# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 492 of 510
- Section: —
- Duration: 27 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/492
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/iKQmST7ZqmM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=iKQmST7ZqmM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/491.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/493.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:14] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassolatu vassalom ala ashrafi mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Allohumma alin na man yonfa'una va onfa'na bima allam ta'navazid na ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon vorzuqna tiba'a va arenal ba'tila ba'tilan vorzuqna jiddiy na'ba. Hoji allam minmay yassamiyaun al qovli fayetta biyuneh sana, va adhin la bi rohmatiki fiyin ibodika solihin. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi va barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan g'osilul malayka, hanzali roziyallohu anhu kunlarni birida ko'chada yig'lab turar edi yoki yig'lab borar edi. U kishining yo'liga Abu Bakr Siddiq roziyallohu anh chiqdi da, bu sahobani yig'layotganini ko'rib, ehanzala, sizga nima bo'ldi? Nimaga yig'layapsiz dedi. Hanzala roziyalloh aytdi, hanzala munofiq bo'lib qoldi dedi. Hanzala halok bo'ldi dedi.

[1:15] Buni sababini so'raganida, Abu Bakrga Hanzala javob berib aytdiki, Rasulullohni huzurida turganimizda, bir boshqacha holatda bo'lamiz, go'yo bir Jannat bog'larida turganday bo'lamiz. Lekin uzoqdan uzoqlashib, oilalarimizga borib, ular bilan birga turganimizda boshqa bir holatda bo'lib qolamiz dedi. Abu Bakr Siddiq roziyalloh ham huzining kamtarligidan men ham shunday boraman. Yuring Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldiga boramiz dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallamni oliga borganlarida, u zot sollallohu alhu alayhi vasallami shunday dedilar. Amma nahmi ma'sharul ambiya tanamu a'yununa va la tanamu hulu buni. Biz Payg'ambarlar jamoasi ko'zlarimiz uxlaydi. Ammo qalblarimiz uxlamaydi. Payg'ambarlarning ko'zlari uxlagani bilan qalblari uxlamaydi, lekin siz bilan biz, oddiy insonlar qalblarimizni ham ba'zida uxlab qolganligini, sustkash bo'lganligini, ibodatlarga beparvo bo'lganliginini ko'ramiz.

[2:13] Albatta bir ma'ruza eshitgandan keyin, qalbimizni bir junbushga keltirgan qissani yoki bir oyat hadislarni eshitadigan bo'lsak, holimiz boshqacha bo'ladi da, bir soat, ikki soatdan keyin yana tekkizib qolamiz. Bu beparvolik, bu sustkashlik qanday kasal? Bu kasal nima sababdan kelib chiqadi? Va uning dorilari qanday? Men mubolag'alik qilgan bo'lmayman, agar shu kasal hammamizda bor degan bo'lsam.

[2:44] Hammamizda ham shu kasal borki, ba'zida bir yuksalib boshqacha o'tib ketamiz terimizga sig'may, ba'zida umuman sustkashligimiz, yalqonligimiz tutib qoladi. Bu insonlarga, odam bolasiga xos bo'lgan tabiiyan. Alloh subhanahu va taolo Qur'onda istaydu billah valahum man fissamava ti va l ark va mana indahular yas takbirunani ibadati va la yas taqdirun yu sabdixuna layla va nahara la yafturu.

[3:14] Osmonlar va yerdagi bor jonzot unikidir. Uning huzuridagi zotlar, ya'ni farishtalar, unga ibodat qilishdan orlanib, zorlanmaydilar. Ular tun u kun sustkashlik qilmasdan Allohnı tasbeh aytib poklaydilar. Bugungi suhbatimizni mavzusi ibodatlardagi sustkashlik. Chunki insonni tabiatida bor deyapmizmi, farishtalar orlanmaydi, zorlanmaydi va sustkashlik qilmaydi. Lekin inson bolasi borki, odam bolasi borki mana shu kasalga duchor bo'lmay iloji yo'q. Kimda ko'proq, kimda ozroq. Endi kimda ko'prog'i bo'ladi? Kelinglar, mana shu sustkashlikni, ibodatlardagi sustkashlikni sabablarini ko'rib chiqamiz.

[4:00] Insonni ibodatga sustkash qiladigan ishlar, sabablar juda ko'p. Bu Qur'on o'qimaslik, qiyomullarni turmaslik, zikrdan uzoq bo'lishlik va boshqa sabablar. Mana ba'zilarni ko'rib chiqamiz. Birinchisi, insonni ibodatda sustkash qilayotgan eng birinchi omil bu iymonni zaifligi. Iymonni zaiflik. Insonni iymoni zaif bo'lganini ko'rasiz, namozga beparvoligini. Namozni ikkinchi vaqt, namozni vaqtiga taqab o'qiyotganligini ko'rasiz. Bir namoz tugaganda ikkinchisini ozonini kutmaydi. Bu insonni iymonini, zaifligiga dalolat qiladi.

[4:38] Demak, itoat qilishlik, muhabbat. Sadoqat bo'ladi itoatga. Endi muhabbatga Allohni tanishlik sabab bo'ladi. Allohni tanigan odam Allohga iymoni quvvatli bo'ladi, itoati ham shunga yarasha bo'ladi. Alloh Subhanahu va Taologa amallarni ichida. Eng suyuklisi, ozroq bo'lsa ham davomiy bo'lgani.

[5:02] Va men yomin billahi yahdiy qolibman. Kim Allohga iymon keltirsa, u Zot uning qalbini to'g'ri yo'lga hidoyat qilur. O'zi odatda Alloh hidoyat qilsa, ina iymon keltiradi banda. Shundaymi? Bizni tushunishimiz shu. Alloh hidoyat hissa, ina iymon kelib turadi. Endi bu oyatda aytyaptiki, kim? Allohga iymon keltirsa, keyin Alloh uni qalbini hidoyat qiladi deyapti. Bu nima degani? Bu degani banda, banda Allohni taniganidan keyin, kalima keltirganidan keyin, Allohni rozi qiladigan ishlarga qadamni qancha ko'p bossa, Allohni rizosiga qancha ko'plar intilsa, Alloh shu bandaga o'zi rozi bo'ladigan yo'llarni ochib qo'yadi. Yoki iymon keltirsang, hidoyat qilaman deyapti Alloh Taolo.

[5:52] Agar bizni oldimizda shu yo'llar ochilmayotgan bo'lsa, sustkash bo'layotgan bo'lsak, demak, mana shu nuqson bor siz bilan bizda. Qalb? Qalb. Qachon pokiza bo'ladi? Qachon toza bo'ladi? Alloh aytadi yav malla ya'nfa u ma'lum vala banun illa man atallohu biqolbin salim. U kunda na molu davlat va na bola chaqa foyda bermas. Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina foyda berur. Nima foyda beradi?

[6:26] Bolasi chaqasi, molu davlati qalbi toza odamga qiyomat kuni foyda keltiradi. Ya'ni shu toza qalbi foyda beradi. Hamma pul topadi, hamma bola chaqa deydi. Lekin insonlarni ichida qalbini pokizaligi, ming samarasi bo'lgan savobli amallarini ko'p bo'lishligi, uni qiyomat kunida mol u dunyo bola chaqasidan foydalanishlikka imkon beradi. Hamma o'zini pokiza qalb egasi deydi.

[7:00] Doim eshitadigan gapimiz, meni matnim toza. Anaqa manaqa bo'lmagani bilan, manaqa qilmaganimiz bilan matn toza. Birodarlar, qalbi toza odam kim bo'ladi? Yoki qaysi odamni qalbi toza bo'ladi? Sog'lom yoki pokiza xalq diqqat qilamiz. Mana shu sifat bizda bormi yo'qmi qaraylik. Biz ham qalbimizni pokiza deb da'vo qilamiz, shu da'vomiz rostmi? Birinchidan, pokiza qalb egasi Alloh norozi bo'layotgan narsalarni xohlamaydi.

[7:30] Allohning vahisiga teskari bo'lgan so'zlarni tasdiqlamaydi, to'g'ri aytyapti demaydi. Allohdan boshqaga ibodat qilmaydi. Hamda Allohning shariatidan hukm so'raydi. Qaytarib aytamiz, pokiza qalb egasi, Alloh norozi bo'ladigan narsani xohlamaydi. Allohning vahiysiga xilof bo'lgan so'zni tasdiqlamaydi. Allohni boshqaga ibadat qilmaydi va hayotini shariat nima degan shu ishga? Urf odatini, uylanishini, turmushga chiqishini, kundalik ishlarini Allohning shariatidan, boshqa joydan istamaydi. Odamlar qanaqa qilyapti demaydi. Unga qizig'i yo'q, odamlar nima qilayotganiga. Mana shu inson pokiza qalb egasi deyiladi. Eng qalbi pokiza inson kim bo'lgan? Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Uzoqdan keyin eng qalbi pokizi insonlar kimlar bo'lgan? Sahobalar bo'lgan. Sahobalar nima? Tili bilan qalbim pokiza deb qo'yib turib xohlagan ishini qilaverganmi? Demak, qalbim pokizada deyotgan odam hayotda qilayotgan ishiga qaraymiz. Agar shariatga tushayotgan bo'lsa gapi, qilayotgani ishi, demak shu odamni qalbi haqiqatan pokiza hisoblanadi. Qalb deydi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana ala va imna fil jasadun mudh o'tan ila salohat saloh al jasadun kunluhum.

[8:52] Insonni qalbi pokiza bo'lsa, qalbi toza bo'lsa, a'zolar ham tuzaladi. Siz qalbingizni tuzatmay turib, oyoq qo'lingizni namozga buyuray olmaysiz. To'g'rimi? Qalbingiz ibodatga talpinib tursa, oyoq qon keyin itoat qiladi. Insonning jasadida bir parcha go'sht bor. Agar u tuzalsa, butun jasad tuzaladi. Agar u buzilsa, butun jasadi buziladi. Bu qalb.

[9:20] Insonning jasadi bir davlat mamlakat deyilsa, qalb bu mamlakatning podshohi, a'zolar bu podshohning askarlari. Agar podshoh tuzalsa, askarlar tuzaladi, raiyyat tuzaladi. Agar podshohi aynib buzilsa, raiyyat askarlari buziladi. Demak bir insonni qilayotgan ishiga qarab turib, tutayotgan tutishiga qarab turilib, qilayotgan istirofiga qarab turip, urf odatdagi bid'atlarga amal qilayotganini ko'rib turib, ha, qalbida hali buni kasal bor ekan deysiz.

[9:48] Endi u bid'atni orzu havas deb o'raysizmi qog'ozga? Endi urf odat deysizmi, hamma endi sizni problemangiz bor. Kitobga, sunnatga xilof ishni qilyapsizmi? Kimga itoat qilishingizdan qat'iy nazar. Demak, qalbim toza demaysiz. Hali toza emas qalbingiz. Demak, insonni ibodatga sustkash qiladigan ishlarni birinchisi nima bo'ldi?

[10:15] Imoni zaifligi. Imoni zaifligi qalbni pokiza pokiza emasligiga bog'liq. Mana shu uchta o'rinda toping qalbingizni. Qaranglar. Qur'on tilovatida, ilm majlisida yoki xilvatda turganda Allohga munojot qilish deydilar. Mana shu uchni o'rinda topmasang, seni qalbing yo'q deyapti Yunus Musod. Bu qalb o'lik deyapti. Yo Qur'on tilavot qilib tur, yo ilm majlisida o'tirib eshit, yoki yolg'iz qolganda Allohga duo iltijo qil. Agar shunday qilmasang, seni qalbing o'lik ekan. Odamlar bor atrofimizda, bulardan bittasini qilmaydigan. Bor odamlar shunaqa. Qur'ondan uzoq. Ilm majlisiga umuman kelmaydi. Bir kunda bir marta bismillah deb deydi, bo'lmasa yo'q. Bu odamni qalbi o'lik hisoblanadi. Ibodatda siz bilan bizni sustkash qiladigan ishlarning ikkinchisi iroda, himmatni pastligi. Oliy himmatlini yo'qligi.

[11:09] Ya'ni saidlarda qo'yamiz ku mana, qavmini saidlari deymiz. Qavm uchun yaxshilikni doim istagan, qavmini foydasiga yurgan, qavma haqida g'am tashvish qilgan, saidlar. Himmatni pastligi ham menga nima bo'ladi? Onalar qilsin, qo'y meni. Mana shu himmatni yo'qligi bo'ladi. Ibn Qoyim Jaziy aytadi. Bilingki, banda Alloh tomoniga qarab, badani bilan yurmaydi.

[11:39] Allohning roziligiga qarab, bandani bilan yur maydi. Balki qalbi va taqvosi bilan yuradi. Endi, haqiqiy taqvo nima desa, bu a'zolarni taqvosi emas, qalbning taqvosi. Chunki a'zolarini taqvosini qilayotgan odam, agar hali qalbi tuzalmagan bo'lsa, hammani oldida yaxshi musulmon bo'lib yuraveradi, shifo bo'lib. Namozga kiradi, g'iybat qilmaydi, yolg'on gapirmaydi, birodarlarni oldida ko'zini biror bir narsadan olib qochadi. Endi yolg'iz qolganda chi?

[12:12] Inson Parvardigorining rizosiga qo'li, oyoq, ko'zi, a'zolari bilan bormaydi, balki qalbining taqvosi bilan bo'ladi. Payg'ambarimiz salomat ekanlar. At taqvo ha hunna, uch marta. Taqvo bu yerda bo'ladi, taqvo bu yerga bo'ladi, takvo bu yerda bo'. Nifo ham shu yerda bo'lardi. Uni kim biladi? Alloh biladi. Qolata a'lo. Va man yu avvim sha'a irallohi fa innahalin taqvol quluvi. Diqqat qilamiz. Ish shudur. Kim Allohning qonunlarini hurmat qilsa, bas albatta bu hurmat dillarning taqvodorligi sababli bo'lur. Haj surasi o'ttiz ikkinchi oy. Qaytaramiz. Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, albatta bu hurmat tillaarning taqvodorligiga sabab bo'libdi.

[13:04] Tushunarlimi? Alloh Taolo bir qonunda aytgan bo'lsa, shunga amal qilishlik insonni Allohda qo'rqayotganligi uchun bo'lyapti. Qarang, Alloh aytib turibdi, bu narsa mumkin emas. Bu bi deyapti yoki xolam yoki isrof desa, to'g'ri deyapti. To'g'ri, nu endi men. Mufakkirlardan biri shunday bir chiroyli so'zni aytadi. Mana hamma inson hayotda o'zi uchun yo'l tanlaydi. Nima haqida gaplashyapmiz?

[13:35] Qanaqadir sustkashlik? Ikkita sababini aytdik. Birinchisi nima bo'ldi? Imomni zaifligi ikkinchisi, himmat pastligi, shijoatni yo'qligi, sustkashligi. Hamma inson hayotda o'ziga yo'l toplaydi. Shu yo'lni to'g'rida biladi, qaror qabul qilgan, shu narsani mahkam ushlagan, shu bilan ketadi.

[14:00] Endi, bu kishi aytadiki, inson. O'zi uchun yurib boradigan yo'lni tolayotganda, agar bu qarori iymondan hamda kuchli irodadan kelib chiqilgan qaror bo'lsa, bu insonni vaqti, zamonni ob havoda o'zgarishi qaroridan ikkilantirib qo'ymaydi. Qaytarib aytaman. Agar mana shu qabul qilgan yechimingiz, mana shu qaroringiz, o'zingizga qilgan qaroringiz, iymondan kelib chiqib, iroda bilan, shu narsa to'g'ri, shuni qilaman deb, imonga asoslangan bo'lsa, atrofdagi ulfatlarda yomon bo'lishligi sizga ta'sir qilmaydi. Sharoitingiz jicha og'ir bo'lib qolishiga amalingizdan to'sib qo'ymaydi. Boshqa yurtga borib qolsangiz, boshqa odam bo'lib qolmaysiz. Ko'p eshitamiz. Ha u, siz, voy, nima ish qilganingizni bilmaysiz, siz deydi. U vapshe boshqa odamsiz bo'lib ketgandek. Bu yoqqa kelgandan keyin suhbat bo'lib olar ekan haligi odamlar.

[14:56] U azmi qoronli odamlar bo'ladi, erkak odamlar bo'ladimi, ushadimi? Oxirigacha ketadi. Tashladimi? Qaytib og'ziga solmaydi u narsani. Demak, tashlashligingiz o'sha narsani. Uni kelib qoldi da, aytib qo'yishim kerak. Tashlaganligingiz. U iymonga asoslanib turib kuchli bir ilova bilan qabul qilinmadi. Hamma tashlagan uchun tashlagan ekansiz, hamma boshlayverdi, yana boshlayververdingiz. Ob havasini o'zi kerak tomonga burib yubordi. Boshlagan akalar.

[15:29] Demak, insonni ibodatga sustkash qiladigan ishlardan, birinchisi iymon zaifligi, ikkinchisi himmatda past bo'lishligi. Uchinchisi. Himmat xususida. Shunaqa bir himmati baland odamlar bor. Bog'li dunyo to'plashda shunaqa bir himmatliki, ko'ngli tungi urib yuboradi. Uxlamaydi. Tinmay ishlaydi. Chunki himmat baland. Pul topish kerak degan himmati baland. Yana bitta odam bor. Bir manzilga yetishlik kerak, shu manzilga yetishligi yo'qda himmati balandlar. Har qanaqa ishga boradi. Chunki maqsadga yetishlik keraydi. Yana shunday odamlar bor, o'zini to'r yog'ini taq qilishlikka himmati balandman. Lekin ibodatgachi?

[16:12] Insonni ibodatdan suskashib qo'yadigan ishlardan yana bittasi, kichkina gunohlardan ehtiyot bo'lmaslik. Shar'iy qoida la sog'iroat amal isroor va la kabirat amal istig'for. Doimiy qilishlik bilan, o'jarli qilishlik bilon, qaysarlik qilishlik bilom mayda gunohlar katta gunoh bo'lib ketadi. Hamda Alloh Taologa istig'for ochish bilan katta gunohlar kechiriladi. Payg'ambarimiz Sallallohu Alayhi Vasallam aytganlar, i yakun val muhaqqiroti znu. Fay nafundan yashdami ana ala rojini, xatta yuhlik nahu. Aka maqola Rasulullohu Alayhi Vasallam. Kichkina gunohlardan ehtiyot bo'linglar. Chunki ular to'planib, to'planib, insonni halokatga olib boradi. Kichkina gunohni misol. Keyingi oltmish metrlik yo'lda o'rtasida mashinangiz bilan ketyapsiz.

[17:03] Tezligingiz ham yaxshigina. Shu rolingizni to'g'ri ushlab ketsangiz, tekkis ketasiz. Bir santimetr yonboshga bursangiz, bir kilometr yoki ikki kilometr yugurgandan keyin albatta nima qilasiz? Yo'ldan chiqib ketasiz. Chiqib ketishingiz aniq, faqat sal uzoqroq muddatda chiqib ketasangiz. Endi gunoh kabina nimaga o'xshaydi? To'qson gradusga shunday burib qo'yishlik bo'ladi. Tezroq chiqib ketasin to'g'ri yo'ldan. Endi, tezroq chiqib ketsangiz ham, sekinroq chiqib kelsangiz ham, mana shu burishlik baribir chiqaryaptimiz da, demak kichkina gunoh ham katta bo'ladi, agar davomiy suratda ketsa. Mayda gunoh o'sha bir santimetr burish rolni. Ushlab turavering, shu kichkina gunohni davomiy turavering, xuddi rolda qimirlab, ushlab turgandaqa. Shu bilan chuqurga tushib ketasiz.

[17:49] Kichkina gunohlarda, bitta katta gunohdan farqi, to'g'rilab olishlikka ozgina fursat bor. Demak, gunohlarni kichkinalaridan beparvo bo'lishlik, insonni ibodatda sustkash qiladigan amallarda. Nechta bo'ldi? Uchta bo'ldim. Iymon zaifligi, himmat pastligi, kichkina gunohlardan ehtiyot bo'lmaslik.

[18:15] Ibn abbos roziyallohim aytadi, inna litot i nuron fil bachit va nuron fil qol va nuron fil badan va siatan fil rizq va muhabbatan fil qulubi innas. Toatni insonning yuziga beradigan nuri bor. Qalbga beradigan nuri bo, badanga beradigan nuri, rizqni keng qilishligi bor va odamlarning qalbida muhabbatni keltirishi bor. Va endi ma'siyatni chi, xuddi shuni teskarisi. Ma'siyatni insonni yuziga qorovulik berishi, qalbga qorovulik bo'lishi, qabrda zulmat bo'lishligi, qo'rquv bo'lishligi insonni badanidan. Rizqni torligi va odamlarni yomon ko'rishi bor. Ibodatdan siz bilan bizni sustkash qiladigan ishlardan Allohning diniga xizmat qilmaslik.

[19:06] Allohni diniga qanaqa xizmat qilinadi? Biz faqat tushunmaylik, u Allohni diniga xizmat qilish deganda faqat domlalarni ishi yu, qo'lida dunyosi bor, puldorlarni ishi deb o'ylamaylik. Har bitta odam Allohni diniga xizmat qilishlikni yo'li bor. Va man ja hadafiyni la nahdiyana xun suv bo'lana. Alloh aytyapti, kim bizni rozi qilishi yo'lida kuch sarflab kurasa, biz uni o'zimiz rozi bo'ladigan yo'lga boshlab qo'yamiz deyapti. Yo'lilar deyapti Alloh. Bitta yo'l demayapti.

[19:35] Allohni xizmatini qil. O'zi bu dinchi, birodarlar, siz bilan bizni xizmatimizga muhtoj emas. Bu din, bu dinni xizmatini qigan xalqni, Islomni mahkam ushlagan elni ko'targan va doim ko'taradi. Bu din, Alloh bu narsalarga siz bilan bizga muhtoj emass. Biz muhtojmiz bunga. O'zimizni aziz qilishlikni xohlasak, dinda xizmatida turishligimiz kerak. Savol beraylik o'zimizga. Nima xizmat qildingiz dinga har bittamas?

[20:08] Nimangiz bor? Nimangiz bor. Hech bo'lmasa kerak, hozir odamlar namozxonada chiqib ketayotganlar. Oyoq kiyimlarini to'g'irlab qo'ya olasizmi? Shu ham xizmat, bir yengilroq ko'rinishi. Yo'lda yotgan toshni bir chekkaga turtib qo'yishlik ham xizmat. E bir qiynalgan odamni ukini ko'tarib qo'yishingiz ham xizmat. Mahalladagi bechorani boshini silab qo'yishiga ham xizmat. Payg'ambarimiz sallallohu aytadilar, men asbaha, falon yaxtamman, beamr ilm muslimiyni falaysa minhum.

[20:37] Kim tong otib tursa, bitta men uyg'onsin degan. Musulmonlarni g'ami kallasida bo'lmasa shu odam, bu musulmon emas deydi. Tong otirdingiz, islom haqida, musulmonlar haqida, ummat haqida g'amingiz yo'q, din haqida tashvishingiz g'amingiz yo'. Ishingiz yo'q umuman. Bu odam musulmon emas deyapti Payg'ambarimiz. Musulmonlarda g'ami deganda birodarlar faqat masjidda tushunmaylik, maktablar.

[21:05] Maktabda bizni bolalarimiz o'qiydi. Borib anglis olib berish bizni ishimiz. Borib isitib yetgan bo'lsa xonasini isitib berishi bizning ishimiz. Birodarlar, masjidga qancha sarflasanglar, masjidda sarflasang, maktabga sarflasanglar ajri bir xil bo'ladi. Modomiki shu maktablarda xayriya o'qitilyaptimi bolalarimizga? Alhamdulillah masjidlarimiz obod. Alhamdulillah. Maktablarga navbat keldi. Qaranglar, qish keldi, sovqotyapti bolalarimiz. Pechkasi kerakmi? Qarang, nimasi kerak? Shu ham Allohni xizmatini qilishiga kerak. Chunki musulmon devonlari bor o'tirganlarchi?

[21:42] Imonni zaifligi siz bilan bizni ibodatda sutkash qiladigan birinchi sabab. Ikkinchisi, himmatni pastligi. Uchinchisi, mayda gunohlarga beparvo bo'lishlik. Keyingisi, dinni xizmatini qimaslik. Bilib qo'yinglar, diniy xizmatini qilish bu qorakal'a deyilishimiz, har bittamiz ishimiz.

[22:06] Ibodatdan yoki davlatdan bizni sustkash qiladigan ishlardan yana bittasi, Alloh Taoloni bu koinotga qo'ygan sunnatlaridan bexabar olish. Bir kun davlat qiladi, ikki kun davlat qilada qabul qilmasa, ko'ngli sog'ib ketadi. Bularda bir yildan beri so'zlari bo'lib turibdi, odam bo'lmadi. Bular odam bo'ladi. Payg'ambarimizni sahobalarini Alloh Taolo o'n uch yil Makkada tarbiya qildi. Madinaga kelgandan keyin aroq harom bo'ldi.

[22:32] O'n besh yilga qanaqa qilib ketyapti? Bitta aroqni tashlatishlik uchun Alloh Taolo hikmat egasi bo'lgan zod, Payg'ambarimiz zokali o'n besh, o'n to'rt yilda aroqni haromni tashlatayotgan bo'lsa, bu qavmlarni tuzalishigidan siz bilan biz noumid bo'lmaydi agar ikki kunda tuzalib ketmasa. Bugun bo'lmasa ertaga, indinga bo'lmasa, undan keyin. Endi ularni tuzatishlik bizning ishimiz emas. Lay salaka hudaahum. Ularni hidoyat qilishlik.

[22:59] Abu Xurotdan, iza qolar rojul halakandan so'ng, fahovah ahlakuhun. Av fahovah ahlakuhum. Bir inson boshqalarda bu odamlar halok bo'lishdi endi desa, shu odam ularni halok qilib qo'ydi. Yoki ana shularni ichida eng halokatga uchragani o'zi. Chunki nima bo'ldi? Noumid bo'ladi. Noumid bo'lmaydi. Iymoni zaifligi. Himmatsizlik, kichkina gunohlar, dinni xizmati, noumid bo'lishlik.

[23:32] Oltinchi sababi, ilm majlisidan uzoq bo'lishlik. Ilm majlisdan uzoq bo'lishlik. Yer yuzida bir tabib yo'qki, bir shifoxonada ishlayotgan, jome'ani ko'rmagan bo'lsin. Yoki birorta bir muhandis yo'q, handasa kunlik otini bitirgan bo'lmasin. O'z o'zidan hech kim tabib yoki muhandis bo'lib qolmaydi. Xuddi shunga o'xshaganda hech kim komil mumkin bo'lmaydi, agar darsxonaga kelmasa. Darsxonada nima gapiriladi? Allohni so'zi, payg'ambarimizni so'zi gapiriladi. Nima ta'lim beriladi? Dunyo oxiratingizda saodatga olib boruvchi yoki baxtsiz qiluvchi bo'lgan ilm o'rgatilinadi.

[24:12] Mubolag'a qilgan bo'lmaymiz. Yer yuzidagi hamma tabobat ilmini o'rgangan odam, agar dunyoga nimaga kelganligini ilmidan bexabar bo'lsa, bu odam savodsiz. Dunyodagi hamma kashfiyotlarda, kashf qilib qo'ygan bir ixtirochi olim qayoqqa borishini o'lganidan keyin bilmasa, bu odam savodssiz. Yo mubolag'a bo'lyaptimi?

[24:37] Allohni ilmidan, oxiratni ilmidan bexabor bo'lsa. Qayerdan kelganligi, nimaga yashayotganligi, qayoqqa ketishligini bilmasdan yashayotgan odam dunyodagi hamma unvonlar yiqqan bo'lsin, bu odam savodsiz deyiladi baribir. Chunki inson o'lgan paytda, birodarlar, diplomi ham qoladi. Yulduzlari ham qoladi yelkasiga. Kursisi ham qoladi. Mansabri ham, hamma yoq qoladi. Masjid ham qoladi bizdan.

[25:06] Nima olib ketadi inson? Agar inson dunyoga kelib, Allohni tanitadigan ilmni, dunyoda oxiratda savdodli bo'lish uchun nimani bilish kerak bo'lsa, shuni o'rgatadigan ilmni o'qitadigan ilm majlisiga kelmas ekan, bu odam savodsiz hisoblanadi. Chunki Alloh Taolo aytgan, innama yaxshalloha minay badihi al ulama. Allohdan bandalar orasidagi olim, bilimdon bandalargina qo'rqur. Ma'ruza eshitmasangiz, oyat hadisdan xabardor bo'lmasangiz, qayoqdan qo'rqasiz?

[25:38] Yarfa allohu la dinaa aminu minkum va la dinaa u to'la ilma daraja. Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga ko'tarur. Iymon keltiriganlarni va iymon keltirgandan ichidan ilmliylarning alloh taolo darajasini, martabasini yuqori qiladi. Alloh subhanah va taolo siz bilan bizga foydali ilmini nofiyat olib qilgan bo'lsin. Ibodatda suskaz bo'shligimizni sabablarini mana o'qidik. Iymonni zaifligi, himmati pastligi, kichkina gunohlar, dinni xizmatini qilmaslik, noumid bo'lishlik va oxirida ilm majlislariga kelmaslik. Agar mana shu kasallarda, mana shu sabablarni yo'qotadigan bo'lsak, siz bilan bizda albatta ibodatlarda bir himmat, shijoat, g'ayrat bo'ladi. Aqli hovli hayda va astag'firulloh ili va alkumussalom va alaykumur rahmatullohi va barakatuh.
