Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan alamin. Vala aqibatu li quddoqun vassolatu vassalatu vassalamu ala sanghidina muhammadin va ala alixiy va asfabih ajma'in. Imma bar. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Inshaalloh mana bugundan boshlab, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tilidan zikr qilingan o'ttizta qissani boshlaymiz. Bu Rasululloh sollallohning hadislarida aytilingan o'ttizta qissa, barcha sahif bo'lgan hadislar. Bu hadislarni ichida ixlos haqida aytilingan qissalar, omonatdorlik haqida, tavba haqida, xayriya ehson sada haqida. O'ttiz xil mavzudagi qissaki, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalariga bu qissalarni aytib berganlar. Bismillahir rohmanir rohim. G'or egasi bo'lgan uch kishining qissasi.
Bu hadis Imom bu'rning sahih, Imomi Buxoriyning sahihlaridan keltiriladi. Abdulloh ibn umar ibn xattob roziyalloh ham huqum oladi. Alloh rozi bo'lsin u kishilardan. Abdulloh ibn Umar aytadilar, men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman. Rasululloh hikoya qiladilar. Sizlardan avvalgi ummat kishilarining ichida uchtasi yo'lga tushdi. Qola nabi sollallohu alayhi vasallam, intalaqa salatatu rohdin minman ka'na qoblakum xatta a'u ma'l al mabid ila g'orin fada haluhu fan hadorat sohratu minal jabal va soddat alayhimul g'or.
Sizlardan avvalgi ummat kishilaridan uchtasi yo'lga tushdilar. Tunashlik uchun bir g'orga kirishdi. Tog'ning ustidan bir tosh qimillab tushdi da, g'orning og'zini to'sib qo'ydi. Uch kishi g'orning ichida qolib ketishdi. Faqolo, inna hula yunjiyqum min hadixi sohrati illa an tadulloha bi solihiy amalikum.
Ular bir birlariga qarab, sizlarni bu toshdan qilgan solih amallaringizni o'rtaga qo'yib, alloh azza va jallaga duo qilishingizdan boshqa narsa qutqarmaydi. Savobli amalinglarni eslanglar, Alloh uchun qilgan bo'lsanglar, shuni o'rtaga qoyib, Alloh'dan duo qilib so'ranglar, shundan boshqa narsasi sizlarni qutqarmaydir. Haqiqatan Alloh'dan boshqaga yig'laydigan holat emas. Alloh'dan boshgadan umid yo'q. Biror inson ularni kelganini bilmaydi, biror inson ularga yordamga kelmaydi.
Faqol rojina minhum Allohuma, kanali abavva, shayxon kabirov, va kun'tula abiqu qoblahumma ahlam, vala ma'la. Ulardan biri Alloh uchun xolis qilgan ishini eslab aytadi: meni yoshi ulug' ota onam bor edi. Men ularga kechki taomni bermasimdan avval na oilam, farzandlarimga ham bermas edim, na hayvonlarim, chorvarlarimga ham qaramas edim. Ya'ni shunday bir ota onasiga beriluv oiladagida bir chiroyli bo'lib turgan kishi shu ishini aytib beryapti. Ota onamni qornini to'g'izmay turib, bola chaqamga ham qaramas dedim, hayvonlarimga ham qaramas edim. Kunlarni birida bir narsani talabida yurib, kech qoldim. Ular uxlab qolganlarida keldim. Kelib, ana shu hayvonini sog'ib, sutni olib, ota onasini oldiga olib keldim. U kishi aytadi ularga, mana shu sutni berishlikdan avval oila a'zolarimga taom berishlikni xohlamadim. Qo'limda idishim bilan, qo'limdagi sut bilan ularni uyg'onishini kutdim. Tong otgunga qadar. Tong otdim.
Ular uyg'onishdi, ishdi. Endi mana shu odam duo qilyapti. Parvardigor, agar men bu amalni sening roziliging uchun qilgan bo'lsam, bas bu toshdan bizga yetgan narsani ko'targin, yengit qilgin dedi. Alloh Taolo bu kishining duosini ijobat qildi. Tosh bir oz jildi, ammo chiqib ketisha olmaydi. So'ngra ikkinchi sayt. Qola Nabiy sollallohu alayhi vasallam va qolil ahor: Allohumma kanatli bintu amin. Kanat ahabbu nasi ilayyi. Payg'ambarimiz davom etib aytadilar, ana shu g'ordagi uch kishini ikkinchisi gapirdi. Meni amakimning bir qizi bor edi. U men uchun odamlarning eng sevimlisi edi. Juda yaxshi ko'rar ekan qattiq. U bilan yolg'iz qolishni xohlar edim. U esa bosh tortar edi. Mana shunday holda yillar o'tdi. Kunlarda birida u ana shu qiz meni oldimga keldi. Menga o'zidan imkon berishi uchun unga yuz yigirma dinor oltin berdim. Yuz yigirina dinor oltin derdim, menga o'zida imkon berishi uchu. U rozi bo'ldi.
Pulni berdi, u rozi bo'ladi. Uning ustida, unga qodir bo'lgan vaqtimda u menga qarab, uzukni haqqini ado qilmaguningcha senga halol bo'lmayman dedi. Ya'ni Alloh'dan qo'rqin dedi. Nikohlanmaguningcha halol bo'lmayman men senga dedi. Unga qodir bo'lib turgan holimda, men uchun u eng suyutli kishi bo'lib turganholimda, uni tark qildim, uzoqlashdim.
Unga bergan oltinlarni tark qildim. Parvardigor, agar bu ishni, bu amalni sening roziliging uchun qilgan bo'lsam, bas bu toshdan bizga yetgan narsani ko'targin, yengil qilgin dedi. Tosh yana bir oz surildi, ochildi, ammo chiqib ketishlik imkoniyati yo'q. E'tibor bering, ikkalasi qilgan savobli amalini xolis Alloh uchun qilgandagini isbotini Alloh'dan so'rab, xolis qilgan bo'lsa, toshni jildirib rejimda o'tdi, xolis qilishgan ekan. Tosh surildi.
Holi Nabiyning sollallohu alayhi vasallam va qolasi ta'lifi. Allohimma inniy ista ijodtu u jaroh. Fa atoy tug'un ajrohim. G'oyir rojilin vahidin tarakalladiy lahu. Ularning uchun shunday edi. Men ishchilarni yollab ishlatar edim. Ishlarni bitirgandan keyin xizmat haqlarini berar edim. Faqat bir kishi ishlab pulini olmasdan ketdi.
Men uni haqqini tijoratga kirgizdim, aylantirib ko'paytirdim. Ya'ni qolib ketgan omonat pulni tashlab qo'ymasdan bir chekkaga, ishlatib olmasdan, tijoratiga aralashtirdi da. Bir qancha vaqt o'tgandan keyin bu ozgina xizmat haqqi katta bir dunyo, katta bir boylikka aylandi. Bir qancha vaqt o'tdi, haligi ishlab haqqini olmay ketgan odam boyagi kishini oldiga kelib, ey Abdulloh, meni haqqimni ber dedi. Men unga sen ko'rib turgan mana bu tuyalar, sigirlar, qo'ylar va qo'llar seniki dedim.
U, ey Abdulloh, meni masala qilma dedi. Men masala qilayotganim yo'q dedim. Bas u ularning hammasini olib, ulardan biror narsani qoldirmasdan haydab ketdi. Endi shuncha odam mana shu amalani o'rtaga qo'yib Alloh'dan so'rayapti. Parvardigor, agar men bu amalni Sening roziliging uchun qilgan bo'lsam, bas bu toshdan bizga yetgan narsani ko'targin, yengil qilgin deb duo qildi. Tosh yana surildi, chiqib ketishlik imkon bo'ldi, uchchalasi chiqib ketdi. Mana bugun Ramazonda birinchi kechasida o'tiribmiz. Mana shu tarovihga kelishligimiz, mana shu qiyomullarlarda turishligimiz, xatmi Qur'onlarga quloq solishligimizdan maqsad nima ekanligi, nima bo'lishi kerakligini tushunib olaylik.
Uchala odam Alloh uchun qilganida, Alloh uchun qurilgan xolis amali nafaqat oxiratda mukofotini berdi, balki dunyoda ham samarasini ko'rdi. Shuning uchun Allohni roziligiga ko'zlab qilingan har bitta ish insonni ikki dunyoda saodatga tegadi. Oddiy misol, zakot berasiz, Allohni roziligi uchun molingiz omonda barakat bo'ladi. Ichidagi aralashib qolgan harom g'alash bo'lsa tozalanib ketadi. Ro'za tutasiz Alloh uchun, salomat yurasiz va boshqa shunga o'xshagan amallar. Mana endi hadisdan olinadigan xulosalar.
Alloh taoloni yengil kunimizda ko'proq eslasak, alloh taoloni y engil, qulay, farovon kunlarimizda eslasak, allohni azza va jala siz bilan bizni qiynalgan kunlarimizda eslaydi. Mana. Mana misol, uchalasi yengil, farovon, zo'r bo'lgan kunlarida Allohni hukmidan chiqmovdi, Allohni itoatida turuvdi, bularga yordam kerak bo'lganda, bular juda bir muhtoj bo'lgan paytda Alloh Taoloning nusratiga, Alloh yordam berdi.
Muso alayhissalom olti yuz ming yahudiyni Misrdan olib chiqib ketib dengizga borib taqalganda, Fir'avn ko'rindi. Hamma aytdi. Muso bilan bo'lgan hamma odam innay la mudrakun. Bo'ldi, yetib kelishdi. Bo'ldi yetib kelishdi, qirilib ketamiz degan edi kalla dedi. Inna robbiy may sayyahdin. Yo'q. Robbim men bilan dedi. Albatta yo'l ko'rsatadi dedi. Alloh nima dedi? Asoangiz bilan dengizni uring dedi. Dengizga urdi, dengiz yorildi. Ular kutmagan joydan Alloh Taolo yengillik berdi. Birodarlar, yengil, sog'lom, cho'ntagimiz yaxshi bo'lib turgan, salomatchiligimiz zo'r bo'lib turgan tinch paytimizda. Allohni esdan chiqarmaylik da.
Alloh bizni qiynalgan kunimizni esdan chiqadi. Mana dalili. Uchalasini Alloh Taolo qiynalgan holatda tashlab qo'ygani yo'q. Ikkinchidan, ota onaga yaxshilik qilishlik, ulug' ibodat. Zanotan tegishlik, ulug'd ibodat. Omonatni egasiga berishlik, ulug't ibodat. Shunga o'xshagan ibodatlarni qilib, Alloh Taologa duo qilishlik joizligi shundan ma'lum bo'ladi.
Savobli ishni qilib turib, orqasidan Allohda bir mukofot so'rashlik mumkin ekan. Gunoh ma'siyat qilib turib unga baxt tilash, yiriklik tilash emas. Harom xarash o'shancha, erkak ayollar xashak, yalang'och o'shancha, yana hali yangi qurilayotgan oilaga baxt tilab qo'yishadi. Bu yangi kema, hayot dengiziga tushiryapmiz, yangi oilani kemaga o'xshatamiz deyapti. O'zi kemani tagidan shunday teshib turib tushiryapti. Bu hech qachon bo'ladi tilagi tilay bo'lmaydi.
Har safar aytaman, hozir ham aytib qo'yaman. Ikki yuz so'm bersam bo'ladimi domlaga deydi. Qayerda? Qayerda? Ko'p aytaman bu gapni, yana aytaman. Ikki yuz so'm bersam bo'lmaydimi domlaga deyman. Birodar, bitta limuzinga berganingizni yaminib bersangiz bo'ladi. Shuncha beradim domlaga?
Yo'q, domlomga arzimaydi. O'zi domla kelmasa to'ying to'ymas edi. Asosiy ishni kim qiladi da? Ikkita xoram odamni bir biriga halol qiladigan kim edi? Menimcha shuning uchun betini qo'rqitib tashlayman. Shu ikki insonni nikoh bo'layotgani uchun ko'p ajrashib ketyaptimi deyman da. Endi bu sizlarda bir kuldirish uchun aytdim. Domla pul olmasa nikoh qilib qo'ysa bola o'radi. Faqat qavmni ana shu yoshlarni, domlalarga bo'lgan munosabatini ko'rib qo'ying. Uyini shaytonga, fahshga, manseetga to'ldiradiganlarga aytganini beradi. Domla jonivor kutib turadi bir soat.
Domla turib turing hozir deydi. Haligi ishdan sizlar qilgin qilgin qilib bir birini ajratadi puling, ungacha domla kutib turadi. Ikki yuz so'm bersa bo'ladimi nomiga? Uchinchidan, inson yaxshi odamlar bilan hamsuhbat bo'lsa, doim yaxshilikka yo'lashadi. Yoningizdagi ulfatlaringiz yaxshi bo'lsa, boshingizga qiyin kun kelganda Allohga ishora qilishadi, Allohga yig'la deydi.
Qiynalgan paytingizda Allohni eslatadi, Allohga yeg'la deydi. Mana, bu uchala kishi yaxshi inson, solih bandalarida musibatga tushib qolgan payti nima deyishdi? Endi birorta bir qilgan savob amaliyotlar bo'lsa, shuni o'rtaga qo'yib, Allohga duo qilishlikdan boshqa chora yo'q dedi. Kimga telefon qilsa ekin demayapti. Nima qilsa ekin, demayapti. Kimni eslatishyapti bir biriga? Boshiga musibat tushganda, dindor odam, musulmon odam, odamlarga faqat Allohni, Allohga tavakkal qiling da, Allohga duo qiling da, Allohni o'zi biladi qanaqa qilib hal qilishlikni deydi. Ibrohim alayhissalomni o'tga qirg'ichganida kuydirish kerak bo'lgan o't Ibrohim alayhi assalomni kuydirmadi. Chunki gibrid kelib, alaka haja Ibrohim uchib ketyapti havoda, o'tga tushgani. E Ibrohim, menga hojatingiz bormi desa, sizgami deyapti. Sizgami? Gibrid de, gibrid birodarim bor. Sizga hojatim yo'q. Ammo parvardiganimga ehtiyojim, ehtiyojim bor. Ammo robbimga aytishlikda hojati yo'q dedi.
Kunna ya naru kuni bardam vassalam ala Ibrohim. Biz aytdik deydi Alloh. E o't, ibrohimga sovuq va salomat bo'l. Demak, yaxshi odamlar bilan hamroh bo'lsak, yaxshiodamlar bilan birga bo'lsak, biz faqat yaxshilikka qarab yetaylik. To'rtinchidan, ota onaga qilingan yaxshilik, ukalar, xotin bola chaqaga qilgan yaxshilikdan ko'ra sog' bo'luv bo'ladi. Chunki xotin bola cha'qa yoningizda, siz bilan, ota ona g'animat. Ketgandan keyin oh voh qilib, yil qilib, ehson qilishlikdan ko'ra, bu orada, bu orada bitta telefon bilan xursand qilib qo'yish kerak. Qo'ng'iroq cholib. Borida ikkita non bilan, qo'rg'u borib bo'lsa ham yaxshi o'tiribsizmi deb ziyorat qilishlik bo'ladi, rozi qilishlik kerak.
Xotin bola chexar qilgan, ajr. Qilgan murojaatimizdan topgan savobdan ko'ra, ota onaga qilingan savobdan ajra ulug'ligi. Beshinchidan. Agar amal xolis Alloh uchun bo'lgan bo'lsa, faqat shundagina qabul qilinadi. Har qancha amal katta bo'lmasin, agar Alloh uchun bo'lmasa, boshqa narsalar ham aralashib qolsa miyyatga, bu amal qabul bo'lmaydi. Yettinchi, oltinchidan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, kim Alloh uchun bir narsani tark qilsa, Alloh unga undan ko'ra yaxshiroq narsani beradi. Boyagi yigit yuz yigirma dinar oltinni berib turib, Alloh uchun tark qildi zinoni. Alloh Taolo undan ko'ra kattaroq xayriyatni berdi, boyagi musibatdan qutqardi. Yettinchidan, omonatni ado qilishlikni savobi shunday ulug' bo'ladi. Alloh Taolo mana shu qilgan kishining, mana shu kishining qilgan duosi tufayli toshni jildirdi. Alloh Surur xonah va Taolo qilayotgan ishlarimizda yolg'iz Alloh azza va jallani yuzini qasd qilib amal qilishligimizga tavfiq bergan bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.