# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 474 of 510
- Section: —
- Duration: 58 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/474
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/-Zmuiopxbpk.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=-Zmuiopxbpk
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/473.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/475.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:03] Tabibni oldiga bir bemor kelsa, dardini aytadi, nima e'tibor yeyapti deydi. Shu tabib kasal odamni kasalligini sababini topsa, ellik foizga domolab qo'ydi. Ellik foiziga davolab bo'ldi. Chunki kasali nima ekanligi diagnozda to'g'ri qo'ysa, endi faqat unga shu shablon bor, mana bu dori ichasan, shu bilan yaxshi bo'lib ketasan. Ammo agar mana shu diagnozni to'g'ri qo'ya olmasa, u yo'lini qilib ko'radi, bu yo'lini qib ko'radi. Xullas, mana shu kasalni sababi, mana shu dardni keltirib chiqarayotgan asosiy omilni topmagunicha, bu kasalni davolashlik mushkul bo'ladi.

[0:47] Bizga nima daxli bor? Bizga daxli bor joyi shuki, farzandlarimizni tabiati nimaga ayniy ekanligini, nimaga biz xohlayotgan unaqa emasligini, sababini bilsak, ularni fe'lini, tabiatini aynitayotgan narsani sababni topadigan bo'lsak, shuni yo'q qilishligimiz bilan bolalarimiz inshaalloh tabiat aynishdan to'xtaydi. Ana shu bolalarni tabiatini, tarbiyasini, fe'lini atvorini aynitayetgan narsalarni mana sanab chiqyapmiz. O'tgan darsimizda aytdik, sakkiz soat telefonda ham, televizorda ham, kompyuterda ham hech narsani yig'masdan yashab ko'rasan deb turib, eksperiment o'tkazgan shu g'arb mamlakatlarida. Ellik sakkizta bola, maktab o'quvchilari qatnashgan. Shulardan bor yo'g'i uchtasigina sakkiz soat sabr qilgan. Qolganlari sabr qilmagan, yoqib tashlagan. Ota onasiga bog'liqligidan ko'ra, maktabiga yoki kitobiga bog'liligidan ko'ra, ulfatlarga bog'liligida ko'ra, mana shu qo'lidagi jihozlarga, telefonmidi, internetmidi, bog'liqligi kuchayib ketgan. Va qayta qayta aytyapmiz, balog'atga yetmagan bolalarga mana shu internetga kiradigan, shunaqa bir ijtimoiy tarmoqlarga kiradigan telefonlarni olib berishlikdan hushyor bo'ladik.

[2:04] Biz o'zimiz ularni tabiatini aynishiga sabab ishni qilyapmiz da, keyin dodda yuribmiz. Xo'p, keyingi mavzu, musiqa va g'inoga berilib ketishlik. Muzikani ko'p eshitishlik. Murodalar, Qur'on bilan musiqa bitta qalbda joylasha olmaydi. Bir biriga teskari. Va xususan hozirgi zamondagi musiqa bilan.

[2:28] Biz bu musiqani hammasini halol demaymiz va hammasini haram ham demaymiz. Chunki hozirgi avlod, hozirgi davrdagi yoshlar eshitayotgan muzikalarda qaraydigan bo'lsangiz, aksariyati haram. Albatta unda yarim yalang'och ayollarni suratlari, shariatimizda mutlaq man qilingan ko'rinishlar albatta bor. Chunki busiz birov eshitmaydi uni. Avvalgilarida bitta likop bilan turib bunday aytib qo'ysa, bu yerdagi osaxonlar eshitib tushirib qo'yib yuborardi bu narsani. Hozirgilarga albatta ko'zini sehrlab turadigan bir suratlar kerak bo'ladi.

[3:03] Yo Qur'on turadi bir odamlar qalbimizda, yo musiqa turadi. Musiqaga ko'p berishlik, g'inoni ko'p eshitishlik, insonni qalbida nifoqni keltirib chiqaradi. Ayniqsa bu g'ino, bu musiqa hozir biz aytib o'tgan fahsh bilan to'lib toshgan bo'lsa, shahvatni qo'zaydigan ma'nolar kuylansa, bunday musiqani hech kim halol deb ayta olmaydi. Birodalar dinimizda chiroyli ovozga, chiroyli ohangga qarshilik yo'q. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldiga Abdulloh ibn Zayt roziyallohu anhu, yo Rasululloh, tushimda bir odam kelib menga ozonni o'rgatdi dedi. Bilasizlar mashhur qilsa, masjid kutganidan keyin, Payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallamning Masjidun Nabaviyasini qurib bo'lishganidan keyin, odamlarni masjidga qanday chaqiramiz degan masala o'rtaga tashlandi. Bir o'ta qo'yaylik dedi, bir qo'ng'iroq chalaylik dedi. Xullas, qo'ng'irot olib kelinglar dedi Payg'ambarimiz. Namoz vaqti bo'lganda qo'ng'iriq chalib chaqiramiz. Shunda sahobalardan Abdulloh Mirzayev Ansoriy roziyallohu anhun uchun bir odam keldi, ozoni o'rgatdi. Rasulullohga kelib mana shu tushni aytib berganida, bu yaxshi narsani ko'ribsiz. Siz o'rgangan narsani Bilolga o'rgating. Xo anda minka saltan.

[4:21] Chunki Bilolni ovozi siznikidan balandroq, siznikidan yoqimliroq dedi. Demak, yoqimlik ovozga, yoqimlik insonni qulog'iga, yoqadigan ovozni shariatimiz man qilmaydi. Go'zal narsaga shariatimizda to'sqinlik yo'q. Agar, boringki ana shu g'inosini, muzikasini ham ma'nosi Allohnı o'g'irlash bo'lsa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni maddi qilish bo'ladigan bo'lsa, pokiza narsaga taqlid qilinsa, bu muboh. Ammo hammasi emas. Hammasi emas. Ammo bu kuy musiqada fahsh kuylansa, avrat deb sanaladigan holatda ayollarni ovozi kuylansa, ayollarni go'zalliklari kuylansa, Allohdan uzoqlashtiradigan bo'lsa. Bu musiqani biz halol deya olmaymiz.

[5:18] Allohning yer yuzidagi hamma qo'shiqchilar yig'ilib, eng zo'r shu bastakorlar yig'ilib, endi zo'r deb bir kuyda bastalashsin, bir qo'shiqda bir yozishsin va ijro qilsin. Eng zo'r hofiz aytsin yana buni. Eng zo'r aranjirovkasi bilan. Eng zo'r klip oladiganlar olsin. Bu musiqadan olinadigan huzur bilan Qur'on tilovatida Qur'on eshitgan paytda topiladigan huzurni taqqoslab bo'lmaydi, birodarlar.

[5:49] Musulmon odamga Qur'on o'zi kifoya qiladi. Bilasizmi? Har yili yangi qorilar chiqadi. Eshitsangiz, ovvolgisidan shiringa o'xshayveradi. Har bittasini o'zini bir hidi bor, rangi bor, ta'mi bor. Musulmon odamsga Qur'onni o'zi kifoy qiladi. Bandalarni kuylayotgan musiqasida nima bor, birodarlar? Odamni madhiha. Odamni ulug'lash bor. Ayolmidi, yoki otasimidi, onasimidi? Ammo birodarlar, musulmon odam Qur'on tilovat qilayotganda kim ulug'laydi? Robbisini ulug'laydi. Musulmon odamni Qur'on tilovat qilishligi ibodat. Qur'on tilovat qilganda insonni qulog'i huzullanadi. Jasadi huzullanadi, qalbi huzullanadi birodarlar. Shifo degan Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Qur'onni.

[6:37] Xo'p. Musiqani hammasi halolmas ekan. Hammasi harommas ekan. Bir odam namozga yiqilgan, haromdan uzoq bo'ldi. Namozini o'qib yuradi, ibodatga kirishdi. Qarasa, musiqani bu eshitayotgan turlari, bu o'zi eshitayotgan musiqani ko'pchiligi harom ekan. Avvalida uni tark qilishligi qiyin bo'ladi. Bekitib bekitib eshitib yuradi, burchak burchaklarda. Telefonni burchak burchkalarga qo'yib qo'yadi biror, ko'rib qolmasin deb. Ovoziga eshitib yuradi, keyin vaqt o'tadi da, o'zi xohlamay qoladi eshitishni. Nima sabab bo'ldi? Nima o'zgardi? O'zgargan narsa uni iymoni yuksaldi. Iymoni yuksalti. Bu narsa o'z o'zidan uni qalbiga yoqmay qoldi. Birodarlar, odamlar bo'ladi.

[7:23] Bir gunohda qilmaydi. O'zi xohlaydi. Nafsi xohlaydi, lekin qilmaydi. Yana bir odam bo'ladi, gunohni qilmaydi. Yomon ko'rib turib qilmaydi. Tushunarlimi? Hali ham shunga o'xshagan shariatimizda man qiladigan muzikaga tortyaptimi ko'nglingiz? Hali iymon yetarli darajada yuksalmabdi. Buni tezroq yo'q qilishlik payiga shunday kerak.

[7:51] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sunna termiziyda keltirilgan bu hadis. Abu muso ash aliy roziyallohu anhudan. Rasululloh aytadilar: men istama ila solti g'ina in lam yudan la hu an yasta miya ila solti ruhoniy yina fil jannati. Imom Termiziydan. Kim dedi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam? G'inoga quloq tutsa, ya'ni musiqaga quloq tutsam. Unga unga jannatdagi ruhoniylarning ovoziga quloq tutishlikka izn berilmaydi. Ruhoniylar kim?

[8:30] Jannatdagi eng chiroyli ovoz egalari. Qarang, Alloh Taolo dunyoda erkak kishiga ipek kiyma dedi, musulmon erkakka. Dunyoda ipek kiygan erkak oxiratda kiymaydi. Dunyoda sharob ichgan erkak oxiratdagi sharobdan man qilingan bo'ladi. Mahrum bo'ladi. Xuddi shunga o'xshagandek, dunyoda musiqaga berilgan odam oxiratda ruhoniy yillarni ovozini eshitishlikdan mahrum bo'iladi.

[8:59] Musiqani hammasi halol emas, hammasi harom emas. Shariatda qoida bor. Bir vojibni ado qilishlik uchun bir narsa kerak bo'lsa, shu narsa ham vojibga aylanadi. Vojib amal qoyim bo'lishligi uchun bir narsa kerak, o'zi bu vojib emas edi o'zi. Masalan, tahorat, birodarlar, o'z o'zidan farz emas bizga. Namoz o'qiganligimiz uchun, Qur'on o'qiganligi uchun farz. Tahoratsiz, farz bo'lgan amal qoyim emas. Demak, tahorat ham farz bo'ladi o'z o'zi. Xuddi shunga o'xshagandek, qaysi narsa u muboh bo'lsin yoki mumkin bo'lsin, sizni harom ishga olib borib qo'yadigan bo'lsa, mana shu narsa ham harom bo'ladi. Tushuntira oladimi? Musiqani hammasi halol emas, hammasi harom emas. Ammo haromiyatga ertalab qo'yadigon bo'lsa, shu musiqa ham harom bo'lar. Dunyo oxiratdan robbingdan seni uzoqlanishingga sabab bo'lyaptimi? Mana shu narsa harom bo'lardi. Kino, multfilmda birov xoram demadi hammasini. Televizorda ham xoram demadik hammasini. Ammo uylarimizda ko'rilayotgan kinolar, multfilmlar, eshitilayotgan musiqalar, shariat ruxsat bergan doiradami yoki undan chiqib ketganmi?

[10:26] Yosh bolalaringlar ko'rayotgan multfilmlardagi qahramonlarni qarang, hammasi yarim yalang'och. Hammasi yarim yalang'och. Endi islomiy multfilmlarni hisobga olmaganda, baribir supermenlari bo'ladimi, qarasangiz hammasi yarim yalang'och. Kim buni halol deya oladi? O'tgan safar ham aytganmiz. Mana uyingizda televizor bor, internet bor, palabaskiy antenna bor. Nimani ko'ryapti uyingizda? Ayolingiz, bolangiz, bilasizmi?

[10:54] Bu narsalardan uzoq bo'lishlik kerak. Biz farzandlarimizni iymonli, axloqli bo'lishini xohlaymiz. Oilalarimizni ham. Shunday bo'lgandan keyin, avratlarni fosh qilib, ayollarni fitnali bo'lgan joylarini ko'rsatib, ishlangan musiqalarni eshitishliklar ham bolalarimizni man qilishligimiz kerak bo'ladi.

[11:16] Ko'riladigan narsada, eshitiladigan narsada mantiq bo'lsin. Yana shunaqa kuyni kuylaydigan qo'shiqchilar nima? Yulduz. Hamma shunaqa bo'lishni xohlaydi. Alloh taolo erkaklarni taxannusdan qaytargan. Taxannus bu erkak kishi o'zini ayol kishiga o'xshatishligi.

[11:49] Yigit kishi albatta o'zini tashqi ko'rishiga qarab yurishligi kerak. Chunki dinimiz pokizali dini. Alloh taolo: "Innallohi jamilun yuhaybul jamil" dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Albatta Alloh taolo go'zalzod, go'zallikni yaxshi ko'radi. Erkak kishi, musulmon yigit o'zini tashqi ko'rinishiga qarab yurishligi kerak. Ammo haddidan oshib ketsa bo'lmaydi. Soatlab ayniydi ko'zguda oldida turishlik. Go'zallik salonlariga borishlik. O'g'il bolaga to'g'ri keladimi? Kelar ekan hozirgi zamonda.

[12:25] Eshitib, yoqayotganingizni eslaysan. Bormi? Bor, davomi? Tirnog'ini oldirgani boradi deyapti. Muoviyya roziyallohu anhu Madinaga keldi. Bu hadisni Saidni Musayyab rivoyat qiladi. Imom Muslimdan keltiriladi. Qodima muoviyatu al madinata, fahotabana va oxoroja kubbata min sha'rin, faqola ma kun tu aro, anna ahadan yaf aluhu illal yahudur.

[12:59] Muoviyyatim Abdusofiyon Madinaga kelib bizga xutba qildi. Bir yumoroq, bir to'p sochni chiqardi da, aytdiki, buni, dedi, yahudlardan boshqa odamlar qilgani ko'rgan emasman, dedi. Inna Rasulullohi sollallohu alayhi vasallam balag'ahhu fasammuhu zu'ra. Albatta mana shu narsani xabari, ya'ni odamlar shunday sochni ishlatganligini xabari, Rasulullohga yetib kelganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni zo'r, yolg'on deb ataganlar dedi.

[13:32] Undan tashqari, Payg'ambar alayhissalomdan bir og'ir hadis bor. Rasululloh aytadilar, Imom Buxoriydan ketilgan bu hadis, Ibn Abbos roziyallohu anhuda. Endi tashqi ko'rinish haqida gapiryapsiz, e'tibor bergan bo'lsanglar, musiqa tugadi, tashqi ko'yinish haqida. La'na nabiyu sollallohu alayhi vasallam al muhannathina minal rejal va mutarad jilat minal nisa. Voqol, axrijunhum min buyutukum. Faqihahol ahro janabiy sollallohu alayhi vasallam fulanan va oxiraja umar u fulanan. Muoviyatimni abduzufiyam davom etadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zini ayollarga o'xshatgan erkaklarni va o'zini erkaklarga o'xshatlgan ayollarni la'natlagan. Yurish turishida, qilayotgan qilig'ida, kiyimida, prichoskasida, soch tarashida.

[14:26] Ularni uylarizdan chiqarib yuboringlar degan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Yana muoviya davom etdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam o'zini zamonida falonchini haydab chiqargan mana shunaça fe'li uchun. Umar ibn al xattob xalifa bo'lib turganda falonchini haydalib chiqargan. O'zini ayollarga o'xshatgan erkaklar. Endi o'zini erkaklarga o'xshatlagan ayollar chi, erkaklarni kiyimini kiyib yurgan. Shim kiygan. Badanlarini tortib qomatini chiqarib turadigan, hamma avratlarini hajmi bilan shaklini aniq ko'rsatib turadigan libosni kiygan ayol, malona, la'natlangan emasmi?

[15:06] Nimaga shariatimizda uzun kiy, keng kiy deyiladi? Toki boyagi aytayotgandek, mahosiyinlari, ziynati bo'lgan ayolni a'zolari bilinmay turishligi kerak. Lekin taassuf hozirga kelib turib, ayni ko'z ko'z qilishlik urfga kirib qolgan. O'zini ayollarga o'xshatgan erkakni rasululloh la'natlagandek, o'zini erkakka o'xshatkan ayolni ham rasululloh sollallohu alayhi vasallam la'natlagandir. Shim tegizmanglar qizlaringlarga.

[15:38] Hurriy ma li ba'sul xaridiy va zahabi ala duquri ummatiy va hillar inatihing. Payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallam marhamat qilganlar. Abu dovuddan keltirilgan bu hadis, abu muso ash'ariy roziyallohu anhu rivoyat qilgan. Ipak kiyish, oltin taqish, ummatimning erkaklariga harom qilindi. Ayollarigasa halol qilindi.

[16:03] Yigit kishidagi eng go'zal narsa, bu uni shijoati, mardligi, o'g'il bolalarga g'ururli bo'lishi. Qizlardagi eng go'zali narsa bu ularning hayosi. Birodalar, bolalar tarbiyasi, farzand tarbiyasi deganimizda biz o'g'il bolani ham, qiz bolani ham nazarda tutamiz. Ammo bu tarbiyani o'g'il bollarga xos tomoni bor, qiz bollarga xolis tomoni bor. O'g'ilbollarni tarbiyasi, mardlik, shijoat, shahdamlikka asoslangan bo'ladi. Qizlarni tarbiysi o'ziga xos hayo, iffatga asoslangan bo'lladi. Qaytarib aytamiz. Qiz boladagi, ayol kishidagi eng go'zal sifat bu hayot. Mashhur qissa.

[16:50] Muso alayhissalom Misrdan chiqib, Madiyan qishlog'iga keldi. Qur'ondagi go'zal qissalarda. Madiyaniylarni, hayvonlarni sug'oradigan joyga borib turganida, odamlar kelib tuyalarini, qo'ylarini sug'ordi. Lekin ikkita qiz o'zlari bilan olib kelgan qo'ylarini to'sib turishibdi odamlarni, qo'ylariga aralashib ketmasin. Ular ham sug'organi olib kelgan, odamlarga aralashlikni xohlamasdan hayo bilan chekkada turganligini ko'rdi. Borib, haligi qizlarni qo'ylarinini olib kelib sug'orib, qaytarib olib borib berdi.

[17:25] Bu ikkala qiz Shoayb alayhissalomning qizlari edi. Payg'ambarni qizlari. Hayo bor edi. Alloh Taolo mana shu qizlarni bittasini Muso alayhissalomni oldiga kelganligini aytib, qaysi sifatini maqtadi bu qizdagi? Faja at hu ihidahuma tanishiy ala stixiya. Bas ulardan biri hayo bilan yurib keldi. Qaysi sifati nima maqtayapti bu qizdagi. Hayo sifatida.

[17:54] Erkak kishini bir ayolda e'tiborini torta oladigan narsa ayol kishida. Bu uni hayosi. To'g'ri, ayol kishi chiroyli, go'zalniy, husnli bo'lishi mumkin. Agar hayosi bo'lmasa, bunaqa ayol hech qachon marg'ubo bo'lmaydi. Hech qaysi erkak xohlamaydi bunaqa ayolni. Ayol kishidagi birinchi narsa, hayo bo'lsin. Alloh taolo shunday deydi. Astayu billah, ya ayyuha nabiy qulliy, azvajika va banatik. Va nisa il muminin, yudiniyni alayhinna min jalabi bihin, dhalika adna an yu'rofna, falay yu'zoyna. Vakannallohu g'ofurur rohiymat. Alloh taolo payg'ambarimizga o'ziga buyuryapti. Alloh taolo bir narsani Qur'onda buyuradimi, ochiq oyat bilan? Bilingki, bu kichkina narsa emas. Bilingki, bu hasakam narsa emas. Ey payg'ambar, juftlaringizga, qizlaringizga, va mo'minlarning ayollariga ayting. Xos qilib Alloh Taolo buyuryapti bu odamlar. O'zingizni ayollaringizga ayting, qizlaringizga ayting va mo'minlarning hayollariga ayting. Ustlariga yopinchiqlarini o'rasinlar.

[19:08] Mana shu ularning cho'ri emas, balki ozod ekanligini ko'rsatadigan, cho'ri emas balki oz od ayollar ekanlari tanilib, ozorlanmasliklari uchun yaqin vositadir. Alloh mag'firatli va mehribon bo'lgan zotdir. Cho'rilarda xur ayollardan farqi bo'lgan kiyinishidan.

[19:32] Cho'rilarni avrat hisoblanmagan a'zolari ham xur ayol uchun avrat bo'lgan. Ayol kishi butun avratini yopib yurganligi cho'ri emas, xur ayol ekanligini belgisi bo'lgan. Shuning uchun aytyapti, xur ayol ekanligi kiygan kiyimidan bilinsin va unga ozor bermasin hech kim. Xuddi cho'riga muomala qilgandek muomala qilib, ozor bermasun. Avratini yopsin deb Alloh Taolo buyurapti.

[19:59] Ayol kishi avratini to'sib yuribdimi? Qiz bola avratini to'siq yuribdimi, demak mo'mina ekanligini dalaydi u. Masalan, maktabda formasini kiyib yuribdi bir bola. Maktab o'quvchilari kiyadigan kiyimni yuribdi, kiyib yuribdimi? Demak, kim bu? Talaba, maktab o'quvchisi. Ehtimol ikkinchisidir. Ehtimol bir kun borib, bir kun kelmas. Ehtimol har kuni so'kish eshitadi. Lekin kiyimi o'zi uni o'quvchi ekanligini bildirganidek, ayol kishi avratini yopibdimi, demak, mu'min ekanligining belgisi. Endi bu ayolga nima qoldi? Dinini o'rganish, erini haqini tanish, bolalarni haqini tanish, namozini o'qish. Ayollar avlodlarni yopib yurishligi kerak.

[20:45] Musulmon odam avvalambor o'zi ko'zini va farzini tiyishligi kerak va mana shu narsani farzandlar o'rgatishligi kerak edi. Darslarimizda aytib o'tdik, amaliy suratda berilgan dars hech qachon esdan chiqmaydi farzandlarimizdan. O'zimiz meni yo'q deb qo'ydik, yolg'ondi, ochiq o'rgatdikmi? Keyin o'n marta rozgo'li haqida va'zi o'qiylik, buni foydasi bo'lmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek, ko'zingni tiy bolam deb turib, ko'zni tiyishni o'rgatishdan avval, biz o'zimiz ko'rsatib berishligimiz kerak. Teskari qarab olishlik bilan.

[21:24] Astayu billah. Alloh taolo Qur'onda Nur surasida shunday deydi. Qullil mu'mineenay yahuddumina abdusorixin va yahvohu furujuhun. Zalika azuka alahum innalloha xobirun bima yasnaun. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Mu'minlarga ayting, ko'zlarini to'ssinlar. Nomahram ayollarga, shariat harom qilgan ko'rinishlarga qarashdan ko'zlarini tiysinlar. Va avratlarini haromdan saqlasinlar. Mana shu ular uchun eng toza yo'ldir. Albatta Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardor. Ko'zni tiyishligimiz kerak, agar farzandlarimizni o'rgatishimiz kerak. Qarama. Mumkin emas. Alloh rozi bo'lmaydi bu narsadan. Ko'zingni ti, ko'zingni nuri ketadi. Osiy bo'lasan. O'g'il dir qizdir mana shu narsalarga odatlantirishligimiz lozim bo'ladi.

[22:28] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imomahmad keltirgan hadis abu hurayra roziyallohu anhuhriddin. Sinfani min ahli inna. Ikki toifa odamlar bor, ular Jahannam ahlidan. Lam ar rohima ba'd. Men hali ko'rganim yo'q ularni edi Payg'ambarimiz. Ikki toif odamlar bor, men hali ko'rsatmadim ularni, lekin ular Jahannam ahlidan.

[22:56] Qovmun ma'qum siyatun ka adnabil baqor. Bir qavm bor, ularda molni dunyoga o'xshagan qo'llarida qamchi bo'ladi, odamlarni uradi shu bilan. Qo'llarida odamlarni uradigan qamchisi bo'ladi, molni dumiga o'xshaydi bu qamchisi. Va nisaun kasiyatun ariyatun mumiylat ma'ilat ro'usun ro'usuhunna kasniy matul buxt. Bu birinchi toifa odamlar edi. Ikkinchi toifa odamlarni kim? Ikkinchisi, ziynatli liboslarni kiyib, taqvo libosini yechib, to otdan o'zini chetga olib, qalblarni rom etuvchi ayollar bo'ladiki, ularning boshlari egilib turgan tuya o'rkachiga o'xshaydi. Boya aytganimizdek, boshiga boyagi to'qima soch deb falakni qo'yadi da, yurganda ikki tomonga tuyani o'rkachini singari egilib turadi.

[23:54] Ular jannatga kirishmaydi. Vaholanki jannatni hidi, jannatni hidini ham hidlamaydi ular. Jannatni yili falon yillik masofadan kelib turadi. Qo'lida odamlarni uradigan, molni dumiga o'xshagan qamchisi bor odam jannatga kirmaydi. Payg'ambarimiz ko'rmagan ekan hali bo'lardi u zamonida. Ikkinchisi, taqvo libosini yechib, odamlarni o'ziga rom qilib qaratadigan libosni kiyib, boshiga to'qimli sochni ulagan ayollar deb aytiladi.

[24:24] Bu o'rinda bir ayolki kiyim kiygan erkak kishini ko'zi tushdi, yana bir marta qarashligiga sabab bo'lyaptimi, mana shu imtihatorga kelaveradi. Albatta falon falon sifat bo'lishga shart emas. Odamlarda tortyaptimi diqqatini? Demak, bu mana shu hadisni ostiga kirib ketadi. Yana tarbiyada siz bilan biz farzandlarimizni o'rgatishimiz kerak bo'lgan narsalardan, farzandlarimiz ixtiloddan uzoq bo'lishga o'rgatishingiz kerak. Ixtilof nima? Ixtilof, nomahram bir erkak, nomahram bir ayol bilan aralashib yolg'iz qolishligi. Xilvatda nomahram erkak bilan ayolni yolg'iz qoldi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, sunani termizidan ketilgan bu hadis, ibn umardan. La yaxluva na ahadukum bi imroting, fa innah shaytona ta'lihuhima. Sizlardan biringiz nomahram ayol bilan yolg'iz qolmasin. Bas, albatta shayton ularning uchinchisi bo'ladi.

[25:34] Nomahram ayolni bilan yolg'uz qoldingizmi? Bir pana joyda, biror ko'rmaydigan joyda. Uchinchi, bu yerda turgan sherik shayton bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni keyingi hadisiga xulosa olamiz. Bu hadis Sahih Buxoriydan keltirilgan. Oqib ibn Omir roziyallohu anhudan. Iyaqum va duhula alannisa, faqoli rojum minal ansor, ya rasululloh, afaroyit al humu va qoli al humu al mavut.

[26:07] Rasululloh aytdilar, ayollarni oldilariga, ya'ni yolg'iz o'tirganlarida, ayollarnioldiga yolg'iz kirishlikdan ehtiyot bo'linglar dedi. Yolg'iz turgan ayolni oldiga kirmanglar dedi. Yo rasululloh, agar humu bo'lsa chi dedi ayol? Humu kim? Erkak uchun, erkak uchun ayolini qarindoshlaridan bo'lgan ayol.

[26:30] Ayol uchun erini tarafidagi erkaklar, akasi, ukasi, oikasi yoki bo'lmasam qarindoshlar. Humu qayni singlingiz yoki qayni opangiz. Qiz bolaga kuyovini akasi yoki ukasi. Yolg'iz kelinoyisi yolg'iz uyda turganda qaynuka kelmasligi kerak. E domla, bu qanaqa bu? Ha, aytyapman u, bizga, bizga to'g'ri kelmasligi mumkin qulog'imizga. Lekin shariat bu. Yo rasululloh, al humuvi bo'lsa chi dedi. Qaynakalari, qaynikalari bo'lsa chi deganida, al humuvi mavut, humuvi o'lim dedi.

[27:09] O'rgataylik shu narsaga. Balog'atga yetib qoldimi o'g'lingiz? Akasini ayoli yolg'iz bo'lib turgan paytda hovlisiga kirib bormasin. Chunki bu narsa shariatimizda man qilingan. Chunki ming xil gumondan holiy bo'linadi. Ha, xo'p, bu qaynukasini yu, tanir qo'ni qo'shnisini, tanimasachi? Uyda kelin yolg'iz o'tirganda bir odam kirib chiqib ketdi deb tursin. Musulmon o'zini shu hali o'ringa qo'ymasligi kerak. Bu mumkin emas. Bu mumkin emas.

[27:41] Mana shu begona, o'ziga nomahram bo'lgan ayol bilan erkak kishi yolg'iz qolishi haqida, mana shu g'arbni psixologlardan bittasi majhul inson deb nomlanadigan kitobida quyidagi satrlarni keltiradi. Bu odam psixologiya ilmini mutaxassislaridan, olimlaridan, psixologlardan. U shunday deydi.

[28:04] Insondagi jinsiy ariza harakatga kelganida, u qonga bir moddani ishlab chiqaradiki, u modda qon bilan aralashib miyaga yetib boradi. Miya shu modda sababli to'g'ri fikr ish qilishga qodir bo'lmay qoladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan edilar ku, bir erkak o'ziga nomahram bir ayol bilan xilvatda qolar ekan, shayton ularni ikkisini orasiga kiradi deb. Miyasini aynitar ekan erkak kishini.

[28:33] Insondagi jinsiy ariza harakatga kelganida, mana shu g'ariza qonga bir moddani ishlab chiqaradi. U modda qon bilan miyaga yetib boradi da, miya shu modda sababli to'g'ri fikr qilishlikka qodir bo'lmay qoladi. Natijada bir faxshga, zinoga qo'l uradi. Boyagi modda tugagandan keyin o'ziga kelib, bekor qilib, qanday qilib qo'ydim shu narsani deb turib, o'zini o'zi malomat qiladi. Qarang, bu so'zni mana shu psixolog aytyapti. Ilmiy isbotini topyapti. Payg'ambarimiz aytib qolgan bu narsani bir ming to'rt yuz yil burun. Nomahram erkak bilan nomahram ayol yolg'iz qoladigan bo'lsa, uchinchisi kim bo'ladi? Uchinchisi shayton bo'ladi.

[29:17] Keyin pushaymon yeb yuraveradi. Ana shu g'arb mamlakatini rahbarlaridan biri o'zini xalqi haqida yozar ekan, shunday deydi. Davlatimizning kelajagi xatar ostida. Chunki yoshlarimiz aynigan. Shahvatlarga berilib ketgan. Ular, ularni yelkasiga tushadigan mas'uliyatni ko'tara ola olmaydi. Harbiy xizmatga chaqirilgan yettita yigitdan oltitasi harbiy xizmatchiga yaramaydi. Nima uchun? Shahvatga tamomiy berilib bo'lgan. Erkak bilan ayolni aralashishligi uyda oddiy narsa bo'lib qolgan. Maktab yoshidagi qizlari juvon bo'lib qolayotganligi oddiy ish.

[29:59] Birodalar, oila jamiyatning asosi. Agar oila tuzalsa, jamiyat tuzaladi. Bu darslarimiz orqali birodarlar nima demoqchimiz? Ko'r ko'rona g'ayri dinlarga tahdid qilishni yig'ishtiraylik. Ular madaniyat deb berayotgan narsani hammasini madaniyat deb qabul qilavermaylik.

[30:23] Bizni dinimiz bor, birodarlar. Ko'zni tiyish, musiqaga berilmaslik, televizorni tagida soatlar qolib ketishlikdan bolalarimizni qaytaraylik. Inna allohu alayhi yurumi biyaqumin, qatta yu yurumi biya husihin. Alloh taolo bir qavmni isloh qilmaydi, toki bu qavmlar o'zlaridagi narsani isloh qilmagunicha. O'zimizni isloh qilylik, oilalarimizni isloh qulaylik, mahalla tuzaladi. Mahalla tuzalsa, qishloq tuzaladi, qishloq suzalsa, mamlakat tuzaladi, birodarlar. Bizni qo'limizda yaxshi tomonga farzandlarimizni tarbiya qilib tuzatishlik.

[31:04] Buni tushunishligimiz kerak. Farzand tarbiyasi juda bir og'ir, mashaqqatli mehnat. Uzoq vaqt talab qiladi. Lekin ishonuring birodar. Agar mana shu mehnatni, mana shu mashaqqatni sabr qilib, tarbiyani chiroyli suratda nihoyasiga yetkazsangiz, qilgan ishingizni birontasi zoya bo'lmaydi. Oyat astaydu billah, valladina a man u attabahum zurriyatuhum bi imanin al haq nabihin zurriyatahum va ma'alihun min amalihin min shayn. Kull umring bima kasab orhin.

[31:42] O'zlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlar, o'sha zurriyotlarini qo'shdik. Va ularga qilgan amallardan biron narsani ham kamitmadik. Har bir kishi o'zi kasb qilgan ishi bilan garovga olinguvchidir, ushlanguvchidir. Iymon keltirdingiz, solih amal qildingiz, farzandlaringizni tarbiya qildingiz, sizni bironta qilgan amalingiz zoya bo'lmaydi. Balki farzandlaringizin qilgan ishidan sizga ham ajr mukofot bo'ladi.

[32:15] Alloh subhanahu va taolo farzandlarimizni islomiy tarbiya bilan tarbiyalab, oxiratimizga bir zaxira qilishligini o'zi bir tavfiqni bersin. Va muvaffaq qilinganidek, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'rgatganlaridek tarbiya qilingan bo'lsa, siz o'tib ketgandan keyin savobli amallaringiz farzandingiz orqali davom etib turadi. Siz o'ldingiz, amallaringiz to'xtadi, ammo farzand orqali sizga savob kelib turadi. Mana shu berilgan tarbiya, qilingan mehnatning samarasi albatta siz bilan bizga oxiratda beriladi.

[32:49] Vrach to'g'risi, siz bilan biz mana o'n ikkita dars davomida farzandlarni iymoniy tarbiyasi haqida suhbat qildik. Axloqiy tarbiyasi haqida suhbat qildik. Bugun uchinchi mavzuni boshlaymiz. Bu farzandlarning jismoniy tarbiyasi. Farzandlarni sog'lom qilib tarbiya qilishlik mas'uliyati. Bugun uchinchi mavzuni boshlaymiz. Bu mavzu otalarning farzandlarini jismoniy tarbiyasiga e'tibor berishliklari haqida. Farzandlarning jismoniy tarbiyasi haqidagi mas'uliyat.

[33:23] Shubha yo'q, birodarlar, dunyodagi eng ulug' ne'mat bu iymon ne'mat. Chunki inson dunyoga kelib, iymon egasi bo'lmabdi, bu inson zararga kiribdi. Shubhasiz birinchi o'rinda turadigan ne'mat bu iymon ne'mati. Endi undan keyingi o'rinda turaydigan ne'mat bu tan sog'lik, sihat salomatlik, sog'lik ne'mati. Hadis sharifda Payg'ambarimiz shunday duo qiladilar: Allohumma ihdina fiy man hadayt va afina fiy ma'a fayt.

[33:59] Imom Nasoiydan, Abu Dovud, Ahmad va Dorimiydan. Parvardigorimiz bizlarni hidoyat qilgan bandalarning qatorida hidoyat qilgin. Bizlarni ofiyatda saqlagan bandalarning qatoriga saqlagin. Tani sihatli bergin, sog'liq bergin. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ibn Muoja keltirgan hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhudan bu hadis aytadilar: Allohumma inniy as aluka al avf va ala afiyata fid dunyo va al ahirun. Parvardigoru, albatta men sendan dunyo va oxiratda avfni va ofiyatni so'rayman. Gunohlarimni avf qilishingni so'rayman va ofiyatniso'rayman. Salomachilikni so'rayman!

[34:42] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimani so'ragan bo'lsa, Alloh Taolodan, biz ham shuni so'rashimiz kerak. Rasululloh qaysi narsalardan panoh tilagan bo'lsa Robbisidan, siz bilan biz ham shu narsadan panoh tilashligimiz kerak. Rasululloh ofiyat, salomatlikni so'rayapti. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshqa hadislarida aytadilar: ne'matani mag'bulun fihima kafiru minan nas as seh hatu val faro. Ikkita ne'mat bor. Juda ko'p odamlar bu ikki ne'matdan g'ofil. Shu ne'mat odamlarda bo'ladi, lekin buni bilishmaydi borligini. Bu sog'lik bilan bo'sh vaqt. Sog'lik bilan bu shu vaqt. Inson sog'ligini qadriga qachon yetadi?

[35:32] Kasal bo'lganda. Tishingiz og'riydi, uxlamaysiz, voy tun shunaqa, uzoqmi deysiz. Sovuq o'tib, hojatxonaga tez tez qatnaydigan bo'lib qolasiz, voy quvuqni mahkam turishi shunaqa ne'matmidi deysiz. Mana xususan qish kunlarida turibmiz. Sog'lik shunday ne'matki, u yo'q bo'lgan diniya bilinadi. Borligida ko'rinmaydi.

[35:56] Sog'liq ne'matini, birodarlar, boshqa moddiy ne'matlarga taqqoslaganda, sog'lik raqam, sog'lik ne'matini bir raqamiga o'xshatsa bo'ladi. Qolgan moddiy ne'matlarni nolga o'xshatsak bo'ladi. Shunday qilib tushunamiz? Masalan, sog'likni bir deymiz, moli davlatni nol deymiz. Bir bilan nol bo'lsa o'n bo'ladi. Demak, sog' bo'lib turib, badavlat bo'lsangiz o'n. Endi, sog' bo'ilib, moli davlat bo'lib, farzand bo'lsa, bir, nol, nol, yuz bo'ladi. Agar sog'lik, moli davlat, farzand, solih ayol bo'lsa, ming bo'ladi. Endi, sog'dik, moli davlat. Farzand, soliha ayol va jamiyatda hurmatga ega bo'lsangiz, o'n ming bo'ladi. Mana shu o'n ming dan raqamidan oldidan bir da olib qo'ysangiz, qolgan hammasi nol bo'ladi.

[36:53] Ayolingiz bo'lsin, soliha farzandingiz bo'lsin. Moli dunyoyingiz bo'lsun. Jamiyatda bir hurmatingiz bo'lsin! Ammo sog'ligingiz bo'lmasa, bu moddiy ne'matlarni qadri yo'q bo'ladi. Zo'r ekami? Zo'r akami? Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Parvardigor, ofiyat ber menga, sog'ligi ber menga deb so'raydi. Chunki inson sog' bo'lsa, bolasini tarbiya qila oladi. Inson sog' bo'sa, ibodatanda chiroyli sur'atda ado qila oladi. Demak, iymon ne'matidan keyin turadigan birinchi ne'mat sog'lik.

[37:29] Insonning sog'ligi uning shu dunyodagi rosti moli. Endi hech qaysi ota, hech qaysi ona farzandiga o'zi xohlagandaqa salomatchilikni bera olmaydi. Nima nima deylar? Sog'lik Alloh tomonidan beriladigan ne'mat ekan. Ammo otalar, onalar mana shu farzandlarini sog'ligini muhofaza qilishlikni yelkasidagi mas'uliyat ekanligini his qilishligi kerak.

[38:00] Demak, ota ona farzandini salomatchiligi uchun nima foyda, nima zarar bilishligi shart. Bolasiga nima foyda nima zarar bilishi shart. Shunday otalar bor, ayrim o'zini salomatchiligiga zarar yetkaza oladigan ishlarga odatlana olgan, masalan sigaret chekish yoki bir aroq ichishlik. U faqat o'zini salomatchiligiga zarar qilmaydi. Shunday otalar borki, ularni qilib qo'ygan ishlari tufayli farzandlarini salomatchiligiga putur yetadi. Qancha qancha bir mayda, siz bilan biz e'tibor bermaydigan kamchiliklarimiz bor, mana shu narsa farzandlarimizni tuzalmaydigan kasallarga chalinib qolishiga sabab bo'ladi.

[38:46] Avvalgi darslarimizda aytganmiz, hoy, ota bo'lgan o'g'il bola, endi sen o'zingni mulking emassan. Endi sen oilangni mulkisan. Agar o'zingga kerak bo'lmasang, ayolingga keraksan, o'sha uchta to'rtta farzandingga keraksan. Sigaret chekishlik. Agar o'zi uchun tasha olmasang sigaretni, ayoling uchun tasha. Farzandlaring uchun tasha, sigaret xususida. Bir qator statistikani ko'rib chiqdim. Yer yuzida astma kasaliga uchragan yosh bolalarni ichida, endi necha millionligini Alloh biladi. Bir milliontasi otalarini sigaret chekkanligi sababli kasal bo'lar ekan. Yoningizda chekadigan odam bo'lsa, shu chekayotgan odamdan chiqqan tutunni nafas olib turishligingiz sizni mana shu astmiga yoki rakka olib borar ekan.

[39:38] Shuning uchun sigaretni tashlay olmayotgan akalar, agar farzandlaringlarni yaxshi ko'rsanglar, tashlanglar. Agar sigaretni o'zinglar uchun tashlay olmasanglar, birodarlar, farzandlaringlarni salomachiligi uchun tashlanglar. Yana qaytarib aytaman, yer yuzida astma kasaliga uchragan yosh bolalarni ichida bir millionga yaqini otalari sigaret chekkanligi sababli astma kasaliga duchor bo'lar ekan.

[40:05] Ko'zinglarni kattachinglar sigaret chekadiganlar. Endi bu tomondan tasha deb aytib qildira olmasak, endi bu tomonday aytishga to'g'ri kelyapti. Yelkasidagi mas'uliyatni his qilgan haqiqiy ota bolalarining sog'lig'i haqida albatta g'am qilishligi kerak. Farzandlarning sog'lig'iga e'tibor berishlik haqida suhbat qilamiz bugun.

[40:31] Farzandlarga in'fo qilishlik otaning yelkasidagi vojib amal. Pul topdingiz, bularni sog'lig'iga sarflashligingiz kerak. Farzandlarni jismoniy tarbiya qilishlikdagi eng birinchi ish, ularga info qilishlik, yedirishlik, yaxshi yedirishlik. Bola o'sib turgan, bolaning jasadi ko'p vitaminlarga, ozuqalarga muhtoj bo'ladi. Endi shunday otalar yo'q emaski, topish tutishi yaxshi, bor, lekin oilasiga, farzandlariga sarf qilishlikka baxtli qiladi.

[41:06] Mimsiklik qiladi. Qodir. Masalan shunday bir ozuqa, shunday bir ovqatlar bo'ladi, yosh bolalar yoshligida yeyishi shart shuni. Chunki shuni yesa, suyagi baquvvat bo'ladi. Vitaminlarga boy bo'ladi, o'sishi yaxshi bo'ladi. Aqlan, jismonan yetishligi oson bo'ladi. Ammo otalar, bor shunaqa otalar, qilmaydi.

[41:29] Qarang, ota, xodir bo'lib turib, ana shu vitaminlarga boy bo'lgan taomlarni, vitaminlarni olib bermasa, vitaminlarga boy bo'sgan mevalarni, taomlarni qilib bermaydigan bo'lsa, bola shu vitaminga muhtoj holda o'ssa, keyinchi mana shu vitaminni to'ldirishlik kerak bo'ladi. Taomga yoki mevaga sarflamagan pulini doriga sarflaydi. Baribir sarf qiladi, lekin sarf qilganda ham o'n barobar ko'p pulni sarf qiladi. Shuning uchun yoshligida yegizishlik kerak. Vitaminga boy bo'lgan ozi ovqatni meva chevalarni.

[42:07] Agar o'sha mevani vaqtida yeganida, bola o'ziga kerakli vitaminni olar edi. Endi yemadimi? Endi doriga to'satmaysiz. Alloh subhanahu va taolo aytadi kuluv va shirobu va la tusrifu. Yeyilar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Endi mana shu isrofni turlari bor ekan. Birinchisi, miqdordagi isrof. Ko'p yeb yuborishlik. Ko'p yevorishlik. Ikkinchisi, ma'lum bir taomning isrofi. Hozir aytayotganimizdek, har kuni osh yeydi. Har kuni oshyeydi. Bola chaqani yaxshi yegizish kerak ekan deb turib, har kuni oshi yegizadi. Yo bu bir taomni ko'p qilishlik ham isrof bo'lar ekan.

[42:54] Qarang, baribir sarflaysiz bu. Baribir qonunni boqasiz, ammo bolangizga shu yoshida nima kerak? Qiziqib doktorga borganmisiz? Bolam yettiga kirdi, kichkinasi beshga kirdi. Shu yoshda nimaga muhtoj ularda borganmisiz? Yo'q. Astaydu billa. Va alal mavluv deyla xurizqu hunna va kisvati hunna bil mag'ruf deydi Alloh Taolo Baqara surasida. Ularni, ya'ni farzandlarni va onalarni yaxshilik bilan yedirib kiydirish otaning zimmasidir. Yaxshi yedirish, yaxshi kiydirish otaning zimmasi.

[43:31] Mana info qilish. Hamma ota pul topadi bolacha ham deb. Bolasiga sarflashlik uchun topadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu daqiq hadisiga quloq tutamiz. Quloqda oling. Qola nabiy sollallohu alalayhi vasallam, dinarun anfaqtahufi sabiylillahi azza va jalloh. Sen Alloh azza va jalloning yo'lida info qilgan bir dinor. Va dinarun fil masakin, miskinlarga sen sarf qilgan bir dinor. Va dinarun fi raqobating, qul ozod qilishlikka sarflangan bir dinor. Va dimarun fi ahlik, oilangga sarflagan bir dinor. A'zo muhajron, ad dinah rulladiy tun fiqh u ala ahlik. Mana shu to'rtta dinorni ichidan eng afzali oilangga sarflagan dinor. Qarang. Allohning yo'lida berilgan pul. Miskinga berilgan pul. Bir qunni ozod qilishingiz uchun berilgan pul va oilaga sarf qilingan pul. Afzali qaysi ekan?

[44:41] Oilangizga faqat siz sarf qilasiz. Endi boyagi miskinlarga bechoralarga sizdan boshqalar ham sarf qiladi. Shuning uchun payg'ambarimiz aytyaptilar, eng yaxshi pul sen oilangga sarflagan puling. Chunki bu oilaga faqat sen ifoq qilasan. Agar ota bolasini jismonan yetilishiga beparvolik qilayotgan bo'lsa, bu u tomondan juda bir katta xato hisoblanadi.

[45:06] Bola tug'ildi, ma'lum bir yoshga yetdi, tishlari qiyshayishni boshladi. Tuzatsa bo'ladi. Suvelari qiyshayishni boshladi. Borib tuzatsa bo'lardi. Ammo tek qo'yib qo'yadigan bo'lsangiz, suvelari qiynshib o'sib, nogiron bo'lib qoladigan bo'lsa, balog'atga yetgandan keyin, esini tanigandan keyin shu bola meni mana shunday qolishimga ota onam rozi bo'lgan ekan deydi, o'pkalaydi sizdan. Va haqqi bor. Tuzatsa bo'mardi bu kasalni. Qiz boladir, badanida bir qandaydir oq tushib qoldi. Vaqtida borib davolansa yo'q bo'lib ketadi. Agar teq qo'ysa, bu oqlik yaylayotgan bo'lsa, bu qizni umuman turmushga chiqishdan mana shu narsa to'sib qo'yishi mumkin.

[45:46] E, ko'chadagi ishimizni bahona qilib chi, farzandlarimizni salomatchiligiga beparvo bo'lyapmizmi? Albatta bu qilgan ishimizni mevasini totamiz. Faqat biz tortmaymiz, bolalarimiz ham totib qoladi. Qaraysiz, ichingiz eziladi, lekin poisk ketdi. Shuning uchun bolalari o'z ishchilik arafasida turgan akalar, ukalar, e'tibor qilib qo'yaylik. E'tibor qilib quvaylik.

[46:10] Hech qaysi ota, hech qaysi ona farzandini jismida, jasadida nuqson, kamchilik bo'lishini xohlamaydi. Ammo hamma ham mana shu narsaga e'tibor beradimi? Aytdik o'tgan darsimizda. Bolasi nechinchi sinfda o'qishini ham bilmaydigan otalar bor.

[46:34] Nima demoqchimiz bu darslar orqali, birodarlar? Bizni eng muhim ishimiz bola tarbiyasi. Eng muhim ishimmiz. Uydagi asosiy ehtiyojlarni va sog'lig'ini saqlash uchun kerak bo'ladigan narsalarni hozir qilishdik otaning mas'uliyati.

[46:58] Ha, mana qilmabsiz siz bolalaringiz uchun. Menda ish qilmab sizlar deb turib birov sizni ishingizni tanqid qilsa, himoya qo'lqoni bilan hujumni azasini qo'lizga olasiz. O'zi manaqa bo'lyapti da. Himoya qilib turib hujumga. Qarang, ajoyib so'z bor ekan. Haqiqiy qahramonlik tanqid eshitmaydigan ishni qilishlik emas, balki tanqidni eshitgan paytda to'g'ri xulosa chiqara olishlik ekan.

[47:28] Qaytarib aytaman, haqiqiy qahramonlik hech qanday tanqid qilinmaydigan ishni qilib qo'yishlikda emas. Balki kamchilik sizdan sodir bo'lgan paytda sizni tanqid qilsa, shundan to'g'ri xulosa olishingiz ekan. Imorat, uy, yashash joyi maskan. Dang'illatib uyni qurib qo'ygan.

[47:53] Hashamatli uy. Tashqaridan qaraganda bironta bir, bironta bir nuqson yo'q. Tashqi ko'rinishi zo'r. Ammo uyning ichida hech qanday qulaylik yo'q. Issiq suv, sovuq suv yo'q. Idishni ham, kirdi ham, chillada ishga olib chiqib yuvadi. Keyin pochkasi ketadi qizlarimizni, ayollarimizni, kelinlarimizni. Ha desa, shu kir yuvayotuvdi. Ey o'g'il bola, uyni ustiga pul sarflamasdan hasham ekan. Subhanalloh, hozircha million qilib turib chiqib ketibdi. Bir yil remont qilib tursangiz, keyingi yil yangisi chiqyapti. Ustiga emas, birodarlar, ichiga sarflaylik. Bormi, ustiga chopilayotgan pulni ichiga qilaylik. Issiq, sovuq suv qilib beraylik. Bolalarni yuvinishiga bir issiq, xomonga qilib beraylik, minimalniy sharoit qilib beraylik? Bu bizni yelkamizdagi vazifamiz, birodarlar. Burchimiz.

[48:44] Shoyad shu darslarimizdan keyin ayrim birodarlarimiz uyga bir hammom yoki qandaydir shu issiq suv sovg'a ustida qilishiga, bu yelkalaridagi vojipilar, akalar. Bu haligi xohlasangiz qilib beradigan narsa emas bu. Uy mustahkam bo'lishi kerak. Bolalarni salomatchiligiga xatar soladigan ishlar oldi oldin ishlaydi kerak. Masalan, oynaga reshotka qo'yib qo'ying, tushib ketmasin tashqariga. Agar uyingizda bir stupenkalar bo'ladigan bo'lsa, haligi perilasini qilib qo'ying, tushib ketmasin bolalar. Bu yelkamizdagi vazifa birodarlar. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar kafabil mar'i ifman an yudhayyi man yaqud.

[49:23] O'zi ovqatlantiradiganlarni, ya'ni oila a'zolarini zoyi qilishi bir kishi uchun yetarli gunoh. Qilib bermadingizmi sharoitda bo'lib turib? Siz uchun mana shu narsa yetarli gunoh bo'ladi. Bugungi darsimizda bolalarni badaniy tarbiyasi haqida, salomatligi haqida suhbat qilyapmiz. Mana endi ovqatlanishlikka taalluqli bo'lgan ayrim hadislarni o'qiymiz.

[49:54] Ota ona farzandiga kiyinish, ovqatlanishlikdagi islomiy ko'rsatmalarni ta'lim berishligi kerak. Oldingizda bolangiz o'tirib ovqatlanadi, kuzatasiz. Qachon kuzatasiz? Svet o'chgan bo'lsa? Ha, ana televizor o'chirib bo'lsa. Mana shu televizor haqida dars qildik. Kim ovqatlanayotgan paytda televizorda o'chirib qo'yapti? Bir qo'l ko'tarib qo'yilardi. Qolganlar o'chirardi, o'shaning uchun qo'l ko'tarmayapti qolganlar.

[50:32] Assalomu alaykum. Ajoyib a? O'tgan darsimizda aytdik ku, agar o'ziga sayyoraliklar kelib turib, bunday qarab tursa, tashqaridan bizga bildirmasdan kuzatib. Televizorni ko'rib turib, bizni unga bo'lgan bog'liligimizni ko'rib, shu iloh shekilli, bular sig'inadigan iloh shekilli desa kerak. Turib yoqamiz, choy ichib ham qarab turamiz, kiyim yotib ham qaraymiz, kirib televizorni yoqamiz, bolamizga, ayolimizga qarash yo'q.

[50:59] Aytdik, televizor yomon narsa emas, bu haligi qilichga o'xshagan narsa, yaxshilikka yomonlikka ishlaydi, lekin ota ona bolasini qanday ovqatlanayotganiga e'tibor berishligi shart. Chunki qush inida ko'rganini qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Ahmad keltirgan, Imom Termiziy keltirgan hadisda ma mala'a ibnu adama viya'an sharron min batmi.

[51:28] Odamning qornidan ko'ra yomonroq to'ldiradigan idishi yo'q. Qaytaramiz. Odamning qornidanko'ra yomonroqu to'ldiradigani idishi yo'q! Hasbu ibni adam a ukula tun yuqinna sulbaho. Odam bolalariga belini tiklash uchun bir necha luqma taom kifoya qiladi. Fain kanala mahalata. Agar ziyoda yemaslikni iloji bo'lmasa, uchdan biri taom uchun, uchdan biri sharob uchun, uchtan biri havo uchun. Nimani? Qorinni.

[52:09] Bolalarni jasadi, birodarlar juda tez yuvishadi. Shuning uchun ular nimaga muhtoj? Ko'p ko'p yesang, kuchli bo'lasan deydi. Yo'q, noto'g'ri. Keragini yesang kuchli bo'lasan. Rasululloh aytyaptilar, inson to'ldiradigan idishlarni ichidagi eng yomon idish qorin. Endi agar ko'proq yeyishlik kerak bo'lsa, uchdan bir, uchdan bir deyapti. Biz nima deymiz? Kattalar bilan teng solib beramiz ovqatni. Yesang nima olasan?

[52:42] Ko'p yesang katta bo'lasan degan uslub bilan agar muomala qiladigan bo'lsak, bolalarimizni, bolalarimizni yoshligidan kasal qilib qo'yamiz. Yoki shu ozgina ovqatga qonni to'ymaydigan bo'lib qoladi. Qanday yo'l tushlik kerak? Bu savol emas. Chunki shariatimizda har bitta narsaga ko'rsatma bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bor. Rasulullohni sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imomni termiziga keltirgan hadisda ibn abbos roziyallohu anhudan la toshrob vohidan kashurbil ba'ir va lekin ishroq bu masna vatsulati. Hadis qiling. Mana endi ichimlik suyuqlik ichishiga qarash, nima deyilgan.

[53:25] Tuya ichgandaqa bir ko'tarib ichmanglar deyapti rasululloh. Ichiladigan narsani. Balki ikkiga, uchga bo'lib ichinglar. Mosulmaa massan va la ta'ybuhu abbann fa innal kobada minal abbiy. Rasulullohu alayhi vasallam suvni bir ko'tarishda simirib ichmanglar, balki bo'lib bo'lib ichinglar deyapti. Chunki mana shu bitta ko'tarib ichishlik insonga zarar qilar ekan. O'ylab ko'rganmizmi shu narsani?

[53:56] Tuya tumshug'ini shunday suvga tiqadi, to'rtgacha ichadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassallam shu narsani siz bilan bizdan qaytaryapti. Mana shu narsani bolalarimizga o'rgatishligimiz kerak bo'ladi. Yana bir hadislarda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vassallam suv ichida ekganda, mana shu idishni ichiga nafas olishlikdan Payg'ambarimiz qaytargan. Chunki bunda ham insonni jasadiga zarar bor.

[54:22] Taom va sharob odoblari. Agar ota bolasini bu narsani ichi ekganda qarab tursa, Bismillahodevich, uchibolovich, nafas oma, o'tirib ich, ich bo'lgandan keyin Alhamdulillah deb ozgina nazorat qilib qo'ysa chi, odat bo'lib qoladi. Odat bo'lib oladi. La tashrobu vohidan kashuru bil ba'ir, va lekin ishrobu masina va sulafa, va sammu ida an tum sharib tum, va ahmado ida an tum faroq tum. Tuya ichgani kabi bir ko'tarib ichmanglar, balki ikki uch bo'lib ichinglar. Bismillah aytinglar, agar boshlasanglar, va Alhamdulillah deyinglar, agar sizlar tugatsanglar.

[55:03] Ida shariba ahadukum falaya tanaffas fil'ina. Agar sizlardan birortangi suv isisa, bas idish ichiga nafas olmasin. Endi odatda endi yosh bolalar xuddi shunaqa suv ichadi. Nafasi yetmay qoladi, suvni ichiga yotib, og'zidan olmasdan ichiga nafas oladi. Chunki hech kim qaytarmagan bu narsadan. Agar shu narsani zararligi tushuntirilsa, ota ona e'tibor qilsa, shu odatini yo'qotadi. Biz o'zimizchida o'zimiz, qanaqa ichamiz? Bir chanqaganda bilasizmi, ko'tarasiz, tugagucha. Yana tikka turib ichayotgan bo'ladi odam. Tikka turib ichakkan bo'ladi.

[55:43] Imom terimizni rivoyatida shunday hadis bor. Abu hurayra roziyallohu anhudan. Rasululloh aytadilar: la yashrabanna ahadum ming kun qo iman. Fama nasiya talayas taqiyin. Tikka turib suv ichmanglar deyapti. Kim esdan chiqarib ichib qo'ygan bo'lsa, qayt qilib chiqarib yuborsin deydi. Tikka trus o'chmanglar. Kim esdan chiqarilib tikatirib ichib qo'tyab qo'ygan bosa, qayt qilib chiqarib yubsin. Mashaqqat bu qayt qilib ichqarish.

[56:14] Ammo tikka trus ichishlikni mashaqqati keyin qayt qilib ishqarishlikdan ko'ra yomonroq bo'ladi. O'tirib ichaylik. O'tirib ishlaylik. Bilasizlar, birodarlar, hadislar bor. Kishi o'zini uyiga kirib kelyapti. Bismillah desa, shayton ishi tayda qoladi. Agar bismillahni esdan chiqarsa, shayton aytadi askarlarga, ey bugun yotoqqa joy topdinglar deydi. Uyiga kirib bismillahda aytib ovqat yasa, och qoladi. Agarda bismillahda aymasa, shayton askarlariga aytadi, bugun kechki ovqatga ham erishdinglar deydi. E'tibor berishlik kerak, diqqat qilishlik kerak, o'rgatishlik kerak. Buni siz bilan biz o'rgatmasak, birov o'rgatmaydi. Mana taom yeyish haqidagi ayrim odoblarni aytib o'tamiz.

[57:03] Olim yoki yoshi katta insonlar turganda, shulardan burun ovqatni boshlamaslik kerak yeyishda. O'rgataylik bolalarimizga. Katta odam olsin deymiz. Hozir bormi shu narsa? Obkalni bir chekkadan uraveradi. Endi haligi bitta tovoqda bo'lsa kutib tursa kerak, lekin chiniga kelsa nima oladi? Bismillah bilan boshlashlik. O'ng qo'li bilan yeyishlik, har kim o'zini oldidan olib yeyishligi tovoqdan, uchta barmoq bilan yeyishligi, yonboshlab yoki suyanib olib ovqat yemaslik. Mana shu ham sunnatga xilof.

[57:38] Qo'lidan tushgan va dasturxonga to'kilgan taomni olib yeyishlik, taomni yeb bo'lgandan keyin Allohga hamd aytishlik, ovqatdan keyin ikki qo'lni yuvishlik, birodalar, taomni odobladi yana bittasi, hech qachon ovqatni yomonlab bo'lmaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan oldingi ovqat olib kelishsa, Rasulullohga yoqsa, yerdilar, agar yoqmasa, yemay qo'yardi. Yoshlar, yoqmasa, emay qo'yaveringlar. Chunki o'sha ovqat tiqib kelgan eningiz yoki kelinoyingiz mehnat qilib ko'tarib keldi oldingizga.
