yo'q. Aniqki, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta u meni najot yo'liga boshladi.

[17:37] Biz hayotda bo'layotgan muammolarimizni hammasini aqlimiz bilan hal qilayotganga o'xshaymiz. Plan tuzamiz. Chizamiz, boshqa qilamiz, mana men rejani zo'r qilganligim uchun ishim tekis chiqdi. Men mana bu narsani mancha marta takrorlayotdim, qur'onda yaxshi yodladim. Deymizda o'zimizni mehnatimizga, o'zimizni kuchimizga suyanib qo'yamiz. Birodarlar, bu faqat sabab. Natija kimdan bo'ladi?

[18:06] Imtihon qilamiz bolalarimiz bilan, zo'r o'qigan. Oddiy narsani so'rasangiz, imtihonni tili yemaydi da. Ey. Nimaga ayta olmayapsan? Indamay turaveradi. Nimaga ayta olmayapti? Sir bosib qoldi deydi. A bo'lmasam u domlasini har kuni ko'radi. Alloh o'sha paytda qo'llamadi, Alloh o'sha baytda bermadi, nima bo'ldi?

[18:29] Allohga suyanishlik kerak, birodarlar. Allohga. Biz o'zimizga suyanib qo'yamiz ba'zida. Fir'avn nimasiga suyangan edi? Orqada qo'shini bilan kelayotgan Fir'avn. O'zini askariga, o'zini quvvatiga, o'zining podshohligiga. Natija nima bo'ldi? Hech qancha vaqt o'tmadi. Muso alayhissalom va uzoq bilan birga bo'lganlar najotga chiqdi. Fir'avn dengizga g'arq bo'ldi. Allohga suyangan qalb bilan, boshqa narsaga suyangan qalbi barobar bo'ladimi?

[19:07] Shuning uchun Alloh Taolo aytadi, fa intavalloh, fa qul hasbi Alloh, la ilaha illa Hu alayhi tavakkal, tuva Hu va robbular shul adin. Solih insonlarning qalblari faqatgina Allohga bog'langan. Hotim al Asom. Ibodati, salohiyati, taqvosi bilan, yaqini bilan mashhur kishilardan edi.

[19:29] Martabasi oliy edi. E qanday qilib aytdingiz bu martabaga deb so'rashganida to'rtta narsani aytdi. Birodarlar, agar shu to'rtta narsa gachi, chiroyli suratda amal qila olsak, ishonib olinglar, dunyo oxiratimiz zo'r bo'lib ketadi. Tirikchiligimizni maishatimiz zo'rbo'lib ketadi. Qalbimizni jasadimiz zo'r boib ketadi. Nima so'zlar edi u? Quloq solaylikchi? U aytdi. Rizqimni mendan boshqa hech kim ololmasligini bildim. Xotirjam bo'ldim.

[20:02] Tushunarlimi? Chexlar necha pul bo'lib ketdi? Nechta o'g'lingiz bor? Uchta o'g', bor. Bittadan chex qilsin. To'rtta qizim bor, chiqarib chex. Shponer. Voy, rizqim bor uni, xotirjam bo'ling, g'am qilmang, siz faqat ishlang. Mehnat qiling, g'am qiling. Rizqimni mendan boshqa hech kim ololmasligini bildim, nafsim xotirjam bo'ldi. To'qson to'qqiz foiz odam g'ami shu hozir. Xotirjam bo'ming birodar. Mehnat qilyapsizmi? Siz to'g'ri yo'ldasiz. Siz to'g'ru yo'ldasiz, natija olib oldi.

[20:38] Ikkinchisi. Amalimni meni o'zimdan boshqa he ch kim qila olmas ekan. Amalim bilan mashg'ul bo'ldim. Keyingisi. O'lim to'satdan kelishini bildim va kelishidan oldin amalga harakatga kirishdim. To'rtinchisi, Alloh azza va jalladan berkina olmasligimni bildim. Shunga yarasha ish tutdim. Ishonovering, birodar. To'rt qator so'z. Agar shu aytilingan to'rtta narsaga amal qila olsa, kishini dunyosi yu oxirati mustaqil bo'lib qoladi. Qalbi xotirjam bo'ladi, nafsi orom olib qoladi. Krizis deydi. Ming xil narsa bor siqilaman desangiz o'ylab. To'g'rimi?

[21:21] Shablon berilyapti, hayotga qarab topib ko'ringlarda. Haqiqatdan musulmon odamni xotirjam qiladigan uni puli bo'lmaydi, uni mansabi bo'lmaydi. Robbizga bo'lgan tavakkul, robbizga bo'shgan iymoni bo'ladi. Birodarlar, Allohga tavakkal qilishlik, bu ulug' aqida. Tavqidni asosi, birodarlar. Bu aqida tavqidni boshida turadi. Kim buzsa tavakkalni, demak tavhidni buzgan bo'ladi. Kimdir bo'yniga tumor ilib boradi, xotirjam yuradi. Mana shu deydi, seni saqlaydi deb bir baxshini berib qo'ygan, Allohni tanimaydi, zo'r yuradi. Agar esidan chiqib qolib qolgan bo'lsa, shu kuni siqilib yuradi. Bir narsa yetmasa yetdi mengachi. Yugurib borib taqib olsa xotirjam.

[22:02] To'g'rimi? Shunaqa odamlar ham bor. Go'yo endi hamma yoq zo'r bo'ladi da. Nima qildi? Bo'yniga tumorni ilib oldi. Uni qalbi mana shu tumoriga bog'langan. Tumor bo'ynida tursa bir boshqacha his qiladi o'zini, tumori yo'q bo'lsa boshqacha. Payg'ambarimiz alayhissalom aytganlar, men ta'laqa bishayin ukila ilayhi. Kim nimani ilib olsa, shu meni saqlaydi dedi. Alloh bu bandani ishini shu ilib olgan narsasiga topshirib qo'yadi. U tumor nima qila oladi?

[22:36] Uzib suvga tashlasangiz oqib ketadi. O'tga tashlasangiz kuyib ketadi. Nima qila oladi? O'zini himoya qila olmaydigan tubi bor. Sizni qanday himoya qila oladi? Butga sig'inyaptimi? Butga suyanyaptimi? Alloh uni ishini butga topshiradi. Baxshiga suyanyaptimi, Alloh uni ishini baxshiga topshirib qo'yadi. Ammo Allohga bog'langan qalb chi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarga ta'lim berar ekan, aytdilar, ixfadillahi yahvaltik. Iqf adillaha tajid tuja haka. Allohni haqlarini saqlagan, u zot seni saqlaydi. Allohni ha qarorini saqlagan uni qarshingda topasan. Ya'ni Alloh qil degan ishni qil, qilma degan ishdan uzoq bo'l, seni muammolaringni Alloh o'zi hal qilayotganligini, seni saqlayotganligini ko'rasan.

[23:26] Bo'lmasa alayhissalom. Bu ulug' Payg'ambar tug'ilganida, Misrda shir avn banu isroildan tug'ilgan o'g'il bolalarni hammasini so'yayotuvdi. Mo'sua alayhissalomni onasi bolasini berkitib yurdi. Askarlar uyma uy ustab yuradi, Banu Isroil uylarini. Topilgan chaqaloq o'g'il bo'lsa so'yadi. Mana endi ularni ham uyiga kirib kelyapti. Agar topishib olsa, Mo'sua alayhi salomni qatl qilishi aniq. Alloh Taolo aytadi. Mana shu qalbni Allohga bog'lash, Allohni o'zi saqlashiga yorqin misol. Vauhayna ila ummi Musa an ardiya'i. Fayda hifti alayhi falqi hifidiyam. Biz Musoning onasiga vahiy qildikki, uni emizavergin. Bas qachon Fir'avn odamlari uni o'ldirib ketishlaridan qo'rqsang, uni daryoga tashlagin. Bir faraz qilib ko'ring. Emizili bolani onasi sovat kam edi, yog'och sondiqam edi, solib turib, Nil degan daryoga solib oqizib yuborishini.

[24:32] Aqlingizni oladimi? Ammo Alloh Taolo mausoning onasini qalbiga shunday xotirjamlik berdi, shunday ilhom deb berdi, onasi bildi, hamma kuch quvvat Alloh Taoloning kelganligini. Allohning xohisiz biror narsa bo'lmasligini bildi. Alloh Taolo va'da qildi yana. Va la tahofi. Vala tahzani inna rodduhi ilayki va ja ilohi minal mursaliyin.

[24:58] Men aytganimni qilaver, banda. Va qo'rqmagin ham. Qayg'urmagin ham. Zero, biz uni senga qaytarguvchidirmiz va uni payg'ambarlardan qilamiz. Qaytarib ham beraman, tirik, sog', yana payg'ambar ham qilaman. Solib oqizdi. Allohga o'ziga tavakkal dedi. Natija nima bo'ldi?

[25:21] Daryodan suzib suzib borib, Fir'avnning, ana shu daryoda bo'yiga qurilgan qasrga borib to'xtadi, qasrga olib kirishdi, bola qilib baho oladigan bo'ldi Fir'avnning ayoli. Allohni, birodarlar bu hikmati, Allohni hiylasi bu. Emizaylik bola yig'iladi, emizadigan ayollarni qidirib, enagalarni topuvdi, birontasini emmadi. Bozorga olib chiqishuvdi, Muso alayhissalomni onasini qo'liga topshirishdi. Mana endi birodarlar, muso alayhissalomni qatl qilishlik uchun charxlangan qilichlar, muso alayssalomni qasrga, muso alaysson lomni onasini uyiga qilib, olib borib xizmatda bo'lishdi. Muso alayhissalomni qatl qilish kerak bo'lgan ana shu askarlar endi himoyasida turdi. Allohga tavakkal qilgan bilan, boshqa narsaga tavakkal qilganda farqi bormi? Qalbini Allohga topshirgan kishi bilan qalbini boshqa narsaga topshirganini o'rtasida farqi bormi? Ikkalasi barobar bo'ladimi?

[26:21] Sakson besh ga kirganda Ibrohim alayhissalom bir dona o'g'il ko'rdi. Uchta qizdan keyin bitta o'g'il kelmadi. Sakson besh ga kelganda bir dona bola ko'rdi. Alloh taolo buyurdi. Hech kim yo'q bo'lgan. Na ekin, na odam, na biror narsa bo'lmagan. Sahroga tashlab kelasan. Ollohni hukmiga labbay dedi. Ayoli hojar o'g'li ismoilni olib, bakka vodisiga olib kelib dedi. Bu paytda hech narsa yo'q edi u yerda, sahro edi. Qo'yib orqasiga qarab ketdi. Ayoli osilvonni orqasidan, ibrohim tashlab ketasin bu yerga. Indamadi. Javob bermadi. Erini payg'ambarligini bilar edi Hojar, so'radi. Yo Alloh buyurdi bu narsaga. Ibrohim alayhissalom ha dedi. Shunda Hojar aytdi, idan la yudayyi ana. Unday bo'lsa Alloh bizni zoyi qilmaydi dedi. Kimga suyandi? Allohga suyandi. E suv yo'q, odam yo'q, hech narsa yo'q. Nimaga ishonib tashlab ketyapsiz? Demadi. Chunki Ibrohim alayhissalom ayol edi. Alloh Taolo qanday izzat ikrom qilganligini hojiga borgan birodarlarimiz ko'rib keldinglar. E, hech narsa yoq edi, hech narsa o'smaydi. Ammo hamma barakot o'sha yerda.

[27:34] Ana qorin o'zini moliga suyanuvdi. Alloh Taolo nima qildi? Yerga yuttirib yubordi. Fahasof nabihiy va bidarihir art, fa maaka'na alahum min fiyating yansuruunahum min duniy la va maaka'na minan munta siriyun. Bas, biz qorinni ham, uning hovli joyini ham yerga yuttirdik. So'ng uning uchun allohdan yordam beradigan o'zga biron jamoat bo'lmadi va uning o'zi ham g'oliblardan bo'lmadi. Qalbini allohga bog'lagan kishi bilan. Qalbini boshqa narsalarga bog'lagan kishini o'rtasidagi farqni ko'rdikmi birodalar? Ikkisini oqibati nima oldi? Birodalar, biz aytayotgan gapimiz, hasbunallohu vani amal vakil. Doim, yaxshi yomon kunimizda, issiqda, sovuqda, borimizda, yo'qimizda, Alloh Taoloni o'zigagina qalbimizni bog'lashni o'rganaylik. Chunki bu Robbimiz azza va jallani siz bilan bizga bergan buyrug'i. Aqlu qovli, ha davos ta'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
