# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 47 of 510
- Section: —
- Duration: 31 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/47
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/y6oGYJPoP_g.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=y6oGYJPoP_g
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/46.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/48.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:08] Bismillahir rohmanir rohiym. Rahmga qanchalar to'lib toshganligiga guvoh bo'lamiz. Mashhur qissa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yigirma yildan ortiq dushmanlik qilgan, Qurish Makka fathida Rasulullohni qo'l ostida turdi. Rasululloh sollollohu alayhi vassalamni sahobalarini o'ldirgan, vatanlaridan quvib chiqargan, Qurash mushriklari Rasulullohni qo'l ostida. Mana shu yerda agar adolatli ish qilsa Rasululloh, bularni qilgan ishiga yarasha jazo, qatl qilinishlik kerak bo'ladi. Ammo Rasululloh shu o'rinda adolat qildilarmi? Yo'q. Hazil ko'rsatdilar. Ya'ni, idha bu fantumut to'laqo. Ketaveringlar, sizlar ozodsizlar dedi. Demak, kishi qanchalar iymonida yuksalar ekan, qanchalar bir taqvosi yuksalib borar ekan, fazilatni unutmasligi kerak. Bu degani, ibodatdan uzoq bo'lgan qarindoshlarni o'ziga yarasha muomala qilish emas, undan yaxshiroq muomala qilib ko'rishligimiz kerak. Toki haqqi biz sababli yurib qolsin ular.

[1:14] Mana endi silayi rahmning samaralari haqida. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Imom Buxoriy va Muslim keltirgan hadisda aytadilar Abu Hurayradan: man ka'na yu'minubillah hival yavmil'a xirifal yukrim day fah. Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, mehmonini izzat ikrom qilsin.

[1:44] Uyga kiramiz deymizmi? Uyga kiramiz deymiz u. Tushunarli da, mana shu yerdagi, shu kelgan odam ham biladi bu dejurniy gap. Eshikdagi uyga kiramiz deyotgan odam ham bilad, mehmon dejurniy gap ekanligini bilayotganligini. Chunki shunday bir zamonlar, shunday bir davrlar bo'lib ketdi, fe'llarimiz, o'lchovlarimiz o'zgarib ketdi.

[2:10] Hadisni davom ettiramiz. Va man ka'na yu uminu billa hivalyon mil axir fal yasil rohimah. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, qarindoshlarini holidan xabar olsin. Iymonda shart qilinadi, qarindoshlarni holidan xabar olishlik. Birodarlar, siylay rahm bizga kerak. Mana hozir siylay rahmni samaralari, foydalarini o'qib beraman. E shunchalik narsami bu deymiz agar kerak bo'lsa.

[2:43] Va man ka'na yu'minubillahi val yom bil axir, fal yaqul hayron avul yasumut. Hadisni oxirgi qismi. Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa, foydali, yaxshi gapni gapirsin, bo'lmasa jim tursin. Silayi rahmning mana samaralari. Birinchidan. Silayi rahim, hozir aytdik. Bu iymonning talabi.

[3:09] Agar haqiqatdan iymoningiz rost bo'lsa, silayi rahm qilishingiz kerak. Ikkinchidan, silayi raham umrni va rizqni barokatli bo'lishiga sabab bo'ladi. Umrimizga, rizqimizga barokat kiradi, silayi rahmat tufayli. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, buxoriy va muslimdan keltirilgan hadis anasini molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Man sar rohu an yubu sata lahhu fiy rizqiyhi, a'yun sa lahhu fiy athariyhi fal yasil rohimahum. Hadisni qarang birodar. Kim rizqining keng bo'lishini va orqasidan asari ko'p qolishini xohlasa, silayi rahm qilsin. Rizqi keng bo'lishligini. Orqasidan asari ko'p qolishini xohlasa, siylay rahm qilsin. Nima deb ishlab yuribsiz ko'chada yigitlar? Rizq topaman debmi?

[4:09] Demak, bir haftada bitta ishni, bitta siylay rahmni qilib qo'yib turib, ozgina ishlaylik, alloh taolo barakot yog'dirib qo'yadi ustiga. Yetaveradi hamma yoq. Hech shuning uchun ulab zo'rg'a tirikchilik qilyapman. Nimaga unaqa bo'lyapsan? Qarab ko'r chi. Yo'q, rasxod ko'p, domla, hozir. Yo'q, rassxod ko'p emas. Topishga ham, yo'q topish ham yozganicha, barakat yo'q. Barakatni kelishiga birinchi sabab nima o'lyapti? Silayi rahm. Al bos totuv degan kalima, rizqni keng bo'lishi, rizqingizni, tijoratingizni unib o'sishi va haqiqiy ma'noda ziyoda bo'lishligi. Shu hadis o'zi bizga kifoya qilishligi kerak. Silayi rahmda bir haftada bir marta yo'lga qo'yib qo'ygani.

[4:54] Yo'lga qolib qolganmiz, haftasiga uch marta osh yeyishdi somovarda. Yo'q edi ikki marta. Bor edi, sakkizta oshi bor haftasiga. Pul ketadi unga. Vaqt ketadi, lekin ilojini qilgan. Jo'ralaring bilan o'tirsang baraka keladi demayapti. Ulfatlar bilan. Singilay rahm qilsang baraka keladi deyapti.

[5:16] Nastroykalarda to'g'rilaydi yigitlar. Tushunarlimi? Bizni nastroykalarmiz buzilib ketgan. O'zi yaxshi odammiz hammamiz. O'lchovlar chatoq bo'lib ketgan. Yun saalau fi asarihi deganida, ulamolar bir necha fikrni aytgan ekan. Jasadida quvvatni hosil bo'lishi, sog' bo'lishi degani. Umrida baraka bo'lishi, soatlarga yo'l ochilishi, vaqtini oxiratga foydali bo'lgan ishlarga sarflanishligi deb sharhlashgan ekan.

[5:49] Yana nima kerak bunga qo'shimcha ravishda? Yana bir ma'nosi yunus alaxufiy atari hidi vafotidan keyin odamlarni yodida yaxshi xotira qolishligi deb ham sharhlashgan ekan. Sizlar ham zo'r qilsangiz o'lib ketganingizdan keyin ham yaxshilik bilan eslanasiz. Inshaalloh. Yana ayrim so'zlarda mana shu yunus alaxofiy atari hida qarindoshlardan xabar olsa, u uchun falon falon narsa bor. Qarindoshlari bilan aloqasi uchsa, bu narsalar yo'q deb ham sharhlangan ekan.

[6:21] Nechta foydasini gapirdik? Nechtasini gapirdim? Ikkitasini. Silayi rahm, iymonni talabi. Silayi rahmi tufayli, umrimizga, rizqimizga nima keladi? Barakat keladi. Albatta, mana shu silayi rahmni zo'r qilib, ado qilayotgan bandalar umrida, rizqida barakot bo'layotganligini ko'radi. Oramizda albatta o'shanacha insonlar bor bo'lsa kerak. Umrida ham, rizqida ham baraka bor. Hech narsaga vaqtim yo'q da. Hech narsiga vaqtim yo'g'i. Shu ish, ish, ish. Nimaga vaqting yo'q? Chunki silayi rahming yo'q. Uchinchidan, silayi rahm yomon xotimadan saqlaydi. Ya'ni hokimatu suv yomon o'lim topishlikdan Alloh saqlaydi.

[7:18] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, Anas roziyallohu anhudan innos sadoqati vosilatar rohmi yuzidullohu behima fil umri. Voyadfa u behima maktata suv val makruh val maxzur. Uchinchi foydasi. Payg'ambarimiz aytadilar, albatta sadaqa va siylay rahm. Ana shu ikkisi tufayli Alloh Taolo umrni ziyoda qiladi. Ana shu ikki sababli yomon o'limni, makruh va mahzur ishlarni daf qiladi. Ko'nglingizga yoqmagan ish sizdan nari bo'ladi. Yomon o'lim topishlikdan omonda bo'lasiz.

[8:00] Chunki kishi baribir o'ladi bir kuni. Har qancha yashamasam o'ladi. Ana shu o'lim soatlari kelganda, ajali yetganda, masjidda bo'lsa naqadar bir chiroyli holat. Qur'onni o'qib o'tirgan bo'lsa, sajdada turgan bo'lsa. Bir savobli amalni ustida jon taslim qilsa, naqadar zo'r a? Falonchi masjidda turib ko'p eshitamiz, namozda ketib qolibdi. Ro'zador ahvolida ketib qolibdi. Havas qilamiz. Unga yetish deydi, yo'li nima ekan? Singilayi rahm ekan.

[8:34] Alloh taolo aytadi. Astayu billa, am hasiba la dinaji taraxus sayyi'ati an najalahum kalla dina amanu va amili solihat, savo an mahyahum va mamathuhum saa amai hukmuh. Hamma xohlaydi barakotli keng rizqni. Barakotli umrni xohlaydi. Yaxshi holatda bir jon taslim qilishni xohlaydi, deydi. Ammo hamma ham loyiqmi bunga?

[9:07] Makkaga o'tiring. Ketib qolsa, to'g'ri buzilib qoladi. Alloh taolo so'rayapti. Balki yomonliklar, gunohlar kasb etgan kimsalar, biz ularni ham iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar kabi qilishimizni va hayotlari ham, mamotlari ham barobar bo'lishini o'ylagandurlar. Iymon keltirib yaxshi amal qilgan odamni hayoti daqa, o'limi daqa bo'lishini xohlaydimi, gunoh ma'siyatni qilganlar? Teng bo'lmaydi ular hech qachon. Xohlaysizmi xayrli bir xotima topishni deydi? Xohlaysizmi barakotli hayotni barakotli riskda? Solih bandalar qatorida bo'ling.

[9:53] Birodarlar, hojatxonada turib, jon taslim qilgan odamlarda xabarlari bor. Agar surishtirsanglar, shu shaharliklarni o'zida ham chiqadi. Surishtirib qarasangiz, o'sha qilgan hayotdagi ishlari, qilgan kasbikorlari sabab bo'lgan. Mana bu o'rinda Hindistonda o'zini va'da qilingan Iso, Masih deb da'vo qilib chiqqan Mirzo G'ulom Ahmad Qodiyoniyni o'limini aytib o'tamiz. Bu kofir, bu murtad musulmon bo'lgan. Keyin o'zini Nabiyman deb da'vo qilib chiqqan, Ahmadiyalarni bir yo'liga asos solgan.

[10:34] Mirzoqulom ahmad qodiyoniy o'zini payg'ambariman deb chiqqan, nabiyman deb chiqqan. Ahmadiylar, Qodiyoniylar bular kofir. Murtad, dindan chiqqan, ahli sunnaval jamoad e'tiqodidagi barcha olimlar bularda kofir ekanligiga bir ittifoq, a, fatvo berishgan. Chunki Muhammad alayhissalomdan keyin Payg'ambarlikni da'vo qilib chiqqan odam qanday kofir bo'lsa, uni Payg'ambarligi ishlangan odam ham shunday kofir bo'. Xo'p, muhimi, bu o'zini Payg'ambarman degan. Ana shu odam tirik paytda shu yurtlarda vabo tarqagan. Xaliyalar. Va aytardiki, men Payg'ambarligimni mo'jizasi shu xalyara menga tegmaydi, shu meni mo'jizam derdi.

[11:16] Lekin ayni mana shu xalyara sabablik o'lgan hojatxonada al jaza u min jin sil amal. Qilgan ishiga yarasha mukofot bo'ldi. Qayerda o'ldi? Ko'p eshitamiz a, mana shu falonchi oqsoqol deydi, sajda qilib turmabdi. Falonchi qa'dada o'tirganda, namozda o'tirganda yiqilib tushibdi. Havas qilib yuborasan da, chunki Payg'ambarimiz aytganlar, kim nimani ustida o'tsa, qiyomatda shuni ustida kiriladi degan. O'shaning uchun yoshi ulug'lar, yoshi ulug'larda demaylik, yoshlarga ham kelib qolish bir pastlik ajal da. Iloji boricha yaxshi o'rinda ko'proq bo'lishga harakat qilaylik, masjidga ko'proq yuguraylik. Ko'proq tilimiz zikrda bo'lsin. Oxirgi aytgan so'zimiz La ilaha illalloh bo'lib qolsa, albatta jannatga kiramiz. Ammo qarindosh uruvchilikni uzib qo'yib turib, yaxshi o'lim topaman desangiz, to'g'ri emas ekan. Nechta foydasini gapirdim? Birinchisi, iymonni talabi, rizqqa, umrga, barakotga sabab, yaxshi xotinni topishlikka sabab bo'ladi.

[12:27] To'rtinchisi, silayi rahm, yurtni obod va mol u davlatni barakotli qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, imomutabaroniy va hokimdan keltirilgan hadisda aytadilar, ibn abbosdan. Innalloha la yom mirul vil qavmi ad diyaro va yusaymi mir rohim amual.

[12:50] Rasululloh aytdilar, albatta alloh taolo bir qavmlar sababli, ayrim kishilar sababli bir yurtni obod qiladi. Ularning mollarini barakotli qildi. Sahobalar, yo rasululloh, qanday qilib deganida, bismillahir rohmanir rohim. Ularning siylayi rahmli sababli. Yurtimizda qanchalik siylayi rahimni qiladigan odamlar ko'p bo'larkan, ularni mana shu ishi tufayli yurtda barakot yoyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va'da qilyapti bizga.

[13:21] Ana shu siylayi rahmi yo'q qilib qo'ygan xalqlarni qaranglarda, g'arb o'lkalaridan. Hech narsaga vaqti yo'q. Har qancha topish katta olmasdan doim puli yetmaydi. Chunki nimani uzib qo'ydi ular? Ota onasiga ham oylab telefon ham qilib qo'ymaydi va ota onasi ham normalniy qabul qilaveradi buni. Ha desa, bu ham shunaqa qilganda. To'g'rimi? Bolalaringiz sizni boshiga qo'yib ko'tarishini xohlaysizmi? Xohlaysiz. Siz ham ota onangizni boshiga qoyib ko'taring. Hech qancha qolmadi ularda hayotiga. Aytdik ku, boshimizga qo'ngan qushga o'xshaydi. Pirratib tushib ketishi mumkin. Nimaga yetmayapti ularda? Nimaga vaqti yo'q? Doim bilasizlarmi o'sha g'arb kishilari, e, nirovanniy yuradi, chunki ulgurmayapti da.

[14:09] Masalan biz aytaman chiqamiz uyda. Falonchi keyin uchlayman, mozabchasni olaman, keyin mashinani yog'ini almashtirib, obedni qilib, keyin besh olti ishni bitkazasiz bir chiqqaningizda. Ammo bu yurtlarda nima bo'ladi? Aytaman, bitta ishni chiqib qilib qoladi, bo'ldi, shu bilan kun. Hech narsa yo'lga kelmaydi, vaqt yo'q. Ulgurmayapti. Bo'lmasam bo'ladi ekan yigirma to'rt soat. Nima uchun unaqa ekan?

[14:34] Shuning uchun uzoq yurtlarda ishlab yurgan, pul topaman deb ishlab yurkan, birodarlar, ota enalarda holidan xabar olinglar. Telefon qilib bo'lsa ham, sizlar rahmatni unutmanglar. I lekin ishlaganinglarda, topganinglarda baraka bo'ladi. Besh yil yuradi, balo hovli ham yo'q da. Ko'p ishlamaylik.

[14:58] Shariat ko'rsatgandaqa ishlaylik. To'g'rida, e, qarz bo'lib zo'rg'a kelib oldim deydi. Yo'lkiramga qarz olib keldim deydi. Nechta foydasini gapirdik? Nima bo'ldi? Iymonni talabi, silayi rahm. Rizqimizga, umrimizga barakot keladi. Xayrli xotima topishlikka sabab bo'ladi. Hamda yurtni obod bo'lishiga sabab bo'ladi. Yurtni obod bo'lishiga. Bir kishini ko'rasan, moli davlati barakali, uyi bor, yer, tijorat bir joylari bor, olib qolgan qandaydir gektar yerlari bor. Hamma yoqqa ulgurayotganini ko'rasan. Bolalarini uylaydi, o'qitadi, uylaydi, olgan yerlariga, uylariga bola chaqasini olib borib joylaydi. Hamma yog'i zo'r. Yana so'raysan da, qayoqdan kelib qoldi bunga buncha narsada? Qanday qilyapti kerak? Nima ish qilar ekan u? Mana bu mana bu tajovat, men ham o'sha tajovatni qilaman. Qilasan, seniki bo'lmaydi. Yana shunday odamni ko'rasan, nimaga qo'lini uzatsa yetmaydi? Doim kamchiligi naq. Nima ishga qo'lini ursa, orqaga ketadi. Yo'llari to'siq.

[16:11] Endi yo'llarni ochib yuboradigan odam kerak. Aqlli do'stlar maslahat beradi. Falon joyga borsang kuchli bitta ko'radigan odam bor deydi. Ish yo'llaringni nima qilib yuboradi? Bilasizlar, hammanglarni mahallanglarda bo'lsa kerak, zo'r zo'r kiyingan odamlar o'tiradi.

[16:34] Zo'r zo'rt mashinalarda, ziyoli odamlar ko'rsang, ish yo'llarini ochib yuboradi deb ishonadi da. Ammo onasiga bir oyda bir telefon qilmaydi. Voy, agar u ishni yo'lingni ochib yuboradigan quvvatga ega bo'lsa, seni bergan yuz so'm, ikki yuz so'mga qarab o'tirarmidi? O'zini bolalarini ishini yo'lini ochib yuborib, o'shalarni topib kelgan pulini yeb o'tirmasmidi? U qayoqdan seni yo'lingni ochivorsin? Axir o'zingni yo'lingni o'zing berkitayotgan bo'lsang.

[17:07] Mabodo shunaqa yo'lni ochib yuborganlarga boradiganlar bo'lsa, bu yerda yo'q deb gumon qilaman. Mana yo'ldosh o'radigan narsa. Nima ekan? Selera. Farzandlar tarbiyasi, ijtimoiy tarbiya, haqlar, qarindoshlarni haqqi. Biz mana shu narsa haqida suhbat qilyapmiz.

[17:31] Beshinchisi, silay rahm gunohlarni yuvadi va xatolarni o'chiradi. Ibn Hibbondan, Hokimdan, rivoyat qilingan hadis, Ibn Umar roziyallohu anhudan. Atan nabiya sollallohu alayhi vasallam roji yulunfaqol, innaniyatin abdu zamban oddiyman, faxalli min tavba deydi. Yo Rasululloh dedi bir kishi kelib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga. Men bir buyuk gunohni qilib qo'ydim. Menga tavba qilishlikka yo'l bormidi?

[18:03] Rasululloh sallam aytdilar, hallaka min um. Onang bormi? Dedi. Onasi borlar eshitib turinglar. Yo'q dedi. Qola, ha lekin men xola. Xolang bormi dedi. Xolinam, ha dedi. Qola fabirha. Unga yaxshilik qil dedi. Ya'ni gunohingni yuvilishini xohlasang, onangni xizmatini qil, onangni duosini ol, yuviladi gunohing, tavbing qabul bo'ladi, xatoying o'chiriladi. Agar yo'q bo'lsa, xolangni rozi qil. Chunki xola onadan keyin onani manzilatida bo'ladi. Onasi tirik baxtli odamlar. Qadriga yetinglar. Chunki ketgandan keyin qadriga yetilinadi. Agar ketgan bo'lsa, xolani boshimizga qo'yishligimiz kerak ekan. Nechta foydasini gapirdik? Birinchisi, iymonni talabi, umrga rizqi barakot, yaxshi xotima topishlik, yurtga obodonchilik kirishligi, gunohlarni yuvishdagi xatolarni o'chirishdagi turadi buni orqasida.

[19:10] Oltinchisi. Silayi rahm kishining hisobini qiyomat kunida yengil qiladi va uni jannatga kiritadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom ta'baroniy va bozordan hokimdan rivoyat qilingan hadis abu xur'ar rohziyallohu anhudan. Salatun man kun nafiyhi ha sabahullohu hisoban yasiroq va adukhalohul jannatab i rohmatih.

[19:37] Payg'ambarimiz aytdilar, kimda ushbu uchta sifat bor bo'lsa, Alloh Taolo uni yengil hisob bilan hisob qiladi va o'zining rahmati bilan uni jannatga kiritadi. Uchta sifad. Sahobalar, yo Rasululloh, ota onalarimiz fido bo'lsin. U qaysi sifatlar deb so'rashdi. Payg'ambarimiz aytdilar, sendan bir narsani man qilganga ana shu bir narsani berishing. Sendan aloqasini uzgan bilan aloqani tikkalashing va senga zulm qilganni avf qilishing.

[20:11] Agar o'shalarni qilsang, Alloh Taolo seni jannatga kiritadi. Nima nimalar deyildi? Birinchisi nima bo'ldi? Bir narsani sendan man qilgan odamga bir narsani berish. Qarindosh urug'laring sendan aloqasini uzgan bo'lsa, sen orqasidan borishliging ularda. Va uchinchisi, senga zulm qilganni off qilishing. Uch ovi ham qiyin a? Uch ovi ham qulay. Ayniqsa hozirgi zamonda.

[20:42] Boraverasanmi deydi, bir marta ham uyinga kelmasa. Nima qarzing bormi ulardan deydi. Shunaqa eslilar ku, boyagi haligi yo'llaringni ochib yuboradi degandaqa ulfatlar bor da. Boraverasan mi sen deydi. Yettinchisi, qotiyor rohim, qarindoshchilik aloqalini uzgan kishi hargiz jannatga kirmaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imomutabaroniy ahmaddan bu hadis, buxoriy va muslimdan, abu dovuddan, termiziydan.

[21:11] La yad hulul jannata qotiyor rohim. Rasululloh aytdilar, qotiyor roham jannatga kirmiydi. Qarindosh urug'chilik aloqalarini uzgan inson jannatga kirmaydi. Endi, farzandlarimizga bu silayi rahmni o'rgatishlikdan avval o'zimiz shu narsaga amal qilishligimiz kerak. Haftada bir marta, bir oyda bir marta, hech bo'lmaganda bir hayit munosabati bilan bir qarindoshimizni ziyorat qilib qo'yishimiz kerak. Birodarlar, bu bizga kerak. Bu bizga kerak, o'zimizga rahmimiz keladimi? O'zimizni yaxshi ko'ramizmi, silayi rahm qilaylik. Va Alloh Taolodan biz tufayli dindan, amaldan, taqvodan uzoq yurgan qarindoshlarimizni hidoyatiga bizni sabab qilishini so'rashligimiz kerak.

[22:00] Silayi rahm degan kishini qiyomat kunida manzilati yuqori bo'ladi. Favallohi lah deya allohu bekor juloh vohidan xayrun lakin min humuri niyam. Payg'ambarimiz aytdilar ali ibn abit olibga. Allohga qasam, siz tufayli bitta odamni Alloh hidoyat qilsa, mana shu narsa siz uchun qizil tuyalardan ko'ra yaxshiroq dedi. Hidoyatiga siz sabab bo'lib qolsangiz, bitta odamni.

[22:30] Qarindoshlar bilan bir o'tirganda, bitta hadisda yoki bitta oyatda bir sharhini, tafsirini aytib berib qo'ysangiz, bitta sahobani hayotidan bir misolda aytib beradigan bo'lsangiz, mana shu silay rahmni ustidagi haqqa chaqirishlik bo'ladi. Mana shu silay raqamda yana bir chiroyli ko'rinishi bo'ladi. Ana endi ana shu silay rahmini turlari. Uch xil bo'ladi odamlar, mana shu silalay rahm xususida. Al vosil, al mukofi, al qotya. Al vosel. Kim bu? Al vosel. Undan hech kim xabar olmasa ham bu xabar olaveradi. Bu eng zo'r kishi. Qarindoshlari bundan xabar olmasa, bu boraveradi. Ikkinchisi, almukofi. Bu shunaqa odamki, undan xabar olishsa, bu ham xabar oladi.

[23:18] Shunaqa o'zi ko'prog'i. Odamlarni ommasi hozir shunaqa. Uyingizga kelsa borasiz. Uyatug'da ikki marta odam kelib, bizlarni bir borib qo'yaylik uyga. Uchinchisi al qotya. Bu shunaqa odamki, undan hamma xabar olaveradi, lekin u hech kim bilan ishi yo'q. Mana shu uchalasidan bittasi bo'ladi insonlar. Payg'ambarimiz aytadilar laysal vosil bil mukofi va lekin vosil alladiy izaqat qutayat arhamuhu vosalaha. Haqiqiy silay rahm qilayotgan odam kim? Hamma qarindoshlari u bilan aloqa qilmasa ham, aloqasi o'ssa ham borib xabar olavoradigan odam.

[24:01] Shariy qoida bor. Darul mafasid muqaddamun ala jalbil masoli. Fasod ishlarni daf qilishlik foydali ishlarni jalb qilishingdan muqaddam turadi. Sizlar hamda bordingiz, o'tirdingiz, gaplashdingiz, taom olib keldi. Ichimliklar olib keldi, ichida aroq bor, Alloh harom qilgan narsalar bor. Siylari rahm deb bordingiz, ammo aroq olib kelib qo'yildi. Nima qilasiz? Turib ketsangiz xafa bo'lishadi. Ko'ngil nima deb qo'yilardi?

[24:40] Ko'ngil uchun jon bermoq kerak. Shunaqa, ko'ngil shisha hokazo. Nima qilamiz shunda? Aytdik ku hozir qoidani. Fasadni nari qilishlik zarurroq foydani jalb qilishlikdan. O'tirsangiz siyla rahm bo'lar edi, lekin harom narsa kelib qoldi. Bu o'rinda musulmon odam shart turib ketadi. Bu o'rindi boyagi zararni dab qilishlik, foydani jalb qurilishlikdan muqaddam turadi.

[25:08] Ishni avvalida niyatingiz yaxshi edi. Keyin fasodga yo'l ochilib qoldi. Siyla rahm deb kelgan edingiz, aroq qo'yildi. Nima qilasiz? Siyla rahm, toat birodarlar. Toatni avvali ham, oxiri ham pokiza bo'lishligi kerak. Yana bitta qoida. Da hayron alayhi shar'ru yarbu. Ustida yomonlik rivojlanadigan yaxshilikni tark qil. Bir yaxshi ish borki, qilsangiz ustida yomonlikri rivojlanib ketib qoladi. Shuning uchun bu yaxshilikni ham qilmay qo'yaveramiz. Chunki zararni nari qilishimiz zarurroq foydani jalb qilishlikdir. Masalan, bir qarindoshingizni uyiga ziyoratga bordingiz.

[25:45] Dindan umuman uzoq, johil oila. Bir da'vat ma'nosida, haqqa chaqiramanda bordingiz, o'tirdingiz. U qarindoshingizni qizlari, avratlarini to'smagan holda yarmi yalang'och kalavozda o'tiribdi. Nima qilasiz? O'tiraverasizmi? Ammez edi yoki xolangiz edi bu uy? Turib chiqib ketasiz. Chunki aro qo'yildi nima yu, avratin ochilgan, sizga nomahram bo'lgan ayollarni oldiga kelishligi. Yana masxara qilib qo'yishadi, ha, qor bo'lib qolsin degan. Ha, Qorako'l bo'lib qolsimi? Ozog'li bo'lib qolsami? Qachondan beri deb turib, yana dindorligingizni masxara qilib turibdi. Sizga e'tibor bermayapti, sizni qadrlamayapti, ilmingiz, iymoningiz, taqvoyingizni pisand qilmayapti. Bunaqa qarindoshlar ziyorat qilinmaydi.

[26:35] Qaytarib aytaman. Siz musulmonsiz, iymoningiz bor, taqvoyingiz bor, qadringizni biling. Bunaqa amma xola qanaqa qilib ziyorat qilinadi? Boyagi shaytona bo'lgan qizlari, yarim yalang'och bo'lgan qazlari bo'lmagan paytda xolangizni borib ziyorat qilib oling. Ammo gunoh manseatga sabab bo'lsa, yana qaytarib aytaman, diningiz uchun, taqvoyinguz uchun masxara qiladigan bo'lsa, bunaqa qarindoshlar ziyorat qilinnaydi.

[27:03] Chunki ustida yomonlik rivojlanadigan yaxshilik tark qilinadi. Fasodlarni daf qilish, foydalarni jalb qilishlikdan muqaddam turadi. Har bir insonni, har bir insonni nozik nuqtasi bor. Qoqilib ketadigan nuqtasi bor, yosh yigitlarni qoqiladigan nuqtosi, yosh yigitalarni emas, bizni katta kishilarni ham qoqilib ketayotgan nuqtosi, ayollar. Va xususan, yosh yigitlar balog'atga yetgan hali uylanmagan yigitlarni nozik nuqtasi ham mana shu ayni ayollar bo'ladi.

[27:41] Shayton aytadi. Shayton aytyaptiki, ammeni ziyorat qilmaganingga bir oy o'ldi. Iymoning bormi o'zi seni? Deydi. Bu boyaginaqa qizlari shunday bir yarim yarim olib chiqadigan, sizni masxara qiladigan xonadonda bormay qo'yuvdingiz. Shayton keladi da, seni iymoning bormimi? Bu nima qilgan ishing? Bor, o'tir ular bilan. Siylarag'im qilmaysanmi? Axir falon falon savoblar bor. A ular agar yarim yarim qochib yuborsa, gunohi o'zini bo'yniga.

[28:09] Ammo bu qoida bo'yicha zararni daf qilishlik foydani jalb qilishlikdan. Muqaddam turadi. Fasodni daf qilish. Payg'ambarimiz aytganlar ma taraqtu ba'diy fitna tanhiya azorru ala reja'li minan nisa. O'zimdan keyin dedi Payg'ambarimiz, erkaklar uchun ayollardan ko'ra zararliroq fitnani qoldirmadim.

[28:33] Erkak kishi uchun eng fitnani og'iri bu ayollar. Endi ayol kishi Allohdaan qo'rqmasa, havoyi nafsiga berilgan bo'lsa, shahvatiga berilgan bo'sa, taqvodan, din diyonatdan uzoq bo'lsa, bu inson ko'rinishidagi shaytonni naq o'zginasi.

[28:56] Shuning uchun Alloh Taolo aytadi, astayidubillah, az zaniyatu va zani fajlidu kulla wahidi minhuma mi'ata jalda. Zinokor ayol va zinokor erkak ulardan har birini yuz darajadan uringlar. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi bo'lsangizlar, Allohning bu hukmida zinokonlarni jazolashlikda, sizlarni ularga nisbatan rahm shafqat tuyg'ular tutmasin, ularning azoblanishiga bir toifa mu'minlar guvoh bo'lsin.

[29:29] Erkak aytilindimi birinchi, ayolmi? Nimaga unaqa deyildi ekan a? Chunki zinoga burib yuborishlikka ro'parasidagi odamni. Erkak kishidan ko'ra ayol kishi qudratliroq bo'ladi. O'shaning uchun zinoga targ'ib qilishlikda ayol kishi qudratliroq bo'ladi erkakni. Zinoga targ'ib qilishlikdan. Shuning uchun zinokor deb turib Alloh Taolo birinchi ayolni aytdi.

[29:57] Ittaqulloh hafin nisa, ayollar xususan Allohda taqvo qilinglar dedi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bu siylay rahmat haqidagi darsimiz edi. Inshaalloh keyingi darsimiz qo'shnining haqqi. Undan keyingi dars muallimlarning haqqi xususida bo'ladi. Musulmon kishi farzandini mana shunday tarbiya qilishligi kerak. U o'zini bolasiga ota onani haqqini tanitadi, qarindoshlarni haqqini tanatadi, qo'shnilarni haqqi, murabbiylarni haqlarini barchasini tanitadi. Bu darsimiz, birodarlar, ijtimoiy tarbiyaning bir qismi. Ammo tarbiyaning eng afzal va eng foydali uslubi ibrat bo'lish. Bolalarimizga o'zimiz agar ibrat bo'lsak, bolalarimiz bizdan ko'rib oson o'rganadi. Chunki islomni hayotda biz tarjimoni bo'lishimiz kerak o'zimiz yurish turishimiz bilan.

[30:51] Zero qush inida ko'rganini qiladi. Alloh subhanahu va taolo eshitilgan ma'ruzalarga amal qilishlikni hammamizga tavfiqini bergan bo'lsin. Aquli qovli ha da vastu firullohu alayhi va alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va alaykum.
