# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 467 of 510
- Section: —
- Duration: 49 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/467
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/tStdzJmwc5w.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=tStdzJmwc5w
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/466.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/468.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan birodarlar Al Qodir ismini qurayotgan edik, bugun oxirgi qismi. Alloh azza va jalla siz bilan bizni o'ziga ibodat qilishlikka buyurishdan avval qalbimizni xotirjam bo'lishligini xohladi. Ey banda, xotirjam bo', keyin ibodat qil. Chunki inson xotirjam bo'lmasa ibodat qila olmaydi. Astaydubillah. Va ilayhi yur jaul amru kulluhu fa'buduhu va tavakkali alih. Hamma ish osmonlar va yerdagi hamma ish Allohniki. Hamma narsa Allohniki o'ziga qaytariladi. Bas, unga ibodat qiling va o'ziga suyaning. Qarang da, ibodat bilan suyanishni keyin aytyapti. Ol tushuvvol banda. Osmondagi yerdagi hamma ish Allohniki. Hamma ish Allohga qaytadi. Hamma narsa Allohni qo'lida. Keyin ibodatingni qil deyapti. Demak, birodarlar, tavhid insonning, mo'minning qalbini xotirjamlikka, osoyishtalikka to'ldiradi.

[1:12] Qachon sizni qalbingiz xotirjam bo'lar ekan? Iymoningiz komil bo'lganda mana shu narsaga. Kim aytgani bo'ladi? Ha, benzin ikki so'm arzonlab qolibdimi? A? Ikki so'm arzonlab qoldi, xursand bo'lyapti. Ikki so'm qimmatlaganda siqiluvdi. Birodar, arzonlasa xursand bo'lma, Allohni xohishi. Qimmatlasa xafa bo'lma, buyon Allohni xohshi. Ikki yuz so'm bo'lsa ham, o'sha ikki yuz so'mlik benzinga yarasha pulni Alloh beradi senga. Tushundingmi?

[1:39] Birinchi oladigan xulosamiz bugun shu. Hamma ish Allohni qo'lida. Hamma ish Alloh Taologa qaytadi, sen ibodatingni qil. Chunki Alloh Taolo bizning jasadlarimizga, suratlarimizga qaramaydi. Qalbimizga qaraydi, amalimizga qaraydi. Qalbimizni amalimizga qaratadi. Qalb xotirjam bo'lsa, ibodatni xotirjam qilasiz.

[2:06] Tavhid oyatlari insonni qalbiga xotirjamlikni to'ldiradi. Alloh al Qodir bo'lgan, har narsaga qodir bo'lgan zot. Sen esa, nima san banda, zaifsan. U seni hamma dushmanlaringdan quvvatli, koinotdagi hamma narsadan kuchli. U osmonlar va yerni yaratgan zot. Hamma ish uni qo'lida. Mana shu osmon bilan yerni ishi ham uni qo'lidan. Qarang. Istatulloh, ala alahul xolquval amr.

[2:37] Ogoh bo'lingiz kim? Yaratish va buyurish faqat unikidir. Nima degani? Odam bolasi samolyot yasadi. Yasadi da, sotdi. Endi samolyot boshqa birovlarni qo'lidan. Sotib olganlar u samolyot bilan xohlagan tomoniga uchadi, xohlagan ishini qiladi. Sotgan odamni qo'lidan chiqdi.

[3:01] Yasashlik, yasovchini ishi bo'ldi, lekin undan keyingi samolyotni ishi sotib olganlarni qo'lida bo'ldi. Shunaqada, to'g'rimi? Nima deymiz, temirchi bir boltani yasaydi, sotdi. Endi uni yoqidagi ishi boltani temirchini qo'lida emas. Xohlasa o'tin chopadi, xohlasa borib turib, devorga uradi boltani. Ammo Alloh Taoloning yaratishi unaqa emas. Yaratgan ham o'zi, uni ishlari ham o'zini qo'lida.

[3:33] Nimani yaratgan bo'lsa, ularni hammasini ishi Alloh Taoloning qo'lida edi. Allohu xoliqu kulli shay in vahua ala kulli shay in vakil. Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir va u barcha narsani ustida homiy vakildir. Ya'ni yaratib qo'ydimi? Ya'ni idorasi ham o'zini qulida. Sizga umrni berdimi? Siz umringiz ham Allohnin qo'lida. Sizga aql quvvatni boyligini mansabda berdimi? Shu ham o'zini qo'lida, sizga berdi, lekin idorasi o'zini qolida.

[4:06] Shuning uchun sizni qo'rquvga solishi mumkin bo'lgan nimaki bo'lsa, hammasi Allohnin qo'llida. Bir top yirtqich hayvonlar yuribdi, qorni och, yegani ovqat istab yurishibdi. Ularni ko'rdingiz. Ular ularni yaratgan quvvatli, hakim, odil va rahmli bo'lgan zotni qo'lidan. Sizni aloqangiz kim bilan bo'ladi? Shu yutqizish hayvonlari bilanmi yoki ularni yaratgan Zot bilanmi? A u paytda hamma Alloh deydi, bilasizmi? Qarasa hech narsa yo'q. Bir daraxt ham yo'q chiqib olay desa, bir tog' ham yo'q chi qib olay desa. Shunda nima deydi? U oxirida aytadi da u. Mo'minni farqi har doim Alloh deydi. Mashinasiga chiqib o'tirib olganda bo'ldi endi menga she'r tey olmaydi demaydi. Mashinasiga chiqib olganda ham nima deydi? Alloh deydi.

[4:57] Istadvilla, inniy tavakkal tu ala Alloh, robbi va robbikun. Ma min dabbatin illa hu va ahidun binos yati ha, innna robbiya ala sirotin mustaqim. Men faqat mening ham, sizlarning ham parvardigoringiz bo'lgan Allohga suyandim. O'rmalagan narsa borki, barchasi U Zotning qo'l ostidadir, Parvardigorim shak shubhasiz to'g'ri yo'ldadir.

[5:24] Inson Allohni yakkalagan paytida qalbiga omonlik, xotirjamlik, umid, xursandchilik to'ladi. Chunki kimni qo'lida ekan hamma ish, Allohni qo'lida ekanda. Shuning uchun aytamizki, e banda, Robbing seni qalbingni xotirjamlikka to'ldirib qo'yib turib, keyin ibodat qil deb buyurdi. Ibodating to'g'ri bo'ladi qachon? Qachon ibodating to'rt bo'ladi? Qalbing xotirjam bo'lgan paytda. Chunki aytdik, osmonlar va yer uning orasidagi hamma narsa Allohnik va ularning hammasini ishi Allohni qo'liga qaytadi, unga ibodat qilinglar, unga suyaninglar.

[6:07] La ilaha illallohu vahda hula shar'iy kalah. La hul mulku va la hul hamdu vohu va ala kull lishayin qodir. Har namozda domlalarimiz o'qishadi, namozdan keyin. Nima degani bu? Allohdan o'ziga iloh yo'q. Yolg'iz uning o'zi bor, uning sherigi yo'q. Mulk uningdir, hamd uningdir va u har narsaga qodirdir.

[6:34] Shuning uchun aytamizki, Parvardigor, sen bermoqchi bo'lsang, uni to'sib qoladigan hech kim yo'q. Agar sen to'sib qo'yadigan bo'lsang, unib bera oladigani yo'q. Sen bir bandaga bir narsani ato qilmoqchi bo'lseng, kim to'sib qola oladi? Agar bir bandadan bir narsani man qilib qo'ymoqchi bo'lsa, kim uni bera oladi? Mana shu tavqid bo'ladi, birodarlar. Alloh Taolo aytadi Qur'onda, istadibillar, ma yaftaha illa hulinnasimi rahmatin falam mumsik ala. O'ma yumsik falam mursil ala humin ba'di.

[7:08] Alloh odamlar uchun ne bir rahmat marhamatni ochib qo'ysa, bas uni ushlab to'sib qolguchi bo'lmas va ne ni ushlab qolsa, bas u zot ushlab qolganidan so'ng narsalarni bandalarga biron yuboruvchi bo'lmas. Alloh berishni xohlasa hech kim to'sib qololmaydi. Alloh olib qo'yishni xohlasa ham hech kim to'sib qololmaydi. Chunki Alloh har narsaga qodir bo'lgan Zon.

[7:35] Allohim alayhi man yalayman atoyta, va la moti yalayman mana ata, va la ya'm fa u dha l jaddi minka l jad. Mana duoda o'qiymiz namozdan keyin. Allohim, sen berganni to'suvchi yo'q. Sen to'sganni beruvchi yo'q! Huzuringda boylik egasiga boyligi foyda bermaydi. Shuning uchun pulimizga ishonmaylik, aql zavqotimizga ishonmay lik, hunarimizga ishonmaylig, chunki bu narsalar agar Alloh yo'lamasa, bizga as qotmaydi.

[8:09] Hozir men bir savolni beraman. Ustab ko'ring o'zingizdan. Bir doktorsiz, ustasiz, domlasiz, xullas bir sohani egasisiz. Bir sohada mutaxassis bo'lib turib, sho'x sohada kaltak yeb qolgan kuningiz bo'lgan. Ya'ni bir mashina purishki, o'ttiz yildan beri mashina olib sotadi. Shunday qarab turib, mashinani rentgen qilib qo'yadi da, ko'rib qo'yadi. Bu ulangan ekan, bu motorni pishgan ekan, deydi da, oy o'tadi, kun o'tadi, yil o'tadi, bir kun o'zi yeb qoladi. Bo'lganmi?

[8:46] Do'koningda turganda biror munosani olib qo'ying deb, obkasa olma. Deydi domla, shogirdiga. Nimaga desa, agar bu g'irrom bo'lsa, seni podstava qilmoqchi bo'lsa, do'koning joying tayin bo'ladi, senga olib kelib sotadi. Hech ham olmagin, deydi. Oy o'tib, yil o'tib, ikkita pensioner odam, chol akampir, ko'tarib keladi karobkada ikkita narsani. Pensiyamizga berdim uni, olib qo'ying bolam, deydi.

[9:13] Desa, bu domla o'zi aytyapti, olma deyapti. Endi pensionerlarga hali yerda ko'nglini yumshatyapti da oylikka berdi deb. Bu bo'lgan voqea. Amaki olay desam hozir pulim ham yo'q ekan desa, Xudoni xohishini qarang. Yonida oshnasi kelib, men oshna deb turib pul ham berib qo'yadi. Haligini oladi, bir haftadan keyin o'g'irlangan bo'lib chiqadi, chiqib, kelinglar tashkilotlarda ochiq berib tushadi. Endi haligi domla aytadi, qara ya deydi.

[9:40] Shuncha qaytarib, shuncha aytib deb turib o'zim tushdim a deydi. Shunaqa bir hodisaga duch bo'lganmisizlar? O'zingizni sohangizda hammaga aql o'rgatib turib, o'zingiz yeb qolgansiz, bizni tilda aytganda. Men bir hadisda o'qiganimdan keyin hamma narsa o'n o'niga tushdi. Qarang. Innalloha ila axabba infa'l adhu amrin salaba kunla di lyubbin lyubbahu. Albatta Alloh, agar bir ishni yuzaga chiqarishini xohlasa, har bir aql egasining aqlini olib qo'yadi. O'sha lahzada.

[10:17] O'zingiz aytdingiz, olma bunaqa mashinada dedingiz, o'zingiz olib oldingiz. Qarab. O'zim ham tushunmayapman qanaqa qilib yeb qoldim bu yerda deysiz. Chunki kimni qo'lida ekan, hamma yoq? Aytyapmiz ku, sizni aqlingiz, ilmingiz, tajribangiz, tanish bilishlaringiz, pulingiz sizga asqatmaydi, agar Alloh xohlamagan bo'lsa. O'zini hayotida shunga o'xshagan holatga tushganlar kulyapti. Yeb qolgansiz a? Qara, shuncha aytib o'zim qilibman shu ishni, subhanalloh deydi. Ha demak Alloh shuni xohlagan ekan shunday bo'lishini. Kimga suyanaylik?

[10:54] Alloh bilan qilinadigan muomalada, birodarlar, aql zakovatga suyanmaslik kerak. Chunki bu narsalar foyda bermaydi. Alloh bilan bo'layotgan muomalada nimaga suyanish kerak? Istiqomatga, to'g'ri yo'lda bo'lishga, chiroyli amalga, allohga muhtoj ekanligingizni hisob qilishga, allohga mukabbatli bo'lishga muhtojsiz, allohga tavakkal qilishga muhtojs siz. Aql zakovatingizga emas. Ha, aql zakovat sabab.

[11:22] Har safar qilayotgan ishingizni qildingiz, bu yil hosil bo'lmadi. Har safar qila aytgandaqa qildingiz, ovqatni ochdi, shunday damladingiz, lekin bu safar bo'lmadi? Kimni qo'lida ekan? Shuning uchun birodarlar, Allohga qanchalar muhtoj ekanligimizni bilsak, izhor qilsak va bu narsani Alloh Taologa duo qilib, yolvorib tursak, Alloh shuncha qo'llaydi. O'zingizni qanchalar Allohda behojat bilsangiz, o'zingizni holingizga o'zingiz tashlab qo'yadi. Chunki Alloh Taolo har narsaga al qodir bo'lgan zot.

[11:54] Agar odamlar, aqlli odamlar, a'qillarga haddan ortiq suyanib qoladigan bo'lsa, avvalgilar ham, keyingilar ham kirmagan mushkulalarga kirib qoladi. Istadibillah, alladina kafaruva soddu an sabiy li lahi adolat a'maluhum. Kofir bo'lgan va o'zgalarni ham Alloh yo'lidan to'sgan kimsalarning amallarini Alloh zoye qilur.

[12:22] Qarang endi, mana Allohda yuz o'girgan xalqlarni qarasangiz, ilm fanda, texnologiyada, rivojlanishingda, hammadan oldida. Lekin aqllariga oshkicha suyanishdi. Allohga suyanishmadi? Alloh taolo ularni qanday adashtirib qo'ydi? Oila qurishmay qo'ydi. Erkak ayolni farqi qolmadi. Erkakga erkakka, ayol ayolga nikohlanadigan bo'ldi.

[12:47] Vaholanki ahmoq emas bular. Bular Allohga sig'inishni, Allohga muhtojligini izhor qilishni to'xtatib qo'yishdi. Hamma narsani o'zimiz qilamiz deyishdi. Al Qodir bo'lgan Robbini esdan chiqardi, Alloh bularni yo'q bo'lishga hokim mahkum qildi. Ellik yil bordir, oltmish yil bordir qirilib tugaydi bu xalqlar. Chunki oila degan muqaddas dargohni yo'q qildi bular. Bola boqim nima qilaman? Menga muammo deb turib, aqllariga ishonishdi. Nima bo'ldi? Tugash arafasida bo'lar. Bizni asrimizda yashayotganlar ko'rasizlar inshaalloh. Biz ko'rmasak bizdan kichkinalar ko'rar. Chunki shundaylar o'zi sanoqni qarasanglar shu musulmonlarni ko'paykanligi, yuzlagan cherkovlar, ishlamay turgan cherkovlar masjidlarga aylantirayotganligini o'zlari aytishyapti.

[13:33] Biz Allohga suyanaylik, birodarlar. Ha, aql kerak, ilm kerak, tajriba kerak, mehnat kerak. Lekin bular sabab. Bir tabib ma'lum bir sohada kuchli bir mutaxassis. Masalan, oshqozon ichi kasalliklari bo'yicha deylik, yoki o'pka kasalliklari bu yerda mutaxassis, tengsiz.

[13:57] Nima sababdan mana shu kasallarga chalinishligini biladi. Qaysi sabablardan ehtiyot bo'lishi kerakligini biladi va o'zini ayni mana shu kasalga chalinmasligiga ishonadi. Nazarida hamma yoqni biladi da. Hamma ehtiyot chorani qiladi. Allohni taqdiri. Ayni shu kasalni o'zi bilan ketadi. Chunki kimga suyanmadi bu?

[14:20] Al qodir bo'lgan robbizga suyanmadi, o'zining aqliga, tajribasiga suyandi. Tavhidga teskari yo'l tutdi. Taassuf, Alloh Subhanahu va Taolo mana shu tabibni ayni u o'zi mutaxassis bo'lgan kasal bilan dunyodan kechligini iroda qildi. Shu kasal bilan ketdi. Kuch quvvatini cho'qqisida bo'lgan polvon o'zini kuchiga ishondi. Tavhidga teskari yo'l tutdi. Ammo haqiqiy quvvat egasi bo'lgan alloh subhanahmatulloh ana shu polvonni ayni shu polvonli maydonda mag'lub bo'lishini xohladi, bir zaif ish keldi, ko'tarib yerga chopib qo'ydi.

[14:58] Tavhid birodarlar dinimizdagi eng muhim narsa. Voma ta'alla matila abidu afzal u minnat tavhid. Bandalar tovhiddan ko'ra yaxshiroq narsani o'rganmagan. Inson bolasi qilishi mumkin, o'rganishi mumkin bo'lgan eng afzal narsa tovhid, banda qilishi mumkin bo'gan amaling eng afzali ixlos. Ixlos va tovhid.

[15:22] Parvardigor, sen berganni to'suvchi yo'q, sen to'sganni beruvchi yo'q. Huzuringda boylik egasiga boylikka foyda bermas. Ilmi bor, ilmi foyda bermas. Mansabi bor, mansabi foyda bermas, hech narsa foyda bermaydi, agar Alloh xohlamasa. Birodar, seni aqling Allohning irodasidan saqlab qololmaydi. Yuqori malakang saqlab qol ololmaydi. Jamoating seni saqlab qolola olmaydi Allohdan. Puxta o'ylab qilingan reja, planing seni Allohdan saqla olmaydi.

[16:01] Inson bir narsani maqsad qiladi da, shu maqsadga olib boradigan rejani tuzadi. Hamma tomonini o'ylaydi. Issig'ini, sovug'ini, ustani kelmay qolishini, svetni o'chib qolishini, apparati buzilib qolishligini, hamma sabablarini qilib, reja planni tuzadi. Lekin maqsadiga yeta olmaydi. Bilib qo'yaylik birodarlar. Bizni ko'zlagan maqsadimizga olib boradigan, yuz foiz ishlaydigan sababni o'zi yo'q. Sizni ko'zlangan maqsadingizga aniq olib boradigan yuz foiz kafolat beradigan sababni o'sha yo'q.

[16:38] Yuz foizlik sabab nima? Yuz foiz ishlaydigan sabab nima? Allohni xohishi. Alloh xohladimi? Yetti qavat osmon va uni orasidagi, yer ustidagi hammasi sizga qarshilik qilsin, hammasi qarshilik qilsun, agar Alloh xohlagan bo'lsa, yuz foiz bo'ladi. Mana shu tavhid bo'ladi, birodarlar.

[17:03] Bir betni topshirishingiz kerak Qur'ondan. Yuz marta emas, uch yuz marta takrorladingiz. Uxlamadingiz. Tushingizda ham aytib beradigan holatga keldingiz. Endi domlaning oldiga kelasiz da, aniq topshiraman deysiz. Inshaalloh demaysiz. Avvalu billah, minash shayton rojiym. Bo'ldi, to'xtadingiz. Chunki kim xohlamadi uni?

[17:27] Kim xohlamadi? Alloh xohlamadi. Va shuning uchun bilib qo'yinglar. Bizni qo'limizda Alloh Taolo qanday xayriyatli ishlarni qilayotgan bo'lsa, bizni qo'liimiz bilan qildirayotgan bo'lsak, aytaylikki, Allohni fazli deylik. Mana alima ming kun annizu qudratin ala mag'firati zunub. G'ofartulahu vala ubali ma'lam yushrik bi.

[17:51] Hadis qudrisida Alloh Taolo aytyapti sizlardan kim men gunohlarning mag'firat qilishga qodir ekanimni bilgan bo'lsa, uni gunohini kechirdim, parvo qilmayman, modomiki she'r keltirmagan bo'lsa bo'ldi. Kim meni gunohlarni mag'firat qilishga qodir ekanligini bilsa, shirk keltirmagan bo'lsanglar, men u gunohlarni kechirdim deb aytyapman Alloh Taolo. Birodarlar, ilm bu asl. Asl narsa bu ilm. Alloh Taoloning hamma ismlari, sifatlari go'zal va oliy ekanligini siz bilan biz bilishimiz kerak bo'ladi. Shuning uchun aytamizki, Parvardigor, seni qazoyingga iymon keltirganmiz. Sendan qazoyingni qaytarishingni so'ramaymiz, balki qazoyingda bizga lutf ko'rsatishingni so'raymiz. Alloh azza va jalla duolarimizni ijobat bo'lishini xohlaydi. Shuning uchun bizga duo qilishimizni buyurgan.

[18:48] Siz Allohga duo qilishligingizni o'zi bilan qulligingizni tan oldingiz. Allohga duo qilib shligingizni o'si bilan Allohni eshittiruvchi ekanligini tan oldingiz. Siz Allohga duo qilishingiz bilan o'zingizni ojiz, Allohni qodir ekanligini tan oldingiz. Allohga duo qilib o'zi bilan siz faqir, Allohni boy ekanligini tan holdingiz. Siz duo qilishligingiz bilan o'zingizni banda, qul, Allohni esa Rob ekanligini tan olishingiz. Birodarlar, duo bu ibodat.

[19:18] Duo ibodat, birodarlar. Ad duau huval ibada deganlar, rasululloh. Boshqa adislarida adduao muhul ibada, duo ibodatning mag'zi deganlar. Qul ma ya abau bekum murabbiy lavla duau kun. Alloh Taolo xonanda aytadi, agar duo iltijo qilmasanglar, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas deb ayting, ey Muhammad alayhissalom deydi.

[19:45] Eng kuchli inson bo'lishni istaysanmi? Allohga tavakkal qil. Eng boy odam bo'lishni istaysanmi? Qo'lingdagi narsaga ishongandan ko'ra Allohni va'dasiga ko'proq ishon. Odamlarni eng hurmatlisi bo'lishini istaysanmi? Allohdan qo'rq. Alloh Taolo o'zini mustaqil bandasiga nazar soladi. Uni mustaqilligini biladi va unga tavfiqni bitib qo'yadi. Alloh kazzob, yolg'onchi bo'lgan bandaga qaraydi. Uni kazzobligini biladi va unga ilojni, davoni, musibatni bitib qo'yadi.

[20:21] Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, birodarlar, Alloh Taolo hamma narsani biladi, har narsaga qodir va mana shu qazoyi qadar har bir insonni taqdiriga unga munosib bo'lgan narsani bitib qo'ygadi. Tabib bemorni oldiga keldi. Qon bosimini ko'tarilib ketibdi. Kasallik varaqchasini o'qib ko'rdi. Kasallik varaxachasini o'qigan paytda bu odam haqida ma'lumotga ega bo'ldi. Endi qanaqa muomala qilish kerakligini biladi.

[20:51] Endi Alloh Taolo bandasini yaratgan paytda bilardi kimni kimligini, nimaligini. Unga bergan muolajasi ham shunga yarasha bo'ladi. Alloh Taolo siz bilan bizni o'zi yaratgan, kimligimizni yaxshi biladi. O'zini ilmi bilan, hikmati qudrati bilan ustimizga mana shu kunni bitdi. Shu kun ustimizga yozilibdimi? Demak, shu kun bizga yaxshi rozi bo'lishimiz kerak.

[21:14] Rozi bo'l deganicha kunidan, yaxshiroq kunni so'rama degani emas. Rozi bo'lish shikoyat qilmaslik degani. Yaxshiroq kunda so'rang. O'sha kunga olib boradigan sabablarni qoyim qiling. Qarzingizni ko'tarishini, dardingizni yo'q qilishini so'rang, harakat qiling, o'zingizga bog'liq hamma sababni qiling. Shundan keyin nima bo'lsa, rozi bo'ling.

[21:37] Chunki shu kunni Alloh Taolo sizga taqdir qildi. Shunga ishonish birodarlar tavhid deyiladi. Bandani ishi faqir bo'lish, ojiz bo'lish, zaif bo'lish. Zaif inson, agar Allohga iqbol qilsa, Allohni quvvatli qiladi. Faqir inson agar Allohga iqbol qilsa, Alloh uni behojat qiladi.

[22:02] Agar ilmsiz johil inson Allohga iqbor qilsa, Allohni unga ilm berib qo'yadi. Va allamakama alam takkun ta'lam va ka'nafot lullohi alayka ziy'ma. Demak, Alloh Taoloning Al Qodir ismi bandalarga boshqa ismlardan ko'ra yaqinroq bo'lgan ism. Chunki banda zaif. Uning mana shu zaifligi uni dindor bo'lishlikka chorlaydi. Hatto butga sig'inadigan, adashgan toifalarni o'zlari to'qib olgan dinlarida tulishligiga ham zaifligi sabab bo'ladi. Inson zaif, Alloh Taolo Al Qodir bo'lgan zot. Inson zaif. Alloh al qodir bo', har narsaga qudrati yetadigan, qodir bo'gan zot. Odam bolasi zaif. Va xul iqhol insano doifa. Inson zaif bo'lib yaratildi. Inson zaif. Allohga muhtoj bo'lishlik insonning sha'ni. Allohni sha'ni esa unga muhtoj bo'tgan bandani quvvatli qilish. Siz o'zingizni Alloh Subhanahu va Taologa, al qodir bo'lgan robbingizga muhtoj deb bilsangiz, Alloh sizga quvvat beradi. Inson zaif qilib yaratildi va bu uning foydasi uchun bo'ldi.

[23:25] Agar zaif bo'lmasdan quvvatli bo'lganida, o'zini quvvatiga suyanib turib halokatga uchrashligi muqarrar edi. Ammo zaif qilib yoritildi va mana shu zaif bo'lishligi uni saodat topishiga sabab bo'ladi. Astaydu billah, innal insana xuliqo halua ida massahu sharru jazua va ida massahu l xoyru ma'noa illal musolli. Bizni zaifligimiz, bizni ojizligimiz, Robbimiz Subhanahu va Taolo aytyapti bu haqida.

[24:00] Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachon unga yomonlik yetib qolsa, o'ta besabrlik qilguvchidir. Qachon ungan yaxshilik yetsa, o'ta man qiluvchidir, baxldir. Halu degani, insonning jazovasining qattiqi. Qattiq jazovaga tushadi inson. Qizg'anchiq bo'ladi inson. Lekin mana shu inson Allohga muhtoj bo'lsa, Alloh bilan quvvatlanadi. Agar o'zini Al Qodir bo'lgan Allohga muhtoji deb bilsa, boy bo'ladi, olim bo'ladi. Muhammad alayhissalom Allohga muhtoz bo'lganidek. Qaranglarda. Mana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Al Qodir bo'lgan Robbimizga muhtoj bo'ldi. Alloh bu bandani aziz mukarram qildi. Alam nashro xalaka sodrok. Vo vadona anka vizrok. Allaviy anqadadoxrok. Varofa ana alaka dikrok. Biz Allohga qanchalar muhtojligimizni izhor qilar ekanmiz, zaifligimizni tan olar ekanmiz, Alloh shunchalar bizni qo'llaydi, shunchalar quvvatlaydi. Agar men o'zim ilmim, quvvatim, tajribam desangiz, Alloh o'zingizni holingizga tashlab qo'yadi o'zingizni. Unda xor bo'lasiz.

[25:16] Ey Muhammad alayhissalom, biz sizning qalbingizni keng munavvar qilib qo'ymadikmi? Va biz sizdan yelkangizni ezib turgan og'ir yukingizni olib qo'ydik va biz sizni zikringizni baland qilib qo'ydik. Qaytaramiz? Ko'p qaytaramiz shu qoidani. Inson qanchalar Allohga o'zini muhtoj deb his qilsa, Alloh shunchalar qo'llaydi. Shunchalar unga quvvat beradi. Shunchalar bu odam kuchli bo'ladi. Ammo o'zini behojat sezsa, Alloh Taolo bu bandani o'zini holiga tashlab qo'yadi.

[25:50] Islom tarixida bo'lgan ulug' ikkita g'azot. Badr g'azoti va Hunayn g'azoti. Har kuni mana shu ikkala g'azotdan olinadigan darsga muhtojmiz. Badr kunida musulmonlar ozchilik edi. Kurash qo'shini bir necha barobar musulmonlardan ko'p edi. Lekin Alloh Taologa bu sahobalar muhtojligini, zaifligini, ojizligini izhor qilishdi, Alloh ularni qo'lladi. Istadibillah, valoqodin nasaroqumullohu bi badrin va an'tum adil la. Axir Alloh Badr kunida kuchsiz bo'lsangizda, sizlarni g'olib qildi ku.

[26:31] Qaytaryapmiz qoidamizni. Qanchalar o'zingizni Allohga muhtoj deb bilsangiz, muhtojligingizni izhor qilsangiz, Alloh sizni shunchalar qo'llaydi. Uch yuzta sahoba birodarlar mingta odamni yengib qo'ydi. Hunayn kunida nima bo'ldi? Hunayn kunida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'n ming qo'shin bilan Makkani fath qilgan edilar, yana ikki ming kishi qo'shilib, Xunaynga o'n ikki ming qo'shn bilan chiqdilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Havozun qabilasiga qarshi jang qilgan. Havozunning qo'shini yigirma ming, musulmonlar o'n ikki million. Birinchi marta musulmonlarning adadi mana shunday bir katta sanoqqa yetdi. Hatto Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu la nug'lab minqillayyo Rasululloh deb yubordi. Qo'shin adadi katta, o'n ming kishi kelgan Makkaga, ikki ming kishi qo'shildi. Mana endi adadimiz katta, endi yengilmaymiz deb, nimaga suyanib qo'yishdi?

[27:31] Qo'shinning sanog'iga. Olloga muhtojligidan ko'ra, qo'shinga suyanishligi nima bo'ldi? Ko'zga ko'ndirib, hatto Abu Bakr sirdik va Rasululloh. Bugun yengilmaymiz. Agar yengilsak ham, qo'shinni ozligi sababli yengilmaymiz, boshqa sabab bilan mag'lub bo'lishimiz mumkin, lekin qo'shinni adadi katta deb turib, sanoqqa suyanib qo'ydi. Aka xonangiz bor tevada, problemangizni hal qilib beradi. Uka xonangiz bor, shu problemani hal qiladi. Oshnangiz bor, bitta zvonok siz bitkazib beradi. Qayoqdan bilasan ey?

[28:05] Aytyapmiz ku, har kuni muhtojimiz mana shu darsga. Student bo'lganlar bor. Student bo'lib bir tinga maydasida yurgan kunlari bo'lgan. Ikkita prashkani ko'proq yeb qo'ysa, dadasi bergan puli yetmaydi, uyga peshkom ketish kerak bo'lgan kunlari bo'mgan. Kulayotganlar, u student bo'lmaganlar.

[28:30] Endi o'sha kambag'alchilik, yo'qchilikni ko'rgan student keyin ishlab boyib ketdi. Qarang, nozik narsa. O'zingizni topolmaysiz, o'shalarda qotadi, qarang. Endi boyib ketdingiz da, qo'lingizda bir besh olti yuz ming dollar pulingiz bor. Endi siz ancha uverenniysiz. Chunki nimangiz bor?

[28:52] Ikki yuz ming pulga kuydiz. Siqilasiz. Uch yuz ming turibdi. Uje siqilyapsiz ikki yuz minga. Endi studentlik paytingizda eslang da, ellik so'm pul berar edi, yigirma so'm borib kelishga, o'ttiz so'm obedga edi. O'sha ulfatizga erib qo'ydingiz prashkaga. Tavakkal endi ertaga, Xudo poshsho. O'sha paytdagi tavakkulingiz Allohga edi. A xudo beradi ertaga deb turib, u yerdagi tavakkuling siz xudoga edi. Endi keyin nimaga bo'lib qolyapti tavakkal? Suyanish nimaga bo'lib qulyapti?

[29:26] O'shaning uchun musulmon odam Allohga suyanib, Allohga ozligini bilar ekan, hamma puliga bankrot bo'lib kuyib kelsa ham insult bo'lmaydi. Infarkt bo'lmaydi. Nima deydi? Alloh beruvdi, Alloh oldi. Alloh berganda sinagan edi. Olganda ham sinadi. Bergan berib sinaganida alhamdulillahda rozi bo'lgandim. Mana endi olib qo'yib sinayapti, yana nima deyman? Ey Xudo, qasd qilgan gunohim uchun demaydi da bu.

[29:57] Xunayn kuni haqida Alloh Taolo aytyapti: voqot aajibat kum, katsirot ukum. O'shanda sizlarni ko'p ekanligingiz mag'rur qilib qo'ygan edi. E'tibor beringlar. Uch yuz o'n to'rtta sahoba Badrda mingta mushrikni mag'lub qildi. Endi ikki ming musulmon yigirma mingga mag'lub bo'lib qoldi. Hunaynda o'zlarining sanog'iga, adadiga suyanib qolishdi.

[30:23] Shuning uchun doim o'zimizni ojizligimizni, zaifligimizni, Allohga muhtojligimizni izhor qilib turishimiz kerak. Ishonmang pulingizga. Ishonmang akaxonangizga. Ishonmay to'plab qo'ygan bir qanday sebdagi mol mulkingizga. Alloh bir kunda yo'q qilib qo'yadi. Astaydu billah, voyo'ma xunayn. A'jabatukum kasratukum, falam tug'ni ankum shay'a. Va zovqat alaykumul ardubima rohibat, simma vallaytum mudbiriy. Alloh sizlarni ko'p o'rinlarda g'olib qildi. Hunayn kunini eslanglar. O'shanda sizlarni ko'p ekanligingiz mag'rur qilib qo'ygan edi. Ammo u sanog'inglarni katta ekanligi sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi va sizlarga keng yer torlik qilib qoldi. So'ngra yuz o'girgan holingizda chekindingiz.

[31:19] Ikkita dars. Badr kunida Allohga muhtojligini, o'zini ojizligini tan olib sahobalar iltijo qilishdi, Alloh qo'lladi ularni. Endi Hunayn kunida o'zlarining sanog'iga suyanib qolishdi, Alloh tog'li o'zini holiga tashlab qo'ydi. Shuning uchun birodar, har kuni muhtoj bo'lasan mana shu darsga. Alloh desang, Alloh desang, muhtojligini izhor qilsang, zaifligini tan olsang, Alloh seni ishingni o'zini qo'liga oladi. Senga nusrat beradi. Qo'llaydi, saqlaydi. Agar men desang, tajribam desang, oilam, urug'im, jamoatim desang, Alloh'dan boshqaga suyanib qoladigan bo'lsang, Alloh seni o'zingni holingga tashlab qo'yadi. Biz ojizmiz, biz zaifmiz, Alloh esa Al Qodir bo'lgan zot.

[32:11] Asarlarda keltiriladi. Ajoyib narsani o'qib beraman hozir. Alloh deyapsiz, Alloh deyapsiz. Lekin ichingizda niyat qanaqa ekanligini o'zingiz bilasiz, odamlar bilmaydi. Kim biladi ichingizdagi narsani? Asarlarda keltiriladi. Avha allohu ila davuda. Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qildi. Vo izzati ma min abdin ya atasimubiy duna xolqiy. A'rifu dhalika min niyatixi. Fatakiydu hussamavatu val ard biman fixa, illa ja'al to'lachu min bayni dhalika maxroja.

[32:53] Asarlarda keltiriladi, Alloh taolo Dovud alayhissalomga dedi azizligimga qasamki, qaysi bir banda, maxluqotlar bilan emas, men bilan panohlansa, men buni niyatidan bilib olaman. Osmonlaru yer ahli unga qarshi hiyla qilishsa, u uchun men o'shalarni orasidan maxarojni chiqib ketadigan yo'lni beraman.

[33:18] Maxluqotlarga emas, menga ishonsin, menga suyansin, osmonu yer va uning ichidagi hamma unga yomonlik qilaman deb tursa, shu yomonligidan chiqib ketadigani yo'lni men beraman. Uni men bilan panohlanayotganligini niyatidan bilaman deyapti. Va man meni abdiniya atasimu bi maxluqin duniy, arifu dhalika min niyatihi, illa qoton otu asbaba samai bayna yadayhi.

[33:46] Va osoh to'li havo taxta qodamayhi. Endi, qaysi bir banda Men bilan emas, maxluqotlar bilan panohlansa, Men buni niyatidan bilib olaman. Osmon sabablarini undan olib qo'yaman hamda uning oyoqlari ostidagi yerni titratib qo'yman dedi. Siz Allohda panoh tilayapsizmi yoki boshqalardanmi?

[34:11] Siz Allohga ishonib turib o'zingizni quvvatli his qilyapsizmi yoki bir boshqalarga ishonib turipmi? Buni kim biladi? O'zingiz bilasiz va robbingiz biladi. Allohga muhtoj bo'lish birodarlar bandaning qadr qiymatini ko'taradi. Allohga muhtoj bol, seni ishingni o'zini qo'liga oladi. Seni ishingni yuksaltiradi. O'zini nusratini beradi, aziz qiladi. Men degin, o'zingni holingga tashlab qo'yadi.

[34:42] Biz, mana siz bilan biz, Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallam oldida kimmiz? Hech kim emasmiz. Sahobalarning oldida kimmiz? Hech kim emasmiz. Payg'ambarimiz aytganlar, innalloha ixtaaroniy, vaxta aroli as habiy. Alloh meni tanlab oldi, dedilar rasululloh. Va men uchun sahobalarimni tanlab berdi. Rasululloh va sahobalar tanlab olingan odamlar, mana shunday zotni, muhammad alayhissalomni eng yaxshi insonlar bo'lgan sahobalarning ichida bo'lishligi ham behojat qilmadi. Muhammad alayhissalom ularning ichida turgan bo'lsa ham, xato keluvdi jazolashni.

[35:26] Xatoga yo'l qolib, ollohga suyanmasdan sanog'iga suyanuvdi, ichida muhammad alayhi salom turgan bo'lmasa ham mag'lubiyat keldi. Musibat keldi. Shuning uchun, birodarlar, siz kim bo'lmang, kimni bolasi bo'lmang, qanaqa sifatingiz, martabangiz bo'lmasin, muhammad alayhissalom oldida hech kimmassiz. Sahobalar, rizvonullohi alayhim, oldida hech kim massiz. Ammo Allohni o'ziga suyanadigan bo'lsangiz, birodar, Allohni quvvatlaydi. Shunday odamlarni ham Alloh tashlab qo'ydi o'ziga.

[36:05] Bandaning zaifligi. Uni Allohga iqbol qilishiga sabab bo'ladi. Uni ostonasiga bosh urishligiga tutga bo'ladi. Boyligingiz, quvvatingiz, ilmingiz katta bo'lishi nimaga bog'liq? Boy bo'lishingiz, quvvatli bo'lishingiz, ilmli bo'lishingiz nimaga bog'li bo'ladi? Allohga muhtojligingizga bog'liq bo'ladi. Qanchalar muhtoj bo'lsangiz Allohga, shuni bilsangiz va izhor qilsangiz shuncha boy bo'lasiz, shuncha quvvatli bo'lasiz, shuncha ilmli bo'lasiz.

[36:40] Ochiq, aniq ravshan qilib aytib qo'yishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, agar Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, uni qadrini odamlar orasida baland qilib qo'yadi. Maxluqotlarning qalbida unga nisbatan muhabbatni joylab qo'yadi . Agar bir odam shol bo'lib qolsa, mo'min aniq ishonadi. Alloh uni sog'lom qilib qo'yishga qodir.

[37:05] Agar bir odam zaif bo'lsa, dushmanlarda kuchli, quvvatli bo'lib turgan bo'lsa ham, agar Alloh xohlasa, dushmanlardan buni g'olib qo'yishiga ham qodir. Alloh hammasiga qodir bo'lgan, al qodir bo'gan zot. Astaydubillah, qol ashabu musa inna alamudrakun. Mo'son alayhissalomning asxoblari Misrdan chiqqanlarida sheraun orqadan kelayotganligini qo'shini bilan ko'rishdi.

[37:33] Mo'soning asxoblari, albatta, biz tutildik. Biz halok bo'ldik. Yetib kelishdi, dedi. Mo'son alayhissa nima dedi? Qola, kalla, innama'iya robbi sayyahdin. Yo'q. Robbi men bilan birga menga yo'l ko'rsatadi. Aytdi yu, Allohga qancha muhtoj bo'lsangiz, chiqib ketadigan yo'lni chiqarib qo'yadi.

[37:58] Asarda keltirildi, banda Men bilan panohlansa, boshqalar bilan emas, Men uni niyatidan bilaman, Mendan panoh so'raydigan bo'lsa, yetti qavat osmon, yer, shularni orasidagi hamma unga yomonlik qilaman desa ham, chiqib ketayotgan yo'lni ko'rsatib qo'yaman dedi. Mana Muso alayhissalom manaqa qilib Alloh qutqardi. Asoyi bilan dengizni urdi da, urdi, dengiz yor oldida chiqib ketdi. Muso alayhissalom yoki mana Usroil mana shunday bir farajni yechimni bo'lishini o'ylaganmidi? Tasavvur qilganmidi?

[38:30] Allohni va'dasi haq, birodarlar? Yunus alayhissalom baliqni qorniga tushib qoldi. Baliqni qorinda dengizni tubida turibdi. Nima bor uni u zotni bu yerdan qutqaradigan? Qimirlamaydi yotibdi baliqni qornida. Chiqib ketgani bironta bir yo'li bormi? Yer yuzidagi hamma odamlar yig'ilib, uni qutqarib qola oladimi?

[38:57] Havo yo'g'usi ikki minutda o'ladi odam. Lekin Alloh Taolo qutqarishni xohladi. Fanadafi zulmatiy alla ilaha illa anta subhanaka innikuntu minaz zalimin. Yunus alayhissalomga Alloh Taolo ilhomni berdi. Dengizni tubida turgan jonivorlarning aytadigan tasbehini eshittirib qo'ydi, qulog'idan pardani olib qo'ydi. Ya'ni ey Yunus, tasbeh chiqib ketasan deb Alloh o'zi yo'l ko'rsatdi.

[39:26] Qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q. Magar o'zing bordirsan, ey pokiparvardigor, darhaqiqat men o'z jonimga jabr qiluvchilardan bo'p qoldim deb nido qildi. Alloh qutqardimi? Ishonveringlar birodarlar. Alloh uchun mumkin bo'lmagan narsa yo'q. Alloh har narsaga qodir bo'lgan zot.

[39:49] Agar siz Allohga haqiqatdan ojiz ekanligingizni izhor qilib, Allohga olib yuborsangiz, sizni muammoga kirgizib, sizni boshingizni qotirib turgan odam, shu muammoni o'zi yechadi. Alloh har narsa qodir. Ko'rmaysizmi Alloh Taoloni mana shu Fir'avnning halok bo'lishiga sabab bo'ladigan Muso alayhissalomni Fir'avnning qasrida balog'atga yetishigini, urg'u etishigini xohladi.

[40:13] Tushunyapsizmi nima degani bu? Vaholanki tushida Fir'avn ko'rdi, Banu Isroildan bir bola tug'ilib, uni halokatiga sabab bo'lar ekan. Shu halokatni o'zidan daf qilish uchun Banu Isroildan tug'ilgan har bitta o'g'il chaqalog'ni so'ydirdi. Aytyapti, yetti qavat osmon ichidagi hammasi makr qilsa ham, agar Alloh Taologa o'zini zaifligini izhor qilsa, chiqib ketadigan yo'lni ko'rsataman deyapti. O'zini halokatiga sabab bo'ladigan Mo'soni Alloh Taolo Fir'avnning qasrida ulg'ayishini xohladi. Innalloh ala kullishayin qodir.

[40:48] Fastajabina ala huva nat jaynahu minal g'om, vakadha lekin munjil mu'mining. Bas biz uning duosini mustajob qildik va uni g'am g'usxadan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday najot beravermiz. Endi qaranglar. Yunus alayhissalom tasbeh aytibdi, Allohga muhtojligini izhor qilibdi, chiqib ketibdi.

[41:13] Bu bir marta bo'lib tugadi, endi bundan keyin hayotga aloqasi yo'q qissami? Yo'q. Alloh aziz va jallaning aziz kitobi tarixga aylanib qolmaydi akalar. Mana shu qissani Alloh Taolo hayotda ishlaydigan qonunga aylantirib qo'ydi. Qiyomatga shu shu qonun, shu sistema ishlaydi.

[41:35] O'zi nima sababdan baliqni qorniga kirdi Yunus alayhissalom? O'zini qilgan xatosi tufayli. Shuning uchun nima problema kelsa boshimizga, molimizga kuydikmi, salomachiligimiz ketdimi, oilamizdan bir tortyapmizmi, yoki bir bizga musibat keldimi? Avvalambor biling, iymoningiz komil bo'lsin. Siz o'zingiz qilgan ish tufayli keldi bu. Bolangiz betarbiya bo'ldi, topganingizda baraka yo'q, uyingizda bir halovat yo'q. O'zingiz qildingiz ish tufaylik keldi, shuni yaxshilab bilib oling. Endi chiqib ketishni yo'li, Alloh Taoloning o'ziga yolvorishlik, Allohga muhtojligingizni izhor qilishlik.

[42:12] Va katalika nujilmi umining deyapti Alloh. Biz mu'minlarga mana shunday najot beramiz deydi. Allohni rahmatidan noumid bo'lish, umidsizlik, tushkunlikka tushib qolish, bu musulmon odamga to'g'ri kelmaydigan sifatlar. Ha, musulmonlarni hozirgi kunda birodarlar ahvoli og'ir. Ish chatoq. Musulmonlar holi xarob. Musulmonlar o'zlari mazlum bo'lib turgan holda zolim degan ayblar yelkasiga qo'yilyapti. O'lekkan ham musulmon, qon oq ekan ham musulmon. Talon toroj bo'lakkan ham musulmon yana aybdor ham kim?

[42:51] Musulmon bo'lib turibdi. Birodarlar, biz iymonimiz komil. Mana shu hozir xor bo'lib turgan holi nochor bo'lib turgan Ummati Muhammadniyini Alloh aziz qilib qo'yishga qodir. Alloh har narsaga qodir bo'lgan Zot. Faqat bu ummat ana shu azizlik sabablarini qoyim qiladi, aziz bo'lishiga sabab ishlarni qiladi, Allohga muhtojligini izhor qiladi, Allohni aziz qiladi bu ummatni. Xuddi ummatni avvalini Alloh Taolo aziz qilganidek.

[43:24] Vala tahin u vala tahzan u an tumul anavun inkun tumu minin. Tushkunlikka tushmanglar, sustkashmanglar, mahzun bo'lmanglar, sizlar oliysizlar deb Robbimiz aytyapti. Biz oliymiz. Shart, agar mo'min bo'lsanglar. Demak, mo'minlikni shartini hammasi topilmayapti shekilli da bizda. Biz aziz ummat bo'lishlikka loyiq ishlarni qilmayapmiz shekilli da, shuning uchun bir xor bo'lib turibmiz hozir.

[43:53] Alloh taoloning qudratining yonida uning ilmi turadi. Jarroh bemorni jasadini yorib, kesib muolaja qilishi kerak. Insonni jasadi murakkab narsa. Bu yerda nervi bor, bu yerda asab tolasi bor, bu yerga poyi bor. Jarroh buni biladi. Uzoq yillar davomida o'rgangan inson tanasini tuzilishini. Ana shu ishni qilishlikka qodir. Qarang, ham qodir, ham biladi. Demak, qudratni shartlaridan bittasi ilm ekan birodarlar. Alloh taoloning ilmi Alloh taoloning qudratini bir qismi. Qudrat palapartishi bo'lishi mumkin. Agar unga ilm qo'shilsa shu qudratga, shunda bu ongli qudrat bo'ladi. Ya'ni operatsionni stolga o'tkazib qo'yib, qornini yorib qo'yish juda ko'pchilik odamni qo'lidan keladi. Qodir shunga, qornini yonib qo'yishiga qodir. Ammo muolaja qilishlikka ilmi bormi?

[44:49] Qodirsiz lekin ilmingiz yo'q. Endi Alloh azza va jallani esa ham qudrati bor, ham ilmi bor. Iymoni bor odam, birodarlar, nafsiy kasallikka duchor bo'lmaydi. Iymon bilan turgan odamda tushkunlik, umidsizlik, ruhiy xastalik birga bo'lmaydi . Bu kasalliklar nimalar? Tushkunlik, uimidsizlik, ruh'iy xastalik, bular banda Alloh'dan uzoq bo'lib qolganda paydo bo'ladigan kasalliklar.

[45:23] Tushkunlikka, ruhiy xastalikka, noumidlikka Alloh'dan uzo'q bo'lgan odam tushadi. Mo'min esa aniq biladi. Hamma ish kimni qo'lida? Yaxshilik ham, yomonlik ham kimni qo'liida? Aziz qiladigan, xor qiladigan kim? Boy qiladigan, kambag'al qiladigan kim? Inna allohu ala kulli sha'in qodir. Mana shu iymoni mo'minni tushkunlikka tushishdan saqlaydi. Umidsizlikdan to'sadi. Ruhiy kasalliklarni to'sib turadi. Hamma ish kimni qo'lida?

[45:59] Qaranglarda, alloh subhanahu va taolo ya'ni birov bir ish buyuray desa, men buni qilishim kerak, anaqa desa ketaver, men qilib qo'yaman deydi. Nima problema? Manaqa manaqa men bu tuzib qo'yaman, ketaver deydi. Sizga ish buyurayotgan odam muammoyingizni hal qilib qo'yib turib ish buyurisa, ishni bemalol qilasiz. Tushuntira oladimi? Ko'mirni tashib qo'yishim kerak desa, ketaver men tashib qo'tyaman deydi. Ish buyurayayotgan taraf sizni muammoyingiz hal qilib qo'tirib ish buyursa, shu ishni bajarishingiz oson bo'ladi.

[46:32] Birodar, Alloh seni ibodat qilishga buyurishdan avval seni xotirjam qilib qo'ydi. Avval xotirjam bo'l, orqasidan ibodat qil. Vo ilayhi yur javul amru kulluhu va abduhu va tavakkala alih. Osmonlar va yer faqat Allohnik. Hamma ish Allohni o'ziga qaytariladi. Bas unga ibodat qil, uni o'ziga suyan.

[47:01] Ibodatdan nima to'xshayapti odamlarni? Bola, chaqa, tirikchilik. Shuni deb odamlar ibodat qilmayapti, shuni deb Qur'on o'qimayapti, shuni dem ilm majlisiga bormayapti, shunida tasbeh tahlil aytmayaptimi? Alloh aytyapti, ey banda, hamma narsa Meni qo'limda. Xavotir olma. Ibodat qil, tavakkal qil. Meni qo'yimda hamma yo'q deyapti.

[47:24] Shuning uchun Robbimiz bizni xotirjam qilib qo'yib turib, keyin ibodat kelib deyapti. Qarang. Hamma ish Alloh Taoloni qo'lida, hamma ish Uni o'ziga qaytariladi, undan keyin aytyapti, unga ibodat qil, Uni o'ziga suyab. Kim aytgani bo'ladi? Benzin necha pul oldi? Yana necha pul bo'ladi?

[47:49] Biz nima deymiz? Nima deymiz? Ikki yuz bo'lsa, o'shanga yarasha Alloh pul beradi, o'sha mashina yuradi. Uy bilan to'yni rizqini kim beradi? Nimaga unaqa deymiz? Boshqasini kim beradi? Nega shu uy bilan rizqni pulini Alloh berishiga aniq ishonchingiz bor? Chunki qisqa muddatda qayerdandir bir keldi bir narsa, uy bitib ketdi. Qisqa muddatda yo'q edi Rashodda. Yoki kunni belgilab qo'ydingiz to'yda. Pul yo'q. Qisqa muddatda pul keladi, bo'lib ketdi. Shu yerda siz iymoningiz komil da. Uy bilan to'yni rizqini Alloh beradi. Ya'ni qisqa muddat bo'lganligi uchun siz Allohda kelganligini bilyapsiz. Boshqasini kim beradi?

[48:33] Biz o'sha ishonolmayotganligimizda, Allohga suyanolmayotganligizda, iymonimizni zaifligida, hamma ish Allohni qo'lida ekanligida, iymonimizni quvvotsizligida. Hamma ish kimni quvvliga qaytadi? Ey birodar, seni ibodat qilishga buyurishdan avval robbing seni xotirjam qilib qo'ydi. Avval xotirjam bo'l, uni orqasidan ibodat qil.

[49:01] Aquli qovli ha da, va astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohi va malakati huyu sallun ala nabi. Ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vas salimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
