# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 495 of 510
- Section: —
- Duration: 1 h 03 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/495
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Ah_qbXIJQmg.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Ah_qbXIJQmg
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/494.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/496.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Qiyomat yaqin birodarlar. Qiyomat uzoqdek tuyulardi birodarlar. Lekin mana shu oxirgi oyda qiyomat yaqindek ko'rinib qoldi meni nazarimga. Balkim sizlarga ham xuddi shundaydir. Xuddi nazarimda Imom Mahdiyning qo'shinida bo'ladigandekman. Nazarimda Hazrati Iso alayhissalomni ko'radigandekman.

[0:37] Men ilgari qiyomat hali uzoq bo'lsa kerak, qaysidir bir avlodimiz ko'rsa kerak deb yurardim. Hozir ishonasizmi? Qiyomatni hatto men ko'rsam kerak deb o'ylayapman. Kechalari uyqumni qochirib yuboryapti. Kayfiyatimni o'chiryapti. Har kuni bu fikr meni tark etmayapti. Ha, birodarlarim. Qiyomat o'ta yaqinda. Shunday bo'lib qoldi.

[1:08] Qiyomat soati shubhasiz keladi. Bu Alloh Subhanahu va Taolo tomonidan berilgan haq va'da. Istaydu billah innos sa'at ala atiyatun la ro'ybafiha va la kinna aktharon na sila yu'minun. Albatta qiyomat soati kelguchidir. U haqida shak shubha yo'qdir. Lekin ko'p odamlar uning kelishiga iymon keltirmaslar. Va innos sa'atal a atiyatun fav saxih saf hal jamil. Soat qiyomat ham shak shubhasiz kelguvchidir. Bas shunday ekan, ey Muhammad, siz johil kimsalarning yetkazayotgan og'zor aziyatlariga sabr toqat qiling va ulardan chiroyli yuz o'girish bilan yuz o'giring.

[1:52] Fainna ajalalloh ila'at, voh vas samiy u alayhim. Albatta, Alloh belgilagan mukofot va jazo fursati shak shubhasuz kelguvchidir, u eshitguvchi bilguvchi bo'lgan zotdir. Allohu la ilaha illa hu la yajma an nakum ila yavmil qiyamat ila ro'ybafi va man asidaqu minallohi hadita. Yolg'iz Allohda o'ziga hech qanday iloh yo'qdir. U sizlarni hech shak shubhasiz bo'lgan qiyomat kunida to'playdi. Allohda ko'ra rostgo'roq kim bor?

[2:26] Alloh subhanahu va taolo qiyomat kunini kelishligini haqli yana bir qancha oyatlarda siz bilan bizga bayon qildi. Qiyomat soati Alloh taqdir taqdir qilgan kunda, taqdir qiladigan soatda keladi. Voddariyati zarva, fal hamilati viqro, fal jariyati yusro, fal muqassimat amro, innama tu adunala sodiq va innad dinala va qiyon. Bulutlarni surib ketguvchi shamollarga, yuk yomg'ir tashuvchi bulutlarga, suv yuzida yengil suzib boruvchi kemalarga va Allohning amri bilan barcha ishlarni taqsimlaguchi farishtalarga qasamki, sizlarga va'da qilinayotgan narsa qayta tirilish shak shubhasiz haqqi rostdir. Va albatta qiyomat kunida hisob kitob qilingandan keyin jazo mukofot voqiy bo'lguchidir. Qiyomat haq Alloh subhanah va taolo bunga haqligiga va'da bergan, qasam ichgan Alloh ta'til qilgan kunda bo'ladi.

[3:27] Vot tur, va kitobin mastur, fii roqqin manshur, val baytil ma'mur, val saqfil marfu, val bahril mazzur, inna ada va robbikala vaqiya, ma lahumi dafiya. Tur tog'iga, ochiq sahifaga yozilgan kitob, Qur'onga, Baytul Ma'murga, baland ko'tarilgan tomga, osmonga, va to'lib toshgan dengizga qasamki, Parvardigoringizning azobi shak shubhasiz voqea bo'lguchidir, uning uchun biron daf qiluvchi yo'q, to'siq yo'qdir. Kofirlar qiyomatni borligini inkor qilishdi, qiyomatni borlikka iymon keltirishmadi. Alloh Subhanahu va Taolo ularga shunday javob berdi. Vo qolal ladingna kafarula ta'tiynasa qul bala va robbiy la ta'tiyanakum. Kofir bo'lgan kimsalar bizlarga qiyomat soati kelmas dedilar. Ey Muhammad, ularga ayting, yo'q. G'aybni bilguvchi Parvardigorimga qasamki, shak shubhasiz u qiyomat sizlarga albatta kelaver.

[4:34] Quyida qiyomat haqida Alloh Taolo degan aytgan ba'zi bir oyatlarni o'qigan bo'ldik. Qiyomatda qachon bo'lishigini Alloh Subhanah va Taolo o'zini ilmi azalisida yozib qo'ydi. Va bu ilmni faqat o'ziga xos qildiki, na bir Payg'ambar, na bir muqarrar farishtaga bu ilmni bildirgani yo'q. Agar kimdir bilishi mumkin bo'lganida, albatta Muhammad Mustafa Sollallohu Alayhi Vasallam Sayyidul Bashar bo'lgan Rasululloh bu narsadan xabardor bo'lgan bo'lar edi. Qiyomatni qachon bo'lishigini hech kim bilmaydi. Lekin Alloh Taolo Qur'onda va Payg'ambar alayhissalom o'zining sunnatlarida, hadislarida qiyomatga yaqin, qiyomat soatlari yaqin bo'lgan paytda sodir bo'ladigan ba'zi bir alomatlarni belgilarini bayon qilingan.

[5:24] Ulardan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida oyning ikkiga bo'linganligi. Iqtoroboddiy saa va zinshaqqal qamar. Qiyomat soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo'lindi. Mana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mushriklar mo'jiza talab qilgan paytda, Rasululloh sollallohu alayhi vassal ham ularga oyning ikkiga bo'lib, Allohni izni bilan ko'rsatib berdi. Alloh Taolo aytyapti, oy bo'lindi, qiyomat osh qoldi deydi. Mana endi tabiiy savol tug'iladi, Payg'ambarimizni oyi bo'lib berganiga bir ming to'rt yuz yil bo'lgan bo'lsa. Ha qiyomat bo'lmayapti yu.

[5:58] Go'yoki qiyomat qoyin oyini bo'linishligi bilan qiyomat yaqin bo'ldi desa, yana bir ellik yil yoki yuz yildan keyin ba'zi bir odamlarni nazarida qiyomat bo'lishi kerakgandek shoshiltirishadi. Nabiy assalom oldiga kelib, ey Rasululloh, matassa, qiyomat qachon bo'ladi dedi, Rasululloh, nima tayyorgarligingiz bor dedi.

[6:21] Ya'ni hamma yog'i zo'r bo'lib ketdimikin, endi tezroq qiyomat bo'lsin, mukofotimiz bor, olib olaylik. To'planib qoldi degandaqa. Atay amrullohi falat asta ajilu subhanahu vata alam ma yushrikun. Allohning farmoni, ya'ni qiyomat kelib qoldi. Bas, sizlar, ey mushriklar, uni shoshtirmay qo'ya qolinglar. Alloh ularning shirklaridan pok va yuksakdir. Alloh taolo nima deyapti? Qiyomat qoyim bo'ldi deyapti. Bo'lgani yo'q hali.

[6:51] Ha jannatga hech kim kirgani yo'q, hali. Jannatga kirdi, jannat yozildi, do'zaxira, do'zaxor kirdi debdi Alloh taolo, o'tgan zamon fe'l edi, sig'asida gapiryapti. Endi siz bilan bizni vaqtga, zamonga qo'ygan o'lchovimiz bilan Alloh subhanahu va taoloning o'lchovi barobar emas. Innahum yaravnahu ba'iyda va narahum qoriyba. Chunki ular u kunni uzoq deb bilurlar, biz esa uni yaqinligini bilurmiz. Alloh Taolo uchun nima degan narsa?

[7:23] Bir kuni ellik ming yilliga teng deydi. Ya'ni Alloh Taoloni nazdidagi bir kun, ana shu Maorif suratiga qaraydigan bo'lsak, bir kun sizlarni ellik ming yeyliklarga barobar deydi. Endi bir ming to'rt yuz yil nima degan narsani oldida? Iqtor abalinda sehasa bugun va hunfiy g'ofillating ma'ridun. Odamlarga hisob kitoblari, ya'ni qiyomat qoyim bo'lishi yaqinlashib qoldi. Ular esa g'aflatda, iymon keltirib yaxshi amal qilishdan yuz o'giruvchilar. Mana aytdik, kichkina qiyomat deb kishining vafoti aytilinadi. Har bitta odamni vafoti kelishligi, ajali kelib, joni chiqib ketishligi bilan uni qiyomati qoyim bo'ldi. Ya'ni Alloh Taolo insonlarni ajali yaqin bo'lib turib, o'lim yaqin bo'ib turgan paytda savobli amallardan yuzaga kirib, unga bir kofir bo'lib ketyapti deydi.

[8:16] Quyida mana oyatlarda o'qidik, endi Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytgan hadislariga quloq solamiz. Rasululloh sollallohu alayhu vasallamdan quyidagi hadis keltiriladi, Buxoriy va Muslimdan. Hadislar Buxoriy, Muslimdan bir odam. Zaif hadis yo'q bu yerda. Sizlardan avvalgi o'tgan ummatlarni yashab o'tkazgan vaqtlari bilan sizlarning yashaydigan vaqtingizning misoli xuddi kunning asr bilan shom orasidagi vaqtiga o'xshaydi.

[8:45] Sharhlaymiz endi. Bir kunni yigirma to'rt soat desangiz, shu yigirma to'rt soatni ichida asr bilan shomnni o'rtasidagi vaq t ikki soat. Ya'ni yigirma qirq soatda ikki soatinglar qolgan degani. Odam alayhissalom yerga tushgandan boshlab, qiyomat soatigacha yigirma to'rt soat bor deb faraz qilsak, yigirma ikki soat o'tib ketdi degani. Ikki soatlik muddatda yashayapmiz, birodarlar.

[9:10] Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, a dunyo sa'a, faji al ha to'a. Dunyo bir soatlik umr deydi. Shu bir soatni ibodatga aylantiringlar deydi. Buxoriy va Muslimdan keltirilgan quyidagi hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilardilar. Men va qiyomat soati mana shunday yuborildik dedi. Eslar bir biriga barmoqni yopishib turganiga qaramanglar. Birini ikkinchisidan uzunligiga qaranglar.

[9:36] Mufassirlar mana shu hadisni sharhlab aytadiki, insoniyatni yashash muddati mana shu o'rta barmoqni uzunligichalik bo'lsa, ko'rsatkich barmoqni uzuningichalik vaqt tugadi. Mana shu oshib qolgan vaqtichalik joyi qoldi deydi. Ko'rsatkich barmog'idan o'rta barmoq qancha oshib turgan bo'lsa, insoniyatni muvozam hayotining mana shu qismi tugadi, ozginasi qoldi degani. Agar mulohaza qiladigan bo'lsak, birodarlar, juda ham oz qoldi. Juda ham oz quldi.

[10:04] Kofirlardan ham, musulmonlardan ham, musulmonlarda hatto ba'zi olimlari ana shu islomni boshida qiyomatni vaqtini belgilamoqchi bo'lganlar bo'ldi. Ba'zilar aytishdi besh yuz yildan keyin qiyomat bo'ladi deyishdi. Besh yuz yil o'tdi, qarab turishdi, qiyomat bo' olmadi. Yetti yuz yil deb ko'rishdi keyin, yetti yuz yildan o'tdi, qiyomatbo'lmadi. Ming yil deb ko'rinishdi, bo'lmadi. Bir ming yetti yuz yilda ishdi, bo'lmadimi? Bo'lmaydi. Ular aytgan muddatda bo'lmaydi. Chunki Alloh Subhanahu va Taolo o'zini huzurida olib qolgan beshta g'ayb ilmni bittasi qiyomatni qachon bo'lishiga. Televizorda ko'rgan bo'lsanglar bir bir ikki oy bo'lib qoldi. Rossiyani qaysidir bir shaharida qandaydir bir sektani vakillari yerni tagiga kirib ketishdi. Motstokini qiyomat bo'ladi deb. Ularni qutqaraman deb, bu yoqdagi mehribonlar tushsa, o'zimizni portlatib yuboramiz deb, tomosha bo'lishdi. Qiyomatda qachon bo'lishligini aytayotgan odam kazzob bo'ladi. Chunki buni kim biladi? Alloh subhanahu va taolo o'zi biladi.

[11:04] Buning ilmi faqat Alloh Taoloning o'ziga ma'lum. Alloh Taolo Muhammad alayhissalomga quyidagi oyatlardan xitob qiladi. Astayu billah, yas'alunaka anisa, ayyana mursaha, fima anta min zikroha, ila robbika muntaha, innama anta mundiruman yaxshaha. Ka'nnahum yavma yaromna ha lam yal ba'su illa ash'iyatan avvuhaha. Ey Muhammad, mushriklar sizdan o'sha qiyomat soatini qachon voqiy bo'lishi haqida so'raydilar. Siz qayerdasiz u, ya'ni qiyomat qachon bo'lishini bilish, zikr qilish, eslash qayerda? Ya'ni siz hech qachon u kunni vaqtini aytib bera olmaysiz. Uni bilish, yolg'iz Parvardigoringizga borib to'xtab. Siz faqat o'sha qiyomatdan qo'rqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz xolos. Ammo u kunni qachon voqiy bo'lishini aytib berish sizning vazifangiz emas.

[12:02] Yas alunaka anisa aytayana mursaha qul inna ma'il muha inna robbiy la yujalli haliy vaqti ha illa hu. Ey Muhammad, sizdan soat, ya'ni qiyomat qachon voqea bo'ladi deb so'raydilar. Ayting. Uning bilimi faqatgina Parvardigorim dargohidadir. Vaqti soati kelganda ham faqat O'zi oshkor qilur.

[12:26] Yu'minuni billahi val yom mil axir. Yu'minuna billahi val yommil axir. Qayerda Qur'onda oyatiga xulosa olsangiz, Allohga iymon keltiradi, oxiratga iymon keltirdi. Allohga iymon kelib turadi, qiyomatga iymon kelturadi. Nima uchun vrinketa aytilinyapti? Insonni gunoh ishlarini qilishlikdan nima to'sadi? O'sha oxiratda Allohni oldida hisob kitobdan qo'rqishlik. Siz bilan bizni gunoh qilishda nima to'sadi? Qiyomatga ishonganligimiz. Qachon endi? O, qachon beradi? Odam alayhissalomdan beri aytar ekan, qiyomat qil. Qani bo'lmadi yu.

[12:58] Bizga qachon bo'lishiga qiziqmas. Biz u yerga nima tayyorgar kelib qolishligimiz qiziq. Yas aluka naso anisa qul inna ma'il muha indalloh va ma yudri ikala allassa atatakuni qoriyba. Odamlar sizdan qiyomat soati qachon bo'lishi haqida so'raydilar. U soatni bilish yolg'iz Allohninng huzuridadir deb ayting. Qayerdan bilasiz, ehtimol u soat yaqin kelib qolgandir. Mana uch avlodga qarasangiz, yas alunaka, yas alunoka, yas aluka, sizdan so'rashadi, sizdan nimaga sizdan so'rishadi? Siz qayerdan bilaysiz bu narsani? Uni ilmi faqat Alloh Taoloning huzurida. Qiyomat vaqtini qachon ekanligi haqidagi ilm Alloh Taoloning uzrida qoldi, o'zining huzurida qoldirgan besh g'ayb ilmning biridir. Ularni Alloh Taolo bildi nimada, yashildi nima uchun? Toki odamlar harakatini qilsin. Agar inson qiyomat qachon bo'lishini bilsa, yoki o'zini kichkina qiyomati, o'limini qachonligini bilsa zo'r bo'ladi da. Gunoh ma'siyatni iztirob qilib yurib, yurib, yurib, o'limiga bir yil, yarim yil qolganda harakatini qilib qoladi. Imtihonni imtihonligi shundaki, qachonligini bilmaysiz. Doimiy suratda tayyorgarlik kerak bo'ladi.

[14:05] Qiyomatni qachon bo'lishi haqida so'rab surishtirishlik joiz emasligi ulamolar tomonidan aytilingan. Agar kimdir bilishi mumkin bo'lganda, albatta Payg'ambarimiz bilar edi. Mana mashhur hadis ko'pchiligimiz eshitganmiz, Gibril alayhissalom Muhammad alayhissalomni oldiga bir notanish kishi suratga kirib kelib o'tirib, bir qancha savollarni so'raydi. Gibril odam suratida kelib Payg'ambarimizdan so'rayapti, sahobalarga dars beryapti. So'ralgan savollarni ichida fahbirni anisa menga qiyomat haqida xabar bering degan edi Rasululloh. Mal mas'ul anha bi a'lam minas sa'il.

[14:43] So'rovchidan ko'ra, so'rovchi ko'p narsani biluvchi emas dedi. Ya'ni siz bilmagandek, ey Gibril, men ham bilmayman dedi. Gibril ham bilmaydi, Muhammad alayhissalom ham bilmaydi. Lekin Nabiy sollallohu alayhi vasallam risolatni yetkazdi. Omonatni ado qildi. Ummat uchun nima kerak bo'lsa, ilmdan nima kerak bo'lsa, hammasini bildirib o'tdi.

[15:09] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qiyomat soati yaqin bo'lganda, sodir bo'ladigan amallarda ko'plarini aytib berdi. Sahobalar tirik davrida kofani bir qizil tutun qopladi. Qizil tuman deysizlarmi, qizil shamol deysizlarmi? Qizil tutunqopladi. Shunda kofirlar qiyomat qoyim bo'ldi deyishdi. Ularning orasida ulug' sahobiy abdulloh ibn mas'ud roziyallohu anhubar dedi, yo'q dedi. Allohga qasam qiyomat emas bu dedi. Chunki qiyomat hali falon falon falon ishlar bo'lmasdan turib, falon falon ishlab bo'lmasdan turob, qiyomat qoyim bo'lmaydi dedi. Ya'ni sahobalarga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qiyomatgacha bo'ladigan ishlarni hammasini aytib bergan edi. Bugungi suhbatimiz mana shu qiyomat alomatlarining kichiklari haqida. Qiyomatni katta kichik alomatlari bor. Kichik alomatilari qiyomatni yaqinlashganligini bildirsa, katta alomatlari qiyomatni kelganligini bildiradi. Biz ana shu qiyomatda yaqinlashganligi ishsharoq qiladigan alomat haqida gaplashamiz. Abizayet Amr ibn Axtoddan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz bilan bomdod namozini o'qidi. Bomdodni o'qib bo'limi minbarga chiqdi. Bizga xutubi o'qidi peshingacha. Peshingacha to'xtamasdan dars o'tdi.

[16:25] So'ngra peshin bo'ldi. Tushib peshinda o'qidi. Peshinda o'qib bo'lib yana minbarga chiqdi, asrgacha xutba aytdi. Asrgacha dars o'tdi bizga. Qiyomatgacha bo'ladigan ishlarni bir qator Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sanab berdi. So'ngra asr namozi bo'ldi, asr namozini o'qidi, yana minbarga chiqdi. Shom vaqtigacha bizga qiyomat alomatlari haqida gapirib berdi. Tasavvur qilinglar, bomdoddan shomgacha Rasululloh to'xtamasdan, qiyomat qoyim bo'lgunga qadar sodir bo'ladigan hamma katta kichik alomatlarni aytib berdi.

[16:58] Sahobalar aytishar edi, ichimizda ko'proq eslab qolganimiz, ko'proq bilimdonimiz bo'ldi. Eng ko'p eslab qolgan kim bo'ldi? Xo'jayevni ibn al yomoni roziyallohu anhu. U kishi Payg'ambarimizni sirlarini egasi edi. Rasululloh svetlanniy kotiblardan edi. Eng ko'plab yodlab qolgan Abu G'urayra bo'ldi, Xo'jayevna Ibn Yomoniy roziyallohi anhumalar bo'ldi. Demak, biz o'rganib chiqadigan oxir zamondagi bo'ladigan fitnalar orasida ma'lum bir vaqtda bo'lib, ma'lum bir qavmga ta'sir qiladiganlari ham bor va butun yer yuziga ta'sir qilayotganlari ham bor. Shunday bir ishoralar keladiki, ana shu oxir zamonni Qiyomat alomatlari paydo bo'lishni boshlaganda, bir kishi hayotdan ko'ra o'limni ko'proq orzu qilib qolishi haqida xabarlar kelgan. Imom Muslim sahhirlarda keltirilgan hadisda Rasululloh sallalloh shunday dedilar: jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki, bir kishi qabr oldidan o'tib, o'zini ochiq turgan qabrga urib, e, qaniydi shu qabrda yotgan odam men bo'lsam deydi. Qarzi bo'lmaydi deyapti Rasululloh. Dardi bo'lmaydi, musibati bo'lmaydi. Faqat fitnalarni ko'payib ketganigidan o'limni o'ziga orzu qilib so'rab qoladi deydi. Oxir zamon alomatlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: qotillik ko'payadi.

[18:14] Qotillik ko'payadi. Imom Buxoriy va Muslim sahihlarda keltirilgan. Rasululloh aytdilarki, qiyomat soati yaqinlashganida shunday kunlar bo'ladiki, johillik, ya'ni savodsizlik ko'payadi, ilm ko'tariladi, ketadi, xarj ko'payadi. Xarj qotillik. Qotillik shu darajada ko'p bo'ladiki, urushlarda sababli, besabab urushlarda ko'p bo'lganligidan erkaklarning soni nihoyatda ozayib, ayollarning soni ko'payib ketadi. Rasululloh Buxoriy va Muslim keltirilgan haqida aytadilar, ilmni ko'tarilishi, johillikni ko'payishi, zinoni ko'payishi, aroxo'rlikni ko'payishi erkaklar ozayib, ellik ayolga bir erkak qolishligi qiyomatning alomatlaridan. Qarab turinglar. Ilm va obod emas oramizda.

[19:06] Bu ilmsizlik kundan kunga kuchayib boryapti. Kundan kunga savodsizlashib boryapmiz. E'tibor beringlar. Johillik ko'payyapti. Zino ko'payyaptdi. Zinoni turi, bilmadim endi qanaqa turi bo'lishi mumkin. Televizorda ham bor, radioda ham bor, kiyimda ham bor, so'zimizda ham bor, kiyimimizda ham bor. Hamma yog'imizda bor. Hattoki oshkora zinoga ana shu reklamalar turibdi. Tanishaman va hokazolar. Ko'ryapsizlar shu narsalarni. Aloqirlikni ko'payishi, gapirishni hojati yo'q. Biz siz bilan biz tug'iliblar, magazinlar to'ldir xilma xil ariqlarda ko'rganligimizdan, buni qiyomatda alomati ekanligi ham esimizdan chiqib qolgan. Buni xoin bo'lganiga ancha bo'ldi.

[19:51] Erkaklar ozayib ketadi. Ellikta ayolga bitta erkak qoladi oxirgi zamonga borib deydi. Tug'ilishlikda qaranglarda. Tug'ilishli qaranglarda. Ayollarni tug'ilishligi ko'proq erkaklarni tug'ilishingidan ko'ra. Urushlar ko'p bo'lganligi tufayli erkaklar ko'p qirilib ketadi. Bu urushlarni sababi bori ham bor, besabablari ham bor. Rasululloh aytadilarki, imom muslim sahihalarida keltirilgan, jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamki, shunday zamonlar keladiki, ana shu zamonlarda qotil ro'parasida o'ldirgan odamini nimaga o'ldirganligini bilmaydi. O'lgan nima uchun o'lganligini bilmaydimi? Qotillik avj oladi.

[20:31] Rasululloh oxirgi zamonda bo'ladigan ishlarni qisqagina hadislarda juda ko'plarini aytib bergan. Imom buxoriy va muslim rivoyatda rosti asosiy islom aytadilar, bu bo'lgan ishlar endi. Da'volari, ya'ni kalimalarda bir bo'lgan ikki buyuk toifa, bir birlari bilan urishmagunlaricha qiyomat qoyim bo'lmaydi. Ularning oralarida katta qatli on bo'ladi. Ya'ni ikkita toifa urishadi bir biri bilan, ikkalasini ham kalimasi bitta. O'rtasida katta qirg'in bo'ladi. Bu ulamolar mana shu hadisni sahobalar davrida, sahobalarni o'rtasiga tushgan fitna tufayli ali ibn abit tolibni tarafdorlari va muoviyatun nafis o'xshagan tarafdorlari ikkiga bo'linib, o'rtasida katta jang bo'lganligi ishora deyishadi. Keyinchalik tobeylar bilan sahobalar o'rtasida mana shunday jang bo'ldi. Mana shu ikkala jangda Sefin va Jamal ma'rakalarida yetmish mingga yaqin kishi vafot etdi. Mana aytganmiz, oxir zamon ilmini o'rganishlik, Rasulullohni so'zlariga bo'lgan iymonimizni kuchaytiradi. Chunki Rasululloh aytgan ishlarda ba'zilarini bo'lganligini ko'rganingizdan keyin, hali bo'lmagan ba'zi aytgan alomatlarga ishonchimiz ziyoda bo'ladimi? Mana oxirat ilmini o'rtanishlikni foydalaridan.

[21:49] Rasululloh kelajakda bo'ladigan ishlardan aytib bergan edi. Yolg'onchilardan dajjallardan, ya'ni yolg'onchi payg'ambarlardan o'ttiz tasi chiqmagunicha qiyomat qoyin bo'lmaydi. Nechtasi chiqdi hozir? Savol tug'iladi, ha unaqalar ko'p bo'ldi yu, nimaga endi payg'ambarimiz o'ttizta deyapti desa, mufassirlar javob beradiki, unaqa ozgina odam erchitib, men payg'ambarman deb chiqqanlari ko'p bo'lgan. Lekin dunyoga ta'sir o'tkazgan, orqasidan juda ko'p kishilarni ergashtirgan, mana shunday yolg'onchi payg'ambarlar o'ttizta bo'lishi, bular ham bo'lib oldi birov bilan. Yana chiqyapti mayda chuydalari.

[22:25] Mana shunday orqasidan rosti bo'lsa ham zamonida ko'zga ko'ringan bir qator yolg'onchi bayg'ambarlardan musaylama kazzob, asvad al unsiy, tulayhi ibn huwayrid, shunga o'xshaganlar. Mana siz bilan biz oxir zamonning, qiyomatning kichik alomatlari haqidagi darsimizni bugun birinchisini o'qigan bo'ldik. Inshaalloh, keyingi darsimizda davomini o'qiymiz. Bu oxir zamonga yaqin bo'ladigan ishlar haqida aytilgan hadislarda eshitgan saringiz tezroq harakat qilib qolishlik kerak ekan. Tezroq ibodatga yiqilib qolishlikkerak ekan. O'tkazib qolishim kerak ekan oxiratga, savobdan, degan shu'r paydo bo'ladi. Oxirgi zamon yaqin bo'lganda sodir bo'ladigan kichik alomatlarning yana bittasi ilmning ko'tarilishi. Ilmni ko'tarilishi bu birdaniga ilm yo'q bo'lib qolmaydi.

[23:14] Rasululloh subhanalloh aytadilar, Alloh subhanah va taolo ilmni birdaniga ko'tarib olib qo'ymaydi. Balki olimlarni ketkazishligi bilan ilmni olib qo'yadi. Ilm birdaniga yo'q bo'ib qolmaydi. Kitoblar turadi. Kitoblar tashnalarda terilib turadi, ma'lumot nihoyatda ko'p bo'ladi, lekin xalq mana shu ilmni o'rganishlikka iqbol qilmay qo'yadi. O'rganishga harakat qilmay qo'tyapti. Hozirgi kunda insof qilib aytadigan bo'lsak, insof qilib aytingadigan bo'lsangiz, mana shu yerda o'tirgan yoshlarni necha foizi o'tgan oyda nechta kitobni tugatdi?

[23:51] O'tgan oyda demaylik, o'tgan yilni aytaylik. Shu savolni beringlar o'zimizga. Biz televizorni ko'rib, radioda eshitib turib, ba'zi bir ilmiy ko'rsatuvlarda ko'rib, bir ma'lumotimizni oshirayotgan bo'lyapmiz u, lekin hech qachon kitob o'qigan bilan barobar bo'lmaydi bu narsa. Alloh rahmat qilgan kishilargina kitob o'qiydi. Mana shu siz bilan biz oramizdan ilm ko'tarilib ketayotganligini belgisi. Kitob o'qib, bir narsani o'rganishingizdan oldin, bitta telefon qilib, falonchi harakatdan so'rab olamiz. Bitta xat yozibdi domladan eshitib olamiz, bo'ldi. Shu bilan haligi ilmdagi bo'lgan bo'ldi. Hech kim qiziqib o'zi kitob olib o'qimaydi. Mana shu qiyomatni, oxir zamonni mayda alomatlaridan deyiladi.

[24:30] Ya'ni ilm birdaniga kitoblarni yo'q bo'lib ketishligi bilan, yo'q bo'ri olinib ketmaydi. Balki kishilarni ilmga qabul qilmay qo'yganligi tufayli tortilib ketadi. Oxir zamonda sodir bo'ladigan alomatlardan zilzilalar ko'payadi. Oxir zamonda alomatlarini Rasulullohu alayhi vasallam, ya taqorabu zaman deganlar. Zamonlar qisqaradi yoki zamonlar yaqinlashadi deydi. Ba'zi ulamolar mana shu sharhiga berganda quloq soladigan bo'lsak, sharhida shunday aytadiki, vaqtni barakasi ketadi deyishadi. Xususan ko'rib turibmiz, ramazonda ikkinchi o'n kunligi boshlandi birodarlar. Kecha ramazon keldi deyotgandik. Kecha bir hafta bo'libdi deyotgandek, mana bugun ikkinchi o'n kunlik boshlandi deyapmiz, birodarlar, his qilyapsizlarmi vaqt o'tayotganligini? Biz nimaga ramazonda o'n kun o'tganligini hozir aytyapmiz, chunki sanaymiz da ramazonda beshinchi kuni, oltinchi kuni deb. Endi bunaqa oydan qanchasi, bunacha yildan qanchasi o'tib ketyapti. Uylanganlar qaranglar da necha yil oldin uylanganinglarga.

[25:31] Uylanmaganlar qaranglar de, maktabda qachon birinchi marta ostonasini oqlab o'tganinglarga. Vaqtni qisqarishi mana shu zamon vaqtdan baraka ketishligini bitta. Hozir peshingacha bir ish qilsangiz ulgidingiz, agar peshin bo'ldimi, shu bilan kun tugadi. Kattalarimiz aytsin, bolalik paytini eslasa, ertalab turib molini qo'yini haydab tolaga boqib kelib, yana allaqancha ishini qilib, kechki paytga borganda ham bir vaqt oshib qolar edi. Hozirgi kunda ulgurmayapmiz. Vaholanki, olib olgilar, e'tibor beringlar. Eskilar to'y qilgan paytda piyoda yurib, hamma qarindoshlarinikini aylanib kelgan, birortasi qolmagan. Ulgurgan hammasiga. Hozir bo'lsa, telefon bor, mashina bor, hamma yog'i bor, yana ulgurmayapmiz. Nimani belgisi shu? Oxirgi zamonni belgisi, vaqtdan barakani ketishligi. Yana ba'zi bir olimlar esa, mana shu yigirma to'rt soat, o'n sakkiz soat yoki o'n olti soatga qisqarib qoladi deganlari ham bor ekan sharh berganlardir ichida. Ya'ni yigirma to'rtsod, bundan ming yil burungi yigirma to'tsod deylik, hozirgi kelib turib o'sha paytda o'n sakkizinchi yoki o'nlti soatga yaqin bo'lib qoladi degan sharhlar ham bor ekan. Yana zamonaviy olimlarni bergan sharhida esa, zamon vaqtni qisqarishidan maqsad, uzoq masofaga, uzoq vaqt talab qilinmay qo'yadi.

[26:47] Ya'ni hajga borib kelgan olti oy vaqt ketgan bo'lsa avval piyoda yoki otda, hozir ma'lum bir haftalab ichida borib kelinyapti. Yoki bir xabarni boshqa bir mamlakatgarchilikka o'n kun vaqt ketsa, hozir bir necha sekund o'zi yetyapti. Vaqt qisqaradi degan so'zni mana shunday bir sharhlarni ulamolarimiz keltirib o'tadi. Oxirgi zamonda alomatlaridan fitnalar ko'payadi, xarj ko'payadi. Xarj bu qotillik. Mana kechagi suhbatimizda bu narsa haqida to'liq aytib bergan bo'ldik. Oxirgi zamonda alomatlarni rasululloh sallalloh aytadilar, bu sahih hadislar. Oralaringizda moli dunyo ko'payadi. Mol egasi uning sadaqasini qabul qiladigan kishini izlab g'am chekadi. Ya'ni moli dunyo shunday ko'p bo'ladiki, sadaqa oladigan yoki zakat oladigan odamni istab topishlik amri mahol bo'lib qoladi. Bu bo'ldimi, bo'madimi?

[27:40] Nima deysizlar? Biz o'zimizni islomimizni tarixini o'qimaganligimiz uchun indamay turibmiz. Agar o'qigan bo'lganimizda aytardik, ha, bu bo'lgan. Umar ibn Abdulaziz davrida zakot oladigan odam qolmagan. Odamlar do'ppisiga tillasini solib, qaysi odam kambag'al ekan deb istab yurgan. Biz tariximizni bilmay, shunday bir zamona saodat bo'lganki, birodarlar, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam dasturidan keyin mana, umar ibn abdulla aziz bor yo'g'i ikki yil u to'rt oy xalifa bo'lgan. Umarimni Xattobning zurriyotidan bo'lgan bu kishi. Lekin adolat bilan hokim yurgizgan podshohga Alloh Taolo raiyat uchun qanday barakot to'kib qo'ydi. Ikki yil u to'rt oy podshohlik qildi, xalifalik qildi, barakot shunday yog'ilib ketdi. Zakot oladigan, sadaqa oladigan odam qolmadi. Bu bo'lib o'tdi bu.

[28:26] Bu anomati bo'lganiga ming yil bo'lyapti bir odam bilan. O, qachon kelar ekan o'sha davr? Zo'r bo'lsa kerak a hamma boy bo'lsa, deb kutmaylik, bo'lib oldi bu narsa. Ayni bizni ummatni ustida bo'ldi. Nabiy sultonov bilan boshqa hadislarda keladi bir kishi, boshqa kishining oldiga borib, sadaqasini bersa, u agar kecha kelganingizda qabul qilar edim, bugun unga ehtiyojim yo'q deb javob beradi deydi. Bu aynan shu emariddin abdulaziz zamonlarida bo'lgan ishlar. Bu alomat bo'lib bo'lganiga ming yildan o'tdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oxirgi zamonda alomatlarini sanab o'tarkan, antaro xufat al urat al a'lata riash sha i yata taof alun fil buni ham. Gibrid alayhissalom notanish odam suratida kelib payg'ambarimizni oldiga o'tirdi, mashhur hadis. Iymon haqida, islom haqida, ehson haqida so'radi. Payg'ambar alayhissalom javob berdi. So'ngra gibrid aytdi, qiyomat haqida gapirib bering dedi. Payg'ambaramiz bu inson ko'rinishida o'tirgan ro'parasidagi Gibrilga, sizdan men ko'p bilmayman dedi. Unda uning alomatlari haqida aytib bering degan edi, alomatlaridan shuni sanadiki, yalangoyoq, yalang'och, notayin qo'yboqarlar binolarni musobaqa bir biridan kim o'zlariga baland soladi deydi.

[29:42] Yo Rasululloh, bu yalangoyoq yalangbosh, betayin cho'ponlar kim deganda arablar deydi. Mana Dubayni qarang, boshqa arab mamlakatlarini qarang. Ana shu baland binolarda solishini musobaqa o'ylayaptimi? Bizda yo'q bunaqa binolar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ayni nimada javob beryapti? Arablar deyapti. Bo'lyaptimi? Birodaroh, oxirgi zamon haqida aytilgan alomatlarning maydalari, endi kichik alomatlari qoyim bo'lib oldi, kattalarga qoldi faqat. Endi Alloh saqlasin, kattalardan bittasi boshlasa, zohir bo'lish deydi. Qolgani xuddi tasbehda ipini uzib qo'ysangiz, birinikidan ikkinchisi shotirab tushib ketgandek, birini quvib ikkinchisi keladi. Oxir zamonda alomatlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, shunday fitnalar ko'payadiki, bir kishi, boshqa bir kishining qabri oldidan o'tib, eh, qaniydi shu men o'rnida men bo'lsam deb qoladi. Vaholanki buni dardi ham bo'lmaydi, birorlardan qarzi ham bo'lmaydimi. Fitnani ko'pligidan hayotdan ko'ra o'limi uchun afzal bo'lib qoladi. Oxir zamonning sanalgan alomatlaridan kun o'zining botishidan chiqadi. Bu oxirgi vaqtda bo'ladigan eng katta alomatlardan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan quyidagi hadisda Rasululloh sollalloh oxir zamonda sodir bo'ladigan oltita alomatni xos aytib o'tdilar.

[31:01] Avf umni Malik roziyallohan hudan. Biz Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Tabuk g'azotida birga edik. U zotni oldiga kelganimda, u zot teridan tikilgan kapani ichida o'tirardi. Menga qarab turib, ey avf, qiyomatga yaqin sodir bo'ladigan oltita narsani sanagin dedi. Ya'ni hozir Payg'ambarimiz alayhissalom qiyomat soati yaqin bo'lguncha sodir bo'ladigon oltita ishdan aytib o'tadilar. Mening vafotim dedi.

[31:29] Bu ishni anavsa xatang degan Rasululloh. Men va qiyomat sudi mana shunday yuborilganmiz dedi. Ya'ni men kelishligim oxir zamonni belgisi. Endi vafotim oxir zamonda yana yaqinlashganligini belgisi. Ikkinchi belgi. Baytul Maqdisning fatiq qilinishi. Baytul Ma'qdis Quddus yoki Yeru Salim. Umarimni xattop davrida fatiq qilindi. Payg'ambarimiz aytgan u bashorat ham amalga oshdi. Ikkinchisi ham bo'ldi. So'ngra, sizlarni oralaringizda nochor qo'ylarni o'lim olib ketgandek bo'ladigan katta o'lim. Bu umarimni xattob davrida anvos vabosi deyiladi. Shunday bir vabo keldiki, bu musulmon ummatini ustiga juda ko'pchilik kishi qirilib ketdi. Bu aytgan Payg'ambarimizni alomati ham zohir bu bo'ldi.

[32:18] To'rtinchisi, mol ko'payadi. Bir kishiga yuz dinor berilsa, yana norozi bo'lib g'azablanadi. Bu yerda aytiladigan yuz dinor yuz oltin dinori bo'ladi. Ya'ni mol dunyoda ko'payib ketishiga. Oltinni narxi pastlab ketishiga ishoraki, yuz dinar oltin olgan kishi oz deb turib norozi bo'lib ketadi. Beshinchi alomati, arablarning uylariga birortasini adashtirmasdan, birortasini qoldirmasdan kirol degan fitna sodir bo'lade. Bu mana o'tgan safargi darsimizda aytdik, sahobalar o'rtasida bo'lgan fitna, sahobalar va tobinlar o'rtasida buzgan fitnaki, yetmish ming odam bunda vafot qilib topdi. Payg'ambarimiz aytgan bu alomat ham sodir bo'lib bo'ldi. Oltinchi alomati. So'ngra sizlar va Bano Asfar o'rtasida tinchlik sulhi bo'ladi. Ya'ni Bano Asfar deb turib, mana Sharqda Bano Asfar deb Yevropa nazarda tutiladi. Musulmonlar bilan Bano Asfar, Yevropaliklar sulhga kelishadi deydi.

[33:15] Oxir zamonda alomatlaridan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam oyning yorilishini aytib berganlar. Iqtaro batisan atovani shaqqol qamar va in yarov aytan yo'g'ri duv va yaquvli u sehru mustamir. Bu Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam zamonida bo'ldi. Qiyomat soati yaqinlashib qoldi va oy ham bo'lindi. Agar ular biron oyat mo'jiza ko'rsalar, yuz o'girurlar va bu har doimgidek sehr ku derlar. Hijoz olovi. Bu Payg'ambar sollallohu alayhissallam oxir zamonga yaqin sodir bo'ladigan ishlar ichida aytgan eng ochiq alomatlari. Nabiysi alayhissalom aytganlar la taqumussaa, xatta taxruja narun bi ar dil hijaz, tuzi yu bi laha, tuzi yu laha, a naqul i bil i bi busroq. Hijoz yerlaridan Busroqdagi tuyalarni bo'ynini yoritadigan darajada ulkan bir olov chiqmasdan qiyomat qoyim bo'lmaydi. Hijoz bu Arabiston yerlari. Arab yarim oroli bormi? Mana shu Arab Hijoz yeridan shunday bir o't chiqadiki, Shomda turgan tuyalarni bo'yniga yorug' tushadi deydi. O'ylab ko'ringlar.

[34:32] Bu Madinadan chiqqan birodarlar. Madina qayerda? Shom bilan Hijozni o'rtasidagi chegara bo'lgan Busroq qayerda? Mana Payg'ambarimizni tarixini o'qigan odamlar bo'lsa, Payg'ambarimni so'rov yigirma ikki yasharida amakisi Abu To'lib bilan Shomga tijorat safariga chiqadi. Shunda Busirot degan joyda Buxaroy ismli rohib qaytarib yuboradi. Shomni eshigi u yer. O'rtada necha ming kilometr joydagi masofaga hijozdan chiqqan o'tni yorug'i tushadi dedi. Bu bo'lib o'tdi birodarlar. Olti yuz ellik to'rtinchi hijriy yildan. Qaranglar, bu ishlar qachonlar bo'lib bo'ldi? Bu haqida Ibn Kasir hijriy tarixning olti yuz ellik to'rtinchi hijriy yil tarixida aytib o'tadi. Xususan, ular qatorida imom alloma, hofiz shahbuddin abushahob al maqdisi ham yozib o'tadi. Kelinglar, mana Hofiz Shahmuddinni ana shu o't haqida yozgan narsasini o'qib beray men sizlarga.

[35:24] Olti yuz elmish to'rt yilning jumadil oxiri oyining uchinchi kuni, chorshanba kechasida Madinaiy Mudavvarada baland ovoz paydo bo'ldi. So'ngra qattiq zilzila sodir bo'ldi. Yer, devorlar, shiqdlar, ustunlar, eshiklar titradi. Bu zilzila soat soati bilan davom etib turdi. Bu zilzilar chorshanba boshlangan bo'lsa, juma kunigacha davom etdi. So'ngra xorroqda ulkan bir o't paydo bo'ldi. Xorroq, bu Banu Xuraz yashagan tomondagi joy, Madinaga yaqin bo'lgan joy.

[35:55] U o'tni kattaligidan go'yo bizning oldimizda turganda ko'rinib turar edi. O'tning balandligi uch minorachalik balandlikda edi. Sel oqib keladigan yo'llarni to'sib qo'ydi. O't oqib kelishni boshladi. Vulkan bo'ldi bu yerda. Madinada, Madinaga yaqin bo'lgan joyda, janubiy sharqida mana shu vulqon foyda bo'ldi. Oqib kelishidan to'xtamadi. Bir jamoa kishilar uni oldiga yaqinlashdik, uni ko'rishlik maqsadida. Tog'dan o't otilib chiqaradi. Iroq tomonidan keladigan hojilarni yo'lini to'sib qo'shdi. Tunda Madinadan xuddi hojilarning gulxanlari ko'ringandek, uzoqdan ana shu olov ko'rinadigan bo'ldi.

[36:37] O't Madinaga qarab oqib kela boshladi. Bizni ustimizga yaqin kelib to'xtadi. Olov to'xtadi da, sharq tomonga qarab yurdi. Bu o't orasida tog'larni qoldiqlari, toshlar, shunga o'xshagan narsalar oqib kelayotganda shu toshlar ko'rinardi, kuyga ekan toshlar. Vulxonga o'xshab toshlarni yeradi. Bu holda Alloh Taolo Qur'onda aytgan ayni holat bo'lar edi. Innaha tarmi beshararing kal qosir, ka'na hu jima'latun sufr. Darvoqe deydi Alloh Taolo, u jahannam har tomonga, har biri qasrdek, xuddi sariq tuyalarga o'xshagan uchqunlarni otib turur. Xuddi shu narsa bo'ldi bizda deydi.

[37:15] Men bu maktubimni olti yuz ellik to'rtinchi yilning rajab oyida payshanba kuni yozayotganimda, bir oy o'ttiz to'rt tadan, hali olov to'xtamagan edi. Bu vulqon bir oy oqdi. Bir oy oqdi! Bu o'tni yambo ahli ham ko'rdi. O'zlarining qozilarini Madinaga xabar olib kelishlik uchun yuborishdi. U Madinaga kelib, ko'rib holatni, o'zini ahliga borib, bu bo'layotgan ishlarni ta'riflashlikka tilovatiz bo'ldi. Shuningdek, shomda yashagan Ibn Shahana degan kishi ham yozadi. Biz deydi Damashqda turganimizda quyosh tutilishi bo'ldi. Bir oy Madinada oqqan bu vulqonni tutili shunday bir osmonni qopladiki, Siriya Damashq mana bilasizlar.

[38:00] Ana shu Siriyaning ustiga shunday tutun borganligidan quyosh tutilishi, tutilishi bo'lgan. Ortidan oy tutilishi bo'gan. Quyosh tutilib, nurli pasaygan paytda xuddi quyoshga tutun qoplab, kusuv deyiladi mana. Quyosh tutilib qolgan paytda o'tni yorug'i tushganligidan devolda o'tni aksi ko'rinardi deydi. Quyosh to'silib qoldi, lekin u o'tni yorig'i kelib turdi. Bu qanaqa katta o't edi?

[38:29] Olov osmonga baland ko'tarildi. U xuddi qal'aga o'xshar edi. Olov kattalashdi. Odamlar qo'rqib Masjidil Nabaviyga qarab borishdi. Boshlarida kiyimlarini yechib, o'zlarini e'tirof qilishib, gunohkorliklarini Alloh Taologa istig'for aytishdi. Ayollar, yosh bolalar uylaridan chiqib, Alloh Taologa xolis duolar qildilar. Olovning qizil rangi butun osmonni qopladi. Odamlar kunduzi go'yo oy yorug'ida turgandek edilar. Kunduzgi holat oy yorug'da turgandek turar edi. Nimadan? Tutunni ko'pligidan, osmon qoplanganligidan. Odamlar halok bo'lishlariga ishondilar. Shu kecha odamlarning hammasi masjidda qoldi. Kimnisi Qur'on o'qigan, tasbeh, takbir aytgan, rukuh, sajda qilgan, duo qilgan holda tong ottirdilar. Qilingan tavba tazarrurlar sabab, o't ortiga qaytdi, pasaya boshladi.

[39:19] Shu zamonda yashab o'tgan ulug' olimlarimizdan Imomini Avay aytadiki, olti yuz ellik to'rtinchi yil, ya'ni bizni zamonamizda Madinada bir olov paydo bo'ldi. Bu buyuk olov edi, Madinaning janubi sharqida. Menga Madina ahlidan bo'lgan bir kishi xabarini berdi. Sadaqa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Rasululloh sollamdan keyin, mana hijratni olti yuzellik to'rtinichi yilida mana shu Payg'ambarimiz aytgan alom zohir bo'ldi. La taqum sa, hatta taxruju narun bi arda hijaz, tuzi u lahaa naqul i bilibi busroq. Buxoriy rivoyati. Hijoz yerlaridan Busrodagi tuyalarning bo'yinlarini yaratadigan darajada ulkan bir olov chiqmasdan avval qiyomat qoyim bo'lmaydi. Mana bir qancha mayda kichik alomatlarini o'qigan bo'ldik. Qaysinisi bo'lmadi.

[40:11] Radolar bo'ma olamiz. Mana inshaalloh ertaga shu kichik alomatlardan bir qismini o'qiymiz. Ikki yoki uch darsda kichik alomatlarni tugatamiz, keyin katta alomatlarga o'tamiz. Katta alomatlarigina qoldi. Ko'zimizni katta ochaylik. Butun koinotni o'nta to'nta qilib tashlaydigan qiyomatni qachon bo'lishi bizga qiziq bo'lmasin. Chunki uyqu kichik o'lim bo'lsa, insonni haqiqiy o'limi kichik qiyomat deyiladi. Har bitta odamni ruhi og'izdan chiqishligi bilan uchun qiyomat boshlanadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oxir zamonga yaqin bo'lgan vaqtda sodir bo'ladigan ba'zi bir alomatlar haqidagi darsimizda davom etamiz. Mana darsga kirishlikdan burun bitta narsani bir e'tiboringlarga qaratmoqchiman. Ssrni yuz so'mligi bilan ellik so'mligi almashgan bir davr bo'ldi. Yosh kattaroqlarimiz biladi. Shu shunday bir to'polon bo'lgandiki, eski kupyura pullarida yangisiga almashtirmasdan eskisi yo'q bo'lib ketadigan bo'lganda, shunaqa bir, shunaqa bu bir biznes bilan aytganda bardak bo'lgan edi. Shunda bir og'ani bir katta ishxonada ishlar edi, shu ishxonaga bir katta kamaziz ikki chamadon pul olib kelgan ekan. O'sha eski kupyuradagi pul ekan. Bu darsga kirishlikdan buni aytyapmanki, tushunib olinglar nimani o'qiymiz buni bu yoqqa. Ikki chamadonni oldiga qo'yib turib, o'sha buxgalteriyasiga olib kirib, bir chamadonini oling, bir chamadonni pul qilib bering degan ekan.

[41:29] Ya'ni yillar davomida, yemay, ichmay, ehtimol zakotini bermay, ehtimol sadaqa qilmay, o'zidan ham qizg'ani topgan pulini bir kun kelib yo'q bo'lib ketishiga xavf bo'lib qolgan paytda, shart yarmini berib yuborishga tayyor bo'lyapti. Nabichka sanam aytganlaridek, sadaqani afzali, o'zing baxil, sog'lom, kambag'al bo'lib qolishingdan qo'rqib, boylikdan umidvor bo'lib turgan paytda qilgan sadoqating deyildi. Ya'ni yo'q bo'ladigan mahalda odam berib yuborar ekan hammasini ham. Agar shunday bir endi shu odamga birov aytgan bo'lsaki, shu shopirga keyingi oy pul almashadi degan gap bor. Ishonchli bir joydan eshitdik, desa ha dedi da, kuyib qoldi puliga. Endi keyingi safar o'sha odamni gapiga nima qiladi? Quloq soladi, hech gap yo'qmi deydi.

[42:17] Keyingi safar aytdik, keyingi gapni ham to'g'ri chiqdi. Keyingi gapni hamm to'g'richiqdi. Bora bora shu odamni maslahatsiz hech qanday ish qilmay qo'yasiz, shunday emasmi? Endi biz quyida o'qiyotganimiz Nabiy sollallohu alayhi vasallamni oxirgi zamon haqida aytgan alomatlarini deyarli maydalarda hammasi sodir bo'lib bo'lganini ko'rsangiz, endi Payg'ambarimiz aytgan boshqa bashoralarga bo'lgan iymoningiz kuchaymaydimi? Biz bu alomatlarni nima uchun o'qiyapmiz? Ha bo' bo'pti yu. Endi nimaga qizig'i bor buni bilishda, deyishi mumkin. Biz nima uchun o'qiyapmiz? O'qib o'rganaylik va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni aytgan boshqa bashoratlari ham bo'lishligiga qalbimizda zarracha shubha qolmaydi. Demak, bu oxirgi zamon alomatlarini o'rganishlikdan maqsad, Rasululloh sollollohu alayhi vassallamning aytgan bashoratlarini qolganiga ham iymonimiz nima bo'lishligi? Ishonishligimiz, mukammal bo'lishligi. O'zi usiz ham iymon keltiraveramiz, lekin avvalgi darslarda aytib o'tdik, ibrohim alayhissalombek zot, innna ibrohim akani umma dedi alloh. Ibrohim bitta o'zi ummat bo'lgan. Shunday kishi, Parvardigor, ha o'linglarni qanaqa qilib tiriltirasan, bir ko'rsatmaysanmi dedi. Osmonni, marakotni, samovotni ko'rsatgan Ibrohim o'zi Alloh Taolo ko'zidan pardani olib qo'yib turib, boshqa bandalarni ko'ziga berkitilgan Allohni mulki ko'rsatilgan edi.

[43:33] Shu zot qalbim taskin topsin da deyapti. Ishonmaysanmi desa, ishonaman, lekin qalbim taskina topsin deydi. Bu hadislarni, bu oyatlarni o'qiyapmiz, birodarlar, biz haq yo'lida ekanligimizga yana bir qalbimiz taskin topishligi uchun, iymonimiz yana ziyoda bo'lishligi uchun. Nabiy sallallohu alayhi vasallam oxirgi zamonda sodir bo'ladigan ishlari haqida xabar berar ekan. Nofiydan rivoyat qilinadi. U kishi aytadi men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarini eshitganman. U zot aytgandi Arab jazirasiga g'azot qilasizlar va Alloh Taolo sizlarga uni fath qilib beradi. Ya'ni musulmonlar birinchi bo'lib arab jazirasini qo'lga kiritadi. Musulmonlarni qo'lida bo'ladi to'g'riligicha. So'ngra Alloh Taolo sizlaga Forsni hamda Rumni fath qilib beradilar. Birinchi bo'lib fath qilinadigan joy arab jazirasi ekanligini Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdi va bu narsa nima bo'ldi? Sahobalar davrida to'g'ri haligacha musulmonlar qo'liga turib fath bo'ldi. Ya'ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni xursand qiladigan bashoratlarni, kelajakda bo'ladigan tarixiy ishlarni Rasululloh hadislarda aytib beradi. So'ngra Alloh Taolo Rumni fath qiladi. So'ngra Dajjolga hasrat qilasizlar, Alloh Taolo uni ham fath qiladi, ya'ni Dajjol kelgan paytda qo'rqinchli holatlar bo'ladi, lekin qo'rqmanglar deydi Rasululloh. Alal oqibat musulmonlar Dajjolni yeganda marhamat qiladilar.

[44:50] Imom Buxoriyda rivoyat qilingan hadisda mana mashhur hadis, Adiy ibn Xotamut Toyy, bu kishi mana tarixda Xotamtoy deb saxiyligi bilan, saxovati bilan mashhur bo'lgan bir kishi mana podshoh bo'lgan, nasroniy dinida bo'lgan, arab bo'lgan, Toy qabilasidan. Xotin ismli kishi. Shuni o'g'li, Adiy ibn Xotamud Toyi. Nasroniy dinida o'zini qabilasini podshohi bo'lgan. Shu kishi islomga kirib payg'ambar sodiq alayhissalomni oldiga kelgan paytda, rasululloh unga bir qancha hadislarni aytadi, uni hozir o'qiymiz, kelajakda mana shu bashoratlarida.

[45:26] Adibni hotam ato aytadi men rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilarida edim. Bu karima keltirib turgan kuni. Islomga endi kirgan musulmon. Bir kishi keldi da, rasululloh sollollohu alayhi vassalamga kambag'al ekanligidan shikoyat qildi. Ya'ni kambag'alchilik ko'payib ketdi xalqimizda dedi. Orqasidan ikkinchi odam keldi da, yo'ldagi musofirlarga ozor berayotgan qaroqchilar haqida shikoyat qilindi.

[45:51] Shu vaqt rasululloh sollillohu alayhi va sallam ikkala odamni shikoyatini eshitib turib, adiyga qarab aytdiki, ey adiy dedi, xironi ko'rganmisan dedi. Xiro iroqni, ana shu davrda iroqni maydonda joylashgan katta bir shaharlardan bo'lgan. Adiy aytdi, yo'q, ko'rganmasman u, lekin eshitganman ko'p narsani dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilarki, agar alloh senga umr bersa, xirodan bir ayol tuyasini minib, yolg'iz o'zi yo'lda hech kimdan qo'rqmagan holda, faqat allohdan qo'rquv, haj qilgani kelganligini ko'rasan dedi. Shunda adibni hotamut toyi hayron bo'ldi. Xiro qayoqda, Madina qayoqda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qilib kelgan, qaroqchilardan shikoyat qilgan ishiga qarab turib, Payg'ambarimiz mana shu so'zni aytar ekan, Rasululloh mana shu so'zi bilan ikkita bashoratni berdi. Ya'ni Xiro degan, Iroqning bir chekkasidagi katta shahar musulmon bo'ladi, hamda qaroqchilar yo'q bo'lib, tamomiy musulmon o'lkasida tinchlik, xotirjamlik, omonlik hukm suradi. E, Adiy, agar Alloh sizga umr bersa, Xirodan bir ayol tuyani minib, Allohning uyni haj qilgani keladi, yo'lda hech kimdan qo'rqmaydi. Bu bilan tinchlik va islom kengashiga bashorat edi. Shunda Adiy ibn Hatam at-Toyi endi islomga kelgan, kecha nasroniy bo'lgan podshoh, o'zimga o'zim Xiyromi dedi.

[47:16] Ajib dedi. Xiyro bilan Madinani o'rtasida, hamma yoqda urushga, janjalga to'zib tashlagan meni toy qabilam bor ku. Ular qayerda qoladi? Ajoyib dedi. Ishongiz kelmadi. So'ngra Rasululloh davom etdi. E, Adiy, agar Alloh senga umr beradigan bo'lsa, Kisroni boyliklarini egallaysizlar va Allohni yo'lida sarf qilasizlar dedi. Kisro ana shu davrdagi yer yuzidagi eng qudratli ikkita mamlakatni bittasi edi, podshohsi edi. O'sha davrda dunyoni boshqarib turgan, dunyoda idora qilib turgan ikkita kuchli mamlakat edi. Bu paytda Nabiy sohasidan faqat Madinaga hokim edi. Hali Arab jazirasi Payg'ambarimizga bo'ysunmagan edi. Hali Makka fath qilinmagan edi. Payg'ambarizga har tomondan dushmanlar hujum qilib turgan edi musulmonlarga Madinaga qarab. Mana shu paytda Payg'ambarlarimiz kelajakda bo'ladigan buyuk fathlarni aytdi. Adiy ibn Xotamud Toyyi Kisroq, Kisroq, ikki yuz olti ming xurmiza ma'qul dedi. Bu ma'qulmas dedi. Xuddi hozirgi kundagi ba'zi odamlar Payg'ambarimizni kelajakda bo'ladigan basharatlarga ishonqiramay qaragandek, bugun Islomga kelgan Adibni Xotamuttoyi ham ishonqaramagandek, ha deb qo'ydi. Shunaqa bo'lar ekanmi? Ya'ni ishoninglar birodarlar. Mana bir qancha alomatlarni o'qidik, bo' bo'ldi bular.

[48:32] Bo' bo'ldim, mana bu madinadan chiqqan u yerda aytdik. Boylikni ko'p berishingini aytdik, vaboda aytdik, Payg'ambarimiz nimani aytgan bo'lsa vassalom, bularni hammasi bo' bo'ldi. Kattalari qoldi deb aytdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam davom etib aytdiki, agar umring uzoq bo'lsa, bir kishi hovuchi to'ldir oltin bilan chiqqanini ko'rasan. Chiqadi, istaydi sadaqasini yoki zakatini qabul qiladigan odamni topa olmasdan qiynalganligini ko'rasan dedi.

[48:59] Adibni xotamni to'yi aytadi. Rasululloh hadisda davom etdi. Sizlarga xuddi shu dunyoda mana shu narsalarda bo'lishini bashorat berganimdek, Alloh taologa rovara bo'lishilardan ham bashorat beraman. U kunda oralaringizda hech qanday tarjimon bo'lmaydi. Yuqoridagilar dunyodagi bashoratlar bo'lsa, oxiratdagi bo'ladigan bashorat mana shu narsa. Alloh Taolo bir kishiga aytadi deydi. Sizlarga dinni yetkazgan rasulni jo'natamanmi deydi. Banda ha deydi, jo'natgansan deydi. Alloh Taolo, seni moli dunyo bilan fazilatli qilganmidim deydi. Banda ha dedi. Shunda haligi banda deydi Rasululloh. O'ng tomoniga qaraydi, jahannamdan boshqa narsani ko'rmaydi. Chop tomoniga qarangda, jahannam dan boshqa narsa ni ko'rmaydi, o'zinglarda jahannamni o'tidan yarim dona xurmo bilan bo'lsa ham ehtiyot qilib olinglar dedi. Ya'ni Payg'ambarimiz aytgan bashoratlar. Qaranglar.

[49:51] Arab jazirasi fath bo'ladi dedi. Forsni fath qilasizlar, dedi. Tinchlik omonlik bo'ladi dedi, hamda payg'ambarimiz qiyomat kunida alloh taolo oldida hisob kitob turasizlar dedi. Dunyodagi aytgan narsalari Adiyiddin Xatamutoy aytadi. Alloh meni umrimni uzun qildi. Forsni fath qilib, Kisroni hazinalari musulmonlar qo'liga o'tayotgan qo'shinda men ham bor edim, deydi.

[50:16] Alloh Taolo menga deydi, umr berdi va xirodan bir ayol, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam, Muhammad Mustazo sollallohu alayhi vasallam aytgandek, tuyani minib, yolg'iz o'zi haj qilgani, hech kimdan qo'rqmasdan, omonlik bilan kelganligini ko'rdim, deydi. Agar sizlar, Alloh sizlarga umr bersa, dedi atrofdagilarga, to'ldi tillasi bilan chiqib, sadaqa oladigan odamni topa olmagan odamni albatta ko'rasizlar, dedi. Adiyiddin Xotamiddin uchinchi sini ko'rmadi, lekin aytyaptiki, Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Abulqosim sollallohu alayhi vasallam aytgan bashoratni ikkitasini ko'rdim, uchinchisiga umri yetmaydi shekilli. Lekin sizlar aniq ko'rasizlar, dedi. Akalar, bu bo'ldi. Umariddin Abdulaziz davrida ikki yil u to'rt oy xalifa bo'lishiga qaramasdan zakot sadaqa oladigan odam qolmadi. Endi nima siqoldi bu hadisda? Alloh taoloning oldida turasizlar deyapti payg'ambarimiz. O'rtada bitta ham tarjimon bo'lmaydi u kunda birodarlar. Aka uka, tanish bilish, falonchini jiyani, falonchini kuyov bolasi degan gap bo'lmaydi. Yolg'iz turasizlar. O'ng tomoningizda do'zax, chap tomoningizda do'zax, faqat Alloh taolo rahmat qilganlar. Yarim dona xurmo deb berib bo'lsa ham sadoqat qilib olinglar da. Chunki ko'p qaytarib, biz bu hadisda mana shu joyga jon kelgan paytda pulini yarmi masjidga ber, yarmi madrasaga ber degan narsani foydasi bo'lmaydi da.

[51:34] Nabi sallallohu alayhi vasallam boshqa hadislarda kelajakda bo'ladigan muhim siyosiy alomatlar haqida bashoratlar berdi. Aytdilarki, agar Kisro o'lsa, u Kisrodan keyin boshqa Kisro bo'lmaydi. Agar Qaysar halok bo'lsa, undan keyin Qaysar bo'lmaydi deydi. Ya'ni musulmonlar Forsni fath qiladi, Kisro ana shu Fors poshshosining laqabi bo'lsa, shu bilan tugadi. Bu bashorat bu.

[51:58] Vizantiya imperiyasini aytyapti. Agar qaysar qilinsa o'lsa, undan keyin qaysar bo'lmaydi deyapti. Haqiqatdan musulmonlar qo'liga o'tdi, bu shirkka, gunoh mas'uliyatga to'lgan imperiyalar yo'q bo'ldi. Taqlid karimasi bo'ladi ustida. Mana shu Payg'ambarimizni bashoratlari qanday sodir haq bo'lgan bo'lsa, hali sodir bo'lmaganlari ham xuddi shundaygacha haq suratda sodir bo'ladi. Imom Ahmad va undan boshqa bir muhaddis olimlarimiz keltirgan hadis Abdullohi imni amri bilan ostidan rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik, u zot gapirardi, biz yozib turardik. Sahobalar Rasulullohdan so'rashdi.

[52:37] Ayyul madina tayni tufta hu avvalan, al qastan deniya amru miya. Mana bu ikkita shahardan qaysi biri birinchi fath bo'ladi yo Rasululloh? Qastantinoyiyami, Istanbul hozirgi? Yo Rumiyami, Rim. Madina tul xiraqul tuftahu avvalan. Avval xiraqildi shahri, Istanbul, ana shu Qostantinopol deyilgan. Bizga tarixda o'tganda Qostantinopolda o'qitilingan. Birinchi u fath bo'lardi. Keyin Rumiyya shahri dedi. Ishoninglar birodarlar, Payg'ambarimiz bashorat beryaptimi, demak bo'ladi bu narsa. Qachon bo'ladi? Vallohu a'lam. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sodiqil masluq bo'lgan zot. La yanto'qu an ilhava inhu va illa vahiyu yuha. Rasululloh hech qachon havodan olib gapirgan emas. Mag'ar vahiy bo'lgan. Alloh taolo umr bersa, ana shu rumiyaning fath bo'lganligini ko'rilar inshaalloh. Nabiy sollallohu alalayhi vasallam kelajakda bo'ladigan ishlardan aytgan bashoratlaridan la taqumu sa'hatta to'qotili turk. Turklarga qarshi g'azod qilmaguningizcha qiyomat qoyim bo'lmaydi dedi.

[53:44] Ya'ni turk deganda, biz bilgan turklar emas. Arablarda u davrda hozir ham turk deganda mo'g'ul tatarlar nazarda tutilgan. Hali Nabiy sollallohu alayhi vasallam, hali bir besh yuz, olti yuz yildan keyin bo'ladigan mo'g'ul tartarlarni xurujini Payg'ambar sollallohu alalayhi vasallam shu davlatda aytib qo'ygan. Mana bilamiz, bizni yurtlarga ham bostirib kelgan. Buyog'i kiyimlug'igacha bostirib borgan. Dunyoda ular ham o'zlarini tarixini qoldirgan. Yuz ellik yilga yaqin, balki undan uzoqroq muddat butun dunyoda tatatib turgan. Rasululloh aytyapti, ana shu, oyoq kiyimlari jundan bo'lgan qavm bilan urishmaguninglarcha. Bosh hadisda turklarga, ya'ni mo'g'ul tatarlarga qarshi urishmaguninglurcha qiyomat qoyim bo'lmaydi dedi. Necha yil oldin bu?

[54:27] Bir ming to'rt yuz o'ttizinchi yil hijriy yil hozir. Olti yuz ellik, olti yuz yillarda bo'lgan. Necha yil o'tdi? To'qqiz yuz yil, ming yil bo'lib qolibdimi? Birodarlar, Payg'ambarimiz aytgan, mayda alomat deganlari bo'ldi, kattalar qoldi xolos. Imomu Navoiy aytadi, haqiqatdan mana shular, ya'ni mo'g'ul tatarlar bizni ham zamonimizda bo'lgan deb aytadi.

[54:50] Bu alomatlar sodir bo'lib bo'ldimi, demak boshqalari ham bo'lishiga aniq iymon keltiramiz. Ya'ni mana bu oxirat ilmini o'rganishlikda foydalari degan birinchi darsimizda shunday aytilingan edi. Kelajakdan bir xabardor bo'lishlik uchun qaysidir toifa, qaysidir mamlakatni odamlari millionlagan pullar sarflayapti. Bir yildan keyin nima bo'ldi bilish uchun, baxshilarga borayotgan, jinlar bilan muomala qilayotgan, yulduzlarga qarayotgan, xullas ming xil yo'llarni sarflayapti, millionlagan pullarni sarflaypti, kelajakdan bir sekunddan keyin nima bo'shligini aytib bera olmaydi. Berilgan emas bu. Lekin bizda mana shunday kelajak haqida aniq aniq aniq ma'lumotlar aytilgan, ilm turib, qanday bu narsani o'rganmaymiz? Bu shunday kitobki, Qur'on, Payg'ambarimiz shunday kitob ki, o'tmish haqida qanday ro'y rost gapirgan bo'lsa, kelajak haqidan shunday ro'y rast gapiradi. Nabiyin sallallohu alayhi vasallam aytgan bashoratlardan xabar ichlarini chiqishligi. Ya'ni islom tarixida mana bilamiz, sahobalar bilan qarshi urushgan, xabar, ular haqida Payg'ambarimiz nima degan? Imom Buxoriy va Muslim rivoyati. Rasululloh sulton alayhissalom shunday deganlar. Oxir zamonda shunday yoshlar chiqadi. Oxir zamonda shunday bir yoshlar chiqadi. Ya'ni yoshlar gohida o'zlarida ilm bo'lmaganligi uchun, shijoat g'ayrati, jasurligi qo'zib turganligi uchun ilmsizligi tufayli ba'zi bir noto'g'ri ishlarni qilib qo'yadi.

[56:10] Mana shunday holatlarda mana shu yoshlar o'zidan katta yoshdagi ilm ahllariga murojaat qilishlik lozim bo'ladi. Ha, ehtimol, yoshlarni ilm darajasi kattalarga yetib qolgandir, ehtimol. Ehtimol kattalar o'z ustidan to'xtab qolgandir. Ehtimol yoshlar yangi ilm bilan kerak ekandir. Lekin kattalarda, bu yoshlarda yo'q bitta narsa bor. Hayotiy tajribasi bor ularda. Yoshlarda shijoatini deydi ulamolar. Keksalarni tajribasi bilan jilovlaylar deydi. Ana shu xabar ishlarida chiqishligi haqida Payg'ambar sollallohu aytganlar.

[56:43] Xabar ishida chiqqan vaqtda mana sahobalar ham bor edi. Ular ana shu sahobalarning birortasi ularning yonida, ularga qo'shilgan emas. Vaholanki ana shu davrdagi eng yoshi katta kishilar sahobalar bo'lgan edi. Rasulullohni hadisini davom ettirib ketsamiz, oxir zamonda shunday yoshlar chiqadi. Ularning aqllari past bo'ladi, tentak bo'ladi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so'zini hikmat bilan so'zlaydi, ya'ni hadislardan gapirishadi hammasi. Qur'on o'qiydi, lekin o'qigan Qur'oni bo'g'zidan pastga tushmaydi. Ya'ni tatbiq qilmaydi, o'qigan Qur'oniga amal qilmaydi. Ular dedi Rasululloh sollollohu alayhi vassalom, dindan xuddi kamondan o'qi chiqib ketgandek tezlik bilan chiqib ketadi deydi. Hadisni gapiradi, oyatni gapiradi, lekin amal qilmaydi. Bo'g'zidan uyog'iga o'tmaydi. Bular kamon, o'qi qanday chiqib kelsa kamondan, shunday chiqib ketadi. Va ularni uchratsangiz, ularni o'ldiringlar. Chunki ularni o'l. Dirishda Alloh Taolo huzurida o'ldirgan odamga qiyomat kunida ajr beradi dedi. Ya'ni oyatni gapirad, hadisni gapiradi fitnani o'zi ekan bo'ladi. Oyatni gapirayotgan bo'ladi, hadisni gapirayotgandek bo'ladi, ishini oqibatiga qaraydigan bo'lsangiz kufrga ehtimol sabab bo'ladi.

[57:49] Musibat shunda. Hamma oyatdan, hadisdan hujjati bor. Bir fikrga qanoatlarni olgan, bir yo'lni ushlab olganda, endi Qur'on o'qib birorta bir uni bir fikrga to'g'ri keladigan mazmunda oyat kelib qolsa, shart yaxshi o'sha yerda oladi da, mana deydi Qur'onning hujjati bor deb. Hayron qolasan, hammani hujjati bor! Unisi ham kitob sunnatdan, bunisi ham mana shu holatda nima deyilishi kerak? Nima qilish kerak? Kibor ulamolarga, yoshi ulug' bo'lgan, katta yoshdagi olimlarga albatta murojaat qilishlik kerak. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko'rsatmalari.

[58:24] Haqiqatdan mana shu havo orishlarni xuruji bo'ldi. Ularda mana Amirul mo'minning Ali ibn Abiturur roziyalloh ham, u sahobalar bilan katta jang qildi. Mana shu jang Nahravon ma'rakasi deyiladi. So'ngra sahobalar ham, boshqa ma'rakalarda, shuningdek ahli sunna, jamoat e'tiqodidagi kishilar bu havo orishchilari bilan davomiy suratda, asrlar davomida jang qilib kelishdi. Yana Payg'ambarimiz kelajakda bo'ladigan aytgan alomatlardan muvozanat, tenglikni, tartibni buzilishligi.

[58:54] Nabiy sallallohu alayhi vasallam Abu Hurrahmatulloh rivoyat qilinadi, Imom Buxoriyda keltirilgan. Bir kuni odamlarga xutba o'qib turardi. Ayniqsa mana shu zamonimizda yaqqol ko'zga ko'rinib turgan, lekin Payg'ambarimiz avval bashorat qilib qo'ygan alomatlardan. Payg'ambarimiz sallallohu aleyhi vasallam Abu Hurrahmatdan rivoyat gapiryapti da bizga deydi. Chap to'satdan bitta sahroya arab chiqdi da, ey Rasululloh dedi. Matas sa'h. Qiyomat qachon qoyin bo'ladi? Dedi. Rasululloh sallalloh indamadi da, gapini davom etkazyapti. Bu yoqdagi sahobalarni bir birlariga qarab, bittasi aytdi, eshitmadi dedi. Bittasi ayt dedi, eshitdi dedi, achchig'i keldi dedi. Chunki gapini bo'ldi dedi. Ya'ni mana shu savol berishlikda ham, domlalarga yoki biror narsani bilmoqchi bo'lib savol berilsa, odobi bor. Ulamolar aytadi, to'g'ri berilgan savol javobni yarmi deyiladi.

[59:47] Endi savol berishlikni ham o'zini yo'li bor. Xuddi javob berishlikni yo'li bo'lgandaqa. Bu a'robiy, endi sahroi, ko'p ham odob axloqi zo'r emas. Sha gapirib bo'ldi, qachon qiyomat bo'ladi dedi. Rasululloh indamadi da, so'zini tugatgandan keyin haligi kishini chaqirib turib, ayniqsa, so'rov chiqqani dedi. A nega rost bilan ma'daman dedi. Keldi da, u kishiga qarab turib, ida vussid al amru ila g'oyri ahliha fantaziri sa'a.

[1:00:13] Ida zuyi al amanat fantaziri sa'at. Mana, Payg'ambar sallalloh aytdilarki, agar odamlar omonatni zoya qilsa, omonatlar yo'q olsa, qiyomatni kutavoringlar, dedi. Yo Rasululloh, omonat qanday zoya bo'ladi deganda, yuqoridagi hadisda aytdilarda, idha vusita al amru ila g'oyri ahli hayfam tadbiri sa. Agar haqli odamlar qolib, noahl bo'lgan odamlarga bir ishni boshqaruv topshirib qo'yilsa, shu ishni qiyomatini kutaver deydi.

[1:00:48] Har bitta ishni o'zini ustoz qilish kerak degani. Ya'ni omonat degani, o'qituvchi maktabda omonatdor bo'ladi. Bolalarga ta'lim berish, ularni ongini rivojlantirishlik, ilm o'rgatishlik omonat. Agar shu o'qituv chi yelkasidagi omonatni ado qilmasdan xiyonat qilsa, bu bola o'tib ketadi. Ichida zo'r zo'r fahm farosatli, zehnli ehtimol olim alloma bo'ladigan yoshlar bo'ladi. Shu istedodini yuzaga chiqaradigan o'qituvchisi xiyonat qilibsa, bu bola ana shu oddiygicha qolib ketadi.

[1:01:19] Agar tabib o'zini yelkasidagi omonatni ado qilmasdan noto'g'ri tashxis qo'yib, noto'g'ru dori belgilaydigan bo'lsa, bemor o'ladi. Qiyomatda javob beradi. Agar bir korxonani rahbari o'zini rahbarligiga loyiq bo'lmasdan egallab olib, o'zi loyiq bo'lsayam, atrofida ish yuritadigan odamlarni loyiqlarini qo'ymasa, bu ishxona nima bo'ladi? Bankrot oladi. Demak, oxir zamonda alomatlardan bitta shu ekanki, ishlarni boshqarishlik noahil odamlarni qo'liga o'tib ketadi.

[1:01:51] G'arb mamlakatlarini qarasanglar, bir firma yoki bitta kompaniya, bir odamni shaxsiy kompaniyasi bo'lsa, o'n yil xizmat qildi bu odam. Lekin yangi bir ishchi keldi, bundan ko'ra zo'rroq. Hech xijolat bo'lmaydi da. Mana shu ishni sendan ko'ra yaxshiroq qiladigan odam bor ekan deydi, buni javobini beradi, o'rniga qo'yadi. Shu bilan rivojlanib ketdi ular. Qo'ya endi, o'zimizga. Qiziqib qoling.

[1:02:16] Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam, bu ha shunaqa ekan deb eshitib qoladigan narsa emas. Har bittamiz omonatdormiz, nimanidir ustidan. Agar o'qituvchi maktabda bolaga yaxshi ta'lim bermayotgan bo'lsa, alloh taoloni omonat qilib bergan musulmon bandani bolasini haqqini adoqimiyati qiyomatda javob beradi. Ayol kishi o'zini erini mulkida o'tirib, erini ruxsatsiz tasarruf qiladigan bo'lsa, omonatga xiyonat qilyapti. Birodarlar, ko'zni omonati bor, tilni omonati bor, quloqni omonati bor. Shu omonatlarni ado qilsak, ado qiladigan bo'sak birodarlar hayotimiz zo'r bo'ladi. Qiyomat alomatlaridan bittasi, agar ishlar noahli odamlar qo'liga topshirilsa, qiyomatni kutavoringlar deydi. Bu yaqqol ko'zimizga ko'rinib turgan zamonlarda yashayapmiz. Aqlu qavli hada va astag'firullohu alaykum assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
