Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdaliillahi nahmad huvonas ta'inuhu onasidan of yuru. Va na'udhu billahi min shu'ruri yonfusina. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mubillala. Va man yug'ililgu falah hadiyalar. Va nashxadvalloh ilohi illallohu vahdahlal shalikala. Va nashxadi anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma ba'da assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim.
Eng yaxshi hamsuhbat kitobdir. Eng yaxshi ham suhbat kitobdir. Kitob o'qishga odatlanish bilan, aqlni mutolaa bilan o'stirish bilan, keng dunyoqarashga ega bo'lish bilan inson baxtli, saodatli bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nozil bo'lgan birinchi oyatni eslaylik. Birinchi oyatning birinchi kalimasini eslaylik. Alloh azza va jalla Payg'ambarimizga Jabrulloh alayhi salom yuborgan paytda kelib, birinchi aytgan gapi nima edi? Astadibilla, iqro. Iqro, bismillah, bekalladiy, halok. O'qing. Uch marta takrorladi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga. Jabrulloh alayhi salom, o'qing.
Bu kalima eng birinchi tushgan kalima. Bu kalima eng birinchi tushgan buyruq. Shu holatni birgina o'zi o'qishlik qanchalar muhim amal ekanligi siz bilan bizga ma'lum bo'ladi. Robbimiz subhanahu va taolo siz bilan bizga Qur'onda juda ko'p buyruqlarni buyurdi. Namoz o'qi, ro'za tut, zakot ber, haj qil, amru ma'ruf, nahi munkar, berulvolidan sadaqa, ammo ana shu buyruqlardan hammasidan avval o'qi dedi.
Islomda beshta ustun bor. Qirqta farz bor. Shundan bittasi talabi ilm. Ilm o'rganishlik. Ilm o'ganishlik o'qishlik bilan bo'ladi. Johis ismli olim g'amqayg'udan uzoq bo'lish uchun kitob o'qishni tavsiya qilib shunday degan edi. Kitob muxlis suhbatdosh, sodiq va haqiqiy do'st. U sendan zerikmaydi. Moli davlatingni unga qizig'i yo'q. Ichingdagi sirlaringni bilib olishga urinmaydi. Senga makir, hiyla, nayrang qilmaydi. Munofiqalarga o'xshab oldamaydi, yolg'on gapirmaydi. Kitob haqiqiy do'stdir.
Kitobga qaraganing sari undan foyda olasan, zavqlanasan, xursand bo'lasan. Aqling shakllanadi. Ruhing ko'tarinki bo'ladi, qalbing obod bo'ladi. U senga xalq hurmatini ato qiladi. Sen birodar, bir narsani o'rganib olishing uchun ko'p mehnat qilishing kerak. Masalan, bir ilm o'rganmoqchi bo'lsang, shu ilm egasini eshing tagida turishing kerak. Turli tabiatli insonlar bilan muomala qilishing kerak, o'zingga yoqqan, yoqmagan odam bilan aralashib yurishing kerak va hokazolar. Ana shulardagi bor narsani olishing uchun ularga aralashish kerak. Sen aralashib yurgan odamlardan bir narsani o'rganmoqchisan, ularni ba'zi narsasi senga yoqadi, ba'zi narsa yoqmaydi. Ammo kitob o'qisang, mana shularni bittasiga duch kelmaysan.
Mashaqqatga kirmaysan, birodar eshigini oldida turmaysan mustor bo'lib, o'zingga yoqmagan insonlarga aralashib yurmaysan, axloqi buzuq odamlarni orasida bo'lmaysan, dunyo opalasilari bilan ham tovba bo'lmayson. Kitob yordamida birodar odamlarda tillaridan o'rganishing mumkin bo'lgandan ko'ra, minchani ko'proq narsani kitobdan o'rganasan. Kitob senga har doim, har joyda faqat qoida olib keladi, yaxshilik olib keladi. Kitob hech qachon charchamaydi, dam olmaydi. Kitob uyqusizlikdan charchab malollanmaydi. Kitobni akkumulyator o'tirib qolmaydi.
Kerak bo'lganida yordamga keladigan muallim bo'ladi. Agar kitobni tashlab qo'ysang ham, u sendan xafa bo'lmaydi. Sendan xafa bo', berayotgan foydasini to'xtatib qo'ymaydi. Senga itoat qilishdan to'xtab qolmaydi. Ishlaring yurishmay qolsa, seni tashlab ketmaydi. Dushmanlar tomonga og'ib ketmaydi. Birodar, yuksalmoqchi bo'ladigan bo'lsang, ma'rifatli inson bo'lishni qasd qilgan bo'lsang, mashaqqatli ishga kirishayotgan bo'lsang. Ishonchli yordamchi bu kitob.
Kitob sen bilan birga ekan, sen hech qachon yolg'iz bo'lmaysan. O'zingni chorasiz bilmaysan. Hech bo'lmasa kitob o'qarkansan, eshik tagiga chiqib olib, bekorchilikdan odamlarda tomosha qilib, gunohkor bo'lishdan tiyilasan. Yoshi kattayib qolganda, kitob o'qishga o'rgangan odam mazza qiladi. Ya'ni pensiyaga chiqdi. Unaqa ishi yo'q qiladigan, namozini o'qiydi. Agar shu yoshi katta odam kitob o'qishlikka odatlangan bo'lsa, u mazza qiladi u odam.
Albatta, kitobda sen uchun katta foydalar bor. Kitob o'qiydigan insonlargina haqiqiy xur insonlar bo'ladi. Kitob o'quyadigan insonlargino haqiqiy xu insonlar bo'lad. Chunki kitob johillik bilan xurofotni ketkazadi. Mana shu johillik bilan xurofot insonni hurriyatining ashaddiy dushmani bo'ladi. Johillik va xurofot. Kitob bilan bu narsalar yo'qoladi.
Kitobga qaytmagunimizcha ummat, millat sifatida o'smaymiz. Mamlakatlarimiz qashshoq, qoloq, oxirgi borgonda qolib ketaveradi. Kitob o'qish kerak, birodarlar. Kitob haqida aytilgan hikmatli so'zlar. Abu Ubaydu aytadi. Muhallabning o'zini bolalarga qilgan vasiyatida shunday degan joyi bor. Ey bolalarim, bozorga qog'ozdan boshqa narsa uchun bormanglar. Bozorga kitobdan boshqa nasa uchun bormaylar.
Hasan l'ului aytadi yotganimda ham, turganimda ham kitob qirq yil mening hamrohim bo'ldi. Insof qilaylik. Avtobusda samolyotda, aeroportda, vokzalda bir odam o'tirib, kitob o'qiyotganini ko'rganinglarda, havas qilasizlarmi? Hm? Qachon ko'rdinglar oxirgi marta? Mana shu bizda o'sha ostanovkada, vokzal o'tirib kitob o'qiganini bir oy.
Rossiyaga borsanglar ko'rasizlar. Metroda, avtobusda, tramvayda poyezdda ketayotganlar kitob o'qidi. Va men statistikani ham aytib beraman kitob o'qishlik bo'yicha. Bizning xalqlar qayerda, u xalqlar qayda. Kitoblarning eng ulug'i va eng sharaflisi, shubhasiz, Qur'oni Karimdir. Bu Qur'on sizga uning yordamida kofirlarni Allohning azobidan ogohlantirishingiz uchun nozil qilingan kitobdir. Bas, ko'nglingizda u sababli tanglik, shubhalanish bo'lmasin va u mo'minlar uchun bir eslatmadir.
Mana endi kitob o'qishlikni foydalari. Vasvasa va g'am anduqdan saqlanasan, birodar, kitob o'qising. Kitob senga nisbatan adolatsizlik, nohaqlik qilmaydi. Bekorchi va maqsadsiz odamlardan uzoq bo'lasan. Tiling chechan, so'zing ravon bo'ladi. Tilingni burab gapirishga, so'zingga zeb ziynat berishga hojat qolmaydi. Hozirgi kundachi, birodar, ko'pchilik o'zini fikrini bayon qilishda ham qiynaladi.
Savol beradi, tushunmaysiz savolini. Ikkinchi marta qaytaradi, uchinchi marta qaytiradi. Ichidagi fikrini yetkaza olmayapti, so'zi bilan. Nima uchun? Kitob o'qimay qo'ygan. Eshitib turib, ha, manaqa demoqchimisiz? Ha, shunaqa demoqchiman deydi. Fikrini bayonqilish ham muammo bo'lib qoldi hozirgi, hozirgi yoshlarga. Aqling teranlashadi. Zehning kuchayadi.
Fikrini bir narsani ustida jamlab turish. Hozir judayam nodir, nodir bo'lib ketdi shu sifat. Biz maktabda o'qigan paytimizda o'qituvchilar aytardi, zehni zo'r odam yetti minut. Bitta narsani ustida fikrini ushlab tura oladi, keyin sochilib ketadi deyishar edi. Hozir yetti sekundmi deyman da. Bitta gapirasan, tushundingizmi? Ha deydi. Xatarbeknostda turaveradi.
Biz mana shu, biz o'sha. Xotiring mustahkamlanadi, bilimga boy bo'lasan, kitobiy dalillar bilan so'zlay boshlaysan. Agar sen kitob o'qib turib, muxtasarda manaqa degan ekan, kifoyada manaqa deyilgan ekan, hidoyda manaqa deganekan desang kitobdan gapirsang, hamma gapingni oladi, chunki u kitobni gapini gapiryapsan da. Insonlarning hayotiy tajribalarini o'zlashtirib olasan.
Genial aql egalari yillar davomida yozgan kitobidagi haqiqatlarni besh yoki o'n soatda o'qib olib olasan. Kuchli aql, genial aql egalari o'tirib o'n yilda, yigirma yilda bir kitob yozadi. Tajribalarni narxini ichiga kirgizadi. Sen besh soat, o'n soat o'qiysan, shu tajribaga ega olasan. Endi sen aqlli bo'lmay, kim aqlli bo'lsin? Ulug'larning hikmatlarini, ulamolarning kashfiyotlarini qo'lga kiritasan. Ilmiy malakang oshadi. Tasavvuring, onging keng bo'ladi. Islomiy kitoblarni o'qish bilan iymoniy nuring ortadi. Zero kitob eng zo'r nasihatchi, yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytaruvchi nasihatgo'ydir.
Kitob o'qirkansan, yuraging siqilishdan, fikring tarqaloligidan, bekorchilikdan omonda bo'lasan. O'zingdagi yaxshi sifatlarni rivojlantirasan. Va empatiya degan narsa rivojlanadi senda. Nima u empatiya? Empatiya degani, odamlarni his tuyg'ularini anglash.
Ya'ni xijolat olganligini bilib turasiz. Chunki kitob o'qisangiz, yigirmata personaj bo'lsa bir romanda, har bittasini ichki kechinmalarini yozuvchi yozib o'tadi. Bitta kitob o'qisa yigit, yigirmata odamni rolig'ida o'ynaysiz. Chunki har bittasini ichki dunyosini o'qiyotgan paytingizda otabek bo'lib ko'rasiz, xomib bo'lib ko'irasiz, kumush ham bo'lib ko'urasiz.
Boyagi shaytanatni o'qing. Asadbek ham bo'lib ko'tarasiz, xongirey ham bo'lib ko'llarasiz. Har bittasini, har bittasini kallasiga ichiga kirib chiqasiz. Tushunyapsizmi nima degani bu? Kinosini ko'rganingizda devor bor, o'shanga o'tirasiz. Mana shunday qilib o'tirasiz, bo'ldi. Ichki kechinmalarni bera olmaydi. Yigitlar, pastlik kredit aytaman. Eng zo'r kinoteatr nechchida hozir?
Eng zo'r kinoxona seni aqling. Sen har bitta geroyni, har bitta personajni ichida bo'lasan. Xongireydaqa fikr qilasan. Chuvrindadaqa fikr qilsan. Kessay palvadaqa fikr qulasan. Bitta har bitta, e, tushunyapsizlarmi qanaqa tajriba degani? Har bitta odamni holatiga kelib chiqasan. Ey ukalar, sizlar kitob o'qimagansizlar, bilmaysizlar ko'pchiliginglar. Endi umuman kitob o'qimayotganlar, men achinaman sizlarga.
Kimni uyida yuzta kitobi bor, qo'l ko'tarib qo'ysin? Diniy, dunyoviy baribir. Tushuninglar. Ikki yuzta. Bo'ladi, bir foiz. Har bitta kitobdagi personajni terisiga kirib chiqasiz. Ichidagi fikrlaringizni fikringiz bo'ladi. Empatiya, demak, ro'parasida turgan odam nima holatga tushganligini his qilasiz. Bu degani uni qalbiga qo'lingizda kalit bo'ladi degani.
Shunaqa zo'rmi kitob o'qish, ey domla? Birodarlar, tentaklik va ahmoqlikdan tuzatadigan dori topilgan. Bu kitob. O'qish. Zamonaning muallimi, zamonaning mana shu zamonamizni bir muallimasi shu zamon o'quvchi bolasiga kitobni ushlab olib ko'rsa, bolam, bu kitob. Bu bilan odamlar miyalariga yangi programmalarni kirgizib oladi deyapti.
Endi tushundinglarmi kitob nimaligini? Telefonlarga ko'chirasizlar prilojeniyalarni. O'qituvchini gapini qarang. Bolam bu kitob. Bu bilan odamlar o'zining miyalariga yangi programmalarni kirgizib oladi deyapti. O'shani saviyasiga tushyapti da. Birodarlar, uyimizda oshxona bo'lishi zarur, yotoqxona bo'lish zarur, stolsul bo'lish zarur. Mebel bo'lish zarur edi. Shularning zarurligidaqa, kitoblarda turishdagi ham zarur degan fikrga kelgan kunimiz ummat sifatida, millat sifatida, ilgari yuramiz.
Biz uyimizda shkaf bo'lishi, kuxnya bo'lishi, sanuzel bo'lishligi, divan kalavot kreslalar bo'lishi, qanchalar zarur deb bilsak, uyimizda kutubxona bo'lish unchalik zarur deganimizdan keyin, ummatlarning peshqadami bo'lishi haqida gap gapirsak bo'ladi. Ba'zida o'zimizcha ummatda ham buni qilib, balandparvoz so'zlarni gapirib, og'zimizni ko'pirtiramiz.
Ummat orqada qolib ketdi, ummatni yuksaltirishlik kerak. O'zimizdan so'raylik da. Nechta kitob o'qidik o'tgan yildan beri? Shuning uchun ummat haqida, unaqa katta bir miqyosda fikr qilishdan avval, kitob o'qi, birodar. Mana birodarlar, kitobni ko'p o'qiydigan mamlakatlarning statistikasi. Ikki ming yigirmanchi yilgi statistika. Kitobni eng ko'p o'qiydigan davlatlar. O'n tasini aytib bersam bo'ladi a? O'ninchi o'rinda Kanada. To'qqizinchi o'rinda Meksika. Sakkizinchi o'rindda Braziliya. Yettinchi o'rinda Argentina. Hali bironta musulmon mamlakatni aytmadik a atini. Oltinchi o'rinda AQSH. Beshinchi o'rinda Buyuk Britaniya. To'rtinchi o'rinda Italiya, uchinchi o'rinda Ispaniya, ikkinchi o'rinda Rossiya, birinchi o'rinda qaysi mamlakatni iqtisodi kundan kunga rivojlanib kuchayib ketyapti? Birinchi o'rinda Xitoy. Birinchi o'rinida Xitoy.
Birovga kitob hadya qilsangiz, ja xursand bo'lib ketmaydi. Bilasizmi, undan ko'ra telefon, soat, do'ppi, tasvir podarka qilsangiz, u realniyroqda. Kitob unaqaga o'xshamaydi da, to'g'rimi? Ey birodarlar, kitob o'qimay qo'ydik, shu holatga tushib qoldik. Bizni ummat. Dunyo xalqlariga ustoz bo'lgan paytda kitoblarni son sanasiz o'qir edi va son sanasiz kitob yozar edi. Bu g'arb o'sib ketganiga uch yuz yil o'ldi, to'rt yuz yil o'tdi. Nima bilan o'sib ketdi? Bilasizlarmi, ukalar? Bizni yurtlarimizni mustamlaka qilib olib ketgan kitoblarni o'zlarida ishlatganligi bilan o'tib ketdi. Ibn sinoning kitobi meditsinani osnovasi bo'ladi. Yana qancha ulug'larimizni hayotini gapirdik, yozgan kitoblarimiz shunga qarab ketdi. Bag'doddagi kutubxonani kuydirib yo'q qilishmaganida, o'sha mo'g'ullar, boshqalari, hozir oyga telefonatsiya qilayotgan bo'lardigan odamlarni deydi. Shunaqa katta ilmni yo'q qilib tashlashgan. Kitobdagi shu ilmlar.
Britaniyalik o'rtacha bir inson, o'rtacha bir inon, yiliga yetti yuz bet kitob o'qir ekan. Yetti yuz bet. Bu o'rtacha olgani. Ko'p o'qiydigani bor, o'qimaydigani bor, o'rtacha narsani olganda bitta britaniyalik kishi yiliga yetti yuz bett narsa o'qir ekan. Endi unga taqqoslab turib, musulmon mamlakatlaridan misr olingan. Misrni o'rtacha bir odami bir yilda qancha varaq narsa o'qiydi desa, o'rtacha. Ikki yarim varaq ekan. Ikki yarim varoq.
O'sha Misrdagi ikki yarim varaq o'qiyotgan odam bizni birodarimiz, bizni musulmon birodarimiz. Siz o'zingiz uyga kelib telefon o'ynasangiz, bolangiz kitob o'qiydimi? Siz o'zingiz kitob o'qing, o'zingiz o'rgating. Birodarlar, kitob o'qishga qiziqish juda oson yo'llari bor. Bir so'mdan belgilab qo'ying bu yerga. Ikki so'm, topishingizga qarab, bir dollardir, ikki dollardir.
Besh so'mdan beraman bir varag'iga deng. Sizni foydangiz bu. Sizni foydagiz. Mana endi kitob o'qishlik haqida dunyo mutafakkirlarining aytgan so'zlari. Kitob o'qiydiganlar televizor ko'radiganlarni doim boshqaradi. Bu telefon yo'q paytida. Endi hozir kitob o'qiganlar televizor yo'qolganlarni ham, telefon o'ynaganlarni ham boshqaradi . Qancha ko'p o'qisang, shuncha kamroq taqlid qilasan.
Nima uchun taqlid qiladi? O'zini fikri yo'q. O'zini tasavvuri yo'q. O'shani tushunchasi yo'q, o'zini vkusi yo'q. Vkusni o'zbekchasi qanaqa bo'ladi? Ta'mi, e, ovqatni ta'mi emas, bu vkus ma'no, kiyim kechak. Ta'mi deb qo'yadi. Ko'ryapsizlarmi fikrlashinglar qaysi darajada? Bu eslilar, haligi srazu tarjima qilib qo'ygan eslilardan chiqyapti. Vkus desam, ta'mi deyapti.
Did. Nimaga taqlid qilasan? Chunki o'zingni diding yo'q, o'zingni fikring yo'q, o'shani qarashing yo'q. U kiygan kiyiming namozingga yaramaydi. Odamlar ikkiga bo'linadi. Kitob o'qiydiganlar va kitob o'qiganlarga quloq soladiganlar. Ikkinchisi bo'lib qolsang ham katta gap o'zi. Kitob o'qiydiganning gapiga quloq soladigani bo'lib qolsak ham, normalniy holat mana shu ham.
Jismoniy mashg'ulotlar tana uchun qanday muhim bo'lsa, kitob o'qish aql uchun shunchalar muhimdir. Jismoniy mashq tana uchun, qanchalar muhim bo'lmasa, kitob o'quv, aql uchunchalar muhimdir, jismoniy mash' qilmaydigan odamni, yeyish ichishiga parvo qilmaydigan, tanasi qanaqa ahvolga kelib qolishligini bir kilometr yugursangiz srazu bilib olasiz. Bir kilometr yuz tursangiz darrov bilib olasiz. Endi aqliy quvvatini sinash uchun qanaqa sinov o'tkazish kerak ekan a?
Aqlli bo'lishlik uchun o'nta kitob o'qisang kifoya qiladi, birodar. Faqat o'sha o'nta kitbni topgichi mingta kitob o'qish kerak. Aqlli bo'lishingiz uchun o'n ta kitob o'qsang kifoya qildi. Faqat shu o'nta kitobi topish uchun mingta kitobni o'qish keraksiz. Bilasizmi kitob o'qigan odam bilan gaplashsangiz mazza topasiz.
Gaplari o'rnida, ko'p gapirmaydi, ko'p kulmaydi. Terilgan da marvariddagi gaplari. Kitoblar zamon to'lqinlari uzra sayohat qilib, avvalgi ummatlarning qimmatli tajribasini ko'tarib yurgan kemalardir. Ming yillardan beri yozilib kelayotgan kitoblar bor. Ming yillik tajriba turibdi. Kitob o'qiysan, shu tajribaga ega bo'lasan.
Esingdan chiqmasin. Seni kimligingni sen nimani o'qiyotganing belgilaydi. Esingdan chi qmasin. Seni kimligingni sen nimani o'qiyotganing belgilaydi. Endi hech narsani o'qimay ekanman senchi. Boshqalarning aqlli fikrlarini o'qir ekansan, o'zingni ham aqlli fikrlaring uyg'onadi.
Demak, kitob o'qishlikda bir xatar bor. Aqlli bo'lib qolishlik xavfi bor. Aqlingni ishlab ketishlik xavfi ham bor. Qarang, boshqalarning a qlli fikrlarini olib qolganingda o'zingni ham, aqlli fikr laring uyg'onad. Shuning uchun kitob o'qima, birodar. E'tiqod qil o'zingni. Kallang ishlab ketmasin. Sen reklama ko'r, sen klip ko'r, sen tiktok ko'r. Chunki bu narsalar seni aqlingni qulublaydi, seni zombi qiladi, fikrlashdan to'sadi. Shuning uchun o'qima kitob. Qo'qqis aqlingni ishlab ketib qolsami?
Kitobi bo'lmagan hovli o'lik hovli. Birodarlar, tentaklik va ahmoqlikka qarshi dori o'ylab topilgan. Bu kitob o'qish. Pichoqni o'tkir bo'lishi uchun qayroq tosh qanchalar muhim bo'lsa, aqlni o'tkirbo'lishi uchungi kitob shunchalar muhim. Pichoqni o'tkur bo'lishi uchu qayroq tosht qanchalar muhimbo'lsa, aqiqni o'tkurbo'lishi uchu kitob shunchalar muxim. Kitob o'qimagan aql charxlanmagan pichoqqa o'xshaydi. Endi charxlanmagan bichoq, o'tmas pichoq deyilsa, kitob o'qimaganga aql kitob o'qimagan aql, charxlanmagan, yangi pichoq.
Ko'pchiligimizni aqllari yangi pichoqqa o'xshaydi. Charxlamay o'tib ketmasin bu pichoqlar, birodarlar. Kitob o'qiylik. Ishdan charchab kelasan, haqqing bor. Dam olish kerak. Nima qilasan? Telefonni olasan, televizorda yoqasan. Planshetni yoki notebookni qo'lingga olasan, ketdik. Ikki soat, uch soat, besh soat, ko'zing yumilib ketguncha haliginga moddali o'tirasan. Dam oldingmi?
To'g'risini ayt. Dam oldingmi? Charchading. Xotirang zaiflashdi, asabing taranglashdi, ko'zing xiralashdi va hokazo. Shuni o'rniga kitob olgin da qo'lingga. O'qib ko'rgin da. Eng yaxshi kinoteatr kitob va seni miyang. So'z boyliging ko'payadi, muomalani o'rganasan, o'zingga ishonching ko'payadi, stressin yechiladi, xotira fikrlashing kuchayadi, yoshartiradi, aqlni rivojlantiradi, uyquni yaxshilaydi, fikrni jamlaydi. Jasad ovqat bilan, jismoniy mashg'ulotlar bilan rivojlansa, aql, kitob va tafakkur bilan rivojlanadi.
Nimani o'qiyotganingni ayt. Men seni kimligingni aytib beraman. Endi hech narsa o'qimaykan bo'lsang, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga birinchi nozir bo'lgan so'z o'qu degan so'z bo'ldi. O'qish birodarlar ilmni asli. Biz ummat sifatida, millat sifatida, xalq sifatida yuksalishimiz uchun mutolaga, kitob mutolaasiga qaytishimiz kerak. Qo'limizdan kelganicha, bolalarimizni ham mana shu o'qishga, kitobga targ'ib qilaylik, qiziqtiraylik. Chunki Allohni rizosi uchun qilingan har bitta xayrli ishimiz qiyomatda siz bilan bizga bir ulkan savoblarga, qiyomatda boshimizga soyima bo'lishiga sabab bo'ladi.
Aquli qovli ha da va astag'firullohu li va lakum.