# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 46 of 510
- Section: —
- Duration: 32 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/46
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/xIQVSiVJKB0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=xIQVSiVJKB0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/45.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/47.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin, va ala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina Muhammad as sodiq al va del amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Alloh subhanahu va taolo ushbu sayyidul ayyom kunni barchamizga barakot qilgan bo'lsin.

[0:34] Islomda farzand tarbiyasi deb boshlagan darsimiz o'ttiz uch. Biz ijtimoiy tarbiya haqida so'z boshlagandik. Bugun davom etamiz inshaalloh. Ijtimoiytarbiya. Birodarlar, faqatgina namoz, ro'za, hajgina ibodatmas, muomala ham ibodat. Boshqacha qilib aytamiz, islom faqatgina namoz, ro'za, zakot, hajgina emas. Balki muomala ham islom. O'tgan darsimizda biz farzandlarga ota onalarni haqqini tanitishlik haqida suhbat qildik. Bugun inshaalloh silayi rahm haqida suhvat quramiz. Silayi rahm. Qarindosh urushchilik aloqalarini tikkalashlik. Bu mavzuda rasululloh sollallohu alayhi vasallamning juda ko'p hadislari bor. Shu hadislarni ko'p bo'lishligini o'zi, bu mavzu qanchalar muhim, jiddiy ekanligiga siz bilan bizga dalil bo'ladi.

[1:38] Musulmonlar havastonga hijrat qilib borishdi. Najoshiy ularni o'zini huzuriga chaqirib, islom haqida, bu kishilarning dini haqida so'radi. Shunda musulmonlarning nomidan ja'far ibn abit olib roziyallohu anhu javob berib shunday dedi. Ayyu halmalik kunna qovman ahli jahiliya. Na'budul asnam va na'kulul mayta va na'til favahish va na'qta alorham va nusiyul jivar va ya'lqulul qoviyyu minnat toif. Ey podshoh, biz bu sanamlarga ibodat qiladigan bir qavm edik. O'liksalarni yeridek, faxsh ma'siyat va gunohlarni qilar edik. Qarindoshchilikni va qo'shnichilik aloqalarini uzar edik. Odamlarga aziyat yetkazar edik. Oramizda kuchlilar zaiflarni yer edi. Shu vaqtda bizlarga qavmimizning eng nasabli, sharaflilardan bo'lgan bir kishi robbimiz tomonidan risolatni olib keldi. Biz u kishini rozgo'yligi, omonatdorligi va iffatli ekanini bilar edik.

[2:48] U bizlarni yagona Allohga ibodat qilishimizga, but va sanamlarni tark qilishga, rost so'zlashga, omonatdor bo'lishga, qarindoshchilikni qoyim qilishga, qo'shnichilikni chiroyli ado qilishga, go'zal axloqli bo'lishga, ma'siyat va faxshni tark qilishga buyurdi. Islomni nima ekanligi haqida savol so'ralgan paytda, javohir navbiddin olimdan bergan javobi. Mana shu narsa johiliyat, mana bunisi esa Islom. Islom haqida qisqa, lo'nda, umumiy va aniq tushuncha. Bu ulug' sahobani nazarida islom faqatgina namoz, ro'za emas edi. Balki qo'ni qo'shnichilik va qarindosh urug'chilikni tikkalashlik. Muomala.

[3:37] Bo'ladilarmi? Ibodatlar ikki xil bo'ladi. Shaoiy, shaoi ibodatlar, bu siz bilan bizni shariatimiz qilishga buyurgan ibodatlar, namoz, ro'za, zakovat, haj, boshqalar, hamda taomiliy muomalalar. Taomiliy ibodatlar. Muomala ibodatlari. Agar bir kishini shaoi ibodatli, zo'r bo'lsa yu, taomili ibodatlari joyida bo'lmasa, bu insonni komil musulmon deya olmaymiz. O'zimizni tilda aytsak, besh vaqt mana shu yerga yugursa yu, sunnatlarni nafirlarini chiroyli ado qilsa yu, ammo odamlar bilan muomalasi yaxshi bo'lmaydigan bo'lsa, bu kishi komil musulmon deyilmaydi.

[4:20] Din nima deb so'raganlarida payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xusnul xulq, go'zal xulq deb javob bergandilar. Shuning uchun ayrim namoz o'qiyotgan ukalarimizni ko'chada yurish turishi, gapirayotgan gapi, qilayotgan qiliqlarini qarasangiz, umuman musulmonga yarashmaydigan qiliqlarni qilayotganini ko'rasiz. Shuning uchun kelinglar, namoz o'qishlik albatta ulug' ibodat. Ro'za, zakot, hajlar ham. Ammo axloqimiz, xulqimiz yaxshi bo'lmaydigan bo'lsa, biz komil musulmon bo'la olmaymiz.

[4:53] Dalil. Astayu ayyubillah. Utluma ruhiya ilayka minal ketab va aqimi is sola. Inna salata tanhanil fahshayval munkar valadikrullohi akbar va allohu ya'lamum atas naun. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Siz o'zingizga vahiy qilingan kitob, Qur'ondan bo'lgan oyatlarni talovat qiling va namozni to'kis ado qiling. Albatta namoz buzuqlik va yomonlikdan to'sur. Aniqki, Allohni zikr qilmoq barcha narsadan ulug'roqdir. Alloh qilayotgan ishlaringizni bilib turur. Namoz o'qi deyapti. Namoz faxsh va munkordan to'sadi deyapti. Fax so'zdan, gunoh ishdan to'sadi. Odamlarni orasida faxsh gapirishlikdan, odamlarni oralarni orasida gunoh qilishlikdan to'sadi. Muomalani tuzatadi namoz.

[5:48] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, kimni namozi? Uni faxsh yo munkirdan qaytarmasa, uning Allohdan uzoqlashishligi ziyoda bo'ladi. Namoz o'qiydi, ammo Allohdan uzo'g' bo'lib boraveradi. Nima uchun? Odamlar bilan bo'layotgan muomalasini namozda tuzatmadi. Namoz oqiydi, so'kinaveradi. Namoz o'taydi, gunoh maqsadlarda qilaveradi. Namozni o'qiydi xulqi bo'lmaydi. Bu odamni namozini Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Allohdan uzoqlashib ketishiga sabab bo'ladi deb aytyapti. Demak, din nima ekan?

[6:27] Go'zal xulq ekan. Astayu billa, kutyuba alaykumus siyam, ukama kutyuba alal la dinah min qoblikkum la'allakum tattaqun. Ey mo'minlar, taqvoliy kishilar bo'lishingiz uchun, sizlardan ilgari o'tganlarga farz qilingani kabi, sizlarga ham ro'za farz qilindi. Shaoiylik ibodatdan bo'lgan ro'zadan maqsad taqvo, xulq. Odamlar bilan bo'lgan muomalani chiroyli bo'lishligi.

[6:59] Payg'ambarimiz aytadilar, bu hadis Imom Ahmad deb Buxoriy Abu Dovuddan, Termiziydan yana. Manlam yada qovla zu'r. Vala amalabihi. Kim? Ro'za tutib turib degani bu yerda. Ro'za tutib surib, yolg'on gapni va mana shu yolg'on gapiga bo'lgan amalni to'xtatmasa, uning taomi va sharobini tark qilishiga Allohning hojati yo'q. Ro'za tutdingiz, yolg'on gaplarasiz, yolg'onga gapga amal qilasiz, sizni tutgan ro'zangiz ro'za deyilmayapti. Ovqatingni sharobiyni chekkaga surib qo'yib shu ishni qilayotgan bo'lsang, seni qilayotgan ishing ro'za emas. Demak, birodarlar, ibodat ikki xil bo'ldi. Muomaladagi ibodatlar xulq hamda shar'iy ibodatlar. Shunda biz ado qiladigan ibodatlar.

[7:52] Rostgo'ylik, omonatdorlik, iffat, istiqomat, va'dani bajarish, ahdiga vafo qilish. Ahdiga vafoq qilish. Gapida turish. Ozgina ko'proq foyda bersa, shart bundan aynib narigiga tovarni o'tkazib yubormasdik. Mana qarang. Yigirma to'rt soat bor bir kunda. Boring sakkiz soat uyquga ketdi deng.

[8:19] Qancha qoldi? O'n olti soat. O'n oltinchi soatdan siz bilan biz har kuni o'qiydigan namozlarga qancha vaqt ketadi? Boring shu farz vojib, sunnat, vitr, nafl tahajudlar bilan ikki soat deylik. Yigirma to'rt soatdan ikki soat namozga ketdi. Qancha qoldi? O'n to'rt soat. Boring to'rt soati yolg'iz o'zingiz o'tkazing. Televizor ko'ring, kitob o'qing, mabodo agar kitob o'qisangiz.

[8:49] To'rt soat televizorga oz oz. Kompyuterga desak undan ham oz. Xo'p. To'rt soat shunday ketsin. Qancha qoldi? Shu o'n soatni odamlar orasida o'tkazamiz. To'g'rimi? Ishga boramiz, yetti soatmi, olti soat ishlaymiz, obed qilamizmi? Mana shu o'nsoat muomala. Qarang, kundalik qiladigan sha'oyiriy ibodatlarga ikki soat ketyapti. Qolgan o'n soat nimaga ketyapti? Muomalaga ketyaptimi? Xulqqa ketyaptimi?

[9:22] Demak bizni dinimiz faqatgina namoz, ro'za, zakatul hajdangina iborat deb tasavvur qilsak, biz xato qilgan bo'lamiz. Din bu muomala, din bu axloq. Namoz ro'zani chiroyli ado qilsak, qul qilish xato bo'lsa, biz komil musulmon emasmiz. Siylayi rahm. Farzandlarga siylayi rahmini o'rgatishlik kerak. Shunday bir oilalar bor. Nu, hatto bir bir biriga mehrlik, bir biriga bir ko'mak ko'rsatgan mehribon. Har qanaqa muammosini birgalashib hal qilayotganini ko'rasiz da, bunaqa urg'uni ichida, bunaqa qarindoshlarni ichida yashash o'zi ne'mat.

[10:02] Yana shunday bir urug'lar, qarindoshlar borki, yillab sotma sot yurganini eshitasiz. Otasidan qolgan ish edi, u sotga bergan, bu sotga bergan tortish ekan. Uchga bo'lgan, to'rtga bo'lgan. Bu sotma sot yurishlik, haq talab qilishlik. Yillar davomida o'tib farzandlarga meros bo'lib qolgan. Bunaqa urug'ni ichida yashash deydi, o'zi azob bo'ladi, o'zi balo bo'ladi.

[10:28] Payg'ambarimiz qarindosh urug'chilikni chiroyli ado qilishligimizga buyurgan. Qarindoshlar kimlar? Ayrim odamlar faqat ona tomondagilar qarindoshlar, deydi, bu noto'g'ri. Qarindoshlarni ota ona, bobolar va momolar. Bu asl bular. Undan keyin, aka uka, opa singillar. Undan keyin amakilar, ammalar. Undan keyin aka uka va opa singillarning bolalari, jiyanlar, keyin tog'alar bilan xolalar. Ar rohim. Mana siylat ur rohim deyiladi. Ar rohim degan so'z. Bu qarindoshlik deydi. Yoki bachamon deb tushunaylik. Ar rohim.

[11:13] Bundayni nomlanishiga sabab, Alloh Taolo o'zining Ar Rohman ismidan mana shu Ar Rohim degan ismni chiqarib bergan. Mana shu bachadonga. Siylatir rohim degani mana shu qarindosh urug'chilik degani. Urug'chilik, qorindoshlik degani. Qarindoshlik degan. Ayrim xavfid ulamolari aytishadi, Ar Rohman Alloh Taoloning ismul a'zamlaridan bittasi deyishadi. Eng ulug' ismlaridan. Alloh Taolo aytadi, astayu billah, qulidulloha avidur rahman ayyam mantad u falahul asmaul husna.

[11:52] Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam, ayting. Alloh deb chorlangiz yoki Rahmon, mehribon deb chorlangiz. Qanday chorlasangizda joizdir. Zero u zotning go'zal ismlari bordir. Ar rohim degansiz, ar rohman degan Alloh Taoloning ismidan chiqarib olingan. Illa mar rohimar abbuk valid alika xola qohim. Magar parvardigoringiz rahm qilgan kishilargina haq yo'lda bo'lib yashardilar, ularni mana shu narsa uchun yaratgandir. Alloh bizni yaratdi, bizga rahm qilishlik uchun.

[12:30] Imom Abduvod va Termiziy Abdurahmon ibn Avuf roziyallohu anhu navbat qilgan hadis hadis tayinida, mana hadis qudusiy. Alloh Taolo aytadi. An alloh va an ar rohman xoloqdir rohim va shaqoq to'la ha isman min ismi. Alloh Taolo aytadi, men Allohman. Men ar rohmanman. Rohim, bachadonni yaratdim. Unga o'zimning ismimdan bir ismni chiqarib berdim.

[13:02] Faman vosolaha vosol tug'u, va man qo'toaha qo'to'g'u. Kim undan xabar olsa, qarindosh urdi ishlaydi, qarindoshchilikni o'rniga qo'ysa, men undan xabar olaman. Kim undan aloqasini uzsa, men ham undan aloqamni uzaman. Mana shu hadis yetmaydimi o'zimizga? Qarindoshchilikni, qarindosh urug'chilik aloqalarini uzgan odamdan Alloh men aloqamni uzaman deyapti. Kim qarindoshchilikning joyiga qo'ysa, men ham aloqamni zo'r qilaman deyapti? Masalan, odatda qarindoshlar xabar olinganda, o'ziga to'q bo'lgan odamlardan xabar olinadi.

[13:46] To'g'rimi? Sal qo'li yopinroq, qo'li kaltaroq qarindoshlardan ko'p ham biror xabar olmaydi. Masalan, opa singillarimizni ziyorat qilsak, bilasizlarmi qanaqa xursand bo'ladi? Yigitlar. Erkaklar. Birovni qo'lida asirdek o'tiribdi. Kuyovi ruxsat bermasa ko'chaga chiqmaydi. Kuyova ruxsat bermasangiz uyingizga kelolmaydi. Kuyovni qo'liga bir to'rtta so'm bermasa qo'lida puli bo'lmaydi. Asir zaifa bo'lib o'tirganida, holidan xabar olib akasi yoki ukasi kelsa. Bilasizmi qanaqa ko'ngli ko'tariladi? Birinchi o'rinda shular xabar olinishligi kerak. Bilasizmi, kuyovini oldida qanchalik qadri ko'tariladi?

[14:28] Xabar olay deydi hamma. Lekin vaqti yo'q da. Nimaga vaqti yo'g'i? O'sha xabar olmagani uchun vaqti yo'k. Agar siylay rahmda zo'r qilib qo'yganingda yigit, topganingda ham baraka bo'lardi, vaqtingda ham baraka bo'llardi, umringda ham baraka bollardi. Sen shu siylay rahmda qilmaganligi uchun barakang yo'q. Hech qaysi ishingda. Na vaqtingda, na pulingda.

[14:53] Ammeni ziyorat qilib qo'y. Xolang balnitsada ekan, chiqib qo'y, vaqtim yo'q. Nimaga vaqting yo'q? O'shani xabar olmagani uchun vaqting yo'qu. Yana qaytarib aytyapman bu gapni. Ulgurmayapsan. Agar qarindoshchilikni o'rniga qo'yganingda, albatta ulgurding. Shuning uchun farzandlarga. Yoshligidan o'rgataylik, singilay rahm qilishdi. Ziyoratga borganda singlimizmi, opamizmi, amma xolamizmi, ertalab olaylik shu bolamiz. Ko'rsin. Ko'rsin, siz o'tib ketgandan keyin otam rahmatli falon falon kuni falon falonchilar ziyorat qilar edi. Yuz marta gapirgandan ko'ra bir marta ko'rsatganingiz yaxshi.

[15:34] Bizga kerak ularda xabar olishlik. Ota ona aytyapti, kim, qarindoshlaringdan xabar olsang, men sendan xabar olaman. Agar aloqangni uzsang, men sizni aloqamni uzaman deydi. Alloh aloqasini uzsa, kimmiz biz? Qo'limizdan nima keladi? Masalan qarang, e, oddiy bir fikr qilib ko'raylik. Bir odam aytishdi, besh vaqt namoz, masjidda o'qiydi. Dushanba, payshanba ro'za tutadi. Qiyomullarda qiladi, deb tursangiz, hurmatingiz oshib. Ammo qarindoshlaridan aloqasini tuzib qo'ygan deyishdi.

[16:10] Hurmatiz boyagidek turaveradimi? Yoki aksincha, bir odam besh baha namozni bir qoldirmay o'qiydi, nafl amallariga ko'paygan vaqti yo'q. Hamma qatori redoviy musulmon. Ammo haftani bir kunida albatta yo opasi yo singlisini, yo amma yo xolasini kanda qilmaydi ziyorat qilishni desa. Bilasizmi hurmatiz qanaqa bir yuksak bo'ladi, ziyoda bo'ladi unga nisbatan. Biz o'zimiz aytib turibmiz, haligi odamga bo'lgan hurmatimiz bilan qaysinisi baland, qaysinisi pastligini. Demak ibodat faqat namoz o'qish u, ro'za tutish emas. Albatta bu ulug' ibodat. Lekin islom degani faqat shu narsani tushunmaylik.

[16:49] Silayi rahm. Ayrim kishilar silayi rahm degani faqat ko'rib kelishlikni tushunadi. Silayi rahmi nima? Bu ziyorat qilish, yordam berish, haqqa da'vat qilish. Mana shu uchchalasi bo'lsa, silayi rahm komil bo'ladi. Birinchisi nima ekan? Ziyorat qilish, ko'mak ko'rsatish, haqqa chaqirish.

[17:22] Hech bo'lmasa telefon qilib, xabar olib turishlik kerak. Agar. Borib ziyorat qilsak, hurmatini ziyoda bo'ladi qarindosh urug' ichida. Jiyanlarda, tog'alar, amakilar malomat qilib qo'yadi. A jiyan, fermerga ketding. Bormisan? Yo bo'lmasam, bir nima deydi, tirishtirib qo'yadi da. Bir yilda bir ko'rishadi, ko'rishsa, olti oyda bir ko'rishadida, tirishtiradi. Ana amak, akangiz kelsanglar, qachon xohlasa bizga tutaydi. O'zi bir marta kelib, o'shaning uchun tog'alar, amakilar, gapinglar jiyanlarga o'tmaydi.

[17:58] To'g'rimi? Eslang, qachon jiyaningizni ziyoratiga bordingiz? Oyolgilar yaxshi edi. Kichkinalarga kattalar gapirsa, kichkinalar nima qilardi kattalar gapini? Olar edi. Nimaga olar edi ekan? Kattalar o'zlari borardi da ziyoratga, to'g'rimmi? Keladi deb tog'am akalarimiz kelib ziyorat, hozir shunaqa qilmay qo'ydi, shuning uchun bizlar daje tanimaymiz ancha qarindoshlarimiz borlarini ayrimlarini. To'g'rimi?

[18:27] Balli g'onniy valav ay'atan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom buxoriydan keltirilgan hadis. Aytadilar, mendan bir oyat bo'lsa ham boshqalarga yetkazinglar. Birodalar, hamma narsa sarf qilsa ozayadi. Ammo ilm sarf qilganingiz sari ko'payadi. Ilmning zakoti uni boshqalarga tarqatishlik bilan ado bo'ladi. Va ilmni tarqatgan odam birinchi navbatda o'zi foydalanadi.

[18:55] Mana hozir o'ttiz yoki qirq daqiqa ma'ruza eshitamiz. Uyga borib turib, zo'r ma'ruza bo'ldi deymiz. Nima haqida gap bo'ldi desa, kallamda qolmadi deysiz. Shu, aqldanmi? Bitta oyat yoki bitta hadis ham kallamizda qolmasligi aqldanmi? Masalan, nimani gapiraman deysiz? Bugun men bitta hadisni eslab qoling. Hafta davomida davomida qaysi majlisda tursa, shuni gapiring. Qarindoshlarga olib borib yetkazing shu narsani.

[19:29] Qarang, agar bir odam o'ttiz qirq minutlik ma'ruzani eshitib turib, bitta narsa ham kallamda qolmayapti desa, nifoqda alomat emasmi bu? Jiddiyroq ularni ko'ringlar. Alloh taolo Qur'onda aytadi, astayi dubillah. Ominhum man yastamiyo ilayk. Qatta ida xorajumi ina indik. Qol o'linglar dina u tul ilma. Ma'da qola anifa.

[19:59] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning majlisida munofiqlar ham o'tirishar edi. Rasulullohni so'zlarini muborak hadislarini eshitib chiqish turib, nima deyishadi? Alloh taolo aytadi ey muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Ularning, munofiqlarning, ularning orasida shunday kimsalar ham borki, ular sizga quloq solib tururdi, huzuringizdan chiqqan vaqtlarida ilm ato etilgan zotlardan masxara qilishib, hozir yana muhammad nima dedi? Deb so'radi. Ana o'shalar alloh dinlarini muhrlab qo'ygan va o'zlarining havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir.

[20:39] Tushunarlimi? Hech ham kallamda qolmaydi demaylik qaytib. Agar birodarlar hech narsa kallamda qilmayapti, bitta narsa ham esimda qolmayapti desak, haq talabida bo'lgan odam qalbida albatta bir narsa qoladi. Qalbi sof bo'lsa, sodiq bo'lsa haqda o'rganishlikda, albatta qalbida bir narsa qoladi. Ammo qalbida marazi bo'lsa, haq talab qilishlikda, sodiq bo'masa, nimaga o'xshaydi bu odam? Bu odam ichida plyonkasi yo'q fotoapparatga o'xshaydi.

[21:19] Chiroylik, qimmat, uzoq yaqin qilib beradi, sekundiga o'nta kadr oladi, shishishishishishish bosib yuborasiz. Hamma olyapti deb o'ylayveradi. Ichida nimasi yo'q? Plyonkasi yo'q. Shuning uchun birodarlar yarim soatlik ma'ruzani eshitib turib, hech narsa kalamda qolmayapti deyishlikdan endi ehtiyot bo'laylik. Chunki bu nifoqni alomati bo'lishi mumkin, Alloh saqlasin.

[21:47] Mana bugun juma darsida eshitgan narsadan bitta narsa qoldi kallangizda. Bir hafta shuni gapirib yuring. Qaysi majlisda o'tirsangiz, ayting shu narsani. Chunki haqni yoyish najotni kaliti. Astayu billa, vala asr innal insana lafiy husr, illalladina amanu va amilus solihati va tavo sobil haqqi va tavo sobil sobir.

[22:19] Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir birlariga haq yo'lni tavsiya etgan va bir birlariga mana shu haq yo'lda sabr toqat qilishni tavsiya etkan zotlargina najot topga tushurdilar. Agarchi? O'zingizni huzur halovatingizni qo'yib, o'zingizni rohatizni qo'ying, xalq xizmatida, haq xizmatida tursangiz, o'zingizni baxtli his qilasiz.

[22:51] Da'vatchi inson kecha kunduz mehnatda bo'ladi. Mashaqqatda bo'lada. Lekin o'zini saodatli his qiladi. Nima uchun? Haq so'zni odamlarga yetkazyapti. Payg'ambarlardan qolgan ulkan merosni ko'tarib yuribdi. Mana shu narsa bilan u o'zini saodsiz his qiladi. Da'vat faqatgina ma'lum bir toifa kishilarni mulki emas. Har bitta musulmon odam davratchi bo'lishi kerak.

[23:20] Bir birodarimiz aytib bergan edi. Men eshitaman, tushunaman, faqat gapirib berishing qo'limdan kelmaydi. Buni o'rniga nima qilar ekan gapirishni bilmaganlik uchun? Shu ma'ruza yozilgan diskni olaman da, odamlarga olib borib beraman. Mana, haq yo ishni bitta yo'lda. Va mana shu ishi tufayli bir qancha odamlar masjidga kirib darslik ish topgan bo'lib qolyapti. Shunga ham bera olmaymizmi? To'g'ri endi hammaga ham nutq bermagan, hammaga ilm bermagan, lekin sidqidildan harakat qilsa, sizga ham yo'l bor davlat maydonida.

[23:57] Mana qarindosh o'g'ilarni ziyoratiga bordik. O'tiribmiz. Borging ham kelmaydi ba'zida. U qarindosh o'sha o'g'ilni majlisida ketayotgan suhbatlarni eshitgan paytda. Dunyo g'amida yurgan odamlarni majlisida faqat dunyoni gapi bo'ladi. Oxirat g'amida y urgan odamlarnni majlisida oxiratni g'ami so'zi bo'ladi. Masalan, bir majlisda faraz qiling.

[24:27] Tabib o'tiribdi, hunarman, savdogar, muhandis, yana bir kasb egasi. Shu yerda o'tirgan odamlarnini agar oxirat bo'lmasa g'ami, dunyosini gapiradi. Savdogar gapiradi, qancha oborot qilayotganini, kuniga necha pul pul topayotganini, ono mashinani qanchaga olganini, gapirganda bu yoqdagi oilachilar qarab turib, bu yerga oilachilar. Bu bir kunda topgan puliga men bir oy ishlashim kerak ekan a? Deydi da, hayotdan norozligi ziyoda bo'ladi. Demak, dunyo gaplari gapirilgan majlis odamlarni qalbini bir biridan uzoqlashtiradi. Oxiri so'zlari gapirilgan majlisda, odamlarni, qalbini mualladi bir biriga. Shuning uchun qarindosh urug'ullovi majlisiga bordik, kechagi ma'ruzadan ichganini siz gapiring.

[25:19] Toki hamma nima bo'lsin, rozi bo'lsin, boyagi puli ko'p odam qo'rqsin. Chunki hisob kitobi og'ir bo'larkanda senda, tug'ilganga ketmasin. Va boyagi puli yo'q odam shukur keltirsin. Qiyomatda hisob kitobimiz nima bo'ladi? Yengiroq bo'ladi. Demak, dunyoviy so'zlar gapiriladigan majlis odamlarda bo'ladi.

[25:45] Oxiratning so'zlari gapiriladigan mavjud, odamlarda qalbini nima qiladi? Birlashtiradi. Qarindosh urug'larning majlisida agar borsak, Allohni zikrini gapiraylik. Astaydu billa, alladina amalun va tatima innul qulubuhum bidekirilloh, ala bidekirillahi tatima innul quluubuh. Ular iymon keltirgan, qalblari Allohni zikr qilish, eslash bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo'lingiz kim? Allohni zikr qilish bilan qalblar oromi bor. Qalbingiz qachon orom oladi?

[26:24] Allohni eslasangiz orom oladi, boshqa narsa bilan emas. Qarindoshlarga yordam berish. Aslida sen yordam berishing teg bo'lgan boyagi qarindoshing, garchi hojatmand bo'lsa ham sendan so'ramaydi. Uyaladi. Hayo, iffat bu narsadan to'sadi uni. Modomiki seni ahvoling o'sha qarindoshingdan yaxshimi? Sen yordam berishing kerak. Masalan qish keldi, bilasan ono qarindoshingni qo'li kaltaroq. Ko'mir tushirib qo'y indamasdan. Yo bir opangni singling mahallasini loy, bir shaqqal tushirib qoy, bir mashina indamasdan. Kela aytmabdida bir og'iz. Yo'q demas edik. Yo'q, aytmaydi u.

[27:06] Aytmaydi u! Uni hayo iffat to'sadi. Sen borib xabar olishliging kerak edi. Allohga osiy bo'lishdan qo'rqishimiz kerak. Yana qarindosh urug'lardan uzilib qolishlikdan ham qo'rqishligimiz kerak. Chunki bu birodarlar gunoh kabiralardan hisoblanadi. Qarindoshingni sen eslamasang, kim eslaydi ularni? Diqqat qilib turinglar da, zakot beradiganlar. Lihada ulamo ul fiqh i qoluv. Fiqh ulamolari aytishadiki, la tuqbalu zakotul muslimiy va fi aqriboyi maholovich. Diqqat qilinglar. Qarindoshlarini orasida hojatmandlari bor bo'lib turib, bir musulmon boshqalarga zakot bersa, zakot o'tmaydi deyishadi.

[27:58] Qaytarib aytaman. Zakot berasiz boshqalarga, vaholanki qarindoshlaringizni ichida ehtiyojmand hojatmandlar turibdi. Sizni zakotingiz qabul bo'lmaydi deydi. Fiqh ulamolari. Astaydubulla. Ya yuhan nasu ittaqu robbaku mulladiy xolaxaku min nafsin vohida. Va xolaxa min ha zavjaha va bosta min huma rejalani katiru va nisa a. Va taqullohalladiy tasa alunabihiy va arham innalloh akani alaykum raqibah.

[28:33] Ey insonlar, deydi Alloh Taolo. Sizlarni bir jondan yaratgan va undan juftini vujudga keltirgan hamda u ikkog'idan ko'p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo'rqingiz. Ollohdan qo'rqinglar, birinchisi. Yana oralaringizdagi savol javoblarda o'rtaga nomi solinadigan Ollohdan qo'shqingiz va qarindosh urug'laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz. Albatta, Alloh ustingizda kuzatuvchi bo'lgan zotdir. Ollohdan qroq va qarindoshlaringdan uzilib ketishlikdan qo'rk.

[29:10] Ollohdan qo'rqishga buyurdi, orqasidan uzilmaslikka buyurdi Alloh Taolo. Demak bu kichkina narsa emas. Biz shunday bir davrda yashayapmizki, mana shu g'arbda ta'sir bizga ham kelib qolgan. Birov bilan birovning ishi yo'q. Bizga kerak qarindoshlarni xabar olishligi, chunki ishimizni yurishligi, qo'limizda bir narsa to'planishligi, dunyo va hayotimizni ham farovon bo'lishligi shu narsaga bog'liq. Bizga keraksiz.

[29:35] Biz buni farzandimizga o'rgatishdan burun o'zimiz amal qilishimiz kerak bu narsaga. Ko'chada ketyapsiz. Bir kishi kelib, shunday qo'lingizdan ushlab, menga ikki yuz so'm bering desa. Tanimaysiz. G'ashiz keladi. Kimsan sen menga senga ikki yuz so'ng bergani? Ammo farzand kelib otasiga shu ishni qilsa yarashaveradi. Chaq qo'ldan shug'ullanasiz, da, ikki yuz so'dan bering, bo'l. Nimaga unaqa qiladi? Chunki biladi, otasini mehri bor farzandiga nisbatan.

[30:09] Otasi ehtimol mansabdor odamdir, haybatli, viqorli, sirli odamdir, odamlar kelib shunday gapiravermaydigan. Ammo bolasiga deb shart gapiraveradi. Nima uchun? Menga nisbatan mehri bor deb ishonadi da. Mana shu narsa farzandni jur'atiy bo'lishiga sabab bo'ladi. Masalan, ona o'zi uchun to'playotgan pulini bolasi zavq qilib qolsa, ikkilanmasdan beradi.

[30:34] Chunki mehri bor da. Endi bizda ham qarindoshlarimizga nisbatan qalbimizda mehr bormi? Bor bo'lsa, dabdala narsa qila olamiz. Bittaqulloh alladay tasa'alu nabihivalar ham inna alloh akani alaykum raqibi. Yana oralaringizda savol javoblarda o'rtaga nomi solinadigan allohdan qo'rqingiz va qarindosh urvingiz bilan ajralib ketishlikdan saqlaningiz.

[31:04] Va ati idal qurba haqqa huva almiskin va bunas sabin va la tubaddir tabdiiro. Alloh taolo aytadi, ey muhammad sollallohu alayhi vasallam, xavma qarindoshga, miskin va yo'lovchiga xayriya ehson qilish bilan haqlarini ato eting va isrofgarchlikka yo'l qo'ying.

[31:29] Va la dina yonqudu'na ahdallohi min ba'di min faqihih va yoqtaunama amalallohu bih. Ma amarallohu bihi an yu usala va yuqsi dona fil art, ula akalahumullana valahum su'uddar. Allohga bergan ahdi paymonlarini mustahkam bo'lgandan keyin buzadigan, Alloh bog'lanishga buyurgan narsalarni uzadigan va yer yuzida buzg'unchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun Allohning la'nati bo'lur va ular uchun eng yomon diyor jahannam bordur. Alloh nimaga buyurdi? Nimani tikkalashlikka buyuradi? Qarindosh urushchilik aloqalarni tikkalashga buyuradi. Kim mana shu aloqalarnini uzsa, bu uchun, bunday inson uchun eng yomon diyor jahannam diyori bor.

[32:17] Demak, qarindosh urishlik, aloqalarnik tikkalashlik va bu narsani farzandlarga ta'lim berishligimiz hammamizni ustimizdagi vojib bo'lgan amallardan. Aquli qovli haydab, astag'firullohu alayhi va ala
