Maviza
—Qoralama19 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
18:41
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqibatu lul mutaqin. Assalomu alayhi vassalomu ala saidina muhammadin va ala aliki va ashabi hajmai. Inna mabod. Assalomu alaikum va rahmatullohi barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni uyiga uch kishi kelib, Oyisha onamiz roziyallohu anhodan Rasulullohning axloqi haqida so'rashdi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni uyda qiladigan ishlari va umuman axloqi haqida Oyisha onamiz ularga xabar berganlaridan keyin, haligi uchta odam Rasulullohni bu qilgan ishlarini oz tanashdi. Shularmi deyishdi. Shunda bir aytdiki, Rasululloh avvaliy oxirgi gunohlari kechirilgan soat. U zot shunchalik oz amal qilsa bo'laveradi deb qo'ydi. Rasulullohni qilgan amalini oz deyapti.

Biz ko'proq qilishimiz kerak. Chunki biz gunohkormiz. Bir aytdi, men hech qachon uxlamasdan kechasi bilan namoz o'qib chiqaman dedi. Hech qachon uylamayman. Ikkinchi aytdi, men ro'za tutaman, hech qachon iftor qilmayman dedi. Uchinchi aytdi, mening hech qachon ayollarga uylanmayman.

Uchalasini ham. Qilayotgan ishidan maqsadi Allohning roziligi ekanligida shubha yo'q. Lekin bularni har bittasi o'zlari ishtixod qilib, o'zlari aytgan so'zlarida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sunnatiga xilof ish qilishdi. Har bittasini xato qildi. Payg'ambar biz keldilar da, ularni bu so'zlarini eshitib turib, shu gaplarni sizlar aytdinglarmi dedi. Allohga qasam, men ichinglarda Allohni yaxshiroq taniyman. Allohdan ko'proq qo'rqaman. Shunday bo'lib turib men ba'zi kechalarda uxlamasdan namoz o'qiyman, ba'zi kechlarda uxlayman. Ba'zi kunlarda ro'za tutaman, ba'zi kunlarda tutmayman. Va men ayollarga nikohlanaman deb.

Ibodatda ishtixod qilib, ibodatda haddan ortiq qatirib ziyoda qilishmoqchi bo'lganda Payg'ambarimiz ularda bu ishi noto'g'ri ekanligini tushuntirdi da, bu din har tomonni o'rtacha ushaydigan din ekanligini tushuntirib qo'ydi. Ko'p ichsangiz zarar qiladi. Oz ichsangiz foyda qilmaydi.

Tushunarli ekan? Meyori bo'lsa, dori shunda foyda qiladi. Siz bilan bizni shariat islomiya go'zal xulqlar bilan xulqlanishlikka buyurgan. Din nimada Payg'ambarimizdan so'raganlarida, go'zal xullq, husnul xulq deb javob berganlar. Mana shu xulq axloq, shijoat, xirs, hasad, shahvat, saxovat, boshqa shunga o'xshagan bir sifatlar borki, bu sifatlarni me'yoridan oshib ketadigan bo'lsa, insonga zarar qilishi bor. Meyoridan tushib ketsa zarar qilish bor. Faqat moyorida o'rtacha yo'l tutilgandagina bu xulqlar insonga foyda beradi. Bugungi suhbatimiz axloq, xulqlarning chegarasi haqida.

Har qanday xulq, axloq chegarasidan ortib ketsa zaral qiladi. Chegarasidan ozayib ketsa, nuqson va xorli bo'ladi. G'azab, mana bu ham bitta sifat, bitta xulq. G'azab boshqacha qilib aytganda bu shijoat. Insonni qalbida bo'ladigan bir o't. G'azab agar chegarasida turgan bo'lsa, bu razil ishlarni, munkar ishlarni ko'rganda, buni yo'q bo'lishini xohlashlik. Agar shu o'rinda tursa, g'azab zo'r narsa.

Shu o'rinda tursa, g'azab zo'r narsa. Endi, agar g'azab haddidan oshib ketadigan bo'lsa, bu insonni zulm qilishlikka olib borib qo'yadi boshqalarga. Tez jahli chiqadigan, ko'p jahli, noo'rin jahli ko'rib chiqadigan odam odamlarga zulm qilib qo'yadi. Demak, g'azab ko'payib kelsa, zarar qilyapti. Endi g'azab ozayib ketadigan bo'lsa, insondagi boyagi o't bo'lmaydi qalbida. Shijoat bo'lmaydi. Razil munkalishni ko'rgan paytda ichidan bir o't yonmaydi. Bu odamni qo'rqoq hamda shijoatsiz qilib qo'yadi. Demak, g'azabni oshchasi ham zarar, ozi ham zarar, o'rtada bo'lishligi insonga foyda bo'ladi.

Xirs. Xirs bu bir narsani qattiq xohlashlik. Hamma odamda xirs bor. Xirs, ya'ni. Bir narsani xohlashlik, dunyo ishlarida kifoyaligini istashlik. Balog'at talabida bo'lishlik. Pul topamiz, tijorat qilamiz, yuguramiz, yuramiz, kami ketigimizni to'g'rilaylik deymiz. Bu yaxshi narsa. Endi mana shu hirs, shundan ortib ketadigan bo'lsa, insonni, insonni dunyoga hirslar ziyoda bo'lib ketadigan bo'lsak, oxiratdan to'sib qo'yadi. Oshchi bir berilib ketadigan bo'lsa, oxiratdan to'sib qo'yadi insonni. Endi mana shuni qilib olay deydi. Endi uyimni suv olib olay deydi. Keyin manaqa mashina olib olay deydilar. Endi uyim asfalt qilib olay deydilar deydi.

Ko'payib ketsa insonni ochlikka, to'ymaslikka olib boradi. Agar hirs ozayib ketsa, xohlamasa hech narsani, bu insonni dunyoda o'zida xor bo'lishiga olib keladi. Xohlamaydi ishlashni. Pul topishni xohlamaydi. Bir atrofini obod qilishini xohlamaydi. Yonidagilarga bir yordam qilishni xohlamaydi, hech narsani xohlamaydi da. Demak xirs ko'payib ketsa ham zarar odamga, xirs og'zayib ketsa ham. Bizni dinimiz akalar bu o'rtacha yo'lni tutgan din.

Hasad. Hasad endi havas deb aytaylik, boshqacha qilib. Hasad o'zi nima? Ikki xil hasad bor. Bu hasad, yaxshi hasad bor, yomon hasad bor. Yaxshi hasad bu havas. Hasad yoki havas. Komillikka yetishlik uchun musobaqalashish.

Komillikka yetishlik uchun musobiqalashish. Boshqacharoq qilib aytganda, birodaringizdan qolib ketmaslik. Tushunarli bo'ldimi? Uni, uni sindirib yuborish, uni yo'q qilib yuborish emas. Orqada qolib ketmaslik. Mana shu musobaqa bo'lsa, inson o'sadi. Sherigim ikki pora o'qibdi. Men qolib ketyapman, men uch pora qilishim kerak. Sherigim falonchi bir namoz o'qibdi, men falonchi o'qishim kerak. Mana shu havas deylik, endi hasad demaylik.

Endi, mana shu hasad insonni birodaridan qolib ketishlikdan qo'rqsa, xayrli ishlarda musobaqaga undayotgan bo'lsa, bu me'yordagi hasad, havas, bu yaxshilik bo'ladi. Endi agar bu hasad yoki havas haddidan oshib ketadigan bo'lsa, bunaqa hasadni qilayotgan odam shu birodaridagi bor ne'matni yo'q bo'lishingni xohlaydi. Bu haqiqiy yomon hasad insonni halokatga olib boradi. Undagi ne'mat yo'q bo'lishini xohlaydi, unga bir aziyat yetsa, quvonadigan bo'lib qoladi. Endi mana shu hasad yoki havas, inson qalbida bo'lmasa yoki oz bo'lsa, bu inson yalqov bo'lib qoladi. Albatta qila olsin menga nima. Uni olib tiqsa. Hech narsaga toqat qolmaydi. Demak bu hasad ham ko'payib ketsa ham zarar, ozayib ketsa ham jarayon. Me'yorda bo'lsa insonga foyda keltiradi.

Shahvat. Shahvat nima? Inson aqli. Qalbi va jasadi toat mashaqqatlaridan rohatlanishligi uchun, kasbikordan yiqilgan mehnatni o'zidan daf qilishligi uchun qondiriladigan narsa.

Shahvat, insonning aqli, qalbi, jasadi toatning mashaqqatidan, kasb-korning mehnatidan, qiyinchilikidan qutulishlik uchun, undan ozod bo'lishlik uchun qondiriladigan narsa. Ya'ni mana shu shahvatni qondirishlik inson. Yana ibodat qilishlikka, yana mehnat qilishlikga kuch to'playdi shu shahvat qondirishlik bilan. Qorni ochganda ovqat yeydi, dam oladi. Charchaganda uyqusini qondiradi, kuch to'planadi. Kallasi charchaganda ozgina kallani bo'sh qo'yadi, dam oladi, yana davom etkazishlikka quvvat to'playdi. Endi mana shu shahvatni to'ydirishlik haddidan oshib ketsa, insonni ochko'zlikka, to'ymaslikka olib keladi.

Agar, agar shunday bo'lsa, inson hayvon sifatida bo'lib qoladi. Agar bu shahvat ozayib ketsa, insonni zaiflikka, ojizlikka, xorlikka olib kelardi. Mana shu shahvatlarni qondirilmasa, inson sinadi. Ruh ham sinib ketadi, aql ham, jisman ham sinib ketadi.

Oshishchasi ham zarar ekan shahvatni qondirishni. Kami ham zarar ekan. Saxovat. Saxovat. Valladina ida anfaqu lam yusufu valam yaqtu ruh vakana baynadalika qovama. Ular, deydi Alloh Taolo, ilhom ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xassislik ham qilmaslar. Balki ehsonlari ana o'sha xassislik bilan isrofning o'rtasida no'tadil bo'lur.

Saxiylik ko'payib ketsa isrof bo'lib ketadi. Saxiylik ozayib ketsa baxillik, qurum sog'liq paydo bo'ladi. Men bunga rosa misol istadim da, qanaqa, qanaqa misol bor ekan hayotda osonroq tushuntirishni deb da topaman. Velosiped ekan. Velosipedda mingan odam to'g'ri keta olmaydi. U yoqqa bu yoqqa, u yoqqa, bu yoqqa tashlaydi. Ba'zida isrofga ketib qoladi, ba'zida qo'g'irmisollikka ketib qoladi. Xullas yiqilib tushmasanglar bo'ldi.

Yiqilmayaptimi, demak to'g'ri ketayapti. Agar yiqilsa, yo isrofga yiqildi, yo qo'g'irsoliikka yiqildi. Demak bir odam ba'zida jicha qurum sog'liq qilib qo'ysa, ba'zida jichka havo qilib qo'yadi. Chunki doim qurum sog' bo'la olmaydi. Chunki bir tomonga olib yuborsa, valloh sapitini oladi, yiqilib tushadi. Shuning uchun ba'zida undek, ba'zida bundek ekan. Mana shu ikkala yo'lda o'rtasida tursa, enakim inson to'g'ri ketadi. Boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi. Vala tajjal yadakam mag'ruratan ila unuqik, vala tabusut ha kun la'l posti, fataquda ma'lum va mahsura. Baxillik bilan qo'lingizni bo'yningizga bog'lab qolib olmang. Bir yo'li bahalan bo'lib ketmanglar. Isrofgarchilik qilish bilan, uni butunlay yozib ham yubormanglar. Bir yo'li baqalan bo'lib ketma, bir yo'li qo'lingni ochib ham o'tirma. Aks holda, malomat va nadomatda qolaversin. Alloh taolo in fohih sonida, xayr saxovatda ham nima deyapti? O'rtacha bo'linglar deyapti.

Keyingisi axloq. Shijoat. Boshqacha qilib aytganda, insonni yuragidagi jasorat. Qo'rqmaslik, dovyuraklik. Agar bu ham haddidan oshib ketsa, ahmoqlik u beparvolikka olib borib qo'yadi. Agar kamayib ketsa, nimaga olib boradi?

Jasorat yo'q bo'lsa nima bo'ladi? Qo'rqoqlik bo'ladi. Qarang. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Haybar g'azotidan ikkinchi kun aytdiki, hech kim meni ruxsatimsiz hujumga o'tmasin dedi. Yahudiylar qal'alarni ochib chiqib kelayotuvdi. Banu Ajja qabilasidan bo'lgan bir kishi shijoatni ko'pligidan, shijoatni oshichaligidan, Rasulullohda hukmaga osiylik qildi da, o'zi tashlandi hujumga. Marham yahudlarning qahramoni botiri kelib uni qatl qilib qo'ydi. Payg'ambarimiz aytdilar, la tahlilul jannatul ila as'i. Jannat osiyga halol bo'lmaydi dedi. Shijoatni ortiqchasi bu kishini zarariga bo'ldi. Demak, shijoat ortiqcha bo'lib ketsa, u odamni ahmoqlikka, tentelikka, beparvolikka, ehtiyotkorlikni yo'q qilib qo'yishga sabab bo'ladi. Endi shijoat ozayib ketsa, bu insonni qo'rqoqlikka olib boradi.

Amir ibn Os roziyallohu anhu mana ulug' sohibalardan bo'lgan. Muoviyatimdan Abu Sofiya. Bu kishi ham ulug' sohibi bo'lgan. Aytganmiz, bu ikkalasi ham arablarning daholaridan bo'lgan. Moviy shomda valiy bo'lgan. Amir ibn Os uni noibi bo'lgan. Ammo'rin Oska, Muoviyatimdin Abu Sofyani aytdi. Sen qo'rqoqmisan yo shijoatlimisan? Dedi. Menga bildir dedi.

Arablarning eng katta daholaridan ikkitasini bahsini qarang. Bu aytib berganman avval Muovin bilan Amrulloh so'roz o'rtasida bo'lgan bahslarda. Sen qo'rqoqmisan, shijoatlimisan, menga bildirdi da. Diqqat qilinglar, ukalar. Ibn Amrulloh Sodiqov aytadi. Agar, agar menga fursat bo'lsa, shijoatliman.

Maqsad qilgan ishimga yetishlikka imkon tug'ilib qolsa, shijoatli men shaq qilaman. Agar maqsad qilagan ishimga fursat bo'lmasa, men qo'rqoqman deydi. Harakat qilishlik kerak bo'lgan o'rinda shaqadan qadam tashlaydi shijoatli odam. Endi harakat qilishga foyda qilmaydigan o'rinda jim turadi. Jim turganda ko'rib turib qo'rqov deysiz uni. Vaholanki qo'rquv emas, fursat bo'lmayapti, o'shaning uchun jim turibdi. Fursat bo'lib qolsa, shart qadamda bosadi. Tushunarlimi? Qilsammi, qilmasammi, ikkilanib qoldim men. Domla nima qilay deb domlangni keyin istixora namoz o'qiydi. Yaxshi, bir Alloh bilan bog'lansangiz, Alloh tilingizga soladi. O'zi u yaxshi ham bog'lanmay deyapmiz. Yana buyruq lapachani. Nima qilsam ekan? Uylansammi, uylanmasammi?

Amrni ostiga gapiga quloq soling. Fursat bo'lib qolsa, moment kelib qolsa, shapkadan bosaman deydi. Shijoatni bari menda deydi. Endi fursat bo'lmasa, jim turaman men. Demak, shijoat ko'payib ketsa ham zarar, ozayib ketsa ham zalab, o'rtada bo'lsa, foyda. G'ayurlik. Boshqacha qilib aytganda, erkak kishi o'zini ahli oilasini, ayollarini rashq qilishlarga. Buni ham oshishasi zarar, kami ham zarar. Agar rashk qilishlik haddidan oshib kessa, yomon gumonga olib borib qo'yadi. Tuhmatga olib boradi. Bo'xtonaga aylanib ketadi. Ortiqcha rashk qilish lik. Endi, rashk qilishilik ozayib kessa, bu beparvolikka va dayushlikka olib boradi. Qarang, rashk qilishi uyda o'zi musibat o'lyapti. Ko'payib ketsa ham musibat. Ozayib ketsa ham musibat, o'rtada bo'lsa nima bo'lyapti? Foydali bo'lyapti.

Biz o'zimizni kimligimizni bilmasimizdan turib, o'zimizni tarbiya qila olmaymiz birodarlar. Bizni o'zimizni, kimligimizni tanitib qo'yyapti bu kishilar. Allohning rahmati bo'lsin. Tushunarli ekan? Nima qilsak tarbiya topamiz? Nima qilsa tarbiya topmaymiz? Nima uchun huzur topa olmayapmiz ibodatdan? Nimaga oilalarimiz tarbiya topmayapti? Nimaga duolarimiz ijobat olmayapti? Nimaga qalbimiz xotirjam yasha olmayapmiz? Mana shularda bo'lib, bo'lib, bo'slib turib bizga qo'yib qo'yyapti. Mana o'rgandik, endi amal qilaylik.

Kamtarlik. Hozirgi zamonda andishani oti qo'rquv bo'lib qolgan. Kamtarlik agar ko'payib ketsa, odamlarga qadringiz qolmaydi. Agar oshishga kamtarlik qiladigan bo'lsangiz, xorlikka va pastlikka yetib qolasiz. Agar kamtarlik ozayib ketadigan bo'lsa, kibrga va faxrga olib borib qo'yadi. Qiyin a? Qiyin. Ikkita zarar o'rtasida bitta foyda turibdi. Ko'payib kessa ham zarar, ozayib kessa ham zarari, o'rtada bo'lsa, foyda.

Azizlik. Ya'ni izzatun nafs, inson o'zini o'zi hurmat qilishligi. O'zini o'sha qadrlay bilishligi. Bu ham boyagi unaqa narsa. Agar o'zingizni haddan ortiq hurmat qiladigan bo'lib ketgan bo'lsangiz, bu kibrga, ujubga olib boradi. Agar ozayib ketsa, xorlik va raznlikka olib keladi. Mana bir qancha axloqlarni ko'rib chiqdik. Yuqoridagi aytilgan hamma axloq siz bilan bizga foydali bo'lishligini xohlasak, biz odillikni o'rtacha yo'lini tutishligimiz kerak. Bir yo'li oxiratda ishi deb turib, dunyoda tashlab bo'lmaydi. Va aksincha, oxiratda ishini qo'yib qo'yib turib, dunyoga berilib bo'lmaydi, ukalar, diniy bilimlarni albatta olishlik kerak. Lekin buni yonboshida parallel ravishda dunyoviy ilmlar ham ketsin. Birodalar, arab tilini o'rganamiz ukalar. Albatta Qur'onni tili. Bu jannatinglarni tili. Dunyo boshida dunyo tillari ham o'rgansin, boshqa qiladi ekan. Faqat bitta tomondan oladigan bo'lsak, bir tomondan olib qolamiz. Yo dunyodagini ushlab ketganlar oxirigacha dunyoni ushlab dinni tashlab qo'ygan, dinni ushlaganlar dunyo ichini tashlab qo'shgan. Farzandi bor aka ukalarimizga aytamiz, maktabda zo'r o'qitinglar bolalarni.

Zo'r o'qitinglar. Bu ham kerak, diniy bilim ham kerak. Insonni boshqa ishlarida yeb ichishi, uxlashi, bedor bo'lishi, harakati, sokinligi jamoasi, odamlardan uzoq bo'lishi, odamlarga qo'shilishi ham o'rtacha bo'lishlik kerak. Haddan ortiq bo'lmaslik kerak. Chunki Alloh Taolo bu ummatni mana shu o'rtacha, adolatli yo'lda ekanligini maqtab Qur'onda oyatlarini nozil qilgan.

Va kata alika jannat qum ummatan vasator. Shuningdek, sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo'lishingiz va Payg'ambar sizlarning ustingizda guvoh bo'lishi uchun o'rta adolatli bir millat qildik. Biz din ishini ham, dunyo ishini ham bitta ushaymiz. Demak, har bitta axloq, agar ziyoda bo'lib ketsa ham, insonga zarar qilyapti. Nuqsoniy bo'lib kelsa ham zarar qilyapti. Agar adolatli o'rtada bo'ladigan bo'lsa, insonga foydali bo'lyapti. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)