# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 465 of 510
- Section: —
- Duration: 56 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/465
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/fQdW-TNcGjg.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=fQdW-TNcGjg
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/464.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/466.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:10] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innalloha azza va jalla halimun hayyun siddiy run yuhibbul hayya'a va satro. Fai idha g'itas ala ahadukum fal yasta'ir. Imomi Nasoiydan bu hadis. Kunlarni birida Payg'ambarimiz sallallohu alayhu vasallam bir kishini ochiq joyda yalang'och holda g'usl qilayotganini ko'rdilar va bundan norozi bo'ldilar. So'ngra minbarga ko'tarilib, mana shu hadisni aytdilar. Albatta Alloh Taolo halim, hay'iy va siddirdir.

[0:45] Hayoni va satrni yaxshi ko'radi. Agar birortangiz g'usl qilsa, o'zini to'sib olsin. Mana siddiya ismi mana shu hadisda zikr qilindi. Boshqa hadisda Imom Bayhaqiydan, Ibn Abbos roziyallohu anhudan innalloha sitti yirun yo'qib bu satra. Albatta Alloh Taolo sitti yerdur, satrni yaxshi ko'radi. Sitti degan so'z, hali batafsil to'xtaymiz, to'suvchi, berkituvchi, yopuvchi degan ma'no. Maxluqotlarning ayblarini, nuqsonlarini, kamchiliklarini berkituvchi, yo'quvchi degan zon. Qancha kamchiligimiz bor, qancha nuqsonimiz bor, qan cha aybimiz bor, o'zimiz bilamiz. Bu shunday bir nuqson kamchiliklarki, hatto eng yaqin bo'lgan odamingiz, ayolingiz bilmasligi mumkin. Ammo Alloh Taolo biladi. Ana shu aybingizni bilgan, ana shundan xabardor bo'lgan Robbimiz Subhanah va Taolo berkitayotganligi uchun birov bilmayapti uni.

[1:45] Bir nojo'ya fe'lingiz bor, nojoya bir amalingiz bor, gunohingiz bor, xatoyingiz bor. Doim qilib yurgan. Hech kim bilmaydi. Uni siz, men. Puxtalik bilan qilayotganligim uchun, ustalik bilan qilib aytganligim uchung, bekitib qilayotganim uchun birov bilmayapti deb o'ylaysiz. Yo'q. Agar Alloh Taolo xohlaganida, uyingizni ichida qilgan xato kamchiligingizni Alloh Taolo shunday oshkor qilib qo'yardiki, butun haloyiq bilgan bo'lar edi. Bu Alloh Taolo shu aybingizni berkitayotganligining belgisi. Endi shunday aybingiz bo'lib turib, Alloh berkitayotgan bo'lsa, Alloh'dan hayo qiling. To'xtating bu ishni.

[2:24] Mo'min kishida bor bo'lishi kerak bo'lgan sifatlardan biri. Ya'ni o'zining xatosini, kamchiligini, aybini, nuqsonini berkitishligi kerak. Oshkor qilib yurmasligi kerak. Valillah ila asma ul husna fado ruhu biha. Musulmon kishi o'zining komillik sifatlari bilan bezashlikka doim urinishligi kerak. Bu degani komil bo'lishi kerak degani emas, hech kim komil bo'la olmaydi. Lekin shu komillikka intilishlik kerak bo'ladi. Banda rahmli bo'lib turib, ar rohim bo'lgan zotga yaqin bo'lishi mumkin.

[2:58] Adolatli bo'lib turip, ala adil bo'lgan robbisiga yaqin bo'lishi mumkin. Boshqalarni ayblarini berkitib, boshqalarni ayblarini yoymasdan berkitib qo'yib turib, setir bo'lgan, as setir bo'lganni robbisiga ya qin bo'lishligi mumkin. Demak siz bilan biz o'zimizda mana shu komilik sifatlarini paydo qilishlikka intilishligimiz kerak bo'ladi. Inson yo o'zini aybini, kamchiligini yashirib yuradi, yoki oshkor qilib sharmanda bo'ladi. Yo sharmanda bo'lish, yo satr, sitr taklif o'rtasida bo'ladi. Inson zotini tabiatiga qaraydigan bo'lsangiz, nimani ko'rasiz? U boshqalarni sharmanda bo'lganini, xabarini eshitishni yaxshi ko'radi. Boshqalarni ayblarini, avratlarini eshitishlik, yoyishlik va ularni masxara qilishlik bilan rohatlanayotganligini topasiz.

[3:56] Qaysi zamonda yashamasin, qaysi davrda yashamasin, qaysi yurtda yashamasin. Bu insonda tabiatidagi bor narsa. Boshqalarda aybini, nuqson kamchiligini eshitib gapirishlikni xohlaydi. Lekin mana shu boshqalarda aybingizni bilib qoldingiz, yoyib yurishingiz, birovni kamchiligidan xabardor bo'lib qoldingiz, buni tarqatib yurishingiz haqida, shariatimizda nima deyilgan? Ya'ni shunday bir kamchilikka, shu kamchilikda aybni aytsangiz, musulmonlarni orasida bir nojoya fikrlar, nojoya tushunchalar paydo bo'ladi. Musulmonlarning orasida farsh munkar yoyiladi.

[4:30] Alloh Taolo nima deydi bu haqida? Astaydubillah, innalladina yuhaybunani tashiyal fahih shatofilladina amal. Iymon keltirgan kishilar o'rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bor. Siz birovni aybini bildingiz, yashirib qo'yish tonniga, as siddir bo'lgan robbingizdan mana shu sifatidan o'zingizni yurish olib, uni yopib qo'ymasdan, siz yoydingizmi? Sizni yoygan shu gapingiz tufayli buzuqlik yoyildimi? Alloh Taolo bunday insonlarga alamli azob bor. Dunyoda ham, oxiratda ham. Bilasizlarmi? Gunohlar bor, Alloh Taolo faqat oxiratga olib qo'yadi uni jazosini. Gunohlar bor, dunyoda berib qo'yad. Yana gunohlar bor, dunyoda ham beriladi, oxiratda yon beriladi. Dunyoda ham, oxiratda ham beriladigan gunohlar ota onaga oq bo'lish, odamlarga zulm qilish, odamlarda haqqini yeyish, tuhmat bo'xton qilish. Endi ana shu dunyoni o'zida oladigan va oxiratda ham jazosi bor bo'lgan gunohlardan bittasi, musulmonlarni orasida faxshni yoyilishligini xohlashlik.

[5:42] Musulmonlarniki orasida faxishni yoyilishiga hayotimizdan yoshlar nimani misol qilsak bo'ladi? Ana shuni. O'shani. O'shani, mana tirantirantirin qildi yu. Ijtimoiy tarmoqda, prikollar, biron qoqilib ketgani, biron yiqilib tushgani, biron qandaydir bir xato yo'l qo'yib qo'ygani, biron aybini xullas. Shuning uchun bir birilarga jo'natayotgan narsani qaranglar. Bu xayriyatni yoyishlikka kiradimi yoki faxsh buzuqlikni yoyishlikkka kiradimi? Ko'proq qaysinisi?

[6:21] Demak, insonni tabiati bor, xohishi bor va unga yuklatilgan shariatning taklifotlari bor. Inson nimalarni xohlaydi? Uxlashni xohlaydi. Lekin shariat namoz o'qitirib deydi. Insonda xohishi, tabiati nimani xohlaydi? Ishlamaslikni xohlaydi, lekin shariat taklifot qo'yadi, ishla bolachaqa inoboq deydi. Nafsimiz mana holi edi, o'yin kulgini, huzur halovatni. Faqat bir maishatni. Lekin shariat nima qiladi? Taklifotlar qo'yadi. Insonni xohishda, istaklari, mayllari ichida, hozirgi biz aytayotgan birovlarda ayblarini kavlash va buni yoyib yurishlik ham bor. Insonda tabiatida bor narsa bu.

[7:03] Endi, uni tabiati birovlarda sharmandaligini, uyatli holatini qidirishni, gapirishni istaydi, ammo shariat man qilyapti. Nafsni kusab, nafsni xohlab turgan narsani qilmasligi uchun, nafsini jilovlab olishligi uchun kishiga mustahkam iymon kerak, mustahkam iroda kerak. Eshitdingizmi deydi. Yangisini aytadi hozir. I, falonchi haqida eshitdingizmi? To'xta. Menga kerakmi shu?

[7:33] Meni dunyoviy tijoratimga, qandaydir tarbiyamga yoki oxiratimga, kerak emasini aytmay qovur. Unaqa deya olmaymiz. Nabarot nima turlarini o'qigan? Demak, muovin sifatida siz bilan biz Alloh Taoloning asritir, yopuvchi, berkituvchi shu ismidan o'zimizga ulush olishligimiz kerak. Gapirib usullanadi, nimani bilsa gapiraveradi. Birodarlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan mo'min kishi baxil bo'lishi mumkinmi? Deb so'rashganlarida, qod yaqun, bo'ladi deganlar.

[8:06] Mo'min kishi qo'rqoq bo'lishi mumkinmi? Qod yaqun. Shunaqasi ham bo'ladi. Ammo mo'min kishi yolg'onchi bo'ladimi? Deb so'rashaqanlarida, yo'q deganlar. Endi, mo'min kishi, yolg'onchi, bo'lmas ekan. Yolg'onchi deganda, shu yolg'onni hunar qilib olgan odamdagilar tushunmaylik. Eshitgan gapini tekshirmasdan turib ko'tarib yuradigan odamlar ham Payg'ambarimiz yolg'onchilar qatoriga qo'shganlar.

[8:32] Qaytarib aytaman. Eshitgan ki narsasini ko'tarib, gapirib yuradigan, tekshirmasidan, haqiqatini bilmasdan, odamlar shunday bo'ladigan bo'lsa, bularni ham yolg'onchi degan. Rasululloh aytadilar, imom muslimdan bu hadis kafabil mar'iy kadiban an yuhaddisa bekullima samia. Eshitgan ki narsasini ko'tarib gapirib yuradigan odam uchun shu ishi yolg'onchilikka yetarli guvoh dalil. Eshitdingiz, gapiraverasiz, eshitdingiz, gauraverasiz. Bo'ldi, yolg'onchilar qatoridasiz. Yana qanaqa? Falonchi aytdi deb aytsa ham o'lib ketsin. Xuddi o'zi ko'rgandek qilib aytadi, mana bu bo'ldi deydi. Mana bu bo'ldu deydi. Biz o'zimiz ham deymiz, ko'p eshitamiz va haligi eshitayotgan odamlar, to'xta, sen o'sha yerdamiding shu ish bo'lganda desangiz yo'q deydi. Unda nimaga o'zing ko'rganda aytyapsan? Deya olmaymiz. O'shaning uchun gapira oladi. Agar uch to'rt marta o'shanaqa tanbeh bersangiz, shu odam shu ishidan to'xtaydi. Ma'qulmi?

[9:30] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bizga ta'lim berganlarki, bir odam bir gapda gapirib turgan bo'lsa, gapirib bo'lib yoki kimnidir oyoq tovushini eshitib turib, u yoq bu yoqqa qarab qo'ysa, shu so'zi omonat bo'ladi. Garchi omonat sizga shu so'zim demasa ham. Rasululloh aytadilar, abu dovud termiziydan bu hadis, javobiriddin abdulloh roziyalloh haqida rivoyat qilgan. Idha hadda sarroj ulubil hadiy tathum malta fata faihi amani. Agar bir kishi gapirib turib, uyoq bu yoqqqa qarib qo'ysa va shu so'z omonat bo'ladimi?

[10:03] Mo'min kishidagi ulug' sifatlardan bittasi, u birovlarni ayblaridan xabardor bo'lib qolsa, o'zi qidirmaydi. Mabodo xabardor boib qolsa, uni yopib qo'yadi, berkitib qo'yad. Biror marta sizda yoki menda birovni aybini ko'rib turib, bilib turib, yopib qo'shishlik holati bo'lganmi? O'zinglardan so'ranglar. Biror marta birovni aybining bitta men bildim. Shuni yopib qo'llaganmanmi? Agar yopib qo'mgan bo'lsangiz. Ha degan javob topsangiz, umid qiling shu amalingizdan. Ehtimol shu amalingizni jannatga olib kelib ketishiga sabab bo'lar.

[10:42] Mo'min kishidagi ulug' sifatlardan u boshqalarning ayblaridan xabardor bo'lib qolsa, uni berkitib qo'yadi. Endi boshqalar esa unaqa emas. Bir birini aybini poylab yuradi. Hozirgi kunda birodarlar ko'pchilik ommaviy axborot vositalarini ishi ayni shu emasmi? Falonchi falonchini yiqilib tushibdi, videosi bor. Falonchi mana bunaqa qilgan ekan, ashula aytgan ekan, patinkasini tomoni chiqib ketibdi. E'tibor beryapsizlarmi? O'sha ko'rsatayotgan kanallar yoki bo'lmasam studiyalar, qandaydir ko'rsatuvlarni ham narxini, qadr qiymatini bilib qo'yinglar. Nimalarni yoyib yuribdi?

[11:17] Sharmandalik. Sharmandalik arab tilida al fadiha deyiladi. Nima u sharmandalik? Sharmandalik ayb bo'lgan. Ayb bo'lgan, uyat bo'lgan ish bilan mashg'ul bo'lishlik. Ayb hisoblangan so'z bilan, ish bilan, fe'l bilan mashg'uli bo'lishlik. Axloqiy o'lchovlarga teskari ishni qilishlik. Jamiyatni shu urlariga aziyat yetkazishlik. Agar odam alayhissalomdan boshlab, qiyomatgacha keladigan odamlarning sharmandaliklarini ko'rib chiqsak, uni ikki turligina ekanligini ko'ramiz. Yo moliy, yo jinsiy. Mana shu ikkita sharmandalik bo'ladi. Payg'ambarimiz aytyaptilar ku, agar birortalar g'usl qiladigan bo'lsanglar, nima qivosin o'zini? To'sivosin. To'sivosin! Mana jinsiy sharmandalikka, fazilatga nima?

[12:10] Xullas, mo'min kishi, mo'min koshi o'zini va boshqalarni ayblarini berkituvchi to'suvchi bo'ladi. Biroq sizga bir o'zini ayoli bilan bo'layotgan muomalasini aytdi. Bir maslahat so'rab. Maslahatingizni berdingiz, yoping shu yerda. Masalan, boshliqlarga kelib, odamlar shikoyat qilib yoki maslahat so'radigan odamlar yopish kerak. Agar aytish kerak bo'lsa, atini aytmasdan, manaqa holat bo'ldi deb gapirsa, bo'laveradi. A setir kalimasini ma'nosi. Setir, demak, to'suvchi, yopuvchi, berkituvchi. Bu sig'ayi mubolag'a so'z. Bu sig'ayi mabolag'a soozida ham nav, ham adab bo'ladi. Masalan, alg'affar desa, bu ham mubolag'o sig'asi. Alloh taolo eng katta gunohni ham kechiradi va milliardlagan gunohni ham kechladi. Bu yerda sanoq ham bor va nima bor? Turi bor, navi bor. Setir ham mana shunday. Alloh taolo to'sadi, berkitadi, eng maxfiy bo'lgan gunohlarni ham, maxfiy bo'gan kamchiliklarni ham Alloh taolo yopadi.

[13:12] Hozir aytib o'tganimizdek, Alloh taolo setir bo'lgan zot, bandani hech kim bilmaydigan ayblarni ham bekitib yopib qo'yadi. Lekin taassuf, ayrim hamorqat egalari, esiz past odamlar, ayrim nodon johil kishilar, Alloh uni berkitib qo'ygan aybini o'zi chiqib gapirib yuradi. Bir paytlar biz deydi ichari deydi. O'o' bir o'tirganda moncha ichar edik deydi. Endi nima bo'ladi? O'zingni aybingni aytdingmi? Endi qachon seni ko'rsam, ichganing esimga kelaveradi da.

[13:40] Odamlar esdan chiqarmaydi. Qachon ko'z o'zingizga ko'rinsa, o'sha gunohni nima qilaverasiz? Alloh yopib qo'ydi, birov bilmadimi, birodar, o'zingni sharmanda qilmagin. Agar seni aybingni Alloh yopib ko'ygan bo'lsa, sen o'zing ochayotgan bo'lsang, sen gunohkor bo'lyapsan. Mana, u qilgan xatoyingiz, gunohingiz yoki nuqson kamchiligingizni hech kimga aytishingiz kerak emas.

[14:07] Otangizga ham, onangizga ham, u ustozingizga ham, o'qituvchi, Alloh berkitdimi, gapirmang. Asarlarda keltiriladi, Mo'so alayhissalom zamonlarida yomg'ir yog'may qo'ydi. Shunda Alloh taolodan Mo'so alayhi salom duo qilib yomg'ir so'radi. Alloh taolodan javob bo'ldi. Oranglarda bir gunohkor odam bor. Shu odam tufayli yomg'ir yog'mayapti. Shunda Mo'so alayhissalom qavmiga qarab, oramizda bir odam bor ekan, gunoh qilyotgan. Shu odam chiqib ketmasa, yomg'ir yoqmas ekan. Shu odamchiqib ketsin, deb xitob qildi. Hech kim chiqib ketmadi. Hech kim qavmni tarqimadi. Lekin bir qancha vaqt o'tgandan keyin yomg'ir yog'di. Shunda Alloh taologa Muso alayhissalom duo qildi. Parvardigor, kim edi u senga osiylik qilayotgan kishi, dedi. Alloh taolo aytdi, ey Muso, seni so'zingdan ajablanaman. U bandamni osiy bo'lib turgan paytda sharmanda qilmay yashirdim u, endi tavba qilganida oshkor qilaymi, dedi.

[15:14] Alloh taolo: osiy bandasini ham, modomiki o'zini o'zi sharmanda qilmaysizmi, nima qilyapti? Bor, shunaqa odamlar bor, urug'ingizda bor, mahallangizda bor, jo'ringizda bor, poylab yuradi. O'sha bitta xato qilsa ko'tarib chiqib, mana shu odam yaxshi odam bo'lmaydi. Agar birodar siz ham kimnidir haqqini qachonlardir yeb qo'yib, zulman, sizlar o'sha turli kasb egalar bilan gaplashinglarni, muammolarni aytadi. Mansafingiz bilan qo'rqitdingiz, quvvotingiz bilan qo'shdingiz, agar shunaqa qilib, kimnidir haqqini yeb, bermasdan chiqib ketgan bo'lsangiz, ustalarni uydan chiqarib yuborayotganlarni ko'p eshitamiz. Usta zo'r qilgan ishni. Endi pulni olishga kelganda, marta manaqa qilibsan, marta manaqasan, nagli bermay qo'yganlar bor ekan.

[16:04] O'sha o'ziga yurtda ishlayotgan, bizdan borib, ishni prorablik qilayotgan odam, uch to'rtta bolalarni olib kelgan, ishlatgan. Katta obyomdagi ishni olgan, endi qilgandan keyin bolalarga to'laydigan pul katta bo'lib ketgan. Bermagan uni bahona qilib. Qarg'ab kelishgan uying kuyisin deb. Uy kuyib ketdi. Uy kuyib kelib ketdi. Shu bilan qutilgan bo'lsa ularda haqqidan oson qutilibdi. Chunki tikkalab olishi mumkin uyda. Agar oxiratga qolib qolgan bo'lsa chi?

[16:33] Shuning uchun uyda ustida ishlayotgan boyvachchalar, odam ishlayotgan prorablar, qilayotgan ishini haqqini beringlar. U sho'ring qurgur haligi mazlumlarchi, ilmsiz, savodsiz bo'lgani uchun so'kinib so'kinib chiqib ketadi. Seni Allohga qo'ydik desin da, tamom bo'ladi shu odam. Alloh karim, Alloh avf qiladi. Namoz o'qimagan bo'lsang, ro'z o'tmagan bo'lsang Alloh umid qilamiz, chunki kechiruvchi bo'lgan Zot Alloh Taolo. Ammo bandani haqqini yegan bo'lsangiz, Allohga qo'dim seni desa, tamomsiz.

[17:05] Uzoqqa bormaysiz. Bir yil, ikki yil yaxshi, lekin albatta olasiz jazo. Aytdik ku darsni boshidan. Shunday gunohlar bor. Alloh Taolo faqat oxiratda beradi jazosini. Shunday gunohkorkorlar bor, dunyoda ham beradi. Mana shu dunyoda ham beriladigan jazodan bittasi, odamlarga zulm qilishlik. Kim kimni haqqini bermay qo'ygan bo'lsa, uyda ustida ishlatib, bir o'ylanglar da, olib borib beringlar. Modomiki shu uyda yashamoqchimisiz? Shu uyda baraka topmoqchimisiz, bering.

[17:32] Rostilar nima deganlar? Peshonasidagi terisi qurimasdan turib ber ishlatgan ijaraching deganlar. Demak, assiktir degani birinchi ma'nosi to'sish, berkitish, yopish. Yana bir ma'nosi uzoq qilish, saqlash. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjay mutaxoralaridan Oshiya roziyallohu anho aytadilar. Bir kuni meni uyimga ikkita qizini ertalab bir ayol kishi keldi va so'randi. Tilamchilik qildi. Uyda bir dona xurmo bor ekan. Shu bir dona xurmon olib chiqib berdilar, oish onamiz roziyallohu anhoh. Haligi ayol xurmonni olib ikkiga bo'ldi da, ikkala qo'zini qo'liga tutdi. Keyin chiqib ketishdi. Rasululloh huzurimga kirganlarida shu narsani zikr qildim deydilar. Shunda payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar mana yaliyam min hadixil banat shay'an. Fa axsana ilayhina kunnala husit ro'minan nar. Kim mana shu qizlarni ishini ustida bo'lsa, ya'ni tarbiya qilishi, boqishi, a? Rioya qilishi, ishida ustida bo'lib, ularga chiroyli muomala qilsa, ularga ehson qilsa, yaxshilik qilsa, shu qizlar bu kishi uchun do'zaxdan to'siq bo'ladi. Mana aytdik, kun nalaho sitr minan nar. Shu kishi uchundo'zaxdan to'soq bo'ladi, a sitr degan so'zni ikkinchi ma'nosi to'siq.

[18:52] Birodarlar, uyimizda chi, yetarli ish turibdi. O'z ummatni g'amini qilib osmondan kelmasdan, qizingizni tarbiya qiling, jannatga kirishingizga shu ham kifoya qiladi. Bolalarni tarbiyasi bilan shug'ullaning, qiyomatda shunga javob berasiz, ayolingiz, farzandlaringiz haqida. O'zi sigaret chekadi, ummatni g'aminini gapiradi. Yerga tush birodar. Jannatga olib boradigan ishlar birodarlar o'zimizni uyimizda turibdi.

[19:18] Uyimizni tuzatmasdan turib tashqariga chiqib, gapirishlikka ozgina nima qilaylik. Insof qilaylik, uyataylik. Chunki mana shu amalni o'zi bittamidi, ikkitamidi, uchtamidi qiz bolani tarbiya qilib, oppoq yuvib tarab, tarbiyalab, iymon e'tiqodda, taqvoda, hayoda tarbiyalab. Balog'atga yetganda o'ziga munosib bo'lgan dindor, iymonli, taqvoli kishini topib, nikohlab uzatar ekan, shu qilgan ishi, ishoninglar birodarlar, jannatga kirishlikka kifoya amal bo'lishi mumkin. Buni va'dasini bizga rasululloh sollallohu alayhi vasallam beryaptilar. Qaranglarda, uyimizda turibdi, uyimizda turilibdi.

[19:58] As satr ma'nosiga munosib bir qissa. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, bu hadis Abu Hurayra roziyallohu rivoyat qiladi uni. Imom Ahmadning musnadlarida, Buxoriyda, Termiziyda keltirilgan. Man ro'ani fil manam fasayaroni fil yaquzating. Valayata mazzalu shaytonu bi. Kim meni tushida ko'rsa, uyg'oqligida ham albatta ko'radi.

[20:25] Chunki shayton meni suratimga kela olmaydi dedilar. Kim tushida Payg'ambarimizni ko'rsa, rostdan Payg'ambarimni ko'ribdi, chunki shayton Payg'ambarimizni suratida kela olmaydi tushimizga. Endi kim tushida ko'rdigan bo'lsa, uyg'oligida ham ko'radi inshaalloh. Yigirmanchi asrda mana o'tgan asrda sodir bo'lgan voqiy qissa. Damashq xatiblaridan biri tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko'rdi. Rasululloh unga falonchi qo'shninga borib ayt, u jannatda mening hamrohim bo'ladi dedilar.

[21:01] Qanaqa bashorat? Qanaqa xushxabar? Haligi kishi uchun. Haligi xatib uyg'ondi da, tushidan qattiq ta'sirlandi. Va Rasululloh aytgan haligi qo'shnisini uyiga bordi. Borib eshigini qoqdi. Haligi odam chiqdi. Salom alik bo'ldi. Xullas, xatib aytdiki, menda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sizga bitta bashorat bor. Uni aytmayman. Bir amalingiz borki, shu tufayli shu bashorat aytildi. Shu amalingizni aytmasangiz, Alloh uchun qilgan bir amalingiz bor, shuni aytmasangiz bu bashoratni aytmayman dedi. Haligi qo'shni unamadi aytishlikka. Ammo Rasulullohdan bashorat deb turibdi. Xatib ham qistab turib oldi, xullas aytadigan bo'ldi.

[21:47] Uylangandim dedi. Bir ayolga sovchi qo'yib uylandim. Menga turmushga chiqqanida besh oylik qonlarda homilasi bor edi ekan dedi. Ya'ni benikoh bo'lgan homila. Mana endi shu yerda haydab chiqarib yuborsa, sharmanda qilsa, haqqi bor. Lekin bu ayolni oyog'i toyilib, haqdan toyilgan ekan, meni qo'limda tavba qilishigini xohladim. Yashirdim deydi. Aybini berkitdim.

[22:16] Tug'adigan payti kelganida, endi to'rt oydan keyin tug'di. Ha, turmushga chiqqaniga to'rt oy bo'lib turib tug'ib qo'yyapti. Doyani uyga olib keldim, tunda tug'di, tong otganda haligi bolani qo'limga oldimda. Jome masjidiga bomdod namoziga kech qolibroq chiqdim. Hamma namozga turgan, imom quloq qoqqan, hamma kirib bo'lgan, sekin eshik tagiga qo'ydi bolani, kirib imomga ergashdi. Namozni o'qib bo'ldi, tashqariga chiqsa odamlar to'planib turibdi. Nima gap? Ha, biron bolani qo'yib ketdi. Shunday keldi da, haligi odam, menga beringlar shu bolani. Men baholaman shuni dedi.

[22:55] Berishdi, onasiga olib borib berdi. Bir mo'mina ayolni xatosini, kamchiligini, oyog'i toyilib ketganligini yashirib qo'ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qanday bashorat keldi? Jannatda mening hamrohim bo'ladi. Ehtimol bitta shu ishingiz biror marta men ham bir odamni qilgan shu xato kamchiligini gunohini yashirib ko'yganmanmi deb so'rab ko'raylik.

[23:29] Agar ha degan javob bo'lsa, muborak bo'lsin. Agar Alloh uchun qilgan bo'lsangiz, shu amalingizdan umid qiling. Chunki Alloh Taolo karim bo'lgan, g'affor bo'lgan inson. Shu yerda bir ajib narsa bor. Biz adolatli bo'lishimiz kerakmi, kerak emasmi? Kerak. Astaydu billah imnalloha ya amuru bila adli va ehsan.

[23:52] Albatta Alloh adolatli bo'shlikka va ehsonli bo'shlikkka buyuradi. Bu ayolni qilgan ishi uchun talog'ini berishlik erkak kishi tomonidan adolat bo'larmidi? Adolat bo'lardi. Sharmanda qilib chiqarib, sen menga shu gunohingni aytmasdan tekkan ekansan deb turib, odamlarni orasida sharmandayi sharmisor qilishlik, adolatdan bo'larmidi, adolatdan bilan edi. Lekin oyatni go'zalligini qarang. Albatta Alloh sizlarga adolatli bo'lishni va ehson qilishlikni amr qiladi. Ayrim ishlar, birodarlar adolat bilan emas, ehson bilan hal qilinsa, nihoyatda go'zal bo'ladi. Bu kishi nima qipti?

[24:36] Bu kishi nima quipti? Adolat qiptimi? Yo'q, ehson qipti. Ba'zida oldi berdi muomalalarda adolat qilaman deb turasiz, katta muammolarga sabab bo'lib qolishi mumkin. Shunday ehson qilib qo'ysangiz chiroyliroq hal bo'ladi. Bo'pti birodar, sizni haqqingiz ekan. Bo'ldi, olavering, deb qo'ying da. U mo'minda, uchi. Uch to'rt kun o'tgandan keyin biladi sizni haqliningizni. Allohdan qo'rqadi u. Siz ehson qilib qoying da.

[25:05] Axsin ilannasi, tasda amin qulubaxun deydi shoir. Insonlarga ehson qil, qalblarini asil qilasan. Ko'pincha insonda qalbini ehson asir qiladi. Yana qaytarib aytaman, o'rtamizda bo'layotgan muomalalarda adolatni qoyim qilishlik kerak, ammo ayrim o'rinlarda ehson qilishlik. Mana bu kishi ehson qildi, kimdan bashorat keldi? Kimdan bashoratkeldi? Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamda. Innallohi ya'muru bil atli va ilhsan. Albatta Alloh adolatga va ehsonga buyuradi.

[25:40] Mana shu satr masalasida, sitir, to'sishlik, berkitishlik, yopishlik masalasida ayollarga tegishli joyi shuki, Alloh Taolo to'suvchi, oilasini ayblarini berkituvchi, nuqson kamchiliklarni yopuvchi bo'lgan ayolni maqtaydi. Mo'min ayol mana shunday bo'ladi. Ammo uyda bo'layotgan muammolarni ko'chaga ko'tarib chiqayotgan, eridan shikoyatni qo'shniga doston qilayotgan, uydagi yetishmovchiligi muammolarida olib chiqib, majlislarda gapirayotgan ayol, birodarlar, Alloh Taoloning as sitir ismidan o'ziga bir ulush olmagan ayol.

[26:20] Bir narsaga hayronsan da. Eridan shikoyat qilib chiqdi. Nima? Ular yaxshiroq erni berib qo'yadimi bunga? Yo uydagi muammoni olib chiqdi kamchilikda. Ular nima, shu muammoni hal qilib beradimi? O'zi nimaga olib chiqib gapiramiz tashqariga, bilasizlarmi birodarlar? Nima bor shuni orqasidan? Bilamiz bizga bu problemamizni hal qilib qo'ymaydi. Bilamiz xotinimizni yoki erimizni tuzatib bermaydi. Nimaga gapiramiz shuni?

[26:47] Nimaga? Bo'shashini xohlaymiz da matnimizni. Gapirsang nima olasan? Ha, yozilganlar aytyapti buni men. Gapirsang yozilasan. Ha, musulmon gapirish kerakmi odamlarga? Yo'q. Musulmon odam jaynamozda gapiradi robbisiga. Shu dardini, hasratini, muammosini, mushkulasini, kamchiligini, nuqson yetishmovchiligini jaynamozda turib robbisi yarim tunda namoz o'qib turib aytadi, u dardi qalbida qolmaydi. Ko'chaga chiqqanda hech qanday muammosi yo'q deb zo'r yuraveradi. Chunki bo'shatib yubordi da matnini.

[27:23] Endi Allohga qalbini bo'shatolmaydigan, Allohga munojot qilishni bilmaydiganlar odamlarga uydagi kamchiligini yu. Mo'min kishi o'zida mana shu komillik sifatlarini paydo qilishiga intiladi. Tabiiy xiliklarni berkitib, go'zal narsalarni oshkor qilishniki doim intiladi. Albatta bu oliy insoniy sifatlardan. Alloh zirojalla as sityr bo'lgan zot. Agar banda haqiqiy tavba qilsa, nasuh tavba qilsa setir bo'lgan robbimiz, as setir bo'lkan robbimiz uning ayblarini, nuqsonlarini, kamchiliklarini berkitadi. Mana, agar banda nasuh tavba qisa, tobu ila lohi tavbatan nasuh hadiyna alloh taolo. E iymon keltirganlar, alloh taologa nasuh tavba qilinglar. Nasuh tavba qanaqa tavba?

[28:17] Banda agar nasuh tavba qilsa, alloh taolo maloyikalarga buyuradi, unut. Yelkanimizda yozib turuvchi kiromin katibin farishtalarga buyuradi. Unut. Yer yuziga buyuradi, unut! Nimani unut? Shu bandami qilgan gunohini.

[28:40] Yelkamizda turgan farishtalar bizni qilayotgan savob va gunoh amallarimizni to'xtovsiz kecha yu kunda yozib turadi. Ammo banda qilgan gunohidan tavba qilib, nasuh tavba qilgan bo'lsa, mana shu farishtalar esdan chiqarmaydi. Yozilgan narsa o'shmaydi. Yer yuzida qilganmizmi shu gunohni? Manda gunoh qilarkan, shu yer yuzida qiladi, shu gunohni hatto yerga ham unutib turib qo'yadi. Nimasini unut deydi? Uni qilgan gunohini. Chunki bu manda nasuh tavba qil. Alloh asritir bo'lgan zon. Alloh taolo o'chirib tashlaydi, yopib tashlaydi.

[29:16] Mana, payg'ambarimiz aytganlaridek, atta i bu minna zambiy kamallar, dambalar. At ta ibomina zambiy kamallar zambalar. Gunohidan tavba qilgan kishining misoli xuddi gunoh qilmagan kishini misoli kabi. Haqiqiy nasux tavba qilgan banda shu gunohni qilmagandek banda. Nasux tavba. Mana aytyapmiz, nasux tavba. Qanaqa bo'ladi nasux tavba? Tavba qildim deb qo'yib ichib qo'yaveradigan emas. Tavba qildim, bo'ldi, xudo qaytib qo'ymaydi, ertasi kuni qilib qo'yadigan emas. U masxarabozlik kerak. Ulamolar aytadi, bandani tavbasi qabul bo'lishi uchun, uni tavbasi nasuh tavba bo'lishi uchu uchta shart bo'lishi kerak. Ko'p aytamiz buni. Birinchisi, shu gunohni to'xtatish kerak. Ikkinchisi, shu gunohini qilganligiga qattiq afsus nadomat chekish kerak. Uchinchisi, qaytib qilmaslikka ahd berish kerak yo shu ahdda turish kerak. Shunda uning tavbasi nasuh ta'ba bo'ladi. Shunda Alloh Taolo mana shu qilgan gunohini o'chirib tashlaydi, yopib tashlaydi. Hatto yelkasida yozilib turgan farishtalar ham buni esdan chiqaradi.

[30:30] Alloh azza va jalla, Qur'oni Karimga shunday marhamat qiladi. Astaydu billah. Va allohu yuridu an yotuba alaykum va yuridulloh dina yettabiunash shahavati antamilu maylan al qiyman. Alloh tavbalaringizni qabul qilishni istaydi. Xoyi havasga berilgan kimsalar esa, haq yo'lidan butunlay og'ib ketishingizni istaydi. Alloh siz bilan bizni gunohimizni kechirishligini xohlaydi. Alloh tavba qildi buyrudi bizga. Nima uchun? Tavbamizni qabul qilib chiqish uchun. Alloh istig'for ayb banda qilgan gunohingga dedi. Nima uchun? Istig'forimizni qabul qilib, gunohimizni kechinish uchun. Alloh taolo mendan so'ra dedi. Nima uchun? So'raganimizni berishlik uchun. Qarang, Alloh Taolo gunohingni kesishlikni xohlaydi deyapti. Lekin haqdan toyilgan insonlar esa sizni mana shu toyilishingizda davomiy bo'lishingizni xohlaydi. Ular bilan o'tirib biror bir xatoga gunoh yo'l qo'yib qo'ysangiz, bo'ldi endi deydi. Mana qildi endi, yuraver endi deydi. Lekin Alloh Taolo nima deyapti? Sen tavba qil, men tavbeni qabul qilay. Istig'for ayt, gunohingni kechiring.

[31:47] Demak, mo'min kishi go'zallikni fosh qiladi, aybi nuqson kamchiliklarini berkitadi. Chunki uni robbisi asritir bo'lgan Alloh azizavajalla unga shu narsani buyuradi. Biz o'zimizdan so'raylik. Men atrofimdagi odamlarni xaloyiqni, yaxshiliklarini gapirib, fosh qilib yuradigan odammanmi? Yoki aksincha, nuqson kamchilik ayblarini eshitib yoyib yuradigan odammanmi?

[32:17] Hamma o'zini yaxshilikni gapiraman deb gumon qiladi. Mana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni Abu Hurayra roziyallohu anhu xuruva qilgan hadisiga quloq tutamiz. Bu Imom Bayhaqiydan. Rasululloh aytadilar: taavvazu billahi min salat i favoqiy. Ya'ni uchta narsadan panoh tilanglar. Uchta ishda Allohdan panoh tilanglar: taavvazu min mujavorati jari su in roa hayron katamahu va in roa sharron adarhu. Yomon qo'shniga qo'shni bo'lishlikdan panoh tilanglarni. Bu shunaqa qo'shniki, yaxshiligini ko'rsa berkitadi, yomonligini ko'rsa yoyib yuboradigan kishi.

[33:03] Bitta ikkita bo'ladi da mahallada unaqa. Bilasizlarmi? Bo'ladi. Poylab yuradi. Qachon kelsang negativni eshitasan, pozitivni hech qachon eshitmaysan. Negativ faqat salbiyat. Hammani kavlab yuradi. Mushkula nimada? Uni shu sassiq gapni yayg'urishiga xaridormiz da biz. Biz eshitishni xohlaymiz, eshitamiz, o'shaning uchun olib keldi u tovarni. To'xtang, menga kerak yo'q bu narsani gapirishni. Yaxshi gap bo'lsa gapiring, bo'lmasa yurist turing de.

[33:33] Bankrot to'lovini bosadi. Odamlar bo'ladi, bunaqa odamlar har zamonda, har makonda bo'lgan. Boshqalarni faqat aybi, kamchiliklarini istab yuradi. Fazilatini ko'rmaydi, faqat kamchilikni istaydi. Agar topib qolsa, birorta kamchilikni doston qilib yoyib yuboradi. Hozir aytganimdek, mushkula unda emas. Mushkula shuni gapiga xardor bo'lganlarni ko'pligidan.

[33:58] O'tgan darsda aytdim ku, hozirgi aksar ommaviy axborot vositalarini qarasangiz, ishi ayni shu. Kavlab yuradi bu. Moddiyda xoqilib tushdi, moddiy shim yirtiq ekan, moddiyda falon joyda mashinaga o'tiradi, yiqilib tushdi. Nima bo'libdi yiqilib tushi, odam u? Hali oxirida bitta hadisda o'qiyman. Mana shu boshqalarni ayblari bilan yopib, faqat hazillatini yaratuvchi bo'lishlik uchun nima qilish kerak? Bitta hadis javob beradi shunga bizga. Shu hadisga amal qilsangiz, siz ayblarni berkitib, fazilatni ochadigan odamlar qatorida bo'lasiz. Ajib qanaqa hadis ekan a? Aksariyatinglar bilasizlar bu hadisni. Yoddan bilasizlar kerak bo'lsa. Bu islomiy xulqni to'rtdan bir qismi. Ulamolarni so'zi, to'rtta hadis bor. Shu to'rtala hadisdan islomiy xullar jamlangan. Kim mana shu to'rtalalar hadisga to'liq amal qila olsa, xulqi islomiy xulq deyiladi. Demak yigirma besh foiz islomiy xuldi o'sha hadis.

[34:59] Qaysi hadisga? Bir ularni ko'ringlarchi. Davom ettizamiz. Demak, Payg'ambarimiz aytyaptilar, uchta musibatdan, uchta yomonlikdan panoh tilaylar. Birinchisi yomon qo'shniga qo'shni bo'lishdan. U shunaqa qo'shniki, yaxshi yigitni ko'rsa bekitadi. Fazilatingni gapirmaydi, faqat niligini gapiradimi? Faqat kamchiligingni nuqsoningni gapiradi. Ikkinchisi.

[35:25] Vata avvodu billahi min zaljatel suv. Yomon ayoldan, yomon xotindan panoh tilaylar. In dahol ta'layha lasanatga, voyin g'ib ta'naha xonatga. Bu shunaqa yomon xotinki, oldiga kirsang, senga aziyat beradi. So'zi bilan, fe'li bilan, ko'rinishi bilan, qiliqlar bilan. Agar g'oyib bo'lsang, xiyonat qiladi. Molingga, obro'yingga.

[35:54] Mana shu ikkinchi falok to'lanadigan narsa. Otamiz Odam alayhissalomni Alloh Taolo yaratdi, jannatda bir muddat yolg'iz yashadi. Shunda bir vahshatni his qildi, yolg'izlikni. Shunda chop qovurasidan bittasini olib Havo onani yaratdi. Uyg'ondi da, kimsan dedi, ayolman dedi. Lima da qo'l iqtiyin. Nima uchun yaratilding deganida, onamiz Havo li taskuni ilaydi, javob berdi. Men bilan joning taskin topish uchun, men bilan joning orom olish uchun dedi.

[36:29] O'zi dunyoni saodati gapirilganda to'rtdan bittasi soliha ayol. Ya'ni qarasang ko'zingni quvontiradi. Byurosing itoat qiladi. Yo'q bo'lsang seni ovov obro'yingni, nomingni, molingni himoya qiladi. Endi buni qilib teskarisi dunyoda to'rtdan bir musibati mana shu ayol kishida bo'lyapti. Uyga kelib turib orom ololmasang. Maskan a, uyimizni maskan. Nima degani? O'sha joningiz taskin topadigan joy maskan. Ayol nima edi? Kirib joningiz taskin topadigan joy haligini oldiga o'tirganda.

[36:59] Uchinchisi. Va ta'vvudu billahi min imamin su' yomon imomdan, yomon boshliqdan, yomon rahbardan ham paloq tilinglar. Qanaqa rahbar? In ax santa lam yaqbal va in asata lam yaxfir. Yaxshilik qilsang, bilmaydi, qabul qilmaydi. Agar xato qilsang, kechirmaydi. Mana shunday rahbarni ostida bo'lib qolishlikdan ham, shunaqa rabochlig'ida, shunaqa imomni qo'l ostida ishlab qolishlikdan, panoh tilaklar deb aytyapti. Yomon qo'shni, yomon xotin, yomon rahbar. Lekin esimizdan chiqmasin, juftlarimiz o'zimizga loyiq. Hozir o'tirib olib, har kim o'zinikiga baho beryapti da.

[37:46] Siz o'zingiz qanaqa bo'lsangiz juftingiz o'shanaqa, chunki Alloh Taolo yaxshiga yaxshi, yomonga yomon, pokizaga pokiza, habisga habis degan. Ma'qulmi? E manaqa bo'lishi kerak ekan emas, siz o'zingiz zo'r bo'ling. Shuning uchun haligi zamonda hikmatlarda aytib qo'yibdiki, bolalaringlarda tarbiyalayman deb harakat qilmanglar. Ular baribir sizlarga o'xshagan bo'ladi. O'shaning uchun o'zinglarda tarbiya qilinglar debdi. Shu fikr menga juda ham yoqdi.

[38:13] Bollarda tarbiya qilaman demanglar. Ular baribir sizlarga o'xshagan bo'ladi. Shuning uchun, shuning uchun somoniga ozroq boraylik. Masjidga ko'proq qatnaylik. Stadionga borib yuguraylik. Jismoniy bir shug'ullanaylik. Bolalarimiz bizga o'xshaygan bo'ladi. Ma'qulmi? Hikmat.

[38:36] Kimdir mo'minni aybini yashirsa, Alloh bu kishidan rozi bo'ladi va shu bandani shu ishi uchun o'ziga yaqin qiladi. Banda rahm shafqatli bo'lib, ar rohim bo'lgan robbisiga yaqin bo'ladi. Banda adolatli ish tutib turib, ala adil bo'lgan robbiysiga yaqin bo'lladi. Banda maxluqotlarga rahm shafqati bo'lib turib, ar rohim bo'mgan parvardiga yaqin bo'madi va banda odamlarni aybini husanlariga berkitib turib, astetir bo'mgan robbisigayaqin bo'lladi, biz o'zimizdan so'raylik, o'tgan safar mana uch to'rt marta aytdim shu gapimni. Men ham biror marta birovni aybini ko'rib, bitta men ko'rdim. Yashirib qo'ygan holatim bo'lganmi?

[39:18] Ko'rdingiz, aytishga hamma imkoniyat bor, lekin indamagansiz. Bo'lganmi shu narsa? Bo'lsa shu amalingizni umid qilavering. Ehtimol shu jannatga kirib ketishiga sabab bo'ladi shu amalingiz. Mo'min kishi o'zini qilgan ma'siyat amali bilan faxrlanmaydi. Mashhur so'z. Agar biron ma'siyat bilan dalolangan bo'lsanglar, bas uni berishdinglar.

[39:41] Ya'ni inson ba'zida shu nafsini olib kelib, oyog'i toyilib, bir gunohga qo'l urib qo'yadi da, shu gunohni qilib qo'ydimi? Endi birov bilmadimi? O'zi gapirib yurmasligi kerak. Mana gunoh qilgan odam, gunohkor odammi? Osiy deymiz, fojir deymiz. Osiy, fojir. Buni qanaqa farqi bor ikkala so'zni? Osiy, oyog'i to'yilib ketib, gunohni qilib qo'yib, xijolat olib, mag'lub holda yurgan odam, fojir, bu ham gunoh qilgan, faqat gunohni qilib ko'yib, gunoh qilmagandek, bunday gerdayib, faxrlanib yuradigan odam.

[40:18] Oramizda osiylar ko'p ekanmi, fojirlarmi? Osiylar ko'proq a? Faqat adam robbaho fag'avani. Odam robbisiga osiy bo'ldi, baxtsiz bo'ldi. Ya'ni bir marta qildi. Lekin birodarlar, shaytonni gunohi kibrdan bo'ldi. Shaytonni ishi fojirlik bo'ldi. Gunohni qilib qo'yib tur, yana davom etdi shu ishida. U fojir bo'ldi. Odam alayhissalomni osiy bo'ldim. Demak, osiyni holatidan ko'ra, fojirni holati nima ekan? Og'irroq ekan.

[40:56] Ba'zida siz bilan biz bir savobli ishni qilamizda, faxrga ketib qolamiz. G'ururga ketib qolammiz. Kibrga ketib qolarmiz. O'zimizga baho berib, boshqalardan o'zimizni afzal ko'ra boshlaymiz. O'zi shayton bir savobli amalni qima, qima, qima deb oldimizga yetmishta tuzoq qo'yadi. Yetmishta tuzog'idan oqlab o'tib, o'sha yaxshi ishni qilammiz. Qilib bo'lganimizdan keyin shayton maqsadi yeta olmadi, qilib qo'ydik. Qilib qo'yganimizdan keyin ham buzishga harakat qiladi. Qoyil deydi. Yetmishta tuzoq qo'ysam ham oqlab o'tib qilding a? Qoyil deydi! Shunda nima qilasiz? O'zingizga baho berib qo'yasiz, shu yerda yig'ilib ketib qolamiz.

[41:41] Faxrga va g'ururga yetaklovchi ayrim savobli amaldan ko'ra gohida xorlik va siniqlikka olib boradigan ma'siyat yaxshiroq bo'lib qoladi. Qaytaraman. Faxrga va g'ururga olib boradigan ayrim savob amallardan ko'ra, gohida siniqlikka va xorlikka olib boraydigan ba'zi ma'siyatlar yaxshi bo'lib qolad.

[42:08] Kechasi bilan qiyomulla albatta minib terilib ko'ngizda yurib, o'zingizdan ketib qolgandan ko'ra, o'sha bitta gunohni qilib qo'yib, bo'yningiz egilib, istifoq aytib bir hafta yurdingiz, istifoq tavba qilib. Qilayotgan amallarimizni bizni kibrga g'ururga olib borib qo'ymasin. Agar biron bir ma'siyat bilan dalolangan bo'lsanglar, bas uni berkitinglar. Agar kimdir qilgan gunohlarini gapirib, faxrlanib yurgan bo'lsa, demak bu odam fojia ekan. Endi alhamdulillah zamonimiz yaxshi odamlarimiz din bilan yashashlik zararligini tushunib yetyapti. Hozir osinglardan ko'ra fojilar ozroq. Chunki qilgan gunohini gapirib faxrlanib yuradiganlar, bular bular oz qolyapti. Uyat bo'lyapti gapirishni faxrlanishni.

[42:58] Alloh Taolo as siddir bu inson. Bandalarni qilgan xato kamchiliklarini yashirib qo'yadi. Agar kimni Alloh Taolo qilgan avvalgi gunohlarni yashirib qo'ygan bo'lsa, o'zi shu odam oshkora qilib yurgan bo'lsa. Bu odam Alloh Taoloning satriga beparvo bo'libdi, satrini mensinabdi. Dinimizda qilgan gunohini gapirib ishlaydi, man qilingan bir birini, mumkin emas. Otangizga ham, ustozingizga ham, hech kimga gapirib gunohingizni aytishligingiz mumkin emas. Alloh yashirib qoidimi? Alloh yashirib qo'ydimi? Ochmaydi. Agar o'zingiz ochayotgan bo'lsangiz, Allohning satriga beparvo bo'libsiz.

[43:40] Shuning uchun uylanganda o'zini hamoqati tufayli, kalta fahmligi tufayli er xotiniga o'tmish hayotini aytib beradi. Hamma yog'ini aytib berad. Hamma yog'inini aytib berardi. Endi Allohni taqdiri bir kun kelib or xotini bilan o'rg'ashib, urishib, janjallashib ajrashdi. Endi nima bo'ladi?

[44:05] Endi nima bo'madi? Endi mana shu qilib qo'ygan havoqatingni ahmoqligini, mevasini nima qilaver. Totib, mazza qilaver. Agar Alloh Taolo bir bandani gunohini yashirib qo'ygan bo'lsa, birovga bildirmagan bo'lsa, shu bandaga bashorat bo'l. Chunki mana quyidagi hadisda o'qiymiz. Shu dunyoda qilgan gunohingizni Alloh bekitib qo'ygan bo'lsa, qiyomat kunida kechirishligiga ishora bu. Birodar o'zingiz ochmang adingizni. Chunki robbingiz as sitir bo'lgan zot. Bekitib qo'timi, o'zingiz ochmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innallohu azza va jallam yudni'l mo'mina yavmal qiyamati xatta yavva alayhi kanafahm. Bu hadis Imom Buxoriydan. Vaholidan vaholisi. Albatta Alloh Taolo qiyomat kunida, deyaptilar Rasululloh, bir bandani ustiga o'zini to'sig'ini qo'yadi. Ya'ni qiyomat kunida hamma bitta maydonda turar ekan, mo'min banda hisob kitobga kelganida, boshqa bandalardan to'siq turadigan bir to'sig'ini quradi ustiga. Bandani hech kim ko'rmaydi shu to'siqni ichida nima bo'layotganligini.

[45:15] Yestu ruhi minan nas, fayoqulu ay abdiin. Ta'rifu zambakada va kada. Ey bandam, Alloh bilan bandamni o'rtasida bir muloqot ketyapti. Falon falon gunohingni eslaysanmi? Banda e'tirof qiladi. Yaqulu na'm ay robbiy. Qatta eda qor roh u betun u behin. Varo'a finafsiga anna huquq halak. Falon gunoni qilganmisan? Qilganman. Falon gunoni quganmisan? Qolganman. Falon vaqtda qilganman. Hammasini tan oladi da, o'zini halok bo'lganligiga aniq ishonib turadi. Chunki qiyin. Kitobida turibdi. Qo'liga ushatib qo'ygan kitobini. O'qidi, ko'rdi.

[45:53] Shunda Alloh Taolo nima deydi? Qarang. Qola inniy, satar tuha alaykafiy dunya, va g'ofur tuha alakal yama. Shu gunohlaringni dunyoda sen uchun satr qilib, berkitib yopib qo'yginman. Endi bu kunda sening gunohlaringni senga manfirat qilaman. Kechiring. Shunda boyagi satr olib tashaladi, mana Al Haqqor surasini tavsiya qilishni deyilgan. Boyagi satrni olib tashlaydi, haligi bandani kitobida bironta xato qolmagan bo'ladi. Xatolari bor edi. Lekin Alloh yashirganida bo'lardi. Shunda nima deydi? Ha, uni Qur'au ketabiya. Mana endi meni kitobimni ko'ringlar dedi. Chunki hammasini Alloh Taolo kechirib yubordi. Demak birodarlar, bizni qilgan avvalgi gunohlarimizni Alloh berkitib qo'ygan bo'lsa, berkitib qo'tgan gunohlarni o'zimizni kavlashlikka haqqimiz yo'q. Alloh berkitibdimi? Umid qiling, qiyomatda kechirib ham yuboradi bularni. Faqat nasuh tavba qilgan bo'ling, shu gunohdan to'xtagan bo'ling, pushaymon yegan bo'ling, qaytib qilmaslikka ahd berib, shu vaqtingizda turgan bo'ling.

[46:59] Inson o'zini kamchiligini, nuqsonini, avratini berkitishi, to'sishi lozim bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kishini ishga yolladilarda, hali u kishi ishini tugatmasdan turib, chaqirib turib, mana, mana bu haqing ol, ket dedi. Mana haqing ol, bizni senga hojatimiz yo'q. Nima uchun? Albatta men seni Allohdan hayo qilmayotganingni ko'rdim, dedilar. Hech kim ko'rmayotgan holatda ham banda, yashirish kerak avratini aybini nuqsonini.

[47:36] Subhanalloh. Bu odam yolg'iz qolganda ham avratini yopib qolganligiga, Allohdan hayo qilmayotganligiga Payg'ambarimiz yetishlikka buyuryaptilar. Hozirda zamonda odamlar ikkiga bo'linib qolgan. Biri avratini yopiq berkitadiganlar, biri avratini atay ko'rsatishlik uchun oshirib yuradiganlar. Ajib. Hech kim yo'q joyda avratini ochgani uchun Rasululloh haydavor ekan bo'lsalar, endi odamlarni ichiga avratini ochib chiqishlikda o'zlariga kasb qo'yganlarida ahvoli nima bo'ldi?

[48:08] Ukalar, nima kiyayotgan kiyimlarimizga qaraylik, ayollarni kiyimini gapiraverib, jag'imiz tolib ketdi. Hozir o'g'il bolalarni kiyayotgan qiyimi ham o'shandan qolishmay qolyapti da. Torligi, kaltaligi, nom uzoq ekanda qancha qancha oson qol yoshi katta akalarimiz kelib shikoyat qilyapti domla. Shu kiyimini ham aytib qo'yinglar o'rniga kelganda. Ruki qilganda, sajda qilganda, u ko'rinmaydigan joylardan ko'rinib ketyapti.

[48:31] E keyin kiyiminglarga qaranglar, biz musulmonmiz birodarlar. Shariatni doirasidan chiqmasligimiz kerak. Ruki qilsangiz ochilib tursa, sajda qilsangiz ochilib tursa bir joyingiz. U pulni yo'qligidan emas bu. Pul yo'q, kambag'al, kaltakesa, shunaqa degani yo'q da endi maksim bechora. Endi bularni qarasangiz savdogar nimani olib kelsa, shuni kiyapti. Demak savdogarlardan bu yerda sherik. Kengroq, chuqurroq shim olib kelinglar u, shim olib kela ekanlar yoki tika ekanlar. Uni ham olaveradi odamlar.

[49:01] Musulmon odam haqida gapiryapmiz biz. Birodarlar o'z sinoq, din, iymon, e'tiqoddan tashqaridagi johillarni emas. Biz musulmonlarni ko'ra alam qilyapti bizga. Istaydi billa, yanzion humalibasa huma, liyuriya huma savatihima. Mana alloh taolo otamiz, odam va onamiz havoni adashtirgan iblisni ishi haqida xabar berib aytadi. Shayton u ikkisining avratlarini ko'rsatish, o'zlariga ko'rsatish. Ya'ni uyatli holatga solib qo'yish uchun liboslarni yechib qo'yadi. Libosni yechib, avratni ochayotgan paytimizda Shaytonni aytgan ishini qilayotgan bo'lamiz.

[49:38] Moli qurib ketsin. Yalang'och bo'lishlik bu shaytoniy amallardan. Shunaqa oilalar ham yo'q emas. Ota yoki bir erkak kishi balog'atga yetib qolgan yigit uyida ichki kiyimi bilan yuradi. Qizlarini oldida, ayolini oldida. Ayollar ham, qizlar ham, balog'atga etib qolgan qizlar ham shaffof kiyimlarini, tor kalta, nafas kiyimini kiyib yuradiki, akasini oldida, otasini oldida.

[50:03] Oilalarda paydo bo'layotgan noxush ko'rinishlar birodarlar. Ana shularni sababi shu. Bo'yiga yetib qolgan qizi, bo'yiga yetilib qolgan aka ukasini oldida avratini ochib, tor kiyib yurib, xunuk holatlarda akalar tez tez xolamizga chalinib qoladigan bo'lib qoldi. Bunaqa bir noxush holatlar, o, kafillarni yurtlarida, g'arb yurtlarida bo'lar edi, lekin musulmonlarni yurtiga ham kirib qolyapti. Sabab nima? Mana shu libos, mana shu avratini yopmaganligi.

[50:32] Shariatimizni birodarlar ota, hatto o'zini qizini xonasiga keladigan bo'lsa ham, ruxsat so'rab kirishligi kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sahobalaridan biri hatto o'zining onasini xonasiga kirishligi uchun ham ruxsat so'tash kerakligini eshitganida, yo rasululloh, onamni xonasiga ham kirgani izn so'rashim kerakmi? Axir men onamni xizmatidaman ku, deganida rasululloh aytdilar, nima, onangni yalang'och holatda ko'rishni xohlaysanmi? Ruxsat so'rab keyin kel deb ta'lim berdilar. Dinimizda ta'lim ta'limoti. Robbimiz asetir bo'lgan zon. Biz avratimizni yopishimiz kerak. Nuqson kamchilarimizni yopishligimiz kerak.

[51:15] Er xotin orasidagi aloqalarni ham birodarlar belgilashishi kerak, yashil ishligi kerak. Bunday odam la'natib boradi. Ayoli bilan yonimiz bo'lgan holatdagi ishlarni ko'chaga ko'tarib chiqayotgan bo'lsa, bunday odam la'.natga qoladi. Masalan ayollarda shu yarim yalang'och yurganlari, behayolari, fitrati aynib ketganlari. Ana shu fransiyalik aktrisadan so'rayapti, shu yalang'och holatda rol o'ynaydigan holatingiz bo'ladi, shunda nimani his qilasiz desa, uyatni orni deydi. Biz hali insoniy fitrati aynamagan ayollarni gapiryapmiz. Aynigan bo'lsa bo'ldi, tugadi endi.

[51:55] Kishi o'zini aybini yashirish kerak. Maqtanmaslik kerak. Bir kishi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib, yo Rasululloh, men bomdodga tura olmayman, uyqum juda ham qattiq, uyquchiman deb shikoyat qildi. O'zini aybingni ochib keldi. Umarxon xatto, ey senga voy bo'lsin, o'zingni aybingni ochib, sharmanda qilding a dedi. Payg'ambar biz aytdilar, ey Umarxonni tinch qo'ying. Dunyoning sharmandaligi oxiratning sharmandaligidan afzal dedilar. Oxiratda sharmanda bo'lgandan ko'ra dunyoda xijolat bo'lgani yaxshi dedilar. So'ngra duo qildilar.

[52:32] Parvardigor, uyquni undan ketkazgin, agar o'zi istasa, dedilar. Bomdodga turmay ekanlar. Tushundinglarmi nimaga tura olmaysizlar ekan? Kim? Bir musulmonni aybini yashirsa, satr qilib berkitib qo'ysa, qiyomatda Alloh Taolo shu bandani aybini bekitadi. Bu darsimizni asosiy mavzusi ham shu. Bu darsimizda aytmoqchi bo'lgan asosiy so'zimiz ham shu. Musulmonlarni kamchiliklarini, ayblarini ko'rib qolsak mabodo, uni yashirib qo'yishlikni o'zimizga birodarlar, odat qilaylik, solih amal qilib olaylik. Albatta bu narsani mukofoti qiyomat tunda bizga beriladi. Bir yomon voqeani, yomon qissani, birovni aybi haqida bir xabarni topib qoldingiz. Shuni kerak emas odamga aytdingiz. Shu odamni ayb ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun yopaylik, berkitaylik.

[53:29] Sizni aytgan gapingiz, sizni qilgan fe'ling, sizni bildirgan xabaringiz tufayli xalqni, ummatni orasida faxsh munkalar yoyiladigan bo'lsa, eshitib qo'ying. Saydivillar innalladina yuhaybuna antashia al faqihatu filladina amanu la huma adabun alayhimun fidduniyaval ahiron. Iymon keltirgan kishilar o'rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamiy azob bordir. Alloh bilur, sizlar bilmassiz. Alloh bilur. Sizlar bilmassiz! Shuning uchun birodarlar, musulmon odam boshqalarda aybini hisobini kavlamaydi. Ularni qidirib yurmaydi. Momoqni eshitib bilib qolsa, ularni bekitib qo'yadi, oshkor qilmaydi. Kim bir musulmon birodarini aybini yashirib qo'ysa, Alloh Taolo qiyomatga uni ayblarini yashiradi.

[54:21] Qanday qilsak, biz boshqalarni aybini yashira olgan, bekitadigan bo'lamiz. O'sha ayblarni bilmaslik. Bilmasligimiz uchun qanday yo'l bor? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar min husni islamil mar'u tarkuhu malayhi. Kishi o'zi uchun muhim bo'lmagan ishlardan, so'zlardan uzoq bo'layotganligi, ularni tartib qilayotganligi islomining go'zal ekanligidandir.

[54:50] Sizga kerak emas so'z, sizga kerak emass ish, sizga kerak mas xabarga buningizni tiqib olmayapsizmi? O'sha ishlar bilan ovora bo'lib, menga nima deb turib, sizga aloqasi bo'lmagan narsadan uzoq bo'lyapsizmi? Demak birovni aybini ham, nuqsoni kamchiligini ham bilmaysiz, vino baribir uni fosh ham qila olmaysiz. Ana birodar. Islomni to'rtdan bir xulqini o'z ichiga jamlagan hadis.

[55:13] Kishining o'zi uchun muhim bo'lmagan nuqtalarni tark qilishi uning islomini go'zalligidandir. Bizga daxl bo'lmagan ishga burnimizni tiqmaylik, aralashmaylik, birovni aybini sonini bilmaymiz ham, shunda fosham qilmaymiz ham. Alloh azza va jalla astit tir bo'lgan son. Siz bilan bizga mana shu sifat o'zimizda paydo qilib, musulmonlarni ayb kamchiliklarini yashirib, astit tir bo'gan robbimizga yaqin bo'ladigan bandalardan qilishini so'raymiz.

[55:44] Aquli hovli hadav, astag'firullohu alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi.
