# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 478 of 510
- Section: —
- Duration: 22 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/478
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/wcYnqWbfmhw.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=wcYnqWbfmhw
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/477.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/479.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'limin, va raqibatu il muttaqin. Assalat va assalomu ala saidina muhammadi va ala alixiy va ashabihi ajma'in. Ammabayt. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakadur. Bugungi mavzuyimiz, birodarlar, yaxshi va yomon xotima. Inson bolasi dunyoga kelar ekan, albatta bir kun uni o'limi, xotimasini nihoyasiga kelishi aniq. Odamlarni hayotlari zohirida bir biriga o'xshashligi mumkin. Modomiki dunyoda yasharkan. Ammo ularni hayoti yaxshi yomon bo'lganligi xotimasiga, xulosasiga qarab belgilanadi. Bir xil tug'iladi, bir xil yig'laydi, bir xil xohlaydi. Ammo dunyodan chiqib ketayotgan paytda insonlar biri ikkinchisidan farqlanadi. Kimni xotimasini Alloh Taolo go'zal qiladi? Ammo kimdir o'zini fe'llari bilan, o'zini xatti harakatlari bilan, o'zi ixtiyori bilan xotimasini yomon qilib olinadi.

[0:58] Innomal amal bilu xavotim. Amallar xotimasiga qarab belgilanadi. Odamlar bor, namoz o'qiyotganda ketadi. Odamlar bormi? Sajdda turib omonatni topshiradi. Yana boshqalar bor, arog'i ustida, qimor ustida, faxsh munkor ustida jonni taslim qilishadi. Odamlar bor, robbisiga tarbiya aytyotib, ehronda turib, Alloh Taoloning Ka'basini, Alloh Taoloning baytini aylanyotib, tavof qilyotib ketadiganlar bor. Yana odamlar bor, tungi ma'siyat o'tirishlarida, vecherinkalarda vafot etishadi.

[1:34] Yana odam bor, umrini, haqni odamlarga yetkazishdek yo'lida sarflaydi va mana shuni ustajon taslim qiladi. Yana odammlar bor, moli dunyo topishlik hirsida giyohvand moddalarda narkotik moddalarda sotib, odamlarda fasodga uchratib, shu narsani iste'mol qilishni usta o'rganarlar bor. Bu ikkisi hech qachon teng bo'lmaydi.

[1:57] Xotimalari chiroyli bo'lgan, solih insonlar haqida qissalar juda ham ko'p. Ana shulardan ayrimlarini bir eslab o'tamiz. G'assol, o'liklarni yuvadigan odam. G'assol shayx Abbos Battog'i aytadi. Bu kishi umrini mana shu bir g'assolik bilan o'tkazgan kishi. Juda ko'p odamlarni xotimasiga guvoh bo'lgan. Yaxshi xotimaga ham, yomon xotimaga ham. U kishi hikoya qilib shunday deydi. Bir masjidni imomi menga qo'ng'iroq qilib, bir mayit bor, shuni yuvintirishga yordam berib ketsangiz, deb mendan so'raldi. Falon falon falon masjidda. Bordim. Bu qo'ng'iroq qilingan kun juma kecha edi. Shanba kuni tongda bordim. Shanba kuniy tongda bordim. Masjid imomi meni ko'rib, ey shayx, men o'zimni yuvintiravoray, agar hojat bo'lsa, sizni chaqiraman dedi. Endi o'zinglar yuvintirar ekansizlar, meni nima chaqiringlar deb norozi bo'ldim u, lekin sabr qildim. Keyin so'radim, bu vafot etgan odam qanday vafot etdi? Ular aytishdi, kecha juma namozini o'qiyotgan vafot etdi. Imom bilan farzni o'qir ekan, oxirgi sajdadan boshini ko'tarmadi. Odamlar sajda qilishdi, imom takbir aytdi, qaday oxirgi o'tirishdi, u esa sajnida turaverdi.

[3:16] Odamlar avvaliga parvo qilishmadi. Tahiyyani ham o'qishdi, salovatni ham o'qishni, salom berganda ham u sajnida tulaverardi. Odamlardan birini turtib ko'rgan edi, yiqilib tushdi. Omonatini Parvardigori bo'lgan sahnida topshirdi. Biror bola naqadar go'zal xotima. Albatta bu hayotni go'zal bo'lganligi, shu bandani Parvardigoriga bir joy yoqqanligi, Alloh rozi bo'lganligini alomati.

[3:43] Keyinroq yuvib bo'lishganidan keyin meni chaqirishni ichkariga kirdim. Haligi vafot etib yotgan yigitni yuziga qaradim. Ancha muncha mayitni yuzida bo'lmaydigan nur bor edi. Uni janozasini peshinda o'qiydigan bo'ldik. Hozir ham aytildi. Taassuf, masjidga ko'p odam kelmas ekan. Peshin namoziga bor yo'g'i bir saf bo'lar ekan. Ozon aytildi, hech qancha vaqt o'tmadi, mana shu kungi peshinga shunday odam ko'p keldiki, odamlar masjidni ichiga sig'masdan, tashqarisida ham namoz o'qishga to'g'ri keldi. Dafn qildik. Shu bolaga bo'lgan, shu yigitga bo'lgan muhabbatidan janoziga kelganlarning soni katta bo'ldi. Keyin so'radim, bu yigit nima qilar edi o'zi tirikligidan? Javob berishdi. Mahalla bolalariga Qur'on yo'qotar edi. Masjidda Qur'on xalqalari bor edi. Payg'ambarimiz aytganlar, xoyru kumman ta'allamal qur'ani va allamahu. Sizlarni og'riylarda eng yaxshilaringlar Qur'onni o'zi o'rganib, uni boshqalarga o'rgatganinglar. Qur'onda o'qishni o'rganganlar, musulmonlarda yaxshi bo'lishligini yarmi bu. Yana nima qilishlik kerak ekan?

[4:54] Demak, mana shu odam hali ahlolloh va xossati, Allohni xos bandasi bo'lgani yo'q hali. O'rganishni yarim ish. Endi nima qilish kerak uni? Mana, hayotini yaxshi amal bilan o'tkazgan yigitni xotinmasi qanday chiroyli bo'ldi? Alloh hammamizga nasib qilsin. Yana bir yigitni x otimasi, buni muqobilida. Ixtizor holatida yotarkan, unga kalima talqin qilib la ilaha illalloh deysiz oldida. Men bu kalimaga kofirman dedi, oxirgi nafasini chiqardi. Bu ham bir xotima. Bu ham bir xatima.

[5:30] Yana bir yosh yigit ixtizor holatida shifoxonada yotar ekan, atrofdagilar unga kalima talqin kilishdi. La ilaha illallohn la ilaha illalluh. U qaytarmadi. Ozgina turib, musxaf bormi, musxaf dedi. Yonida turganlar xursand bo'lishdi. Ha, Qur'onda so'rayapti, kitob so'rayapti, tilovat qilsa kerak. Musxafni oldiga olib kelishganlarida, u sizlarni guvoh qilib aytaman, mana shu kitobga men kofirman dedi.

[6:00] Joni chiqib ketdi. Omonatni topshirdi. Bu ham bir xotima. Birodarlar, kishini yaxshi xotima topishi yoki yomon xotima topishligi hayotda qo'li o'tgan ishlariga bog'liq bo'ladi, to'g'ridan to'g'ri. Yo'q bola, nima deyapsan? Unday demak endi eshitdi. Kech bo'ldi, ketdi. Yana bir yigit. Bu baribir voqea hissalar. Voqea hissalar ularni baribir. Avariya bo'ldi, avariyaga uchradi, badaladan qoniqyapti, tez yordam mashinasi kelib yuklab olib ketyapti. Yigit o'ziga kelmagan, hushiga kelmagan, hamma yog'idan qoniq yotibdi, juda ham chiroyli ovoz bilan Qur'on tilovat qilib borardi. O'zida emas, lekin Qur'on tilovat qilyapti. Shifoxonaga olib borishdi, shu yerda vafot etdi. Hamma yig'ladi. Tanimaganlar ham yig'ladi, chunki Qur'on o'qib yotgan edi, o'ziga kelmagan holatida ham. So'radik, qanaqa yigit edi bu? Nima sababdan chiroyli xotima topdi? Javob berishdi, da'vat yo'lida yurgan tog'li ilm edi. Har dushanba ro'za tutar edi. Har dushanba ro'za turib, qishloqdagi buvisini ziyoratiga borardi har dushanba. Ana shu ziyoratga ketishlikdan avval, ana shu o'zi yashaydigan shaharda xayriya ehson tarqatadigan tashkilotlarga borar edi.

[7:16] Mashinasiga siqqanicha xayriya ehsoni uylab, buvisini qishlog'idagi kambag'al bechoralarga tarqatib bo'lib, keyin buvisini oldida o'tirar edi. Silayi rahm, xayriya ehsan, ilm yo'lidagi mehnat. Ana, chiroyli xotinni topilishiga sabab bo'lgan amal. Kishi. Nimani ustida vafot etsa, shu narsani ustida qiyomatda tiriladi. Yuxsharul mar'u alama ma ta'rihi. Kishi nimani ustida, qanday holatda vafot etgan bo'lsa, qiyomatda shuni ustida tiriladi. Sajdada ketibdimi bu birodar? Sajdada tiriladi. Solih amalni ustida qur'on talovatidami? Shuni ustida. Sayni bo'libdimi? Sayni tiriladi. O'zini tog'dan tashlab qatl qilib o'ldiribdimi? O'zini tog'dan tashlaydi. Dunyoda nima qilib o'tgan bo'lsak, anaqa ekanda, xotima o'lim oldidagi ixtizor holati siz bilan bizni sirlarimizni fosh qilib qo'yar ekan. Odamlar ko'rgan joyda zo'r bo'lib yurishimiz mumkin, zohirimiz, ammo botinimiz, qalbimiz qanday bo'lsa, o'lim soti shu holatda bizni sirimiz ochiladi.

[8:28] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, innahadakum la yag'ma lu bi amalin ahli jannat. Xatta ma yakuni va baynahu va baynaha illa dirov. Sizlardan bittanglar, bir umr jannatinglarning amalini qilib yuradi. Shunaqa jannatga yaqin bo'ladiki, bir zo'rg'a qoladi masofa. Hozir o'lsa jannatga kirib ketar edi. Fayas biqu alayhin ketar. Kitob o'zib ketadi. Peshonasiga yozilgan narsa o'zib ketadida. Do'zaxilarni qiladigan ishini qiladi da, shuni usti Alloh uni jonini oladi. Do'zaxga ravona oladi. Umr boya savol ish qildi, lekin Do'zaxga ketdi. Endi buni muqobilida. Va inda ahrada kun. La ya'mali biya'mali ahli inna ri hattama ya'qu nu baynahu va baynahillat i ro.

[9:12] Yana bitta ayla, bir umr Do'zaxilarniy amalini qiladi. Shunaqa Do'zaxiy amalni ko'p qiladiki, bir ziroq qoladi Do'zaxga kirishiga. Fayas bi xolaykin kitob, kitob o'zib ketadi. Peshonasiga yozdigan taqdiri o'zib ketad va do'st Jannatinglarni qiladigan amalini qilib qo'yadi. Shunista Alloh jonini oladi, Jannatga kiradi. Mana shu hadisni sharhida aytiladiki, ana u odam birinchi odam. Bir umr jannatinglarniy ishini qilib, do'zaxga kirib ketgan odam. Jannatinglarniya ishini qilar edi, odamlar ko'radigan joyda.

[9:47] Ammo yolg'iz qolganda, fahsh munkarda shunday minib olar edi. Odamlarda ko'ziga taqvodor edi, ibodatxonada. Ammo qalbida iymon, ixlos, Allohga bo'lgan taqvo yo'q edi. Tushunarlimi? Sizni kimligingiz, bomdodga uyg'ondingiz, uyg'onganingizni hech kim bilmaydi, turish yoki turmasligingizda bilinadi. O'zingizni kimligingiz. Chunki boshingizni o'rab uxlasangiz kim bilib o'tiribdi? Ha uxlab qolibman.

[10:19] Shuning uchun aytiladi, o'lim oldida sirlar ochiladi, birodarlar. Mo'min kishi, haqiqiy iymon bilan yashagan mo'min kishi o'lim soati yetganda, uni oldiga farishtalar keladi. Uni sobit kalima bilan, sobit turishlikka chaqiradi. O'tganmiz darslarimizda. Har bitta inson ixtidor holatiga kelib, dunyodan chiqishi aniq bo'lib qolar ekan, til, oyoq qo'l ishdan qolganda ko'zi ko'rib turadi, farishtalarni ko'radi. Unga xaridor bo'lgan farishtalarnni ko'radi. Mo'min bo'lsa, jannatdan chiqqan farishtalar, jannatdan bo'lgan kafanliklar xushbolani kutib turadi. Agar buni aksi bo'lsa nauzibilloh, jahannamdan olingan kafanlik bilan kutib turadi xaridorlarni. Ko'ramiz hammamiz xaridorimizni.

[11:08] Innalladina qoluv robbunallohu sim mustaqamu tatanas zalo alayhimul malay katta. Allatahofu valatahzanu va abishiru deljannatillatih kun tun tuadu. Albatta, parvardigorimiz Alloh deb, so'ngra to'g'ri ustuvor bo'lgan zotlarning oldilariga o'lim paytida farishtalar tushib der. Mana, robbimiz aytyapti, o'layotganingda mo'min bandan farishtam keladi sen oldingga. Nima deydi?

[11:38] Qo'rqmanglar. Va g'amgin bo'lmanglar. Sizlarga va'da qilingan jannat xushobori bilan shodlaninglar. Farishtani ko'rdingiz, jannat bilan xush bo'lgin. Xotirjam bo'l, qo'rqma senga g'am qayg'u yer degan paytda. Aytingchi, shu kun uchun, mana shu xabarni eshitishlik uchun amal qilmayotgandikmi umrimiz davomida? Farishtalardan mana shu xushxabarni eshitlik uchun, issiq kunlarda ro'za tutmayotgandik mi?

[12:05] Saharlarda uyqumizni buzib, namoz o'qimayotgandikmi? Qiynalib topgan pulimizni ehson qilmayotgandi mi? Mana shu xabarning eshitishlik uchu, birodarlar. Saodatli, abadiy hayotni boshlanishi mana shu lahzadan bo'ladi. I lekin mo'minga o'lim achchiq bo'lmay qolar ekan. Dunyodagi eng shirin narsa uchun o'lim bo'lib qoladi. Nima uchun? Hozir jondi topshirsa, nariga rohatlik, farog'atlik, jannatiy hayot boshlanadi.

[12:33] Bir solih ayolning qissasi. Solih ayol edi. Eri bilan umraga borib, qaytib kelyapti deb, yo'l harakatiga uchrab, avariyaga uchrab, vafot etdi. Eri hikoya qiladi. Ayolim soliha edi. Ibodatda g'ayratlik, nafal amallarni qoldirmas, itoatkor edi. Umra qilishlik uchun birga chiqdik. Umra amalini qilib, uyimizga qaytarkanmiz, g'ildiragi otilib ketib, mashinamiz aylanib ketdi. O'zimga kelib ayolimni topib borsam, ixtizor holatda yotar ekan. Oxirgi nafaslarini olar ekan menga, ey falonchi, Alloh zina ulf qilsin. Oilamga mendan salom yetkazing. Endi jamlanishimiz jannatga qoldi dedi. Va omonatni topshirdi. Ya ayyatuhan nafsul mutaminna irjiya ila robbiki rodiyatan mordiya. Mo'min odam ixtizor holatda turar ekan, mo'min odam dunyodan oxiratga ko'chishlik oldida turar ekan, unga farishtalar, ey xotirjam, sokinjon, sen Alloh ato etgan ne'matlardan rozi bo'lgan, va Alloh tomonidan sening amallaringdan rozi bo'lingan holda Parvardigoring huzuriga qayt. Fadoxoli fi ibadi vadoxoli jannati. Meni bandarimni qatoriga qayt.

[13:49] Meni jannatimga qayt. Mana birodarlar chiroyli xotinimga misollar. Alloh hammamizni mana shunday xotinimga nasib etgan bo'lsin. Buni muqobiloda boshqa bir kishini vafotini aytamiz. Muazzin. Muazzinlarga beriladigan ajr sabablar nihoyatda ulug'. Ana shu avvalgi o'tgan davrlarda minorani ustiga bir kunda besh marta chiqib ozon otadigan muassisi. Qiyomatda ularga ajr noyatda bir katta beriladi. Ana shu muassislardan biri minoradan turib ozon aytarkan, bir ayolga ko'zi tushib qoldi.

[14:23] Ertasiga ozon aytarkan yana ko'rdi. Bir necha bor kuzatdi, qalbiga uning ishi tushib qoldim. Ko'zni xiyonati. Ko'znixiyonati. Falon maza g'u aza g'allohu qulu vahum va allohu la yaxdi ilhom al fasiqi il. Bas qachonki ular haq yo'ldan og'ishgach, alloh ularning dillarini og'dirib qo'ydi. Zotan Alloh fosiq itoatsiz qavmni hidoyat qilmas. Ko'zi bilan haqdan toyildi, ko'zi bilan gunoh qildi, ko'si burildi, Alloh Taolo qalbini ham burib qo'ydi, deydi. Shaytonni inson borasida ishlatadigan, ustida ishlatadiganga eng kuchli quroli nazar. Bir marta qaradi pishdida.

[15:07] Qaramasin edi. Qaramasin dedi. Oqibati nima bo'ldi? Oshir bo'ldi. Ayolni topib bordi, xaridor bo'ldi, nasroniy ayol edi. Senga uylanmoqchiman. Nasroniy diniga o'tasan. Keyin senga tegaman. Alloh saqlasin. Nasronlikka o'tdi. Uylandi. Endi mana shu ayolni oldiga maqsadini amalga oshirish uchun kirib ketarkan, ostonadan qoqildi, yiqildi, bo'yni uzilib o'ldi.

[15:43] Yusof bitullohullo dina a'manu bil qovli sabiti bil hayati dunya. Uni ovvori qanday edi yu, oxiri qanday bo'ldi? Iymon keltirgan zotlarni dunyoda ham, oxiratda ham, o'lim soatida ham Alloh Taolo la ilaha illalloh kalimasi bilan sobit qiladi. Shuning uchun birodarlar tilimiz mana shu kalimaga odatlantiraylik.

[16:05] Odamlar bor. Namozni hamma o'qigani uchun o'qiydi. Ro'zani hamma tutayotgani uchun tutadi. Ajralib qolmasligi uchun, xijolat bo'lmasligi uchunga. Aslida qalbida hech narsa yo'q. Abu Dardor roziyallohu anhu ixtizor holatida yotarkan, yonidagi kishilarga nasihat qilib shunday dedi. Mana ana ketdi deb turibdi. Abu Dardor aytyapti, mana shu kun uchun amal qilinglar dedi. Mana shu kun u chun amal qilishlik kerak emasmi birodar?

[16:35] Ertaga, ertagada orqaga tashlashlik kerak emas. Sufyonus Sovrin, ulug' insonlardan, obid kishiliklar. O'limi oldida u kishini yig'ilayotganini ko'rishib, o'limdan qo'rqyapsanmi deyishdi. U kishi aytdi, gunohlarimdan emas, o'limimdan emas, ko'p o'limimdan avval iymonim olib qo'yilishidan qo'rqyyapman. Fuqarolar, bu omonatni topshirayotganda tilimiz kalimada turishligi, iymonda turishligimiz eng muhim narsa.

[17:06] Chunki o'sha paytda, agar Alloh Taolo sobit qilmasa, iymonda qolmasa, o'lgandan keyin biror narsani tuzatib bo'ladimi? Bu dunyoda inson murtad bo'lib kelsa ham o'lmadimi hali? Hali imkoniyati bor. Gunoh maqsadga botib ketdimi? Tavba qilishlikka fursati bor. Chunki bir kun bo'lsa ham hayoti bor da hali. Ammo o'lim soati kelganda, dunyodan ketar paytda, agar Alloh undan iymon topib qo'ysa, nima bo'ladi ahvoli? Undan keyin bir narsani tuzatib bo'ladimi?

[17:33] Robbimiz siz bilan bizga xitob qilish shunday deydi. Ya ayyuhalladina amanuttoqulloha haqqatu qotixi va alatamutunna. Va alatamutuni illa manutum muslimun. Ey mo'minlar, Allohda haqqa rost qo'rqish bilan qo'rqinglar va faqat musulmon bo'lgan holinglarda dunyodan o'tinglar. Agar shunday bo'lmasa, yutqizinglar. Faqat musulman bo'lgan holinga. Iymonda, islomda turib, omonatini topshirish. Imonda, islomda turib o'lim topish, birodarlar, bu eng katta ne'mat bu musulmon odam uchun.

[18:08] Inson oxirgi lahzalari qaysi holatida kelishligini bilmaydi. Qayerda o'lim topishini bilmaydi. Va ma tadri inavsum bi ay yardin tamud. Nafs, ya'ni inson. Qayerda o'shigini ham bilmaydi. Qaysi holatda o'lishini bilmaydi, qaysi vaqtda o'lishinibilmaydi. Shuning uchun musulmon odamlar har lahzasi o'limga tayyorgarlik bo'ladi.

[18:34] Ruhni jasaddan chiqishi birodarlar oyoqda ham boshlanadi. Sekin ko'tariladi. Ko'tarilib ko'tarilib xalqumga keladi. Kalla ida balog'at er taroqiy. Darhaqiqat jon xalqumga yetganida. Shu vaqtda jon xalqumiga keldi. Oyoq qo'l ishdan chiqdi, ko'z ko'rib turibdi. Atrofdagilarni ko'rib turadi. Voqealar manroq.

[18:58] Dam solib o'qib qo'yuvchi biron kimsa bormi deb qolishadi. Atrofidagi tabiblar boyagi endi urishga ixtizor deyotgan kishini, oldingi tabiblar. Hali shok qilib, to'q bilan urib ko'radi, hali ukol qilib ko'radi, haligi yuragini massaj qilib ko'rishadi. Ammo u vajonno annaxulfiroq, boyagi kishi. Bilib turibdi bu firoq ekanligini. Ukoli ham, elektr toki ham, yuragini massaj qilishni ham foyda bermaydi. Va donna annaxul firoq. Chunki mana shu yerga keldi da jon.

[19:32] Oiladan, farzanddan, do'stu birodardan, moli dunyodan shahvat huzur halovatdan ajralish ekanligini tushundi. Shu holatini o'ylang da shu odamni. Bir kun shuni shu kunga kelamiz birodarlar, siz bilan biz ham. Shunda nimalarga pushaymon yeysiz? Va nimalardan quvonasiz? Val taffatingiz saq, qo'lingiz saq. Jon berishni qiyinligidan oyoq oyoqqa chalmashib ketadi. Jon taslim qilishni og'irligidan oyoq bir biriga chalmashib yetgan vaqt. Omonat topshirdi. Yuviladi, kafanlanadi, yelkalariga ko'tarilib, janozaga olib boriladi.

[20:12] Agar omadingiz shof qolsa, musulmonlarni orasida o'lsangiz. Ila robbika yoma idin ilmasaq. Ana o'sha kunda yolg'iz parvardigoringizga haydalishingiz bordir. Fala sodda qovala sonla, vala keyin katta bavata avala, summa dahaba ila ahlihi yetamatto, avla alaka fa avla, summa avla alaka faavla. Darsimizning nihoyasi. Robbimiz aytadi. Na Qur'on va Payg'ambarni tasdiq etdi va na namoz o'qidi. Balki u Qur'onni yolg'on dedi va iymondan yuz o'girdi. So'ngra mana shu qilmishlaridan uyalish o'rniga gerdayganicha o'z ahli tomon ketdi. Ey ko'r nimaki inson, o'lim bo'lsin senga, o'lim. So'ngra yana o'lim bo'lsun senga, yana o'lim.

[21:00] Insonlar dunyoga kelib tug'ilishligi bir xil oladi. Ammo dunyodan chiqib ketishlikdagi xotimalari turli bo'ladi. Solih amallarni qilib, iymon bilan ketganlar, fisqu fujur, ma'siyatda, kufrda ketganlar, bu ikkisi teng bo'ladimi? Hargisi teng bo'lmaydi. Bu shunday holatki, har birimiz bir kun unga duch kelamiz. Xotimamizni qanaqa bo'lishligini biladigan kunimiz keladi. Shu kun keladi, aniq bizga xotimamiz ko'rsatiladi. Qanday xotima topishimizni aniq bilamizmi birodarlar? Alloh subhanah va taoloh barchalarimizni, xotimalarimizni chiroyli qilishligini so'raymiz. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
