# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 50 of 510
- Section: —
- Duration: 25 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/50
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/IJUxB-uX63o.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=IJUxB-uX63o
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/49.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/51.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmatir rohiym. Alhamdulillahi robbilen amin. Vala aqibatu lel muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina Muhammad as sodiqul va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.

[0:31] Bismillahir rohmanir rohim. Farzandlar tarbiyasi, bugun o'ttiz beshinchi dars. Ijtimoiy tarbiya, haqlar, qo'shnilar haqqi. Biz mana shu farzandlarning ijtimoiytarbiyasi bobida haqlarni o'qiyapmiz. Haqlardan kimlarni haqqini o'tdik? Ota ona haqqini gaplashdik, qarindoshlarni haqida suhbat qildik. Bugun inshaalloh qo'shnilarning haqlari haqida suhabat qilamiz.

[1:00] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni qo'shni haqida aytgan hadislari. Yaxshi qo'shnichilik deganda faqatgina qo'shniga ozor bermaslikni tushunmaslik kerak. Bu musulmon uchun salbiy holat bo'ladi. Qo'shnimga yomonligim yo'q deb faxrlanmang. Qo'shnumga yomonligim tegmaydi meni deyakkaningiz bu uyat bu. Bu siz uchun salbih holat. Qo'shniga yaxshilik qilishlik degani nima degani? Musibat yetsa tazyiya bildirish, xursandchilik yetsa muborakbod qilish, agar kasal bo'lsa ziyorat qilish, qiynalib qolgan bo'lsa moddiy ma'naviy yordam ko'rsatish, salom berish, nasihat qilish, qo'yingki ikrom ko'rsatishlik tushuniladi. Demak, qo'shniga ozor bermaslikni o'zi o'ylab chiroyli qo'shnichilik deyilmaydi.

[1:49] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, ibn amr roziyallohu anhudan man aqloqa bab bahoduna jarixi mahofatan ala ahlihi va malihiy falay salayh va alikal jaru bi muqmin. Kim ahli va molidan xavotir qilib, eshigini qo'shnisidan qo'rqib yopib olsa, ana shu qo'shni musulmon emas.

[2:16] Qaytaramiz. Kim ahli va malidan xavotir qurib, eshigini qo'shnisidan qo'rqib yopib olsa, ana shu qo'shni musulmon emas. Sizdan qo'shnisi xavotir olib yashaydimi? Mo'minmassiz deyapti payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Meni ko'rgandan keyin hammasini tirqirab kirib ketadi uyga. Yunday mahallaga kelsam, hamma kirib ketadi. Sen mo'minmassan, agar qo'shni sendan xotirjam bo'lmasa.

[2:42] Qo'shning sendan qo'rqayotganliging seni mo'minmasligingga dalil bo'ladi. Mo'min kishi mo'min kishi. Qo'ni qo'shnisi undan xotirjam bo'ladi. Undan xavotir olmaydi. Moliga ham, ahliga ham. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, imom ahmaddan keltirilgan hadis, ana ismni molikdan la yaduxul rojulun al jannata la ya'manu jaruhu bavoyi qahhu. Qo'shnisi uning yomonligidan omonda bo'lmagan kishi jannatga kirmaydi. Qo'shnizga ozor berasizmi, qo'shnizga yomonligi yetadimi? Siz jannatga kirmaysiz.

[3:20] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar. Qo'shnining haqqi nima ekanligini bilasanmi? Mana endi hozir qo'shnining sendagi haqqi nima? Yaxshi qo'shnichilik qiladigan odam nima ish qilishi kerak? Agar sendan yordam so'rasa, yordam berasan. Agar muhtoj bo'lsa, qarz berasan. Muhtoj bo'lsa ko'mak ko'rsatasan, kasal bo'lsa ziyorat qilasan, yaxshilik yetsa muborakbod etasan. Agar musibat yetsa, tazyiya bildirasan, vafot etsa, janozasiga qatnashasan. Uning ruxsatisiz binoyingni baland solib, undan shamolni quyoshni to'sib qo'ymaysan. Agar uyingga meva olib kirsang, unga ham chiqarasan. Agar unga chiqarmasang, ko'rsatmay olib kirasan uyingga. Ko'rsatmay olib kirganingda bolangni qo'liga berib mevani ko'chaga chiqarmaysan. Toki uni bolasi seni bolangni qo'llarida mevani ko'rib turib, qilgan taomingda unga ulashasan. Mana shu hadis birodarlar chiroyli qo'shnichilikni andozasini bizga ko'rsatyapti.

[4:26] Yana e'tiborimizni tortoq degan narsa shuki, qo'shniga yaxshi muomala qilish, qo'shnini izzat ikrom qilish, iymonning talabi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, mutafakkurniy alayhi bo'lgan hadis abu hurayradan man ka na yu'minu billahi va lyovmil ahir fal yukrim jarohu.

[4:49] Og'ir hadis, eshitinglar. Kim allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, qo'shnisini ikrom qilsin. Qo'shnisi bilan gaplashmaydigan odamlarni ham eshitib qolasiz. Ha desa, bir paytlar manaqa qilgan. Oho. Bir paytlar bunday qilgan edi. O'shandan beri gaplashmaydi. Kim yutyapti shundan, bilasizmi? Shayton yutyapti.

[5:15] Paynoda endi gapirmang. Paynoda gapirmang. Ko'chalardagi asbalarimiz titilib ketayotganligini asosiy sababi, nima edi? Paynolarni ko'chaga chiqarib yuborganligimiz, ariqlarni to'sib tashlaganligimiz. To'g'rimi? Hozir ochay desangiz iloji yo'q, u hamma to'sib tashagan. Qo'shningni uyiga otdod yoki shamol yetmay qolishadigan, qoladigan darajada uyda baland solishing ham qo'shniga aziyat berishing deyiladi.

[5:47] Paynoli boy berdik, birodarlar. Biz pokoleniya paynoda boy berdik. Payno yo'q, hamma ko'chaga chiqaryapti. Ko'chaga chi qarib ariqqa solib qo'yganda ham o'lib ketsinlar. Ariq ham yo'q, hoji aka. Ko'chaga qo'yadi, ko'chaga oqizib qo'yadi. Hattoki qo'lini sovunlab yuboradigan haligi tashqaridagi kranini ham suvini ko'chaga chi chi qarib qo'yganki, mag'zava oqadi. Qo'lingni yuvgin kam edi ariqda oqar ekan suvda. To'g'rimi? To'ppa to'g'ri.

[6:15] Qo'shnini haqqi uch turlik bo'ladi. Qo'shnining haqqi uch turli bo'ladi. Bitta qo'shni bor, sizning ustingizda bitta haqqi bor. U kofir qo'shnisi. Qo'shnichilik haqqi bor. Yana bitta qo'shni bor, ikkita haqqi bor sizning ustingizdan. U musulmon qo'shnisi, uni qo'shnichiligi haqqi bor, islom haqqi bor. Ya'ni uchinchi qo'shni bor, uni uchta haqqi bor. Bu qarindosh, musulmon qo'shnisi. Ustingizda qarindoshlik haqqi bor, qo'shnichilik haqqi bor, islom haqqi bor. Payg'ambarimiz aytganlar, al jiyronu salafatun. Jarun lahu haqqul va hu mushrikun. Mushrik bo'lgan holda senda bitta haqqi bor bo'lgan qo'shning. Va jarun lahu ha qqoniy va hu muslim. Sening ustingda ikkita haqqi bor musulmon qo'shing. Va jarun lahuu salafatu huquq muslimun lahuu rahm. Uchta haqqi bor bo'mgan qarindosh musulmon qo'shning.

[7:10] Atrofimizda ko'proq shu ikkinchisi bo'ladi. A? Musulmon, qo'shni. Mujohid aytadi, Abdullohimni Umar roziyallohan hu huzurida edim. Uni xizmatkor yigiti g'ulomi bir qo'yni terisini shilayotgan edi. Ibn Umar unga qarab bir necha marta, ey, qo'yni tezini shilib bo'lganingdan keyin, go'shtni tarqatishni yahudiy qo'shnimizdan boshlagin dedi. Bir necha marta aytdi. Chunki men Rasulullohni shunday deganini eshitganman. Mazalay yusin i jibri lubiljar, hatta zonatu annahu sayyuva risuhu. Payg'ambarimiz nima degan edi? Hazrati Jabroil alayhissalom qo'shniga yaxshilik qilish haqida shu qadar ko'p ta'kidladiki, hatto men qo'shni qo'shnidan meros olarmikin degan hayolga borib qoldim. Shu darajada yaqin bo'lar ekanki, meros olarmikinkin bir ikkinchisidan degan gumonga borib qoldim?

[8:07] Qo'shniga yaxshilik qilish ko'rinishlardan ora churada muhtoj bo'lib tilinadigan mayda narsalar bor. Yigitmidi, tuzmidi, shammidi, yoki vaqtinchaga ishlatib tilinadigan asboblar. Qozonmidi, paqirmidi, ketmonmidi. Shu narsani bermaslikni Alloh Taolo Qur'onda mazamat qildi. Qarang, ketmoningizni so'rab chiqdi, bermadingiz. Bu mayda masala? Yo'q, mayda masala emas ekan. Alloh Taolo Qur'onda aytyaptimi, demak mayda masala emas bu. Hoy, nima qilasan bu yerda, o'tgan safar lomni berdim, o'ziniki qilib oldi.

[8:43] Teshamizni olib chiqib ketdi, yo'q. Qarasam falonchini, ha desa, bu o'zimizniki deydi. U qo'shni omonatdor emas, endi bu baxil. Alladina hum yiroun voyamna un al ma'un. Ular, deydi alloh taolo, riyokorlik qiladigan va ro'zg'or buyumlarini ham kishilardan man qiladigan kimsalardir.

[9:05] Ma'lum. Vaqtinchiga berib turing, olib chiqib beradigan narsa. Endi hozirgi kundagi juda ko'p odamlarda qo'ni qo'shnilarni bir biriga qilayotgan muomalasini shariat talabida deb bo'lmaydi. Ayrim xonadonlarni ko'rasan, qo'shnilarda xursand bo'lasan, xuddi bitta hovlidek. Bittasi uyda bir marosim bo'lsa, hamma hozir buni uyiga ko'chib chiqadi. Bir mehmonzimon kelib qolsa, hamma bir idish tovoqni uyiga chiqadi. Xuddi bitta xonadondek ishlatadi. Agar shunaqa qo'shnilaring bo'lsa, qanday zo'r bo'ladi hayot? Falonchi so'rab chiqadi, biz bir bahona qilib yo'q deb qo'yamiz.

[9:43] Qo'shnini haqqi birodarlar muqaddas. Qaranglarda, bu yosh bolalarga gapirilishi kerak bo'lgan, yosh bolalarga o'rgatishimiz kerak bo'lkan narsa deyapmiz. O'zi bizga tegishli bu. Ya'ni biz o'zimiz agar shunga amal qilsak, bolalarimiz o'z narsasidan o'rganadi. Siz unga gapirmasangiz ham. Agar qo'shnilar orasida ulfatlik, mehr bor bo'lsa, hayot go'zal bo'ladi. Chunki hayot nima? Hayot muomala. Oldi berdi, qarz oldi, qarz berdi, muomala. Mehmon keldi, o'tirgani bir qandaydir kursi yetmay qoldi. Kimdan so'raysiz? Yaqin qo'shningizdan so'raysiz. Uzoq qarindoshingdan ko'ra, kibor oriflardan bo'lgan Abdulloh ibn Muborak. Bu kishini yahudiy qo'shnisi bor edi. Yahudiy uyini sotmoqchi bo'lib, bozorga soldi. Qancha beraylik uyingga deyishdi. Ikki ming dedi. Odamlar seni uyingni narxi ming. Nimaga ikki ming so'rayapsan? Yahudiy aytdi, to'g'ri aytdinglar, uyimni narxi ming, yana mingni oshishini aytdim, chunki Abdullohimni Muborakka qo'shni bo'lishlik haqqini ham sotyapman dedi. Qarang, yahudiy qo'shnisini zo'rligini, qo'shnisina, solih insonligini bilib turib, uyini narxiga barobar naqd qo'shib aytyapti.

[11:07] Chunki qo'shnim yaxshida deyapti. Hovli olma, qo'shni ol. O'tli bil jarra qoblad dari. Yana aytiladiki, Ibn Muborakka yahudiyni gapini aytishganida, yahudiyni chaqirib, mingni berib qo'liga uyini sotmay qo'yaver dedi. Ya'ni meni qadrlarkansanmi? Yashaver dedi da, uyda pulni berib qoib, uyda ham o'ziga qoldirib qo'ydi.

[11:34] Abdulqodir Jazoiriylikdan rivoyat qilinadi. Uni bir kambag'al faqir qo'shnisi bor edi. Mahalla, qo'shnisi. Amir ham mana shu mahallada yashar edi. Shaharda amiri. Qanchaga sotasan deyishuvdi, boyagi faxr qilishuvdi, falonchi pulga dedi. Unga ozroq pulni berishganida jahli chiqib aytdiki, men amirga qo'shni bo'lishlik haqqini bu pulga sotmayman dedi.

[12:01] Amir bundan xabar topib turib, pulni berdi, o'sha so'ragan pulini. Yashaver, bizga qo'shna bo'lib qolaver dedi. Birodalar, yaxshi qo'shni bo'lsak, odamlar qadr qiladi. O'zim qo'shnim yomon bo'lsa chi? Qo'shni yomon bo'lmasa ham, sen yaxshi bo'lsang, shu yomon qo'shni ham biladi da seni yaxshiligingni. Chunki yahudiy bilyapti yu.

[12:24] Birodarlar, qo'ni qo'shnichilik. Boshimizga har xil bir holatlar, har xil hodisalar kelib qolishi bor. Hayotni ayta olmaymiz. Birinchi bo'lib jonimizga oro kiradigan odam, uzoqdagi qarindoshlar bo'lmaydi, yoningizdagi qo'shningiz bo'ladi. Kutilmaganda safar qilishga to'g'ri kelib qoladi. Kutilmagan bir hodisa yuz berib qoladi. Bir yosh bola avariyaga tushib qoldi da, tezlik bilan buni shifoxonaga olib borishligi kerak. Otasi safarda.

[12:55] Shunda qo'shni mana shu bolani xuddi o'zini bolasini qaragandek olib, doktorga olib bordi. Balnitsaga olib bordi. Reytingga olib kirdi, tashxisga olib kirdi. U doktorga olib kirdi da, bu doktorga olib keldi. Orqasidan pulini sarflab, vaqtini sarflab yurdi. Bir kun, ikki kun doktor bilan doktor yurdi. Buni ko'rgan paytingizda, agar qo'shnilar shunaqa holatda bo'lishini bilsangiz, ko'rsangiz, qanaqa xotirjam bo'lasiz? Safarda yurasizmi? Ishlab, tijorat bilan yurasizmi safarda, qo'shningiz yaxshi odamligini bilsangiz, xotirjam bo'lmaysizmi? Shuning uchun birodarlar, zino og'ir katta gunoh. Begona, nomahram ayol bilan mana shu kishi yolg'iz qolib zino qilar ekan, katta gunoh. Ammo qo'shnini ayoli bilan qilinadigan zino ming baravar og'irroq gunoh. Chunki kishi xotirjam bolishligi kerak qo'shnisidan.

[13:48] Chiroyli qo'shnichilikning eshiklari. Agar inson chiroyli qo'shinchilik qilsa, avvalambor o'zi foyda ko'radi bundan. Chunki qo'shnilar o'rtasida mehr, muhabbat, omonlik, xotirjamlik bo'ladi. Mana shunday bir tinchlik olamiga kirib qoladi. Birinchi eshigi. Qo'shnini aziyatlariga sabr qilishlik. Qo'shnining aziyatlarini ko'tarishlik. Mana shu birinchi eshik bo'ladi. Yomon periga sabr qilasiz. Chidaysiz. Odamlar bor, darrov javobini beradi. Hozir aytayotganimizdek, uyni baland solib qo'ysa, paynog'ini to'sib qo'yasiz. Chunki aytyapmiz ku, darrov javobi beriladi. Ammo mo'min qo'shni, mo'min qo'mitida sabr degan sifat bor. Qo'shnisidan aziyat yetsa, sabr qiladi, yutib qo'yadi. Va bu narsaga faqatgina mo'min odam qodir bo'ladi. Chunki qo'shni bilib bilmay jahlingizni chiqarib qo'ygandir. Tushunmasdan, ahli yetmasdan, bexabarligidan sizni xafa qilgandir. Avf qilib qo'yishlik, kechirib qo'yishlig. Yaxshi qo'shnichilikni birinchi eshigi. Ikkinchi eshigi.

[14:56] Qo'shnidan boshqalarning aziyatini daf qilishlik. Qo'shningiz bor, o'zini zaifligi uchunmi, nochorligi uchunimi, birov unga aziyat berayotganda javob qaytara olmayapti. Masalan, bir zo'ravon, zopidan qo'shni bor, ichib kelib olib, eshigini tepyapti. Baqir chaqir qilib, bir so'kyapti baqir chaqirni qilib. Shunda chiqib turib uni to'sib qo'yishlik.

[15:19] Demak ikkinchi eshigi, qo'shnini boshqalarning aziyatidan to'sishlik. Uchinchisi, qo'shniga yaxshilik qilishlik. Qo'lingizdan kelgancha, so'z bilanmi, mol bilanmi, xizmat bilanmi. To'rtinchisi, qo'hnining xatolarini kechirishlik. Endi qo'shni sizni xafa qilgan bo'lsa, bir xatoga yo'l qo'yib, bilmay qilgan bo'lsa, erta qachon kechirishlik kerak. Chunki bu, e, yo'q, sapardagi, gastinitsadagi qo'shningiz emas da. Bir kun, ikki kun turib keyin ketadigan. Bu umringizni oxirigacha siz bilan birga bo'ladigan odam. Avf qilib qo'yishlik kerak bo'ladi. Endi buni aytib qo'yishlar oson. Aytib qo'shishlar oson. Hayotda duch kelganda, mana shunday bir holat. Fe'l an avf qilishlik, kechirishlik, hammani qo'lidan ham kelolmaydi. Chunki insonda tabiatida ozor bergan kishiga darrov javob berish, undan qasos olishga bo'lgan harakat bor narsa. Tabiatda bor bu narsa. G'olib bo'lib turgan paytda avf qilib qo'yish, yomonlik qilganga yaxshilik qilish, sendan aloqasini uzgan odam bilan aloqa qilishlik, bu albatta bir mo'minda axloqi.

[16:37] Ulamolar siddiqlarning martabasi deydi. Hozir men o'qib beradigan narsani. Siddiqlarning tartibi. G'olib bo'lib turganingda avf qilish, senga yomonlik qilganga yaxshilik qilish, sendan bir narsani tortib olgan odamga yana bir narsani ato qilishlik, sendan aloqasini uzgan kishi bilan borib aloqani tiklashliging, johillik qilganga halimlik qilishliging, mana shu amallar, birodarlar, ulamolarni nazdida siddiqlarning martabasi. Bilasizlar, Payg'ambarlardan keyingi eng oliy martaba siddiqlar. Payg'ambarlar, ambiyolar, Alloh tanlab olgan bandalar bo'lsa, endi oddiy insonlarning ichida, oddiy insonlar yetishi mumkin bo'lgan eng oliy martaba bu siddiqlik martabasi.

[17:27] Qo'shniga yaxshilik, ehson qilish kerak, chunki u qo'lni tilni baylab qo'yadigan narsa. Payg'ambarimiz aytadilar, Robbim meni yetti narsaga buyurdi. Maxfiy va oshkora holatda Allohda qo'rqishga, rozilik va g'azabda odil so'zga, faqirlik va boylikda tejamkorlikka, mendan aloqasini uzgan bilan aloqa bog'lashga, menga zulm qilgandan avf qilishga, mendan bir narsani man qilganga bir narsani berishga, sukutim fikr, nutqim shukur, nazarim ibodat bo'lishiga, dedi.

[18:03] Qo'shnini avf qilsangiz xatosi uchun, natija qanday bo'ladi? Vaholanki inson qasos olishni, javob berishni, imtihon olishni xohlaydi. Bu insonni tabiatiga bor narsa. Avf qilib qo'ysangiz nima bo'ladi? Xato qilgan, sizga nisbatan xato qilgan odamni avf qilib qolsangiz, u odam sizga yaqinroq bo'ladi.

[18:26] Alexsan, yaqta uliyeda, oyoq ustunlisan. Ehson, ehson, yaxshilik. Qo'lni kesadi, tilni qirqadi. Ya'ni yaxshilik qilib qo'ysangiz, sizga yomonlik qilishi mumkin bo'lgan odamni qo'l qirqiladi, qila olmay qoladi. Siz haqida yomonlik gapirmoqchi bo'lgan odami tili qirqiladi. Kim avf qilsa, odamlarning qalblari unga moyil bo'ladi. Avvalgi darslarimizda aytib o'tdik. Abdulloh ibn zubayr roziyallohu anhu muoviyatun nobu so'fiyonga xalifaga maktub yuborib, shunday degan edi. Ey Muoviya, seni kishilaring mening yerlarimga kirishibdi. Bas ularni bundan man qil dedi. Xat xalifaga yetib kelganida, Muoviya xatni o'qir ekan, o'g'li Yazid yonida turgan edi. Xatni o'qi dedi, o'g'lini Yazid ham eshitdi. Nima deysan dedi. Yazid jahli chiqib, otasiga: «Abdullohimni, Suberni oldiga qo'shin yuboring» deyman. Bu qo'shinni oldi, uni oldiga unga yetganida, bu qo'shinning oxirisidan chiqmagan bo'lsin dedi. Ya'ni xalifaga shunday bir jur'at jur'at qiladimi? Beadabli qiladimi? Jahli chiqdi. Lekin Muoviya halim, hakim inson edi. Bundan yaxshiroq yutamiz o'g'lim dedi.

[19:44] Kotibni chaqirdi, yoz. Ammobad rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xabarisining o'g'li maktubini o'qidim. U kishini xafa qilgan narsa meni ham xafa qildi. Dunyo va uning ichidagi hamma narsa uning roziligi oldida men uchun hech narsa emas. Ya'ni Abdullohni Zuberni xafa qilib qo'yibmiz, uni ko'nglini ko'tarishlik uchun har qanday ishga tayyormiz. Ana shu yer va undagi hamma narsadan kechdim siz uchun dedi. Bu xat Xalifani xati Ibn Zubeyga yetib kelganida, Ibn Zubey qilgan ishidan xijolat bo'ldi va qaytarib xat yozdi. Ammobad, ey Amirul mo'mining, Alloh Taolo dunyoda turishingizni davomiy qilsin dedi. Moviya o'g'li Yazidni chaqirib, ey bolam, ko'rdingmi? Kim avf qilsa, kechirsa, odamlarning qalblari unga moyil bo'ladi dedi. Abdulloh ibn Zubayr oddiy fuqaro. Muoviyatun Abdusufiyon Xalifa. Lekin mana shunday martabada turgan kishi o'zini so'ziga yarasha javob bermasdan avf qilib qo'ydi, qalbini o'ziga moyil qildi. Agar o'g'li Yazidni fikrini olib, shunga yarasha ish qilganda nima bo'lardi?

[21:01] Urush bo'lardi. Abdulloh ibn Zuber bilan Muoviyatun Avdusufiyon o'rtasida urush bo'lardimi, qon to'kilar edi. Demak, avf qo'yishlik insonlarni qalbini moyil qiladi. Musulmon odam, birodarlar qasos olishga emas. Kechirib qo'yishligiga, avf qilishlikka shoshilishi kerak.

[21:27] Ala adul lukum ala mayyarfaullohu bi hid darajat. Payg'ambarimiz aytdilar, sizlarni bir narsaga dalolat qilaymi? Ana shu narsa sababli Alloh darajalarini ko'taradi. Qolib ala, holat tahlumu alaman jahla alik va ta'fu amman zolomak va to'tiyman haramak va tasilaman qatoak.

[21:50] Senga jahl qilganga halimli qilishing, zulm qilganni avf qilishing, man qilganni odamga bir narsani berishliging, aloqasini uzgan bilan aloqa qilishing dedi. Darsimizni bir hikoya bilan tugatamiz. Shom yillarida Ximstda deyiladi. Bir kishi boshqa bir kishini qatl qilib qo'ydi. Mana endi qasos degan narsa bor. Mana shu ikkala odamni urug'larini o'rtasida qasos o'ti alanga oldi. Agar mana shu qasos degan rosa boshlanib qolsa, afsr deyiladi arab tilida, o'cha olishlik. Bunaqa o'cha olishning urushi yigirma yil, o'ttiz yilga davom etib cho'zilib ketaveradi. Boyagi qatl qilib qo'ygan kishining xonadonidan bo'lgan bir odam Damashqqa keldi.

[22:38] Juma ma'ruzasiga hozir bo'ldi. U zamonimizda bo'lgan narsa. Mana shu zamonimizda bo'sgan narsa. Jumaning mavzusi avf qilishlik edi. Bu ma'ruza boyagi kishiga qattiq ta'sir qildi da, chiqib, shu ma'ruza yozilgan kassetani olib, o'zini shaharga olib ketdi. O'zini qarindoshlariga qo'yib berdi, hamda ulardan qasos olish kerak bo'lgan xonadonga bordi. Sovg'a salomlarni, hadyalarni olib bordi, boyagi ma'ruzani qo'yibberdi. So'ngra orqasidan kechirim so'radi.

[23:12] U xalqqa ham, u oilaga ham, ana shu xonadonga ham bu ma'ruza ta'sir qildi da, uni avf qilishdi. Shunday qilib ikkita urug' srovga kelishdi. Yigirma yil, o'ttiz yil davom etishi mumkin bo'lgan qasos o'ch olishlik jangi birodarlar mana shunday bir o't, avf qilib qo'yishlik bilan nihoyat olibdi. Demak, mushkulani birodarlar qasos imtihon olibmas, avf qilish bilan hal qilishlikka chiroyli misol.

[23:40] Zo'ravonlik birodarlar faqat zo'ravonlikni keltiradi. Zo'ravonilik faqat zo' ravonlikni keltirtiradi. Zo' ravonlik ko'chasini oxiri berk, tupik. Avf qilish bilan musulmonlar o'rtasida isloh bo'ladi. Musulmonlar yuksaladi. Shuning uchun bir birimizdan qasos olishga emas, avf bo'yichlikka xarist bo'lishligimiz kerak bo'ladi. Intiqom olgan odam pasayadi qadri. Ammo avf qilgan odamni qadri yuksaladi. Avf qilishlik natijasi nima? Omonlik, muhabbat, xayriyatni ko'payishi va xotirjamlik. Chunki Alloh Taolo bizga bu narsani Qur'on o'zida ta'lim bergan. Astaydu billa, vala tasstavil hasanatu valas sayyi'a, idfu abillatih hiyahsan, fai'dalladiy baynaka va baynahu adaua tonka annahu valiyun hamim.

[24:38] Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz har qanday yomonlikni eng go'zal so'zlar bilan daf qiling. Shunda, banogoh, siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa, qaynoq, sodiq, do'st kabi bo'lib qolar. Demak, birodarlar, bugun islomda farzand tarbiyasi, ijtimoiy tarbiya, haqlar, qo'shni haqlari haqida dars qilgan bo'ldik. Inshaalloh keyingi juma mana shu mavzuni davom etkazgan bo'lamiz. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh ali va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
