# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 486 of 510
- Section: —
- Duration: 22 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/486
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/QvAs0aYA8bc.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=QvAs0aYA8bc
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/485.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/487.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu onas da'inuhu onas da g'ufiruh. Va na'udhu billahi min shu ruryon husina va min sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah muzdillala. Va man yudhilixu falah hadiyala. Va na shadvala iloh ila alloh va hidahular sharikala. Va nashr anna muhammadan abduhu va rasuluh, ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Dinimiz shariat islomiya insonlarni poklik, iffat, halollik kabi ulug' fazilatlarga chorlaydi. Va shuni barobarida qimordan, sutxo'rlikdan, haromxo'rlikdan ichkilikdan, zinodan va shunga o'xshagan boshqa yomon ishlardan qaytaradi.

[0:55] Islom dini poklikka chaqiradi. Alloh taolo odam bolasiga bu dunyoda hisobsiz nozik ne'matlarni bergan. Shulardan bittasi moli dunyo. Shulardan bittaasi farzandlar. Astaydu billa, al ma'lu al banuna zi'natul hayatid dunya. Val baqiyatu solihatu xoyrun aynda robbika tavaba va xoyrun amala.

[1:22] Ka'f surasida robbimiz aytadi mol mulk, bola chaqa, shu hayotat dunyo zi'natidir. Dunyoni zi'nati boyligi bilan farzandlar. Parvardigoringiz nazdida esa abadiy qolguvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroqdir. Insonni hayoti mana shu mol bilan, mana shu dunyo bilan bardavom bo'ladi. Undan tashqari, insonni qo'liga berilgan mana shu mol u dunyo pul, bandaga berilgan ham omonat yana. Kim mana shu topayotgan dunyosi, topayotgan puliga e'tiborli bo'lsa, haloldan topsa, joyiga sarf qilsa, demak shu pul degan ne'matni shukrini ado qilgan bo'ladi, omonatga vafo qilgan bo'iladi. Aksincha bo'lsa chi? Aksincha bo'tadigan bo'lsa, mol degan, davlat degan ne'matda shukri ado qilinmagan bo'ladi, noshukurlik qilgan bo'lar va omonatga xiyonat qilgan bo'larda.

[2:22] Keyingi oyatga quloq tutamiz. Astaydubillah. Vo alamuu anna ma'amua lukum va avla lukum fitna. Va anna alloha inda hu ajrun avim. Bilingizki, albatta ma'lu dunyolaringiz va bola chaqalaringiz faqat bir fitna, aldovdir. Yolg'iz Allohninng huzuridagina ulug' ajr savob bor.

[2:48] Birinchi oyat bilan ikkinchi oyatni zohirga qarasangiz, ma'nosi bir biriga teskariga o'xshayapti. Birinchi oyatta moli dunyoni alloh taoloni bergan ziynati, ne'mati deyilyapti, bola chaqa bilan. Ikkinchi oyatda moliylar va bola chaqanglar, moliylar va farzandlaringlar fitna deyapti. Yo'q, bu bir biriga qarama qarshi emas. Bu aksincha, bir birini to'ldiradigan oyatlar. Ikkala oyat zohirada bir biriga zid bo'lib ko'rinsa da, aslida bir ikkinchisini to'ldiryapti.

[3:22] Birinchi oyatga ko'ra, kim mana shu boyligini pulini haloldan topsa, halolga sarf qilsa va farzandlarini tarbiya qilsa, to'g'ri tarbiya qilsam, mana shu moli davlati bilan farzandlari nafaqat dunyo hayotiga, balki oxirat hayotiga ham ziynat bo'ladi. Endi aksincha, kimni topayotgan moli davlati haromdan bo'lsa, farzandlarga tarbiya bermasa, mana shu moli dunyo, uni bu dunyoda ham, oxiratda ham ustiga musibat bo'ladi, balo bo'ladi. Mana endi bog'ladingmi?

[3:56] Keyingi paytlarda mana shu qimor o'yinlari avj olib qoldi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda bu narsa keng ommalashib ketdi. Ayni bizni davrimizda qimorning xatari avvalgi zamonlardagidan ko'ra kattaroq bo'lib qoldi. Sabab, avvallari qimor o'ynashlik uchun bir qancha narsa talab qilinar edi. Uydan chiqish kerak edi, joy topish kerak edi. O'ziga o'xshagan qimorvozlarni yig'ish kerak edi . Ammo hozirmi? Yigirma to'rt ga yetti formatida qimor o'ynamashlikka sharoit bor.

[4:31] Uydan ham chiqmaydi, ulfatni ham istamaydi, yotgan joyida, o'tirgan joyida. Yana bizni jiddiy o'ylantirishga majbur qilayotgan tarafi, mana shu baloga ayollar mubtalo bo'lib qolyapti. Qo'lida telefoni bor, tinimsiz lekalama kelib turadi, qimor o'ynashlikka. Totalizatorlar, kazinolar, virtualniy kazinolar. Bir marta parvo qilmaydi, ikki marta parvo qimaydi. O'n ming so'm sizga deydi, beramiz shunday deydi. Nimada beradi uni?

[5:04] Bonus. U nima u? Don sepish da u. U internetda qimor o'ynatayotganlar, bu o'zini ishiga ilmiy yondashadi. Insonni psixologiyasini yaxshi o'rganadi. Qanday qilsa ilashligini yaxshi biladi, to'g'rida. Oddiy bitta o'yin o'ynaysiz, bunday vaqt ko'pligidan o'ynaysiz u, orada chiqaveradi, o'n besh ming so'm oling deydi, bonus deydi, bekorga deydi.

[5:30] Ha bo'pti bir olay deysiz, yutqizsam o'shani yutqizib qo'y, o'ynamayman deysizmi? Ilash deysiz da. Bu narkotikka o'xshagan narsa. Ayollarni mana shu virtual qimorga aralashib qolishi natijasida muammolar yana ko'payyapti. Oilalar buzilyapti, uylar xonavayron bo'lyapti. Ana shu uyda o'tirib, farzandni talabasi bilan mashg'ul bo'lishi kerak bo'lgan onalar, qiz kelinlar telefon orqali mana shu qimor tuzog'iga tushib qolyapti.

[6:01] Ana shu bitta oilada o'shaqa telefonda ilashib qolgan qimorga, tilla taqincho'larni sotgan, qutilmagan, yana o'ynab urgan, oxiri oilani buzilishiga keldi. Yaxshigina pulni tushib qolgandan keyin er haydab yuboradi xotinni. Endi mana shu kelinni ota onasi keladi da, erkak tarafga, kuyov tomonga, qudaga aytadi. Keling quda, endi shu bir million so'mga tushib qo'yibdi. Shu yarmini biz to'laylik, yarmini sizlar to'langlar, shu endi oila buzilmasin deydi. Desa, kuyov to'rab unamaydi. Unaqa qimorvoskaling kerak emas bizga deydi.

[6:39] Bilib bo'lmaydi akalar. Hushyor bo'linglar. Nimalarni ko'rib o'tiribdi hozir? Siz bilasizmi? Ehtimol boshqa din vakillarini da'vatiga ilashib qolgandir adashib. Ehtimol shunga o'xshagan noshariy, noqonuniy ishlarga tushib qolay ekandir. Musibat nimada? Hammani qo'lida turibdi bu telefon hozir. Bu muammo ummatni fojiasi, hozirgi davrdagi ummatni problemasi, fojiasi. Ona qimorvoz bo'lsa, farzandga kim tarbiya beradi? Ona qimorvoz bo'lsa, bunaqa ona bolasiga qanday tarbiyani o'rgatadi? Uyda barakasi qayerga ketadi?

[7:19] Hozir aytganimizdek, avvalgilar qimor o'ynashligi uchun ancha mehnat qilish kerak, uydan chiqish kerak, to'planish kerak bo'lsa, hozir uydan chiqmasdan o'ynayapti. Qimor. Qimorning ta'rifi va haqiqati. Qimor nima? Qimor lug'atda xatar, oson yo'l bilan topilgan mol ma'nosini bildiradi. Istilohiy ma'nosi nima? Qimor istilohta kamida ikki tomondan biriga xatar keltiradigan, g'olibning mag'lubdan biror narsa olishiga asoslangan har bir o'yin, har bitta muomala qimor hisoblanadi. Ya'ni ikki taraf, o'rtaga ikkalasi ham ma'lum bir mablag'ni qo'yadi, o'yin tugagandan keyin bittasiga o'tib ketadi. Bittasi yutadi, ikkinchisi yutkazadi. O'rtaga qo'yilgan narsa pul bo'lishi mumkin yoki buyum bo'lishi mumkin.

[8:13] Shunga ko'ra, nomi qanaqa o'zgarsa ham, mana shu tarifga tushgan har bitta narsa qimor hisoblanadi. G'olibni qo'liga ikki taraf qo'ygan barcha mablag' yoki narsa o'tadi, mag'lub hamma narsadan mag'lub bo'ladi. Bu odamlarni molini botir yo'l bilan yeyishlik deyiladi. Odamlarni bolini botir yo'li bilan yeyish lik harom. Shuning uchun qimor harom. Qur'onda Alloh Taolo shunday marhamat qiladi: Astaydu billah. Ya ayyuhalladina amanu la ta'qulu ammu alakum baynakum bil ba'tul. Ey mo'minlar, mollaringizni o'rtalaringizda nohaq yo'l bilan yemangiz. Ana shu oyatga ko'ra qimor harom bo'ladi. Qur'on. Qimorni harom ekanligini ochiq oyatlarda bayon qilgan. Qimor o'yinlari Qur'on bilan, Sunnat bilan, ummatning ijmosi bilan harom qilingan.

[9:17] Qimordan topilgan molni yeyishni gunohi og'ir bo'ladi. Chunki qimorvoz odam shariatda harom qilingan ikkita ishga qo'l uryapti. Birinchisi, qimor o'ynayapti, harom ishida. Ikkinchisi, harom bo'lgan pulni yeyapti. Harom o'yinni o'ynaydi, o'yindan yutib olgan harom molni o'zlashtiradi. Endi, qimor o'yinlari qanchalar harom bo'lsa, uni targ'ib qilish, reklama qilish ham shunday harom bo'ladi.

[9:45] Sizlar uni ko'rib turib, sportni reklama qilyapti deb o'ylayapsizlarmi? Tushkunlarni xom sanabsizlar. Qimor u, futbol chempionati o'tkazadi, eng asosiy sponsorimiz falonchi totalizator kompaniya deydi. Ma'lumotlarga ko'ra, qimorda reklama qiladigan kompaniyalar, totalizator bilan shug'ullanadigan kompaniyalar dunyoda marketing bilan reklamaga eng katta pul sarflaydigan tashkilotlar hisoblanadi. Hech qaysi kompaniya, hech qaysi firma mana shu totalizatorlar o'ziga reklamasiga sarflaganchalik pul sarflamaydi.

[10:24] Qimorning shariatdagi hukmi. Qorani Karimni oyatlarida qimorda xoramligi shunday aytib qo'yilibdi. Astaydubillah, ya ayyuha alladina a manuu innama al homuru va al ma'suru va al ansobu va al aslamu ridzusun min amaliy shayton. Fajitani buhu la'alla kun tuflixun. Ey mo'minlar, aroq, qimor, butlarga sig'inish, cho'plar bilan folbinlik qilish shayton amalidan bo'lgan harom ishdir. Bas najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo'ling. Mana, maysir degan so'z keldi. Biz siz bilan ishlatadigan qimor so'zi ham o'zi aslida arabcha so'z.

[11:11] Endi Qur'onda qimor degan so'z emas, balki shu qimorning sinonimi, murodifi, maysir so'zi keldi. Mayser qimor bitta narsa. Mayser arab tilida osonlik bilan mol topish ma'nosini bildiradi. Ya'ni qimorni haqiqiy ma'nosiga dalolat qiladi. Astadibillah. Yas alunaka an ilhomri val mayser ikkita narsani aytyapti. Ey Muhammad alayhissalom, sizdan aroq va qimor haqida so'raydilar. Qul fihima ithmun kabirun va manafiul innas. Ayting. Bularda katta gunoh va odamlar uchun foyda bor. Va it's muhima akbaru minna fayhima. Bularning gunohi foydasidan ko'ra kattaroq.

[12:00] Ana shu vaqtda yashagan odamlar aroq bilan qimorning foydasi bor deb ishonishgan. Shuning uchun oyatda odamlarga foydasi bor deyapti. Aroqni sotib pul topishni foyda degan ular endi islom nima dedi? Aroq sotib topilgan pul hech qachon yaxshilik bo'lmaydi, hech qachon foyda bo'lmaydi. Yana qimordan pul yutishdi, odamlarga cho'tal berishdi ham foydada tushungan. Lekin oyat aytyapti, bunga, bunga o'xshagan kichkina foydalarni oldida keladigan zarari kattaroq bo'ladi deb aytyapti.

[12:36] Aroq bilan qimorni jamiyatga, shaxsga, davlatga va insoniyatga keltiradigan zarari hozirgidek ko'zga yaqqol ko'rinmagan bo'lsa kerak ovoz. Chunki qaytarib aytamiz, qimor aralashlik mehnatini ovoz. Uyatar edi ushlanib qolishlikdan. Qimorxonadan chiqib kelayotgandan uyatar edi. Hozir uydan chiqmaydi. Ko'rpasidan turmaydi, shunday o'tirib o'ynab qo'yapti qimorda.

[13:01] Alloh shundoq qilib sizlarga o'z oyatlarini bayon qiladi, shu oyatga tafakkur qilsangiz. Alloh taolo bayon qilib berdi. Oyatda qimor bilan aroqni zararligini. Mana shu bayonni inson eshitdi. Endi xulosa qilib amal qilishi insonni o'zini ixtiyorida. Oyatni takror o'qiymiz. Astadibilla. Ya ayyuha alladina amanu innomal homru wal maysuru wal ansobu wal azlamu rejisu min amalai shaytom. Fajitani buhula allakum tuflixun. Ey mo'minlar, aroq, qimor, butlar, cho'plar bilan fol ochishlik shayton amalidan bo'lgan harom ish. Shaytonni ishi ekan. Shayton bizga dushman birodarlar. Shayton hech qachon bizga, iblis bizga foydamizni gapirmaydi. Bas, najot topishinglar uchun ulardan uzoq bo'linglar dedi.

[13:56] Endi Alloh Taolo u ishlardan uzoq bo'llinglar dedimi? Uzoq yuring, qilmaysiz da. Tushunarlimi? O'tni oldiga borsangiz kuyib qolishingiz mumkin. Kuymasligingiz ham mumkin. Lekin yaqin kelmang, namdaroqda yuring, omon bo'lishingiz aniq. Shuning uchun insonni qimor o'nashligiga sabab bo'ladigan har qanday narsadan uzoq yurish kerak. Qimorboz ulfatlardan, kazino ko'chalaridan, o'shanacha prilojeniyalardan, telefondagi qimorga sabab bo'ladigon, qimorga tortishi mumkin bo'lgan har qanaqa ishdan uzoq yurishingiz kerak. Hali hukumatda aytilinadi yu, ikkita o'g'ri bilan yursang, uchinchisi sensan.

[14:38] Ikkita qimorvoz bilan yursang. Uchinchisi senssan. Boshida u qimor xunuk bo'lib ko'rinadi ko'zingizga. Boshida arog'i chekkan, ikki to'rt pattingizni ishi xunuk ko'rinadi ko'tingizga. Uch marta, to'rt marta, besh marta o'tirganingizdan keyin uni hididan ta'sirlanmay ham qo'yasiz arog'idan. Keyin keyin ichim ham ko'rishingiz mumkin. Ikkita qimo'rvoz bilan yurtsang, uchinchisisi.

[15:01] Ya'ni inson qimor o'ynashga sabab bo'ladigan hamma narsadan uzoq bo'lishi kerakligini tushunish kerak bu oyatdan. Ulfatmidi, ko'chamidi, imoratmidi, reklamamidi, telefondagi prilojeniyamidi? Qimorni eslatadigan narsadan uzoq bo'lishligi kerak. Qarang. Mana shu oyatda aroq ichish bilan qimor o'ynaishlik, butga cho'qinish, yana folbinga ishonishga o'xshagan kufr shirk amallari bilan tenglashtirilyapti. O'sha boyagi qimor o'ynaydigan arog'i chekkan odam folbinga bormasligi mumkin. Butlarga sig'inmasligi mumkin. Shirk keltirmasligi mumkin, lekin arog' bilan qimorni qilib qo'yaveradi da.

[15:43] Ba'zi odamlar butga cho'qinishlikdan qattiq hashar qiladi. O'lib kelsa ham bu ishni qilmaydi, ammo arog'ni ichaveradi. Qimorni o'ynaveradi. Mana shu ishlarni orqasidan shayton nimani xohlaydi? Astaydubilla. Innama yuriydu shaytonu an yuvqiya baynakumul adavati val bag'dodil homri val maysir.

[16:06] Ichkilik, qimor sababli shayton, oranglarga bug'zu adovat solishni hamda Allohni zikr qilishdan va namoz o'qishdan to'sishni istaydi xolos. Endi to'xtarsalar. Mana shu aroq bilan qimorning orqasidan shaytonning maqsadi nima ekan? Birinchisi, adovat solar ekan, zikr qilishdan to'sar ekan, namozdan qaytarar ekan. Mana endi to'xtasizlar deydi.

[16:35] Mana shu oyatdan o'nta xulosani olamiz. Birinchidan, qimor aroq, butga sig'inish va fol ochishlik qatorida zikr qilindi. Qanchalar og'irligini bilsak bo'ladi. Ikkinchisi, qimorni Alloh Taolo rizik dedi. Ya'ni najosat dedi. Uchinchidan, qimor shaytonning ishi. To'rtinchidan, qimordan chetlanishga buyurilgan. Beshinchisi, qimordan uzoq turganlar najot topadi. Oltinchisi, qimor odamlarni orasiga adovat soladi. Oltinchidan, qimor odamlar orasiga adovat soladi. Yettinchidan, qimor nafrat uyg'otadi. Sakkizinchidan, qimorku Allohni zikridan to'sadi. To'qqizinchidan, qimir namozdan to'sadi. O'ninchidan, qimordan uzoq bo'lishlikka buyurilgan. Demak, qimor shaytonni ishi ekan.

[17:34] Mana shu shaytonni kim ekanligi, odam bolasini qimor o'ynashlikka da'vat qilayotgan, chaqirayotgan shaytonni kim ekanligini bir eslab qo'yaylik. Shayton kim edi? Innahulakum aduvu mubin deydi Alloh Taolo. Shayton sizlar uchun ochiq dushman deydi. Bilasizlar, Odam alayhissalomga sajda qilishlikdan bosh tortganidan keyin Alloh Taoloni la'natiga qoldi Iblis. Jannatdan quvvldi. Jannatdan quvvldi.

[18:04] Va Alloh Taologa dedi, qola anvirniy ilayyav me'yu bu'asun. Parvardigor, meni mana shu odam bolalari tiriladigan qiyomat kunigacha o'ldirmagin dedi. Iblis ana shu jannatdan chiqqan, Odam alayhissalomga sajda qilishdan boshlayotgan Iblis Allohdan so'rayapti. Qiyomatgacha meni o'ldirmagyin dedi. Alloh Taolo aytdi, qola innaka minal mundarin. Sen muxlat berilganlardansan. Ya'ni qiyomatgacha o'lmaysan dedi. Ana shu iblis o'lmaydi. Bu yoqdagi shaytonlar tug'ilib yashab o'ladi. Lekin o'lmaydigan iblis ana shu jannatdan quvilgan iblis. U aytdi qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli mudom sening to'g'ri yo'l ustida ularni kutib o'tiraman. Odam alayhissalom bolalarini. So'ngra ularga oldilaridan, ortlaridan, o'ngi so'llaridan kelib, to'g'ri yo'ldan ozdirurman va oqibatda ularning ko'plarini shukur qilgan holda topmaysan. Boshqa oyatda aytadi qola robbiy bi ma'quvaytani la uzayinannallohun fil ardi va la ug'uyannallohun ajma'in. Iblis aytdi parvardigorim, qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli, albatta ularga yerdagi barcha gunoh ishlarni chiroyli qilib ko'rsatib qo'yaveraman va albatta ularning hammalarini yo'ldan ozdiuraveraman.

[19:35] Qimor shaytonni ishi. Shayton bizning dushmanimiz. Aslida aytib beringlar. Alam ahad ilaykum ya bani adama, allata abu du shayton, innahulakum adu bu mubin. Alloh to'g'ri aytyapti Yosin surasida. Men sizlarga, ey odam bolalari, shaytonga ibodat qilmanglar. U sizlarga ochiq dushmandir. Mengagina ibodat qilinglar. Mana shu to'g'ri yo'ldir deb buyurmaganmidim?

[20:05] Qimor shaytonning ishi. Shayton bizni dushmanimiz. Endi shayton alakom aduvun, fattahiy ruhu aduva deydi Alloh Taolo. Albatta shayton sizlarga dushmandir, uni dushman tutinglar. Shayton odamni oldi edi, vasvasa soladi. Qimor ham mana shu shaytonning vasvasasi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu shayton insonning qon tomirlarida yurishligi haqida xabar beradi. Inna shaytona yajri min ibni adam majriddam.

[20:39] Albatta shayton odam bolasining qon tomirlarida qon yugurgandek yuradi. Vasvasa kimniki ekan? Shaytonniki ekan. Astadibillah, yas alunaki an ilhom rival meyster. Ey Muhammad alayhissalom, sizdan aro haqida va qimor haqida so'rashadi. Ayting. Qul fihima ith mun kabirum, vomanafi ulin nas va ith muhima akbaru minna fayhima. Ayting. Bularda katta gunoh va odamlar uchun foydalar bor. Bularning gunohi foydasidan kattaroqdir.

[21:20] Alloh azza va jalla mana shu shaytonni vasvasasi ishi bo'lgan qimordan uzoq bo'lishimizga o'zi tavfiya bergan bo'lsin. Aqulu qovli hada va astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohu va malaka tahui yu sollavun ala nabi. Ya yu halladina amanu. Shallallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.
