Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas taofuh va na'ug'ullohi min sururiyan husina. Omin sayyi'ati amalina, man yahdihillahi falah muvillala va man yugurilgu falah hadiyala. Va nashhadu alla ilohiy illallohu vahda hula sharikala va nashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amobod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Mana birodarlar, yosh bolalarni privivkalarini olmaslik haqida ozgina gapirib qo'yinglar. Buni zarari haqida deyilyapti. Oxirgi paytda yoshlarni orasida ko'proq ana shu privivkani olsang, bolang unday bo'lib qolar ekan, bunday bo'lib qolarkan deb turib, olmaslik ko'payibdi. Va mana shu olmaslikni oqibatida yosh bolalar orasida ovollari yo'q bo'lgan darajada ko'payib ketayotgan kasalliklar. Men mana shu bizni qorasurayonga tegishli doktorlarni qo'lida bergan menga statistikasini o'qib beraman. Birodarlar, maqosiydur shariat degan narsa bor dinimizda. Dinning, shariatning maqsadlari. Mana shu o'qiyotgan namozimiz, qilayotgan ehsonimiz, qilayotgan tahoratimiz, qilayotgan sunnatga bo'lgan amallarimizni hammasini orqasida maqsadlar bor.
Maqosidush shariat. Shariatning maqsadlari deyiladi. Shariatimizni maqsadi beshta. Beshta narsani qasd qiladi shariatimiz. Birinchisi, dinni saqlash. Ikkinchisi, jonni saqlash, uchinchisi, aqlni saqlash, to'rtinchisi, nasl nasabni saqlash. Beshinchisi, molni saqlash. Bizni qilayotgan qaysi ishimiz? Mana shu maqsadlardan bittasiga muvofiq bo'lsa, demak shu shar'iy bo'ladi shu ish.
Bizni qilayotsak ishlarimiz shu besh yarim maqsaddan qaysinisiga teskari bo'lsa, g'ayri shar'iy bo'ladimi bu ishimiz. Tushunarlimi? Optoga chiqib ketayotganda bosh kiyim kiyib, bir palto kiyib olishlik. Jonni saqlashga to'g'ri keladimi? Demak, shar'iy ish. Savob bo'ladi shu ishni qilsangiz. Endi mana shunday issiq bo'lib turgan paytda, atay tolaga yalang'och chiqib ketishligingiz, noshar'iy ish.
Jonni saqlash shariatning maqsadlaridan bittasi. Mana shu joningizga, salomatligingizga zarari bo'ladigan hamma narsa harom bo'ladi. Salomatligingizni, joningizni saqlashiga sabab bo'ladigan har bitta ish vojib bo'ladi. Jonni saqlashlik demak zimmamizdagi farz vojib ekan. Nima qilishimiz kerak jonni saqlash uchun? Yeyish kerak, ichish kerak, kiyim kerak, issiq sovuqdan himoya qiladigan uy kerak, kasal bo'lib qolsangiz davolanishingiz kerak, kasallikni oldini olishlik kerak, kasalga sabab bo'ladigan ishlardan uzoq bo'lishlik kerak. Ya'ni kasallikni oldini olish kerak. Privivka olish ayni shu narsa.
O'zini hayotini xatarga soladigan ishlarga musulmon odamni yaqinlashligi uni gunohkor qiladi. Siz bir ish qildingiz, shuni oqibatida salomatchiligingizga putur yetdi. Yoki bir narsani qilmadingiz, shu narsa tufaylisiz o'lib qoldingiz. O'limni qaytaradigan bir sabab bor edi, qilmadingiz. Demak siz gunohkor bo'ldingiz. Vala taqtulu anfu sakkum innallohi kana bikum rahima deydi Alloh, Misol surasida. O'zinglarni o'zinglar o'ldirmanglar. Albatta Alloh sizlarga mehribon bo'lgan Zot. Jonni insonga Alloh ato qildi. Endi ana shu jonni olish ham Alloh Taoloning yolg'iz o'zini haqqi. Ko'ring da. Insonni sog'ligini saqlashlik uchun yoki jonni saqlab qolishlik uchun shariatimiz ba'zi o'rinlarda man qilingan narsalarga ruxsat beradi. Masalan, yegani hech narsa qolmadi. Uch kun, to'rt kun och qolib ketdi. Bir harom go'sht turibdi. Shuni yemasa o'lib qoladi. Shunda shariat o'lib qolmaydigan darajada bir yuz grammidi, ellik gramm yeyishga ruxsat beradi. Tikka turib namoz o'qishlik salomatchilikka zarar yetkazadi, o'tirib o'qisin. Ro'za, farz. Agar sog'ligiga zarar qiladigan bo'lsa, tutmaydi bu odam.
Tushunyapsizlarmi? Sog'liqni saqlash, uni kasallardan ehtiyot qilib oldini olishlik, bizni shariatimizni yelkamizga yuklagan vojib amal ekan. Inson o'zini sog'ligini va hayotini saqlab qolish uchun qilish kerak bo'lgan ishlar bor. Ana shulardan bittasi tabiblarning ko'rsatmalari. Shuning uchun birodarlar ishonchli, musulmon tabibni aytgan so'zlarini, aytgan ko'rsatmani qilishlik musulmonlarga loziq va lobud bo'ladi.
Hozirgi kelib turib, ayrim yosh ota onalar ana shu yosh bolalarga qilinadigan profilaktika uchun qiladigan privivkalarni olishdan bosh tortishyapti. Albatta, bu holat ularni meditsinadan xabari yo'qligidan va mana shu privivkani nima ekanligini bilmaganligidan, ilmsizligidan. Ana shu privivkalar yo'q paytda birodarlar bitta qizamiq kelsa, bolalar o'lib ketaverardi. O'sha bitta pensilin o'ylab topilmasdan oldin bitta shunaqa bir virus kelsa, yuzlagan, minglagan bolalar o'lib ketaverardi. Ana shu privivi yo'q paytida birodarlar qizamiq, shol, defitsitriya, ko'klinish degan kasallar yosh bolalarga tegardi da, mana shu kasalga chalingan, balog'atga yetmagan yosh bolalardan yuz tasi kasal bo'lsa shu kasallar bilan, yetmish sakson foiz o'lib ketaverardi. Bu fakt.
Ammo mana shu privivkalar olinish boshlangandan keyin, bu statistika keskin pasayib ketgan. O'sha vaksinani, privivkani olsang, bolang manaqa bo'lib qolar ekan. Bu gumon, bu taxmin, bu shubha. Lekin olmasang o'lishi aniq. Bu ishonch. Bu fakt. Shunda qaysi yo'lda shu yerda musulmon odam? A? Shuning uchun birodarlar, mamlakatimizda mana shu sog'liqni saqlash milliy programmasiga yosh bolalarni profilaktika uchun emlash, privivka qilishlik kiritilgan.
Ha, albatta, bu privivkani olmayman desa ota yana, ixtiyor o'zida. Uni majburlay olmaymiz. Ammo biz faktni keltirib qo'yyapmizki, xulosa o'zinglardan. Faqat aytiladigan narsa shuki, privivka olmayman deyotganlar, bir orolda o'zi yolg'izlashasa mayli edi, o'zi bilan o'zi ovora bo'lardi. Lekin shu privivkani olmasdan, bolasi kasal bo'ladigan bo'lsa, u maktabga boradi. U detsadga boradi. Boshqa musulmonlarga ham yuqtirishi bormi?
Shuni tushunib olishlik kerak. Eng og'ir kechadigan o'n ikkita kasal bor. Mana shu kasalliklarga qarshi profilaktika qilishlik, ukol olishlik, majburiy. Hamma kasallarga qarshi privivka olinglar deyilmayapti. Eng og'ir kechadigan o'n ikkita kasal. I lekin ana shu privivkalar bekorga qilinadi yuz foiz.
Men sizlarga mana hozir olinishi majburiy bo'lgan privivkalar qaysi kasalliklarga qarshi olinadi, shuni o'qib beraman. Yosh bolalarga tug'ilgan kundan boshlab o'n ikki yoshgacha qilinadigan privivkalar. Birinchisi, tuberkulyozga qarshi perevka qilinadi. Raddomda uch kun ichida qilinadi. Bu b, c, g deyilar ekan. Ikkinchisi, gepatitga qarshi. Uchinchisi, pnevmoniyaga qarshi. To'rtinchisi, ko'klyushga qarshi. Bu ko'k yo'tar ekan, bu kasalga chalingan bola bir yo'talganda o'ttiz sekunddan bir minutgacha dam ichiga tushib ketar ekan. Ko'karib ketar ekan inson.
Beshinchisi, defereyaga qarshi, bo'g'ma kasali. Oltinchisi stalniak qarshi, ko'ksho'l kasali. Yettinchisi, shol kasaliga qarshi. Sakkizinchisi kor deb qo'yadi bu kasal datini. To'qqizinchisi krasluxa deydi. Bu kasal agar insonga yuqib qo'zib qolsa, qirq darajagacha olib chiqadi istimasini. Ikki uch haftagacha qiynaladi mana shu istima bilan. O'ninchisi yemafliya debdi. Bu qon kasal ekan. O'n birinchisi grippga qarshi, o'n ikkinchisi epitparotitga debdi, qarshi debdi. Xullas, tepki kasal ekan. Buni zarari nima desangiz, tug'masa bo'lib qolar ekan odam. O'g'il boladir, qiz boladir, mana shu kasalga, tepki kasallikka chalingan odam bepusht bo'lib qolish xavfi bor ekan.
Endi, mana shu yosh bolalar mana shu og'ir kechadigan o'n ikkita kasalga qarshi emlanadi. Priyavka olmagan bolada mana shu yuqorida aytilgan kasallar yuqib qoladigan bo'lsa, yetti kundan yigirma bir kungacha isitmasi qirg'idan tushmay turib oladi. Endi, to'g'ri, yosh bola priyavka olmasa ham, organizm kasalligiga qarshi o'zi kurashadi, ammo ana shu tug'ilgan yangi bolada yigirma bir kungacha immunitet paydo bo'lmaydi. Yigirma bir kun o'tgandan keyin immunitet paydo bo'ladimi? Shuning uchun bu kasalga chalinib qolsa, ayniqsa shu yoshda, juda qiyin kecharkan bu kasalliklar. Shuning uchun yosh bolaga privivka qilinadi.
Mana shu kasalliklardan privivka olganlar, masalan, o'sha privivkani oldi, yuz tadan to'qson tasidan yengil o'tib ketadi. O'n tasida bu kasal ko'zga ko'rinsa ham, bir ikki kunda yo'q bo'lib ketadi. Asosan o'lim xavfi bo'lgan mana shu kasalliklarga qarshi perevifka qilinadi, hamma kasallarga qarshi emas. Yangi tug'ilgan bolaga mana shu bcg degan qilinarkan, shuning uchun tuberkulas kasal bo'lmas ekan.
Endi, ayrim yoshlar raddomdan tushgandan keyin bolasiga qilinadigan poliklinikadagi perevkadan otkaz qilyapti. Endi ayni mana shu otkaz qilganlarni orasida qizani va boshqa kasalliklar ko'payib ketyapti. Qizamiq birodarlar? Biz aytdik, shu privivkalar paydo bo'lmasdan turib bir kelsa, minglagan odam boshi balodni olib ketardi.
Shu yerda bir qoila bor. Shubha, gumon tufayli, aniq ishonch tark qilinmaydi. Qaytaraman. Aniq ishonch, shubha tufayli tark qilinmayd. Nima degani? Bir odam tahorat olgani aniq. Uch to'rt soat o'tgandan keyin, tahoratim buzildimi, buzilmadimi deb ikkilanib qoldi. Bu shubha. Tahorat olgani aniq, lekin yel kelgan, kelmaganligida shubha. Shunda qaysini olinadi?
Ha, taqvo yuzasidan tahorat olib qolgani yaxshi, lekin shar'iy qoida, aniq ishonch shubha gumon tufayli bekor qilinmaydi. Tushunarlimi? E, bir uxlab turib ham tahoratim bor deyolmaydi, bilasizmi uxlaganingizni. Hojatxonaga kirib chiqqandan keyin tushib hammasi aniq u. Bo'ladi yu ba'zida, bunday qarab tahoratim bormi yo'qmi deysiz. Tahorat olganingiz aniq. Lekin buzganingizni esingizda emasmi? Tahorat bor deyiladi. Mana endi, bizni mavzumizga tegishli bo'lgan o'rni shuki, privivka olsa, undoq bo'larmish. Privivka olsa, bundoq bo'larmush, degan gapni eshitamiz. Bu aniq emas. Bu gumon, bu shubha.
Endi, aniq narsa nima bo'lib turibdi? Shu privivkani olmasa, kasal bo'lgani aniq. Shu privivkadan otkaz qilganlarda kasal bo'lgaligi aniq. Endi qanaqa yo'l tutiladi? Yuqorida aytib o'tganimizdek, aniq ishonch shubha gumon tufoligi bekor qilinmaydi. Yuqorida ayta o'tdiki, bemor bo'lsa davolanish kasallikni oldini olish, kasal bo'ladigan ishlardan uzoq bo'lish, tabiblarni ko'rsatmalari siz bilan biz uchun lozim va lobud bo'ladi.
Olmasang aniq kasal bo'lyapsan. Olsang kasal bo'larmissan. Qaysinisini qilamiz? Tushundinglarmi, birodarlar? Bu privyavkani olishlik, modomiki shu kasallarni oldini olishi aniq ekanmi? Demak, lozim bizga lobud. Bilim ishimizni qilaylik birodarlar. Aql qovli ha davos ta'firlillohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.