# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 471 of 510
- Section: —
- Duration: 55 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/471
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/miCw8sR4ZL0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=miCw8sR4ZL0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/470.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/472.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:12] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalomu ala ashrafil mursalin va ala alixiy vashabi hij ma'in. Allohumma alunama yonfauna va onfa'na bi ma'lamtana va zi'na ilma. Allohim arina al haqqa, haqqon orzuquna tiba'a va arina al ba'tila ba'tilan orzuquna jidinaba. Vajalina minman yestamiya unal qovli fayetta biyuna husana. Va adhixin la bi rahmatika fiy aybadika solihin. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alibu barakatuh. Sirojiddin o'shining badul amoli asarini o'qiyotgandek birodarlar, yigirma sakkizinchi bayt bu shaffof tushunchasi haqida gap. Shaffof tushunchasi bayoni. Omarjuun shaffo ato ahli xoyrin li ashabil kabayri kaljibali.

[1:06] Solih bandalarning shaffofi tog'lardek gunohi kabiralarni qilganlarga ham umid qilingandir. Nazmiy bayoni, solihlar shaffofatidan albat umid bor. Umidvorlar bo'lsa ham tog'dek gunohkor. Ya'ni, bu baytning mazmuni xayr ahli hisoblangan, solih hisoblangan insonlar qiyomat kunida gunohkorlarning shaffof qilishlari, ana shu shaffof qilinayotgan gunohkorlar garchi tog'lardek keladigan katta gunoh kabiralarni qilgan bo'lsa ham, shaffof tufayli Alloh ularni avf qilishi mumkinligi haqida. Demak, shaffofdan umid qilinadi.

[1:48] Solih insonlarni shaffof qilishiga dalil qatorida Ibn Moja keltirgan hadis dalil qilib ko'rsatilinadi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar: yashfa u yaumul qiyamati tala fatun. Al anbiya u, summal ulamau, summa shu hadau. Qiyomat kunida shaffof qiladiganlar uchtadir. Payg'ambalar, so'ngra ulamolar, so'ngra shahidlar. Demak, avvalambor qiyomat kunida shafod qiladigan zotlar bu Payg'ambarlar bo'ladi. So'ngra ilmiga amal qilgan olimlar bo'ladi, so'ngra Alloh yo'lida jonlarni fido qilgan muxlis shahidlar hisoblanadi. Demak, anbiolar, ulamolar va shahidlar. Bu o'rinda siz bilan bizni bir e'tiborimizni tortish kerak bo'lgan narsa shuki, shafoat qiladiganlar sanalganda, avval payg'ambarlar, keyin olimlar, shahidlar oxirida zikr qilindi. Shuni ham bilsak bo'ladi, birodarlar, jihoddan ko'ra ilm o'rganishlik afzal bo'ladi. Ma'qulmi? Soxta jihod. Jihod bo'lmagan, asli fitna bo'lgan joyni jihodlab ketayotgan yoshlar asli ilm o'qiydigan bo'lsa, mana shu aniq jihod bo'lar edi.

[3:06] Ma'qulmi? Shuning uchun biz hech qachon ulamolarni g'iybat qilishlikni ma'qullamaymiz. Garchi u ilm ahillari noto'g'ri yo'llarga da'vat qilayotgan bo'lsa ham, noto'g'ru oqimlarga chaqirayotgan bo'lsak ham, ularni qilayotgan ishini, tutgan faoliyatini noto'g'riligini aytamiz, ammo shaxsiyatiga hech qachon gap tegizmaymiz, ta'na toshlarni otmaymiz. Saroy mullasi, dinfurush, anaqa, manaqa degan bir laqablarda aytmaymiz. Chunki dinimiz ilm ahllarini hurmat qilishlikka buyuradi. Va siz bilan bizni birodarlar, ota bobolarimiz ayni shu ta'limotga amal qilib kelgan. Qorakalar, domlalar, imomlar haqida yaxshi gapirgan yoki umuman gapirmagan. Tushunarli, mukallar. Agar avvalam aytdik buni, zehningiz joyida, harakatingiz zo'r, ixlosingiz baland. Ilm o'rganishlik uchun hamma sabablarni qilyapsiz, lekin kallangizga ilm kirmayapti. Qalbingizda joylanmayapti ilm. Shunda borib dadangizdan ham so'rab qo'ying bir qator. Dada, men ilm o'rganishlikni hamma sabablarnini qilyapman, lekin nimagadir yuqmayapti. Ana shu yuqmasligiga sabab ishlardan bittasi, sizni ulamolarga qilgan munosabatingiz ekan. Tushunarlimi?

[4:24] Bola boqayotganlar? Agar farzandlarimizdan ilmlilar, qorilar, shunday bir rabboniy ulamolar chiqishini xohlasak, ilm ahillari haqida umuman, umuman tilimizni tiyaylik. Hattoki o'sha noto'g'ri oqimga chaqirayotgan bo'lsa ham, u ilmli u, u domla u. Kitob o'qigan u. Shaxsiyatiga gap tegizmaymiz. Ammo tutgan yo'lni noto'g'ri deb aytamiz.

[4:49] Shafoat, birodarlar, a, lug'aviy jihatdan ikki xil ma'no berilgan unga. Juftlash, tog'ni juft qilishlik ma'nosi. Ikkinchisi, vasila, so'rov kabi ma'nolaridan. Endi shafoat deganda biz nimani tushunamiz? Urfda birovdan, birov uchun yaxshilikni so'rashlik shafoat deyiladi. Birovdan birov uchun siz yaxshilikni so'rashligingiz shaffof deyiladi. Shaffof, qiyomat kunida bir bandani ustida haq bo'lishligi uchun ikkita shart topilishi kerak. Birinchisi, iznni Alloh Taolo o'zi berishi kerak.

[5:28] Allohning izni bilan bo'lishligi kerak. Ikkinchisi, shaffof qilinadigan kishidan Alloh rozi bo'lgan bo'lishligi keldi. Ya'ni, shaffof qila aytgan odam dunyodan chiqayotganda tavhid bilan chiqqan bo'lishi kerak. La ilaha illalloh muhammadur rasululloh degan e'tiqod bilan chiqqon bo'lsa, har qancha gunoh ko'p bo'lsa ham bunga shafoat, umid qilinadi.

[5:52] Shuning uchun biz aytamiz, namoz o'qimagan odam ham jannatdan umid qiladi. Minobarim, namoz o' qimagan odam ham musulmon. Nodomiki la ilaha illallhga iymon keltirgan bo'lsa, shu e'tiqodda o'tgan bo'lsa namoz o'qimagan odam ham jannatga kiradi. Shaffof bilan kirishi mumkin. U namoz o'qimagandan kofir degan e'tiqod bu noto'g'ri. Biz namoz o'qimaginadan fozih deymiz, qattiq gunohkor deymiz, kabira qilgan deymiz, lekin musulmon deymiz uni.

[6:23] Qancha namoz o'qib olmagan odamlar o'tdi. Sovet davrida yasha, mana kattalar aytsin, qanchasi benamoj edi. Agar bu toifalar aytayotgandaqa, namoz o'qimagan odamni kofir desak, bularni hech qaysiga janoza o'qimasligimiz kerak edi. Ba'zilarimizni dadalarimiz, ehtimol opa dadalarimiz namoz o'qimi o'tib ketdi. Shuning uchun bizni moturidiy aqidamizda namoz o'qimagandan qattiq gunohkor, fosiq, ammo musulmon u. Tushunarlimi?

[6:52] Qur'oni karimda shafoatning qachon foyda berishligi bayon qilingan. Astaydibilla. Vakam min malakim fis samavatila tug'ni shafa'atuhum shay'an illa min badiiy an ya'zanalloh liman yasha'o va yardo. Osmonlarda qanchadan qancha farishtalar bo'lib, o'shalarning shaffoflari ham Alloh o'zi xohlagan va rozi bo'lgan kishilarga shaffofga izn bermagunicha foyda bermas. Demak, Alloh Taolo shaffof qilishiga izn berishligi kerak. Shundan keyingina shaffof qilinadi. Dalil? Istaydi billa. Qullillah his shafoatu jamiyani. Ayting deydi Alloh Taolo Zoomer surasida, barcha shafoat faqat Allohnikidir. Alloh izn bermasa, hech kim hech kimni shafoat qila olmaydi.

[7:39] Aytdik, Alloh Taolo shafoat qilingan kishidan tavqi bahli bo'lganligi uchun rozi bo'ladi. Ya'ni kalima bilan o'tdi, shuning uchun Alloh bo'pti, shafoat qilover deydi. Chunki mushrik bo'lib o'tgan, kofir bo'lib o'tkan kishilarga shafoat qilishlikka izn berilmaydi, garchi yer yuzidagi hamma odamlar nima qilsa ham, shafoatga o'tadigan bo'lsa ham. Bular haqida Alloh Taolo aytadi, fama tanfavhum shafoatush shafiain. Endi shafoatchilarning shafoati bundaylarga foyda bermaydi. Kofir bo'ilib o'tgan, mushrik bo'lib olgan insonlarga shafoat foyda bermaydir.

[8:19] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan mana shafoat haqida ko'plar hadislar kelgan, ayrimlarini o'qiymiz. Payg'ambarimiz aytadilar, Imomi Termiziyda keltirilgan hadisda, ataniya atin mina indi robbiy, fahayyonani bayna an yaduxilar nisba ummat el jannati va bayna shafoati. Parvardigorim huzuridan keluvchi keldi va menga ixtiyorni berdi.

[8:44] Ummatimni yarmi jannatga kirishligini yoki shafoatni. Payg'ambarimizga shunaqa ixtiyor berildi. Ummatingiz yarmi aniq jannatga kiradi, yoki shafoatni tanlang. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoatni tonladilar. Shunda men shafoatni taalladim. U, rasulullohning shafoati, Allohga hech narsani shir keltirmasdan vafot etgan kishi uchundir. Yuqorida gapimizda dalila. Kalima bilan o'tdimi? O'shaning uchun vafot etayotganda, mayyitni oldida turganlar kalimai toyibani talqin qilishligi kerak. La ilaha illalloh, la ilaha illallohni deb turish kerak. Kimni deganlar rasululloh, dunyodan chiqayotganda aytgan oxirgi so'zi la ilaha illallahi bo'lsa jannatga kiradi deganlar. Mana shu shaffof bilan kiradi jannatga. Garchi benomoz bo'lsa ham. U degani namoz o'qimay qo'yaver, jannatga baribir kirasan ekan degan da'vat emas bu. Bu farz.

[9:42] Shafoatning turlari. Shafoatni umumiy suratda bir ikki turga ajratsak bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning o'ziga xos bo'lgan shafoatlari va umumiy shafoatgo'ylarning shafoatlari. Rasulullohga xos bo'lmagan shafoatlar. Birinchisi, barcha payg'ambarlar orasidan Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamga beriladigan ulkan shafoat. Alloh Taolo mana shu shaffofatga ishora qilib, Qur'onda aytadi, tadibillar. Asa an yaba ataka robbuka maqoman mahmuda. Shoyadki robbingiz sizni, eng muhammad alayhissalom, maqtovli maqomda tiriltirsa. Mana shu oyatdagi maqoman mahmudah maqtovli makom deganda shaffofni nazarda tutiladi, deydi ulamolar. Ikkinchisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yaxshiligi bilan yomonligi, savobi bilan gunohi teng bo'lib qolgan qavmlarni jannatga kirish uchun qiladigan shafoatlari.

[10:45] Bunga dalil qilib, istaydu billah va ala a'rofi reja alun ya'rifuna kulllam besiyman himoyatini keltirishadi. A'rof ustida har birini siymolaridan tanib oladigan kishilar bo'lur. Savobi bilan gunohi teng bo'lib qolgan odamlar jannatga ham kirmaydi, do'zaxga ham kirmayadi. Bular A'rof degan joyda turadi, arosatda. To Alloh Taolo o'zining hukmini uni ustida joriy qilmagunicha shu yerda turishadi. U jannat ham emas, do'zax ham emas. Ammo mana shu shafoat tufayli inshaalloh ular ham jannatga kirishadi.

[11:20] Uchinchisi, do'zaxka amr qilingan qavmlarni ana shu do'zaxga kirmasligi uchun Rasulullohning qiladigan shafoatlari. Biz hozir Rasulullohning o'ziga xos bo'lgan shafoatlarini nazarda tutib o'qiyapmiz. Jobiriddin Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz aytadilar, shafoati li ahli l kabayri min ummati.

[11:43] Mening shafoatim ummatimdan ahli kabira qilganlarga. Ya'ni ummatimdan ahlo kaboyirlarga shafoatim bordir. Mana aytdik ku, odam o'ldirdi, zino qildi, o'g'irlik qildi, gunoh kabiira qilgan, ammo kalima bilan o'tgan bo'lsa ham umid qilinadi. Tavqid bilan chiqqan bo'lsanglar, inshaalloh umid qilinadir.

[12:08] Imron umid husayn dan yahruji qovun minan naribi shafati muhammadi in sallallohu alayhi vasallam fayyod hulu nal jannatani. Bir qavm Muhammad alayhissalomning shafoatlari sababli do'zaxdan chiqib, jannatga keladilar. Yusam mauna jahannamiyin. Ular jahannamiyla deb nomlanadi, Buxoriydan. Do'zaxga tushgan. Do'zaxka tushgan, lekin Rasulullohning shafoati bilan do'zaxdan tiqqan. O'shaning uchun hadislarda keladi. Boringlar, qaranglar. Hardal o'simligini urg'urchalik ya'ni urug'chalik iymoni bor odam bo'lsa olib chiqinglar deydi. Qalbida iymoni borki odam, do'zaxda abadiy qolmaydi.

[12:51] To'rtinchisi. Jannatga kirgan odamlarning amallari, savoblari, taqozo qilgandan ko'ra yuqoriroq darajaga chiqishligi uchun Payg'ambarimizning qiladigan shafoatlari. Mana Abu Salom roziyalloh aniq vafot etganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib duo qilganlar, ana shu duolarning qatorida Allohum mag'firli Abiy Salama, varfa adoro jadda hu fil mahdiyin deganlar. Parvardigor Abu Salomani mag'firat qilgin, uning darajasini hidoyat qilinganlar holatida ko'targin. Ya'ni o'zi loyiq bo'lgan maqomdan ko'ra yuqoriroqqa chiqadi. Ma'qulmi? O'zi ajoyibda, bu hadislarni o'qisangiz, qalbingizga bir xursandchilik, umid, quvonch keladiki, ishonib ketasiz da, jannatingiz aniq bo'lib qolibdi deb. Shunday hadislar bor, o'qiysiz, do'zaqinglar ekanligingiz aniq bo'ladi. Mana shu holat, tavozum, balans, bo'lishlik kerak har bitta musulmonda. Allohni rahmatidan umidimiz bo'ladi, uni azobidan qo'rquvimiz bo'ladi. Mana shu tavozo'n, mana shu balans bizni to'g'ri yurishimizga sabab bo'ladi. Faqat do'zaxga olib boradigan hadisda aytaversangiz, ko'ngli cho'kib ketadi odamni. Agar faqat jannatga olib boradigon xabarlar aytilaversa, taltayib ketadi.

[14:10] Mana shu balans kerak, mana shu tavoze kerak, birodarlar. Beshinchisi. Ba'zi qavmlarni jannatga hisob kitobsiz kirishlari uchun qiladigan shafoatlari. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar, yada hulul jannata meni ummatimdan jannatga hisobiun a alfan. Meni ummatimda jannatga hisobsiz kitobsiz keladiganlari bor. Ular yetmish ming tadir. Ularni yuzlari to'lin oy kechasidagi oyning ziyosidek nur taratib turadi. Abu xirror aytadi, shunda ukkosh shatunni muhsin asadiya aytadiki, turib, chakmonni ko'tarib, sakrab unutib ketdi da, va yo rasululloh, duo qiling, men o'shalardan bo'lay dedi. U zot, ey allohim, uni o'shalardan qilgin dedilar.

[15:02] So'ngra ukkosh shatundan muhsindan keyin bir odam turib, yo rasululloh duo qiling, men ham o'shalardan bolay degan edi, rasululloh, uni ukkosh sendan oldin qo'lga kiritib bo'ldi dedilar. Buxoriy rivoyat. Oltinchisi. Azobga mustaqih bo'lib qolganlarning azoblarini yengillatish uchun qiladigan shafoatlari. Azobda, do'zaxda, lekin Rasulullohning shafoati bilan azob yengillatilinadi. Abu said al hududiy roziyallohu anhudan abu tog'li vafot etayotgan paytda, mana payg'ambarimiz bilasizlar kirib, bir og'iz aytib qo'ying shu kalimani la ilaha illalloh. Qiyomatda shu bilan bizni shaffof qilaman deganida unamasdan o'tib ketadi.

[15:43] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni mana amakilari Abu To'g'li zikr qilinganida, u zot shunday dedilar. Shoyadki, qiyomat kunida unga mening shaffofim naf bersa, u olovning chuqur bo'lmagan ikki to'pig'igagina yetib turadigan sayoz joyga qo'yiladi, o'sha joy sababli bosh miyasining pardasi qaynab turadigini eshitganman. Bu Buxoriydan bu hadis.

[16:08] Shaffof deganda jannatga kirishlik emas. Mushrik holda o'tdi, lekin Rasulullohning shaffofi tibbiyotli shu mushrik o'tgan amakisi azobi yengillatiladi deyilyapti. Yettinchisi. Barcha mo'minlarga jannatga kirishi izni berilishi uchun qiladigan shaffofatlari. Biz mana Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislari bor bunda. Ana avvalo sha'fiyin fil janna. Men jannatga erishish uchun avvalgi shafoatchiman dedilar. Ya'ni jannatga odamlarni kirishligiga, umuman jannatinglarni kirishlikiga, Rasulullohning shafoatidan keyin yo'l beriladi.

[16:46] Sakkizinchisi, gunoh kabina qilgan ummatlari uchun qiladigan shafoatlari. O, gapimizni boshiga qaytamiz. Darsimizni boshiga aytamiz. Shafa'at ili ahli il kabayr men ummatiy dedilar Rasululloh. Meni ummatimdan kabira qilganlarga shafoatim bordir. Imom Termiziy rivoyat. Yana qaytarib aytamiz. Ro'za tutmasa kofir emas, aroq ichsa kofir emas. Namoz o'qimasa kofir emas , ribo qilgan bo'lsa kofir emass. Birodarlar, gunoh kabira qildi. Bu fosiq, gunohkor. Lekin modomikela ilohiyloh e'tiqodda turgan bo'lsa, umumini u.

[17:24] Ahli sunnaning prinsipi ahli qibla bo'lgan odamni kofirga chiqarmaslik. Shuni yodlab olinglar ukalar. Haqiqiy ahli sunna va jamoaning e'tiqodi, uslubi, prinsipi, yo'li la ilaha illalloh muhammadur rasululloh deganki odam, ahli qibla deyiladi, uni kofirga chi qarmaslik. Agar kofirlikka olib boradigan ishni qilgan bo'lsa ham, uni kofir deyish siz bilan bizni ishimiz emas. U ulamolar, qozilar, muftiylarni ishi. Siz bilan bizga emas ularni kofirga chiqarish. Ma'qulmi? Umuman tilimizni tiyaylik birodar kofir deyishdan.

[18:03] Biz shafoatning birinchi turi muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning o'ziga xos bo'lgan shafoatdan mana sakkiz xil turini gaplashdik. Bittasidan umidimiz bor, a? Hech bo'lmasa bittasidan umiddimiz bor. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko'proq salovat aytgan odam, u zotning shaffofatidan umid qilishligi ko'proq haqqi bor.

[18:26] Endi birodarlar, mana aytdik, shaffofatni ikkiga bo'ldik. Rasululloh sollollohu alayhi vassallamning o'ziga xos bo'lgan shaffofatlar, bularni zikr qildik, sakkiztasini. Endi umumiy shaffofatlar. Ikkinchi tur shaffofatlari. Birinchisi, barcha payg'ambar alayhissalomlarning o'z ummatlariga qiladigan shafoatlari, buni dalili aytildi. Qiyomat kunida shafoat qiladiganlar uchta. Anbiolar, ulamolar va shahidlar. Ikkinchisi, farishtalarning gunohkorlarga qiladigan shafaatlari. Buni ham oyatini o'qidik, istadibilla. Vakam min malakim fis samavatila ato'g'ni shafa'atuhum shay'a oyati. Osmonlarda qanchadan qancha farishtalar bo'lib, o'shalarning shafoatlari ham Alloh o'zi xohlagan va rozi bo'lgan kishilarga shafoatga izn bermagunicha foyda bermas. Demak, ikkinchisi, malokalarni qiladigan shafoatlar.

[19:27] Uchinchisi, yosh bolalarni ota onalariga qiladigan shafoatlari. Dalili Ali roziyallohu anhudan kelgan hadis. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innasiqto la yurog'i murabbahu, idda da hala abavavahunna ro. Albatta, go'dak ota onasi do'zaxga kirganda, albatta robbisiga norozilik bildiradi. Siqt deganda bu homila bo'lib tushib ketganlar, degan ma'nosi ham bor. Siqt degani, o'sha oy muddati to'lib tug'ilmasdan homiylar holatda o'lib qolgan.

[20:09] Fayyuqol u lahyu ayyuha siqtul murog'imu, adix ila abavaykal janna. Unga, ey robbisiga norozilik bildirayotgan yurak, siqt. Ota onangni jannatga olib kir deyiladi. U boyagi bola ikkalasini uzun kindigi bilan jannatga kirgizgunicha tortib boradi dedilar Rasululloh. Ibn Moja qilgan rivoyatda. Albatta bu yana yuqorida aytganimizdek, dunyodan iymon bilan o'tgan, musulmon holda o'tgan ota ona.

[20:41] Mana shu o'rinda endi tug'ilib, balog'atga yetmasdan uchga kirib, beshga kirib o'lgan farzandlari bor odamlar. Jannatda xizmatingizni qiladi degan gapni gapirishadi. Taskin berish uchun bu noto'g'ri gap. U dunyoda tug'ilib, beshga kirdimi, oltiga kirdimi, yettiga kirdimi o'lgan bo'lsa, u xizmat qilmaydi jannatda. U jannatda sizni yoningizda komil inson suratida tiriladi. Agar o'g'il bola bo'lib o'tgan bo'lsa dunyoda, jannatda sizning oldingizda o'ttiz uch yashar inson bo'lib turiladi. Agar qiz bola vafot etgan bo'lsa, ana shu o'n sakkiz yashar qiz holatida turadi. Xizmat qilmaydi sizga. Chunki jannat ahllarini xizmatini qiladigan xos Alloh Taoloning mahluotlari bor, g'ilmonlar bor. Abadiy yosh bolalarki, ular Jannatda, Jannatinglarda xizmatini qildirish uchun yaratilgan. Ular katta yemaydi, qaramaydi, o'lmaydi.

[21:36] Shuning uchun farzandini hali balog'atga yetmasdan turib yo'qotganlarga bu bashorat xushxabarki, yoningizda bo'ladi. To'rtinchisi, Allohni yo'lida shahid bo'lgan insonning o'z yaqinlaridan yetmish nafarini qiladigan shafoati. Bunga dalil, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda, lisshahi lindallohi sidduh hay solin.

[22:05] Shahid uchun Allohni huzurida oltita xislat bo'ladi. Yuqu faru la hufi avvali daf'atin min damihi. Ana shu qoni to'kilishi bilan, qonunni birinchi tomchisi yerga tegishligi bilan gunohlari mag'firat qilinadi. Va yuro adah minal janna jannatdagi joy ko'rsatiladi. Va yujaru min adabil qobriy qabr azobidan himoya qilinadi. Voya amanu min minal fazail akbariy. Qiyomat kunga dahshatli qo'rquvdan omonda bo'ladi. Va yu halla xullatal iymon, iymon libosi bilan bezalanadi. Va yu zavoju minal xo'r ila in xo'ri aynlarga nikohlanadi. Va yu shaffofi sabayna insana min aqor i bixin. Qarindoshlardan yetmish kishini shafoat qiladi. Shahid bo'lgan odam.

[22:58] Beshinchisi. Qur'on yodlagan qorini o'z oilasiga qiladigan shafoat. Mana endi Qur'onga yetib keldik. Dalil a? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deydilar, Imom Termiziga keltirgan hadisda. Man qora al qur'ana, vositotaharahuu, fa'allaha laluhu va harromah harromahuh. Kim, deyaptilar Rasululloh, Qur'onni o'qigan va uni yod olgan bo'lsa.

[23:26] Qarang, o'qigan va yod olgan. Ko'pchiligimiz o'qishni bilamiz, lekin Qur'onni hammamiz yodlaganimiz yo'q hali. Adahallohullohu bihir janna shu sababli Alloh uni jannatga kiritadi va shaffofi ashrating, jannatga kirgizadi va har biriga do'zax rivoji bo'lib qolgan o'nta yaqinlari uchun uning shafoatini qabul qiladi.

[23:51] O'zini urug'idan, oilasidan bo'lgan, do'zaxga hokim qilingan o'nta odamga mana shu qorinish xafoti o'tadi. Tushunarlimi? Qur'on yodlashlikka bolalarimizni bir targ'ib qilaylik. Ha, u yalqovligi tutadi, yodlagisi kelmaydi, o'yin qorong'i bo'ladi, lekin tushunmayapti da nimadan u o'zini olib qochayotganligini. Yaxshi gapirasizmi, popasa qilasizmi, bir narsani va'da qilasizmi? Xullas, yodlating bolangizga. Qoriga qiyomat kunida alohida mukofot beriladi. Lekin qorini ota onasiga, Qur'onni yodlagan qorining ota onasiga qiyomat kuniga Payg'ambarimizdan hadislar bor. Nurdan bo'lgan libos kiygiziladi. Oltindan bo'lgan tosh kiygizilad boshiga.

[24:38] Oltinchisi. Mo'minlarning bir birlariga qiladigan shafoatlari. Mana aytdik, shafoatni umumiy surati ikkiga bo'ldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'zlariga xos bo'lgan shafoat, buni sakkizta turini aytdik va umumiy shafoatni turlari. Bulardan mana beshtasini aytdik. Oltinchisi, mo'minlarning bir birlariga shafoatlari. Dalib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Muslim keltirgan hadisda, ma min rojilin muslimin yamoutu. Fayaqumu ala janozadixi arbaun rojulan la yushiriku na billahi shay'a illa shaffahumullohu fihih. Ibn Abbosdan bu hadis, Imom Muslimdan keltiriladi. Rasululloh aytdilar, biror bir musulmon vafot etganida, uning janozasiga Allohga hech narsani shirk keltirmagan qirq kishi qatnashsa, albatta Alloh ularning u haqidagi shafoatlarini qabul qiladi. Orqasidan duo qilamiz u janozani. Ana shu she'r keltirmagan qirqta odam bor bo'lsa, duolarni ijobat qiladi, shafoatlarni qabul qiladi Alloh Taolo.

[25:43] Yettinchisi, Qur'oni Karimning o'z qorisiga shafoati. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, iqro ul qur'ana, fa innahuyati yavmal qiyamati shafi'an liyas hadixiy. Qur'on o'qinglar. Chunki u qiyomat kunida o'z sohiblariga shafoatchi bo'lib keladi. Imom Muslimdan. Sakkizinchisi, ro'zaning ro'zadoriga shafoti. Dalili, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Ahmad'dan Abdullohinda amr ro'yob qilgan hadis as siyamova ul qur'anu yashfi an ilil il abdi yavmal qiyama. Qiyomat kunida ro'za va Qur'on bandani shafoat qiladi. Yaqul siyamu ay robbiy mana atuhutta anavash shahvata, dinnahar, fashshaffiyni fiyi. Ro'za aytadi, ey Robbim, men uni kunduzlari taomdan va xohish istaklaridan qaytardim. Uning uchun meni shafodimni qabul qilgin deydi. Fayaqulul qur'anu, mana atuhun navmobillayli fashshaffiym i fiyi. Qur'on aytadi, uni kechalari uyqudan qaytardim, uning uchun meni shafoatimni qabul qilgin. Qola fayoshushafi ani. Ba'zi ikkalalari shafoatchi qilinadi.

[27:01] Mana birodarlar, biz shafoat haqidagi ahli sunna va jamoaning e'tiqodi qanday ekanligini sizlarga bir bugun bayon qilgan bo'ldik. Sirojiddin o'sha aytadi vo marjuun shafaatu ahli xoyrin li asxabil kabayri kaljibali. Soliq bandalarining shaffofoti tog'lardek gunoh kabiralarni qilganlarga ham umid qilingandir. Nasmiy bayoni, solihlar shaffofotidan albat umid bor, umidvorlar bo'lsa ham tog'dek gunohkor.

[27:37] Bizni e'tiqodimizda gunoh kabira qilib o'tgan odamga ham inshaalloh shaffof tegadi, inshaalloh jannatga kiradi. Namoz o'qimagan odam kofir emas, ro'za tutmagan odam kofr emas, arag'ichgan odam kofr mas. Bu bizni e'tiqodi. Chunki ahli sunna va jamoaning e'tiqodi prinsipi uslubi ahli qiblarni kofirga chiqarmaslik. Aquvli qovli ha'da, va astag'firulloh alayhi valakum. Inna Allohi va malakati hushayluni ala Nabi, ya yuhalladina amanu sollu alayhi vasallimu taslima. Bismillahir rohmanir rohim.

[28:13] Inn alhamdulillahi nahmatuhu onasutayinuhu onasutavfiruh. Va na'obibillahi min surur ya'nfu sinav min sayy'at ya amalina. Man yahdihillahi falahmuhillala. Va man yug'ililgu falaha deyala. Va nashxadu alla ila ila Allohi va hidahular shar'i kalah. Va nashxadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabard. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va birakatuh.

[28:39] Bismillahir rohmanir rohim. Sirojiddin o'shining badul amoli asaridan o'qiyotgan edik. Bu aqida darslarimiz. Bugungi mavzuyimiz yigirma to'qqizinchi bayt. Payg'ambarlarning ma'sumliklari haqida. Payg'ambarlarining ma'sumliklar bayoni. Ma'sum degani begunoh degani. Gunohdan qasddan gunoh qilishlikdan pok degani. Sirojiddin o'sha bobomiz aytadi vo innal anbiya alafiy amaning an ila isyan i amdan va n izalin. Ma'nosi, darhaqiqat payg'ambaralar qasddan isyon qilishdan va payg'ambarlik maqomidan chetlashtirilishdan albatta omonda bo'lganlar. Nazmiy bayoni payg'ambarlar hech qachon qasddan isyon etmagan, elchilik maqomidan ajralib ham ketmagan. Bugungi mavzuyimiz shu.

[29:43] Alloh azza va jalla insonlarni o'zining risolatiga da'vat qilishiga uchun odamlarni orasidan payg'ambarlarni tanlab olgan. Alloh tanlab olgan xos bandalar, anbiolar, payg'ambarlar hech qachon qasddan gunoh qilishmagan. Ulardan biror bir xato ish sodir bo'lgan bo'lsa, bu xatoan, esdan chiqarib qo'yganligi uchun qilgan, lekin qasddan gunohni qilmagan. Payg'ambarlar qasddan gunohlikdan omonda. Yana bu muhtaram zotlar mana shu payg'ambarlik maqomidan hech qachon ajralmagan. Ya'ni qilgan gunohi tufayli Alloh Taolo ularni payg'ambarlikdan ajratib qo'ymagan. Ularning oqibati omonda bo'lgan. Ammo bizni oqibatlarimiz omonda emasmiz.

[30:30] Allohum majolihoy roh umuringna havotimaha duosini o'qiymiz. Parvardigor hayotimizning eng yaxshi qismi oxirgi qismi o'sin. Oxiri yaxshi bo'lsin. Chunki insonda hayotini avvali zo'r bo'lib, oxiri chatoq bo'lib qolishi mumkin. Payg'ambarlar ham hamma odamlar qatori yegan, ichgan, kasal bo'lgan, nikohlangan, bozorlarda yurgan, qarigan va belgilangan kunda vafot etgan insonlar bo'lgan. Ammo bu payg'ambarlarda boshqa odamlarda bo'lmagan bir xususiyatlar bo'lgan, ana shu payg'ambarlarning shunday bir o'ziga xos xususiyatlari haqida bugun inshaalloh suhbatlashgan bo'lamiz. Payg'ambarilarning xususiyati. Avvalambor ular rostgo'y bo'lishgan. Hech qachon yolg'on gapirmagan. Sadoqatli bo'lishgan, ahdiga vafo qilishgan. Xabar berishlik, vahini yetkazishlik bo'lgan. Farosatli bo'lishkan. Jirkanch ayblardan salomat bo'lishgan va gunohlardan mas'ul bo'lishgan. Mana shu sifatlarni birma bir ko'rib chiqamiz.

[31:36] Rostgo'ylik, har bir inson uchun zarur bo'lgan maqtovli sifat. Endi payg'ambarlar uchun endi bu narsa lozim bo'lishligi hammaga ma'lum. Payg'ambar yolg'onchi bo'lishi mumkin emas. Chunki oddiy odamga ham yolg'onchilik bu razil sifat deb qaraladi. Oddiy odamdan ham razil sifatda qabul qilinadi. Endi payg'ambar bo'lishi yolg'onchiligi mumkin emas.

[32:01] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yoshligidanoq rostgo'yligi bilan mashhur bo'lganlar. Uzoqqa vahiy kelishigidan oldin laqablari qanaqa edi? Laqablari as sodiqul amin. Rostgo'y va ishonchli. Ammo Qurish o'zi Rasulullohga shunaqa chiroyli baho berib turib, payg'ambar bo'lgunlariga qadar, endi vahiy kelganidan keyin payg'ambarimizni folbinga chiqarishdi, yolg'onchiga chiqarishdi. Kohinga chiqarishdi . O'zi payg'ambarimizni to'qib olgan deyishdi gaplarini.

[32:38] Shunda Alloh azza va jalla Allohning nomiga yolg'on to'qigan odamni ahvoli nima bo'lishligini Qur'onda hukmini bayon qildi. Va payg'ambar bizga tasalli berdi. Payg'ambarlarimizdan agar yolg'on sodir bo'lsa, nima bo'lishigini xabarini berdi. Astayribillah. Valau taqovvala alayna ba'dul aqoviyl la ahodna minhu bil yamin, simmala qota'ana minhu lvating, fa ma ming kun min ahadina anhu haj zin va innahu la tadikiratu lil muttaqin.

[33:11] Qurash mushriklari aytayotganidek, Rasululloh o'zi to'qib Qur'on, o'zi to'qub Allohni so'zi deganda nima bo'lar edi? Agar deydi Alloh Taolo, Payg'ambar bizning nomimizdan biz aytmagan ba'zi so'zlarni to'qib aytganida edi, albatta biz uning o'ng qo'lidan tutgan, so'ngra uning shoh tomirini uzib tashlagan bo'lar edik. U holda sizlardan biror kishi undan halokatni to'sa oluvchi bo'lmas edi. Haqiqatan u Qur'on taqvodorlar uchun eslatmadir.

[33:45] Demak, agar Muhammad alayhissalom yolg'on to'qigan bo'lganida Alloh Taolo o'ng qo'lidan ushar edim, shoh tomirni uzib tashlar edim deyapti. Mana shu bilan ham Payg'ambarimiz hech qachon o'zi to'qib gapirmaganligi shu oyatdan ma'lum bo'ladi. Aslida Payg'ambarimning olib kelgan vahisi haq ekanligini, u zotning so'zlari yolg'on emasligini qo'rayishdan bo'lgan ashaddiy dushmanlari ham tan olishar edi. Lekin haqligini bilib turib nimaga tan olmagan unda desa, ularni kibrlari yo'l qo'ymagan bunga. Abu Jahl bilan Qurashlik bir sayyidni o'rtasida bo'lgan bahsdan bilsak bo'ladi. Qurash qabilasini ulug'laridan bo'lgan bir kishi abu jahl bil an ko'chada uchrashib qoldi. Haligi sayyid Abu Jahlga aytdi.

[34:32] Mana ikkalamiz turibmiz. Hech kim yo'q oldimizda. Allohni nomini o'rtaga qo'yib so'rayman. Menga ayt, Muhammad yolg'onchimi? Abu Jahl Mahzum urug'idan. Qurayshning urug'lari bor. Rasululloh Banu Hoshim urug'idan. Abu Jahl Qurayshning Banu Mahzum urug'idan. So'ngra shunday dedi. Abu Jahl aytdiki, unga ochiqdan ochiq aytdi, Allohga qasam, Muhammad rozgo'y hech qachon yolg'on gapirmagan dedi. Bilib turib dushmanlik qilyapti. Shunda boyagi kishi so'raydi, unda nimaga ergashmayapsizlar? Abu Jahlni so'zini qarang. Biz va Banu Hoshim o'zaro musobaqa qilardik. Ulug'lik va faxrlanishda bir birimizdan o'zishga harakat qilar edik. Ular taom berdi, biz ham taom berdik. Ular odamlarni suv bilan sug'ordi, biz ham sug'ordik. Ular odamsga joy berdi, biz ham joy berdik. Biz Banu Hoshim bilan Banu Mahzun xuddi poygaga qo'yilgan ikkita chopqir ot kabi bo'lib qolganimizda, bizdan Payg'ambar chiqdi deb turibdi ular. Endi biz Payg'ambarni qayerdan olaylik? Allohga qasamki, iymon ham keltirmaymiz, ishonmaymiz ham, ergashmaymiz ham dedi.

[35:49] Mana birodarlar, mana shu odamlarni qalblari ko'rligiga dalil bo'ladi. Alloh Taolo xonanda aytadi, ko'zlar ko'r bo'lmagan, balki qalblari, valagin ta'mol qulu bul latefi sudur. Bu odamlarning ko'zlari ko'rgan, ammo qalb ko'zi ko'r bo'gan. Haqligini ko'ryapti, bilyapti, lekin qalbi ochilishni xohlamayapti. Shuning uchun ukalar, uni keyin aytib qo'yaman da, dalil, dalil deyapmiz. Mana biz mazhabimiz, aqidamizda dalillarni aytdik, keltirdik. Agar qalb ko'r bo'lib qolmagan bo'lsa, o'sha oyat, o'sha hadisni keltirdik. Birinchi uch asrda yashagan salafsiz solihalarning so'zlarini dalil qilib keltirdik. Agar biz birinchi uchasrga salaflarga ergashamiz, haqiqiy salafsiz solig'inglarga desa, agar qalbimizni ko'zi ko'r bo'p qolmagan bo'masa, biz tuzalishimiz kerak.

[36:38] Ayrim, qatib qolgan kallamizdagi fikrlarni o'zgartirishimiz kerak. Chunki kibr haqqa ko'nmaslik va odamlarni mensimaslik deb ta'riflangan Payg'ambarimiz tomonidan. Haq aytildi, hujjat dalil qoyim bo'ldi. Endi buni buyog'i kibr hisoblanadi siz tomondan. Agar o'sha fikringizda qaytib turib olgan bo'lsangiz.

[37:03] Alloh taolo Payg'ambarimiz Assallallohu alayhi vasallamga o'zi tasalli berib, quyidagi oyatlarni nozil qildi. Istadibillah, qodinna alamu innahulo yahzunukalladinaya qulun. Fa indahum la yuka ribunak. Vala kin ir dolimeen bi aya'tillahi ya jihadun. Ey Muhammad alayhissalom, ulardan aytayotganlari sizni ma'yus qilayotganini yaxshi bilamiz.

[37:29] Ular aslida sizni yolg'onchiga chiqarmayaptilar. Balki bu zolimlar Allohning oyatlarini inkor etayotirdilar. Aytyapti yu, Muhammad rozi gapiradi deyapti. Payg'ambarimiz rozi go'ligini aytyapti. Tan olyapti, lekin oyatni qabul qilmayapti. Kibr yo'l qo'ymayapti. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning rozikay ekanligini zamondoshlari, hatto mushri kofir dushmanlari ham bilgan, lekin hozir aytayotganimizdek, o'zlarining martabaga, sharafga, mansabga bo'lgan muhabbati ularni dinga ergashlikdan to'sib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rozga ekanligini yana bir dalili o'laroq, Abu Sofiyn ibn Harb bilan Xiraqil o'rtasida bo'lgan bahsni misol keltirsak bo'ladi. Abu Sofiyn Shomga borganida karvon bilan, tijorat bilan. Xiraqil, Rumniy podshohi, shu yerda bo'ladi. Rasulullohdan vakut bo'lib kelganida Abu Sofiyni chaqirib, savolga tutadi. Nasl nasabi haqida so'raydi, kimlar ergashayapti, avval bunaqa gapni gapirganmi, uni diniga kirganlar qaytib chiqib ketyaptimi, ko'payishyaptimi, ozayishyaptimi? Ana shu savollarni qatorisida Xiraqil so'raydi. Yolg'on gapiradimi? Deydi. Abu Sofiyn dushmani bo'lsa ham, yo'q deydi. Hech qachon yolg'on gapirmaydi deydi.

[38:47] Demak, bularni faqat kibri to'sgan. Birinchi xulosamiz, payg'ambarlar rostgo'y bo'lgan. Ikkinchisi sadoqatli bo'lish. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam va barcha anbiolar sodiq, sadoqatli zotlar bo'lishgan. Ular Alloh tomonidan kelgan buyruqni, qaytarig'ini odamlarga komil suratda sodiqlik bilan yetkazishgan. Unga qo'shmagan, olishmagan, o'zgartirmagan, almashtirmagan, qanday tushgan bo'lsa, shunday yetkazgan.

[39:15] Alloh azza va jalla anbiolarning holini bayon qilib aytadi, istarabulla. Alladina yuballig'una risolatilla, oyahshovnachu, vala yahshovna ahadam illalloh va kafab billahi hasiba. Ular kimlar? Payg'ambarlar Allohning farmonlarini bandalarga yetkazadigan, undan qo'rqib, undan o'zgadan qo'rqmaydigan zotlardir. Ular faqat Allohda qo'rqadi, bandadan qo'r qilmaydi. Uchinchi sifati xabar berish.

[39:50] Bu sifat payg'ambarlar o'zlariga vahiy qilingan narsani yetkazishlikda mana to'liq yetkazishligi tushuniladi. Ularga keldi xabar, ular bu narsani yetkizishdi. Payg'ambarlar ularga nozil qilingan vahiyi odamlarga yetkazishgan va mana shu yetkazishni yo'lida qanaqa mashaqqat qiyinchilik bo'lsa, bularni birontasiga parvo qilmasdan, sabr qilib yetkazishgan. Masalan, Nuh alayhissalom. Alloh Taolo aytadi, uballi hukm risalati robbiy va ansahulakum va alamu minallohi ma'la ta'lamun. Sizlarga robbimning yuborganlarini yetkazaman, nasihat qilaman va Allohdan kelgan vahiy orqali sizlar bilmaydigan narsalarni bilaman. Birinchi sifati rostgo'y bo'ladi. Ikkinchisi omonatdor bo'ladi. Uchinchisi xabar yetkazuvchi bo'ladi. To'rtinchisi farosatli bo'ladi.

[40:51] Farosatli bo'sh. Payg'ambarlarning hammalari yetuk aql egasi bo'lishi bilan birga juda o'tkir farosat egalari ham bo'lishgan. Endi odamlarda ham bor. O'tkir aqli bor va o'tkir farosati bor. Faqat odamlarning farosati, aqli inson qarigani sari mana shu ikkita sifati, aqli bilan farosat sekin pasayishni boshlaydi. Hatto ba'zi odamlar qariga borganda, qariganda aqlini ham yo'qotib qo'yadi. Aqlini yo'qotmasa ham boyagi farosatda o'tkirligi ketib qoladi. Nima dey ekanini bilmay qoladi. Bo'ladimi? O'zini kuzata olmay qoladi.

[41:32] Oddiy insonlarda yosh o'tgan sari bu narsa zaiflashadi, nuqsonga uchraydi. Ammo payg'ambarlarda bu narsa o'zgarmaydi. Aqli va farosati o'zini o'rnida bo'ladi. Ana shu o'tkir farosat egasi bo'lgan zotlardan bittasi Ibrohim alayhissalom. Mana Namrud bilan o'rtasida bo'lgan bahsni keltirib o'tamiz. Alloh Taolo mana shu qissani bayon qiladi. Astaydu billah, alam taro ila ladiy hajja ibrohimah fiy robbiyhi an atahullohul mulk.

[42:07] Alloh podshohlik berib qo'ygani sababidan Ibrohim bilan robbisi haqida hujjatlashgan, talashganini bilmadingmi? Ifqola ibrohim murabbiyal ladiy yuhiy va yuniyd. Ibrohim alayhissalom aytdi, meni robbim dedi. Tiriltiradi, o'ldiradi dedi. U nima dedi? Qoli ana uxi va umid. O'zicha payg'ambar bilan bahslashyapti. Farosatda, aqlda, hujjatda bahslashyapt. Men ham o'ldirib tiriltiraman dedi. Ikkita mahbusni olib kelishdi. Ikkalasi ham o'limga hukm qilingan. Bittasini qatl qildi, ikkinchisini qo'yib yubordi. Ana. Men bittasini o'ldirdim, bittasini tiriltirdim. Ha, bu yerda Ibrohim alayhissalom u qaysi o'lim, qaysi hayotni gapiryapti yu, bu nimani aytyapti? Nima dedi? Fa innallohe ya atibi sham seminal mashriqiy, fa atibi haminal mag'rib. Alloh quyoshni mashriqdan chiqaradi. Sen mag'ribdan chiqarshing?

[43:06] Beshinchisi. Birinchi sifatini nima oldi? Rostgo'y bo'lgan. Omonatdor bo'lgan, xabarni yetkazuvchi bo'lgan, o'tkir farosat egasi bo'lgan. Faqat farosat emas, o'tkir sarosat. Beshinchisi, jirkantiruvchi ayblardan salomat bo'lgan ular. Endi payg'ambarlar Allohning tollab bo'lgan bandalari bo'lganidan keyin, bu odamlar hammadan afzal insonlar bo'lishi kerak. Ularda odamlar ulardan jirkanoq degan bironta bir sifat yoki fe'l atvor yoki kasallik bo'lmasligi kerak.

[43:44] Ayyub alayhissalom haqidagi rivoyatlar bu isroiliy yod. Chirib ketgan, sasib ketgan, qurt bosib ketgan ekan. Bu isroiliy yo'q. Chunki Allohni payg'ambariga bunga o'xshagan odamlar ulardan jirkanoq degan sifatlar, kasallar yetishi mumkin emas edi. Bu isroil yod. Isroil yod degani Tavrotdan va Injildan olingan payg'ambarlar haqidagi xabarlar. Tavrot va Injildan ovingan xabarlar, Rasululloh bu kitoblardagi ma'lumotlar haqida aytganlar la tusoddiy quha va la tukaddiy buha.

[44:18] U xabarlarni tasdiqlamanglar ham, inkor ham qilmanglar. Rost ham demaymiz uni, yolg'on ham demaymiz. Chunki kitobni o'zgarib tashlagan ular. Taurat va Injilni o'zgartirib tashlashgan. Biz noto'g'ri yolg'on degan joyimiz to'g'ri bo'lib qolishi mumkin. To'g'ri deb tasdiqlasak, u joy yolg'on bo'lib qolish mumkin. Shuning uchun Taurat va Injildan kelgan xabarlarni biz issiroiliyot deymiz. Uni tasdiqlamaymiz ham, inkor qilmaymiz ham.

[44:45] Endi Ayyub alayhissalomni kasalligiga keladigan bo'lsak, uni qanday bo'lganini Allohni o'ziga havola qilamiz. Qur'onda berilgan xabardan Ayyub alayhissalom haddan nimani iroda qilgan bo'lsa, shunga iymon keltirdi deymiz, shu bilan to'xtaymiz. Alloh Taolo aytadi, Ayyub alayhissalomi haqida, istadibilla. Va ayyuba idna da robbaho anniy massaniya dur va antarhamur rohimin. Va Ayyubning o'z Robbisiga nido qilib, albatta meni zarar tutdi. Sen o'zing Rahmliylarning Rahmlirog'isan degani eslang. Bas biz uni duosini mustajob qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Demak, u Ayyub alayhissalomga yetgan zarar, o'zini badaniga ham yetgan, yana oilasiga ham yetgan zarar. Ammo bu payg'ambar Allohni tanlab olgan bandasi o'laroq, boshqa joylar jirkanadigan aybi nuqsonlardan himoya qilingan zotning sha'niga to'g'ri kelmaydigan zarar bo'lmagan. Xullas odamlar undan jirkib bezib ketadigan holatda bo'lgan emas. U rivoyatlar Isroil yod deyiladi.

[45:54] Birinchi sifatlari. Rostgo'y bo'lgan. Omonatdor bo'lgan. Xabarni yetkazgan. O'tkir farosat egasi bo'lgan. Jirkanch sifatlardan uzoq bo'lgan.oltinchisi, gunohlardan himoya qilingan. Payg'ambarlar boshqalardan ajrab turadigan eng muhim sifatlardan bittasi, ular gunohmasiyatdan omon bo'lgan. Insonni, komil insonni sha'niga to'g'ri kelmaydigan ishlardan, razniliklardan pok bo'lishgan. Ha, payg'ambarlar ham boshqa odamlarni singari bozorda yurgan, uylangan, yegan, ichgan kasal bo'lgan. Lekin ularning ichidagi eng xulqi go'zallari, eng amal musofolari, eng nafsi pokizalari bo'lgan.

[46:46] Modomiki Alloh Taolo bu bandalarini boshqa bandalarga ibrat bo'lishini xohlabdimi? Endi boshqacha bo'lishi mumkin emas da. Ular aytganladiina hadahumulloh, fabixudah muqtadiy. Ular aynan o'sha payg'ambarlar. Alloh hidoyatga boshlagan zotlardir va sizlar ham ularni yo'lga ergashinglar deydi.

[47:08] Payg'ambarlarni gunohlardan salomat bo'linishligi, himoya qilinishligi ismat deyiladi. Ismat. O'zbek tiliga tarjima qilsangiz, gunohsizlik, poklik, himoya ma'nolarini bildiradi. Ismat faqatgina Payg'ambarlardan. Endi istilohiy ma'nosi Alloh Subhanahu va Taoloning Payg'ambarlari va Rasulullarini gunoh va ma'siyatga tushishlaridan hamda razilliklar va man qilingan narsalarni sodir etishdan himoyasi, hivzi ismat deb ataladi. Ismat.

[47:42] Endi, Alloh Payg'ambarlarni gunoh qilishdan saqlagan bo'lsa, Odam Alayhissalom jannatda mevani yeb qo'ydi yu. Payg'ambar Alayhissalom, ko'r sahoba kelib turib, menga islomdan ta'lim bering deganda Rasululloh yuzini burib oldilar u. Muso Alayhissalom bir qibitingni bir o'ldirib qo'ydi yu.

[48:06] Qanaqa tushunamiz buni? Payg'ambarlar Allohni hibz himoyasida, ismatida bo'lgan bandalar, shuning uchun ularga ergashligimizni Alloh Taolo buyurgan. Agar ular gunoh ma'sulotlarni sodir qiladigan odam bo'lganida, ular qildimi, demak biz ham qilsak bo'laveradi degan ma'no bo'lib qolar edi. Agar ular gunoh ma'suloti qilsa, ularga ergashmaslikka to'g'ri kelib qolar edi. Shuning uchun ulardan sodir bo'lgan bu ishlar qasddan qilingan gunoh deyilmaydi. Bu xato deyiladi. Xato deyiladi. Yoki afzalroq ishni qilmagan deyiladi. Rasululloh Abdullohimni umumiy maktubim kelib, menga dinni ta'lim bering deganida yuzini bu yoqqa burdilar. Chunki Qurishning zodagonlarini da'vat qilib turgandilar, bu odamni islomidan ko'ra bular islomga kelib qolsa ko'proq foyda bo'lardi dinga. Gunoh emas edi, balki Payg'ambarimiz kattaroq savob foyda shu yerda bo'lamikin deb qaragan edi. Gunoh emas dedi. Lekin bu xato bo'ldi. Muso alayhissalom bir qiptiyni bir ro'ldirib qo'ydi, Payg'ambar bo'guchi o'ldirdi. Chunki ismatning sharti shu odam Payg'ambar bolishi kerak.

[49:18] Tushunarli bo'ldimi? Beqasdan bir urdi, o'lib qoldi. Lekin payg'ambar bo'lgani Madiyadan qaytib kelayotgandan keyin bo'ldi. Urib o'ldirib qo'yib chiqib ketdi Misrdan. Madiyanga borib o'n yil turdi, qaytib kela ekanda payg'ambar qoldi. Demak, mana shunday bir gunoh ma'sulotlarni payg'ambarlar qasddan qilishligi mumkin bo'lgan emas. Masalan, Odam alayhissalom. Vo aso adam robbaho fag'avaa. Tohas to'g'risida Alloh Taolo ochiq aytyapti. Odam Parvardigoriga osiy bo'lib yanglishdi. Mana osiy bo'lganligini Alloh Taolo o'zi Qur'onda aytyapti. Osiy bo'ldi, yo'ldan adashdi. Endi, payg'ambar bo'lsa Odam alayhissalom, qanday qilib Allohni buyrug'iga osiy bo'ladi? Payg'ambarlarni ma'sum dedi ku hozir, degan savol tabiiy tug'iladi. Endi, javob qanday bo'ladi? Lo'ndasi odam alayhissalomning mana shu qilgan xatosi qasddan bo'lmadi, unutib qo'yib qildi. Endi qasddan gunoh qilish bilan bilmasdan unutib gunoh qilib qo'yishni o'rtasida albatta farqi bor. Shariatni bilasizlar, Payg'ambarimiz aytganlar, rufiyan ummatid salat, meni ummatimdan uchta gunoh ko'tarilgan. Al xato, vo nisyan, vo mastukir halih.

[50:35] Xato. Bilmas ekan bir odam bu ishni gunohligini, qilib qo'ydi. Bunga gunoh yozilmaydi. Esdan chiqarib qilib qo'ydi. Bilarida esdan chiqib qoldi. Yozilmaydi va majbur bo'lib qilingan gunoh ham yozilmaydi. Demak, Odam alayhissalom qasddan yemadi u mevani. Esdan chiqarasiz qilib qo'ydilar. Alloh Taolo mana oyatda bu narsani siz bilan bizga bayon qilib aytadi. Valaqodah hidinay ila adami min qobil, fanasiy, valam najrulloh azma. Batahqiq ilgari biz Odam bilan ahdlashgan edik, lekin u unutdi.

[51:08] Unutdi. Unda azmoqaroq topmadik. Shu daraxtni mevasini yema deb tayinlagan, lekin buyrug'imizni unutib qo'ydi. Shuning uchun aytyapti, robbisiga osiy bo'lib adashdi dedi. Bu yerda osiy bo'lganligi aniq aytilganidek, esdan chiqarib qilganligi ham aniq aytilmayapti. Shuning uchun Odam alayhissalomni bunda qasddan qildi deyilmaydi. Ikkinchidan, Alloh Taolo Odam alayhissaalomga mana bu jannat, mana bu seni jufting, xohlagan joyda yegin, xohlagan narsani yegin, faqatgina mana bu daraxtni mevasidan yema dedi. Va taqrora ba hadigi shajarada fotaku nominal dolimin. Jannatda er xotin, jannatda odam va havoni xohlagan joyida yashaydi, xohlagan mevani yemaydi, faqat mana bu daraxtni mevasidan yema dedi.

[51:57] Mana shu yerda bir nozik narsa bor. Mana bu daraxtning mevasini yema deganida, Odam alayhissalom, mana shu daraxtni jinsidan bo'lgan daraxtlarni mevasini emas, ayni mana shu daraftni mevasini yema yeyapti deb, boshqa daraxtdan shu mevani yeb qo'ydi. Bog'ingizda ellikta olmangiz bor, yuzta gilosingiz bor, mingta shaftolingiz bor. Olmani ko'rsatib turib, mana bu daraxtni mevasidan yema desa, nima deb tushunasiz?

[52:30] Ayni mana shu daraxt mumkin emas ekan deysiz, o'zi aslida olma daraxtni yemasligi kerak edi. Bog'ga kirganingizda. Shunda qaysi qolgan boshqa olmadan yersangiz, demak buyruq itoat qilmadingiz. Tushunarlimi? Odam alayhissalomga mana bu daraxtni mevasini yema desa, ayni shu daraxt bo'lsa kerak deb o'ylab, xato qilib, unutib, xuddi shu daraxtni jinsidan bo'lgan boshqa daraxtdan mevani yeb qo'ydi. Xato bo'ldi. Qasd bo'lgani yo'q.

[52:58] Natijada buyruqqa xilof bo'ldi. Bundan ham bilinib turibdiki, bu yerda qasddan qilishlik, Allohni buyriga xilof qilishlik yo'q. Bilmasdan qilingan gunoh bilan qasddan qilingan gunohni o'rtasidagi farq hammamizga ma'lum. Yana Odam alayhissalomning ana shu daraxt mevasini yeb qo'yishi Payg'ambar bo'lishidan avval sodir bo'lgan.

[53:22] Odam alayhissa jannatda yaralganda Payg'ambar emas edi. Yerga yuborilganidan keyin Payg'ambar bu. Ma'sumlikni Payg'ambar bo'lishlik taqozo qiladi. Mana Muso alayhissalom ham bir o'ldirib qo'ydi. U Payg'ambar bo'shunga qadar edi. Lekin Payg'ambar borgandan keyin birovni o'ldirgani yo'q. Odam alayhissalomning man qilingan daraxt mevasini yegani Payg'ambar bilishdan oldin sodir bo'lganiga quyidagi oyat dalil bo'ladi. Summa jita ba hu robbuhu fata ba alayh va hada. So'ngra Parvardigori uni poklab tavbasini qabul qildi va hidoyatga yo'lladi. Demak, Payg'ambar bo'lishligidan avval bo'ldi bu xato.

[54:06] Demak, yigirma to'qqizinchi baytimiz Payg'ambarlarning mas'ulliklar bayoni va inn al anbiya ila fiy amaniym, an ila isyani amdan va nizaliym. Darhaqiqat Payg'ambaralar qasddan gunoh qilishdan va Payg'ambarlik martabasidan chetlashtirilishidan omonda bo'lganlar. Payg'ambarlar hech qachon qasddan isyon etmagan, elchilik maqomidan ajralib ham ketmagan.

[54:34] Aquli hovli ha da, va astag'firulloh livalakum innallohu va malaka tahui salluna ala nabi ya yu halladini aminu sollu alayhi vasallimu taslima.
