# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 480 of 510
- Section: —
- Duration: 53 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/480
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/KrGjmxcKhOo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=KrGjmxcKhOo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/479.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/481.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:03] Eslatma. Hayotingda muhim bo'lgan narsalarni o'zingga eslatib turmasang, muhim bo'lmaganlariga chalg'ishni boshlaysan. Firdavs kanali. Kanalimizdan uzoqlashmang. Alloh barchamizni Firdavs jannatiga jamlasin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar. La yadhulul jannata man fiiqol bihi mifqol u zarrati min kibri. Qalbida misqoli zarra, kibri bor odam jannatga kirmaydi. Shunda bir kishi turib aytdiki, yo Rasululloh, bir kishi o'zini kiyimini va poyafzalini go'zali bo'lishini yaxshi ko'radi.

[0:46] Shunda payg'ambarimiz aytdilar, innalloha jamilun yuhaybul jamal. Alloh taolo, albatta Alloh taolo go'zaldir, go'zallikni yaxshi ko'radi. Al kibru batarul haqqiy va g'om tunnas. U kibr emas. Alloh chiroyli zot, go'zallikka yaxshi ko'radi. Kibr haqqa ko'mmaslik va odamlarni mensimaslik dedilar. Go'zallik kibr emas. Masalan, bir litr sutga ikki uch litr suvni qo'shsangiz, bu ichsa bo'ladigan ichimlik bo'ladi. Chunki suvni tabiati, sutni tabiati bir biriga yaqin. Ichimlik hissa bo'laveradi. Ammo bir litr sutga, bir piyola neftni qo'shsangiz nima bo'ladi?

[1:26] Ichib bo'lmaydimi? Chunki sutni tabiati bilan neftni tabiati bir biriga to'g'ri kelmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek, ubodiyat, qulchilik bilan kibr hech qachon bir biriga to'rt kelmaydi. Allohni haqiqiy quli, haqiqiy muammo bandasi mutakkab bir bo'lmaydi. Shuning uchun Payg'ambarimiz aytdilar, qalbida misqoli, zarrari, kibri bir odam jannatga kirmaydi. Kibr haqqa ko'nmaslik va odamlarni mensimaslik. Yana bir hadis o'qiymiz. Imom Bozordan, Bayhaqiydan, Anas roziyallohu anhudan. Rasululloh aytdilar la yadhul jannatdan manfiy qolbiyhi mifqoli zarrati min kibriy. Qola rojulun inna rojula yuhibbo yakuna savbuhu hasanan va na'luhu hasanan. Qalbida zardach yoki bir bor odam jannatga kirmaydi desa, bir odam kiyimi va oyoq kiyimi, oyoq bo'g'ichlari chiroyli bo'lishini xohlaydi bir odam. Kibrmi deganida Payg'ambarimiz yo'q deb javob berdilar.

[2:20] Boshqalarda haqqini ado qilmaslik, o'zini boshqalardan ustun deb bilishlik, haq so'z aytganda ko'nmaslik, bu kibr va bu gunoh iblisning gunohi. Abau stakbar va ka'na minal kafirin. Odam alayhissalomga sajda qilishdan bosh tortdi, kibr qildi, natijada kofirlardan bo'ldi. Lekin musulmon odam yonidagi odamlarni e'tirof qiladi. Fazlini biladi, qadrini biladi. Ularda qadr qiymatini o'zini o'rniga qo'yadi.

[2:50] O'zi yoningizdagi odamni mensimasligingiz, to'yatmasligingiz siz uchun yetarli gunoh. Boshqa gunohga keragi yo'q. Rozilik aytadilar, behas bi vil mar imina shar'riy an yaqqi roh ahohin muslim. Kishi o'zini musulmon birodarini haqir ko'rishligi shu kishi uchun yetarli gunoh. Mensimaydi, kibr qiladi. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam o'ta kamtarin zot bo'lganlar. Bir kishi, u zot sollallohu alalayhi vasallamni huzuriga kirib gapirmoqchi bo'ldi yu, kirib, haybati sir bosib, gapini topa olmay qoldi. Tili aylanmay qoldi. Buni Payg'ambarimiz ko'rib aytdilarki, havin alik. Fa innilas tobe malikin. Innama ana ibn murodiyn ta'qulul qodiyda. O'zingizni bosib oling. Men podshoh emasman. Men qodiy, ya'ni quritilin go'shtni yeydigan ayolni bolasiman. Ya'ni oddiy odamman deyaptilar. Rahmatan lili a'lamiy bo'lishiga qaramasdan, kamtarligini ko'ring. Rasululloh kamtar bo'lganlar, mutakamur bo'lmaganlar. Safarlarni birida rasululloh to'xtaganlarida, hamrohlaridan bittasi men qo'y so'yaman, dedi. Ikkinchisi men uni pishiraman, dedi. Rasululloh, men o'tintirib kelaman, dedilar.

[4:07] Qarang, rasulullohga biror ish buyurmaydi, rasulullohni xizmatini qilishlik sharaf sahobalarga, ammo rasulullohni kamtarligini ko'ring. Demak, mo'min kishi mutakamur bo'maydi, kamtar bo'ladi. Go'zal, al jamil. Alloh taolo bandani go'zal bo'lishligini xohlaydi. Pokiza, usti boshi tartibli, xushbo'y, sochlari taralgan, surati chiroyli bo'lishlik kerak. Bu yerda yangi kiyim deyilmaydi. Agar kiyim haqida gapirsak, pokiza kiyim deyiladi. Yuvilgan, taralgan, tartibga keltirilgan.

[4:44] Go'zallikni yaxshi ko'rishlik insonni tabiatida bor. Mana aytinglar. Kiminglar chiroyli mashinani yaxshi ko'rmaysizlar? Kim chiroyli uyda yaxshi ko'lmaydi? Insonni tabiatida go'zallikka bo'lgan intilish bor, bu uni fitratida. Innalloha jamilun, yuhayb buljamal. Albatta Alloh Taolo go'zaldir, go'zalligini yaxshi ko'radilar. Qatta birodarlar, gapiradigan so'zimiz go'zal bo'lsin.

[5:13] Abbosiddin Abdulmuttoley, Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallamning amakisi. Kenja amakilaridan so'rashdi. Siz kattaroqmi, Rasululloh kattaroqmi? Shunda abbosiddin abdul muttoley bitta gapini qarang. Men ertaroq tug'ilganman, lekin Rasululloh mendan kattalar deb javob berdi. Men kattaman desa bo'laveradi, ammo chiroyli bo'lmaydi da bu. Rasulullohdan kattaman dedi o'zini ovqora, deylarmidi?

[5:41] Agarchi biz gapirayotgan gapimizni tuz olishini xohlasak, biz avval eshitishni o'rganaylik. Eshitishni o'tkazsak, in'et chiroyli gapirishni o'rgansak. Demak, men Rasulullohdan ertada tug'ilganman, ammo Rasululloh mendan go'zal so'z bo'lgan ekanmi? Go'zal so'.

[6:08] Moddiy va ma'naviy go'zallik matluq. Moddiy va ma'naviy tomondan musulmon kishi go'zal bo'lishligi kerak. Demak, musulmon o'zini kiyimini chiroyli qilishi kibrdan emas. Mashinasini chiroyli olib yurishi kibrdan emass. Uy joyini chiroyli qilib ishiga kibrdan emas, chunki u insonni tabiati bor narsa va go'zal qilsa o'zida bor narsani, Alloh buni yaxshi ko'radi. Innalloha jamilun yuhaybul jamal.

[6:36] Odamlarni yuzidagi holdek namuna bo'lib, zohira bilan, fe'li bilan, odamlarga havas bo'linadigan holatda turish, bu ayni dinimizni talabi bo'ladi. Muammo menda borlig'ini go'zal qiladi. O'zida Alloh Taoloning al jamil sifatidan bir ulush paydo qilishida holi edi. Adolatli bo'ladi, odil bo'lgan zotga yaqin bo'ladi. Rahim shafqatli bo'ladi, ar rohim bo'lgan zotga yaqin bo'ladi. Xayri saxovatli bo'ladi, lutfli bo'ladi. Allotiyf bo'lgan zodga yaqin bo'lladi. O'zini go'zal olib yuradi. Al jamil bo'lgan allohga shu bilan yaqin bo'lladi. Ehtimol gapira olmasiz. Nutqingiz yo'qdir. Ehtimol pulingiz yo'qdir, in'fo ehson qila olmaysiz. Ehtimol boshqa narsangiz yo'qdir lekin o'zingizni tashqi ko'rinishingizni chiroyli olib yurish qo'lingizdan keladimi birodar? Keladimi? Keladi. O'zingizni shunday chiroyli olib yuring da, maqsadingiz al jamil bo'lgan alloh shuni yaxshi ko'rar ekan, degan maqsad bo'lsin, shu fe'lingiz bilan allohga yaqin bo'laverasiz. Hamma ham o'zini oppoq tutadi. Hamma ham o'sini tashqi ko'rinishini chiroyli qiladi. Lekin hamma shu qilayotgan ishidan Allohni rizosini istaydimi, yo'qmi? Odamlar nima deydi, sal ust boshingga qarab olsang, e, uyatmaysanmi?

[7:54] Kimdan uyatmaysan? Ha, odamlardan. Biz o'zimizni chiroyli olib yuramiz, kim uchun ekan? Go'zallik. Go'zallik nima o'zi? Insonni ko'zi va qalbiga yoqadigan narsa. Go'zallik insonni ko'z tushganda qalbi quvonadigan, qalbi yayraydigan narsa.

[8:17] Go'sallik birodarlar shaklda bo'ladi, axloqda bo'ladi. Go'zallik deyilganda odamlarni tushunchasi faqatgina shakl tushuniladi. Ammo ichki dunyo haqida, ichki dunyoni go'zal bo'lishi haqida birov o'ylab ham qo'ymaydi. Masalan vafo. Ahdiga vafodor bo'lishlik. Go'zallikmi? Saxovatli bo'lishlik. Go'zallikmi? Kechirimli bo'lishlik, go'zallikimi? Bu axloqdagi go'zallik. Birodarlar, jismoniy, jasadiy go'zallikdan ko'ra, ma'naviy go'zallikka chiroyliroq bo'ladi. Rosa shakli chiroyli kelishgan odam, bir marta ham aytgan gapiga javob bermaydi. Kim uni yaxshi ko'radi? Rosa ketib yuborgan chiroyli ayol, eriga mehri yo'q, eriga muhabbati yo'q, vafosi yo'q. Kim yaxshi ko'radimi buni? Go'zallik deganda faqat zohirda tushunmaylik. Bu ichki dunyoyim go'zal bo'lishligi kerak bo'ladi.

[9:14] Tobiylardan ahnafimni qaysi? O'zini qavmini saidi bo'lgan. Ko'rimsiz bo'lgan, xunuk bo'lgan, pastdagi bo'lib bo'lgan, ko'zi manaqa bo'lgan, qora rangli bo'lgan. Xullas ko'rimsiz. Ammo shu kishini g'azabi uchun qavmidan yuz mingta kishi g'azablanar edi. Nimaga g'azab qilyapsan deb so'ramas edi. Bu kishini nimasi go'zal edi? Axloqi, tasarrufoti, ichki dunyosi. Zohirni xunukligiga bora qaramas edi.

[9:43] Agar odamlarni ichi qanaqa bo'lsa, shu narsa tashiga chiqib turadigan bo'lgandami? Demak, go'zallik faqatgina moddiy jasadiy bo'lmaydi. Uni fasohati, axloqi, saxovati, kamtarligi, rahmati xullas fe'l atvorida ham go'zallik bo'lishligi kerak bo'ladi. Mana Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislari juda ko'p o'qiganmiz. Muttafaa aliyhi bo'lgan hadis. An Nabiy xuroyati roziyallohu anhuh, an Inabiy sollallohu alayhu vasallam qol. Funka hul mar'atu li arba'a. Ayol kishilarni to'rtta narsasiga qarab, to'rtta narsaasiga qiziqib uylaniladi. Li ma liha. Muolaa davlatiga qiziqib uylaniladi. Li hasabiha. Nasl nasabiga qiziqib ulg'ayiladi. Li jamaliyha. Chiroyiga qarab uylaniladi. Vali diniy ha. Diniga qiziqib uylaniladi. Qarang, to'ralasi ham chiroyli narsa. Boylik chiroyli narsa, nasr nasr chiroyli narsa? Chiroy chiroyli narsa! Din chiroyli. Qani, to'ralasi yaxshi go'zal bo'lsa. Shunda Payg'ambarimiz aytyaptilar, dindorini tanlagin, baraka topkur. Yoki baraka topasan.

[11:00] To'ralasida turganda birinchi diniga qaraymiz. To'lovasi ham chiroyli narsa. Go'zallik. Shunda dini birinchi o'rinda turishligi kerak bo'ladi. Go'zallik faqatgina shaklda, zohirda emas. Uylanadigan ukalar, albatta chiroyligini istaysizlar. Albatta yuziga qaraysizlar, bo'yiga qaraysizlar, boshqa joyga qaraysizlar. Bu sizlar ko'zingiz ko'rayotgan narsa. Lekin ichki dunyosini ko'ra olasizlarmi?

[11:34] Bir ayol bor, o'rtacha husnli. Eri bilan yashaydi, eriga vafodor. Doim xizmatida, doim ko'ngliga qaragan, bor yo'g'ida yonida billa turadi. Bunaqa erkakni hayoti haqiqatan osoyishtada bo'ladi, saodatli bo'ladi. Yoki yana bir erkak kishi, ayoli juda ham go'zal. Juda ham chiroyli. Lekin boyagi aytilgan narsalar yo'q bunda. Vafo yo'q, mehr yo'q, muhabbat yo'q, xizmat yo'q. Endi bu erkakni hayoti nima oladi? Do'zaxdan bir parcha bo'ladi. Aytilinyapti, chiroyiga, puliga, nasib nasabiga, diniga deyapti. Dinini birinchi qaraylik, dinini.

[12:15] Kishi chiroyli kiyimni kiydi. Chiroyli yuvib tarandi, sochlarini taradi, xush bo'ladi, sepdi. Zohiri go'zal bo'ldi. Odamlar ko'rsa, ko'zi quvonadigan bo'ldi. Endi shu odam faxsh bo'lgan, buzuq bo'lgan, bazik bo'lgan so'zlarni gapirib tursa, yarashadimi? Boshqacha tasavvurda turdingiz shaklini ko'rib turib, obrazovanniy odamga o'xshayapti. Didli odam ekan, chiroyli kiyinibdi, chiroyli zo'r ekan deysiz u, og'zidan chiqqan gapni ko'rib turib haligi tasavvuringiz buziladi. Bunaqa odamga aytish kerak bo'ladi, sen yo kiyimingga yarasha degan so'zni so'zla yoki ko'zingga yarasha kiyimni kiyib ol. Ma'qulmi? Shuning uchun zohirlik go'zallik bo'lgandek, botiniy ma'naviy go'zallik ham siz bilan bizda bo'lishligi kerak bo'lardi. Mana shu so'z masalasida Rasululloh aytadilar la yastaqimu imanu abdin xatta yastaqimu qolbuxun. Kichkina iymoni mustaqim, sobit mustahkam bo'lmaydi, to qalbi mustahkam bo'lingunicha. Vala yastaqimu qalbugu xatta yastaqimu lisanu hu. Endi qalbi mustaqim bo'lmaydi. Tili mustaqim bo'magunicha.

[13:28] Shuning uchun kiyimimizni chiroyli qilgandek, so'zimizni ham chiroyli qilaylik, fe'limizni ham chiroyli qulaylik. Mana endi birodarlar, go'zal axloq. Fosbir, sobron jamila. Bas, chiroyli sabr bilan sabr qiling. Alloh Taolo chiroyli sabr qil deyapti. Demak, chiroyli bo'lmagan sabr ham bor. Chiroyli bo'gan sabrni tushunarli. Chiroyli bo'magan sabr chi? Sabr qildi. Asabiylashadi, g'azablanadi, uni so'kadi, buni turtadi, buni tepadi, undan alamini oladi. Bu ham sabr. Lekin qanaqa sabr emas bu? Go'zal sabr emas. Chiroyli avf qilish. Chiroyli avf qilish.

[14:10] Fos fahih saf hal jamin. Bas, ey Muhammad alayhissalom, ularni chiroyli kechirish bilan, go'zal kechirish bilani kechiring. Ya'ni kechirdingiz. Sizni kechirishingiz go'zal bo'ldimi, go'zal bo'madimi? Biz kechirishdagi, axloqdagi go'zallikni gapiryapmiz. Sizni kechinishingiz go'zalsiz bo'lganligini belgisi, shu kechirgan odamingizni qaytib shu aybini gapirmaysiz.

[14:34] Agar esingizga kelganda, alam qilib ketganda, a? Jazabangiz tutib ketganda gapirib qo'yayotgan bo'lsangiz, bu kechirishlik go'zal kechirishlik bo'lmabdi. Bir odam ikkinchi odamni qomatib yuborishi xatarliroqmi? Yoki bir odam ikkinch odamni quduqqa tashlab yuborishi xatarliroqmi? Albatta quduqqa toshib yuborishi har xilroq. Chunki qomalgan odamni tirik qolishi mumkin. Tirik qoladi. Yusuf alayhissalom akalari o'n ikki yashar paytida quduqqa tashlab yubordi. Keyin misrga borganda misrning vazirini ayoli yusuf alayhissalomni qomatib yubordi. Qaysinisi xatarliroq edi yusuf alayhi salomni hayoti uchun? Albatta quduqqa tashlanishi. Ammo oradan yigirma yillar o'tgandan keyin akalari oldiga kelganida shu ishini eslatmadi. Nima dedi astaydubulla? Vo qod axsanabiy i d axroj ya'ni minna sigin. Alloh menga ulkan in'om qildi, meni zindondan chiqardi dedi. Nimani aytmadi?

[15:30] Quduqqa tashlaganini akalarini shu ishini aytmadi, eslatmadi, chunki chiroyli kechirgan edi da. O'shaning uchun eslamadi, gapirmadi. Bizda ham o'tib qoladi. U paytlar amaking manan qilgan edi. Bir paytlar tog'ing manan qilgan endi. O'zi kechirganman degan. Lekin nima qilaveradi? Demak kechirmabdi bu odam. Go'zal kechirish bu aybni qaytib eslamaslik yo'li ham bor.

[15:58] Rabboniy go'zalligini martabalari. Alloh taoloning zoti go'zal. Sifatlari go'zal. Fe'llari go'zal, ismlari go'zals. Alloh taolo shunday go'zal zotki, u zotni go'zalligining qandayligini na bir payg'ambar bilmaydi, na bir farishta bilmaydi. Allohni qanchalik go'zal ekanligini faqat Alloh taoloning o'zi biladi. Bizni aqllarimiz birodarlar sig'dira olmaydi Alloh taoloni go'zalini idrok qilishligini.

[16:27] Shuning uchun birodarlar aytiladiki, shariat adolatning ayni o'zi. Chunki u Allohni manhaji. Shariat rahmatning ayni o'si. Shariat hikmatning ayni hozir. Shariat faqat va faqat xayriyat yaxshilik. Shuning uchun qaysi ishimiz bizni musulmonlar, qaysi bir ishimiz shariat doirasidan chiqib ketsa, u yaxshilik emas, yomonlikka qarab ketadi. Uni har qancha qog'ozga o'ring, har qancha bezeng qilayotgan ishingizni shariatdan chiqdimi? Bu endi yomon ish, bu zarar ish, bu xunuk ish.

[17:00] Islom chiroyli sanagan, shariat chiroyli sanagan narsa chiroyli, shariat xunuk deb sanagan narsa xunuk. Bachavozlikda, erkakda erkakka, ayolda ayolga uylanishligini qaraqqiyoti belgisi peshqadamlik deyapti. Har qanaqa qog'ozga uryapti. Ammo shariatimiz nima degan? Bu razelik, qabihlik, ifloslik dedimi? Tamom. Har qancha qog'ozga yoramasin, biz shariatda turib aytamizki, bu ifloslik, razelik, rasvolik. Bizga bu narsalar yot, bu narsalar bizga xoron, mumkin emas. Yana qaytarib aytamiz, hamma yaxshilik shariatda. Shariatdan chiqdingizmi? Endi har qanday narsaga tayyor turardik.

[17:37] Biz alloh taoloni al jamil, go'zal zot deb aytdik. Alloh taoloning hamma yog'i go'zal. Ismi ham, zoti ham, fe'li ham. Shuning uchun fe'lini ko'ramiz. Qor yog'ishini kuzatinglar, qanaqa go'zal. Yomg'ir yog'ishini bir eshitinglar, qanaqa go'zal. Gulni o'sib chiqib kelayotganligini ko'ring, qanaqa go'zal. Kichkinagina jiji bolangizni, shu bir uch oy, to'rt oylik bo'lgan, besh oylik bo'lgan bolangizni qarang, qanaqa, go'zal. Quruq qaqshab yotgan, yerga yomg'ir yoqqandan keyin ko'kat chiqqani ko'ring qanaqa go'zal. Chunki bu go'zal bo'lgan, aljamil bo'lgan Alloh azza va jallaning fe'lidan edi. Qo'limizda yeyotgan olma biz qaraylik. E biz qaror ham o'tirmaymiz a?

[18:18] G'irt g'irt g'urt. Nima yeding? Qanaqa yeding? Olmani oling qo'lingizga. Shakliga qarab bir mazza qiling. Ko'zingiz quvonsin. Hidlang. Burningiz mazza qilsin. Demak, olmani rangidan, hididan, shaklidan, ta'midan huzulanayotgan paytimizda birodarlar buni kim yaratdi, shunday bir o'ylab qo'yaylik. Ko'klamzorni qaraylik. Ko'm ko'm maysa. Siz hech narsa qilmaysiz. Yomg'ir yog'adi, chiqadi. Qadriga yetmaymiz birodarlar. Somoni ko'kligiga, daryoni oqishiga, dengizni mavjudlanishiga, kun bilan tunni almashishiga qaraylik birodarlar, bularni kim yaratdi? Al jamil bo'lgan robbimiz subhanah va taolo.

[18:59] Bir ishda juda ham chiroyli qilib qo'ygan bo'lsa, ustasi qarab turadi, ha ustasi kuchli odam ekan. O'zini ishida mohir ekan deysiz. Hunari go'zal ekan deysiz? To'g'rimi? Mashinangiz shunaqa kraskalar berdi, yangidek qilib qo'ydi. Qoyil ustasiga deysiz. Endi bu koinotni, bu borliqni qarab turib, nima deyishimiz kerak? Subhanalloh. Bu go'zal ililarda yaratgan alloh taolo o'zi ham al jamil go'zal bo'lgan inson.

[19:25] Valau yarol la dina zolomu id yarov na adaba annal quvvat alillahi jamiyat. Bunday zolimlar azobga ro'baro' bo'ladigan zamonlarida, qiyomat kunida, butun kuch qudrat Allohniki bo'lishini va Allohning azobi qattiq ekanini bilsalar edi. Kimlar zolim, kimlar o'ziga zulm qilgan kimsalar? Gunoh qilganlar. Inson gunoh qilar ekan, faqat o'ziga zulum qiladi. Endi qarab turing. Nima deb gunoh qiladi inson? Masalan, bir ayolni dedi da, shunga yetaman deb gunohga qo'l urdi.

[19:58] Nimasiga aldandi bu ayolni? Go'zalligiga. Demak, bu insonni go'zallikka bo'lgan oshig'ligi gunoh qilishlikka olib yubordi. Chiroyli imorat, chiroyli mashinani ko'rdi da, shunga erishish uchun bir xoromushka qo'l urdu. Bu narsalarda nimasiga aldandi? Go'zalliga. Insonni tabiatida go'zallikka bo'lgan muhabbat uni gunoh qilishlikka, osiylikka olib bordi. Endi nima uchun asobga qoldi? Nima uchun Robbizga osiy bo'ldi? Vaqtincha bo'lgan, go'zalligi vaqtincha bo'shgan maxluqni muhabbati bilan oldinib qoldi. Go'zallikka oldinib qolamiz ekan. Ma'qulmi? Masalan, yangi mashina oldingiz, yuribsiz. Olti oydan keyin yangisi chiqadi. Undan chiroyliroq. Mololingiz ham zo'r o'zi. Nima bilan oldi yapti sizni?

[20:47] Go'zallik oldi yapti ekanmi? Endi inson shu go'zallikka oldanib turib gunohga qo'l ursa, musulmon odam, Allohga itoat qilgan odam haqiqiy go'zallikka oshiq bo'ladi. Bu Alloh Subhanahu va Taoloning jamoli. Boyagi dunyoni go'zalliklari harakat qilsangiz, intilsangiz, yetishingiz mumkin. Yetganingizdan keyin bilasizmi, zerikasiz shundan. Ammo haqiqiy go'zallik bo'lgan, Alloh Taoloning jamoliga intilgan odam bu dunyoda yeta olmaydi u maqsadiga. Shuning uchun doimiy suratda uni hayotida intilish bo'ladi da, shavqi bo'ladi. Zerikish bo'lmaydi hayotida. Banda hushyor bo'lsin.

[21:26] Banda bu go'zalliklarni tark qiladi yoki u go'zalliklar uni tark qiladi. Chiroyli ayolini yaxshi ko'radi bir erkak. Juda ham yaxshi ko'rar edi. Lekin bir kun keladi, albatta ajraydi bir biridan. Yo uni ajali tufayli, yo buni ajali tufaylik. Topib qo'ygan chiroyli dunyoyingiz, chiroyli imoratingiz, chiroyli mashinalaringiz, ulardan albatta ajraysiz. Ammo agar Alloh azza va jallani jamolini oshig'i bo'ladigan bo'lsangiz, bir qushni ko'rsatishyapti, mana bu kallasini rangini o'zgartiryapti, sayrayapti, bir qush to'layapti, pat. Tasavvur qiling. Sariq bo'lyapti, qora bo'lyapti.

[22:07] Buni ko'rib turib, lol qilmay ilojingiz yo'q. Mana shu Alloh taoloning go'zal san'atini ko'rgan manaman degan muhandislar, me'morlar Allohni san'atiga qoyil qoladi da, undan ilhomlanadi. Alloh taolo al jamil, go'zal bo'lgan zot. Go'zallikning asli Alloh subhanahu va taolo bo'ladi. Endi Alloh taolo o'zining maxluqlardan birontasiga, ana shu go'zallikdan bir ulush bergan bo'lsa, odamlar ana shu go'zo'l maxluqqa qaraydi da, qalbi bog'lanib qoladi. U chiroyli, go'zal ot bo'lsin, yoki bir mashina bo'lsin, go'zallikni ko'rganda insonga albatta mahliyo bo'lib qoladi.

[22:48] Toat nima? Birodalar, toat bu muhabbat. Ibodat, itoat nima desa, ulamolar mana shu itoatning, ibodatning juda ham bir go'zal ta'rifini keltiradi. Diqqat qilamiz. Asosiy ishonch bo'lgan, abadiy saodatga olib boruvchi, qalbiy muhabbatga aralashgan ixtiyoriy toat ibodatdir. Asosiy ishonch.

[23:17] U sizni saodatga, abadiy saudatga olib boradi. Qalbingizni muhabbati bilan aralashgan. Shunga asoslangan toat keyin ibodat deyiladi. Siz namozni o'qiyotganda yaxshi ko'rib o'qiysizmi, yomon ko'rib o'qiyishimi? Ro'za tutayotganda yaxshiroq tutasizmi ro'zani yo majbur tutasizmi? Qarang, muhabbatga aralashgan ixtiyoriy toat deyapti. Ixtiyorimiz bilan ibodatga kelayotgan bo'lsak, demak bu ibodatimiz ibodat bo'ladi. Agar majburiyat bo'lsa, uyatganimizdan, hamma qilayotganligi uchun kelayotgan bo'lsak, muhabbat bilan qilmayotgan bo'lsak bu amalda, bu ibodatga o'tmaydi.

[23:58] Dinda birodarlar ma'rifat bor, sulukiyat bor, go'zallik bor. Imnallohi jamilun, yuhayb bul jamal adallohi rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Albatta Alloh go'zal zot, go'zalligini yaxshi ko'radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu sahih hadisiga quloq tutamiz. Bu hadisni Imom Muslim o'zining Sahihida keltiradi. Rasululloh aytadilar hijabuhu nur, hijabuhu nur la u kashaffahu la axroqat subahatu vajihih mantaha ilayhi bosaruhu min xolqihih. Alloh azza va jalla, birodarlar, u zotning hijobi nur. Alloh taoloning hech kim ko'zi bilan ko'rishlikka qodir bo'lmaydi. Na bir ma'loikalar, na muqarrar farishtalar, na anbiolar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ana shu meros kechasida, ana shu yettinchi osmonni ustida namozni besh mahal farz ekanligini olib tushganida, oyish onamiz so'raganki, ey rasululloh, har ro aytarobbaka. Robbingizni ko'rdingizmi? Deganida nur, anna, aro, hamma yog'i nur edi. Qayoqdan ko'ray dedilar.

[25:08] Rostdan aytadilar, uning hijobi nurdir. Agar uni ko'tarsa, alloh taolo shu hijobini ko'tarsa, yuzining ulug'ligi, ya'ni go'zalligi, uning nazari tushgan maxluqotlarni kuydirib yuboradi. Inson zoti umuman maxluqot alloh azza va jalini ko'rishga ojiz bo'ladi, ko'ra olmaydi. Ey, allohni ko'rishmas, quyoshga qaranglar uch to'rt marta.

[25:32] Tikka qarang, quyoshga uch to'rt marta ko'zingiz bilan, ochkasiz, yakinqasiz, maskasiz, nima bo'ladi? Bitta maxluqdan chiqayotgan yorug'lik nur, sizni ko'zingizni ko'r qiladi oxiri o'n marta qarang. Maxluq sizni ko'zingizi ko'r qilib qo'ysa, ko'zingiz unga qarashlikka ojiz bo'lsa, alloh azza va jallani ko'rishlikka qanday qodirman deydi bir inson. Allohni ko'rishlik uchun birodarlar dunyodan o'tishi kerak, jannatga kirishlik kerak. Shunda Alloh Taolo xohlasa yuzini ko'rsatadi.

[25:59] Alloh Taolo aytadi: astaydu billah, vujudh i yavma ili nadiro ila robbihai nadiro. U kunda, qiyomat kunida, mo'minlarning yuzlari yashnab, Parvardigorlarga boqib turgushidurlar. Inshaalloh ko'ramiz birodarlar. Inshaallohni ko'ramiz. Jannat ahllarini sifatlari aytilganda, ayrim kitoblarda aytilinadi. Jannat ahli Alloh Subhanah va Taoloning jamoliga qaraydi da, uning go'zalligidan ellik ming yilga aqllaridan g'oyib bo'ladi. Hushidan ketadi, ellik ming yillik yotadi, o'ziga kelolmasdan.

[26:40] Inson go'zallikka oshig'i bo'ladi. Go'zallikni yaxshi ko'rishlik insonda tabiatida bor narsa. Mana shu go'zallikka oshiqligi uni gunoh qilishlikka olib boradi. Tushunarlimi? Inson go'zallikka oshiq bo'ladi, mana shu go'zalikka oshiqligiga uni gunoh qilaylikka yetaylaydi. Inson qachon Robbisiga osiylik qiladi? Yagona bo'lgan Robbisini tanishdan uzoq bo'lsa, Alloh Taoloning go'zal ismlari va oliy sifatlaridan g'ofil bo'lganda, ayrim maxluqlarning go'zalligi aldanib qolib, shunda Robbisiga osiya qiladi. Bir ayolni go'zalligini ko'radi da, unga mahliyo bo'lib, gunohga qo'l urib qo'yadi. Chiroyli bir imoratni ko'radi, shuni olay deydi da, gunohga qolib urib qo'ydi. Chiroyli bir mashinani ko'radi da. Uni go'zalligiga uni mahliyo qiladi da, gunohga qul urib qo'tyadi. Lekin mana shu osiylik qilayotgan bandalar, go'zallikni deb osiylik qilaydigan bandalar, haqiqiy go'zallikning Alloh Taoloda ekanligi, go'zallikni asli Alloh ekanligini bilishganida, bu gunoh mas'uliyatga qo'l urmagan bo'lishar edi.

[27:51] Masalan, o'zi bilan yashayotgan bir yigirma besh yil, o'ttiz yashagan ayolini, endi muslima ayollar, afifa bo'ladi, iffatli bo'ladi, kamtar bo'ladi, shu betini sovuqlab yuraveradi da uyda. Manikyur pedikyur qilmaydi. Ha indamasdan olib borib, shunday pardozni olib kelib uyga o'tkazib qo'ysin da. Hali eri ko'rib turib yaxshi ko'rib qoladi. Chunki nimani oshig'i? Go'zallikni oshig'i. Qani endi ayollar shu narsani tushunsa, inson, erkak zoti, umuman odam zoti go'zallikka oshiqligini bilsa, o'zini sal otangga ena. Bu eski odam bilan, yangi odam bilmaydi.

[28:31] Otangga ena bepardoz ko'rsatma, ya'ni inson zoti go'zallasiga, chiroyli narsaga oshiq bo'ladi. Maxluqlarni go'zalligiga aldanib, robbisiga osiy bo'lib, oxiratini boy berib qo'yayotgan odamlar bor. Agar bular birodarlar, bu dunyodagi hamma go'zallik, ularni aldayotgan go'zallik. Allohni go'zalligi oldida hech narsa bo'lmay qolishigina tushunishganida, ehtimol osiylik qilishmasmidingkin? Ehtimol osiyni qilishmasmidikin?

[29:02] Alloh taoloni tanish, uni ism va sifatlaridan xabardor bo'lish, unga muhabbatli bo'lish hamda unga qulchilik qilish mo'minlar uchun haqiqiy saodatdir. Garchi dunyoda qo'lida hech narsasi bo'lmasa ham, eng baxtli odam mo'min bo'ladi. Chunki al jamil bo'lgan, go'zal bo'lgan robbisini taniydi. Ism sifatlaridan xabardor bo'ladi. O'shaning uchun qo'lida his hali hech narsasi yo'q bo'lsa ham, qanday ahvolingiz desa, nima deydi?

[29:30] Nima deydi? Alhamdulillah deydi. Chunki bu dunyodagi mushkulalar, bu yetishmovchiliklar Allohni diydorini ko'rishlik oldida hech narsa bo'lmay qoladi. Va mana shu Alhamdulillah degan so'zchaga faqat mo'min aytar ekan. Musulmon ishlaringiz qalay desa, Alhamdulillah deydi. Ishi xirami, tiniqmi, farqi yo'q. Chunki nimaga Alhamdulillah deydida desa, u robbisini diydorini ko'llashni oldida bu mushkulalar hech narsa bo'may qolishini yaxshi biladi.

[30:00] Ayrim insonlar musulmon kishi dunyoni go'zalliklaridan mahrum deb o'ylashadi. O'zini ibodati bilan, taqvosi bilan dunyoda ko'p bir xayriyatlaridan, go'zalliklardan mahrum bo'ladi deb o'ylaydilar. Lekin haqiqatdachi? Haqiqatda buni aksi bo'ladi. Alloh taolo o'ziga oshiq bo'lgan mo'min bandasini qalbiga shunday bir narsani berib qo'yadi. U xoh rahmat deng, xoh sakinat deng. Nima desangiz deng, lekin mana shu Alloh taolo berib qo'ygan narsasi insonni eng saodatli insonga aylantiradi. Musulmon kishini eng saodatli bandaga aylantiradi, garchi qo'lida dunyoda bir tiyin ham bo'lmasa ham.

[30:44] Mana shu xotirjamligi, Alloh taolo solib qo'ygan mana shu rahmatni Alloh olib qo'ysa, bu inson o'zini dunyodagi eng baxtsiz inson deb biladi. Garchi dunyoni hamma matohini qo'lida bo'lsa ham. Yunus alayhissalom Bag'dodxonligiga tushib dengizlarga kirib ketdi. Nimada duo qildi? La ilaha illa anta subhanaka inniy kundu minot zaorimin.

[31:07] Parvardigor sendan o'ziga iloh yo'q, albatta men o'zimga o'zim zulm qilganlardan bo'ldim. Ya'ni senga osiylik qildim, eng baxtsiz inson bo'lib qoldim. Musulmon odam savobli ish qilganda, Alloh rozi bo'ladigan ishni qilib, shunga muvaffaq qilganda shunaqa saodatni his qiladi o'zida. To'g'rimi? Hech kimga bildirmasdan bir muhtoj odamni mushkulasini hal qilib qo'ydingiz. Xursand yuribdi. Hech kimga bildinmaysiz, shunaqa xotirjamlik his qilasiz. Bu faqat mo'minga beriladigan narsa.

[31:36] Alloh aziz va jalloh bu payg'ambarini duosini ijobat qildi, najot berdi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam qurish quvib chiqdi Makkadan. Rasululloh sabr g'orida o'zini hamrohi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhbilan o'tiribdi da, mana shunday holatda, quvg'inda qochib, g'orda o'tirgan bo'lsa ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng baxtli inson edi. Chunki u zotni qalbiga Alloh Taolo sakinatni, xotirjamlikni bergan edi. Mo'min odam dunyoda huzur halovatdan bexabar, u dunyoda bir go'zallardan mahrum deganlar juda ham katta xato yo'l qo'yishadi.

[32:15] Agar bir odam dunyosi keng bo'lsa, mansabi katta bo'lsa, ammo Allohni tanimagan bo'lsa, agar Alloh Subhanah va Taolod tanimagan bo'lsak, bu eng baxtsiz badbaxt inson. Insonni qalbida bir bo'shliq bo'ladi, uni na pul, na mansab, na boshqa narsa to'ldiradi. Dunyoni hamma go'zalligi uni qo'lida bo'lsa ham, uni qalbi taskin topmaydi. Nima uchun? Allohdan uzoq bo'lganligi uchun. Ana shu dunyo egalarini qarasangiz, hamma yog'i go'zal. Uyi ham go'zal, mashinasi ham go'zal. Hamma yog'i good. Lekin nimaga qalbi ularda taskin topib, xotirjam bo'la olmaydi? Nimaga saodati yo'q? Chunki go'zallikda asli bo'lgan Alloh Taolo uchun ularni qalbida joy yo'q.

[33:03] Haqiqiy saodat nimada? Kimdir farzandda deydi. Kimdir sog'likda deydi. Kim dir boylikda deydi. Kunda nima yo'q bo'lsa, saodatni shu narsada deb biladi. Saodatning haqiqiysi qanaqa bo'ladi? Haqiqiy saodat qanaqa? Alloh taoloning o'ziga yaqin bo'lish bilan baxtli bo'lishingni his qilsang, shuni tushunsang va Allohga yaqin bo'lsang, sen eng baxtli insonsan. Insonni saodatli baxtli bo'lishligi na millatiga, na puliga, na bir boshqa narsasiga qaralmaydi. Allohga qancha yaqin bo'lsa, shuncha saodatli bo'lasiz. Hayotingizda, mo'min manda, siz.

[33:50] Shunday saodatni his qila olmayapsizmi? Demak Allohga yaqinmas ekansiz. Agar Allohga yaqim bo'lganingizda, sizdan baxtli inson bo'lishi kerak emas edi. Chunki Alloh Taolo aytadi, ala bi zikri illahi tatunna innul qulub. Ogoh bo'lingiz kim? Albatta qalblar Allohni eslash bilan, Allohni zikri bilan orom bo'ladi.

[34:15] Allohga yaqn bo'lishi bilan inson baxtli bo'lar ekan. Allohdan uzoq bo'lishligi bilan dunyoni hamma go'zal matohi qo'lida bo'lsa ham, bu inson baxtsiz bo'ladi. Dalil? Astay deb beringlar. Voman a'rodan zikri, fa innalahumai shatandanka. Alloh Taolo aytyapti, kim mening eslatmamdan yuz o'girsa, ya'ni Allohni shariatidan, dinidan yuz o'girsang, bas unga tanglik hayoti bo'lur. Allohdan uzoq bilgan bandani hayoti tang bo'ladi.

[34:49] Ulamolarni so'ziga quloq tutamiz. Ularga savol berildi. Nima uchun ayrim boylar va ayrim bir mansabdor odamlar hayotida saodatni, baxtni topa olmaydi? Agar qarab ko'radigan bo'lsangiz, o'sha dunyoviy go'zalliklarda hammasi ularni qo'lida. Odamlar ayta olmayotgan chiroyli uy, mansab, mashina, jihoz, hamma narsasi chiroyli. Nimaga bular saodatli emas?

[35:16] Shu narsasi yo'q odamlar saodatni dunyoni go'zalliklarida deb biladi. To'g'rimi? Dunyosi zo'r bo'lgan odamni ko'rgani mana shu odam baxtli odam deb o'ylaydi. Albatta, bu noto'g'ri tushuncha, birodarlar. Javob shunaqaki, ha, unday kishilar baxtsiz. Ularni baxtsizligi molinozligida emas. Ularni bahtsizligi qalbini torligida. Insonni qalbida bir bo'shliq bor, uni Allohga bo'lgan muhabbatgina to'ldira oladi. Alloh taolo bergan sakinatgina to'ldiradi. Dunyoni matohi emas. Bo'lmasam qaranglar, birodarlar, o katta katta korporatsiyalarni egalari.

[35:56] E milliardlagan, trillionlagan pul bor. Haligi pullarini seyfidan ochib turib, nondasiz yegandaqa bir pashka yuz dollarni olib chaynab yeb tugata olmaydi umrini oxirigacha. Shunaqa ko'p puli. Lekin nimaga yana intilyaptilar shu pulni ko'paytirishga? Chunki biz aytayotgan boyagi bo'shliqni ular pul bilan, dunyoni matohi bilan to'ldiraman deyishuvdi. Bu chuqurlik to'lmas edi.

[36:19] Shuning uchun aytiladi, dunyoda jannatni bir ko'rinishi bor. Kim shu jannatga kirmasa, oxiratdagi jannatga kirmiydi. Jannatinglarni hayotidan bir shingil bor. Kim mana shu bir shingil hayotga kirmasa, oxiratdagi jannatga kirmaydi. Qaysi jannatida uddasa, Allohning zikri bo'ladigan majlis. Ilm majlisi. Mana ilm majlisida o'tiribmiz. Kirganimizda kayfiyatlar har xil edi, asablar har xil eddi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy aholi har xil edi. Lekin bilasizmi, ma'ruza tugagandan keyin qarasangiz, hammani qalbi bir xil sakinab topib qoladi. Nimaga desa hozir aytyapmiz? Ogoh bo'ling qalblar allohni zikri bilangina orom oladi.

[37:05] Shuning uchun aytilinadiki, bechora dunyo ahllari, dunyoga kelib ketishdi yu, ammo undagi eng go'zal narsani tortishmadi. Nima edi u? Allohni zikiri, ilm majlisi, ibodat edi. Nimaga konsertlarga boriladi? Nimaga o'yingohlarga, nimaga ko'ngil yozar joylarga odamlar to'p to'p bo'lib boradi? Nimaga?

[37:30] Yana konsertlari to'li yotibdi. Haligi yolg'on gapiradigan, fahshni gapiradigan, fisq fujur gapiradigan, masxaravozlarni atlari ham ko'payib ketgan, manaqa guruhi, manaqa jamoasi. Minglagan odamlar kelib tomosha qilib o'tiradi o'sha yerda. Konsertlarga boradi, shoular bo'ladi, haligi spetsifiklarni qarasangiz haligi nimaga boradi shu konsertlarga?

[37:54] Bir o'ylab ko'rganmisizlar? Falon jamoani deydi, konsertini ko'rib keldim deb faxrlanyapti. Nimaga konsertlarga boriladi? Nimaga o'yingohlarga, nimaga ko'ngil yozar joylarga odamlar to'p to'p bo'lib boradi? Nima uchun jamlanishadi u yerda? Nimani istaydi ular u yerdan? U yerda nima bor? Qo'shiq bor, raqqosalar bor, taomlar bor. O'zlarini saodatini shu narsalarda totishda, shu yerda bo'lishida deb biladi. O'sha yerga kelsa, qalbi taskin topganday bo'ladi. Mushkullarni unutganday bo'lad. Xo'p, konsert tugagandan keyinchi?

[38:36] Biroz taskin topganga o'xshaydi. Lekin haqiqatan taskin topadimi? Bular qayerga borib qalbi taskin topishish mumkinligini bilmaydi bular. Bular maqsadni, niyatni noto'g'ri qilgan u. Agar mana shu odamlar Alloh Taologa iqbol qilishganida, haqiqiy saodatni his qilgan bo'lishar edi va bu saodat vaqtinchalik bo'lmas edi, abadul abad sakinat edi bu. Boy bo'lganingizda ham zo'r edingiz, kambag'al bo'lganingzda ham zo'rsiz, kasal bo'lganda ham Alhamdulillah, sog' bo'lganda hammallohga hamdlar bo'lsin. Abadiy sakinat, abadiy xotirjamli birodarlar, Allohni shariatida, Allohni dinida bo'ladi.

[39:13] Shuning uchun Alloh Taoloni tanigan mo'min hech qachon baxtsiz bo'lmaydi. Chunki kim bilan muomala qiladi u? Yagona bo'lgan, tengsiz bo'lgan, kuch qudrat egasi bo'lgan, go'zal bo'lgan, hamma yaxshiliklar Uni qo'lida bo'lgan Alloh Taolo bilan muomala qiladi. Mo'min kishi Allohni tanib turib, baxtsiz bo'lishi mumkin emas.

[39:39] Mo'min kishi Allohni tanib turib baxtsiz bo'lishi mumkin emas. Allohni tanish bilan baxtsizlik bilan bo'la olmaydi. Xuddi ot bilan suv bilan bo'la olmaganidek. Endi siz mo'min bo'lib turib, ibodatda bo'lib turib halol bo'lib turib o'zingizni baxtsiz his qilayotgan bo'lsangiz, demak siz Allohni tanimaysiz hali. Bu darslarimiz siz bilan bizga Robbimiz azza va jalani tanityapti. Tushunarlimi?

[40:04] Jasadimiz shu yerda bo'lgandek, ruhimiz ham shu yerda bo'lgandek. Bir haftaga zaryad olib ketamiz ey. Bir hafta yuramiz mazza qilib. Boradi, konsertni ko'rib kelib, bir hafta maqtanib yurasiz nastreniyasini. Keyinchi? Keyinchi? Gunoh maqsadga, fash hujjatga guvoh bo'lib kelding. Mo'min odamni qalbi taskin topadigan joy Allohning zikri, ibodati Qur'oni.

[40:30] Lekin qaranglar, qa qarab ketyapmiz. Go'zallikda, sakinada, xotirjamlikda qadr istayapmiz. Demak, Allohni tanigan mo'min hech qachon baxtsiz bo'lmaydi. Allohni tanigan movmin hech qachon vaqtsiz bo'lmadi. Asarlarda keltiriladi. Ya ibn adam ut lyubniy tajidniy. Ida vajatdan i, vajatda kunlashay. Ey odam bolasi, meni izda topasan. Agar meni topsang, hamma narsani topding. Agar meni topmasang, meni yo'qotsang, hech narsani topmading. Shuning uchun qaytarib aytyapmiz, Allohni tanigan mo'min hech qachon baxtsiz bo'lmaydi. O'zimizda shu saodatni his qilmayapmizmi, demak Allohda tanimayapmiz.

[41:16] Inson go'zalligini oshig'i dedik. Chunki Alloh Taolo insonni mana shunday qilib yaratdi. Go'zallikka oshiq. Diqqat qilinglar. Deyarli hamma hammamiz bilgan haqiqat. Inson hayotida bir go'zallikni ko'radi da, shu go'zallikka yetishligini qasd qiladi. Yerni, mana shu dunyoni go'zalliklaridan. Umrini shu narsaga sarf qiladi. Masalan, boylik, mansab, hamma narsada o'ylaydi. Hamma narsa shu boylik bilan mansab. Umrini borini sarflaydi. Hamma imkoniyatini sarf qiladi. Erishganidan keyin shu boylikka yoki mansabga. O'zi uchun bir achchiq haqiqatni kashf qiladi.

[41:57] Bu boylik bilan mansab bor yo'g'i bir narsa ekan. Hamma narsa emas ekan. Bu boylik bilgan mansab bor yo'g'i bir narsa ekan! Endi dunyodan chiqib ketayotganda, shu boylik bilan mansaf hech narsa emasligini tushunadi. Inson bolasi bir go'zal ayolga yetishlikka intiladi. Mana shu go'zal ayolda yetishlikni dunyodagi eng asosiy narsa, hamma narsa deb biladi shuni. Umrini sarf qilish u ayolga yetishganidan keyin, o'zi uchun achchiq haqiqatni kashf qiladi. Ayol hamma narsa emas ekan. Bor yo'g'i bitta narsa ekan. Ammo dunyodan chiqib ketayotganda, bu ayol hech narsa emasligini tushunadi.

[42:43] Bu dunyoda insonni qalbiga doimiy xotirjamlikni, doimiy saodatni olib keladigan hech narsa yo'q. Chunki dunyo o'zi vaqtinchada qaranglar. Ko'ring, ko'zingizga chiroyli ko'ringan bir imoratni sotib oldingiz. O'tdek ko'rinardi, go'zallikda bir ramzi. Bir oy, ikki oy quvonib yashaysiz. Keyin oddiy bo'lib qoladimi uy? Yangi chiqqan modeldagi mashinani bir narsa qilib harakat qilib olasiz. Uch oy, to'rt oy mingandan keyin nima bo'ladi? Undan ham zerikasizmi?

[43:13] Inson zotini qalbi to'ymasligini bilgan, inson zoti go'zallikka intiluvchi ekanligini bilgan kompaniyalar mana shu nozik joyimizdan juda chiroyli foydalanadi. To'g'rimi? Reystalinng versiyasi mashinani deydi. O'zi avval chiqayotgan mashina edi, shunday nikl qo'shib qo'yadi, stopini boshqacha qilib qo'yadi da, bakovoyni boshqacha qib qo'yadi. Bo'ldi, reystalinng.

[43:37] Undan ham zerikasizmi? Inson go'zallikka oshiq bo'ladi. Go'zallikka to'ymaydi. Lekin Allohga oshiq bo'ladigan bo'lsa, Alloh Taoloning jamoliga oshiq bo'layotgan bo'lsa, bundan zerikmaydi. Siz dunyo maydonida katta muvaffaqiyatga, yutuqqa erishgan kishilarda hayotiga qarasangiz, hayotidan zerikkanligini ko'rasiz.

[44:03] Nimaga desangiz, intiladigan maqsadi qolmadi. Dunyoni hamma xayriyatlariga erishib bo'ldi. Katta katta yutuqlari ham ular uchun nima bo'lib qoldi? Oddiy narsa bo'lib qolda. Zerikadi hayotidan. Zerikish bor hayotidan. Shuning uchun mo'min banda Allohni go'zalligiga, Allohni jamoliga oshiq bo'ladi da va bu dunyoda u maqsadiga yeta olmaydi.

[44:29] Tushunarlimi? Yetolmaysiz u maqsadga, chunki inson omonatini topshirmay turib, o'lmasdan turib, jannatga kirmas turib, Allohni ko'ra olmaydi. Shuning uchun umrini oxirigacha uni hayotini bo'ladi, zerikishli bo'lmaydi unda. Hayoti, bizni tilda aytgandek, yigitlarni hayoti doim intilish bilan bo'ladi. Hayoti hamisha bahor bo'ladi. Chunki hamma imkoniyatini ishga solganda ham Allohni jamoliga bu dunyoda yeta olmaydi. Maqsad doim turadi oldida. A mahallada chempion bo'ldingiz, chempion. Rayonda chempion bo'ldingiz, oblastda chempion, chempion mir bo'ldingiz mana aylanib kelsin, mana oxiri. Keyinchi? Keyin nima qoladi? Dunyoni go'zalligi intilgan, unga yetgan odamlar albatta zerikadi undan. Chunki bu dunyoni go'ozalligi insonni qalbiga xotirjamlikni bermaydi.

[45:19] Shomlik ulamolardan biri to'qsondan o'tdi. Qaddi qomati o'rnida. Tishlari quloq, hamma a'zolari ishlaydi. So'rashdi, qanaqa qilib erishdingiz bu narsaga? Aytdiki, bu a'zolarni Alloh Taolo bizga omonat qilib bergan edi. Olloga oshuv bo'lgan bo'lmanda, bu omonatlarni, xoram xarashlarni ehtiyot qiluvdi, yoshligini ehtiyot qilib qiluvdi, qariganida Alloh Taolo ular uchun ehtiyot qabul qilib berdi. Shuning uchun aytilinadi, men aasha taqiyan, aasha qoviyan. Kim taqvodor bo'lib yashasa, kuchli bo'lib yashaydi.

[45:55] Jismonan ham kuchli bo'ladi. Ruhan ham kuchli bo'lladi. Ancha muncha mushkulalarda kelganda boshiga sinib qolmaydi. Ruh shunchunikiga tushib ketmaydi. Chunki meni aysha taqiyin, aysha qoviyin. Taqvodor bo'lib yashagan odam, albatta quvvatli bo'lib yashaydi. Nima uchun musulmon kishining uyi, kiyimi, mashinasi, uy joy go'zal bo'lmasligi kerak? Biz go'zal degandachi, albatta dabdabani, hashamatni, isrofni nazarda tutayotganimiz yo'q. Sodda bo'lib turib chiroyli bo'lishi mumkin. Oddiy bo'lib turib pokiza bo'lishi mumkin. Tartibli bo'lishi mumkin. O'ziga yarashgan kiyim bo'lishi mumkin, rangi rangga to'g'ri kelgan kiyim bo'lishi mumkin. Albatta yangi degani emas, albatta qimmat yangisi degani emas bir odamlar. Innalloha jamilun yuhayb buljamal. Albatta Alloh go'zal zot, go'zallikni yaxshi ko'radi.

[46:46] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sahobalari bilan Madinaga qaytib kelar ekanlar, safarlarni birida aytadilar. Abu Dardor roziyallohu anhudan innakum qodimuna alayhvonikum. Albatta sizlar o'zingizda birodarlaringizni oldiga kelyapsizlar. Faslihu rehalakum valibasakum. Kiyimingizda, ulovingizda isloh qilib chiroyli qilib olinglar. Hatta takunufinnasi kannakum sha'mmatun.

[47:14] Odamlarni yuzidagi holdek ajralib turadigan bo'linglar. Biz kiyimimizni toza qilayotgandagi maqsadimiz mana shu. Odamlarni yuldidagi holdek namuna bo'lib ajralib turishlik maqsadimiz. Undan maqsadimiz Alloh Subhanallohu atavloni roziligi. Mashinangizni toza tutayotganingizda niyatni yangilab qo'ying. Alloh yaxshi ko'radi chiroyli bo'lganda, pokiza bo'lganda. Oyoq kiyimingizni shang'illatayotganda niyatni yangillab qo'ying, Alloh pokizani yaxshi ko'radi, go'zalni yaxshi ko'rada. Har kuni kiyiminglar kiyiminglarni yuvadi, har kuni dazmollaydi. Chiroyli qilib chiqaradi uydagilar sizlarni. Nima maqsadda?

[47:51] Tushunarlimi birodarlar? Bizni ustimiz chiroyli bo'lishligi, ustimizdagi birodar, bu xohishimizdagi ish emas bu. Bizdan shariat talab qilayotgan ish bu. Tashqi ko'rishimizni chiroyli qila olib yuraylik. Chiroyli qila olar yuraylik. Bu kishi pokiza bo'ladi, didli bo'ladi, nozik tabiatli bo'ladi. Mana shu narsa odamlarni unga qarab iqbol qilishiga sabab bo'ladi. Agar buni teskarisi bo'lsa chi, farosat yo'q bo'lsa, yurish to'shi iflos bo'lsa, tartib bo'lmasa hayotida, bu narsa odamlorni undan bezdiradi, qochishiga sabab bo'lladi. Shuning uchun qaranglarda.

[48:24] Dunyoda yurgan dunyo ahillari bu narsani yaxshi biladi. O'shaning uchun do'koniga kirsangiz, gard yuqmaydi do'konida. Hamma polkalari o'ng o'ngida terilgan. Muomalasi chiroyli, xonasini chiroyli artib qo'ygan. Keling taqsirlikni, qo'lingizga kofe tutadi. Shu go'zallik, shu chiroyli muomala, go'zal so'zlar sizni nima qiladi shu do'konga?

[48:47] Qarang, dinni bilmagan, ammo insonni boyagi tabiatini bilgan dunyo ahllari mana shunaqa qilib odamlarni nima qilyapti? O'ziga jalb qilyapti. Mana shu hadis birodarlar, innalloha jamilun yo habbuljamal bizni hayotimizni shiori bo'lishi. Nimaga masjidlarimiz chiroyli bo'lishi kerak emas? Nimaga ko'chalarimiz chiroyli bo'tishi kerak emas? Nega uylarimiz go'zal bo'tishi kerak mas? Alloh taolo aytadi, huva anshi'a kun fiiha, vosita' umar kun fiiha. U zot sizlarni yerdan paydo qilib, unga joylashtirdi. Modomiki shu yer bizni vatanimiz ekanmi? Ellik yil, oltmish yil, yetmish yil. Shu uyda o'ttiz qirq yil yashaymiz ekanmi? Uylarimizni go'zal qilib chiroyli tutishligimiz, birodarlar, shariatni talabi.

[49:31] Dinni tushunmagan, dinni, ruhini tushunmagan ayrim, soxta taqvodorlar, agar g'arblilarni ko'chalaridagi go'zalligini, ekilgan gullarni, pokizaligini maqtab gapirsang, ha, ularga dunyoni berib qo'ygan. Bizga oxiratni bergan deydi. Bu kaltafahmlikdan boshqa narsa emas. Kim aytdi musulmon odam go'zal bo'lmasligi kerak, bor borlig'i? Uyi joyi kiyimi mashinasi.

[49:57] Ha ularda dunyosini bergan bizga. Ha, seniki ham chiroyli bo'laversin. Kim aytdi islomda pokizalik, go'zallikka e'tibor yo'q deb? Inna alloha jamilun yuhayt bul jamalun. Albatta Alloh Taolo go'zal zot, go'zallikni yaxshi ko'radi. Birodarlar, go'zalligi nima desa, birinchi navbatda biz uchun ukalar, tushuninglar, odob.

[50:19] Odob. Eng birinchi go'zallik odob. Keyin tashqi ko'rinishimiz, keyin shakldagi go'zalligimiz. Chiroyli odob, chiroyli sabr, chiroyli bir tasarrufatlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ozon achishlik tarixiga murojaat qilsak, sahobalarga odamlarni masjidga chaqirish uchun nima qilamiz? Maslahat bo'lganida bir qo'ng'iroq chalaylik dedi, bir o't yoqaylik dedi. Xullas qo'ng'iroshni oladigan bo'lishdi. Menga qo'ng'iriq topib kelinglar dedilar Rasululloh. Shunda Abdullohni Zayd Ansoriyni tushida bir kishi keldi da, ozonni o'rgatdi. Turib rasulullohga xabarini berganida, rasululloh xursand bo'ldilar da, borib, bilolga o'rgating sizga o'rgatilgan so'zlarni. Chunki uni ovozi sizgidan chiroyliroq dedilar. Mana. Ozon aytayotgan odamni ovozi chiroyli bo'lishligi shariatimizni talabi ekan. Sizdan ko'ra zo'rroq qur'on o'qiydigan odam turibdimi, o'sha o'qisin, siz o'qimang. Sizdan zo'rroq ishni qiladigan odam turibdimmi chiroyli qiladigan? O'sha qilsin. Siz bu yoqda turib turing, chunki u go'zalroq qiladi. Qarang. Hatto aytayotgan so'zimiz go'zal bo'lsin. Umariddin xattob roziyallohu anhu o't yoqib turgan bir jamoatni oldidan o'tdi da, assalomu alaykum, yo ahli nor. Ey. O't egalari, sizlarga salom bo'lsin demadilar. Assalomu alaykum, ey yorug'lik egalari dedilar. Yorug'lik ham o'tdan bitta edi o'zi.

[51:35] Lekin ahlun nor desa, xuddi jahannam egalaridaqa bo'lib qolamidi? Umarov qattop roziyallohu anhuni oldiga bir ayol eridan shikoyat qilib keldi. Nima shikoyatingiz bor dedi? Kunduzlari ro'zador, tunlari bedor dedi. Nima degani bu? Fahmni ko'ryapsizlarmi ayollarda, o'sha sahobiy ayoldagi.

[51:58] Kunduzlari ro'zador tunlari bedor dedi. Umarun xattob ko'p ham e'tibor qilmadi shekilli? Ha, zo'r ekan u mening. Ne marojul deb qo'ydi. Shu yerda umarun xattopni oldida turgan usmonov navfon yoki alibn abit olim deyiladi. Ey amirul mo'minin, eridan ishga oyot qilyapti bu ayol dedi. Ha tushungan bo'lsa, siz hukm qiling degandi. Nima dedi? Erini chaqirib turib, uch kun qiyomillab qilasan, bir kun ayoling bilan yotasan dedi. Chunki agar to'rtta xotini bo'lsa, uch kundan keyin o'sha yerga kelamidi? Qarang, erim menga qaramay qo'ydi, to'shagimdan xabar olmay qo'ydi demayapti, desa haqiqatida. Ammo shu so'zlarni ishlatishdagi go'zallikni qarang. So'zdagi go'zalligini qarang. Biz qachon o'rganamiz shu narsani?

[52:42] Deb, go'zallikka bo'lgan oshiqlik, fahm farosat, musulmon odam shunday bo'lishligi kerak. Inna alloha jamilun, yuhayb buljamal. Albatta Alloh Taolo go'zal Zotdir, go'zalligini yaxshi ko'radi. Alloh azza va jallab barchalarimizni odobimizni, qalbimizni, shaklimizni, liboslarimizni, fe'llarimizni, so'zlarimizni, uylarimizni, do'konlarimizni, ko'chalarimizni go'zal qilishlikka o'zi tavfiq bergan bo'lsin. Chunki go'zallik dinimizning talabi manda o'zini borlig'ini go'zal qilishga harakat qilar ekan, Al Javil bo'lgan robbisiga yaqinlashib boradi.

[53:20] Aqlu hovli har davo
