Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmatuhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va na'udhu billahi min shu'ruriyan husina va min sayy'ati amalina, man yahdihillah hufala muddiylalah va man yug'ilil hufala hadiyalah. Mana shuhratulloh ila ila iloh va hda hula shar'i ikkala. Mana shuhrat anna muhammadan abduhu rasuluh ummabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Qirg'iziston musulmonlar ulamolarining majlisini bir e'loni bor. Shuni o'qib eshittirib qo'yamiz.
Dinimizda erkaklar va ayollarni avrati aniq belgilangan. Shariatda hanafiy mazhabada. Ayollar uchun qo'li kaftigacha, oyog'i, oshig'igacha, hamda yuzi soch chiqqan joydan ielargacha ochiq yurishlikka ruxsat berilgan. Biz birodarlar hanafiy mazhabidamiz. Biz mazhabni fatvolarini aytamiz va mazhabdan chiqmaymiz. Bizni mazhabimizda ayol kishining yuzi, ikkita kafti va to'pig'idan pasti avrat hisoblanmaydi, ochiq yurushlikka ruxsati berilgan. Qolgan tana a'zolari ayol kishi uchun avrat bo'lib hisoblanadi.
Avrat hisoblangan a'zolarni yopib yurish islomda hijob yoki tasattur deyiladi. Biroq niqob farz emas. Hozirgi kunda hijobning darajasiga, ya'ni farqiga bormaydiganlar ham ko'p. Shuning uchun hijob asosiy farz. Hijobning, tasatturning aniq bir shakli, sifati yo'q bo'lgani uchun, ulamolar har bir odam o'zi yashagan yurtning urf odatiga mos keladigan holda kiyinishi to'g'ri bo'ladi deb hisoblagan. Endi soqol qo'yish esa islom dinida sunnat amallaridandir. Uni ozoda va toza qilib yurish odoblardan hisoblanadi. Islomda kiyinish madaniyati va soqol qo'yish odoblarini tushuntirish va yoritish yo'llari bilan yetish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, deyiladi ulamolarning e'lonida.
Yurtimizni birodarlar dinimizga juda bir katta kengchilik berilgan. Masjidlar serob, obod, madrasalar serob, obod. Ilm o'rganaman degan odamga hamma sharoitlar muhayyo. La in shakartum la azaydannakum deydi Alloh Taolo. Mana shu ne'matlarni shukurini ado qilsanglar ko'paytirib beraman degan.
Biz Hanafiy mazhabadamiz. Dinga amal qilishlikdagi dasturimiz mana shu mazhabimizning fatvolari. Birodarlar, biz oyat, hadis, hukm bilan emas, mazhabimizda aytilgan fatvolar bilan yurishimiz kerak. Oyat hadisdan hukm chiqarib, oyat hadisga to'g'ri amal qilib ketishdik, mushtohidlarni darajasi.
Siz bilan bizga o'xshagan avom xalq, mazhabning fatvolari bilan yashaymiz. Nodoniki biz Hanafiy mazhabida ekanmizmi? Mazhabdagi narsani aytamiz. Imom Ushofi aytgandek, bir yurtda ma'lum bir muayyan bir mazhab hukm surib turgan bo'lsa, bu yurtga boshqa mazhabning fatvosini olib kelishlik to'g'ri bo'lmaydi, xato bo'ladi degan.
Bu yurtda yashagan musulmonlar ming yildan beri hanafiy mazhabi bilan kelyaptimi? Hanafiy mazzhabi bo'yicha yashashimiz kerak. Biz boshqa mazzablarni hurmat qilamiz, ularni ham to'g'ri deymiz, lekin bizni o'zimizni mazzabimiz bor. Endi bizni mazhabimizda ayol kishini yuzi avrab emas deb aytilgan. Ma'lumiki, hanafiy mazhabini ushlab kelibdimi bu yurtdagi musulmonlar uzoq asrlardan beri? Ibodatda, muomalada, mazhabimizni ko'rsatmalardan tashqariga chiqmasligimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.
Agar shunday qilsak, musulmonlar mazhab bilan yuradigan bo'lsa, o'rtada ixtilof, bo'linish, fitnalar bo'lmaydi. Endi mana shu o'rta osiyoda ming yillardan beri yashab kelgan, minglagan ulamolar hanafiy mazhabi bilan yashashdi. Xotirjam bo'linglar, birodarlar. Mazhabda bir fatvo aytildimi? Bir masalani javobi berildimi? Xotirjam boling, hujjat dalili bor.
Hanafiy mazzhabini har bitta aytayotgan fatvosini hujjat dalili ham bor. Hali hujjat so'raydiganlarga da. Bular havodan olib gapirishmagan. Hijobni birodarlar farz ekanligida hech kim ixtilof qilmaydi. Ayol kishi badanini yopib yurishligi kerak. Bizni mazhabimizda ayollarni yuzini niqob bilan to'sishlik farz ham emas, vojib ham emas. Mustahaddiy duolomolar.
Ayrim holatlarda agar ayol kishi haddan tashqari go'zal, haddan tashqarichiroyli bo'lib, nomahram erkaklarni ko'zi tushib, fitna bo'ladigan, boshi aylanib qoladigan darajada go'zal bo'ladigan bo'lsa, shunaqa ayollarni niqob bilan to'sishligi lozim bo'ladi. Lekin umumiy suratda ayol kishini yuzi bizni mazhabda avratmas deyilgan.
Kiyimni rangiga keladigan bo'lsak, birodarlar, albatta bu ayollarni hijobi qora rangda bo'lishi shart emas. Hijob deganda aniq rangi, aniq bir nimasi yo'q, shabloni. Keng bo'lsin, uzun bo'lsin, badanini, ya'ni qomatini ko'rsatmasin, shaffof bo'lmasin, ko'z tortmasin. Odamlarni nazarini o'ziga tortmasin. Shu hijob. Albatta qora bo'lishi sharti emas, birodarlar uni.
Xulosa. Mazhabimizni ko'rsatmalariga amal qilishlik siz bilan bizga lozim va lobot bo'ladi. Bir mazhabda ushlash, bir mazhabda mahkam turishlik musulmonlarni oralaridagi ixtilofni, bo'linishlikni oldini oladi. Fitna va kelishmovchiliklarga barham beradi. Alloh azza va jalla mana ota bobolarimiz ushlab kelgan xanafiy mazhabini mahkam ushlab, uni fatvolardan tashqariga chiqmasdan birdan bo'lib, fitna kelishmovchilarni oldini olib, xotirjam yashashlikka tavfiq bergan bo'lsin. Aqulu qovli ha da, va astag'firulloh li va lakum. Innallohi va malakati hu yusalluni ala nabi. Ya yu halladina amal u sollu alayhi va sallamu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.