Eridan shikoyat qilib bir ayol keldi. Agar bir kishini to'rtta xotini bo'lsa, har kecha ulardan bittasi bilan birga bo'lishlik kerak bo'lsa, demak bitta ayolga uch kundan keyin navbat keladi. Bir ayol aytadi nima ish qilsangiz ham mayli dadasi deydi. Ustimga uylanmasangiz bo'ldi deydi. Savollardan bittasi ko'p xotinlik haqida sizning fikringiz qanaqa?
Assalomu alaykum, aziz birodarlarim. Videoni keng tarqalishi uchun layk bosishni unutmang. Payg'ambarimiz alayhissalom sababchi bo'lgan qilgan bilan barobardir deganlar. Inshaalloh, bu sabab siz ham ajrga ega bo'lasiz. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina muhammad sodiqov va'idil amin. Va ala alixi va ashabihi ajma'in. Ummat. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bu ham bir bo'lib o'tgan voqea deb aytilinadi, mana kitoblarda. Bir qizga bir yigit uylandi.
Uzun ko'ynak kiygan, nihoyatda bir kelishgan, chiroyli uylandi. Uylangandan keyin qarasa, hali qizda bitta oyog'i kalt ekan. Uzun ko'yningda kiygan, oyoq kiyimini birini ikkinchisidan balandroq qilib kiygan, shu bilan oyog'i tekkizday bo'lib turmush qurdi. Sir fosh bo'ldi. Endi kuyovni oilasi to'polon ko'tardi. Qo'yib yuborasan, bizni oldi, debdi. Ammo bu yigit nima dedi? Vallohi qo'yib vormayman, dedi. O'zim yoqtirib oldim, taqdirim ekan, bo'ldi, yashayman, dedi. Endi qarang, hech qancha vaqt o'tmasdan Alloh Taolo mana shu yigitga shu ayolga uylandi, shu qizga uylandi, juda katta bir xayriyat berdi. Nima demoqchiman? Shu ayolga uylangan yigitni peshonasi ochilib, boy badavlat bo'lib ketishligi kerak edi.
Demak, shu ayolgaylanmaganida shu narsa kelmas edi. Shu ikkalasi bir bo'lgandan keyin xayriyat taqdir qilganda, uni ham peshonasiga, buni ham peshonasiga. O'shaning uchun biz nima bizga yaxshi ekanligini bilmaymiz. Biz Allohga tavakkur qilamiz. Endi albatta bu o'shaqasini oldi degani emas bu. Aytmoqchi bo'lganimiz, shu rizqni, shu qizni rizqida turmush quygandan keyin, eri bilan mo'l ko'l turmush kechirishiga yozilgan edi. Demak sherik bo'lishdi bular. Uylar bor, tashqi yurishda sodda, faqirona, ammo u uyning ichida yashaydigan odamlar bir biri bilan iymon asosida muomala qiladi. Rabboniy bandalar bo'ladi, bu uy yerdagi jannatni naq o'zi. Yana shunday bir uylar ham bo'ladi, hashamatdor, dang'illama, varang'lagan hovlilar bo'ladi. Buni ichidagi odamlar bir biri balan shaytoniy muomala qiladida, bu uy har qancha dang'illagani bilan yerdagi jahannamni naqqini o'ziga narsa. Demak, oilalarni falon bo'lishligi, turmushni yaxshi bo'lishligi iymoniy aloqalar ustiga qurilgan bo'ladi.
Hafsonamiz roziyalloh anho payg'ambarimizga turmushga chiqqan paytda, rasulullohni nechta ayoli bor edi? Onishonamizni mana shu nikohga munosabati qanday bo'ldi? Hafsonamiz payg'ambarimizga turmushga chiqunicha, payg'ambarmizni ikkita ayoli bor edi. Savdo bint zama va oisha bint abu bakr. Demak uchinchi xotin edi. Lekin asli hisoblasak, hadichonamizga qo'shiq hisoblasak, payg'ambarimizning to'rtinchi xotini edi. Ammo hozir uchinchi xotun bo'lib keldi. Savdo onamiz yoshi katta edi. Shuning uchun Havza onamizni kengshiligini yaxshi qabul qilaverdi. Ammo Oisha onamiz g'ayrligi keldi. Chunki Oisha ham yosh, Havza ham yosh. Endi rashk qilmayotgan kundoshi bilan muomala qilish albatta oson bo'ladi. Ammo rashqqa kelib turgan ayol bilan muomala xilishiga qiyin bo'ladi. Endi bu g'ayurlik, rashq degan narsa ayollarda tabiatidagi bor narsa. Bu kimni ayoli bo'lishidan qat'iy nazar.
Payg'ambarda ayollarni orasida ham, Muhammad alayhissalomning ayollarini orasida ham rashq degan muammo bo'ldi va bo'lishi kerak edi. Chunki shu muammo bo'lsa, Payg'ambarimizdan biz nima ish qilish kerakligini o'rganamiz. Mabodo xotinimiz ikkita yoki undan ko'proq bo'ladigan bo'lsa. Agar umuman muammo bo' olmaganida, ikkita, uchta xotinliklar qayerdan dars olar edi? Aytaylarchi.
Musulmonlarga ibrat bo'lishlik kerak edi. Mana endi mushkula bor bizda. Ikkita yosh xotin bir bo'ldi. Ikkalasi ham Payg'ambarmiz sollallohu alayhi vasallamning qalbini egallashga kurashadi. Biri Abu Bakrni qizi, biri Umarni qizi, roziyallohu alayhi va juma. Kimlarni qizi? Ey, yigitlar, qaynotam tuppa tuzuk odamni shu qizi shunaqa peli chatadi, demang. Chunki agar sizni qaynotangiz Abu Bakr bilan Umar bo'lganda ham, u qizni qiz?
Shu yerda endi bu, nima qilasiz endi? Payg'ambarimiz sollallohu alayh va sallam erkaklarga ta'lim berib, albatta ayol kishi qiyshiq qovurg'adan yaralgan, uni tuzataman dema, sindirib olasan. Qiyshiqligicha foydalanavor degan. Faqat bir biriga moslashib, siz ham o'sha qovurg'aga mos. Ammo mana shu ojiza bo'lgan, latifa bo'lgan, zaifa bo'lgan ayollarga lutf bilan muomala qilishlik, musulmon erkak uchun katta fazilat hisoblanadi.
Bu to'satdan bo'lgan nikohdan Oysha onamiz tilni tiyishlikka majbur bo'ldi. Qayerdan keldi bu muammo? Ahvol og'ir. Payg'ambarimizni qalbini egallashga yana bitta xaridor keldi. O'zi kundoshi Savdo onamizni bir kuni Payg'ambarim bilan bo'lganda o'zi yetarli bo'lib turuvdi. Qari ayol bilan Payg'ambarmiz bir bo'ladigan kechada o'zi yetarlicha bo'lib turardi Oysha onamzga. Endi bunisi keldi. Endi nima qiladi? Rasulullohni yana bir kuni bo'lindi. Xafsonamizga.
Xafsonamizin navbati kelib, Payg'ambarimiz uni uyiga, hujrasiga kirib kelsa, Oysha onamizni ahvoli nima bo'ladi? Umariddin Xattob roziyallohu anhuhu xalifa bo'lib turganlarida, eridan shikoyat qilib, bir ayol keldi. Xalifaga eridan shikoyat qilib aytdiki, erim dedi, kunduzlari ro'zador, tunlari bedor dedi.
Umar uni xatda olib, Alloh baraka bersin, zo'r ekan ering dedi. Shu yerda turgan Ali ibn Abib tolib, e Amir Olim umining, eridan shikoyat quryapti bu ayol dedi. Ali'ga qarab, e Ali, agar tushungan bo'lsangiz, hukm qilib bering dedi. Agar bir kishini to'rtta xotini bo'lsa, har kecha ulardan bittasi bilan birga bo'lishlik kerak bo'lsa, demak bitta ayolga uch kundan keyin navbat keladi.
Bu odamga Ali roziyallohu anhu qilgan hukmi shunday bo'ldi. Uch kun, ya'ni kunduzi ro'zador ayolga qaramaydi bu. Kechasi bedor namozda ayoliga qaramaydi. Ayoli bilan ishi yo'q edi. Ali ibn Obid Olim hukm qildi, uch kun bedor bo'lasan, bir kun ayoling bilan bo'lasan, dedi. Mana shu adolatli hukm bo'ldi. Oyshonamiz, Hafsonamiz, Payg'ambarimizni uyiga kelganda, munosabati qanaqa bo'lganligini aytdik. I birdayam yaxshi bo'lib ketdi ikkalasini muomilasi. Ikkala kundoshni bir biriga bo'lgan muomilasi zo'r bo'lib qoldi. Rashq, g'ayurlik ko'tarilib qoldi, avvalgichalik emas, muomala zo'r bo'ib qoldi.
Buni sababi bor edi. Oyshonamiz, Savdonamiz bilan turganda, Hafsonamimizga o'xshab bo'ldi. Oyishonamiz g'ayrli keldi. Endi Payg'ambarimiz yana boshqa ayollarga uylanib, Rasulullohning xonadonida xotinlarni soni ko'paygandan keyin, boyagi ikkita yosh xotin bir bo'lishib oldi. Zaynab binti Jahsh, Um Musalama, Juvayriya bint Xoriz, Sofiya bint Xayriynaxdab, ayollari bitta bitta kelib, Payg'ambarimizni xonadonida, xotinlar ko'paygandan ke, Oyishonamiz bilan Xafsonamizni mushkulasi ozib qoldi. Rasulullohni ayollarini bunchalik katta adadda bo'lishligini hikmati bor. Bu odamlar o'ylagandek, Rasulullohni bu ayollarga uylanishligidagi asosiy maqsadi bu shahvat emas edi. Bir ayolga uylangan bo'lsa, Payg'ambarimiz mana shu ayolni otasi, sahobani manzilatini ko'tarish uchun edi. Agar bir qabiladan Payg'ambarimiz bir ayolga uylangan bo'lsa, shu qabila bilan musulmonlar o'rtasida do'stona aloqa o'rnatish shunida. Yana bir qabila boshlig'ini qiziga uylangan bo'lsak, ularni islomga bo'lgan, musulmonlarga bo'lgan adovatini pasaytirishida, har bitta uylanishligini orqasida hikmati bor.
Bu shahvoniy kishi bo'lganligi uchun, shahvatni orqasidan quvganligi uchunga Payg'ambarlarimiz xotinlarni ko'paytirgan emas. Bu hammamizga haqiqat aniq. Chunki agar xotinvoz bo'lsa, shahvatni quvaydigan kishi bo'lsa, Payg'ambarimiz naqd qiz bolalarga uylanmasmidi? Biz buni yaxshi bilamiz. Faqat Rasulullohni tanimagan, dinimizga bir adovati bo'lgan odamlar eshitib qo'yishsin bu narsani.
Demak, osh onamizni, xafsonamiz bilan bo'lgan muomalasi yaxshi tomonga o'zgarib qoldi. Bu ikkala kundosh murosaga kelib qoldi. Ajib hol. Bu g'ayrioddiy hol bu. Unaqa bo'lishi kerak emas. Umarun Xattob juda ham ziyrek, hushyor odam bo'lgan. Men makkor emasman degan Umarun Xattob. Men makkor, makr qiladigan makkor odam emasman, lekin makkor meni oldida olmaydi degan.
Umarun Xattob juda hushyor, ziyrek odam edi. Qarasa qizi zo'r bo'lib qoldi Oyshanamiz bilan muammosi. Bunaqa bo'lishi kerak emas da o'zi. Demak bir narsa bor buni orqasidan. Umarun Xatti Payg'ambarimizning bu ikkala yosh xotini tilini bir qilib, boshqa ayollarga nisbatan bir ish qilmoqchi ekanliklarini sezib, bu yaxshilikka emas dedi da, Oysha onamiz bilan ehtiyot bo'lib muomala qilishini qiziga vasiyat qildi.
Ey qizim, bu dugonangizni dedi, ya'ni Oysha onamizi. Sizga yaqin bo'lib qolganligi sizni oldlab qo'ymasin dedi. Ya'ni ikkalanglar bir narsa qilib turib, bir bo'lib turib, boshqa xotinlarga nisbatan bir narsa qilib qo'ymanglar dedi. Chunki siz hali Rasulullohni qalbida Oisha joy olganchalik joy olmadingiz dedi. Umar uni hatto bilar edi, Oisha onamiz Payg'ambarimizga eng sevimli xotin ekanligini. Va Umar uni hatto bilar edi, Siddiq, Abu Bakr Umardan ko'ra Payg'ambarimga yaqinroq ekanligini. Qarang, Umarimni xatti optda kamtarligini. Ya Hafsa. Ayni anti min Aishata va ayni abuki min abiha. Ey qizim, Hafsa, siz kim u, Oisha kim?
Otangiz kim u, Abu Bakr kim dedi? Biz teng bo'lolmaymiz ular bilan dedi. Abu Bakr erkaklarni ichida Payg'ambarimizga eng yoqimligi Oisha ayollarni ichidagi eng yoqimligida dedi. Bahslashmang, bellashmang dedi. Sen Oishaga teng emassan, men uni otasiga teng emasman. Sen unga teng emassan. Agar sen Oysha bilan bir bo'lib bir ish qilib qo'ysang, Alloh Taolo Oyshani rozi bo'lib kechirib yuboradi, senga g'azab qiladi. Sen uni maqomida emassan. Ehtiyot bo'lgin qizim dedi.
Kunlarni birida u menimni Xattob roziyallohu anhu uyga kelib, ayolidan eshitib qoldi. Payg'ambarimizga Xafsonamiz gap qaytarishni boshlabdi. G'azablangan holda qizini oldiga kelib, eshitgan haqida so'radi. Rostmi shu dedi, Xafsonamiz ha dedi. Shunda Umarul Xatto ovozini ko'tarib jirkib berdi. Seni Allohning g'azobidan va Rasulullohning g'azabidan ogohlantirgan edim ku. Ey qizim, Rasululloh uni yaxshi ko'rganiga va o'zini husniga suyangan bu ayol, Oysha, seni aldab qo'ymasin. Aniq bilasan, agar men bo'lmaganimda Rasululloh seni taloq qilardi dedi. Ya'ni seni meni deb xotin qilib yuribdi dedi. Hushyor bo'lgin dedi.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam uyida hamma odamlardagi oddiy bir hayot kechirdi. Oddiy bir kishi daqa. Agar shunday bo'lmasa, siz bilan bizga ibrat bo'larmidi? Ibn Sa'd o'zining tabaqotida keltiradi. Xudoybek Sulhi va Rizvon bay'ati haqida shunday rivoyat qiladi. Rasululloh havsonamiz bilan o'tirib gaplasharkan, Xudoybek Sulhida Payg'ambarimizni qo'liga qo'lini qo'yib, daraxt ostida bay'at bergan sahobalari haqida gapirib shunday dedi. La yadxulun naro inshaallohu min ashabi shajarati ahadun. Inshaalloh mana shu daraxt egalaridan, bay'at berganlardan biror kishi jahannamga kirmaydi dedi.
Laqot roziyallohu anil muminina id yubayi unaka taxta shajara degan edi Allohu. Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Darhaqiqat Alloh mu'minlardan ular daraxt ostida sizga bay'at qilayotgan vaqtlarida rozi bo'ldi. Hafsonamiz eshitib turibdi. Hafsonamuz birodarlar, zakovatlik, yuraklik ayoladi, jur'atlik ayoladi. Kimni qizi? Shunda ha, Rasululloh jannatga kiradi degan, lekin va immin qum illa va riduxa ham degan u dedi. Rasulullohga nima qilyapti? Rasululloh bilan bahs qilyapti.
Va immin qumilla va riduxa. Sizlardan har biringiz undan o'tguvchidirsiz, vurut. Do'zax haqida Alloh har bittalar o'tasizlar degan u dedi. Payg'ambarimiz ha dedi. Lekin Alloh yana aytgan, summa nuna jilladiyna taqov va nazarud zolimeena fii haj fiiya. So'ng taqvodor bo'lgan zotlarni undan qutqarurimiz ham degan dedi. Qarang, Rasululloh bilan bir latif munosha qilyapti. To'g'ri jannatga kiradi yu, lekin do'zaxdan o'tasizlar degani hammanglar desa, Payg'ambarimiz javob berib turib, biz ularni qutqaramiz degan. Hammamizga ma'lum birodarlar, o'tish degani kirish degani emas. Jahannamdan o'tish degani, sirot ko'prigi tortib qo'yiladi jahannamni ustida. Har bitta musulmon shuni ustidan o'tadi da, jahannamni ko'radi. Va agar musulmon bo'lmaganida, tushadigan do'zaxdagi o'zini joyini ko'radi. Agar musulmon bo'lmaganida shu yerga tushar edi, shuni ko'radi da, yana ham xursandchiligi ziyoda bo'ladi, shu yerga tuchmasdan o'tib ketyapman. Jannatdagi joyida yana ham xursan bo'lib o'tilishlik uchun Alloh Taolo jahannamni ko'rsatadi. Hafsonamiz roziyallohu anhoning hayotida yana bir voqea sodir bo'ldi. Va mana shu voqea sababli Payg'ambarimiz Hafsonamizni javobini berdi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam havsonamizni bir taloq qildi va mana shu narsa bilan bu onamizga ta'lim berdi. Sababi, Xafsonamiz Payg'ambarimizga unga aytgan sirni fosh qilib qo'ygan edi. Qissa quyidagicha edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zining ayoli Moriya Qibitiga bilan Xafsonamizning hujrasida yolg'iz qoldi. Kundoshi kundoshini uyida eri bilan yolg'iz qoldi.
Moriya Qibitiga Muqovqizdan, Misr podshohi Muqovqizidan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga hadya bo'lib kelgan edi. Endi bu narsadan Xafsonamiz qattiq bir xafa bo'lib, Rasulullohni oldida qattiq yig'lab berdi. Rasululloh u onamizni ko'ngli uchun, u onamizni yupatmoqchi bo'lib, agar uni o'zimga harom qilib, unga qaytib yaqinlashmasam, mendan rozi bo'lasizmi dedi. Agar unga yaqinlashmassam rozi bo'lasinizmi dedi. Xafsonamiz ha dedi.
Payg'ambarimiz Moriya onamizga bormaydigan bo'ldi, uni o'ziga harom qildi. So'ngra Payg'ambarimiz Xafsonamizga buni hech kimga aytmang dedi. Ya'ni kundoshini Payg'ambarimiz o'ziga haram qildi, buni birovga aytmang dedim. La tadakkur i dha'rikali ahad, farodiyat hafsa bi dalik. Hech kimga bu sirni aytmang, dedi. Hafsonamiz bunga rozi bo'ldi. Mana shu kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hafsonamiz bilan birga bo'ldi. Hafsonamimiz xursand bo'ldi. Sir aytishlikni, ya'ni sirni saqlab turishlikka toqati yetmadi. Tong otdi, sabr qila olmasdan oishonamiz roziyallohu anhoga aytib berdi. Kecha Rasulullohni meni oldimda edi. Rasa yig'lab beruvdim. Uzoq noriyani o'ziga harom qildi dedi. Rasululloh sir deb aytgan narsani fosh qilib qo'ydi.
Alloh Taolo Hafsonamizga va umuman boshqa mo'mino onalarimizga ta'lim berib, yo'l ko'rsatib, adab berib, hidoyat qilib, ushbu oyatlarni nozil qildi. Astaydu billah. Vo id asarron nabiyyu ila ba'di azvajihi hadifa. Falamman nabba at bihi va adahara hu allohu alayhi ar rofa ba'da hu va a'roda ambad, falamman nabba ha bihi qolat man amba aka hada, qoli nabba niyal alimul xobir. Alloh Taolo nima dedi? Payg'ambar juftlaridan biriga, ya'ni Hafsonamizga, bir so'zni pinhona aytganini eslang. Endi qachonki Hafsa, u sir haqida xabar bergach, kimga? Osh onamizga. Va Alloh jabr oil farishta vositasida Payg'ambarni xavsaning qilmishidan voqif qilgach, u xavsaga o'zi voqif bo'lgan narsaning bazasini bildirdi va bazasidan yuz o'girdi, bildirmadi. Bas qachonki Payg'ambar xavsaga o'si voqif bo'gan narsani bazasi haqida xabar bergach, u kim sizga bu xabarni berdi dedi. Payg'ambar menga bilguvchi va xabardor zot xabar berdi dedi. Mana endi bu sirni, Payg'ambarimiz omonat qo'ygan sirini fosh qilishligini oqibati nima bo'lishini xafsonamiz o'ylab ko'rmagan edi.
Payg'ambarim bir taloq qildi. Umarun xattob roziyallohu anhu bundan xabar topganida juda qattiq achchig'i keldi, g'azablandi. Chunki Rasulullohni oldida yuzi erga qarab qoldi. Bundan keyin Alloh Taolo umarga ham, xafsonamizga ham parvo qilmaydi deb o'yladi. Chunki Payg'ambarimizga qizini nikohlab berib, juda bir katta sharafga ega bo'lgan edi. Endi nima bo'ldi? Endi talog'ini berib qo'ydi Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga Jibril alayhissalom kelib, shunday dedi. Innalloha ya amruka in turoja ya hafsa, rahmatan bi omar. Jabrulloh alayhissalom kelib Payg'ambarimizga, albatta Alloh xavsani umarga rahmat sifatida qaytarib olishingizni amr qildi dedi. Umar ibn xattobni yuzidan umar ibn xatobga rahmat sifattida qizini qaytarib oling dedi. Chunki Umar ibn xatto roziyallohu anhuning makonoti ulug' edi. Yana bir rivoyatda gibrid alayhissalom aytadi Payg'ambarizga, arji hafsata fa inna ha savomatun qavoma va inna ha zavjatu kafil janna. Xavsani qaytaring. U savoma, qavoma va albatta u sizning jannatdagi zavjangiz bo'ladi, dedi.
Mana shu voqeadan keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollaridan bir oy chetlanib oldi. Ularga odob berdi. Atrofga Payg'ambar alayhissalom ayollarini taloq qipti degan xabar tarqadi. Hammasini taloq qildimi? Yoki bittasinimi? Sohibalardan birortasi kelib Payg'ambarimizdan buni aytib so'ragani jur'at qilolmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam birodarol muloyim, halimzod bo'lgan. Kishpel bo'lgan, kamtar bo'lgan, lekin shu vaqtni o'zida sirli, haybatli bo'lgan. Abu Bakrdek, Ummardek sohibalar kelib tikka gapirgani haybatlanishgan. Demak, insonda sir bo'lishligi uchun, haybat bo'lishi uchun albatta shu qovog'ini solgan odamlarga bir qo'pol unaqa emas. Agar inson taqvo qiladigan bo'lsa, Alloh Taolo uni haybatini ziyoda qilib qo'yadi. Kunlarda birda umarun xattob roziyallohu anhuda odamlar haybatlanib, yuraklari yorug'lar bo'lib, kelib aytishdi xalifa bo'lib turgan paytda. Ey amira, mo'mining, sizni haybatingizdan yuraklarimiz yorilib ketay deydi. Sal muloyimroq bo'ling.
Degan edi Umar Xattob, bu sizlarga haybatli bo'layotganligim, meni sizlarga qilayotgan zulmim sabablimi dedi. Sizlarga zulm qilgani uchun qo'rqasanmi, mendan haybatlanasizlarmi? Yo'q, sizdan faqat adolatni ko'rganmiz. Umar Xattob Parvardigor, meni haybatimni yana ham ziyoda qilgin deb so'raydi. Demak, inson taqvoliy bo'lsa, mustaqim bo'lsa, dinida, Ollohni hukm bilan tatbiq qilishliklar doimiy bo'ladigan bo'lsa, Alloh bu bandaga haybat beradi, sir beradi.
Demak, Madinada Rasululloh ayollarini taloq qilibdi degan gap tarqadi, lekin hammasini taloq qildimi, bittasini taloq quldimi, birorta sohiba kelib, botinib Payg'ambarimizga bu haqida so'z ocha olmadi. So'ngra shoshilganicha o'zini qizi, Xafsonamizni uyiga keldi. Xafsonamiz yig'lab o'tirardi. Unga Rasululloh: "Seni taloq qildi, shu rostmi?" dedi. Xafsonam: "Uz ha" dedi. Umariddin Xattob roziyallohu anhun ikki marta kelib, Rasulullohni oldiga kirishlikka ruxsat so'radi. Rasululloh izn bermadi.
Uchinchi marta Umarim Xattob uchinchi marta Rasulullohni huzuriga kirishga izn so'radi, izn berildi. Umarim Xattob kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shu mayda toshlarni ustiga yonboshlab olib yotar edi. Ya'ni toshlar Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning biqiniga botib qolgan edi. Kirdi da: "Yo Rasululloh, ayollaringizni taloq qildingizmi?" Dedi.
Payg'ambarimiz boshini ko'tarib: "Yo'q" dedi. Umarun Xatto xursand bo'lib ketdi. Allohu akbar dedi. Rasululloh haybatli edi. Umarun xatto juda bir haybatlanib, bir xijolat bilan gapirar edi. Umaruni xatto xursand qildi. Keyin nima dedi? Yo rasululloh ko'rmaysizmi dedi. Biz kurashniylar ayollarimizni ustun edik. Madinaga kelsak, bu yerlik ayollar erlaridan ustun bo'lishar ekan. Bizni ayollarimiz ham bu yerlik ayollardan ta'lim olishibdi.
Bizni ayollarimiz ham bu yerdagi ayollardan ta'lim olishibdi. Bir kuni ayolimga g'azab qilib, ovozimni baland qilib gapirsam, gap qaytarib qoldi. Men hayron bo'ldim. Ayolim, menga nimaga hayron bo'lasiz? Vallohi, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ayollari ham Payg'ambarimizga gap qaytarishar ekan. Bir kun, bir kunlab ovozlashib olishar ekan, dedi. Umar ul Xattob: agar sizlardan kim shunday qilayotgan bo'lsa, noumid bo'libdi, ziyon ko'ribdi, dedi. Axir Rasulullohni g'azabi uchun Alloh g'azab qilishidan xotirjam bo'lar, dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qarab bir kulib qo'ydi so'ziga. Tabassum qilib qo'ydi. Umariddin Xattob davom etdi. Yo Rasululloh, men xavsani oldiga kirib, unga Oysha seni dugonang bo'lgani seni aldab qo'ymasin. U sendan Payg'ambarizga sevimliroq, dedi. Payg'umbarimiz ikkinchi marta kulib qo'ydi yana. Umar o'tiraveraymi deb so'radi.
Payg'ambarimizni ko'nglini olib, ikki marta tabassum qilgandan keyin so'rayapti, o'tiraveraymi deyapti. O'tiraveray mi dedi umariddin xattop. Rasululloh ha dedi, o'tirdi. Umar ibn Xattob turadi, aytadi, o'tirib, boshimni ko'tarib, qarasam, vallohi uyda ko'zim tushadigan biror narsa yo'q edi deydi. Vallohi bu mubolag'a emas, birodarlar. Mubolag'a emas. Chunki Adiy ibn Xotamud toyini Payg'ambarimiz o'zini uyiga ertalab kelganda, uni tagiga solgani to'shagi bo'lmaydi. Bir dona yostiq bo'ladi. U yostiq ham ichiga xurmo, po'stloqlar yumshatib solingan yostiq edi. Adiy ibn Xatamud toyi toy qabilasini podshohsi edi. Rasululloh haligi yostiqni olib turib, haligiga uzatdi, o'tir dedi. Qaytarib berdi o'zi o'tiring dedi. Payg'ambarim o'tir dedi, o'tirdi. Boshqa hech narsa yo'q edi.
Shuning uchun dunyo ishlarida o'zimizdan pastroq odamlarga qarasak, hammamiz hayotimiz farovon, xotirjam bo'ladi. Agar dunyo ishida o'zimizdam baland bo'lgan odamlarga qarsak, hech qaysimiz hayotimizdan rozi bo'lmaymiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollardan xafa bo'lib, bir oy tashlab qo'yishga ahd qilgan edi. Shunda Alloh Taolo Payg'ambar ayollarini malomat qilib, yana oyatlarini nozil qildi.
Va in toza oxara aliy, fa inna alloha huva mavla huva gibri ila va solihul mu'miniy val malayka tu ba'da va alika zohir. Alloh Taolo mana shu ikkita onamizga xitob qildi. Xavsa va Oishonamizga. Agar sizlar bu qilmishlaringiz uchun Allohga tavba qilsangizlar, o'zlaringizga yaxshiroq bo'lur. Chunki sizlarning dillaringiz haq yo'ldan toyib ketdi. Ammo agar sizlar Payg'ambarning ziyoniga bir biringizga yordam bersangiz, ya'ni u zot bilan ayollarni o'rtasini buzadigan ishda bir birlarga yordam berib turib, shunday ish qiladigan bo'lsanglar, u holda shak shubhasiz Allohning o'zi ham, Jabroil ham, solih mo'minlar ham uning madadkorlaridir. Yana bulardan keyin farishtalar ham Payg'ambarga yordamchidir. Payg'ambarimizni mana shu ikkita ayoliga Alloh Taolo xitob qildi. Payg'ambarda ziyoniy ish qiladigan bo'lsanglar, Payg'ambarni yordamchisi Alloh, Jabroil va solih mo'minlar.
Asarobuh in tollag'ukun na yubidilahu azvajan hayron ming kun muslimating, mu'minating, qonitating, taibating, abidating, sayihating, tayyibating va abikaro. Ehtimol, Parvardigori, agar u sizlarni taloq qilsa, unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, mo'mina, itoat etuvchi, tavba tazaro qiluvchi, obida, mudom, Allohni yo'lida ketguvchi juvon va qizlarni almashtirib beraver. Agar sizlar Payg'ambarni bunday qilib dilini og'ritadigan bo'lsanglar, Alloh Taolo sizlarni javobinglarni belgizadi, sizlarni oninglarga sizlardan yaxshroq bo'lgan ibodatlik, Allohga itoatda bo'ladigan qiz va juvonlarni xotin qilib beradi.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning oilasida bo'lgan bu ishlar har bitta musulmonni uyida bo'lishligi mumkin. Har bitta musulmonda uyida. Mana shunday holatlarda nima ish qilishlik kerak? Qanday yo'l tutishlik kerak? Rasulullohning hayotidan va umma xotin mo'minalarning hayotidan mana shu narsalarni siz bilan biz ta'lim olamiz, o'zimizga andoza, ibrat olamiz. Payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallam xavsonamizga hijratni uchinchi yilida uylangan.
Hafsonamiz roziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan juda ko'p hadislarni rivoyat qilgan. Yana Umar ibn Xattobning o'g'li Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu ham opasidan, Hafsonamizdan ko'p hadislerni rivoyat qilygan. Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam aytganlar: innalloha ixtaroning va ixtarali ashabiy. Alloh Taolo meni tanlab oldi va mening asboblarini ham men uchun tanlab berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollari, Rasulullohning oilasi, birodarlar da'vatning bir qismi. Chunki bular Rasulullohga oila bo'lar ekan, juft zavja bo'lar ekan. Rasulullohni aytgan ko'p so'zlarini, hadislarini, Rasulullohni atgan va qilgan ishlarini tashqariga odamlarga olib chiqishligi kerak. Chunki Payg'ambarimizning har bitta so'zi va fe'li shariatning asli hisoblanadi.
Shu sababli Payg'ambarimizning atrofidagi odamlar va xususan ayollari o'ta mas'uliyatli va muhim ish ularning zimmasida turgan. Avvalgi darslarimizda aytib o'tdik. Rasululloh bir ayolga uylandi. Uylanib oldiga kirganida haligi ayol a'udhu billahi min ka dedi. Sizdan panoh tilayman Allohga, dedi. Payg'ambarmiz il haqiy biyahliki. Boring bizga ketavering, dedi. Chunki Rasulullohdan eshitgan so'zlarni, Rasulullohdan ko'rgan fe'llarni tashqariga olib chiqish kerak bo'lgan ayolni fahmi shunaqa bo'lishligi kerakmi? Bu yoqdagi ayollar, bu yoqdagi odamlar Rasululloh shunaqa desang yaxshi ko'radi desa, o'ylab ko'rmasdan shart aytib yuboradigan bo'lsa, fahmi aqli shunaqa past bo'ladigan bo'lsa. Albatta Rasulullohga juft bo'lishiga boy ol yaramaydi. Demak, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning atrofida bo'lgan odamlar aqlli, xushli, o'tkir zehnli va fahm farosatli bo'lishligi kerak edi.
Hafsa onamiz roziyalloh anho Muoviyat ibn Abu Sufiyonga bay'at berilganida xalifalikka vafot etgan. Vahiy kelishidan besh yil avval dunyoga kelgan. Muoviyat ibl abu sufiyon xalifa bo'lgan davrda vafot etgan . Havsonamiz roziyallohu anhob payg'ambarimizga turmushga chiqishlikdan oldin, kuyovi kim bo'lgan? Bu kishi nima ish qilgan? Qaysi g'azotda vafot etgan?
Havsonamiz necha yoshida eridan tul qolgan? Hunays ibn Xuzofah Sahmiy. Hunays ibn Xuzoah Sahmiy. Bu kishi havsonamizning birinchi eri. Birinchi kunlardan boshlab, birinchi kundan Islomni qabul qilgan kishilardan edi. U kishi Habasistonga hijrat qilganlardan. Keyin qaytib kelib, Makkaga, Payg'ambarimizni buyrug'iga muvofiq Madinaga hijrat qilgan edi. Demak, Hunays ibn Xuzofa ikkita hijratni sohibi edi.
Hunays ibn Xuzaffar roziyallohu anhud Uhud g'azotida jarohat oladi va mana shu jarohati tufayli ko'p o'tmay vafot etadi. Shunda xafsonamiz roziyallohu anho beva qoladi, tul qoladi. Birodarlar erini, farzandlarini xizmatida qoyim bo'lgan ayol, muslima ayol jannatga kiradi. Ayyomni ishi oson. Payg'ambarimiz aytganlaridek, besh mahal namozini o'qisa, ro'zasini tutsa, eriga itoat qilsa, o'zini pokiza saqlasa, mana shu amali bu ayolni jannatga kirishligiga kifoya qiladi.
Hunaysunni huzo'fi roziyallohu anhu birodarlar Badr g'azodiga ham qatnashgan edi. O'g'it g'azodiga qatnashdi. Badr g'azoda qatnashlik bu ulkan sharaf edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mushriklar bilan fe'lan jang maydonida birinchi marta mana shu Badr g'azoti to'qnash keldi. Bu Badr g'azotida qatnashganlar haqida, e amalumi sha'tum, fainni qod g'ofur to'laku'm. Endi, ey ahli Badr, xohlagan ishinglarni qilinglar. Men sizlarni hamma gunohinglarni kechirdim deyildi. Bu kishilarni bunday maqomga yetishligi, bular shunga loyiq edi. Chunki islom, din zaif, quvvatsiz bo'lib turgan paytda ular dinga yordam bergan edi. Odamlar bor, dindan foydalanadi. Yana odamlar bor, dinga foyda keltiradi. Odamlar bor dinga yuk. Yana odamlar bor, dinni yukini o'zlari ko'taradi. Odamlar yo salbiy bo'ladi, yo ijobiy bo'ladi.
Islomda avvalida bunaqa ulkan xizmat qilgan kishilarni hisobi ham oddiy bo'lmaydi. Umuman islomga, dinga, ummatga, xalqiga vaqtini sarflayotgan, mehnatini sarflayotkan, molini, ruhini sarflayotagan odamlar, bularni hisobi hammanikidaqa bo'lmaydi'. Ularni Alloh Taolo o'ziga bir xos hisob bilan hisoblaydi. Chunki aytdik ku, yuk bo'lgan odamlar bor, bu yukni ko'tara oladigan odamlar bor.
Ummat uchun ishlayotganlar bor. Bir xayriya eshigini ochayotgan, odamlarga foydasi tekkan, qo'lida bor bo'lgan narsasini din yo'lida, Allohni roziligi yo'ligida berayotgan odamlar bor. Albatta bularni hisobi boshqalardan farqli bo'ladi. Xunays roziyallohu anhu mana Uhud g'azodida olgan jarohati tufayli uzoqqa bormasdan vafot etdi. Xafsonamiz mana shu paytda yigirma yoshlarni atrofida edi. Yigirma yoshga kirgan ayol mana eridan beva qoldi.
Xafsonamizni kuyovi o'ldi. Otasi Umarovni Xattobning ahvoli qanday bo'ldi? Kunlar o'tdi, iddasi tugadi. Umarovni Xatti qizini erga bermoqchi bo'ldi. Qiziga sovuch kelavermadi. Qanday ishlar sodir bo'ldi mana shu xususida? Umarovni Xatto qattiq alam chekdi, chunki qizini eri o'ldi, tul qoldi. Farzandni qadrini ota biladi birodarlar. Ota uchun eng katta baxt farzandlarini saodatli ekanligini ko'rishlik. Bu narsa uchun har qaysi ota har qancha mehnatga tayyor bo'ladi. Bu narsani ko'pchilik farzandlar bilmaydi. Bolasini foydasini, bolasini manfaatini ko'zlab gapirgan otani gapini mol ololadi. Dadam qarib injiq bo'lib qoldi. Onam qarib injik bo'lib qoldu.
Agar bir otani farzandlari, qizlari, kuyovulari bilan, o'g'illari, kelinlari bilan osoyishta hayot kechirayotgan bo'lsa, mana shu ota dunyodagi eng baxtli inson. Shuning uchun farzandni tarbiyasini chiroyli qilgan ota onaga Alloh Taolo oxiratdan avval dunyoda o'zida ham mukofot berib qo'yadi. Zo'r tarbiya qilgan odamga Alloh Taolo bu farzandlarni tarbiyasi uchun shu dunyoda o'zida ham mukofot beradi.
Robbana hab lana min azvajina va zurriyatina qur'ata ayun. Parvardigor, o'zing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shodi xurramligini ato etgin. Ayolidan, farzandidan inson qachon shodi xurram bo'ladi? Qachon ularni ko'rganda ko'zi quvonadi? Qachonki tarbiyasini zo'r qilgan bo'lsa. Yoshligida parvarishini zo'r qilsa, halol yegizgan bo'lsa, Allohni tanitib, bolasini haqlarini bergan bo'lsa? Bu bola katta bo'lganda albatta ota onasini ko'zini quvontiradi.
Qurib ketkuray, qanday balokkinda tug'ilib qolgan ekansan? Nimaga odamlarda bolasidaqa emassan deyotganda, shu ota, shu ona insof qilsin. Buni kim shunaqa qildi? Narigilarni kim unaqa qildi. Ularni ham ota onasi, buni ham ota onasisi. Ayrim odamga bolangiz yaxshi inson bo'libdi, tarbiya qilganingizga Alloh rozi bo'lsin, sonli farzand boqibsiz desa, bu ota uchun dunyodagi eng katta boylik shu.
E, odam podam bo'lmabdi bolangiz. Bolasini deb ko'chadan gap eshitsa, otaga bundan ko'ra og'irroq, og'irroq holat yo'q. Endi ota o'zi tarbiya qildi da, nima qilamiz endi? Nima qilamimiz? Undan tashqari, qaysi ota o'lmaydi, bilasizlarmi? Bir otaki, uni farzandi shu ota xohlaganday odam bo'ldi.
Ota, bolasini qanaqa bo'lishini xohlovdi. Bola shunaqa bo'lib yetishdi, mana shu ota o'lmas ekan. Shunaqa otalar bo'lar ekan, tirik bo'lib turib o'lar ekan. Chunki boqqan farzandi ota xohlagandaqa emas. Bunday otani farzandi boyagi solih farzandni otasi qabriga kirgan chog'ida ham savobli amallari to'xtamaydi. Bu ota o'zi gunoh qilishdan, savob qilishdan to'xtadi. Ammo farzandini qilgan savobli amallaridan otaga ulush borib turadi. Shuning uchun farzandlarini tarbiyasini zo'r qilgan ota, o'lganda ham savob amallari tirik bo'ladi. Demak, siz bilan biz farzandlarni tarbiyasiga juda qattiq e'tibor berishimiz kerak bo'ladi.
Inson hayotda yasharkan, qancha uzoq umr ko'rsa, shuncha issiq sovuqni ko'p ko'radi. O'qiydi, so'raydi, eshitadi, o'rganadi, izlanadi, umrini oxiriga borganda katta ilmga va katta tajribaga ega bo'lib qoladi. Agar mana shunaqa tajribasi katta bo'lgan odamga, yoshi falon yoshga borgan, nimani orzu qilardingiz desa, yoshligim qaytib kelsa, mana shu o'qigan, eshitgan, to'plagan tajribam bilan zo'r hayot kechirgan bo'lardim deydi.
Endi qarang, siz bilan bizga o'xshagan umrini avvalida, umrini boshida turgan yosh yigit, yonida ellik yil, oltmish yil, yetmish yil yashagan bir hayotiy tajribasi katta bo'lgan bir odam bor. Agar shu yosh yigit shunaqa hayotiy tajriyasi katta bo'gan odamni maslahatlariga quloq solsa, yomon bo'ladimi? Yana bu maslahat berayotgan odam xolis.
Xolis yordam beradi, xolis maslahat beradi, bekorga maslahat beradi. Buni misoli shuki, bir inson safarga chiqmoqchi, bir yosh yigit, bir yigit hayoti safarga o'xshaydi. Hali o'zi ko'rmagan, bilmagan bir yo'lga yurmoqchi. Qiynlanadi. Agar yolg'iz ketsa. Agar mana shu yo'lni bosib o'tgan bir yoshi kattaroq, shu yo'ldan bir necha marta yurgan, tajribasi bor odam bo'lsa, haligi odam aytib turadi. Mana yerda burilish bor, sekinroq yur. Marra chuqur, ehtiyot bo'l. Marra domlik, bunga bunday qil. Mana shu yigit qoqiladimi hayotida? Qoqilmaydi. Qoqilmaydimi? Shuning uchun uylanish arafasida turgan birodarlarimizga aytamizki, endi uylanadigan odamni nazarida, uylansa, eng baxtli odam shu bo'ladi. Uylansam, farzand ko'rsam, ayolim ham, farzandim ham ko'zimni quvonchi bo'ladi deb o'ylaydi. Akalar, hali mehnat qilish kerak.
Chunki yerni oldingiz, bo'ldi, bog' bo'ldi, daromad tushdi degani emas. Bu yerni olgandan keyin uni parvarish qilaylik, qilish kerak, daraxtga o'chirish kerak, tutash kerak, yil kerak, mehnat qilishi kerak, inay daromad olasiz. Uylandinglarlar bo'ldi degani emas! Yaxshi xotin deb tanladim bo'ldi emas. Uni u yog'iga ish, undan ham ko'ra muhimroq bo'lgan narsa. Ko'p mehnat qilishingiz kerak, ko'p sabr qilishlik kerak.
Endi yigirma ga yetgan yoshi qizi, xafsonamiz, bevaqoldi, umariddin xatto bundan alamlandi. Iddasi tugadi. Endi umariddin xattob uzatish haqida fikr qildi. Endi hamma ota ham bolasini bolasini saodatli umr kechirishini orzu qiladi. Qarang da, o'zi solih ota ona bo'lishlikni o'zi shu ota enani jannatga olib kelib ketadigan amal. Qaytaraman. Solih ota ena bo'lishlikni o'zi sizni jannatga kirib ketishingizga kifoya qiladigan amal. Kunlar o'tdi, sovchi kelavermadi. Umar uni hatto g'amga kirib qoldi. Ba'zida ham bo'ladi, qizing o'n sakkiz ga kiradi, yigirma ga kiradi, yuz bir ga kiradi, sovchi kelayvermaydi. Taqdiri kelavermaydi. Xaridordan daryo yo'q. Yuz ikki ga kirdi, ammo sovchidan xabari yo'q. Ota ona iztirobga tushib qoladi. Nima qilsamikin? Yoshi o'tib ketyapti, qarib qolyapti. Birodarlar, Alloh taqdir qilgan kunda bo'ladi ish.
Mana shunaqa qilib siqilib bo'g'ilib o'tiradi da, alloh taq dir qilgan bo'ladi, bir solih yigit kelib qiziga xardor bo'ladi, uylanadi, hamma g'amduxlari chiqib ketadi. Islomiy chiroyli muomalani qiladi, o'tirib qolganligi yoki sovchi kelmagan davrda, ota ona nima qilmaydi? Eslab ham qo'ymaydi. Shuning uchun, musulmon ota, musulmon ona Allohni taqdiriga, taqsimiga rozi bo'lishlik kerak. Shunda xotirjam bo'ladi. Ha, siqilaverma qizim. Senga ham bir yozib qo'ygan joyi bor. Yo o'g'lini uyla olmasdan, kelinga topa olmasdan, taqdir kelmasdan yuradi. Oylab, yillab. Birodar, xotirjam bo'. Senga ham qayergadir yozib qo'shilingan. O'shaga onang borgunicha nima qilasan? Sabr qilasan, duo qilasan.
Kunlar o'tdi sovchi yo'q. Umariddin Xattob roziyallohu anhu mana shu g'amini Abu Bakrga aytdi. Abu Bakr Siddiq roziyallohi anhu Umariddin Xattobni haqiqiy mustahkam, iymoniy do'sti edi. Sirdoshi edi. Qizini uzatmoqchi ekanligini aytdi. Endi qarang, kishini ichingdagi dardini ishonib aytadigan bitta bir do'sti bo'lishi bu katta ne'mat. Ya'ni ayta olasan da, hamma yog'ingni ayta olasan. Bunaqa odam ko'p bo'lmaydi, bitta yoki ikkita o'ladi. Shunaqa do'sti yo'q odamga hayotda qiyin bo'ladi. Chunki inson g'amini, dardini bir oyga sosa, yoziladi. Aytsa, yoziladi. Bilasizlarmi, manaqa psixologlar deb qo'yadi hozirgi tilda. Shu psixologlarni ruhshunos bu yerda. Ana shu odamni asab kasalliklarini davolashda, stressni chiqarishlik uchun, shunaqa bir uslubi bor. Haligi bemor uzum tushib yotadi divanda, haligi psixolog o'tiradi oldida ruhiy tabib, qo'lida ruchkasi bilan gapiring deydi, yotib olib gapiradi. Yoziladi shu bilan, shunaqa uslub ham bor odamni davolashda. Inson ichidagi narsani birorga aytib sotsa yengillaydi. Shuning uchun aytilinar ekan, diqqat qilinglar. Musulmonga o'zini holidan shikoyat qilgan odam Allohga shikoyat qilyandek bo'ladi.
O'zini holida kofirga shikoyat qilgan odam Allohda shikoyat qilib bo'ladi. Chunki musulmonga shikoyat qilsangiz nimani gapiradi u? Birodar, Allohni taqdiri deydi. Alloh shuni sizni shu narsa bilan sinayaptikan deydi. Berganda rozi bo'lganmidingiz? Endi olib qo'yganda rozi bo'ling deb turib, Allohni so'zini eslatganligi uchun musulmonga holingizdan shikoyat qursangiz, go'yoki Allohga holingizdan shirkat qilgan bo'lasiz. Agar Allohni tanimagan kofirga shikoyat qilsangiz, Allohni bergan kunidan bandasiga shikoyat qil ekan bo'lasiz. O'zi umuman bandasiga shikoya qilish yaxshi ish emas o'zi. Jaynamozda to'kib olsangiz Allohni o'ziga aytib, bo'ladi. Endi baribir sabab bor da, ro'parangizda odam turadi, shunga dard yaratishga to'g'ri keladi.
Undan tashqari bir odam g'amga kirib qolgan paytda kallasi yaxshi ishlamaydi. G'am ezib turadi, dars qilib turadi, to'g'ri fikr, to'g'ru yechim qabul qilishlikka imkoniyat yo'q bo'ladi. Endi boyagi unaqa bir solih, Allohni tanigan iymonli, aqlli, ilmli, tajribali birodari bo'lsa, buni ezmayapti da bu g'am. Bu tashqarida turibdi. To'g'ri xulosa, to'g'ribay yechim qila olishligi mumkin. Shuning uchun Umariddin Xattob roziyallohu anhu Abu Bakrga o'zini ishini maslahat soldi. Tez gapirib yubormayapmanmi?
Hech kim maslahat olishlikka kattalik qilmaydi. Hatto Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga Alloh Taolo o'zi vahiy tushuntirganiga qaramasdan, Alloh o'zi qo'llab turishiga qaramasdan vashaaviy ruhun bil amr deb buyurdi. Asxoblaringizga qiladigan ishlaringizda maslahat soling dedi. Muhammad alayhissalomga maslahat berishgan ekan. Solmoni forsiy xandaqni kavliylik dedi. Chunki mana shu ishda payg'ambarimiz o'zi bir yo'l topmagan edi, hech kimni fikriga kelmagan edi, payg'ambar sollallohu alayhi vasallam oldi.
Habobim nima uzr, badrda, payg'ambaringiz tanlagan joyda kelib turib, odob bilan faqat maslahat. Yo rasululloh, mana shu joy dedi, biz qo'shimni tushirgan joy. Alloh vahiy qilgan joymi? Yoki o'zingizni fikringizmi dedi. Jangdagi hiylangizmi dedi. Meni hiylam fikrim dedi. Unda bu joy joy emas dedi. Falon joyga boraylik, suv bizda bo'ladi, ularda bo'lmaydi. Jo'yali maslahatni berdi, payg'ambar alayhissalom oldi. Demak, hech kim maslahat berish olishlikka kattalik qilmaydi.
Shuning uchun jamoat, birodarlar. Shuning uchungi jamoat rahmat, yolg'izlik azob. Jamoat rahmat. Yolg'izlik, azob. Bitta o'zingiz har qancha kuchli bo'ling, har qancha esli bo'ling, bitta odamsiz. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlar, imom ahmaddan. Fa innash shaytona ma al vahid vahua minal ifnani abad. Albatta shayton yolg'iz odam bilan bo'ladi. Yolg'iz odom bilan shayton bo'ladi. Ammo shayton ikkita odamdan uzoqroq bo'ladi. Demak, yolg'izlik, azob, jamoat, rahmat.
Ma xo ba man istahor, vala na di ma man istashhor. Istixora qilgan baxtsiz bo'lmaydi, maslahat so'ragan nadomat chekmaydi. Istixora Alloh'dan so'raladi. Maslahat odamlardan. Mushkulingizni hal qilishlikda, Alloh'dan yechim so'raysiz namozda, chiqib turib odamlardan maslahat so'raysiz. Endi bizni zamonimizga kelib turib, bir odamga men senga qizimni nikohlab bermoqchiman deyish uyat.
O'zini qizini birovga nikohinga olgin deb taklif qilishlik uyat. Ammo birodarlar, Payg'ambarlardan sunnat ekan bu. Payg'ambarlarni tarixiga murojaat qilsak, Muso alayhissalomga shu aybal alayhissalom o'zi qizini taklif qildi. Hali Muso Payg'ambar Payg'ambar bo'lmasidan avval. Qola inniy uriydu an unki haka ihda binatay yahatayn.
Men senga mana shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman dedi. Yana qaytarib aytaman, bizni zamonimizda bu ma'qul emas. Odatlarimizga xilof. Bir ishi bo'lsa kerak. O'shaning uchun taklif qilyapti qizini deydi. Ammo birodarlar shunga o'xshagan, shunga o' xshagan odatlar hayotimizda ko'p yayilib ketgan. Islomga hech qanaqa aloqasi yo'q. Aksincha g'ayriy dinlarda urflari odatlari kelib qolgan.
Masalan, bir ayol aytadi. Nima ish qilsangiz ham mayli dadasi deydi. Ustimga uylanmasangiz bo'ldi deydi. Ha bu ayol nima, zinoga ruxsat beryapti miyaga? Muslimanmi bu? Qayerdan oldi bu o'lchovni? Nima qilsangiz ham qilavering, faqat uylanmasangiz bol deydi. Shuning uchun odatlar, urflar shariatimizga to'g'ri kelmaydiganini olib irg'itishimiz kerak hayotimizda.
Trizerda bir muslima ayoldan savol so'rayapti. Ancha narsalarni so'rab turib, savollardan bittasi, ko'p xotinlik haqida sizning fikringiz qanaqa? Nima deyish kerak bu muslima olim ayol? Bu masalada meni fikrim yo'q. Alloh to'g'ri ruxsat bergan, gap tamom deydi. Tushunarlimi?