Maviza
—Qoralama48 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
48:08
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir ro'bilalamin. Assolatu vassalama ala Muhammadin va ala aliyhi va ashabih ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanah va taolo Odam alayhissalomni juma kunida yaratdi. Juma kunida jannatga kirgizdi. Juma kuni jannatdan chiqardi. Va qiyomat kuni ham juma kunida sodir bo'ladi. Alloh taolo taqdir qilgan kunda, juma kuni kelgan paytda, Alloh taolo taqdir qilgan juma kuniga kelgan paytda Isrofil alayhissalomga og'ziga surni tutib, ko'zini arshga qaratib, diqqat qilib quloq solib turgan Isrofil alayhi assalomga Alloh taolo ana shu surga naf xorushlik deb yuradi. Astaydu billah. Va nufixofi suriy fasoyi qaman fissamavati va man fil ardi illa man sha Alloh, simma nufixofi hiy u xirofa ilahum qiyamun ya nurun. Sur chalindi yu, osmonlar va yerdagi bor jonzot o'ldi. Mag'ar Alloh xohlagan zotlargina tirik qoldilar. So'ngra u ikkinchi bor chalindi da, banogoh ular, ya'ni barcha haloyiq qayta tirildi. Qabrlaridan turib, Allohning amriga ko'z tutdi. Ya'ni osmon, yer o'rtasidagi hamma uladi faqat Alloh xohlaganlar tirik qoladi. Kimlar?

Ulamolar aytadi, bu ulug' farishtalar deydi ba'zilari. Ba'zilari jannatdagi xo'rlar va abadiy g'ilmonlar. Qolgan hamma maxluqotlar vafot qiladi. Na yanziruna illa soihatan va hidatan ta'huduhun vahum yaxshimun. Falay yastatiyununi tavsiya'tan vala ila ahlihim erjirun. Ular faqat birgina dahshatli qichiriqni kutmoqdalar xolos. U ularni janjallashib turgan hollarida olib ketar, ya'ni halok qilar. Bas ular na biron vasiyat qilishga va na uylarga qaytishga qodir bo'lurlar. Bozorlarda, guzarlarda tolashib, savdo sotiq qilib, birini ikkinchisi haqqini yeb, dunyo bilan shunday bir ovora bo'lib turgan insonlarni yomonlarini ustiga qiyomat qoyin bo'ladi. Na vasiyat qilishga ulgiydi ular, na uyiga qaytib borishlikka ulgiydi uilar. Bu ovoz to'satdan keladi. Hech kim hech narsa qilishga ulguymay qoladi. Avvaliga bu ovoz sekinlik bilan boshlanadi. Keyin ko'tarilib bo'ladi, keyin ko'tarib boradi, butun koinotdagi mahluqotlarni halok qiladi. Uni avvaliga bitta odam eshitadi. U odam uyini devorlarini tuzatayotgan, devorni ustida ish qilayotgan odam bo'ladi. Birinchi bo'lib shu eshitadi, birinchi bo'li yiqilgan, qiyomatda surunni ovozini eshitib bo'lgan kishi mana shu devorni ustida turgan kishi bo'ladi.

Keyin ovoz ko'tariladi, ko'tariladi. Butun koinot halok bo'ladi. Nabiy sulton aytadilar, qiyomat ikki kishi bir ko'ylakni savdolashib turganlarda qoyin bo'ladi. Ular hali savdolarni tugatib ham yoki bir biridan ajramagan bo'ladi. Savdosini ustida qiyomat bo'ladi. Bir kishi o'zini hayvonini sutini sog'ib, olib kelib ichishlikka ulgurmasdan qiyomat qoyim bo'ladi.bir kishi devorini tuzatib, uni pardozlab, ustiga suv quymay turib qiyomat bo'lsin. Bir kishi tayyorlagan taomini olib, og'ziga solmay turib qiyom bo'ladi. Ya'ni ovqatni pishirib kelib, olib yeyishlikkacha, luqmani tovoqdan olib og'ziga solishlikkacha qancha vaqt o'tadi? Mana shunday qisqa muddatda qichqirib tutadi, hammasi birdaniga halok bo'ladi. Avvaliga sekin sekin boshlanadi ovoz, keyin birdaniga ko'tarilib ketadi. Shunda buyuk bir ajoyib ishlar sodir bo'ladi. Alay yabunni ula, ikki annaxun, mabavfun, liya min avin, ya ma yaquminna asulirob bila alamin. Ular o'zlarining ulug' bir kunda, barcha odamlar butun olamlar parvardigori huzurida tik turib, hisob kitob beradigan qiyomat kunida, qayta tirilguvchi ekanliklarini o'ylamaydilarmi? Birodalar, biroda haqqini yekkan da, namozga beparvo bo'lar ekan da, ibodatdan beparvo bo'la ekkan da, o'lib, allohni oldida turishlik, esidan chiqib boryaptimi odamlardan?

Mo'min odamni boshqalardan farqi shundaki, g'aybga iymon keltiradi. Ya'ni o'lganimdan keyin javob berishim kerak deydi da, juda ko'p ishlardan o'zini tiydi. Boshqalardan tarqi shunda. Ertaga hisob kitobda borligiga ishonadi u. Inna ha ular i yuhibbonalar ajila, voyazarun avarohim yavman faqihlar. Albatta u kofirlar naq dunyoni suyurlar. Shu dunyoni yaxshi ko'radi ular. Va ortidagi og'ir kunni, qiyomatni esa tark qiluvlar, ya'ni u u kun uchun biror bir amal qilishmaydi. Buguni bilan yashaydi. Ertasiga ular tayyorgarlik ko'rmaydi. Fada alika yamaydin yavmun asir, alal kafiriyni g'oyru yasir. Chunki qachon qiyomat qoyin bo'lgan haqida xabar berib, burg'u chalinganida, ana o'sha kun qiyin kundur, kofirlar uchun oson bo'lmagan kundur. Alloh taolodan qo'rqib, mana shuni kelishiga, kelishiga tayyorgarlik ko'rishligimiz kerak bo'ladi. Birodarlar, bu dunyo hayoti chivinni qonotiga ham arzimaydi. Nabiy Yusuf aslan bilan sahih hadislarda keladi. Rostdan aytadilar, agar bu dunyo deydi, ichidagi hamma narsasi bilan chivinni qonatishalik qadri bo'lganida, Alloh Taolo bu dunyo hayotidan kofirlarga, ya'ni ne'matlaridan bitta qush suv ichganchalik miqdorda ham bermasdi deydi.

Ya'ni bu dunyo siz bilan men o'ylagandaqa zo'r narsa bo'lganida kofirga men bermasdim dedi Alloh Taolo. Lekin qarab tursangiz, dunyoda Alloh kofirga ham, mo'minga ham beryapti. Balki kafillarga ko'proq berib qo'yapti. Arzimaydi bu dunyo fido bo'lishlikka. Ya yuhanna sudtaqu robbakum inna zal zalatasa atishayun avim. Ey insonlar, parvardigoringizdan qo'rqingiz, zero qiyomat soati, qiyomat soati oldidagi zilzila ulug' dahshatli narsadir. Akalar, besh ball bo'libdi deydi. G'ichir g'ichir g'irchib qilib ketsa, vallohu a'lam, hech kimni puli, uyi ko'ziga ko'rinmasa kerak. G'isir g'isir, g'isir qilib kelganda odamni oyog'i ham ishlamay qoladi. U bor yo'g'i bir uch ball, to'rt ballik qimillash bo'ladi. Endi qiyomatni dahshati, qiyomatni zilzilasi, bu oson narsa bo'lmaydi. Alloh Taolo buyuk narsa deb aytyapti. G'achir, g'achir, qachir bo'lib qolgan paytda, nimangizni olasiz?

Pulingizni olasizmi? Nimangizni olasiz? Joningizni olib tashqariga yugurasiz. Kiyimingizga ham qaramaysiz. Ya'ni mana shu yer qimirlash insonni yurganiga qanday bir qo'rquv bag'ishlaydi. Dunyoda o'zi qo'rquvsiz oladi. Lekin qiyomatni dahshati Alloh Taolo aytadi, buyuk narsa deydi. Uni ko'rar kuningizda, ya'ni qiyomat kunida emizayotgan onalar emizib turgan bolasini unutar. Ha, dunyoda ona bolasiga yuguradi, beshigini ko'taradi, beshigini quchoqlaydi. Yer qimirlaganda bolasiga osiladi. Lekin qiyomat shunday dahshatki, emizib turgan bolasini tashlab yuboradi. Barcha homilador ayollar o'z homilasini tashlab borar. Odamlarni mast, alas holda ko'rursiz. Holbuki ular mast emas. Allohning azobi qattiqligidan, qo'rquvni buyukligidan aql kuchlarini yo'qotib qo'yadi odamlar. Valaytaqsabannallohu g'ofilan amma ya'nalu dha'li mun. Dunyoda sizga biroz zulm qilsa, haqqingizni olib kessa. Haqqingizni mundira olmasdan, unga javob bera olmasdan, ishingiz ezilib qoladi. Tuxumat bo'ladi, ig'vo bo'ladi, isbotlay olmaysiz, zulm ko'rasiz. Shunda mo'min odamni nima qalbiga bag'ishlaydi, xotirjamlaydi? Oxirat bor ku deysiz.

Chunki hech kim yo'q sizni talabingizni oladigan. Kimga bormang, siz nohaq bo'lib turaverasiz. Adolat bormi devoradi odamlar? Bor adolat. Lekin adolatni faqat dunyoda bo'lishini kutayotgan odam adashadi. Alloh taolo aytyapti, ey Muhammad, siz hargiz, Alloh zolim kimsalarni qilayotgan amallardan g'ofilda o'lamang. Qanday qilib bir fojir, bir fosiq yoki bir kofir peshonasini yerga qo'yib Subhanalloh bu yoqda a'lo deyotgan, yaxshi ko'rgan bandasini haqqini olib ketsa, Alloh taolo tashlab qo'yadi deysizmi? Hayvonda hayvonman haqqi qolmaydi yu, qiyomat kunida. Qanday qilib men bunda haqqi qilsin birodar? Inna mayyu oxirixun, liya min tashxa sufi hil abusor, muxti ayni muqni ayni ro'v sexim, la yartab dunyilagim tor fuxum va fida tuxum havo. Faqat Alloh ularning jazolarini ko'zlari dahshatdan qotib qoladigan qo'rqinchli qiyomat kuniga qoldirmoqda xolos. Sabr qilib turinglar, olasizlar haqqinglarni. Aksincha, dunyoni yeb ketganiga xafa bo'lish emas, xursand bo'lishi kerak, mo'min. Chunki naryoqda ko'paytirib olaman. Chunki Alloh Taolo qiyomatda bir bandani do'zaxga kirgizib, azoblasa, Allohni haqqini yeganligi uchun azoblaydi. Gunohlarni qilganligi uchung, Alloh Karim, Alloh Karim.

Kechiradi, chiq deydi. Kel jannatga dedi, men kechdim haqqimni. Jannatni eshigini oldiga borganda, lekin mana bu odamlarni senda haqqi bor. Shularni rozi qilib ol. Ana shu kunda asqatadi shu haqlarimiz. Shuning uchun haqqingizni yeb ketgan bo'lsa, usta bo'lsangiz, usta bo'lsa, ishlatib haqqingizni bermagan bo'lsa, arzimagan bahonani topib, yoki bermasdan cho'zib yurgan bo'lsa. Ko'p ham siqilvoravermang. Agar bu koinotni hayotni ikkinchi qismi sizga ishonadigan bo'lsangiz. Qarasang, yeyapti, haqqidan qo'rqmayapti hech kimni, zulmni qilyapti, ishi semirib chiroyli yashayapti.

Ha sizdan bitta xatolik o'tib qolsa, teshib chiqyapti biretizdan. O'zi kecha o'zi haligi savdoda bir ellik so'm oshib ketuvdi, indamay yeb qovurdim da, buyum yomon chiqdi. Ellik so'm o'tib ketsa, teshib chiqibyapti biretingizdan. Endi ellik millionlab yuborayotgan bo'lsa, teshib chi qmayotgan bo'lmasa, birodarlar, xotirjam bo'laylik. Alloh taolo odilzod. Ularni qiyomat kuniga olib qo'yapti deyapti. U kuni ular boshlarini osmonga ko'targan hollarida chaqirilgan hisob kitob uchun, chaqirilgan tomonga chopurlar, ko'zlari o'zlariga qaytmaydi. Ya'ni qo'rquv shunaqa bo'ladiki, ko'zi qatib qoladi odamni. Hamda dillari dahshatdan bo'm bo'sh bo'lib qoladi. Bizni ham dilimiz dahshatdan bo'm bo'sh bo'p qoladi, yer qimirlaganda.

O'sha holatingizni esla endi. Kimligingiz. Nimaligingiz, familiyangiz, necha pulingiz borligi, qanaqa mashinangiz borligi, kaysi ko'chada turganingiz nechta esizga kelmaydi. Mana shu dahshatdan yurakni bo'shab qolishni oladi. Lekin haligi yer qimirlash to'xtagandan keyin o'zingizga kelasiz. Chiqib ketaveribmiz a qara, hamma yoqni tashlab. Pakayfa tattaquvna in kafartum ya umangaj alulvildan shiba. Assamaa u munofat irumbiy, ka'na va aduhu mafavla. Bas, agar sizlar kofir bo'lsangizlar, o'z dahshati bilan bolalarining sochlarini oqartirib, chollarga aylantirib qo'yadigan kunning azobidan qanday saqlanursizlar? Qiyomat shunday dahshatki, aql xushi joyida katta kishini emas, yurgeydagi chaqalog'ni qaratib, sochlarni oqartirib, yuzlarini burishtirib, yo'rgaydagi cholga aylantirib tashlaydi. Vaholanki bu aqli yetadigan band emas bu. Bu hali go'dak bu. Aqli yo'q buni. Lekin dahshat mana shunday qarilikka solib yuboradi ularda.

U dahshatli kun sababli osmon ham yer ham yorilguchidir. Allohning va'dasi amalga oshguchidir. E'tibor berayotgan bo'lsanglar naq oyat o'qiyapmiz. Isrofimni bor yo'g'i bir marta dam urib qo'yishligi koinot nizomi buzilib, hamma yoq ostin ustun bo'lib ketyapti. Bu bitta maxluq. Endi xolid o'zi qanday qudrat egasi ekan? Bu bitta farishta xolos, bir marta puflab qo'yganligiga dunyo ostin ustun boib ketayotganda, buyuk qudrat egasi bo'lgan Alloh o'zi qanaqa qudrati bor ekan? Biz mana shunday Allohni bandalarimiz birodarlar. Ana shunday Allohniy ibodatxonasiga kelib peshonamizni yerga qo'yib turibmiz, Parvardigor. Biz seni qullaringmiz. Sen bizni Robbimizsan deb turibmiz. Mana shuning uchun Alloh yaxshi ko'radi siz bilan bizni. Fayida nufiha fissuri naf xotun vahida. La humilatel abduval jibalu fado'kkata dakkatan vahida. Fayovma edin voqoatil voqea. Va shaqqatissama u fahya yovma edin vahiya. Bas, qachon sur bir chalinganida va tog'u yerlar, yeru tog'lar o'z joylaridan ko'tarilib, bir birlari bilan urib, chalparchin bo'lganida. Ana o'sha kunda voqea voqea bo'lur, ya'ni qiyomat sodir bo'lur va osmon yorulur.

Toq, yer titilib, bir biri bilan to'qnashadi. Kallayida dukka tel ardu dakka andakka. Yo'q. Bunday kirdikorlaringizni qaytingiz. Qachon yer zilzilaga tushib, barcha narsa chilparchin qilinganida. Yavumatorju ful abduval jibalu fakani til jibalu kafiy va mahiyla. U kunda yer va tog'lar titroqqa tushar va u tog'lar to'kilib, to'kilib turguvchi qum teparalarga aylanib qolaveradi. Mana shu tog'lar qum bo'lib ketadi deyapti Alloh Taolo. Va takunul jibalu kaliyakh nel manfush. Mana shu buyuk tog'lar titilgan jundek osmonda uchib yuradi. Bu qanaqa shamol bo'ladi? Qanaqa kun bo'ladiki, o'rnidan qimirlatishlikka biz qodir bo'lmagan, shunday bir og'ir tog'lar titalgan jundek uchib yuradigan bo'lsa.

Va idal bi xarus u jirat. Dengizlar tandir kabi qizitilganda va suv o'rniga olov bilan to'lganida. Dengizni suvlari qaynab, olovni o'rnida turgandek bo'ladi. Va idda samaun fatarot. Osmon yorilganda, yoriladigan narsa yo'q osmonda. Yoriladigan bo'lsa, unaqa qattiq narsa bo'ladi. Sinoq degan yoki yirtiladigan narsa. Osmonni qo'l bilan ushlab bo'lmaydi. Lekin mana shu osmonda Alloh Taolo yoriladi, yirtiladi deb aytadi. Va idda shaqqat is samauf akanut, vorda tan kadi dihan. Endi qachon qiyomat qoyim bo'lgach, osmon yorilib, jahannam haroratidan qizib ketgan teri kabi qizarib qolganida. Osmon qizarib ketadi issiqdan. Osmon yorilib, rangi xuddi tutundek oq, qizil, sariq, boshqa ranglarga kiradi ruslanib. Osmondagi yulduzlar lazaga kelib, yerga qulay boshlaydi. Dengizlar ularni tushishidan yorilib, qirg'oqlardan toshib ketadi. Va idannuyu mumkadorot, yulduzlar ham o'z falaklarida to'kilganida, qiyomat kunida oy bilan quyosh bir yilga keltiriladi.

La uqsimu biya umil qiyama. Va la uqsimu bin nafsillavama. A yaxsa bul insanu allan najma ridoma, bala qodiriyni ala an nu sovuya banana. Mushriklar, qiyomat bor desa, oxirat bor desa, aytishardiki, ha bu chirib yo'q bo'lib ketsak, qanday qilib bu chirib tuproq bo'lib ketgan jasadimizni yana Alloh tiriltiradi desa, Alloh aytyaptiki, men qiyomat kuniga qasam ichyurman. Va men maromotgo'y nafsiy qasam ichurmanki, hech shak shubhasiz qayta tirilib hisob kitob qilinursizlar. Inson biz uni chirib, tuproqqa ilinib ketgan suyaklarini xargiz to'play olmas deb gumon qilavermayman. Yo'q. Biz uning barmoqlarini ham tiklab joyiga kiritishga qodir bo'lgan zotmiz. Mana ko'p aytganmiz. Kriminalistika fani rivojlanganda insonni barmog'ini izi boshqa insonni barmig'imizga o'xshamas ekan. Lekin bir ming to'rt yuz yil burun Qur'oni Karimda Alloh Taolo barmog'ingni uchigacha to'lab qo'yaman deyapti. Bu Qur'ondagi ilmiy mo'jizalarga dalolat qilardi. Ikkita insonni barmog'ini izi emas, ma'novi barmog'ini ma'no barmog'iga izi o'xshamaydi. Endi tasavvur qiling, necha xil variant, necha xil kombinatsiya bor?

Hozir yashab turgan yetti milliard odamni ikkiga ko'paytiring da, ana shu barmoqlardagi chiziqni kombinatsiyasini chiqarib kelgan, matematikani tushunsangiz. Va Odam alayhissalomdan beri qancha odam kelib ketdi? Qiyomatgacha qancha kelib ketadi? Bu kombinatsiya takrorlanarmikin? Balki inson oldida kelgusi hayotdan ham fisq fujur, gunoh amallarni qilmoqni istab, qiyomat qachon o'zi deb qolar? Bas, ko'rgan dahshatlaridan ko'z qamashib, osmondagi oy ham tutilgan holda, quyosh va oy birlashtirilgan vaqtda, ana o'sha kunda u inson u balo ofatlardan qayerga qochish qochib qutilishi mumkin deb qolar.

Oy bilan quyosh to'qnashadi. Mana, fizikani o'qisak yoki bir boshqa bir aniq o'qiydigan bo'lsak fanlarni, mana shu yer shari aylanishligida, agar bir sekund sekinlab qolsa, quyosh tushgan joy kuyib ketadi deydi. Quyosh tushmagan joy muzlab ketadi deydi. Bir sekund. Endi agar bir sekund tezlab ketsa, yerda betdagi hamma narsa ko'tarilib ketadi deydi.

Sekundiga, millimetrga, mikroniga hisob kitob qo'yilgan mana shu dunyo qiyomat qoyim bo'lganda o'zini nizomidan buzilib chiqib ketadi. Jabbor xoliq kelib osmoni yerni o'zining qo'li bilan ushlaydi. Ona qodarulloha haqqa qodrih. Val arudu jami an qobzatu hu ya'mal qiyami. Vassama vatu matviya tun miyamini.

Ular Allohnı to'g'ri taniy olmadilar. Butun yer qiyomat kunida uning qabzasi changilidadir, osmonlar esa uning qudrat qo'liga yig'ilgandir. U zot ularning shekillaridan pok va yuksakdir. Biz uni arzimagan bir qismimiz. Mana shu koinot, yetti qavat osmon, osmondagi galaktika deydigan bo'lsak, bizni galaktikamiz, hech narsa emas. Lekin qanchalik katta. Shulardan hammasi butun koinot Alloh Taoloning changalida bo'ladi deb aytilinyapti. Alloh Taoloning qudrati, Alloh Taoloning azamati qanchalik buyuk. Yolma notvis sama akatoy yesidjil ilil kutub, kama bad'a na avvalo xolqing noidu va adan alayna inna kunna fayli.

Alloh Taolo nimaga o'xshatyapti osmonni? Diqqat qilib turinglar. Polosni yig'ishtirib yumaloq qilib qo'yamiz. Tika qilib qo'ymiz. Yig'ishtirdik deymiz. U kunda biz osmonni osmonni ham xuddi maktub yozilgan sahifani o'ragan yang'liq, o'rab, birinchi marta qanday yaratgan bo'lsak, o'sh holga qaytarurmiz. Bu bizning zimmamizdagi va'dadir. Albatta, biz shunday qilguvdushidirmiz. Osmonda olo tovo shunday yig'ishtirib olib qo'yadi deyapti. Qayerga olib qo'yardi? Osmonda olib qo'ysa nima qoladi u yerda?

Nizom buziladi. Osmon va yerdagi hamma o'ladi. Kun numan alayhafan. Voyabuqo voyabuqo vajfu robbika zul jalaliy va ikrom. Yer yuzidagi barcha jonzot foniydir. Buyuklik va karam sohibi bo'lgan parvardigoringizning yuzi o'zinggina man guboqiy qolur. Jamiyatga keltiringlar ularni. Faqatgina haqiqiy hay bo'lgan Allohu tirik bo'ladi. Bu vayron bo'lgan, ostin ustun bo'lgan imkoniyatga qarab Alloh Taolo nido qiladi. Dunyoda tog'iylar bor. Haddidan oshgan zolimlar bor. Mutakabillar bor, jabborlar bor, gapi ikki qilinmaydigan amaldorlar, podshohlar bor.

Polvonlar bor, boylar bor. Yer yuziga hukmronlikda da'vo qilganlar bor. Mana shu kunda ular qayerda bo'ladi? Mana shunday dunyo ostin ustun bo'lib turgan paytda, Alloh Taolo butun dunyoni o'zini qarzasiga, koinoti shunday ushlagan holda aytadiki, buxoriy va musta'minobod qilinadi. Osmonni Alloh ushlaydi, deydi Rasululloh. So'ngra yerni podshohlari qani?

Mutakabrlar qani? Jabborlar qani deb so'raydi. Hech kim javob bermaydi. Boshqa rivoyatda men podshohman, men jabborman, men mutakabrman. Jabborlar qani? Mutakabbrlar qani? Jabborlar qani, mutakabrlar qani deydi. Liman il mulkul ya'un. Bugun mulk kimniki deydi Alloh Taolo. Hech kim javob bermaydi. Chunki hech kim qilmagan. O'zi javob beradi lillahi l vahiy dil qohir. Yagona qahhor bo'lgan zotning mulki. Insonlar Allohni to'g'ri tanlay olmadilar. Odamlarga kibr qilayotganlar qayerda qoladi shu kunda? Odamlarda taqdirni osonlik bilan hal qilib qo'yayotganlar qayda qoladi? Haddidan tushgan zolimlar qayerda qoldi? Mutakabr podshohlar qayerda q oladi? Ey odam bolasi, nimaga takabbur qilasan? Nimaga kibr qilasan? Kimsan? Takabburlik qilgani kimsan? Axir asling najosat, qorning to'la najosat, qabrga kirganda to'la najosab bo'lsang. Axir sen siydik yo'lidan bir marta u yoqqa, bir marta bu yoqqa yurgan bo'lsang, qo'lingda na bir o'zingni tiriltirish yoki o'ldirish qo'lingda bo'lmasa, nimaga kerilasan? Insonni, yo'q haliginsan, mag'orakka birov bekkal karim. Ey inson bolasi, karim bo'lgan parvardigoringga iborat qilishingdan seni nima g'ururlantirib qo'ydi?

Nimanga ishonyapsan? Nimanga ishotyapsan? Dunyoni menman degan podshohlaridan Namrud ana uxi va umid. Ibrohim alayhissalom Alloh o'ldirib tiltiradi desa, ha men ham o'ldirib tililtiraman dedi. Bor ikkita mahbusni olib kel dedi. Ikkalasi o'limga hukm qilingan edi. Ma'noni dedi o'ldiringlar, ma'noni qo'yib yuboringlar dedi. Mana men tiriltirib o'ldirdim dedi.

Alloh tiriltirishi o'ldirishi bilan bunikini farqi bor. Shu Namrudga Alloh Taolo birodarlar bir chivin bilan halok qildi. Mana shu mutakkabirda shunday xor qildiki, rivoyatlarda shu chivin burniga kirib ketdi, yana cho'loq bo'ladi u chivin. Chivin qimirlagan paytda oyoq kiyimlar bilan boshiga urishganida, shunda chivin to'xtar ekan, shunda orom olar ekan. Alloh xor qilgani ko'ringki, Xudolini da'vo qilarkan, eng qudratli bo'lgan podshohni boshiga kirgan, burniga kirgan chivin boshiga oyoq kiyim bilan urishga sabab bo'lyapti. Alloh Taolo xor qildi. Inson kibr qilishiga zarracha haqqi yo'q. Qalbada zarracha kibr bir odam jannatga kirmaydi. Valahum kibriya ofis samavati val alp va huvala azizul hakim. Osmonlar va yerdagi barcha buyuklik yolg'iz unikidir. U qudrat va hikmat sohibidir. Rasululloh mana shu oyatni o'qib turib aytadilar. Alloh o'zini ulug'lab, men podshohman, men jabbor man, men butakabbir man, men aziz man, men karim man. Payg'ambarimiz shu so'zni aytganda, Payg'ambarimni soyasi sanab turgan minbar titradi deydi. Ya'ni bu mashhadda, dahshatliligidan, Alloh Taoloni sifatlagiligidan, bu holati ulug'ligidan, Payg'ambarimiz bergan mana shunday bir so'zlarga, Payg'ambarimiz minbani titradi.

Payg'ambarim yiqilib tushamikin deb qo'rqib ketdim deydi. Abdulloh imnobar. Abu uhrariddin rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar, insonlar mana shunday vayron bo'lgan holatda, yerlar yorilgan, dengizlar qayrab tugagan, yulduzlar to'kilgan, osmon sidrni olib tashalgan, tog'lar jundek uchib yurgan holatda, Payg'ambarmiz aytadi, shu holatda mahluqotlar qiriq qoladi dedi.

Abu Xiradan, Abu Xiraro qirq kunmi deyishdi. Dedi, Abayt, unaqa emas dedi. Qirq oymi dedi. Abayt, una qa emas dedi. Yigirma dedi. Unaqa emas edi. Bu qirq yilmi, kunmi, oymi, ming yillikmi, Alloh Taoloning o'zigagina ma'lum bo'ladi. Birinchi navqach olingandan ikkinchi nafhagacha bo'lgan muddat Alloh bilgan qirq. Va nufiha fiz suri fasoyiha man fiz samavati va man fil ila man sha alloh, simma nufiha fihi uxro fai dakhum qiyamun ya'nzurun. Sur chalindi yu, osmonlar va yerdagi bor jonzot o'ldi. Faqat Alloh xohlagan zotlargina tirik qoldilar. So'ngra u ikkinchi bor chalindi da, banogoh ular, ya'ni barcha haloyiq qayta tirildi. Qabrlaridan turib, Allohning amriga ko'z tutdilar. Inshaalloh ertaga bo'ladigan suhbatimizda, Surni ikkinchi marta cholishga qadar suhbat olib boramiz. Insonlar qabrlaridan chiqib, qanday qilib uni o'sishliklari va maqsadgohiga qarab yurib borishliklarni o'tamiz. Aqlu qovli had vas ta'filu alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir rohbilen amin. Assolatu vassalomu alaykum ala Muhammadin va alayhi vas suhabi hajmain ammabod.

Assalomu alaikum va rahmatullohu va barakatuh. Alloh Taolo o'zi bilgan qirq o'tgach, sahobalar Abu Xiddor roziyallohu anhudan qirq kunmi, oymi, yilmi deb so'raganida, unday emas dedi. Ya'ni bu qirq insonlar vafot qilganlaridan keyingi bo'ladigan qirq oymi, yilmi, kunmi Alloh Subhanahu va Taoloning o'ziga yana ma'lum. Mana shu qirq o'tgach, alloh subhanahu vataolo isrofini tiriltiradi, hamda unga surni ikkinchi matfashlikka amr beradi.

Na yanzuru ona illa soyxatan va hiddatan ta huduhim va hum yahush simun. Falay yastatu ona tavsiya tan vala ila ahlihim yarjiun. Va nufiqofiz suri fa idakhum minal ajdati ila robbihim yansilun. Qoluv ya oilana man ba'tana min marqodina, ha dama va adar rahmonu va sadaqal mursalun. Imkonat illa soyxatan vohida, fa idakhum jami'ulladeyna muxtorun. Ular faqat birgina dahshatli qishqiriqni kutmoqdalar xolos. U ularni o'limdan mutlaqo bexabar hollarida, ko'cha ko'y va bozorlarda bir birlari bilan janjallashib turganlarida olib ketar. Bas ular na biron nasihat qilishga va na uylariga qaytishga qodir bo'lurlar. Qiyomat soati kelib, farishta isrofining suri chalinishi bilan banogoh ular qabrlardan parvardigorlari huzuriga hisob kitob uchun sug'urilib chuqurlar. Ikkinchi, isrofini nafasidan keyin qabrdan chiqar ekan, ular o'zlariga o'zlari aytadi. Ular, ey, bizlarga o'lim bo'lsin, kim bizlarni yotgan joyimizdan, qabrlarimizdan turg'azdi deganlarida, ularga aytilur. Mana shu rahmon va'da qilgan va payg'ambarlar rost so'zlagan narsa qiyomatdir.

Faqatgina bir dahshatli qichiriq bo'lar u, banogoh ularning barchalari bizning dargohimizda hozir qilinguchidirlar. Inson o'lib ikkinchi marta tilishligi mana shu ikkinchi nahodan keyin sodir bo'ladi. Ular qabrlardan chiqar ekan, dunyoda qancha turganligi haqida bir biri bilan so'roq savol qilishadi.

Tarujul malayka tovar ruhi ilayhi fiy ya'minka na miqdorixu xomsiyni alfasana. Fosfir sobran jamila innahum yaravnahu ba'ida va naroxu g'ariba. Farishtalar va ruh miqdori uzunligi ellik ming yil bo'lgan bir kunda, ya'ni qiyomat kunida u zotning huzuriga ko'tarilur.

Bas, ey Muhammad alayhissalom, kofirlarning ozor aziyatlariga chiroyli sabr, fovqat bilan sabr qiling. Chunki ular qiyomat kunini uzoqda bilurlar. Biz esa uni yaqinligini bilurmiz. Qiyomatni bir kuni ellik ming yilga barobar deyilyapti. Inson qancha yashaydi? Ellik yil yashaydi, oltmish yil yashayadi, boring yuz yil yashayda. Ellik ming yilda oldida buni qanday bir muddat?

Qabrdan chiqarkan, ular qancha turgani haqida bir o'ylanib qoladilar. Vayoma yaxshi ruhimka allam biyal bafoo illa sa ataminan nahar. Ularni Alloh, ya'ni mushriklarni hisob kitob qilish uchun topadigan kunda, ular bu dunyoda go'yoki kunduzi bir soatgina turgandek, yashagandek bir birlarini tanirdilar. Ya'ni qancha turdinglar desa, bir kun yoki bir yarim kun deydi. Kannahum yavum yaromna ha lam yalba fu illa ashi yetan avdu ha ha. Ular u qiyomatni ko'radigan kunda, bu dunyoda go'yo bir peshindan so'ng yoki choshgoh paytida turgandek, bir kun ham yashamagandek bo'lib qolurlar. Agar u kun emas, mana hozirgi kunimiz haqida fikr qilsak, mana shular kim bo'lishidan qat'iy nazar, nechchiga kirgan bo'lishidan qattiq nazar, ozgina mulohaza qilsa, bir kun yashaganga o'xshamaydi.

O'ylab ko'ringlar da, oltmish ga kirgan ham shunaqa deydi, bir uxlab turgan deyman deydi. O'n besh ga kirgan ham shundan daqa. Insonni o'tgan umri bir kunga ham arzimay qoladi. Qiyomat kunida mana shu narsani yaqqol ko'rib qoladi. Nax nu a'lamu biy ma yaqulun, id yaqulu am salihun tariqatan inla bittum inla yovma. Biz ularning aytadigan so'zlarini juda yaxshi bilurmiz. Ularning eng to'g'ri yo'l tutgan donolari bir kungina turdinglar deydi. Biz hozir nima haqida gaplashyapmiz? Go'rdan insonlar ikkinchi marta tirilib chiqar ekan, sur ikkinchi marta chalinganda chiqib turib, ular nimalar haqida bas qilishligi, nimalar haqda so'rash haqida gaplasha yapmiz. Qabrdan chiqib, qancha turdik dunyoda deydi. Desa, bir kun yoki bir yarim kun deydi. Yoki bir soat deydi. Vaholanki oltmish yil, olti yuz yil, ehtimol ming yillab ishlagan odamlar bo'ladi. Dunyo hayoti ozgina. Ad dunya sa'a faji al ha to'at. Dunyo bir soatlik hayot deydi. Bir soatlik hayoti. Mana shu bir soatni toatga ibodatga aylantiringlar. Ya'ni bir soat qiyinchilik, keyin yaxshi o'pib ketadi desa, bir soat sabr qiladi. Ozgina sabr qilib o'tib ketadi deydi, sabr qilinadi. Bu dunyo ham mana shu bir sootlik mashaqqat. Bir soat sabr hisobiga o'tib ketadi dunyo.

Qol akam labihtun fil aldayada da seni. Qol u labi isnayyavman, oba adayom, fas alil a'addin. Ular aytdilar. Yerda qancha yil turdinglar dedi Allohu. Ular javob berib aytishdiki, bir kun yo yarim kun. Sanab turguncha farishtalaringdan so'ra. Alloh dedi, agar sizlar biladigan bo'lsangizlar, dunyoda juda oz turdingiz. Ya'ni sizlar abadiyda bo'lgan hayot, aslida juda oz narsa edi. Yoki sizlarning gumoningizcha, afahasi butun anna mahala kunakum abad tan, alloh so'rayapti bizdan. Yoki sizlarning gumoningizingizcha, biz sizlarni behuda, ya'ni dunyoda sizlarga biror vazifa bermasdan, oxiri hisob kitob qilinmaydigan qilib yaratdik ku, sizlar bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi? Undoq emas. Bekorga keldinglarmi dunyoga deyapti. Dunyo abas, o'yin kulgi bekorchilik emas. Ollohga qasam, albatta bir kun qaytarilamiz. Ollohga qlasam, albatta bu kun o'lamiz, bir kun ko'milib yerdan qaytib albatta chiqamiz. Ikkinchi navha bilan yer yoriladi. Insonlar yerdan xuddi o'simliklar o'sib chiqqandek chiqishni boshlaydi.

Birinchi bo'lib qabri yoriladigan kishi nabiy sollallohu alayhi vasallam bo'ladi. Nabiy sollallohni aytadilar, qiyomat kuni odam farzandlarining sayyidi men bo'laman. Birinchi bo'lib mening qabrim yoriladi. Birinchi bo'shab shaffofat qiluvchi va shaffofati qabul qilinuvchi men bo'laman'. Insonlarni mana shu osmoni yer titilib, yo'q bo'lib ketganidan keyin, yer tekis holatga keltirilgandan keyin, qanday qaytadan chiqishligi haqida payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan hadislarda, kitobda no'xatda bir ajib daqiq voz keltirilgan.

Alloh taolo insonlarni qiyomat kunida yerdan chiqib kelishigini nimaga o'xshatadi? Vahuala di yursilur riya habush rom bayna yaday rahmati xatta idha aqallat. Sahaban fiqolan suquna huli baladin mayit. U shul e'zodki, o'z rahmatini, ya'ni yomg'irini oldidan xushxabar qilib shabonni yuboradi. Qachonki ular vazmin bulutlarni ko'tarib kelgach, biz uni, ya'ni bulutni chanqoq o'lik shaharga yog'dirurmiz, biz unga suv yomg'ir yog'dirib, uning yordamida har turli mevalar chiqaravermiz. Demak, o'lik yerga alloh taolo yomg'irni olib borib yog'dirib, ko'katlarni chiqargandek, o'liklarni ham o'z joylarida mana shunday chiqaravermiz. Shoyad, eslatma, ibrat olsangizlar. O'lib yotgan yerga yomg'ir yog'adi, ertasi kuni kelsiz, ko'kali bir narsa chiqqan bo'ladi. Xuddi shunga o'xshagandek, insonlar qirilib yo'q bo'lib ketgan maqsar gohga, tekkis bo'lib qolgan maqsargohga, Alloh Taolo shunday bir yomg'irni yog'diradi, insonlar ko'katlar o'sib chiqqandek o'sib chiqadi.

Imom Buxoriy va Muslim keltirgan hadislarda Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ikki naf arasida qiriq bor. So'ngra osmondan suv tushiriladi. O'liklar xuddi ko'katlar o'sgandek, ungandek, uni bo'sadilar. Insonni jasadida bitta bir a'zo bor. Shu a'zo yo'q bo'lmaydi. Insonni suvelari, go'shtlari yoki boshqa a'zolari hammasi chirib yo'q bo'lib ketishligi hech kimga sir emas. Lekin bitta a'zo borki, bu hech qachon yo'q bo'lmaydi. Bu arab tilida ujubur zanab deyiladi. Insonni umurtqa pog'onasini oxirida kichkinagina shunday bir suyak bo'ladi, arab tilida ujibur zanab deiladi. Mana shu narsa hozirgi kundagi fanni aniqlashiga qaraganda kuydirib ham bo'lmas ekan uni. Parchalab ham bo'lmas ekkan, yo'q bo'lolmas ekan.

Agar o'xshashi mumkin bo'lsa, o'sha bir ko'katni urug'i deb qo'yavering. Imom Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda Nabiy siznoma aytadilar, insonda bir suyak bor. Uni hech qachon yer yeb tugata olmaydi. Shu suyagidan insonni qayta tarkib topadi. Sahobalar o'yo rasululloh, u qaysi suyak deb so'raganlarida, ujobuddin abdulloh deb javob berdilar. Osmondan suv yog'ganida yer yorilib, ana shu uch suyakdan insonlar degan qatlardan tilib chiqib keladilar.

Yavmayoqrujuna minal ajdati siro an ka annaxim ila nusube yufidun, hoshiyatan abu soruxun tarhaquhun villa, zalikal yavmulladek anu yu'adun. U kunda, qiyomat kunida, ular go'yo o'zlari sig'inadigan butlarga qarab chopishayotgandek shoshilgan ko'zlari quyi egilgan, xorlik ularni o'rab egallab olgan hollarida qabrlaridan chiqib kelurlar. Ya'ni rost ekan, payg'ambar aytgan narsa. Qur'onda aytilingan narsa rost ekan, hisob kitob rost ekan. Endi chiqqandan keyin bildi, endi nima qiladi? Endi bo'ynini egib, ko'zini yerga qaratib, xor bo'lgan holda keladi. Mana shu hayotda dunyoda ularga va'da qilingan qiyomat kunidir. Kofir, munofiq, fosiqlar xorlangan holda tirilib chiqadilar. Fatavalli an qum yalmayot udday ila sha'in nukur. Ey Muhammad, siz ulardan yuzagiring. Chorlaguchi isrof ul farishta notanish bo'lgan bir narsaga, ya'ni qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob kitobgacha oladigan kunda, ular, ya'ni kofirlar ko'zlari qo'rquvdan quyiga boqqan hollarda go'yo yoyilgan chigitga kabi qabrlardan chiqib kelaverar. Insonlarni qabrlaridan chiqib kelishigina ko'pligi chigirtkalarga o'xshatyapti Alloh Taolo.

Saranchada qo'yadi mana. Ba'zi mamlakatlarda chigirtka bosganligini televizorda ko'rib qolamiz. Osmonni to'ldirib keladi. Agar biror bir ekin tikin maydoniga kiradigan bo'lsa, ko'pligidan ekinni yeb halok qilishadi. Insonlar qabrlaridan go'yo dunyoda bosib ketgan chigirtkalardek to'planib kelishadi. Bu uzoq zamonlardan beri kofirlar ishonmagan, munkirlar inkor qiladigan haq narsa edi. Men yuhiy ilhomi vahiy yaramim qul yuhiy halladiyanshi avvalamborroq vahubakul xalqin alim. Utubay ibn robiya payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam inson o'lib, suyaklari chirib yo'q bo'lib ketgandan keyin qayta tiriladi desa, o'lib, suyagi nahatta bir yumshab eskib ketgan odamni suyagini olib, qo'li bilan esi uqalab, rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mana shu suyak chirib, tuproq bo'lib ketgandan keyin, kim tiriltiradi deb turib, rasululloh shellallohu alayhim yuziga qarab yotgan edi.

Kim tiriltiradi buni degan edi. Alloh taolo javob berdi. U bizga chirib bitgan suyaklarni kim ham tiriltira olar deb misol keltirdi yu, ammo o'zini bir tomchi suvdan yaralganligi esdan chiqib qoldi. E muhammad ayting, u chirigan suyaklarnini dastlab bir tomchi suvda paydo qilgan zotni o'zi yana qaytadan yaratib qo'yaveradi. Ya'ni odatda bir narsani birinchi marta qilish qiyin. Bir marta qilib o'rganib olganingizdan keyin takrorlab qo'yishlik oson. Bir yangi mashinani yoki bir qandaydir yangi bir kashfiyotni o'rab topish qiyin. Endi topganingizdan keyina bir marta takrorlab qo'shish oddiy narsa. Alloh taologa birinchisi ham, ikkinchisi ham oson. Suya yo'q bo'lib ketgan, suya chirib ketgandan keyin qanday tilda deb turib, insonni aqli olmayotgan bo'lsa, bu insonni aqili. Lutfadan yaralgan payt yana bir eslab qo'ysin. Nima edi u?

Shundan murakkab bo'lgan, puxta yaralgan insonni chiqargan Alloh Taolo suvi bo'lib ketgandan keyin qayta tirtirishiga qodirmasmi? Bizni qiziqtirmaydi. Alloh tiriltiraman dedimi? Tamom. Biz iymon keltiraveramiz. Innama amruhu ida aro dasha in a yaqul ala hukun fa yakun. Alloh Taolo bir narsani qilmoqchi bo'lsa, shunga bo'l deydi, tamom bo'ladi. Osmon yer vayron bo'ldi. Alloh yerni ham, osmonni ham yangitdan yaratdi. Yerni Alloh Taolo maqsadgoh qildi. Qur'onda shunday deydi Alloh Taolo. Mana biz ko'rib turgan yer titilib yo'q bo'lib ketgandan keyin Alloh Taolo boshqadan yaratadi buni. Endi bu safargi yaralishida, tog'lari bo'lmaydi, past balati bo'lmaydi. O'ydim chuqur bo'lmaydi! Likop singari tekkis bo'ladi.

Bu boshqa yer bo'ladi endi. Yomatu baddalul ardog'ayral avdiy vas samavat va barazulillah il vohidil qahhar. Albatta, Alloh g'olibdir va u yer boshqa yerga. Osmonlar o'ziga osmonlarga aylanib qoladigan hamda barcha odamlar yolg'iz va qudratli Allohga ro'baro' bo'ladigan kunda, qiyomatda albatta intiqom oluvchidir. Osmon yangi, yer yangi, insonni yaralishi ham yangidan bo'ladi. Hamma narsa yangitdan boshlanadi. Imom Buxoriy va Muslim keltirgan hadisda Rasululloh aytadilar, odamlar qiyomat kunida oppoq, hech qanday past baland bo'lmagan, tep tekis yerda ustatiriladilar.

Falonchi davlat chegarasi, falonchini uyi, falonchini adiri, falonchini devoriga degan gap yo'q. Tekis, oppoq sahifadek, tekis oppoq yerda ustatirilladilar. Zalika yavmun majmuullohu nas va zalika yavmun mashhud. U kun barcha odamlar to'planadigan va hozir bo'ladigan kun. Odam alayhissalomdan boshlab, balki undan burun nimaga yaralgan bo'lsa, qiyomat soatigacha kim yashagan bo'lsa, Alloh Taolo hammasini bitta sur bilan o'ldirdi, endi ikkinchi sudni navhasi bilan qaytadan tiriltiradi. Qul innal avvalina va al axirin la majmuuna ila min qotiyavmi ma'lum. Ey Muhammad, ayting ularga. Albatta avvalgilar ham, keyingilar ham ma'lum kundagi belgilangan vaqtga shubhasiz kelguvchidir. Keyingi oyatda qaraymiz. Mana qabr haqida gaplashganimizda shunday bir narsalar o'tdiki, qabrga kirganga azob bor ekan. Endi qabrga kirmaganlargachi? Cho'kib o'lgan bor, kuyib kul bo'lib ketgan bor, hayvonga yem bo'lib ketgan bo'l bor, portlab chachilib ketgan bor.

Ularga qanaqa muomala bo'ladi? Alloh taolo qodirzod. Aynan atakunu ya atibi kunullohu jami'a. Qayerda bo'lmang. Alloh sizlarni hisob kitob uchun keltiradi. Kuyib, kul bo'lib, kulini to'rt tomonga chachib olsa ham. Suvga cho'kib baliqlarga yem bo'lgan bo'lsa ham. Hayvonlarga yirtqichlarga yem bo'lib ketgan bo'lsa, ham Alloh taolo aniq aytyaptiki, qayoqqa kessanglar ham hisob kitobga olib kelib qo'yaman men deydi.

Albatta Alloh taolo har narsaga qodir bo'lgan zot. Voyavoma nusayyurul jiba alavotarol ardo bari izzatan va hasharnaqum falam nuhadir minhum ahada. Alloh subhanah va taolo u kunda biz ulardan birortasini qo'ymay yig'dik. Hech kim qolmaydi. Hech kim qoldi. Bu odamlarni Alloh jamlayman deyapti. Hali hayvonlar ham jamlamadi, birodarlar. Hayvonni, hayvonni haqqi qolmay turgan paytda, qanday qilib insonni bandani bandada haqqi olsin? Va menda batin fil og'divala to ir i yati yu rubi jana hayh. Illa umamun anta lukum na farrot na filkitabi minshay summa ila robbihim yuxsharun.

Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qonot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi jamoalardir. Kitobda keyin hammalari Parvardigor dargohiga to'planurlar. Va idda lvohi o'shu xushirat. Vahshiy hayvonlar ham bir joyga to'planib qolgan paytda. Inson ham yig'iladi, jin ham yig'ilada, hatto hayvonlar ham bilan yig'iladi. Qiyomat kunida.

Imom Buxoriy va Muslim keltirgan hadislarda Rasululloh aytadilar, odamlar qiyomat kunida qabrlaridan chiqib keladi yalang'och, yalang oyoq, sunnat xatna qilinmagan holatda. Erkak, ayol yalang'och, yalang'oya xatna qilinnmagan holatda chiqib keladi. Shu hadisni Nabiy Sulton aytyapti aytganlarida Oysha onamiz, yo Rasululloh, ha erkak ayol bo'lsa, yalang'och bo'lsa, ha bir birini avlodlariga ko'zi shu bir noqulay holat bo'lmaydi degan biroz ey Oysha, bu kun shunday bir dahshatli kunki, kishi g'amni kattaligidan yonida kim ketayotganligini ko'rmaydi. Uni erka ayoligi emas, yonida biror borligini ko'rlaydi. Likullimri iminhum yonma in sha'n u yuniy. Chunki ulardan har bir kishi uchun u kunda o'ziga yetarli tashvish bo'lur.

Agar mumkin bo'lsa li la ilaha ila sal ala ala qorni og'riyotgan odam o'sha mo'ljaliga yetib olguncha ko'ziga hech narsa ko'rinmaydi. Hech kim emas. Hech narsa ko'tarmaydi. Maqsad yetib olish, u hali u jazo balo emas u. G'am kirib qolgan qalbi bilan qonniga. Shu g'amdan qutilishlik uchun hech kimni ham ko'rmaydi. Ehtimol ko'chaga yurganda kiyimiga qarar, bitta bitta odamni xafa qilib qo'yish, lekin g'am kelib qolgan paytda, dunyoda shunday qorni og'riq qolsa, hech kimni ko'rmay qo'yapti. Qiyomatda dahshat turgan paytda, jahannam ko'rsatilib qo'ygan paytda, kishi yonida kim ketayotganligini ko'rmaydi. Ularning qo'rquvi mana shu holatga olib kelib qolgan edi.

Nabiy sulton alayhissalom sahih xalislarda aytadilar, xaloyiqlar yerdan tirilib chiqib kelarkan, ular yalang'och bo'ladi dedi. Birinchi bo'lib kiyim kiyloqda yonilardan ibrohim xalilulloh bo'ladi. Alloh taolo anbiya, siddiq, shahid va mo'minlarni boshqalardan ko'ra avval kiyintiradi. Ularni bu sharmandalik, yalang'och holatda turishligi ma'lum bir lahzalargina davom etadi. Va alloh taolo birinchi bo'lim mana shularni kiyintiradi . Endi mandalarda tilishiga qanday bo'ldi? Xo'p, mashallohga kelishdi. Maqsadgohga kelishdi kofir musulmoni. Kimisi kiyimli, kimisi yalang'och. Ularni maqsadi turishliklari dunyoda yashagan holatiga qarab turib har xil, hamma bir xil turmaydi.

Oqsoqollarimizga bashorat. Nabiy sulton alayhissalom aytadilar, kim islomda turib, soch soqol oqarsa, qiyomat kunida mana shu oqargan soch soqollari u uchun nur bo'ladi. Ya'ni, kim boshqa hadisda Alloh yo'lida qarasa, Allohni deb, Allohni dini deb yashagan bo'lsa, mana shu din yo'lida soz soqol oqargan bo'lsa, albatta u uchun qiyomatda nur bo'ladi. Agar banda tarixiyda tursa, buni mashaqqatiga chidasa, kufr keltirmasa, islomda qaragan bo'lsa qiyomatda nur buladi deb rosa sollalloh. Islomda saysdan yashagan kishini Alloh Taolo azoblagina hayo qiladigan hadislar bor Payg'ambarimizda. Islomda sakson yil umr ko'rgan kishi, islomda, shir keltirmay, islomda talabiga javob berib yashagan bo'lsa, Alloh Taolo hayo qiladi bu bandani azoblagani deydi.

Namozxon, tahorat bilan yurgan mo'minlar ham o'zlariga bir xos ko'rinishda bo'ladi. Hadisda o'qishdan beri mana oxirgi hadis, hammamiz ko'rganmiz. Ot bo'ladi, oyoq qo'llarini pastki qismi oppoq bo'ladi, peshonasida qashqasi bo'ladi. Nima qatta chiroyli bo'ladi. U ot qorami yoki boshqa rangmi, o'sha to'rala paychog'i oppoq, peshonasida shunday bir qashqasi bo'lladi, ziynat bo'lladi. Qiyomat kunida musulmon kishini tahorat olgan a'zolaridan mana shunday nur taralib turadi.

Rasululloh sallalloh aytadilar buxoriydan mening ummatim qiyomat kunida tahorat asarlaridan peshonasi va qo'l oyoqlaridan nurlar chiqqan holda chaqiriladilar. Ya'ni bu ummat tahorat qilar ekanmi? Tahoratda davomiy bo'lar ekanmi? Peshonasidan nur, qo'l o yoqlaridan nur chiqib turadi. Bu uni namozxonligini, tahoratda bo'lganligini va Muhammad alayhissalomga ummat bo'lganligining belgisi. Shuning uchun ulamolar aytadi, kim shu nurini doim o'zi bilan yurishligini xohlasa, doim tahoratli yursin deydi. Qiyinmi? Qiyinmi? Qiyn. Qiyin. Chunki qiyomatda nurga sabab bo'ladigan ishki, u oson bo'lmaydi u. Islomda qaysi ish oson, aytaylarchi?

Qarab turadigan bo'lsangiz, Islom bizga nimani buyurgan bo'lsa, albatta nafsimizga yoqmaydi haligi. Uyqudan turgingiz kelmaydi. Ro'za tutgingiz kelmaydi nafsni. Hajga borib qiynangiz kelmaydi. Qiynalib topgan pulni bergingiz kelmaydi. Jahlimni yeb tushish kamaydi, kechirib qo'yishingni xohlamaydi. O'zi imtihon bitta. Shu nafsingga yoqmagan narsani qilaver da. Demak to'g'ri ish qilayotgan bo'lasan. Endi aksincha, nafsingga yoquqqan ishni qilaver, so'rang nafsingiz nimani kutayapti. Shuni qilmang. Demak to'rt ish qilgan bo'laverasiz.

Kofirlar yalang'och holda turadilar. Keyinchalik ular ham kiyintiriladi, lekin ularning kiyimi. Yavmatubaddalul ardu g'oyral arde vas samavatu va varazulillahi il vohidul qohir va tarol mujrimina yavma idin muqarriniina fil asfad. Sarobiy lug'un min qotirom va tarsha vujud haumin nar. Albatta, Alloh g'olibdir va u yer boshqa yerga, osmonlar o'zga osmonlarga aylanib qoladigan hamda barcha odamlar yolg'iz va qudratli Alloh ko'rib bora bo'ladigan kunda, Alloh imtihon olgunchadir. Ey Muhammad, u kunda jinoyat kimsalarni kishanlar bilan bog'langan holda ko'ryapsiz, ularning kiyimlari qora moydan bo'lib, yuzlarini olov o'rab olgan bo'lur. O'tdan bo'lgan kiyim kiyadi ular. Ularni ham kiyimi bo'ladi. Hayotda qilib o'tgan ishlariga yarasha kiyim kiyadi ular ham. Xuddi musulmon kishi u kunda kiyim kiygandek. Alloh subhanahu va taolo mana shu moyda bo'lgan kiyimni kiyib, olovni ichida qolishligidan Alloh taolo hammamizga panoh bergan bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)