# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 490 of 510
- Section: —
- Duration: 26 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/490
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/5Xi8m497gr0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=5Xi8m497gr0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/489.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/491.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tog'ufiru va na'udh billahi min shu ruryon fusinga va min sayyi'ati amalinga, man yahdihillahi falah mudiralalar va man yudhililgu falah hadiyalar. Mana shuhratulloh ila iloh illalloh va hidahular shar'iy ikkala. Mana shuhrat anna muhammadan abdug'u va rasuluh, amma baxt. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohayyum.

[0:37] Alloh taolo Qur'oni Karimdan marhamat qilib aytadi: ya ayyuha alladina amalu la ta'qulu ammu alakum baynakum bil botin. Ey mo'minlar, o'zaro bir biringlarda mollaringlarni nohaq yo'l bilan yemanglar. Qimor odamlarni mollarini nohaq yeyishlikka kiradi. Shuning uchun harom. Qimor haqida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni ko'p hadislari bor. Qimor ha qida to'g'ridan to'g'ri Qur'oni Karimda oyatlar bor.

[1:09] Biz qimor nima ekanligi, ta'rifi, zararlari haqida gaplashdik va oxirgi darsimizda amaliy tavsiyalarni berishni boshlagan edik. Ya'ni qimorvoz odam tuzaladimi desa, ha, Allohning rahmatidan hech kim noumid bo'lishga haqqi yo'q. Qimorvoz ham tuzaladi, faqat uni shartlari bor deb turib, shu shartlarini, tavsiyalarini aytishni boshlangan edik. Avvalambor qimorvoz adam tan olishligi kerak. Ha, menda shu kasal bor. O'zimni nazorat qilolmayapman, qimorda tasha olmayapman. Bu eng birinchi qadam. Ikkinchisi, duo qilish kerak. Chunki duo mo'minning eng kuchli quroli. Alloh Taolo duo qilishlikka buyurgan, hamma narsa Alloh Taoloni qo'lida deb, ishonch bilan duo qilishlik kerak. Uchinchi qadam.

[2:02] Qimordan qutulmoqchi bo'lgan odam bekarchilikdan qutulishi kerak. Chun ki qimor o'ynashligiga bekorchiligi yoki bo'sh vaqti ko'p bo'lsa sabab bo'lyaptimi? Foydali ishlar bilan mashg'ul bo'lsin. To'rtinchisi, moliyaviy to'siqlarni qo'yish. Cho'ntagida pul turmasin qimorvozni. Puli bor kartasi uni qo'lida turmasin. Akasiga berib qo'ysin, ukasiga berib qochsin, otasiga berib qoysin. Qo'lida pul turmasin, chunki qimorvozning qo'lidagi pul mashinaga quyilgan benzin kabi. Benzinni bor mashina yuraveradi, qimor oz odam qo'lida pul bo'lsa, qimorda o'ynayveradi.

[2:42] Beshinchi qadam, noto'g'ri fikrlash zanjirini sindirish kerak. Keyingi safar albatta yutaman. Mana shu fikrni yo'qotishlik kerak. Telefondagi yoki kazinodagi qimorda matematik jihatdan yutish mumkin emas. Chunki bu sistema, bu tizim ana shu qimor o'ynayotgan odamlarni yutqizishi uchun o'ylab topilgan sistema.

[3:08] Albatta ertaga yutaman. Keyingi safar yutaman degan xom xayolni esdan chiqarishlik kerak. Bu xom xayol tamanniy deb qo'yiladi. Shaytonni va'dalarini yo'qotishlik kerak. Alloh taolo aytadi, astajibillah, ya'i duhim va yumanniy him. Vama ya idvu mu shayponu illa g'ururu. Shayton ularga va'dalar beraver. Xom hayollarga mubtalo qilaver. Oxir oqibatda shayton bergan va'dalar faqat yolg'on, sarob bo'lib chiqar. Tushunarli ekanmi? Beshinchi qadami? Unaqa keyingi safar albatta yutaman degan fikr bu shaytonni fikri. Xom hayol. Buni esdan chiqarishlik kerak.

[3:55] Qimor o'ynagisi kelib qolgan paytda mana shu qimorboz orqaga surish kerak mana shu ishini. Vaqtni kechiktirish kerak. Bir soatdan keyin o'ynayman. Kechki payt o'ynayman deb turib orqaga surishligi kerak. Insonni g'azabi yoki shahvati, nafsi kuchli kelgan paytda holatni o'zgartirish kerak, shoshilmaslik kerak. Payg'ambarimiz aytadilarki, vazminlik shoshilmaslik. Allohdan shoshqaloqlik esa shaytondan. Tutib qoldimi xumori? Qimor o'ynagansiz kelib qoldimi? Hali ikki soatdan keyin o'ynayman desin. Agar tuzalishda xoli ekan bo'lsa, aqlni nafs ustidan hokim qilishlik kerak bo'ladi. Ulamolar shunday deydi aslu kulli xoyring va sharring xual fikr. Har bitta yaxshilik va yomonlikning asli fikrdir. Fikr irodaning boshlanishidir. Agar fikring to'g'rilansa, ya'ni matematik jihatdan qimorda yuta olmayman kazinoda degan fikring tuzalsa, iroding va amaling ham to'g'rilanadi.

[5:05] Qaytaramiz. Har bir yaxshilik va yomonlikning asli fikrdir. Fikr irodaning bishlanishidir. Agur fikring to'g'drilansa, iroding vaamaling ham to'g'llanadi. Kazino yutkazmaydi. Kazino yutkazmaysdi. Qimorvozlar o'zlari ham biladi uni. Nimaga boraveradi desak, o'tgan darsda aytdik, narkotik da u. O'sha narko u pul deb bormaydi, tushuninglar, agar qimordan pulni maqsad qilib o'ynayotgan bo'lganida, bir millionni yutgan qimorvoz qaytib o'ynamasligi kerak. Mana pullik bo'ldim, bo'ldi deb. Yo'q. O'sha norkotikda deb boradi.

[5:44] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, voman ya tasavvur bar yusuf bir hulloh. Mana qimor o'ynagisi kelib qoldi. Ikki soatdan keyin o'ynayman desin. Majbur qilsin, sabr qilsin. Boyagi nafsni vasvasasiga, shaytonni vasvasasiga sabr qilsin! Indamas sobiru bitta sobir deyilay rasululloh. Albatta sabrli bo'lish asta sekinlik bilan bo'ladi. Mana bu hadisda. Voman ya tasavvurn bar yusuf bir hurlloh. Kim deyaptilar payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam? O'zini sabr qilishga majburlasa, Alloh unga sabr beradi. Va ma o'lti'i ahadun atoan hayron va avsa minas sobir. Hech kimga sabrdan ko'ra yaxshiroq va kengroq ne'mat berilmagan. Sabr bormi? Sabr degan sifat. Alloh taoloning eng katta ne'matiga ega bo'libsiz.

[6:39] Takrorlaymiz. Amaliy tavsiyalar. Birinchisi, qimorboz tan olishligi kerak, o'zini kasal ekanligini va qutila olmayotganligini, nazorat qila olmayotganligin. Ikkinchisi, duo qilishlik kerak, chunki Alloh Taolo har narsaga qodir bo'lgan zot. Uchinchisi, bekarchilikdan qutilishlik kerak, vaqtini foydali narsa bilan band qilishlik kerik. To'rtinchidan, moliyaviy to'siqlarni qo'l ushlab qo'yish kerak. Qimorbozni qo'lida pul turmaslik kerak. Beshinchisi, noto'g'ri fikrlash zanjiridan qutilish kerak. Oltinchisi, va bu eng muhimi.

[7:16] Oramizda shu qimorga chalinib qolib qutila olmayotgan birodarlar bo'lsa va sidqidildan xohlayotgan bo'lsa, oltinchi qadam ulfatlardan voz kechish. Ikkita qiyin qadam mana shu yettita qadam deyishadi. Birinchisi tan olish qiyin, ikkinchisi ulfatlardan kechish qiyin. Biz bu darslarni mana shu qimor degan baloga chalinib qolgan va undan chiqa olmayotgan birodarlarimizga ko'rsatma qator gapiryapmiz.

[7:48] Hazrati Ali roziyallohu anhu mana shunday bir yomon do'stlardan uzoq bo'lishlik haqida shunday deydi. Fojir kimsa bilan do'st bo'lishdan saqlan. Chunki u o'z qilmishini senga ham chiroyli qilib ko'rsatadi va seni ham o'ziga o'xshatib qo'yishini xohlaydi. Ibn Ato Alloh Sakan Daryo aytadi, mana tasavvuf ilmining peshvolaridan.

[8:14] Holati seni Allohga ko'tarmaydigan va so'zi seni Allohga yo'llamaydigan kimsa bilan aslo do'st bo'lma. Ya'ni tanlagan do'sting shunday bo'lsinki, uni ko'rib turib Allohga yaqin bo'lishga harakat qil. U shunaqa bo'lsinki, so'zi seni Alloh tomonga olib boradigan bo'lsin. Shunaqa emasmi? Bunaqa do'stlarni voz kechib qo'yaver. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, ar roji ala dini xolilihi, kishi o'zining do'stining dinida bo'ladi. Kishi o'zining do'stini dinida bo'ladi. Falyandur ahadukum man yuxalilu.

[8:57] Sizlardan har bittalar qarab qo'ysin, kimni do'sti deyapti. Qimoroz odam, qimor o'ynashiga mana shu ulfatlari sabab bo'ladi ko'proq. Ana shu ulfatlardan uziladi, qimordan qutilishi umid qilinadi. Endi qimorda ulfatlarsiz telefon o'ynay ekan bo'lsa chi, demak o'sha prilojeniyalarni o'chirib tashlashlik kerak bo'ladi.

[9:22] Zunnuni misli aytadilar. Allohning bandaga bergan eng katta jazolaridan biri uni yomon va bekorchi ulfatlarga yo'liqtirib qo'yishidir. Va Allohning bandaga bermagan eng katta ne'mati uni solih va taqvodor do'stlar bilan siylashidir. Qarang atrofingizda kimlar ko'proq? Siz o'shalarni bittasi bo'lasiz. Shuning uchun, shuning uchun qimorga undaydigan, qimor o'ynashiga sabab bo'ladigan qimorvozlar to'dachasidan ajrab chiqishligi uchun inson ulardan voz kechishligi kerak. Ularga aytish kerak men sizlar uchun o'lgan odamman. Meni istamanglar, yonimga ham kelmanglar. Men sizlar uchun yo'qman deyish kerak. O'lgan odamga nisbatan qanaqa pozitsiyada turasizlar? Menga nisbatan ham shunaqa pozitsiyadada turinglar. Xullas meni unutinglar deyish kerak, o'zi ham unutib yuborish kerak ularni.

[10:21] Deyolaydimi? Agar sidqidildan Alloh uchun shu ishdan qutulmoqchi bo'lsa, shu gunohdan qutulmoxchi bo'lsa aytishligi kerak. Chunki hikmatda aytilinadi as sohibu sahhibun. Do'st sudrovchidir yoki do'st ergashtiruvchidir. Bu oltin qoida. Bu brilliant qoida, doim ishlaydi. O'zimizni oddiy maqol bor ku, ulfating olaqonot bo'lsa, yeyishing ana shunday hikmatlardan bittasi man jalasa, janasan. Kim bilan o'tirsang, o'shaning jinsidan bo'lib qolasan. Kim bilan o'tirsang, shuni jinsidan bo'ib qolasan. Shuning uchun qimorvozlikdan qutulmoqchi bo'lgan odam, yana qaytarib aytamiz, qimorvoz ulfatlardan ajralib, uzilib chiqib ketish kerak.

[11:12] Imom G'azzoli shunday deydi: axloqi buzuq, yomon ishlarni qiladigan kimsalar bilan ulfat bo'lishdan qattiq saqlanish kerak. Chunki inson tabiati o'zi sezmagan holda boshqalarning xulqini o'g'irlaydi. Yomonlarga aralashib yurgan odam tezda o'sha yomon axloqlarni yuqtirib oladi.

[11:35] Ma'qulmi? Sigaret chekadiganlar bilan yuring da, bir yil. Eng kamida sigaret tiydisidan keladigan bo'lib qoladi. To'g'rimi? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam yomon ulfatlarni misolini qanday bizga tushuntirganlar? Aytadilar: innama matalul jalisi solihi va il jalisi suv, kamatali hamili miski va nafiqil kir.

[12:01] Yaxshi hamsuhbat va yomon hamsuhbatning misoli attor va temirchining bosqoniga dam uruvchi kabidir. Attor deydilar Payg'ambarimiz. Yo senga atir sovg'a qiladi, yo undan sotib olasan, yoki hech bo'lmaganda undan xushbo'y hidni topasan. Temirchini bosqoni esa, yo kiyimingni kuydiradi, yo undan qo'ninsa hid topasan. Qarang, attorga qiynayversa, yo sotib olasiz, yo hadya qiladi, yoki eng kamida hidlab mazza qilasiz. Ammo temirchini bosxonaga dam vuradigan odam chi? Yo kiyimingizni kuydiradi, yo undan bir sassiq hidni olasiz.

[12:44] Ana shu hikmatlardan, oltin qoidalardan yana bittasi, ikkita o'g'ri bilan yursang, uchinchisi sensan. Ikkita yolg'onchi bilan ulfat bo'lsang doim, uchinchisi sansan. Ikki olim bilan yursang uchinchisi sansansan. Ikkita qimorvoz bilan doim yursang, uchinchisi, sensan.

[13:09] Psixologik jihatdan buni sabablari bor bunday deyilishini, chunki ko'nikma. Inson yomon ishni birinchi marta ko'rganda ko'ziga xunuk ko'rinadi. Ikkinchi, uchinchi marta ko'yganda xunuk ko'rindimi qo'yiladi. Beshinchi, oltinchi marta ko'targanda oddiy bo'lib qoladi. Taqlid. Inson tabiatan atrofdagilarga taqlid qiladigan bo'ladi.

[13:31] Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam hadisi bor ku, Alloh Taoloni yer yuzida kezib yurishi farishtalari bo'ladi da, Allohni zikri, ilm majlisi bo'lgan joylarni qidirib yuradi. Ana shu farashlardan bittasi keladi bir majlisga, ilm majlis bo'lyapti, Alloh eslanyapti. Kelib kuzatadi, farishtalar ko'payib keladi, keladi, keladi. Juda ham bir katta hajmda bo'ladi. Osmongacha yetib boradi balandligi. Va Alloh Taoloning huzuriga ana shu majlisda o'tirganlarni hisobini ko'tarib chiqishadi. Alloh Taolo ulardan hammasini gunohini kechirdim deydi. Shunda farishtalar, Parvardigor, falon bandang u yerga seni zikring ilm uchun kelmagan edi, o'zini hojati uchun kelgan edi, uni ham gunohini kechirasanmi? Alloh Taolo ha, u majlisdan hech kim mahrum bo'lmaydi ajrindan, uni ham gunohi kechiraman deydi. Ilm majlisiga maqsad niyat bilan emas, adashib kirib qolgan odam ham shu yerga tushgan rahmatdan foydalanayapti.

[14:29] Endi mana shu gunoh maqsad majlislarida o'tiradigan odamlar, ana shu majlisga tushadigan la'nat qahr bo'lsa, ular ham mana shu narsadan ulush oladi. Sofiyonis sovrin shunday deydi, yomon ulfatlar bilan birga o'tirish qalbdagi iymon nurini so'ndiradi. Va insonni asta sekin gunoh ishlarga o'rgatib qo'yadi. Qimor oynamaydi, kuzatib o'tiradi. Keyin cho'tal olishni boshlaydi. Keyin o'zi kelishib ketadi.

[15:01] Umar ibn Xattob roziyallohu anhuni so'ziga xulosa olamiz. Senga Allohni eslatmaydigan va gunoh ishlardan qaytarmaydigan suhbatdoshdan uzoq bo'l. Zero yomon ulfatning zarari zaharli ilondan ko'ra xavfliroqdir. Shuning uchun qimordan tuzalishni xohlagan odam aytsa, men qimor o'ynamay qo'ydim, faqat shu ulfatlar bilan birga yuribman, o'ynamayapman, bular bilan prosta choy ichib yuribman desa, o'zini alday ekan bo'ladi.

[15:35] Chunki yuqoridagi hikmatga ko'ra, ikkita qimorvoz bilan yursa, uchinchisi mana shu bo'lib qolaveradi da. Qimordan tuzalishni yagona yo'li muhitni almashtirish, hamrohlarni butunlay o'zgartirishlik bo'ladi. Inson dunyoda yomon odamlarga hamroh bo'lishligiga qiyomatda qanchalab tushunmaydi? Alloh taolo aytadi, assalomu alaykum. Voyavum ya'udu voli mu alayyaday, yaqulu ya layta nitta xot tuman rasuli sabiyla. Ya oilata laytaniylam attaq etfu vlanin xoliyla. U kunda bu zolim qo'llarini tishlab der. E, qaniydi men ham payg'ambar bilan bir yo'lni tutganimda edi. O'lim bo'lsin menga, qaniydi men falonchini do'st tutmaganimda edi. Qaniydi falonchini do'z tutmaganimda eti deydi. Ana shu qimordan ajramoqchi bo'lgan odam, qimorboz ulfatlardan voz kechishligi kerak. Unda kim bilan ulfatchilik qiladi? Topilib qoladi, ishanover. Chunki kim Alloh uchun bir narsani tark qilsa, deydi Payg'ambarimiz, Alloh bunga tark qilganidan yaxshirog'ini beradi. Bu Payg'ambarimizning va'dasi.

[16:51] Yana aytilinadi, yomon do'stdan xuddi zaharli ilondan qochganday qochgin. Chunki zaharli ilon faqatgina joningni oladi, yomon do'st esa, imoningni ham, oxiratingni ham barbod qiladi. Insonni ikki dunyodagi baxti yoki baxtsizligi, uni kimlar bilan ulfat bo'lib yurganiga bevosita bog'liq.

[17:19] Dunyoda ham, oxiratda ham saodat topishingiz yoki shaqovatga ketishligingiz, kimlarga ulfat bo'lganligingizga juda ham qattiq bog'lanadi. Birinchi qadam, tan olishligi kerak, duo qilishligi kerak, bekorchi yerdan qutilish kerak, moliyaviy to'siqlarni qo'yish kerak, noto'g'ri fikrlashni yo'qotish kerak. Oltinchisi, yomon ulfatlardan voz kechishlik kerak.

[17:47] Endi shu qimordan qutilishlikka harakat qilib, uni uddasidan chiqa olmayotganlar haqida gaplashamiz. Haqiqatdan xohlayapti qutulishni, lekin uddasidan chiqolmayapti, eplay olmayapti. Ana shu qimorbozlikka chalinib qolgan odamlar o'zlari ham shu balodan qutulishni xohlaydi. Qimor o'ynamasligini xohlaydi, lekin kontrol qila olmaydi da o'zini. Nimaga? Chunki qimor ham bir narkotik. Uni totib yurgan odamni ishi juda ham og'ir bo'ladi.

[18:17] Inson bir narsaga qattiq odatlanib qolsa, undan qanday ajralishlik mumkin? Innama yajidul mashaqqata fiy tarkil ma'lofat val avay min tarki halig'oyiringlar. Diqqat qilinglar. Sigaret tashlab boshlab olarkanlar. Qimorda tashlab boshlay olarkanlar. Gunoh ma'siyatni tashlab turib, bir oy yarim oydan keyin yana qaytadan boshlab olarkanilar, eplay olmay ekanlar eshitib turinglar.

[18:44] Mana shu nafs ulamolari aytadiki, tasavvuf ulamolari, odatlangan va o'rganib qolgan narsalarni tashlashda faqatgina Allohdan boshqasi uchun tashlayotgan kishi qiynaladi. Mana shu harom ishini Alloh uchun tashlagan bo'lsa, qiynalmas ekan. Allohdan boshalar uchun, Allohdan boshqi narsa uchun tashayotganlar qiynaladi, shef vest tushiring dedi.

[19:13] Ves tushirgani qiynaladi, chunki alloh uchunmas, shef uchun. Sigaret cheksang, ulpachilikdan chiqarib yuboramiz deyapti. Bu endi ulpachilikdan ajrab ketmasligi uchun sigaret tashlayapti. Alloh uchun tarqalayotgan odam qiynalmas ekan. Kimki Alloh uchungi chin dildan, sidq dildan voz ketsa, unga faqat boshida biroz qiyinchilik bo'ladi. Bu uning rozgo'y yoki yolg'onchi ekanini sinash uchun.

[19:43] Agar boshidanlar qiynalmaydigan bo'lsa, hamma tashlab yuborar edi. Lekin Alloh Taolo boshida ozgina mashaqqatni qoldirar ekan. Nima uchun? Chidaysanmi, chidamaysanmi? Rostdan meni uchun tashlayapsanmi? Ha. Sen uchun tashayapman deb isbotlasa, keyin mashaqqat sezmas ekan. Gunoh, ma'siyat ishlarini tashlashlikda kim qiynalarkan? Alloh uchun tashlamaganlar. Alloh uchun tarqaganlar qiynalmas ekan.

[20:10] Toatning avvaligina mashaqqat. Toatning avivaligina mashaqquat. Masalan, ramazon ro'zasi. Bir uch kun mashaqqat bo'ladi, keyin mazza qilamizmi? Namoz boshlagan paytingizni eslang. Uch kun, to'rt kun, besh kun bizni majbur qilgansiz, qiyin bo'lgan. Keyin mazza qiganmisiz? Zikr aytasiz. Uch kun, to'rt kun, besh kun qiynalgansiz, majbur qilgansiz, o'tib ketgan, keyin sizniki rohatga aylanib qolganmi?

[20:40] Tushunyapsizmi? Gunoh, ma'siyatlarni tark qilayotganlar, agar Alloh uchun tark qilsa, mashaqqat chekmas ekan. Boshida ozgina bo'ladi, keyin yengillik bo'ladi. Imom Qurto'be aytadi, al maysir kalxomir, yada habubil aqliy va l mal va yuristul adavati va l bag'dod. Qimor xuddi xamir kabidir, ichkilik kabidir. U aqlni va molni ketkazadi, adovat va nafratni meros qoldiradi.

[21:12] Yettinchi qadam. Turmush tarzini o'zgartirishlik. Ya'ni, o'zini turmush tarzining o'zgartirsin, sport bilan shug'ullansin. Ayniqsa suzish, yugurish, miyada dofamin moddasini ishlab chiqarishga yordam beradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jismonan baquvvat mo'minni maqtab nima deganlar? Almominul qoviy xoyrun va'hib ilohi minal mo'min ibn iddoi va fiku'l linhoyir. Kuchli mo'min deyapti Payg'ambarimiz. Alloh uchun zaif mo'mindan ko'ra yaxshiroq va sevimliroq. Lekin har ikkisida ham yaxshilik bor.

[21:48] Oiladagi majburiyatlarni o'zini zimmasiga olishlik kerak. Uyni ro'zg'orlarni qilsin, bozorga yugursin, arag'ini chopsin, agar otini tozalasin, o'zini band qilsin. Jamiyatga foydali inson bo'lsin. Payg'ambarimiz aytadilar, hoyrukum, hoyrukumli ahli, va'no hoyrukumli ahlik. Sizlarni oranglardagi eng yaxshilaringlar o'z ahli oilasiga yaxshi bo'lganinglar. Men esa. Sizlarni oranglarda ahliga eng yaxshi muomala qiladigan ishchiman.

[22:19] Saydul xotir asarida shunday deyiladi nafs faqat mashg'ulot bilangina sokinlashadi. Agar sen uni o'ziga foyda beradigan narsa bilan mashg'ul qilmasang, u seni o'zingga zarar beradigan narsa bo'lgan mashg'ul qilib qo'yadi. Siz nafsingizni, nafsingizga foydali bo'lgan ish bilan band qiling, aks holda nafs sizga zarar qiladigan narsa bilan band qilib qo'yadi sizni.

[22:49] Qimor bu shunchaki o'yin emas. U insonni dinini, oilasini, molini, aqlini yemiruvchi shaytonni tuzog'i. Avvallari qimor o'ynashligi uchun qimorxonaga borilar edi. Bugun qimor hammani qo'lida turibdi, telefonida. Qur'onda qimor aroq va shirk bilan bir qatorda tilga olingan. Shaytonning ishi deyildi. Qimor insonni namozdan, zikrdan, halol mehnatdan uzoqlashtiradi. Oilalarni vayron qiladi, qarzga botiradi. Bu suhbatlar orqali jamiyatimizni ichidan yemirib tashlaydigan, oilalarni vavron qiladigan, eng og'ir illatlardan biri qimor haqida suhbat qildik. Ko'rib turganimizdek, qimor bu oddiy o'yinmas ekan. Qur'on, sunnat, ijmo bilan haromligi aytildi. Qimor insonni bu dunyosini ham, oxiratini ham vayron qiladi.

[23:43] Ammo Alloh Taoloni rahmat eshigi mana shu botqoqqa botib qolgan qimorvozlar uchun ham ochiq. Faqat banda o'zi Alloh tomonga qarab qadam bossin, tuzalishini Alloh Taolodan so'rasin. Birinchi qadam, muammosini tan olsin. Menda shu muammo bor, o'zimni nazorat qilolmayapman, davolanishim kerak deb qat'iy qaror qabul qilsin. Ikkinchidan, hamma kuch quvvat, qudrat Allohnin qo'lida ekanligini bilib, nafsini poklab sidqidildan duo qilsin. Uchinchidan, qimorga tupki bo'layotgan omillarni, bekorchilik degan narsani yo'qotishlik kerak. To'rtinchidan, moliyaviy to'siqlarni qo'yishlik kerak. Pul ushamasin qimorboz. Kartasida puli bo'lmasin, ishongan odamlarga topshirib qo'ysin. Beshinchidan, keyingi safar albatta yutaman degan shaytoniy, tamanniydan, fikrdan uzoq bo'lsin. Oltinchidan va eng muhim qadamlardan bittasi, qimorvoz ulfatlarni orasidan chiqib ketishlik kerak. Bu majlisdan xuddi zaharli ilonni ko'rganda qochganday qochishlik kerak. Chunki kim bilan o'tirsang, o'shani bittasisan deyildi.

[24:57] Yettinchisi, hayot tarzini, turmush tarzini butunlay o'zgartirishlik kerak. Jismoniy mehnat bilan shug'ullansin. Sport bilan shug'ulansin. Oila a'zolarini xizmatida bo'lsin. Birodarlar, cho'ntagimizdagi telefon biz uchun yo najot, yoki halokat vositasi bo'lib turibdi. O'zimizga hushyor bo'laylik.

[25:20] Farzandlarimizga hushyor bilaylik. Ayollarimizga hushyor blaylik. Alloh taolo hammamizni harom luqmadan, qimor illatidan va shaytonni tuzoqlaridan o'z panohida asragan bo'lsin. Alloh azza va jalla mana shu qimor degan musibatga chalinib qolgan birodarlarimizga o'zi tavfiq bersin. Vo ahirudu avana an ilhamdulillahi robbil alamin. Aquli qovli ha davos tafirullohu li va lakum. Innallohu va malaka tahush sonli un ala nabiy, ya yuhalladina amanu, sollallohu alayhi va sallimu taslima va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
