# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 493 of 510
- Section: —
- Duration: 2 h 43 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/493
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/GVKEVU5bPo4.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=GVKEVU5bPo4
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/492.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/494.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Qiyin zamon. Lekin nima qilamiz? Shu davrga to'g'ri keldi hayotimiz. Rasululloh aytadilar. Insonlar ustiga shunday zamonlar keladiki, ularni orasidagi o'z dinida sobir bo'lgan kishining misoli xuddi cho'g'ni ushlab turgan odamga o'xshaydi. Shunday zamonalar keladi kelajakda, musulmon odam sunnatga amal qilsa, dinini ukam ushlab mahkam yashayman desa, dinini mahkam ushlagan holda, bu odam cho'g' ushlab turgan odamga o'xshaydi.

[0:29] Siz diningizda turib, miyyasi aynigan odam bo'lib qolasiz. Miyasi ayniganlar esa, sog'lom aql egalari bo'lib qoladi. Minglab minglab insonlarni hayotini o'zgarishiga, gunoh yo'ldan to'g'ri yo'lga qaytishiga sababchi bo'lgan Ustoz Abdulloh domla yu, lekin bilib bilmay bosilgan laykka uch yillik turma jazosi. Kechirasiz, hozirgacha chidolmayapman. Bu haqiqatning yo'qligimi yoki qiyomat qoyinning yaqinligimi? Mening shaxsiy fikrim, biron o'zbek zamon domlani yomon demayman. Lekin O'rta Osiyoda shaxsan men uchun eng zo'r domla Abdulloh domladur. Mening shaxsiy hayotimni o'zgarishiga, dunyoqarashimni kengayishiga sababchi bo'lgan ustoz Abdulloh domladur. Manfaatli ma'ruzamizni kengroq tarqalishi uchun, agar malol kelmasa, bir dona laykingizni unutmang. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin.

[1:35] Namoz haqida deyarli birodarlar hammamiz ko'p narsani bilamiz. Farzi nechta, vojibi nechta, sunnati nechta. Tahoratda to'rtta farz bor degan jumlani har qabristonga borganda eshitamiz. G'uslga taalluqli bo'lgan ahkomlardan xabarimiz bor. Ro'za, zakot, haj shular qatorida. Ammo islomda farzand tarbiyasi deyilganda, mana shu ilmdan qancha xabarimiz bor?

[2:07] Bismillahir rohmanir rohim. Hayotimizda ko'p farz, vojib amallarni ado qilamiz. Namoz, ro'za, zakot, haj, sadaqa, ota onaga yaxshilik qilishlik va mana shu farzlar biz o'lishimiz bilan to'xtaydi. Bu amallar bizga savob bermaydi. O'ldik, o'shdik.

[2:33] Ammo mana shu farzlarning ichida yana bir muhim farz borki, farzandlar tarbiyasi degan farz. Qarang, farz qanaqa edi? Farz qanaqamaladi? Shariat, jazm ila, shubhasiz va qat'iy dalil bilan talab qilgan ish. Nima degani bu? Qilasan deb shariat majbur aytgan, majbur qilasan va majbur qilasan degan so'zini dalili qat'iy qur'onni oyati bilan. Farzand tarbiyasi ham birodarlar farz bo'lgan amal. Bilamizmi shu farzni?

[3:10] Namoz o'qimasangiz, gunoh tayin. Ro'za tutmasangiz, gunohi tayin. Jazosi ham tayin. Ammo farzi ayb bo'lgan farzandlar tarbiyasini qilmasangiz, bu farzni bajarmaganligi uchun jazo qanaqa ekanligini bilasizmi? Ammo bitta farz bor, farzandlar tarbiya degan farz bo'lgan, vojib bo'lgan amal, bu farzni ado qilsak, birodarlar, o'lganimizdan keyin ham savob amallarimiz to'xtamaydi.

[3:45] Tanalarimiz omonat bo'lgan bu jasadlarimiz ruhimizdan ajrab, haqiqiy dunyoga ruhimiz o'tib ketganidan keyin ham bizning vujudimiz tirik turadi. Farzandlarni hayotida. Bolalarimizni hayoti bilan bizni hayotimiz ham davom etadi. O'ldi, o'shti bo'lmaydi.

[4:09] Musulmonlarning hayotidagi eng muhim va eng xatarli ish, farzandlar tarbiyasi. Ayrim so'zlarni ikki marta, ehtimol uch marta takrorlashga to'g'ri kelar. Musulmon odamning hayotidagieng muhim, eng zarur, eng oliy ish, farzandi tarbiyasi. Agar bu farzandlar tarbiyasini muhimaltashtirib qo'ysak, e'tibor qilmasak, oqibat juda bir xunuk bo'ladi.

[4:39] Musulmon odam hozirgi kunda o'ng tomonga qaraydi, chap tomonga qarang da, uni dinini, uni axloqini buzishlikka salqinlayotgan kuchlar, diniga dushman bo'lib turgan toifalarni ko'pligidan o'zini zaif his qiladi. Qo'lidan hech narsa kelmaydiganga o'xshab ko'rinadi. Ammo qo'lida bitta narsa bor. Bu shunday narsaki, bu. Agar shuni uddasidan o'ta olsa, bu kuchlarni hammasiga qarshi tura oladi. Bu farzand tarbiyasi. Agar odam o'ldi, o'shti bo'lib ketishni xohlamasa, farzandini tarbiya qilsin. Endi kimdir aytishi mumkin, bu to'g'ri, shu yaxshi narsa qilish kerak, ammo to'siq juda ham ko'p, muhit chatoq, atrof muhit aynigan, odamlar dindan uzoq bo'lib ketgan. Tushunchalarni g'arbdan sharqdan olib, boring, o'g'lingizga nasad qiling deydi, birov gapirsangiz. Tushunchani qayerdan oldi shuni?

[5:40] Qayerdan oldingiz shu tushunchani? Boring, bolangizga nasad qilay deydi. Spokoyniy turadi, yana uverenniy turadi hali bola. Bolangizga nasihatingizni qiling, boring deydi. Sizlar davringizda shunaqami da? Otalar? Yo'q, unaqa emas edi. Nimaga? Tushunchalarni har yoqda olmas edik. Ota onalarimizdan olar edik, opa dadalar katta bo'larimizdan olar edik. Kattalar gap qaytarib bo'lmaydi. Yomon bo'ladi. Shu tushuncha bilan qarang, dinni zo'r bilmasa ham yomon bo'ladigan gap bilan zo'r narsalarni o'rgatgan. Hozirlarchi?

[6:13] Ha, qiyin. Qiyin zamon. Lekin nima qilamiz? Shu davrga to'g'ri keldi hayotimiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ya'ti ala nas i zamanun, as sobiru fihim ala dinixi kal qobide ala jamruh. Rasululloh aytadilar, insonlar ustiga shunday zamonlar keladiki, ularni orasidagi o'z dinida sobir bo'lgan kishining misoli xuddi cho'g'ni ushlab turgan odamga o'xshaydi. Shunday zamonlar keladi, kelajakda musulmon odam sunnatga amal qilsa, dinini mahkam ushlab, mahkam yashayman desa, dinini mahkama ushlagan holda, bu odam cho'g' ushlab turgan odamga o'xshaydi.

[6:55] Siz diningizda turib, miyyasi aynigan odam bo'lib qolasiz. Miyyasi aynaganlar esa, sog'lom aql egalari bo'lib qoladi. Insonlarni boshiga shunday zamonlar keladi, dinini mahkam ushlagan kishi xuddi cho'g'ni ushlab turgan kishidek bo'lib qoladi. Qizingizga ayting, sal orqa vorotini yopib yursin desa, sen ishing bo'lmasin deydi. Yosh da endi, o'ynasin deydi.

[7:22] Kechasi visir visir halqada yursa, sizga nima uxlaydi deydi. Uxlaydi, ishingiz nima sizni? Qarang, munkarni ko'rib turib o'zgartiray desangiz, siz aqli joyida emas degan odamga bo'lib qaralasiz. Shunday zamonlarda yashamayapmizmi? Akasi kasal, singlisi kasal, unga pul sarflamaydi, ammo qator qator mashinaga nima qiladi?

[7:53] Shu g'arbdan kelayotgan o'lchovlarni qabul qilmasdan, bu noto'g'ri desangiz, sen jinni ekansan, sen orqada qolib ketgan qoloq odam ekansan deydi. Inson o'zini qachon baxtli, saodatli hisoblaydi? Qachoniki, farzandingiz siz xohlagandek inson bo'lib yetishsa. O'g'lingizdir, qizingizdir siz xohlaganday inson bo'lib yechishdi. Ko'zingizni quvonchiga aylandi. Mana shu odam haqiqiy baxtli inson bo'ladi. Ammo agar otalarini dilini og'ritib, ko'chadagi qiniqish, lupatlarni do'st tutib, shularni o'ziga ko'mir qilib, ota onaga baqirayotgan bo'lsa, ota ona undan norozi bo'layotgan bo'lmasa, bu bolalar oq bo'ladi. Oq bo'lgan bola hech qachon bir, ikki o'n ming. Yaxshilab bilib olinglar, ukalar.

[8:41] Sizlar ko'rayotgan kinolarda ota onasi kelsa, ota onasini shunday g'ash oladi, malol oladi, uh, deydi. Ota otam keldi, onam keldi, yugurib borishlar nega g'ash keladi? Shu tushunchalarni olib qolmanglar. Chunki sizlarni rujularda sababi mana shu otanglar. Sizlarni oq bo'lishinglar yoki dunyoda bir saodatli bo'lishinglar, ularni roziligi orqali bo'ladi.

[9:06] Ota onasi bilan yashashlik ayb ularda. Bilasizlarmi? E, o'ttiz ga kiribman, otingni nima yashayapsanmi deydi. Og'iring! Qayerda yashay? Tashlab ketaymi senlarga o'xshab? Yo'q, bularda shunaqa. Albatta, inson farzandi. U xohlaganday inson bo'lib yetishishi, bu oson ish emas. Qiyin ish. Ammo musulmon odam hayotida o'zini farzandini tarbiya qilishdan ko'ra muhimroq ish yo'g'i uchun va ishonavoringlar, imoratingizdan muhim, ko'chalarga, odamlar orasidagi hurmatingizdan muhim. Karyerangizdan muhim, biznesingizdan muhim, agar aqlingiz yetsa.

[9:52] Va bu ish shunaqa ishki, juda bir uzoq vaqtni talab qiladi. Besh kun, olti kunda ikkita masalani eshitib qo'ysanglar bo'ldi, yaxshi bo'lib qoldi demak. E bitta nok necha yilda meva beradi, amakilar? O'n to'rt yil, o'n besh yil. Ana o'n to'rtyil, o'n ellik yil. Bitta nokni mevasini uchun o'n to'n yil parvarish qilish kerak bo'lsa, bitta farzandi bir mevasini, yaxshi inson degan mevasini ko'rishlik uchun qancha mehnat qilish kerak? E bizchi yana ham tashlab qo'yyapmiz bolalar katta bo'lib qolishyapti. Qara ey, katta bo'lib qolibdi yu, maktab boyiga boradigan bo'lib qolipti. Olloh, bolasi yettiga kirguchi bilmabdi katta bo'layotganini, demak ishi ham bo'lmagan.

[10:31] Qarang. Umrni, bu nima xulosa oladi desangiz, umr o'tayotganini qara deb qo'yadi. Olgan xulosasi shu. Ey, qara, o'g'lim bitiribdi maktabni, o'g'ling qara. Yomon o'tibdi umr. Sen nima yeb yuruvding? Bolang maktabni bitiradigan maqomga kuchi. Faqat qonini boqishlikni o'ylab yuruvding. Endi bu bolani yo'qotding sen. Bu bolani sen yo'qotding.

[10:56] Chunki kichkinaligidan rioya qilganingda, tashlab qo'ymaganingda, tijoratingni deb turib, safaringni deb turib yurib, bolang uxlayotganda ketib, uxlayotganday kelmaganingda, hayotingni bir shirin vaqtini ajratgan paytingda, farzandingga haqiqiy do'st, maslahatgo'y ulfat bo'lganingda, sen aytganqa bola bo'lar edi. Farzandlar kishining davomi, uning qalbini mevasi, vujudining davomchilari, fahmda, kamolda, jamiyatdagi tutgan o'rnida, tijoratida, ilm darajasida katta katta yutuqqa, katta katta bir natijaga erishgan odamlar bor. Boy badavlat, olim, akademik yoki qandaydir mansabi katta. Ammo bu odamlar farzandlarini yo'qotib qo'yganligi sababli, farzandlari, bu otalari xohlagandek inson bo'lmaganligi sababli baxtsizlikni his qiladi.

[11:50] Farzand yoshning chog'ida ota onasidan nimaga muhtoj bo'ladi? Juda ko'p vaqt ajratishga. Juda bir katta kuch sarflashlikka, nasihatga ko'rsatmaga, ko'p kuch sarflashligi muhtoj bo'ladimi? Yigirma to'rt soat bor bir sutkasiga. Bir haftasiga yuz oltmish sakkiz soat bor. Mana shu yuz oltmiz sakkiz soatni ichida necha soat farzandlaringizga xos ajratib o'tirdingiz, mana shu hafta. O'zingizga savol bering da.

[12:24] Kishiga nima saodatni xotirjamlikda olib keladi? Agar farzanding sen xohlaganday ulg'aygan bo'lsa, dinda bo'lsa, axloqi joyida bo'lsa, ilm ma'rifatda bir natijaga erishgan bo'lsa. Albatta inson buni ko'rib, ko'zi quvonadi. Dunyo oparast odamlarda bittasiga.

[12:46] Dunyoda hamma oltin kumushini olib kelib bersangiz, albatta bu quvonadi. Ammo bir musulmon ota bolasini, farzandini Alloh va Payg'ambari aytganidek bo'lib ulg'ayganini ko'rganida, dunyodan chiqib ketayotgan paytda bolalarini ibodatda, taqvoda, halollikda ko'rib, uni orqasidan duo qilib turadiganlarda qolayotganligini ko'rgan paytdagi quvonchi narigi dunyooparasida quvonchi bilan taqqoslab bo'lmaydi. Nima nima deylar?

[13:17] Kimdir aytishi mumkin. Xo'p, bu yaxshi gaplar. Nima qilish kerak endi? Agar haqiqatdan biz, farzandlarimiz bizni vujudimizni davomchilari bo'lishini xohlasak, chindan ham orqamizda duo qilib qolishini xohlasak birodarlar yengdi shu malik. Chunki rostmana mehnat qilish kerak buning uchun. Va uzoq mehnat qilishing kerak buning uchu. Chunki biz so'rayotgan narsa katta narsa. Biz ulug' narsani so'rayapmiz.

[13:47] Farzand tarbiyasini mukofoti faqat oxiratga olib qo'ymadi Alloh Taolo. Dunyoni o'zida ham olasan mukofotini, oxiratda ham olasan. Endi farzand tarbiyani tashlab qo'y deymi, tarbiya bermay deymi, pul jazosini dunyoda ham olasan, oxiratda yam olasan. Farzand Alloh Taoloni inson bolasiga bergan eng ulug' ne'mati. Eng ulug' ne'mati. Allohning hadiyasi. Hadiya qilib qo'ydi. Dalil, dalil bor. Astaydubillah, vavahabna alahu ishoqa va yoqub, kunlan hadayna.

[14:27] Unga, ibrohimga, farzandlari is'hoq va yoqubni hadya etdik. Demak, farzand nima ekan? Allohning bergan hadyasi ekan. Allohni hadyasi. Qo'limizdagi eng qimmatli narsa. U biz uni otasimiz u bizni bolamiz. Bizni g'oyamizga muhtoj. Unga info g'ishton qilishimizga muhtoj. Yo'l ko'rsatishimizga muhtoz. Allohni tanitishimizga muhto. Ha.

[14:56] Info qilyapmiz. Ammo nasihat qilmayapmiz. Allohni tanimayapmiz. Binobarin hech narsa qilmayapmimiz. Agar Allohda tanitib nasihat qilib turib, keyin info qilganimizda, infog'imiz to'g'ri bo'lardi. Faqat ko'chadagi ishini o'ylagan, faqat biznesini o'ylagan,faqat ko'xadagi o'zini bir hurmat e'tiborini o'ylab tinmay ko'chada yurgan ota, bolalaridan beparvo bo'lishi aniq. Vaqt o'tadi, hayotidagi juda katta xatoga yo'l qo'yganini keyin biladi. Bolasini yo'qotib qo'ydi u.

[15:34] Bolani yo'qotib quydi. Bola birvo deydi, ota birvo deydi. Otani g'amlari, fikrlari, tushunchalari bir tomonda, bolaniki umuman boshqa tomonda. Nimaga? Chunki dunyoqarashi shakllanadigan paytda sen bozorda yurgansan, guzarda yurgansan, safarda yurgansan. Tarbiyasiga qaramagansan. Agar bolalaringni tarbiyasidan oshsa, birodar safarga chiq. Vaqting. Agar bolalarni tarbiyasidan vaqting oshsa, tijoratga bor. Chunki bu rizq Alloh Taolo senga kafillab qo'ygan narsa.

[16:13] Albatta bu mavzu birodarlar juda ham uzoq vaqtni talab qiladi. Mana sizlarga aytdim, yana takrorlayman. Har juma qoldirmay kelinglar. Chunki bu juma ikkita narsani o'rganib ketding, misol. Borib bir hafta ichida shuni yo'q qiling uyda, tugatish ikkita muammo. Keyingi dars yana ikkita narsasini olib ketasiz. Toki mana shu darslar tugashlik asnosida oiladagi o'zgarishlarni ko'raylik.

[16:40] Vo umr ahlaka biz solati vosto bir alayha, deydi Alloh azza va jalla. Ahlingizni namoz o'qishga buyuring va o'zingiz ham chidamli bo'ling. Farz akalar. Alloh taolo Qur'onda ochiq sariq oyatni buyuryapti. Oilangni namozga buyur va o'zing ham chidamli bol. Ertaman turadi ota.

[17:06] Molga qaraydi. Qo'yga qaraydi, tovuqqa donni tashlaydi, mashga chiqib ketaveradi. Bo'zak uyda uxlayapti. Narigilarni foydasi naqd a? Agar bir kun yemasa rejim buziladi, semirishi orqada qoladi, foydadan qoladi. Bu chi bu? Bu chi?

[17:33] Agar sen Allohda tanitganingda, sen qaramas eding shu bolga, qo'yga. Nima qilar edi? Bu bolang turib tahoratingga so'z olib kelib qo'yib qo'yar edi. Chunki Jannatimni bitta eshigi bu otam. Aytaman, turib qaraganda issiq suv sovuq suv istamasin. Aytaman, qiynalmasin deb turib eshik tagida turar edi. Agar shunaqa tarbiya qilganingda. Qo'y bo'pti uxlab yuborsin.

[18:00] Ahlingizni namoz o'qishga buyuring va o'zingiz ham chidamli bo'ling. Bunga buyurilgan. Odamlar bor, besh mahal namozga masjidga qatnaydi. Besh mahal namozov nafirlar o'qidi, qiyomullar o'qidi. Ammo bolalari benamoz. Agar uyda o'qishga to'g'ri kelsa, to'g'ri orqamga deng. Agar masjidga tushsa, yur orqamdan deng. Sen bormolga qara deb turib chiqib ketavermasdan.

[18:25] Kim o'rgatdi uni mana shu benamozlikka? Aytaylarchi. Biz o'zimiz o'rgatdik. Chunki yelkamizda qanaqa mas'uliyat borligini bilmas ekanmiz. Alloh sizga namoz o'qidi, buyurdi, farzmi? Farz. Bajaryapsiz. Oilangni namozga buyur dedi. Bu ham farzmi? Buni bajaryapsizmi? Qarang.

[18:48] Bu o'n kishi o'zini va oila a'zolarini jahannamdan qutqarishlikka buyurilgan. Alloh buyurgan. Ya ayyu halladina amanu qu amfu saku vahli kum nari va qu duhan nas u ala hijara. Ey mo'minlar, sizlar o'zlaringizni va ahli oilalaringizni o'tini odamlar va toshlar bo'lgan do'zaxdan saqlangiz.

[19:17] O'zingni saqla. Oilangni saqla. Agar o'zing namoz o'qib jahannamdan o'zingni saqlagan bo'lsang, ammo oilangni saqlamagan bo'lsang namozga buyurmagan bo'lsang sen gunohkorsan. Alloh Taolo faqat o'zingni sa qila demadi. Lo ahli kum dedi. Oilanglarni ham dedi. Bugundan boshlab borib birinchi sizlarga dars namoz o'qimayotgan bolalarni qizlarimiz aytaylik ey, men o'zim o'qiganim bilan agar senlar o'qimasang men gunohkor bo'laman ekan. Bugundan bachshat namozni qoldirma. Deylar, birinchi oladigan uyga uy vazifamiz shu bo'lsin.

[19:55] Birodarlar, birinchi narsa, namozga beparvo bo'lgan ayolimizmi, o'g'limizmi, qizimizmi, bu narsaga nima qilaylik? Ta'qib qilaylik ularni. Har bitta inson, har bitta inson qiyomat kunida o'zi uchun javob beradi, farzandi uchun javab beradi. Farzandlar tarbiyasi qanchalar muhim narsa ekanligini siz bilan bizga mana oyatlar dalilni ko'rsatdi. Mana endi Payg'ambarimizdan dalil. Qolun Nabiy sollallohu alayhi vasallam kullukum roin va kullukum mas'ulun an ro'iyatihi va rojulun ro'in fii ahlihi va huva mas'ulun an rioyatihi. Sizlarning har biringiz boshliqsiz. Har biringiz o'z raiyati haqida mas'ulsiz. Erkak kishi, erkak kishi o'zini uyida boshliq va ular haqida qiyomatda mas'ul bo'ladi.

[20:57] Ularga buyurmaganligi uchun, ular qilmaganligi uchunga siz gunohkor bo'lasiz. Asarlarda keltiriladi, bir farzand jahannamga keladigan bo'ldi. Alloh taolo uni jahannamga olib kelinglar deb hukm qildi. Hali farzand dod deb turib oldi. Men kirmayman dedi. Otam kirmaguncha kirmayman dedi da. Chunki meni mana shu ahvolga tushishimga otam sabab bo'lgan. Avval otam kirsin, keyin men kiraman dedi.

[21:25] Benamoz edi, namoz o'qi demagan. Gunoh ma'siyatni qilgan, qaytarmagan. Yoshligidan ta'lim tarbiya bermagan. Bolasini shunday bo'lishligiga, ablah bo'lishiga kim sabab bo'lgansiz? Ota sabab bo'lgan. Akalar bu so'zni chi eshitib qo'yish oson. Lekin bir fikr qilib ko'ring da. Yo'g'e bolalaringizni ichida sizni jahlimga tortib qo'yadigani? Agar bo'lsa, Alloh saqlasin, isloh qilsin. Kim buni shunaqa qilib qo'ydi? Zamon yomon bo'lib ketdi. O'zi hozirgi yoshlar yo'q.

[21:54] O'sha zamon, o'sha zamon. Ota onalar beparvo bo'lganligi uchun shunaqa bo'lib qoldi. Maktab tarbiya qilsin deb qo'yadi. Sen o'zing bolang, seni jannat jahannamini belgilaydigan bolang, seni tarbiyang tarbiyasi bilan qiziqmaysan. U maktabdagilar qaysi biriga ulgursin. Agar bolalar ulg'aysa, siz ko'chada yuraversangiz, bolalar uxlaganda ko'chaga chiqib ketasiz sahar. Bolalar uxlaganday kelasiz, bolalarni tanimay ham qolasiz kerak bo'lsa.

[22:28] Dadam kelyaptimi uyga o'zi? Deb so'raydi enasidan. Katta olgandan keyin nima bo'ladi? Yo'qotib qo'yadi bolasini. Shuning uchun, farzandi bor akalarimiz, yangi turmush qurib, farzand ko'rish arafasida turgan ukalarimiz, yuragimizni tag tagidan aytadigan so'zimiz, farzandlarni tarbiyasi uchun vaqt ajrataylik.

[22:54] O'n besh minutmi, yigirma minutmi, shu ovqatdan keyin hech bo'lmasa dasturxon ustida o'tirib bir o'n minut bir nasihat qilib qo'yaylik. Chunki yelkamizdagi farz, o'zi ko'chada nima deb yuribsizlar? Shu bolalarni deb yuribsilarmi? Qornini, jussasini, kiyimini, ustini to'g'irlab berib turib, qalbini vayron qilib qo'yamizmi? Qanday bunga ko'namiz o'zimiz?

[23:17] Li an yu adhibar rojulu valadah u xoyrun an yata sadoqa bi soin. Payg'ambarimiz aytadilar, bir soni, ya'ni bir so xurmoni sadaqa qilgandan ko'ra, kishi o'zining bolasini odobli qilgani yaxshi. Pul topib, pul bilan sadaqa qilganing ham yaxshi, ammo bolangga odobda, odobda ta'lim bersang, mana shu narsa boyagi mehnat qilib pul topgan, sarflagan pulingdan ko'ra afzalroq bo'ladi.

[23:45] O'z ahlini namozga buyurgan kishining rizqini Alloh azza va jalla o'zini zimmasiga olgan. Qaytaramiz? O'zini oilasini, namozga buyurgan kishining rizqini Alloh azza va jalla o'zining zimmasiga olgan. Biz Payg'ambarimizni sunnatini o'rganishlikka va u zot olib kelgan narsani qabul qilishlikka buyurilganmiz. Astaydu billah, va ma ata ko'mir rasulufahuduhu va ma nahakuman hufantahuhu. Payg'ambar deydi: Alloh Taolo, o'zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar. Qarang. Agar biz oilaviy hayotimizda Alloh azza va jallani aytganini qilib, Payg'ambarimizni sunnatini ergashsak, nima bor bizga?

[24:44] Alloh Taolo aytyapti. Va umr ahli ka bestsoloti va stabila alayha la nas'aluka rizxo, naxnu narzuquka vala aqibatu li taqquva. Mana boyagi oyatni davomi. Ahlingizni namoz o'qishga buyuring va o'zingiz ham chidamli bo'ling. Biz sizdan rizq so'ramasmiz. O'zimiz sizga rizq berurmiz.

[25:12] Namoz o'qi, oilangni buyur, sabrli bo'l. Men sendan rizq so'ramayman manda. Men beraman rizqni deyapti. Shu bolalaringiz hammasi namozga besh mahal namozga bir mustahkam turib olsin da, uyingizga kelayotgan rizqda barakotli bo'lganligini sezasiz. Siz olti soatdan o'n ikki sakkiz soat ishlayapsiz, ko'proq pul topkalarimikinman deb. Uyda bolalar benamoz, xotin benamoz.

[25:37] Men rizq so'romayman deyapti Alloh. Rizqni men beraman deyapti. Ulamolar aytadi, oilasini namozga buyurgan kishini rizqini, uning oilasini rizqini Alloh Taolo o'zini zimmasiga olgan. Endi domla, hozir sezon bo'lib qoldi da. Hozir bir yig'im terim yo bo'lmasam, shu kuzgi sezonda olib qolishimiz kerak, bir ishimiz ko'p, mavsum kelib qoldi. Shu bolalarni deb ko'chada yuribman u, birodar, sen boquvchi emassan.

[26:08] Sen o'zing ham boqiluvchisan. Sen boquvchi emas. Musulmon erkak kishi qiyomat kunida o'zini qilgan amallari uchun javobgar bo'ladi. Farzandlarni qilgan ishlari uchun javabgar bo'ladi . Chunki Alloh Taolo Qur'onda iymon keltirganlar, o'zingizda va ahllaringizda jahannam o'tidan saqlanglar degan. Kishi o'zini do'zaxdan saqlashligi qanchalik zarur bo'lsa, farzandlarini, oilasini saqlashligiga, ularni tarbiya qilishligi ham shunchalik zarur bo'ldi.

[26:39] Kishi qachon o'zini oilasini isloh qiladi? Qachonki uydagi jufti, ayoli ham eri bilan bir xil fikrda, bir xil tushunchalarda bo'ladigan bo'lsa. Agar er xotinni fikri bir, tushunchalari bir, maqsadlari bir bo'lsa, bu oila saodatli bo'ladi. Ayol. O'zi farzandlarni ayollar tarbiyalaydi biz. Xohlaysizlarmi, xohlamaysizlarmi? Eriga rafiqa bo'lgan ayol. Rafiqa deganda nimani tushunamiz? Erini itoatida. Erini shokalasida. Namozxon, ro'zador, Robbini yaxshi ko'radi, Allohni hukmida qoyim, uy ishlarini rioya qiladi, farzandlarini tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lgan ayolda. Bunday ayol faqat xotin emas, birodarlar. Erkak kishini haqiqiy hayotdagi sherigi bo'ladi. Bu eri, fikri, hayoli bir vodiyda, xotininiki boshqa bir vodiyda bo'ladigan bo'lsa, bu xonadonda qanaqa turmush bo'lishigina bir tasavvur qilib ko'rsa bo'ladi. Ko'chada yurib, o'zini o'tdan cho'qqa urib, topib kelgan narsasini bir kunda shunday sarflab qo'yib, nima qilay endi? Qilish kerak ekanda. Hamma qilyapti. Nima boshqalardan qolamizmi deydigan xotin emas.

[27:57] Erini holiga yetadigan ayol. Agar ayol kishi birodarlar yuksalsa iymonida, eri bilan dunyoqarashi, iymoni, fikri, idroki tenglashadigan bo'lsa, maqsadi bir bo'ladigan bo'lsa. Bu oila albatta saodatli oila bo'ladi. Hozirgi kunda birodarlar hozirgi, hozirgi dunyoda til bilan aytganda. Xotin faqat uydagi xizmatkor emas.

[28:24] Haqiqiy erini hayotdagi sherigi bo'lishligi kerak. Uyushib bir ovqat qil, eshik tozala, iymondan bexabar, dindan bexabar. O'y fikri dunyo. Bunaqa ayoldan er zerikadi. Bunaqa ayldan er zerikadi! Er ham, ayol ham bir biridan zerikadi. Bunaxon xonadon hech qachon saodatli bo'lmaydi. Shuning uchun birodarlar farzandlarni tarbiyasidan avval ayollarni tarbiyasi e'tibor qaratishlik kerak bo'ladi.

[28:55] Er xotinni o'rtasi qachon isloh bo'ladi? Qachon ularning o'rtasida ittifoqchilik, bir birini tushunishlik bo'ladi? Shu to'rt tomoni tekkis, mikrovarnovkasi bo'lsa, hammomi alohida bo'lsa, darvozaxonasi kafil bo'lsa, yana qanaqa? Shumi? Er xotinni o'rtasida qachon ulfatlik paydo bo'ladi? Qachon ularni o'rtasida bir uns paydo bo'lardi? Allohni tanisa. Ishonavering. Agar er xotin Allohni bir xil taniydigan bo'lsa, bu xonadonda albatta saodat bo'ladi. Endi.

[29:37] Dunyoviy farovonlik bo'lgan uyda saodat bo'ladi, hamma yog'i tekkis bo'lgan, oilani bolalarini tarbiyasi yaxshi bo'ladi deydisa, bu noto'g'ri bo'ladi. Noto'g'ribo'ladi. Chunki dunyo matohi, birodarlar, senga doim xursandchilik berib turadigan narsa emas. Boshqacha qilib aytamiz. Senga doim xursandchilikini berib turadigan moddiy narsani o'zi yo'q. Masalan, mikrovolnovka berasiz, xursand bo'ladi. Besh kundan keyin, oddiy holat. Kirib yuvadigan mashina olib berasan qimmatroqidan. Xursand bo'ladimi, bir hafta. Keyin unga ham ko'nikib qoladi. Ha, uy olib berasan. Uy olib berasan varanglagan. Teringga sig'maysan, ayoling ham xursand. Bir yildan keyin nima bo'ladi? Boboyingni yuvib qoladi. Mashina sotib olasan, bir hafta uxlamaysan, quvonchini cheki yo'q. Bir haftadan keyin nima bo'ladi?

[30:36] Nima demoqchimiz? Sizga doim xursandchilik berib turadigan dunyoviy, dunyo matosi yo'q. Hamma narsadan odam zerikadi. Demak, dunyo matosi bilan xursand bo'lishlik, bu vaqtincha narsa. Ammo oiladagi saodatni davomiy qiladigan narsa, Allohni tanish, Allohda qo'rqish.

[30:58] Ayolingizga qarab qachon quvonasiz? Robbingizni hukmida qoyimi ekanligini ko'rganda quvonasiz. Avratlarni yopib yurganda uni ko'rib quvonasiz. Qizlaringiz onasini ko'rib, mana shunday bir mo'mina bo'lib katta bo'lishlik kerak ekan degan tushunchada, qizlaringizni katta bo'layotganini ko'rganingizda quvonasiz. Ollohdan qo'rqa ekanligini ko'dib doim quvonasiz. Yoshligida ham, qariganida ham.

[31:24] Ammo agar kelindi faqat tashqi ko'rinishiga qarab bir quvonayotgan bo'lsangiz, kuyov bola, yangiligida kelin yirqiraydi, yiltiraydi. Kiyimlari yangi, qaddi qomatlari tekkis, o'zi yosh. Agar faqat tashqa ko'rinishiga yarab turib, tashqi ko'rishiga qarab quvonadigan bo'lsangiz. Bu ham nima? Bu ham vaqtinchalik narsa. Demak, birodarlar, xonadonimizda qachon saodat bo'ladi? Qachon ayolimizga ko'zimiz tushganda quvonamiz? Qachoniki ayollarimiz Allohni tanisa. Allohni tanisa!

[32:06] Moddiy jamlanish yoki foyda uchun jamlanish. Biror birorga uylanadi, biror birorga turmushga chiqadi, dunyosini havas qilib. Dunyosini ko'rib, uyini, moli dunyoni topib tushishini qarab turib, qizini beradi yoki falonchini qiziga uylanadi. Agar bunaqa maqsadda oila qurilgan bo'lsa, ishonovering, bu oilada saodat bo'lmaydi. Chunki mana shu moddiy bir biriga ko'rsatayotgan foydasi uzilib qoladigan bo'lsa, o'rtadagi boyagi ularni bog'layotgan narsa ham uzilib qoladi. Ammo Alloh uchun qurilgan oila bo'lsa, dini uchun uylangan bo'lsangiz bir ayolga, bu din birodarlar qiyomi go'rga kirguchi o'zi bilan birga bo'ladi.

[32:47] Uylanayotgan bola kelinni hayolidagi o'zi tasavvur qilgan kelin bo'lishini xohlaydi. Kelin ham turmushga chiqarkan kuyov bolani o'zini hayolidagi, orzusidagi yigit bo'lishini, indiyskiy bo'lishini xohlaydi. Doim meni qo'lida ko'tarib yuradi, doim meni sizlab gapiradi, o'pib erkaladi, xullas, shunday boshida ko'tarib turadi deydi. Xayolida.

[33:13] Faqat unga xizmat qilishini xohlaydi. Kuyov bola ham xuddi shunaqa. Lekin vaqt o'tishi bilan, vaqt o'toshi bilan, mana yangi uylanganlarimiz kulyapti. Yangi uylangan. U ham bu narsa bitta narsani talab qilyapti, bu ham bitta narsani tanlab qilyapti. Biri ikkinchisini xizmatini qilishni hech qaysi xayolga keltirmayapti. Faqat menga xizmat qilinadi deyapti. Endi qarabsizki, bir yil yarim yil o'tgandan keyin to'qnash bo'ladi. Endi kelishmovchiliklar paydo bo'ladi. Erkak kishi, birodarlar, qaranglarda, hali farzandlar haqida gapirmayapmiz.

[33:50] A? Agar tarbiya qilishlikda ayolingiz sizga sherik bo'lmasa, bolalarni islomiy tarbiya bilan tarbiyalashiga kerakligiga ayolingiz ham sizga yordamchi bo'lmaydigan bo'lsa, ish olib yuring, qo'lingizdan hech narsa kelmaydi. Ayolingiz yordamchi bo'sin birinchi sizga. Kishi, erkak kishi ayoli bilan qachon saodatli bo'ladi? Nima qilsa saodatli bo'lladi? Ayoliga lobbisini tanitsa. Ayoli robbisini tanisin, shundan keyin bu ayol o'zini erini baxtli qila oladi. Shundan keyin, bu ayol erining qanday haqlari borligini biladi. Shundankeyin ayol allohni tanigandan keyin, erimni xizmatini qilsam, bu ibodat ekan, erimni rozi qilsam, allohni roziligiga yaqinlashaman ekan, deydi, shunda erini xizmatida qoyim bo'ladi. Erkak kishi ham ayolini Allohni taniganidan keyin yelkasidagi omonat ekanligini tushunsa, unga qilgan muomalasiga qiyomatda javob berishligini o'ylasa, ayolini xizmatida bo'ladi. Er Alloh'dan qo'rqib ayolni xizmatida, ayol Alloh'dan qo'rqib erni xizmatida. Faqat shunda xonadon saodatli bo'ladi. Nima nima deylar?

[35:05] Islomiy jamiyatda birodarlar odamlarni erkak bilan ayolni o'rtasidagi aloqani iymon bog'laydi. Alloh'dan qo'rqish asosi ustiga quriladi. Endi dunyo oparasi odamlarda moddani ustiga quriladi, masalan brashniy kontrakt deb qo'yadi, mana bilasizlar g'arbda eshitgansizlar. Turmushga chiqadi, kontrakt tuzadi. Mabodo ajratsak, menga moncha, senga moncha. O'shaning uchun iloji boricha boyroq odamga turmushga chiqishga harakat qiladi bu g'arbli ayollar. Qari bo'lsa ham, xunuk bo'lsa ham. Lekin nimasi bo'lsin?

[35:39] Qarang, u turmushga chiqqandan keyin niyati buzuq o'zi. Unga turmushga tiqadi, bir yil, ikki yil yashaydi da, ozgina sabab bo'lib qolsa, ajrashadi. Chunki maqsad nima edi bulardan? Maqsad undan yulib olishligida. Ammo muslima ayol, musulmon erkakka teyar ekan. Musulmon erkak muslima uylanar ekan, Allohni roziligini o'ylab turib turmush quradi. O'shaning uchun ukalar, ajralishlik nihoyatda ko'p, ajratib olishlik ham nihoyatda ko'm, arzimagan sabab bilan onalar arzimagan dunyoda lattalotasini da bir ikki og'iz sassiq gap uchun oilani shart buzib tashlayapti. Mana kecha bittasi shikoyat qilib keldi. Kelinim yashayman deyapti. Kuyov ham yashayman deyapti. Ikkovi tomondagi xotin ulamayapti.

[36:28] Endi bu xotinlarni erlari tarbiyalaganida bir marta, qiziga yashayman deya. Qizi ketaman desa, ushlab turishibdi degan majbur. Yalinib kelishsin deyapti ekan. Bu nima, qanaqa tushuncha? Qani kafillik ikkinchi turmushi bilan baxtli bo'lib ketishiga bu bolani. Bu turmushga chiqib ko'rgan juvonda bir oy olishligiga, qani kafillik? O'shaning uchun birodarlar farzand tarbiyasidagi birinchi qiladigan ishimiz ayollarda tarbiyasi. Ayollarda tarbihasi.

[36:59] Erkak kishini hayotida qiladigan eng yaxshi amal bilasizlarmi nima? Pul topib, chek olib, o'g'illariga imorat solib, uylab joylab, to'r yog'ini taq qilib ketishi. Bu bizni tushuncha shunaaca. Va mana shu narsani yo'lida umr sarf bo'lib ketyapti. Ikkita o'g'li bor deb o'ylab, bittasini eshig'ini chiqardi. Bo'ldi, endi bemalol ibodat yo'q. Yana pul topish kerak. Sheyxlar nima bo'lib ketyapdi?

[37:32] O'g'lim ikkita o'li bor. Kichigida uchta bor. Birodarlar, musulmon odam rizq Allohdan deb iymon keltirgan bo'ladi. Siz o'lib ketsangiz ham chi, bolangiz o'sha rizqini, chekini topib, tirikchilikni qilib ketaveradi. Erkak kishini hayotida qiladigan eng yaxshi amali bu farzandlariga odob berishi.

[37:58] Agar islom bilan tarbiya qilingan yigit, islom bilan ta'lim qilingan ayol bo'lsa, otasi ta'lim bergan bo'lsa, ayoli kasal bo'lib qolsa, bunaqa tarbiya ko'rgan yigit ayolini tashlab boshqa ayolga uylanmaydi. O'n yil, yigirma yil xizmatingizni qildi, bir kasal bo'lib oldi, xizmatingizga yaramay qoldi. Ablah bo'lishi kerak, shart uni qo'yib yuborib turib boshqasini olib ketishlikka. Nima nima deylar?

[38:25] Yoki ayol yigirma yillik, o'ttiz yil eri bilan yashadi, eri bemor bo'lib qoldi, kasal bo'libqoldi, yoki pul topishga yaramay qoladi, kambag'al bo'lib qoldida. Tasavvur qila olasizlarmi? Shart erini tashlab ketib qolishligini. Musulmonlarda tushunchasida bu narsa umuman aqlga sig'maydi. Chunki Allohdaan qo'rqadi musulmon odam. Xulosa, er ayolining xizmatini qilish va mana shunga sabr qilish bilan Allohga yaqinlashadi. Ayol ham erini xizmatini qilish va unga sabr qilish bilan Allohga ahvallashadi. Agar shu qoida ishlasa oilada, bu oila albatta saodatli bo'ladi. Nima uchun aytdik bu gapni? Payg'ambarimiz aytdilar: "Allo mavlada kun muahli kun ul xayr va addi buhum."

[39:11] Farzandlaringiz va oilalaringizga yaxshilikni o'rgating va ularga odob bering. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imomi tabaroniy rivoyatlarida, adhibu avlodakum ala tala fi haysolin. Farzandlaringlarga uchta hislatni o'rgatinglar. Xubbi nabiikum va xubbi ali baytihiy va tilavati quran. Nabiyingizni yaxshi ko'rishga, uni oilasini yaxshi ko'rsatishga va qur'on tilovatiga. Bolalaringlarga uch ta narsani o'rgatingilar. Payg'ambarini yaxshi ko'ssin. Payg'ambarni oilasini yaxshi ko'rsin va qur'on tilovatini o'rgatinglar.

[39:52] Endi faraz qiling. Shart bordingizda bugun, bolam, payg'ambarimiz yaxshi ko'rib bugundan boshlab. Payg'ambarimni oilasini bugun yaxshi ko'ramasang bo'lmaydi. Keling yaxshi ko'ra. Desangiz, bu kulgili holat bo'ladi. A siz Payg'ambarimizni Sollallohu alayhi vasallamni tanitmagan bo'lsangiz, oilasini tanitmagan bo'lsangiz, qayoqdan yaxshi ko'rsin? Odam nimani yaxshi ko'radi? O'zi tanigan bilganda yaxshi ko'rar.

[40:20] Shuning uchun, bunaqa Payg'ambarimizni oilasini yaxshi ko'rib, shap dabdurustdan buyurishni o'rniga, Payg'ambarimizni hayotini aytib bering. Xulq atvori, rahmat haqida hikoya qilib bering. Payg'ambarimiz yosh bolalar bilan qanaqa bir holatda muomala qilganligini aytib buring. Masalan, Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam bir majlisda o'tirganida, o'ng tomonida Abdulloh ibn Abbos yosh bola bo'ladi. Chop tomonida Abu Bakr Siddiq o'tiradi. Payg'ambarimizga bir ichimlik olib kelishadi. Rosa alloh ichadilarda, sunnatga muvofiq o'ng tomonga uzatish kerak.

[40:52] Shu kichkina bola Ibn Abbosda turibdi. Haligi Ibn Abbosga qarab, ey bola, o'zi shuni haqqi o'ng tomonga berish kerak. Mana buni ichimlaydi. Bu kishiga shayxga bersam bani, chop tomonga deydi. Ibn Abbos aytadi, sizdan keyin ichishning sharafini birovga bermayman. Bering bu yoqqa deydi orif ichadi. Ya'ni mana shu qilayotgan ishi bilan Payg'ambarimiz bu kichkina bolaga hurmat ko'rsatyapti. Shunga o'xshagan Payg'ambarimizni yosh bolalar bilan qilgan muomalalardan bir misollar aytib bering. Payg'ambariz haqida tushunchasi paydo bo'lsin bolangizda, keyin yaxshi ko'radi Payg'ambarlarimizni.

[41:30] Ota, bolasini yoshi har qancha kichkina bo'lmasin, tarbiyasiga e'tibor berish kerak. Chunki qaranglarda, masalan, tug'ilgan bolamizga, Payg'ambarimiz birinchi qiladigan ishimiz nima deb aytgan? Qulog'iga ozg'in aytinglar deganmi? Hali aqli kirgani yo'q. Lekin qulog'iga Allohni lafzi kirsin. Allohi akbar kirsin qulog'iga. Shuning uchun bolangiz har qancha kinchgina bo'lmasa, e'tibor bering. E'tibor buring.

[41:57] Masalan, bir ota nima ish qilgan ekan? Bu tajribalar bor. O'sha yerda manda maktabga ketayotganda, ko'chaga chiqib ketayotganda so'raydigan pulini bir karobka qilib solib qo'ygan ekan ichiga. Yoniga daftar bilan qalam qo'yib qo'ygin. Bolam, olavering. Qancha kerak bo'lsa, yozib qo'ying faqat. Unga o'n so'm oladi, yozib qoyadi. Ertasiga yigirma so'm oladi. Ko'radi qancha olayotganini. Bir oy o'tganda hisoblasa falon pul olibdi. O'ylanibroq oladi. O'ylanibroq oladi. Mana bitta uslubi.

[42:29] Qiyinmi? Ha domla, bizni bolalar agar qo'yib qo'yadigan bo'lsangiz, nima qiladi? Demak sizni bolangiz shunaqa ekan. Nima qilaylik endi? Shuning uchun bolamiz har qancha kichkina olmasin, birodarlar, so'ziga quloq tutish kerak. Xuddi katta odam bilan muomala qilganday muomala qilishgan. Mana Payg'ambarimizni ko'rdinglar, nima dedi? Abu Bakrdek odam o'tirsa, so'rayapti, beraveraymi dedi.

[42:57] Shuning uchun farzandini o'qishi bilan qiziqish kerak. Nimalarni g'amida yuribdi? Kimlar bilan do'st bo'lyapti? Bolamiz bilan o'zimizni o'rtamizda parda qilib olmaylik. Eskilar ko'paytirish shu gapni. Xudo bergan odamni bolasi o'n besh ga kirganda bosh bo'ladi oilaga. Xudo urgandiki, o'ttiz u da yosh bo'ladi. Bolalarimizga e'tibor qilishimiz kerak. Payg'ambarimizni tanitishimiz kerak, oilasini tanitishimiz keraksiz. Buni o'rniga nima olyapti uyimizda?

[43:26] Uyimizda kim tarbiya beryapti bolalarimizga? Kim o'rgatyapti kimga o'xshash kerak, kimga ergashishlik kerak, kimni o'ziga ibrat, kumir qilishlik kerak? Kim o'rganyapti uni? Televizor. Aktyorlar, sportchilar, qo'shiqchilar, ular nimani yaxshi ko'radi? Kimlar bilan do'st bo'lgan? Qaysi kiyimni yaxshi ko'radimi? Qaysi ovqatni xush ko'radi? Qaysi seriallarni ko'radi? Hayotni chog'ida qancha pul topgan? Qaysi mamlakatga borganda qanaqa bir qiziqarli voqea bo'lgan? Quaysi kinoda, qaysi futbol komandada o'ynaganda necha pul topgan? Bularni yaxshi bilishadi.

[44:03] Birodarlar, farzandingizni tarbiya oladigan joyi, televizor bo'lsa, qayoqdan sizni ko'zingizni quvonish olsin? Erkak kishi uchun hayotida uchraydigan eng katta mehnat qaysi? Pul topish, yer olish, uy solish, bolasini uylab joylab qo'yishmi?

[44:28] Erkak kishi ush uchun hayotda uchraydiganeng katta mehnat bola tarbiyasi. Ishonavering. Bundan og'ir ish yo'q. Bundan og'ri ish yo'q! Bir kishi o'zini do'stiga shikoyat qiladi. Nimadan? Bolasini noqobilligidan. Nimaga shunaqa bo'ldi, bilasanmi? Sen ekiblar tashlab qo'ygan eding. U daraxtni putamagan eding. Vaqtida dorisini bermagan eding, vaqtida suv qo'yib, vaqtida bir parvarish qilmagan eding, xohlagandaqa o'sib qoldi bu daraxt. Kimda ayb?

[45:03] Bu yaqinda uylangan birodarlarimizga yoki farzandlari mayda bo'lgan birodarlarimizgaga bir juda ham muhim narsaki, farzand har qancha yosh bo'lmasin, uni ta'limi bilan shug'ullanishlik kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar, farzandlaringlarga uchta xislat o'rgatinglar. Payg'ambaringlarni yaxshi ko'rishni o'rgating lar. Payg'ambarni oilasini yaxshi ko'rinishni o'rganinglar va nimani? Qur'on tilovatini.

[45:33] Yoshroq odamlarni o'tirib olsangiz yoki quloq solsangiz so'ziga gapi faqat futbol haqida. E rahmat, yana ham artistlar haqida gapirmayapti biznikilar. Tolka futbol sen o'zingga bir ibrat kumir deyotgan sportchi yahudiymidi, nasroniymidi farqi bo'lmayapti odamlarga. Yana bachavozmidi, yo otasiga oq bo'lgan bir marazmidi, farqi yo'q. Muhimi chiroyli futbol o'ynasa, chiroyli qilib uni atareklama qilingan bo'lsa bo'ldi. Akalar, bu musibat bu.

[46:03] Musibat bu. Bu yosh yigitlarga eng zo'r narsa nima edi? Tarbiyasi uchun. Sahobalarning hayotini o'rganish edi. Bu sport, bu futbol akalar, sportda hamma turi ham sog'lom, salomat, baquvvat bo'lish deydi bir vositasi xolos. Lekin maqsad emas hayotdagi. Maqsad emassiz.

[46:28] Kelinglar birodarlar, bugundan boshlab ibratni o'zimiz beraylik. Bugun oila kechki ovqatda mabodo o'tirib birga yesa, hammasi yig'ilganda. Mabodo yig'ilib qolsak dasturxonni ustida, ona zamondan o'chirib qo'yaylik da, ovqatli bo'lib turib, bugun bitta sahobani hayotini gaplashaylik. Izaytimni xolisani hayotini masalan. Yoki umarimni xattop roziyoy loyihani hayotidan bir uch to'rtta bir lavhani ko'rib chiqaylik. Bugun siz o'qib bering kitobni. Ertasi kuni onasi o'qib beryapti. Keyin o'g'li, keyin qizi. Ey domla, nima deyapsiz? Kim qiladi buni? Bo'la olgan gapni gapiring.

[47:07] To'ppa to'g'ri. Bu bo'la oladigan ish emas bu. Bo'la oladigani ish emas bu! Endi mana shu ish bo'lmaydigan bo'lib qolgandan keyin, balo bormi bolangdan shikoyat qilib? Hozirgi yoshlarning psixikasida meni tinch qo'yilar degan narsa bor.

[47:30] Qaytaraman. Hozirgi zamonda suvni havosini olib o'sayotgan yoshlarda meni tinch qo'yinglar degan tushuncha bor. Nima demadinglar? Bitta qo'yinglar, chunki mana bu hozirgi berilayotgan ta'lim xuddi shu suvni beryapti. O'zi uchun yashaydi faqat. O'zi uche.

[47:52] Qayerdan olyapti bu narsani? Musulmon odam, musulmon odam o'zini uyini jannatdan bir parcha qila oladi uyni. Murodalar, hayot har qancha qiyin bo'lmasin, turmush har qancha og'ir bo'lmasin. Topish tutish juda zo'r bo'lmasin lekin mana shu xonadonni jannatdan bir bo'lakka aylantirish mumkin. Nima bilan?

[48:16] Allohni hukmini qo'yim qilishlik bilan. Oddiy ovqat, fuqarona jihoz, fuqarona uy. Agar bu oilada xotinni erga, erda xotinga qiladigan muomalasi, otani farzandlari bilan, farzandlarini ota onalar bilan qiladigan muomalasi, Alloh'dan qo'rqish ustiga qurilgan bo'lsa, hayotda har qanaqa mashaqqati bu xonadon uchun hech narsa emas.

[48:41] Ammo millionlagan pulga olingan uyning ichidagi jihozlari falon pul bo'lgan uy, agar Allohni tanishlik asosiga qurilmasa bo'lgan aloqalari, bu uy jahannamdan bir parcha bo'ladi. Uylar bor birodarlar, Qur'on tilovat qilinadi, besh mahal namoz o'qiladi. Baqir chaqir bo'lmaydi, g'iybat shikoyat bo'lmaydi. Televizor tagida kechgacha qolib ketishmaydi. Bu qanaqa uy? Alloh va Rasul yaxshi ko'rgan uy.

[49:10] Ayrim odamlar uylarga yozib qo'yadi. Allohimma barik hadal bayt. Parvardigor, bu uyni muborak qilgin, barakotli qilgin. Lekin namoz yo'q, ibodat yo'q. Ertadan kechgacha muzika. Ertadan kechgacha televizor. U bola uyida, bu bola, bu uyda har kim o'zini telefonini, planshetini, kompyuterni o'ynab o'tiradi. O'tirmaydi bilalashib. Bunaqa yozuvdan ellik tani ilib qo'y. Alloh bunaqa uyga barakatini yog'dirmaydi. O'zichi, hech kim o'zini uyini bunaqada o'ylamaydi. Yo meni uyim bunaqa emas deydi.

[49:44] To'g'ri, sizni yuzingiz unaqa emas. Sizni yuzida televizor ko'rilmaydi. Ko'rilsa ham faqat yaxshi narsalar ko'riladi. Har kuni oila a'zolari nonushtani billa qilasizlar. Kechki ovqatni billa qilasilar. G'iybat shikoyat yo'q. Ono o'z ormonida o'chib qoladi. Dadangiz har kuni kitob o'qib beradi. Har kuni bitta duoni billalashib, takrorlab o'rganasizlar. Ha, sizlarni uylarni unaqa emas. Sizlarni uyinglarni zo'r. Shunaqami? Astaydu billa. Qod aflahal mu'minun. Alladina xun fiy solatihim hoshiun va alladina xum anillag'vi muridun. Darhaqiqat mo'minlar najot topdilar. Ular namozlarida bo'yniga uchi kishilardir. Ular behuda, foydasiz so'z va amallardan yuz o'girgacha kishilardir'.

[50:37] Rodalar, uyimiz siz bilan biz uchun bir muqaddas joy bo'lishligi kerak. Bu uyimizda gunoh ma'siyatni qilinishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Ovqatlanib o'tiribmiz, Allohni zikri bo'lsin. Uxlayapmiz, yotishda Allohni zikiri bo'lsin. Kiyinyapmiz, Allohna zikri bo'lsin. Gunoh ma'siyati bo'lmasligi kerak. Chunki qiyomatda javob beradi bu narsaga.

[51:01] Dunyoda bo'layotgan, musulmonlarni boshiga yog'ilayotgan musibatlarni birortasini daf qilish qo'limizdan kelyaptimi? Dunyoda bo'layotgan musibatlarda musulmonlarni boshiga kelayotgan birortasini to'xtatishlik qo'limizdan keladimi? Bizni qo'limizda hech narsa yo'q. Faqatgina oilalarimiz bor. Agar oilamizni isloh qilsak, farzandlarimizni payg'ambarimiz aytganda tarbiya qiladigan bo'lsak, demak mana shu musulmonlarnini boshiga kelayotsa, balolarni daf qilishlikka qilgan eng katta ishimiz shu bo'ladi. Endi bir ochiq bolang tarbiya qilma deb buyurmaydi da. Har qanday jamiyatga rostgo'y, omonatdor, birodar haqqini yemaydigan farzand har qanday jamiyyatga kerak. Halol, vijdonan ishlaydi.

[51:48] Kim o'ldi, o'shti bo'lib ketishni xohlamasa, bolalarini tarbiya qilsin. Kim o'ldu, o'shti, bo'lib ketishini xohlamasa, farzandlarini tarbiya qilsin. Bir odam farzandi ulg'ayganida Allohnin yaxshi quli ekanligini ko'rsa, xoromdan uzoq bo'layotganligini, Allohnin buyruqlarini bajarayotganligini ko'rgan bo'lsa, shuni ko'rsa, shu farzand milliard so'mdan ham afzal bo'ladi bu otuvchi. Chunki siz o'lib ketgandan keyin qoldirgan dunyoyingizga javob berasiz. Ammo mana shunday farzand qoldirib ketadigan bo'lsangiz, orqangizdan ajr bo'ladi. Qaytarib aytamiz. Farzandini toatda, ibodatda, istiqomatda, taqvoda ko'rib o'tishligi kishini. Demak bu odam tirik bo'ladi. Chunki farzand otasining davomchisi bo'ladi.

[52:46] Zamonimizda katta bir jome'ani imom vafot etdi. Oradan bir qancha vaqt o'tib, uni o'rniga o'g'li imom xatib bo'ldi. Otasi qilgan ishda davom etkazdi. Demak bu ota o'lgani yo'q. Bu otani ishi davom etyapti. Agar mana shu farzandini yana bitta farzandi ilmli bola minbarga chiqib odamlarga Allohnin dinini tanitsa, demak yana davom etdi bu odamni hayoti. Xulosa, kim o'ldi, o'shti bo'lib ketishini xohlamasa, farzandlarini islomiy tarbiya bilan tarbiyalasin.

[53:19] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, izzat manta ibna adam inqoton amaluhu illa min talath. Agar odam bolasi vafot etsa, uni uchta amalidan boshqa hamma amallari to'xtaydi. Faqat uchta ishi unga savob berib turadi. Sadoqatun joriya. Odamlarga foyda keltirib turgan bir nafaqoti, sadoqoti. Ko'prikmidi, asfaltmidi, musulmonlar foydalanib turadigan sadaqa joriya qoldirgan bo'lsa. Va ilmun yuntafavu bihi. Odamlar foydalanib turgan ilm qoldirib ketgan bo'lsa, mana shundan ham o'lganingizdan keyin savob borib turadi. Vo volodin solihim yad ula.

[54:01] Uchinchisi, uni haqqiga duo qilib turadigan solih farzand. Endi ilm hammamizda ham bor emas. To'g'rimi? Hammamizga ham Alloh bermadi ilmni. Yoki o'zimiz o'qimadik. Hammamizni qo'limizda pul ham yo'q, sadaqa joriy qoldiraylik desak. Lekin nima bor qo'limizdan? Farzand bormi? O'ldi, o'shni bo'lishni xohlamasangiz, bolangizga Allohni taniting, islomiy tabiatni bering.

[54:27] Umariddin Xattob roziyallohu alayhi va alayhi xalqi kunlarni birida ko'chada ketib borar ekan. Juda bir savlatli odam bo'lgan, haybatli odam bo'gan, sirli viqorli odam bo'gandi. U odamni haybatidan hatto katta kibor sahobalari ham haybatlanishar edi. Umarini xatda olib kelyapsiz, shu ko'cha ko'chadagi burilib burilib ketib qolardi peshonasida turmaylik deb. Sir bosganidan. Kunlarda birda Umarini xatda qilib ko'chada ketyapsizlar, bir to'p yosh bolalar o'ynayotgan edi. Xalifani ko'rib tirqirab har tomonga qochib ketishdi. Faqat bitta bola qochmasdan turdi.

[55:01] Xalifa bu bolani jur'atidan, jasoratidan bir hayron qolib, oldiga bordi da, ey bola, dedi. Nimaga sen qochmayapsan boshqalardaqa, dedi. Haligi yigit aytdi, i amiral mo'min in, sizni zulmingizdan qo'rqish uchun men zolim emasman. Sizni jazoingizdan qo'riqish uchun bir gunoh qilganim yo'q. Yo'l keng dedi. Siz ham sig'asiz, biz ham sig'amiz, o'taverasiz dedi. Qarang, katta kishilar haybatlanib, umrim xattar torda tura olmayotgan paytda yuragini quvvati yetmay. Bu yosh bola turibdi. Kimni bolasisan desa, zuberimni la avomdi deydi. Abdullohimiz zuberimni ravvon roziyalloh ham qo'ydi. Bu ham bola edi. Bu ham bola edu. Tarbiya ko'rgan bola edi.

[55:48] Mana shu tariximizda yosh bolalar bilan bo'lgan mavqeflardan bir ajoyib bir suratlar bor. Mana ayrimlarini o'qib beraman. Xalifa abdulmalikimni marvon huzuriga bir jamoa kishi kirdi. Beshtamidi, o'nta odam kirdi. Ularni orasida bir yosh bola ham bor edi. Xalifa bu yosh bolani kirganini ko'rib jahli chiqdi. Abdulmalik ibni Marvon. Eshikni oldida turadigan odam chaqirib aytdi, ey dedi. To'g'ri kelgan yosh bolani kirgizib yuborasizmi dedi, men oldimga dedi. Shunda haligi yosh bola turib aytdiki, ey amir dedi, men sizni huzuringizga kirishim bilan sizni sharafingizga, hurmatingizga so'z tegmaydi dedi.

[56:29] Ammo men uchun sharaf sizni oldingizda turish dedi. Bizni yurtimizga mashaqqat keldi. Oziq ovqat yo'q bo'ldi. Sizlarda ortiqcha mol bor ekan. Yosh bolani gapi xalifaga gapiryapti. Agar ular ana shu mollar biz uchun bo'lsa, nimaga bermayapsizlar? Qiynaldik biz. Agar u sizlarni qo'linglardagi mol Ollohni mulki bo'lsa, bandalarga beringlar. Agar u mol qo'linglarnidagi sizlarniki bo'lsa, bizga sadaqa qilinglar dedi.

[56:57] Xalifa xaliy bolani gapini eshitib, vallohi dedi, bu bola dedi. Talabini bajarmaslikka biz uchun bironta ham uzr qoldirmadi dedi. Meni molim desa javobni aytib qo'ydi. Ollohni mol desa javobi aytib qo'shdi. Birodarlar, jur'atli bolani pul bilan o'lchab bo'lmaydi qadrini. Yurakli, jur'atli bola ni o'lchab o'lmaydi.

[57:25] Umar Abdulaziz xalifa bo'ldi. Uni tabriklash uchun atrofdan elchilar kelishni boshladi. Xijozliklardan bir jamoa kirdi, ularni boshlig'i o'ndan o'tmagan yosh bola edi. Yoshi o'ndan oshmagan yosh bola mana shu Xijozliklarni jamoasini boshlig'i bo'lib kirdi. Endi hamma xalifani xalifa bo'lganligi bilan tabrikladi, tabrikladi. Endi navbat Xijozliklarga kelganda, boyagi o'n yashar bo'lmagan bola turdi. Turib gapirmoqchi bo'lgandi, sen o'tir dedi haligi.

[57:58] Sendan yoshi kattaroq tursin dedi. Ya'ni shuncha Xijozlikdan kelgan o'nta, o'n beshta odamdan gapiradigan odam yo'qmi sendan boshqa? O'tir senda dedi. Yosh bola deb pisand qilmadi buni. Bu bola nima dedi? O'tirib oldimi? Yig'lab yubordimi? Nima dedi? Qarang, shu o'nta odamga boshliq bo'lib keldimi, demak shunga loyiq da bu bola.

[58:28] Alloh amirni isloh qilsin. Kishini qadri ikkita kichkina narsasi bilan bo'ladi. Qalbi bilan, tili bilan dedi. Yoshi bilan, bo'yi bilan demayapti. Kishini qaddini ikkita narsa bilan belgilanadi. Ey amir, tili bilan, qalbi bilan. Agar alloh bu odamga lavz qiluvchi, so'zlovchi tilni bergan bo'lsa, saqlovchi qalbni bergan bo'ls a, gapirishga haqqi bor uni ham dedi.

[58:57] Agar dedi, siz aytganday faqat yosh bilan bo'lganidan eshitadi. Bu taxtga, xalifalikka, sizdan ko'ra yoshi kattaroq odamlar bor edi dedi. Ho qarang, bu kimga gapiryapti? Shu o'sha davrdagi eng qudratli bo'lgan podshohga gapiryapti. Agar siz aytganday faqat yosh bilan bo'lganda odamni qadri, bu taxtga sizdan ko'ra haqliroq yoshi katta odamlar bor edi deyapti. Insonni qadri qalbi bilan, tili bilan deyapti. Qiymati.

[59:37] Shunaqa bolangiz bo'lsa bilasizmi, yig'lab yuborasiz. Yig'lab yubaverasiz. Bir birodarimizni ikkinchi sinfda o'qiydigan bolasi shu maktabidan kelyotib, katabasini uyiga to'rtta non ko'tarib kiryapti. Ko'tarib kirsa, haligi katabusi kim bilan kelding desa, o'zim keldim deyapti. Nonni kim olib bersa, o'zini oldim deyapti da. Nimaga desa, har safar dadam kelganda to'rtta nonko'tarib kirardi yu deyapti.

[1:00:06] Nima degani bu? Kimdan o'rgandi buni? Agar kirib turib otasidan enasidan pul yumori tushib ketayotganini ko'rganda, kirib turib nima qilardi bu ham? Nima demoqchimiz? Bolangizni jur'atini yoshligidan o'zingiz sindirib qo'yasiz. Bolangizni zehni past bo'lsa, qo'lingizni yuvib qo'ltig'ingizga urmang, shoshilmang. Qo'lingizni uying, qo'ltig'ingizga urmang, shoshilmang, chunki, chunki birodarlar hozir ayrim tarixda ko'zga ko'ringan odamlarni hayotidan o'qib beraman, yoqangizni ushlaysiz.

[1:00:44] Bu bola gavhar. Tuproqni ichidagi toshning ichi gavhar, buni kavlab olishlik kerak. Undagi qobiliyatlarni ko'rish kerak, o'rganib chiqish kerak, buni rivojlantirishlik kerak. Zehni past bo'lsanglar bo'ldi, bu odam bo'lmaydi demang. Bir yil sabr qiling, ikki yil sabr qil. Sabr qiling, sizni bolangiz bu. Orqangizdan sizga duo yuboradigan, sizga savob jo'natadigan bola.

[1:01:08] Qo'lingizni kel, etda yuvommang bolangizdan. Qarang. Isak Nyuton. Kim bo'lgan? Fizikani asoschilaridan bo'lgan. Shu Isak Nyuton birodarlar sinfidagi eng oxirgi qoloq o'quvchi bo'lgan ekan. Sinfdoshlardan bittasi qattiq urib qo'yganda, kuchi yetmay kaltayib, alam qilganidan aytgan ekan. Men seni ilm bilan yengaman. Degan ekan, shu iqtidor ochilib, Isoq Nyuton bo'lib ketgan. Albert Eynshteyn, zamonaviy fizikani asoschisi.

[1:01:44] Eynshteyn mana Nobel mukofotlarini olgan. To'rtga kirganda gap tili chiqqan ekan. To'rtga kirmaganda. Yetti yoshga kirganda o'qishni o'rgangan. Tengqurlaridan keyinroq deb maktabga borgan. Yomon o'qigan. O'n besh yoshida umuman gimnaziyada o'qiy olmadi deb haydab yuborilgan. Nima deysizlar? Betxoven. Kim bu?

[1:02:11] Shu odam mana geniylardan deyiladi, muzika dunyosini geniylardan deyishadi. Daholaridan endi bizni tilda. Yozishda orfografik xatolarni mingta qilgan ekan. Ko'paytirish bilan bo'lishdi, umrini oxirigacha o'zlashtira olmagan ekan. Matematicheskiy talant bo'lmagan, ammo bu tomondagi talanti bo'lgan. Dunyo tan olgan Anton Pavlovich Chexov. Kim bo'lgan bu? Chexov yaxshi o'qimagani uchun sinfida ikki marta qolgan. Bitta sinfda ikki marta qo'ygan, yaxshi o' qimaganligi uchun. Akademik Karaliyov. Kim bo'lgan bu?

[1:02:51] Sovet kosmonavtikasini asoschilaridan. Niq uch bahoga o'qigan ekan. Qaranglar, akalar. Qaranglar. Shunaqa bir odamlar chiqqan ekan, dunyo maydonida bir non taratgan, ko'zga ko'ringan odamlar. Agar bularni ham kimdir shunday odam bo'lmaydi bu deb turib, qo'lini yurib, polni qo'l yurib qo'ysa, nima olardi? Shuning uchun noumid bo'lmanglar, akalar, ukalar.

[1:03:19] Rizqini har qanaqasiga topinglar, ilm yo'liga targ'ib qilinglar bolalarni. Ehtimol shunday bir karomat egalari chiqib qolar farzandlarimizdan. Haqiqiy baxtsiz odam kim? Haqiqiy bahtsiz odam ko'chadagi omadsizligini ko'chadagi badbaxtligini uyiga ham ko'tarib olib keladigan odam.

[1:03:46] Safar qiladi odam. Besh kun, o'n kun uzoq bo'ladi. Farzandlarini sog'inadi. O'g'lini sog'inadi, qizini sog'inadi da. Alloh Taolo siz bilan bizni mana shunday qilib yaratgan. Farzandlarimizni yaxshi ko'ramiz, sog'inamiz. Ammo kishi ko'chadagi ishi bilan ovora, bola va oilasiga vaqt oshmaydi. Bir kunchi shart yig'ishtiring, ishni o'lib ketsin. Shunday bir peshin bo'lmasdan uyga keling da, bolalarga o'tiringlar mashinaga, bir aylanib kelamiz da endi.

[1:04:18] Bo'lganmi biror marta shunaqa narsa? Shart do'konni yopdingiz, ayt jannini olsin, bir gap bo'lar. Shart mashinaga o'tirib, yuringlar borib, bir aylantirib kelaman sizlarda. Bugun kechgacha bir aylantirilib keldingiz. Zo'r bo'lganmi? Kim xursand bo'lgan bundan, bilasizmi? Siz o'zingiz ko'proq xursand bo'lasiz. Chunki bolalar his qiladi, biz kerak ekanmiz otamizga.

[1:04:43] Otamiz bizni ish, bizni tarbiyamiz bilan yoki bizga e'tibori bor ekan deb turib, bolalarni bosh osmonga, umrini oxirigacha esdan chiqarmaydi. Umridan oxirigacha esidan chiqarmaydi, lekin unaqa yo'q. Mana shu mingta odamdan bitta odam qo'l ko'tardi mana. Ish, ish, ish, ishi, ish, ishini. To'rtta devolda ichida o'tiribdi. Toza havoga chiqdi, yuguradi, o'ynaydi. Shu oddiy ish bilan bolangizni qalbidan juda bir yuqori joydan joy oldingiz. Va bu qilgan ishingiz dunyoviy ish hisoblanmaydi. Oxirat uchun bo'ladi. Oxirat uchun.

[1:05:20] Mana qilib ko'ringlarda. Shart olib borib keling da. O'zingiz qanaqa saodatni his qilganingizni ko'rasiz. Mazza qilasiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizdan ko'ra birodarlar ishi, tashvishi ko'p bo'lgan zot, qarang, risolatni insoniyatga yetishi kerak bo'lgan Allohni omonatdori.

[1:05:44] Vahiyni egasi bo'lgan zot uyiga kelardi da, to'rt oyoqlab turib berardi. Nabiralari Hasan va Husaynni yelkasiga minib, Payg'ambarimiz ot bo'lib, tuya bo'lib ularni ko'tarib yurar edi. Endi qo'l ko'tarib qo'yinglar. Nevaralarini yoki bolalarga shunaqa qilib, ular turib, yelkasini ko'tarib ot bo'lib berganlar. Mashalloh. Bunaqalar ko'proq ekan, alhamdulillah. Bu, bu arzonroq da bu.

[1:06:09] Ishni tashlab kelishdan ko'ra yengil, lekin shuni ham qilmagan ekan ko'pchilik. Baxt. Baxt. Dada o'ynaylik deydi. To'rtga kirgan bolangiz. Baxt desiz. Baxt. Achchiq ma'no desiz. Endi qayoqdan sizni yaxshi ko'rsin bu? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har bitta hayotimizdagi ishda ibrat bo'lgan zot yelkasiga, ko'ragiga, beliga o'tkazib, to'raqlab yurib, tasavvur qiling Muhammad alayhissalomni.

[1:06:38] Ne amal jamal u jamal ukuma, ne amal hamalaniy an tuma. Tuyalaringiz naqadar yaxshi tuya va ikkingiz naqadar yaxshi minutsizlar deb ko'tarib yurardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo'lida bolasini ushlab turib namoz o'qiganligi haqida rivoyatlar bor. Rasululloh sajda qilib turganida, mana shu nabiralardan bittasi kelib, yelkasiga o'tirib olganida, imom bo'lib o'qiyapti payg'ambarimiz namozida. Rasululloh savdodan turmasdan turaveradi. Sahobalar turishaveradi sajdadan. Uzoq bo'lib ketdi. Shunda sohibolardan bittasi kallang ko'tarib bunday qaraydi, nima gapniki endi? Qarasa, Rasulullohni yelkasidan nabirasi o'tiribdi. Sajda qilgan holida.

[1:07:17] Nabiram yelkamga minib oluvdi, to o'zi qonib tushmaguncha dedi, bezovta qilishni xohlamadim deyapti. Qaysi ishda? Qaysi ishida? Namoz o'qiyotganda qaranglar birodarlar, farzand tarbiyasi shunaqa muhim ekanki, rosti Alloh namozini nima qilyapti? Cho'zib yuborsa cho'zib yurayaptiki, lekin nabirasini ko'nglini sindirmayapti. Yana ham bizni bolalarimiz yuribdida.

[1:07:46] Meni bir birodarim bo'lardi, Alloh rahmat qilsin o'tib ketdi. Otasi sizlab gapirardi shu bolani. Ko'chada shu birov bilan muomala qilsa, haligi o'ziga uvereniy bola edi. Senlasa aytardi. Meni senlamang dedi. Chunki meni otam ham senlamaydi derdi.

[1:08:29] Alloh rahmat qilsin solih odam edi. Juda ko'pchilikni hidoyatiga sabab olib ketgan edi. Alloh rahmat qilsun. Biz nimaga chaqiryapmiz? Biz har bir uy musulmon odamni uyi islomiy xonadon bo'lishiga chaqiryapmiz. Har bitta musulmonda xonadoni jannatdan bir bo'lak bo'lishiga cha qiryapmiz. Bunaqa uyda muhabbat bo'ladi, mehr bo'ladi, oqibat bo'ladi, kechirimlik bo'ladi, bag'rikenglik bo'ladi. Agar musulmon odam uyini mana shunday holatga olib kelgan bo'lsa, ko'chadagi har qancha mashaqqat uyga kelgandachi, esdan chiqadi. Dunyodagi har qancha mahaqatni yengishlik unga oson bo'ladi. Agar uyda shunaqa qilib tarbiya qila oladigan bo'lsa. Aytaylarchi, biz e'tibor beramizmi oilalarimizga? Farzandlarimizga.

[1:09:21] Ammo haqiqiy baxtsiz nodon odam kim? Ko'chadagi mashaqqatini uyga ko'tarib keladigan, bu ham yetmagandek, uyi ham o'zi mashaqqat bo'lgan odam. Musulmon ota, musulmon erkak farzandlarini orasida adolat qilishligi kerak. Ittaqulloha va adilu bayna vilodiku. Imom Buxoriy va Muslimdan keltirilgan hadis. Payg'ambarimiz aytadilar, Allohda qo'rqinglar, farzandlaringiz orasida adolat qilinglar. Allohdan qo'rqinglar, farzandlar orasida adolatsizlik qilinglar. Allohni qo'rqishlikdan keyin zikr qilayotgan ish nima o'lyapti?

[1:10:03] Farzandlar o'rtasida adolatqilik. Bu mayda ishlarda, tabaslim bilan qarashda. Sizlar muomala qilishda, o'pib erkalatishlikda, tabassumda. Ha, bitta bolangizni boshqalardan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rishingiz mumkin. Bunga gunohkor bo'lmaysiz. Kenjasimidi, kattasimidi, o'g'lingizmi, qizingizmi, xullas bittasini ko'proq ya xsh ko'rishingiz ham mumkin. Bungagunohkor bo'lmoqchisiz. Lekin tashqarida shuni bildirib, buni boshqalardan kor ajratib, narigilarni yerga tushirib qoladigan bo'lsangiz, mana shu narsaga gunohkor bo'lasiz. Chunki bittasini erkalatib, po'palab, ikkinchisiga qattiq gapirganingizda, ikkinchisini dilini cho'ktirib qo'ydingiz. Umrini oxirigacha esdan chiqmaydigan ish bo'ldi. Payg'ambarimiz aytyaptilar, Allohdaan qo'rqinglar va farzandlarni o'rtasida adolat qilinglar. Yedirib ichirishda adolat qilamiz.

[1:10:49] Kiydirishda adolat quramiz, sarf xarajatda adolat qurishimiz, lekin bundan ham mayda ishlarda adolat qilishlik kerak bo'ladi. Payg'ambaringiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga bir kishi kelib, yo Rasululloh, guvoh bo'ling. Mana bu bolamga dedi, bitta bog'di, shunday hadya qildim dedi. Berdim bitta bog'di dedi. Rasululloh, boshqa bolalaring ham bormi dedi. Ha, boshqa bollarim ham bor. Ularga ham shunaqa narsani berdingmi dedi. Yo'q dedi haligi odam. Payg'ambarimiz aytdilar, innila ashxadu ala javur. Mendan boshqa odamni guvoh qil bu ishga dedi. Chunki men jabrga, zulmga guvoh bo'lmayman dedi.

[1:11:25] Shuning uchun farzandlarga bu narsani taqsim qilayotgan paytda ota adolat qilishligi kerak. Kimga qancha berish kerak? Shariatimizda aniq aniq ko'rsatib qo'yilgan. Bir odam oltmish yil Allohdan ibodat qilishi mumkin. Ammo vasiyatda, taqsimda zulm qiladigan bo'lsa, bironta bolasiga jahannam vojik bo'ladi bu odamga. Ittaqulloh va adilu bayna avladi kun. Allohdan qo'rqinglar, farzandlaringiz orasida adolat qilinglar. Boshqa hadisda aytadilar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, sovu bayna avladi kum fil ati i yati. Atolarda, in foqda beriladigan narsalarda, bir narsa bersangiz, farzandlarni orasida adolatsiz qiling deganlar. Darsimizning nihoyasi, musulmonlar tushunchasida ota hurmatli inson bo'ladi. Musulmonlarda shunchasida ota ulug' inson, hurmatli inson bo'ladi. Ammo hamma ota ham mahbub ota bo'lmaydi.

[1:12:31] Farzandlar tomonidan yaxshi ko'rilgan bo'lmaydi hamma ota. Shuning uchun bolalaringizdan sizni yaxshi ko'rishini talab qilishligingiz, sizni qahramonligingiz emas, balki bolalaringiz sizni yaxshi ko'radigan ishni qilishligingizda, sizni qahramonligingiz. Xohla ismi, xohlamay ismi musulmon, otasini ulug' inson deb biladi, hurmat qiladi. Ammo hamma farzand ham otasini yaxshi ko'ravermaydi. Bu yomon ko'radi degani emas. Qalbini to'ridan joy olgan bo'lmaydi hamma ota ham.

[1:13:07] Inega katta olganda agar parvarishini qilmasa, inega katta olganida qaramay xabar olmay qo'ysa, xafa bo'lmasin. Xafa bo'lmasin. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, imomutabaroniydan abu hurayra roziyallohu anhu navbat qilingan, aynu avlodakum alal bir. Aynu avlodakum alal bir, farzandlaringizga bir, yaxshilikka yordam beringlar. Ya'ni yaxshi odam bo'lishiga yordam beringilar. Yaxshilik qilishiga yordam biringlar. Nima qilinglar degani bu? Tarbiya qilinglar degan. Rohimallohu validan a'ana valadahu ala birri. Bolasiga yaxshilik qilishlikka yordam bergan otani alloh rahmat qilsin.

[1:13:54] Ali ibn abit olib aytadi, akrim avlodiku vahsin tarbiya tahum. Bolalaringlarni ikrom qilinglar, tarbiyasini chiroyli qilinglar, diqqat. Fa innahum xuliqu li zamanin g'oyri li zamanikun. Chunki farzandlaringlar sizlarni zamoninglarga emas, boshqa zamon uchun yaralgan.

[1:14:17] Ya'ni bir ota bor, ellik , oltmish , yetmish yillarda o'sgan. Hozir birodarlar u ikki minginchi yilni ustida turibmiz. Bizni davrimizda bunaqa bo'lgan, bu siz ham kunimiz o'tgan, demak. Chunki sizni kuningiz shu bilan o'tgan. Bu zamonda talablari boshqacha. Bizni davrimizda bunaqa bo'lmagan, biz peshkom yurib qilar edik, anaqa qilar edik. U sizni zamoningiz shunaqa edi. Hozir bolani talabi bor bir narsaga, masalan kompyuterga. Ta'limi uchun. Modomiki bolangizga kerak bo'layotgan, zamon talab qilayotgan narsa xoron emasmi? Shariat doirasidan chiqmayaptimi? Qilib beringlar otalar. Qilib beringlar. Chunki bizda bo'lmagan u narsa. Shunda ham yaxshi yashayverganmiz demanglar. Biznikilar o'sha kidni qo'li bilan yuvib ham, manaqa qilib ham zo'r yuravergan. U sizlarni zamoninglarda shunaqa edi. Hozir kim mashina beringlar.

[1:15:11] Qaytarib aytamiz. Albatta farzandlaringiz sizni zamoningiz emas, boshqa zamon uchun yaralgan. Modomiki, farzand talab qilayotgan narsa. Otalar o'zini farzandlarini yaxshi ko'rishligi, Alloh Taolo ularning tabiatiga qo'ygan bir xususiyat. Ota borki, yaxshi ko'radi bolasini. Bu tabiatda bor narsa. Masalan, tabiatingizda bor qilgan ish uchun, shu ishni qilsangiz, ajr olasizmi, yo'qmi?

[1:15:43] Masalan, kechki ovqatni qilib yesangiz, shunga savob bormi sizga? Yoki soqatib ketuvdingiz, ustingizni yopib oldingiz. Savob bormi, yo'qmi. Bunga savob yo'q. Sog'lig'ini saqlash vazirligi buyruq chiqardi. Har kuni kechki payt sakkizdan ovqat qilib yeyilsin dedi. Bu kulgili narsa bu, chunki bu narsani buyurmasa ham o'zi hamma qilaveradigan ish bu. Demak, otalar bolalarni yaxshi ko'rishligi ularda tabiatida bor. Xohlaydimi, xohlamaydimi, ota bolasini yaxshi ko'rada. Bu ota olimmi, johilmi, musulmonmi, kofirmi, shaharlimi, sahroymi, farqi yo'q. Otami, bolasini yaxshiroq ko'raveradi. Masalan, yosh bolalarni bir kasalxonasiga borsangiz, bolasi og'riyotgan ona yig'laydi. Bu ona musulmonmi, kofirmi, qaysi millat vakili, buni farqi yo'q. Chunki onani qalbida ham bolaga nisbatan muhabbat albatta bor. Demak, inson o'zini tabiatida bor bo'lgan ishlarni qilganiga ajralmaydi. Balki tabiatida yo'q bo'lgan narsalarda qilganiga ajra oladi. Otalar farzandlarini yaxshi ko'rishligi tabiat. Ammo farzandlar otalarini yaxshi ko'tarishligi taklif.

[1:17:00] Farzandni qalbida ota onasiga nisbatan muhabbat bo'lishi, ularni yaxshi ko'rtishligi shariatni farzandlar ustiga qo'ygan taklifi, bu narsa uchun ajr oladi. Bu narsa uchungi ajr oladi. Qachon uni tarbiya qilganiga savob oladi? Qachoniki diniga, e'tihodiga, aqidasiga e'tibor qilsa, namoziga qarasa, ibodatiga qarasa, shunda farzandiga inoyat qilganligiga ajra oladi.

[1:17:25] Demak, ota faqatgina agar bolasini sog'ligi, kiyimi, ta'minotini e'tiboriga e'tibor etibor qilsa dinini axloqini, tarbiyasini be'etibor qoldiradigan bo'lsa, bu narsa uchun ajr olmaydi. Shuning uchun bolalar haqida Qur'onda bitta oyat keladi. Astaydubilla? Bolalarda inoyat qilish to'g'risida. Yusiku mullohu fii avladiikum li zakaree mithilu haddil unta ya'in. Ya'ni o'sha meros berishlikda, farzandlarga bir Alloh Taolo yaxshilik qilishlikni vasiyat qiladi. Ya'ni, Alloh farzandlaringizga tegishli meros haqida bir o'g'il uchun ikki qiz ulushi barobarida meros berishni amr qilur. Bolalar haqida bitta oyat bor. Ya'ni ikkita qiz bolani urushi bitta o'g'il bolaga beriladi. Yosh bolalarga mana shu farzandlari haligi meros bo'lishlikda adolatli bo'linglar deydi. Boshqa oyat yo'q. Farzand haqida. Chunki farzandga bo'lgan muhabbat aytdik, insonni tabiatida o'z o'zidan bor narsa. Ammo farzand ota onasini yaxshi ko'rishi, ularni xizmatida turishligi bu endi taklif. Ya'ni bu ibodat bu. Demak inson farzandi tabiatida yo'q bu narsa. Astaydubillah, vo qozo robbukalla ta'budu illa iya va bilvaliday nehsanah.

[1:18:43] Parvardigoringiz yolg'iz uning o'ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota onaga yaxshilik qilishlaringizi amr etdi. Imma yabulg'on na indakal kibar ahaduhuma av kela huma fala taqullahuma uf. Vola tanhar huma va qullaha uma qovlon karima. Agar ularning, ya'ni ota onalaringizning birovi yoki har ikkisi sizni qo'l ostingizda keksalik yoshga yetsa, ulg'ayganinglarda farzandlar, ota onalaring qarib sizlarni qo'linglarda turgan bo'lsa, ikkalasi yoki bittasi, ularga qarab, uf, tortmang.

[1:19:21] Va ularni so'zlar, ularning so'zlarini qaytarmang va ularga doim yaxshi so'z ayting. Bu endi buyruq. Ota onasini inoyat qilishligi, xizmatida turishi, ularga ufda emasligi, ularga lutf bilan muomala qilishi, bu endi ibodat. Bu narsa uchun farzand Alloh azza va jalladan ajr sovab oladi. Chunki aytyapmiz, farzandi tabiatida yo'q bu narsa. Tabiatiga joylanmagan. Xohlasa ota onasiga qaramay qo'yishi ham mumkin. Urishi ham mumkin, tashlab ketishi ham mumkin. Chunki bu narsa uni tabiatida yo'q.

[1:19:56] Kech payt kelasiz, bolalar ovqat yeyishdimi? Yeyishdi. Darsini qilishdi, nima qilishdi? Issiq o'rinib yotishibdimi? Yotishibdi. Yaxshi. Namozichi? Namozichi? Hozirgi qilgan muruvvatingizga ajr yo'q. Hozirgi so'ragan narsalaringizga mukofot olmaysiz. Allohni eslatmaganligingizga, Allohni ibodatiga befarru bo'lganiga, agar indamay qoladigan bo'lsangiz, gunohkor bo'lasiz. Demak, ota, bolasiga berishi mumkin bo'lgan eng ulug' narsa, islomiy tarbiya. Islomiy tarbiyada. Alloh Taolo Qur'oni Karimda Mujodala surasida shunday deydi: Astayu aytubillah, hodisamiy allohu qovla lati tuja di luka fii zavjiha va tashdaki ila alloh. Vallohu yas'mau ta'hau va raquma, innalloha samiyun bosir. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Darhaqiqat Alloh siz bilan o'z jufti haqida bahslashayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan ayolning so'zini eshitdi. Alloh sizlarning basti javoblaringizni eshitur, albatta Alloh eshitguvchi ko'rguvchidir.

[1:21:04] Sahobalardan Avsumni Somit roziyallohu anhuning ayoli, Havla binti Saliba, roziyallohi anhun majmai, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldiga keldi. Havla binti Sa'laba. Kelib aytdi, yo Rasululloh, erim menga, men yosh vaqtimda uylandi, chiroyim bor edi, molim bor edi, qarindosh o'g'illarim ko'p edi. Endi yoshim qarib, qornim katta yeb, oilam yo'q bo'lib, molim tugagandan keyin, endi kelib, sen menga onamni kuragi kabi xoramsan dedi.

[1:21:41] Menga xoramsan dedi! Menda uni bolalari bor dedi. Chunki ularni tarbiyasi bilan men shug'ullanaman. Agar o'zim bilan olib qolsam, och qolib ketishadi. Qarang, otasi ularni boqadi, men tarbiyasi bilani shug'ullanman. Otasi tirikchilik qilib, non topaman deb ko'chada yuradigan bo'lsa, betaribiy bo'lib qoladi bolalar. Chunki otasi ko'chada non topaman deb yuradi.

[1:22:10] Xulosa, ota ko'chadagi ishlarni albatta qiladi, yelkasidagi vojipi, lekin undan avvalgi, undan ko'ra muhimroq bo'lgan vojipi, farzandlarga robbisini tanishligi, diniy tarbiya berishligi. Mana bir necha dars farzandlar tarbiyasining ahamiyati haqida suhbat qilamiz. Biz nimani o'rganyapmiz? Qanchalik yelkalimizdagi yuk og'ir, qanchalik bu mehnatni uzoq qilishimiz kerak? Shu narsani anglashligimiz kerak. Avvalgi bir qancha darslarimizda.

[1:22:41] Tarbiyaga oid bo'lgan so'zlar. Birodarlar, ummat faqat tarbiya yo'li bilan yuz taladi. Farzandlarimizga islomiy tarbiya berishlik bilan hurmat yuksaladi. Johiz rivoyat qiladi. O'quboy ibn Abu Sufyon o'zini o'g'lini muallimga topshiryotib, odob beruvchi kishiga topshiryotib shunday dedi.

[1:23:08] Meni bolamga odob berishda birinchi qiladigan ishing o'zingni isloh qilishing bo'lsin. Meni bolamga tarbiya berishda birinchi qiladigan ishing o'zingni tuzadi. Chunki ularning ko'zlari seni ko'zingga bog'langan. Sen chiroyli ko'rgan narsani ular ham chiroyli ko'rar. Sen xunuk deb bilgan narsani ular ham xunuk deb biladi.

[1:23:31] Kimdan ta'lim olyapti bolalarimiz? O'shanga e'tibor berishimiz kerak ekan. Masalan, behayo kiyinib yurishlikni, madaniyat deb biladigan o'qituvchini qo'lida bo'lsa, bolangiz o'sha narsani madaniyat deb biladi. Avlodlarni yopib, qizlarimiz hayosi bilan, ibosi bilan ko'chada yurishligini, bu qoloqlikni alomati deydigan muallimani qo'lida, bo'lsa, bularga nisbatan qarash ham shunaqa bo'ladi.

[1:24:01] O'qituvchi, muallim, murabbiy tarbiya beradigan qanaqa odam bo'lsa, o'quvchilar ham xuddi shularda o'shaning uchun kimdan ta'lim olayotganligini farzandlarimizni qarab qo'yishimiz kerak bo'ladi. Sen chiroyli ko'rgan narsani chiroyli ko'rar bolam, sen yomon ko'rgan narsa yomon deb biladi bolam. Farzandingizni odob beruvchiga, muallimga, tarbiyachiga topshirdingiz, bo'ldi. Nazaringizda.

[1:24:33] Nima demoqchimiz? Otalar bilan muallimlarni o'rtasida hamkorlik bo'lishlik kerak. Qarz ikki qo'ldan chiqadi. Agar berdim, qutuldim deydigan bo'lsangiz, u o'qituvchi nechta o'quvchisi bor qo'lida? Qaysi biriga diqqat qilib ulgursin? Ota ona tomonidan nazorat bo'lishligi kerak bo'ladi. Tarbiya chiroyli bo'lishligi uchun. Qarang. O'quvoy ibn Abu Sofiyani yana nima deydi? Meni bolamga odob berishda birinchi qiladigan ishing, o'zingni isloh qilishing bo'lsin. Muallimga aytyapti bu gapni. Sen chiroyli ko'rgan narsani ular ham chiroyli ko'rar edi. Sen xunuk ko'rgan narsa ular ham xunuk ko'rar edi, ularga hukomolarning siyratlarini, adiblarning axloqlarini gapirib ber va farzandimni men bilan qo'rqit.

[1:25:24] Nima degani bu? Nima degani bu? Dadangga aytaman degani. Bu o'sha bo'g'izdek akamlar biladi. Dadangga aytoman deydi. Dadangga aylama deydi. Ayta olmaydi deydi. Nimaga? Dadam kelmaydi da bu yerga. Dadam kelmaydi. Chaqirsa ham bormaydi. Oxirgi ota onalar majlisiga chaqirganda maktabda farzandlaringlarda, mana erkaklar o'tiribdi, qo'l ko'tarib qo'ylar deb borganlar.

[1:25:52] Bitta, ikkita, uchta, to'rtta. Bo'ladi mingta odamga to'rtta odam bo'ladi. Dada, ota onalar mayli baxt enangni borib qo'yadi deydi. Sizni davomchingiz edi shu bola? Sizni vujudingizni davomi edi. Qanaqa odam bo'lishligi, yaxshi yomon bo'lishligi sizga kerak edi. Siz bormadingizmi? Endi xafa bo'lmang.

[1:26:19] Oqibat davom etadi. Ularga kasalini bilmay turib, dorini berishga shoshilmagan tabib kabi bo'l. Kasalni aniqlamay turib, tabib dori tayyorlamaydi. Kasalni aniqilaydi, keyin dorini. Xuddi shunaqa odam shunaqa muomala qilgan farzandlarimga. Bu ishni senga suyanaman. Farzandimni tarbiyasida senga suyanaman, uni senga topshirdim. Sen meni uzrimni qabul qiladi deb kutma.

[1:26:47] Farzandlar ota onalarning ko'zini quvonchi. Shuning uchun muallimlar o'zidagi eng zo'r narsani berish kerak. Eng zo'r narsa berishlik kerak. Ibn xoldun o'zining muqaddamasida rivoyat qiladi, horun ar rashid o'zini o'g'lini muallimga topshiryapti deb shunday dedi. Albatta amir al mu'mining senga o'zini jonini, ko'zini quyonchini topshiryapti. Ota onalar uchun farzand bu qalbni chechagi, ko'zni quvonchi, qalbni bir gavhari. Shuning uchun muallimlar ham yelkasidagi omonat qanchaligini bilish kerak. Muallimlarga aytiladigan so'z, yog'och usta yog'och bilan muomala qiladi.

[1:27:29] Yurist, advokat odamlarda muammolar bilan muomala quradi. Temirchi temir bilan muomala qiladi. Tabiblar insonni jasadi bilan muomala qiladi. Bir hunarni ikkinchi hunardan balandligi shu hunar nimani ustida bahs yuritadi, shunga bog'liq. Demak, yog'ochdan ko'ra temir balandroq, temirdan ko'ra tilla balandroq. Tilladan ko'ra insonni jasad balandroq. Endi, muallimlar nima bilan muomala qiladi? Insonlarni ruhi bilan muomala qiladi. Tabiblarni ishi ham oltmish yil, yetmish yil. Keyin ketadi. Sizlar ming parvarish qilinglar, doktor akalar, noladi baribir. Ketadi. Ammo muallimlar odamni ruhi bilan muamala qiladi. Agar to'g'ri tarbiya qilinsa, abadiy jannatga boradi bu ruhi.

[1:28:18] Aks holda, abadiy tushunarlimi? Shuning uchun muallimlarni ishidaqa mas'uliyatli, xatarli va sharafli ish yo'q. Lekin taassuf, bizda muallimlarning qadri eng past hisoblanadigan mehnatlardan. Eng oz oylik kimniki? O'rniga kelganda aytib qo'yaylik, akalar, maktabga pul sarflanglar. Bolalaringlar o'qiyapti, pechka olib borib beringlar. Lenin o'rnini solib beringlar, romini to'g'irlab beringlar qishda bemalol issiqda o'tirsin. Sharoit qilinglar, doskasini yangilab beringlar. Qaranglar da, yetmish sakson yilgi jihozlar bilan turibdi sinflar.

[1:28:58] Sizlarga kerak ularni o'qishi, birodarlar, sizlarga kerak. Muallim esa jamiyatdagi eng muhim, eng afzal toifa, farzandlar bilan muomala qiladi. Demak, muallim Allohdan qo'rqishi kerak. Oq toq deyish kerak, qorani qora deyishlik kerak. Muallim Allohdan qo'rqish kerak. Chunki muallimni ko'zi bilan qaraydi farzandlar dunyoga. Agar yaxshilikni o'rgatsa yaxshi, yomonlikni o'rgatsa yomon bo'ladi.

[1:29:26] Keyingi nuqtamiz. Tarbiyaga oid nasihatlar. Kishi farzandini tarbiyalash kerak. Lekin tarbiyani yo'li ko'p. Musulmon kishi farzandini islomiy, iymoniy tarbiya bilan tarbiya qilishlik kerak. Ayrim xonadonlarga kirib qolasan, bir es hushi kirib qolgan, aqli yetib qolgan, nima deydi, bolalar, kim keldi, kim ketdi, qaramaydi ham. Beparvo. Yo qandaydir bir beadabgarchilikni qilaveradi. Nima sababdan? Ota onasi tashlab qolgan shunday. Qaranglar, ko'chatni ko'chiradi bog'bon.

[1:30:05] Teq qo'yib qo'ysa ham o'saveradi u. Kerak, shaqi bor uni, kerak emas, shaqi bor. Tutash kerak, dori berish kerak, suv qo'yish kerak, tayini chopish kerak. Teq qo'yab qo'ysa, ham o'saveradi. Ammo xohlagandayqa o'sib qoladi. Agar bu daraxtni o'zingiz xohlagandayqi bo'lishini xohlasangiz, mehnat qilishlik kerak. Teqqo'yib qolibsiz, bola ham o'sib qolaveradi. Faqat boshqalar chopib qo'yadi uni tayini. Boshqalar putab qo'yadi uning shaqini. Boshqalarni formasiga kirib qoladi u bolasi.

[1:30:34] Masalan, ssr davrida ham birodarlar odamlarni tarbiya qilishgan. Yolg'on gapirma, birodar haqqini yema, toza yur va hokazo. Ammo bu tarbiya nimani ustiga qurilgan? Dinsizlikni ustiga qurilgan. Iymonsizlikni ustiga qrilgan. Iymoniy, islomiy tarbiyadan boshqa har qanday tarbiya shu dunyodagina asqatadi.

[1:30:59] Iymoniy islomiy tarbiyadan boshqa har qanday tarbiya faqat shu dunyoda asqatadi insonga. Ammo oxiratda foyda qiladigani faqat iymoniy islomik tarbiya bo'ladi. Diniy bilim, islomiy tarbiya insonni ikki dunyoda saodatga, farovonlikka yetaylik deb. Birodarlar, diniy tarbiya, diniy bilim insonda haqiqatdan bir rohatlantiradi. Foydalantiradi. Bu tarbiya, bu ilm insonni dunyoda, odamlarni qalbidan joy olishnikiga olib boradi. Odamlarni ichida martabasi yuqori bo'lishnikiga olibvoradi.

[1:31:42] Kishi diniy bilimdan xabari bo'lsa, islomiy tarbiya olgan bo'lsa, odamlar orasida ishonchli odam bo'ladi. Mukarram bo'ladi, ulug' bo'lishga olibvoradi. Demak, diniy bilim, islomiy tarbiya insonni ikki dunyoda saodatga teglaydi. Murod Alloh, shuning uchun har qanday ta'limdan avval Allohni tanitaylik. Til o'rgatgani beramizmi, matematika, fizikani o'rgatganni beramizmi? Albatta beramiz, bularga o'rgatishlik kerak. Ammo bulardan avval Allohni tanishish kerak. Dinni tanitish kerak. Shundan keyin narigi narsalarni ham osonlik bilan o'zlashtiradi.

[1:32:18] Kun tadbirida payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam masjidga kirib, bir kishini ko'rdi da, kim bu deb so'radi, rasululloh. Bu odam nassob deb deyishdi. Nassob nima? Arablarni qabilalari nasl nasablarni biladigan kishi deyishdi. Payg'ambarimiz aytdilar, bu ilm dedi, uni o'rganganga foyda keltirmaydi.

[1:32:41] Bu ilmdan bexabar odamga zarar keltirmaydi dedi. Shuning uchun avvalambor insonga birinchi navbatda foyda keltiradigan ilm bu diniy bilim. Undan keyin boshqa bilimlar undan keyin berilishligi kerak. Shuning uchun Abdulloh ibn Amr roziyallohuni xuddi rivoyat qilinadi. Allohumma innix audhu beka min qolbinla yaxsham va min duainla yus'ma va min nafsinla tashba. Va min al min la ya'n fao, a'udhu beka min hau la ar bar. Parvardigor, men sendan qo'rqmaydigan qalbdan panoh berishingni so'rayman. Eshitilmaydigan duodan, to'ymaydigan nafsdan va befoyda ilmdan panoh berishingini so'rayman. Sendan shu to'rtta narsadan panoh so'rayman dedi.

[1:33:29] Siz o'rgangan narsa sizga faqat shu dunyodagilar emas, oxiratda ham asqatadigan ilm bo'lishligi kerak. Bunga xaris bo'lishingiz lozim. Imom G'azaliy aytadi, Qur'onda qaysi o'rinda ilm degan kalima zikr qilingan bo'lsa, bas bu so'zdan Allohni tanitadigan ilm nazarda tutilgan. Qayerda ilm deyilgan bo'lsa, yarfai la hulladina amir ming kun va la dina u tula ilma daraja. Oraylarda ilm berilgan kishilarni Alloh darajasini ko'taradi dedi. Qaysi ilm desa, Allohni tanitadigan ilm. To'g'ri ham da. Bir odam dunyodagi eng katta ilmiy unvonlarni olsin. Hamma mukofotlarni jamlagan bo'lsin. Agar Allohni tanimagan bo'lsa, bu ilmlar.

[1:34:16] Chunki qabrga kirishi bilan bu ilmlarda hamma unvonlar yerdi betida qoladi. Allohni tanitayotgan ilmdan bexabar bo'lgan bo'lsa, kalimani bilmasa, xohlamagunimni farqiga bormagan bo'lsa, oqibati nima oladi bu odamni? Biz farzandlarimizni zo'r fizik bo'lishini xohlaymiz, zo'r matematik bo'lishinixohlaymiz, dunyo maydonidagi, dunyo ilm maydonida katta yutuqlarga erishishini albatta xohlaymiz. Ammo Allohni tanitganimizdan keyin, diniy bilimlarni o'rgangandan keyin. Inaychi, qayoqqa jo'natsangiz ham bolangizni, Allohni tanitib, diniy bilimni joylab qo'yganingizdan keyin, islomiy tarbiya berganingizdan keyin, dunyoni qayoqqa jo'natsangiz ham xotirjam bo'lasiz. Chunki e'tiqodi, dunyoqarashi shakllanib bo'lgan.

[1:35:00] O'n uch ga, o'n to'rt ga kirgan bolalarni boshqa mamlakatlarga jo'natib yuboryapti otalari, eshityapmiz. G'arbmidi, sharqmidi? U bolangni hali moy kallasi qatigani yo'q. Dunyoqarashi shakillangani yo'q. Nima oq, nima qora hali tushunmaydi. O'sha yurtlarga borib, birodarlar, shularni suvini ichib, o'shalarni kapasiga kirib qolmasin. Dunyoqarashi o'z o'sha yerda shakllanib keldimi? Bo'ldi endi tuzata olmaysiz, bu bolani yo'qotdingiz.

[1:35:26] Biz tarbiyaga oid so'zlarni gapiryapmiz. Kishi farzandiga rozgo'ylikni xuddi Qur'on oyatlarini o'rgatgandek ehtimom bilan, e'tibor bilan, diqqat bilan o'rgatish kerak. Rozgo'ylikda xuddi Qur'onni o'rgatgan dek o'rgatilishlik kerak. Erikmaslik kerak. Ba'zida ana shu uchinchi marta ikkinchi sinfda o'qiydigan bolangizni qo'lida qalam ko'rib qolasiz, siz olib bermadingiz uni. Qayoqda olding buni desangiz, o'rtog'im falonchi berib turdi deydi. Bo'ldi xotirjamisiz.

[1:35:59] Yolg'on gapirmayaptimikan? Yarim kuningizni sarflab boring. O'sha falonchi o'rtog'ini chaqiring. Sen qalamni meni o'g'limga berdingmi? Yo'q. Agar bir marta borib turib, mana shu gapirgan gapi yolg'onligini tekshirib, bir marta chora ko'rib qo'yadigan bo'lsangiz, bola odatlanadi. Gapirgan gapiga javob berishi, qilgan ishiga javobgarlik borligini his qiladi da, keyin olmaydi. Nima nima deydi?

[1:36:31] Aho, bizni bola, bu xolda nimalar yurmaydi? Telefonmidi, velosapmidi, yana nima edi? Biz e'tibor qilmaymiz, akalar. Tarbiyaga oid so'zlardan yana ayrimlarini o'qiymiz. Mana hozir farzandlar qarindoshi o'g'illariga bemehr bo'lib ketgan, tanimaydi qarindoshlarini, degan gapni eshitib qolamiz. Kim shunaqa qildi? Ota onalar o'zlari. Avvalgi davrlarda mana katta otalarimiz aytishsa, birov to'y qilsa akasi yoki singlisi, oilasi bilan borib bir kun, ikki kun yotib shu yerda to'y o'tkazilardi. Ko'rmagan qarindoshlarni ko'rardi, tanimaganlarni tanib olardi. Hozirchi? Odamlarda fe'l atxor bo'lib ketganidan, bolalar qo'yib kelinglar deydi. Hozirgi kelinoyilar.

[1:37:29] Bormi? Er indamay turaveradi. Uyda xotinda bu jiyan. Bolalar qo'yib kelinglar deydi. Qarindoshlarini ziyofat qilsa bemalol o'tiraylik deydi. Endi qayoqdan bu bola qarindoshlarin tanisin? Qayoqdan hammasini bilsin, qayoqdan tog'asini farzandlarini tanisin? Ayb kimda? O'zi qarindosh urug'lar nimaga yig'ilishi kerak edi?

[1:37:54] Nimaga yig'lishi kerak edi? Siylak rahmda tikkalashligi uchunmi? Shu qarindoshlarda davomi kim edi? Shu farzandlarmidi? Bolalar, qo'yibkelinglar deydi. Bemalol o'tiraylik. Shuning uchun ota farzandini vali mamidi, biror bir ilm majlisimidi, ora churada ertalab olib borsin. Mana tog'ang, mana ammening o'g'li bo'ladi, qarindoshingni tanib olgan bolang deb tanitsin. Bu narsa yo'q. Bu narsa yoqib ketgan.

[1:38:20] Farzandni boshqalarni oldida xorlab bo'lmaydi. Maslahat qilib berasiz bolangizni, birovlarni oldida. Urib beramiz, baqirib beramiz, so'kib beramiz. Mana shu narsa ko'nglini sindiradi bolalar. Har qancha ta'lim bo'lsa, har qancha tarbiya bo'lsa, hal qancha kaltak bo'lsa, alohida. Alohida. Hammani oldida emas.

[1:38:46] Agar bola yolg'onga odatlarni aytgan bo'lsa, bir marta ogohlantiriladi, bir marta tanbeh beriladi, keyin bir chora, biror bir jazo qo'llashlik kerak bo'ladi. Chunki aytdik, yolg'onchilik ham boshqa odatlarga o'xshab yoshlikdan o'rganiladigan narsa. Yana tarbiyaga oid so'z ishlardan ibn sino shunday deydi, farzand tarbiyasida, bola maktabida odobi, odatlari chiroyli bo'lgan, yaxshi bolalar bilgan, bola ham birga bo'lishligi kerak.

[1:39:18] Ulfating degan gap bor. Farzandingiz yaxshi odamlarni duvallari bilan, odobli, xulqli bolalar bilan birga bo'lsa, shu tarbiya ulamolari aytadi, farzand o'zidagi odatlarni oltmish foizdan ko'prog'ini o'zini tengqurlaridan yuqtiradi, qolgan qismini ota onasidan yuqtiradiydi. Tushunarli ekan? Farzandingizda qanaqa bir odat bo'ladigan bo'lsa, buni, buni oltmish foizdan ko'prog'i o'zini teng qullaridan bo'ladi. Undan ozrog'i ota onasidan olinadi. Shuning uchun kim bilan ulfat bo'layotganiga qarashlik kerak bo'ladi.

[1:40:03] Bu zamonda birodarlar otalarga, onalarga duch keladigan eng katta muammo va eng birinchi muammo farzand tarbiyasi. Biz farzand tarbiyasining ahamiyati haqida so'z yuritdik. Alloh taolo Qur'onida shunday marhamat qiladi. Al yavma akmal tulakum dinakum va atmim ta'alakum ne'matiy va rodiy tulakumul islama dinah.

[1:40:28] Bugun sizlarga diningizni komil qildim. Ne'matimni benuqson to'kis qilib berdim va sizlar uchun faqat islomni din qilib tanladim. Parvardigorimiz dinimizni komil deyapti. Mukammal deyapti. Demak, bu din birodarlar hayotimizda bizga nima ko'rsatma kerak bo'lsa, hammasi bor. Farzand ham hayotimizni bir qismimi? Farzandlar bizni, siz bilan bizni hayotimizni bir kismimi? Demak, albatta bu haqida ham ko'rsatma bor. Qur'on oyatlarida, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnat mutaxassisida.

[1:41:03] Fasod yoyilgan bu zamonda birodarlar birinchi o'ringa chiqayotgan ish, farzand tarbiyasi bo'lib qolyapti. Agar musulmonlar o'zlarini hayotida Allohni kitobini, Payg'ambarimizni sunnatini tatbiq qilishganida, hozirgi achinarli holatga tushib qolmagan bo'lardi musulmon. Otalar bir ikkinchisiga shikoyat qilib qoladi farzandidan. Bolasi ota xohlaganday bo'lmadi.

[1:41:33] Tarbiyasini buzadigan holatlar, fitnalar ko'payib ketdi. Atrof fasadga uchrab ketdi. Dunyoqarashini buzadigan hiylalar ko'payib ketd. Hamma narsa gunoh emas, yiliga chaqiradi. Shuning uchun biz bu zamonda, fasadga uchragan bu zamonda, otalarga birinchi uchraydigan eng katta va eng muhim muammo bu farzandlarni tarbiyasi desak, biz mubolag'a qilgan bo'lmaymiz.

[1:42:01] Agar mana shu ko'rsatmalar bilan ish tug'ilganida, farzandlar otalarni ko'zini quvonchi bo'lar edi. Endi albatta hammani farzandlari betarbiya bo'lib ketdi deb aytmaymiz. Tarbiyasi bilan shug'ullangan, bir odobli, axloqli farzandlar ham bor. Lekin umumiy ahvolga qaraladigan bo'lsa, ahvol yaxshi emas. Ha, albatta, ota onasi solih bo'lib turib, farzandi noqobil bo'lganlar ham bor. Xos holatlar. Masalan, Nuh alayhissalom Allohning payg'ambari edi. O'g'illardan bittasi kofir bo'ldi. Xos holatlar bor. Ota ona zo'r, lekin farzand noqo. Lekin bu juda bir nodir holat. Kam holat.

[1:42:42] Demak, eng ulug' amal farzandni iymon bilan tarbiya qilishlik. Odatda otalar. Qirqqa kirgandan keyin robbilari bilan aloqalarni tuzatishga tushishadi. Boshqacha qilib aytsak, qirqqa kirganida eski kiradi. Bu vaqtga kelib, foiz ketib bo'lgan edi. Bolasini yoshi yigirma yetti bo'ldi. Endi har qancha urinmasin, foiz ketdi. Vaqt o'tdi. Agar bu otalar islom manhajini bilganida, tushunganida, shu bilan o'zi yashab, farzandlarini shu bilan tarbiya qilganida, bu bolalar boshqacha bo'lar edi. Endi vaqt o'tdi, dindan uzoq yurdi, manhajdan tashqarida bo'ldi, dunyo topish bilan ovora bo'ldi, uy solish kerak, tom yopish kerak, mashina olish kerak, chek solish kerak deb yuraverdi, ko'chada qoldi, bolalar tarbiyasi qolib ketdi. Endi o'ylang, kishi ulg'ayganda, keksayganda, shu farzandlar atrofida shunday jamlanib tursa, otasini dilini olish deydi, og'ir gunohligini bilsa, otasini ko'nglini ko'tarishlik qanaqa ulug' ibodat ekanligini bilsa. Har bitta og'izdan chiqqan gapni muhayyo qilishlikka shay turishsa, hurmat qilsa, albatta bu oqsoqol dunyodagi eng baxtli oqsoqol bo'ladi.

[1:44:03] Birodarlar, farzandlarimizni tarbiyasiga sarflagan vaqtimiz. Kuchimiz, moli dunyoyimiz minglagan barobar ziyoda bo'lib qaytib keladi, dunyoni o'zida ham. Shuning uchun farzand tarbiyasini mukofoti faqat oxiratga olib qo'yilgan emas. Farzandlarni chiroyli islom bilan tarbiya qilgan odamni mukofoti shu dunyoda ham beriladi. Yana shunaqa farzandlar ham bor. Ota onasiga bir musibat, balo.

[1:44:31] Boyagi ko'chatni singari shunday katta yeb qolgan. G'ani yeyish, ichish, kiyish. Chiqib mehnat qilishlikka bir yuragini quvvati yetmaydi. Tayyor narsani tekinxo'r bo'lib yeydi. Yeganda ham to'g'ri ma to'g'ri yemaydi. Ono yo'qmi? Ma'no yo'qmi deb turadi, so'qindek bo'lib qolib. Buni ham kim tarbiyaladi? Shu ota ona tarbiyaladi. Kim shunaqa qilib tanbal qilib qo'ydi uni? Shu ota enami?

[1:44:59] Ota onasiga quldoqqa muomala qiladi. Shu farzand, shu ota onani. O'zini mehnatini samarasi. Kishini qiladigan eng ulug' amali kishi balog'atga yetadi, uylanadi, turmushga chiqadi, farzand ko'radi, ota ona bo'ladi. Qirq ga kirganda, ellik ga kirganda esi keladi, odatda odamga. Ana men ungacha esi yo'qmidi, yo'q, esi bor edi. Lekin qirq ga kirganida, ellik ga kirganida aqli to'ladi. Kulasizlar da, hoji aka. Ko'p narsalarni boshidan o'tkazadi. Hayotiy tajribalarni to'playdi, ancha aqlli bo'lib qoladi. Qaniydi shu aql, shu tajriba hayotini avvalida bo'lganidan.

[1:45:48] Xo'p, shu xatolarni qilib, shu chuqurlarga tushib, toshlarga qoqilib, burnizga so'kirib, hayotda mulla bo'ldingizmi? Endi harakat qiling birodar, shu xatolarni bolalaringiz takrorlamasin. Siz mana shu qirq yoki ellik yilda to'plagan ilmiy hayotiy tajribangizni bolangizga o'rgating. O'zingiz mana shu narsadan yoshligingizdan mahrummidingiz, mana shu tajribalardan, ilmdan? Endi bolangizni mahrum qiling. Ahmoq odam kim edi? Ahmoq odam o'zini xatosidan dars oladigan odam edi. Xato qiladi, keyin dars, bu ahmoq odam bo'ladi. Aqlli odam kim edi? Ana shu ahmoqni xatosidan dars olib qo'ygan odam edi. Endi keling shu ellik yillik, qirq yillik tajribangizni bolangizga o'rgating, bolangiz aqlli bo'lsin.

[1:46:37] Buning uchun tarbiya qilish kerak. Vaqt ajratishlik kerak. Bolangizga o'tiring, chunki bolangiz sizni vujudingizni davomi. Siz o'lib ketganingizdan keyin, sizni orqangizdan savob borib turishiga, xizmat qiladigan odam, sizni vujudingizni davomi. Kishi turmush qurdi, ota yoki ona bo'ldi.

[1:47:04] Farzandiga bu ota ona o'zi bolam bilishi kerak degan narsani hammasini o'rgatadi. O'zini nazarida bolasi bilishi kerak bo'lgan narsalarni hammasini o'rgatadi. Ba'zida da, mana imom domlalar buni yaxshi biladi. Nikoh o'qiladi da. Domla nikohga kirishlikdan avval kelin kuyovga kalima keltirishlikni aytadi. La ilaha illalloh muhammadur rasululloh. Iymonlar bir qator yangilanadi shu bilan. Ishonasizlarmi? Shuni ayta olmaydiganlari ham uchrab turadi.

[1:47:40] Boshqa tillarda o'nlab ehtimol, minglab so'zlarni yodlagan bu yosh kelin kuyovlar la ilaha illalloh kalimasini ayta olmaydi. Ishonasizlarmi shu narsaga? Nimaga ayta olmaydi, bilasizmi? Ota onasi o'tirib o'rgatmaganda. La ilaha illallohnoh. To'rt dona so'z. Ammo ota onasi undan boshqa hamma narsani o'rgatgan. Restoranga borganda, qaysi qo'lida qoshiq, qaysi qo'lda pichoq ushlash kerakligini o'rgatgan. Qaysi kiyim, qaysi kiyimga o'tirmasligini o'rgatgan. Qaysi ovqatni, qaysi ovqattan keyin yeyish mumkinmasligini o'rgatgan. Ya'ni bu ota ona o'zini nazarida, bolam bilishi kerak shu narsani degan hamma narsani o'rgatkan, ammo kalimani o'rgatlagan. Iymonni o'rgatmagan. Robbosini tanitmagan.

[1:48:33] Biz farzandlarimizni bugungi darsimizni mavzusi iymoniy tarbiya bilan tarbiyalash deyiladi. Iymoniy tarbiye deganda nimani nazarda tutamiz? Iymoniy tarbiha, ta'rifi. Iymonning asoslari, usullari, so'rovlarini tanitish. Yaratuvchi bo'lgan parvardigorimizni tanitish, Robbimizni unga tanitish. Go'zal ism va sifatlarga bo'lgan iymon. Payg'ambarlarga bo'lgan iymon, samoviy kitoblarga bo'lgan iymon, hazoyi qadarga bo'lgan iymon. Mana shu narsalarni o'rgatishlik kerak. Mana shu hazoyi qadr degan joyiga alohida to'xtalib o'tishimiz kerak. Agar bolangizga kichkinaligidan Alloh kim, dunyo nima, qazoyi qadar nima ekanligini tushuntirsangiz, ishonavering. Bu bolani rizqi keng bo'lsa ham, tor bo'lsa ham. Boy bo'lsa ham kambag'al bo'lsa ham hayotidan rozi bo'lib yashaydi. Tushunarlimi? Qazoyi qadarni nimaligini tanitsangiz, bolani peshonangga yozilgan rizq bor. Halol bo'lsang ham, harom bo'lsang ham shu keladi degan narsani miyasiga singdirib qo'ysangiz, bu bola halol bo'lib yurishi oson bo'ladi. Haromdan qutilishi oson bo'lad.

[1:49:49] Agar yoshligida iymoniy tarbiya bilan tarbiya bergan bo'lsangiz. Endi albatta bu narsa uchun katta bir sabr kerak, vaqt kerak, uzoq mehnat kerak. Din nima bu? Din bu aqida, ibodat, axloq va muomala. Din katta narsa. Aqida, iboda, axloq va. Muomala.

[1:50:16] Bolalaringizga shu narsani yoshlikdan o'rgatishlik kerak bo'ladi. Bola bir qodirmi, yoshi yetib qoldimi? Namozini, ro'zasini ota kuzatib turishlik kerak bo'lladi. Iymoniy tarbiyaga qattiq e'tibor qaratishlik kerak. Boshlang'ich ta'lim. Boshlang'ich ta'lim. Bolada dunyoqarashni, odatlarni, tushunchalarni shakllantiradigan davr. Eng xatarli davr.

[1:50:46] O'tgan darslarimizda aytdik, bola ko'chadan yetmish foiz narsani o'rganadi. Qolgan o'ttiz foizini ota onasidan o'rganadi da. Ko'chaga chiqdi, so'kinishni o'rganib keldi. Ko'chagachiqdi va hokazo. Agar ota ona shu yetmish foizni uyda to'ldirsa, ko'chadan o'ttiz foizi oladi. Agar yuz foiz to'ldirsa ko'chadan hech narsani olmaydi.

[1:51:13] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ifta hu ala sidyanikum avvala kalima bi la ilaha illalloh. Yosh bolalaringizga ochadigan, o'rgatadigan birinchi kalima la ilaha illallohni olsin. O'zingizcha harakat qilish kerak. Shu kalimani bora o'rgatib qo'ymasin bolangizga ko'chadan.

[1:51:36] Fotihani bora o'rgatib qo'ymasin ko'chadan. Nima uchun unaqa deyapman? Ehtiyot bo'ling, o'rgatib qo'yishmasin ko'chada shu karima. Ehtiyot bo'lding, alhamdini o'rgatib qo'ymasin. Chunki kim o'rgatsa, shu odamga ajr ketadi. Alhamdini kim o'rgatib qo'ydi bolangizga? Karima toyibani kim o'rgatib qo'ydi? Umrini oxirigacha aytgan toyiba kalimasi, fotiha surasi o'qir ekan, shu o'rgatgan odamga ajr bo'ladi. Shuning uchun ehtiyot bo'ling. O'zingiz o'rgatib qo'ying tezroq. Toki bir kunda necha marta o'qiydi musulmon alhamdu surasini?

[1:52:09] O'ttiz necha marta? Har bitta harfiga qancha ajr bor? O'nta ajr bor. Voy shuncha savob birovga berib yuborasizmi? Yo'q, o'zingiz o'rgating, kalimani ham o'zingiz o'tkazing, Fotiha surasini ham o'zingizni o'tkazing. Agar vaqtingiz bo'lsa, albatta, agar ko'chadan bo'shasangiz, agar televizordan bo'shasangiz. Agar kompyuterdan yoki ulfatlardan, somonlardan mabog'da bo'shab qolsangiz, imkon bo'lib qolsa, bir harakat qilib ko'ring. Bo'lmasam ko'chadan o'rgatib qo'yishadi.

[1:52:42] To'g'rida, sizni ishingiz u qonunni boqish, kiyim qilib berish, u boshqa ishingiz sizni ishingiz emas. Maktabda tarbiyalash. Demak, chaqaloq tug'ilganda birinchi aytilinadigan kalima La ilaha illalloh. Tajribani o'tgan narsa shuki, ayol kishi homiladorlik davrida Qur'onni ko'p o'qisa, Allohni zikrida ko'p bo'ladigan bo'lsa, mana shu tug'ilgan bolaga bu narsani albatta ta'siri bo'ladi. Mana shu gazetalarda o'qiysizlar, u yoq bu yoqdan eshitib qolasizlar. Birinchi aytgan so'zi Alloh bo'libdi haligi bolani deydi. Chunki enasi nima qilardi ekan, Qur'onni ko'rib, eshitardi ekan yoki o'qimdi ekan. Xuddi shunga o'xshagandek, buni aksi. Agar ayol homiladorlik davrida bu homilani ko'tarishida xohlamay ko'tarib yurgan bo'lsa, o'zi xohlamasdan tug'ayotgan bo'lsa buni ham albatta salbiy ta'siri bor. Xuddi shumga o'xshagande homiladorlik davrida erta mandan kechgacha muzika eshitsa, tinmay seriallar ko'rsa, buni ham albatta ta'siri bo'ladi, shaqaloq. Shuning uchun farzand ko'rishlik arafasida turgan birodarlarimizga aytadigan gap, qulog'iga ko'proq kelinlarni Allohni zikri, Qur'on tilovati kirsin.

[1:54:01] Albatta bu narsani ta'siri bo'lar. Qarang, bu ilmiy kashfiyotda, bu ilmiy haqiqatni kim topgan deng, onani ruhiy holati, homiliga ta'sir qilishini. Dindan, diyonatdan, Islomdan uzoq bo'lgan kofir olimlar topgan bu narsani. Ta'sir qilar ekan deyishdi. Xulosa qilib aytamiz. Demak, bolani shakllantiradigan bosqich, bu boshlang'ich ta'lim ham emas ekan o'zi. Qaysi davr ekan?

[1:54:33] Qaysi davr ekan? Homiladorlik davri ekan. Homiladorlik davr ekan. Kim Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning ta'limotini tatbiq qilsa hayotida, namozni qoyim qilsa, Qur'onni tilovat qilsa, o'zini uyini mana shu dunyodagi jannatga aylantiradi. Bir birodarimiz aytib bergan edi, ertalab uxlab qolib, ishga kech qolib, nonushta qilgani vaqt yo'q, bolasini bolalar bog'chasiga olib borib berishlik kerak. Shu apil tapil kiyinayotib, bolasiga nonmidi bu narsani ushlab qo'yib, shuni yeb ketasan bolam yo'lda, yur vaqti bo'lmay qoldi deydi. Bu bolani bog'chasida iymoniy tarbiya ham berilar ekan. Dadasiga qarab turib, ey dada, axir Payg'ambarimiz yo'lda ovqat yeyishlik, pastkashlik degan u.

[1:55:26] Al aklu fil toriq dana a. Yurib ketib ovqat yeyishlik pastkashlik degan u. Otasini umrini oxirigacha esdan chiqolmaydigan darsni berib qo'ydi. Qayerdan o'rgandi buni? Qarang, o'zini vaqti yo'q ekan, lekin bolalarni bog'chasiga olib borib beribdiki, iymoniy tarbiya bor ekan. Endi, bolalar bog'chasida shamni sayib qo'yib, beshta, to'rtta, ular kuydashni o'rgat ekan bo'lsa chi? Bu bola bog'chasida ham bu narsani o'rgatadi. Kimlargadir taqlid qilayotgan bo'ladi. Buni ham o'sha bolalar bog'chasida o'rgatadida. Bu odatda ham yoshligidan o'rganadi. Nima nima deyiladi?

[1:56:09] Undan tashqari yosh bola eshitgan narsasini mahkam ushlaydi. Mana shu tarbiya ulamolari aytadi, bolangizni olti yoshgacha tartibga o'rgatsangiz, o'rgatdingiz, keyin foydasi yo'q deydi. Ya'ni mana shu olti yosh gacha kiyimingni veshelkaga yel, oyoq kiyimingni tartib bilan qo'y, kitoblaringni tartib bilan qur, olti yoshigacha o'rgatib singdirib olsangiz, singdirib qoldingiz, ilo keyin olmas ekan.

[1:56:38] Ha akalar, juda ko'p xatolarga yo'l qo'yganmiz, xususan bola tarbiyasida. Ammo tirik ekanmiz, hali vaqt bor. Hali tirik ekanmimiz, fursat bor. Muhimi xabardor bo'lyapmiz. Muhimi shu xatoni o'tkazganligimizni, shu xatoga yo'l qo'llaganimizni tan olyapmiz. Shuning uchun bolangizni so'kavermang. Uni shunaqa qilgan kim? O'zingiz.

[1:57:05] Din asoslarini bolalarga yoshlik chog'idan o'rgatishlik kerak bo'ladi. Masalan, o'sha bir iymoniy tarbiya beradigan bog'chaga bolasini berganlar, buni yaxshi biladi. Bugun nimani o'rganding bolam desangiz, kechki ovqatni yeb bo'lgandan keyin turadi da. Bugun biz amma aytasa, alo'o'n deb o'rganding deb turib, bir shirin tili bilan, jajji tili bilan bir to'rt oy aytib beradi. E bilasizmi, bu ota yana qanaqa xursand bo'ladi?

[1:57:30] Yig'laydi. Chunki ko'zini tirigida borasa, kichkinaligidan Qur'onni o'rganibdi. Kichkinaligida Alloh va Payg'ambarga bo'lgan muhabbat bilan ulug' yeyapti ekan. Bu albatta xursand bo'lishlikka sabab bo'ladigan ish. Oqil odam farzandini tarbiya qilishlikda zo'ravonlikka yo'l qo'ymaydi. Payg'ambarimiz aytganlar allimu valatu annifu. Fainnal muallima xoyrun minal muannifi. Bu jomiy sohiydan Abu Hurra roziyallohu anhud. Payg'ambarimiz aytdilar, ta'lim beringlar, o'rgatinglar. Albatta muallim ta'lim beruvchi, qattiqqo'llik qiladigan odamdan yaxshiroq.

[1:58:11] Mana buni qil, qilmasa kaltak yeyaveradi. Qil, qilmadi, kaltak yeyavoradi. Unaqa bo'lmaydi. O'zi dunyodagi eng qiyin ish o'sha bola tarbiyasi o'zi. Eng uzoq vaqt talab qiladigan ish ham bola tarbiyasi. Qattiqqo'llik, qo'pollikni kim qiladi? Kim darrov qattiqqo'llikka, a a, murojaat qiladi? Mana shu tarbiya qilishlikka sabri bo'lmagan odam.

[1:58:35] Bolalarga halol va haromni tanitish bolani tarbiyasidagi muhim ishlarda. Halol nima, harom nima, yoshlikdan o'rgatishlik kerak bo'ladi. Bola biror bir noloyiq so'zni aytsa, ogohlantiriladi. Bunaqa dema, bu yomon gap, gapirma buni. Yana takrorlasa, tanbeh beriladi. Uchinchi marta yana qaysilik qilib gapirsa, shunda bir jazo qo'llaniladi. Darrov qo'pollik qilinmaydi, darrov jazo qo'llana olmaydi. Agar ota bolasini gapirayotgan gaplariga diqqat qilib turadigan bo'lsa chi, bu gaplar yo'q bo'lib ketadi. Tek qo'yganligi uchun, parvo qilmaganligi uchun sharm hayosiz so'zlar ko'payib ketadi bolani lug'at kitobida.

[1:59:21] Farzandga nisbatan otaning yelkasidagi vojiblari. Kalima toyibani ta'lim berish, tug'ilgandan keyin bola uni qulog'iga oson va takbir aytish, farzandiga halol haromni tanitish hamda ibodatga odatlantirish. Mana shu narsa muhim masala. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, muru avlodaku mbis solati vahum abnau sabi asiniy.

[1:59:51] Bolalaringiz yetti yoshga kirganlarida ularni namozga buyuringlar. Vodir ibu himm alayh ha, vahum abna u ashir. O'n yoshga yetganlarida namoz o'qimasa, benamozlik uchun uringlar. Va farriqu baynahum fil mafoji. Va yotoqda ularni joyini ajratinglar. Bu yetti yoshida namozga buyurishlik birodarlar shar'iy taklif emas. Odatlantirishlik uchun. Bugun o'qiydi, ertaga o'qimaydi. Bir kun o'qiydi o'qimayda, mayli. Chunki yosh bola. Ammo ertaga balog'at yetganda besh mahal namoz o'qishlik farz bo'lganda, sekin sekinlik bilan o'rganib borgan bo'lsa, bunga amal qilishlik oson bo'ladi. Birdaniga besh mahalda o'qib olishlik oson bo'lolmaydi birodarlar. Demak, yetti yoshga kirganda namozga buyurilishlik ularga shar'iy takluf. Emas. Ularni odatlantirish uchun buyuriladi namozga.

[2:00:44] Namoz o'qimasa nima qilinglar deyapti? Uringlar deyapti. Endi urishdi, endi har kim o'zi biladi hammasini. Asabiga qaraydi, nerv chiqib turganiga qaraydi. O'zi bola tarbiyasida bir shapaloq kerakmi, kerak emasmi deb o'ylaysizmi? Kerakmi, keraksiz emasmi? Hayrambarimiz uringlar deyapsiz. Demak ayrim bolalarni bir shapaloq urishlik kerak bo'ladi.

[2:01:09] Chunki tarbiya qilishlikda ota ona bir shapaloq urmasa, bu bola qilayotgan xatosini tushunmaydi. Endi bugungi darsda domla uringlar deb turib, bugun borib turib bir chekkadan urishlikda. Biz lyuboy narsa uchun uramiz. Namoz o'qimagan uchun urmaymiz. Mashinangiz minib ketgani uchun urasiz, telefoningizni olgani uchun urasiz, kiyimingizni yegani uchun so'kib urasiz, ammo namoz o'qimaganga parvo qilmaysiz. Payg'ambarimiz nimaga urushga ruxsat berdi?

[2:01:36] Farzandlarni Muhammad alayhissalomni yaxshi ko'rishlikka o'rgatish kerak. Bugundan boshlab Payg'ambarimiz yaxshi ko'rasan o'g'lim deb yurilmaydi. Birorta sunnatga amal qilmasa, urilmaydi. Payg'ambar bizga nisbatan bo'lgan muhabbat nima bilan paydo qilinadi? Uzoqni tanitish bilan. Bizga qanaqa mehribon bo'lganligini Muhammad alayhissalomni. Yosh bolalarga qanchalik shafqatli bo'lganligini, qiyomat kunida, hech kim hech kimga foyda bera olmaydigan kunda, Muhammad alayhissalom bizni jonimizga oro kelishligini tanitsangiz, in'iy bolangizni yaxshi ko'radi Muhammad alayhi assalom.

[2:02:16] Bolani shaxsiyatini hurmat qilish kerak. Qachon bolani shaxsihati yuksaladi? Qachon ulug' inson bo'lib yetishadi? Qachonki uni tuyg'ularini kichkinaligida hurmat qilsang, uni ham odam aytganligini his qildirsang. Gapiga quloq solasan, oxirigacha eshitasan, tuzatasan, qabul qilasan, ochig' uyingni. Ochig' ba ba ba, yo'q.

[2:02:41] Otaga kichik bola kelib shikoyat qiladi, katta akasidan. Akam meni urdilsa chaqiradi da, ikkovini ham uradi. Nimaga ikkovini uradi, bilasizmi? Nima deb o'ylaysizlar? Nimaga ikkovini uradi kattasini emas? Masalan nimaga urgansiz ikkovini? Bitta shikoyat qilib kelganda.

[2:03:04] Ha, bir biri chaqimchilik uchun. Sizni bezovta qilgani uchun urasiz. Sizni nervingizni chiqargani uchun, sizni asabingizga tekkani uchun xato ko'rgan urasiz. Zolimni ham urasiz, mazlumni ham urasiz. Ular nima qilmasligi kerak edi? Sizni bezovta qilish kerak emas edi. Ana. Kenja bola sizdan himoya so'rab kelgan edi. Otam adolat qiladi, akamga kuchim yetmaganidan, zulm qilganidan otam meni haqqimni olib beradi deb kelsa, aka urgani yetmagandek, ota ham urdi. Ota nimaga urdi? Tarbiyaga toqati yo'q, meni bezovta qilib ishlagani uchun.

[2:03:48] Aytyapmiz ku, tarbiyada qo'ygan xatolarimiz juda ko'p, lekin tirikmiz hali, hali umid bor. Hali vaqt bor, hali fursat bor. Muhimi kelishaylik shu narsaga. Bu yosh bola sizni ko'zingizda, sizni nazaringizda yosh bola. Lekin Allohni nazdida birodarlar, u ham bitta banda. Allohni yosh bandasi. Unga ham quloq tutishlik kerak. Masjidga mana yosh bolalar keladi.

[2:04:15] Albatta endi yosh bola, to'polon qiladi, baqir chaqir qiladi, umuman tarbiyadan bexabar bo'lgan odamlar tarbiya berishga kirishib qoladi. Nima deydi? E, jim tur. Haydab chiqaraman hozir. Hozir anaqa qilib yuboraman, men unaqa qilmaysan. Bu seni uyinga kelmadi. Bu robbisini uyiga keldi. Ha, bu xato qildi, ha buni tuzatishlik kerak, lekin hamma tuzatavermaydi.

[2:04:41] Nima deyishlik kerak edi bu bolaga? Bu masjid ham uni robbisini uyi ekanligi, bu masjidda u hurmatli, mukarram band ekanligini his qildirishlik kerak. Qanaqa qilib? Bolam, payg'ambar alayhissalom bilasizlarmi nima degan masjid haqida? Birinchi safda erkaklar turadi, keyin falonchilar turadi, keyin farzandlar turadi, keyina falonchilar turadigan. Sizlarni joylarda payg'ambarimiz ma'no joylarni belgilagan. Mana shu joyda turinglarda payg'ambarmiz sizlarga aytgan desangiz, shu yerda turishlikni payg'ambarimizni so'zga amal qilishiy deb tushunadimi?

[2:05:17] Haqiqiy mo'min ota kim? Farzandiga muhammad alayhissalomni yaxshi ko'rishni o'rgatgan ota. Muhammad alayhi assalomning oilasini yaxshi ko'rtishni o'rgartgan ota. Farzandiga qur'on talovatini ta'lim bergan ota. Payg'ambarimiz aytganlar, addibu avlodahkum ala tala fi hison. Farzandlaringizga uchta hislatni o'rgating. Xubbi nabiikun. Nabiyingizni yaxshi ko'rishni. U zotning oilasini yaxshi ko'ishni va Qur'on tilovatini. Qur'on tilavotini, birodarlar. Payg'ambarimiz aytdilar: faynna hamalat al qur'an fi dhili arshilla yavmala dhila illa dhil ma ambiyaihi va sufiyaihi. Albatta Qur'on ko'taruvchisi Allohning arshini soyasidan boshqa bo'lmaydigan kunda mana shu soyada turadi. Ambiyolar bilan, asfiyolar bilan. Muhammad alayhissalom oilasi kim?

[2:06:14] Juda ozchilik. Muhammad alayson o'g'lim, oilasi naslidan bo'lgan kishilar juda ham oz. Endi bizni davrimizda mana shu maqomda farzandlar hurmat qilish kerak bo'lgan odamlar kimlar? Deb o'ylaysizlar. Ulamolar. Ulamolar. Din peshvolari. Yoshi ulug' kishilar. Payg'ambarimiz aytganlar al ulama uvara satul ambiya.

[2:06:43] Olimlar payg'ambarlarning vorislari, merosxo'llari. Demak, din bilimlarini jamlagan, diniy olim, diniy bilimlarga ega bo'lgan kishini hurmat qilishligi, farzandga yoshligidan ta'lim berilishligi kerak. Har bir musulmon ota, ona o'zini farzandiga payg'ambarimizning hayotini o'rgatishi kerak. U zotning sahobalarini hayotini o'rtashtirishlik kerak. Yosh bolangizga fiqhni o'rganda endi malollanib ketadi. Fiqh og'ir narsa. Ammo payg'ambarlarimizning siyrati yoki sahobalarining hayoti nihoyatda mos tushadi. Yosh bolalarga bundan ko'ra munosibroq mavzu yo'q. Qarang, zaydinda xohlasa, kichkina bola, hissasini o'qisiz, rasa yosh bolalarni yoshiga tushadi. Qanday qilib sahoba bo'lgan bular, qanday qilib payg'ambarimizning yonida yurgan, nima ishlar qilgan? Demak, bolalarga eng mos mavzu qaysi ekan? Payg'ambarlarimizning siyrati va sahobalarning hayoti.

[2:07:44] Ota bitta kitobni olsin. Bir marta haftasiga. Bir marta bo'ladi. Yigirma minut, o'ttiz minut o'qib bersin. Eshitsin, o'tirib muhokama qilsin. Bolalar fikrini aytsin. Ota, sharhlasin, zamonga moslab bersin. Agar shu bir haftada bir martagina vaqt topa olmasangiz, bu musibat. Bu musibat. Hech bo'lmaganda svet o'chib qolganda o'tirib kitob o'qiylik birodarlar. Chunki svet o'chganda iloji yo'q hammamiz nima bo'lib qolamiz?

[2:08:16] U telefoni bilan uyida, wi fida, bu plansheti bilan bu uyda, ota internetda hech kim hech kim bilan o'tirmaydi. Sa'diddin Abduyoqqos roziyalloh ham aytadilar, kunna noalli muavla dana mag'ozi rasulillahi sallallohu alayhi vasallam, kama noalli muhimni surata minal quran il karim. Biz deydi Sa'diddin Abduyoqqos, farzandlarimizga, xuddi Qur'ondan bitta surani o'rgatgandek, Payg'ambarimizning g'azavotlarini ta'lim berar edik.

[2:08:49] Hissa, hikoya, bu unumli tarbiya vositalaridir. Bu qarang da, bu endi ta'lim sohasida ishlaydigan birodarlarimiz buni yaxshi bilishadi. Bugungi o'tgan mavzuni bir haftadan keyin so'rasangiz, to'qson foizi esdan chiqqan bo'ladi. Darsda bugun o'tilgan mavzuda to'qson foizi olti kun, yetti kundan keyin esdan chiqib ketadi. Ammo, qiziqarli bitta voqeani aytib bering da.

[2:09:23] Olti oydan keyin so'rasangiz, bolalar so'zma so'z qaytarib beradi. Hissa, hikoya. Har bitta tug'ilgan bola qaysi millat vakili bo'lishligidan qat'iy nazar, ota enasi qaysi din, qaysi millatvakili bo'lishidan qat'iy nagar, musulmon bo'lib tug'iladi. Islom tabiati bilan tug'iladi. Kamat alil baximating, tumtajul baxima, xal tarofiha jada'a. Payg'ambarimiz aytadilar, xuddi kamchiliksiz tug'ilgan, hayvon bolasining dumi, qulog'i yoki shoxini qirqishgandek, birorta buzoqni qulog'i yoki dumi kesilgan holda tug'ilganini ko'rganmisizlar? Hayvon tug'ilsa, sohil ham tug'iladi. Keyin uni odamlar dumini qirqiydi, qulog'ini qirqiyadi yoki shoxini kesadi. Xuddi shunga o'xshagandek, tug'ilgan farzand hokiza islom tabiatida dunyoga keladi. Keyin ota onasi nima qilsa, shu ota onasi qiladi. Nasroniy qilgan o'zi, majusiy qilgan o'sha. Demak, tug'ilgan chaqaloq o'zini yaralishida yuz foiz shariatga muvofiq holda tug'iladi. Ammo otalar kimnidir mana shu pokiza fitratida saqlab qolib, iymoniy tarbiya bilan uni yuksaltiradi.

[2:10:39] Endi kimda uni? Kufr yoki mas'iyatga tortib ketadi. Hadisda e'tibor bergan bo'lsanglar, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yahudiy qiladi, nasroniy qiladi, majusiy qilib yuboradi dedi. Musulmon qilib yuboradida demadi. Nima uchun? Chunki o'zi tug'ilishidan, tug'ilishidan o'zi bu musulmon olib dunyoga keladi. Chunki fitrat tabiat alloh taolo bergan islom fitrati edi. Astayu billah, fahqimi vajihakali diniy hanifa, fitrat allohillatiy fataron nas alayha la tabdilali xolqinla, zalika dinul qoyin, zalika dinul quyun va lekin na aktaron nas ila alamun. Bas, ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. O'zingizni doimo to'g'ri bo'lgan dinda, islomda tuting. Alloh insonlarni yaratgan tabiiy xilqatni saqlangiz. Allohning yaratishi o'zgartirilmas. Eng to'g'ri din mana shudir. Lekin odamlarning ko'plari buni bilmasdi.

[2:11:45] Bola dunyoga keldi. Aql hushini topdi. To balog'atga yetgunga qadar, shu farzandni har bitta so'zi, har bitta zakonota harakatiga otasi mas'ul bo'ladi. Chunki bolani bir ko'chatga o'xshatdik, ekib qo'ysangiz, o'saveradi. Qarasangiz ham o'saveradi, qaramasangiz ham o'soveradi. Xuddi shunga o'xshaganimdek bolani topib ko'chaga tashlab qo'yadigan bo'lsangiz, o'soveradi. Qarasangizi ham o'sadi, qaramasingiz ham o'sadi. Imom G'azzoli shunday deydi yosh bola otasini, ota onasining qo'lidagi omonat. Yosh bola ota onasining qulidagi omonattir. Uning qalbi pokiza gavhar kabi bo'ladi. Agar u yaxshilikka o'rgatilsa, yaxshilikka odatlantirilsa, mana shu narsa bilan ulg'ayadi va dunyo va oxiratda saodatga erishadi.

[2:12:37] Agar yomonlikka odatlantirilsak, xuddi hayvonlar kabi o'z holiga tashlab qo'yilsa, baxtsiz bo'lib katta bo'ladi. Ikki dunyoda shaqovat yetishadi. Endi hayvondan maqsad uni semirtirib sotish. Endi odamlarni chi, uni maqsad yegizib, katta qilib qo'yishlik emas da ho'kizdek qilib. Ota ona yeyishiga, ichishiga, kiyimiga qanchalik e'tibor berayotgan bo'lsa, taqqoslab qarasangiz, tarbiyasiga e'tibor berar ekanligini, deyarli hech kim qaramay ekan deb bo'lib qoladi. Kartoshka tugadimi? Yog' tugadimi? Oldindan harakatini qilamiz. Yog' tugadi, go'sht tugadi, boshqa narsa. Ammo tarbiyasi bilan birodarlar ishimiz yo'q. Mana ko'cha ko'yda o'tib qolasan, bir esini tanigan, tanimagan bolalar shunaqa gaplarni gapiradi. Uyayotganingdan qizarib ketasan.

[2:13:28] Qayerdan oldi shu gapni bolalar? Hech qachon otasidan yoki onasidan o'rgangan emas. Qayerdan aldi? Ko'chadan oldi. Ko'chadan oldida. Bu otasi bormi buni? Agar bo'lsa nima qilib yuribdi degan savol tug'iladi o'z o'zidan. Turadalar? Yosh bola. Bolalik davrida qalbi oppoq varaqdek bo'ladi.

[2:13:53] Muallimlar haqida dars qilganimizda aytganmiz, muallimlar juda ham bir yelkalarda katta bir mas'uliyat, omonat bor. Ular qo'llaridagi qalamlar bilan oppoq, varaqqa o'xshagan yosh bolalarni qalbiga o'zlari xohlagan naqshni chizadi. Sizni bolangizga tarbiya berayotgan odam qo'li tekkis bo'lsa, naqshda chiroyli chiqsa, chiroyli bir surat chiqadi. Ilo, bunday bunday bunday qilib qo'yadi. Xullas, minnasi chiqadi.

[2:14:27] Shuning uchun, birodarlar, farzandlarini tarbiyaga berayotgan ota onalar qayoqqa berayotganinglarni bir qarab qo'yinglar. Balog'atga yetmagan farzandlarini uzoq yurtlarga Allohni tanimaydigan, din diyonatdan uzoq bo'lgan yurtlarga, dinsizlarni qo'liga tarbiyaga jo'natayotganlar, hushyor bo'linglar. Chunki aytdik, farzand hali balog'a yetmasdan turib, aytgan so'ziga, qilgan ishiga ota mas'ul bo'ladi. Falon joyga borsa tilni o'rganadi, falon joyga borsam dunyoviy madaniyatni o'rganib keladi. Yaxshi, yaxshi o'rganishlik kerak, ammo undan avval nimani o'rgatishlik kerak edi? Musulmonatda birinchi o'rinda Allohni tanitardi farzandiga. Payg'ambarini tanitar edi, dinini tanitar edi. Undan keyin boshqa narsani ta'lim berish kerak edi. Ammo ayrim holatlarda umuman o'zi ota onada din yo'q, bu ham yetmagandek, o'zini dinsiz bo'lgani yetmagandek. Umuman kofir bo'lgan, musulmonlarga bir turish tutmishi, teskari bo'lgan odamlarni qo'liga yosh bolasini olib borib topshirib qo'yadi.

[2:15:39] Nima bo'ladi endi bu bola? Demak, birodarlar, inson bolasi tirik ekan, tarbiyada qo'gan xatolarini tuzlashlikka hali imkoniyat bor. Hali tirik ekanmizmi? Tarbiya qilishlik imkoniyatimiz bor, xursandimiz bor. Faqat mana shu narsaga bir diqqat qilaylik, e'tibor beraylik. Bir oy sabr qilasiz, ramazon o'tib ketadi. Bir oy sabr hissi o'tib ketadi, a? Bir boring bir. Besh kun sabr qilasiz, haj amallari ham o'tib ketadi.

[2:16:11] Ammo bola tarbiyasiga juda bir uzoq vaqt sabr kerak bo'ladi. Sabri yo'q odam bola tarbiyasi bilan shug'ullana olmaydi. Bugungi darsimiz, birodarlar, beshinchi dars bo'lyapti. Bugun axloqiy tarbiya haqida gaplashamiz. Avvalgi darslarimizda iymoniy tarbiya haqiida so'z olib bordik. Musulmon ota ona bolasiga birinchi navbatda o'rgatish kerak bo'lgan narsa, bu robbisi edi. Payg'ambarini tanitish kerak edi. Robbisini va payg'ambarining hamma narsadan avval yaxshi ko'rish kerakligini o'rgatishi kerak edi. Avvalgi darslarda ma'lum bo'ldi, otalik ulkan mas'uliyat ekan. Mana endi axloqiy tarbiya haqida so'z yuritamiz. Payg'ambarma sollallohu alayhi vasallamdan so'rashganlarida, madin din nima? Rasululloh javob berdilar: husnul xuluq. Boshqa qilishlarda: al imanu husnul xulu'q dedilar. Din go'zal xulq. Iymon go'zal xu'lq. Agar birodarlar axloq ko'tarilib ketsa odamlarni orasida, din ko'tarilib ketadi. Axloq yo'q bo'lsa, din yo'q bo'lar. Bunga dalolat qiladigan hadislar juda ham ko'p.

[2:17:28] Oddiy misol. Zo'r qur'on o'qib beradigan bola bo'lishi mumkin. Ammo axloqi chatoq bo'lsa, hech kim bunaqa bo'lishni xohlamaydi. Voy dedi, xulqi chatoq ekan, voy dedi. Endi, boya aytayotgandek, johil bo'lishi mumkina ibodatdan, itoatdan uzoq, lekin xulqi chiroyli bo'lsa, shu odamni yaxshi ko'raveradi hamma. Demak, birodarlar, din bu go'zal xulq.

[2:17:53] Agar axloq ko'tarilsa, hamma xayriyatlar ko'tarilib ketadi. Har bir musulmon ota o'zini farzandiga go'zal xulqlarni o'rgatishligi lozim bo'ladi. Saxlimni Abdulloh Tustariy shunday deydi. Bu kishi bir ulug' orif, olimlardan bo'lgan. Uch yoshli bola ekanman. Kechqurun uyg'onib, tog'am Muhammad ibn Sevorni qiyomillaylda turganiga guvoh bo'lib qolardim. Uch yashar bola. Kunlarda birida tog'am menga, seni yaratgan zotni eslamaysanmi? Zikr qilmaysanmi? Dedi. Qanday qilib zikr qilaman?

[2:18:33] Tog'am aytdi, to'shagingga yotib, tilingni qimillatmasdan uch marta allohu ma'i, allohu nozirun ilay, allohu shahiding. Alloh men bilan birga, menga qarab turibdi. Alloh mening guvohim degin. Tilingni qimirlatmasdan. Tilingni qimillatma. Diling bilan aytib qo'ysang bo'ldi.

[2:18:58] Men bu ishni uchgacha qildim, so'ngra tog'amga aytdim. Uch kun aytdi, odob bo'lib qoldi. Tog'am, endi shu so'zlarni yetti martadan qaytar dedi. Buni ham qaytardi. Yotadi, tilini qimillatmasdan yetti marta allohu may, allohu nozirun ilay, allohu shohidiy. Alloh men bilan birga. Alloh menga qarab turibdi. Alloh mening guvohim.

[2:19:24] Yetti martadan aytdi, tog'asi. O'n bir martadan aytdi deydi. Oz ozdan, sekin sekin, lekin davomiy. Oz oz dan, sekin sekin lekin davomiy! U kishi aytadi, uchinchi kechada deydi, mana shu o'n bir martada aytayotganim uchinchi kechasida, meni qalbimga zikrning muhabbati kirib qoldi.

[2:19:48] Alloh bu muhabbatni bergandan keyin inson endi bu zikrdan ajramaydi. Bir yil o'tdi. O'n bir martadan aytib yurdi bu kishi. Tog'am aytdi. Qabrga kirguningcha men o'rgatgan narsalar davomiy bor. Chunki bu narsa senga ikki dunyoda foyda keltiradi, dedi. Shu kalimalarni aytib yuraverdim, zikrni halovatini qalbimda doim ekanligini ko'rdim. So'ngra tog'am aitdi, ey saxl, alloh kim bilan birga bo'lsa, alloh kimga nazar solib turgan bo'lsa,alloh uning shohidi bo'lsa, bu kishi gunoh qiladimi? Dedi. Alloh sen bilan. Alloh qarab turibdi. Alloh guvoh senga. Shuni his qilsang, gunoh qilasanmi? Gunohlardan ehtiyot bo'l, dedi. Qaytaramiz.

[2:20:34] Ozgina, tartibli, lekin davomiy bo'lgan ishdan natija bo'ldi. Biz bir kayfiyatimiz kelganda b masalada o'rgatamiz, o'tir bolam, duo o'rgataman, ikkita duoda shart o'rgatasiz. To'rtinchi kun yo'q endi. Shuning uchun Alloh taologa mahbub amal qaysi edi? Ozroq bo'lsa ham davomli bo'lgani edi. Qarang uslubda. Tilingni ham qimillatma bolam deyapti. Tilingni ham qumillatma deyapti. Lekin asta sekinlik bilan bu narsa o'zini samarasini berdi va mana shu iymoniy tarbiya sababli sahimni Abdulloh ulug' orif olimlardan bo'lib yetishdi.

[2:21:15] Hayot birodarlar faqat iymon bilan salohiyatli bo'ladi. Juda ko'p ulug' insonlarni so'ziga quloq solsangiz, hayotda bir ma'lum bir martabalarga erishgan odamlarga quloq solsak, meni shu holatga yetishimga otam sabab bo'lgandek. Lekin onam rahmatli shunday bo'lishimga sabab bo'lgan. Kimnidir tog'asi, kimnidir amakisi. Kimdir sabab bo'lgandi. Shu odamga shunaqa tarbiya berishlikni tog'asi, onasi yoki xolasiga Alloh diliga soldi. Agar sizni qalbingizga farzandingizni, ukangizni, jiyaningiz yoki shogirdingizni tarbiya qilishlik degan narsani Alloh joylab qo'yibdimi, Allohni katta fazli, marhamati bo'libdi sizga. Qaytarib aytamiz. Bitta farzandga tarbiya berishlikni Alloh qalbingizga ilhomini solib qo'yibdimi? Alloh sizga katta faznini ko'rsatibdi. Chunki aytib o'tgan darsimizda, alhamdulillah o'rgatib qo'ying.

[2:22:15] Alhamdulillah o'sha o'rgatilib qo'ying. Umr davomida necha ming marta o'qiydi, necha million marta o'qidi? Sizga ajr bor. Imon. Axloq. Qaranglar, hali biz aqliy tarbiyani gapirmadik. Jismoniy tarbiyani gapirmadik. Ruhiy tarbiyani ham gapirmadik. Biz faqat iymoniy tarbiyani deb gapirdik. Mana endi axloqiy tarbiyaga o'tdik. Insonni hayotda boshqarib turadigan narsa, iymon bo'lmasa, bu odamdan lyuboy narsani kutsa bo'ladi.

[2:22:54] Iymonli odamdan yaxshilikni kutsa bo'ladi, ammo iymondan uzoq odamdan lyuboy narsani kutsa bo'lad. Agar hayotda kishini istaklarini, xohishlarini chegaralab turadigan narsasi bo'lmasa, uni insofga chaqirib turadigan bir o'lchov bo'lmasa bu katta musibat. Ammo agar iymoni bo'lsa insonni, iymon uni xohishlarini chegrab turadi. Xohishlarini choralab turadi. Agar kishida iymon bo'lsa, yoshligidan singdirilsa bu iymon, allohdan qo'rqadi. Birovni haqqini yemaydi. Odamlarga zulm qilmaydi. Qachondan o'rgatilsa? Yoshligidan o'rgatiladi.

[2:23:35] A bunaqa odam bilan muomala qilish insonga huzur bag'ishlaydi. Endi albatta, iymonli, e'tiqodli bo'lgan odamlarni orasida yashash bilan, iymon e'tiqoddan uzoq bo'lganlarni orasidagi yashashlikni albatta katta farqi bor. Uchta narsaga ishonmay turib, bir insonda axloq bo'lmas ekan. Uchta narsaga e'tiqod qilmay turib, uchta narsiga ishonmay turib inson axloqli bo'la olmas ekan. Nima u narsalar? Birinchisi, Allohni borligi ishonishligi kerak.

[2:24:16] O'lgandan keyin abadiy hayotni borligi ishonchligi kerak. O'limidan keyin hisob kitobni borligiga ishonishligi kerak. Mo'min odamda bo'ladi degan axloq bo'ladi. Demak, kishi Allohga ishonmasa, o'lgandan keyin hayot borligiga ishonmasa, olgandan keyin hisob kitobi borligiga ishonma, bu odamda axloq bo'lsin.

[2:24:44] Axloq bo'lasiz, u qo'rquv bo'ladi. Qo'rq uch tarafdan yoki jazodan, qamoqdan qo'rqib turib inson tiyiladi. Ammo boyagi uchta narsaga e'tiqod qilgan odamdagi narsa haqiqiy xulq. Chunki hech kim ko'rmagan joyda ham bu bir xil yura oladi. Axloq ta'rif haqida shunday deyiladi. Axloq avvalida mashaqqatli bo'ladi. Keyin vaqt o'tishi bilan rohatga aylanadi.

[2:25:14] Tohorat qilish boshida qiyin bo'lgan a? Va pora topga desa, suv ko'tarib kirish noqulay bo'lgan. Axloq, avvalida mashaqqat bo'ladi, ammo keyin rohatga aylanadi. Namoz o'qishlik, mashaqqatbo'lgan, keyin rohatga aylandimi? Ro'za tutishlik, avvalida mishaqqat bo'ladimi, keyin rohatga aylanadimi? Zakot berishlik qiynalib topgan pulingizdan. Avvaliga qiynalib yurib berasiz. Ey, zakot berdingmi? Yo'q, bermaysanmi, boysan. Boshida qiynalib berasiz, ammo keyin berayotganda qanaqa bo'ladi? Demak, birodarlar, bolalarimizga xulqni, axloqni yoshligidan o'rgatsak, boshida ozgina mashaqqat oladi. Keyin huzurga aylanib qoladi. Demak, qoida, eslab qolamiz. Axloq avvalida mashaqqat bo'ladi. Ammo keyin bu huzurga aylanadi.

[2:26:10] Vosita'in u biz sobre vos sola, va innaha laka biro tun illa alal hoshi ya'in. Sabr va salot. Sabr va namoz bilan madad so'ranglar. Albatta u namoz o'qishlik og'ir ishdir. Mag'ar robbalaridan qo'rqadigan kishilarga og'ir emasdir. Namozni Alloh Taolo og'ir ishlayapti. Sezasizlarmi namozni og'irligini? Namozxonlar sezadimi namozni og'irligini? Nimaga sezmaydi? Chunki axloqqa aylanib bo'ldi da bu. Aksincha, namoz o'qiyolmasangiz yuragi siqilib qoladi. Shom o'tib ketdi. Eh, aksincha o'tib ketyapti.

[2:26:49] Endi namozga beparvo misiz? Ikkita namoz qozoq bo'ldi, farqi bo'lmayaptimi uchta namoz? Demak hali namoz siz uchun axloqqa alangani yo'q. Albatta namoz og'ir narsa deyapti Alloh Taolo. Faqat axloqli bo'lgan, sabrli bo'lgan Allohdan qo'rqadigan kishilarga mashaqqat emas. So'rang o'zingizdan. Namoz o'qib men qiynalamanmi, yo'qmi?

[2:27:12] Qiynalamizmi, yo'qmizmi? Avvalida kishi gunohdan Allohdan qo'shib, o'zini tiysa, axloq darajasiga ko'tarilgandan keyin, nafratlanib tiyil. Yigit ko'zini ko'chada o'tib ketayotgan ayrim bir ko'rinishlardan majbur qilib tiyadi, qiyin bo'ladi boshida. Ammo keyinchalik ko'z o'z o'zidan qaytavoradi.

[2:27:39] Halol bo'lgan majlisda turib ketishlik avvaliga qiyin bo'ladimi, ichkiliklar bor majlisda. Ammo keyinchaligi bu axloq darajasida ko'tarilsa, ikkilanmasdan shart turib ketadi. Yolg'on gapirib turib, qo'lidagi molini zo'r pulga o'tkazish imkoniyati bo'lib turgan paytda, avvaliga qiylanib bu narsaga amal qilgan bo'lsa, keyinchalik ikkilanmaydi. Mol ishni qilaylik, molcha foiz foyda qolar ekan desa, o'ylanib ham o'tirmaydi. Chunki nima bo'ldi bu? Axloq darajasiga ko'tarildi. Qaysi gunohni osonlik bilan tark qilayotgan bo'lsak, demak mana shu narsa biz uchun axloq darajasi ko'tarildi, endi qaysi narsadan o'zimizni qiyinchilik bilan tengayotgan bo'lsak, demak hali buni bo'lmadi. Axloq darajasiga ko'tarilmadi.

[2:28:27] Insonlardagi tabiatlar, xarakterlar. Agar falonchi iymonli bo'lmaganida mana shu xarakter bilan juda rasvo odam bo'ladi, shu xarakterni chataqdi shu odamni. Shu iymon bor, iymon ushlab turibdi buni deb qo'yasiz. Odamlardagi xarakterlar. Uhud tog'i o'rnidan jilib tudasa ishoninglar, o'zi jimlikda. Ammo bir odamni sajiyati, xarakteri o'zgarib tuda, ishonmanglar deyilgan. Umariddin Xattob roziyallohu anhu shijoatli, quvvatli bir o'p odam bo'lgan, xarakteri islomga kirganda ham shulgacha qoldi. Faqat islom tarbiyaladi. Usmonun Nafon hali muloyim odam edi. Islomga kirganida hali muloyimligicha qoldi. Islom tarbialadi.

[2:29:15] Hammamizni xarakterimiz birodarlar, sajiatimiz har xil. Ammo mana shu xarakterlar islom bilan tarbiyalanmasa, insonni halokatga olib boradi. Ayrim kishilar bo'ladi, mana nafs ulamolarining fikriga ko'ra, odamlar to'rt xil tabiatli bo'ladi. Sajiatini turlari. Birinchisi, asabiy deyilarkan arab tilida, bu kuchli. Tabiatli insonlar, liderlik xususiyati bor.

[2:29:44] Bu bunaqa tabiat egasi, agar unda iymon bo'lmasa, hukmron bo'lishlikka doim intiladi. Boshqalarni bo'yi sindirishlikka, ularga qahr ko'rsatishlikka moyil bo'ladi. Agar iymon bo'lsa, uni boshqaradi. Agar mana shunday kuchli tabiatli insonni iymon jilovlamasa, birodarlar, yer yuzida zulm zo'ravoniy tarqatib yuradigan odam bo'ladi.

[2:30:12] Ikkinchi toifadagi insonlar shahvoniy tabiatli kishilar. Bunaqa odam o'zini shahvatiga tamomiy bo'yni singan odam bo'lardi. G'ami xotinlar, g'ami zino, faxsh, safo, g'ami ovqat. Ikkinchi toifa demak, shahvoniy kishi o'zini nafsi nimani xohlasa shuni qila oladigan odam. Shahvatiga berilgan odam. Uchinchisi, bu mana shu nafs olimlarning so'zi, shaytoniy tabiatli kishilar bo'ladi. Bu odamlar kimlar? Odamlarga aziyat yetkazishlik bilan ovvoradi. Shundan huzur oladi. Odamlar orasiga rahna sosa, gap tashlashsa, mushkula paydo qilsa. Vaholanki mana shu urushdan foyda yo'q unga.

[2:31:01] Endi ikkita konkurentni bir biriga urushtirib qo'ysa, tushunarli, bu yerda o'zini biznesini yurgizadi. Ammo bu shunaqa odamki, odamlarni o'rtasiga nizo solib yuradi, shuni o'zidan huzura oladi. Uni orqasidan bunga hech qanday manfaat yo'q. Bu shaytoniy tabiatli kishi. To'rtinchi toifa, bu tentak tabiatli kishi . Bu o'sha odamki, bori ham, yo'g'i ham bir xil bo'lgan odam. Bor bo'lsa borligi bilinmaydi, yo'q bo'lsa yo'qligi bilinmaydimi. O'zini mustaqil fikri, mustaqil o'rni yo'q hayotda.

[2:31:34] Ko'pchilik nima desa bizlarni? Mana shu eng yomoni mana shu. Xususan o'g'il bolaga juda bir yarashmaydigan narsa. E noto'g'ri bo'lsa ham o'zingni fikring bo'lsin. Buzuq bo'lsa ham, o'zingni bir tushunchang bo'lsin. Chunki tushunchang buzuq bo'lsin, tuzatsa bo'ladi deb, znachit bor ekan tushuncha. Noto'g'ri bo'lsa fikring bor ekan, demak tuzatsa bo'ladi. Agar umuman shu narsa yo'q bo'lsa chi?

[2:31:58] Demak to'rt xil tabiatga bo'ldi. Nafs olimlari. Birinchisi nima oldi? Kuchli tabiatli kishilar, liderlar. Ikkinchisi, shahvoniy tabiatli kishlar, faqat o'zini shahvatiga qarab yuradiganlar. Shaytoniy tabiat kishilar, odamlarni orasiga faqat bu rahna sola oladigan odamlar. To'rtinchisi, teng tek odamlar.

[2:32:24] Haqiqiy mo'min kim? Bu shunday kishiki, yonidagi kishining foydasini o'ylaydi. Haqiqiy mo'min yonidagi birodarining foydasini oladi. O'zining foydasi qolib ketsa ham. Birinchi toifadagi odam, agar islom uni tarbiya qilmasa, bu odam tiriklayin o'lik hisoblanadi. Bu musibat. Ikkinchi toifa odam, shahvatiga berilgan odam. Bu odam o'zini halokatga solishligi aniq. Uchinchisi, shaytoniy tabiat kishi, bu tamomiy mujrim. Yurgan turgani musibat. To'rtinchisi, bu odamni bori ham, yo'g'i ham bir xil odam. Ammo mana shu to'rali tabiati kishini islom, iymon suvi bilan sug'orilsa, iymon bularni rioya qilsa, hammasi, to'ralasi ham xayriyat majmuasiga aylanadi. To'ralasi ham.

[2:33:17] Imom A'zam rahmatulloh ali bir qo'shnisi bor edi. Kechasi bilan uxlamasdan ashula aytib chiqardi haligi qo'shnisi. Ashulasi nima edi? Meni zoya qilishdi, meni zoya qilishdi, qanday yigitni zoya qilishni, yo'q. Kechasi bilan ashula aytib chiqardi. Imom A'zam rahmatulloh ali haqiqiy mo'min edi. Qo'shnisini aziyatiga, ozoriga sabr qilar edi. Aytdik ku kishidagi eng asosiy narsa iymon bo'lsa, uni chegaralab turadigan narsa iymon bo'tadigan bo'lsa, xayriyat majmuasiga aylanadi. Qo'shnini aziyatigaga sabr qilyapti. Hozir bilasizlar qo'ni qo'shnilarni muomalalari qanaqa bo'lay ekan, birodarlar.

[2:33:59] Imom A'zam sabr qilar edilar. Sabr qiladi. Bir kuni shu qo'shni hofiz yigit bir jinoyat qilib, mirshablarni qo'liga tushirib qoladi, qamab qo'yadi. Imom A'zam qo'shnisidan xabar topib, mirshabxonaga bordi. Qo'shimchilik haqqi bor. Chunki aytyapmiz, Imom A'zamni iymon jilovlab turadi. Qo'shnisini haqqi bor Imom A'zamdan. Bordi, mirshab Imom A'zamdek odamni kelganligini ko'rib, hurmatidan chiqarib yubordi. Chiqarib olib ketyapti. Ey qo'shni dedi, hali yigitga qarab.

[2:34:40] Meni zoyi qilishdi, qanday yigitni zoyi qilishi deysan? Biz seni zoyi qildikmi? Dedi. Demak, kishida axloq bo'lsa, iymon bo'lsa, xayriyat majmuasiga aylanadi. Agar kishi axloqli bo'lsa, mo'min bo'ladigan bo'lsa, tijoratda ham mazza qilasiz unaqa odam bilan. Safarda ham mazza qilasiz. Qo'ni qo'shnichilikda ham, so'z sizga ham quloq tutadi. Xayriyat majmuasiga aylanadi.

[2:35:09] Din bu xulq. Din ato qilishlik. Din kechirimlilik. Din xushmuomala. Din bag'rikenglik. Agar din odamlarni hayotiga keladigan bo'lsa, holat juda ham chiroyli bo'ladi. Birodarlar, mana ommaviy axborot vositalarida, har tomonlardan mana tarqalayotgan xabarlarda eshitib qolamiz, diniy ixtiloflar, diniy ekstremistlar, qotilliklar, qon. Birodarlar, dinga hech qanaqa aloqasi yo'q buni.

[2:35:42] Dinga hech qanday aloqasi yo'q. Din hozir biz aytgan axloq, ato, bag'rikenglik, kechirimlilik. Shu ishni qilayotganlar musulmonlarni va dinni yomon ko'rsatishlik uchun, musulmonni kiyimini kiyib olib shu ishni qilyapti, vaholanki bu narsani islomga hech qanday aloqasi yo'q. O'ttiz sakkiz juma gapirdik. Nimani gapirdik? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotidagi rahmat degan mavzu dadasini. Eshitdinglar. Rasululloh jang maydonini raqam shahoti ko'rsatyapti. Rasulullohga aziyat berganligi raqam shahod ko'rsatyaptida. Kechiryapti ularni. Bizga atrofimizdan islomimizni qora qilib ko'rsatayotganlarda hamma gaplari, bu tuhmatdan boshqa narsa emas.

[2:36:27] Odam o'zini farzandlariga o'zida bor narsani yaxshisini berishni xohlaydi. Uy qilib beradi, joy qilib beradi. Ammo ota onani o'zining farzandlariga berishi mumkin bo'lgan eng afzal narsasi bu go'zal xulq. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ma nahala validun valadan min nahlin afzala min adamin hasanin. Bu imomni televideniyadan hadis. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aynadilar, ota yoki ona o'zining bolasiga chiroyli odobdan ko'ra afzalroq narsani bera olmaydi. Chunki chiroyli odob birodar farzandingizni ikki dunyoda saodatga etilaydi. Chiroyli odob birodarlar, farzandingizni jannatdagi martabasini ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Chiroyli odub birodar, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qiyomatda farzandingiz yaqin turishiga sabab bo oladigan ish, ammo siz qilib berayotgan dunyoni uch to'rt so'm puli, dunyoda latalyotasi qiyomat kunida hisob kitobda og'ir bo'lishiga sabab bo oladi.

[2:37:40] Biz nimasini qilib berishlikka ko'proq kuch tarbiyalayapmiz? E'tibor beraylik. E'tibor beraylik. Tarbiyalik, axloqlik bolani birodarlar dunyoni puli bilan, dunyoni boyligi bilan o'lchab bo'lmaydi. Zamonamizdagi filosoflardan birining so'zi bor ekan. Diqqat qiling. Agar seni bolang haqida odamlar yomon gapirishayotgan bo'lsa, demak sen haqingda yomon gapirishyapti.

[2:38:13] Agar odamlar seni bolang haqida yomon gapirishayotgan bo'lsa, bilgingki sen haqingda yoma gapirishyapt. Kimni bolasi bu? Seni bolang bu. Shuning uchun otangga rahmat deyilyaptimi bolangizga? Yoki podaringga la'nat deyilyaptimi? Maqtovomisizniki? So'kishamisizniki? Ota o'zining boyasiga chiroyli odobdan ko'ra afzaliroq narsani bera olmaydi, dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Qaranglar, darsimizning nihoyasi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sidratul Muntaho'ga ko'tarildi. Yettinchi osmonni ustiga ko'tarildi? Nima bilan? Mana shu go'zal xulqi bilan, go'zal adabi bilan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so'rashdi: ma hadal adab.

[2:38:59] Yo Rasululloh, sizdagi bu adab, naqadar go'zal adab, deyishdi. Payg'ambarimiz aytdilar: addabani robbiy fa axsanat adiybiy. Robbim menga odob berdi va odobimni chiroyli qildi. Qur'ondagi qissalardan biriga murojaat qilamiz. Yusuf alayhissalom qissasi. Yusuf alayhissalom qissasi. Qur'ondagi eng go'zal qissalardan, eng huzurbash qissalardan. Bu qissa undan hammamizni xabarimiz bor. Avval Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlashdi, qamoqqa tashlashdi. Yigirma ikki yil o'tdi.

[2:39:38] Quduqdan chiqdi, qamoqdan chiqdi tuxumatdan qutulib, Misr mamlakatining vaziriga aylandi. Oradan yillar o'tdi, akalari bo'ynini egib, yusuf alayhi salomni o'ldirishlik niyatida bo'lgan akalari bo'yinini egib, yustuf alayhi salomatda turishdi. Mana endi ta'na qilishga, malomat qilishlikka haqqi bormi?

[2:40:01] Aytaylar, qamoqqa tashlashdi, suvga tashlashdi quduqqa. Qaysinisi xatarliroq edi? Qiyinmi shunchalik javob? Quduqqa. Chunki qomori havo bor, yer bor, ovqat bor, hayot bor. Ammo quduqqa tashlaganda uni o'limga ro'bar qildi. Kimlari? O'zini jigarlari, o'zini akalari.

[2:40:26] Yusuf alayhissalom ularni ustidan g'olib bo'ldi. Bo'ynini egib turishdi. Nima dedi shunda? E birodar, bu qanaqa xulq bu? Bunday qarab turib, ha? Keldinglarmi? Esinglardami? Desa yetar edi. Qildimi shu ishni? Nima uchun qilmadi? Chunki Alloh Taolo odob bergan payg'ambarlardan edi. Astay, aybibillar, vo qod axsanabiy in axrojani imina stijin, vo ja'beku minal badr. Darhaqiqat, u zot menga buyuk in'om qildi. Meni zindondan chiqardi. Endi qarang. Shayton men bilan og'a inilarim orasini buzib ig'vo qilganidan keyin, mana sizlarni cho'li sahrodan Misrga eson omon keltirdi. E'tibor bering, quduqni eslatmadi.

[2:41:16] Quduqni gapirmadi. Akalarni yuziga solmadi. Gunohni eslatmadi. Yana yetmaganidek, shaytonga to'ng'ab qo'ydi. Bular haligi jahl ustida qilib qo'ymagan edi. To'satdan bo'lib qolmagan edi. Rejalashtirishib, maslahatlashib turib olib borib tashlagan edi. Bu qanaqa axloq, birodarlar? Hozirgi aqllar mana shunday bir bag'rikenglikda, kechirimlikda, mana shunday xulqda qabul qila oladimi?

[2:41:44] Biz tezroq jazolab olishlikka, tezroq o'rniga kelsa javob berib yuborishlikka shay turadi qo'limiz. Nimadan bu? Dinimizdan, xulqimizdan uzoqlashib ketayotganligimiz alomati. Aka ukasini kechirmayapti hozir. Aka ukasini. U boshqalarda qo'ying. Shayton men bilan og'a inlarim orasini buzib ig'vo qilganidan keyin shunaqa ishlar bo'ldi deyapti. Akalarga to'ngamayapti.

[2:42:13] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makka fathida. Abu Sufiyon ibn Xalq bo'ynini egib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yigirma bir yillik dushmanlik qilgan. Rasulullohni urug'idan edi. Birinchi bola Payg'ambarimizga ko'mak ko'rsatish kerak edi. U xuddi Payg'ambarimizni yetmishta sahobasini shahid qilgan edi. Mana bo'ynini egibi turibdi. Rasululloh yigirma birinchi yillik dushmani eslatdimi dushmanchiligini? Eslatgani yo'q. Nima dedi? Ey Abu Sufyon, sen uchun Allohdan o'ziga iloh yo'qligiga guvohlik berish vaqti kelmadimi dedi.

[2:42:50] Abu Sufyon nima dedi? Vallohi ey Muhammad, naqadar rahmliysan, naqadar karamliysan, naqudar qarindosh parvarsan, naqadardir hikmatliysan. Ana axloq birodarlar. Axloqli kishi uni o'ldirish uchun quduqqa tashlagan kishini ham avf qila oladi. Axloqli kishi yigirma bir yillik dushmanlik qilgan kishini avf qilishlikka imkon topdi o'zidan. Alloh subhanahu va taolo eshitgan ma'ruzalarga amal qilib, hayotimizda tatbiq qilib, farzandlarimizni tatbiq qilishlikka hammamizga tavfiq bergan bo'lsin. Aqoli qovli, ha davo
