Maviza
—Qoralama21 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
21:14
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilalamin. Vassalot vossalomu ala shirofil mursaliy va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabab, assalomu alaykum va rahmatullohi va ta'lim va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Bugungi mavzuyimiz, birodarlar, namozda imom valadollin degandan keyin, oniy lafzini oshkor aytishlik kerakmi, maxfiy aytishlik kerakan. Mavzuyimiz shu.

Qanaqa maslahatda amin doimo maxfiy aytiladi, ovoz chiqarilmaydi. Birinchi dalil. Qanaqa maslahani ulamolari maxfiy aytish kerak deydi. Birinchi dalili. Amin, lafzi, so'zi duodir. Uning ma'nosi ijobat qil, ya'ni duoni qabul qil, demakdir. Qanday duo qilishlik haqida Alloh Taolo siz bilan bizga A'lo surasida shunday marhamat qiladi. Ya'ni nima deb, qanday duo qilishi kerakligini Alloh Taolo Qur'onda o'rgatgan. Astaylubiyulloh.

Uduru robbaku mutador ru anu va huf yetim, innahula yuhibbul mu'tadiy. Robbingizga tazarru ila va maxfiy duo qiling. Albatta u tajovuzkorlarni xush ko'rmaydi. Tazarru bilan qo'rqib, o'zinglarda Alloh Taologa hokazo tutib va maxfiy duo qilinglar. Demak duo maxfiy bo'lishligi kerakligi mana shu oyatdan ma'lum bo'ladi.

Demak biz Omin lafzini ichimizda aytayotgan paytimizda, maxfiy aytayotganimizda mana shu oyatga amal qilgan bo'lamiz. Ikkinchi dalil. Anil hasan, anna summrat Abdulla jun dum va Imron umna Husayn tado karo fahadda ta sumratu bina junub, anna hu hafida an Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam saaktatayli. Saaktatan ida kabbaroq va saaktatan ida farog'a min qirote g'oyrin mag'zubiya alayhim balad doli. Fa hafida dalika sumratu va ankaro alayhi imroni min husayn. Fa kataba fiy dalika ubayyabni kabin. Fakana fiy kitobatixiy ilayhima, avfiy roddixiy ilayhema, anna sumrata qod hafida. Ravohi Abu Dovud. Hadisdagina faqatgina Buxoriy, Muslimni tushunmanglar akalar. Sixoq sidda deyiladi. Shuning uchun Buxoriy va Muslimdan tashqari Abu Dovuddan, Termiziydan desa, buni hujjati zaif ekan demanglar. Sixoq sidida deyiladi. Ha, birinchisi Buxoriy, keyingisi Muslim, yana to'rtta bor. Tushundinglarmi?

Hasan roziyallohu anhunar rivoyat qilinadi. Samura imdi Jun Dub va Imron imdi Husaynlar eslashib o'tirishdi. Ya'ni muzokara qilib o'tirishdi . Samura imdi Jun Dub Rasulullohdan ikkita saktani yodlab qolganligini aytdi. Sakta degani jim turish. Ozgina jim turish. Takbiri tahrimani aytganda sakta qilishini va g'oyirul mavdu biya alayhim bala Abdulloh lining qirotidan forig' bo'lgach, sakta qilishni. Mana shu ikkita saktani eslab qoldim dedi. Endi uni ro'parasida o'tirgan Imronimni Husayn rodiyallohu anhhu uning bu gapini inkor qildi. So'ngra ikkalasi Ubay ibn Ka'bga maktub yozishdi. Ubay ibn Kaab ummatning eng bilimdon mushtahid sahobalardan bo'lgan. Qur'onning eng bilimdon sahobalardan bo'shgan. Ubay ibn Kam. Ikkalasi ikh. Ixtilof qilishida Udaybni Ka'bga yozganida, Udaybni Ka'bbing ikkoviga yozgan maktubida yoki ularga bergan javobida shunday deyilgan edi. Endi Udaybni Ka'bning so'zi. Batahqiq Samura yodlab olibdi, deyilgan edida. Abu Dovud rivoyat. Valabdorliydan keyin sukut qilishlik, sakta qilishlik to'g'ri ekanligini Udaybni Kaib nima qilyapti?

Tasdiqlayapti. Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takbiru u vulodan keyin ham, Fotiha surasini o'qib bo'lgandan keyin ham, bir oz jim turishlikni odat qilganlar. Mana shu haqdagi munozarada sahobiy akromlar ham ayni shu haqiqatni tasdiqlagan ekanlar. Uchinchi dalil. An abivoyiddin roziyallohu anh u qola kana ali yun va ibn mas'udin la yashaharoni bi bismillahir rohmanir rohim va la bitta'avvud va la bi amin. Ravohid Tabaroniy. Abu voyildan rivoyat qilinadi. Ali ibn abit olib va Abdulloh ibn Mas'ud ikkalasi Bismillahir rohamin rohimni ham, a'zuni ham, aminni ham ovoz chiqarib aytmas edilar.

Ya'ni mushtohid bo'lgan sahobalar. Tabaroniy rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan doim birga yurgan hazrati Ali va Abdulloh ibn Ma'sud roziyallohu anhumo mana shunday ikkita ulug' sahoba ilmli sahobalarni aminni ichida aytganligi aminni maxfiyatchilikka kuchli dalil hisoblanadi.

Boshqa bir rivoyatda hazrat Umar roziyallohuhu anhumo ham aminni ichida aynitib namoz o'qiganlari ta'kidlanadi. To'rtinchi dalil. An voil roziyallohu anhuhu qola, anna nabiyya sollallohu alayhi vasallam aqol, amin. Hafizabihal sovtahu. Ravohu Abu da'udan va Nasoiy va doimiy va Ahmad. Voil roziyullohu anhuhu dan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alalayhi vasallam amin deganlarida ovozini pastlatar edilar. Abu Dovud, Nasoiy, Darimiy va Ahmad rivoyat. Nechta dalil bo'ldi? To'rtta bo'ldi. Beshinchi dalil. Omin lafzi Qur'ondan emasligi hammamizga ma'lum. Uni ustiga Omin lafzi arabiy so'z emas.

Audhu billahi minash shaytoni ro'jim esa Qur'onda kelgan. Yana Alloh Taolo bizga Qur'on o'qishligimizda fastaid billahi minash shhaytoni ro'jimi? Qur'on tilovat qilgan paytinglarda shayton rojindan yomonligidan Allohdan panoh tilaklarda buyurgan. Biz Audhu billahi minash shayton rojinda namozni aytamiz. Qanaqa aytamiz? Maxfiy aytamiz. Shunday ekan, aminni ichimizda aytishligimiz yana ham nimalarida avliyoroq bo'ladi. Qur'on bo'lgan audhu billahi minas shayton rojimda maxfiy aytyapmizmi? Endi Qur'on bo'magan aminni maxfiy aytishligimiz yanayam to'g'riroq bo'ladi, Xudo xohlasa. Nechta bo'ldi dalilimiz?

Oltinchi dalil. Namoz eng mashhur ibodat hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga namoz faz bo'lgandan boshlab, har kuni besh vaqt namozni jamoat bilan o'qiganlar. Demak, Rasulullohni namozi maxfiy emas. Hamma ko'rib turgan. Uzoq sollallohu alalayhi vasallamning har bir namozini minglab kishilar tomonidan sinchiklab kuzatib borilgan. Agar amin lafzini ovoz chiqarib aytish afzal bo'lganida, u zot bu narsani bayon qilgan bo'lardilar va orada hech qanday tushunmovchilik, hech qanday shubha qolmagan bo'lar edi. Holbuki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zlari imomlik qilayotganlarida, ba'zan ta'lim uchun birinchi safdagilar eshitadigan qilib, amin deganlaridan boshqa hech bir dalil yo'q.

Ta'lim uchun birinchi safdagilar eshitoladiganchalik qilib aytib qo'yardilar. Mana shundan boshqa payg'ambarimizni Ominni eshittirganligi dalil yo'q. Shunda ham imom aytyapti, Omin deb. Hamin emas. Haligi nimachi, sohibalar Omin deyishganda masjidni ziqlab ketardi degan, uni ham o'qiymiz. Bizni problemamiz nimada birodarlar? Bitta narsani eshitganmiz, shu bilan to'xtaganmiz. Bitta hadisni eshitganmiz. To'xtaganmimiz. Akalar, u hadis vaqt o'tishi bilan kecha aytganimizdek, nasib qilingan bo'lishi mumkin. Qabristonlarga borishingizni Rasululloh man qildilar. Bo'ldi, shuni biladi. Ha, keyin ruxsat ham bergan Rasululloh.

Tushunarli a? Bittani eshitgansiz, bo'ldi, yopgansiz. Yo'q birodar, unaqa bo'lmaydi. Unaqa bo'lyapti. Masalan, bid'at haqida dars o'tdik. Bitta hadis bilan to'xtab olishdi, bitta misol sizlarga. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, har bitta bid'at zalolat. Bu boshqa gap yo'q endi. Ha, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamni umrini oxirida Yamandan kelgan Jaliliddin Abdulloh roziyallohu alhu musulmon bo'ldi. Rasulullohning umrini oxirgi davrida iymon keltirdi. Jaliliddin Abdulloh Rasulullohni uyiga ruxsat so'ramasdan kirib ketadigan barmoq bilan sanaladigan osh sahobalardan edi. Endi bino barim rasulullohni umrini oxiridagi hadislarni eshitgan, jaliliddin abdullohni rivoyatidagi hadislar, avvalgilaridan ko'ra kuchliroq bo'ladi. Mana shu jaliliddin abdullahning hadisi bor.

Man sanna fil islami sunnatan hasanatan hadisi. Rasululloh aytdilar, kim islomda bir yangi sunnatni paydo qilsa, yangi bid'atni paydo qilsak, shu paydo qilgan gap, paydo qilgan tajriba bor. Va mana shu paydo qilgan bid'atga amal qilganlarni ajri bor, bularni ajri kamolmagan holda. Demak, bid'at degan masalani to'g'ri xulosasiga ega bo'lishligi uchun ikkala hadisni bilishlik kerak. Siz bittasini bilasiz. Bittasini bilaysiz, bo'ldi, mendan boshqa nima yo'q?

Men meni hujjatimdan boshqa hujjat yo'q. Ya'ni undan ham yomoni qul bilan olamiz. La tandur alaman qola, fandur alaman qola. Kim gapirayotganiga qarama, nima deb gapirayotganigaga qara deganlar rasululloh. Ma'qulmi? Qotib qolmaylik, ilm o'qishda to'xtab qolmaylik.

Ayniqsa imomga iqtidor qilgan kishilarni aminni ovoz chiqarib aytganlari haqida hech qanday rioya ma'lum emas. Namozda ominni ovozchiqarib aytish afzal. Deganlarning dalillari va qana'fiy ulamolarining bu ularga munosabati. Insof qilyapmiz hozir biz, e'tibor beringlar da.

Ikkinchi tomonni ham dalilini qo'yyapmiz. Va o'zimizni mazhabimizda dalilini qo'llayapmiz, taqqoslab turib afzalini olyapmiz. Sunnatga amal qilishlikning eng ishonchli yo'li mazhab ushlashlik. Birinchi dalil. Ya'ni oshkora aytishlik to'g'ri bo'ladi deganlarning birinchi dalili. An abiy hurrat roziyallohu anhuh, anna nabiyya sollallohu alayhi vasallam aqol, idab qolal imanu g'oyiril mavdubi alayhim balad dollin, fa qulu amin, fa innahuman va faqo qovluh qovla malayka, g'ofir alahum ma taqoddama min zambixin. Ravohir Buxoriy. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar. Imom g'oyiril mag'du biya alayhim balad do lin desa, amin denglar. Chunki kimning aytgani, amin degani, farishtalarning aytganiga to'g'ri kelsa, uning o'tgan gunohlari mag'firat qilinadi dedilar. Buxoriy rivoyat.

Aminni oshkor etish haqida hadisda birorta so'z bormi? Yo'g'a? Amin, Buxoriyda hadisi bor. Xo'p, biz ham amin deymiz. Oshkora aytishlik haqida matnda bironta so'z bormi? Ikkinchi dalil. Ominni oshkora aylashlik afzal deganlarning ikkinchi dalili. Qoli Abu Musajid Ali roziyallohu anhu: Inna Rasulullohi sollallohu alayhi vasallam a xotob ana, fabayyanalana sunnatana, va allamana solatana, faqol: Ida sollaytun, fa aqimu sufu fahkum. Summa yaunukum ahadukum. Yaunukum ahabukum, fa ida kabbara, fa kabbiru, va ida qola g'oyirul mag'lubiy alayhi valad doli, qo'li amin. Yujibkumulloh. Muslim rivoyati. Abu Muso Ashar i roziyallohu anhudan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga xutba qildilar. Sunnatimizni bayon etdilar, namozimizni o'rgatdilar va namoz o'qisangiz, safga turinglar. Biringiz sizga imom bo'lsin. U takbir aytsa, siz ham takbir ayting. U g'oyirul mag'lubiy alayhi balad dolin desa, amin dey, Allohi ijobat qiladi sizlarga, dedilar.

Muslim rivoyat. Mana ikkita hadis. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni imom amin deganda, amin deyishga amr qilmoqdalar. Shunga binoan biz uni aytishimiz lozim deyishadi. Lekin boyagi gapimizni takrorlaymiz. Bu hadisda ham aminni oshkor aytinglar degan so'z bormi?

Amin deylar, Alloh ijobat qiladi deyapti, lekin oshkora maxfiyligi haqida gap yo'q. Aminni aytishlik mutlaqo aytilinyapti. Xoslab jahli demayapti. Yana ikkita rivoyat bor. Aminni jahli aytish kerak deydiganlar shuni hujjat qilishadi. Uni ham eshitamiz.

Birinchi rivoyat. Abdulloh Mirzubeyra va uning asxodlari masjidda namoz o'qiganlarida, amin deyishganida masjiddan baland ovoz chiqaradi degan rivoyat bor. Bu birinchisi. Bu rivoyat Rasulullohga borib taqalmaganligi uchun, Abdulloh ibn Zubeyda to'xtagani uchun, bu hadis marvuh emas, Rasulullohga yetib bormagan, mavqul, sahobada to'xtagan. Bu dalilga yaramaydi. Bu zaif hadis deyiladi. Tushundingizmi? Bu mavqul, uzilgan, Payg'ambarimizga yetmasdan to'xtagan. Shuning uchun zaif deyiladi, hujjatga yaramaydi.

Ikkinchi rivoyat. Nu aymun no mujrimdan, rohimahulloh, rivoyat qilishicha Abu Hurayroning orqasida namoz o'qidim deydi u kishi. U Bismillahni aytdi, Abu Hurayra. So'ng Fotihani qarovat qildi. Va lado linga yetganida, Omin dedi. Odamlar ham Omin deyishdi. Ovozini chiqarib degan so'z keldimi bu yerga ham?

Oltita dalilni keltirdik tevada maxfiyatchilikka, dalil bo'lgan. Mana endi oshkor aytish kerak deganlarni dalillarini ko'ryapmiz va uni tahlil qilyapmiz. Mana mana shu hadisni mana Sayyid Sobiq o'zining Fiqh Sunna kitobida shunday deydi. Namozxonlar balod duolindan keyin Omin deyishlari sunna.

Jahl namozda ovozini chiqarib aytadi, sirli namozni ichida aytadi deydi. Tushunarlimi? Sayyid Sobiqni o'ziga o'xshab ish tutadigan hadis olimlaridan bo'lgan Nosiruddin Alboniy, bu gap o'z o'rnida emasligini aytib raddiya qiladi. Chunki Ominni ovoz chiqarib aytilgani qayd qilinmagan.

Aytyapmiz ku, amin deylar deyildi. Amin deyishdi dedi, lekin hech qaysida jahli ekanligi qayd qilindi. Alboniy o'zi bu narsani noto'g'ri deb aytyapti. Jahli aytishga birodarlar mana shu ikkalasidan boshqa rivoyat yo'q. Lekin ikkaladan tvdagi Buxoriy va Muslimdan keltirgan hadisimizda ham jahli haqida so'z ketmadi. Amin deydi unda. Keyingi keltirilgan ikkita rivoyatda ham aminni jahli aytishlik haqida so'zi yo'q.

Ikkala rivoyat ham hujjat bo'lishi yaramaydi. Keyingi ikkita rivoyatingiz. Abdulloh ibn Zulayrdan keltirilgan. Va Ibn Mujrimdan kelgan rivoyatda ikkalasi ham zaifli deyiladi. Bu hujjat bo'lishga yaramaydi. Bu alvoniyni tasdiqlash edi. Mana endi Buxoriy va Muslim keltirgan ikkita hadisga, mana sahih hadisga, hujjat bo'lishga yaratilgan hadislarga Hanafiy ulamolarning munosabati. Ushbu hadislardan kelib chiqib, Ominni aytishimiz lozimligi juda ham to'g'ri. Shuning uchun biz ham, hanafiylar ham ominni aytamiz. Lekin bu hadislarda Ominni ovoz chiqarib ayting deyilmayapti yu.

Shuning uchun bu ikki hadis sharifni Ominni ovozchiqarib aytishga dalil sifatida keltirishlik to'g'ri bo'lmaydi. U ikki hadisda Ominni aytishga buyruq bor, lekin oshkora yoki maxfiy aytishga buyuruq yo'q. Unda nima qilamiz desa, unda oshkora ham aytishi mumkin, maxfiy ham aytishi mumkinda. Desa Qur'onga murojaat qilamiz. Bu holatda Qur'onga munojaat qilamimizda, Omin lafzi ijobat qilgin degan duoligini aytdik. Duoni qanday qilish kerakini Alloh Taolo o'rgatdi. Ud'a u robbakum tazarron va xufiyatan. Robbilarga tazarru qilib, maxfiy suratda duo qilinglar. Robbingizga tazarru'inglar va maxfiy duo qiling. Albatta u tajovuzkorlarni xush ko'rmaydi, dedi. Agar aminni duo deydigan bo'lsak, duo maxfiy bo'lishi kerak ekan. Demak, valabdorolim deganda, qanaqa qiylar, amin deb ichida aytayotgan paytda, oyatga ham, hadisga ham mos ish tutayotgan bo'lyapti.

Namozda aminni ovoz chiqarib aytish afzal deganlarning uchinchi dalilimi. An vo ila bina hujra al xodiramiy, roziyallohu anhu qo'qol, ro aytuv rasulullohi sollallohu alayhi vas salama, qiynab farog'a minas salati, hatta ro aytuv qodda hu minhad al janib va minhad al janib. Va qora g'oyrilmag'lubiy alayhimalad do lin faqol, amin, yamud dubihah saltahhu. Mor a rohu illa yu al limuna.

Ravohul hofiz abu bishir davolibiy. Voyli ibn hujur hazramiydan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni namozni tugatganlarida ko'rdim. Hatto yuzlarini u tarafdan ham, bu tarafdan ham ko'rdim. U zot g'oyb il ma'lubiya alayhi va rod duolin deb qiroat qildilar va og'izlarini cho'zib, omin dedilar. Buni bizga o'rgatish uchun qildilar deb o'ylayman dedi. Abu Bakr davoliy rivoyati.

Bu hadisda Rasululloh sollalluhu alayhi vas allamni aytishda, ominni aytishda ovoz chiqarganligi aytilmoqda. Shuning uchun biz ham ominni ovoz chiqari aytishimiz kerak deyishadi. Endi bu hadisga hanafiy ulamolarning munosabati. Bu va bunga o'xshash hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning imom bo'lganliklari uchun va boshqalarga ta'lim berib o'rgatish uchun ominni ovozchiqarib aytganlari haqida so'z ketyapti. Bu esa imom ortida turib namoz o'qiyotgan namozxon, ominni ovoz chiqarib aytsin deyishga asos bo'lmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ominni cho'zdilar dedi. Ominni oshkora qildilar demadi.

Hamma keltirayotgan dalilida omin denar deyilyapti xolos. Lekin jahliy aytinglar degan gap yo'q. Ha, jahliy aytmanglar degan gap ham yo'q ekan, u deyilsa, Ominni biz duo deb qarayapmizmi? Duoni Alloh Taolo qanday qilinglar dedi. Maxfiy qilinglar dedi. Bitta ochiq rivoyat bor ekanmi? Ominni oshkor aytinglar degan. Yo'q ekan.

Shu bilan bu hadisda ovozini cho'zib deyildi, lekin ovozini baland qilib deyilmadi. Odatda imomning o'z yaqinida turgan kishilari eshitadigan darajada ovoz chiqarishi, bir narsani ovoz chiqish deyilmaydi. Masalan, sunnat namozini o'qiyotganda, maxfiy namozni, qanday o'qiymiz? O'zimiz eshitadigan darojada ovoz chi qarishimiz kerak. Ya'ni labimiz qimirlaydi, ovoz chiqadi ovozimizdan. O'zimiz eshityotgan darajada.

Ishityapsizlarmi mikrofon borligi uchun? Til qimillashi kerak, lab qimillashi keraks, ovoz chiqishi kerak, o'zingiz eshitadigan darajada. Endi bu bunaqa namoz o'qish, ovozni oshkora qilib o'qishlik deyilmaydi. Ko'p sahih rivoyatlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshin namozida ba'zan oyatlarni yaqinidagilar eshitadigan darojada pichirlab o'qigan ekanlar. Holbuki peshin namozida ovoz chiqarib, qiroat qilinmasligi hammamizga ma'lum.

Mana birodarlar, darsimiz tugadi. Xulosa, hanafiy mazhabida imom valabdoliyning deganda qavm maxfiy omin deydi. Va buni dalillarni keltirdik. Va insof yuzasidan ominni oshkor etish kerak degan tarafni ham dalillarni bir qator ko'rib chiqdik. Ularni bironta keltirgan dalilida omin oshkor aytilsin degan lafz yo'q.

Shundan ma'lum bo'ladiki, hanafiy masla bu bo'yicha ominni maxfiyat etganlar Qur'onga ham, hadisga ham muvofiq tushayotganligi ma'lum bo'lladi. Alloh aziz va jalloh o'rganayotgan ilmimiz barchamizga foydali qilgan bo'lsin. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)