# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 475 of 510
- Section: —
- Duration: 35 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/475
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/jbP8Zba2awo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=jbP8Zba2awo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/474.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/476.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Boshqalarni hayotiga qarab, o'zingni hayotingni kech qolayotgan hisoblama dedik. Rizqni robbisi bor, uni natijasini zo'rlab, tezlashtirishga harakat qilma dedik. Mevadan oldin ildizni mustahkamla dedik. Rizx kechiksa, qimor, ribo, qarz, shunga o'xshagan harom yo'llarga kirma dedik. Vaqti kelmasdan avval mevani uzma dedik. Mana endi mana shu turkum suhbatlarimizni oxirgi qismida o'tiribmiz. Qanday qilsak dunyo boylik qo'limizda bo'ladi yu, ammo qalbimizni egasi Alloh Taoloning yolg'iz o'zi bo'ladi. Biz mana shu suhbatlarni eshitganimizdan keyin, hayotimizda nimalarni o'zgartirishimiz kerakligini bir qator bilib olgan bo'ldik. Ya'ni nima qilamiz?

[0:54] Birinchi fikr. Boy bo'l. Boy bo'l, lekin boylik seni xo'jayining bo'lib qolmasin. Savol. Boy bo'lish yomonmi? Yo'q, yaxshi. Katta biznes, yaxshi uy, qimmat mashina yomonmi? Yo, yaxshi. Islom birodarlar boylikka qarshi bo'lmaydi. Islom insonni qalbi mana shu dunyoga qul bo'lib qolishiga qarshi bo'ladimi? Islom kambag'al bo'l demaydi. Islom Allohga qul bo'l deydi. Shuning uchun muammo seni shotingda qancha pul borligida emas. Seyfingda qancha puul borligida emas, muammo qalbingni to'g'risida nima? Muammo shunda. Mana Qorin qissasiga qaytadigan bo'lsak, mana shu qissadan bir ilohiy bir mezonni o'lchovini olamiz. Moli dunyo boylik, bu maqsad emas. Boylik maqsad emass. Balki boylik maqsadi olib boradigan vosita xolos. Maqsad Allohni roziligi.

[2:04] Alloh Taolo Qur'onda mana Qorin haqida oyatlar nozil qilgan bo'lsa, ana shu oyatni o'qiymiz. Nimani olamiz? Qur'on Qorunga boyligingni hammasini yo'qot. Boyligingdan voz kech, boyligini tasha degani yo'q. Nima dedi? Astaydu billah va botag'i fiy ma atak allohu dara'ul axiru va la tansa nasibaka minat dunya va axsing kama axsanallohu ilayk. Alloh senga ato etgan narsalar bilan, ya'ni boyliging bilan oxirat diyorini istagin va dunyodan bo'lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga qanday yaxshilik qilgan bo'lsa, sen ham shunday yaxshilik bil. Xaloyiqqa.

[2:50] Qorinnga Alloh Taolo juda katta boylik berganmidi? U boylikni Alloh Taolo yo'qot demayapti. Aksincha Alloh senga qanaqa katta boylik bermagan bo'lsa, mana shu boyliginga yarasha xaloyiqa foydang tegin deyapti. Demak, islomda, dinimizda boylik, mol bu maqsad emas. Balki maqsadga olib boradigan vosita.

[3:13] Agar qo'lingda puling katta bo'lsa, yetimlarni boshini silagan imkoniyating ham katta bo'ladi. Maktab qurasan, yo'l qurasan, qarzga botgan odamlarga yordam berasan, ota onangni xizmatini qilasan, o'sha davolanishiga puli yo'q bo'lgan odamlarga xizmat berasan. Qo'yki jamiyatga foydali inson bo'lasan. Ammo mana shu katta pul, boylik, fosiq odam, qo'lida bo'lsa chi? Bu pul riboyga ketadi, isrofga ketadi, kibrga ketadi, fasodga ketadi.

[3:44] Demak, gap pulni kimni qo'lida ekanligidan. Pul yaxshimi, yomonmi emas, pul kimni qo'ida ekanligi. Payg'ambarimiz aytadilar Amr ibn Losga. Ya amr ne amal ma'lu solih ma rojulin as solih. Ey Amr, soliq kishi qo'lidagi solih mol naqadar yaxshi. Inson taqvoliy, Allohdaan qo'rqqan, yaxshi inson bo'lib turib, boy bo'lsa, bu odamni faqat jamiyatga foydasi ketayadi. Demak, demak bu hadisda Payg'ambarimiz boylikni o'zini maqtamayaptilar. Balki halol odamni qo'lidigi pulni maqtayaptilar. Solih odamni qo'llarida pul bo'lsa, egasiga itoatkor, xizmatkor bo'ladi. Ammo fosiq odamni qo'lida bo'ladigan bo'lsa, bu pul shu egasini ustidan xo'jayin bo'lib qoladi. Tushunarlimi? Dunyo qo'lda bo'lsin, qalpoq bo'lib qolmasin.

[4:41] Zuh degan narsa bor. Ko'pchilik zuh deganda, kambag'al bo'lib yurishlikni, dunyodan voz kechishlikni, pulsiz bo'lishni tushunadi. Bu odam zohid odam deb qo'yadi. Bu noto'g'ri tushuncha. Mana shu zu'xt va varaq nima ekanligini ulamolarimiz ta'riflab aytishadiki, az zu'xtu tarku ma'layyan faul fil ahiro, val vara'u tarku ma tahofu dor a roh fil ahiro. Zu'xt nima? Oxiratda senga foydasi bo'lmaydigan narsani tark qilish dunyoda. Bir ish bilan ovora sangki, oxiratda foydasi yo'q. Shuni tark qilsang, sen zohid inson bo'lasan. Endi alvara nima? Alvora oxiratda zarar berishi mumkin bo'lgan narsani tark qilishlik. Demak, zohidlik shu ekan. Biz o'ylagancha, pulsiz yurish kambag'al bo'lishlik emas.

[5:34] Millioner odam ham zohid bo'lishi mumkin. Agar puli cho'ntagida bo'lib, qalbida Alloh bo'lsa. Dunyo qo'lingda bo'lsa, Alloh yo'lida bemalol sarflaysan. Agar qalbingda bo'lsa. Yo'qotib qo'yishdan qo'rqasan. Dunyo qo'lingda bo'lsa, sen uni boshqarasan. Agar dunyo qalbinga kirib qolgan bo'lsa, u seni boshqaradi.

[5:59] Mana Qur'ondan o'qiymiz bir oyat. Tijorat qilganlarni maqtaganmi alloh yoki tijoratda tark qilganlarnini maqtaganmialloh? Astaydubillah, rejalun la tul hihim tijarotun vala bayun an dikriyilla va iqomiy sola va itai zaka. Alloh Taolo aytyapti, shunday kishilar bordirki, ularni na tijorat va na oldi sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to'kis ado etishdan va zakotni ato etishdan to'smaydi. Alloh Taolo tijorat qilmaydiganlarni maqtamayapti. Alloh Taolo tinorat qilib turib, ibodatdan uzoq bo'lmaydigan odamlarni maqtayapti. Qarang, la tul hiyin. Tijorat, pul, dunyo ularni Allohdan chalg'itmaydi.

[6:53] Shuning uchun qara o'zingga. Namozni vaqti chiqib ketyapti. Lekin savdo avjiga chiqib qoldi. Nima qilasan? Nima muhim senga? Do'konda klient turibdi, savdo qizib turibdi, namozni vaqti chiqib ketyapti, nima qilasan. Mana shu joyda sen uchun qaysi chaqiriq muhimroqligi ko'rinadi. Allohni namozini o'qiysanmi yoki tijoratni qilib namozdan voz kechasanmi? Mana shu yerda seni qalbingni haqiqiy egasi kim ekanligi ma'lum bo'ladi.

[7:27] Havas qilishga arziydigan haqiqiy boylik qanaqa bo'ladi? Agar boy bo'lishdan maqsading, pul topishdan maqsading ota onamni bir oyga muhtoj qilmay, oilamni yaxshi ta'minlay, musulmonlarga bir ish o'rinlari yaratay, xalqimga, vatanimga xizmat qilay degan maqsad bo'lsa, unda seni biznesing, mehnating, tijoratingni o'zi ibodatga aylanadi.

[7:55] Havas qilinadigan boylik qanaqa bo'lar ekan? Havas qilinodigan boylik, hozir biz aytayotgandek, insoniyatga, jamiyatga faqat foydasi tegadigan boylik. Shunaqa boylik bo'lsa, havas qiling. Payg'ambarimiz aytadilar, la hasada illa fitnatayin. Faqat ikkita kishiga havas qilish mumkin. Rojulun atahullohu ma'lam, tasallatahu ala halakatihi fil haq. Faqat ikki kishiga havas qurish mumkin. Biri, alloh unga mol u dunyo bergan va u molini haq yo'lda sarflashga muvaffaq qilingan kishi. Ikkinchisi, ilm berilgan, ilmini tarqatayotgan odam. Ko'ryapsizmi? Islomda boylikni o'zi havas qilinmaydi.

[8:43] Balki ana shu boylik bilan qilinayotgan xayrli ishlar havas qilinadi. Chunki sizga ana shu boylik berilsa o'zi, siz unaqa shu ishlarni qila olasizmi? Shu pulni Alloh qo'lingizga bersa, dunyo sizni nima qilmaydimi? Buzib qo'ymaydimi? Shuning uchun boyni boyligi havas qilinmadi. Boyni shu boyligi bilan qilayotgan savobli ishlari havas qilinadi. Ma'qulmi?

[9:09] Nima, Alloh qodir emasmi hammani bir xil boy qilib qo'yishga? Qodir. Nimaga bir odamni boy, bir odamni kambag'al qildi? Birini boylik bilan sinadi, birini kambag'allik bilan sinadi. Pulni senda qancha to'plangani muhim emas. Mana shu puling bilan nima ishladi qilayotganligi muhim. Mana usmonun nafxon roziyalloh ham xun oling. Sahobalarni ichidagi eng boy kishilardan edi.

[9:36] Madinada musulmonlar suvga qiylanganida, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning targ'ibi bilan bir yahudini qudug'ini, Roma qudug'ini sotib olib, musulmonlarga nima qildi? Vaqf qildi. Kambag'al bo'lsa qila olarmidi? O'shaning uchun yigitlar, musulmon odam kambag'al buzganidan boy bo'lgani yaxshi. Haloldan topadi, halolga sarf berdi, jamiyatga faqat foyda keltiradi. Yoki usmonunun afvoni yana bir ishi, tabug' g'azotidan. O'ttiz ming kishilik qo'shin yig'ildi, Runga qarshi qo'shin tayinlashlik kerak, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalarni info qilishlikka, qo'shinga yordam berishlikka ta'g'ib qildilar. Usmonning afvan juda katta infiqoz qildilar. Shunda Payg'ambar alayhissalom aytdilar: ma dorra Usmona, ma amila ba'dal yaun. Usmonni roziyallohu anhu, bugungi qilgan ishidan keyin hech narsani zarari yetmaydi bu kishiga.

[10:35] Agar taqvo degani kambag'al bo'lishlik deb tushunilsa, taqvo degana boylikdan qochishlik deb tushuna oladigan bo'lsa, mana shunday bir katta savobli amallarni qayerdan qiladi mo'min odam? Ukalar, kambag'al bo'lganinglardan boy bo'lganinglar yaxshi. Boylikka intilinglar. Lekin boylik maqsad emas. Maqsad Allohni roziligi, shu boyligimiz bo'lsa, olishu maqsadga ko'proq yetamiz. Ma'qulmi?

[11:04] Usmon roziyallohu anhu u qo'lidagi pulini qurimas edi. Aksincha moli Usmonunnafonni qo'lidagiga xizmat ko'radi. Shuning uchun aytamiz, yoshlarga xususan, halol boy bo'l. Kuchli bo'l, zavod fabrika och, ish o'rinlari yarat, xalqinga foydali inson bo'l. Faqat mana shu topayotgan boyliging seni ichingdagi meningni, kibringni ishchirib yubormasin.

[11:33] Boy bo'lishdan oldin berishni odat qil o'zingga. Hozir yo'q katta pul, ozgina puling bormi? Shu ozginadan berishni o'rgan. Chunki ko'p pul kelganda u odating bor da, bera olasan. Chunki hozir ozligida bera olmasang, katta bo'lganda tem bolee bera olmaysan. Boy bo'lishdan oldin to'rtta savolga tayyor tur. Mana Alloh Taolo dunyoni, bu boylikni, dunyoni zebi ziynatini imtihon ekanligini eslatadi. Astaydu billah, innama amualukum va avladukum fitna va allohu indahu ajrun adhim. Aytdik ku, Alloh Taolo kimnidir boylik bilan sinaydi, boy qilib qo'yib. Kimnidir kambag'allik bilan sinaydi. Kambag'al qilib qo'yg. Alloh taolo aytyapti sizlarning mol mulklaringiz va bola chaqalaringiz faqat bir fitna imtihondir. Ulug' ajr, mukofot esa yolg'iz Allohning huzuridadur. Shuning uchun pulni so'rayotganda, keng rizqni so'rayotganingda, boylikni so'rayotguningda, mana shu boylikka qo'shib taqvoni ham qo'shib so'ra. Chunki pul kelgandan keyin, inson fiz hujjatga kirib ketishligi imkoniyati kattaroq bo'ladi. Ya'ni saxovat degan narsani pulim ko'p bo'lganda, millioner bo'lganda qilaman dema.

[12:53] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam nima deganlar, mana shu info xususida? Ittaqulloha vavaluhu bishiqti tamruting. E, yarimta xurmonda sadaqa qilib bo'lsa ham, do'zaxdan o'zinglarda saqlab olinglar. Qani yarimta xurmo, nima endi? Lekin sadaqada, berishga odatlant. Chunki qo'lingda hozir ozgina puling bor, shu paytda bir yarimta xurmo'ni ehson qila olmayapsanmi? Ertaga million kelganda qanaqa qilib ehson qilasan? Undan tashqari Payg'ambarimiz aytganlar ma naqosat, sadaqotun minmalin. Ya'ni inson sadaqa qilsa, hech qachon pul kamayib qolmaydi. Mana shu narsani shior qilib yozib olinglar ukalar, peshonanglarga. Bergan sadaqangiz hech qachon pulingizni kamaytirmaydi. As sodiqul mastub qilgan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar bu narsani.

[13:40] Boylik insonni to'rtta nuqtada sinaydi. Birinchisi, topishda. Pul topishda. Qayerdan va qanday yo'l bilan topding? Ikkinchi savol. Pulni ushlab turishda. Pul qo'lingda turibdimi yo qalbingga kirdimi? Uchinchisi, sarflashdan. Qayerga ishlatyapsan? Isrofga, riyoga, maqtancholikkami? Yoki xayriyatgami? To'rtinchisi, yo'qotishda ham sinaladi inson. Pul, boylik, dunyo qalbinga kirmaganligini belgisi, shu pul ketib qolganda, zararga kirganingda, siqilib, bo'g'ilib, insult, infarkt bo'lmayapsanmi?

[14:24] Agar shunday bo'la ekan bo'lsa, demak pul qayerda ekan? Qalbingda ekan. Ammo yo'qotganda pulni kattaroq zararga kirib qolsa, qalbi Alloh bilan ovora bo'lgan paytda nima deydi? Alloh Taolo berib sinovdi, endi olib sinadi deydi da, xotirjam turadi. Mana shu to'rtta savolga tayyordur. Topishda, ushlab turishda, sarflashda va yo'qotishda.

[14:50] Ya'ni. Puling ko'payib boyiganing sari, mana shu pulga tegishli, fiqhiy savodxonliging ham ziyodi bo'lsin. Katta katta kompaniyalarni qarasangiz, bog'oltiri bor, yuristi bor, marketologi bor. Ular sizni ishingizni qonuniy ketishligi va foyda zararlarini aniqlab aytib berib turadi. Xuddi shunga o'xshagandek, yurgizayotgan ishxonangda mana shu qilayotgan ishingni halol, xoromligini aytib berib tura oladigan bir ahli ilm ham bo'lsin.

[15:18] Ma'qulmi? Va har bitta yosh tadbirkor o'zi uchun tijoratidagi qizil chiziqlarni aniqlab olsin. Masalan, iymon va halollik, bu hech qanaqa foydaga almashtirilmaydi. Namoz, ro'za, biznes yo'lida hech qachon qurbon qilinmaydi. Ota onani roziligi, oilani haqqi, hech qaysi pulga almashtiril maydi. Chunki sen bu boy bo'lishdan maqsad hayotingni pokiza, osuda bo'lishini xohlayapsanmi? Osuda hayot faqat pul bilan bo'lmaydi. Osuda tinch, osoyishta hayot, iymon bilan, taqvo bilan, solih amal va kuniga rozilik bilan bo'ladi. Mana Alloh Taolo aytadi. Astay deb edilar. Mana amila solih ham min zakarin av unsa, vohivo mo'minun falannuh yeyannahu hayatan toyiba. O'zi asli boy bo'lishdan maqsad nima desa, dunyoda xotirjam mazza qilib yashashmi? Pokiza hayotmi? Alloh aytyapti. Erkakmi, ayolmi, kim mo'min holida solih amal qilsa, biz unga albatta pokiza hayot ato eturmiz.

[16:34] Pokiza hayot inson kunidan rozi bo'lib yashashligi. Mana, ana shunday pokiza hayot haqida Ibrohim Adham shunday deydi. La ya'lam ul mulku va abuna ul muluk ma nahm fihi minas sururi va na'imi idan la ja'daluni alayhi bisuyu. Agar podshohlar va podshohlarning farzandlari biz turgan qalbiy xursandchilik va ne'matni bilganlarida edi, uni bizdan tortib olish uchun qilichlari bilan kurashgan bo'lardilar.

[17:12] Endi nima qilamiz? Natijaga shoshilmayman, ammo vazifamni kechiktirmayman. Mana biz shuncha suhbatlarda shoshilma, shoshilma dedikmi? Endi hech narsa qilmasdan o'tiraver degani emas bu. Shoshilmayman natijaga. Lekin qilishim kerak bo'lgan vazifamni hammasini zo'r qilib qilaman.

[17:35] Endi, mana shuncha ma'ruzalarni eshitgandan keyin ham, hayotimizda hech narsa o'zgarmayotgan bo'lsa, biz ko'zlagan maqsadimizga yetmabmiz. Bugun o'zimizga beradigan bitta savol. Bugundan boshlab nimani o'zgartiraman? Har kuni aytaman turib, qancha pulim bor, qancha pul topaman degan g'amni ustida bosh qotiramiz.

[17:58] Ammo Alloh Taolo bizga boshqa savolni ko'ndalang qiladi. Nima deydi? Astaydu billah, ya ayyuha alladina aminattaqullohi valtandur nafsunman qoddamat lig'odin va taqulloh innallohi xobirun bema'ta amalun. Ey mo'minlar, Allohdaan qo'rqinglar va har bir jon erta uchun, qiyomat kuni uchun nimani tayyorlab qo'yganiga qarasin. Shu savolni berish kerak. Mana kechagi kunim o'tdi. Ertaga qiyomat kuni uchun, kechagi kunimdan nimani tayyorlab qo'ydim? Alloh aytyapti, Allohdaan qo'rqinglar. Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

[18:39] Biz mana shoshilma, shoshilma, shov shuvilma deyapmiz. Mana shu yerda bitta bir nuqtani bir to'g'ri tushunib olishimiz kerak. Shoshilmaslik kerak ekan, domla aytdi deb, o'n bir gacha uxlash degani emas bu. Rizq yozilgan ekan, shoshilmasam ham kelaverar ekan deb, hunar o'rganmasdan bekor yurish bu tavakkal emas.

[19:01] Hamma narsani vaqti bor ekan deb o'n yil harakatsiz o'tirish bu sabr emas. Shoshilmaslik, o'ziga tegishli hamma sabab mehnatni qiladi, natijani Allohga topshiradi. Akalar, shoshilmaslik bu yalqovlik emas. Balki shoshilmaslik vahimasiz, qo'rquv, xavotirsiz g'ayrat.

[19:23] Yana bitta qaytarib beraymi? Shoshilmaslik bu yalqov bo'lib o'tirib olish emas. Shoshilmaslik, vahimasiz, qorquv, xavlotirsiz g'ayrath shijoat. Mehnatni qiladi, natijaga shoshilmaydi. Ha, hayotda shoshilish kerak bo'lgan ishlar ham bor. Nimalarga shoshilishimiz kerak?

[19:45] Nabiya sollallohu alayhi vasallam alayhi roziyallohu anhuga, e ali, uchta narsani aslo kechiktirmagin. Ya'ni shoshilib bajargin uchta narsanini. Nima u? Namoz vaqti kirganda, namozni o'qishga shoshilgin, janoza hozir qilinganda, uni o'qishga shooshilgin va munosib tengi topilganda, turmushga chiqmagan qizni uzatishga shoshilgan. Tushunarlimi? Yana bir hadisda Payg'ambarimiz qarzni shoshilib to'lashlikka targ'ib qiladilar. Bor u shunaqa odamlar, qodir bermaydi. Bu tupursin deydi.

[20:23] Mutul g'oniye zulmun. Qodir bo'lgan, boy odamni qarzni bermasdan cho'zib yurishligi zulm bo'ladi. Qarzingiz bor. Bergani pul ham bor, lekin bermay turibsizda bir oborot qilib olay deyapsiz. Birovni o'n ming dollari bor, berishingiz kerak, turibdi. Bir oborot qo'li shuni foydada bo'lyapsizlar siz. U zarar bu.

[20:48] Ulug' tobinlardan hotim al asom mana shu qoidani bir go'zal bir xulosalab qo'ygan. Xulosaliklardan. Aytadiki, shoshqaloqlik shaytondan. Faqat beshta o'rinda shoshilish Rasulullohning sunnatidan. Shoshqaloqlik shaytondan, lekin beshta o'rinda shoshilish sunnat. Birinchisi, mehmon kelganda unga ovqatni taqdim qilishda. Ikkinchisi, mayitni dafnga tayyorlashda. Uchinchisi, voyaga yetgan qizni munosib joyga uzatishda. To'rtinchisi, muddati yetgan qarzni uzishda. Beshinchisi, qilib qo'ygan gunohdan tavba qilishdan. Mana shu ishlarda shoshilishlik sunnat bo'ladi.

[21:35] Sen hayotingni uchta mustahkam ustun ustiga qur va oldinga uch to'rt yillik ma'nani rejani qo'y. Birinchi ustun, dinim, namozim, ilmim, Qur'onim, taqvoyim. Ikkinchi ustun, shaxsiyatim. Ota onam xizmati, oilamni haqqi, sog'ligim, odamlar bilan go'zal muomalam. Uchinchisi, kasb bekor va tijoratim. Har sohadan bir chimdim qilib, har uch oyda hunar almashtiravermasdan, ko'chatni har oyda u yoqqa bu yoqqa ko'chiravermasdan, bitta joyga qoldirish. Bitta hunarni to'liq uch to'rt yil nima qilish? O'rganish.

[22:20] Lekin mana shu rejani tuzayotgan paytingda, uch to'rt yillik rejani tuzakkan paytingda, o'zingni taqdiringni egasi o'zimman deb o'ylamagin. Taqdir Allohni qo'lida. Sen o'sha maqsadingga olib boradigan sababni qilasan, natija kimdan? Vala taqolam nal ishay in innifailu zalika g'oda. Alloh Taolo aytadi, hech bir narsa haqida men buni ertaga albatta qilaman demagin. Illa an yasha Alloh. Agar Alloh xohlasa qilaman degin. Ertaga bo'ladigan ishni nima deymiz? Inshaalloh.

[22:57] Mo'min bor kuchi bilan harakat qiladi, reja tuzadi, ammo natija u xohlagandek chiqmay qolsa, nima deydi? Payg'ambarimiz o'rgatganlaridek, Qadarulloh deydi. Va mana shu afal. Allohni taqdiri shu ekan, o'zini xohlagan ishini qildi deydi. Bu suhbatlar shunchaki bir chiroyli gap bo'lib qolmasligi uchun o'ziga bir inson bir reja tuzsin, bir uch oylik deylik. Birinchisi, namoz. Besh vaqt namozini hamma ishdan, savdodan avvalga qo'yaman. Ikkinchisi, telefon va kontent. Mana shu telefondan uzr. Chunki juda ko'p ko'rayotgan narsang, seni noshukur bo'lishingga, ustingda turgan ne'matlarni ko'rmasligingga, hasadga, norozilikka sabab bo'lyapti. O'shaning uchun mana shunga o'xshagan kontentlarni o'chir. Uchinchidan, qarz. Qarzlarni kallangda ushlama, daftarga yoz. Kimga, qachon, qancha. Keraksiz qarzni olma, eskisini uzib ol. To'rtinchisi, bitta halol kasb. Tanlagan asosiy hunaring yoki ishingni ustasi bo'lish uchun mana shu ishga har kuni vaqt ajral. Beshinchisi, moliyaviy hisob. Kirim, iqim chiqingini yozib yur.

[24:15] Oltinchisi, sadaqa va shukur. Ozgina bo'lsa ham sadaqa qilib tur. Ozginabo'lsa ham sadeqa qilib tur! Biz, ukalar, bu darslar davomida sizlarga orzu qilmanglar, demadik. Boy bo'lmanglar, demardik. Katta orzu qilinglar, halol boy bo'linglar. Qushga o'xshab aytaman da, rizq talabida ushib chiqinglar dedik. Lekin eng asosiysi, bu dunyoga nimaga kelganinglarni unutmanglar.

[24:47] Rizq topgani kelganmassizlar. Boy bo'lishlik uchun kelganmassizlar, bu dunyoga Allohga ibodat qilgani kelgansizlar. Voma xolaqatul jinna val in sailla li abudun. Alloh Taolo asosiy maqsadni aytyapti. Men jin va insonlarni faqat o'zimga ibodat qilish uchun yaratdim deydi.

[25:10] Boy bo'l, qo'lingda katta dunyo bo'lsin, lekin bu maqsad emas. Maqsad Allohnin qulchiligi. Boylik vosita, biznes vosita, kasb vosita, dunyo vosita. Asosiy maqsad Allohnin roziligi. Ey yoshlar, boylikka shoshilmanglar, halol bo'lishga shoshilinglar. Shuhratga mashhur bo'lishlikka shoshilminglar, ilm, hunarga shoshilinglar, mevaga shoshilmangilar, avval ildizni mustahkam qilishga shoshilinglar! Odamlarga boy bo'lib ko'rinishga shoshilmangalar, Allohga yaqin bo'lishga shoshinglar.

[25:52] Demak, mana shu darslarni eshitganimizdan keyin, qalbimizda Robbimiz bilan mana shu ahdni mahkam bog'laylik. Aytaylikki, men boshqalarni taqvimi bilan yashamayman va o'zimni birovlar bilan emas, kechagi o'zim bilan solishtiraman. Men tez boy bo'lish uchun dinim va halolligimni sotmayman. Men boylikni qo'limda ushlayman. Qalbimga kirgizmayman. Men bugungi vazifamni puxta bajaraman, ertangi natijani esa Allohga topshiraman. Men shoshilmayman, lekin aslo to'xtab qolmayman. Chunki rizqda Robbisi bor. Osmonda taqsimot bor. Qalamlar ko'tarilgan, sahifalar qurigan. Shoshilma. Seni vahimang, besabrliging yozilgan rizqingni bir sekund oldiga ham, bir sekund orqaga ham sura olmaydi.

[26:48] Shoshilma. Ajaling seni qanday xatosiz adashmasdan topib kelsa, rizqing ham seni xuddi shunaqa qilib topib keladi. Shoshilma. Oxirgi luqmeni, peshonangga yozilgan oxirgi luqneni yemaguningcha o'lmaysan. Shoshilma! Ukam, sen hech kimdan kech qolayotganing yo'q, shoshilma. Yigirma ikki ga kirganda mashina min, yigirma besh ga kirganda uy qur, o'ttiz ga kirganda millioner bo'l. Bunaqa jadvalni Alloh tuzmagan. Bu narsaga Qur'on bilan hadis buyurmagan.

[27:21] Shoshilma. Bu soxta poygani johillar o'ylab topishgan. Reklama uni bezagan, nafsiyasi unga aldanib qolgan. Shoshilma! Boshqalarni nasibasini o'zing uchun majburiy muddat qivoma. Chunki sen telefon ekranda ko'rayotgan yaltiroq suratlar bu hayotni hammasi emas. Sen birovni qimmat mashinasini ko'ryapsan, ammo bo'ynidagi qarzini bilmaysan.

[27:50] Hashamatli uyni ko'ryapsan. Ammo oilasidagi tinchlik, notinchlikni bilmaysan. Yuzidagi kulgusini, tabassumini ko'ryapsen, ammo tunda qalbi nimalar bilan ovora bo'lib, nimalar bilan siqilayotganligini bilmaysan? Shoshilma. Birovni o'ttiz sekundlik videosiga qarab, o'zingni butun bir hayotingni ustidan hukm chiqarma. Shoshilma. Chunki bugun yerga ekilgan ko'chat ertasi kuni meva bermaydi. Yangi ko'chatga o'n kilo olma osib qo'ysang, sen uni bezaganing yo'q, sen uni sindirib qo'yding. Shoshilma, sen hozir mag'lub massan. Sen bekorchi ham massan. Sen tuproq ostidagi kirgan bug'doy tomir otganidek, tomir otyapsan. Tanangni chiniqtiryapsan, ilm va tajriba yig'yapsan. Shoshilma. Yerga to'liq ko'milmagan urug'ni hosili to'liq bo'lmaydi.

[28:51] Sen hozir ildiz otish davridasan. Ildiz otish darvidan uyalma. Hali ham hech narsam yo'q qo'limda, yigirma besh ga kirdim. Kim aytdi yigirma beshinchi ga kirganda bir narsalik bo'lishing kerakdir? Boshqalarni rizqini Alloh yozgan bo'lsa, yigirma bitta bo'pti. Uni yozilgan muddatini o'zingga muddat qilib olma. Hech qachon shoshilma. Chunki berilgan har bitta narsa mukofot emas.

[29:17] Berilmagan har bitta narsa jazo emas. Shoshilma. Sen bugungi kuningni ko'ryapsan xolos. Ammo robbing ertangi kunni oqibatini ham ko'rib turibdi. Ba'zan Alloh senga dunyoni berib sinaydi, ba'zan bermay sinaydi. Bermagani yomon ko'rgani emas, shoshilma. Chunki ona bolasiga zarar qiladigan ovqatni bolasiga bermaydi. Yomon ko'rgani uchun emas, yaxshi ko'rgani uchun. Diniyni saqlash uchun Alloh Taolo seni ba'zi bir dunyo narsalaridan to'sib qo'ygan bo'lsa, shoshilma. Sen kemani teshilganini ko'rib vahimaga tushma.

[30:00] Oldinda turgan zolim podashohdan omon qolayotganligingni o'yla. Xizr alayhissalom kemani teshib qo'yuvdi, kemachi siqildimi? Yomon bo'ldi dedimi? Shoshildimi? Lekin sohilga borganida narigi sohilga. Kemasini teshilganligi o'zini foydasi bo'lib chiqdimi? Hech qachon shoshilma. Chunki qisqa yo'l deb kirgan ko'ching seni uzoq mashaqqatga solib qo'yishi mumkin. Shoshilma. Allohni rizqiga Allohga osiy bo'lib yetib borilmaydi.

[30:33] Shoshilma! Kuta olmasdan olgan ribo, harom qarzing bu Allohga qarshi ko'targan qiliching bo'ladi. Allohga qarshi biror jang qila oladimi? Bir marta sinab ko'ray deb tikkan qimoring, imoning, duoying, halovatingni kushandasi. Soxta obro' va orzu havas uchun olgan qarzing, bugungi xohishing uchun ertangi erkinliging bilan peshona terini garovga qo'yishing. Shoshilma. Chunki besh yillik sabr o'n yigirma yillik pushaymondan ko'ra ming marta arzon.

[31:09] Hech qachon shoshilma. Ha, to'g'ri, bugun cho'ntagingda puling yo'q. Katta ishing yo'q. Ishing yurishmay turibdi, to'g'rimi? Lekin bo'yningda qarzing ham yo'q u. Ha, to'rt, hozir sen nolsan, lekin mana shu nol bo'lganing seni aslida katta yutug'ing. Nol bo'lganing tyunusing. Chunki bemalol ko'chaga chiqasan. Hech kimdan qo'rqmaysan, qushda yengilsan.

[31:35] Lekin bilib qo'y, mana shu nol bo'lganing seni aslida eng katta yutug'ing plyusing. Chunki qancha qancha odamlar shoshqaloqlik qilib, besabrlik qilib, soxta obro'ga ega bo'laman deb, qarzga kirib millionlab mashaqqatda qolib ketdi. Kechasi tinch uxlay olmaydi. Seni bugungi nol bo'lgandan holatingni ular havas qilyapti.

[31:57] Shoshilma. Sen ozodsan. Xotirjamsan. Hayoting tinch. Hech qachon shoshilma. Chunki hayotda bosib o'tilishi kerak bo'lgan bosqichlardan seni oqlatib, sakratib o'tkazib qo'yadigan skip degan knopka yo'q. Videoda bunday o'tkazib yuboryapsiz ku, unaqa knopka yo'g'e. Va bir xato qilib qo'ysang, xatoyingni orqaga qaytaradigan control z degan knopka ham yo'q.

[32:23] Ana shu bosqichda hammasini bosib o'tishing kerak, shoshilma. Va qilgan xatoyingni ortga qaytaradigan knopka yo'x, shoshilma, xuddi shunaqa. Chunki tezroq yeyman deb duxovkaga solgan somsangni issig'ini ikki barobar ko'tarib qo'y. Somso kuyib ketadi. Manista ajala shayni qobla avanixiy, uqibi behirmanixiy. Kim bir narsani hali vaqti bo'lmasdan turib shoshilib talab qilib qo'lga kiritaman desa, uning mukofoti shu narsaga yetmaslik.

[32:52] Shoshilma. Pishmagan hali. Xom mevani uzma. Aks holda butunlay mevadan mahrum bo'lasan. Hech qachon shoshilma. Chunki seni hayoting mashina olsam keyin yashayman, uy qursam mening hayotim hayot bo'ladi degan hayollarni ortida emas. Seni hayoting bugungi hayot. Bugun tanang sog'mi? Oilang xotirjammi? Bir kunlik yeydigan ovqating bormi? Butun dunyoni xotirjamligi, boyligi seni qo'lingda turibdi, Payg'ambarimiz aytganlaridek. Ota onang bilan bir piyola choyni ustida gaplashib o'tiribsanmi? Hunar olayotgan yillaring, halol topgan birinchi maoshing, qalbing sokinligi eng katta boylik. Shoshilma. Yo'q narsalaringni sanab, bor ne'matlarni shukurini unutib qo'ymagin.

[33:42] Shoshilma! Sen bu dunyoga mol to'plash uchun emas, sen Allohga qulchilik qilgani kelgansan. Halol boy bo'l, biznes qil, korxona qur, muhtojlarni ko'z yoshini art. Ammo dunyo qo'lingda va hisob raqamingda tursin, qalbingni to'g'risiga chiqib qolmasin.

[34:05] Xulosa, ukalar, Hojar onamizga o'xshab safo va marvamiz orasida yuguramiz, halol mehnat qilib. Lekin zamzamni qachon va qayerdan chiqarishlikni Alloh Taologa topshiramiz. Qushga o'xshab tavakkul bilan parvoz qil, ammo qalbing faqat Razzoq bo'lgan Robbinga bog'lansin. Dunyo natijasiga shoshilma, tavbaga shoshil, boy ko'rinishga shoshilma, namozga halollikka shoshil, mevaga shoshilma, ildiz otishga va ilm hunarga shoshil.

[34:40] Natijaga shoshilmayman, ammo bugungi vazifamni kechiktirmayman. Men shoshilmayman, lekin aslo to'xtab qolmayman. Alloh Subhanahu va Taolo, mana shu suhbatlarda hammamizga foydali bo'lib, Allohni bergan kuniga rozi bo'lib, halol mehnat qilib, natijani shoshiltirmasdan kuniga shukur keltirib, saodat topgan bandalarimiz bo'lishimizga hammamizga Alloh tavfiq bergan bo'lsin.
