# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 477 of 510
- Section: —
- Duration: 35 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/477
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/mh8E25yeAio.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=mh8E25yeAio
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/476.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/478.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:13] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillah, alhamdulillah, vassalot, vassalamu ala rasulillah. Allohumma al imna, ma'''iyam, fa'una va'l, fa'na bi ma'allam, ta'na va zi'na ilma. Allohumma arina al haqqa, haqqon vozuqnati va va arina al botila, botilan vozuqnati dinaba va ja'alna min ma'yasida miyonat al qovla, fayyatta bi uni aqsana. Vodhiyin nabirahmatika fii vadika solihiyin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakati. Robbiy shirohli sodiriy va yassirli amli vohidul uqulatan milliy sani yopqoq u qovli.

[0:51] Bugungi mavzuyimiz bir o'zgacha. Ya'ni biz olib sizlarga gapirayotgan bu ma'lumotlar Hujjatul islom Abu Homid G'azzoliyni Iljamul avom an ilmil kalom degan kitobidan olingan. Kitobni mazmuni avom xalqni kalom ilmidan jilovlab qo'yish. Ya'ni aqida haqida, kalom haqida, ilmdan xabari bo'lmagan, chuqur aql ilmlaridan, umuman shar'iy ilmlardan bexabar bo'lgan, savdogar, hunarmand, diniy bilimlardan uzoq bo'lgan odamlar avom xalq gapirmaslik kerak degan mavzu kitobda.

[1:29] Bu kishi o'zining asrining mujaddudud dini bo'lgan. Ya'ni o'zini asridagi dinni yangilovchisi bo'lgan. Bu kishi ikkinchi imom Shofiy degan laqabni olgan. Bu kishi o'zini zamonasida mushtohid maqomiga yetganidan keyin o'n yil odamlardan uzlatga chiqib, masjidda faqat riyozat bilan, ibodat bilan, qiyomullay bilan, zikr bilan, Qur'on bilan mashg'ul bo'lgan. Mana shu riyozati, mana shu mehnati, mana shu qilgan harakatlarining mukofoti o'laroq Alloh azizava jalla bu kishiga insonning nafsi, ruhiyat haqida boshqalarga bermagan ilmini berdi. Insonning, insonning mana shu nafsiy holati haqida, ichki dunyosi haqida.

[2:14] Avval Abu Hamud G'azzoliyni kim ekanligini ozgina bir tanitib qo'yaylikki, u kishini gaplari qanchalar biz uchun qadrli, shuni bilib olamiz. Imom Anaviy aytadi, albatta Alloh azza va jalla har yuz yilning boshida bu ummat uchun uning dinini yangilovchi bir kishini yuboradi degan. Ya'ni ana shu beshinchi yuz yillikning mujaddidud dini Abu Hamud G'azzoli deyiladi.

[2:41] Abu Hamud Ghazzoli islomning ustunlaridan, ulug' imom, yangiliklarni kashf qiluvchi ulug' inson. Muhammad ibn Yahyo al Nisoburiy aytadi, imom G'azzoli ikkinchi Shofai. Imom Shofaini dunyoga kelishi haqida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bashoratlar bor. Muddaoli burug'idan bir odam chiqadi, dunyoni ilm ma'rifatga to'ldiradi deydi.

[3:05] Imom G'azzoliy to'rt yuz ellikinchi ikkinchi yilda tug'ilgan. Bizni ilmimizga bir ming ellik sakkiz bir ming yuz o'n birinchi yillarga to'g'ri keladigan kishi yashagan davr. Imom Zahabiy aytadi, Shayx G'azzoli Imom, bilimlar ummoni, Islom hujjati, o'z zamonasining mo'jizasi, Islom ziynati deb aytadi. Imom Zahabiyni, Imom G'azzoliga berayotgan ta'rif.

[3:35] Imom G'azzoli davridagi fikriy qarashlar hozirgi davrdagidan birodarlar bir necha barobar qattiq bo'lgan. Firqalarni bir biriga qarama qarshiligi kuchliroq edi. Yana u davrdagi firqalanish hozirgi davridagi firqalanishdan o'n barobar ko'proq edi. O'n barobari. Ya'ni Iljam ul Avom kitobi, Abu Hamud G'azzoli qalbiga mansub, u kishining hayotida yozgan oxirgi kitobi.

[4:02] Binobarin, hayotiy tajribasi, ilmiy salohiyati cho'qqiga chiqqan paytda yozgan kitobi. Mana bugun mana shu Avom xalqni kalom ilmidan jilovlab qo'yishlik degan kitobidan olingan. Alloh azza va jala Qur'oni Karimdan marhamat qiladi astajibillar. Huva ladiy anzala alaykal kitabi minhu ayyatu muhkamad, hunna umul kitab va uxoru mutashshabihat.

[4:30] Oliy muhron surasida robbimiz subhanah va taolo aytadi, u sizga kitobni tushirgan zotdir. Unda Qur'onda muhkam oydin oyatlari ham bor va ular kitobning aslidir. Yana mutasobih oyatlar ham bor. Mana Qur'onda Alloh Taolo oyatlarini ikki xil bo'lishligini aytyapti. Muhkam oyatlar, mutasobih oyatl.

[4:56] Muhkam oyatlar Qur'onning asli. Aksari oyatlar muhkam. Mutashobiy oyatlar ham bor. Mana endi shu muhkam va mutashobiy oyatlarni nima ekanligini tushunib olaylik. Muhkam degan so'z mahkam, ochiq oydin, boshqa yoqqa burib bo'lmaydigan degan ma'noni anglatadi. Masalan. Sizlar dedinglar, Qul hu Allohu Ahad. Ayting, u Allohu Bittadir, yagonadir. Boshqa ma'nosi yo'q. Demak, muhkam. Qur'on asosan shunaqa oyatlar bilan. Endi mutashobih oyat qanaqa? Mutashobih o'xshash, bir biridan ajratish qiyin, bir qancha ma'nolarga dalolat qiladigan oyat mutashobih oyati deyiladi. Bunga misol, Sadavilla, Yadollohi favqu idhi him. Sahobalar Xudoybek kunida Rasulullohning qo'liga qo'llarini qo'yib bay'at berishganidan keyin, Allohu Taolo aytdi, Allohninng qo'li ularning qo'lini ustida. Bu mutashobih oyatga misol. Chunki bir eshitganingizda qo'l degan so'zni eshitib turib, hayolingizga insonni qo'li kelishi mumkin. Yo'q, unaqa bo'lmasa kerak dedingiz. Mana ikkilandingiz. Birinchi oyatda Alloh bitta dedi, tamom, boshqa ma'no yo'q.

[6:15] U muhkam oyat. Ikkinchisi, yadullohi favqulidixin. Bu mutashobiy oyat. Muhkam oyatlarda muammo yo'q ummat o'rtasida. Muammo mana shu mutashobiy oyatlardir. Hozirgi kunda ayrim bir toifalarga o'zini nisbat qilgan, ilmsiz musulmonlar bor. Mana shunga o'xshagan mutashobiy oyatalarni va shunga shu ma'noga yaqin bo'lgan, shunga o' xshagan hadislarni o'qib, tarjimasini, zohirni ushlab olib, juda ko'p mushkulalarga, muammolarga sabab bo'lyapti, musulmonlarni o'rtasidagi ixtilohlarni keltirib chiqarishyapti.

[6:54] Bugun shu muammoni hal qilishga harakat qilamiz. Mutashobih ma'nosi bir necha xil bo'lgan, bir necha ma'noga dalolat qiladigan oyatni ushlab olilib turib, tarjimasidan o'zi tushungan narsani olib turib, bu oyatdan maqsad shu deb musulmonlarni o'rtasida ixtirofga sabab bo'linyapti. Har safar aytamiz. Bu muammolarning hammasining sababi bitta. Nima u? Ilmsizlik. Ilmsizlik.

[7:26] Mana shu mutasobih bo'lgan oyatlarni zohiridagi ma'nosini ushlab olib, muammo bo'lyapti. Mana ana shunday oyatlarda mana Alloh o'qiysiz, Alloh Taologa qo'l, oyoqqa o'xshagan jismni ma'nosini siz bilan bizni kallamizga olib keladi. Yoki tushish, bir joydan bir joyga ko'chish, arshga o'tirish, qaror topishga o'xshagan boshqa bir qancha sifatlarni zohiriga qarab turib shu oyatlarni isbot qilishadi da va mana shu o'zlarini tutib olgan xato yo'lini salafi solihalarining e'tiqodi shunday bo'lgan deyishadi.

[8:04] Endi, salafi solihiylarning bu oyatlarga, mutasobiy oyatlarga va shunday hadislarga e'tiqodi haqiqatda qanaqa bo'lgan? Olim bo'lmagan, avom musulmonlar mana shunday oyat va hadislarni ro'parasidagi deganda, qanday mavqifda turish kerak? Avom xalq degani nima degani?

[8:28] Avom xalx degani musulmonlarning ommasiki ilmsiz. Demak, mutashobiy oyatlar va hadislarni ro'parasiga kelganda, avom xalq qanday mavqfda turishligi kerak? Musulmon kishi qaysi narsalar haqida bahs qilishi kerak? Qaysi narsalar haqida bahs qilish kerak emas, qaysi mavzuda o'zini cheklash kerak, qaysi mazuda tilini tiyish kerak, qaysiy mavzuda aqlini tiyish keraks. Chegarasini bilishlik kerak avom xalq.

[9:00] Mana shu savollarga javob topishlikka harakat qilamiz, inshaalloh. Abu hamod g'azzoliyni eljamul avom an ilmin kalam kitobidan. Avvalambor, mana shunday mutashobiy oyatlar va hadislar haqida salafi solihinglar qanday e'tiqodda bo'lishgan. Avvalo, bilishimiz kerak bo'lgan birinchi narsa, hech qanday shubha bo'lmagan, eng to'g'ri yo'l bu salafi solihinlarning yo'li. Sahobalar, tobiynlar va taba tobiynlarning yo'li bunga butun ummat ijmo qilgan.

[9:39] Salaf solihiylarning e'tiqodini ushladim degan, katta ilmlardan uzoq bo'lgan, oddiy ommi mo'min kishi, mana shunday muttashobih oyat va hadislarga duch kelganda qanaqa yo'l tutish kerak? Abu hamid g'azzoli bunaqa odamlar yettita ishni qilish kerak deydi. Muttashobih oyoqqa ro'baro' keldi. Bir eshitib turib ma'nosi bir necha xil bo'lgan hadislarni eshitdi, endi bu odamni yelkasida yetti ish vojib bo'ladi. Yettita ish vojib boradi. Birinchisi, taqdid, poklash, ikkinchisi, tasdiqlash, uchinchisi, ojizlikni e'tirof qilish, to'rtinchisi, sukut qilish, beshinchisi, tiyilish, oltinchisi, chetlanish, yettinchisi, bu masalalarni ilm ahllariga topshirish.

[10:29] Taqdiz. Nima degani? Taqdiz Allohni jism yoki jismlik sifatlaridan poklash. Alloh jism emas. Ikkinchisi, tasdiq. Alloh Qur'onda va Rasululloh o'zining hadislarida aytgan hamma narsalarni haq ekaniga iymon keltirish, tasdiqlash. Sizni aqlingiz yetmasa ham, sizni idrokingiz buni qabul qila olmasa ham, tasdiqlashi. Alloh va Rasul shunday dedimi? Shunday. Meni ahlimimga yetadimi, yetmaydimi, muhim emas.

[11:02] Uchinchisi, ojizlikni e'tirof qilish. Nima u? Inson ana shu oyat hadislarda aytilgan xabarlarni haqiqiy maqsadi qanday ekanligini bilishga toqati yetmasligini va bu narsani bilishlik uni ishi emasligini tan olishi. Sizni ishingiz emas, Allohni qo'li qanaqaligini aniqlash. Sizni ishingiz emas. Alloh Taolo dunyo osmoniga tushishligini bilishlik. Bu sizga emas bu.

[11:32] Birinchisi nima bo'ldi? Taqdir, ulug'lash, poklash. Ikkinchisi, tasdiq. Uchinchisi, ojizligini tan olishingiz. Sukut qilishlik. Inson mana shunday mutasobih, oyat va hadislarni ma'nosini so'ramasligi, ularga kirishmasligi, ular haqida so'rash bid'at ekanini bilishi, ularga kirib qolishlik, uning dini uchun xatrli ekanligini bilishi, ularga kirishib qolish o'zi sezmagan holda kufrga olib borishini bilishdir.

[12:08] Kiyilish. Inson bu kabi oyat va hadislarda tasarruf qilmasligi, uni boshqa lug'atlarga aralashtirmasligi, ularga qo'shimchalar qo'shmasligi va kamaytirmasligi, ularni ajratmasligi va bir joyda jamlab keltirmasligidir. Bu tiyilish. Chetlanish. Inson o'zini aqlini va qalbini bu xabarlarni bahs qilishdan va ular haqida tafakkur qilishdan chetlatishidir. Allohni qo'li, Allohni yuzi, Allohni boldiri, Alloh kuladi, Alloh keladi, Alloh gapiradi desa o'tirib olib haligi shayton olib ketadi da.

[12:49] Tilingizda gapirmaysiz, hayolingizda ketadi. Allohni zot haqidagi o'y fikrlar. Shunda siz to'xtatishingiz kerak o'zingizni. Vala ajzu andarkil idroki idrokun, val baxtu ansiri dati robbi ishorakun. Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing Allohning zotini idrok qilishingdir. Robning zoti haqida bahs qilishing ish keltirishingdir. Men Allohni qanaqa ekanligini tasavvur qila olmayman ekan dedingmi? Allohni tanibsan birodar. Sen har qanday qanaqa narsani tasavvur qilma, Alloh unaqa emas.

[13:29] Yettinchisi, ilm ahliga topshirish. Ilm ahliga top shirish. Insonning ojizligi tufayli, bu oyat va hadislarni ma'nolari unga yashirin qilingan bo'lsa da, Rasululloh va boshqalar payg'ambarlar, boshqa payg'ambaralar, siddiqlar, avliyolar va mushtohid ulamolardan bu ma'nolar yashirinmas deb e'tiqod qilishingiz.

[13:54] Men bilmadimmi, hech kim bilmaydi degan gap noto'g'ri. Siz bilmaysiz, ilmingiz, aqlingiz ojizligidan. Lekin payg'ambar biladi. Siddiqlar, sahobalar biladi. Mushtohid olimlarga bularning ma'nolari ma'lum. Mana shu yettita vazifani har bitta omu musulmon, ilmsiz musulmon bajarishi vojib ekanligini salafsoliq ulamolar e'tirof qilishgan. Va bu ustida ixtilof qilishmagan. Ro'parangizda bitta oyat keldi, bitta hadis keldi, bittasini eshitib, uni kallangizga kelgan birinchi fikri, birinchi ma'nosi, sizni Allohnı maxluqotlarni sifatlariga o'xshash sifatlari bor ekan degan xayolga olib keldimi? To'xtang. Mana shu yettita ishni qiling.

[14:42] Mana bularni birma bir keltirib o'tamiz. Birinchisi nima edi? Taqdir. Bu nima degani? Agar musulmon kishi ayrim oyat hadislarni o'qisa da, va u yerda yad xol yoki isbo, barmoq, lafzlari kelsa, nima deyish kerak shu yerda? Qanaqa e'tiqodda bo'lishligi kerak?

[15:08] Mana aytdik, ya dallohi favqu aydin. Allohning qo'li ularning qo'lini ustida. Mana qo'l degan so'zni eshitdingiz. Qo'l desangizlar darrov insonni jasadlariga qo'l tasavvuriga keladi. Shunda nima qilish kerak? Abdullohi nima sud va salmonuf hosiylardan, payg'ambarimiz aytadilar, innalloha xom marot qiynata adam biyadihi ar ba'ina sobaha. Albatta Alloh Subhanahu va Taolo odamning loyini qo'li bilan qirq kun achitdi degan ma'no bor ekan, tayyorladi degan ma'no bo'lgan ekan. Qoridi degan ma'nosi bor ekan.

[15:45] Qarab turib, demak, qo'li bilon, qoridi qo'li biloni tayyorladi achitdi. Ikkinchi hadis. Abdullohina amr roziyallohu anhudan, Rasululloh aytadilar, innna qolbal mo'miniy bayna isba'ayni min asobiy rohman. Albatta mo'minning qalbi Allohning barmoqlaridan ikkita barmoqni o'rtasida turadi, dedilar. Desa darrov kallangizga nima keldi?

[16:10] Ikkita barmoq keldi, insonni barmog'iga o'xshagan. Mana shunda nima qilish kerak? Taqriz. Allohni bunday nuqsondan poklashimiz kerak biz. Mana endi yadun, qo'l degan so'z keldi. Mana shu yadni qo'l kalimasi ikki xil ma'noda ishlatiladi. Birinchisi, haqiqiy ma'nosi. Suyakdan, go'shtdan, poydan tarkib topgan a'zo.

[16:36] Maxluqotlarni qo'li. Endi suyakdan, poydan, go'shtdan. Qondan tashkil topgan a'zo, birodarlar jism bo'ladi. Jism, uni uzunligi bor, eni bor, chuqurligi bor, rangi bor, hidi bor, ta'mi bor. Mana shu sifatlarga ega bo'lgan narsa jism deyiladi. Agar bir jism bir joyda turgan bo'lsa, uni o'rniga boshqa jismni qo'yib bo'lmaydi. Ustiga qo'yishi mumkin tag'i, lekin u egallab turgan joyga qo'yib bormaydi.

[17:07] Tushundingizmi? Jism degani bitta joyda egallab turgan narsa bo'ladi, uni o'rnga boshqa narsani qo'yib ko'rmaydi. Birinchi ma'nosi shu. Qo'ldan maqsad jism. Ikkinchi ma'nosi. Yad, qo'l, lafzi, majozan boshqa ma'noda, umuman jism bo'lmagan ma'noda ishlatilinadi. Masalan, falon shaharni ishi falonchini qo'lidan.

[17:33] Nima degani? Jism bo'lgan qo'lni hech kim tasavvur qilmaydi. Bu ish meni qo'limda deydi. Ha, demak qo'l deganda bir jismdan boshqa ma'no ham bor ekan, birodarlar. Falonchi shaharni ishi falonchi hokimni qo'lida. O'sha hokimni ikkala qo'li yo'q bo'lishi ham mumkin. Chopilgan bo'lishi mumkin, qo'lsiz tug'ilgan bo'lishim mumkin, shunaqa bo'lsa ham, nima deymiz? Kimni qo'lidan? Demak bu majoziy ma'no.

[18:05] Endi, bu hadislarni musulmon kishi eshitarkan, u ilmli bo'ladimi, ilmsiz bo'ladimi, qattiq ishonsinki, Rasululloh yad qo'l lafzi bilan suyak, qon, go'shtdan tarkib topgan biron a'zoni maqsad qilmaganlar. Ya'ni odamning loyini o'zini qo'li bilan dedimi? Payg'ambarimiz bu yerda siz bilan biz tushungan qo'lni nazarda tutmaganlar. Bu nuqsondan Allohni nima deyishimiz kerak? Pok. Bu birinchi qiladigan ishimiz. Nimaga? Taqdiysiz poklash.

[18:38] Agar mana shunday bir mutashabohni oyatni eshitib turib, savodsiz omma musulmon, Allohni qo'li deyapti, yuzi deyapti, boldiri deyapti, barmog'i deyapti deb Allohni ham jismdan tarkib topgan deb o'ylasa, bu odam shirk keltirgan bo'ladi. Chunki birodarlar, jism maxluq. Maxluqqa ibodat qilgan odam shirk keltirgan bo'ladi.

[19:06] Endi kim Allohni jism emas deb e'tiqod qilsa, undan a'zolarni, go'shtlarni, suyaklarni va tarkib topishni inkor qiladi va Allohni paydo bo'lgan degan e'tiqoddan poklaydi. Demak, mutashabiy oyatlar va hadislarni ro'parasida kelgan, turgan omma, xalq birinchi qiladigan ishi nima ekan? Allohni bu nuqsoniy sifatlardan poklash ekan.

[19:36] Endi inson ilmsizmi? Bunaqa oyatlar, bunaqa hadislarga kirishmasligi kerak. Abu Hurayra roziyallohu anhudan Payg'ambarimiz aytadilar: Innalohu Ta'ala xoloqa Adama ala suratihi. Albatta Alloh Taolo odamni o'z suratida yaratdi. Imom Muslim rivoyati. Yana bir hadisda, Oyushonamiz roziyallohu anhodan, Rasululloh aytadilar, inniy roayt u robbiy fiy axsan'iy surating. Mana Alloh Taoloning surat haqida ketyapti ikkita hadis. Albatta men robbimni eng go'zal suratda ko'rdim. Oyushonamizdan. Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati, imomu dorimiylar rivoyati.

[20:21] Mana biz o'qigan ikkita hadisda surat degan lafzni eshitdik. Endi surat degan so'zni birodarlar bir qancha ma'nolari bor. Ba'zida surat degan sozdan maxsus tartib va tartibga ega bo'lgan jismlardan hay'at, shakl maqsad qilinadi. Surat deganda o'sha shakli bor, hay'ati bor, tartib bor narsani tushunamiz.

[20:47] Mana masjidning surati deganda, ko'z oldimizga o'sha imoratni bo'yi, eni, rangi, kafili, aynilari ko'rinadi. Bu surat degan ma'noda bitta ma'nosi. Ba'zida mana shu surat degan so'zdan umuman jism bo'lmagan yoki bironta bir hay'atga, shaklga ega bo'lmagan, tarkibnomagan narsa ham tushuniladi. Masalan, bu masalani suratini men tushundim.

[21:13] Bu holatini tasvirlab berdim. Falon madrasani ishlari go'zal tartibda, go'zal suratga solingan. Demak, bu yerdagi surat degani bir jism tushunilmayapti. Ko'ryapsizlarmi? Bitta so'zni bir qancha ma'nolari bor. Endi har bitta muammo bilsinki, bu hadislardagi surat so'zi jism emas degan ma'noda ishlatilinishi kerak.

[21:40] Chunki biz aytib o'tgan burun, og'iz, ko'z, yuz, suyak kabi a'zolarni hammasi jism. Bu jismlarni yaratgan Alloh Taolo. Alloh Taolo o'zi yaratgan mahluqotlarning sifatlaridan pok. Demak, birinchi qilishimiz kerak bo'lgan ish nimakan? Taqriz. Biz mahluqotlarining sifatlaridan Allohni poklashimiz kerak.

[22:04] Bu narsaga qat'iy e'tiqod qilgan har bitta musulmon buni bilishga kirishmaydi va bu narsani bilishiga buyurilmaganini ham biladi. Domla, qiyomat bo'lsa, oshnam so'rayapti, shuni bilib ber dedi. Qiyomat bo'lsin, Alloh mendan so'rasin. Manda, meni qayerda deb e'tiqod kigansan, desa, men, Parvardigor, oyat hadisga ko'ra, seni osmonda deb e'tiqod qilganman desam, buni menga nima zarari bor, deb oshnam so'rayapti deyapti.

[22:43] Siz qayerdan oldingiz? Qiyomat kuni Alloh sizdan mana shu savolni so'rashini. Siz bilishingiz kerak bo'lgan qirqta farz bor. Bilasizmi shuni? Xatyabi nomini bilasizmi qirqta farzi? Namozdagi o'n ikkita farzni bilasizmi? G'uslidagi farzni, tog'oratdagi, bilasizmi? Yana bir misol.

[23:07] Abu Hurayra roziyallohu anhudan Payg'ambarimiz aytadilar. Nima demoqchi bo'lyapman? Bir fikrlar bormi? Hozir bu juma xutbi emasda, muloqot qilsak, dialog qilsak bo'laveradi. Nima demoqchiman? Tushunyapsizlarmi? Bizga emas. Bizga emas. Mutasho beh oyatlarini yana qarang, oddiy ilmli odamlar ham emas, vo, tevadagi saviyadagi olimlar muhokama qilishi kerak. Imom Maqdisi aytganidek, ulamolarning o'rtasidagina bo'lishi kerak bo'lgan mavzuni, avom xalqni ichiga olib tushganlar, haqiqiy xiyonatkorlar, haqiqi fitnachilar deydi.

[23:45] Kattalar, eslanglar. Sizlar yosh paytinglarda shunaqa temalar ko'tarilarmidi? Yanzilullohu ta'la fiku lilaylatil ila samai dunya, muslim rivoyati. Albatta Alloh har kecha dunyo samosiga tushadi. Mana nuzul kalimasi. Tushish. Musulmon odam mana shu nuzul, tushish kalimasini eshitarkan, mana shu tushish kalimasi ham bir necha ma'nolarda ishlatishligini bilishligi kerak. Avvalambor, tushish, nuzul degani tevadan pastga ko'chish aytilinadi. Tevadan pastga ko'chish ishlatilinadi. Endi Alloh Taoloni tushishadi deganda siz, maxluqni tevadan pastga tushishini tasavvur qilayotgan bo'lsangiz, adashyapsiz. Chunki bir joyga ko'chish uchun avval bir joyda turgan bo'lishi kerak. Bir joyda turish bu maxluqni sifati. Zamon bilan makon maxluqlar uchun zarur. Alloh bizni e'tiqodimizga ko'ra, zamon va makondan behojat. Modomiki Alloh Taoloni bir yerda demaganimizdan keyin, bir joyga ham deya olmaymiz.

[24:51] Qanday unda? Qayerda turadi bo'lmasam? Osmonida desak unamasanglar. Arshida desak unamasaglar. Ha qayerda turish kerak u? Ana mana shu yerda ketyapsiz da birodar. Siz Allohni maxluqotlarini sifati bilan sifatlab qo'yapsiz, bir joyda turishlik degan sifat bilan. Ha xo'p Alloh, osmonda demasak, arshi demasak, qayerda deydi. Desa biz aytamiz, osmon bilan arshi yaralmay turib qayerda edi?

[25:19] Qarang o'sha savolni otib yuborgan ham. Qayerda bo'lmaydi Allohga? Kan Alloh, valamakan degan alayhimdan bitta olib. Vahual an, alamakan. Alloh bor edi, makon yo'q edi. Alloh borligida makon yo'q edi. Alloh makonlarni yaratdi. Endi Alloh hozir qanaqa desa, osmon va yerni yaratmay turib qanday edi? E'tibor beringlar, qayerda edi emas. Osmon yerni yaratib turib qanday bo'lsa, hozir ham shunday. Bu osmonlar, yerlar yo'q bo'lgan paytda, avval qanday bo'gan bo'lsa, shunda ham shunday turaveradi. Ya umu tubat dalul ar du g'oyrol ardu vas samavat. Qiyomatda bu osmon boshqa osmonga almashtiriladi. Bu yer boshqa yerga almashtiriladi. Bu yer bo'lmaydi, bu osmon bo'lmaydi. O'sha almashakkina qara turib turadi unda.

[26:13] Ana endi uyni buzsangiz, chiqib u kafada o'tirib turasiz. U bizga kerak bir joyda bo'lib turish. Tushish so'zi, birodarlar, ishlatishlik uchun uchta narsaga muhtoj bo'linadi. Yuqori degan joy bo'lishi kerak va past degan joy bo'lishi kerak va ikkalasini o'rtasida jiladigan jism bo'lishi keraki. Yuqori kerak, past kerak va mana shu ikkalasini o'tasida ko'chadigan jism kerak.

[26:43] Demak, tushishni birinchi ma'nosi bir jismni yuqoridan pastga ko'chishi. Agar pastdan tevaga ko'chsa, bu ko'tarilish deyiladi. Tevadan pastga ko'chsa, u tushish deyiladi, ba'zida tushish umuman jism yoki ko'chishga ehtiyoji bo'lmagan ma'noda ham ishlatilinadi. Tushdi deganda bir jismni tushunmasligimiz ham mumkin. Masalan, sizlar deb bilar? Vo anzalala quminal an ami thamaniyati azvaj. Alloh taolo zulmat surasida aytadi va alloh sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkizta juftni tushirdi. Anzala, tushirdi. Tushish qayerdan, qayerga borardi?

[27:24] Tevadan pastga. Tuyani, qo'yni, molni, echkini tevadan pastga tushganini ko'rganmisizlar? Ana, tushish deganda yaratdi degan ma'nosi ham bor ekan. Bu hayvonlar enalarni qornida paydo bo'ladi, dunyoga keladi. Shuni Alloh nima deyapti? Tushirdik deyapti. Demak, tushish jismni tevadan pastga ko'chishi ham aytilinar ekan va jism bo'lmagan narsani paydo bo'lishi ham tushish deyilar ekan.

[27:56] Demak, tushish so'zi boshqa ma'nolarda ham ishlatishi mumkin ekan. Imom Shofiyni gapini aytamiz. Men Misrga kelganimda gapimni tushunishmadi deydi. So'ngra men tushdim, so'ng yana tushdim, so'sng yana tushdi. Nima degani? Soddaroq gapirdim. Tushunishim bo'ldi, yana ham soddaroq gapirdim. Tushunishim bo'di, yana ham pastga tushdim. Demak, tushish deganda boshqa ma'no ham bor ekan a?

[28:24] O'shaning uchun mana oyatga nima deysizlar? Amin, dum man fis saman oyatiga nima deysizlarda desa? Vahuvamahkum aynamakum tum oyatiga nima dedingiz biz ham? Siz faqatgina Allohni osmonda ekanligiga ishora qiladigan mutashabeh oyatida aytyapsiz. Shuning uchun muammo shunda. Muammo shunda. Faqatgina bitta ma'noga ishora qiladigan oyatni sizga qaytib qaytib aytaversa, siz qatib qolasiz. Vaholanki bu yoqda, bu yerda to'rtta bo'lsa, menda o'n to'rtta oyat bor. Allohni bir joyda emasligiga dalolat qiladigan.

[29:00] Har bir muammo menda bilsinki, hadisda aytilingan Alloh tushadi jumlasidagi tushish so'zi tepadan pastga ko'chish ma'nosida ishlatilmagan. Chunki bu ma'no bir jasad yoki shaxsni yuqori makondan pastki makonga ko'chishi bo'lib qoladi. Jasad va shaxs jismlarga tegishli sifat, Alloh Taolo esa jism emas. Demak, jismni tepadan pastga tushishiga o'xshatib bo'lmaydi Allohni.

[29:28] Yettita ishdan birinchisi taqriz. Allohni bu aybni husanlardan nima deb bilish? Pok deb bilish. Endi kimdir aytishi mumkin. Unda Alloh tushadi degan so'zdagi iroda qilingan maqsad nima? Tushadi, hadisidan. Nima iroda qilinganda savol bersa aytamizki, siz yuqoridagi oyatda hayvonlarni qanday tushirilganligini, tushirilganini bilmaysizmi? Bilmaysiz. Endi Allohni tushishini qanday qilib bilishingiz mumkin?

[30:04] Undan ko'ra siz ibodatingiz bilan ovora bo'ling, tijoratingizni halol bo'lishiga harakat qiling, ishingiz bilan mashg'ul bo'ling, jim bo'ling. Bu lafzdan umuman siz o'ylagandan boshqa ma'no iroda qilingan. U Allohga loyiq bo'lgan, unga jismlik sifatini bermaydigan bir ma'no deb javob beramiz. Va ishni Allohga o'ziga topshiramiz.

[30:26] Yana bir misol. Alloh Taolo anavi surasida aytadi, vahvol qohiru favqul ibadih. U, Alloh, bandalar ustida g'olib. Ustasa, bir jismni ustidagi narsani tasavvur qildingiz da. Yana boshqa oyatda, ya xofu na rabbahum min favquhin. Ular ustilaridagi Parvardigoridan qo'rquvdilar. Mana endi favqul degan so'z keldi. Ustida degan so'z keldi. Darrov kallangizga nima keladi?

[31:00] Tepa tomonda bir narsani turganligi. Bu jismlarga yarashadigan, jismlarga xos bo'lgan ta'rif. Lekin bilaylikki, ustida degan, favq degan so'z ham bir necha xil ma'nosi bor. Ba'zida favqo, ustida kalimasi bir jismni ikkinchi jismni usti ekanligini bildiradi. Mana bu yerda telefon. Mana bu telefonni ustida. Siz bilan bizni kallamizga shu ma'no keladi. A? Yana bir ma'nosi, bir jismni, ikkinchi jismni yuqorisida, bosh tarafida turganini ham bildiradi.

[31:35] Keling endi qilib qo'yavering desa, aka, ustimizda xo'jayinlar bor deydi. Qaytimizda? Bo'pti, keling endi quda bo'laylik desa, aka,ustimizda otamiz bor, enamiz bor deydi. Nima deb tushunasiz? Ustizda yuribdimi otangiz endi siz? Ya xofunur abbohun mifavqi him. Ustlaridagi Allohda qo'rqadi deganda, tepa tarafni tushunmanglar. Chunki ust degan so'zni boshqa ma'nosi ham bor.

[32:00] Masalan, xalifa sultonni ustida, sulton esa vazirni ustida, direktor kimni ustida? Zavushni ustida. Ustimizda nashastvo bor deydi. Yana? Ilm amaldan ustun. Ilm amaldan amalning ustida turadi. Nima degani bu?

[32:26] Ovoz ilm turishi kerak degani. Zargarlik ter oshlashni ustida deb aytamiz. Demak, bu biz aytgan keyingi ma'nolarda bir jismni ikkinchi jism usti ekanligi ma'nosi yo'q. Ustida degan so'zni bir qancha ma'nolari bor. Ustida so'zi agar birinchi ma'noda ishlatilsa, tepasida turish ma'nosida ishlatilsa ikkita jism kerak bo'ladi. Biri pastda, biri yuqorida bo'lishi kerak. Demak, bu birinchi ma'no faqat jismlarga ishlatilinadi.

[32:56] Ikkinchi ma'nosi esa, bosh tarafidan oldida degan ma'no, bunda jismga muhtoj bo'linmaydi. Hukmronlik, egalik, afzallik ma'nolarda ishlatilinadir. Har bir mo'minbonda bu oyatlardagi ustida lafzidan birinchi ma'no, maqsad qilinmaganligini tushunish kerak. Nima edi u? Jismga ishlatilinadigan ma'no. Alloh bundan pok ekaniga e'tiqod qilsin.

[33:23] Shunday ekan, avom xalq bunga o'xshagan oyat va hadislarni o'qiganida yoki eshitganida, Alloh Taologa jismlik sifatlarini berib qo'ymasin. Balki uni bu kabi nuqsonlardan poklab, bu xabarlarni tasdiqlasin va iymon keltirsin. Bulardan qanday ma'nolar iroda qilgani haqida o'ylanmasin. Chunki u uchun bu narsani o'ylashlik vojib emas. Bu u uchun emas.

[33:54] Xulosa olaymiz darsimizni. Mutashobih oyatlar bor, muhkam oyatlar bor. Muhkam oyatalar bir eshitganingizda sizni kallangizga kelgan birinchi ma'no bor, shundan boshqa ma'nosi yo'q. Bitta ma'nosi bor. Qul hu vallohu ahad. Bo'ldi, boshqa ma'mo yo'q, oson tushundingiz. Ikkinchisi, bir qancha ma'nolarga dalolat qiladigan oyatlar mutassobek oyatlar. Mana shu mutassobek oyatlarni inson eshitgan paytda, avom xalq, birinchisi, taqdiysi poklashligi kerak. Ikkinchisi, bu oyatni tasdiqlash kerak. Uchinchisi, ojizligini e'tirof qilish kerak. To'rtinchisi, sukut qilish kerak, beshinchisi, tiyilish kerak, oltinchisi, o'zini chetga olish kerak, yettinchisi, shu ilmning haqiqiy egalariga topshirishligi kerak.

[34:45] Aqulu qavli ha da vastavfirullohi alayhi valakum. Innallohi va malakati huy saluni alannabi. Ya ayyu halladina a manu solloh alayhi vas sallim mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
